FAOL FUQAROLIK POZITSIYASIGA EGA BO‘LGAN YOSH AVLODNI TARBIYALASHNING ASOSIY YO‘NALISHLARI
Yuklangan vaqt
2025-03-18
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
28
Faytl hajmi
72,9 KB
FAOL FUQAROLIK POZITSIYASIGA EGA BO‘LGAN YOSH AVLODNI
TARBIYALASHNING ASOSIY YO‘NALISHLARI
Reja
1. Fuqarolik pozitsiyasi tushunchasi va uni shakllantiradigan asosiy omillar
2. Yoshlarda fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishning ijtimoiy-ma’naviy va
axloqiy jihatlari
3.
Fuqarolik
jamiyatini
rivojlantirishda
fuqarolik
madaniyati
va
mas’uliyatining o‘rni
4. Yoshlar huquq erkinliklari xalqaro huquqiy asoslarini shakllanishi va
rivojlanishi.
5. Mustaqillik davrida davlatning yoshlarga oid siyosatini rivojlanishi va uni
amalga oshirilishi.
6. Mamlakatda barkamol avlodni shakllantirishning yangi bosqichi.
Tayanch so‘zlar: yoshlar, bola huquqi, yoshlar huquqi, yoshlar siyosati,
davlatning yoshlarga oid siyosati, yoshlarning mustaqil pozitsiyasi, barkamol avlod,
yoshlar, yoshlar tashkiloti, yoshlar bandligi, yoshlar siyosati ob’ekti va sub’ekti,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, yosh tadbirkorlar, yoshlarni ijtimoiy himoya qilish.
1. Yoshlar huquq erkinliklari xalqaro huquqiy asoslarini shakllanishi va
rivojlanishi
Insoniyati tarixi bir necha ming yilliklar ichida yoshlarni alohida ijtimoiy
qatlam, jamiyatining barcha bilan teng a’zosi sifatida o‘rniga unchalik ahamiyat
bermay keldi. Va nihoyat, fuqarolik jamiyati kurtaklari va unsurlari paydo
bo‘lganidan keyin yoshlarning jamiyatdagi o‘rni masalalari ko‘tarila boshlandi.
AQShda 1776 yilda, Fransiyada 1849 yilda inson huquqlarini himoyalash masalalari
ko‘tarilib, uning tarkibiy qismi sifatida yoshlar va bolalar huquqlarini himoyalash
g‘oyalari ilgari surila boshlandi. Dastlab, 1833 yilda Angliyada 9 yoshgacha bo‘lgan
bolalarni fabrikalarda ishlatish ta’qiqlandi. 1896 yilda Germaniyada o‘z bolalariga
tazyiq qiladigan ularni tahqirlaydigan, yoki ularga g‘amxo‘rlik qilmaydigan ota-
onalarni jazolashga doir qonun qabul qilindi. 1899 yilda AQShda dastlabki yuvenal1
sudlar tashkil topdi.
1919 yilda jahon xalqaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida tuzilgan
Millatlar Ligasi Bolalar ravnaqi qo‘mitasini ta’sis etdi. U o‘z e’tiborini qarovsiz
qolgan bolalar, yetimlar va qullikka tushib qolgan bolalarga qaratdi. Bu paytda
bolalar himoyasiga doir nodavlat tashkilotlar shakllana boshladi. Bolalarni qutqarish
xalqaro ittifoq (Save the Children International Union) birinchi jahon urushidan
keyin tuzildi. 1924 yil 24 sentyabrda Millatlar Ligasininn Bosh Assambleyasi Bola
huquqlari Jeneva deklaratsiyasini qabul qildi.
1959 yil 20 noyabrda BMTning Bosh Assambleyasi Bola huquqlari
deklaratsiyasini qabul qildi. Shu davrdan boshlab 20 noyabr Bola huquqlari kuni
sifatida nishonlanib kelinmoqda. 1995 yilda BMTning Bosh Assambleyasi
tomonidan “Yoshlar bo‘yicha umumjahon harakatlar dasturi” qabul qilindi. Ushbu
dastur har bir mamlakat miqyosida tegishli chora-tadbirlar ko‘rilishi, butun dunyoda
yoshlar sharoiti, holatini yaxshilashga qaratilgan xalqaro loyiha va dasturlarning
amalga oshirilishi uchun mustahkam zamin va yo‘l-yo‘riqlarni ta’minlab berdi.
Mazkur dasturni hayotga tadbiq qilish uchun, avvalambor, yoshlar orasida
asosiy inson huquqlari va erkinliklarining to‘liq bajarilishi, amalga oshirilishini
ta’minlash, hamda barcha mamlakatlar bunday huquq va erkinliklarning buzilishiga
qarshi aniq choralarning ko‘rishi, kamsitmaslik, bag‘rikenglik, xilma-xillikka
1Ювенал [лот. juvenalis ёш]- жинсий балоғатга етмаган болалар.
hurmat, turli diniy va etnik qadriyatlarga, madaniy, falsafiy qarashlarga hurmat
tamoyilini ilgari surishi, barcha ayol va erkaklar uchun imkoniyatlar tengligi,
hamnafaslik, xavfsizlik, jamiyat hayotida ishtirok etish imkoniyatlarini yaratishi,
kafolatlashi talab qilinadi.
BMT tizimi barcha mamlakatlarni bolalar va yoshlarga sarmoya ajratishga
chorlaydi. Qolaversa, BMT mamlakat hukumatlariga tegishli siyosat, loyiha va
dasturlarni ishlab chiqishga va amalga oshirishga yordam beradi. Dunyoning har bir
mamlakatida BMT agentliklari bolalar va yoshlar holatini tahlil qilib boradi, muayan
sohalarga mablag‘ ajratilishi lozimligi haqida jamoatchilikni xabardor qilib boradi,
barcha mamlakatlar qo‘llashi mumkin bo‘lgan samarali strategiyalarni yig‘ib, ularni
targ‘ib qilishga intiladi.
Hozirgi kunga kelib dunyo aholisining 18%ini yoshlar tashkil etmoqda. Bu
nisbiy ko‘rsatkich albatta. Ma’lumki, bugungi kunda jahon mamlakatlarida
«yoshlar» tushunchasi turlicha tasnif qilinadi. Masalan, Yevropa Ittifoqi davlatlarida
aholining 16 yoshdan 30 yoshgacha (ba’zan 35 yoshgacha) bo‘lgan vakillariga
yoshlar sifatida qaraladi. YuNESKO esa 17 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan yigit-
qizlarni yoshlar sirasiga kiritadi. Aksariyat MDH davlatlarida esa (jumladan,
O‘zbekiston Respublikasida ham) 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lganlar yoshlar
hisoblanadi. Bugungi kunga kelib yoshlarga oid siyosat yuritish, bu borada muayyan
siyosiy institutlar, jamoat tashkilotlarining faoliyat olib borishi ko‘plab rivojlangan
va rivojlanayotgan davlatlar qonunchiligida salmoqli o‘rin tutadi.
Hozirgi davrdagi yoshlarga oid davlat shakllanishi va tarixi XX asrning 60-80
yillarida BMT tomonidan yoshlar ijtimoiy qatlamiga bo‘lgan munosabatning
yangicha prinsiplarini belgilab berilgan qator hujjatlar qabul qilinishi bilan uzviy
bog‘liqdir. 1965 yilda BMT Bosh Assambleyasining “Yoshlar o‘rtasida tinchlik
g‘oyalari, millatlararo o‘zaro hurmat va tushunishni targ‘ib etish to‘g‘risidagi
Deklaratsiya”si e’lon qilinishi bilan yoshlarning ijtimoiy muammolari tashkilot
e’tibor
markazidagi
vazifaga
aylandi.
YuNESKO
yo‘nalishida
yoshlar
muammolariga daxldor yuzdan ortiq hujjatlar qabul qilindi. Aynan YuNESKO
tashabbusi bilan 1985 yildan Yoshlar masalalari butunjahon kongressi faoliyat
ko‘rsata boshladi va shu yil BMT tomonidan “Xalqaro yoshlar yili” deb e’lon
qilindi.
Xalqaro huquqiy aktlar asosida 2008 yil 7 yanvarda O‘zbekiston
Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.
Mazkur qonunning 10-moddasida bolalarning erkinlik va daxlsizlik huquqini
himoyalashga doir quyidagi huquqiy asoslar belgilandi:
Har bir bola erkinlik, shaxsiy daxlsizlik, turar joyi daxlsizligi va xat-xabarlarini
sir tutish huquqiga ega.
Har bir bola o‘z sha’ni va qadr-qimmatiga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy
hayotiga g‘ayriqonuniy aralashuvlardan himoyalanish huquqiga ega.
Bola qonunga asoslanmagan holda ushlab turilishi, hibsga olinishi, qamoqqa
olinishi mumkin emas.
Davlat bolaning shaxsi, turar joyi daxlsizligini, xat-xabarlari sir tutilishini
ta’minlaydi hamda bolani ekspluatatsiyaning barcha shakllaridan, shu jumladan
jismoniy, ruhiy va jinsiy zo‘ravonlikdan, qiynoqqa solishlardan yoki shafqatsiz,
qo‘pol yoxud inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa shakldagi muomaladan,
shahvoniy shilqimliklardan, jinoiy faoliyatga, fohishalik bilan shug‘ullanishga jalb
etilishdan himoya qilishni amalga oshiradi2.
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab bolalar huquqini himoya qilish huqiy
asoslarini rivojlanishi asnosida bolalar va yoshlar huquqlarini kafolatlash davri
boshlandi. Bu davrdan boshlab qator rivojlangan davlatlarda yoshlar huquqini
himoyalash, yoshlarga doir davlat siyosatlari rivojlanib, ular hayotda qo‘llana
boshladi. Xususan, Fransiyada yoshlar siyosati Yoshlar, sport va ijtimoiy
tashkilotlar bilan ishlash vazirligi tomonidan amalga oshirilib, unga ta’lim,
madaniyat va kommunikatsiya hamda bandlik bo‘yicha tegishli vazirliklar
ko‘maklashadi. Fransiyada ishsiz aholining ko‘pchiligini yoshlar tashkil etganligi
bois, ushbu muammolarni hal etish maqsadida “Yangi xizmatlar, yangi ish o‘rinlari”
davlat dasturi joriy qilingan. Shuningdek, yoshlarning huquqlarini himoya qilish
2Ўзбекистон Республикасининг “Бола ҳуқуқларининг кафолатлари тўғрисида”ги қонуни. 7 январь 2008 й.// "Ўзбекистон
Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами", 2008 йил, 1-2-сон, 1-модда.
uchun “Imkoniyatlar tengligi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan bo‘lib, ushbu
qonun mamlakatdagi xususiy korxona va tashkilotlarga yoshlarni ishga qabul qilish
bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklaydi. Bundan tashqari, Fransiyada madaniyat
sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish borasida ham
ko‘pgina ishlar qilinmoqda.
AQShning yoshlar borasidagi davlat siyosati o‘ziga xosligi, ya’ni, mazkur
siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishda bevosita yoshlarning o‘zlari ishtirok
etishi bilan boshqa mamlakatlardan ajralib turadi. Hozirgi kunda Amerika yoshlari
orasida narkotik moddalar iste’moli, jinoyatchilik va irqchilik bilan bog‘liq
muammolar avj olgan. Shundan kelib chiqib, ushbu muammolarni hal etishga
qaratilgan ko‘pgina qonunlar qabul qilinib, amalga tatbiq qilingan. Ayni paytda
AQShda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish yuzasidan 400 dan ortiq
dasturlar ishlab chiqilgan. Shundan eng ko‘p a’zolarga ega bo‘lganlari “Yoshlarni
himoyalash ligasi”, “Talabalar ocharchilikka qarshi”, “Tashqariga nazar”,
“Yordam” (“Xelp”) hamda Qutqaruv armiyasi kabilar hisoblanadi. Mazkur
harakatlar AQShning barcha kasb-hunar o‘quv muassasalaridagi yoshlarni qamrab
olgan. AQShda “Yoshlar siyosati konsepsiyasi”ni amalga oshirishda davlatning roli
birmuncha oz bo‘lib, bu jarayonga, asosan, xususiy tashkilotlar keng jalb qilingan.
Davlat yordami ijtimoiy himoyaga o‘ta muhtoj bo‘lgan yoshlarga qat’iy
chegaralangan miqdorda ko‘rsatiladi. AQShda yoshlar siyosati davlat idoralarining
alohida bir faoliyat sohasi hisoblanmaydi, yoshlar muammolari yuzasidan bir necha
vazirliklar ish olib borishadi. Jumladan, Mehnat vazirligi yoshlarning bandligi,
Adliya vazirligi jinoyatchilik, Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot vazirligi esa
yoshlar hamda o‘smirlarning sog‘ligi borasidagi muammolar bilan shug‘ullanishadi.
Yoshlar bilan ishlashda siyosiy tashkilotlar, sport muassasalari hamda diniy
tashkilotlarning o‘rni ham baland. “Yosh respublikachilar” milliy federatsiyasi
hamda “Amerikaning yosh demokratlari” AQShdagi eng katta yoshlar siyosiy
birlashmalari hisoblanishib, ular mamlakatdagi ikki yirik siyosiy partiyaning yoshlar
bo‘yicha rasmiy tashkilotlaridir. Yoshlar siyosiy tashkilotlarining asosiy
maqsadlaridan biri yoshlarni siyosiy hayotga jalb qilish, ularning davlat siyosatidagi
o‘rnini rivojlantirishga qaratilgan. Shuningdek, AQShda “Lyuteranlik ligasi” va
“Katolik yoshlarning milliy federatsiyasi” kabi diniy, milliy yoshlar tashkilotlari
ham faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Buyuk Britaniya davlatining yoshlar bo‘yicha olib borayotgan siyosati misolida
davom ettiradigan bo‘lsak, bu mamlakat ushbu sohada uzoq tarixga ega bo‘lib,
o‘zining ko‘p qirraliligi bilan Yevropaning boshqa davlatlaridan ajralib turadi.
Jumladan, Angliyadagi siyosat yoshlar bilan bog‘liq barcha jabhalarni qamrab olgan
bo‘lib, ular orasida ta’lim sohasi eng yuqori o‘ringa qo‘yilgan. Ingliz yoshlarining
aksariyat qismi turli tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan “yoshlar klub”lariga a’zo
bo‘lib, ularning yoshlar borasidagi tadbirlariga keng jalb qilingan. Shuningdek,
ushbu davlatda yoshlarning “ko‘ngilli harakatlari” o‘ta rivojlangan bo‘lib, kichik
shahar va tumanlar miqyosida davlat siyosatini amalga oshirishda muhim ahamiyat
kasb etadi. Mazkur harakatlarni moliyalashtirish davlat tomonidan amalga oshirilib,
faoliyati
davomida,
asosan,
qiyin
vaziyatlarda
qolgan
tarafdorlarining
muammolarini hal etishga harakat qilinadi. Shu bilan birga, yoshlar madaniy va
ijtimoiy sohalarda o‘z faolliklari bilan aholining boshqa qatlamlariga nisbatan ajralib
turadi. Angliyadagi yoshlar tashkilotining kamchiliklaridan biri ularning davlat
boshqaruvidagi roli qat’iy emasligidadir. Ushbu holat davlat boshqaruvi tizimi
konservativ tamoyillarga asoslanganligi bilan xarakterlanadi3.
Yevropa davlatlari orasida Germaniyaning yoshlar borasidagi davlat siyosati
o‘ziga xos xususiyatga ega. Nemis yoshlar siyosatining mohiyati shundaki, unda
asosiy e’tibor 18-27 yoshdagi aholining ijtimoiy bandligiga qaratilgan. Bundan
tashqari, ushbu siyosat fuqarolarning qonuniy himoyasi hamda ularning ijtimoiy va
individual rivojlanishini ham ko‘zda tutadi. Mamlakatning deyarli barcha katta
shaharlarida yoshlarga tegishli bo‘lgan ko‘pgina kompaniyalarga qarashli maxsus
markazlarni uchratish mumkin. Ushbu markazlar faoliyati yosh fuqarolarning ishga
joylashishi bilan bog‘liq muammolarni hal etishga qaratilgan, bu esa davlatning
ishsizlik borasidagi siyosati samarali amalga oshishida muhim omil bo‘lib xizmat
qiladi. Mazkur ishlarning mas’uliyati Oila va yoshlar vazirligiga yuklatilgan bo‘lib,
3Ўтбосов Э. Ёшлар сиёсати: ўзбекистон ва жаҳон тажрибаси.25.07.2017.//http://fayzbog.uz/yoshlar -siyosati-uzbekiston-va-jahon-tajribasi/.
ushbu vazirlik qoshidagi yoshlar masalalari bo‘limi bevosita mazkur sohadagi turli
loyihalarni amalda qo‘llash bo‘yicha o‘z faoliyatini olib boradi. Shu bilan birga,
Germaniyada yoshlarning axloqiy qarashlari va ularning madaniy savodxonligini
oshirish ishlari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar tuzilgan bo‘lib, ularning
harakatlari jamiyatning yetuk shaxslarini kamol toptirishga qaratilgan.
Yaponiyada yoshlar siyosati muhimligi inobatga olinib, mazkur sohada olib
borilayotgan ishlar milliy siyosat darajasiga olib chiqildi. Yaponiyada BMTning
“Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyasiga asoslanib yoshlar borasidagi davlat
siyosatini amalga oshirish uchun Milliy assambleya tashkil etildi. Mazkur tashkilot
asosan 4 ta dastur asosida ish olib boradi. Birinchisi, “Milliy harakat” dasturi bo‘lib,
u asosan kuch va vositalarini Assambleya faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga
yo‘naltiradi. Ikkinchisi, “Hayot yo‘lini tanlashga ko‘maklashish” dasturi 2007 yilda
tasdiqlangan bo‘lib, uning faoliyati yoshlarni kasb tanlashga yo‘naltirish, ularning
turli iqtidorlarini o‘rganishga qaratilgan. Uchinchisi, “O‘smirlar orasida
huquqbuzarlikning oldini olish choralari” dasturi bo‘lib, uning asosiy maqsadi
yoshlar orasidagi jinoyatchilikka qarshi kurashishda davlat organlariga yaqindan
yordam berish hamda yoshlarning jinoiy xatti-harakatlarini o‘rganish markazlari
bilan hamkorlikni amalga oshirishdan iborat. So‘nggi, “OITSga qarshi kurash”
dasturi o‘z ichiga yoshlar orasida ushbu kasallikning kelib chiqish sabablarini
o‘rganishga qaratilgan turli maslahatlar berish va boshqa tadbirlar o‘tkazishni
nazarda tutadi4.
Hozirgi davrda yoshlarga oid davlat siyosati davlatning yoshlarga, yoshlar
tashkilotlariga munosabatida, shuningdek qonun chiqaruvchi, ijroiya, sud
hokimiyati sohalarida yoshlarni huquq va erkinliklarini ta’minlashga doir chora-
tadbirlarni amalga oshirishda o‘z ifodasini topadi. Bu siyosatning mazmun-mohiyati
yosh avlodning ijtimoiy jihatdan rivojlanishi uchun ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-
huquqiy, tashkiliy shart-sharoit yaratib berish, ularning hayotda o‘z yo‘lini tanlab
olishlari, intellektual, ma’naviy va jismoniy jihatdan kamol topishini ta’minlash,
yoshlarning ijodiy iqtidori va salohiyatini shaxsiy va mamlakat manfaatlari yo‘lida
4Ўша жойда.
ro‘yobga chiqarish demakdir. Shuningdek, yoshlar siyosati yoshlarni ijtimoiy
qo‘llab-quvvatlash bilan bir vaqtda, yosh avlodning mehnat va ijodiy faoliyati uchun
muhim va zarur bo‘lgan innovatsiyaviy va ishlab chiqarishga doir jihatlarni ham
o‘ziga qamrab oladi. Bu yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda yoshlarni
jamiyatni rivojlantirishning asosiy va muhim resurslaridan biri sifatida e’tirof
etiladi.
2.Mustaqillik davrida davlatning yoshlarga oid siyosatini rivojlanishi va
uni amalga oshirilishi
O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab Birinchi Prezident
I.A.Karimov boshchiligida amalga oshirilayotgan farovon demokratik davlat va
jamiyatni barpo etishga yo‘naltirilgan tub islohotlar siyosatining o‘ziga xos
xususiyati – bu uning aniq ijtimoiy yo‘naltirilganligi bo‘ldi. Hozirgi davrda
O‘zbekiston aholisining 60 foizdan ortig‘ini yoshlar tashkil etadi. Shuning uchun
ham mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha ijobiy o‘zgarishlar zamirida har
tomonlama barkamol – jismonan sog‘lom, aqlan yetuk, nafaqat ko‘plab bilimlarni,
hozirgi davrda talab katta bo‘lgan kasb-hunarlarni egallagan, ayni paytda, mustaqil
va ijodiy fikrlashga qodir, intellektual salohiyati yuksak yosh avlod to‘g‘risida
g‘amxo‘rlik qilishdek ustuvor maqsad mujassam ekani tabiiydir.
Mamlakatda yuritilayotgan kuchli yoshlar siyosati o‘zining mustahkam
huquqiy asoslariga egadir. Bu siyosat O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
qoidalarida, ushbu sohaga tegishli 22 qonunda o‘z ifodasini topgan. Mamalakatimiz
mustaqillikka erishganidan so‘ng qabul qilingan dastlabki qonun hujjatlaridan biri –
bu 1991 yil 20 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat
siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi qonundir. Ayni paytda, bu davrda ko‘plab
maqsadli davlat dasturlari ham hayotga muvaffaqiyatli tatbiq etildi. Bu boradagi
ishlarning yuqori samaradorligi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda
jamoat tuzilmalari, shu jumladan, o‘z saflarida 5,5 million yigit-qizni birlashtirgan
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Mahalla” xayriya jamoat fondi va boshqa
tashkilotlar o‘rtasida tobora kengayib borayotgan ijtimoiy hamkorligi natijasida
ta’minlanmoqda.
Mamlakatda o‘sib kelayotgan yosh avlodning har tomonlama rivojlanishi
uchun barcha qulay shart-sharoitlarni yaratib berish borasida olib borilayotgan
kompleks chora-tadbirlar xalqimizga xos xususiyat bo‘lib, milliy tabiatimizning
uzviy qismiga aylandi. Har bir oilada, har bir mahallada, eng avvalo, yoshlarning
salomatligini ta’minlash, ularga yaxshi bilim berish, ayni paytda yuksak ma’naviy
va ahloqiy fazilatlarga ega munosib shaxslar etib voyaga yetkazish azaldan muhim
masala bo‘lib kelgan. Mustaqillik yillarida ushbu vazifalar O‘zbekistonda davlat
siyosati darajasiga ko‘tarildi va bu esa barcha sohalarda yuksak yutuqlarga erishish
imkonini bera boshladi.
Salomatlikni ta’minlash, uzluksiz ta’lim va barkamol yosh avlodni tarbiyalash
bo‘yicha mamlakatimizda yaratilgan milliy modellar butun dunyoda yuksak
baholanmoqda. Jumladan, 2011 yilning noyabrida “O‘zbekistonda ona va bola
salomatligini muhofaza qilishning milliy modeli: “Sog‘lom ona – sog‘lom bola”
mavzuida Toshkentda bo‘lib o‘tgan xalqaro simpoziumda nufuzli xalqaro
tashkilotlar tomonidan bu borada amalga oshirilgan ishlarga yuqori baho berildi va
ular boshqa mamlakatlar uchun namuna sifatida e’tirof etildi. 2012 yilning fevralida
poytaxtimizda o‘tgan “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash
– mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim
sharti” xalqaro konferensiyasida O‘zbekistonda yaratilgan uzluksiz ta’lim va tarbiya
milliy tizimi boshqa davlatlar uchun namuna deb e’lon qilindi5.
Mustaqillik yillarida demokratik va bozor o‘zgarishlari talablariga mos
ravishda ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimida tub islohotlar amalga oshirildi. Ushbu
nihoyatda muhim sohadagi chuqur islohotlar 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan
“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, ayni paytda ko‘lami, qamrovi va maqsadlariga ko‘ra
5Иванова А. Ўзбекистонда ёшлар сиёсати – мамлакатни янада ривожлантириш йўлида. 22.01.2013.//http://www.uza. uz/ oz/society/zbekiston-
eshlar-siesati-mamlakatni-yanada-rivozhlantirish-ilida-22.01.2013-25026?sphrase_id= 3182081.
o‘ta noyob Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida amalga oshirildi.
Mamlakatimizda ta’lim shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-
texnik va madaniy ehtiyojlarini ta’minlaydigan ustuvor soha, deb e’lon qilindi.
Mavjud ta’lim muassasalarini davr talablarini hisobga olgan holda isloh qilishdan
tashqari MDH davlatlarida o‘xshashi yo‘q yangi turdagi o‘quv yurtlari – kasb-hunar
kollejlari va akademik litseylar tashkil etildi. Shu tarzda iqtisodiyot va ijtimoiy
sohaning barcha tarmoqlari uchun yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlar
tayyorlashga, yoshlarni ma’naviy-ahloqiy va har tomonlama ijodiy rivojlantirishga
yo‘naltirilgan uzluksiz o‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish ta’limining noyob yaxlit tizimi
shakllantirildi.
2003 yil 1 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh
pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish “Iste’dod” jamg‘armasi tuzilib, u keng
ko‘lamli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Uning faoliyati mamlakatimizda ta’lim
tizimini yanada takomillashtirishga, barcha hududlarda o‘quv jarayoniga zamonaviy
axborot va pedagogik texnologiyalarni joriy etish, yosh pedagoglar va olimlarning
kasbiy bilimlari va ko‘nikmalarini oshirishga yo‘naltirildi. Oliy, o‘rta maxsus, kasb-
hunar ta’limi muassasalari va maktablar xodimlari uchun o‘nlab kunduzgi va
masofaviy ta’lim dasturlari ishlab chiqildi. Hozirgi paytgacha jamg‘armaning faqat
kunduzgi kurslarida 10 mingdan ziyod pedagog va ilmiy kadrlar o‘z malakasini
oshirdi.
Mamlakatimizning jahon maydonidagi nufuzi va raqobatbardoshligini oshirish
ko‘p jihatdan yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini yuksaltirishga
bog‘liqdir. Shu sababli iqtidorli yoshlarni aniqlash va rag‘batlantirishga, yosh
avlodning zamonaviy dunyoqarashini, ijodiy va shaxsiy xususiyatlarini milliy va
umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Jumladan, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etildi, unga o‘qishda, ijodiy va
jamoat ishlarida katta yutuqlarga erishayotgan qizlar munosib ko‘riladi. San’at
sohasidagi yutuqlari uchun eng iqtidorli yosh raqqosalar, musiqachilar va
xonandalarga “Nihol” mukofoti berish an’anaga aylandi.
O‘zbekistondagi yoshlar siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri iqtidorli
yoshlarni ilm-fanga keng jalb etishdir. Hozirgi davrga kelib o‘quv yurtlari, birinchi
navbatda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash masalasiga
alohida e’tibor qaratilmoqda. Muayyan ishlab chiqarish korxonalari va tarmoqlar
uchun maqsadli ravishda kadrlar tayyorlash keng qo‘llanilmoqda, o‘quv yurtlari,
korxonalar va o‘quvchilar o‘rtasida uch tomonlama shartnomalar imzolanmoqda va
bu bitiruvchilarning kelgusida ish bilan ta’minlanishini kafolatlaydi. Shu maqsadda
kasb-hunar kollejlarining ish beruvchi korxonalar bilan kooperatsiya aloqalarining
boshqa shakllaridan ham foydalanilmoqda. Mamlakatimizda har yili minglab ish
o‘rinlari tashkil qilinadi, bunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning
rivojlanishi muhim o‘rin tutadi.
Mamlakatda mustaqillik yillarida yoshlarning har tomonlama rivojlanishi
uchun yanada qulay shart-sharoit va imkoniyatlar yaratib borildi. Jumladan,
mustaqil hayotga qadam qo‘yayotgan yosh oilalarga zarur yordam ko‘rsatish, amaliy
rag‘bat va barqaror daromad manbalarini shakllantirish mexanizmini yaratish,
ularning turar-joy va maishiy shart-sharoitlarini yaxshilash maqsadida 2007 yil 17
mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yosh oilalarni moddiy va
ma’naviy qo‘llab-quvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
farmoni qabul qilindi. Har bir hududda yangi ish o‘rinlari tashkil etish, yoshlarni
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka faol jalb qilish, yosh oilalarga o‘z biznesini
tashkil etishi uchun mikrokreditlar ajratish ishlari kuchaydi. Bugun O‘zbekistonda
yosh oilalarga ipoteka va iste’mol kreditlari ajratish orqali uy-joy sotib olish yoki
qurishda, ro‘zg‘orini butlashda har tomonlama yordam ko‘rsatilmoqda6.
Mamalakatdagi yoshlarga oid davlat siyosati muhim siyosiy yo‘nalish sifatida
izchil jarayon bo‘lib, u yoshlar mavqei va hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan voqelikning
bosh xususiyatlarini o‘zida mujassam etadi. Shu nuqtai nazardan, yoshlarga oid
davlat siyosati siyosiy yo‘nalish sifatida O‘zbekistonning mustaqillik yillari tarixida
yuz bergan hamda davlat tomonidan maqsadli amalga oshirilgan yoshlarga oid
barcha ijtimoiy o‘zgarishlar, tub islohotlar, transformatsiya jarayonlarini bosib o‘tdi.
6Ўша жойда.
Ya’ni yoshlarga oid davlat siyosati yoshlar hayotini demokratik tamoyillar asosida
ijtimoiy tashkillashtirish, yoshlar va davlat o‘rtasidagi munosabatlarni pozitiv
asosda qurish, yoshlar manfaatlari va qadriyatlarining davlat manfaatlari bilan
muvofiqligini ta’minlash uchun olib borilgan sa’y-harakatlar va maqsadlar
majmuini tashkil qiladi.
Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iboratdir:
-yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;
-yoshlarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash;
-yoshlarning ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol
topishiga ko‘maklashish;
-yoshlar uchun ochiq va sifatli ta’limni ta’minlash;
-yoshlarni ishga joylashtirish va ularning bandligi uchun shart-sharoitlar
yaratish;
-yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg‘usi, bag‘rikenglik, qonunlarga, milliy
va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi
tura oladigan, hayotga bo‘lgan qat’iy ishonch va qarashlarga ega qilib tarbiyalash;
-yoshlarni axloqiy negizlarni buzishga olib keladigan xatti-harakatlardan,
terrorizm va diniy ekstremizm, separatizm, fundamentalizm, zo‘ravonlik va
shafqatsizlik g‘oyalaridan himoya qilish;
-yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish;
iqtidorli va iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish;
-yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
-yoshlarda sog‘lom turmush tarziga intilishni shakllantirish, shuningdek
yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va yoshlar sportini ommaviy
rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
-yosh oilalarni ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ular uchun
munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish bo‘yicha kompleks chora-
tadbirlar tizimini amalga oshirish;
-yoshlarning huquqlari va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish sohasida faoliyatni
amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish.
O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati borasida olib
borilayotgan tadbirlarning barqarorligiga ta’sir etuvchi omillarni tahlil etish,
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining
yo‘nalishlarini aniqlashtirib olishni talab etadi. Bular quyidagilarni qamrab oladi:
1. “Barkamol avlod” yo‘nalishi;
2. “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi” yo‘nalishi;
3. “Yoshlar va ijtimoiy himoya” yo‘nalishi;
4. “Yosh oila” yo‘nalishi;
5. “Yoshlar professionalizmi” yo‘nalishi;
6. “Yoshlar axborot makonida” yo‘nalishishi7.
Birinchi yo‘nalish - «Barkamol avlod yo‘nalishi», aytish mumkinki,
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining negizini
tashkil etadi. Bu yo‘nalishda ishlab chiqilgan Davlat dasturlarining amalga tatbiq
etilishi aholi, ayniqsa bolalar va yoshlar salomatligiga e’tiborning ortishi bilan birga
kechmoqda. Bu yo‘nalishdagi chora-tadbirlar yillar davomida takomillashtirib
borildi. Bir qator nufuzli xalqaro institutlarning baholashicha, O‘zbekiston
dunyoning 125 davlati orasida xotin-qizlar uchun qulay sharoitlar yaratish va
onalikni muhofaza qilish borasida yetakchi o‘rinlardan birini egallab turibdi. Buni
YuNISEFning Sharqiy Yevropa, Boltiqbo‘yi va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi
mamlakatlari bo‘yicha ofisi tomonidan onalik va bolalikni muhofaza qilish
borasidagi dasturlarni joriy qilishda O‘zbekistonning mintaqadagi namunaviy model
sifatida e’tirof etilgani ham isbotlaydi.
Yoshlarni huquqbuzarliklar, zararli illatlar, ekstremistik g‘oyalar va “ommaviy
madaniyat” ta’siridan himoya qilish bugungi globalizatsiya sharoitida yanada
muhim ahamiyat kasb etadi. 2010 yilda O‘zbekiston Respublikasining “Voyaga
yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi
to‘g‘risida”gi Qonuni va 2011 yil 5 oktyabrda “Alkogol va tamaki mahsulotlarining
tarqalishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi Qonunining qabul
qilinishi ham muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
7Ўзбекистон Республикасида ёшлар сиёсатининг муаммолари ва ечимлари .Лекция №16.-Т.,2014.-Б.10-12.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va maktab ta’limini rivojlantirish davlat
umummilliy dasturining amalga oshirilishi natijasida o‘tgan yillar mobaynida ta’lim
tizimini tubdan yangilash va isloh etish bo‘yicha miqyosi va ko‘lamiga ko‘ra ulkan
ishlar amalga oshirildi. Qariyb 9,5 ming yoki mamlakatimizda faoliyat
ko‘rsatayotgan maktablarning deyarli barchasi yangitdan qurildi, kapital
rekonstruksiya qilindi va zamonaviy o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari bilan
ta’minlandi. Mamlakatimizda 1500 dan ortiq yangi kasb-hunar kolleji va akademik
litseylar barpo etildi.
Ikkinchi yo‘nalish - Respublikamizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari
istiqomat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida
“O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega
bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy
mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar”. Imtiyozlar faqat qonun bilan
belgilanib qo‘yiladi hamda ijtimoiy adolat tamoyillariga mos bo‘lishi shart deb
belgilab qo‘yilgan. Bugun huquq va burchlarini chuqur anglab yetgan, yangicha
fikrlaydigan, o‘z kelajagini jamiyatda demokratik qadriyatlarni mustahkamlash
bilan, mamlakatimizning kelajagini jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi bilan
bog‘liq holda ko‘radigan yangi avlod vakillari hayotga dadil kirib kelmoqda.
Uchinchi yo‘nalish - «Yoshlar va ijtimoiy himoya» yo‘nalishi, avval
boshdanoq, respublikamiz yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi
bo‘lib kelmoqda. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda ijtimoiy himoyaning huquqiy
asoslari yaratildi, sohaga doir qariyb 90 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul
qilindi.
Davlat tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy siyosatni qo‘llab-quvvatlashda
boshqa nodavlat tashkilotlari ham munosib o‘rin tutadi. Respublikamizda yoshlar
uchun:
- bepul tibbiy xizmat;
- bepul ta’lim olish;
-sog‘lomlashtirish va madaniy-ma’rifiy muassasalarga imtiyozli shartlarda
qatnash;
- uy-joy qurish uchun imtiyozli kreditlar berish;
-dastlabki mehnat faoliyati uchun ish joyi bilan ta’minlanish yoki amaldagi
qonunlarga muvofiq moddiy kompensatsiya olish huquqi;
-ijtimoiy infrastruktura ob’ektlarini loyihalash va qurish chog‘ida yoshlarning
talab-ehtiyojlarini hisobga olish;
-o‘quvchilar, talaba yoshlar va voyaga yetmagan fuqarolar uchun transportda
yurish imtiyozlari;
-voyaga yetmaganlarga kompensatsiya to‘lovlarini kafolatlovchi ijtimoiy
ta’minlanish minimumi belgilanadi.
To‘rtinchi yo‘nalish - «Yosh oila» yo‘nalishi. Oila xalqimizda muqaddas
dargoh sanaladi. 2012 yilni mamlakatimizda “Mustahkam oila yili” deb nomlanishi,
unga muvofiq qabul qilingan davlat dasturini amalga oshirish o‘z samarasini berdi.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda salkam 7 mln. oila yashaydi, shundan 995 mingdan
ortig‘i yosh oilalar hisoblanadi. Ya’ni, respublikamizda yosh oilalar jami oilalarning
16% ini tashkil etadi. Barkamol yosh avlod, avvalo oilada ulg‘ayadi. Umuman, bu
borada
amalga
oshirilayotgan
kompleks
chora-tadbirlar
turli
yillarning
nomlanishida ham o‘z aksini topib kelmoqda. Xususan, 1998 yil - Oila yiliga
bag‘ishlab ishlab chiqilgan Davlat dasturida belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi
orqali oilani ijtimoiy himoya qilish ko‘lamlarini yanada kengaytirish va
kuchaytirishga erishildi. “Yoshlar yili” deb nomlangan 2008 yilda yosh oilalarni
qo‘llab-quvvatlash maqsadida 30 mlrd. so‘mdan ziyod imtiyozli kreditlar ajratildi.
Beshinchi yo‘nalish – “Yoshlar professionalizmi” yo‘nalishi. Bu shuni
anglatadiki, yosh avlodga zamon talabi darajasida ta’lim-tarbiya va kasbga
ko‘nikma bergan holda uning jamiyatdagi mehnat bozoriga kirib borishini
ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturiga muvofiq,
mamlakatimizda «9+3» sxemasi bo‘yicha 12 yillik umumiy majburiy bepul ta’lim
tizimi joriy etildi. Umumta’lim maktabidagi 9 yillik o‘qishdan so‘ng o‘quvchilar
keyingi 3 yil davomida ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari va akademik
litseylarda ta’lim olib, ularning har biri umumta’lim fanlari bilan birga mehnat
bozorida talab qilinadigan mutaxassislik bo‘yicha kasb-hunarlarni egallamoqda.
O‘tgan yillar davomida 1573 ta yangi turdagi akademik litsey va kasb-hunar
kollejlari barpo etildi. Bugungi kunda mavjud 143 ta akademik litsey va 1430 ta
kasb-hunar kollejida 1 million 700 mingga yaqin o‘g‘il-qizlar ta’lim olishmoqda.
Kasb-hunar sirlarini egallagan yoshlar xalq xo‘jaligining turli sohalarida faoliyat
yuritmoqdalar. Umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari
o‘quvchilarining xalqaro fan olimpiadalaridagi ishtiroki ham yildan-yilga kengayib
bormoqda.
Oliy ta’lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasi asosida mamlakatimizda ikki
bosqichli bakalavriat va magistratura tizimiga o‘tildi. Bugungi kunda yoshlarimiz
75 ta oliy o‘quv yurtida xalqaro andozalarga mos shart-sharoitlarda ta’lim olmoqda.
Jahondagi nufuzli universitetlar bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.
Jumladan, Toshkentda Buyuk Britaniyaning xalqaro Vestminster universiteti,
Italiyaning Turin politexnika universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish
instituti, Koreyaning Inxa universiteti, Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz davlat
universiteti, Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti, Lomonosov
nomidagi Rossiya davlat universitetlari filiallari tashkil etildi. Iqtidorli talabalarni
har tomonlama rag‘batlantirish, ularga o‘z iste’dodlarini namoyon etishlari uchun
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, Alisher Navoiy, Ulug‘bek,
Beruniy, Ibn Sino nomidagi davlat stipendiyalari ta’sis etildi.
Oltinchi yo‘nalish – «Yoshlar axborot makonida» yo‘nalishi bugungi
murakkab globallashuv davrida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Butunjahon
axborot tarmog‘i orqali “ommaviy madaniyat” niqobi ostida milliy manfaatlarimiz,
mafkuramiz, ma’naviy-axloqiy qarashlarimizga yot zararli g‘oyalarni yoshlar
ongiga singdirishga urinishlar ham kuzatilmoqda. Shuning uchun ham davlatimiz
hozirgi davrga kelib axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadallik bilan
rivojlantirishga muhim ahamiyat bermoqda, “elektron hukumat” tizimiga
jamiyatning barcha tarmoqlari ulanmoqda8.
2016 yil 14 sentyabrda yangi O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid
davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinib (mazkur qonun asosida
8Ўша жойда.-Б.12-15.
O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 20 noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston
Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi Qonuni
bekor qilindi), u 4 ta bob, 33 ta moddada mujassamlashdi. U oldingi qonundan
fuqarolik jamiyati talablariga javlb berishi, yoshlarni ijtimoiy himoyalashga
qaratilganligi bilan ajralib turadi.
Qonunda ishlatilgan tushunchalarga quyidagi ta’riflar berildi:
yoshlarga oid davlat siyosati – davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda
yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa
yo‘nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini
nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar tizimi;
yoshlar (yosh fuqarolar) – 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan
shaxslar;
yosh oila – er-xotinning ikkisi h am o‘ttiz yoshdan oshmagan oila yoxud
farzand (bola) tarbiyalab voyaga yetkazayotgan 30 yoshdan oshmagan yolg‘iz
otadan yoki yolg‘iz onadan iborat bo‘lgan oila, shu jumladan nikohdan ajralgan,
beva erkak (beva ayol);
yosh mutaxassis – oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini
bitirgan, ta’lim muassasasini bitirganidan so‘ng olgan ixtisosligi bo‘yicha 3 yil
ichida ishga kirgan va ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatilgan ixtisosligi
bo‘yicha ishlayotganiga 3 yildan ko‘p bo‘lmagan 30 yoshdan oshmagan xodim;
yoshlar tadbirkorligi – yuridik shaxs tashkil etmagan holda yosh fuqarolar
tomonidan, shuningdek ta’sischilari yosh fuqarolar bo‘lgan yuridik shaxslar
tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati.
Qonunning 5-moddasida yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlri
o‘zida insoniy va demokratik jihatlar mujassamlashtirgani bilan ajralib turadi:
yoshlarning huquqlar i, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;
yoshlarning hayoti va sog‘lig‘ ini saqlash;
yoshlarning ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol
topishiga ko‘maklashish;
yoshlar uchun ochiq va sifatli ta’limni ta’minlash;
yoshlarni ishga joylashtirish va ularning bandligi uchun shart-sharoitlar
yaratish;
yoshlarni vatan parvarlik, fuqarolik tuyg‘usi, bag‘rikenglik, qonunlarga, milliy
va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqim larga qarshi
tura oladigan, hayotga bo‘lgan qat’iy ishonch va qarashlarga ega qilib tarbiyalash;
yoshlarni axloqiy negizlarni buzishga olib keladigan xatti-harakatlardan,
terrorizm va diniy ekstremizm, separatizm, fundamentalizm, zo‘ravonlik va
shafqatsizlik g‘oyalaridan himoya qilish;
yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish;
iqtidorli va iste’dodli yosh larni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish;
yoshlar tadbirko rligini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
yoshlarda sog‘lom turmush tarziga intilishni shakllantirish, shuningdek
yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va yoshlar sportini ommaviy
rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
yosh oilalarni ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ular uchun
munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish bo‘yicha kompleks chora-
tadbirlar tizimini amalga oshirish;
yoshlar ning huquqlari va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish sohasida faoliyatni
amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish9.
Qonunning fuqarolik jamiyatiga xos bo‘lgan muhim jihatlaridan biri — bu
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda mahallalar, nodavlat notijorat
tashkilotlari, ommaviy axborot vositalarining o‘rnini aniq belgilab qo‘yilganligidir.
Ayniqsa, mazkur tuzilmalar huquqlarida yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi
qonun hujjatlarining ijro etilishi, davlat dasturlarining va hududiy dasturlarning
ro‘yobga chiqarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish belgilangani
mamlakatimizning kuchli fuqarolik jamiyati sari intilayotganligini anglatadi.
Shuningdek, qonunda yoshlarning huquqiy va ijtimoiy himoyasiga alohida
ahamiyat berilib, unda yosh fuqarolarning huquqlari va erkinliklari qonunda
9Ўзбекистон Республикасининг “Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида”ги Қонуни.14 сентябрь 2016 й.// Ўзбекистон
Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2016, 37-сон, 426-модда; 2017, 24-сон, 487-модда.
belgilangan hollardan tashqari cheklanishi mumkin emasligi qayd etildi: ya’ni
qonunosti hujjatlari bilan yoshlarning huquq va erkinliklari cheklanishi mumkin
emas. Qonunda ta’lim muassasalarida o‘qish uchun imtiyozli kreditlar berish, yetim
bolalarni va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni turar-joylar
bilan ta’minlash, o‘rta maxsus, kasb-hunar yoki oliy ta’lim muassasasini
bitirganidan keyin bandlikni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish kabi
yoshlarni ijtimoiy himoya qilishning oldinlari qonunda bo‘lmagan davlat kafolatlari
belgilandi.
Mustaqillik davrida yoshlar tarbiyasi, ular orasida sog‘lom turmush tarzini
targ‘ib qilish, jinoyatchilikning oldini olishda, bandlikni ta’minlashda Kadrlar
tayyorlash Milliy dasturi, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”, “Ta’lim
to‘g‘risida”, “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”, “Jismoniy tarbiya va sport
to‘g‘risida”, “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning
profilaktikasi to‘g‘risida”, “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi kabi bir necha qonun
va dasturlarning qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etdi.
3.Mamlakatda barkamol avlodni shakllantirishning yangi bosqichi
2016 yilning so‘nggi choragida Sh.M.Miriyoevning davlat rahbari sifatigi
faoliyati boshlanganidan keyin davlatimizning yoshlar siyosatida rivojlangan
mamlakatlar tajribasi va fuqarolik jamiyati talablariga xos bo‘lgan jihatlar shakllana
boshladi. 2017 yil 30 iyun kuni “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining Yoshlar
ittifoqiga aylantirilishi, ana shu ishlarning mantiqiy davomi bo‘lib, davlat tomonidan
yoshlar borasida olib borilayotgan siyosatni yana bir pog‘ona yuqoriga olib chiqdi.
Shuningdek, yangi nizom va uslubda ish olib borilishi ko‘zda tutilgan mazkur Ittifoq
oldiga yoshlar orasiga tobora chuqurroq kirib borish, jamiyat ravnaqi yo‘lida faol
ishtirok etish kabi dolzarb vazifalar yuklandi.
O‘zbekistonda Prezident Sh.M.Mirziyoev tomonidan mamlakatda fuqarolik
jamiyati qurishning “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga
xizmat qilishi kerak” degan g‘oyasi asosida boshlangan islohotlar natijasida
yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatlardan himoyalash, ularnisalohiyatini ro‘yobga
chiqarishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, ularni fuqarolik jamiyati qurish
islohotlaridagi ishtiroklarini faollashtirish davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishi
sifatida e’lon qilindi.
Prezident Sh.M.Mirziyoev yoshlar qurultoyidagi (30 iyun 2017 y.) nutqida
mamlakat yoshlari vakillariga qarata quyidagi fikrlar bilan murojaat etdi:
“O‘zbekiston yoshlari rasmiyatchilikdan, kampaniyabozlikdan xoli, navqiron avlod
manfaatlarining haqiqiy himoyachisibo‘la olad igan demokratik yoshlar tashkilotini
tuzish haqida o‘z xohish-istaklarini bildirmoqda. Bunda ilgarigidek barcha yoshlarni
bir tashkilotga «ixtiyoriy-majburiy» asosda birlashtirish emas, aksincha, ularning
orzu-intilishlari, hayotiy va kasbiy qiziqish doirasi, ijti-moiy maqsadlari bo‘yicha
uyushtirish to‘g‘ri bo‘ladi, degan takliflar ilgari surilmoqda Mening nazarimda,
bunday fikrlarda chuqur asos va mantiq bor. Bu taklifning afzalligi shundaki, u
mamlakat yoshlarining barcha toifa va guruhlarini qamrab oladi, eng muhimi, ularni
demokratik prinsiplar asosida birlashtiradi. Bu, o‘z navbatida, bugun O‘zbekistonda
olib borilayotgan demokratik islohotlar jarayoni bilan hamohang ekani ayniqsa
e’tiborlidir. Ana shularning barchasini hisobga olib, mamlakatimizda yoshlarning
chinakam suyanchi va tayanchi bo‘la oladigan mutlaqo yangi tashkilot –
O‘zbekiston yoshlar ittifoqini tashkil etsak, nima deysizlar?”10. Mazkur purhikmat
so‘zlardan ko‘rinib turibdiki, davlatimiznig yoshlarga oid siyosati hozirgi davrdi
o‘zining insonga, uning sha’niga, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlagan
holda fuqarolik jamiyatiga xos bo‘lgan insoniy birlikni shakllantirishga
qaratilgandir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyulda qabul qilgan
“Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar
ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoni mamlakatda yoshlarni
ijtimoiy qilish, ularni o‘z salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun imkoniyatlar
yaratishda tarixiy o‘zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgani bilan ajralib turadi.
10Мирзиёев Ш.М. Жисмоний ва маънавий баркамол ёшлар – бугунги ва эртанги кунимизнинг ҳал қилувчи кучидир.
“Камолот” ёшлар ижтимоий ҳаракатининг IV қурултойида сўзланган нутқ. 2017 й. 30 июнь.// Миллий тараққиёт
йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз.-Т.: “Ўзбекистон” НМИУ, 2017.-Б.515-516.
Farmonga muvofiq, yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga
oshirish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, huquq va qonuniy
manfaatlarini himoya qilish tizimini tubdan isloh etish maqsadida O‘zbekiston
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati negizida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil
etildi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun – 30 iyun sanasi
mamlakatimizda “Yoshlar kuni” sifatida nishonlanadi. Shuningdek, O‘zbekiston
yoshlar ittifoqiga 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasidagi islohotlarda
yoshlar faolligini oshirish bilan bog‘liq bir qator yangi va muhim vazifalar qo‘yildi.
Farmonga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida Yoshlar
siyosati masalalari xizmati tashkil etilib, unga O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi –
O‘zbekiston
yoshlar
ittifoqi
Markaziy
Kengashi
raisi
rahbarlik
qilishi
belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati masalalari
bo‘yicha Davlat maslahatchisi – O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi
raisi o‘z lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
tayinlanadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a’zosi
hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekiston yoshlar
ittifoqi Markaziy Kengashiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda yaqindan
ko‘maklashish, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi
vakolatli idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish, O‘zbekiston Respublikasining
“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonuni talablarini hayotga to‘laqonli
joriy etish va nazorat o‘rnatish maqsadida Yoshlar masalalari bo‘yicha respublika
idoralararo kengashi tashkil etildi. Ayni paytda Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlari
raisligida Yoshlar masalalari bo‘yicha hududiy idoralararo kengashlar faoliyat
yuritadi.
Shu bilan birga, 2017-2018 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim
muassasalarida “katta yetakchi” va “to‘garak rahbari” shtat birliklarini tugatish
hisobiga lavozim maoshi yuqori sinf o‘qituvchisiga tenglashtirilgan “yoshlar
yetakchisi” shtat birligi joriy etildi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida
“yoshlar yetakchisi” vazifasi yuklatilgan xodimga o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
muassasasining direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan oliy ma’lumotli
o‘qituvchi bazaviy tarif stavkasining 50 foizi miqdorida har oylik ustama
belgilanadi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi qoshida yoshlarning xohish va
intilishlaridan kelib chiqib, yoshlar uyushmalari hamda yoshlarga ijtimoiy-
psixologik yordam ko‘rsatish markazlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti
huzuridagi
Davlat
boshqaruvi
akademiyasi
qoshida
Yoshlar
muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tashkil etilishi
Farmonda belgilab berilgan.
Ta’lim muassasasini tamomlaganiga uch yil bo‘lmagan, birinchi marta ishga
qabul qilingan yoshlarga daromad solig‘ini birinchi yil uchun 50 foiz, ikkinchi va
uchinchi yillar uchun esa 25 foizga kamaytirish, shuningdek, O‘zbekiston yoshlar
ittifoqi qoshida turli fanlar, jumladan, chet tillarni o‘rgatish, kompyuter dasturlarini
tuzish va tadbirkorlik asoslarini o‘qitish maqsadida tashkil etiladigan sho‘ba
korxonalarini 2027 yil 1 avgustga qadar barcha soliqlardan ozod etish, bunda
korxona ixtiyorida qoladigan summaning 20 foizini O‘zbekiston yoshlar ittifoqining
rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazish amaliyoti joriy etiladi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar,
Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar kengashlari raislari tegishliligi bo‘yicha
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri,
tumanlar va shaharlar hokimlarining yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha
maslahatchisi hisoblanadi va maqomi bo‘yicha ularning birinchi o‘rinbosarlariga
tenglashtirildi. Respublikamizning tuman markazlari va shaharlarda Yoshlar
tadbirkorlik klasterlari tashkil etiladi. Foydalanilmayotgan davlat ob’ektlarini,
shuningdek, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalaridagi ob’ektlarni O‘zbekiston
yoshlar ittifoqining a’zosi bo‘lgan yosh tadbirkorlarga to‘lovsiz ijaraga berish tartibi
joriy etiladi11.
2017 yilning ikkinchi yarmida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi
davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa
institutlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish yo‘lida katta amaliy sa’y-
harakatlarni amalga oshirdi. Xususan, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi,
Kinematografiyani rivojlantirishga ko‘maklashish markazi, O‘zbekiston Fermerlari
kengashi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Savdo-sanoat palatasi, Xotin-qizlar
qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va
ma’rifat markazi, Fan va texnologiyalar agentligi bilan hamkorlik bitimlari
imzolandi. Ushbu hujjatlar asosida ta’lim muassasalarida 11 ming 266 ta, madaniyat,
sport va sog‘liqni saqlash sohalarida 3 ming 200 ta, tadbirkorlik sub’ektlari va
fermer xo‘jaliklarida 3 ming 755 ta, jamoat tashkilotlarida 2 ming 365 ta hamda
vazirlik, idora va tashkilotlarning respublika boshqaruv organlarida 50 ta
Yetakchilar kengashi tuzilib, faoliyat olib bormoqda.
Yoshlarning xohish va intilishlaridan kelib chiqib tashkilot qoshida mustaqil
huquqiy maqomga ega yigirmaga yaqin yangi tuzilma: Respublika yosh olimlar
kengashi; Yosh ijodkorlar kengashi; Yoshlar turizmi agentligi; Yoshlar nashriyot
uyi, Yosh kinoijodkorlar uyushmasi, O‘zbekiston yosh fermerlari assotsiatsiyasi,
Yoshlarga ijtimoiy-psixologik xizmat ko‘rsatish markazi, Imkoniyati cheklangan
yoshlar va bolalar markazi, O‘zbekiston yosh tadbirkorlar assotsiatsiyasi, “Yoshlar
ovozi” radiosi va boshqalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Shu bilan birga, Ittifoqning
Markaziy Kengashi qoshida Yoshlar press-klubi tashkil etildi.
Yosh oilalarni yanada qo‘llab-quvvatlash, uy-joy va maishiy sharoitlarini
yaxshilash maqsadida 2018-2021 yillarga mo‘ljallangan Yoshlar uylarini barpo etish
dasturi ishlab chiqildi. Uning ijrosi doirasida barcha yirik shaharlarda ko‘p qavatli,
qishloqlarda esa, bir-ikki qavatli namunaviy loyihalar asosida 29 ta arzon uy qurilib,
1 ming 12 nafar yosh oilaga imtiyozli kredit asosida taqdim etiladi.
11Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ёшларга оид давлат сиёсати самарадорлигини ошириш ва Ўзбекистон
ёшлар иттифоқи фаолиятини қўллаб-қувватлаш тўғрисида”ги фармони. 2017 й 5 июль.//http: //www. press-
service.uz/uz/lists/view/748.
Mamlakatimizda jadal amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va
demokratik o‘zgarishlarning mazmun-mohiyatini yoshlarga to‘laqonli tushuntirish,
yoshlarni, jumladan, uyushmagan yoshlarni o‘ylantirayotgan muammolarni
aniqlash, ularni hal etishga ko‘maklashish, takliflarini qo‘llab-quvvatlash va
intilishlarini ro‘yobga chiqarish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish
maqsadida tashkil etilgan “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostidagi
“Yoshlar poezdi” targ‘ibot aksiyasi Yoshlar ittifoqining eng yirik loyihalaridan
biriga aylandi.
Qisqa muddat ichida 47 vazirlik va idora, 10 mingga yaqin ta’lim muassasasi
hamda 3 ming 25 ta korxona va tashkilotda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich
tashkilotlari tuzildi, shuningdek, o‘n bir yillik ta’lim tizimiga o‘tish munosabati
bilan bo‘shab qolgan 46 ta tuman va shahardagi kollejlar bazasida Yoshlar
markazlarining tantanali ochilish marosimlari bo‘lib o‘tdi
Respublikaning barcha tuman va shaharlarida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
tashabbusi bilan tashkil etilgan mehnat yarmarkalari natijasida ikki ming nafardan
ortiq uyushmagan yoshning ishga joylasha olgani ham tahsinga loyiq jihatdir.
Bundan tashqari, Ittifoqning tuman va shahar kengashlari qoshida tashkil etilgan
yosh tadbirkorlar konsultativ markazlari 580 nafar yigit-qizga tadbirkorlik
faoliyatini yo‘lga qo‘yishda ko‘mak bergan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrida ichki ishlar
idoralarida profilaktik hisobda turuvchi voyaga yetmagan yoshlar uchun hududlarda
tarbiya va sport sog‘lomlashtirish oromgohlari tashkil etildi. Loyihaga 3 ming 561
nafar yosh jalb qilinib, shundan 2 ming 523 nafarini ichki ishlar idoralarida
profilaktik hisobda turuvchi voyaga yetmaganlar, 1 ming 38 nafarini kam
ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oila farzandlari tashkil etdi.
2017 yilning iyul-avgust oylari mobaynida 6 ming 665 nafar yosh tadbirkor, 3
ming nafardan ziyod yosh fermer hamda 5 ming nafardan ortiq uyushmagan yoshni
qamrab olgan holda joylarda yosh tadbirkorlarning muammolari hamda taklif-
istaklarini o‘rganishga qaratilgan ochiq muloqotlar tashkil etildi. Ishtirokchilar
tomonidan tilga olingan 653 ta muammo jamlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan
alohida chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi va ijroga qaratildi. Shu bilan birga,
muloqotlarda qatnashgan yoshlar uchun kichik iqtisodiy va sanoat zonalari hamda
ishlab chiqarish korxonalariga biznes-sayohatlar tashkil etildi. 17-20 sentyabr
kunlari Orol dengizining bugungi kundagi holatini o‘rganish hamda bu fojiaga keng
jamoatchilik e’tiborini yana bir bora qaratish maqsadida Qoraqalpog‘iston
Respublikasining Mo‘ynoq tumaniga yoshlar ekspeditsiyasi uyushtirildi. Unda yosh
olimlar, gid-ekskursovodlar, fotosuratchilar, bloger va jurnalistlar ishtirok etdi. 25
nafar kishidan iborat ekspeditsiya a’zolari uch kun mobaynida Orolbo‘yi
mintaqasida istiqomat qilib, u yerdagi haqiqiy holat bilan yaqindan tanishdi.
Ekspeditsiya davomida “#SaveAral” (“Orolni asra”) guruhi tashkil etilib, Orol
dengizi sohilida istiqomat qiluvchi aholi hamda sayyohlar tibbiy ko‘rikdan
o‘tkazildi.
Yoshlarni foydali mehnat bilan band qilish, ularni moddiy qo‘llab-quvvatlash
maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi paxta yig‘im-terimi mavsumida jonkuyar
fermerlarimizga yelka tutishga oshiqdi. Shu niyatda respublika bo‘ylab ko‘ngilli,
shu jumladan, uyushmagan yoshlardan iborat “Fidoyi yoshlar” otryadlari
tuzildi.Ayni vaqtda “Fidoyi yoshlar” mamlakatimiz paxta xirmonini to‘ldirishga
munosib hissa qo‘shdi12.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va mamlakat yoshlarning xalqaro maydondagi
faoiyati ham beqiyos darajada o‘sdi. Jumladan, O‘zbekistonda BMTning
Aholishunoslik jamg‘armasi (YuNFPA) mamlakat Hukumati, joylardagi hukumat
idoralari bilan hamkorlikda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyalarni ishlab
chiqishda qo‘llanadigan demografik ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish bo‘yicha
keng ko‘lamli tadbirlarni amalga oshirdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan esa,
YuNFPA butun O‘zbekiston bo‘ylab bolalar va yoshlar sifatli birlamchi tibbiy-
sanitariya yordamidan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilashga qaratilgan
tashabbuslarini hayotga tadbiq etib kelmoqda. BMT yordamida Sog‘liqni saqlash
vazirligi yoshlarga yanada sifatliroq va aynan yoshlarga mo‘ljallangan tibbiy
xizmatlarni ko‘rsatishga erishmoqda. BMTning Taraqqiyot dasturi esa, Savdo-
12Ёшлар иттифоқи: Садоқат ва саодат майдони.//http://www.yoshlarovozi.uz/2017/12 .
sanoat palatasi bilan hamkorlikda yoshlar orasida tadbirkorlik faoliyatini
rag‘batlantirish, tadbirkor yoshlarga keng yo‘l ochib berishni ko‘zlab, bir qator keng
ko‘lamdagi tashabbuslarni amalga oshirib kelmoqda. Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan
hamkorlikda olib borilayotgan ishlar doirasida yosh ayol va qizlarda yetakchilik
qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ham amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, yoshlarga sarmoya ajratish masalasiga BMT alohida urg‘u
bermoqda. Ayniqsa, yoshlar uchun sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimini
takomillashtirishga va shuning hisobiga kelajakda sog‘lom va yuqori toifali
mutaxassislarni tayyorlashga katta e’tibor qaratmoqda. Sog‘liqni saqlash va ta’lim
tizimini yanada takomillashtirish dasturlarining amalga oshirilishi tufayli, endilikda
barcha bolalar va yoshlar aynan ularning manfaatlari va ehtiyojlarini inobatga
oluvchi xizmatlardan foydalanish imkoniga ega bo‘lib, kelajakda o‘z yurtining
iqtisodiy taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shishga qodir bo‘lgan sog‘lom, bilimli, dono
insonlarga aylanishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Ushbu maqsadlarga
yo‘naltirilgan sarmoyalar tufayli, endilikda mamlakatlar o‘zining odam resurslari,
ya’ni “demografik dividendi”, yetuk mutaxassislari sonini ko‘paytirib, yangi
yutuqlarga erishmoqda.
BMTning O‘zbekistondagi Doimiy vakili Xelena Freyzerning yoshlar
masalasiga bag‘ishlangan ma’ruzasidagi quyidagi fikrlar uning chin e’tirofini
ifodalaydi: “O‘zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoev BMTning Bosh Assambleyasida
so‘zga chiqib “ertangi kunimiz, sayyoramizning farovonligi bolalarimiz qanday
inson bo‘lib ulg‘ayishiga bog‘liq”, deb ta’kidladi. Uning so‘zlari amalda aniq
ishlarda mujassam bo‘ldi, zero joriy yilning 30 iyun kuni “Yoshlar kuni” deb ye’lon
qilinib, shu kunning o‘zida “Harakatlar strategiyasi 2017-2021”ga muvofiq
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi vujudga keldi. Mazkur tashkilotga yoshlar irodasini
izhor yetish, ularning jamiyat hayotidagi ishtirokini ta’minlash, yoshlar
tadbirkorligini rivojlantirish kabi vazifalar yuklatildi. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “Davlat yoshlar siyosatining samaradorligini oshirish va O‘zbekiston
Yoshlar ittifoqining faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
farmoni bilan “Yoshlar bo‘yicha umumjahon harakatlar dasturi”ga muvofiq bo‘lgan
12 ta asosiy vazifalar belgilandi. Bundan tashqari, o‘tgan haftada Vazirlar
Mahkamasining “Yoshlar tadbirkorligi klasterlarini yaratish bo‘yicha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Konstitutsiyangiz bilan kafolatlangan
huquqlaringizni biling, O‘zbekiston imzolagan bitimlar va BMT konvensiyalaridan
xabardor bo‘ling, hukumat tomonidan siz uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan
xabardor bo‘ling. Oilangiz, jamiyatingiz, yoshlar hamjamiyati, hukumatingiz
hayotida faol ishtirok yeting. Hayotda unchalik katta imkoniyatlarga yega
bo‘lmagan insonlarni qo‘llab-quvvatlang, ularga yordam bering. Mavjud bo‘lgan
barcha imkoniyatlardan foydalanib, o‘z yurtingiz taraqqiyotiga hissa qo‘shing!”13
Fuqarolik jamiyati qurish islohotlarining hozirgi bosqichida O‘zbekiston
yoshlari alohida ijtimoiy qatlam, faol ijtimoiy-siyosiy kuch, hozirgi avlod
davomchilari sifatida namoyon bo‘lmoqda. Davlatimizning yoshlarga oid siyosati
amalda o‘zini namoyon qilish davrining boshlanishi natijasi o‘laroq yoshlarda o‘z
atrofida kechayotgan hodisalarni mustaqil baholaydigan, har qanday shart-
sharoitlarda o‘zining pozitsiyasiga ega bo‘lgan yangi sifatlar va fazilatlar
shakllanmoqda. Yoshlar o‘rtasida jonlanish, ijtimoiy va siyosiy voqeliklarga
befarqlik bilan qaramaslik, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishga intilishlar ko‘zga
tashlanmoqda. Zero, bu hozirgi fuqarolik jamiyati qurish islohotlarining o‘zining
qizg‘in pallasiga kirganligi bilan izohlanadi.
Nazorat savollari:
1. Fuqarolik pozitsiyasi tushunchasiga izoh bering?
13БМТнинг Ўзбекистондаги Доимий вакили Хелена Фрейзернинг ёшлар масаласига бағишланган маърузаси. 27.11.2017//
http://www.un.uz/uzb/news/display/252.
2. Fuqarolik madaniyati va mas’uliyatining o‘zaro aloqadorligini qanday
tushunish kerak?
3. O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga
qaratilgan qanday ustuvor yo‘nalishlarni bilasiz?
4. Yoshlarga oid davlat siyosatining tashkiliy-huquqiy asoslari nimalardan iborat?
5. Barkamol avlodni tarbiyalash g‘oyasi va uni amalga oshirish mexnaizmlarini
qanday tasavvur qilasiz?