FAOLIYAT VA MOTIVATSIYA (Faoliyat haqida tushuncha, Faoliyatning interiorizatsiyasi va eksteriorizatsiyasi, Motiv va motivatsiya. Motivlarning turlari, Motivatsiya nazariyalari(A.Maslou,A.Adler,Z.Freyd))
Yuklangan vaqt
2024-04-11
Yuklab olishlar soni
10
Sahifalar soni
37
Faytl hajmi
94,2 KB
FAOLIYAT VA MOTIVATSIYA
Reja:
1.
Faoliyat haqida tushuncha
2.
Faoliyatning interiorizatsiyasi va eksteriorizatsiyasi.
3.
Motiv va motivatsiya. Motivlarning turlari
4.
Motivatsiya nazariyalari(A.Maslou,A.Adler,Z.Freyd)
Tayanch so`z va iboralar:
Faoliyat, faollik,harakat, xatti-harakat, sa`i-harakat, maqsad, intilish,
interoreorizatsiya, eksteroriorezatsiya, faoliyat turi: o`yin, o`qish, mehnat, motiv,
ko`nikma, malaka, odat,motivatsiya, motiv turi: ichki, tashqi, motivatsiya
nazariyasi: bixeveorizm, neobixeveorizm.
1. Faoliyat haqida tushunch
Odam tabiati jihatidan faol mavjudotdir. U ma’lum faoliyatda bo’lmasdan
yashay olmaydi. Inson faoliyatining turi juda ko’p bo’lib, ulardan eng muhimi
ijtimoiy qiymatga ega bo’lgan ishlab chiqarish mehnatdir. Odam har doim jamoada
bo’lib mehnat qiladi va mehnat natijalarini ham jamoa turmush tarzini o’zlashtiradi.
Har bir tirik organizmning faolligi uning ehtiyojlarini qondirilishiga qaratilgan
bo’ladi. Anglab bo’lmaydigan va anglab bo’ladigan tabiiy yoki, madaniy, yoki
ma’naviy, shaxsiy yoki ijtimoiy-shaxsiy ehtiyojlar odamda har turli faollik
tug’diradi. Ma’lumki, inson faoliyati jarayonida ma’lum bir mahsulotni yaratadi va
undan ishlab chiqarish jarayonida foydalanadi. Aynan faoliyatda erishilayotgan
muvaffaqiyatini ta’minlovchi bir qator omillar mavjud. Shular jumlasiga ob’ektiv va
sub’ektiv omillarni kiritish mumkin va u quyidagi jadvalda aks ettirilgan.
FAOLIYAT SAMARADORLIGINING
OMILLARI
ОBYEKTIV
SUBAEKTIV
TAYYORGARLIK
DARAJASI
INDIVIDUAL
XUSUSIYATLAR
BOSHQARUVChI
HOLATI
MUHIT
YASHASH
SHAROITI
VAZIYATNING
OBYEKTIV
SHAROITI
FAOLIYATNI
TASHKIL ETISH
ISH JOYINI
TASHKIL ETISH
AXBOROTLAR
OQIMI
FAOLIYAT
NAZORATI
OBYEKT
Agar hayvonlarni xatti-harakatlari bevosita tevarak–atrofdagi muhit bilan
belgilansa, odamning faolligi esa ilk yoshlik davridan boshlaboq, butun
insoniyatning tajribasi va jamiyat talabi bilan boshqariladi. Shu bois “faoliyat”,
“faollik”, “xatti-harakat” tushunchalarining mazmun mohiyatini anglab olish lozim.
Shunga ko’ra adabiyotlarda mazkur tushunchalarga berilgan ta’riflarga asosiy
e’tiborni qaratish lozim.
A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan “Umumiy psixologiya” darsligida:
“Faoliyat – kishining anglangan maqsad bilan boshqarilib turiladigan ichki (psixik)
va tashqi (jismoniy) faolligidir” –deb ta’riflanadi.
M.G.Davletshin muallifligida chop etilgan “Psixologiya” qisqacha izohli
lug’atida: “Faollik – tirik materiyaning umumiy xususiyati, tevarak atrofdagi muhit
bilan o’zaro ta’sirida namoyon bo’ladi. Psixik faollik bu o’zaro ta’sir shu asosda
faollik ko’rsatish bilan tavsiflanadi”-deya ta’riflangan.
Faoliyat – insoniyatga xos ong bilan boshqariladigan ehtiyojlar tufayli, paydo
bo’ladigan va tashqi olam bilan kishining o’z–o’zini bilishga, uni qayta qurishga
yo’naltirilgan faolligidir.
Harakat – maqsadga muvofiq yo’naltirilib, ongli ravishda amalga
oshiriladigan harakatlar yig’indisi. Harakat ongli faoliyatlarning tarkibiy qismlari va
motivlaridan biridir.
Q.Turg’unovning “Psixologiya” terminlarining qisqacha ruscha-o’zbekcha
izohli lug’atida: Faollik – shaxsning ehtiyojlarini qondirish uchun voqelikni
o’zlashtirishga qaratilgan muhim qobiliyatidir. Faollik ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo’lib,
kishining faoliyati mehnat, o’qish, o’yin, ijtimoiy hayot, sport, ijod kabilarda yaqqol
namoyon bo’ladi”- deb ko’rsatiladi.
Faoliyat-inson hayotining uning voqelikka nisbatan faol munosabatining
ro’yobga chiqish shakli. Harakat – maqsadga muvofiq yo’naltirilib, ongli ravishda
amalga oshiriladigan harakatlar yig’indisi ongli faoliyat tarkibiy qismlari va
motivlaridan iborat.
V.M.Karimovaning “Psixologiya” o’quv qo’llanmasida quyidagicha ta’riflar
uchraydi:
Faollik – shaxsning hayotdagi barcha xatti–harakatlarini namoyon etishni
tushuntiruvchi kategoriyadir.
Faoliyat – inson ongi va tafakkuri bilan boshqariladigan, undagi turli-tuman
ehtiyojlardan kelib chiqadigan hamda tashqi olamni va o’z-o’zini o’zgartirish va
takomillashtirishga qaratilgan o’ziga xos faollik shaklidir.
Mazkur ta’riflardan ko’rinadiki, faoliyat tushunchasi o’z tarkibiga shaxsning u
yoki bu darajadagi faollik ko’rsata olish darajalarini qamrab oladi va unga umumiy
tarzda quyidagicha ta’rif berish mumkin: Faoliyat-anglangan maqsad bilan
boshqariladigan ichki (psixik) va tashqi (jismoniy) harakatlar yig’indisiga aytiladi.
Adabiyotlarda faollik va harakat tushunchalari o’zaro bir-biriga bog’liq
bo’lgani bilan ular o’rtasidagi ayrim farqli belgilar kuzatiladi. Jumladan,
faoliyatning mazmuni to’la-to’kis uni yuzaga keltirgan tabiiy-biologik va ma’naviy
ehtiyojlar bilan shartlashmaganligi tufayli uning psixologik mexanizmi ham
o’zgacha negizda qurilishi mumkin.
Ikkinchidan, faoliyat muvaffaqiyatini ta’minlash uchun psixik narsa va
hodisalarning xususiyat ob’ektiv xossalarni aks ettirishi, qo’yilgan maqsadga
erishish yo’l-yo’riqlarini aniqlab berish lozim.
Uchinchidan,
faoliyat
shaxsning
xulq-atvorini
maqsadga
qaratilgan
harakatlarni ruyobga chiqarish, yuzaga kelgan ehtiyojlarni va yordamga muhtojligi,
faollikning imkonini beradigan boshqarishni uddalash lozim. Shuning uchun
faoliyatni bilish jarayonlarisiz, irodaviy zo’r berishsiz amalga oshirish juda mushkul.
Aynan ikkala omil o’zaro uzviy aloqaga kirgandagina yaratuvchanlik xususiyatini
kasb etadi.
Inson faolligining o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, faoliyatning
mazmuni ana shu faoliyatni yuzaga keltirgan ehtiyojning bir o’zi bilan
belgilanmaydi. Agar ehtiyoj faoliyatga motiv sifatida madad berib, uni
rag’batlantirib tursa faoliyatning shakli va mazmuni ijtimoiy sharoitlar, ijtimoiy
talablar hamda tajribalar bilan belgilanadi.
Faoliyatning muhim xususiyatlari
Hayvonlar faolligi
Inson faoliyati
Instinktiv – biologik faollik
Bilishga va muloqotga bo’lgan
ehtiyojlar bilan yo’naltirilgan.
Hamkorlikdagi faoliyat emas, biologik
maqsadlar, (oziqlanish,
himoyalanish)ga asoslangan to’da
bo’lib yurish,
Kishilik jamiyati hamkorligidagi
faoliyat asosida tashkil topgan, har bir
harakat inson uchun hamkorlikdagi
faoliyatidagi o’rniga ko’ra
ahamiyatlidir.
Ko’rgazmali – yaqqol vaziyatlar bilan
boshqariladi
Predmet va hodisalarni mavhum-
lashtirish, ular o’rtasidagi sababiy
bog’lanish va munosabatlarni aniqlash
mumkin.
Irsiy jihatdan mustahkamlangan dastur
(instinkt)lar asosidagi xatti-harakatlar,
ko’nikmalar yakka tartibda hosil
bo’lib hayvonning yashash uchun
tashqi sharoitlarga moslashishi sifatida
namoyon bo’ladi.
Tajribani berish va o’zlashtirish
muloqotning ijtimoiy vositalari (til va
boshqa belgilar tizimi) yoki moddiy
madaniyat mahsulotlari orqali amalga
oshiriladi.
Yordamchi qurollar, vositalar yasashi
mumkin, ammo undan qurol sifatida
doimo foydalanmaydi. Bir qurol
yordamida boshqa qurol yasay
olmaydi.
Mehnat qurollari yasab, uni keyingi
avlodlariga ham qoldirishi mumkin.
Turli predmet va qurollardan
foydalanib, yangi qurol va vositalar
yarata oladi.
Tashqi muhitga moslashadi
O’z ehtiyojlariga muvofiq tarzda tashqi
dunyoni o’zgartiradi.
Biroq odam, masalan, dastgohni ochlik ehtiyojini qondirish uchun
boshqarmaydi. Inson faoliyatining mazmuni jamiyat talab qiladigan biron
mahsulotni tayyorlash maqsadi bilan belgilanadi. Faollik manbai bo’lgan faoliyat
yaxshi anglab olingan maqsad bilan belgilanadi.
Yuqoridagi jadvalda inson faoliyati bilan hayvonlar hatti-harakati o’rtasidagi
farqlar aks ettirilgan. Faoliyat faollikni anglab olingan maqsad bilan boshqaradi.
Faoliyatni anglash qanday darajada bo’lmasin maqsadni anglash hamma vaqt ham
zaruriy belgi sifatida qolaveradi.
I.M.Sechenov fiziologik organlar va tizimlar faolligi yoki ishi to’g’risida
tasavvurga ega bo’lgan, shu sababdan uning asarlarida “Tafakkurning faol shakli”,
“Tafakkur faoliyati”, “Miya faoliyati”, “Muskul faoliyati” so’z birikmalar keng
ko’lamda joy olganligi I.P.Pavlov tomonidan “Oliy nerv faoliyati”, N.A.Bernshteyin
esa “Fiziologik faolligi” atamani fan olamiga olib kirgan. Lekin N.A.Bernshteyn
faollik, faoliyat, ish, mehnat tushunchalarini ma’nosiga ko’ra farqlagan bo’lishiga
qaramay, u aksariyat hollarda faollikni faoliyat ma’nosida qo’llagan.
Psixofiziologiyada faoliyat faollikni fiziologik ma’nosi sifatida talqin qilingan
bo’lsa, ish, mehnat faoliyati, “mehnat faolligi” mazmunida qo’llaniladi. Ijtimoiy
psixologiyada “Faoliyat – faollik – ish – mehnat”, “Faoliyat - xulq”, “mehnat – xulq,
faoliyat” ko’rinishlari juftligi uchrab turadi. S.L.Rubinshteyn ong va faoliyat birligi
tamoyilini ilgari surib, uni atroflicha asoslab berib, faoliyat psixologiyasini yaratish
zarurligini tushuntira oldi. Uningcha, mehnat psixologik emas, balki “ijtimoiy
kategoriya”, psixologiya esa “mehnat faoliyatining psixologik jabhalarini” tadqiq
etadi.
A.N.Leontev faoliyatning psixologik nazariyasini yaratib, uning asosiy
tushunchasi sifatida “Predmetli faoliyat” so’z birikmasini fanga olib kirdi. Muallif
tomonidan “Odamning hissiy amaliy faoliyati” so’z birikmasi “ijtimoiy inson”
sifatida talqin etiladi. Uning asarlarida “Faoliyat”, “Xulq” tushunchalari har xil
mazmunda ishlatiladi, jumladan “Teskari aloqalar vositasida xulqni boshqarish”,
“Faoliyatning halqali tuzilishi”, “Faoliyatni boshqarish”, “Qo’lning tuyush
faoliyati”, “Pertseptiv faoliyat”, “Retseptor va effektor” apparatlarining hamkorlik
faoliyati kabilar.
B.G.Ananьev faoliyat psixologiyasini faollik psixologiyasi ma’nosida
tushunadi. Uning fikricha bilish va muomala faoliyatning birlamchi ko’rinishidir.
Tadqiqotchi “Inson faoliyati”, “Tashkiliy ish”, “Tashkilotchilik faoliyati”, “Xulq
jarayonining algoritmlari” atamalaridan har xil ma’noda foydalanadi
Faoliyatning interiorizatsiyasi va eksteriorizatsiyasi
Tashqi olamda turli hodisalar ma’lum darajada o’zaro doimiy bog’liqlikga,
ma’lum sharoitlarda namoyon bo’ladigan biror mustahkam xususiyatga va
tuzilishga egadir.
Ob’ektlar
bilan
hodisalar
o’rtasidagi
bunday
barqaror
(invariant)
munosabatlarni ob’ektlarning muhim xususiyatlari deb yuritiladi. Bu ularning
kelajakda qay darajada o’zgarishi va shu maqsadga muvofiq ish tutish, ya’ni ob’ekt
va hodisalarning “xatti - harakatlari”ni oldindan ko’ra olish imkoniyatini beradi.
Tashqi, ya’ni buyumlar bilan qilinadigan bunday holda guyo ichki, ya’ni ildam
faoliyatni oldindan payqab olinadi. Ob’ekt (narsa) ustida qilinadigan konkret ishlar
bu ob’ektlarning muhim xususiyatlari ustida qilinadigan operatsiyalar bilan, ya’ni
ideal (psixik) ishlar bilan almashinadi. Boshqacha qilib aytganda narsalar bilan
jismoniy tarzda qilinadigan ishlar shu narsalarning mazmuni bilan almashinadi.
Tashqi real ishdan ichki ideal ishga mana shunday o’tish jarayonini
interorizatsiya
deb
yuritiladi
(ichki
ishga
aylanadi).
Inson
psixikasi
interiorizatsiyasi tufayli ayni chog’da ko’z o’ngida yo’q bo’lgan narsalarning
obrazlari bilan ishlay bilish qobiliyatiga ega. Interiorizatsiya muammosi rus olimlari
L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, P.Ya.Galperin va ularning shogirdlari tomonidan turli
jabhalarda tadqiq qilingan. Interiorizatsiya orqali inson psixikasi muayyan vaqt
oralig’ida uning idrok maydonida yo’q narsalarning timsoli (obrazi) dan foydalanish
qurbiga ega bo’ladi. Shu narsa ma’lumki bunday o’zgarishlarning muhim quroli
bo’lib, so’z o’zgarishi vositasi sifatida nutqiy faoliyat xizmat qiladi. Shuning uchun
so’zlarni to’g’ri ishlatishga odatlanish favqulodda buyumlarning muhim
xususiyatlari haqida axborotdan foydalanishning usullarini o’zlashtirish demakdir.
Inson aqliy taraqqiyotida interiorizatsiyaning ahamiyati kattadir.
Ma’lumki, odamning ichki dunyosi paydo bo’lgandan so’ng har bir narsani, har
bir harakatni oldindan ichida o’ylab so’ngra amalga oshiradi. Oldin ichida o’ylab,
so’ngra bevosita tashqi munosabatga o’tishi faoliyatning eksteriorizatsiyasi deb
yuritiladi.
Shuning uchun shaxs faoliyatining jismoniy (tashqi) va psixik (ichki)
tuzilmalari bir-biri bilan uyg’unlashganligi ko’zga tashlanadi. Inson faoliyatining
tashqi jabhasi uning atrof–muhitga ta’sir ko’rsatishga mo’ljallangan sa’i – harakatlar
ichki psixik jihatiga bog’liq bo’lib, ularni motivlashtiradi, bilishga undaydi va
boshqaradi. Shuningdek tashqi jabha o’z navbatida a) psixik faoliyat buyumlar va
jarayonlar xususiyatini o’zida namoyon qiladi; b) ularning maqsadga muvofiq tarzda
qayta o’zgartirilishini amalga oshiradi; v) psixik andozalar o’xshashligini, natijalar
va harakatlarning kutilmalariga muvofiqligini ko’rsatadi; g) ularni uzluksiz ravishda
yo’naltirib va nazorat qilib turadi. Shunga muvofiq ravishda tashqi yaqqol faoliyatini
ham ichki (psixik) faoliyatning eksteriorizatsiyalashuvga aylanishi deb baholash
maqsadga muvofiq
Faoliyatning tarkibi
Inson faoliyati juda xilma–xildir. Unga mehnat, pedagogik, badiy–ijod,
ilmiy–tadqiqot faoliyatlarini kiritish mumkin. Inson faoliyati tarkibini tahlil qilish,
shuni ko’rsatadiki, faoliyat tashqi dunyoni ongli psixik aks ettirilishida namoyon
bo’ladi. Har qanday faoliyatda inson o’z xatti-harakatlarini maqsadini anglaydi,
kutilayotgan natijani tasavvur qiladi, sharoitni idrok qiladi va baholaydi,
bajariladigan harakat tarkibini o’ylaydi, irodaviy zo’r beradi, faoliyatning borishini
kuzatadi, muvaffaqiyat va mag’lubiyatini o’ylaydi.
Faoliyat bir tomondan, shaxsning rivojlanishi va sifatlarining namoyon bo’lish
sharoiti, ikkinchidan, shu faoliyat sub’ekti bo’lgan shaxsning taraqqiyot darajasiga
bog’liqdir.
Yuqoridagi jadvaldan ko’rinib turibdiki, barcha faoliyat turlari tarkibida uchta
tarkibiy qismni: maqsad–motiv–harakatni ajratish mumkindir.
Maqsad–inson faoliyati so’nggi natijasining obrazi sifatida namoyon bo’ladi
va ehtiyojlarini amalga oshirilishidir
Motiv – kishini faoliyatga undaydi va unga mazmun baxsh etadi.
Ish–harakat galdagi bitta oddiy vazifani bajarishga qaratilgan, nisbatan
tugallangan faoliyatning tarkibi. Faoliyatga qaratilgan maqsad ozmi–ko’pmi uzoq
yoki yaqin bo’lishi mumkin. SHuning uchun bu maqsadga erishish odam tomonidan
ana shu maqsad sari harakat qilish davomida uning oldida tug’iladigan qator juz’iy
maqsadlarni izchillik bilan hosil qilishdan iborat bo’ladi. Quyidagi harakatning
muhim tarkibiy qismlari ko’rsatilgan
Tashqi olamdagi narsalarning holatini va xossalarini o’zgartirishga qaratilgan
harakatlarni ish–harakat (sa’i-harakat) deb yuritiladi. Narsalar bilan qilinadigan
istalgan bir ish makon va zamon bilan bog’liq bo’lgan ma’lum harakatlardan tashkil
HARAKAT
М А Р К А З И Й
(Fikirlovchi)
MOTOR
(Xarakantlaruvchi)
С Е Н С О Р Л И
(Sezish)
BOSHQARISH
BAJARISH
NAZORAT
HARAKAT KOMPONENTLARI
VA UNING ASOSY FUNKSIYALRI
topadi. Masalan: “A”, “I” harflarni yozishdagi harakatlar, bir-biridan farq qiladi.
Odamlarning narsalar bilan qiladigan harakatlari tahlili shuni ko’rsatadiki, bu
harakatlar tashqi jihatdan juda ko’p, rang-barangdir. Shunday bo’lsa ham, odatda
ular uchta sodda elementlardan tashkil topgandir; “olmoq”, “joyini o’zgartirmoq”,
“quyib yubormoq” bu harakatlar odamning tanasi, oyoqlari va boshi bilan
qilinadigan yordamchi harakatlar bilan amalga oshiriladi. Predmetli harakat tarkibi
quyidagicha izohlanadi.
Inson faoliyatiga yo’naltirilgan maqsadga erishish uchun shu yo’lda harakat
qilish tufayli xususiy vazifalarni bajarishga kirishadi. U o’z oldida turgan maqsadni
amalga oshirish uchun ma’lum vaqt oralig’ida u yoki bu amalni bajaradi. Biror
matnni kompьyuterda tayyorlash uchun inson oldin uni elektr tokiga ulaydi, ekranni
ishga sozlaydi, uning tugmachalarini bosish orqali harf va so’zlarni teradi, so’ngra
ma’lum ma’no anglovchi matn paydo bo’ladi.
Inson faoliyati narsalarni o’zlashtirishga yo’naltirilgan sa’i – harakatlardan
tashqari: a) tananing fazoviy holati, b) qiyofaning saqlanishi (tik turish, o’tirish), v)
joy almashish (yurish-yugurish), g) aloqa vositalari sa’i–harakatlari qatnashadi.
Odatda aloqa vositalari tarkibiga; a) ifodali sa’i– harakat (imo-ishora, pantomimika),
b) ma’noli ishora, v) nutqiy sa’i– harakatlarni kiritadi. Sa’i–harakatlarning ushbu
turlarida ta’kidlab o’tilganidan tashqari mushaklar, hiqildoq, tovush paychalari,
nafas olish a’zolari ishtirok etadi. Demak, narsalarni o’zlashtirishga qaratilgan
harakatning ishga tushishi muayyan sa’i– harakatlar tizimining amalga oshirilishini
anglatadi.
PREDMETLI
KOMUNIKATSIYA
OLMOQ
SIGDIRMOQ
QUYIB
YUBORMOQ
YURISH
YUGURISH
SAKRASH
NUTQ HARAKATI
ISHORALAR
MIMIKA
PREDMETLI XARAKAT – harakatlantiruvchi
tizim shartlashgan maqsad, aniq shart-sharoitlarga
erishishdan tashkil topgan.
ARALASHTIRMOQ
HARAKAT
USTANOVKA VA HOLATNI USHLAB TURISH
TURISH
O’TIRISH
YURISH
Bu hodisa ko’p jihatdan harakatning amalga oshishi, shart–sharoitlarga bog’liq.
Jumladan: a) kitobni olish qalamni olishdan boshqacharoq tarzdagi sa’i–harakatni
taqazo etadi, b) avtomobilni haydash velosepedda uchishga qaraganda o’zgacha
sa’i–harakat talab qiladi, v) ellik kilogramm shtangani ko’tarishda bir pudlik toshga
qaraganda ko’proq quvvat sarflanadi, g) kartonga katta shaklni joylashtirish, qiyin
kechadi.
Yuqorida keltirilgan misollar turlicha obyektlarga taalluqli bo’lishiga qaramay,
ularda harakatning maqsadi yagonadir. Obyektlarning turlicha ekanligi sa’i–
harakatlarning oldiga va mushak faoliyati tuzilishiga har xil talablarni qo’yadi.
Ushbu voqelik rus olimlari P.K.Anoxin, N.A. Bernshteyn, E.A.Asratyanlarning
tadqiqotlarida isbotlab berilgan. Ularning umumiy mulohazalariga qaraganda,
mushaklarning faoliyati sa’i – harakat vazifasi bilan emas, balki mazkur sa’i–harakat
ro’y beradigan shart-sharoitlar bilan boshqarilish mumkin. Mushaklar bu o’rinda
sa’i– harakatlarning yo’nalishini va tezligini ta’minlash uchun xizmat qiladi, har xil
qarshiliklarni (hajm, kuch, vazn ta’siri) muayyan darajada susaytiradi.
Sa’yi–harakatlarning nazorat qilish jarayoni va ularni boshqarish teskari aloqa
tamoyiliga binoan ro’yobga chiqadi. Ushbu hodisani amalga oshish imkoniyati
quyidagi omillarga bevosita bog’liq holda kechadi: a) sezgi a’zolari aloqa kanali
vazifasini bajargan taqdirda; b) ular axborot manbai sifatida harakat rolini
o’ynaganda; v) sa’yi–harakatlarni aks ettiruvchi alomatlar bu jarayonda xabar
yetkazuvchi sifatida qatnashganida va boshqalar. Ta’kidlab o’tilgan omillar orqali
amalga oshadigan teskari aloqaning bunday shaklini (ko’rinishini) rus tadqiqotchisi
P.K.Anoxin teskari afferentatsiya deb atagan. Afferentatsiya (lotincha afforens
keltiruvchi degan ma’noni anglatadi) tashqi qo’zg’atuvchilardan hamda ichki
organlardan axborotni qabul qiluvchi xissiy a’zolardan markaziy nerv sistemasiga
kelib tushuvchi nerv impulьslarining doimiy oqimini bildiradi. To’g’ri aloqa
axborotlarning tashqaridan kirib borishini anglatib kelsa, teskari afferentatsiya uning
aks holatini namoyon qiladi. Sa’yi – harakatlarning hammasi ham organlarning
faoliyatini tushuntirish uchun xizmat qiladi va nazorat (boshqaruv) jarayoni qanday
kechishini tahlil etish imkoniyatiga ega.
Faoliyat tarkibiga kiruvchi sa’i–harakatlar tizimi oxir oqibatda mazkur
harakatning maqsadi bilan nazorat qilinadi, baholanadi va to’g’rilab turiladi. Maqsad
miyada faoliyatning bo’lg’usi mahsuloti timsoli, o’zgaruvchan andazasi tarzida
vujudga kelishi mumkin. Ezgu niyatga aylangan bo’lg’usi andoza bilan harakatning
amaliy natijasi qiyoslanadi, o’z navbatida andoza sa’i–harakatni yo’naltirib turadi.
Ana shu holatning turlicha psixofiziologik talqinlari mavjud bo’lib, ular “Bo’lg’usi
harakat modellari”, “sa’yi–harakat dasturi”, “maqsadning dasturi”, “miyada
harakatning o’zi oldindan hosil qiladigan andozalari” singari tushunchalarida o’z
ifodasini topadi. Jumladan, ularning eng muhimlari; “Harakat aktseptori” va
“Ilgarilab aks ettirish” (P.K.Anoxin), “Harakatlantiruvchi vazifa” va “Bo’lg’usi
ehtiyoj andozasi” (N.A.Bernshteyn), “Zaruriy mohiyat ” va “Kelajak andozasi”
(Mittelьshtedt, U.Eshbi) va boshqalar. Sanab o’tilgan tadqiqotchilarning talqinlari
ilmiy faraz (taxmin) tarzida berilganligi tufayli ular miyada qanday aks etilishi
mumkinligini mukammal bilishga qodir emasmiz. Lekin ularning miyada ilgarilab
aks ettirish to’g’risidagi mulohazalari, bu borada tasavvurlarning yaratilishi
psixologiya fani uchun ijobiy ilmiy voqelik bo’lib hisoblanadi.
Narsalar bilan qilinadigan ish-harakatidan tashqari, odamning faoliyatini
badanning ma’lum vaziyatini va qiyofasini saqlab turishni ta’minlaydigan
harakatlar, organizmning bir joyidan ikkinchi joyiga o’rin almashtirishi,
kommunikatsiyani ta’minlaydigan harakatlar, ifodali harakatlar va nutq harakatlari
mavjud.
Narsalar bilan qilinadigan ishlarni bajarish ma’lum tizimdagi harkatlarni
amalga oshirishdan iborat. Harakatlar tizimi va maqsadi bilan, bu maqsad
yo’naltirilgan narsalar xususiyati va ish sharoiti bilan bog’liqdir. Masalan, stakan va
qalamni olish, piyoda va chang’ida yurish, og’ir va yengil narsani boshqa joyga olib
qo’yish, mayda va katta mixni qoqish, gantel va shtangani ko’tarish, harakatlari bir-
biridan farq qiladi.
Harakatning boshqarilishi va uning natijalarini erishiladigan pirovard maqsad,
taqqoslash yo’li bilan doim nazorat qilib boriladi va to’ldirib turiladi. Unday nazorat
sezgi a’zolari yordami bilan erishilishi mumkin bo’lgan narsalar tashkil etadi.
Demak, maqsad miyada, kelajakdagi faoliyat natijasida, tilakdagi kelajak modeli
bilan ishning mazkur natijalari taqqoslanadi, xuddi ana shu ishning qay yo’sinda
bo’lishi boshqariladi.
Harakatlarning istagan bir tomonlarini ularning motor, sensor va markaziy
tarkibiy qismlari deb atash mumkin. Ishni amalga oshirishda bajaradigan
vazifalariga muvofiq, ular ishni ijro qiluvchi, boshqaruvchi deb belgilanishi
mumkin. Bu vazifalarning har birini kishi ongli va ongsiz ravishda bajarishi
mumkin. Odam talaffuz qilmoqchi bo’lgan gapning grammatik shakli va mazmuni
hamisha ong yordamida oldindan payqab olinadi. Odatda, ishdan ko’zlangan
maqsad va shuning bilan birga ishning umumiy xarakteri hamma vaqt anglab
olinadi. Masalan, velosipedda ketayotgan odam mutlaqo ongsizlik holatida buning
uddasidan chiqa olmaydi.
Bajariladigan harakatning ma’lum tomonlari dastavval to’la anlab
boshqarishni talab qilinadi, undan keyin ishning bajarilishi ongning ishtirokini
borgan sari kamroq talab qiladi. Bunday hollarda ishning bajarilishi avtomatlashadi.
Odamdagi maqsadga muvofiq harakatlarning amalga oshirilishi va avtomatlashuvi
malaka deb aytiladi. Ishning tuzilishi shunday qisman avtomatlashuvi tufayli
o’zgarish imkoniyati quyidagidan iborat:
1. Harakatlarni ijro qilish usullarining o’zgarishi. Bundan avval har biri
alohida-alohida bajarilgan ayrim harakatlar bir butun harakat tarkibidagi oddiy
harakatlar o’rtasida hech qanday “to’xtab qolish” va tanaffuslar bo’lmaydigan bitta
yaxlit aktga aylanadi. Masalan, mashina haydashni o’rganayotgan haydovchi,
yozishni o’rganayotgan bola harakatini ko’rish mumkin.
2. Ishni bajarishda sensor, ya’ni hissiy nazorat usullarining o’zgarishi. Ishni
bajarish ustidan qilinadigan ko’rish nazorati ko’p jihatdan muskul nazorat bilan
almashinadi. Masalan, mashinistkaning xat yozishdagi, haydovchi motor ovozidagi,
po’lat quyuvchi metal rangining o’zgarishini farq qiladi.
3. Ish-harakat markaziy boshqaruvchi usullarining o’zgarishi. Diqqat ish-
harakatining usullarini idrok qilishdan ozod bo’ladi va asosan ish-amalning hamda
natijalarni idrok qilishga qaratiladi. Ayrim hisoblash, qarorga kelish va boshqa
intellektual operatsiyalar tez va birlashgan holda “intuitiv” bajarila boshlaydi.
Malaka faoliyat tarkibida o’ziga xos o’rin tutadi.
Malaka deb mashq qilish jarayonida ish harakatlar bajarilishining
avtomatlashgan usullariga aytiladi. Malaka ish unumdorligining ortishiga, vaqtni
tejashga, aqliy faoliyatni bir muncha muhimroq narsalarga safarbar qilishga imkon
beradi. Malaka quyidagicha hosil qilinadi:
a) mehnat harakatlari, ularni egallab olishning zarur ekanligi va ahamiyatini
anglash;
b) harakat namunasini esda olib qolish;
v) malaka namunalarini ko’p marta bajarish, mashq qilish;
g) izchillik bilan olib boriladigan mashq natijasida harakatlar tezlashadi, xatolar
kamayadi;
d) malaka harakatlarni avtomatlashtirish bilan shakllanadi. Ayrim ortiqcha
harakat elementlari tushib qoladi.
Biror faoliyatni amalga oshirish uchun mavjud bilimlardan va malakalardan
foydalana olish ko’nikma deyiladi.
Malaka turli yo’llar bilan ko’rsatish, tushuntirish, ko’rsatish va tushuntirishni
qo’shib olib borish orqali hosil qilinishi mumkin.
Har bir ko’nikma va malaka odamning o’z tajribasida avval egallab olgan
malakalari asosida yuzaga keladi va amal qiladi. Malaka, ko’nikmalarning ayrimlari
kishining ko’nikma hosil qilishiga va malakali ishlashiga yordam beradi, boshqa
birlari halaqit beradi, uchinchilari, yangi ko’nikmalarni o’zgartirib boradi. Bu hodisa
psixologiyada malakalarning o’zaro ta’siri deyiladi.
Avval hosil qilingan malakalarning yangi malakalarga ijobiy ta’siri
malakalarning ko’chishi yoki malakalar induktsiyasi deb ataladi. Masalan,
matematika darsida hosil bo’lgan ko’nikmani, fizikada qo’llash mumkin.
Faoliyatning yana bir qismi odat bo’lib, ko’nikma malakalardan hech qanday
samara yoki natijaga ega emasligi bilan ajralib turadi. Odatda odam tomonidan
beixtiyor, ongsiz tarzda muayyan maqsadga yo’naltirilmagan holda amalga
oshiriladi. Ba’zi hollarda odatlar shaxs tomonidan nazorat qilinishi mumkin, lekin
har doim ham aqlli va kerakli harakatlar bo’lmasligi mumkin.
Faoliyatning asosiy turlari
Odamlarning faoliyati ongli faollik sifatida inson ongining tarkib topishi va
taraqqiyoti bilan bog’liq holda tarkib topadi va rivojlanadi. Inson faoliyatida
taraqqiyotning asosi hamda ong mazmunining manbai bo’lib xizmat qiladi.
Faoliyatda insonning shaxsi ifodalanadi, shu bilan birga faoliyat odam shaxsini
tarkib toptiradi. Odamlarda har xil turdagi faoliyatlarning paydo bo’lishi va
taraqqiyoti juda ham murakkab hamda uzoq davom etadigan jarayon. Bolaning
faoliyati uning kamoloti davomida faqat asta-sekin ta’lim va tarbiyaning ta’siri
ostida ongli maqsadga mos faoliyat shaklini egallab boradi.
Inson faoliyati asosan uch turga bo’linadi: o’yin, mehnat, ta’lim faoliyati. Bu
faoliyat turlari bola shaxsining tarkib topishida hal qiluvchi rolь o’ynaydi.
O’yin. Bola bir yoshga to’lgandan boshlaboq unda faoliyatning sodda
shakllarini egallash uchun shart-sharoitlar yuzaga kela boshlaydi. Bunday shart-
sharoitlardan birinchisi o’yindir. O’yin faoliyatini hayvon bolalarida ham uchratish
mumkin. Hayvonlarning yosh bolalarida kuzatiladigan o’yin faoliyatiga har xil
narsalar bilan shug’ullanish, yolg’ondakam urishishlar, yugurishni va shu kabilarni
kiritish mumkin. Bolalarda ham o’yin ularning faoliyatlarini, faolliklarini amalga
oshirish shaklidir. Sof holdagi o’yin faoliyatini yuzaga keltiradigan sabab ehtiyoj
bo’lsa, uning manbai taqlid va tajribadir. Bolalar narsalar bilan rolli qoidali,
harakatli, didaktik mazmunli o’yinlarni o’ynaydilar.
O’yin narsa va hodisalarning mazmunini bolaning o’z tajribasida bilib olishga,
mazkur mazmunlarni ishlata bilishga mashq qildiradi. Bolaning shaxsiy sifatlari
boshqalar bilan munosabatlarda tarkib topib boradi.
O’yin faoliyatida bola ijtimoiy voqelikni taqlid, rolь orqali ijro etishga harakat
qiladi va shu yo’sinda atrof-muhit to’g’risidagi, ijtimoiy turmushdagi shaxslararo
munosabatlarni o’zlashtira boradi. Ijtimoiy turmushdagi u yoki bu hodisani rolь
orqali ijro qiladi. So’z bilan harakatning birikuvi natijasida o’yin faoliyati tusini
oladi va muayyan ma’noda axborot berish, uzatish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Dastlabki o’yin aynan kattalar xatti-harakatini takrorlash, ularga taqlid qilish bilan
tavsiflanadi. Syujetli o’yinlar borliqning goh anglangan, goho anglanmagan tarzda
u yoki bu tomonlarini egallashga harakat qiladi.
O’yin dastavval bola uchun vaqt o’tkazish, uni mashg’ul qilish funktsiyasini
bajarsa, keyinchalik ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot namunalarini ifodalash darajasiga
o’sib o’tadi. Rollar, ma’noli harakatlar, ibratli imo-ishoralar, tushunchalar bola
shaxsini shakllantirishda faol ishtirok etadi. Bola tug’ilgandan to maktab
ta’limigacha uning uchun o’yin faoliyati yetakchi faoliyat rolini bajaradi,
shuningdek o’yin didaktik tus kasb etishi ham mumkin.
Ta’lim faoliyati o’yin faoliyatining pirovardida yuzaga keladi. Bu faoliyatning
maqsadi ma’lum axborotlarni, bilimlarni, harakatlar va amallarni o’zlashtirishdan
iboratdir. Odamning o’z maqsadiga ko’ra batamom o’rganish va o’zlashtirishdan
iborat bo’lgan mana shunday maxsus faoliyati ta’lim faoliyati deyiladi. Psixologik
jihatdan olganda, ta’lim faoliyati o’z ichiga quyidagi jarayonlarni oladi: ma’lum bir
nazariya va amaliy faoliyat turini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ob’ektiv
olamning eng muhim xususiyatlariga doir axborotlarni o’zlashtirish. Bu jarayonning
mahsuloti bilimlardir. Mana shu faoliyatni, ya’ni bilimlarni o’zlashtirishda yuzaga
keladigan usul va operatsiyalarni egallash, bu jarayonlarning mahsuloti malaka va
uquvlardan iboratdir. Ta’lim faoliyatining tarkibi juda ham murakkab bo’lib,
bilimlar, tushunchalar, malakalar, odatlar, uquvlar kiradi.
Ta’lim faoliyati ma’lum ravishda tashkil etilgan sharoitda amalga oshiriladi.
Katta yoshli kishilar bolalarning taraqqiyotiga faol ta’sir etib, ularning ta’lim
faoliyatlarini hamda bu faoliyat bilan bog’liq bo’lgan xatti-harakatlarni tashkil
qiladilar. Bu faoliyat va harakatlarni insoniyat ijtimoiy tajribasini o’rganish tomon
yo’naltirishdir. Shunday qilib, ta’lim faoliyati katta kishilar tomonidan tashkil
qilinib, boshqariladi va tizimli ravishda nazorat qilib boriladi. Ma’lumki, ta’lim
faoliyati bilan tarbiya ishlari uzviy bog’liqdir. Bizning maktablarimizda har qanday
ta’lim jarayoni hamma vaqt tarbiyaviy xarakterga ega, bolalarga u yoki bu fan
bo’yicha ta’lim berar ekanmiz, shuning bilan birga ularni biz tarbiyalashimiz kerak.
Maktabdagi tarbiyaviy ishlarni asosan tushuntirish, ishontirish, ko’rsatish,
rag’batlantirish, talab qilish, vazifa berish va jazolash kabi vositalar yordamida
amalga oshiriladi. Maktabdagi barcha tarbiyaviy ishlarni asosiy maqsadi
o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iboratdir.
Mehnat faoliyati –ma’lum ijtimoiy foydali, moddiy yoki madaniy, ma’naviy
mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan faoliyatdan iborat. Kishilarning mehnati
ma’lum maqsadga qaratilgan har doim ijtimoiy tabiatga ega bo’ladi.
Mehnat faoliyatining maqsadi kishilarning iste’mol qilinadigan narsalarni,
ya’ni non, mashinalar, turli ishlab chiqarish mahsulotlarini tayyorlash, ya’ni kiyim -
kechak oziq-ovqat va boshqa shu kabi narsalarni ishlab chiqarishga qaratilgan
bo’lishi mumkin.
Mehnat faoliyati o’z mohiyati jihatdan ham ijtimoiydir. Mehnat taqsimoti ham
ijtimoiydir. Mehnat taqsimoti tufayli birorta kishi ham o’ziga kerak bo’ladigan
narsalarni faqat ishlab chiqarishga qatnashmay, balki deyarli hech qachon hatto
birgina narsani boshdan oxirigacha ishlab chiqarishda ham qatnashmaydi. Shuning
uchun odam hayoti uchun zarur bo’lgan hamma narsalarni jamiyatdan oladi, o’z
ehtiyojlarini qondiradi
3. Motiv va motivatsiya. Motivlarning turlari.
Garchand psixologik adabiyotlarda ayniqsa yosh va pedagogik psixologiyaga
oid manbalarda motiv va motivatsiya masalasi ko‘p bora ko‘tarilgan bo‘lsa-da,
batafsil yoritilmagan. Masalan, ayrim psixologlar maktabgacha yoshda ayrim
tarqoq situatsion mayllar ma'lum motivlar tizimlariga aylanib borishini qayd
etadilar. Biroq bu fikr atroflicha chuqurroq o‘rganilmagan. Shunga muvofiq
adabiyotlarda psixologlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar asosida motiv va
motivatsiya tushunchasi turlicha talqin qilingan.
Eng keng tarqalgan ta'riflarga ko‘ra, motiv-bu kishini faoliyatga undovchi
kuch, sabab yoki ehtiyojlar yig‘indisidan iboratdir.
Motiv tushunchasiga olimlar tomonidan quyidagicha ta'rif beriladi:
A.Maslouning fikricha, motiv bu ehtiyojlar yig‘indisidir.
S.L.Rubinshteynning ta'kidlashicha, motiv bu ehtiyojning his qilinishi va
qondirilishi.
S.L Rubinshteyn. «Motivatsiya – bu psixika orqali amalga oshuvchi
determinatsiyadir».
A.N.Leontьev - motivni inson faoliyatiga yo‘nalgan aniq ehtiyojlar va uni
qo‘zg‘atadigan voqelik deb hisoblaydi.
Motiv –ma'lum ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq faoliyatga undovchi sabab.
Motivatsiya keng ma'noda inson hayotining (uning xulq-atvori, faoliyatining)
murakkab ko‘p qirrali boshqaruvchisi deb qaraladi.
Motivatsiya – insonni faoliyatga undashning murakkab, ko‘p darajali tizimi
bo‘lib, u o‘zida ehtiyojlarni, motivlarni, qiziqishlarni, ideallarni, intilishlarni,
ustanovkalarni, emotsiyalarni, normalarni, qadriyatlarni mujassamlashtiradi.
Motivatsiya - murakkab tuzilma, faoliyatni harakatlantiruvchi kuchlar
majmuasi bo‘lib, u o‘zini mayllar, maqsadlar, ideallar ko‘rinishida namoyon qiladi
va inson faoliyatini bevosita aniqlab, boshqarib turadi.
Motivatsiya - odamni faol faoliyatga undovchi sabablar majmuidir.
V.S.Merlin motivlar tizimlarining ayrim jihatlarini ancha batafsil yoritib
bergan. U motivlar tizimlarining shakllanish jarayonini quyidagicha tasavvur etadi:
«turli motivlar bora-bora o‘zaro bog‘liq va bir-biriga tobe bo‘lib boradi hamda oxir
oqibatda motivlarning yaxlit tizimi vujudga keladi». V.S.Merlin fikricha, motivlar
tizimining shakllanishi jarayonida nafaqat motivlar barqarorligi, balki motivlarni
anglash kabi shartlar bajarilishini talab etiladi. Demak, V.S.Merlin bo‘yicha
motivlari tizimlari o‘zaro bog‘liq va bir-biriga tobe shaxs motivlarining bir butun
yig‘indisidan iborat. Ammo V.S.Merlin garchi motivlar tizimlarining ayrimlarini
haqiqatdan ham muhim jihatlarini ko‘rsatib o‘tgan bo‘lsa ham, motivlar o‘rtasidagi
tizimli munosabatlarni motivlar tizimlari va faoliyat ko‘rsatish muammosini tadqiq
etmagan.
4. Motivatsiya nazariyalari (A.Maslou)
Chet el psixologlari orasida A.Maslou ehtiyojlar iyerarxiyasi nazariyasi bilan
mashhurdir. O‘z nazariyasida A.Maslou ehtiyojlarning quyidagi iyerarxik qatorini
ajratadi: fiziologik ehtiyojlar, xavfsizlikka bo‘lgan ehtiyoj, muhabbat va boshqalar
bilan bog‘liq bo‘lish ehtiyoji, hurmatga bo‘lgan ehtiyoj, insonning o‘z yashirin
imkoniyatlarini to‘laroq namoyon etish va ro‘yobga chiqarish ehtiyoji va
boshqalarni kiritadi. A.Maslou fikricha, muayyan ehtiyojning qondirilishi uchun
avval iyerarxik qatorda undan oldingi ehtiyoj qondirilgan bo‘lishi talab etiladi.
Boshqacha qilib aytganda, A.Maslou kontseptsiyasida iyerarxiyada yuqori o‘rinni
egallovchi ehtiyojlar quyi o‘rindagi ehtiyojlarga tobedir. A.Maslou kontseptsiyasida
motivatsion jarayonlar boshqaruvida odam ongining ishtiroki, boshqaruvdagi roli
e'tiborsiz qoldirilgan. Olim ehtiyojlar iyerarxiyasidagi vertikal munosabatlarni tahlil
qilib, bir darajada joylashgan ehtiyojlar orasidagi gorizantal munosabatlar esa
o‘rganilmagan.
Mashhur nemis olimi Kurt Levin motivlar muammosi, ayniqsa, shaxsdagi
ijtimoiy xulq motivlari borasida katta, keng qamrovli tadqiqotlar olib borib, shu
narsani aniqlaganki, har bir odam o‘ziga xos tarzda u yoki bu vaziyatni idrok qilish
va baholashga moyil bo‘ladi.
Motivatsiya tushunchasini turlicha ifodalash, motivatsiyaning mazmuni va
energetik tomoni haqidagi muhim savol psixologlar tomonidan ifodalab berildi.
Xorij psixologlari uchun motivatsiya tushunchasini xarakterli aniq bir tomonlama
energetik faollik manbai sifatida qaraladi, ular mazmunli tomoniga e'tibor bermay,
aniq mexanizmlar sifatida energiya, boshqaruv va xulq-atvorga taqsimlaydilar.
Ierarxik, darajaviy tuzilish – bu tizimlilik xususiyatiga ega bo‘lgan
hodisalarning bir jihatidir. Shu tufayli shaxs motivatsion sohasining iyerarxiyasini
samarali tadqiq etish uchun uni motivatsion hodisalarning boshqa jihatlari bilan
aloqadorlikda o‘rganish zarur bo‘ladi. Motivatsion hodisalar tizimliligini tadqiq
etishda asosiy e'tibor esa bu hodisalar o‘rtasidagi tizimli munosabatlarni o‘rganishga
qaratilishi kerak. Bu borada R.S.Vaysmanning shaxs motivatsion sohasining
tizimliligi haqida bildirilgan fikri alohida e'tiborga loyiq. Uning yozishicha,
«Motivatsion sohaning tizimliligi – motivatsion o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi
aloqadorlik, xilma-xil munosabatlar mavjudligida namoyon bo‘ladi
. Shunday munosabatlardan biri iyerarxik munosabatdir. Yana bir turdagi
munosabatni «ro‘yobga chiqarish» munosabati deb atash mumkin. Bu munosabat
shuni anglatadiki, har bir ehtiyojning qondirilishida turli motivlar yig‘indisining
ro‘yobga chiqarilishi mumkin. Uchinchi turdagi munosabat shunda namoyon
bo‘ladiki, har xil ehtiyojlarning qondirilishida bir motiv ishtirok etadi yoki aksincha,
bir ehtiyoj qondirilishida turli motivlar qatnashadi. Bunday munosabat «o‘zaro
tobelik» munosabati nomini oldi.
R.S.Vaysman shaxs motivatsion sohasidan tizimli munosabatlarning juda
qiziq tasnifini keltiradi. Ammo ajratilgan munosabatlar qatorini boshqaruv,
tartiblashtirilganlik va shu kabi munosabatlar bilan to‘ldirish mumkin bo‘ladi.
Qolaversa, R.S.Vaysman motivatsion o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi tizim hosil qiluvchi
asosiy munosabatni ajratmagan, bir turdagi va har xil turdagi motivatsion hodisalarni
bir-biridan farqlamagan.
Chet el olimlarining motivatsiya sohasidagi tadqiqotlari orasida G.Olportning
motivlar funktsional avtonomiyasi nazariyasi alohida o‘rin egallaydi. Bu nazariyada
motivlar transformatsiyasi, tizimli rivojlanishi jarayon sifatida talqin etiladi.
G.Olport o‘z kontseptsiyasida tizimlarning umumiy nazariyasi g‘oyalaridan,
ayniqsa, ochiq tizimlar haqidagi g‘oyadan keng foydalangan. Olimning fikricha,
shunday motivlar borki, ular yarim yopiq tizimlarning tabiatiga monand faoliyat
ko‘rsatadi va rivojlanadi, ya'ni funktsional avtonomiyaga ega. Bir tizimga kiruvchi
motivlarni G.Olport reaktiv, tashqi undovga muhtojlik qonunlariga bo‘ysunuvchi
motivlar, deb ataydi. Ammo G.Olportning ta'kidlashicha, shaxs ochiq tizimlar kabi
o‘zgaruvchi va rivojlanuvchi motivlar bilan tavsiflanadi, degan fikr haqiqatga
yaqinroqdir.
Agar
avvalgi
tizim
motivlarning
perseverativ
funktsional
avtonomiyasi, deb atalgan bo‘lsa, keyingi tizimni G.Olport propriativ funktsional
avtonomiya, deb ataydi. Ochiq, yopiq va yarimochiq tizimlar haqida to‘xtalar ekan
u yopiq tizim modelini shaxs va uning motivatsiyasiga qo‘llab bo‘lmasligini
ta'kidlagandi. Ochiq funktsional tizim taraqqiyot uchun zamin hozirlaydi, uni esa
undovchi muhtojlik doirasida tushuntirib bo‘lmaydi.
G.Olport tomonidan shaxs motivlarining ochiq tizimlar sifatida tahlil etilishi,
shaxs va shaxs motivlari taraqqiyoti chegarasiz jarayon ekanligini ta'kidlash uchun
imkoniyat beradi.
Shunday qilib, biz shaxs motivatsion sohasi haqidagi turli qarashlar, ularda
tizimli yondashuv g‘oyalarining aks etishi masalasini ko‘rib chiqdik. Mazkur
qarashlar motivatsiya sohasidagi zamonaviy tadqiqotlarning ajralmas qismiga
aylandi. Ko‘rsatib o‘tilganidek, psixolog olimlar tomonidan motivatsion soha
tizimliligiga oid turli jihatlarni qayd qilinmoqda. Ayni damda motivatsion
mexanizmlar
haqidagi
tizimli
yondashuvga
asoslangan
tasavvurlar
turli
yo‘nalishlarda tadqiq etilmoqda. Biroq tadqiqotlarning barchasini bir yo‘nalish –
motivatsion hodisalar o‘rtasidagi ma'no hosil qiluvchi aloqa va munosabatlarni
tadqiq etish atrofida birlashtirish mumkin.
Ko‘pchilik
psixologlar
fikricha,
motivatsiya
muammosi
shaxs
psixologiyasining markaziy muammosidir. Shaxs psixologik tuzilishining butunligi,
xulq-atvor va uni harakatga keltiruvchi kuchlar o‘rtasidagi aloqadorlik motivatsiya
muammosini o‘rganishda tizimli yondashuvni qo‘llash uchun keng imkoniyat
yaratib beradi.
Xorij psixologlaridan neofreydistlar hisoblanmish A.Adler, K.Yung kabilar
tomonidan ilgari surilgan motiv va motivatsiya borasidagi nazariyalarga asosiy
e'tiborni qaratamiz. A.Adlerning fikricha, insonni harakatga undovchi asosiy kuch
uning faoliyati maqsadini aniqlovchi, ularga erishish yo‘llari manbai hisoblanadi.
Xornining ta'kidlashicha, inson xulqi motivatsiyasini boshqa motivlar yordamida
aniqlash mumkin. Jumladan, birlamchi bezovtalanish atrof-muhitga nisbatan
dushmanlik hissini tug‘diradi, xavfsizlikka ehtiyoj esa insonni boshqa odamlar
tomonidan baholash va o‘z-o‘zini baholashga nisbatan ichki intilishini vujudga
keltiradi. E.Fromm ham o‘z qarashlarida libido masalasiga katta e'tibor bermaydi,
chunki uni qiziqtirgan muammo inson xulqi jabhalarida ijtimoiy va psixologik
omillarning o‘zaro ta'sir o‘tkazish jarayonidir.
Geshtalьt psixologiya maktabi namoyondalari uchun motivatsiya o‘ziga xos
talqinga ega bo‘lib, uning mohiyatini eksperimental tarzda o‘rganishga nisbatan
intilish yuqori ko‘rsatkichga ega ekanligi bilan boshqalardan ajralib turadi. K.Levin
(1890-1947) motivlarni eksperimental o‘rganish metodikasini ishlab chiqib, ularni
mutlaqo mustaqil holat sharoitida tushuntirishga harakat qilgan va bu borada
muayyan
muvaffaqiyatlarga
erishgan.
Geshtalьtpsixologiya
maktabining
namoyondalariga obraz tushunchasi qanchalik o‘ta ahamiyatli bo‘lsa, K.Levinning
maydon nazariyasi uchun motiv kategoriyasi xuddi shunday muhim ahamiyat kasb
etadi. Obraz va motiv o‘zaro aloqasiz hukm surishi ta'kidlanadi, motivatsiyani
amalga oshiruvchi vaziyatning predmetli ma'noviy mazmuni esa inkor qilinadi.
K.Levin motivni quyidagicha ifodalaydi: motiv- muayyan muvaffaqiyatli
mikrointervalda shaxsning bevosita yaqqol muhit bilan munosabatlaridan kelib
chiquvchi voqelikdir. Uning mazkur nazariyasida insonda har xil ma'no anglatuvchi
ikkita motivatsion o‘zgarish hukm surishi tan olinadi. Geshtalьt psixologlarning
asarlarida shunday holatlar ham mavjudki, ularda xulq motivatsiyasi muammolari
shaxsning muhim xususiyatlarini tahlil qilish negizidan kelib chiqib qaraladi. Ushbu
holat G.Olport kontseptsiyasida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Uningcha, eng muhim
jihat bu inson xulqini o‘zgarish sabablarini ochishdir. Shuning bilan birga mazkur
vaziyatga olib keluvchi motivlar omillarini tekshirishlari ham alohida ahamiyatga
ega ekanligini anglab yetish qiyin emas.
Rus psixologlari orasida V.G.Aseyevning tadqiqotlarida motivatsion tizim
masalasi ancha chuqur o‘rganilgan. Uning fikricha, inson motivatsion sohasining
ontogenetik taraqqiyoti davomida bu soha tizimli rivojlanishga nisbatan moyillikni
namoyon etadi. Bu moyillik V.G.Aseyev ko‘rsatishicha, stixiyali shakllanuvchi,
undovchi kuchlarning kattaroq motivatsion birliklarni o‘zaro qo‘shilib hosil qilishda
namoyon bo‘ladi. Motivatsion tizimning birligi sifatida V.G.Aseyev undovchi
kuchlarni qayd etadi. Bu tushuncha doirasiga u motiv, ehtiyoj, qiziqish, intilish,
maqsad, ideal, mayl, motivatsion ustanovka va boshqalarni kiritadi. Shunday qilib,
V.G.Aseyev turli motivatsion hodisalar, mayl turlari o‘rtasida tizimli munosabat
mavjud deb hisoblaydi. Demak, bunday yondashuvda motivatsion tizim
komponenti mayl bo‘lib hisoblanadi.
V.G.Aseyev shaxs motivatsion sohasining tuzilishi muammosiga ham katta
e'tibor beradi. Uning qayd etishicha, inson motivatsion sohasining tuzilishi quyidagi
xususiyatlarga ega: situatsion va impulьsiv undovchilarning yonma-yon
joylashganligi, shaxsiy mayllarning mazmun va dinamik sifatlariga ko‘ra bir-biriga
yaqinligi. Bu xususiyatlar motivatsiyaning tizimli sifatlarini o‘rganishda katta
ahamiyatga ega.
Ayrim tadqiqotchilar masalan, V.E.Chudnovskiy, V.I.Kovalyov motivlar
tizimi va shaxs yo‘nalishi o‘rtasida aloqadorlik mavjudligini qayd etmoqda.
P.T.Yakobson esa xulq-atvor motivatsiyasi muayyan qadriyatlar tizimlari bilan
bog‘liqligini ta'kidlab, motivlarni shaxs qadriyatlari oriyentatsiyasiga tobe birliklar
sifatida o‘rganishni taklif etadi. Uning fikricha, bunday izlanish ijtimoiy psixologik
yo‘nalishda amalga oshirilishi kerak.
Motivlar tizimi tushunchasiga berilgan ancha keng ta'riflarni adabiyotlarda
uchratish mumkin. Jumladan, V.S.Morozovning qayd etishicha, «Shaxs motivlar
tizimini uning sub'ektiv ehtiyojlari, maqsadlari, g‘oyalari, qarashlari, tasavvurlari
shuningdek, intilishlari, shakllari va boshqalar tashkil etadi». Bunday ta'rifda
«tizim» tushunchasi qanday ma'noda qo‘llanilayotgani ancha noma'lum. Uni
aniqlashtirish talab etiladi.
Yuqorida tilga olingan muammolar bilan shaxs motivatsion sohasining
darajaviy tuzilishi muammosi bevosita bog‘liq. Psixik hodisalarning darajaviy
tuzilishi g‘oyasi psixologiyada keng tarqalgan va tadbiq etib kelinmoqda va bu bejiz
emas, zero darajali tuzilish haqidagi tasavvurlar turli psixik hodisalarning muayyan
tizimga keltirilgan modellarini hosil qilish imkoniyatini beradi. Shaxs motivatsion
sohasida o‘z darajasi va murakkabligiga ko‘ra turlicha bo‘lgan motivatsion
hodisalarning mavjudligi darajaviy tuzilishi haqidagi g‘oyalarning bu yo‘nalishda
ham samarali qo‘llash uchun sharoit yaratadi.
Inson motivatsion sohasining iyerarxik darajaviy tuzilishi masalasi motivatsiya
bilan bog‘liq eng o‘tkir va keskin bahslarga sabab bo‘luvchi muammolardan biridir.
Hozirgacha alohida olingan motivatsion hodisalarning iyerarxik tuzilishi ehtiyojlar
iyerarxiyasi va boshqalar tadqiq etib kelingan. Ammo barcha motivatsion
hodisalarning yagona iyerarxik tuzilishi haqidagi masala yetarlicha o‘rganilmagan.
Rus psixologlari orasida motivlar iyerarxiyasi masalasi A.N.Leontьev,
L.I.Bojovich va boshqalar tomonidan o‘rganilgan. A.N.Leontьev XX asrning 40
yillarida maktabgacha yosh davrida shaxs shakllana boshlashini ta'kidlar ekan, bu
jarayon bolada motivlar iyerarxiyasi tarkib topishi bilan bog‘liqligini uqtirgan edi.
A.N.Leontьev fikricha, sub'ektning tashqi olam bilan birga munosabatlari kengayib
borgan sayin motivlarning o‘zaro solishtirilishi yuz beradi, buning oqibatida esa
ular o‘rtasida iyerarxik munosabatlar shakllanadi. Motivlar iyerarxiyasi olimning
fikriga ko‘ra, motivlar funktsiyalari bilan belgilanadi. Boshqacha qilib, aytganda
iyerarxiyada yuqori o‘rinni, ma'no hosil qiluvchi funktsiyani bajaradigan motivlar
quyi o‘rinni esa stimul motiv egallaydi. Demak, A.N.Leontьev motivlar
funktsiyasining ikki darajasini: ma'no hosil qiluvchi va stimul darajalarini ajratadi.
Ammo A.N.Leontьev o‘z nazariyasida motivlar iyerarxiyasining shakllanish
jarayonida shaxsning sub'ektiv, faol roli qanday bo‘lishini ko‘rib chiqmaydi.
L.I.Bojovich tadqiqotlarida, shuningdek, ayrim boshqa ilmiy izlanishlarda
motivlar iyerarxiyasining shakllanishi dominant motivlarning hosil bo‘lishi bilan
bog‘lanadi. Har xil yosh bosqichlarida turli motivlar dominantlik qiladi. Ayrim
motivlarning ustunlik qilishi shaxsning yo‘nalishini belgilab beradi. Bunday
yo‘nalish shaxs motivlari o‘rtasida nafaqat subordinatsion, balki koordinatsion
munosabatlar ham hukm surishini taqozolaydi.