Faoliyat xavfsizligini boshqarish tizimi
Reja:
1. Hayot faoliyati xavfsizligini boshqarish.
2. Mehnatni muhofaza qilishni boshqarish.
3. Tashkilotning mehnatni muhofaza qilish xizmatlari.
4. Mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat va
jamoatchilik nazorati.
1. Hayot faoliyati xavfsizligini boshqarish
Hayot faoliyati xavfsizligini boshqarish deganda ko‘zda tutilgan natijalarga
erishish “inson-muhit” tizimiga tashkiliy ta’sir qilishni tushunamiz.
Hayot faoliyati xavfsizligini boshqarish - bu obektni ongli ravishda bir
holatdan (xavfli) boshqa bir (xavfsiz) holatga o‘tkazishdir. Bunda ob’ektiv
ravishda iqtisodiy va texnik shartlarga amal qilish maqsadga muvofiqdir.
Xavfsizlik talablarini o‘z vaqtida hisobga olish faqat texnik shartlargagina
emas, balki iqtisodiy qarashlarga tayanadi.
Boshqarish - bu shunday jarayonki, uni bir qancha bosqichlarga bo‘lish
mumkin:
1. Obektning holatini tahlil qilish va baholash;
2. Boshqarishning maqsad va masalalarini amalga oshirish uchun tadbirlarni
rejalashtirish va oldindan aniqlash;
3. Boshqaruvchi va boshqariladigan tizimlarni bevosita tashkil qilish;
4. Nazorat, ya’ni boshqarishni tashkil qilish ustidan kuzatish va tekshirish;
5. Tadbirlarning samaradorligini aniqlash;
6.
Rag‘batlantirish,
ya’ni
boshqarish
qatnashchilarini
boshqaruv
muammolarini muvaffaqiyatli hal qilishga undovchi ta’sir shakllari.
HFXni boshqarish vositalarini quyidagi jihatlarga ajratish mumkin:
fiziologik, psixologik, ijtimoiy, tibbiy, texnik, tashkiliy-operativ, huquqiy va
2
iqtisodiy, tarbiyaviy, ergonomik, ekologik, sanitar-gigiyenik; ommani o‘qitish;
xavfsizlik madaniyatini tarbiyalash; kasbiy o‘qitish; kasbiy tanlash; boshqarish
subektiga psixologik ta’sir qilish; dam olish va ishlash rejimlarini qulaylashtirish;
kollektiv himoyalanishning texnik va tashkiliy vositalari; shaxsiy himoya
vositalari; yengillik va kompensatsiya to‘lovlari tizimi va boshqalar.
2. Mehnatni muhofaza qilishni boshqarish.
Mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarish O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus
vakolatli davlat organi, shuningdek mehnatni muhofaza qilish sohasida qonun
hujjatlariga muvofiq ayrim vakolatlarga ega bo‘lgan boshqa davlat organlari
tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mehnatni muhofaza
qilish sohasidagi vakolatlari.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
- mehnatni muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosati amalga
oshirilishini ta’minlaydi;
- mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi va
amalga oshiradi;
- davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati
organlarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyati muvofiqlashtirilishini
ta’minlaydi;
- mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasini o‘tkazish tartibini belgilaydi;
- ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va kasb kasalliklarini tekshirish
hamda hisobga olish tartibini belgilaydi;
- tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish tartibini
belgilaydi;
- mehnatni muhofaza qilish uchun ish beruvchi tomonidan mablag‘lar
ajratish, shuningdek mehnatni muhofaza qilish jamg‘armalarini tuzish va ularning
mablag‘laridan foydalanish tartibini belgilaydi;
3
- mehnatni muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq
boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organining
vakolatlari. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
- mehnatni muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga
oshiradi;
- mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlari va boshqa
dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
- mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga
solish sohasidagi normativ hujjatlarni va normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z
vakolatlari doirasida ishlab chiqadi, kelishib oladi hamda tasdiqlaydi;
- mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi, shu jumladan
noqulay va alohida mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun xodimlarga imtiyozlar
va kompensatsiyalar berilishi yuzasidan davlat nazorati hamda tekshiruvini amalga
oshiradi;
- mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasi o‘tkazilishini ta’minlaydi;
- davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati
organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan mehnatni muhofaza qilish masalalari
bo‘yicha hamkorlik qiladi;
- davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati
organlarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib
boradi;
- mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional
ishtirokchilarining yagona reestrini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilangan tartibda yuritadi;
- mehnatni muhofaza qilishning holati monitoringini o‘tkazadi;
4
- ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlarning sabablarini tahlil qiladi hamda
bunday jarohatlanishlarning oldini olish bo‘yicha takliflar kiritadi;
- ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning maxsus tekshiruvi o‘tkazilishini
va hisobga olinishini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qonun
hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining mehnatni muhofaza
qilish sohasidagi vakolatlari.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
- xodimlarning dastlabki tarzda (ishga kirayotganda) va davriy (mehnat
faoliyati davomida) majburiy tibbiy ko‘riklarini o‘tkazish tartibini belgilaydi;
- ishlab chiqarish muhiti omillarining zararliligi va xavfliligi, mehnat
jarayonining og‘irligi va tig‘izligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha sanitariya qoidalarini,
normalarini va gigiena normativlarini belgilaydi;
- mehnat sharoitlari noqulay ishlarda band bo‘lgan xodimlarga beriladigan
sutni (shunga teng bo‘lgan boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini), davolash-
profilaktika oziq-ovqatini, gazlangan tuzli suvni (issiq sexlarda ishlovchilar uchun)
berish normativlarini belgilaydi;
- xodimni yengilroq ishga yoki noqulay ishlab chiqarish omillari ta’sirini
istisno etadigan ishga o‘tkazish uchun tibbiy va boshqa ko‘rsatkichlar ro‘yxatini
tasdiqlaydi;
- xodim kasb kasalligiga chalingan deb gumon qilinganda uning mehnat
sharoitlarining sanitariya-gigiena tavsifini tuzishga doir talablarni belgilaydi;
- kasb kasalliklarini aniqlash va xodimlarning kasbga oid mehnat
qobiliyatini yo‘qotganligi darajasini aniqlash uchun yo‘llanma berish tartibini
belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi qonun hujjatlariga
muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining mehnatni muhofaza qilish
sohasidagi vakolatlari.
5
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari o‘z vakolatlari doirasida:
- mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa
dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
- mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga
solish sohasidagi normativ hujjatlarni va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab
chiqadi;
- mehnatni muhofaza qilish sohasidagi tarmoq maqsadli va maxsus
dasturlarni tasdiqlaydi hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
- tizimidagi tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya
etilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
- tizimidagi tashkilotlarda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning va
xodimlar sog‘lig‘iga boshqacha shikast yetkazilishining tekshiruvdan o‘tkazilishi
hamda hisobga olinishini tashkil etadi va ta’minlaydi;
- tizimidagi tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislarining mehnatni muhofaza
qilish masalalari bo‘yicha tayyorlanishi, qayta tayyorlanishi, malakasi oshirilishi
va bilimlari tekshirilishini tashkil etadi.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining mehnatni muhofaza qilish
sohasidagi vakolatlari.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
- mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa
dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
- mehnatni muhofaza qilish sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va
amalga oshiradi;
- davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tegishli hududiy bo‘linmalarining
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
6
3. Tashkilotning mehnatni muhofaza qilish xizmatlari.
Zamonaviy ishlab chiqarishning murakkabligi mehnatni muhofaza qilishga
kompleks yondashishni talab qiladi. Bunday sharoitda korxona va tashkilotlarda
quyidagi vazifalarni hal qiladi:
- mehnatni muhofaza qilish masalalari bo'yicha ishchilarni o'qitish;
- ishlab chiqarish uskunalarining xavfsizligini ta'minlash;
- binolar va inshootlarning xavfsizligini ta'minlash;
- ishchilarni shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlash;
- optimal ish va dam olish rejimlarini ta'minlash;
- ishlab chiqarish jarayonlarining xavfsizligini ta'minlash;
- mehnat sharoitlarini normallashtirish va boshqalar.
Ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi
va undan ortiq bo‘lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga
rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish
maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni
muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis lavozimi
joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud bo‘lgan tashkilotda
yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yo‘l harakati xavfsizligi
bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo‘lgan tashkilotda mehnatni
muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha
mutaxassis lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi qaror ish beruvchi tomonidan
mazkur tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul
qilinadi.
Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yo‘l harakati xavfsizligi xizmati
tashkilotning mustaqil tarkibiy bo‘linmalari bo‘lib, ular bevosita tashkilot
rahbariga bo‘ysinadi.
Mehnatni muhofaza qilish xizmati mutaxassislari mehnatni muhofaza qilish
qoidalari va normalariga barcha xodimlar tomonidan rioya etilishini nazorat qilish,
tarkibiy bo‘linmalarning rahbarlariga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish
7
to‘g‘risida ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish, shuningdek mehnatni
muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi
normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablarini buzayotgan shaxslarni
javobgarlikka tortish to‘g‘risida tashkilot rahbariga taqdimnomalar kiritish
huquqiga ega.
Mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalari mehnatni muhofaza qilish
sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan shartnoma
asosida amalga oshirilishi mumkin.
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional
ishtirokchilari.
Mehnatni
muhofaza
qilish
sohasida
shartnoma
asosida
xizmatlar
ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar
bozorining professional ishtirokchilaridir.
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional
ishtirokchilari:
tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini amalga
oshirishi;
ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyasini o‘tkazishi;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlashi va
ularning malakasini oshirishi;
tashkilotda mehnatning muhofaza qilinishini boshqarish tizimi auditini
o‘tkazishi mumkin.
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional
ishtirokchilariga va ular tomonidan xizmatlar bajarilishiga doir talablar,
shuningdek ularning yagona reestrini yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining auditi.
Tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining auditi
mehnatni muhofaza qilish tizimining holatini baholash bo‘lib, ushbu audit ish
beruvchining qaroriga binoan o‘tkaziladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
8
- tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining mehnatni
muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi
normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini
aniqlash;
- mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining ishlashi sifatini, ishlab
chiqarishdagi jarohatlanishlar va kasb kasalliklarining oldini olishga, darajasini
kamaytirishga qaratilgan tadbirlar samaradorligini baholash;
- aniqlangan
kamchiliklarni
bartaraf
etishga,
ishlab
chiqarishdagi
jarohatlanishlar va kasb kasalliklarining oldini olishga qaratilgan takliflar hamda
tavsiyalar ishlab chiqish.
Tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining auditi
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional
ishtirokchilari tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish korxonalarida mehnat muhofazasiga doir ishlar tashkiliy-
texnik tadbirlarning kompleks rejasi asosida amalga oshiriladi. Bu tadbirlarni
korxona ma’muriyati mahalliy kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan birgalikda ishlab
chiqadi. Kompleks reja yillik, besh yillik yoki ko‘p yillik rejalardan tashkil topadi.
Bunda fan va texnikaning mehnat muhofazasi sohasida erishgan yutuqlari hamda
korxonaning rivojlanish istiqbollari hisobga olinadi. Ishning bajarilishini nazorat
qilish xavfsizlik yo‘llari bo‘yicha muhandis zimmasiga, uni amalga oshirishga
javobgarlik esa korxona sehlari, bo‘limlari, bo‘linmalari boshliqlari zimmasiga
yuklatiladi.
Korxonalar ma’muriyati va muhandis-texnik xodimlarning asosiy vazifalari
mehnat haqidagi qonunlar majmui hamda “Xavfsizlik yo‘llari va ishlab chiqarish
sanitariyasi qoidalari” bilan belgilanadi. Ishlab chiqarishda shikastlanish va kasb
kasalliklarini kamaytirish hamda ularning oldini olishga oid mehnat muhofazasi
bo‘yicha ishlarni amalga oshirish, tadbirlariga umumiy rahbarlik hamda bu ishga
javobgarlik korxona rahbari uning o‘rinbosari-bosh muhandis zimmasiga
yuklatiladi.
Korxona rahbarining majburiyatlari:
9
- ishlab chiqarishda shikastlanish va kasb kasalliklarining oldini oluvchi
tashkiliy texnik tadbirlarni rejalashtirishga;
- ana shu tadbirlar uchun o‘z vaqtida mablag‘ ajratishga va ularni
o‘tkazishga doir ro’yxatlarni tasdiqlashga hamda mehnat sharoitini mustahkamlash
va sog‘lomlashtirish uchun ajratilgan mablag‘ning to‘g‘ri sarflanishini nazorat
qilib borishga;
- mehnat muhofazasiga doir jamoa shartnomalari va bitimlarining
bajarilishini taminlashga;
- mehnat va dam olish tartibi, ayollar hamda o‘smirlar mehnatini muhofaza
qilish haqidagi qonunlarga amal qilishga;
- kasaba uyushmasi texnik nazoratchilari va jamoatchi nazoratchilar hamda
mahalliy kasaba uyushmasi qo‘mitasi komissiyasining mehnat muhofazasiga doir
buyruqlarini bajarishga;
- ishlar va kasblarning ayrim turlari uchun xavfsizlik yo‘llari bo‘yicha
yo‘riqnomalarni tasdiqlashga;
- ishchi-xizmatchilarni o‘z vaqtida amaldagi me’yorlarga muvofiq maxsus
kiyim, poyafzal, yakka tartibdagi himoya vositalari va maxsus oziq-ovqatlar bilan
taminlashga majbur.
Bosh muhandis:
- hamma sexlar va bo‘linmalar boshliqlarining xavfsizlik yo‘llari hamda
ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qonun chiqaruvchi me’yorlar va qoidalarni
bajarishlarini muntazam ravishda nazorat qilib borish;
- amaldagi xavfsizlik yo‘llari va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalari
hamda mavjud ishlab chiqarish sharoitiga muvofiq, kasblar va ishlar turlari
bo‘yicha xavfsiz ishlash yo‘llari hamda usullariga doir yo‘riqnomalarni ishlab
chiqarishga qo‘llanishiga rahbarlik qilish;
- xavfsiz ishlash usullari, yo‘l-yo‘riqlarini o‘rganish yuzasidan o‘quv ishlari
olib borilishini nazorat qilish;
- ishchilarning dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklardan o‘tkazilishini nazorat
qilish;
10
- xavfsiz ishlash usullarining ommaviy tadbiq qilinishi, xavfsizlik xonalarida
ma’ruzalar, suhbatlar o‘tkazilishi, xavfsizlik yo‘llariga oid plakatlar va
ogohlantiruvchi yozuvlar tayyorlanishini nazorat qilish;
- kasaba uyushmasi tashkiloti bilan birgalikda mehnat muhofazasi, xavfsizlik
yo‘llari va ishlab chiqarish sanitariyasiga oid ishlarning holatini tekshirish hamda
mehnat muhofazasi yuzasidan qabul qilingan qarorlarning ishchilar tomonidan
bajarilishini nazorat qilish;
-
zamonaviy
tuzilishdagi
to‘siq
texnikasi,
sermehnat
jarayonlarni
avtomatlashtirish, shamollatish va sanitariya-maishiy uskunalarni joriy etish;
- mehnat muhofazasi, ishlab chiqarish madaniyati va texnik estetika
bo‘yicha tajriba almashish ishiga rahbarlik qilish;
- ishchilarga o‘z vaqtida sifatli korjoma, maxsus poyafzal va yakka
tartibdagi himoya vositalari berilishini nazorat qilish;
- xavfsizlik yo‘llari, ishlab chiqarish sanitariyasiga doir amaldagi qoidalarga,
kasaba uyushmasi texnik nazoratchisi va jamoatchi nazoratchilarning mehnat
muhofazasiga doir buyruqlarga amal qilinishini nazorat etish;
- belgilangan muddatlarda ishlab chiqarishda ro‘y bergan shikastlanish
to‘g‘risidagi hisobotlarni, mehnat sharoitini sog‘lamlashtirishga ajratilgan
mablag‘larning sarflanishini nazorat qiladi.
Bosh mexanik, energetik:
- binolar inshootlar, energotizmlar, turli uskunalarni profilaktik ko‘zdan
kechirish va reja asosida tuzatishlarning to‘g‘ri tashkil etilishi hamda o‘z vaqtida
o‘tkazilishiga, shuningdek, tuzatish ishlarining xavfsiz bajarilishiga;
- kranlar va boshqa turdagi yuk ko‘tarish mexanizmlari hamda dastgohlari,
mexanik uskunalardan bosim ostida ishlaydigan bak, suv isitish qozonlari,
apparatlar, idishlar hamda uskunalarni o‘z vaqtida texnik tekshiruvdan
o‘tkazilishiga;
- nomenklaturadagi tadbirlarga doir bitimga muvofiq mehnat muhofazasiga
oid tashkiliy-texnik tadbirlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishiga javobgarlik;
11
- elektr jihozlari, kuch va yoritish elektr tarmoqlari, elektr taqsimlash
uskunalari, yashindan himoyalagichning soz holatda bo‘lishini muntazam nazorat
qilishga;
- shamollatish qurilmalari va isitish tizimlarining tegishli holatda bo‘lishini
nazorat qilishga mas’ul.
Seh boshliqlari, ustalar:
- ishchilarning mehnat muhofazasi, xavfsizlik yo‘llari va ishlab chiqarish
sanitariyasiga doir qoida hamda me’yorlarga amal qilishlarini taminlashga, xavfli
va zararli mehnat sharoiti bilan bog‘liq ishlarni bajarishda ehtiyotkorlik
choralarining bajarilishini nazorat qilishga;
- mehnat muhofazasi, xavfsizlik yo‘llari va ishlab chiqarish sanitariyasiga
doir amaldagi qoidalar hamda me’yorlarga muvofiq, xavfsiz ishlash yo‘llari va
usullari yuzasidan yo‘riqnomalar ishlab chiqarishda qatnashishga;
- barcha ishchilarga xavfsiz ishlash yo‘llari va usullarini o‘rgatishga,
shuningdek,
o‘z
tasarrufidagi
bo‘linma
ishchilariga
xavfsizlik
bo‘yicha
yo‘riqnomalar berishga majbur.
Mehnat muhofazasi, xavfsizlik yo‘llari va ishlab chiqarish sanitariyasiga
doir ishlarni tashkil qilishga javobgar bo‘lgan mehnat muhofazasi muhandisi
zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilgan:
- boshlang‘ich yo‘l-yo‘riqlarni berish;
- amaldagi qonunlarning, vazirliklar va idoralarning qarorlari hamda
farmoyishlarining, shuningdek, xavfsizlik yo‘llariga doir qoida va me’yorlarning
sexlar, bo‘limlar rahbarlari tomonidan bajarilishini nazorat qilish;
- yo‘riqnomalar ishlab chiqishda qatnashish hamda ularning to‘g‘ri
qo‘llanilishini tekshirish;
- buyruq va farmoyishlar loyihalarini tayyorlash;
- mehnat sharoitini yaxshilashga doir tadbirlar ishlab chiqish, tashkiliy-
texnik tadbirlar rejalari loyihalarini ishlab chiqish va ularning bajarilishini nazorat
qilish;
12
- mehnat muhofazasi va xavfsizlik yo‘llariga oid mukammal to‘siqlar va
saqlovchi uskunalarni ishlab chiqishda ilmiy-tekshirish institutlari va ilg‘or
korxonalarning shu sohadagi takliflarini ishlab chiqarishga joriy etishda
qatnashish;
- korxonani qishki va yozgi sharoitda ishlashga tayyorlash tadbirlarini ishlab
chiqishda qatnashish hamda ularning amalga oshirilishini nazorat qilish;
- jamoa shartnomasida ko‘zda tutilgan mehnat sharoitlarini sog‘lomlashtirish
va yengillashtirish tadbirlarini bajarilishini tekshirish;
- binolar, uskunalar, apparatlar, uskunalarni qurish, qayta qurish, kapital
tuzatish loyihalarini ko‘rib chiquvchi va ularni foydalanishga qabul qilib oluvchi
komissiyalarda qatnashish;
- ishchilarga yo‘l-yo‘riq berish hamda muhandis-texnik xodimlar va
ishchilarning xavfsizlik yo‘llari kursida o‘qitilishini tashkil etish;
- dastlabki va davriy tibbiy tekshiruvlarning o‘z vaqtida o‘tkazilishini
nazorat qilish;
- ish xonalaridagi ko‘rinadigan joylarga mehnat muhofazasi, xavfsizlik
yo‘llari va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir amaldagi hamma qarorlar, qoida va
me’yorlardan bir nusxadan olib qo‘yish;
- xavfsizlik yo‘llari xonalarini jihozlash, xavfsizlik yo‘llariga doir stendlar
tashkil etish, plakatlar va ogohlantiruvchi yozuvlarni osib qo‘yish;
- ishlab chiqarish bilan bog‘liq ko‘ngilsiz hodisalarning ro‘y berish
sabablarini tekshirishda qatnashish hamda ularni bartaraf etish, oldini olish
tadbirlarini ishlab chiqish;
- ishlab chiqarish bilan bog‘liq ko‘ngilsiz hodisalarni hisobga olib va qayd
qilib borish, ishlab chiqarishda shikastlanishlarni tahlil qilish;
- xavfsizlik yo‘llari ishlarini yaxshi yo‘lga qo‘ygan xodimlarni taqdirlash
hamda xavfsizlik yo‘llari talablari va qoidalarini buzganlarni qonunda belgilangan
tartibda javobgarlikka tortish to‘g‘risida korxona rahbariyatiga takliflar berish.
Mehnatni muhofaza qilish holati ustidan uch bosqichli nazoratni o‘tkazish
va tashkil qilish uslubiyati:
13
Mehnatni muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligi boshqaruvi tizimidagi uch
bosqichli ma’muriy-jamoat nazorati tashkilot, muassasalarning, mulkchilik
shaklidan qat’iy nazar, ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitalarining ish
joyidagi muassasalaridagi mehnat sharoitlari va xavfsizligi holati ustidan,
shuningdek barcha xizmatlar, mansabdor shaxslar va xodimlar tomonidan
mehnatni muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha qonun xujjatlari, mehnat
xavfsizligi andozalari, qoidalar, me’yorlar, normalar va boshqa texnik-me’yoriy
xujjatlarning talablariga rioya etishlarini nazorat qilishning asosiy shakli
hisoblanadi.
Uch bosqichli nazorat muassasa rahbarlari va muxandis-texnik xodim-
larning lavozim vazifalariga muvofiq ma’muriy nazoratini, shuningdek jamoat
nazoratini o‘tkazishni istisno etmaydi.
Muassasa tuzilmasi va uning bo‘limalari ko‘lamiga qarab mehnatni
muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligi holati ustidan uch bosqichli nazorat:
birinchi bosqichda – muassasada, smena yoki brigadada;
ikkinchi bosqichda - muassasada, bo‘linmada yoki laboratoriyada;
uchinchi bosqichda - butun muassasada o‘tkaziladi.
Muassasaning uch bosqichli nazorat ob’ektlariga daxldorligi muassasa
ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan o‘rnatiladi.
Uch bosqichli nazoratni tashkil qilishga rahbarlikni muassasa rahbari va
kasaba uyushma qo‘mitasining raisi amalga oshiradi.
Nazoratning birinchi bosqichi muassasa rahbari va mehnat muhofazasi
bo‘yicha vakil tomonidan har ish kunining boshlanishida, zarur bo‘lganida esa
(yuqori xavfga ega ishlar va hokazo) - ish kuni mobaynida ham amalga oshiriladi.
Izoh: Tekshirish davomida aniqlangan kamchiliklar va buzilishlarni bartaraf
etish tadbirlari, bajarish muddati va mas’ul shaxslar belgilanadi.
Nazoratning ikkinchi bosqichi muassasa boshlig‘i va muassasaning
mehnatni muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha katta vakili
rahbarligidagi komissiya tomonidan oyiga kamida ikki marta o‘tkaziladi.
Komissiya tarkibiga muassasaning texnika xizmatlari rahbarlari (vakillari),
14
muassasaning mehnatni muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligi bo‘limi muhandisi
va muassasaga biriktirilgan tibbiy xodim kiradi.
Tekshiruv jadvali muassasaning mehnatni muhofaza qilish va yong‘in
xavfsizligi bo‘yicha katta vakili bilan kelishgan holda muassasa boshlig‘i
tomonidan o‘rnatiladi va barcha rahbarlariga beriladi.
Izoh: Komissiya chora-tadbirlarni belgilab beradi, muassasa boshligi esa
ijrochi va ijro muddatini tayinlaydi.
Agar belgilangan tadbirlarni muassasa kuchi bilan bajarishning imkoni
bo‘lmasa, muassasa boshlig‘i bu haqda komissiya ishini tugatgandan so‘ng tegishli
chora-tadbirlar qabul qilishi uchun yuqori turuvchi boshliqqa xabar berishi kerak.
Mehnatni muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligi qoida va me’yorlari qo‘pol
ravishda buzilishi ishlovchilarning salomatligiga zarar yetkazishi yoki avariyaga
olib kelishi mumkin bo‘lsa, komissiya bu kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar
ishni to‘xtatib qo‘yadi.
Muassasa boshlig‘i oyiga bir marta muassasadagi mehnatni muhofaza qilish
va yong‘in xavfsizligi holati haqida muassasa rahbari va kasaba uyushma
qo‘mitasiga hisobot berishi lozim.
Nazoratning uchinchi bosqichi muassasa rahbari yoki bosh muhandisi va
kasaba uyushma qo‘mitasining raisi rahbarligidagi komissiya tomonidan kamida
yil choragida bir marta (odatda, bir oyda bir marta) o‘tkaziladi.
Komissiya tarkibiga mehnatni muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligi
bo‘yicha bosh muhandis o‘rinbosari (mehnatni muhofaza qilish xizmati rahbari),
kasaba uyushma qo‘mitasining mehnatni muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligi
komissiyasi raisi, texnik xizmatlarning rahbarlari va binodan foydalanish uchun
mas’ul shaxs kiradi. Nazorat qilishga mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillarni
jalb etish tavsiya etiladi.
Tekshiruv natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi yoki uch bosqichli
nazoratning uchinchi bosqichi daftariga yoziladi va bir hafta mud-dat ichida kasaba
uyushma faollari ishtirokida muassasa rahbari huzuridagi yig‘ilishda muhokama
qilinishi kerak.
15
Yig‘ilishni aniqlangan kamchilik va buzilishlarni bartaraf etish chora-
tadbirlari hamda ijro muddatlari va mas’ul shaxslar ko‘rsatilgan bayonnoma bilan
rasmiylashtirgan holda o‘tkazish tavsiya etiladi. Zarur hollarda muassasa rahbari
tomonidan buyruq chiqariladi.
4. Mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan
davlat va jamoatchilik nazorati
Mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat
nazorati
va
tekshiruvi
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasi
tasdiqlaydigan nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat
munosabatlari vazirligining mehnat bo‘yicha davlat texnik inspektorlari tomonidan
amalga oshiriladi.
Mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat
nazorati va tekshiruvi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat organlari
tomonidan ham amalga oshiriladi. Bular jumlasiga quyidagi davlat organlarini
kiritish mumkin:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-
epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi
huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi havo, suv va tuproqni
ifloslantirishdan ogohlantirish, shovqin va titrashni yo‘qotish, korxonalarda
sanitariya holati talab darajasida bo‘lishni ta’minlash (harorat, nisbiy namlik,
yoritilganlik va h.k.) ishlarni nazorat qiladi. Jumladan kasb kasalliklari kelib
chiqishini oldini oladi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining yong‘in
xavfsizligi bosh boshqarmasi yong‘inlarni oldini olish profilaktikasi va unga qarshi
tadbirlarni, o‘t o‘chirish vositalarining holatini, yong‘in haqida xabar berish
vositalarining ishini nazorat qiladi.
3. “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi bug‘ qozonlarining to‘g‘ri
ishlashini, bosim ostida ishlaydigan idishlarni, yuk ko‘tarish texnikalari (ko‘tarma
kranlar, liftlar), ekskavatorlar, gaz uskunalari, magistral quvurlar ishini,
16
korxonalardagi ionlashtiruvchi manbalar xolati, ionlashtiruvchi manbalar va
portlovchi moddalarni ishlatish, saqlash va tashish ishlarini nazorat qiladi.
4. "O‘zdavenergonazorat" davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari:
- elektr energiyasi, issiqlik energiyasi oqilona va samarali ishlab chiqarilishi,
uzatilishi, iste’mol qilinishini va ko‘mirdan foydalanilishi yuzasidan davlat
nazoratini amalga oshirish;
- elektr energiyasini, issiqlik energiyasini ishlab chiqarishda, uzatishda,
iste’mol
qilishda
va
ko‘mirdan
foydalanishda
xavfsizlikni
ta’minlashga
yo‘naltirilgan oldini olish chora-tadbirlari amalga oshirilishini nazorat qilish;
- elektr energiyasi, issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, iste’mol
qilish va ko‘mirdan foydalanish sohasida zarur normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab
chiqish.
O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat to‘g‘risidagi qonunlarning aniq
va bir xil ijro etilishi ustidan nazorat olib borish O‘zbekiston Respublikasi Bosh
prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar tomonidan amalga oshiriladi. Agar
jinoyat sodir bo‘lganligi aniqlansa, rahbar xodimlarni jinoiy javobgarlikka tortadi.
O‘lim sodir bo‘lgan og‘ir baxtsiz xodisaga uchragan holatlarda prokuratura
mustaqil tekshirish o‘tkazadi.
Kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari mehnatni
muhofaza qilish sohasida vakillikni, shuningdek xodimlarning huquqlari va
qonuniy manfaatlarini himoya qilishni amalga oshiradi.
Kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari, shuningdek
xodimlarning o‘zi mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakil etgan shaxslar
quyidagi huquqlarga ega:
- tashkilotlarning rahbarlaridan va boshqa mansabdor shaxslaridan mehnat
sharoitlari va muhofazasi to‘g‘risida, shuningdek ishlab chiqarishdagi barcha
baxtsiz hodisalar hamda kasb kasalliklari haqida axborot olish;
- ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va kasb kasalliklarini tekshirishda
ishtirok etish;
17
- xodimlarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilgan hollarda ishlarni to‘xtatib
turish, shuningdek mehnatni muhofaza qilishga oid talablarning buzilishlarini
bartaraf etish to‘g‘risida ish beruvchiga takliflar kiritish;
- mehnatni muhofaza qilish holatini o‘rganish, ish beruvchilarning jamoa
shartnomalari va kelishuvlarida nazarda tutilgan mehnatni muhofaza qilish
bo‘yicha majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish;
- ishlab chiqarish ob’ektlarini va ishlab chiqarish vositalarini sinash hamda
foydalanishga qabul qilish bo‘yicha komissiyalar ishida mustaqil ekspert sifatida
ishtirok etish, tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi majlislarida ishtirok etish;
- mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga
solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini
ishlab chiqishda ishtirok etish;
- mehnatni
muhofaza
qilishga
oid
talablarni
buzganlikda,
ishlab
chiqarishdagi baxtsiz hodisalar faktlarini yashirganlikda aybdor shaxslarni
javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi talablar bilan tegishli organlarga murojaat qilish;
- mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda mayib bo‘lishi yoki
sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararning o‘rni
qoplanishi uchun hamda xodimlarning sog‘lig‘i va mehnati muhofaza qilinishiga
bo‘lgan huquqlari cheklangan boshqa hollarda xodimning huquqlarini himoya qilib
sudga murojaat etish;
- mehnatni
muhofaza
qilish
to‘g‘risidagi
qonun
hujjatlari,
jamoa
shartnomalarida va kelishuvlarida nazarda tutilgan majburiyatlar buzilganligi,
shuningdek mehnat sharoitlarining o‘zgarishi bilan bog‘liq mehnat nizolarini
ko‘rib chiqishda ishtirok etish.
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakil etilgan shaxsga o‘z zimmasiga
yuklatilgan vazifalarni bajarishi uchun har haftada kamida ikki soat ish vaqti
ajratiladi va bu vaqt uchun ish joyi (lavozimi) bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi
saqlanadi.
Kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari mehnatni
muhofaza qilish sohasida ijtimoiy sheriklikni amalga oshiradi, bosh kelishuvlar,
18
tarmoq va hududiy (mintaqaviy) jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalari tuzishi
mumkin.
Kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari, shuningdek
xodimlarning o‘zi mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakil etgan shaxslar qonun
hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Mehnatni muhofaza qilishni moliyalashtirish quyidagilar hisobidan amalga
oshiriladi:
- O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan ajratiladigan byudjet
mablag‘lari;
- ish beruvchining o‘z mablag‘lari;
- qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilgan mehnatni muhofaza qilish
jamg‘armalarining mablag‘lari;
- yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
- qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Mehnatni muhofaza qilish uchun byudjet mablag‘lari tegishli (respublika va
mahalliy) byudjetlarda alohida qayd bilan ajratiladi, bu mablag‘lardan boshqaruv
organlarining, nazorat qiluvchi va tekshiruvchi organlarning ta’minoti, ilmiy-
tadqiqot ishlarini moliyalashtirish, mehnatni muhofaza qilishga oid davlat
dasturlarini va boshqa dasturlarni bajarish uchun foydalaniladi.
Har bir ish beruvchi mehnatni muhofaza qilish uchun zarur bo‘lgan
mablag‘larni qonun hujjatlarida, jamoa shartnomasida, shuningdek jamoa
kelishuvlarida yoki boshqa ichki normativ hujjatlarda belgilanadigan miqdorda
ajratadi. Xodimlar ana shu maqsadlar uchun biror-bir chiqim qilmaydilar.
Tashkilotlar mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha jamg‘armani o‘zining tijorat
faoliyati va boshqa faoliyatidan olinadigan foyda (daromadlar), shuningdek qonun
hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan tashkil etishga haqlidir.
Mehnatni muhofaza qilishga mo‘ljallangan mablag‘lardan boshqa maqsadlar
uchun foydalanilishi mumkin emas.
Mehnatni muhofaza qilish uchun ish beruvchi tomonidan mablag‘lar
ajratish, shuningdek mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha jamg‘armalarni tashkil
19
etish va ularning mablag‘laridan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi
ishtirokida belgilanadi.
Ish beruvchi xodimning o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda
mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda
shikastlanishi tufayli uning hayoti va sog‘lig‘iga o‘zi yetkazgan zararning o‘rnini
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘liq hajmda qoplashi shart.
Xodimning
sog‘lig‘iga
yetkazilgan
zararning
o‘rnini
qoplash
jabrlanuvchining mehnatda mayib bo‘lishiga qadar bo‘lgan o‘rtacha oylik ish
haqiga nisbatan jabrlanuvchi tomonidan kasbga oid mehnat qobiliyatini yo‘qotish
darajasiga muvofiq bo‘lgan foizlardagi har oylik to‘lovdan, shuningdek xodimning
bir yillik ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda bir yo‘la beriladigan nafaqa
to‘lovidan hamda xodimning sog‘lig‘i shikastlanishidan kelib chiqqan qo‘shimcha
xarajatlarni (agar u davolanish, protez qo‘ydirish va tibbiy hamda ijtimoiy
yordamning boshqa turlariga muhtoj deb topilgan bo‘lsa, ushbu tadbirlar bilan
bog‘liq xarajatlar, shuningdek jabrlanuvchining qayta tayyorgarligi va tibbiy
xulosaga muvofiq ishga joylashishi uchun xarajatlar va boshqa xarajatlar)
kompensatsiya qilishdan iboratdir.
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi oqibatida xodim vafot
etgan taqdirda, zararning o‘rni qoplanishi huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga
boquvchining vafoti bilan bog‘liq holda etkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda har oylik to‘lovlar amalga oshiriladi,
shuningdek vafot etgan xodimning o‘rtacha yillik ish haqining olti baravaridan
kam bo‘lmagan miqdorda bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanadi va dafn etish
xarajatlarining o‘rni qoplanadi.
Voyaga yetmagan xodimning sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan taqdirda
zararning o‘rnini qoplash uning avvalgi ish haqidan kelib chiqqan holda, ammo
qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining besh baravaridan kam
bo‘lmagan miqdorda hisoblab chiqariladi.
Mehnat muhofazasini buzganlik uchun javobgarlik:
20
Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar
buzilishida aybdor bo‘lgan yoki davlat va jamoatchilik nazorati idoralari
vakillarining faoliyatiga monelik qilayotgan mansabdor shaxslar O‘zbekiston
Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda intizomiy, ma’muriy yoki jinoiy
javobgarlikka tortiladilar.
Mehnat kodeksining 181-moddasida quyidagi intizomiy jazo turlari
belgilangan: hayfsan, jarima, mehnat shartnomasini bekor qilish.
Ma’muriy
javobgarlik
to‘g‘risidagi kodeksi 23-moddasi:
ma’muriy
huquqbuzarlik sodir etganlik uchun quyidagi ma’muriy jazo choralari qo‘llanilishi
mumkin:
1) jarima;
2) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita
shunday narsa bo‘lgan ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish;
3) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita
shunday narsa bo‘lgan ashyoni musodara qilish;
4) muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositasini
boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum etish;
5) ma’muriy qamoqqa olish.
6) chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston
Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining
49-moddasi: Mansabdor shaxs tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish
to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishi — eng kam ish haqining ikki
baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Huddi shunday huquqbuzarlik voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir
etilgan bo‘lsa, — eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Jinoiy jazo turlari “Jinoyat kodeksi”da belgilanadi va bular jumlasiga jarima,
muayyan huquqdan maxrum qilish, axloq tuzatish ishlari, xizmat bo‘yicha
21
cheklash, intizomiy qismga jo‘natish, ozodlikdan mahrum qilish kabilarni kiritish
mumkin.
Korxonalarning boshqa xodimlari mehnatni muhofaza qilishga doir
me’yoriy
hujjatlarning
talablarini
buzganlik
uchun
belgilangan
tartibda
javobgarlikka tortiladilar.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.
Hayot faoliyati xavfsizligini boshqarishni qanday tushunasiz?
2.
Hayot faoliyati xavfsizligini boshqarish qanday tartibda amalga
oshiriladi?
3.
Mehnatni muhofaza qilishni boshqarish kimlar tomonidan amalga
oshiriladi?
4.
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
mehnatni
muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari qanday?
5.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlarini bilasizmi?
6.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining mehnatni
muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari nimalardan iborat?
7.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining mehnatni muhofaza qilish
sohasidagi vakolatlari qanday?
8.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining mehnatni muhofaza qilish
sohasidagi vakolatlari nimalardan iborat?
9.
Mehnatni
muhofaza
qilishni
moliyalashtirish
qanday
amalga
oshiriladi?
10.
Mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat
nazorati va tekshiruvi qanday tartibda o’tkaziladi?