Faoliyat xavfsizligini boshqarish tizimi
Reja:
1. Hayot faoliyati xavfsizligini boshqarish.
2. Mehnatni muhofaza qilishni boshqarish.
3. Tashkilotning mehnatni muhofaza qilish xizmatlari.
4. Mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat va
jamoatchilik nazorati.
1. Hayot faoliyati xavfsizligini boshqarish
Hayot faoliyati xavfsizligini boshqarish deganda ko‘zda tutilgan natijalarga
erishish “inson-muhit” tizimiga tashkiliy ta’sir qilishni tushunamiz.
Hayot faoliyati xavfsizligini boshqarish - bu obektni ongli ravishda bir
holatdan (xavfli) boshqa bir (xavfsiz) holatga o‘tkazishdir. Bunda ob’ektiv
ravishda iqtisodiy va texnik shartlarga amal qilish maqsadga muvofiqdir.
Xavfsizlik talablarini o‘z vaqtida hisobga olish faqat texnik shartlargagina
emas, balki iqtisodiy qarashlarga tayanadi.
Boshqarish - bu shunday jarayonki, uni bir qancha bosqichlarga bo‘lish
mumkin:
1. Obektning holatini tahlil qilish va baholash;
2. Boshqarishning maqsad va masalalarini amalga oshirish uchun tadbirlarni
rejalashtirish va oldindan aniqlash;
3. Boshqaruvchi va boshqariladigan tizimlarni bevosita tashkil qilish;
4. Nazorat, ya’ni boshqarishni tashkil qilish ustidan kuzatish va tekshirish;
5. Tadbirlarning samaradorligini aniqlash;
6.
Rag‘batlantirish,
ya’ni
boshqarish
qatnashchilarini
boshqaruv
muammolarini muvaffaqiyatli hal qilishga undovchi ta’sir shakllari.
HFXni boshqarish vositalarini quyidagi jihatlarga ajratish mumkin:
fiziologik, psixologik, ijtimoiy, tibbiy, texnik, tashkiliy-operativ, huquqiy va
2
iqtisodiy, tarbiyaviy, ergonomik, ekologik, sanitar-gigiyenik; ommani o‘qitish;
xavfsizlik madaniyatini tarbiyalash; kasbiy o‘qitish; kasbiy tanlash; boshqarish
subektiga psixologik ta’sir qilish; dam olish va ishlash rejimlarini qulaylashtirish;
kollektiv himoyalanishning texnik va tashkiliy vositalari; shaxsiy himoya
vositalari; yengillik va kompensatsiya to‘lovlari tizimi va boshqalar.
2. Mehnatni muhofaza qilishni boshqarish.
Mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarish O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus
vakolatli davlat organi, shuningdek mehnatni muhofaza qilish sohasida qonun
hujjatlariga muvofiq ayrim vakolatlarga ega bo‘lgan boshqa davlat organlari
tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mehnatni muhofaza
qilish sohasidagi vakolatlari.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
- mehnatni muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosati amalga
oshirilishini ta’minlaydi;
- mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi va
amalga oshiradi;
- davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati
organlarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyati muvofiqlashtirilishini
ta’minlaydi;
- mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasini o‘tkazish tartibini belgilaydi;
- ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va kasb kasalliklarini tekshirish
hamda hisobga olish tartibini belgilaydi;
- tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish tartibini
belgilaydi;
- mehnatni muhofaza qilish uchun ish beruvchi tomonidan mablag‘lar
ajratish, shuningdek mehnatni muhofaza qilish jamg‘armalarini tuzish va ularning
mablag‘laridan foydalanish tartibini belgilaydi;
3
- mehnatni muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq
boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organining
vakolatlari. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
- mehnatni muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga
oshiradi;
- mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlari va boshqa
dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
- mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga
solish sohasidagi normativ hujjatlarni va normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z
vakolatlari doirasida ishlab chiqadi, kelishib oladi hamda tasdiqlaydi;
- mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi, shu jumladan
noqulay va alohida mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun xodimlarga imtiyozlar
va kompensatsiyalar berilishi yuzasidan davlat nazorati hamda tekshiruvini amalga
oshiradi;
- mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasi o‘tkazilishini ta’minlaydi;
- davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati
organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan mehnatni muhofaza qilish masalalari
bo‘yicha hamkorlik qiladi;
- davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati
organlarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib
boradi;
- mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional
ishtirokchilarining yagona reestrini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilangan tartibda yuritadi;
- mehnatni muhofaza qilishning holati monitoringini o‘tkazadi;
4
- ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlarning sabablarini tahlil qiladi hamda
bunday jarohatlanishlarning oldini olish bo‘yicha takliflar kiritadi;
- ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning maxsus tekshiruvi o‘tkazilishini
va hisobga olinishini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qonun
hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining mehnatni muhofaza
qilish sohasidagi vakolatlari.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
- xodimlarning dastlabki tarzda (ishga kirayotganda) va davriy (mehnat
faoliyati davomida) majburiy tibbiy ko‘riklarini o‘tkazish tartibini belgilaydi;
- ishlab chiqarish muhiti omillarining zararliligi va xavfliligi, mehnat
jarayonining og‘irligi va tig‘izligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha sanitariya qoidalarini,
normalarini va gigiena normativlarini belgilaydi;
- mehnat sharoitlari noqulay ishlarda band bo‘lgan xodimlarga beriladigan
sutni (shunga teng bo‘lgan boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini), davolash-
profilaktika oziq-ovqatini, gazlangan tuzli suvni (issiq sexlarda ishlovchilar uchun)
berish normativlarini belgilaydi;
- xodimni yengilroq ishga yoki noqulay ishlab chiqarish omillari ta’sirini
istisno etadigan ishga o‘tkazish uchun tibbiy va boshqa ko‘rsatkichlar ro‘yxatini
tasdiqlaydi;
- xodim kasb kasalligiga chalingan deb gumon qilinganda uning mehnat
sharoitlarining sanitariya-gigiena tavsifini tuzishga doir talablarni belgilaydi;
- kasb kasalliklarini aniqlash va xodimlarning kasbga oid mehnat
qobiliyatini yo‘qotganligi darajasini aniqlash uchun yo‘llanma berish tartibini
belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi qonun hujjatlariga
muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining mehnatni muhofaza qilish
sohasidagi vakolatlari.
5
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari o‘z vakolatlari doirasida:
- mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa
dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
- mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga
solish sohasidagi normativ hujjatlarni va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab
chiqadi;
- mehnatni muhofaza qilish sohasidagi tarmoq maqsadli va maxsus
dasturlarni tasdiqlaydi hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
- tizimidagi tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya
etilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
- tizimidagi tashkilotlarda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning va
xodimlar sog‘lig‘iga boshqacha shikast yetkazilishining tekshiruvdan o‘tkazilishi
hamda hisobga olinishini tashkil etadi va ta’minlaydi;
- tizimidagi tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislarining mehnatni muhofaza
qilish masalalari bo‘yicha tayyorlanishi, qayta tayyorlanishi, malakasi oshirilishi
va bilimlari tekshirilishini tashkil etadi.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining mehnatni muhofaza qilish
sohasidagi vakolatlari.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
- mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa
dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
- mehnatni muhofaza qilish sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va
amalga oshiradi;
- davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tegishli hududiy bo‘linmalarining
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
6
3. Tashkilotning mehnatni muhofaza qilish xizmatlari.
Zamonaviy ishlab chiqarishning murakkabligi mehnatni muhofaza qilishga
kompleks yondashishni talab qiladi. Bunday sharoitda korxona va tashkilotlarda
quyidagi vazifalarni hal qiladi:
- mehnatni muhofaza qilish masalalari bo'yicha ishchilarni o'qitish;
- ishlab chiqarish uskunalarining xavfsizligini ta'minlash;
- binolar va inshootlarning xavfsizligini ta'minlash;
- ishchilarni shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlash;
- optimal ish va dam olish rejimlarini ta'minlash;
- ishlab chiqarish jarayonlarining xavfsizligini ta'minlash;
- mehnat sharoitlarini normallashtirish va boshqalar.
Ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi
va undan ortiq bo‘lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga
rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish
maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni
muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis lavozimi
joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud bo‘lgan tashkilotda
yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yo‘l harakati xavfsizligi
bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo‘lgan tashkilotda mehnatni
muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha
mutaxassis lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi qaror ish beruvchi tomonidan
mazkur tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul
qilinadi.
Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yo‘l harakati xavfsizligi xizmati
tashkilotning mustaqil tarkibiy bo‘linmalari bo‘lib, ular bevosita tashkilot
rahbariga bo‘ysinadi.
Mehnatni muhofaza qilish xizmati mutaxassislari mehnatni muhofaza qilish
qoidalari va normalariga barcha xodimlar tomonidan rioya etilishini nazorat qilish,
tarkibiy bo‘linmalarning rahbarlariga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish
7
to‘g‘risida ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish, shuningdek mehnatni
muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi
normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablarini buzayotgan shaxslarni
javobgarlikka tortish to‘g‘risida tashkilot rahbariga taqdimnomalar kiritish
huquqiga ega.
Mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalari mehnatni muhofaza qilish
sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan shartnoma
asosida amalga oshirilishi mumkin.
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional
ishtirokchilari.
Mehnatni
muhofaza
qilish
sohasida
shartnoma
asosida
xizmatlar
ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar
bozorining professional ishtirokchilaridir.
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional
ishtirokchilari:
tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini amalga
oshirishi;
ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyasini o‘tkazishi;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlashi va
ularning malakasini oshirishi;
tashkilotda mehnatning muhofaza qilinishini boshqarish tizimi auditini
o‘tkazishi mumkin.
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional
ishtirokchilariga va ular tomonidan xizmatlar bajarilishiga doir talablar,
shuningdek ularning yagona reestrini yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining auditi.
Tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining auditi
mehnatni muhofaza qilish tizimining holatini baholash bo‘lib, ushbu audit ish
beruvchining qaroriga binoan o‘tkaziladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
8
- tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining mehnatni
muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi
normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini
aniqlash;
- mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining ishlashi sifatini, ishlab
chiqarishdagi jarohatlanishlar va kasb kasalliklarining oldini olishga, darajasini
kamaytirishga qaratilgan tadbirlar samaradorligini baholash;
- aniqlangan
kamchiliklarni
bartaraf
etishga,
ishlab
chiqarishdagi
jarohatlanishlar va kasb kasalliklarining oldini olishga qaratilgan takliflar hamda
tavsiyalar ishlab chiqish.
Tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining auditi
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional
ishtirokchilari tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish korxonalarida mehnat muhofazasiga doir ishlar tashkiliy-
texnik tadbirlarning kompleks rejasi asosida amalga oshiriladi. Bu tadbirlarni
korxona ma’muriyati mahalliy kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan birgalikda ishlab
chiqadi. Kompleks reja yillik, besh yillik yoki ko‘p yillik rejalardan tashkil topadi.
Bunda fan va texnikaning mehnat muhofazasi sohasida erishgan yutuqlari hamda
korxonaning rivojlanish istiqbollari hisobga olinadi. Ishning bajarilishini nazorat
qilish xavfsizlik yo‘llari bo‘yicha muhandis zimmasiga, uni amalga oshirishga
javobgarlik esa korxona sehlari, bo‘limlari, bo‘linmalari boshliqlari zimmasiga
yuklatiladi.
Korxonalar ma’muriyati va muhandis-texnik xodimlarning asosiy vazifalari
mehnat haqidagi qonunlar majmui hamda “Xavfsizlik yo‘llari va ishlab chiqarish
sanitariyasi qoidalari” bilan belgilanadi. Ishlab chiqarishda shikastlanish va kasb
kasalliklarini kamaytirish hamda ularning oldini olishga oid mehnat muhofazasi
bo‘yicha ishlarni amalga oshirish, tadbirlariga umumiy rahbarlik hamda bu ishga
javobgarlik korxona rahbari uning o‘rinbosari-bosh muhandis zimmasiga
yuklatiladi.
Korxona rahbarining majburiyatlari:
9
- ishlab chiqarishda shikastlanish va kasb kasalliklarining oldini oluvchi
tashkiliy texnik tadbirlarni rejalashtirishga;
- ana shu tadbirlar uchun o‘z vaqtida mablag‘ ajratishga va ularni
o‘tkazishga doir ro’yxatlarni tasdiqlashga hamda mehnat sharoitini mustahkamlash
va sog‘lomlashtirish uchun ajratilgan mablag‘ning to‘g‘ri sarflanishini nazorat
qilib borishga;
- mehnat muhofazasiga doir jamoa shartnomalari va bitimlarining
bajarilishini taminlashga;
- mehnat va dam olish tartibi, ayollar hamda o‘smirlar mehnatini muhofaza
qilish haqidagi qonunlarga amal qilishga;
- kasaba uyushmasi texnik nazoratchilari va jamoatchi nazoratchilar hamda
mahalliy kasaba uyushmasi qo‘mitasi komissiyasining mehnat muhofazasiga doir
buyruqlarini bajarishga;
- ishlar va kasblarning ayrim turlari uchun xavfsizlik yo‘llari bo‘yicha
yo‘riqnomalarni tasdiqlashga;
- ishchi-xizmatchilarni o‘z vaqtida amaldagi me’yorlarga muvofiq maxsus
kiyim, poyafzal, yakka tartibdagi himoya vositalari va maxsus oziq-ovqatlar bilan
taminlashga majbur.
Bosh muhandis:
- hamma sexlar va bo‘linmalar boshliqlarining xavfsizlik yo‘llari hamda
ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qonun chiqaruvchi me’yorlar va qoidalarni
bajarishlarini muntazam ravishda nazorat qilib borish;
- amaldagi xavfsizlik yo‘llari va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalari
hamda mavjud ishlab chiqarish sharoitiga muvofiq, kasblar va ishlar turlari
bo‘yicha xavfsiz ishlash yo‘llari hamda usullariga doir yo‘riqnomalarni ishlab
chiqarishga qo‘llanishiga rahbarlik qilish;
- xavfsiz ishlash usullari, yo‘l-yo‘riqlarini o‘rganish yuzasidan o‘quv ishlari
olib borilishini nazorat qilish;
- ishchilarning dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklardan o‘tkazilishini nazorat
qilish;
10
- xavfsiz ishlash usullarining ommaviy tadbiq qilinishi, xavfsizlik xonalarida
ma’ruzalar, suhbatlar o‘tkazilishi, xavfsizlik yo‘llariga oid plakatlar va
ogohlantiruvchi yozuvlar tayyorlanishini nazorat qilish;
- kasaba uyushmasi tashkiloti bilan birgalikda mehnat muhofazasi, xavfsizlik
yo‘llari va ishlab chiqarish sanitariyasiga oid ishlarning holatini tekshirish hamda
mehnat muhofazasi yuzasidan qabul qilingan qarorlarning ishchilar tomonidan
bajarilishini nazorat qilish;
-
zamonaviy
tuzilishdagi
to‘siq
texnikasi,
sermehnat
jarayonlarni
avtomatlashtirish, shamollatish va sanitariya-maishiy uskunalarni joriy etish;
- mehnat muhofazasi, ishlab chiqarish madaniyati va texnik estetika
bo‘yicha tajriba almashish ishiga rahbarlik qilish;
- ishchilarga o‘z vaqtida sifatli korjoma, maxsus poyafzal va yakka
tartibdagi himoya vositalari berilishini nazorat qilish;
- xavfsizlik yo‘llari, ishlab chiqarish sanitariyasiga doir amaldagi qoidalarga,
kasaba uyushmasi texnik nazoratchisi va jamoatchi nazoratchilarning mehnat
muhofazasiga doir buyruqlarga amal qilinishini nazorat etish;
- belgilangan muddatlarda ishlab chiqarishda ro‘y bergan shikastlanish
to‘g‘risidagi hisobotlarni, mehnat sharoitini sog‘lamlashtirishga ajratilgan
mablag‘larning sarflanishini nazorat qiladi.
Bosh mexanik, energetik:
- binolar inshootlar, energotizmlar, turli uskunalarni profilaktik ko‘zdan
kechirish va reja asosida tuzatishlarning to‘g‘ri tashkil etilishi hamda o‘z vaqtida
o‘tkazilishiga, shuningdek, tuzatish ishlarining xavfsiz bajarilishiga;
- kranlar va boshqa turdagi yuk ko‘tarish mexanizmlari hamda dastgohlari,
mexanik uskunalardan bosim ostida ishlaydigan bak, suv isitish qozonlari,
apparatlar, idishlar hamda uskunalarni o‘z vaqtida texnik tekshiruvdan
o‘tkazilishiga;
- nomenklaturadagi tadbirlarga doir bitimga muvofiq mehnat muhofazasiga
oid tashkiliy-texnik tadbirlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishiga javobgarlik;
11
- elektr jihozlari, kuch va yoritish elektr tarmoqlari, elektr taqsimlash
uskunalari, yashindan himoyalagichning soz holatda bo‘lishini muntazam nazorat
qilishga;
- shamollatish qurilmalari va isitish tizimlarining tegishli holatda bo‘lishini
nazorat qilishga mas’ul.
Seh boshliqlari, ustalar:
- ishchilarning mehnat muhofazasi, xavfsizlik yo‘llari va ishlab chiqarish
sanitariyasiga doir qoida hamda me’yorlarga amal qilishlarini taminlashga, xavfli
va zararli mehnat sharoiti bilan bog‘liq ishlarni bajarishda ehtiyotkorlik
choralarining bajarilishini nazorat qilishga;
- mehnat muhofazasi, xavfsizlik yo‘llari va ishlab chiqarish sanitariyasiga
doir amaldagi qoidalar hamda me’yorlarga muvofiq, xavfsiz ishlash yo‘llari va
usullari yuzasidan yo‘riqnomalar ishlab chiqarishda qatnashishga;
- barcha ishchilarga xavfsiz ishlash yo‘llari va usullarini o‘rgatishga,
shuningdek,
o‘z
tasarrufidagi
bo‘linma
ishchilariga
xavfsizlik
bo‘yicha
yo‘riqnomalar berishga majbur.
Mehnat muhofazasi, xavfsizlik yo‘llari va ishlab chiqarish sanitariyasiga
doir ishlarni tashkil qilishga javobgar bo‘lgan mehnat muhofazasi muhandisi
zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilgan:
- boshlang‘ich yo‘l-yo‘riqlarni berish;
- amaldagi qonunlarning, vazirliklar va idoralarning qarorlari hamda
farmoyishlarining, shuningdek, xavfsizlik yo‘llariga doir qoida va me’yorlarning
sexlar, bo‘limlar rahbarlari tomonidan bajarilishini nazorat qilish;
- yo‘riqnomalar ishlab chiqishda qatnashish hamda ularning to‘g‘ri
qo‘llanilishini tekshirish;
- buyruq va farmoyishlar loyihalarini tayyorlash;
- mehnat sharoitini yaxshilashga doir tadbirlar ishlab chiqish, tashkiliy-
texnik tadbirlar rejalari loyihalarini ishlab chiqish va ularning bajarilishini nazorat
qilish;
12
- mehnat muhofazasi va xavfsizlik yo‘llariga oid mukammal to‘siqlar va
saqlovchi uskunalarni ishlab chiqishda ilmiy-tekshirish institutlari va ilg‘or
korxonalarning shu sohadagi takliflarini ishlab chiqarishga joriy etishda
qatnashish;
- korxonani qishki va yozgi sharoitda ishlashga tayyorlash tadbirlarini ishlab
chiqishda qatnashish hamda ularning amalga oshirilishini nazorat qilish;
- jamoa shartnomasida ko‘zda tutilgan mehnat sharoitlarini sog‘lomlashtirish
va yengillashtirish tadbirlarini bajarilishini tekshirish;
- binolar, uskunalar, apparatlar, uskunalarni qurish, qayta qurish, kapital
tuzatish loyihalarini ko‘rib chiquvchi va ularni foydalanishga qabul qilib oluvchi
komissiyalarda qatnashish;
- ishchilarga yo‘l-yo‘riq berish hamda muhandis-texnik xodimlar va
ishchilarning xavfsizlik yo‘llari kursida o‘qitilishini tashkil etish;
- dastlabki va davriy tibbiy tekshiruvlarning o‘z vaqtida o‘tkazilishini
nazorat qilish;
- ish xonalaridagi ko‘rinadigan joylarga mehnat muhofazasi, xavfsizlik
yo‘llari va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir amaldagi hamma qarorlar, qoida va
me’yorlardan bir nusxadan olib qo‘yish;
- xavfsizlik yo‘llari xonalarini jihozlash, xavfsizlik yo‘llariga doir stendlar
tashkil etish, plakatlar va ogohlantiruvchi yozuvlarni osib qo‘yish;
- ishlab chiqarish bilan bog‘liq ko‘ngilsiz hodisalarning ro‘y berish
sabablarini tekshirishda qatnashish hamda ularni bartaraf etish, oldini olish
tadbirlarini ishlab chiqish;
- ishlab chiqarish bilan bog‘liq ko‘ngilsiz hodisalarni hisobga olib va qayd
qilib borish, ishlab chiqarishda shikastlanishlarni tahlil qilish;
- xavfsizlik yo‘llari ishlarini yaxshi yo‘lga qo‘ygan xodimlarni taqdirlash
hamda xavfsizlik yo‘llari talablari va qoidalarini buzganlarni qonunda belgilangan
tartibda javobgarlikka tortish to‘g‘risida korxona rahbariyatiga takliflar berish.
Mehnatni muhofaza qilish holati ustidan uch bosqichli nazoratni o‘tkazish
va tashkil qilish uslubiyati:
13
Mehnatni muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligi boshqaruvi tizimidagi uch
bosqichli ma’muriy-jamoat nazorati tashkilot, muassasalarning, mulkchilik
shaklidan qat’iy nazar, ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitalarining ish
joyidagi muassasalaridagi mehnat sharoitlari va xavfsizligi holati ustidan,
shuningdek barcha xizmatlar, mansabdor shaxslar va xodimlar tomonidan
mehnatni muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha qonun xujjatlari, mehnat
xavfsizligi andozalari, qoidalar, me’yorlar, normalar va boshqa texnik-me’yoriy
xujjatlarning talablariga rioya etishlarini nazorat qilishning asosiy shakli
hisoblanadi.
Uch bosqichli nazorat muassasa rahbarlari va muxandis-texnik xodim-
larning lavozim vazifalariga muvofiq ma’muriy nazoratini, shuningdek jamoat
nazoratini o‘tkazishni istisno etmaydi.
Muassasa tuzilmasi va uning bo‘limalari ko‘lamiga qarab mehnatni
muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligi holati ustidan uch bosqichli nazorat:
birinchi bosqichda – muassasada, smena yoki brigadada;
ikkinchi bosqichda - muassasada, bo‘linmada yoki laboratoriyada;
uchinchi bosqichda - butun muassasada o‘tkaziladi.
Muassasaning uch bosqichli nazorat ob’ektlariga daxldorligi muassasa
ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan o‘rnatiladi.
Uch bosqichli nazoratni tashkil qilishga rahbarlikni muassasa rahbari va
kasaba uyushma qo‘mitasining raisi amalga oshiradi.
Nazoratning birinchi bosqichi muassasa rahbari va mehnat muhofazasi
bo‘yicha vakil tomonidan har ish kunining boshlanishida, zarur bo‘lganida esa
(yuqori xavfga ega ishlar va hokazo) - ish kuni mobaynida ham amalga oshiriladi.
Izoh: Tekshirish davomida aniqlangan kamchiliklar va buzilishlarni bartaraf
etish tadbirlari, bajarish muddati va mas’ul shaxslar belgilanadi.
Nazoratning ikkinchi bosqichi muassasa boshlig‘i va muassasaning
mehnatni muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha katta vakili
rahbarligidagi komissiya tomonidan oyiga kamida ikki marta o‘tkaziladi.
Komissiya tarkibiga muassasaning texnika xizmatlari rahbarlari (vakillari),
14
muassasaning mehnatni muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligi bo‘limi muhandisi
va muassasaga biriktirilgan tibbiy xodim kiradi.
Tekshiruv jadvali muassasaning mehnatni muhofaza qilish va yong‘in
xavfsizligi bo‘yicha katta vakili bilan kelishgan holda muassasa boshlig‘i
tomonidan o‘rnatiladi va barcha rahbarlariga beriladi.
Izoh: Komissiya chora-tadbirlarni belgilab beradi, muassasa boshligi esa
ijrochi va ijro muddatini tayinlaydi.
Agar belgilangan tadbirlarni muassasa kuchi bilan bajarishning imkoni
bo‘lmasa, muassasa boshlig‘i bu haqda komissiya ishini tugatgandan so‘ng tegishli
chora-tadbirlar qabul qilishi uchun yuqori turuvchi boshliqqa xabar berishi kerak.
Mehnatni muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligi qoida va me’yorlari qo‘pol
ravishda buzilishi ishlovchilarning salomatligiga zarar yetkazishi yoki avariyaga
olib kelishi mumkin bo‘lsa, komissiya bu kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar
ishni to‘xtatib qo‘yadi.
Muassasa boshlig‘i oyiga bir marta muassasadagi mehnatni muhofaza qilish
va yong‘in xavfsizligi holati haqida muassasa rahbari va kasaba uyushma
qo‘mitasiga hisobot berishi lozim.
Nazoratning uchinchi bosqichi muassasa rahbari yoki bosh muhandisi va
kasaba uyushma qo‘mitasining raisi rahbarligidagi komissiya tomonidan kamida
yil choragida bir marta (odatda, bir oyda bir marta) o‘tkaziladi.
Komissiya tarkibiga mehnatni muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligi
bo‘yicha bosh muhandis o‘rinbosari (mehnatni muhofaza qilish xizmati rahbari),
kasaba uyushma qo‘mitasining mehnatni muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligi
komissiyasi raisi, texnik xizmatlarning rahbarlari va binodan foydalanish uchun
mas’ul shaxs kiradi. Nazorat qilishga mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillarni
jalb etish tavsiya etiladi.
Tekshiruv natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi yoki uch bosqichli
nazoratning uchinchi bosqichi daftariga yoziladi va bir hafta mud-dat ichida kasaba
uyushma faollari ishtirokida muassasa rahbari huzuridagi yig‘ilishda muhokama
qilinishi kerak.