FARG‘ONA TURISTIK MINTAQASI.
Reja
1. Farg‘ona turistik mintaqasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni.
2. Mintaqada turizmning rivojlanish tendensiyalari. Mintaqaning turistik
resurslari salohiyati.
3. Mintaqada turizm turlarini rivojlantirish imkoniyatlari.
1.Farg‘ona turistik mintaqasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni.
Farg’ona turistik rayoni respublikamizning uch viloyatidan iborat
(Farg’ona, Andijon, Namangan), eng so’lim, tabiati go’zal maskandir. Rayon
o’zoq tarixga ega hunarmandchilikning yirik markazi sifatida hozir ham
ahamiyatini yuqotmagan. Qadimiy shaharlardan hisoblangan Qo’qon
shahrida bir qancha arxitektura yodgorliklari mavjud. Masalan, Qo’qonning
oxirgi xoni Xudoyorxon saroyi, Modarixon maqbarasi shular jumlasidandir.
2700 yil yoshga kirgan Marg’ilon (2007y) X asrda o’zining ipak matolari bilan
mashhur bo’lgan. Marg’ilonning monumental yodgorliklaridan bezatilgan,
masjid, minora, maqbara va kaptarxonadan iborat bo’lgan Kaptarlik
kompozasiyasi (XVIII) hamda Shouda masjidini ke6ltirish mumkin. Yuqorida
ta’kidlaganimizdek turistik rayonda milliy hunarmandchilik taraqqiy etgan.
Shu o’rinda Marg’ilon ipaklari, shoyilari va do’ppilari, Chust pichoqchiligi,
charmdo’zligi, Rishton kulolchilik mahsilotlari hamda Andijon, Asaka, Pop,
Qo’qon, Shahrixon kabi shaharlari ham ma’lum hunarmandchilik turlari
bilan turistlarini jlb qilish imkoniyatiga ega. Yozyovon cho’llari noyob cho’l
landshafti bo’lsa, Axsi, Eski Pop, Tuproqqal’a ekoturistik obidalar va rayon
etnografiyasi, san’ati, madaniyati, urf-odatlari (tuylari, milliy uyinlar) hamda
choyxonalari turistik qiziqishni orttiruvchi resurslardir.
Turistik rayon tabiiy – rekreasiya resurslariga ham boydir. Hozirgi
kunda mazkur turistik rayonda 55 ga yaqin noyob tabiiy turistik obyektlar
hisobga olingan. Dam olish va davolanish maskanlariga Chortoq, Chimyon,
Shohimardon, Vodil kabilarni misol keltirish mumkin. Undan tashqari
Namangan viloyatidagi Chortoq, Gulshan dam olish va davolvnish
sihatgohlari, Baliqko’l, Nanay, G’ova, Mavlono Lutfullo, Parda Tursun kabi
dam olish maskanlari va ziyoratgohlari, Andijon viloyatidagi Shirmonbuloq,
Xonobod, Dilkushod dam olish maskanlari, Qutayba Ibn Muslim, Imom ota,
Qambar ota va boshqa diniy ziyoratgohlar rayonni turistik resurslar
salohiyatini belgilaydi. Vodiyda 50 dan ortiq mineral suv manbalari mavjud.
Misol uchun turli kasalliklar davolanayotgan Chortoq mineral suvi 1946 yilda
ochilgan.
Hozirgi kunda rayonda mahalliy turizm ancha rivojlangan bo’lib, ammo
chet el turistlarini jalb qilish nisbatan past darajada. Chunki, birinchidan,
rayon turistik nuqtai nazardan yaxshi o’rganilmagan, ikkinchidan, turistik
infratuzilma yuqori darajada takomillashmagan. Agarda yuqoridagi
muammolar o’z yechimini topsa, mintaqa mamlakatimizning turistlarni qabul
qiluvchi asosiy markazlariga aylanadi.
2.Mintaqada turizmning rivojlanish tendensiyalari. Mintaqaning turistik
resurslari salohiyati.
Ahmad al-Farg`oniy majmuasi. Majmua mustaqillik davrida - 1998
yilda bunyod etilgan. Abul Abbos ibn Muhammad ibn Kasir Ahmad al-
Farg`oniy 797 yili Farg`ona vodiysining Qubo (Quva) qishlog`ida tug`ilgan.
Xalifa Horun ar-Rashidning sharqiy yerlaridagi muovini, o`g`li Ma’munning
Marvdagi olimlari doirasiga kirgan. Ahmad al-Farg`oniy nihoyatda mashhur
olim bo`lib, asarlarining tarjimasi bir necha asrlar davomida hatto Yevropa
universitetlarida ham asosiy darslik sifatida qo`llanilgan. Manbalarda Ahmad