Farhod Musajonov, M.A’zam, T.Adashboyev ijodi va bolalar kitobxonligi.
Yuklangan vaqt
2024-09-23
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
16
Faytl hajmi
72,0 KB
Farhod Musajonov, M.A’zam, T.Adashboyev ijodi va bolalar kitobxonligi.
Reja:
1. Farhod Musojonning hayoti va ijodi, uning bolarga atalgan asarlari.
2. Miraziz A’zamning hayotiy va ijodiy faoliyati.
3. Shoirlarning bolalar adabiyotida tutgan o‘rni
1. O‘zining qisqa xajmli va xayajonli hikoyalari, mazmundor qissalari,
kichkintoylarni to‘lqinlantiradigan pesalari bilan bolalarning quvonchiga quvonch
ulashib kelayotgan qalamkashlardan biri Farhod Musajon 1933 yilda Toshkent
shahrida tug‘iladi. 1956 yilda ToshDuning SHarq fakultetini tamomlaydi. Bir
necha yil O‘zbekiston radiosida, “O‘zbekiston madaniyati” gazetasida, “G‘uncha”
jurnalida mehnat qiladi. 1966 yildan esa “O‘zbekfilm”da muharrir, bosh muharrir
vazifalarida ishlab kelmoqda.
Farhod Musajonning ilk asarlari 1955 yilda e’lon qilingan. SHundan so‘ng
“Sluchay v gornom kishlake” (1958), “Daradagi qishloqda” (1960), “Turdi,
vilosepid, qizil bog‘ich va men”, “Oftobni quvlab” (1970), “CHin do‘stlik” (1976),
“CHevar qiz” (1982), “Buloq suvi” (1982), “Turdi, vilosepid va men” (1983),
“Glotok rodnikovoy vodo‘”, “Tekin tomosha” (1989) kabi kitoblarining maydonga
kelishi bolalar uchun katta bayram bo‘ldi.
Farhod Musajon barcha yoshdagi bolalar uchun yozadi. Uning kitoblari
orasida maktabgacha tarbiya yoshidagi, maktab yoshidagi kichik hamda o‘rta va
katta yoshdagi bolalarga bag‘ishlangan asarlarini ham uchratish mumkin. Adibning
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga bag‘ishlab yozgan jajji hikoyalari
bog‘chalar dasturidan o‘ziga xos o‘rin olgan.
Ayonki, bu davr bolalar kitobxonligi ota-onalar, tarbiyachilar tomonidan
amalga oshiriladi. Bolalar o‘zlari tinglagan asarlari yordamida atrof-muhit bilan
tanisha boradilar. Ona yurtga, tabiatga muhabbat hislatlari mehnat qilish va mehnat
ahlini hurmat qilish kabi fazilatlar shu yoshdan tarkib topa boshlaydi. Turmushda
qizg‘anchiq bo‘lmaslik, kasb-hunar egasi bo‘lishga intilish, kattalarni hurmat qilish
kabi ijobiy fazilatlar ham shular jumlasiga kiradi.
Bu davr bolalarining pedaogogik-psixologik xususiyatlarini yaxshi
o‘rgangan Farhod Musajon ularga bag‘ishlab, “Eng yaxshi bobo”, “SHodiyona
kun”, “SHiqildoq”, “Pahlavon va nimjon”, “Sovg‘a”, “Ajoyib buzoqcha”,
“YAxshilik”, “To‘lab ber”, “Varrak”, “Dog‘” kabi o‘nlab hikoyalar yaratgan.
Adibning “Varrak” asari mazmuni oddiygina varrak yasash voqeasi
asosida qurilgan. Asarda kichkintoylarni bolalikdan boshlab mustaqil harakat
qilishga chaqiriladi.
Ana shunday jozibali asarlaridan yana biri “Eng yaxshi chana”dir. Bu
hikoyada qo‘li ochiq, bag‘ri butun bo‘lishlik, qizg‘anchiq bo‘lmaslik kabi hollar
kichkintoylar ongiga etkaziladi.
Latifjonga dadasi chana olib kelib beradi. Quvonchdan bolaning boshi
ko‘kka etay deydi. Latifjon boshida ancha qizg‘anchiq bo‘ladi. SHuning uchun
chanada bitta o‘zi uchadi. Boshqalarni chanaga yaqinlashtirmaydi, unga birovning
qo‘li tegib ketsa, chanani ko‘tarib uyiga chopadi.
Latifjonning dadasi o‘g‘lidagi bunday qizg‘anchiqlikni payqaydi, lekin
unga pand-nasihat qilib o‘tirmaydi. Aksincha, quyidagi ibratli hikoyatni keltiradi:
- Bilasanmi, - dedi dadasi o‘g‘liga, - men bu ajoyib chanani qaerdan
oldim? Bunaqasi magazinda sotilmaydi, bu buyurtma bilan qo‘lda yasalgan chana.
YOshi oltmishda. Ha, oltmish yil biron bitta og‘aynimning adasi olib bergan ekan.
Og‘aynim o‘sha paytida sendek ekan. CHananing chiroyliligini ko‘rib uchishga
uning ham ko‘zi qiymabdi. Kattaroq bo‘lganimda ucharman, hozir bolalar tortib
olib eskitib qo‘yishadi, deb asrab yuraveribdi. Oradan yillar o‘tibdi. Bir kun qarasa
bolaligi tugab chol bo‘lib qolibdi. Endi unga chana kerak emas edi, chunki chol
odam uyalmasdan chana uchadimi?! Og‘aynim chanani menga sovg‘a qilar ekan.
Beg‘ubor bolalik chog‘imda mazza qilib ucholmadim, ishqilib sening o‘g‘lingga
yaxshi xizmat qilsin dedi. SHunaqa o‘g‘lim, qizg‘anchiq odam zavqdan mahrum
bo‘ladi!
Latifjon boshida dadasining bu gaplariga tushuna qolmaydi. YUragining
allaqaeri jaz etgandek bo‘ladi. Nihoyat u dadasiga yuzlanib:
- Ertadan boshlab ayamasdan uchaman, - dedi.
Adibning “Sovg‘a” hikoyasi ham maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga
bag‘ishlangan. Asarla bolalar mehnatkash bo‘lishiga da’vat etiladi. Oqiljonning gul
ekishni, uni mehr bilan parvarish qilishi kichik kitobxonda katta ta’surot qoldiradi.
“Turdi, qizil bog‘ich va men” hikoyasi uzoq yillardan beri yosh
kitobxonlarning sevimli asarlaridan biri sifatida e’zozlanib kelinadi.
Hikoyada ozoda bo‘lish, shahar tozaligi uchun kurashish bosh masala qilib
qo‘yiladi.
Turdi
va
G‘iyos
aka
kabilarning
shahar
tozaligida
faol
qatnashmaganliklari fosh qilinadi.
Xullas, Farhod Musajon o‘zining maktabgacha va maktab yoshidagi kichik
bolalarga bag‘ishlab yozgan hikoyalarida salmoqdor firlarni sodda, bolalarbop
shaklda aytadi. Adib nasixat qilish yo‘lidan bormaydi, aksincha, bolalar hayotida
ko‘p uchrab turadigan oddiy voqealarni tavirlaydi va aytmoqchi bo‘lgan muhim
gaplarini ana shu voqealar mag‘ziga singdirib yuboradi.
Farhod Musajonning “Orzuga ayb yo‘q”, “Bo‘sh kelma”, “Aliqulov”,
“Buloq suvi” va boshqa qissalari o‘zbek bolalar adabiyotida muhim o‘rinda turadi.
Farhod Musajon dramaturg sifatida ham yoshlarning mehrini qozongan.
“Hayolparastlar”, “Oq kautarlar”, “Sabil qoldi”, “O‘g‘limni qaytarib bering”
pesalari shular jumlasiga kiradi. Bular orasida ayniqsa, “O‘g‘limni qaytarib bering”
asari mashhur bo‘ldi.
Dramaturg uning nomini o‘zlashtirib, “Najod istab” deb qaytadan ishladi.
U Hamza nomidagi akademik drama teatrida muvaffaqiyat bilan qo‘yildi.
Dushanbe, Olmota shaharlarida Tataristonda sahna yuzini ko‘rdi.
Pesada asosan bola tarbiyasida ota-onaning o‘ynaydigan beqiyos katta roli
haqida gap boradi.
Farhod Musajonning kattalarga bag‘ishlab “Bahor nafasi”, “Bu ko‘zlarga
ishonsa bo‘ladi”, “Xotin kishining rayi”, “Ko‘r shofyor”, “Zo‘raki kashanda”,
“Nozik masala”, “Kalla-pocha”, “Himmat”, “Bog‘ ko‘cha” kabi kitoblar yozgan.
2. Hozirgi zamon o‘zbek bolalar she’riyatida shoir Miraziz A’zamning o‘z
o‘rni bor. Bu albatta, uning izlanishi, mehnatkashligi bolalarning va ularning
adabiyotini qattiq sevishida. Ijodkor bolalar o‘rtasidagi do‘stlik, hamjixatlik, ona
vatanga cheksiz muhabbat, odobli bo‘lish, yaxshi o‘qish uchun harakat qilish,
kurashish kabi masalalarni ko‘proq ochib berishga harakat qiladi.
Miraziz A’zam 1936 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Maktabda o‘qib
yurgan
kezlaridayoq
she’riyatga
qiziqdi.
SHe’riy
mashqlarini
Quddus
Muhammadiy va keyinchalik Qudrat Hikmat boshchilik qilgan adabiy to‘garakda
sinovdan o‘tkazgan, ijodiy izlashin, o‘qish va izlanishni qizg‘in davom ettiradi.
Adabiyot va she’riyatga bo‘lgan chanqoqlik uni ToshDuga etakladi. Adabiy
mashqlari Bolalar va o‘quvchilar gazetalarida “Gulxan” va “G‘uncha” jurnallarida
bosila boshladi.
Universitetni muvaffaqiyatli tamomlagan M. A’zam bir qator jurnal va
gazetalarda ishladi. SHoirning “Metallurg”, “Aqlli bolalar”, “Senga nima bo‘ldi?”,
“G‘alati tush”, “Er aylanadi”, “Erga dovruq solamiz”, “Bir cho‘ntak yong‘oq” kabi
to‘plamlari bolalar kitob jovonlaridan mustahkam o‘rin olgan.
3. Miraziz A’zamning juda ko‘p she’r, qo‘shiq, ertak-dostonlari
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga bag‘ishlangan. U har bir asarida
bolajonlar uchun albatta, bir yangilik, bir yaxshi gap aytish ishtiyoqi bilan qaynab
toshadi va buning uddasidan chiqadi. Masalan, “Er aylanadi” she’rini olib qaraylik.
Bunday olib qarasangiz, bu bir oddiy gap. Axir necha asrdan beri u aylanadi, yana
aylanaveradi, bu haqda qanday she’r bo‘lishi mumkin, degan tushuncha
hayolingizdan o‘tadi. Lekin shexrni o‘qiydigan bo‘lsangiz sizning tasavvuringiz
butunlay o‘zgaradi. Murg‘ak qalb u yoqda tursin biz kattalar ham erning aylanishi,
onlarning o‘tishi, shamolning esib turishi bilan o‘sib ulg‘ayishimiz, kamol
topishimiz, bunyodkorlik ishlarimiz ko‘z o‘ngimizdan o‘tadi. Qilgan yaxshi-
yomon ishlarimizni o‘ylaymiz. “Er aylanadi” – huddi shu haqda bahs yuritadi:
Asta-asta shamol esadi,
Asta-asta er aylanadi.
Asta-asta odam o‘sadi,
Asta-asta er aylanadi.
Asta-asta ulg‘ayar aql, Asta-asta er aylanadi.
Asta-asta er aylanadi. Asta-asta er aylanadi,
Asta-asta etilar naql Meva pishar bir kun nogahon,
Asta-asta er aylanadi. Asta-asta er aylanadi.
Birov “men!” deb elday eladi O‘zligini tanir har inson,
Har kimga ham navbat keladi. Asta-asta er aylanadi.
Kichkintoylar ko‘pincha hayot murakkabliklaridan behabar bo‘ladilar. Ular
kattalarning ko‘magida, o‘zlari tinglagan badiiy asarlari yordamida olam
mo‘‘jizalari, turmush bilan tanishib boradilar. Miraziz A’zamning “Bedananing
buvisi” she’ri bu yoshdagi bolalarga juda qo‘l keladi. Bu she’r xalq og‘zaki ijodi
an’analari ta’sirida yaratilgan. SHe’r misralari sodda, ma’no va mazmuni bog‘cha
bolalariga to‘g‘ri keladi
YOsh kitobxon she’rda bedanalarning turmush tarzi bilan yaqindan
tanishib oladilar. Xuddi insonlar kabi ularning ham qavm-qarindoshlari, keksa-
yoshlari bo‘lishini, kasal-sog‘ yurishlarini buvi bedana kechmishlari orqali
tushunib etadilar. Buvi dardga chalinib, og‘ir kasal bo‘lib qoladi. Tomog‘idan
ovqat o‘tmaydi. Hammaning tinchligi, oromi buziladi. Har kim qo‘ldan kelgancha
unga madadkor bo‘lishga intiladi. Bu epizod chiroyli va ta’sirli chizilgan:
Bedananing otasi bor ekan, nor ekan,
Onasi oriyat yor ekan, yor ekan.
Dori-darmon, o‘t-o‘lan keltirib, keltirib,
Qari qushga tutishib, ichirib, edirib,
Aylanishib boshida turdilar, turdilar.
Sog‘ayishni chorasini ko‘rdilar-ko‘rdilar,
Mittivoy ham qo‘lidan kelgancha, kelgancha,
Suv tutdi buvisiga bilgancha, bilgancha.
Uch kunda tanda arib bor dardi, bor dardi
Buvijon boshini ko‘tardi, ko‘tardi.
Xursandlikdan ko‘zlari yoshlandi, yoshlandi.
Sayroqilik qaytadan boshlandi, boshlandi.
Va-vaq, va-vaq,
Bit-bil-diq,
Va-vaq, va-vaq,
Bit-bil-diq.
Biz har doim bolalar adabiyotida o‘y-o‘ylash, hayol surish, o‘zining
uchqur hayollari bilan yashash haqida yozilgan asarlarini qizg‘in qo‘llab-
quvvatlaymiz. Miraziz A’zamning ham “Hayol surish” she’rining qahramoni har
bir narsani tezroq bilib olgigi, uning poyoniga etgisi keladi. Lekin u qancha
o‘ylamasin, hayol surmasin, aqliy tafakkuri hali to‘la rivojlanmaganligi sababli
ko‘p narsalarni tushunmaydi, ojizlik qiladi. Ota o‘g‘lini uncha o‘ylamaslikka
chaqiradi. Otaning nasihati bilan bola o‘zini tinchita olmaydi:
Qattiq o‘ylayverma!-deydi yumshab ota, -
Kattaroq bo‘lganingda anglarsan hammasini.
O‘ylamay bo‘larkanmi shularning barini odam?
O‘ylamay yasholmayman, masalan, hammasini.
Kun qisqa qanday qilib kun chiqdi, deb o‘ylayman.
Tun cho‘zilsa, nega tun cho‘zildi, deb o‘ylayman.
Uni hayol qilaman, buni hayol qilaman, o‘ylayman,
Baribir o‘ylayman.
Miraziz
A’zamning
“Biz
engamiz
bo‘ronlarni”
she’ri
bugungi
mustaqillikka juda qiyinchilik bilan kurashlar bilan etib kelganligimizni jarangdor
misralar bilan chiroyli ifodalab beradi
Bizni bosdi dovul, sellar-
Omon chiqdik bo‘ronlardan.
Omon yashar botir ellar –
Qo‘rqmas vahshiy hayvonlardan.
Viqorli, muzli cho‘qqilar ham
Qolib ketar poyimizda
Jasur qo‘shiq bizda hamda
Har bir kundan joyimizda
SHoir bu bilan chegaralanib qolmaydi. Hali oldinda qiladigan ishlarimiz,
ulug‘ maqsadlarimiz borligini ta’kidlaydi bolalarni yuksak axloq-odobli bo‘lishga,
kattalarning ishlarini davom ettirishga chorlaydi:
Maqsadimiz tog‘day ulug‘ –
CHambarchasdir tutash qo‘llar.
Ozodlikning yo‘li qutlug‘ –
Olg‘a, do‘stlar, og‘aynilar!
Miraziz A’zamning “G‘alati tush”, “Nurxon bilan Burxon”, “Ota bilan
bola”, “Bir cho‘ntak yong‘oq”, (Turkum), “Alla”, “Bola va ona”, “YUtal bola”
kabi she’r va qo‘shiqlari bog‘cha yoshidagi bolalarga bag‘ishlangan.
“Asror”, “Erk qushi”, “Ona yurt osmonida”, “Antiqa” kabi doston, ertak-
dostonlari ham bolalarga katta qiziqish uyg‘otib kelmoqda.
Miraziz A’zamning “Asror” dostonidagi Asror obrazida bolalarga xos
jo‘shqinlik, shijoat, mehnatsevarlik motivlari, haqiqiy o‘quvchiga xos fazilatlar
yorqin tasvirlangan. SHoir bu g‘oyani ochishda kichkintoylar ongi va
dunyoqarashidagi holatlarni to‘qnashtirish, ularning narsa va voqealarga bo‘lgan
munosabatlarini solishtirishdan samarali foydalanadi.
Pilla qurti boqish dostonga asosiy mavzu qilib olinadi-da, o‘quvchi
yoshlarning bu sohaga qiziqishlari, bilimdonliklari mehnat farayonida ochib
beriladi. Asarda Asrorning olijanob fazilatlari – oqko‘ngil, sofdil, qo‘li ochiqligi
ishonarli tasvirlanadi. Uning tut daraxtlarini sevishi, tabiatga g‘amxo‘rligi yosh
kitobxonlar uchun didaktik qimmatga ega.
G‘ayrat, Nor, Rahim, Ra’no obrazlari orqali qalbi qaynoq bir-biriga
mehribon, jamoa ishi uchun fidoiy yoshlar gavdalantiriladi.
Bolalarning maktabda pilla qurti boqishlari – qo‘shimcha soha – qishloq
xo‘jaligi ishlariga jon dildan yordam berishlari, fikr-mulohaza yuritishlari, biror
ishga qo‘l urishsa dadil harakat qilishlari kitobxonni xursand etadi. CHunonchi,
asarning pillaqurt “Pillaqurtlarining lohas bo‘lishi” bo‘limi o‘quvchida katta
qiziqish uyg‘otadi.
Pilla qurti boqiladigan xona haddan ziyod isib ketgach, qurtlar barg emay
qo‘yadi. SHu daqiqada bolalarda yuz bergan holat: tushkunlik, hijolatpazlik,
qurtlarga achinish hissi tasviri kichik kitobxonni cheksiz hayajonga soladi:
Pillachilar xonasin
Bosgan edi sukunat.
O‘quvchilar churq etmas
Qotib turishar faqat.
SHoir hayotiy lavhalar chizishda davom etadi. So‘kichak engillatilib, xona
ma’lum darajada sovutilgach, qurtlar yana asliga qaytadi, bir me’yorda barg
eyishga kirishadi. Bolalar olam-olam quvonchga to‘ladilar, shodlanadilar:
Bir-biriga qarashib
Bolalar jilmayadilar.
Xatar o‘tgan bo‘lsa ham
Xonadan jilmaydilar.
SHoirning “O‘lmas qush” ertak-dostonida tasvirlanishicha, jodugarlik
bilan bahodirlarning yostig‘ini quritgan CHingizxonning go‘zal kanizagi Sayxun
bo‘yida yashayotgan Nahang qassobning ham oromini buzadi. Jang maydonida
ko‘rgan Nahangning qilichi qo‘lidan tushadi. Qizning makriga uchib, uni sevib
qoladi. Uning xotini qazo qilib, O‘lmas va Olmas ismli farzandlari qolgan edi.
Biroq ota o‘g‘li va qizidan kechib kanizakka uylanadi. Dostonda epchil qiz
Olmosning ukasi O‘lmas uchun otasi va o‘gay onasidan o‘ch olishni ancha
qiziqarli va ishonarli tasvirlanadi.
Bolalar adabiyoti taraqqiyotiga katta ulush qo‘shayotgan M. A’zam hozir
yangi-yangi asarlar ustida ishlamoqda.
Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar:
Ijodiy yo‘li M.A’zam va bolar adabiyoti. Ijodiy yo‘li. F.Musajon hikoya va
qissalari.
Mavzu bo‘yicha savollar:
1. M.A’zam ijodi haqida gapiring.
2. SHoir she’ritiyatining mavzusi.
3 F.Musajonning dramalari haqida.
4. “O‘g‘limni qaytarib bering” asarining o‘zlashtirilgan nomi qanday
nomlanadi va unda qanday g‘oyalar ilgari suriladi?
5. Mavzu bo‘yicha test toshiriqlari tuzing.
Hozirgi zamon o‘zbek bolalar adabiyotining taniqli vakillaridan biri Tursunboy
Adashboev 1939 yilda qardosh Qirg‘izistonning O‘sh viloyatiga qarashli Olabug‘a
tumanidagi Safed Bilol qishlog‘ida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetini hamda
M.Gorkiy nomidagi Jahon adabiyoti institutini bitirgan.
T.Adashboev universitetni tamomlagach, o‘qituvchilik qildi. Tuman va
viloyat
gazetalarida
ishladi.
Hozir
“CHo‘lpon”
nashriyotida
xizmatda.
T.Adashboev “Olatog‘-lolatog‘” kitobida ta’kidlanganidek, ikki xalq farzandidir:
O‘zbek, qirg‘iz qoni singann,
Sizga aytsam to‘g‘riman.
SHu bisdan ikki xalqning
Erka shoir o‘g‘liman ...
SHu boisdan o‘zbek va qirg‘iz tillarida ijod qiladi. Uning “Kamolning
olmasi” deb nomlangan birinchi kitobi 1967 yilda talabalik chog‘idayoq nashr
etilgan. Keyinchalik Toshkentdagi “YOsh gvardiya”, Bishkek shahridagi
“Mektep” nashriyotida “Biz sayohatchilar” (1969), “Ala Toluk bolomun” (1971),
“Arslonbob sharsharasi”(1973), “Surnay”, “Nur daryo”, (1977), “Guldasta”(1979),
“Olatog‘-lolatog‘” (1982), “Oqbura to‘lqinlari” (1985), “Sovg‘a” (1987),
“Sichqonning orzusi” kabi kitoblari bosilib chiqdi.
SHoirning she’rlaridan biri “Fazogir” kichkintoylarni o‘ylashga, xayol
surishga, o‘zlarining tezkor hayollari bilan dunyoni kezishga, olamni sayr-tomosha
qilishga chorlaydi. SHe’r qahramoni Akmaljonning ezgu maqsadi-fazogir bo‘lish,
samoda parvoz etib, o‘zining dovyurak va bahodir ekanligini butun olamga doston
qilishdir.
Hashar ota-bobolarimidan qolgan bir ajoyib an’ana. SHoirning “SHanbalik”
she’ri ana shu hasharga bag‘ishlangan. Erta bahor kelishi bilan dala-dasht ko‘m-
ko‘k bo‘lib yashnab ketadi. Hamma dalaga chiqadi. Ko‘chatlar ekish, dov-
daraxtlarning ostlarini yumshatish ishlari qizg‘in tus oladi.
T.Adashboev shanbalikning nihoyatda maroqli o‘tganligini, bolalar
shanbalikka katta hissa qo‘shib, mehnat qilganliklarini:
Dov-daraxtni bog‘bonlar,
Soch-soqolin qiyishdi.
Biz oqlagan daraxtlar
Oppoq paypoq kiyishdi, -
kabi misralarda tasvirlaydi.
SHoir xalq og‘zaki ijodiga murojaat etib, “Kurash” degan yoqimli she’r
yozadi. “Yiqilgan kurashga to‘ymas”, maqolini bolalar hayoti bilan bog‘lab hayoti
bilan bog‘lab zamonga moslashtiradi.
SHoirning “Qo‘sh qaldirg‘och” she’ri bolalarda katta taassurot qoldiradi. Bu
she’rda qaldirg‘och misolida bolalarni huddi shu qushcha kabi mehnatkash
bo‘lishga, ahillikka chaqiradi.
Qaldirg‘ochning uyasini ikki chumchuq egallab oladi. Qaldirg‘ochning
yalinib-yolvorishlariga qaramay, chumchuqlar uyadan chiqmaydilar. Ikki o‘rtadagi
ziddiyat yanada kuchayadi.
Tursunboy Adashboevning “Harflarning sarguzashti”, “Adolatli qozi”,
“Oriyatli xo‘roz”, “Oltin yolli tulpor qissasi”, “Qoplonqo‘l”, “Rostonxola -
dostonxola”, “Sayohat-rohat”, “Oqyol”, “Burgutning o‘limi” kabi ertak-
dostonlarida ham bolalarning qaynoq hayotlari ufurib turadi. Ularni nimagadir
da’vat etadi. YAxshi o‘qishga, ishlashga, yashashga chaqiradi. Kelajakda ajoyib
insonlar bo‘lib kamol topishiga chorlaydi.
3. Tursunboy Adashboevning yumorga boy, hazil-mutoiba bilan yo‘g‘rilgan
asarlari jahon tillariga ham o‘girilgan. Masalan, “Tegirmon”, “Sovg‘a”, “Olti
oyoqli xo‘tikcha”, “Olatog‘ ohanglari” singari bir talay asarlari jahon xalqlari
tillarida chop etilgan. Sara she’rlari esa qirg‘iz va o‘zbek bolalar she’riyati
antologiyalariga kiritilgan.
T.Adashboev jahon bolalar she’riyati vakillarininng kitoblarini o‘zbek tiliga
tarjima qilish borasida ham faol ish olib borayotir. Uolter De Lamer, YAn Bjexva,
Korney CHukovskiy, Samiul Marshak, Musa Jong‘oziev, Qodir Mirzaliev,
Ag‘ageldi Allanazarov, Qanibek Junushev, Saydali Ma’mur, Leons Briedis
she’rlarini yosh kitobxonlar Tursunoy Adashboev tarjimasida o‘qishadi.
Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar:
Ijodiy yo‘li T.Adashboev - tarjimon. “Sovg‘a”. “Oltin yolli tulpor”. “Qo‘sh
qaldirg‘och”. “Xarqlarning sarguzashtlari”. Ijod yo‘li. Asarlar. “CHinor”. “Ikki
dangasa”. Timsol yaratish. “Eski dutorning siri” qissasi. Mirvali va Botir.
“Darvozabon”. Xikoyalari.
Mavzu bo‘yicha savollar:
1. T.Adashboev ijodi haqida gapiring.
2. Qirg‘iz tiliba qanday asarlari e’lon qilingan?
3. “Qo‘sh qaldirg‘och” she’ri mavzui.
4. “Xarqlarning sarguzashtlari” she’ri haqida.
5. “Burgutning o‘limi” qanday asar?
6. qaysi tildan o‘zbek tiliga qanday asarlarni o‘girgan?
7. “Oqyol” asari haqida gapiring.
8. “Qo‘sh qaldirg‘och” she’rini yodlang.
9. Mavzu bo‘yicha test toshiriqlari tuzing.
10. Tursunboy Adashboev do‘stlik kuychisi“ mavzusida referat yozing”.
11. Ijod yo‘li haqida gapiring.
12. Dastlabki ijodi haqida.
13. “CHinor” asari mavzusi.
14. “Ikki dangasa sarguzashtlari” asari haqida nimalarni bilasiz?
15. Qanday dramalarini bilasiz?
16. “CHo‘qqidan lolalar” asaridagi timsollarini ko‘rsating.
17. “Eski dutorning siri” qissasi.
18. Mirvali va Botir qanday bolalar?
19. “Darvozabon” hikoyasi mavzui.
Adabiyotlar:
Karimov N. XX asr o‘zbek adabiyoti taraqqiyotining o‘ziga xos
xususiyatlari va milliy istiqlol mafkurasi. T., 1993.
1. Jumaboev M. Bolalar adabiyoti. T.: 1994.
2. Mirvaliev S. O‘zbek adiblari.
internet manbalari:
1. www.pedagog.uz
2. www.ZiyoNET.uz
3.www.edu.uz
69. Ushbu misralar Miraziz A’zamning qaysi she’ridan olingan?
Qattiq o‘ylayverma!-deydi yumshab ota, -
Kattaroq bo‘lganingda anglarsan hammasini.
A. “Xayol surish”
B. “Bedananing buvisi”
C. “Aqlli bolalar”
D. “Senga nima bo‘ldi?”
70. Miraziz A’zamning bugungi mustaqillikka juda qiyinchilik bilan
kurashlar bilan yetib kelganligimizni ifodalovchi she’ri qaysi qatorda?
A. “Biz yengamiz bo‘ronlarni”
B. “Aqlli bolalar”
C. “Erk qushi”
D. “Ona yurt osmonida”
71. Miraziz A’zamning qaysi asarida pilla qurti boqish asosiy mavzu
qilib olinadi, o‘quvchi yoshlarning bu sohaga qiziqishlari, bilimdonliklari
mehnat farayonida ochib beriladi?
A. “Asror” dostonida
B. “Erk qushi” ertak-dostonida
C.“Ona yurt osmonida” dostonida
D. “Antiqa” ertak-dostonida
72. O‘zbek, qirg‘iz qoni singan,
Sizga aytsam to‘g‘riman.
Shu boisdan ikki xalqning
Erka shoir o‘g‘liman ... deya bong urgan shoir kim?
A. Tursunboy Adashboev
B. Miraziz A’zam
C. Farhod Musajon
D. Qudrat Hikmat
73. Tursunboy Adashboevning qaysi asarlari jahon tillariga tarjima qililgan?
A. “Tegirmon”, “Sovg‘a”, “Olti oyoqli xo‘tikcha”, “Olatog‘ ohanglari”
B. “Harflarning sarguzashti”, “Adolatli qozi”, “Oriyatli xo‘roz”
C. “Oltin yolli tulpor qissasi”, “Qoplonqo‘l”, “Rostonxola - dostonxola”
D. “Sayohat-rohat”, “Oqyol”, “Burgutning o‘limi”
74. Uolter De Lamer, Yan Bjexva, Korney Chukovskiy, Samiul Marshak,
Musa Jong‘oziev, Qodir Mirzaliev, Ag‘ageldi Allanazarov, Qanibek
Junushev, Saydali Ma’mur, Leons Briedis kabi jahon bolalar she’riyati
vakillarininng asarlarini o‘zbek tiliga kim tarjima qilgan?
A. Tursunboy Adashboev
B. Qudrat Hikmat
C. Farhod Musajon
D. Miraziz A’zam
6-Mavzu: Nazorat testi
1. Farhod Musajonning “Turdi, vilosepid va men” hikoyasida qadriyat
sifatida saqlab qo‘yilgan narsa nima?
A. vilosepid
B. kun jadvali
C. beshik
D. g‘ildirak
2. Miraziz A’zamning “O‘zbеkistоn pоsbоnlаri” she’rida Elbеkning vazifasi
nimadan iborat edi?
A. Qurоl va avtоmаtni sinаsh
B. mоshin, tаnkni hаydаsh
C. chеgаrаni sаqlаsh
D. dеsаntchilik
3. Tursunboy Adashboevning “To‘rt amal” asarida Olmaxon masalani qay
yo‘sinda yechadi?
A. uchdan to‘qqizni olib
B. sakkizni ikkiga bo‘lib
C. uchning ortiga nol qo‘yib
D. uchni to‘qqizga ko‘paytirib
4. Miraziz A’zamning qaysi asari qahramonida bolalarga xos jo‘shqinlik,
shijoat, mehnatsevarlik motivlari, haqiqiy o‘quvchiga xos fazilatlar yorqin
tasvirlangan?
A. “Erk qushi” she’rida Abror,
B. “Ona yurt osmonida” dostonida Akmal
C. “Antiqa” she’rida Axror
D. “Asror” dostonida Asror
5. Farhod Musajonning qaysi asarida qo‘li ochiq, bag‘ri butun bo‘lishlik,
qizg‘anchiq bo‘lmaslik kabi xususiyatlar kichkintoylar ongiga yetkaziladi?
A. “Eng yaxshi chana”
B. “Oftobni quvlab”
C. “Ajoyib buzoqcha”
D. “Yaxshilik”
6. Tursunboy Adashboevning qaysi asari kichkintoylarni o‘ylashga, xayol
surishga, o‘zlarining tezkor xayollari bilan dunyoni kezishga, olamni sayr-
tomosha qilishga chorlaydi?
A. “Olatog‘-lolatog‘”
B. “Fazogir”
C. “Oqbura to‘lqinlari”
D. “Sichqonning orzusi”
7. Farhod Musajonning qaysi asarida maktabgacha tarbiya yoshidagi
bolalarni mehnatkash bo‘lishiga da’vat etiladi?
A. “Daradagi qishloqda”
B. “Chin do‘stlik” (1982), “Buloq suvi”
C. “Sovg‘a”
D. “Chevar qiz”
8. Tursunboy Adashboevning qaysi asarlari yumorga boy, hazil-mutoiba bilan
yo‘g‘rilgan?
A. “Sayohat-rohat”, “Oqyol”, “Burgutning o‘limi”
B. “Harflarning sarguzashti”, “Adolatli qozi”, “Oriyatli xo‘roz”
C. “Oltin yolli tulpor qissasi”, “Qoplonqo‘l”, “Rostonxola - dostonxola”
D. “Tegirmon”, “Sovg‘a”, “Olti oyoqli xo‘tikcha”, “Olatog‘ ohanglari”
9. Miraziz A’zamning qaysi she’ri xalq og‘zaki ijodi an’analari ta’sirida
yaratilgan?
A. “Senga nima bo‘ldi?”
B. “G‘alati tush”
C. “Bir cho‘ntak yong‘oq”
D. “Bedananing buvisi”
10. Farhod Musajonning “O‘g‘limni qaytarib bering” asari qayta ishlanib
qanday nomlangan va qaysi teatrda qo‘yilgan?
A. “Najod istab”, akademik drama teatrida
B. “Xayolparastlar”, H.Olimjon teatrida
C. “Oq kaptarlar”, Muqimiy teatrida
D. “Sabil qoldi”, Bolalar teatrida