Farmakopeya. Dorixona va vetdorixonalar faoliyati bilan tanishuv

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

5

File size

Fayl hajmi

24,7 KB


Farmakopeya. Dorixona va vetdorixonalar faoliyati bilan tanishuv.
Darsning maqsadi:  Talabalarga farmakopeya to‘g‘risida tushuncha berish,
dorixonalar va ularning tuzilishi, A (zaharli), B (kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi) va
boshqa  ro‘yxatiga  kiruvchi  dori  vositalari  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar  bilan
tanishtirish va o‘rgatish.
Darsning o‘tkazish usuli –  Darsga ta’luqli bo‘lgan barcha ma’lumotlarni
o‘qituvchi tomonidan talabalarga tushuntiriladi va daftarga yozib o‘rganiladi.
Amaliy  mashg‘ulotni  o‘tkazishda  avvalo  kafedrada  mavjud  bo‘lgan
farmakologiya  fanidan  asosiy  va  qo‘shimcha  adabiyotlar  bilan  tanishtirishdan
boshlanadi.
Mavjud bo‘lgan adabiyotlar ko‘rsatib o‘tiladi.
1.I.Ye.Mozgov «Farmokologiya» darslik Moskva,1985 g.
2.S.S.Azizova «Farmakologiya» darslik Toshkent, 1994, 2000,2006 y.
3.M.N.Maxsumov, M.M.Malikov «Farmakologiya» darslik,Toshkent 1997 
4.M.I.Rabinovich «Praktikum po farmakologii i retsepture» uchebnik, 1983 
5.M.D.Moshkovskiy  «Lekarstvennыye  sredstva»  1-2  tom  Posobiye  dlya
vrachey «Medisina» 1993 g.
6. «Spravochnik lekarstvennыye sredstva» Moskva, «Medisina» 1990 g.
7.V.D. Sokolov. “Farmakologiya” Sankt-Peterburg 2010
8. S.M.Maxkamov va boshqalar «Tayyor dorilar texnologiyasi» Toshkent
1995 g.
9. Kovalev va boshqalar «Antibiotiki, sulfanilamidi i nitrofurani» Moskva
1989 g.
10.M.A.Klyuyev  va  boshqalar  «Tabiatda  ishlatiladigan  dori-darmonlar»
Toshkent 1995 g.
Logotip
Farmakopeya. Dorixona va vetdorixonalar faoliyati bilan tanishuv. Darsning maqsadi: Talabalarga farmakopeya to‘g‘risida tushuncha berish, dorixonalar va ularning tuzilishi, A (zaharli), B (kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi) va boshqa ro‘yxatiga kiruvchi dori vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishtirish va o‘rgatish. Darsning o‘tkazish usuli – Darsga ta’luqli bo‘lgan barcha ma’lumotlarni o‘qituvchi tomonidan talabalarga tushuntiriladi va daftarga yozib o‘rganiladi. Amaliy mashg‘ulotni o‘tkazishda avvalo kafedrada mavjud bo‘lgan farmakologiya fanidan asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar bilan tanishtirishdan boshlanadi. Mavjud bo‘lgan adabiyotlar ko‘rsatib o‘tiladi. 1.I.Ye.Mozgov «Farmokologiya» darslik Moskva,1985 g. 2.S.S.Azizova «Farmakologiya» darslik Toshkent, 1994, 2000,2006 y. 3.M.N.Maxsumov, M.M.Malikov «Farmakologiya» darslik,Toshkent 1997 4.M.I.Rabinovich «Praktikum po farmakologii i retsepture» uchebnik, 1983 5.M.D.Moshkovskiy «Lekarstvennыye sredstva» 1-2 tom Posobiye dlya vrachey «Medisina» 1993 g. 6. «Spravochnik lekarstvennыye sredstva» Moskva, «Medisina» 1990 g. 7.V.D. Sokolov. “Farmakologiya” Sankt-Peterburg 2010 8. S.M.Maxkamov va boshqalar «Tayyor dorilar texnologiyasi» Toshkent 1995 g. 9. Kovalev va boshqalar «Antibiotiki, sulfanilamidi i nitrofurani» Moskva 1989 g. 10.M.A.Klyuyev va boshqalar «Tabiatda ishlatiladigan dori-darmonlar» Toshkent 1995 g.
11.X.X.Xolmatov  «Turli  kasalliklarda  dorivor  o‘simlik  yigmalardan
foydalanish» Toshkent, 1993 y
Yuqorida sanab  o‘tilgan barcha adabiyotlar mazmuni to‘g‘risida  qisqacha
tushintirishlar berilib, talabalar daftariga qayd qilib o‘tiladi.
Farmakologiya fani  (Pharmacon –dori darmon,  logos-ta’limot) asosan dori
darmonlar to‘g‘risidagi fan bo‘lib, dori vositalarining hayvonlar organizmiga ta’sir
mexanizmini hamda ushbu ta’siri natijasida vujudga keladigan fiziologik va bio-
kimyoviy o‘zgarishlar qonuniyatlarini o‘rgatadi.
Dori vositalarini tayyorlash uchun asosiy xom ashyolar sifatida:
1.Birinchi bosqichda dori vositalarining umumiy qismi dorivor o‘simliklardan
tayyorlanar edi va bu usul  hozirgacha yangilanib  hamda to‘ldirilib davom etib
kelmoqda.
2.Keyingi  paytlarda  ko‘proq  mikroorganizmlardan  olinayotgan  kuchli  va
maxsus antibiotiklar, vitaminlar, aminokislotalar ishlab chiqarishga asos bo‘lib
xizmat  qilmoqda va  shu  bilan  birgalikda  ilmiy  izlanishlarga  keng  yo‘l  ochib
bermoqda.
3.  Hayvonlar  dunyosi  ham  juda  qimmatli  vositalarni  –  (SJK,  insulin  va
boshqalar) yaratishga omil bo‘ldi, albatta bu boshlanishi .
4.  Hozirgi paytda dori vositalarini ishlab chiqarishda kimyoviy sintez usuli
keng qo‘llanilib kelinmoqda.
Amaliy darsning ikkinchi qismida talabalarga erkin xolatda, o‘zlari ishlatgan
va bilgan dori vositalarining nomlarini o‘zbek tilida daftarlariga yozishadi va ushbu
dori  vositalarining  lotincha  nomlarini  mavjud  bo‘lgan  adabiyotlardan  topib
yozishadi. Bu bilan talabalarga adabiyotlar bilan  qanday ishlash kerakligi ham
tushintirib o‘tiladi.
Namuna uchun :
Darsning maqsadi: Talabalarga farmakopeya to‘g‘risida tushuncha berish,
dorixonalar va ularning tuzilishi, A (zaharli), B (kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi) va
boshqa ro‘yxatiga kiruvchi dori vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan
tanishtirish va o‘rgatish.
Logotip
11.X.X.Xolmatov «Turli kasalliklarda dorivor o‘simlik yigmalardan foydalanish» Toshkent, 1993 y Yuqorida sanab o‘tilgan barcha adabiyotlar mazmuni to‘g‘risida qisqacha tushintirishlar berilib, talabalar daftariga qayd qilib o‘tiladi. Farmakologiya fani (Pharmacon –dori darmon, logos-ta’limot) asosan dori darmonlar to‘g‘risidagi fan bo‘lib, dori vositalarining hayvonlar organizmiga ta’sir mexanizmini hamda ushbu ta’siri natijasida vujudga keladigan fiziologik va bio- kimyoviy o‘zgarishlar qonuniyatlarini o‘rgatadi. Dori vositalarini tayyorlash uchun asosiy xom ashyolar sifatida: 1.Birinchi bosqichda dori vositalarining umumiy qismi dorivor o‘simliklardan tayyorlanar edi va bu usul hozirgacha yangilanib hamda to‘ldirilib davom etib kelmoqda. 2.Keyingi paytlarda ko‘proq mikroorganizmlardan olinayotgan kuchli va maxsus antibiotiklar, vitaminlar, aminokislotalar ishlab chiqarishga asos bo‘lib xizmat qilmoqda va shu bilan birgalikda ilmiy izlanishlarga keng yo‘l ochib bermoqda. 3. Hayvonlar dunyosi ham juda qimmatli vositalarni – (SJK, insulin va boshqalar) yaratishga omil bo‘ldi, albatta bu boshlanishi . 4. Hozirgi paytda dori vositalarini ishlab chiqarishda kimyoviy sintez usuli keng qo‘llanilib kelinmoqda. Amaliy darsning ikkinchi qismida talabalarga erkin xolatda, o‘zlari ishlatgan va bilgan dori vositalarining nomlarini o‘zbek tilida daftarlariga yozishadi va ushbu dori vositalarining lotincha nomlarini mavjud bo‘lgan adabiyotlardan topib yozishadi. Bu bilan talabalarga adabiyotlar bilan qanday ishlash kerakligi ham tushintirib o‘tiladi. Namuna uchun : Darsning maqsadi: Talabalarga farmakopeya to‘g‘risida tushuncha berish, dorixonalar va ularning tuzilishi, A (zaharli), B (kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi) va boshqa ro‘yxatiga kiruvchi dori vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishtirish va o‘rgatish.
Darsning  o‘tkazish usuli –  Darsga ta’luqli bo‘lgan barcha ma’lumotlarni
o‘qituvchi tomonidan talabalarga tushuntiriladi va daftarga yozib o‘rganiladi.
Amaliy dars uchun kerakli jixozlar: farmakopeya, A, B va boshqa guruh
dori vositalari ko‘rsatilgan jadvallar, dori saqlash uchun maxsus idishlar, har bir
guruhga kiruvchi dori vositalaridan namunalar.
Farmakopeya (yunoncha  so‘z  bo‘lib  pharmakon  –  dori  va  poieo  –
tayyorlayman)  asosan  dori  shakllarini  bir  necha  xil  tayyorlanishini  va  ularni
qo‘llash uchun layoqatligini belgilab beruvchi to‘plam hisoblanadi.
Har bir davlatning o‘z farmakopeyasi bo‘ladi. Ular jahon Sog‘liqni Saqlash
Tashkilotiga  qarashli  Xalqaro  farmakopeya  talablari  asosida  ish  ko‘radi.
Farmakopeyaga o‘xshash kitob birinchi bo‘lib 840 yili arab vrachi Sabur-Ibn-Saxel
tomonidan «Grabaddin» nomi bilan yozilganligi tarixdan ma’lum.
Ammo  davlat  farmakopeyasi  sifatida  1498  yili  Italiyada  «Resettario
fiorentino» nomi bilan nashr qilingan bo‘lsa, Germaniyada 1698 yil «Branderburg
dispensatoriyasi» nomi bilan, Rossiyada esa birinchi davlat farmakopeyasi 1778
yili «Pharmacopola Rossica» nomi bilan lotin tilida nashr etilganligi tushuntirib
utiladi.  Hozirgi  paytda
 O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  farmakopeyasi
tayyorlangan va nashrdan chiqarilish arafasida.
Davlat farmakopeyasi rasmiy dastur bo‘lib, uning talablariga dori moddalar
ishlab chiqaradigan, sotadigan va qo‘llaydigan muassasalar rioya qilishlari shart. 
Farmakopeyada  dori  moddalarining  nomlari,  kimyoviy  formulalari,  fizik-
kimyoviy  xossalari,  sifati,  saqlash  qoidalari,  bir  martalik  va  sutkalik  miqdor
(doza)lari  beriladi.  Farmakopeya  3 qismdan  iborat  bo‘lib, kirish  qismida dori
vositalarning lotin nomlanishlari qisqartirilgan xolatida ko‘rsatilgan bo‘lib, so‘ngra
A va  B  ro‘yxatga kiruvchi  zaharli  va  kuchli  ta’sir  ko‘rsatuvchi  vositalarning
nomlanishi ro‘yxati yozib berilgan.
Farmakopeyaning  asosiy  qismida  dori  vositalari  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar
berilgan  bo‘lib  unda  kimyoviy  farmasevtika  sanoatida  ishlab  chiqarishdagi
erishilgan yutuqlar, har bir dori preparatining lotincha va  o‘zbekcha nomlanishi,
ularning sinonimi, fizikaviy va kimyoviy xususiyatlari, tozaligi va haqiqiyligini
aniqlash uchun  o‘tkazilgan tajribalar, shuningdek ularni miqdor ko‘rsatkichlari
hamda saqlash holatlari va qanday shaklda ishlab chiqarilishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Logotip
Darsning o‘tkazish usuli – Darsga ta’luqli bo‘lgan barcha ma’lumotlarni o‘qituvchi tomonidan talabalarga tushuntiriladi va daftarga yozib o‘rganiladi. Amaliy dars uchun kerakli jixozlar: farmakopeya, A, B va boshqa guruh dori vositalari ko‘rsatilgan jadvallar, dori saqlash uchun maxsus idishlar, har bir guruhga kiruvchi dori vositalaridan namunalar. Farmakopeya (yunoncha so‘z bo‘lib pharmakon – dori va poieo – tayyorlayman) asosan dori shakllarini bir necha xil tayyorlanishini va ularni qo‘llash uchun layoqatligini belgilab beruvchi to‘plam hisoblanadi. Har bir davlatning o‘z farmakopeyasi bo‘ladi. Ular jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotiga qarashli Xalqaro farmakopeya talablari asosida ish ko‘radi. Farmakopeyaga o‘xshash kitob birinchi bo‘lib 840 yili arab vrachi Sabur-Ibn-Saxel tomonidan «Grabaddin» nomi bilan yozilganligi tarixdan ma’lum. Ammo davlat farmakopeyasi sifatida 1498 yili Italiyada «Resettario fiorentino» nomi bilan nashr qilingan bo‘lsa, Germaniyada 1698 yil «Branderburg dispensatoriyasi» nomi bilan, Rossiyada esa birinchi davlat farmakopeyasi 1778 yili «Pharmacopola Rossica» nomi bilan lotin tilida nashr etilganligi tushuntirib utiladi. Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasi tayyorlangan va nashrdan chiqarilish arafasida. Davlat farmakopeyasi rasmiy dastur bo‘lib, uning talablariga dori moddalar ishlab chiqaradigan, sotadigan va qo‘llaydigan muassasalar rioya qilishlari shart. Farmakopeyada dori moddalarining nomlari, kimyoviy formulalari, fizik- kimyoviy xossalari, sifati, saqlash qoidalari, bir martalik va sutkalik miqdor (doza)lari beriladi. Farmakopeya 3 qismdan iborat bo‘lib, kirish qismida dori vositalarning lotin nomlanishlari qisqartirilgan xolatida ko‘rsatilgan bo‘lib, so‘ngra A va B ro‘yxatga kiruvchi zaharli va kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi vositalarning nomlanishi ro‘yxati yozib berilgan. Farmakopeyaning asosiy qismida dori vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar berilgan bo‘lib unda kimyoviy farmasevtika sanoatida ishlab chiqarishdagi erishilgan yutuqlar, har bir dori preparatining lotincha va o‘zbekcha nomlanishi, ularning sinonimi, fizikaviy va kimyoviy xususiyatlari, tozaligi va haqiqiyligini aniqlash uchun o‘tkazilgan tajribalar, shuningdek ularni miqdor ko‘rsatkichlari hamda saqlash holatlari va qanday shaklda ishlab chiqarilishi ko‘rsatib o‘tilgan.