Favqulodda vaziyatlar turlari va xususiyatlari
Reja:
1. Favqulodda vaziyatlar tavsifi va ularning turlari.
2. Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar, ularning xususiyatlari.
3. Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlar, ularning xususiyatlari.
4. Ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar, ularning xususiyatlari.
1. Favqulodda vaziyatlar tavsifi va ularning turlari.
Favqulodda vaziyat - odamlar qurbon bo‘lishiga, ularning sog‘lig‘i yoki atrof
tabiiy muhitga zarar yetishiga, jiddiy moddiy talafotlar keltirib chiqarishga hamda
odamlarning hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan
yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy yoki boshqa ofat
natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan holat.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 oktyabrda
qabul qilingan “Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning
tasnifi to‘g‘risida” 455-sonli qaroriga asosan favqulodda vaziyatlar ularning vujudga
kelish sabablariga (manbalariga) ko‘ra Texnogen, Tabiiy va Ekologik tusdagi
favqulodda vaziyatlarga va ushbu vaziyatlarda zarar ko‘rgan odamlar soniga, moddiy
zararlar miqdoriga va ko‘lamlariga (hududlar chegaralariga) qarab Lokal, Mahalliy,
Respublika va Transchegara turlariga bo‘linadi.
Lokal favqulodda vaziyatga 10 dan ortiq bo‘lmagan odam jabrlangan, yoxud
100 dan ortiq bo‘lmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan, yoxud
moddiy zarar favqulodda vaziyat paydo bo‘lgan kunda eng kam oylik ish haqi
miqdorining 1 ming baravaridan ortiq bo‘lmagan hamda favqulodda vaziyat zonasi
ishlab chiqarish ob’ekti yoki ijtimoiy maqsadli ob’ekt hududi tashqarisiga
chiqmaydigan favqulodda vaziyat tegishli bo‘ladi.
Mahalliy favqulodda vaziyatga 10 dan ortiq, biroq 500 dan ko‘p bo‘lmagan
odam jabrlangan, yoxud 100 dan ortiq, biroq 500 dan ko‘p bo‘lmagan odamning
2
hayot faoliyati sharoitlari buzilgan, yoxud moddiy zarar eng kam oylik ish haqi
miqdorining 1 ming baravaridan ortiqni, biroq 0,5 million baravaridan ko‘p
bo‘lmagan hamda favqulodda vaziyat zonasi aholi punkti, shahar, tuman, viloyat
tashqarisiga chiqmaydigan favqulodda vaziyat tegishli bo‘ladi.
Respublika favqulodda vaziyatiga 500 dan ortiq odam jabrlangan, yoxud 500
dan ortiq odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan, yoxud moddiy zarar eng kam
oylik ish haqi miqdorining 0,5 million baravaridan ortiq bo‘lgan hamda favqulodda
vaziyat zonasi viloyat tashqarisiga chiqadigan favqulodda vaziyat tegishli bo‘ladi.
Transchegara
favqulodda
vaziyatga
oqibatlari
mamlakat
tashqarisiga
chiqadigan, yoxud favqulodda vaziyat chet elda yuz bergan va O‘zbekiston hududiga
daxl qiladigan favqulodda vaziyat tegishli bo‘ladi.
2. Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar, ularning xususiyatlari.
1. Transport avariyalari va halokatlari:
ekipaj a’zolari va yo‘lovchilarning o‘limiga, havo kemalarining to‘liq
parchalanishiga yoki qattiq shikastlanishiga hamda qidiruv va avariya-qidiruv
ishlarini talab qiladigan aviahalokatlar;
yong‘inga, portlashga, harakatlanuvchi tarkibning buzilishiga sabab bo‘lgan va
temiryo‘l xodimlarining, halokat hududidagi temiryo‘l platformalarida, vokzallar
binolarida va shahar imoratlarida bo‘lgan odamlar o‘limiga, shuningdek tashilayotgan
kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi zaharli modda (KTKZM)lar bilan halokat joyiga tutash
hududning zaharlanishiga olib kelgan temiryo‘l transportidagi halokatlar va
avariyalar (ag‘darilishlar);
portlashlarga,
yong‘inlarga,
transport
vositalarining
parchalanishiga,
tashilayotgan KTKZMlarning zararli xossalari namoyon bo‘lishiga va odamlar o‘limi
(jarohatlanishi, zaharlanishi)ga sabab bo‘ladigan avtomobil transportining halokati
va avariyalari, shu jumladan, yo‘l-transport hodisalari;
odamlarning o‘limiga, shikastlanishiga va zaharlanishiga, metropoliten
poezdlari parchalanishiga olib kelgan metropoliten bekatlaridagi va tunellaridagi
halokatlar, avariyalar, yong‘inlar;
3
gaz, neft va neft mahsulotlarining (avariya holatida) otilib chiqishiga, ochiq
neft va gaz favvoralarining yonib ketishiga sabab bo‘ladigan magistral quvurlardagi
avariyalar.
2. Kimyoviy xavfli ob’ektlardagi avariyalar:
atrof-tabiiy muhitga kuchli ta’sir qiluvchi zaharli moddalarning (avariya
holatida) otilib chiqishiga va shikastlovchi omillarning odamlar, hayvonlar va
o‘simliklarning ko‘plab shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib
kelgan darajada, yo‘l qo‘yiladigan chegaraviy konsentratsiyalardan ancha ortiq
miqdorda sanitariya-himoya hududidan chetga chiqishiga sabab bo‘ladigan kimyoviy
xavfli ob’ektlardagi avariyalar, yong‘in va portlashlar.
3. Yong‘in-portlash xavfi mavjud bo‘lgan ob’ektlardagi avariyalar:
texnologik jarayonda portlaydigan, oson yonib ketadigan hamda boshqa
yong‘in uchun xavfli moddalar va materiallar ishlatiladigan yoki saqlanadigan
ob’ektlardagi, odamlarning mexanik va termik shikastlanishlariga, zaharlanishiga va
o‘limiga, asosiy ishlab chiqarish fondlarining nobud bo‘lishiga, Favqulodda
vaziyatlar hududlarida ishlab chiqarish siklining va odamlar hayot faoliyatining
buzilishiga olib keladigan avariyalar, yong‘inlar va portlashlar;
odamlarning shikastlanishiga, zaharlanishiga va o‘limiga olib kelgan hamda
qidirish-qutqarish ishlarini o‘tkazishni, nafas olish organlarini muhofaza qilishning
maxsus anjomlarini va vositalarini qo‘llanishni talab qiluvchi ko‘mir shaxtalaridagi
va kon-ruda sanoatidagi gaz va chang portlashi bilan bog‘liq avariyalar, yong‘inlar
va jinslar qo‘porilishi.
4. Energetika va kommunal tizimlardagi avariyalar:
sanoat va qishloq xo‘jaligi mas’ul iste’molchilarining avariya tufayli energiya
ta’minotisiz qolishiga hamda aholi hayot faoliyatining buzilishiga olib kelgan GES,
GRES, TESlardagi, tuman issiqlik markazlaridagi, elektr tarmoqlaridagi, bug‘qozon
qurilmalaridagi, kompressor va gaz taqsimlash shoxobchalaridagi va boshqa
energiya ta’minoti ob’ektlaridagi avariyalar va yong‘inlar;
aholi hayot faoliyatining buzilishiga va salomatligiga xavf tug‘ilishiga olib
kelgan gaz quvurlaridagi, suv chiqarish inshootlaridagi, suv quvurlaridagi,
kanalizatsiya va boshqa kommunal ob’ektlardagi avariyalar;
4
atmosfera, tuproq, yer osti va yer usti suvlarining odamlar salomatligiga xavf
tug‘diruvchi darajada konsentratsiyadagi zararli moddalar bilan ifloslanishiga sabab
bo‘lgan gaz tozalash qurilmalaridagi, biologik va boshqa tozalash inshootlaridagi
avariyalar.
5. Odamlar o‘limi bilan bog‘liq bo‘lgan va zudlik bilan avariya-qutqaruv
ishlari o‘tkazilishini hamda zarar ko‘rganlarga shoshilinch tibbiy yordam
ko‘rsatilishini talab qiladigan maktablar, kasalxonalar, kinoteatrlar va boshqa ijtimoiy
yo‘nalishdagi ob’ektlar, shuningdek uy-joy sektori binolari konstruksiyalarining
to‘satdan buzilishi, yong‘inlar, gaz portlashi va boshqa hodisalar.
6. Radioaktiv va boshqa xavfli hamda ekologik jihatdan zararli moddalardan
foydalanish yoki ularni saqlash bilan bog‘liq avariyalar:
sanitariya - himoya hududi tashqarisiga chiqarib tashlanishi natijasida paydo
bo‘lgan yuqori darajadagi radioaktivlik odamlarning yo‘l qo‘yiladigandan ko‘p
miqdorda
nurlanishini
keltirib
chiqargan
texnologik
jarayonda
radioaktiv
moddalardan foydalanadigan ob’ektlardagi avariyalar; radioaktiv materiallarni
tashish vaqtidagi avariyalar;
atrof-muhit va odamlar salomatligi uchun xavf tug‘diruvchi radioaktiv
chiqindilar to‘plagichlardagi, chiqindixonalardagi, ishlam to‘plagichlardagi va
zaharli moddalar ko‘miladigan joylardagi avariyalar (o‘pirilishlar);
radioizotop buyumlarning yo‘qotilishi;
biologik vositalarni va ulardan olinadigan preparatlarni tayyorlash, saqlash va
tashishni amalga oshiruvchi ilmiy-tadqiqot va boshqa muassasalarda biologik
vositalarning atrof-muhitga chiqib ketishi yoki yo‘qotilishi bilan bog‘liq vaziyatlar.
7. Gidrotexnik halokatlar va avariyalar:
suv omborlarida, daryo va kanallardagi buzilishlar, baland tog‘lardagi
ko‘llardan suv urib ketishi natijasida vujudga kelgan hamda suv bosgan hududlarda
odamlar o‘limiga, sanoat va qishloq xo‘jaligi ob’ektlari ishining, aholi hayot
faoliyatining buzilishiga olib kelgan va shoshilinch ko‘chirish tadbirlarini talab
qiladigan halokatli suv bosishlari.
3. Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlar, ularning xususiyatlari.
1. Geologik xavfli hodisalar:
5
- odamlar o‘limiga, ma’muriy-ishlab chiqarish binolarining, texnologik asbob-
uskunalarning, energiya ta’minoti, transport kommunikatsiyalari va infratuzilma
tizimlarining, ijtimoiy yo‘nalishdagi binolarning va uy-joylarning turlicha darajada
buzilishiga, ishlab chiqarish va odamlar hayot faoliyatining izdan chiqishiga olib
kelgan zilzilalar;
Zilzila - yer qobig‘ida yoki yuqori mantiyadagi to‘satdan surilishlar va
yorilishlar oqibatida yuzaga keladigan va bikr to‘lqinlar ko‘rinishida uzoq masofalarga
uzatiladigan yer osti silkinishlari va yer usti tebranishlari.
Yer qobig‘idagi seysmik to‘lqinlar tarqalayotgan nuqtani zilzila gipotsentri
deyiladi. Yer yuzasining gipotsentr ustidagi joyi epitsentr deyiladi.
Zilzila kuchi 12 balli seysmik shkala (MSK-64) bilan o‘lchanadi. Zilzilaning
energetik tasnifi uchun magnitudadan foydalaniladi. Zilzila shartli ravishda kuchsiz (1-
4 ball), kuchli (5-7 ball) va vayronalik keltiruvchi (8 va undan ortiq ball)
silkinishlarga bo‘linadi.
Zilzilaning 4 ta turi mavjud: tektonik, vulqon, o‘pirilish va antropogen.
Tektonik zilzilalar barcha yer silkinishlarining 80-85% ni tashkil etadi.
- odamlar o‘limiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan va xavfli
hududdan odamlarni vaqtincha ko‘chirishni yoki xavfsiz joylarga doimiy yashash
uchun ko‘chirishni talab qiluvchi yer ko‘chishlari, tog‘ o‘pirilishlari va boshqa xavfli
geologik hodisalar.
Ko‘chki - tog‘ va jar yonbag‘irlaridan, dengiz, ko‘l va daryolarning tik
qirg‘oqlaridan tuproq va tog‘ jinslarining og‘irlik kuchi ostida pastga siljishi.
Sunami - asosan suv osti silkinishlari vaqtida dengiz tubi katta maydonlarining
pastga yoki yuqoriga siljishi natijasida yuzaga keladigan, dengiz to‘lqinidan iborat
xavfli tabiiy hodisa.
Sunamidan darak beruvchi tabiiy signal zilziladir. Sunami boshlanishidan avval,
odatda, suv qirg‘oqdan uzoq masofaga chekinadi, dengiz tubi yuzlab metr, hatto bir
necha ming metrga ochilib qoladi. Bu holat bir necha daqiqadan yarim soatgacha
davom etadi. To‘lqinlar harakati momoqaldiroqsimon tovush bilan birga kechishi
mumkin.
2. Gidrometeorologik xavfli hodisalar:
6
- odamlar o‘limiga, aholi punktlarini, ba’zi sanoat va qishloq xo‘jaligi
ob’ektlarini suv bosishiga, infratuzilmalar va transport kommunikatsiyalari, ishlab
chiqarish va odamlar hayot faoliyati buzilishiga olib kelgan va shoshilinch ko‘chirish
tadbirlari o‘tkazilishini talab qiladigan suv toshqinlari, suv to‘planishi va sellar;
Suv toshqini - qor erishi, jala (kuchli yomg‘ir), suvning shamol yordamida
haydab kelinishi, muz bo‘laklarining tiqilishi va boshqa holatlarda daryo, ko‘l yoki
dengiz suvlari sathining keskin ko‘tarilishi oqibatida quruqlikning anchagina qismini
suv ostida qolishi.
Suv toshqini ko‘prik, yo‘l, bino va inshootlarni vayron qilishi, katta moddiy
zarar keltirishi mumkin. Suv tezligi soniyasiga 4 metrdan ortgan va suv qatlamining
balandligi 2 metrdan oshgan hollarda odamlar hamda jonivorlar nobud bo‘lishi
mumkin. Vayronaliklarning asosiy qismini kelib chiqishi bino va inshootlarga suv
massasining gidravlik zarba berishi bilan katta tezlikda muz parchalari, suzuvchi
vositalarning turli bo‘laklari va boshqalar kirib kelishi sabab bo‘ladi. Suv toshqini
to‘satdan yuzaga kelib, bir necha soatdan 2-3 haftagacha davom etishi mumkin.
Suv ko‘tarilishi - suv sathining qisqa muddatda jadal ko‘tarilishi. Kuchli jala,
ayrim hollarda qor erishidan paydo bo‘ladi.
Sel - tog‘ daryolari o‘zanlarida to‘satdan yuzaga keluvchi katta hajmdagi tog‘
jinslari bo‘laklari, xarsanglar va suv aralashmasidan iborat vaqtinchalik shiddatli oqim.
Sel oqimlarini uzoq davom etgan kuchli jala, qor yoki muzliklarning jadal erishi,
zilzila va vulqon otilishlari keltirib chiqaradi. U to‘satdan yuzaga keladi, katta tezlik
(10 m/soniya va undan ortiq) bilan harakatlanadi, odatda o‘n daqiqadan bir necha
soatgacha bo‘lgan oraliq bilan bir necha to‘lqinlar shaklida o‘tadi. Sel to‘lqini oldingi
qismining balandligi 15 m va undan ortiq bo‘lishi mumkin. Harakatlanayotgan sel
oqimining gulduragan ovozi uzoq masofadan eshitilib turadi. Odamlar (sayyohlar, tog‘
razvedkachilari, chegarachilar, mahalliy aholi), turar joy binolari va yo‘l inshootlari
tabiiy ofatning qurboniga aylanishlari mumkin.
- aholi punktlaridagi, sanatoriy, dam olish uylaridagi, sog‘lomlashtirish
lagerlaridagi odamlarning, turistlar va sportchilarning jarohatlanishiga va o‘limiga
olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan qor ko‘chkilari, kuchli shamollar
(dovullar), jala va boshqa xavfli gidrometeorologik hodisalar.
7
Qor ko‘chkisi - 20-30 m/soniya va undan ortiq tezlik bilan harakatlanayotgan
yoki pastga surilayotgan qor massasi.
Qor ko‘chkisiga uzoq muddat qor yog‘ishi, qorning shiddatli erishi, zilzila,
portlash va tog‘ yonbag‘irlarining tebranishini keltirib chiqaruvchi inson faoliyatining
boshqa turlari, havo muhitining tebranishi sabab bo‘lishi mumkin. Qor ko‘chkisi
binolar, muhandislik inshootlarini vayron qilishi, zichlangan qor bilan yo‘l va tog‘
so‘qmoqlarini yopib qo‘yishi mumkin. Ko‘chkiga to‘qnash kelgan tog‘ qishloqlari
aholisi, sayyohlar, alpinistlar, geologlar, chegarachilar va aholining boshqa toifasi
jarohat olishi yoki qalin qor qatlami ostida qolishi mumkin.
Dovul - tezligi 120 km/s, yer yuziga yaqin joyda 200 km/s ni tashkil etuvchi
shamol.
Bo‘ron - tezligi 20 m/s dan ortiq va uzoq davom etuvchi kuchli shamol. U siklon
davrida kuzatiladi va dengizda katta to‘lqinlarni, quruqlikda esa vayronaliklarni keltirib
chiqaradi.
Quyun - momoqaldiroq bulutida yuzaga keluvchi va ko‘pincha yer yuzasigacha
diametri o‘nlab va yuzlab metrga etuvchi xartum shaklida cho‘ziluvchi shamol. U uzoq
muddat davom etmaydi, bulut bilan birgalikda harakat qiladi.
Dovul, bo‘ron va quyunlar yuzaga kelayotganligidan shamol tezligining ortishi,
atmosfera bosimining keskin tushib ketishi, jala va suvning shamol yordamida haydab
kelinishi, ko‘p miqdorda qor yog‘ishi darak beradi.
3. Favqulodda epidemiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar:
o‘lat, vabo, sarg‘ayma isitma kabi siyrak uchraydigan kasalliklarni keltirib
chiqargan alohida xavfli infeksiyalar;
odamlarda uchraydigan yuqumli kasalliklar rikketsiyalar — epidemik toshmali
terlama, Bril kasalligi, Ku-isitma;
zoonoz infeksiyalar - Sibir yarasi, quturish;
virusli infeksiyalar - SPID;
epidemiya - alohida xavfli infeksiyalarga tegishli bo‘lmagan, yuqish manbai
bitta yoki yuqish omili bir xil bo‘lgan odamlarning guruh bo‘lib yuqumli kasallanishi,
bir aholi punktida - 50 kishi va undan ortiq;
8
aniqlanmagan etiologiya bilan guruh bo‘lib kasallanish - 20 kishi va undan
ortiq;
tashhisi aniqlanmagan bezgak kasalligi - 15 kishi va undan ortiq;
o‘lim yoki kasallanish darajasi o‘rtacha statistik darajadan 3 baravar va undan
ortiq bo‘lgan vaziyat;
zaharli moddalar bilan zaharlanish - jabrlanganlar soni - 10 kishi, vafot
etganlar soni - 2 kishi va undan ortiq:
oziq-ovqatdan ommaviy zaharlanish - jabrlanganlar soni - 10 kishi, vafot
etganlar soni - 2 kishi va undan ortiq;
epizootiya - hayvonlarning ommaviy kasallanishi yoki nobud bo‘lishi;
epifitotiya - o‘simliklarning ommaviy nobud bo‘lishi.
4. Ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar, ularning xususiyatlari.
1. Quruqlik (tuproq, yer osti)ning holati o‘zgarishi bilan bog‘liq vaziyatlar:
- halokatli ko‘chkilar - foydali qazilmalarni qazish chog‘ida yer ostiga ishlov
berilishi va insonning boshqa faoliyati natijasida paydo bo‘luvchi yer yuzasining
o‘pirilishi, siljishi;
- tuproq va yer ostining sanoat tufayli kelib chiqqan toksikantlar bilan
ifloslanishi, og‘ir metallar, neft mahsulotlari, shuningdek qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqarishida odamlarning sog‘lig‘i uchun xavf soluvchi konsentratsiyalarda
qo‘llaniladigan pestitsidlar va boshqa zaharli ximikatlar mavjudligi.
2. Atmosfera (havo muhiti) tarkibi va xossalari o‘zgarishi bilan bog‘liq
bo‘lgan vaziyatlar:
- havo muhitining quyidagi ingridientlar bilan ekstremal yuqori ifloslanishi:
- oltingugurt dioksid, dioksid va azotli oksid, uglerodli oksid, dioksin, qurum,
chang va odamlar sog‘lig‘iga xavf soluvchi konsentratsiyalarda antropogen tusdagi
boshqa zararli moddalar;
- katta ko‘lamda kislotali zonalar hosil bo‘lishi va ko‘p miqdorda kislota
chiqindilari yog‘ilishi;
- radiatsiyaning yuqori darajasi.
3. Gidrosfera holatining o‘zgarishi bilan bog‘liq vaziyatlar:
9
- yer yuzasi va yer osti suvlarining sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi
oqovalari: neft mahsulotlari, odamlarning zaharlanishiga olib kelgan yoki olib kelishi
mumkin bo‘lgan tarkibida og‘ir metallar, har xil zaharli ximikatlar bor bo‘lgan
chiqindilar va boshqa zararli moddalar bilan ekstremal yuqori darajada ifloslanishi;
- binolar, muhandislik kommunikatsiyalari va uy-joylarning yemirilishiga olib
kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan sizot suvlar darajasining oshishi;
- suv manbalari va suv olish joylarining zararli moddalar bilan ifloslanishi
oqibatida ichimlik suvning keskin yetishmasligi.