FE’LLARDAGI NISBAT VA MAYL KATEGORIYALARI.

Yuklangan vaqt

2024-10-01

Yuklab olishlar soni

4

Sahifalar soni

7

Faytl hajmi

19,5 KB


 
 
 
 
 
 
FE’LLARDAGI NISBAT VA MAYL KATEGORIYALARI. 
 
Reja:  
1. Fe’l nisbatlari: 
a) aniq nisbat 
b) o`zlik nisbat 
c)  majhul nisbat 
d)  birgalik nisbat 
e)  orttirma nisbat 
2. Fe’l mayllari: 
a) aniqlik mayl 
b) buyruq-istak mayli 
c) shart (istak) mayli 
 
Fe’l ifodalagan harakat bilan uning bajaruvchisi (subyekti) va predmeti 
(obyekti) yoki bir necha bajaruvchi (subyektlar) orasidagi munosabatning 
ifodalanishi fe’l nisbati deyiladi. Harakat bilan uning bajaruvchisi orasidagi 
munosabat turlicha bo`ladi. Ma’lum bir shaklda harakat ega bilan ifodalangan shaxs 
yoki predmet tomonidan bajariladi. Masalan: Bobur ota yurtidan batamom 
ajralganini endi astoydil his qildi (P.Qodirov). 
Boshqa bir shaklda harakatning subyekti (ega) ham, obyekti ham bir 
shaxsning (predmetning) o`zi bo`ladi. Masalan: Feruza hovliga tushib, shabnamda 
qiyg`os ochilgan atirgullar ustiga egildi. (H.G`ulom). 
Yana bir ko`rinishda harakatning bajaruvchisi sub’ekt emas, ob’ekt sanaladi 
yoki harakatning haqiqiy bajaruvchisi noma’lum bo`ladi. Masalan: Tashqarida 
so`riga gilam to`shaldi, ko`rpacha solindi. Dasturxon yoyildi, choy damlandi 
(Tog`ay Murod). 
FE’LLARDAGI NISBAT VA MAYL KATEGORIYALARI. Reja: 1. Fe’l nisbatlari: a) aniq nisbat b) o`zlik nisbat c) majhul nisbat d) birgalik nisbat e) orttirma nisbat 2. Fe’l mayllari: a) aniqlik mayl b) buyruq-istak mayli c) shart (istak) mayli Fe’l ifodalagan harakat bilan uning bajaruvchisi (subyekti) va predmeti (obyekti) yoki bir necha bajaruvchi (subyektlar) orasidagi munosabatning ifodalanishi fe’l nisbati deyiladi. Harakat bilan uning bajaruvchisi orasidagi munosabat turlicha bo`ladi. Ma’lum bir shaklda harakat ega bilan ifodalangan shaxs yoki predmet tomonidan bajariladi. Masalan: Bobur ota yurtidan batamom ajralganini endi astoydil his qildi (P.Qodirov). Boshqa bir shaklda harakatning subyekti (ega) ham, obyekti ham bir shaxsning (predmetning) o`zi bo`ladi. Masalan: Feruza hovliga tushib, shabnamda qiyg`os ochilgan atirgullar ustiga egildi. (H.G`ulom). Yana bir ko`rinishda harakatning bajaruvchisi sub’ekt emas, ob’ekt sanaladi yoki harakatning haqiqiy bajaruvchisi noma’lum bo`ladi. Masalan: Tashqarida so`riga gilam to`shaldi, ko`rpacha solindi. Dasturxon yoyildi, choy damlandi (Tog`ay Murod).
 
 
Shuningdek, harakat bir necha sub’ekt tomonidan birgalikda bajarilishi 
mumkin. Masalan: Ichkaridan birin-ketin bolalar chiqib kelishdi (Tog`ay Murod). 
Yana bir nisbat shaklida esa harakat grammatik subyekt (ega)ning boshqa bir 
subyekt va obyekt ta’siri bilan bajariladi. Masalan: Mo`minning ovozidan qat’iyat, 
buyruq Laylini bo`shashtirdi (S.Z.). 
Shunga ko`ra fe’llarda besh xil nisbat ko`rinishi mavjud:    1. Aniq nisbat. 2. 
O`zlik nisbat. 3. Majhullik nisbati. 4. Birgalik nisbati. 5. Orttirma nisbat. 
Fe’l nisbati maxsus shakl yasovchi qo`shimchalar yordami bilan yasaladi. Bu 
qo`shimchalar fe’lning leksik ma’nosini o`zgartirmaydi, balki unga qo`shimcha 
ma’no qo`shadi, ya’ni bu qo`shimchalar harakatning bajaruvchisi (subyekti) va 
predmeti (obyekti) ni ko`rsatib, gap qurilishining qanday bo`lishini bildirib turadi. 
Masalan: yozdi – subyekt (ega)ning o`zi bajaradigan harakat, yozildi – predmet 
(obyekt) tomonidan bajarilib, subyekti noma’lum harakat, yozishdi – bir necha 
subyektlar bajaradigan harakat, yozdirdi – subyektning obyektga ta’siri bilan 
bajariladigan harakat. 
1. Aniq nisbat 
 
Bu shakldagi fe’lda harakatning bajaruvchisi grammatik jihatdan ega 
vazifasini bajargan shaxs yoki predmet bo`ladi. To`ldiruvchi esa harakatning obyekti 
bo`ladi. Gapning bunday qurilishi tilshunoslikda aktiv konstruktsiya (faol qurilma) 
deb yuritiladi. Masalan: Navoiy shiringina yasog`liq uyda tanho ishlar edi (O.). 
Ushbu gapda ishlar edi harakatining bajaruvchisi (subyekti) Navoiy bo`lib, u ega 
orqali ifodalangan. Harakatning obyekti esa uyda holi orqali ifodalangan. 
Bunday shaklda maxsus nisbat ko`rsatkichi yo`q. Bu nisbat ma’nosi fe’l negizi 
orqali ifodalanadi, shuning uchun ham u boshqa nisbat shakllarini hosil qilishi uchun 
asos bo`la oladi (qiyoslang: o`qidi, o`qildi, o`qishdi, o`qitdi kabi). 
 
2. O`zlik nisbat 
Bu nisbatdagi fe’lda harakatning subyekti bilan obyekti bir shaxsning o`zi 
bo`ladi. Masalan: Men har tong Toshkentning go`zilligi, fayzi bilan zavqlanaman 
(U.Mahkamov) gapida zavqlanaman fe’li tarkibida kelgan –lan qo`shimchasi 
harakatning subyekti bilan obyekti men shaxsi ekanligini ko`rsatib turibdi. 
Shuningdek, harakat bir necha sub’ekt tomonidan birgalikda bajarilishi mumkin. Masalan: Ichkaridan birin-ketin bolalar chiqib kelishdi (Tog`ay Murod). Yana bir nisbat shaklida esa harakat grammatik subyekt (ega)ning boshqa bir subyekt va obyekt ta’siri bilan bajariladi. Masalan: Mo`minning ovozidan qat’iyat, buyruq Laylini bo`shashtirdi (S.Z.). Shunga ko`ra fe’llarda besh xil nisbat ko`rinishi mavjud: 1. Aniq nisbat. 2. O`zlik nisbat. 3. Majhullik nisbati. 4. Birgalik nisbati. 5. Orttirma nisbat. Fe’l nisbati maxsus shakl yasovchi qo`shimchalar yordami bilan yasaladi. Bu qo`shimchalar fe’lning leksik ma’nosini o`zgartirmaydi, balki unga qo`shimcha ma’no qo`shadi, ya’ni bu qo`shimchalar harakatning bajaruvchisi (subyekti) va predmeti (obyekti) ni ko`rsatib, gap qurilishining qanday bo`lishini bildirib turadi. Masalan: yozdi – subyekt (ega)ning o`zi bajaradigan harakat, yozildi – predmet (obyekt) tomonidan bajarilib, subyekti noma’lum harakat, yozishdi – bir necha subyektlar bajaradigan harakat, yozdirdi – subyektning obyektga ta’siri bilan bajariladigan harakat. 1. Aniq nisbat Bu shakldagi fe’lda harakatning bajaruvchisi grammatik jihatdan ega vazifasini bajargan shaxs yoki predmet bo`ladi. To`ldiruvchi esa harakatning obyekti bo`ladi. Gapning bunday qurilishi tilshunoslikda aktiv konstruktsiya (faol qurilma) deb yuritiladi. Masalan: Navoiy shiringina yasog`liq uyda tanho ishlar edi (O.). Ushbu gapda ishlar edi harakatining bajaruvchisi (subyekti) Navoiy bo`lib, u ega orqali ifodalangan. Harakatning obyekti esa uyda holi orqali ifodalangan. Bunday shaklda maxsus nisbat ko`rsatkichi yo`q. Bu nisbat ma’nosi fe’l negizi orqali ifodalanadi, shuning uchun ham u boshqa nisbat shakllarini hosil qilishi uchun asos bo`la oladi (qiyoslang: o`qidi, o`qildi, o`qishdi, o`qitdi kabi). 2. O`zlik nisbat Bu nisbatdagi fe’lda harakatning subyekti bilan obyekti bir shaxsning o`zi bo`ladi. Masalan: Men har tong Toshkentning go`zilligi, fayzi bilan zavqlanaman (U.Mahkamov) gapida zavqlanaman fe’li tarkibida kelgan –lan qo`shimchasi harakatning subyekti bilan obyekti men shaxsi ekanligini ko`rsatib turibdi.
 
 
O`zlik nisbati quyidagi affikslar bilan yasaladi:  
a) fe’l negiziga unlidan so`ng –n, undoshdan so`ng –in qo`shish bilan: maqta-
n, o`ra-n, yuv-in, kiy-in kabi; 
b) fe’l negiziga unlidan so`ng –l, undoshdan so`ng –il qo`shish bilan: surka-l, 
shosh-il kabi; 
v) –lan (-la+-n dan tuzilgan qo`shma affiks) affiksini qo`shish bilan: zavq-lan, 
tinch-lan, shod-lan kabi; 
g) –ish qo`shimchasini qo`shish bilan: ker-ish kabi. 
 So`ra, bor, yugur kabi fe’l negizlaridan (o`timli, ba’zi bir o`timsiz) o`zlik 
nisbati yasalmaydi. 
  
3. Majhul nisbat 
 
Bu shakldagi fe’lda harakat bajaruvchisi subyekt (ega) emas, obyekt 
(to`ldiruvchi) sanaladi yoki harakatning haqiqiy bajaruvchisi noma’lum bo`ladi. 
Masalan: Ot-aravalar birin-ketin saroyga olib kirildi (H.G`.) gapida olib 
kirildi harakatining bajaruvchi subyekti noma’lum, ot-aravalar so`zi ega vazifasida 
kelsa-da, obyekt vazifasini bajargan. 
Kesimi majhullik nisbatidagi fe’l bilan ifodalangan gap qurilishi 
tilshunoslikda passiv konstruktsiya deb yuritiladi. 
Majhul nisbat quyidagi qo`shimchalar bilan yasaladi: 
a) fe’l negiziga unlidan so`ng –l, undoshdan so`ng –il affiksini qo`shish bilan: 
yasa-l(-di), ata-l(-di), yut-il(-di), sot-il(-di) kabi; 
b) fe’l negiziga unlidan so`ng –n, undoshdan so`ng –in affiksini qo`shish 
bilan: bastala-n(-di), ol-in(-di) kabi. 
Majhul nisbatdagi fe’lni hosil qilishda –l (-il) affiksi ko`proq qo`llanadi. 
Ba’zan ayni bir fe’l negizidan –l (-il), -n (-in) affikslari bilan ham o`zlik, ham majhul 
nisbat yasalishi mumkin. Bunday bir xil shaklda kelgan bir xil fe’l negizining o`zlik 
yoki majhul nisbatda ekanligi matndan aniqlaniladi. Masalan: Zulfiya darsga 
tayyorlandi. Muolajaga tibbiy uskunalar tayyorlandi.  
 
4. Birgalik nisbat 
O`zlik nisbati quyidagi affikslar bilan yasaladi: a) fe’l negiziga unlidan so`ng –n, undoshdan so`ng –in qo`shish bilan: maqta- n, o`ra-n, yuv-in, kiy-in kabi; b) fe’l negiziga unlidan so`ng –l, undoshdan so`ng –il qo`shish bilan: surka-l, shosh-il kabi; v) –lan (-la+-n dan tuzilgan qo`shma affiks) affiksini qo`shish bilan: zavq-lan, tinch-lan, shod-lan kabi; g) –ish qo`shimchasini qo`shish bilan: ker-ish kabi. So`ra, bor, yugur kabi fe’l negizlaridan (o`timli, ba’zi bir o`timsiz) o`zlik nisbati yasalmaydi. 3. Majhul nisbat Bu shakldagi fe’lda harakat bajaruvchisi subyekt (ega) emas, obyekt (to`ldiruvchi) sanaladi yoki harakatning haqiqiy bajaruvchisi noma’lum bo`ladi. Masalan: Ot-aravalar birin-ketin saroyga olib kirildi (H.G`.) gapida olib kirildi harakatining bajaruvchi subyekti noma’lum, ot-aravalar so`zi ega vazifasida kelsa-da, obyekt vazifasini bajargan. Kesimi majhullik nisbatidagi fe’l bilan ifodalangan gap qurilishi tilshunoslikda passiv konstruktsiya deb yuritiladi. Majhul nisbat quyidagi qo`shimchalar bilan yasaladi: a) fe’l negiziga unlidan so`ng –l, undoshdan so`ng –il affiksini qo`shish bilan: yasa-l(-di), ata-l(-di), yut-il(-di), sot-il(-di) kabi; b) fe’l negiziga unlidan so`ng –n, undoshdan so`ng –in affiksini qo`shish bilan: bastala-n(-di), ol-in(-di) kabi. Majhul nisbatdagi fe’lni hosil qilishda –l (-il) affiksi ko`proq qo`llanadi. Ba’zan ayni bir fe’l negizidan –l (-il), -n (-in) affikslari bilan ham o`zlik, ham majhul nisbat yasalishi mumkin. Bunday bir xil shaklda kelgan bir xil fe’l negizining o`zlik yoki majhul nisbatda ekanligi matndan aniqlaniladi. Masalan: Zulfiya darsga tayyorlandi. Muolajaga tibbiy uskunalar tayyorlandi. 4. Birgalik nisbat
 
 
 
Bu nisbatdagi fe’lda ish-harakat bir necha subyekt tomonidan birgalikda 
bajariladi. Masalan: Ayollar chaqaloqqa ko`z tegmasligi uchun qilinadigan irim-
sirimlarini bitirishgach, bolani beshikka belashdi (O`.Hoshimov) gapida 
bitirishgach, belashdi fe’llari anglatgan harakatning bir necha subyekt, ya’ni ayollar 
tomonidan birgalikda bajarilganini anglatadi. 
Birgalik nisbatdagi fe’l quyidagicha yasaladi: 
a) fe’l negiziga unlidan so`ng –sh, undoshdan so`ng –ish affiksini qo`shish 
bilan: sana-sh(di), yugur-ish(di) kabi; 
b) so`z o`zagiga –lash (-la+-sh qo`shma affiksi) affiksini qo`shish bilan: 
yordam-lash(di), bahs-lash(di) kabi. 
 
5. Orttirma nisbat 
 
Bu nisbat shaklida harakat grammatik subyekt (ega)ning boshqa bir subyekt 
yoki obyektga ta’siri, tazyiqi bilan bajariladi. 
Masalan: Kampir nevarasiga xatni o‘qitdi gapida ikkita subyekt mavjud 
bo`lib, asosiy subyekt vositali to`ldiruvchi (nevarasiga), ikkinchi darajali subyekt 
esa ega (kampir) vazifasida qo`llangan bo`lib, o‘qitdi harakati subyektning 
subyektga ta’siri natijasida bajarilgan. 
Shuningdek, orttirma nisbatdagi fe’lda faqat bir subyekt mavjud bo`ladi. 
Bunday holda harakat obyektga (to`ldiruvchiga) o`tadi. Masalan: U kitob keltirdi 
kabi. 
Orttirma nisbat fe’l negiziga quyidagi affikslarni qo`shish bilan yasaladi: 
1) fe’l negiziga –t affiksini qo`shish bilan: qisqart, boyit kabi; 
2) fe’l negiziga –tir (-dir) affikslarini qo`shish bilan: keltir, chaqirtir, kuldir, 
buzdir kabi; 
3) sh, ch, t undoshlari bilan tugagan fe’l negizlariga –ir affiksini qo`shish 
bilan: shoshir, ichir, botir kabi; 
4) oxiri undosh bilan tugagan bir bo`g`inli fe’l negizlariga    –ar affiksini 
qo`shish bilan: chiqar, qaytar kabi; 
Bu nisbatdagi fe’lda ish-harakat bir necha subyekt tomonidan birgalikda bajariladi. Masalan: Ayollar chaqaloqqa ko`z tegmasligi uchun qilinadigan irim- sirimlarini bitirishgach, bolani beshikka belashdi (O`.Hoshimov) gapida bitirishgach, belashdi fe’llari anglatgan harakatning bir necha subyekt, ya’ni ayollar tomonidan birgalikda bajarilganini anglatadi. Birgalik nisbatdagi fe’l quyidagicha yasaladi: a) fe’l negiziga unlidan so`ng –sh, undoshdan so`ng –ish affiksini qo`shish bilan: sana-sh(di), yugur-ish(di) kabi; b) so`z o`zagiga –lash (-la+-sh qo`shma affiksi) affiksini qo`shish bilan: yordam-lash(di), bahs-lash(di) kabi. 5. Orttirma nisbat Bu nisbat shaklida harakat grammatik subyekt (ega)ning boshqa bir subyekt yoki obyektga ta’siri, tazyiqi bilan bajariladi. Masalan: Kampir nevarasiga xatni o‘qitdi gapida ikkita subyekt mavjud bo`lib, asosiy subyekt vositali to`ldiruvchi (nevarasiga), ikkinchi darajali subyekt esa ega (kampir) vazifasida qo`llangan bo`lib, o‘qitdi harakati subyektning subyektga ta’siri natijasida bajarilgan. Shuningdek, orttirma nisbatdagi fe’lda faqat bir subyekt mavjud bo`ladi. Bunday holda harakat obyektga (to`ldiruvchiga) o`tadi. Masalan: U kitob keltirdi kabi. Orttirma nisbat fe’l negiziga quyidagi affikslarni qo`shish bilan yasaladi: 1) fe’l negiziga –t affiksini qo`shish bilan: qisqart, boyit kabi; 2) fe’l negiziga –tir (-dir) affikslarini qo`shish bilan: keltir, chaqirtir, kuldir, buzdir kabi; 3) sh, ch, t undoshlari bilan tugagan fe’l negizlariga –ir affiksini qo`shish bilan: shoshir, ichir, botir kabi; 4) oxiri undosh bilan tugagan bir bo`g`inli fe’l negizlariga –ar affiksini qo`shish bilan: chiqar, qaytar kabi;