FE’LLARDAGI SHAXS-SON VA ZAMON KATEGORIYALARI
Reja:
1. Fe’llarning tuslanishi(shaxs-son kategoriyasi)
a) Birinchi guruh tuslovchilar
b) Ikkinchi guruh tuslovchilar
c) Uchinchi guruh tuslovchilar
2. Fe’l zamonlari
a) O`tgan zamon
b) Hozirgi zamon
c) Kelasi zamon
Fe’llarning tuslanishi(shaxs-son kategoriyasi)
Ish-harakat ma’lum bir grammatik shaxs tomonidan bajariladi (yoki bajarilmaydi).
Grammatik shaxs so`zlovchi (I shaxs), tinglovchi (II shaxs), o`zga (III shaxs yoki
predmet) bo`lishi mumkin.
Grammatik shaxs grammatik son (birlik yoki ko`plik) bilan birgalikda
ifodalanadi. Fe’llardagi bunday grammatik shaxs va son ma’nosi ma’lum bir
grammatik ko`rsatkichlar orqali ifodalanadi. Masalan: o`qidim, o`qisam, o`qisang,
o`qiyapman, o`qibman, o`qiy fe’llari tarkibidagi –m, -man, -y qo`shimchalari ish-
harakatning I shaxs so`zlovchi, ya’ni yakka shaxs tomonidan bajarilganini ko`rsatsa;
o`qidik, o`qisak, o`qiyapmiz, o`qibmiz, o`qiylik fe’llari tarkibidagi –k, -miz, -ylik
affikslari ish-harakatning I shaxs, lekin ko`p so`zlovchilar (shaxslar) tomonidan
bajarilganini ifodalaydi.
Demak, ish-harakatning bajaruvchisi uch shaxs va 2 son tushunchalarini aks
ettiruvchi affikslarni o`z ichiga oladi. Shuning uchun ham bunday affikslar shaxs-
son affikslari deb yuritiladi. Fe’llarning shaxs-son affikslari bilan o`zgarishi esa
tuslanish deyiladi. Shaxs-son affikslari tilshunoslikda tuslovchi affikslar deb ham
yuritiladi.
O`zbek tilida tuslovchi affikslar fe’l shakllariga turlicha ko`rinishda qo`shiladi. Shu
jihatdan tuslovchi affikslar uch guruhga bo`linadi.
1. Birinchi guruh tuslovchilar
Bu guruhga mansub tuslovchilar aniqlik va shart-istak maylidagi –di, -sa
qo`shimchalarini olgan sof fe’l negizidan so`ng va edi to`liqsiz fe’liga qo`shiladi:
keldi-m, keldi-ng, keldi; kelsa-k, kelsa-ng, kelsa(lar) kabi.
Fe’llarning birinchi guruh tuslovchilar bilan tuslanishi quyidagicha:
Shaxs
Son
Birlik
Ko`plik
I
yozdim, yozsam, yozgan edim
zdik, yozsak, yozgan edik
II
yozding, yozsang, yozgan eding
yozdingiz, yozsangiz, yozgan
edingiz
III
yozdi, yozsa, yozgan edi
yozdi(-lar), yozsa(-lar), yozgan
edi(-lar)
2. Ikkinchi guruh tuslovchilar
Bu affikslar –b(-ib), -a(-y) qo`shimchasi bilan shakllangan ravishdoshlardan,
sifatdoshlardan (-yotgan qo`shimchasidan tashqari), shuningdek, -yap, -moqda, -yotib,
-moqchi bilan shakllangan fe’l negizidan so`ng qo`shiladi. Mazkur guruhdagi
tuslovchilar III shaxsdagina ikki xil ko`rinishda bo`ladi, ya’ni birinchi xil ko`rinishda –
b(-ib), -a(-y) qo`shimchasi bilan shakllangan ravishdoshlar hamda –yap, -yotib bilan
shakllangan fe’llar III shaxs birlikda –di (-ti), ko`plikda –di(lar), -ti(lar) shaxs-son
affikslari bilan shakllanadi.
Ikkinchi xil ko`rinishda esa fe’lning sifatdosh shakllariga (-gan, -r(-ar), -
digan, -vchi(-uvchi bilan hosil qilingan shakllariga), -moqda, -moqchi, -yotir bilan
shakllangan fe’l negizlari, shuningdek, fe’llar ekan, emish to`liqsiz fe’llari bilan
birga qo`llansa, III shaxsda shaxs ko`rsatkichi shakllanmaydi (nol ko`rsatkichli
shaklda keladi).
Fe’llarning ikkinchi guruh (A.B ko`rinishi) tuslovchilar bilan tuslanishi
quyidagicha: «A» ko`rinishi
Shaxs
Son
Birlik
Ko`plik
I
yozib-man, yozayotib-man, yoza-
man yozyap-man
yozib-miz,
yozayotib-miz,
yoza-miz, yozyap –miz
II
yozib-san, yozayotib-san, yoza-
san, yozyap -san
yozib-siz, yozayotib-siz, yoza-
siz, yozyap –siz
III
yozib-di, yozayotib-di, yoza-di,
yozyap -ti
yozibdilar,
zayotibdilar,
yozadilar, yozyaptilar
«B» ko`rinishi
Shaxs
Son
Birlik
Ko`plik
I
yozgan-man,
yozar-man,
yozadigan-man, yozmoqda-man,
yozmoqchi-man
yozgan-miz,
yozar-miz,
yozadigan-miz, yozmoqda-miz,
yozmoqchi-miz
II
yozgan-san,
yozar-san,
yozadigan-san,
yozmoqda-san,
yozmoqchi-san
yozgan-siz,
yozar-siz,
yozadigan-siz, yozmoqda-siz,
yozmoqchi-siz
III
yozgan,
yozar,
yozadigan,
yozmoqda, yozmoqchi
yozgan-lar,
yozar-lar,
yozadigan-lar, yozmoqda-lar,
yozmoqchi-lar
3. Uchinchi guruh tuslovchilar
Bular buyruq maylidagi sof fe’l negizidan so`ng qo`shiladi.
Fe’llarning uchinchi guruh tuslovchi bilan tuslanishi quyidagicha:
SHaxs
Son
Birlik
Ko`plik
I
yozay, yozayin, o`qiy, o`qiyin
yozaylik, o`qiylik
II
yoz, yozgin, o`qi, o`qigin
yozingiz, o`qingiz,
III
yozsin, o`qisin
yozsinlar, o`qisinlar,
Fe’l zamonlari
Ish-harakatning voqe bo`lishi (yoki bo`lmasligi) mantiqan zamon bilan
bog`liq bo`ladi. Fe’llardagi zamon nutq so`zlanib turgan paytga nisbatan
qiyoslangan holda aniqlanadi, ya’ni ish-harakat nutq so`zlanib turgan paytdan oldin,
nutq so`zlanib turgan paytda, nutq so`zlanib turgan paytdan so`ng bajarilishi yoki
bajarilmasligi mumkin. Shunga ko`ra, fe’l uch zamon ko`rinishiga ega: 1. O`tgan
zamon. 2. Hozirgi zamon. 3. Kelasi zamon. Fe’llarda zamon ma’nosi fe’l tarkibida
qo`llangan grammatik ko`rsatkichlar orqali belgilanadi. Masalan: 1. Nodira ezgu
ishlar bunyod etdi va o`tar dunyoda yaxshi nom qoldirdi. (R.Shog`ulomov). 2.
Ko`nglini kichik tutgan, kamtarlik yo`lidan yurgan kishi ulug`likka yetadi (Yusuf Xos
Hojib). 3. Ilm ko`pga yetkazar, hunar esa ko`kka (Maqol). Keltirilgan misollarning
birinchisida bunyod etdi, nom qoldirdi fe’llari tarkibidagi –di o`tgan zamonni,
ikkinchisida yetadi fe’li tarkibidagi –a ko`rsatkichi hozirgi zamonni, uchinchisida
yetkazar fe’lidagi –ar ko`rsatkichi esa kelasi zamon ma’nosini ifodalagan.
Har bir zamon o`z navbatida yana bir necha turga bo`linadi. Chunki har bir
zamon vaqtning katta qismini ko`rsatish bilan birga o`zining ichki xususiy modal
ma’nolariga (qo`shimcha ma’nolarga) ham ega. Masalan: o`qimoqchiman,
o`qiydiganman fe’llari nutq so`zlanib turgan paytdan so`ng bajariladigan harakatni
ifodalab, vaqtning katta qismini ko`rsatish bilan birga, bajarilishi maqsad qilib
olingan harakatni anglatishi kabi o`ziga xos modal ma’noga ham ega.
1.
O`tgan zamon
Bu zamondagi fe’llar ish-harakatning nutq so`zlanib turgan paytdan oldin
bajarilgan yoki bajarilmaganini ifodalaydi.
O`tgan zamon fe’li xususiy modal ma’nolariga ko`ra quyidagi turlarga
bo`linadi:
1) yaqin o`tgan zamon fe’li; 2) uzoq o`tgan zamon fe’li; 3) o`tgan zamon
hikoya fe’li; 4) o`tgan zamon davom fe’li; 5) o`tgan zamon maqsad fe’li.
Yaqin o`tgan zamon fe’li ish-harakatning nutq so`zlanib turgan paytdan bir
oz oldin, ammo so`zlovchining ko`z oldida (yoki uning faol ishtiroki bilan)
bajarilgan yoki bajarilmaganini ifodalaydi. Masalan: Go`zal vodiydagi Gullar bog`i
ko`klam libosi bilan bezandi (SH.R.).
Yaqin o`tgan zamon fe’li sof fe’l negiziga –di qo`shimchasini qo`shish va
tuslash bilan (I guruh tuslovchi) shakllanadi:
Shaxs
Son
Birlik
Ko`plik
Misol
Zamon
ko`rsat-
kichi
Shaxs-
son
qo`shi
m-chasi
Misol
Zamon
ko`rsat-
kichi
Shaxs-
son
qo`shi
m-chasi
I
o`qidim
-di
-m
o`qidik
-di
-k
II
o`qiding
-di
-ng
o`qidingiz
-di
-ngiz
III
o`qidi
-di
-
o`qidilar
-di
(-lar)
Uzoq o`tgan zamon fe’li nutq so`zlanib turgan paytdan ancha oldin bajarilgan
yoki bajarilmagan, ammo bu haqda nutq so`zlanib turgan paytda xabar qilingan ish-
harakatni ifodalaydi. Masalan: SHoyi, atlas, chit, las ko`ylak; nimcha, durra,
peshonabog`, xullas bor boricha yo`q holicha yasalgan (N. Safarov).
Uzoq o`tgan zamon fe’li negiziga –gan sifatdosh qo`shimchasini qo`shish va
tuslash bilan (II guruh «B» ko`rinishdagi tuslovchilar bilan) shakllanadi:
Shaxs
Son
Birlik
Ko`plik
Misol
Zamon
ko`rsat-
kichi
Shaxs-
son
qo`shi
m-chasi
Misol
Zamon
ko`rsat-
kichi
Shaxs-
son
qo`shi
m-chasi
I
o`qiganman
-gan
-man
o`qiganmiz
-gan
-miz
II
o`qigansan
-gan
-san
o`qigansiz
-gan
-siz
III
o`qigan
-gan
-
o`qiganlar
-gan
(-lar)
Uzoq o`tgan zamon fe’li nutqda aniq eslash (yoki eslatish), kutilmaganda
eslash, eshitilganlik kabi qo`shimcha modal ma’nolarga ham ega bo`ladi. Uzoq
o`tgan zamonning bo`lib o`tgan ish-harakatni aniq eslash ma’nosi –gan sifatdoshiga
edi (qisqa shaklida) to`liqsiz fe’lini biriktirib tuslash orqali: o`qigan edim, o`qigan
eding, o`qigan edi; o`qigan edik, o`qigan edingiz, o`qigan edilar kabi; kutilmaganda
eslash ma’nosi –gan sifatdoshiga ekan (qisqa shakli –kan) to`liqsiz fe’lini biriktirib
tuslash bilan: o`qigan ekanman, o`qigan ekansan, o`qigan ekan; o`qigan ekanmiz,
o`qigan ekansiz, o`qigan ekanlar kabi; bo`lib o`tgan ish-harakatning so`zlovchining
boshqa shaxsdan eshitganligi –gan sifatdoshiga emish (qisqa shakli –mish) to`liqsiz
fe’lini biriktirib tuslash orqali: o`qigan emishman, o`qigan emishsan, o`qigan emish;
o`qigan emishmiz, o`qigan emishsiz, o`qigan emishlar kabi shakllanadi. Masalan:
Nasibaning yuzidagi bo`g`riqish yo`qolib, uning o`rnida nafislik paydo bo`lgan edi
(X.No`’mon). Mirza Bahrom unday ma’no chiqishini sira ko`zda tutmagan ekan,
o`sal bo`ldi (A.Qahhor).
O`tgan zamon hikoya fe’li kutilmaganda, qisqa vaqt ichida nutq so`zlanib
turgan paytdan ilgari bajarilgan (yoki bajarilmagan) ish-harakatni hikoya qilish,
tasvirlash yo`li bilan ifodalaydi. Masalan: Halol rizq istab, mehnat qilib, charchab
uxlagan kishi shu kechani ma’rifat qilingan holda o`tkazibdi (Hadisdan).
O`tgan zamon hikoya fe’li fe’l negiziga –b (-ib) o`tgan zamon ravishdosh
qo`shimchasini qo`shish va tuslash bilan (II guruh «A» ko`rinishdagi tuslovchilar
bilan) shakllanadi:
Shaxs
Son
Birlik
Ko`plik
Misol
Zamon
ko`rsat-
kichi
Shaxs-
son
qo`shim-
chasi
Misol
Zamon
ko`rsat-
kichi
Shaxs-
son
qo`shimc
hasi
I
o`qibman
-b
-man
o`qibmiz
-b
-miz
II
o`qibsan
-b
-san
o`qibsiz
-b
-siz
III
o`qibdi
-b
-di
o`qibdilar
-b
-di(-lar)
O`tgan zamon hikoya fe’lining eslay (eslatish) ma’no ko`rinishi ham bor. Bu
shakl o`tgan zamon –b (-ib) ravishdoshiga edi to`liqsiz fe’lini biriktirib tuslash orqali
hosil bo`ladi: o`qib edim, o`qib eding, o`qib edi; o`qib edik, o`qib edingiz, o`qib
edilar kabi. Masalan: Urush tugasa, biznikiga mehmongan borasiz, o`shanda
ayamning qanaqaligini ko`rasiz deb edi (S.Zunnunova).
O`tgan zamon davom fe’li nutq so`zlanib turgan paytdan ilgari ma’lum bir
muddat davomli bo`lgan yoki takrorlanib turgan ish-harakatni eslash ma’no
ottenkasi bilan ifodalaydi. Masalan: 1. Bu yerda Boburning doim o`z kuchi bilan
birga olib yuradigan kitoblari saqlanar edi (P.Qodirov). 2. Daryolardan kuylab
o`tardim, Ertaklarga quloq tutardim, Hammasini tinglardim, ammo O`xshashini
topmasdim aslo (H.O.). Bu misollarning birinchisida saqlanar edi fe’li o`tmishda
ma’lum bir muddat davomli bo`lgach ish-harakatni ifodalasa, ikkinchisida kuylab
o`tardim, quloq tutardim, tinglardim vaqti-vaqti bilan takrorlanib ish-harakatni
anglatadi. O`tgan zamon davom fe’li –r(-ar), -yotgan sifatdosh fe’l negiziga hamda
-moqda qo`shimchasini olgan sof fe’l negiziga edi to`liqsiz fe’lini biriktirib tuslash
(I guruh tuslovchilari bilan) orqali hosil qilinadi:
Shaxs
Son
Birlik
Ko`plik
Misol
Zamon
ko`rsat-kichi
Shaxs-son
qo`sh.
Misol
Zamon
ko`rsat-kichi
Shaxs-
son
qo`sh.
I
o`qir edim,
o`qiyotgan
edim,
o`qimoqda
edim
-r+edi,
-yotgan+edi,
-moqda+edi
-m
o`qir edik,
o`qiyotgan
edik,
o`qimoqda
edik
-r+edi,
-yotgan+edi,
-moqda+edi
-k
II
o`qir eding,
o`qiyotgan
eding,
o`qimoqda
eding
-r+edi,
-yotgan+edi,
-moqda+edi
-ng
o`qir edingiz,
o`qiyotgan
edingiz,
o`qimoqda
edingiz
-r+edi, -
yotgan+edi, -
moqda+edi
-ngiz
III
o`qir edi,
o`qiyotgan
edi,
o`qimoqda
edi
-r+edi, -
yotgan+edi, -
moqda+edi
-
o`qir edilar,
o`qiyotgan
edilar,
o`qimoqda
edilar
-r+edi, -
yotgan+edi, -
moqda+edi
(-lar)
O`tgan zamon maqsad fe’li nutq so`zlangan paytdan ilgari bajarilishi
maqsad qilingan, ammo voqe bo`lmagan ish-harakatni ifodalaydi. Masalan: U bugun
Malika bilan xoli gaplashib, ko`nglidagi hamma sir-asrorini to`kib solmoqchi edi
(E.Usmonov). Ertasiga qishloqqa chiqadigan edi.
O`tgan zamon maqsad fe’li -moqchi, -digan qo`shimchalarini olgan fe’l
negiziga edi to`liqsiz fe’lini biriktirib (I guruh tuslovchilar bilan) tuslash bilan
shakllanadi:
Shaxs
Son
Birlik
Ko`plik
Misol
Zamon
ko`rsat-kichi
qo`shi
mcha
Misol
Zamon
ko`rsat-
kichi
qo`shi
mcha
I
o`qimoqchi
edim,
o`qiydigan
edim,
-moqchi+edi,
-digan+edi
-m
o`qimoqchi
edik,
o`qiydigan
edik,
-moqchi+edi,
-digan+edi
-k
II
o`qimoqchi
eding,
o`qiydigan
eding,
-moqchi+edi,
-digan+edi
-ng
o`qimoqchi
edingiz,
o`qiydigan
edingiz,
-moqchi+edi,
-digan+edi
-
ngiz
III
o`qimoqchi
edi,
o`qiydigan
edi,
-moqchi+edi,
-digan+edi
-
o`qimoqchi
edilar,
o`qiydigan
edilar,
-moqchi+edi,
-digan+edi
(-
lar)
2. Hozirgi zamon
Bu zamondagi fe’llar ish-harakatning nutq so`zlanib turgan paytda bajarilgan
yoki bajarilmaganini ifodalaydi.
Hozirgi zamon fe’li qo`shimcha modal ma’nolariga ko`ra 2 turga bo`linadi: 1)
hozirgi-kelasi zamon fe’li, 2) hozirgi zamon davom fe’li.
Hozirgi-kelasi zamon fe’li nutq so`zlanib turgan paytda va undan keyin ro`y
beradigan harakatni yoki doimiy harakatni ifodalaydi. Masalan: Bobur bu chigal
tugunlarni o`zi echilmasligini sezadi (P.Qodirov). YOshlikda zahmat chekib, ilm
o`rgansang, kasb-hunar egallasang, qariganda rohat topasan (Koshifiy).
Hozirgi-kelasi zamon fe’li sof fe’l negiziga –a, -y ravishdosh qo`shimchasini
qo`shish va tuslash bilan hosil qilinadi:
Shaxs
Son
Birlik
Ko`plik
Misol
Zamon
ko`rsat-
kichi
Shaxs-son
qo`shim-
chasi
Misol
Zamon
ko`rsat-
kichi
SHaxs-son
qo`shim-
chasi
I
shaxs
o`qiyman,
boraman
-y,
-a
-man
o`qiymiz,
boramiz
-y,
-a
-k
II
shaxs
o`qiysan,
borasan
-y,
-a
-san
o`qiysiz,
borasiz
-y,
-a
-ngiz
III
shaxs
o`qiydi,
boradi
-y,
-a
-di
o`qiydilar,
boradilar
-y,
-a
-di(-lar)
Hozirgi zamon davom fe’li ish-harakatning nutq so`zlanib turgan paytda aniq
davom etayotganini bildiradi: Mustaqillikka erishganimizdan so`ng xalqimizning
o`z yurti, dili, tarixini bilishga qiziqish ortib bormoqda (I.Karimov).
S
h
a
xs
Son
Birlik
Ko`plik
Misol
Zamon
ko`rsat-
kichi
qo`shimch
a
Misol
Zamon
ko`rsat-
kichi
qo`shim-
cha
I
o`qiyapman,
o`qimoqdaman,
o`qiyotibman
-yap,
-moqda,
-yotib
-
man
o`qiyapmiz,
o`qimoqdamiz,
o`qiyotibmiz
-yap,
-moqda,
-yotib
-miz
II
o`qiyapsan,
o`qimoqdasan,
o`qiyotibsan
-yap,
-moqda,
-yotib
-san
o`qiyapsiz,
o`qimoqdasiz,
o`qiyotibsiz
-yap,
-moqda,
-yotib
-siz
III
o`qiyapti,
o`qimoqda,
o`qiyotibdi
-yap,
-moqda,
-yotib
-ti
-
-di
o`qiyaptilar,
o`qimoqdalar,
o`qiyotibdilar
-yap,
-moqda,
-yotib
-ti(-lar)
-
-di(-lar)
SHuningdek, murakkab fe’l tarkibida qo`llangan yot, yur, tur, o`tir ko`makchi
fe’llarni tuslash bilan ham hozirgi zamon davom fe’li hosil qilinadi: o`qib yotibman,
o`qib yuribman, o`qib turibman, o`qib o`tiribman kabi.
3. Kelasi zamon
Bu zamondagi fe’llar ish-harakatning nutq so`zlanib turgan paytdan so`ng
bajarilish yoki bajarilmasligini ifodalaydi.
Kelasi zamon fe’li qo`shimcha modal ma’nolariga ko`ra ikki turga bo`linadi:
1) kelasi zamon gumon fe’li; 2) kelasi zamon maqsad fe’li.
Kelasi zamon gumon fe’li ish-harakatning nutq so`zlanib turgan paytdan
so`ng bajarilish-bajarilmasligi mo`ljallanishini, taxmin qilinishini ifodalaydi.
Masalan: Bugun havo ochiq bo`lar (A.Q.)
Kelasi zamon gumon fe’li ba’zan hozirgi-kelasi zamon ma’nosida kelib,
aniqlik, qat’iylik ma’nolarini ham ifodalaydi: Qadrlasang, qadring oshar,
qadrsizdan hamma qochar (Maqol).
Kelasi zamon gumon fe’li sof fe’l negiziga –r(-ar) sifatdosh qo`shimchasini
qo`shish va tuslash bilan shakllanadi:
Shaxs
Son
Birlik
Ko`plik
Misol
Zamon
ko`rsat-
kichi
Shaxs-
son
qo`shim-
chasi
Misol
Zamon
ko`rsat-
kichi
Shaxs-
son
qo`shim-
chasi
I
o`qirman,
borarman
-r,
-ar
-man
o`qirmiz,
borarmiz
-r,
-ar
-miz
II
o`qirsan,
borarsan
-r,
-ar
-san
o`qirsiz,
borarsiz
-r,
-ar
-siz
III
o`qir, borar
-r,
-ar
-
o`qirlar,
borarlar
-r,
-ar
(-lar)
Kelasi zamon maqsad fe’li nutq so`zlanib turgan paytdan so`ng bajarilishi
maqsad qilib olingan ish-harakatni ifodalaydi. Masalan: Men kuzdan boshlab
o`qishni davom ettirmoqchiman, so`ngra qishloq xo`jalik institutiga kirmoqchiman
(SH.R.). Oho qora ko`z deganda, u devordan oshadigan (O.).
Kelasi zamon maqsad fe’li sof fe’l negiziga -moqchi hamda fe’lning
ravishdosh (-a, -y bilan shakllangan) shakliga –digan qo`shimchasini qo`shish bilan
hosil qilinadi:
Shaxs
Son
Birlik
Ko`plik
Misol
Zamon
ko`rsat-
kichi
qo`shimch
a
Misol
Zamon
ko`rsat-
kichi
o`shimcha
I
o`qimoqchiman,
o`qiydiganman
-moqchi,
-digan
-
man
o`qimoqchimiz,
o`qiydiganmiz
-moqchi,
-digan
-
miz
II
o`qimoqchisan,
o`qiydigansan
-moqchi,
-digan
-san
o`qimoqchisiz,
o`qiydigansiz
-moqchi,
-digan
-siz
III
o`qimoqchi,
o`qiydigan
-moqchi,
-digan
-
o`qimoqchilar,
o`qiydiganlar
-moqchi,
-digan
(-
lar)