FE’LLARNING YASALISHI. FE’LLARDA MODAL SHAKL YASALISHI. TO`LIQSIZ FE’LLAR VA ULARNING XUSUSIYATLARI

Yuklangan vaqt

2024-10-01

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

5

Faytl hajmi

18,3 KB


 
 
 
 
 
 
FE’LLARNING YASALISHI. FE’LLARDA MODAL SHAKL YASALISHI. 
TO`LIQSIZ FE’LLAR VA ULARNING XUSUSIYATLARI 
 
 
 
Reja: 
1.To`liqsiz fe’llar 
2. Fe’lning modal ma’no ifodalovchi shakllari  
3. Fe’llarning yasalishi 
 
Fe’llarning yasalishi 
O`zbek tilida fe’llar so`z yasalish xususiyatiga ega. Fe’llar ikki xil usul bilan 
yasaladi: morfologik (affiksatsiya) usuli va sintaktik (kompozitsiya) usuli.  
1. Morfologik usulga ko`ra, maxsus fe’l yasovchi affikslar yordamida boshqa 
so`z turkumlaridan (ot, sifat, son, olmosh, ravish, undov, taqlidiy so`zlardan) fe’l 
yasaladi.  
Hozirgi o`zbek tilida fe’l yasashda quyidagi so`z yasovchi affikslar qo`llanadi: 
-la affiksi: kuyla, bahola; tozala, oqla; sizla; tezla, sekinla; ufla, dodla; 
shitirla, shivirla kabi. Bu affiks unumdor fe’l yasovchi affiks sanalib, barcha so`z 
turkumlaridan fe’l yasaydi. 
-a affiksi: tuna, o`yna; qiyna, yasha; guldura, shildira kabi. Bu affiks 
yordamida ot, sifat, taqlid so`zlardan fe’l yasaladi. 
-r (-ar) affiksi: eskir, qisqar, ko`kar kabi. Bu affiks yordamida sifat asosidagi 
fe’l yasaladi. 
-y (-ay) affiksi: ulg`ay, kuchay, qoray; ko`pay, ozay kabi. Bu affiks sifat va 
ravish asosidan fe’l yasaladi. 
-sira affiksi: suvsira, yotsira; sizsira, sensira kabi. Bu affiks bilan ot, sifat, 
olmoshdan fe’l yasaladi. 
FE’LLARNING YASALISHI. FE’LLARDA MODAL SHAKL YASALISHI. TO`LIQSIZ FE’LLAR VA ULARNING XUSUSIYATLARI Reja: 1.To`liqsiz fe’llar 2. Fe’lning modal ma’no ifodalovchi shakllari 3. Fe’llarning yasalishi Fe’llarning yasalishi O`zbek tilida fe’llar so`z yasalish xususiyatiga ega. Fe’llar ikki xil usul bilan yasaladi: morfologik (affiksatsiya) usuli va sintaktik (kompozitsiya) usuli. 1. Morfologik usulga ko`ra, maxsus fe’l yasovchi affikslar yordamida boshqa so`z turkumlaridan (ot, sifat, son, olmosh, ravish, undov, taqlidiy so`zlardan) fe’l yasaladi. Hozirgi o`zbek tilida fe’l yasashda quyidagi so`z yasovchi affikslar qo`llanadi: -la affiksi: kuyla, bahola; tozala, oqla; sizla; tezla, sekinla; ufla, dodla; shitirla, shivirla kabi. Bu affiks unumdor fe’l yasovchi affiks sanalib, barcha so`z turkumlaridan fe’l yasaydi. -a affiksi: tuna, o`yna; qiyna, yasha; guldura, shildira kabi. Bu affiks yordamida ot, sifat, taqlid so`zlardan fe’l yasaladi. -r (-ar) affiksi: eskir, qisqar, ko`kar kabi. Bu affiks yordamida sifat asosidagi fe’l yasaladi. -y (-ay) affiksi: ulg`ay, kuchay, qoray; ko`pay, ozay kabi. Bu affiks sifat va ravish asosidan fe’l yasaladi. -sira affiksi: suvsira, yotsira; sizsira, sensira kabi. Bu affiks bilan ot, sifat, olmoshdan fe’l yasaladi.  
 
-lan affiksi: otlan, shodlan, zavqlan, ikkilan kabi. Bu affiks tuzilishiga ko`ra 
qo`shma (-la+n) bo`lib, ot, sifat, sondan fe’l yasaydi hamda fe’l nisbat (o`zlik)ni 
shakllantiradi. 
-lash affiksi: gaplash, bahslash, birlash, salomlash, xayrlash kabi. Bu affiks 
ham tuzilishiga ko`ra qo`shma (-la+sh) bo`lib, u ot, son, undov so`zdan fe’l yasaydi 
hamda fe’l nisbati (birgalik nisbat)ni shakllantiradi.  
-i affiksi: changi, boyi, tinchi kabi. Bu affiks bilan ot va sifatdan fe’l yasaladi. 
-ik (-iq) affiksi: yo`liq, do`riq, birik, kechik kabi. Bu affiks yordamida ot, sifat, 
son, ravishdan fe’l yasaladi. 
-qir, -ira, -illa affikslari: hayqir, yarqira, yaltira, miltira; taqilla, gurilla, 
vishilla kabi. Bu affikslar yordamida undov va taqlid so`zlardan fe’l yasaladi.  
-ir (-ur) affiksi: gapir, tupur. Bu affiks ham unum so`z yasovchi affiks bo`lib, 
u ot va undov so`zdan fe’l yasaydi. 
-ka, -sa affikslari: ham unum so`z yasovchi affikslar bo`lib, bu affikslar 
yordamida otdan fe’l yasaladi: iska, suvsa kabi. 
2. Sintaktik usulga ko`ra ikki (ba’zan undan ortiq) so`z asosi birikishi bilan 
yangi so`z qo`shma fe’l yasaladi. Masalan: Borlig`imizni, boyligimizni, 
qadriyatlarimizni dunyoga ayon qilmoqdamiz (I.Karimov). Sustkashlik oson ishni 
mushkullashtiradi, qiyin ishni esa, chorasiz bir ahvolga olib keladi (Tafakkur 
gulshani). Bu misollardagi ayon qilmoqdamiz, olib keladi fe’llari sintaktik usul bilan 
yasalgan qo`shma fe’llardir. 
Qo`shma fe’llarning qismlari qaysi so`z turkumidan tuzilishiga ko`ra ikki 
turga bo`linadi: 1) ot+fe’l qolipidan qo`shma fe’llar. Bunday fe’llarda birinchi qism 
fe’ldan boshqa so`z turkumlari (ot, sifat, undov, taqlid)dan tuzilib, ikkinchi qismi 
fe’l bo`ladi: javob bermoq, qo`l qo`ymoq, nazar tashlamoq, xursand bo`lmoq, xafa 
qilmoq, oh urmoq, yalt etmoq kabi. 2) fe’l+fe’l qolipidan qo`shma fe’llarning har 
ikala qismi fe’llardan tuziladi: olib chiqmoq, sotib olmoq kabi. Bunday qo`shma 
fe’llarning birinchi qismi –b (-ib), -a (-y) qo`shimchasi bilan yasalgan ravishdosh 
shaklida keladi, tuslovchi qo`shimchalar ikkinchi qismga qo`shiladi. 
Fe’l+fe’l qolipidagi qo`shma fe’llar kam miqdorni tashkil etadi. 
Qo`shma fe’llarning har bir qismi o`z leksik ma’nosini saqlagan holda, 
birgalikda bitta murakkab harakat tushunchasini anglatadi. SHu jihatdan qo`shma 
-lan affiksi: otlan, shodlan, zavqlan, ikkilan kabi. Bu affiks tuzilishiga ko`ra qo`shma (-la+n) bo`lib, ot, sifat, sondan fe’l yasaydi hamda fe’l nisbat (o`zlik)ni shakllantiradi. -lash affiksi: gaplash, bahslash, birlash, salomlash, xayrlash kabi. Bu affiks ham tuzilishiga ko`ra qo`shma (-la+sh) bo`lib, u ot, son, undov so`zdan fe’l yasaydi hamda fe’l nisbati (birgalik nisbat)ni shakllantiradi. -i affiksi: changi, boyi, tinchi kabi. Bu affiks bilan ot va sifatdan fe’l yasaladi. -ik (-iq) affiksi: yo`liq, do`riq, birik, kechik kabi. Bu affiks yordamida ot, sifat, son, ravishdan fe’l yasaladi. -qir, -ira, -illa affikslari: hayqir, yarqira, yaltira, miltira; taqilla, gurilla, vishilla kabi. Bu affikslar yordamida undov va taqlid so`zlardan fe’l yasaladi. -ir (-ur) affiksi: gapir, tupur. Bu affiks ham unum so`z yasovchi affiks bo`lib, u ot va undov so`zdan fe’l yasaydi. -ka, -sa affikslari: ham unum so`z yasovchi affikslar bo`lib, bu affikslar yordamida otdan fe’l yasaladi: iska, suvsa kabi. 2. Sintaktik usulga ko`ra ikki (ba’zan undan ortiq) so`z asosi birikishi bilan yangi so`z qo`shma fe’l yasaladi. Masalan: Borlig`imizni, boyligimizni, qadriyatlarimizni dunyoga ayon qilmoqdamiz (I.Karimov). Sustkashlik oson ishni mushkullashtiradi, qiyin ishni esa, chorasiz bir ahvolga olib keladi (Tafakkur gulshani). Bu misollardagi ayon qilmoqdamiz, olib keladi fe’llari sintaktik usul bilan yasalgan qo`shma fe’llardir. Qo`shma fe’llarning qismlari qaysi so`z turkumidan tuzilishiga ko`ra ikki turga bo`linadi: 1) ot+fe’l qolipidan qo`shma fe’llar. Bunday fe’llarda birinchi qism fe’ldan boshqa so`z turkumlari (ot, sifat, undov, taqlid)dan tuzilib, ikkinchi qismi fe’l bo`ladi: javob bermoq, qo`l qo`ymoq, nazar tashlamoq, xursand bo`lmoq, xafa qilmoq, oh urmoq, yalt etmoq kabi. 2) fe’l+fe’l qolipidan qo`shma fe’llarning har ikala qismi fe’llardan tuziladi: olib chiqmoq, sotib olmoq kabi. Bunday qo`shma fe’llarning birinchi qismi –b (-ib), -a (-y) qo`shimchasi bilan yasalgan ravishdosh shaklida keladi, tuslovchi qo`shimchalar ikkinchi qismga qo`shiladi. Fe’l+fe’l qolipidagi qo`shma fe’llar kam miqdorni tashkil etadi. Qo`shma fe’llarning har bir qismi o`z leksik ma’nosini saqlagan holda, birgalikda bitta murakkab harakat tushunchasini anglatadi. SHu jihatdan qo`shma  
 
fe’llar ko`makchi fe’lli so`z qo`shilmalaridan (analitik shakllardan) farqlanadi, 
chunki bunday fe’llarda leksik ma’no uning birinchi qismi bilan ifodalanib (yetakchi 
qism), ikkinchi qismi esa (ko`makchi fe’l) unga (yyetakchi qism ma’nosiga) 
qo`shimcha modal ma’no qo`shadi: aytib ko`r, olib tur, ko`rib chiq kabi 
qo`shilmalarda aytib, olib, ko`rib qismi yetakchi, ko`r, tur, chiq qismlari esa 
ko`makchi fe’ldir. 
 
Fe’lning modal ma’no ifodalovchi shakllari  
O`zbek tilida fe’l o`ziga xos turli modal ma’nolarga (qo`shimcha ma’nolarga) 
ega. Fe’llardagi modal ma’nolar sintetik shakl, analitik shakl, juft va takroriy shakllar 
vositasida ifodalanadi. 
Fe’ldagi modal ma’no sintetik shakl vositasida ifodalanganda, fe’l negiziga 
ish-harakatning davomliligi, takroriyligi, kuchsizligi kabi qo`shimcha ma’nolarni 
qo`shadigan shakl yasovchi qo`shimchalarni qo`shish bilan hosil qilinadi. Fe’llarda 
modal ma’no yasovchi affikslar quyidagilar:  
1) –la affiksi fe’l negiziga qo`shilib, takror, davomiylik ma’nosini bildiradi: 
savala, ishqala, tirnala, cho`qila kabi; 
2) –gila (-kila, -qila, -g`ila): yugurgila, turtkila, tortqila, ezg`ila kabi. Bu 
affikslar ham fe’l negiziga qo`shilib, harakatning davomiyligi, takror ma’nosini 
bildiradi; 
3) –(i)msira, -(i)nqira: yig`lamsira, kulimsira, oqarinqira kabi. Bu affikslar 
fe’l negiziga qo`shilib, harakatning kuchsizlanishini bildiradi; 
4) –(i)sh affiksi ham harakatning kuchisizligini bildiradi: oqarishdi, to`lishdi 
kabi; 
5) -qilla: chopqilla. Bu affiks fe’l negiziga qo`shilib, harakatning zudlik bilan 
bajarilish ma’nosini bildiradi. 
Fe’ldagi modal ma’no analitik shakl vositasi bilan ham ifodalanadi. Bunday 
shakl ko`makchi fe’llar va to`liqsiz fe’llar yordamida hosil qilinadi: yozib ko`r, aytib 
chiq, ko`ra qol, so`zlay boshla, borar edi, kelgan emish, olgan ekan kabi. 
Ko`makchi fe’llar bilan shakllangan qo`shilmalar ikki so`z shaklidan tashkil 
topib, birinchi qism leksik ma’no ifodalaydi. SHu tufayli yetakchi fe’l deb yuritiladi; 
ikkinchi qism esa unga birikib grammatik ma’no ifodalaydi va ko`makchi fe’l 
fe’llar ko`makchi fe’lli so`z qo`shilmalaridan (analitik shakllardan) farqlanadi, chunki bunday fe’llarda leksik ma’no uning birinchi qismi bilan ifodalanib (yetakchi qism), ikkinchi qismi esa (ko`makchi fe’l) unga (yyetakchi qism ma’nosiga) qo`shimcha modal ma’no qo`shadi: aytib ko`r, olib tur, ko`rib chiq kabi qo`shilmalarda aytib, olib, ko`rib qismi yetakchi, ko`r, tur, chiq qismlari esa ko`makchi fe’ldir. Fe’lning modal ma’no ifodalovchi shakllari O`zbek tilida fe’l o`ziga xos turli modal ma’nolarga (qo`shimcha ma’nolarga) ega. Fe’llardagi modal ma’nolar sintetik shakl, analitik shakl, juft va takroriy shakllar vositasida ifodalanadi. Fe’ldagi modal ma’no sintetik shakl vositasida ifodalanganda, fe’l negiziga ish-harakatning davomliligi, takroriyligi, kuchsizligi kabi qo`shimcha ma’nolarni qo`shadigan shakl yasovchi qo`shimchalarni qo`shish bilan hosil qilinadi. Fe’llarda modal ma’no yasovchi affikslar quyidagilar: 1) –la affiksi fe’l negiziga qo`shilib, takror, davomiylik ma’nosini bildiradi: savala, ishqala, tirnala, cho`qila kabi; 2) –gila (-kila, -qila, -g`ila): yugurgila, turtkila, tortqila, ezg`ila kabi. Bu affikslar ham fe’l negiziga qo`shilib, harakatning davomiyligi, takror ma’nosini bildiradi; 3) –(i)msira, -(i)nqira: yig`lamsira, kulimsira, oqarinqira kabi. Bu affikslar fe’l negiziga qo`shilib, harakatning kuchsizlanishini bildiradi; 4) –(i)sh affiksi ham harakatning kuchisizligini bildiradi: oqarishdi, to`lishdi kabi; 5) -qilla: chopqilla. Bu affiks fe’l negiziga qo`shilib, harakatning zudlik bilan bajarilish ma’nosini bildiradi. Fe’ldagi modal ma’no analitik shakl vositasi bilan ham ifodalanadi. Bunday shakl ko`makchi fe’llar va to`liqsiz fe’llar yordamida hosil qilinadi: yozib ko`r, aytib chiq, ko`ra qol, so`zlay boshla, borar edi, kelgan emish, olgan ekan kabi. Ko`makchi fe’llar bilan shakllangan qo`shilmalar ikki so`z shaklidan tashkil topib, birinchi qism leksik ma’no ifodalaydi. SHu tufayli yetakchi fe’l deb yuritiladi; ikkinchi qism esa unga birikib grammatik ma’no ifodalaydi va ko`makchi fe’l  
 
sanaladi. Ko`makchi fe’llar yetakchi fe’lning ma’nosiga qo`shimcha modal ma’nolar 
qo`shadi. 
Ko`makchi fe’l tarzida kel, ket, bor, yubor, chiq, o`t, tur, qol, bo`l, ol, bil, qo`y, 
ber, tashla, ko`r, boshla kabilar keladi. Bu fe’llar bir tomondan, harakat ma’nosini 
ifodalab, mustaqil holda leksik birlik sanaladi, ya’ni keldi, borgan, ko`rmoqchi, bilib 
kabi; ikkinchi tomondan boshqa fe’l shakliga qo`shilib, o`z leksik ma’nosini 
vaqtincha yo`qotib, o`zi aloqador bo`lgan fe’lning leksik ma’nosiga qo`shimcha 
ma’no qo`shadi va ko`makchi fe’lga aylanadi. Masalan: yoza boshladi fe’li 
tarkibidagi boshladi fe’li mustaqil holda boshlanish harakatini ifodalaydi, lekin bu 
qo`shilmada o`z leksik ma’nosini yo`qotib yozish fe’lining leksik ma’nosiga 
qo`shimcha ma’no, ya’ni harakatning endi boshlanish ma’nosini qo`shgan.  
Shu bilan birga ko`makchi fe’l yetakchi ma’nosiga davomiylik, 
tugallanganlik, takroriylik (yoza tur, yozib tur, aytib bo`l kabi); harakatning 
bajarilish imkoniyati (yozib ko`r, aytib boq kabi); harakatning boshqa shaxsdan 
so`zlovchiga yo`nalishi (aytib ket, olib bor, aytib chiq, ola kel, yozib ol, yozib ber), 
harakatning bajarilish usuli (yozib tashla, aytib yubor) kabi modal ma’nolarni 
qo`shadi. 
Fe’llarda modal ma’no juft va takroriy shakllar vositasida ham ifodalanadi. 
Yetakchi fe’l bilan ko`makchi fe’l bir xil shaklda kelib, juft fe’lni hosil qiladi. Bunda 
leksik ma’no salmog`i birinchi qismda bo`ladi: aytdi-qo`ydi, o`tdi-ketdi, oldi-qoldi 
kabi. 
Ko`makchi fe’llar fe’lning –b (-ib), -a (-y) bilan yasalgan ravishdosh shakllari 
bilan birga qo`llanadi: o`qib ber, o`qiy boshla kabi. 
Yetakchi va ko`makchi fe’ldan tashkil topgan fe’l shakllarida ko`makchi fe’l 
birdan ortiq bo`lishi ham mumkin: yozib qo`ya qol, yozib berib qo`ya qol kabi. 
Ko`makchi fe’lli fe’l shakllarida shaxs-son qo`shimchalari ko`makchi 
fe’llarga qo`shiladi: yozib chiqdim, yozib chiqding, yozib chiqdik, yozib chiqdingiz 
kabi. 
 
To`liqsiz fe’llar 
 
sanaladi. Ko`makchi fe’llar yetakchi fe’lning ma’nosiga qo`shimcha modal ma’nolar qo`shadi. Ko`makchi fe’l tarzida kel, ket, bor, yubor, chiq, o`t, tur, qol, bo`l, ol, bil, qo`y, ber, tashla, ko`r, boshla kabilar keladi. Bu fe’llar bir tomondan, harakat ma’nosini ifodalab, mustaqil holda leksik birlik sanaladi, ya’ni keldi, borgan, ko`rmoqchi, bilib kabi; ikkinchi tomondan boshqa fe’l shakliga qo`shilib, o`z leksik ma’nosini vaqtincha yo`qotib, o`zi aloqador bo`lgan fe’lning leksik ma’nosiga qo`shimcha ma’no qo`shadi va ko`makchi fe’lga aylanadi. Masalan: yoza boshladi fe’li tarkibidagi boshladi fe’li mustaqil holda boshlanish harakatini ifodalaydi, lekin bu qo`shilmada o`z leksik ma’nosini yo`qotib yozish fe’lining leksik ma’nosiga qo`shimcha ma’no, ya’ni harakatning endi boshlanish ma’nosini qo`shgan. Shu bilan birga ko`makchi fe’l yetakchi ma’nosiga davomiylik, tugallanganlik, takroriylik (yoza tur, yozib tur, aytib bo`l kabi); harakatning bajarilish imkoniyati (yozib ko`r, aytib boq kabi); harakatning boshqa shaxsdan so`zlovchiga yo`nalishi (aytib ket, olib bor, aytib chiq, ola kel, yozib ol, yozib ber), harakatning bajarilish usuli (yozib tashla, aytib yubor) kabi modal ma’nolarni qo`shadi. Fe’llarda modal ma’no juft va takroriy shakllar vositasida ham ifodalanadi. Yetakchi fe’l bilan ko`makchi fe’l bir xil shaklda kelib, juft fe’lni hosil qiladi. Bunda leksik ma’no salmog`i birinchi qismda bo`ladi: aytdi-qo`ydi, o`tdi-ketdi, oldi-qoldi kabi. Ko`makchi fe’llar fe’lning –b (-ib), -a (-y) bilan yasalgan ravishdosh shakllari bilan birga qo`llanadi: o`qib ber, o`qiy boshla kabi. Yetakchi va ko`makchi fe’ldan tashkil topgan fe’l shakllarida ko`makchi fe’l birdan ortiq bo`lishi ham mumkin: yozib qo`ya qol, yozib berib qo`ya qol kabi. Ko`makchi fe’lli fe’l shakllarida shaxs-son qo`shimchalari ko`makchi fe’llarga qo`shiladi: yozib chiqdim, yozib chiqding, yozib chiqdik, yozib chiqdingiz kabi. To`liqsiz fe’llar  
 
Mustaqil holda ish-harakat ma’nosini ifodalamay, turli fe’l shakllaridan so`ng 
(keng ma’noda ot bilan) qo`llanib, faqat grammatik modal ma’no ifodalaydigan 
fe’llar to`liqsiz fe’llar deyiladi. To`liqsiz fe’llarga edi (-di), ekan (-kan), emish (-
mish) kabi fe’l shakllari kiradi. Yozar edi – yozardi, yozar ekan – yozarkan, yozar 
emish – yozarmish kabi. Bu fe’llar aslida bir e (arxaik er) fe’l negizining turli 
shakllari bo`lib, ular hozir ayrim-ayrim so`z sifatida tushuniladi. 
To`liqsiz fe’l sifatdosh, ravishdosh va harakat nomi bilan birikib, fe’l 
zamonlarining analitik usul bilan yasalgan shakllarini hosil qiladi. To`liqsiz fe’llar 
edi, ekan, emish turlicha modal ma’nolar ifodalaydi: 
1) edi to`liqsiz fe’li qatnashgan fe’l shaklida ta’kidlash, eslatish, hikoya, 
davomiylik, takror kabi ma’nolarni bildiradi: Bo`shagan erlarning bag`rini 
pluglarning o`tkir tig`lari tilka-tilka qilmoqda edi (H.N.). Shu kuni endi ko`chaga 
chiqib edi... (M.Ismoiliy). Ular bir partada o`tirishar, birga dars tayyorlashar, 
maktabni bitirgandan keyin qayerga o`qishga borish haqida maslahatlashar, xayol 
surishar edi (S.Zunnunova). 
2) ekan to`liqsiz fe’l qatnashgan shakllarda o`tmishda yuz bergan voqea-
hodisaning so`zlovchiga keyinchalik ma’lum bo`lganligi va uning davomi ekanligi 
anglashiladi: Aytishingizdan, oradan hech gap o`tmagan ekan (A.Qahhor). 
3) emish to`liqsiz fe’li esa noaniqlik, gumon, eshitilganlik ma’nolarini 
bildiradi: O`zgarmagan, ammo negadir ikkovining ham bo`yi juda uzun bo`lib 
ketgan emish (S.Ahmad). 
To`liqsiz fe’llar boshqa so`z turkumlari bilan ham birikib keladi. Bu holda ot 
kesim tarkibida kelib, bog`lama vazifasini bajarib, tuslovchi affikslarni oladi: Uy 
kichkina, lekin yorug` va toza edi (O.) 
Fe’llarda modal ma’no fe’lning juft va takrorik shakli bilan ham ifodalanadi. 
Bunday shakl orqali harakatning davomliligi, takrorlanib turishi, tugallanganlik, 
harakatning voqe bo`lishiga turlicha munosabat (befarqlik) kabi modal ma’nolar 
anglashiladi: ayta-ayta, borib-borib, aytsa-aytar, uchadi-ketadi, kelsa-kelibdi, 
ishlasa-ishlasin kabi. 
 
Mustaqil holda ish-harakat ma’nosini ifodalamay, turli fe’l shakllaridan so`ng (keng ma’noda ot bilan) qo`llanib, faqat grammatik modal ma’no ifodalaydigan fe’llar to`liqsiz fe’llar deyiladi. To`liqsiz fe’llarga edi (-di), ekan (-kan), emish (- mish) kabi fe’l shakllari kiradi. Yozar edi – yozardi, yozar ekan – yozarkan, yozar emish – yozarmish kabi. Bu fe’llar aslida bir e (arxaik er) fe’l negizining turli shakllari bo`lib, ular hozir ayrim-ayrim so`z sifatida tushuniladi. To`liqsiz fe’l sifatdosh, ravishdosh va harakat nomi bilan birikib, fe’l zamonlarining analitik usul bilan yasalgan shakllarini hosil qiladi. To`liqsiz fe’llar edi, ekan, emish turlicha modal ma’nolar ifodalaydi: 1) edi to`liqsiz fe’li qatnashgan fe’l shaklida ta’kidlash, eslatish, hikoya, davomiylik, takror kabi ma’nolarni bildiradi: Bo`shagan erlarning bag`rini pluglarning o`tkir tig`lari tilka-tilka qilmoqda edi (H.N.). Shu kuni endi ko`chaga chiqib edi... (M.Ismoiliy). Ular bir partada o`tirishar, birga dars tayyorlashar, maktabni bitirgandan keyin qayerga o`qishga borish haqida maslahatlashar, xayol surishar edi (S.Zunnunova). 2) ekan to`liqsiz fe’l qatnashgan shakllarda o`tmishda yuz bergan voqea- hodisaning so`zlovchiga keyinchalik ma’lum bo`lganligi va uning davomi ekanligi anglashiladi: Aytishingizdan, oradan hech gap o`tmagan ekan (A.Qahhor). 3) emish to`liqsiz fe’li esa noaniqlik, gumon, eshitilganlik ma’nolarini bildiradi: O`zgarmagan, ammo negadir ikkovining ham bo`yi juda uzun bo`lib ketgan emish (S.Ahmad). To`liqsiz fe’llar boshqa so`z turkumlari bilan ham birikib keladi. Bu holda ot kesim tarkibida kelib, bog`lama vazifasini bajarib, tuslovchi affikslarni oladi: Uy kichkina, lekin yorug` va toza edi (O.) Fe’llarda modal ma’no fe’lning juft va takrorik shakli bilan ham ifodalanadi. Bunday shakl orqali harakatning davomliligi, takrorlanib turishi, tugallanganlik, harakatning voqe bo`lishiga turlicha munosabat (befarqlik) kabi modal ma’nolar anglashiladi: ayta-ayta, borib-borib, aytsa-aytar, uchadi-ketadi, kelsa-kelibdi, ishlasa-ishlasin kabi.