FE’LNING TA’RIFI VA LEKSIK-GRAMMATIK XUSUSIYATLARI, NOKATEGORIAL SHAKLLARI

Yuklangan vaqt

2024-10-01

Yuklab olishlar soni

2

Sahifalar soni

6

Faytl hajmi

21,7 KB


 
 
 
 
 
 
FE’LNING TA’RIFI VA LEKSIK-GRAMMATIK XUSUSIYATLARI, 
NOKATEGORIAL SHAKLLARI 
 
 
 
Reja: 
1. Bo`lishli va bo`lishsiz fe’llar 
2. O`timli va o`timsiz fe’llar 
3. Fe’lning leksik-grammatik xususiyatlari 
 
Fe’lning leksik-grammatik xususiyatlari 
 
Shaxs va predmetning ish-harakati va holatini ifodalaydigan mustaqil so`zlar 
fe’l deyiladi. Masalan: Men olimlarga, ilohiyotchilarga, tarixshunoslarga hurmat-
ehtirom ko`rsatdim va e’zozladim. (A.Temur). Mehnat insonda ijodiy kuch uyg`otadi 
(Tafakkur jurnali). 
Grammatikada harakat va holat tushunchasi juda keng. Fe’l holat, belgining 
yuzaga kelishi, o`zgarishi kabi jarayonlarni ham harakat tarzida anglatadi: o`rik 
gulladi, yaproqlar sarg`aydi, bola uxlayapti kabi. 
Fe’llarning barchasi bir umumiy nima kilmoq? degan so`roqqa javob bo‘ladi. 
Fe’l o`ziga xos morfologik belgilarga ega, ya’ni: 
1) ish-harakatning predmetga (to`ldiruvchiga) munosabati fe’ldagi o`timli va 
o`timsizlik ma’nosini hosil qiladi: o`qimoq, yozmoq - o`timli fe’l; o`tirmoq, 
chiniqmoq - o`timsiz fe’l; 
2) ish-harakatning bajarilishi haqidagi tasdiq yoki inkorni anglashilishiga 
ko`ra fe’llar bo`lishli va bo`lishsizlik ma’nosini bildiradi: ayt – bo`lishli, aytma – 
bo`lishsiz; bilgan – bo`lishli, bilgani yo`q – bo`lishsiz fe’l; 
FE’LNING TA’RIFI VA LEKSIK-GRAMMATIK XUSUSIYATLARI, NOKATEGORIAL SHAKLLARI Reja: 1. Bo`lishli va bo`lishsiz fe’llar 2. O`timli va o`timsiz fe’llar 3. Fe’lning leksik-grammatik xususiyatlari Fe’lning leksik-grammatik xususiyatlari Shaxs va predmetning ish-harakati va holatini ifodalaydigan mustaqil so`zlar fe’l deyiladi. Masalan: Men olimlarga, ilohiyotchilarga, tarixshunoslarga hurmat- ehtirom ko`rsatdim va e’zozladim. (A.Temur). Mehnat insonda ijodiy kuch uyg`otadi (Tafakkur jurnali). Grammatikada harakat va holat tushunchasi juda keng. Fe’l holat, belgining yuzaga kelishi, o`zgarishi kabi jarayonlarni ham harakat tarzida anglatadi: o`rik gulladi, yaproqlar sarg`aydi, bola uxlayapti kabi. Fe’llarning barchasi bir umumiy nima kilmoq? degan so`roqqa javob bo‘ladi. Fe’l o`ziga xos morfologik belgilarga ega, ya’ni: 1) ish-harakatning predmetga (to`ldiruvchiga) munosabati fe’ldagi o`timli va o`timsizlik ma’nosini hosil qiladi: o`qimoq, yozmoq - o`timli fe’l; o`tirmoq, chiniqmoq - o`timsiz fe’l; 2) ish-harakatning bajarilishi haqidagi tasdiq yoki inkorni anglashilishiga ko`ra fe’llar bo`lishli va bo`lishsizlik ma’nosini bildiradi: ayt – bo`lishli, aytma – bo`lishsiz; bilgan – bo`lishli, bilgani yo`q – bo`lishsiz fe’l;
 
 
3) ish-harakat bilan uning bajaruvchisi, obyekt va subyektlar orasidagi 
munosabat nisbat ma’nosini hosil qiladi: kiydi - aniq nisbat, kiyindi - o`zlik nisbat, 
kiyildi - majhullik nisbat, kiydirdi – orttirma nisbat; 
4) ish-harakatning voqelikka munosabati mayl ma’nosida aks etadi: bordi, 
bormoqda, bormoqchi - aniqlik mayli; boray, borgin, borsin - buyruq-istak mayli; 
borsa – shart mayli; 
5) ish-harakatning nutq so`zlanib turgan payt bilan munosabati fe’ldagi zamon 
ma’nosini hosil qiladi: o`rgandim - o`tgan zamon, o`rganayapman - hozirgi zamon, 
o`rganmoqchiman – kelasi zamon; 
6) ish-harakatning biror grammatik shaxs (birlik yoki ko`plikda) tomonidan 
bajarilishi yoki bajarilmasligi fe’ldagi shaxs-son ma’nosida aks etadi. Fe’l shaxs-son 
qo`shimchalari bilan tuslanadi: qiziqdim, qiziqding, qiziqdi; qiziqdik, qiziqdingiz, 
qiziqdilar. 
Demak, fe’l o`timli-o`timsizlik, bo`lishli-bo`lishsizlik, nisbat, mayl, zamon, 
shaxs-son ma’nolarini ifodalash kabi o`ziga xos morfologik belgilarga ega. 
Shu bilan birga fe’lning sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi kabi o`ziga xos 
vazifadagi shakllari ham mavjud ( ishongan odam – sifatdosh; ishonib, ishongach – 
ravishdosh; ishonish, ishonmoq kerak - harakat nomi). Fe’lning bu vazifadagi 
shakllari gapda ma’lum bir gap bo`lagi vazifasini bajarishga moslashgan bo`ladi. 
Fe’l o`ziga xos maxsus so`z yasalish tizimiga ham ega: bahola, ulg`ay, tinchi, 
suvsira – affiksatsiya usul bilan yasalgan fe’llar; xursand bo`lmoq, javob bermoq, 
sotib olmoq - kompozitsiya usuli bilan yasalgan yasama fe’llar. 
Fe’llarda modal shakl yasalishi ham mavjud, u o`z ichida turli xil qo`shimcha 
ma’nolarni aks ettiradi: kulimsira – kuchsizlik, turtkila – davomiylik, yozib bo`ldi – 
tugallanganlik kabi. 
Fe’l o`ziga xos sintaktik vazifalarga ham ega: 
1) sof fe’l gapda, asosan, kesim vazifasini bajarib keladi. Masalan: Insonni 
mehnat, odobni yaxshi fazilat bezaydi (Hikmatlar xazinasi); 
2) fe’lning vazifadosh shakllari sifatdosh, sifatlovchi-aniqlovchi, ravishdosh, 
hol, harakat nomi, ega, qaratuvchi-aniqlovchi, to`ldiruvchi kabi gap bo`laklari 
vazifasini ham bajarib keladi. Masalan: O`zingga yoqqan narsani boshqalarga ham 
ravo ko`r (Hadis namunalari). Dunyoda eng yomoni faqat o`zini bilib o`zgani unutib 
3) ish-harakat bilan uning bajaruvchisi, obyekt va subyektlar orasidagi munosabat nisbat ma’nosini hosil qiladi: kiydi - aniq nisbat, kiyindi - o`zlik nisbat, kiyildi - majhullik nisbat, kiydirdi – orttirma nisbat; 4) ish-harakatning voqelikka munosabati mayl ma’nosida aks etadi: bordi, bormoqda, bormoqchi - aniqlik mayli; boray, borgin, borsin - buyruq-istak mayli; borsa – shart mayli; 5) ish-harakatning nutq so`zlanib turgan payt bilan munosabati fe’ldagi zamon ma’nosini hosil qiladi: o`rgandim - o`tgan zamon, o`rganayapman - hozirgi zamon, o`rganmoqchiman – kelasi zamon; 6) ish-harakatning biror grammatik shaxs (birlik yoki ko`plikda) tomonidan bajarilishi yoki bajarilmasligi fe’ldagi shaxs-son ma’nosida aks etadi. Fe’l shaxs-son qo`shimchalari bilan tuslanadi: qiziqdim, qiziqding, qiziqdi; qiziqdik, qiziqdingiz, qiziqdilar. Demak, fe’l o`timli-o`timsizlik, bo`lishli-bo`lishsizlik, nisbat, mayl, zamon, shaxs-son ma’nolarini ifodalash kabi o`ziga xos morfologik belgilarga ega. Shu bilan birga fe’lning sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi kabi o`ziga xos vazifadagi shakllari ham mavjud ( ishongan odam – sifatdosh; ishonib, ishongach – ravishdosh; ishonish, ishonmoq kerak - harakat nomi). Fe’lning bu vazifadagi shakllari gapda ma’lum bir gap bo`lagi vazifasini bajarishga moslashgan bo`ladi. Fe’l o`ziga xos maxsus so`z yasalish tizimiga ham ega: bahola, ulg`ay, tinchi, suvsira – affiksatsiya usul bilan yasalgan fe’llar; xursand bo`lmoq, javob bermoq, sotib olmoq - kompozitsiya usuli bilan yasalgan yasama fe’llar. Fe’llarda modal shakl yasalishi ham mavjud, u o`z ichida turli xil qo`shimcha ma’nolarni aks ettiradi: kulimsira – kuchsizlik, turtkila – davomiylik, yozib bo`ldi – tugallanganlik kabi. Fe’l o`ziga xos sintaktik vazifalarga ham ega: 1) sof fe’l gapda, asosan, kesim vazifasini bajarib keladi. Masalan: Insonni mehnat, odobni yaxshi fazilat bezaydi (Hikmatlar xazinasi); 2) fe’lning vazifadosh shakllari sifatdosh, sifatlovchi-aniqlovchi, ravishdosh, hol, harakat nomi, ega, qaratuvchi-aniqlovchi, to`ldiruvchi kabi gap bo`laklari vazifasini ham bajarib keladi. Masalan: O`zingga yoqqan narsani boshqalarga ham ravo ko`r (Hadis namunalari). Dunyoda eng yomoni faqat o`zini bilib o`zgani unutib
 
 
yashashdir (I.Karimov). Ilm-fanga intilish insonning eng oliy ma’naviy 
harkatlaridandir (Pedagogika tarixi). 
 
O`timli va o`timsiz fe’llar 
 
O`timli va o`timsiz fe’llar fe’l anglatgan harakatning predmetga munosabati 
orqali belgilanadi. 
Fe’ldagi anglashilgan harakatning tushum kelishigi formasidagi ot bilan (yoki 
otlashgan so`z bilan) ifodlangan predmetga o`tganligini bildiradigan fe’llar o`timli 
fe’l deyiladi. 
Masalan: Hammamiz shu tuproqning suvini ichganmiz, non-tuzini eganmiz 
(I.Karimov). 
Bu gap ichganmiz, yeganmiz fe’llaridan anglashilgan harakat bevosita tushum 
kelishigi shaklidagi suvini, non-tuzini so`zlari bilan ifodalangan predmetga o`tadi. 
Demak, o`timli fe’llar tushum kelishigi shaklidagi ot bilan bog`lanadi. 
Ba’zan fe’l anglatgan harakat yoki holat predmetning bir qismiga o`tishi yoki 
harakat o`tgan predmet shu harakatning bajarilishida vosita bo`lishi mumkin. 
Bunday holda o`timli fe’llar jo`nalish va chiqish kelishigi shaklida qo`llangan otlar 
bilan ham birikadi. Qiyoslang: nonni oling – nondan oling, otni mining – otga 
mining. 
Biron predmetga bevosita o`tmaydigan harakatni anglatadigan fe’llar o`timsiz 
fe’l deyiladi. Masalan: Ko`ngil quvonchi uning kuchsizligidan dalolat beradi 
(Tafakkur gulshani). Pokiza aql insonni ayb va kamchiliklardan qutqaradi 
(U.Mahkamov). 
Bu gaplardagi dalolat beradi, qutqaradi fe’llaridan anglashilgan harakat 
bevosita tushum kelishigida kelgan otni boshqarmagan, boshqa predmetga 
o`tmagan, balki harakat bajaruvchining o`zida qolgan. 
Fe’ldagi o`timli va o`timsizlik ma’nosi ikki xil usul bilan ifodalanadi:  
 
 1. Leksik-semantik usul. Bunda fe’llar o`z leksik ma’nosiga ko`ra biror 
affiks olmagan, hech qanday shakl o`zgarishisiz (o`zak-negiz holida) o`timli yoki 
yashashdir (I.Karimov). Ilm-fanga intilish insonning eng oliy ma’naviy harkatlaridandir (Pedagogika tarixi). O`timli va o`timsiz fe’llar O`timli va o`timsiz fe’llar fe’l anglatgan harakatning predmetga munosabati orqali belgilanadi. Fe’ldagi anglashilgan harakatning tushum kelishigi formasidagi ot bilan (yoki otlashgan so`z bilan) ifodlangan predmetga o`tganligini bildiradigan fe’llar o`timli fe’l deyiladi. Masalan: Hammamiz shu tuproqning suvini ichganmiz, non-tuzini eganmiz (I.Karimov). Bu gap ichganmiz, yeganmiz fe’llaridan anglashilgan harakat bevosita tushum kelishigi shaklidagi suvini, non-tuzini so`zlari bilan ifodalangan predmetga o`tadi. Demak, o`timli fe’llar tushum kelishigi shaklidagi ot bilan bog`lanadi. Ba’zan fe’l anglatgan harakat yoki holat predmetning bir qismiga o`tishi yoki harakat o`tgan predmet shu harakatning bajarilishida vosita bo`lishi mumkin. Bunday holda o`timli fe’llar jo`nalish va chiqish kelishigi shaklida qo`llangan otlar bilan ham birikadi. Qiyoslang: nonni oling – nondan oling, otni mining – otga mining. Biron predmetga bevosita o`tmaydigan harakatni anglatadigan fe’llar o`timsiz fe’l deyiladi. Masalan: Ko`ngil quvonchi uning kuchsizligidan dalolat beradi (Tafakkur gulshani). Pokiza aql insonni ayb va kamchiliklardan qutqaradi (U.Mahkamov). Bu gaplardagi dalolat beradi, qutqaradi fe’llaridan anglashilgan harakat bevosita tushum kelishigida kelgan otni boshqarmagan, boshqa predmetga o`tmagan, balki harakat bajaruvchining o`zida qolgan. Fe’ldagi o`timli va o`timsizlik ma’nosi ikki xil usul bilan ifodalanadi: 1. Leksik-semantik usul. Bunda fe’llar o`z leksik ma’nosiga ko`ra biror affiks olmagan, hech qanday shakl o`zgarishisiz (o`zak-negiz holida) o`timli yoki
 
 
o`timsiz bo`ladi. Masalan: ol, och, ko`r, yoz, ich, qo`y, so`ra, ber kabilar o`timli; bor, 
kel, o`tir, uxla, yot, yur kabilar o`timsiz fe’llardir. 
 2. Morfologik usul. Bunda fe’l o`zak-negiziga qo`shiladigan fe’l nisbatini 
yasaydigan qo`shimchalar (o`zlik, majhullik, orttirma nisbat qo`shimchalari) o`timli 
va o`timsiz fe’llarni belgilab beradi. Fe’l o`zak-negiziga nisbat qo`shimchalari 
qo`shilganda, fe’lning o`timli-o`timsizligi quyidagicha yuz beradi: 
1) o`zlik va majhullik nisbat qo`shimchalari o`timli fe’lni o`timsiz fe’lga 
aylantiradi: so`radi - o`timli fe’l, so`raldi - o`timsiz fe’l; ko`rdi - o`timli fe’l, ko`rindi 
- o`timsiz fe’l. So`radi o`timli fe’liga qo`shilgan –l majhullik nisbat qo`shimchasi, 
ko`rdi o`timli fe’lga qo`shilgan –in o`zlik nisbat qo`shimchasi so`radi, ko`rdi 
fe’llarini o`timsiz fe’llarga aylantirdi; 
2) orttirma nisbat qo`shimchalari, aksincha, o`timsiz fe’lni o`timli fe’lga 
aylantiradi: kuldi - o`timsiz fe’l, kuldirdi - o`timli fe’l; yurdi - o`timsiz fe’l, yurgizdi 
- o`timli fe’l; uxladi - o`timsiz fe’l, uxlatdi - o`timli fe’l.  
3) orttirma nisbat qo`shimchalari orqali o`timli fe’ldan yana o`timli fe’l hosil 
qilinadi: esladi - o`timli fe’l, eslatdi - o`timli fe’l; ichdi - o`timli fe’l, ichirdi - o`timli 
fe’l.  
Qo`shma fe’llarda o`timli va o`timsizlik ma’nosi yyetakchi qismga qarab 
belgilanadi. Masalan: aytib berdi, ko`ra boshladi, yozib chiqdi qo`shma fe’llarda 
aytib, ko`ra, yozib yetaksi qismning o`timli ekanligi shu fe’llarning o`timli ekanligini 
ko`rsatadi. Aksincha, qo`shma fe’llarning yyetakchi qismi o`timsiz fe’ldan bo`lsa, 
butun qo`shma fe’l o`timsiz bo`ladi: o`sa boshladi, quvonib ketdi, kulib qo`ydi kabi. 
 
Bo`lishli va bo`lishsiz fe’llar 
 
Ish-harakatning bajarilishi haqidagi tasdiq yoki inkor tushunchasi fe’ldagi 
bo`lishli va bo`lishsizlik ma’nosini anglatadi. 
Ish-harakatning bajarilishi haqidagi tasdiqni anglatuvchi fe’llar bo`lishli fe’l 
deyiladi. Fe’ldagi bo`lishlilik ma’nosini ifodalovchi maxsus grammatik ko`rsatkich 
yo`q: o`qi, eslat, qolgan, borsa, aytib bergan, o`qib chiqdi, hurmat qil kabi. Masalan: 
Ona so`zining o`zi har yurakka jarangli sado beradi (Hikmatlar guldastasi). O`z 
burchini bajarishdan mamnun odamligina erkin yashaydi (Tafakkur gulshani). 
o`timsiz bo`ladi. Masalan: ol, och, ko`r, yoz, ich, qo`y, so`ra, ber kabilar o`timli; bor, kel, o`tir, uxla, yot, yur kabilar o`timsiz fe’llardir. 2. Morfologik usul. Bunda fe’l o`zak-negiziga qo`shiladigan fe’l nisbatini yasaydigan qo`shimchalar (o`zlik, majhullik, orttirma nisbat qo`shimchalari) o`timli va o`timsiz fe’llarni belgilab beradi. Fe’l o`zak-negiziga nisbat qo`shimchalari qo`shilganda, fe’lning o`timli-o`timsizligi quyidagicha yuz beradi: 1) o`zlik va majhullik nisbat qo`shimchalari o`timli fe’lni o`timsiz fe’lga aylantiradi: so`radi - o`timli fe’l, so`raldi - o`timsiz fe’l; ko`rdi - o`timli fe’l, ko`rindi - o`timsiz fe’l. So`radi o`timli fe’liga qo`shilgan –l majhullik nisbat qo`shimchasi, ko`rdi o`timli fe’lga qo`shilgan –in o`zlik nisbat qo`shimchasi so`radi, ko`rdi fe’llarini o`timsiz fe’llarga aylantirdi; 2) orttirma nisbat qo`shimchalari, aksincha, o`timsiz fe’lni o`timli fe’lga aylantiradi: kuldi - o`timsiz fe’l, kuldirdi - o`timli fe’l; yurdi - o`timsiz fe’l, yurgizdi - o`timli fe’l; uxladi - o`timsiz fe’l, uxlatdi - o`timli fe’l. 3) orttirma nisbat qo`shimchalari orqali o`timli fe’ldan yana o`timli fe’l hosil qilinadi: esladi - o`timli fe’l, eslatdi - o`timli fe’l; ichdi - o`timli fe’l, ichirdi - o`timli fe’l. Qo`shma fe’llarda o`timli va o`timsizlik ma’nosi yyetakchi qismga qarab belgilanadi. Masalan: aytib berdi, ko`ra boshladi, yozib chiqdi qo`shma fe’llarda aytib, ko`ra, yozib yetaksi qismning o`timli ekanligi shu fe’llarning o`timli ekanligini ko`rsatadi. Aksincha, qo`shma fe’llarning yyetakchi qismi o`timsiz fe’ldan bo`lsa, butun qo`shma fe’l o`timsiz bo`ladi: o`sa boshladi, quvonib ketdi, kulib qo`ydi kabi. Bo`lishli va bo`lishsiz fe’llar Ish-harakatning bajarilishi haqidagi tasdiq yoki inkor tushunchasi fe’ldagi bo`lishli va bo`lishsizlik ma’nosini anglatadi. Ish-harakatning bajarilishi haqidagi tasdiqni anglatuvchi fe’llar bo`lishli fe’l deyiladi. Fe’ldagi bo`lishlilik ma’nosini ifodalovchi maxsus grammatik ko`rsatkich yo`q: o`qi, eslat, qolgan, borsa, aytib bergan, o`qib chiqdi, hurmat qil kabi. Masalan: Ona so`zining o`zi har yurakka jarangli sado beradi (Hikmatlar guldastasi). O`z burchini bajarishdan mamnun odamligina erkin yashaydi (Tafakkur gulshani).