FERDINAND DE SOSSYUR LINGVISTIK NAZARIYASI. TILSHUNOSLIKDA STRUKTURALIZM

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

10

File size

Fayl hajmi

316,5 KB


FERDINAND DE SOSSYUR LINGVISTIK NAZARIYASI.
TILSHUNOSLIKDA STRUKTURALIZM
RЕJA:
1.  Ferdinand de Sossyurning sotsiologik ta`limoti.
2.  Til va nutqning farqli jihatlari.
3.  Tilshunoslikda  strukturalizm  yo`nalishi.  Praga,  Amerika,  Kopengagen
strukturalizm maktablari.
Logotip
FERDINAND DE SOSSYUR LINGVISTIK NAZARIYASI. TILSHUNOSLIKDA STRUKTURALIZM RЕJA: 1. Ferdinand de Sossyurning sotsiologik ta`limoti. 2. Til va nutqning farqli jihatlari. 3. Tilshunoslikda strukturalizm yo`nalishi. Praga, Amerika, Kopengagen strukturalizm maktablari.
1.  Ferdinand de Sossyurning sotsiologik ta`limoti. 
XX asrdan boshlab tilshunoslik fanining predmetini aniqlashda yangi davr
boshlandi. Ferdinand De Sossyur (1857–1913) – Jenevada tug‘ilgan, shveysariyalik
fransuz. Jeneva, Leypsig, Berlinda ta’lim oldi. 1878 yilda yigirma yasharlik F. De
Sossyur  “Hind-Yevropa  tillaridagi  dastlabki  unli  tovushlarning  sistemasining
tadqiqi” nomli ishi e’lon qilindi.1881 yilda Leypsigda doktorlik dis-yasini himoya
qildi. 1906 yildan Jenevada umumiy tilshunoslik kafedrasiga rahbarlik qildi va
tadqiqotlari asosida ma’ruzalar o‘qidi. 
F.  de  Sossyurning  fanda  mashhur  bo‘lgan  eng  yirik  asari  “Umumiy
tilshunoslik kursi” deb ataladi. Ushbu asarni Sossyur vafotidan keyin 1916 yilda
uning shogirdlari Sharl Balli va Albert Setselar o‘z konspektlari asosida chop
ettirishgan bo‘lib, 1931 yilda nemis tilida, 1933 yilda rus tilida nashr ettirildi.
Sossyurning tilning ijtimoiy xususiyati haqidagi qarashlari tilshunoslikda
keskin burilish bo‘lishiga olib keldi. Xususan, uning “Til material emas, balki
formadir”  degan  fikri  Praga,  Kopengagen,  Amerika  struktural  maktablarining
shakllanishida asosiy omil bo‘ldi. Sossyur fikricha,insonning nutq faoliyati ko‘p
qirrali hodisa bo‘lib, falsafa, psixologiya, fiziologiya, antropologiya, matematika
va  boshqa  fanlar  bilan  bog‘liq.  Sossyur  til  bilan  nutq  o‘rtasidagi  o‘zaro
bog‘lanishni  e’tirof etsada, ularni til lingvistikasi  va nutq lingvistikasi  tarzida
alohida o‘rganishni, bunda tilshunoslik asosan til lingvistikasi bilan shug‘ullanishi,
nutq lingvistikasi esa fizika, fiziologiya, psixologiya kabi fanlarda o‘rganilishi
kerak,  deb  hisoblaydi.  U  nutq  faoliyatini  o‘rganishda  V.  fon  Gumboldt  kabi
antinomiya metodidan foydalanib, til va nutq, sinxroniya va diaxroniya, ichki va
tashqi lingvistika antinomiyalarini ilgari surdi. 
2.  Til va nutqning farqli jihatlari.
Til va nutq o`rtasidagi bog`liqlik, o`zaro aloqadorlik quyidagilardan ham
ma`lum bo`ladi. Til nutq asosida tashkil topadi va nutq orqali reallashadi. Til bir
vaqtning o`zida ham asos, ham nutq mahsuli. Til aloqa uchun material bersa, nutq
Logotip
1. Ferdinand de Sossyurning sotsiologik ta`limoti. XX asrdan boshlab tilshunoslik fanining predmetini aniqlashda yangi davr boshlandi. Ferdinand De Sossyur (1857–1913) – Jenevada tug‘ilgan, shveysariyalik fransuz. Jeneva, Leypsig, Berlinda ta’lim oldi. 1878 yilda yigirma yasharlik F. De Sossyur “Hind-Yevropa tillaridagi dastlabki unli tovushlarning sistemasining tadqiqi” nomli ishi e’lon qilindi.1881 yilda Leypsigda doktorlik dis-yasini himoya qildi. 1906 yildan Jenevada umumiy tilshunoslik kafedrasiga rahbarlik qildi va tadqiqotlari asosida ma’ruzalar o‘qidi. F. de Sossyurning fanda mashhur bo‘lgan eng yirik asari “Umumiy tilshunoslik kursi” deb ataladi. Ushbu asarni Sossyur vafotidan keyin 1916 yilda uning shogirdlari Sharl Balli va Albert Setselar o‘z konspektlari asosida chop ettirishgan bo‘lib, 1931 yilda nemis tilida, 1933 yilda rus tilida nashr ettirildi. Sossyurning tilning ijtimoiy xususiyati haqidagi qarashlari tilshunoslikda keskin burilish bo‘lishiga olib keldi. Xususan, uning “Til material emas, balki formadir” degan fikri Praga, Kopengagen, Amerika struktural maktablarining shakllanishida asosiy omil bo‘ldi. Sossyur fikricha,insonning nutq faoliyati ko‘p qirrali hodisa bo‘lib, falsafa, psixologiya, fiziologiya, antropologiya, matematika va boshqa fanlar bilan bog‘liq. Sossyur til bilan nutq o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishni e’tirof etsada, ularni til lingvistikasi va nutq lingvistikasi tarzida alohida o‘rganishni, bunda tilshunoslik asosan til lingvistikasi bilan shug‘ullanishi, nutq lingvistikasi esa fizika, fiziologiya, psixologiya kabi fanlarda o‘rganilishi kerak, deb hisoblaydi. U nutq faoliyatini o‘rganishda V. fon Gumboldt kabi antinomiya metodidan foydalanib, til va nutq, sinxroniya va diaxroniya, ichki va tashqi lingvistika antinomiyalarini ilgari surdi. 2. Til va nutqning farqli jihatlari. Til va nutq o`rtasidagi bog`liqlik, o`zaro aloqadorlik quyidagilardan ham ma`lum bo`ladi. Til nutq asosida tashkil topadi va nutq orqali reallashadi. Til bir vaqtning o`zida ham asos, ham nutq mahsuli. Til aloqa uchun material bersa, nutq
shu materialdan fikr  shakllantirishdir. F.de Sossyur  aytganidek, til bizga nutq
tushunarli  bo`lishi  uchun  zarur  bo`lsa,  nutq  esa  tilning  taraqqiyoti,  yashashi,
shakllanishi uchun zarur. Tarixiy jihatdan nutq faktlar tildan oldin keladi.
Har  bir  nutq  faoliyatida  til  elementlari  ishtirok  etadi.  Agar  til  sestem
harakterga ega bo`lsa, nutq ham, tilo elementlari asosida namoyon bo`lgandan
keyin, sestem harakterga ega bo`ladi.
Demak, til individual nutq shaklida faoliyat ko`rsatadi. Til va nutq ham
ijtimoiy, ham individual. Tildagi ijtimoiylik nutq orqali namoyon bo`ladi. Tildagi
ijtimoiylik yashirin, ichki hodisa bo`lsa, nutqdagi ijtimoiylik tashqi, real hodisadir.
Til  mavhumdir, nutq esa  aniqdir, ya`ni  nutqni  eshitamiz,  akustik  qabul
qilamiz va ko`ramiz (matnda). Nutq doimo aniq bo`lib, muayyan o`rinda (joyda) va
muayyan vaqtda yuz beradi. Nutq so`zlovchining, tinglovchining va predmetning –
fikr yuritilayotgan predmetning mavjud bo`lishini talab qiladi.
Nutq – alohida shaxsga, individga bog`liq. Til esa alohida shaxsga, individga
bog`liq emas.
1. Tilshunoslik fanining haqiqiy ob’ekti – tildir. Tilni psixologiya, mantiq,
fiziologiya kabi  fanlar nuqtai nazaridan emas, balki bevosita tilshunoslik  fani
asosida o‘rganish kerak.
2.  Til  sistem  tuzilishga  ega  bo‘lgan  ijtimoiy  hodisadir.  Til  belgilari,
hodisalari  o‘zaro  dialektik  bog‘liq  bo‘lib,  ular  bir-birini  belgilaydi  va  o‘zaro
mantiqiy, zaruriy aloqaga kirishib, bir butunlikni – til sistemasini hosil qiladi. 
3.  Til  g‘oya,  fikr,  ma’no  tashuvchi  belgilar  sistemasidir.  Til  belgisi  2
tomonga: ifoda tomoni (ifodalovchi) va mazmun tomoni (ifodalanuvchi)ga ega
shartli, ixtiyoriy, birlikdir. Ular moddiy va ruhiy tomonlar, ya’ni tovush va ma’no
birligidan iborat bo‘lib, o‘zaro dialektik bog‘liqlikdabitta ijtimoiy vazifani bajaradi,
fikr almashuvni – kommunikativ jarayonni ta’minlaydi.
4. Sossyur tilni ichki va tashqi lingvistikaga ajratadi va ularni bir-biriga
qarama-qarshi qo‘yadi. Uning fikricha, ichki lingvistikatilning strukturasini, tashqi
lingvistika esa tilniu yashaydigan real shart-sharoit - jamiyat taraqqiyoti bilan
bog‘liq holda o‘rganishi kerakligini ta’kidlaydi. Aynan shu masalalar umumiy
tilshoslikning o‘rganish ob’ektihisoblanadi. 
Logotip
shu materialdan fikr shakllantirishdir. F.de Sossyur aytganidek, til bizga nutq tushunarli bo`lishi uchun zarur bo`lsa, nutq esa tilning taraqqiyoti, yashashi, shakllanishi uchun zarur. Tarixiy jihatdan nutq faktlar tildan oldin keladi. Har bir nutq faoliyatida til elementlari ishtirok etadi. Agar til sestem harakterga ega bo`lsa, nutq ham, tilo elementlari asosida namoyon bo`lgandan keyin, sestem harakterga ega bo`ladi. Demak, til individual nutq shaklida faoliyat ko`rsatadi. Til va nutq ham ijtimoiy, ham individual. Tildagi ijtimoiylik nutq orqali namoyon bo`ladi. Tildagi ijtimoiylik yashirin, ichki hodisa bo`lsa, nutqdagi ijtimoiylik tashqi, real hodisadir. Til mavhumdir, nutq esa aniqdir, ya`ni nutqni eshitamiz, akustik qabul qilamiz va ko`ramiz (matnda). Nutq doimo aniq bo`lib, muayyan o`rinda (joyda) va muayyan vaqtda yuz beradi. Nutq so`zlovchining, tinglovchining va predmetning – fikr yuritilayotgan predmetning mavjud bo`lishini talab qiladi. Nutq – alohida shaxsga, individga bog`liq. Til esa alohida shaxsga, individga bog`liq emas. 1. Tilshunoslik fanining haqiqiy ob’ekti – tildir. Tilni psixologiya, mantiq, fiziologiya kabi fanlar nuqtai nazaridan emas, balki bevosita tilshunoslik fani asosida o‘rganish kerak. 2. Til sistem tuzilishga ega bo‘lgan ijtimoiy hodisadir. Til belgilari, hodisalari o‘zaro dialektik bog‘liq bo‘lib, ular bir-birini belgilaydi va o‘zaro mantiqiy, zaruriy aloqaga kirishib, bir butunlikni – til sistemasini hosil qiladi. 3. Til g‘oya, fikr, ma’no tashuvchi belgilar sistemasidir. Til belgisi 2 tomonga: ifoda tomoni (ifodalovchi) va mazmun tomoni (ifodalanuvchi)ga ega shartli, ixtiyoriy, birlikdir. Ular moddiy va ruhiy tomonlar, ya’ni tovush va ma’no birligidan iborat bo‘lib, o‘zaro dialektik bog‘liqlikdabitta ijtimoiy vazifani bajaradi, fikr almashuvni – kommunikativ jarayonni ta’minlaydi. 4. Sossyur tilni ichki va tashqi lingvistikaga ajratadi va ularni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yadi. Uning fikricha, ichki lingvistikatilning strukturasini, tashqi lingvistika esa tilniu yashaydigan real shart-sharoit - jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq holda o‘rganishi kerakligini ta’kidlaydi. Aynan shu masalalar umumiy tilshoslikning o‘rganish ob’ektihisoblanadi.
5. Sossyur tilda 2 aspektni: sinxroniya va diaxroniyani farqlaydi. Uning
fikricha,  til  sistemasi  va  strukturasini  o‘rganishda  ayniqsa  sinxron  aspektning
ahamiyati  katta,  tilshunoslik  fanining  bosh  vazifasi  til  hodisalarining  bugungi
kundagi holatini o‘rganishdir va bu tilning tarixini, boshqa tillar bilan qiyosini
o‘rganishdan avval bo‘lishi kerak.
6. Sossyur tilni til va nutqqa ajratadi. 
 1) Til – ijtimoiy, umumiy, nutq esa individual hodisa.
 2) Til sistem, nutq esa asistem hodisa.
 3)Til potensial (yashirin imkoniyat), nutqesa real voqelik.
 4) Til sinxron, nutq esa diaxron, tarixiy hodisa.
 5) Til - mohiyat, nutq – hodisa.
7. Sossyur til va nutq birliklariorasidagi o‘zaro bog‘lanishni paradigmatik va
sintagmatik munosabatga ajratadi. Paradigmatik munosabat til birliklarining bir
paradigmaga, masalan, so‘zlarning vertikal yo‘nalishda turlanish yoki tuslanish
qatoriga birlashishi va bosh, asosiga ko‘ra farqlanishidir. Masalan, kitob, kitobni,
kitobning, kitobda, kitobdan so‘zlarining ma’nosi bosh kelishik shakliga ko‘ra
olinadi. Sintagmatik munosabatda esa til birliklarining o‘zaro semantik-sintaktik
munosabatga kirishishi va gorizontal planda birikmalar hosil qilishi tushuniladi:
kitobning qadri, kitobni o‘qish kabi.
Paradigmatik  munosabat  til  birliklarining  nutqqacha  bo‘lgan  til  hodisasi
bo‘lsa,  sintagmatik  munosabat  til  birliklarining  nutq  jarayonidagi  mantiqiy
munosabatidir va u nutq hodisasi sifatida qaraladi. 
Xulosa qilib aytganda, XX asr tilshunoslik fanida keskin burilishlar sodir
bo‘lgan davr bo‘ldi. Yuqorida qayd etilgan oqimlar, mashhur tilshunos olimlarning
qarashlari  va  faoliyatlari  tilshunoslik  fanining  keng  miqyosda  rivojlanishiga
Logotip
5. Sossyur tilda 2 aspektni: sinxroniya va diaxroniyani farqlaydi. Uning fikricha, til sistemasi va strukturasini o‘rganishda ayniqsa sinxron aspektning ahamiyati katta, tilshunoslik fanining bosh vazifasi til hodisalarining bugungi kundagi holatini o‘rganishdir va bu tilning tarixini, boshqa tillar bilan qiyosini o‘rganishdan avval bo‘lishi kerak. 6. Sossyur tilni til va nutqqa ajratadi.  1) Til – ijtimoiy, umumiy, nutq esa individual hodisa.  2) Til sistem, nutq esa asistem hodisa.  3)Til potensial (yashirin imkoniyat), nutqesa real voqelik.  4) Til sinxron, nutq esa diaxron, tarixiy hodisa.  5) Til - mohiyat, nutq – hodisa. 7. Sossyur til va nutq birliklariorasidagi o‘zaro bog‘lanishni paradigmatik va sintagmatik munosabatga ajratadi. Paradigmatik munosabat til birliklarining bir paradigmaga, masalan, so‘zlarning vertikal yo‘nalishda turlanish yoki tuslanish qatoriga birlashishi va bosh, asosiga ko‘ra farqlanishidir. Masalan, kitob, kitobni, kitobning, kitobda, kitobdan so‘zlarining ma’nosi bosh kelishik shakliga ko‘ra olinadi. Sintagmatik munosabatda esa til birliklarining o‘zaro semantik-sintaktik munosabatga kirishishi va gorizontal planda birikmalar hosil qilishi tushuniladi: kitobning qadri, kitobni o‘qish kabi. Paradigmatik munosabat til birliklarining nutqqacha bo‘lgan til hodisasi bo‘lsa, sintagmatik munosabat til birliklarining nutq jarayonidagi mantiqiy munosabatidir va u nutq hodisasi sifatida qaraladi. Xulosa qilib aytganda, XX asr tilshunoslik fanida keskin burilishlar sodir bo‘lgan davr bo‘ldi. Yuqorida qayd etilgan oqimlar, mashhur tilshunos olimlarning qarashlari va faoliyatlari tilshunoslik fanining keng miqyosda rivojlanishiga
sababbo‘ldi.  Albatta,  bu  o‘rinda  ayniqsa  tilning  sistemaliligi,  til  va  nutq
dialektikasi,  tilning  ijtimoiyligi  g‘oyalarini  ilgari  surgan  Sossyur  ta’limotining
ahamiyati  beqiyos.  Sossyur  ta’limoti  tilshunoslikda  nafaqat  sotsiologik
lingvistikaning yuzaga kelishida, balki bir qator lingvistik maktablar va struktural
lingvistikaning vujudga kelishida ham muhim omillardan biri bo‘ldi. 
Ferdinand de Sossyur ta’limotining kuchli tomonlari:
1. U tilning sistem xarakterga ega ekanligi haqidagi g‘oyani olg‘a surdi.
2. U tilda assotsiativ va sintagmatik munosabatlarni ajratib ko‘rsatatdi.
3. Sossyur til birligining ma’nodorligi va qimmati haqidagi ta’limotni yaratdi.
4. Sossyur nazariyasining eng muhim jihati shundaki, u ilk bor “Til va nutq”
dixotomiyasini bahs maydoniga tashladi.
5. U  ichki  (intralingvistika)  va  tashqi  (ekstralingvistika)  tushunchalarini
farqladi.  Uning  fikricha  ichki  lingvistikaning  bitta  o‘zi  tilning  ijtimoiy
mohiyatini to‘liq ochib bera olmaydi.
Ferdinand de Sossyur ta’limotining zaif tomonlari:
1. Sossyur lisoniy belgini ikki tomonlama psixik qurilma deb qaradi.
2. Sossyur tovushlar nutq elementlari, ular til elementlari emas degan g‘oya
bilan fonologiyani lingvistikadan chiqarib tashlash g‘oyasini ilgari surdi.
3. Tilshunoslikda strukturalizm yo`nalishi. Praga, Amerika, Kopengagen
strukturalizm maktablari.
Struktural lingvistika va uning maktablari
Strukturalizm
 atamasi  va  tushunchasi  dastlab  golland  faylasufi
X.I.Boasning 1939 yilda nashr qilingan maqolasida tilga olingan bo‘lib, u tilni
belgilar sistemasi sifatida o‘rganuvchi, tilshunoslikning asosiy komponentlari –
fonetika,  grammatika,  leksika  o‘rtasidagi  o‘zaro  bog‘lanish  va  munosabatlarni
tekshiruvchi,  tilning  tuzilishi  to‘g‘risidagi  ta’limot  hisoblanadi.  Bu  aslida
Ferdinand   de  Sossyur  tomonidan  bildirilgan  g‘oya  asosida  yuzaga  kelgan
lingvistik  yo‘nalish  bo‘lib,  XX  asrning  30-  yillaridan  struktural  lingvistika
maqomini  oldi  va  Chexoslovakiya  hamda  Daniya  olimlari  tomonidan
rivojlantirildi.
Logotip
sababbo‘ldi. Albatta, bu o‘rinda ayniqsa tilning sistemaliligi, til va nutq dialektikasi, tilning ijtimoiyligi g‘oyalarini ilgari surgan Sossyur ta’limotining ahamiyati beqiyos. Sossyur ta’limoti tilshunoslikda nafaqat sotsiologik lingvistikaning yuzaga kelishida, balki bir qator lingvistik maktablar va struktural lingvistikaning vujudga kelishida ham muhim omillardan biri bo‘ldi. Ferdinand de Sossyur ta’limotining kuchli tomonlari: 1. U tilning sistem xarakterga ega ekanligi haqidagi g‘oyani olg‘a surdi. 2. U tilda assotsiativ va sintagmatik munosabatlarni ajratib ko‘rsatatdi. 3. Sossyur til birligining ma’nodorligi va qimmati haqidagi ta’limotni yaratdi. 4. Sossyur nazariyasining eng muhim jihati shundaki, u ilk bor “Til va nutq” dixotomiyasini bahs maydoniga tashladi. 5. U ichki (intralingvistika) va tashqi (ekstralingvistika) tushunchalarini farqladi. Uning fikricha ichki lingvistikaning bitta o‘zi tilning ijtimoiy mohiyatini to‘liq ochib bera olmaydi. Ferdinand de Sossyur ta’limotining zaif tomonlari: 1. Sossyur lisoniy belgini ikki tomonlama psixik qurilma deb qaradi. 2. Sossyur tovushlar nutq elementlari, ular til elementlari emas degan g‘oya bilan fonologiyani lingvistikadan chiqarib tashlash g‘oyasini ilgari surdi. 3. Tilshunoslikda strukturalizm yo`nalishi. Praga, Amerika, Kopengagen strukturalizm maktablari. Struktural lingvistika va uning maktablari Strukturalizm atamasi va tushunchasi dastlab golland faylasufi X.I.Boasning 1939 yilda nashr qilingan maqolasida tilga olingan bo‘lib, u tilni belgilar sistemasi sifatida o‘rganuvchi, tilshunoslikning asosiy komponentlari – fonetika, grammatika, leksika o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish va munosabatlarni tekshiruvchi, tilning tuzilishi to‘g‘risidagi ta’limot hisoblanadi. Bu aslida Ferdinand de Sossyur tomonidan bildirilgan g‘oya asosida yuzaga kelgan lingvistik yo‘nalish bo‘lib, XX asrning 30- yillaridan struktural lingvistika maqomini oldi va Chexoslovakiya hamda Daniya olimlari tomonidan rivojlantirildi.
Strukturalizm tilni faqat tarixiy tomondan va qiyoslab o‘rganishni cheklash,
har bir tilni grammatik qurilishi va amal qilishi nuqtai nazaridan o‘rganishni ilgari
suradi.
Strukturalizm yo‘nalishining umumiy xususiyatlari:
 1.Til belgi – semiotik tizim: tilning tuzilishi pog‘onali,unda har bir  belgi
mavjud strukturaning ichki munosabatidir 
 2.  Tilning  asosiy  birliklari  -  fonema  va  morfemalar,  ular  o‘rtasidagi
paradigmatik va sintagmatik munosabatlar til birliklarining asosiy tuzilish
shakllari hisoblanadi.
 3.  Tilni  o‘rganishda  diaxronik  metodlarga  qaraganda  sinxronik  tavsif
metodlari afzalroqdir.
 4. Til birligi tarkibini lingvistik tavsif qilishda lingvistik tadqiqotlar birinchi
o‘rinda turadi. 
Strukturalizmning quyidagi maktablari yuzaga keldi: 
1. Praga funksional lingvistika maktabi;
2. Amerika deskriptiv lingvistika maktabi;
    3. Kopengagen glossematika lingvistika maktabi. 
Praga funksional lingvistika maktabi
Strukturalizmning  dastlabki  qarashlarii  1926  yilda
Chexoslavakiyadagi  Praga  lingvistik  to‘garagi tomonidan
tashkil qilingan, 1929 yildan mustaqil oqim sifatida rivojlanib,
o‘z qarashlarini 10 yil mobaynida muntazam nashr qilingan
“Praga lingvistik to‘garagining asarlari”da ifoda qilingan. Bu
maktab XX asrning 30-yillarida gullab-yashnadi, ammo 40-
yillarga kelib, uning faoliyati pasaydi va 1953 yilda tashkiliy
jihatdan tarqalib ketdi. Biroq ushbu maktabning g‘oyalari jahon lingvistikasiga
katta ta’sir qildi va hozirgi kunda ham ta’sir qilib kelmoqda. Uning yetakchi
namoyondalari:  chex  tilshunosi  Vil’yam  Matezius  (1882-1945),  Garvard
universiteti  professori  Roman  Osipovich  Yakobson   (1896),  rus  tilshunosi,
slavyanist va fonolog Nikolay Sergeevich Trubeskoy (1890-1938)lar bo‘lganlar. 
Logotip
Strukturalizm tilni faqat tarixiy tomondan va qiyoslab o‘rganishni cheklash, har bir tilni grammatik qurilishi va amal qilishi nuqtai nazaridan o‘rganishni ilgari suradi. Strukturalizm yo‘nalishining umumiy xususiyatlari:  1.Til belgi – semiotik tizim: tilning tuzilishi pog‘onali,unda har bir belgi mavjud strukturaning ichki munosabatidir  2. Tilning asosiy birliklari - fonema va morfemalar, ular o‘rtasidagi paradigmatik va sintagmatik munosabatlar til birliklarining asosiy tuzilish shakllari hisoblanadi.  3. Tilni o‘rganishda diaxronik metodlarga qaraganda sinxronik tavsif metodlari afzalroqdir.  4. Til birligi tarkibini lingvistik tavsif qilishda lingvistik tadqiqotlar birinchi o‘rinda turadi. Strukturalizmning quyidagi maktablari yuzaga keldi: 1. Praga funksional lingvistika maktabi; 2. Amerika deskriptiv lingvistika maktabi; 3. Kopengagen glossematika lingvistika maktabi. Praga funksional lingvistika maktabi Strukturalizmning dastlabki qarashlarii 1926 yilda Chexoslavakiyadagi Praga lingvistik to‘garagi tomonidan tashkil qilingan, 1929 yildan mustaqil oqim sifatida rivojlanib, o‘z qarashlarini 10 yil mobaynida muntazam nashr qilingan “Praga lingvistik to‘garagining asarlari”da ifoda qilingan. Bu maktab XX asrning 30-yillarida gullab-yashnadi, ammo 40- yillarga kelib, uning faoliyati pasaydi va 1953 yilda tashkiliy jihatdan tarqalib ketdi. Biroq ushbu maktabning g‘oyalari jahon lingvistikasiga katta ta’sir qildi va hozirgi kunda ham ta’sir qilib kelmoqda. Uning yetakchi namoyondalari: chex tilshunosi Vil’yam Matezius (1882-1945), Garvard universiteti professori Roman Osipovich Yakobson (1896), rus tilshunosi, slavyanist va fonolog Nikolay Sergeevich Trubeskoy (1890-1938)lar bo‘lganlar.
Praga struktural maktabining funksional lingvistika deb atalishiga sabab u
tildagi har bir elementning o‘z funksiyasi mavjud, deb hisoblaydi. Ushbu maktab
namoyondalari tilning morfologik tuzilishi, sintagmalar, lingvistik nominatsiyalarni
jiddiy o‘rgandilar,  sintagmatikani  alohida  nazariya  sifatida  ilgari  surib,  gap
bo‘laklarini an’anaviy o‘rganuvchi sintaksisga qarama-qarshi qo‘ydilar.
 Xususan,  o‘zaro  mantiqiy  munosabatlarda  gap  bo‘laklarining aktual
qismlarga bo‘linishi to‘g‘risidagi Mateziusning ta’limoti katta obro‘ga ega bo‘ldi.
Uning fikricha, agar rasmiy, an’anaviy mantiqiy grammatik bo‘linishdagi asosiy
elementlar  grammatik  ob’ekt  va  grammatik  predikat  bo‘lsa,  unda  dolzarb
bo‘linishda  so‘zning o‘zak va  yadrosi o‘zini  namoyon  qiladi. Gapning aktual
bo‘linishida ohang (intonatsiya) va gap tartibi asosiy vositalar sifatida xizmat
qiladi.  Til va nutqni chegaralash til va stil faoliyatining chegaralanishiga olib
keladi. 
Amerika
 
   deskriptiv
 
   lingvistika
 
   maktabi
 
 
Ushbu 
lingvistik
 
maktab
Amerikaning  mashhur  lingvisti  va
antropologi Frans Boas (1858-1942)
ilmiy qarashlari asosida  1933-1957
yillarda 
AQShda 
vujudga 
keldi.
F.Boas Amerika hindularining tasviriy grammatikasiga bag‘ishlangan asarlarida
barcha tillarni tasvirlashning yagona tamoyilini inkor qilishga va aniq tilning o‘z
mantiqi asosida, tilning “ichidan” induksiya yo‘li bilan o‘rganishga chaqirgan edi.
F.Boasning ishini Eduard Sepir (1884-1939) hamda Leonard Blumfild (1887-1949)
davom ettirdilar. E.Sepir Kanada, Meksika va AQShdagi mahalliy aholilar tillari
bo‘yicha tadqiqotlar olib borib, o‘zining asosiy “Til” (1921) asarida tilni insonning
aloqa quroli bo‘lgan aniq tillar ta’siri ostida bo‘lishini, insonlarning madaniyati
qanday bo‘lishi ham tillarga bog‘liq bo‘lishini ilgari surgan. Sepir tilshunoslikda
etnolingvistika yo‘nalishining shakllanishiga asos soldi. 
Logotip
Praga struktural maktabining funksional lingvistika deb atalishiga sabab u tildagi har bir elementning o‘z funksiyasi mavjud, deb hisoblaydi. Ushbu maktab namoyondalari tilning morfologik tuzilishi, sintagmalar, lingvistik nominatsiyalarni jiddiy o‘rgandilar, sintagmatikani alohida nazariya sifatida ilgari surib, gap bo‘laklarini an’anaviy o‘rganuvchi sintaksisga qarama-qarshi qo‘ydilar. Xususan, o‘zaro mantiqiy munosabatlarda gap bo‘laklarining aktual qismlarga bo‘linishi to‘g‘risidagi Mateziusning ta’limoti katta obro‘ga ega bo‘ldi. Uning fikricha, agar rasmiy, an’anaviy mantiqiy grammatik bo‘linishdagi asosiy elementlar grammatik ob’ekt va grammatik predikat bo‘lsa, unda dolzarb bo‘linishda so‘zning o‘zak va yadrosi o‘zini namoyon qiladi. Gapning aktual bo‘linishida ohang (intonatsiya) va gap tartibi asosiy vositalar sifatida xizmat qiladi. Til va nutqni chegaralash til va stil faoliyatining chegaralanishiga olib keladi. Amerika deskriptiv lingvistika maktabi Ushbu lingvistik maktab Amerikaning mashhur lingvisti va antropologi Frans Boas (1858-1942) ilmiy qarashlari asosida 1933-1957 yillarda AQShda vujudga keldi. F.Boas Amerika hindularining tasviriy grammatikasiga bag‘ishlangan asarlarida barcha tillarni tasvirlashning yagona tamoyilini inkor qilishga va aniq tilning o‘z mantiqi asosida, tilning “ichidan” induksiya yo‘li bilan o‘rganishga chaqirgan edi. F.Boasning ishini Eduard Sepir (1884-1939) hamda Leonard Blumfild (1887-1949) davom ettirdilar. E.Sepir Kanada, Meksika va AQShdagi mahalliy aholilar tillari bo‘yicha tadqiqotlar olib borib, o‘zining asosiy “Til” (1921) asarida tilni insonning aloqa quroli bo‘lgan aniq tillar ta’siri ostida bo‘lishini, insonlarning madaniyati qanday bo‘lishi ham tillarga bog‘liq bo‘lishini ilgari surgan. Sepir tilshunoslikda etnolingvistika yo‘nalishining shakllanishiga asos soldi.