FERDINAND DE SOSSYURNING LINGVISTIK QARASHLARI

Yuklangan vaqt

2024-05-23

Yuklab olishlar soni

2

Sahifalar soni

4

Faytl hajmi

55,9 KB


Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
FERDINAND DE SOSSYURNING LINGVISTIK QARASHLARI: 
 
Nazariyotchi olim Ferdinand do‘ Sossyur (1857-1913)ning ilmiy g‘oyasi 
tilning murakkab ziddiyatlarga boy, ko‘p tomonlama ijtimoiy hodisa ekanligiga 
asoslangan. 
Ferdinand de Sossyurning tilshunoslikning o‘rganish ob’ekti nutqiy faoliyat 
bo‘lishi kerak deydi. Shu bilan birga F. do‘ Sossyur birinchi bor, nutqiy faoliyat til 
va nutqdan tashkil topgan butunlik ekanligini isbotlab berdi. Shunday ekan, 
tilshunoslik nutqiy faoliyat bilan birga til va nutqni o‘rganishi lozim. F. do‘ Sossyur 
til va nutqni mutloq farqladi, boshqa – boshqa hodisalar ekanligini ta’kidladi. 
Tilshunoslik fanining chegarasini, predmetini aniqroq ta’riflash maqsadida F. do‘ 
Sossyur til bilan nutqni ajratib, birbiriga qarama-qarshi qo‘ydi. Uning fikricha, til 
nutq faoliyatining faqat bir tomonini tashkil etadi. Til bilan nutqning asosiy farqi – 
til ijtimoiy, nutq esa individual hodisa ekanligidir. Bu fikr ham nisbiy bo‘lib, bir 
tomonlama olib qaralganda to‘g‘ri. Aslida til ham, nutq ham ijtimoiy, ham 
individual hodisalardir. Til bilan nutqning o‘zaro munosabatini F.do‘ Sossyur 
quyidagi sxemada ko‘rsatadi: 
 
Tilshunoslik nutq faoliyatini o‘rganishi zarur. Chunki, til va nutq nutqiy faoliyatning 
mahsuli. F.do‘ Sossyur til lingvistikasi va nutq lingvistikasi deb ikkiga bo‘ldi. Til 
lingvistikasini o‘rganishni birinchi darajali, nutq lingvistikasini o‘rganishni ikkinchi 
darajali vazifa qilib qo‘ydi. Bu jadvalda ijtimoiy tabiati jihatidan qaralganda til 
madaniy-tarixiy va ijtimoiy hodisadir. I.Qo‘chqortoyev “F.do‘ Sossyurning 
lingvistik konsepsiyasi” kitobida: “Tildan foydalanuvchi individni birinchi galda 
Ilmiybaza.uz FERDINAND DE SOSSYURNING LINGVISTIK QARASHLARI: Nazariyotchi olim Ferdinand do‘ Sossyur (1857-1913)ning ilmiy g‘oyasi tilning murakkab ziddiyatlarga boy, ko‘p tomonlama ijtimoiy hodisa ekanligiga asoslangan. Ferdinand de Sossyurning tilshunoslikning o‘rganish ob’ekti nutqiy faoliyat bo‘lishi kerak deydi. Shu bilan birga F. do‘ Sossyur birinchi bor, nutqiy faoliyat til va nutqdan tashkil topgan butunlik ekanligini isbotlab berdi. Shunday ekan, tilshunoslik nutqiy faoliyat bilan birga til va nutqni o‘rganishi lozim. F. do‘ Sossyur til va nutqni mutloq farqladi, boshqa – boshqa hodisalar ekanligini ta’kidladi. Tilshunoslik fanining chegarasini, predmetini aniqroq ta’riflash maqsadida F. do‘ Sossyur til bilan nutqni ajratib, birbiriga qarama-qarshi qo‘ydi. Uning fikricha, til nutq faoliyatining faqat bir tomonini tashkil etadi. Til bilan nutqning asosiy farqi – til ijtimoiy, nutq esa individual hodisa ekanligidir. Bu fikr ham nisbiy bo‘lib, bir tomonlama olib qaralganda to‘g‘ri. Aslida til ham, nutq ham ijtimoiy, ham individual hodisalardir. Til bilan nutqning o‘zaro munosabatini F.do‘ Sossyur quyidagi sxemada ko‘rsatadi: Tilshunoslik nutq faoliyatini o‘rganishi zarur. Chunki, til va nutq nutqiy faoliyatning mahsuli. F.do‘ Sossyur til lingvistikasi va nutq lingvistikasi deb ikkiga bo‘ldi. Til lingvistikasini o‘rganishni birinchi darajali, nutq lingvistikasini o‘rganishni ikkinchi darajali vazifa qilib qo‘ydi. Bu jadvalda ijtimoiy tabiati jihatidan qaralganda til madaniy-tarixiy va ijtimoiy hodisadir. I.Qo‘chqortoyev “F.do‘ Sossyurning lingvistik konsepsiyasi” kitobida: “Tildan foydalanuvchi individni birinchi galda
Ilmiybaza.uz 
 
tilning hozirgi holati (sinxronik holati), tilda hozir mavjud bo‘lgan vositalar 
sistemasi qiziqtiradi. Shu ma’noda tilning faqat sinxronik holati sistema hisoblanadi. 
Bu nuqtai nazar tilshunoslik fani uchun qanchalik muhim bo‘lmasin, u tilning 
mohiyatini to‘liq ochib bera olmaydi. Til ifoda ehtiyojlariga moslashib boruvchi 
qurol. Tilning ifoda talablariga moslashuvi nutq jarayonida to‘xtovsiz amalga oshib 
boradi”, – deb yozadi [I.Qo‘chqortoyev, 1976: 30-31]. F.do‘ Sossyurning yuqorida 
keltirilgan jadvalida sinxroniya va diaxroniya tilga tegishli bo‘lgan hodisalardir. 
Bizning nazarimizda, tilning diaxronik holati ham sistemani taqozo etadi. Umuman 
til sof belgilar sistemasidir. Shuning uchun Ferdinand do‘ Sossyur “Til tafakkurni 
ifoda qiluvchi belgilar yig‘indisidan iboratdir”, – degan fikrni aytgan edi. 
Til – ma’lum bir ijtimoiy jamoaga tegishli kishilarning nutqiy faoliyati orqali 
to‘plangan xazinadir. Bu har bir til egasi ongida virtual mavjud bo‘lgan grammatik 
sistema, to‘g‘rirog‘i, u individlar yig‘indisi ongida yashaydi. Chunki til hech bir 
alohida individda to‘liq mavjud emas, u to‘liq holda faqat jamoada mavjud bo‘ladi 
[F. do‘ Sossyur, 1977: 52]. Til jamoa tafakkurida mavjud bo‘lgan sistem xarakterli 
ijtimoiy 
hodisadir. Ma’lum bir kishi tafakkurida to‘liq holda namoyon bo‘lmaydi. Tilning 
yashash joyi, rivojlanadigan, taraqqiyot qiladigan joyi ham jamoa qolaversa, butun 
bir millat taffakkuri, ongidir. Shunday bo‘lgani uchun ham til ijtimoiy hodisadir. 
Ma’lumki “Yosh grammatikachilar” psixologizm ta’sirida tilni ya ka 
shaxsning tasavvurlari tizimi sifatida talqin qilar edilar. XIX asrning oxiri, XX 
asrning boshlarida unga zid ravishda tilning fikriy aloqa vositasidan iborat ijtimoiy 
vazifasini, ijtimoiy mohiyatini ta’kidlashga intilish kuchayadi.Bu intilish 
Dyurkgeym va Levi-Byurlning g‘oyalarida o‘zining falsafiy tayanchiga ega bo‘ladi. 
Natijada F.do‘ Sossyur va uning shogirdi Antuan Meye tomonidan sotsiologizm 
oqimiga asos solinadi. Ular buni “ijtimoiy tilshunoslik” deb ataydilar. Bu oqim 
o‘ziga fransuz tilshunoslari Jozef Vandries, Sharl Balli, Albert Sheshe, norvegiyalik 
Alf Sommerfeldt, Emil Benvenist kabi mashhur olimlarni birlashtiradi. 
Sotsiologizm oqimining asosiy qoidalari, F.do‘Sossyurning “Umumiy 
tilshunoslik kursi” nomli asarida bayon qilinadi va muallif shu asari bilan jahon 
Ilmiybaza.uz tilning hozirgi holati (sinxronik holati), tilda hozir mavjud bo‘lgan vositalar sistemasi qiziqtiradi. Shu ma’noda tilning faqat sinxronik holati sistema hisoblanadi. Bu nuqtai nazar tilshunoslik fani uchun qanchalik muhim bo‘lmasin, u tilning mohiyatini to‘liq ochib bera olmaydi. Til ifoda ehtiyojlariga moslashib boruvchi qurol. Tilning ifoda talablariga moslashuvi nutq jarayonida to‘xtovsiz amalga oshib boradi”, – deb yozadi [I.Qo‘chqortoyev, 1976: 30-31]. F.do‘ Sossyurning yuqorida keltirilgan jadvalida sinxroniya va diaxroniya tilga tegishli bo‘lgan hodisalardir. Bizning nazarimizda, tilning diaxronik holati ham sistemani taqozo etadi. Umuman til sof belgilar sistemasidir. Shuning uchun Ferdinand do‘ Sossyur “Til tafakkurni ifoda qiluvchi belgilar yig‘indisidan iboratdir”, – degan fikrni aytgan edi. Til – ma’lum bir ijtimoiy jamoaga tegishli kishilarning nutqiy faoliyati orqali to‘plangan xazinadir. Bu har bir til egasi ongida virtual mavjud bo‘lgan grammatik sistema, to‘g‘rirog‘i, u individlar yig‘indisi ongida yashaydi. Chunki til hech bir alohida individda to‘liq mavjud emas, u to‘liq holda faqat jamoada mavjud bo‘ladi [F. do‘ Sossyur, 1977: 52]. Til jamoa tafakkurida mavjud bo‘lgan sistem xarakterli ijtimoiy hodisadir. Ma’lum bir kishi tafakkurida to‘liq holda namoyon bo‘lmaydi. Tilning yashash joyi, rivojlanadigan, taraqqiyot qiladigan joyi ham jamoa qolaversa, butun bir millat taffakkuri, ongidir. Shunday bo‘lgani uchun ham til ijtimoiy hodisadir. Ma’lumki “Yosh grammatikachilar” psixologizm ta’sirida tilni ya ka shaxsning tasavvurlari tizimi sifatida talqin qilar edilar. XIX asrning oxiri, XX asrning boshlarida unga zid ravishda tilning fikriy aloqa vositasidan iborat ijtimoiy vazifasini, ijtimoiy mohiyatini ta’kidlashga intilish kuchayadi.Bu intilish Dyurkgeym va Levi-Byurlning g‘oyalarida o‘zining falsafiy tayanchiga ega bo‘ladi. Natijada F.do‘ Sossyur va uning shogirdi Antuan Meye tomonidan sotsiologizm oqimiga asos solinadi. Ular buni “ijtimoiy tilshunoslik” deb ataydilar. Bu oqim o‘ziga fransuz tilshunoslari Jozef Vandries, Sharl Balli, Albert Sheshe, norvegiyalik Alf Sommerfeldt, Emil Benvenist kabi mashhur olimlarni birlashtiradi. Sotsiologizm oqimining asosiy qoidalari, F.do‘Sossyurning “Umumiy tilshunoslik kursi” nomli asarida bayon qilinadi va muallif shu asari bilan jahon