FERENTS LIST IJODI. (1811-1886)
1. F.List ijodining jahon musiqa madaniyati tarixidagi ahamiyati.
2. F,Listning tarjimai holi .
3. F. List fortepiano musiqasining ahamiyati .
1.F.List ijodining jahon musiqa madaniyati tarixidagi ahamiyati. Ferents
List XIX asrning novatori, pianinochi va dirijer, venger xalqining g’ururi, muzika
jamoat arbobidir. Ammo List ko’p umrini Frantsiya va Germaniyada o’tkazdi, uning
taqdiri shuni taqozo etdi. Uning Frantsiya va Germaniya bo’lib o’tgan hayoti
davomidagi ortirgan tajribasi unga musiqaning yangi ochilmagan qirralarini ochib
berdi. Shu bilan birga List Frantsiya va Germaniya musiqa madaniyatiga ham o’z
hissasini qo’shdi, desak mubolag’a bo’lmas. Ferents List 22-oktyabr 1811-yili
Estergazi shaxridagi venger knyazlari oilasida dunyoga keldi. Yoshligidan fortepiano
chalishni mashq qila boshladi. Ferents List ijodining asosiy yo’nalishi fortepiano
ijrochiligi va fortepiano uchun yaratilgan asarlardir. Zamonaviy ijrochilik va
ijodiyotiga List o’zining fortepiano uchun yozilgan simfonik risolalari bilan yangilik
olib kirdi. List o’zining fortepiano uchun yozilgan asarlarida fortepianoning barcha
registrlaridan keng foydalangan. 20-30 yillarda pianinochilar orasida opera
parafrazalaridan foydalanish udumga aylanib qoldi. List ham mana shu zamonaviy
udumga asoslanib, Motsart, Veber, Guno, Vagner, Verdi operalari ohanglaridan
foydalangan holda, fortepiano uchun kontsert fantaziyalarini yoza boshladi. List
Sentning “Letuchiy gollandets”, Vagnerning “Trubadur”, “Aida “ operalaridan,
Guno “Faust” operasidagi vals, Glinkaning “Ruslan va Lyudmila”sidan Chernomor
marshi, Chaykovskiyning “ Evgeniy Onegin” operasidan polonezini fortepiano
uchun qayta ishladi. Opera va simfonik muzikalaridan tashqari Listni organ musiqasi
ham befarq qoldirmagan. Uning organ uchun 6 prelyudiya va fuga transkriptsiyalari
bor. Listning vokal va fortepiano uchun yozilan asarlari ham bor. Shu bilan birga
List fortepiano uchun etyudlar ham yaratgan. 1851-yilda nashrdan chiqqan “ yuqori
ijrochilik etyudlari” juda katta omad olib keldi. “ Peyzaj” “Mazepa”, “Pervomu godu
stranstviy” ,”Blujdayuhie ogni” kabi etyudlari bor.
2--:
Kompozitorning tarjimai holi. FERENTs LIST (1811-1886) Ferents List —
buyuk venger kompozitori, pianinochi, dirijyor, Vengriya musiqa san’ati rivojiga
katta hissa qo’shgan jamoat arbobi. Listning taqdiri shunday bo’ldiki, u Vengriyani
erta tark etdi va umrining ko’p yillarini Frantsiya va Germaniyada o’tkazdi.
San’atkor List doimo o’zining venger ekanligini ta’kidlagan. U o’z xalqi, Vatani
bilan faxrlanib, doimo venger musiqa madaniyatini qo’llab-quvvatlagan va
rivojlantirishga harakat qilgan. Hayoti davomida List venger mavzusiga ko’p
murojaat qilgan. U yaratgan asarlar: «Venger uslubidagi qaxramonlik marshi»,
«Vengriya» kantatasi, bir nechta «Venger milliy kuylari» daftarlari, vatan obrazlari
bilan bog’liq uchta simfonik poema, («Qaxramonlar xaqida girya», «Vengriya»,
«Gunnlar jangi»), xalq ohanglari qo’llanilgan erkin shaklli venger rapsodiyalari,
Vengriya mashhur arboblarining (Sh. Petefi, M. Vereshmarti) musiqiy
xarakteristikasidan iborat “Venger portretlari” fortepiano uchun mo’ljallangan
qo’shiqlar turkumi. Venger mavzularini damli cholg’ular uchun maxsus yozilgan
asarlarida xam eshitish mumkin: «Gran ibodati», «Muqaddas Elizaveta xaqida
afsona», «Vengertoj kiyish marosimi messasi». va boshqalar. Listning Vengriya
bilan bo’lgan aloqalari xaqida uning vengr lo’lilari musiqasi xaqidagi kitobida va
uning Budapeshtdagi milliy musiqa akademiyasi birinchi prezidenti etib tayinlanishi
(1875) guvohlik beradi.
List — musiqiy romantizmning eng yorqin namoyandasi. U kompozitor sifatida
turli g’oyaviy qarama-qarshiliklar, ziddiyatlar va romantik estetikaning ta’sirini xam
boshidan o’tkazgan edi. Listning o’zi xam ziddiyatlardan xoli emas edi. Ijod qarama-
qarshiligi bir tomondan dasturiylikka, musiqaning aniq obrazliligiga intilishida
ko’rinsa, ikkinchi tomondan bu vazifalarni bajarishda reallikdan uzoqlashish
namoyon bo’ladi.
Listning dasturiylikka munosabati progressiv hodisa edi.
Bastakor o’z san’ati bilan uni qadrlaydiganlarning tor doirasi bilan cheklanmay,
tinglovchilarning keng ommasi biian so’zlashishni istardi. Chuqur fikrlar va
tuyg’ularni gavdalanttrishga harakat qilib, u ko’pincha abstraktsiya, noaniq falsafa
to’qish holatiga tushib qolar va shu sababli beixtiyor tarzda o’z asarlarining ta’sir
doirasini cheklab qo’yardi. Lekin ularning eng yaxshilarida dasturning bunday
umumiy noaniqligi va noravshanlik engib o’tilardi: List yaratgan musiqa namunalari
aniq va tu-shunarli, mavzusi ta’sirli va ravshan, shakli aniq. Dasturiy an’analar
Listning ko’plab transkriptsiyalarida ko’zga tashlanadi, negaki, ular opera va
romanslarning aniq syujeti bilan bevosita bog’liq. Listning venger xalq xayoti
manzaralarini aks ettiruvchi rapsodiyalari xam dasturiy hisoblanadi.
Listning dasturiylik tamoyillari Berlioznikidan farq qiladi. Berlioz simfoniyasida
syujet rivojini bayoniy uslubga bersa, Listni ko’proq asosiy poetik g’oyaning
umumlashmasi qiziqtiradi.
O’zining rang-barang topilmalari bilan List melodika sohasini kengaytirgan
holda bir vaqtning o’zida u garmoniya sohasida xam yangiliklar kiritadi. List
«simfonik poema» janri va «monotematizm», deb ataluvchi musiqiy rifojlanish
usullarining yaratuvchisi bo’lib hisoblangan. Listning fortepiano texnikasi, faktura
sohasidagi muvaffaqiyatlari ahamiyatlidir, negaki, List daho darajasidagi ijrochi
bo’lgan va tarixda unga etadigani bo’lmagan.
Ferents List 1811-yil 22-oktabrda Doboryan qishlog’ida (Vengriya) dunyoga
kelgan. Bolaligida lo’lilar ohanglari va venger deh-qonlarining quvnoq qo’shiqlariga
maftun bo’lib qolgan. Listning otasi, graf Estergazining katta er-mulkida
boshqaruvchi, havaskor musiqachi bo’lgan va o’g’lining musiqaga qiziqishini
rag’batlantirardi. Aynan u bolaga fortepiano chalish asoslarini o’rgatgan. 9 yoshida
Ferents qo’shni Shoprone shaharchasida o’zining birinchi kontsertini beradi. Tez
orada u Esterxazining ajoyib qasriga taklif etiladi. Bolakayning ijro mahorati graf
mehmonlarini shunchalik hayratlantirdiki, bir nechta zodagonlar Listning musiqiy
ta’lim olishi uchun pul to’lash istagini bildirishdi. Ferentsni Venaga yuborishdi, u
erda kompozitsiyani A. Saleridan va fortepianoni Evropaning yirik pedagogi K.
Chernidan o’rgandi.
Listning Venadagi debyuti 1822-yil 1-dekabrda bo’lib o’tdi. Tanqidchilar
hayratda qolishdi va shundan e’tiboran, List uchun shuhrat va to’la zallar
ta’minlandi. U mashhur noshir A. Diabellidan vals mavzusiga variatsiyalar yozish
taklifini oladi, shunday qilib, yosh musiqachi noshir xuddi shu iltimos bilan murojaat
qilgan buyuk Betxoven va Shubert davrasiga qo’shilib qoldi. Shunga qaramay List
(xorijlik sifatida) Parij konservatoriyasiga qabul qilinmagan va o’z bilimini oshirish
maqsadida to’lovli darslarga qatnadi. List musiqa nazariyasi bo’yicha Parijda italyan
operasi kapelmeystri F. Pauer va konservatoriya professori chex A. Reyxdan ta’lim
oldi.
Listning dastlabki kompozitorlik tajribalaridan biri 1825-yili Grand Operada
qo’yilgan «Don Sancho yoki muxabbat qasri» operasi bo’ldi. Bu vaqtda u kontsertlar
bilan Frantsiya va Angliyaga bir qator safarlarni amalga oshirdi. Otasining o’limidan
so’ng (1827) List dars bera boshladi. o’sha paytda yosh bastakorlar G. Berlioz va F.
Shopen bilan tanishdi. Ularning san’ati Listga katta ta’sir ko’rsatdi: u Berliozning
partiturasidagi milliy-mahalliy boylikni «fortepiano tiliga o’girish» xamda
Shopenning mayin lirizmini o’zining jo’shqin temperamenti bilan qo’shib olib
borishni uddalay olardi. List Shopenga bag’ishlangan ko’plab nozik va aniq tavsiflar
va kuzatishlardan iborat bo’lgan kitob yozadi.
1830-yil boshida italiyalik virtuoz skripkachi N. Paganini Listning eng yaxshi
ko’rgan san’atkoriga aylandi. List o’sha darajada ajoyib fortepiano uslubini
yaratishni maqsad qilib oldi va xatto, Paganining kontsert estradasida o’zini
tutishidagi ayrim xususiyatlariga taqlid qilardi. Endi List virtuoz pianinochi sifatida
raqobatchiga ega emasdi.
List hissiyotli va jozibali odam bo’lgan. Uning xar bir kontserti xaqiqiy
tomoshaga aylanardi. List butun Evropaning idealiga aylandi va kontsert safarlariga
uch yil davomida muttasil baland va ommaviy muhokama etiluvchi «romanlar»ga
hamroxlik qildi. 1834-yil List grafinya Mari d Agu (keyinchalik Daniel Stern
taxallusi bilan yozuvchi sifatida chiqish qildi) bilan birgalikdagi hayotni boshladi.
Ularning turmushida uch farzand — o’g’il va ikki qiz tug’ildi. Farzandlarining
kichigi Kozima buyuk pianist va dirijyor G. Fon Bulovga turmushga chiqqan, keyin
esa R. Vagnerning rafiqasi bo’lgan.
1835-yildan 1839-yilgacha List Mari d Agu bilan Shveytsariyadan
Italiyagacha katta sayohatni amalga oshirgan. o’zining Shveytsariya xaqidagi
taassurotlarini List «Sayohatchi albomi» ( 1835—1836) nomi bilan fortepiano
asarlari turkumida gavdalantirgan. Bu turkum to’rt bo’limdan iborat. Birinchi qism
— «Taassurot va poetik kechinmalar» ettita p’esadan tashkil topgan: «Lion»,
«Buloqda», «Vallenshtadt ko’lida», «Jeneva qo’ng’iroqlari»; «Oberman vodiysi»,
«Vilgelm Tellning butxonasi», «Psalom». «Sayohatchi albomi»ning ikkinchi qismi
«Alp yaylovlari gullari» nomini olgan; uchinchi qism — «Parafrazalar».
1837-yilning may oyida List Mari d Agu bilan Italiyaga jo’nadi. Uyg’onish davri
italyan san’ati yodgorliklari ta’siri ostida List tomonidan keyinchalik «Sayohatning
ikkinchi yili» shaklida qayta ishlangan asarlar yaratildi: «Nikoh» (Rafael surati
bo’yicha), «Mutafakkir» (Mikelanjelo haykali bo’yicha); uchta «Petrarka soneti»,
«Danteni o’qigach».sonata-fantaziyasi va xokazo.
Serunum kontsert faoliyati 1839—1847-yillar qayd etilgan. List Avstriya,
Belgiya, Angliya, Frantsiya, Vengriya, Shotlandiya, Rossiyada chiqish qildi va 1849-
yilda kontsertlar turkumini berdi. Undan tushgan mablag’ni Bonn shahridagi
Betxoven yodgorligini barpo etish uchun sarflandi. Mazkur kontsertlarda List
tomonidan ijro etilgan asarlar ko’lami cheksiz: shaxsiy transkriptsiyadagi turli
opera uvertyuralari, «Don Juan», «Figaroning uylanishi», «Iblis Robert»,
«Gugenotalar», «Norma» operalari mavzulariga parafrazlar, Betxovenning
Beshinchi, Ettinchi simfoniyalari, Paganini kaprizlari, Bax, Betxoven, Shopen,
Shubert, Shumanlar asarlari va ko’plab shaxsiy asarlar (Vengr rapsodiyalari,
«Petrarka sonetlari» va boshqalar).
1842-yil aprelda List Peterburgda chiqish qildi, 1843-yil mayda esa Peterburg
va Moskvada. 1847-yil List Ukrainada (Kiev, Odessa), Moldaviyada, Qora
dengizdan Turkiyaga o’tib, Konstantinopolda kontsert berdi, keyin esa Ukrainaga
qaytdi, bu erdagi Elizavetgrad shahrida pianist-virtuozning sayohatlari davri
yakuniga etdi. 1839-yil Mari d Agu bilan ajrashgach, List polyak pomeshigining qizi
Karolina Vitgenshteyn bilan uchrashadi. 1848-yilning boshida List Karolina
Vitgenshteyn bilan birgalikda Germaniyaga, Veymar shahriga kelib joylashadi.
Kichik nemis shaharchasi Veymar bir vaqtlar gullab-yashnagan madaniy markaz
bo’lgan va List unga san’at poytaxti sharafini qaytarishni orzu qilgan. List Veymar
opera teatri dirijyori etib tayinlandi. Opera teatriga o’n yillik rahbarligi davrida List
turli bastakorlarning operalarini ko’plab sahnalashtirish ishlarini amalga oshirdi:
Glyukning «Orfey», «Altsesta», «Armida», Meyerberning «Gugenotlar»i,
Betxovenning «Fidelio»si, Motsartning «Don Juan» va «Sexrli nay»i, Rossinining
«Vilgelm Tell» va «Otello»si, Veberning «Freyshyuts» va «Evrianta»si. Veymarda
List o’z zamondoshlari operasini targ’ib etar edi: 1852-yili u Berliozning
«Benvenutto Chellini», 1855-yili esa Shumanning «Genoveva» operalarini qo’ydi.
Vagnerning «Tangeyzer» (1849), «Loengrin» (1850), «Uchar gollandiyalik» (1853)
operalari qo’yildi.
List Frantsiyada Berliozning romantik uslubi tushunilmagan bir paytda bu
bastakor musiqasi kunlarini uyushtiradi. List tomonidan Berliozning asarlari ijro
etildi («Fantastik simfoniya», «Garold Italiyada», «Romeo va Juletta», «Faustni
qoralash», «Rim kamavali»). 1856-yilda Motsart tavalludining 100 yilligi
munosabati bilan List Venada dirijyorlik qildi.
Listning adabiy faoliyati yangi musiqani bosma so’z bilan faol targ’ib
qilishida namoyon bo’ldi. U Berliozning «Garold Italiyada»si, Vagnerning
«Tangeyzer», «Uchar gollandiyalik», «Loengrin» operalariga bag’ishlangan
maqolalari katta tadqiqot bo’lib, ularda sanab o’tilgan bastakorlar ijodi va ularning
asarlari tahlili berilgan. Veymarda Listning ikki kitobi yozilgan: «Shopen» (1849)
va.«Vengr lo’lilari» musiqasi xaqida (1854).
Veymar davrida List pedagoglik faoliyati bilan faol shug’ullangan.
Ommaviy chiqishlardan voz kechgach, List o’zini yosh musiqachilarni tarbiyalashga
bag’ishladi. List o’quvchilari qatorida etuk pianinochi va dirijyor Gans Bulov,
pianinochi Karl Tauzig, bastakorlar Petr Komelius va Ioaksim Rafflar bo’lgan.
Butun umri davomida List 337-nafar o’quvchini tarbiyalagan. Ular orasida rossiyalik
o’quvchilar xam bo’lgan (Aleksandr Ziloti, Vera Timanova).
1854-yili List Veymarda «Yangi Veymar uyushmasi»ni tuzdi, 1861-yili
«Umumnemis musiqa uyushmasi»ga asos soldi. Ularning vazifasi yangi, ilg’or
musiqa san’ati g’oyasini yoyish va buyuk bastakorlar — eskilari va
zamonaviylarining ijodini targ’ib etish bo’ldi. Veymarda List chex musiqasining
buyuk klassigi Bedrjix Smetana, Ioganns Brams, vengr skripkachisi Edde Remini,
rus bastakorlari A.N. Serov, A.G. Rubinshteyn va boshqalar bilan uchrashadi.
Veymar davrida 12 ta simfonik poema (13 tasidan), 15 ta vengr rapsodiya (19
tasidan), fortepiano kontsertlarining yangi tahriri, «Oliy mahorat etyudlari» va
«Paganini kaprizlari bo’yicha etyudlar» yozildi. h-moll sonatasi xam shu davrda ijod
qilingan.
Listning 12 ta simfonik poemasi dasturiy musiqaning go’zal
namunalaridandir. Unda musiqiy obrazlar va ularning tadriji poetik xamda
ma’naviy-falsafiy g’oyalar bilan bog’lanib ketgan. List bir qismli shaklda yozilgan
yirik dasturiy asar bo’lgan yangi romantik janr — «simfonik poema» yaratuvchisi
bo’ldi. Simfonik poemalarda List tomonidan gavdalantirilgan obrazlar doirasi juda
kengdir. Viktor Gyugoning she’rlariga yozilgan «Tog’da eshitganlarim» simfonik
poemasida tabiatning ulug’vorligi, insoniy iztiroblar va kechinmalarga zid
qo’yishdek romantik g’oyalarni mujassamlashtiradi.
Gyotening yuz yillik yubileyiga yozilgan «Tasso» simfonik poemasida
Tassoning hayotligidagi iztiroblari va uning vafotidan so’ng ulug’ iste’dodining
zafarli tantanasi tasvirlanadi. «Orfey» (1854) simfonik poemasi Glyukning
Veymardagi «Orfey» operasi postonovkasiga uvertyura sifatida yozilgan. Mazkur
simfonik poemada List san’at ramziga aylangan frakiyalik xonanda Orfey xaqidagi
mashhur qadimgi yunon afsonasini gavdalantirdi. «Prometey» (1850) simfonik
poemasi dastlab Garderning «Prometeyning ozod etilishi» dramasi postanovkasiga
uvertyura edi. Bu asar xudolardan olovni o’g’irlab, odamlarga tuhfa etgan yunon
afsonasi qahramoni Prometeyning azamat obrazi bilan uyg’un. «Prelyudlar»
simfonik poemasi avval Lamartin she’ri asosida yaratilgan bo’lib, Jozef Otranning
matni asosidagi to’rt erkaklar xoriga kirish tarzida yaratilgan edi. Keyinroq uni qayta
ishlash asnosida mustaqil simfonik poemaga aylantirish jarayonida List
Lamartinning «Poetik mushohadalar» she’rini tanlaydi va uning matni musiqaga
ko’proq mos kelishini anglab etadi.
Listning boshqa simfonik poemalarini sanab o’tamiz: «Mazepa» (1851, Viktor
Gyugo bo’yicha), «Bayram jarangi» (1853), «Qaxramon xaqida yig’i-yo’qlov»
(1850—1854), «Vengriya» (1854), «Gamlet» (1858, Shekspir tragediyasi bo’yicha),
«Gunnlar jangi» (1857, nemis rassomi Vilgelm Kaulbax freskasi bo’yicha),
«Ideallar» (1857, Shiller bo’yicha).
Veymar davrida ikki dasturiy simfoniya yozilgan: 1854-yilda «Faust»
simfoniyasi, u uch qismdan iborat: «Faust», «Gretxen», «Mefistofel». 1857-yilda
Dantening «Ilohiy komediya»si bo’yicha ikki qismdan iborat simfoniya yozilgan:
«Do’zax» va «Arosat». Shuningdek, Lenauning «Faustdan ikki epizod», «Tungi
namoyish» va «Mefisto-vals» (1860) yozilgan.
Rim va ikkinchi Veymar davri 1861-yilda List knyaginya Vitgenshteyn bilan
nikohini ilojsiz qilib qo’yayotgan bir qator siyosiy va diniy xarakterdagi g’ovlarni
bartaraf etishga umid qilib, Rimga otlandi. Rim katolik cherkovi ularning ittifoqiga
fotiha berishdan bosh tortgach, g’ayratli musiqachi charchagan va hayotdan hafsalasi
pir bo’lgan holda tarki dunyo qildi. 1865-yil List abbatlik darajasini qabul qildi va
bir necha yirik diniy asarlar yozdi: «Muqaddas Elizaveta» (1862), «Xristos» (1866)
oratoriyalari, «Vengr tojlanish messasi» (1867).
Rim davrida List dunyoviy yo’nalishda xam musiqa yozgan: «O’rmon shovqini»
va «Gnomlar yurishi» mashhur fortepiano etyudlari (1862), «Ispan rapsodiyasi»
(1863), Betxoven, Verdi va Vagner asarlari transkriptsiyalari.
1869-yili List Veymarga qaytdi, bastakor ijodining so’nggi davri boshlandi. Bu
davrda List Vena, Parij, Budapeshtga borib turar edi. Vatani, Budapeshtda u milliy
musiqa akademiyasining birinchi prezidenti va o’qituvchisi etib tayinlangan (1875).
Veymarda Listning oldiga ko’psonli o’quvchilar kelishar edi: A. Ziloti, Sofya
Metner, Vera Timanova. Listning huzurida A. P. Borodin bir necha marta bo’lgan.
List tashabbusi bilan A. P. Borodinning simfoniyasi ilk ijrosi Baden-Badenda
uyushtirildi (1880).
List rus bastakorlarini yaxshi ko’rar va ularning asarlariga ko’plab
transkriptsiyalar yozgan edi: «Ruslan va Lyudmila” operasidan Chernomor marshi,
Chaykovskiyning «Evgeniy Onegin» operasi, Alyab’evning «Bulbul»,
Rubinshteynning «Azra»sidan polonezlar. List tomonidan Aleksey Tolstoyning
«So’qir mashshoq»i matniga melodeklamatsiya yozilgan.
Xayotining so’nggi yillarida List «Sayoxatlarning uchinchi yili»ni yozdi.
Unda bastakorning Rim taassurotlari aks etgan («d Este villasi sarvlari», «d
Este villasi favvoralari»). So’nggi davrda List ijodi qarama-qarshiliklarda o’tdi: