FERMENTLARNING XOSSALARI. FERMENTLAR KLASSIFIKATSIYASI (Fermentlarning tasnifi va nomenklaturasi, Fermentlarning asosiy xossalari, Fermentlarning termolyabilligi, Fermentlarning maxsusligi)
Yuklangan vaqt
2024-05-12
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
12
Faytl hajmi
133,8 KB
Ilmiybaza.uz
FERMENTLARNING XOSSALARI. FERMENTLAR
KLASSIFIKATSIYASI
Reja:
1. Fermentlarning tasnifi va nomenklaturasi
2. Fermentlarning asosiy xossalari
3. Fermentlarning termolyabilligi
4. Fermentlarning maxsusligi
Ilmiybaza.uz
Fermentlarning tasnifi va nomenklaturasi
Fermentlarning zamonaviy tasnifi biokimyogarlarning 5-Xalqaro kongressi
tomonidan (Moskva, 1961) tasdiqlangan. Bu tasnif ilmiy asosda komissiya
tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, fermentlarni tasniflash va nomlash uchun uch xil
tamoyildan foydalaniladi, ular jumlasiga:
- fermentning nooqsil qismi (prostetik guruh)ning kimyoviy tabiati
(uning nukleprotein, flavoprotein, piridoksalfosfat protein, gemprotein,
metalloprotein va boshqalar);
- substratning kimyoviy tabiati (uglevod, oqsil, yog’,
nuklein kislotalari);
- katalizlanadigan reaksiyani tipi kiradi. Bunda reaksiya tipi substrat(lar) nomi
bilan birgalikda, u fermentlarni tizimlinomlash uchun xizmat qiladi. Bu tasniflashga
muvofiq fermentlar, ularning katalizlaydigan reaksiyalari tavsifiga qarab oltita
sinfga bo’linadi. Sinflar kenja sinflarga, ular esa kenja-kenja sinflarga yoki
guruhlarga bo’linadi, ularning har biri tartib raqamlari asosida belgilanadi. Shu
asosda har bir ferment o’zining to’rt raqamli shifriga ega. Masalan, Glukooksidaza
fermenti birinchi sinfga, birinchi kenja sinfga, uchinchi kenja, kenja sinf(guruh)ga
kirib, bu guruhning 4-o’rnida joylashadi va sistematik jihatdan K.F.1.1.3.4 tarzida
ro’yxatga olinadi.
Sinflarga bo’linishi quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
1.
Oksireduktazalar ‒ bu fermentlar oksidlovchi-qaytaruvchi fermentlar
bo’lib, biologik oksidlanishda ishtirok etadi. Ularning sistematik nomlanishi
―donor:
akseptor-oksireduktaza‖
shaklida
amalga
oshiriladi,
masalan,
laktatdegidrogenazalar (LDG) Laktat: NAD+-oksireduktaza deb nomlanadi. Ular
orasida aerob (protonni molekulyar kislorodga) va anaerob (protonni oraliq
substratga, lekin O2 ga emas) ko’chirilishi bilan bog’liq reaksiyalarni katalizlovchi
fermentlar farqlanadi. Bu sinfga tarkibida gem tutuvchi (katalaza, peroksidaza va
boshqa) fermentlar ham kiradi.
2.
Transferazalar ‒ har xil atom (yoki guruh, radikal)larni tashilishi
reaksiyalarini
katalizlaydi.
Ularning
nomlanishi:
―donor:
tashiluvchi
Ilmiybaza.uz
guruhtransferaza‖ shaklida amalga oshiriladi. Masalan, metil-, formil-, atsetil-,
amino-, fosfatransferazalar.
3.
Gidrolazalar ‒ organik moddalarning molekulalararo reaksiyasi
bo’lib, suv ishtirokida kechadigan parchalanish, suv ajratish yo’li bilan kechadigan
sintez reaksiyalarini katalizlaydi. Nomlanishi ―substrat-gidrolaza‖ tartibida amalga
oshiriladi. Masalan, peptid-gidrolaza, glukozid-gidrolaza va h.k.
4.
Liazalar ‒ qo’sh bog’lar, ya‘ni -C=O, -C=C-, -C=N- va boshqalarning
hosil bo’lishi yoki qo’shbog’larning yo’qolishi bilan o’tadigan reaksiyalarni
katalizlaydi. Bu fermentlar qo’sh bog’li o’rinlarga har xil guruhlarni birikishi bilan
yoki ularga teskari bo’lgan, ya‘ni bu guruhlarni ajralishi bilan kechadigan
reaksiyalarni katalizlaydi. Bu fermentlarning nomlanishi ―substrat-liaza‖ tartibida
amalga oshiriladi. Masalan, fumarat-liaza, karboksi-liaza (dekarboksilaza).
5.
Izomerazalar
–
bu
fermentlar xilma-xil
tipdagi
izomerizvsiya
reaksiyalarini katalizlaydi. Izomerizatsiya fermentlarini nomlanishi ―substrat-
sistrans-izomeraza‖ shaklida amalga oshiriladi. Bunda agar izomerizatsiya
molekulani ichida sodir bo’lsa, ferment mutazalar deyiladi. Bu fermentlarga
ratsemaza va epimerazalar ham kiradi, ular amino- va oksikislotalarga,
karbonsuvlar va ularning hosilalariga ta‘sir etadi.
6.
Ligazalar (sintetazalar) – dastlabki ikki xil molekuladan ATF yoki
boshqa nukleozidtrifosfatlarning energiyasini sarfi asosida organik moddani
sintezlanishini
katalizlovchi
fermentlar
hisoblanadi.
Ularning
nomlanishi
―X:Yligaza‖ shaklida amalga oshiriladi, bu yerda X va Y lar dastlabki reaksiyaga
kirishuvchi moddalardir. Masalan, ―L-glutamat: ammiak-ligaza‖ bu ferment
quyidagi reaksiyani katalizlaydi:
HOOC-CH2-CH2-CH-COOH+HNH2→H2N-OC-CH2-CH2-CH-
COOH+H2O
NH2
NH2
Ilmiybaza.uz
Glutamin kislota Ammiak Glutamin
Fermentlarning asosiy xossalari
Fermentlar oqsil bo’lib, qator o’ziga xos tavsifli xossalarga ega bo’ladi. Shuni
alohida qayd etish lozimki, fermentlar termolabil moddalar, ularning faolligiga,
substrat va fermentning o’zini konsentratsiyasi, muhitning pH, va boshqa omillar
ta‘sir qiladi, shuningdek, ularda maxsuslik farqlanadi.
Fermentlarning termolyabilligi
Fermentlar termolyabil biokatalizatorlar hisoblanadi, ya‘ni ular haroratning
o’zgarishiga juda sezgir bo’ladi. Fermentlar eng yuqori faollikni juda tor darajadagi
harorat 40-50o C chegarasida namoyon qilishi aniqlangan. Kimyoviy reaksiyaning
tezligi haroratni 10° C ga oshirganda reaksiya tezligi 2 marta oshadi va ferment
faolligini ko’tarilishi kimyoviy kinetika nazariyasiga muvofiq harorat 40-50o C dan
oshmaydigan chegerada yuz beradi. Harorat 50° C dan oshganda reaksiya tezligiga
oqsil-ferment kompleksiga issiqlik denaturatsiyasi ta‘sir etadi, asta-sekin
fermentativ jarayonning umuman to’xtashiga (70-80o C da) olib keladi.
Fermentlarning bu xususiyati ko’p fermentlar, jumladan, odam organizmida
uchraydiganlari uchun ham xos. Lekin ba‘zi fermentlar, masalan, ribonukleaza,
qisqa muddatda qizdirishga chidamli bo’ladi. Shu bilan birga, ba‘zi issiq suv
manbalarida yashaydigan mikroorganizmlarning fermentlari borligini ham e‘tirof
etish o’rinli. Haroratni pasayish (gipotermiya) sharoitida fermentlar faolligi
pasayadi, lekin to’liq yo’qolmaydi. Bu fermentlarning faolligi uchun qaytadan
optimal sharoitni yuzaga keltirilganda, ular eng yuqori faollikni namoyon qiladilar.
Bunga yaqqol misol sifatida hayvonlarning qishqi uyqusini keltirib o’tish mumkin.
Fermentlarning bu xususiyati jarrohlik amaliyotida keng foydalanila boshlandi,
ko’krak qafasida operatsiya o’tkazilganda bemor organizmi taxminan 22o C gacha
sovitiladi.
Fermentdar faolligining muhit pH ga bog’liqligi.
Ilmiybaza.uz
Fermentlar oqsillar kabi amfoter elektrolitlardir. Oqsilning yuza qismidagi musbat
va manfiy guruhlarning miqdoriy ko’rsatkichlariga mos holda ferment muhitning
xilma-xil pH darajasidagi izoelektrik nuqtada bo’ladi. Bir xil fermentlar izoelektrik
nuqtada faol bo’lsa, boshqalari, ularning pH ko’rsatkichi oqsilni ionizatsiya
darajasida bo’lganda faollikni namoyon qiladi. Fermentlar o’zlarning maksimal
faolliklarini namoyon qilishlarida muhit reaksiyasi ko’rsatkichlari bo’yicha bir-
birlaridan farq qiladi. Hayvon to’qimalari uchun pHning fiziologik ko’rsatkichlari
6,0-8,0 ni tashkil qiladi, lekin ularning to’qimalardagi lokalizatsiyasiga bog’liq
holda ularning optimum chegarasi har xil bo’lishi mumkin
Har xil fermentlarning optimum pH ko’rsatkichlari
№ Fermentning nomi
pH
1
Pepsin
1,5-2,5
2
Katepsin
4,5-5,0
3
Maysa amilazasi
4,9-5,2
4
Ichak saxarazasi
5,8-6,2
5
So’lak amilazasi
6,8-7,0
6
Katalaza
6,8-7,0
7
Ureaza
7,0-7,2
8
Oshqozonosti bezi lipazasi
7,0-8,5
9
Tripsin
7,5-8,5
10
Arginaza
9,5-10,0
8-jadvaldan
ko’rinib
turibdiki,
fermentlarning
pH-optimumi
fiziologik
ko’rsatkichlar chegarasida bo’ladi, pepsin bu qoidadan mustasno bo’lib, uning
pHoptimumi o’rtacha 2 ga teng ( u pH 6 da faol va stabil emas). Bu xususiyatni
shunday tushuntirsh mumkinki, pepsin oshqozon shirasi tarkibida bo’lib, u ferment
ta‘siri uchun optimal nordon muhitni yuzaga keltiradi. Boshqa tomondan
arginazaning pH-optimumi ishqoriy muhitda (pH 10,0 atrofida) bo’ladi, aslida jigar
Ilmiybaza.uz
hujayralarida bunday muhit yo’q, aftidan arginazaning in vivo sharoitidagi katalizi,
o’zining optimal pH zonasida emasligidan dalolat beradi.
Fermentlarning maxsusligi
Fermentlar ta‘sir etish nuqtayi nazardan yuqori darajadagi maxsuslikka ega. Bu
xususiyat substrat va ferment molekulalari o’rtasidagi konformatsion va
elektrostatik komplementarlikka bog’liq. Uni fermentning faol markazini noyob
strukturaga ega ekanligi va tirik hujayralarda kechadigan minglab boshqa xil
reaksiyalar orasida sodir bo’ladigan u yoki bu reaksiya sifatida izohlash mumkin.
Maxsuslik uch xil: nisbiy, mutloq (absolut) va stereokimyoviy bo’lishi mumkin.
Nisbiy maxsuslik – bu kimyoviy bog’lanish tipiga bog’liq bo’lgan maxsuslikdir,
masalan, peptid, murakkab efir, glukozid va boshqa xil bog’lanishlarni o’z ichiga
oladi. Xususan, pepsin o’simlik tabiatiga ega bo’lgan oqsillar qatori hayvon
tabiatidagi oqsillarga ham ta‘sir eta oladi, holbuki, bu oqsillar kimyoviy tuzilishi va
fizik-kimyoviy xossalari bo’yicha bir-biridan tubdan farq qilishi mumkin. Demak,
bu ferment uchun substratdagi kimyoviy bog’lanish peptid bog’ bo’lishi lozim.
Lekin pepsin hech qachon karbonsuvlar yoki lipidlarga ta‘sir etmaydi. Yog’larni
glitserin va yog’ kislotalarigacha parchalanishini katalizlovchi lipaza fermenti uchun
substratda murakkab efir bog’lari bo’lishi lozim. Mutloq (absolut) maxsuslik - bu
fermentlar faqat birxil substratga ta‘sir ko’rsatadi, ya‘ni yagona substratda yuz
beradigan
o’zgarishni
katalizlaydi.
Substratning
strukturasidagi
o’zgarish
(modifikatsiya), unga ferment tomonidan ko’rsatiladigan har qanday ta‘sirni
to’xtashiga olib keladi. Bu fermentlar jumlasiga organizmda tabiiy sharoitda faoliyat
ko’rsatuvchi argininni parchalovchi arginaza va siydikchilni parchalovchi
ureazalarni misol tariqasida keltirib o’tish mumkin. Steriokimyoviy (guruh)
maxsusligi. Bu xildagi maxsuslik substratning makonda joylashuviga bog’liq
bo’lib, ya‘ni izomerlarning L- yoki D- xiliga ta‘sir etishi bilan tavsiflanadi. Masalan,
fumaraza fermenti trans-shaklga ta‘sir etib, fumar kislotani hosil bo’lishini
katalizlaydi, sis-shakldagi malein kislotani hosil bo’lish reaksiyasini katalizlay
olmaydi:
Ilmiybaza.uz
CH—COOH
CH—COOH
II
II
CH—COOH
HOOC—CH
Malein kislota
Fumar kislota
Shunday qilib, maxsuslik tufayli fermentlar hujayralarning mikromakonida va butun
organizmda kechadigan reaksiyalarni yuqori darajadagi tezlikda sodir bo’lishini
ta‘minlab, u orqali moddalar almashinuvini jadalligini boshqaradi.
. Fermentlarning boshqa xossalari
Fermentlar muvozanat yo’nalishini o’zgartirmay, faqat unga erishishni
ta‘minlaydi. Katalizatorlarga tegishli bu umumiy xossa fermentlarga ham xosdir.
Demak, teskari yo’nalishdagi reaksiyani ham aynan shu fermentning o’zi
tezlashtiradi, ya‘ni reaksiyani ham o’ng tomonga, ham chap tomonga yo’nalishini
ta‘minlaydi. Masalan, lipaza suv ishtirokida yog’ni glitserin va yog’ kislotalarigacha
gidrolizlanishi tomon yo’naltiradi. Lekin xuddi shu lipazani o’zi suvsiz muhitda
reaksiyani glitserin va yog’ kislotalaridan yog’ning sintezi tomon yo’naltiradi.
Fermentlar muhitda juda kichik konsentratsiyada bo’lganda o’z faolligini
namoyon qiladi. Katalizatorlarning umumiy xossalari shu yo’sinda namoyon
bo’ladi. Masalan, vodorod peroksidini oksidlanish reaksiyasini katalizlovchi
peroksidaza fermenti 1 qism fermentni 500000000 qismda suyultirilganda ham
faollikni namoyon qiladi. Muhitda juda kichik konsentratsiyada ishtirok etadigan
ferment katta miqdordagi substrat bilan bo’ladigan reaksiyani amalga oshira oladi.
Bu katalitik jarayonning amalga oshishi uchun juda qisqa muddatda ferment substrat
bilan kontaktda bo’lishi lozim. Fermentativ reaksiyaning tezligi haqida fikr
yuritilganda, aytish mumkinki, saxaraza fermentining 1 moli 1 soniyada 1000 mol
saxarozani gidrolizlay oladi.
Fermentlar faollovchilar (aktivatorlar)ning bo’lishini talab qiladi. Ko’p
fermentlar tirik to’qima tomonidan nofaol shaklda proferment holatida ishlab
Ilmiybaza.uz
chiqariladi. Profermentlar maxsus faollovchi (aktivator)lar ta‘sirida faol holatga
o’tadi. Faollovchilar sifatidagi rolni maxsus oqsil moddalari-kinazalar, metall ionlari
(Mn2+, Mg2+, Co2+, Na+ va boshqalar) yoki reaksiya muhitini o’zgartirish bajaradi.
Masalan, so’lak amilazasi- kraxmalni parchalovchi ferment osh tuzi ionlari
tomonidan faollashadi. Oshqozon devorlari nofaol proferment-pepsinogen ishlab
chiqaradi, oshqozon shirasining nordon muhitida faol-pepsinga aylanadi.
Oshqozonosti bezi tripsinning profermenti-tripsinogen ishlab chiqarib, ichak
shirasining enterokinazasi ta‘sirida faol shakl-tripsinga aylanadi. Fermentlar har
xil ferment zaharlari ta‘sirida osongina faolsizlanadi. Ko’p nafas olish
fermentlari sinil kislotasi tuzi eritmalari ta‘sirida faolsizlanadi. Ftorid kislota tuzlari
achishni ta‘minlovchi bir xil fermentlarni, monoiodsirka kislota tuzlari esa boshqa
xillarini faolsizlantiradi. Maxsus ta‘sirga ega bo’lgan ferment zaharlaridan
foydalanish bir xil fermentlarning faolligini to’xtatish, boshqalarini ta‘sirini davom
ettirish imkoniyatini beradi. Bu esa xilma-xil fermentlar ishtirok etadigan
biokimyoviy jarayonlarni mukammal tadqiq kilish imkonini beradi.
Izofermentlar
Izofermentlar (izoenzimlar) deb bir-biriga o’xshashlik jihatlari, katalizlaydigan
reaksiyalarining
tezligi
yoki
boshqariluv
xossalari
bilan
farqlanadigan
fermentlarning ko’p xil molekulyar shakllariga aytiladi. Fermentlarning ko’p xil
molekulyar shakl(FKMSH)lari deganda bir biologik turda yagona katalitik
funksiyani bajaradigan, lekin strukturasi va qator fizik-kimyoviy xossalari bilan
farqlanadigan fermentlar guruhi tushuniladi. Tirik tabiatda bir xil yoki har xil
birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi strukturalarga ega bo’lgan, ikki yoki undan
ziyod subbirliklardan tashkil topgan molekulali fermentlar uchraydi. Ko’pincha
subbirliklarni protomerlar, birlashgan oligomer molekulalar multimerlar deb
nomlanadi. FKMSHlarni mavjudligi ma‘lum biologik ahamiyatga ega. Masalan,
hujayrada FKMSHlarning mavjud bo’lish spektr sharoitlarini o’zgarishi natijasida
organizm tashqi muhit sharoitlariga yaxshi moslashadi. Fermentlarning har xil
Ilmiybaza.uz
molekulyar shakllarini differensiatsiya, rivojlanish jarayonlarida muhim ahamiyatga
ega. Shunday qilib, FKMSHlarning nisbati (ularning soni, har bir shaklining faolligi,
barqarorligi)ni
o’zgarishlari
almashinuv
jarayonlarining
boshqaruv
mexanizmlaridan biri hisoblanadi. Ba‘zi fermentmultimerlarning tuzilishi va
ulardagi protomerlarning bog’lanish uslublarini quyidagicha ifodalash mumkin (13-
rasm):
13-rasm. Ba‘zi oligomer fermentlarning tuzilish modeli.
a – glutamatdegidrogenaza molekulasi, u 6 protomerdan tashkil topgan (m.o.33600
Da); b ‒ DNK-polimeraza molekulasi; d – katalaza molekulasining yarmi; e –
piruvatdegidrogenazaning molekulyar kompleksi.
Ma‘lumki, oligomerizatsiya jarayoni shakllangan oqsil subbirliklariga kimyoviy
agentlarning ta‘siri, denaturatsiyani keltirib chiqaruvchi omillarning, xususan
qizdirish, proteinazalarning ta‘sirlariga nisbatan barqarorlikni ta‘minlaydi. Bu xil
fermentlarning hayratda qolarlik darajasidagi xossasi butun kompleks faolligining
alohida olingan subbirliklarini bir-biri bilan birikish tartibiga bog’liqligidir. Hozirgi
kunda bir necha xil molekulyar shakllarga ega bo’lgan ko’pdan-ko’p fermentlar
Ilmiybaza.uz
ma‘lum. FKMSH paydo bo’lishining sababi xilma-xil bo’lishi mumkin. Ular orasida
genetik jihatdan determinatsiyalangan FKMSH bo’lib, izofermentlar yoki
izoenzimlar (birlamchi strukturasi bilan farqlanadigan) deb yuritiladigan,
shuningdek, epigenetik o’zgarishlar (posttranslyatsion darajada) tufayli paydo
bo’ladigan xillari mavjud. Agar genetik jihatdan farqlanadigan subbirliklarning
shakli bir xildan ziyod bo’lsa, unga mos holda ikki yoki undan ziyod tipdagi
subbirliklardan hosil bo’lgan ferment ham, har xil sonli nisbatlarda o’zaro o’xshash
ko’rinishda, lekin farqlanadigan shaklda bo’ladi. Bunda bir holatda subbirliklar
deyarli bir xil struktura (β-galaktozidaza)dan iborat bo’ladi. Boshqa holatlarda
subbirliklar bir xil (triptofansintetaza) bo’lmaydi. Xususan, laktatdegidrogenaza
(LDG) ikki xil tipdagi subbirliklardan: M (inglizcha, muscle ‒ mushak) va H
(inglizcha, heart ‒yurak)dan tashkil topgan. Bunda laktatdegidrogenazaning faol
tetramer shakllarini quyidagi besh xil shaklda bo’lishini tasavvur qilish mumkin
bo’ladi:
HHHH yoki -- LDG1;
HHHM yoki H3M -- LDG2;
HHMM yoki H2M2--
LDG3; HMMM yoki
HM3 -- LDG4; MMMM
yoki M4 -- LDG5.
Shunday qilib, aytish mumkinki, ko’p shaklli fermentlar orasida gelelektroforez
uslubi
yordamida
ancha
mukammal
o’rganilgan
fermentlardan
biri
laktatdegidrogenaza (LDG) bo’lib, bu ferment pirouzum kislotani sut kislotaga
aylanish reaksiyasini katalizlaydi. Bu izofermentlarning faolligiga harorat, vodorod
ioni konsentratsiyasi va maxsuslik ta‘sir etadi.
LDG ning besh xil izofermentlari to’rtta taxminan bir xil kattalikda bo’lgan, lekin
ikki xil tipdagi subbirliklardan hosil bo’ladi. H-protomerlar pH 7,0-9,0 chegarasida
M-protomerlarga nisbatan manfiy zaryadga ega bo’lganligi sababli to’rtta subbirligi
ham H-tipdan tashkil topgan (H4) izoferment, elektroforez jarayonida yuqori
darajadagi tezlikda musbat elektrod (anod) tomonga harakatlanadi.
Ilmiybaza.uz
Uning M-tipidagi (M4) izofermenti esa anodga tomon juda ham sust harakatlanadi,
qolgan barcha izofermentlar oraliq masofalarni egallaydi. LDG izofermentlari bir xil
faollikni namoyon qilgan holda bir-biridan qator fizikkimyoviy xossalari:
molekulyar
og’irliklari,
elektroforetik
harakatchanligi,
faollovchilar
va
ingibitorlarga munosabati va h.k.lar bo’yicha farq qiladi. Lekin har bir to’qima
uchun me‘yor bo’yicha LDGning o’ziga xos tavsifli nisbiy shakl (izoferment
spektr)i mavjud. Masalan, yurak mushagida H4, ya‘ni LDG1 ko’p bo’lsa, skelet
mushagi va jigarda esa M4 (LDG5) ko’p bo’ladi (14rasm).
14-rasm.
LDG
izofermentlarining
har
xil
organlardi
taqsimlanishi
va
nisbiy
miqdor
ko’rsatkichlari
Ekstraktlar “Start” deb belgilangan chiziqqa tomizish yo„li bilan kiritilgan.
14-rasm ma‘lumotlaridan ko’rinib turibdiki, tajriba uchun tanlangan sharoit (pH) da
to’rtta izoferment anodga (LDG1, LDG2, LDG3, LDG4), faqat bittasi (LDG5) katodga
harakatlanar ekan. LDGning bu xususiyatidan klinik amaliyotda keng foydaniladi,
chunki, bu va boshqa qator fermentlarning qon zardobi tarkibida paydo bo’lishini
tadqiq qilish organ va to’qimalarning organik va funksional kasalliklarga
differensial diagnoz qo’yishda muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
Ilmiybaza.uz
Materiallarni mustahkamlash uchun savollar:
1.
Qanday moddalarga fermentlar deyiladi?
2.
Fermentlarni o’rganishning ahamiyati 3.
Fermentlarning tibbiyotdagi ahamiyati.
4. Enzimologiya nimani o’rganadi?
5. Fermentlarni
o’rganishning
qishloq
xo’jaligidagi
ahamiyati.
6. Fermentlarni o’rganishning oziq-ovqat sanoati va
farmatsevtika uchun ahamiyati.
7. Apoferment, koferment, xoloferment nima?
8. Koferment nima? Kofaktorchi?
9. Kofermentlar qanday guruhlarga bo’linadi?
10. Nukleotid tipidagi kofermentlar.
11. Vitaminlar va ularning hosilalari tabiatli kofermentlar.