Fibrolaringotraxeoskopiya, hiqildoq kasalliklari bor bemorlarni namoyish etish, traxeostomik kanyulani parvarishlash

Yuklangan vaqt

2025-09-06

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

24

Faytl hajmi

1,8 MB


 
 
Amaliy mashg’ulot 
 
 
 
A) hiqildoq kasalliklari bor bemorlarni namoyish etish; 
B) traxeostomik kanyulani parvarishlash 
 
Fibrolaringotraxeoskopiya 
 
 
 
Sinonimlar. Hiqildoq va traxeyani  fibroskop yordamida  tekshirish. 
Asoslash. Fibroskopiya hiqildoqning barcha qismlarini uning fiziologik 
faoliyati paytida (erkin yoki chuqur nafas olish, fonatsiya, yutish harakati paytlarida) 
ko’zdan kechirish, ovoz osti bo’shlig’i va traxeya holatini baholash imkonini beradi. 
Zamonaviy optik videotexnika endoskopiya tasvirini kattalashtirib monitorga 
chiqarish va ko’proq ma`lumot olish imkonini beradi. Tekshiruvda turli yoritish va 
rang berish rejimlaridan foydalanish ko’pincha o’zgargan epiteliy maydonlarini 
(giperkeratoz, leykoplakiya, displaziya) aniqlashga yordam beradi.  
Maqsad. Halqum, hiqildoq, traxeyani ko’zdan kechirish. 
Ko’rsatmalar. Ayrim anatomik xususiyatlari mavjud bo’lgan (masalan, 
hiqildoq usti qopqog’ini osilishi, kalta va keng til, hiqildoqni pastda joylashishi) yoki 
xalqum refleksi kuchli bo’lgan bemorlarda bilvosita laringoskopiya yordamida 
hiqildoqni to’liq ko’zdan kechirish imkoni bo’lmaydi. Bunday hollarda 
fibrolaringotraxeoskopiya  tekshiruvi  o’tkaziladi.  
Qarshi ko’rsatmalar. Hiqildoq va traxeyaning keskin torayishlari 
fibrotraxeoskopiyani bajarish uchun nisbiy qarshi ko’rsatma hisoblanadi. Bunday 
Logotip
Amaliy mashg’ulot A) hiqildoq kasalliklari bor bemorlarni namoyish etish; B) traxeostomik kanyulani parvarishlash Fibrolaringotraxeoskopiya Sinonimlar. Hiqildoq va traxeyani fibroskop yordamida tekshirish. Asoslash. Fibroskopiya hiqildoqning barcha qismlarini uning fiziologik faoliyati paytida (erkin yoki chuqur nafas olish, fonatsiya, yutish harakati paytlarida) ko’zdan kechirish, ovoz osti bo’shlig’i va traxeya holatini baholash imkonini beradi. Zamonaviy optik videotexnika endoskopiya tasvirini kattalashtirib monitorga chiqarish va ko’proq ma`lumot olish imkonini beradi. Tekshiruvda turli yoritish va rang berish rejimlaridan foydalanish ko’pincha o’zgargan epiteliy maydonlarini (giperkeratoz, leykoplakiya, displaziya) aniqlashga yordam beradi. Maqsad. Halqum, hiqildoq, traxeyani ko’zdan kechirish. Ko’rsatmalar. Ayrim anatomik xususiyatlari mavjud bo’lgan (masalan, hiqildoq usti qopqog’ini osilishi, kalta va keng til, hiqildoqni pastda joylashishi) yoki xalqum refleksi kuchli bo’lgan bemorlarda bilvosita laringoskopiya yordamida hiqildoqni to’liq ko’zdan kechirish imkoni bo’lmaydi. Bunday hollarda fibrolaringotraxeoskopiya tekshiruvi o’tkaziladi. Qarshi ko’rsatmalar. Hiqildoq va traxeyaning keskin torayishlari fibrotraxeoskopiyani bajarish uchun nisbiy qarshi ko’rsatma hisoblanadi. Bunday
bemorlarda endoskopiya tekshiruvi hiqildoq torayishini  kuchayishiga olib kelishi 
mumkin. 
Tayyorgarlik. Dastlab burun bo’shlig’i, xalqum, hiqildoq mahalliy 
applikatsiyali og’riqsizlantiriladi. 
Tekshiruvni  bajarilishi. Laringoskopiya tekshiruvi egiluvchan optik tolali 
laringotraxeoskop (fibrolaringotraxeoskop) yordamida bemor o’tirgan yoki yotgan 
holatida bajariladi.  
Fibroskopning ishchi uchi asta-sekin burun bo’shlig’ining tubi bo’ylab kiritilib 
xalqumga tushiriladi va hiqildoq ustida o’rnatilib hiqildoq sinchkovlik bilan ko’zdan 
kechiriladi, uning harakatchanligi baholanadi. Traxeyani ko’zdan kechirish zarur 
bo’lganda nafas olish paytida fibroskopning ishchi uchi ovoz tirqishidan siljitiladi 
(bunda hiqildoq va traxeyaning shilliq pardasi yaxshilab og’riqsizlantiriladi). Ba`zan 
muolaja kanali orqali kerakli a`zoni og’riqsizlantirish yoki unga dori vositalarini 
yuborish mumkin. Keyin hiqildoqning ovoz osti bo’shlig’i va traxeya ko’zdan 
kechirilib,  shilliq pardalarining holati baholanadi. 
Traxeotomiyani boshdan kechirgan bemorlarda tekshiruv traxeostoma orqali 
bajarilishi mumkin, bunda traxeostoma teshigini, traxeyaning pastda joylashgan  
qismlarini  va hiqildoqning  burma osti qismlarini ko’zdan kechirish mumkin. 
Fibrolaringotraxeoskopiya tekshiruvida endoskopning ishchi uchi orqali 
hiqildoq yoki traxeyaning shilliq pardasidagi qiziqtiruvchi maydondan biopsiyaga 
to’qima namunasini olish imkonini beradi. Foto  yoki videokamerali 
fibrolaringotraxeoskop endoskopiya manzarasini foto  va videoplyonkaga tasvirga 
olish imkonini beradi. Videoyozuvlar tashxis va davolash natijalarini taqqoslash 
imkonini beradi. 
Natijalar tahlili. Natijalar tahlili olingan vizual manazarani baholash va 
boshqa endoskopiya tekshiruvlarida olingan ma`lumotlar bilan taqqoslash asosida 
bajariladi. 
Natijaga ta`sir etuvchi omillar. Endoskopiya tekshiruviga to’sqinlik qiluvchi 
patologik o’zgarishlar; mahalliy anestetiklarga yuqori sezuvchanlik; kuchli xalqum 
va yo’tal refleksi; yuqori va pastki nafas yo’llaridan qon ketishi. 
Logotip
bemorlarda endoskopiya tekshiruvi hiqildoq torayishini kuchayishiga olib kelishi mumkin. Tayyorgarlik. Dastlab burun bo’shlig’i, xalqum, hiqildoq mahalliy applikatsiyali og’riqsizlantiriladi. Tekshiruvni bajarilishi. Laringoskopiya tekshiruvi egiluvchan optik tolali laringotraxeoskop (fibrolaringotraxeoskop) yordamida bemor o’tirgan yoki yotgan holatida bajariladi. Fibroskopning ishchi uchi asta-sekin burun bo’shlig’ining tubi bo’ylab kiritilib xalqumga tushiriladi va hiqildoq ustida o’rnatilib hiqildoq sinchkovlik bilan ko’zdan kechiriladi, uning harakatchanligi baholanadi. Traxeyani ko’zdan kechirish zarur bo’lganda nafas olish paytida fibroskopning ishchi uchi ovoz tirqishidan siljitiladi (bunda hiqildoq va traxeyaning shilliq pardasi yaxshilab og’riqsizlantiriladi). Ba`zan muolaja kanali orqali kerakli a`zoni og’riqsizlantirish yoki unga dori vositalarini yuborish mumkin. Keyin hiqildoqning ovoz osti bo’shlig’i va traxeya ko’zdan kechirilib, shilliq pardalarining holati baholanadi. Traxeotomiyani boshdan kechirgan bemorlarda tekshiruv traxeostoma orqali bajarilishi mumkin, bunda traxeostoma teshigini, traxeyaning pastda joylashgan qismlarini va hiqildoqning burma osti qismlarini ko’zdan kechirish mumkin. Fibrolaringotraxeoskopiya tekshiruvida endoskopning ishchi uchi orqali hiqildoq yoki traxeyaning shilliq pardasidagi qiziqtiruvchi maydondan biopsiyaga to’qima namunasini olish imkonini beradi. Foto yoki videokamerali fibrolaringotraxeoskop endoskopiya manzarasini foto va videoplyonkaga tasvirga olish imkonini beradi. Videoyozuvlar tashxis va davolash natijalarini taqqoslash imkonini beradi. Natijalar tahlili. Natijalar tahlili olingan vizual manazarani baholash va boshqa endoskopiya tekshiruvlarida olingan ma`lumotlar bilan taqqoslash asosida bajariladi. Natijaga ta`sir etuvchi omillar. Endoskopiya tekshiruviga to’sqinlik qiluvchi patologik o’zgarishlar; mahalliy anestetiklarga yuqori sezuvchanlik; kuchli xalqum va yo’tal refleksi; yuqori va pastki nafas yo’llaridan qon ketishi.
Asoratlar. Nafas yo’llari shilliq pardasiga jarohat yetkazilishi mumkin. 
Alternativ usullar. Bilvosila laringoskopiya, optik laringoskopiya, bevosita 
laringoskopiya. 
 
Bevosita tayanchli mikrolaringoskopiya 
Asoslash. Hiqildoqni bevosita ko’zdan kechirish usuli uzoq tarixga ega 
(Tixomirov shpateli, Undrits direktoskopi). Anesteziologiya  erishgan yutuqlar  
(miorelaksatsiya va sun'iy o’pka havo almashinuvining turli usullari) bevosita 
laringoskopiya imkoniyatlarini kengaytirdi. Amaliyotga maxsus konussimon  
laringoskoplarni  tadbiq etilishi va ularni kerakli holatda ushlab turuvchi uskunalarni 
ishlab chiqilishi ushbu tekshiruv usulini yanada rivojlantirdi. Oxirgi yillarda   
O. Kleynsesser  (1979) tomonidan taklif qilingan usul eng qulay  hisoblandi. 
Standart to’plamga ichi bo’sh konussimon dastali naychalardan iborat bir nechta 
laringoskoplar va asbobni bemor ko’kragida ushlab turuvchi moslama kiradi. 
Maqsad. Hiqildoqxalqum va hiqildoqni ko’zdan kechirish. 
Ko’rsatmalar. Boshqa endoskopiya usullari yordamida tashxis qo’yishni iloji 
bo’lmagan yoki hiqildoqda muolaja va jarrohlik amalini bajarish zarur bo’lgan 
holatlar. 
Qarshi ko’rsatmalar. Umurtqa pog’onasining bo’yin qismidagi va bo’yinning 
yirik qon tomirlarida joylashgan patologik o’zgarishlarida bosh miya qon aylanishini 
buzilishi xavfi borligi ushbu tekshiruv usulining imkoniyatlarini cheklaydi. Shuning 
uchun jarrohlik amalidan oldin bunday holatlarni aniqlash muhim ahamiyatga ega. 
Tayyorgarlik. Bevosita tayanchli mikrolaringoskopiya faqat umumiy 
og’riqsizlantirish ostida va  mushaklar tonusi pasaygan sharoitda bajariladi. 
Bevosita laringoskopiyani bajarish uchun eng qulay fursat – bu o’pkaning 
sun'iy havo almashinuvini ostida traxeostoma orqali tez bajarish hisoblanadi. Odatda 
mushakllarni bo’shashtiruvchi dori vositasi yuborilgandan keyin bemorda qisqa 
mudatli gipertonus fazasi paydo bo’lib, o’ziga xos laringospazm, ya'ni passiv nafas 
chiqarish paytidagi  tovush  bilan kechadi. Bu tovushni yo’qolishi hiqildoq 
mushaklarini bo’shashuvi boshlanganidan dalolat beradi. 
Logotip
Asoratlar. Nafas yo’llari shilliq pardasiga jarohat yetkazilishi mumkin. Alternativ usullar. Bilvosila laringoskopiya, optik laringoskopiya, bevosita laringoskopiya. Bevosita tayanchli mikrolaringoskopiya Asoslash. Hiqildoqni bevosita ko’zdan kechirish usuli uzoq tarixga ega (Tixomirov shpateli, Undrits direktoskopi). Anesteziologiya erishgan yutuqlar (miorelaksatsiya va sun'iy o’pka havo almashinuvining turli usullari) bevosita laringoskopiya imkoniyatlarini kengaytirdi. Amaliyotga maxsus konussimon laringoskoplarni tadbiq etilishi va ularni kerakli holatda ushlab turuvchi uskunalarni ishlab chiqilishi ushbu tekshiruv usulini yanada rivojlantirdi. Oxirgi yillarda O. Kleynsesser (1979) tomonidan taklif qilingan usul eng qulay hisoblandi. Standart to’plamga ichi bo’sh konussimon dastali naychalardan iborat bir nechta laringoskoplar va asbobni bemor ko’kragida ushlab turuvchi moslama kiradi. Maqsad. Hiqildoqxalqum va hiqildoqni ko’zdan kechirish. Ko’rsatmalar. Boshqa endoskopiya usullari yordamida tashxis qo’yishni iloji bo’lmagan yoki hiqildoqda muolaja va jarrohlik amalini bajarish zarur bo’lgan holatlar. Qarshi ko’rsatmalar. Umurtqa pog’onasining bo’yin qismidagi va bo’yinning yirik qon tomirlarida joylashgan patologik o’zgarishlarida bosh miya qon aylanishini buzilishi xavfi borligi ushbu tekshiruv usulining imkoniyatlarini cheklaydi. Shuning uchun jarrohlik amalidan oldin bunday holatlarni aniqlash muhim ahamiyatga ega. Tayyorgarlik. Bevosita tayanchli mikrolaringoskopiya faqat umumiy og’riqsizlantirish ostida va mushaklar tonusi pasaygan sharoitda bajariladi. Bevosita laringoskopiyani bajarish uchun eng qulay fursat – bu o’pkaning sun'iy havo almashinuvini ostida traxeostoma orqali tez bajarish hisoblanadi. Odatda mushakllarni bo’shashtiruvchi dori vositasi yuborilgandan keyin bemorda qisqa mudatli gipertonus fazasi paydo bo’lib, o’ziga xos laringospazm, ya'ni passiv nafas chiqarish paytidagi tovush bilan kechadi. Bu tovushni yo’qolishi hiqildoq mushaklarini bo’shashuvi boshlanganidan dalolat beradi.
Tekshiruvni 
bajarilishi. 
Bevosita 
laringoskopiyada 
tishlar 
emalini 
laringoskopning metall yuzasidan himoyalash uchun plastik va metall 
protektorlardan foydalaniladi. Ammo bunday himoya moslamalaridan foydalanish 
bemorni boshini haddan tashqari orqaga tashlashni talab qiladi.  Shuning uchun tish 
emalini himoyalash uchun bir tomoni bo’yi bo’ylab kesilgan  kalta rezina 
naychalaridan foydalanish lozim.   
Laringoskop o’rta chiziq bo’ylab kiritiladi. Nishonni to’g’ri olish uchun 
bemorning holati to’g’ri bo’lishi lozim. Ko’pincha bemorni boshini imkon qadar 
orqaga tashlash uchun uning yelkalari ostiga lo’lacha qo’yiladi. Laringoskopni 
hiqildoq tomon siljitish yo’lidagi birinchi nishon – bu tanglay tilchasi bo’lib, undan 
keyin cho’michsimon tog’aylarning orqa yuzasi va hiqildoq yorig’i keladi. Bemorni 
passiv nafas chiqarishi tekshiruvni bajarish imkonini bersa, nafas chiqarishni 
yaxshilanishi laringoskopning yo’nalishi to’g’ri  ekanligidan dalolat beradi.  
Laringoskop hiqildoq yorig’iga kiritilgandan so’ng asbob maxsus tayanch 
moslamasi yordamida bemorni ko’kragiga o’rnatiladi. Tishlari bo’lmagan bemorda 
laringoskop oson siljib, hiqildoqdan chiqib ketishi mumkin. Bunday hollarda 
yordamchi biror narsaga tayangan holda qo’li bilan laringoskopni ushlab turishi 
lozim. Keyingi bosqichida laringoskop tekshiruvni bajarish uchun kerakli holatga 
keltiriladi. Odatda, bu patologik jarayon joylashgan maydon bo’ladi. Mikroskopni 
ulash va tekshiruvni bajarish uchun jarroh qulay holatni egallashi,  laringoskop va 
hiqildoq yorig’larini ma`lum tekislikda joylashtirishi lozim (65 rasm).    
 
Logotip
Tekshiruvni bajarilishi. Bevosita laringoskopiyada tishlar emalini laringoskopning metall yuzasidan himoyalash uchun plastik va metall protektorlardan foydalaniladi. Ammo bunday himoya moslamalaridan foydalanish bemorni boshini haddan tashqari orqaga tashlashni talab qiladi. Shuning uchun tish emalini himoyalash uchun bir tomoni bo’yi bo’ylab kesilgan kalta rezina naychalaridan foydalanish lozim. Laringoskop o’rta chiziq bo’ylab kiritiladi. Nishonni to’g’ri olish uchun bemorning holati to’g’ri bo’lishi lozim. Ko’pincha bemorni boshini imkon qadar orqaga tashlash uchun uning yelkalari ostiga lo’lacha qo’yiladi. Laringoskopni hiqildoq tomon siljitish yo’lidagi birinchi nishon – bu tanglay tilchasi bo’lib, undan keyin cho’michsimon tog’aylarning orqa yuzasi va hiqildoq yorig’i keladi. Bemorni passiv nafas chiqarishi tekshiruvni bajarish imkonini bersa, nafas chiqarishni yaxshilanishi laringoskopning yo’nalishi to’g’ri ekanligidan dalolat beradi. Laringoskop hiqildoq yorig’iga kiritilgandan so’ng asbob maxsus tayanch moslamasi yordamida bemorni ko’kragiga o’rnatiladi. Tishlari bo’lmagan bemorda laringoskop oson siljib, hiqildoqdan chiqib ketishi mumkin. Bunday hollarda yordamchi biror narsaga tayangan holda qo’li bilan laringoskopni ushlab turishi lozim. Keyingi bosqichida laringoskop tekshiruvni bajarish uchun kerakli holatga keltiriladi. Odatda, bu patologik jarayon joylashgan maydon bo’ladi. Mikroskopni ulash va tekshiruvni bajarish uchun jarroh qulay holatni egallashi, laringoskop va hiqildoq yorig’larini ma`lum tekislikda joylashtirishi lozim (65 rasm).
65 rasm. Mikroskopik nazorat ostida hiqildoqni ko’zdan kechirish va 
muolajalar o’tkazish. 
 
Laringoskop qulay o’rnatilgandan keyin mikroskopni sozlash va fokusini 
to’g’rilash oson kechadi. Mikroskopik tekshiruvni turli kattalashtirish ostida 
bajarish maqsadga muvofiq, chunki asbobning ishchi uchi orqali hiqildoqning 
nafaqat barcha qismlarini, balki uning ayrim maydonlarini ham ko’zdan kechirish 
imkonini beradi. Hiqildoqning old va  orqa qismlarini ko’zdan kechirish uchun 
mikroskopning  og’ish burchagini laringoskop yorig’iga qarab o’zgartirish lozim. 
Tekshiruvdan so’ng hiqildoqni qisqichlar, zond yoki aspiratorning ishchi uchi 
yordamida zondlash muolajasi bajariladi. Hiqildoq qorinchalarini ko’zdan kechirish 
uchun dahliz burmalari tashqi tomonga siljitiladi. Ovoz burmalarini tashqi tomonga 
siljitib, ovoz osti bo’shlig’i ko’zdan kechiriladi. Ba`zan hiqildoqning ichki 
yuzasidagi to’qimalar tarangligi darajasini o’zgartirish uchun laringoskopni kiritish 
chuqurligini boshqarish talab etiladi. Laringoskop chuqur qiritilganda  patologik 
o’zgargan kichik qon tomirlar, poliplar yoki Reynke shishi ko’zga ko’rinmasligi 
yoki patologik jarayon laringoskop ostida qolishi mumkin. Tekshiruv paytida 
hiqildoqning shilliq pardasiga jarohat yetkazmaslikka harakat qilish lozim, chunki  
ularni bitishi uzoq vaqtga cho’zilib ketishi mumkin. 
Endoskopning turli ko’rish burchagidan foydalanish hiqildoq qorinchalarini, 
ovoz osti bo’shlig’ini, ovoz burmalarining ichki va pastki chetlarini, old komissura 
maydonini  batafsil ko’zdan kechirish imkonini beradi. 
Turli yoritishlar, rangli tasvirlar  va videomonitordan foydalanish tekshiruvni 
yanada boyitadi. Bunda odatdagi yoritishda ko’zga ko’rinmaydigan giper- yoki 
diskeratozni, displaziya maydonlarini aniqlash mumkin. Hiqildoq papillomatozida, 
ayniqsa uning dahlizga va hiqildoq usti qopqog’iga tarqalgan shaklida Veerd 
laringoskopidan foydalanish juda qulay. Laringoskopning ushbu turi kengaytiruvchi 
maslamalariga ega bo’lib, hiqildoqning distal uchidagi yorig’ini kengaytirish va 
laringoskopni hiqildoq dahlizida yoki hiqildoqxalqumda o’rnatish imkonini beradi. 
Logotip
65 rasm. Mikroskopik nazorat ostida hiqildoqni ko’zdan kechirish va muolajalar o’tkazish. Laringoskop qulay o’rnatilgandan keyin mikroskopni sozlash va fokusini to’g’rilash oson kechadi. Mikroskopik tekshiruvni turli kattalashtirish ostida bajarish maqsadga muvofiq, chunki asbobning ishchi uchi orqali hiqildoqning nafaqat barcha qismlarini, balki uning ayrim maydonlarini ham ko’zdan kechirish imkonini beradi. Hiqildoqning old va orqa qismlarini ko’zdan kechirish uchun mikroskopning og’ish burchagini laringoskop yorig’iga qarab o’zgartirish lozim. Tekshiruvdan so’ng hiqildoqni qisqichlar, zond yoki aspiratorning ishchi uchi yordamida zondlash muolajasi bajariladi. Hiqildoq qorinchalarini ko’zdan kechirish uchun dahliz burmalari tashqi tomonga siljitiladi. Ovoz burmalarini tashqi tomonga siljitib, ovoz osti bo’shlig’i ko’zdan kechiriladi. Ba`zan hiqildoqning ichki yuzasidagi to’qimalar tarangligi darajasini o’zgartirish uchun laringoskopni kiritish chuqurligini boshqarish talab etiladi. Laringoskop chuqur qiritilganda patologik o’zgargan kichik qon tomirlar, poliplar yoki Reynke shishi ko’zga ko’rinmasligi yoki patologik jarayon laringoskop ostida qolishi mumkin. Tekshiruv paytida hiqildoqning shilliq pardasiga jarohat yetkazmaslikka harakat qilish lozim, chunki ularni bitishi uzoq vaqtga cho’zilib ketishi mumkin. Endoskopning turli ko’rish burchagidan foydalanish hiqildoq qorinchalarini, ovoz osti bo’shlig’ini, ovoz burmalarining ichki va pastki chetlarini, old komissura maydonini batafsil ko’zdan kechirish imkonini beradi. Turli yoritishlar, rangli tasvirlar va videomonitordan foydalanish tekshiruvni yanada boyitadi. Bunda odatdagi yoritishda ko’zga ko’rinmaydigan giper- yoki diskeratozni, displaziya maydonlarini aniqlash mumkin. Hiqildoq papillomatozida, ayniqsa uning dahlizga va hiqildoq usti qopqog’iga tarqalgan shaklida Veerd laringoskopidan foydalanish juda qulay. Laringoskopning ushbu turi kengaytiruvchi maslamalariga ega bo’lib, hiqildoqning distal uchidagi yorig’ini kengaytirish va laringoskopni hiqildoq dahlizida yoki hiqildoqxalqumda o’rnatish imkonini beradi.
Natijada cho’michsimon tog’aylar, cho’michhiqildoq usti burmalari, hiqildoq usti 
qopqog’ining asosi, qizilo’ngachga kirish joyi ko’zga ko’rina boshlaydi. 
Hiqildoqning barcha qismlari ko’zdan kechirilgandan keyin jarrohlik 
amalining hajmi va usuli, fonojarrohlik usulini qo’llash  masalasi hal qilinadi.  
Ba`zan laringoskop nafaqat jarrohlik va yondashuv asbobi sifatida, balki kuchli 
qon ketishlarda qonni elektrkautersiz to’xtatish asbobi sifatida ishlatiladi. 
Laringoskopni  hiqildoqga chuqurroq, ya`ni qon ketishi sathidan pastroqqa kiritib, 
qonayotgan qon tomirini bir necha daqiqa davomida mexanik bosib turish ko’pincha 
qon ketishini to’xtatishga yordam beradi. 
Tekshiruvni baholash. Bevosita mikrolaringoskopiyada olingan ma`lumotlar 
laringoskopiyaning boshqa usullarining natijalari bilan taqqoslanadi. 
Tekshiruv imkoniyatlari. Bevosita laringoskopiya hiqildoq kasalliklarini 
aniqlashda eng ko’p ma`lumot olish imkonini beruvchi tekshiruv  hisoblanadi. 
Bunda jarrohlik amalidan oldin olingan ma`lumotlar ko’pincha yetarli bo’lmaydi 
yoki bevosita laringoskopiya topilmalaridan keskin farq qiladi. 
Shunga qaramasdan, ushbu  tekshiruv usuli ham ayrim kamchiliklarga ega 
bo’lib, ularning asosiysi – bu ovoz burmalari va uzukcho’michsimon bo’g’imlarni 
faol harakatini baholash imkoni yo’qligi. Demak, hiqildoq harakatining neyrogen 
buzilishlarini aniqlashda jarrohlik amalidan oldin bajarilgan laringoskopiya, ayniqsa 
fibrolaringoskopiya tekshiruvi, hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shuningdek, muolaja 
bajarilgandan keyin hiqildoqning fonatsiya faoliyatini jarrohlik amali paytida 
baholab bo’lmaydi. Oxirgi vaziyat jarrohdan hiqildoq tuzilmalariga imkon qadar 
ehtiyotkorlik bilan yondashishni talab qiladi.  
Natijaga ta`sir etuvchi omillar. Bevosita laringoskopiyani bajarish paytida 
otorinolaringolog va anesteziologlar ko’pincha quyidagi omillar bilan bog’liq ayrim 
qiyinchiliklarga duch keladilar:  
1) og’iz, xalqum, hiqildoqning o’ziga xos anatomik tuzilishi (kichik yoki 
yaxshi ochilmaydigan og’iz, uzun tishlar, tilni kattaligi, xalqum mushaklari va 
shilliq pardasining giperplaziyasi, harakatsiz yoki haddan tashqari harakatchan 
hiqildoq usti qopqog’i, novsimon hiqildoq usti qopqog’i); 
Logotip
Natijada cho’michsimon tog’aylar, cho’michhiqildoq usti burmalari, hiqildoq usti qopqog’ining asosi, qizilo’ngachga kirish joyi ko’zga ko’rina boshlaydi. Hiqildoqning barcha qismlari ko’zdan kechirilgandan keyin jarrohlik amalining hajmi va usuli, fonojarrohlik usulini qo’llash masalasi hal qilinadi. Ba`zan laringoskop nafaqat jarrohlik va yondashuv asbobi sifatida, balki kuchli qon ketishlarda qonni elektrkautersiz to’xtatish asbobi sifatida ishlatiladi. Laringoskopni hiqildoqga chuqurroq, ya`ni qon ketishi sathidan pastroqqa kiritib, qonayotgan qon tomirini bir necha daqiqa davomida mexanik bosib turish ko’pincha qon ketishini to’xtatishga yordam beradi. Tekshiruvni baholash. Bevosita mikrolaringoskopiyada olingan ma`lumotlar laringoskopiyaning boshqa usullarining natijalari bilan taqqoslanadi. Tekshiruv imkoniyatlari. Bevosita laringoskopiya hiqildoq kasalliklarini aniqlashda eng ko’p ma`lumot olish imkonini beruvchi tekshiruv hisoblanadi. Bunda jarrohlik amalidan oldin olingan ma`lumotlar ko’pincha yetarli bo’lmaydi yoki bevosita laringoskopiya topilmalaridan keskin farq qiladi. Shunga qaramasdan, ushbu tekshiruv usuli ham ayrim kamchiliklarga ega bo’lib, ularning asosiysi – bu ovoz burmalari va uzukcho’michsimon bo’g’imlarni faol harakatini baholash imkoni yo’qligi. Demak, hiqildoq harakatining neyrogen buzilishlarini aniqlashda jarrohlik amalidan oldin bajarilgan laringoskopiya, ayniqsa fibrolaringoskopiya tekshiruvi, hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shuningdek, muolaja bajarilgandan keyin hiqildoqning fonatsiya faoliyatini jarrohlik amali paytida baholab bo’lmaydi. Oxirgi vaziyat jarrohdan hiqildoq tuzilmalariga imkon qadar ehtiyotkorlik bilan yondashishni talab qiladi. Natijaga ta`sir etuvchi omillar. Bevosita laringoskopiyani bajarish paytida otorinolaringolog va anesteziologlar ko’pincha quyidagi omillar bilan bog’liq ayrim qiyinchiliklarga duch keladilar: 1) og’iz, xalqum, hiqildoqning o’ziga xos anatomik tuzilishi (kichik yoki yaxshi ochilmaydigan og’iz, uzun tishlar, tilni kattaligi, xalqum mushaklari va shilliq pardasining giperplaziyasi, harakatsiz yoki haddan tashqari harakatchan hiqildoq usti qopqog’i, novsimon hiqildoq usti qopqog’i);
2) bo’yin va gavdaning o’ziga xos anatomik tuzilishi (kalta va yo’g’on bo’yin 
yoki uning orqa yuzasidagi qalin teri-yog’ burmasi, umurtqa pog’onasi bo’yin 
qismini orqaga egilishi qiyinligi); 
3) bevosita laringoskopiyani bajarish paytida bo’yin va a`zolarning jarrohlik 
amalidan yoki shikastdan so’nggi o’zgarishlari (qalqonsimon bez, bo’yin, hiqildoq, 
traxeyaning  limfa tugunlari); 
4) patologik jarayon  keltirib chiqargan o’zgarishlar:  xalqum, hiqildoq, 
qalqonsimon bez o’smalari va boshqalar; 
5) bosh miya qon aylanishini  buzilishiga va boshni orqaga egish xavfli 
bo’lishiga olib keluvchi umurtqa pog’onasi bo’yin qismining o’zgarishlari. 
Eng katta qiyinchiliklar bir paytni o’zida yuqorida qayd etilgan bir nechta 
omillarni mavjudligida  kuzatiladi. 
Intubatsiyani bajarish paytida bevosita laringoskopiyaga bo’lgan talablar 
nisbatan 
kamroq, 
chunki 
endotraxeal 
naychani 
kiritish, 
ya'ni 
bevosita 
gipofaringoskopiyani bajarish uchun hiqildoq usti qopqog’ini va cho’michsimon 
tog’aylarni ko’rish yetarli bo’ladi. Agar yuqorida qayd qilingan omillar tufayli buni 
bajarib bo’lmasa, unda naycha fibrobronxoskop orqali kiritiladi. Bunday intubatsiya 
mahalliy og’riqsizlantirish ostida bajarilib, 5 – bandda qayd qilingan patologiya 
bilan og’rigan bemorlar uchun optimal  usul hisoblanadi. 
Ko’pgina otorinolaringologlar hiqildoqdagi muolajalarni o’pkaning sun'iy 
havo almashinuvi ostida ingichka intubatsiya naychasi orqali  bajaradilar. Naycha 
yorig’ining hajmini kichikligi uni fibrobronxoskop bo’ylab o’tkazish imkonini 
bermaydi. Bunday vaziyatda quyidagi usul qo’llaniladi: yordamchi ushlab turgan 
fibrobronxoskopdan olingan laringoskopiya manzarasi monitorga chiqariladi, jarroh 
intubatsiya naychasini shu manitorga qarab hiqildoq yorig’iga kiritadi. 
Tog’aylar shaklini o’zgarishiga, nafas yorig’ini torayishiga yoki siljishiga olib 
keluvchi hiqildoq kasalliklari bilan og’rigan bemorlarni intubatsiya qilish juda qiyin. 
Bunday bemorlarda ko’pincha  o’pkani niqob usulida havo almashinuvini to’g’ri 
bajarib bo’lmaydi, chunki mushaklari bo’shashganligi tufayli bemor apnoe holatida 
bo’ladi. Bunday vaziyatda shoshilinch traxeostomiyaga ehtiyoj tug’ilishi mumkin. 
Logotip
2) bo’yin va gavdaning o’ziga xos anatomik tuzilishi (kalta va yo’g’on bo’yin yoki uning orqa yuzasidagi qalin teri-yog’ burmasi, umurtqa pog’onasi bo’yin qismini orqaga egilishi qiyinligi); 3) bevosita laringoskopiyani bajarish paytida bo’yin va a`zolarning jarrohlik amalidan yoki shikastdan so’nggi o’zgarishlari (qalqonsimon bez, bo’yin, hiqildoq, traxeyaning limfa tugunlari); 4) patologik jarayon keltirib chiqargan o’zgarishlar: xalqum, hiqildoq, qalqonsimon bez o’smalari va boshqalar; 5) bosh miya qon aylanishini buzilishiga va boshni orqaga egish xavfli bo’lishiga olib keluvchi umurtqa pog’onasi bo’yin qismining o’zgarishlari. Eng katta qiyinchiliklar bir paytni o’zida yuqorida qayd etilgan bir nechta omillarni mavjudligida kuzatiladi. Intubatsiyani bajarish paytida bevosita laringoskopiyaga bo’lgan talablar nisbatan kamroq, chunki endotraxeal naychani kiritish, ya'ni bevosita gipofaringoskopiyani bajarish uchun hiqildoq usti qopqog’ini va cho’michsimon tog’aylarni ko’rish yetarli bo’ladi. Agar yuqorida qayd qilingan omillar tufayli buni bajarib bo’lmasa, unda naycha fibrobronxoskop orqali kiritiladi. Bunday intubatsiya mahalliy og’riqsizlantirish ostida bajarilib, 5 – bandda qayd qilingan patologiya bilan og’rigan bemorlar uchun optimal usul hisoblanadi. Ko’pgina otorinolaringologlar hiqildoqdagi muolajalarni o’pkaning sun'iy havo almashinuvi ostida ingichka intubatsiya naychasi orqali bajaradilar. Naycha yorig’ining hajmini kichikligi uni fibrobronxoskop bo’ylab o’tkazish imkonini bermaydi. Bunday vaziyatda quyidagi usul qo’llaniladi: yordamchi ushlab turgan fibrobronxoskopdan olingan laringoskopiya manzarasi monitorga chiqariladi, jarroh intubatsiya naychasini shu manitorga qarab hiqildoq yorig’iga kiritadi. Tog’aylar shaklini o’zgarishiga, nafas yorig’ini torayishiga yoki siljishiga olib keluvchi hiqildoq kasalliklari bilan og’rigan bemorlarni intubatsiya qilish juda qiyin. Bunday bemorlarda ko’pincha o’pkani niqob usulida havo almashinuvini to’g’ri bajarib bo’lmaydi, chunki mushaklari bo’shashganligi tufayli bemor apnoe holatida bo’ladi. Bunday vaziyatda shoshilinch traxeostomiyaga ehtiyoj tug’ilishi mumkin.
Traxeostomiyani bajarishda esa biroz bo’lsada kechikish va o’zini yo’qotib qo’yish 
bemorni o’limiga olib kelishi mumkin. 
Bo’yin va hiqildoqning o’ziga xos tuzilishiga ega bemorlarda bunday xavfli 
vaziyatni oldini olish uchun mushaklarni bo’shashtirishdan oldin  koniko- yoki 
traxeopunktsiya amali bajariladi va o’mrov osti kateteri o’rnatiladi. Intubatsiya 
jarayonida plastik kateter maxsus moslama yordamida kislorodni ta'minlovchi sun'iy 
o’pka havo almashinuvi asbobiga ulanadi. Ushbu usul bemorlarda asoratlar 
rivojlanishini ancha kamaytirib, qator afzalliklarga ega; masalan, u oddiy va tez 
bajariladi, bemor uni oson ko’taradi, qarshi ko’rsatmalari yo’q, apnoe davri yo’q 
(gaz almanishuvi ta'minlanadi). Intubatsiya naychasi o’rnatilgandan keyin kateterni 
traxeyadan chiqarib olish oson kechadi, bo’yin sohasida izlar qolmaydi.  Qo’l ostida 
yirik igna va leska-o’tkazgichli kateter bo’lganda intubatsiya muolajasi osongina 
bajarilib, mushaklar bo’shashgandan so’ng shoshilinch traxeostomiyani oldini olish 
mumkin.  
Bevosita laringoskopiya tekshiruvi hiqildoq endoskopiyasi jarrohlik amalida 
jarohlik yondashuvi sifatida qo’llanilishi mumkin. Hiqildoq endoskopiyasi  paytida 
o’pkaning sun`y havo almashinuvi traxeyani teshish yordamida bajariladi, bu esa 
laringoskopiyani o’z-o’zidan yengillashtiradi. Ba`zan asosiy nishon belgisi 
hisoblangan hiqildoq usti qopqog’ini topish qiyin bo’lgan holatlar uchraydi. Bunday 
vaziyatlarda hiqildoq bosilib, til maxsus asbob (til ushlagich) yordamida tortiladi. 
Agar bu ham yordam bermasa, unda quyidagi usul qo’llaniladi. Avval oddiy 
laringoskop yordamida gipofaringoskopiya bajarilib, hiqildoq usti qopqog’i ko’zdan 
kechiriladi. Keyin hiqildoq usti qopqog’i qiyshiq laringoskopning uchi bilan yoki 
maxsus asbob yordamida ushlanib, hiqildoq usti qopqog’ining hiqildoq yuzasi 
bo’ylab jarrohlik laringoskopi siljitiladi va birinchi ishchi uchi chiqarib olinadigan 
so’ng hiqildoq yorig’iga kiritiladi. 
Ovoz yorig’i patologik jarayon  (chandiq, o’sma, papilloma, yallig’li shish) 
tufayli torayganda yoki siljiganda ham hiqildoq yorig’ini topish juda qiyin. Odatda, 
bunday bemorlarda traxeostomiya jarrohlik amali bajariladi. Hiqildoq yorig’ini 
topish qiyinligi nafaqat anatomik nishon belgilarini buzilishi, balki hiqildoqning tor 
Logotip
Traxeostomiyani bajarishda esa biroz bo’lsada kechikish va o’zini yo’qotib qo’yish bemorni o’limiga olib kelishi mumkin. Bo’yin va hiqildoqning o’ziga xos tuzilishiga ega bemorlarda bunday xavfli vaziyatni oldini olish uchun mushaklarni bo’shashtirishdan oldin koniko- yoki traxeopunktsiya amali bajariladi va o’mrov osti kateteri o’rnatiladi. Intubatsiya jarayonida plastik kateter maxsus moslama yordamida kislorodni ta'minlovchi sun'iy o’pka havo almashinuvi asbobiga ulanadi. Ushbu usul bemorlarda asoratlar rivojlanishini ancha kamaytirib, qator afzalliklarga ega; masalan, u oddiy va tez bajariladi, bemor uni oson ko’taradi, qarshi ko’rsatmalari yo’q, apnoe davri yo’q (gaz almanishuvi ta'minlanadi). Intubatsiya naychasi o’rnatilgandan keyin kateterni traxeyadan chiqarib olish oson kechadi, bo’yin sohasida izlar qolmaydi. Qo’l ostida yirik igna va leska-o’tkazgichli kateter bo’lganda intubatsiya muolajasi osongina bajarilib, mushaklar bo’shashgandan so’ng shoshilinch traxeostomiyani oldini olish mumkin. Bevosita laringoskopiya tekshiruvi hiqildoq endoskopiyasi jarrohlik amalida jarohlik yondashuvi sifatida qo’llanilishi mumkin. Hiqildoq endoskopiyasi paytida o’pkaning sun`y havo almashinuvi traxeyani teshish yordamida bajariladi, bu esa laringoskopiyani o’z-o’zidan yengillashtiradi. Ba`zan asosiy nishon belgisi hisoblangan hiqildoq usti qopqog’ini topish qiyin bo’lgan holatlar uchraydi. Bunday vaziyatlarda hiqildoq bosilib, til maxsus asbob (til ushlagich) yordamida tortiladi. Agar bu ham yordam bermasa, unda quyidagi usul qo’llaniladi. Avval oddiy laringoskop yordamida gipofaringoskopiya bajarilib, hiqildoq usti qopqog’i ko’zdan kechiriladi. Keyin hiqildoq usti qopqog’i qiyshiq laringoskopning uchi bilan yoki maxsus asbob yordamida ushlanib, hiqildoq usti qopqog’ining hiqildoq yuzasi bo’ylab jarrohlik laringoskopi siljitiladi va birinchi ishchi uchi chiqarib olinadigan so’ng hiqildoq yorig’iga kiritiladi. Ovoz yorig’i patologik jarayon (chandiq, o’sma, papilloma, yallig’li shish) tufayli torayganda yoki siljiganda ham hiqildoq yorig’ini topish juda qiyin. Odatda, bunday bemorlarda traxeostomiya jarrohlik amali bajariladi. Hiqildoq yorig’ini topish qiyinligi nafaqat anatomik nishon belgilarini buzilishi, balki hiqildoqning tor
yorig’i orqali nafasni chiqarish harakati yo’qligi bilan ham bog’liq. Xavfli 
vaziyatlarda bevosita laringoskopiya ko’p vaqtni talab qilishi, jarrohlik amalini 
cho’zib,  hiqildoqxalqumni  ortiqcha  shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Bunday 
murakkab vaziyatni yengillashtirish uchun  quyidagi usul qo’llaniladi. Uchi aylana 
ingichka rezinali kateter traxeostomaga kiritilib, retrograd yo’nalishda hiqildoq 
yorig’iga kiritiladi. Traxeya va hiqildoqning shilliq pardasiga shikast yetkazmaslik  
va  qon ketishini keltirib chiqarmaslik uchun  kateterni  asta-sekinlik bilan kiritish 
lozim. Kateterning uchi hiqildoqxalqumda ko’ringanda jarroh uni yo’nalishiga qarab 
laringoskop yorig’iga kiritadi va bevosita laringoskopiya muolajasini bajaradi. 
Hiqildoq yorig’i topilib laringoskop o’rnatilgandan keyin kateter laringoskop yoki 
traxeostoma orqali chiqarib olinadi. 
Bevosita laringoskopiyani yengillashtiruvchi barcha usullar murakkab 
vaziyatlardan chiqishda yordam bersada, ular faqat yuqorida keltirilgan 1-4 bandga 
mansub bemorlarda qo’llanilishi mumkin. Qon ivishi tizimini faoliyati buzilgan 
bemorlarda bevosita laringoskopiyani bajarish xavfli bo’lib, xalqumni biroz 
bo’lsada jarohatlanishi kuchli qon ketish holatiga olib kelishi mumkin. Bunday 
bemorlarda hiqildoqdagi muolajalar mahalliy og’riqsizlantirish ostida lazer nuri 
yordamida bajariladi (bevosita yoki fibrolaringoskop orqali). 
Tekshiruvni qiyinlashtiruvchi omillarni mavjud imkoniyatlardan to’g’ri 
foydalanib tiklash juda muhim, aks holda tekshirish maydoniga yaqin joylashgan 
a`zolarga jiddiy jarohat yetkazilishi mumkin.  
Asoratlar. Umumiy og’riqsizlantirish yetarlicha bo’lmagan va mushaklar 
bo’shashmagan  hollarda tishlar va tilni jarohatlanishi, kuchli qon ketishi bilan 
kechuvchi tanglay murtaklarini yirtilishi va boshqa asoratlar yuzaga kelishi mumkin. 
Hiqildoq mushaklarini kech, deyarli nafas mushaklari bilan bir paytda bo’shashishi 
ushbu maydonning o’ziga xos xususiyati hisoblanadi. Og’riqsizlantirish yetarlicha 
bo’lmaganda laringokardial refleks tufayli yurak-qon tomir tizimi faoliyatida 
buzilishlar yuz berishi mumkin. Bunday vaziyatlar jarrohdan va anesteziologdan  
hamjihatlik bilan ishlashni talab qiladi. 
Logotip
yorig’i orqali nafasni chiqarish harakati yo’qligi bilan ham bog’liq. Xavfli vaziyatlarda bevosita laringoskopiya ko’p vaqtni talab qilishi, jarrohlik amalini cho’zib, hiqildoqxalqumni ortiqcha shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Bunday murakkab vaziyatni yengillashtirish uchun quyidagi usul qo’llaniladi. Uchi aylana ingichka rezinali kateter traxeostomaga kiritilib, retrograd yo’nalishda hiqildoq yorig’iga kiritiladi. Traxeya va hiqildoqning shilliq pardasiga shikast yetkazmaslik va qon ketishini keltirib chiqarmaslik uchun kateterni asta-sekinlik bilan kiritish lozim. Kateterning uchi hiqildoqxalqumda ko’ringanda jarroh uni yo’nalishiga qarab laringoskop yorig’iga kiritadi va bevosita laringoskopiya muolajasini bajaradi. Hiqildoq yorig’i topilib laringoskop o’rnatilgandan keyin kateter laringoskop yoki traxeostoma orqali chiqarib olinadi. Bevosita laringoskopiyani yengillashtiruvchi barcha usullar murakkab vaziyatlardan chiqishda yordam bersada, ular faqat yuqorida keltirilgan 1-4 bandga mansub bemorlarda qo’llanilishi mumkin. Qon ivishi tizimini faoliyati buzilgan bemorlarda bevosita laringoskopiyani bajarish xavfli bo’lib, xalqumni biroz bo’lsada jarohatlanishi kuchli qon ketish holatiga olib kelishi mumkin. Bunday bemorlarda hiqildoqdagi muolajalar mahalliy og’riqsizlantirish ostida lazer nuri yordamida bajariladi (bevosita yoki fibrolaringoskop orqali). Tekshiruvni qiyinlashtiruvchi omillarni mavjud imkoniyatlardan to’g’ri foydalanib tiklash juda muhim, aks holda tekshirish maydoniga yaqin joylashgan a`zolarga jiddiy jarohat yetkazilishi mumkin. Asoratlar. Umumiy og’riqsizlantirish yetarlicha bo’lmagan va mushaklar bo’shashmagan hollarda tishlar va tilni jarohatlanishi, kuchli qon ketishi bilan kechuvchi tanglay murtaklarini yirtilishi va boshqa asoratlar yuzaga kelishi mumkin. Hiqildoq mushaklarini kech, deyarli nafas mushaklari bilan bir paytda bo’shashishi ushbu maydonning o’ziga xos xususiyati hisoblanadi. Og’riqsizlantirish yetarlicha bo’lmaganda laringokardial refleks tufayli yurak-qon tomir tizimi faoliyatida buzilishlar yuz berishi mumkin. Bunday vaziyatlar jarrohdan va anesteziologdan hamjihatlik bilan ishlashni talab qiladi.
Alternativ usullar. Bilvosita  laringoskopiya, optik  laringoskopiya, 
fibrolaringoskopiya. 
 
Ultratovush tekshiruvi 
Sinonimlar. Exografiya, sonografiya. 
Asoslash. Exografiya  tekshiruvi kam vaqt talab etishi, zararli ta`sirlarni 
yo’qligi, nisbatan arzonligi, oson qo’llanishi va yumshoq to’qimalarni ko’rish 
imkonini berishi tufayli bo’yin yumshoq to’qimalarini tekshirishda keng qo’llaniladi 
(undan skrining usuli sifatida  va  kasallikni kechimini baholashda foydalanish 
mumkin). Exografiyada yog’, mushak va bez to’qimalarini bir-biridan farqlash 
mumkin. 
UZI tomogrammani turli tekisliklarda olish imkoni va kesimlar orasidagi 
tanaffusni yo’qligi bilan  KT  tekshiruvidan farq qiladi. Bu esa bo’yin hosilalarini 
qon tomirlar bilan o’zaro joylashuvini  aniqlashda  muhim  ahamiyatga ega. 
Tasvirlar real vaqtda shakllanib, qon tomirlarni paypaslash va tomir urishini 
kuzatish, dopler usuli yordamida esa qon oqimini baholash imkonini beradi. UZI 
ning imkoniyatlari fizikal tekshiruvga qaraganda ancha yuqori (agar oddiy 
paypaslash yordamida o’lchami 1-1,5 sm bo’lgan chuqur bo’yin tuzilmalari 
aniqlansa, UZI tekshiruvida o’lchamlari 0,4 sm bo’lgan tuzilmalarni aniqlash 
mumkin). Zamonaviy UZI uskunalarining imkoniyatlari 50-90 mkm gacha yetadi; 
oddiy endoskopning biopsiya kanalidan kiritiladigan hajmi 2,4 mm ga teng 
datchiklar yaratilgan bo’lib, ular  hatto ko’ks oralig’i limfa tugunlarini tekshirish 
imkonini beradi. 
Ultratovushli tekshiruvning zamonaviy usullariga interventsion radiologiya 
usuli kiradi va shartli ravishda diagnostik va davolash usullariga bo’linadi.  
Radiologiyaning diagnostik  usuliga UZI nazorati ostida bajariladigan biopsiyaning 
turli shakllari (ingichka ignali aspiratsion biopsiya, to’qima namunasini yo’g’on  va 
maxsus ignalar  bilan  olish)kiradi. Limfa tugunlarni teri orqali punktsiya qilishdan 
tashqari exonazorat ostida qizilo’ngach va transbronxial yo’l orqali ko’ks oralig’i 
limfa tugunlarini ham punktsiya qilish mumkin. Exografiya nazorati ostida 
Logotip
Alternativ usullar. Bilvosita laringoskopiya, optik laringoskopiya, fibrolaringoskopiya. Ultratovush tekshiruvi Sinonimlar. Exografiya, sonografiya. Asoslash. Exografiya tekshiruvi kam vaqt talab etishi, zararli ta`sirlarni yo’qligi, nisbatan arzonligi, oson qo’llanishi va yumshoq to’qimalarni ko’rish imkonini berishi tufayli bo’yin yumshoq to’qimalarini tekshirishda keng qo’llaniladi (undan skrining usuli sifatida va kasallikni kechimini baholashda foydalanish mumkin). Exografiyada yog’, mushak va bez to’qimalarini bir-biridan farqlash mumkin. UZI tomogrammani turli tekisliklarda olish imkoni va kesimlar orasidagi tanaffusni yo’qligi bilan KT tekshiruvidan farq qiladi. Bu esa bo’yin hosilalarini qon tomirlar bilan o’zaro joylashuvini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Tasvirlar real vaqtda shakllanib, qon tomirlarni paypaslash va tomir urishini kuzatish, dopler usuli yordamida esa qon oqimini baholash imkonini beradi. UZI ning imkoniyatlari fizikal tekshiruvga qaraganda ancha yuqori (agar oddiy paypaslash yordamida o’lchami 1-1,5 sm bo’lgan chuqur bo’yin tuzilmalari aniqlansa, UZI tekshiruvida o’lchamlari 0,4 sm bo’lgan tuzilmalarni aniqlash mumkin). Zamonaviy UZI uskunalarining imkoniyatlari 50-90 mkm gacha yetadi; oddiy endoskopning biopsiya kanalidan kiritiladigan hajmi 2,4 mm ga teng datchiklar yaratilgan bo’lib, ular hatto ko’ks oralig’i limfa tugunlarini tekshirish imkonini beradi. Ultratovushli tekshiruvning zamonaviy usullariga interventsion radiologiya usuli kiradi va shartli ravishda diagnostik va davolash usullariga bo’linadi. Radiologiyaning diagnostik usuliga UZI nazorati ostida bajariladigan biopsiyaning turli shakllari (ingichka ignali aspiratsion biopsiya, to’qima namunasini yo’g’on va maxsus ignalar bilan olish)kiradi. Limfa tugunlarni teri orqali punktsiya qilishdan tashqari exonazorat ostida qizilo’ngach va transbronxial yo’l orqali ko’ks oralig’i limfa tugunlarini ham punktsiya qilish mumkin. Exografiya nazorati ostida
bajariladigan davolash muolajalariga xavfli o’smalar embolizatsiyasi, o’t yo’llarini 
teri orqali drenajlash va nefrostomiya, qalqonsimon bezning zaharli tugunlariga spirt 
yuborish, bo’yinning yallig’langan kistalaridan ajralmani so’rib chiqarish va boshqa 
muolajalar kiradi. 
Oxirgi yillarda doplerografiyadan, shu jumladan,  dupleksli exografiyadan (bir 
vaqtning o’zida kulrang va rangli tasvirlarni olish) keng foydalanilmoqda. 
Zamonaviy asboblar nafaqat  yirik qon tomirlarni, balki to’qimalarda qon oqimini 
baholash imkonini beradi. Hozirgi kunda reaktiv o’zgargan limfa tugun va metastaz 
to’qimasidagi qon oqimlari orasida farq mavjudligi haqida ma`lumotlar bor. 
Metastaz to’qimasida qon oqimini o’zgarishi o’sma hujayralari kompressiyasi 
natijasida sodir bo’lishi aniqlangan.  
Hozirgi kunda qon oqimi xususiyatlarini ultratovush tekshiruvi yordamida 
o’rganish uchun dopler signalini kuchaytiruvchi kontrast suyuqliklardan (masalan, 
galaktozadan) foydalanilmoqda. Kontrast suyuqlikda havo mikropufakchalari 
mavjud bo’lib, ular ultratovushni juda kuchli aks ettirib, tekshiruvda keng 
qo’llaniladi. So’nggi yillarda to’qimada qon oqimini baholash uchun kontrast 
suyuqliklardan foydalanish  haqida  ma`lumotlar paydo bo’lgan. 
Ultratovush tekshiruvining endoskopiya yo’nalishi faol rivojlanmoqda. Hozirgi 
kunda tekshiruvni og’iz bo’shlig’i, xalqum va qizilo’ngach orqali bajarish uchun 
datchiklar yaratilgan. Zamonaviy datchiklarni fibroezofagoskopning kanaliga  yoki 
yirik venalarga kiritish usullari ishlab chiqilgan. Endoultratovushli tekshiruv  ayrim 
maydonlarni holatini o’rganish imkonini beradi (masalan, ko’ks oralig’ini, xalqum 
atrofi bo’shlig’ining yuqori  qismlarini va boshqalarni). 
Maqsad. Barcha hollarda UZI tekshiruvi bo’yinning hajmli hosilasini, uni 
joylashuvini, atrof to’qimalar bilan bog’liqligini aniqlash imkonini beradi. 
Tekshiruvni bajarilishi. Ultratovushli skanerning elektrakustik o’zgartirgichi 
tekshirilayotgan a`zoga zondlovchi akustik impulsni tarqatib, a`zodan aks etgan 
exotovushni qabul qilish vazifasini bajaradi. Zamonaviy asboblardagi skanirlash 
(ultratovushli to’plamcha o’qini tekshirilayotgan a`zodan o’tishi)  elektron 
boshqaruv  usuli bilan amalga oshiriladi va tekshiruv vaqtini taxminan 1% ni tashkil 
Logotip
bajariladigan davolash muolajalariga xavfli o’smalar embolizatsiyasi, o’t yo’llarini teri orqali drenajlash va nefrostomiya, qalqonsimon bezning zaharli tugunlariga spirt yuborish, bo’yinning yallig’langan kistalaridan ajralmani so’rib chiqarish va boshqa muolajalar kiradi. Oxirgi yillarda doplerografiyadan, shu jumladan, dupleksli exografiyadan (bir vaqtning o’zida kulrang va rangli tasvirlarni olish) keng foydalanilmoqda. Zamonaviy asboblar nafaqat yirik qon tomirlarni, balki to’qimalarda qon oqimini baholash imkonini beradi. Hozirgi kunda reaktiv o’zgargan limfa tugun va metastaz to’qimasidagi qon oqimlari orasida farq mavjudligi haqida ma`lumotlar bor. Metastaz to’qimasida qon oqimini o’zgarishi o’sma hujayralari kompressiyasi natijasida sodir bo’lishi aniqlangan. Hozirgi kunda qon oqimi xususiyatlarini ultratovush tekshiruvi yordamida o’rganish uchun dopler signalini kuchaytiruvchi kontrast suyuqliklardan (masalan, galaktozadan) foydalanilmoqda. Kontrast suyuqlikda havo mikropufakchalari mavjud bo’lib, ular ultratovushni juda kuchli aks ettirib, tekshiruvda keng qo’llaniladi. So’nggi yillarda to’qimada qon oqimini baholash uchun kontrast suyuqliklardan foydalanish haqida ma`lumotlar paydo bo’lgan. Ultratovush tekshiruvining endoskopiya yo’nalishi faol rivojlanmoqda. Hozirgi kunda tekshiruvni og’iz bo’shlig’i, xalqum va qizilo’ngach orqali bajarish uchun datchiklar yaratilgan. Zamonaviy datchiklarni fibroezofagoskopning kanaliga yoki yirik venalarga kiritish usullari ishlab chiqilgan. Endoultratovushli tekshiruv ayrim maydonlarni holatini o’rganish imkonini beradi (masalan, ko’ks oralig’ini, xalqum atrofi bo’shlig’ining yuqori qismlarini va boshqalarni). Maqsad. Barcha hollarda UZI tekshiruvi bo’yinning hajmli hosilasini, uni joylashuvini, atrof to’qimalar bilan bog’liqligini aniqlash imkonini beradi. Tekshiruvni bajarilishi. Ultratovushli skanerning elektrakustik o’zgartirgichi tekshirilayotgan a`zoga zondlovchi akustik impulsni tarqatib, a`zodan aks etgan exotovushni qabul qilish vazifasini bajaradi. Zamonaviy asboblardagi skanirlash (ultratovushli to’plamcha o’qini tekshirilayotgan a`zodan o’tishi) elektron boshqaruv usuli bilan amalga oshiriladi va tekshiruv vaqtini taxminan 1% ni tashkil
qiladi. Akustik impuls qisman to’qimalarda yutiladi, tarqaladi va qisman aks 
ettiriladi. Aks etgan impulslar elektrakustik o’zgartirgich tomonidan qabul qilinib, 
elektr tebranishlarga o’zgartiriladi va ishlov berilgandan so’ng monitorga 
chiqariladi. B-skanirlashdagi (ingl. Brightness - yorqinlik) exogrammada 
tekshirilayotgan a`zodan aks etgan akustik signalni amplitudasi tasvirdagi  tegishli 
maydonning yorqinligini belgilaydi. Zamonaviy asboblar tasvirni bir soniyada 30-
50 gacha tezlikda olish imkonini beradi, ya'ni tekshiruv real vaqtda bajariladi. 
Natijalarni baholash. Exografiya yordamida bo’yin limfa tugunlarini 70% 
sog’lom insonlarda aniqlash mumkin. UZI tekshiruvining bo’yin limfa tugunlarini 
aniqlash imkoniyatlari klinik, KT va MRT tekshiruvlaridan ustun turadi. Reaktiv 
limfoadenopatiyalarda o’ziga xos ultratovush belgisi  kuzatiladi, ba`zan markazida 
tuzilma mavjud bo’lgan limfa tugunining shakli cho’ziqroq  bo’ladi. 
Limfa tugunlar shaklini noto’g’ri bo’lishi, ichki tuzilishining xilma-xilligi, 
o’lchamlarini ancha yirik bo’lishi va zararlangan limfa tugunlar sonini ko’pligi  
(tugunlar soni 15 dan ortiq)  xavfli o’smalarga xos ultratovush belgisi hisoblanadi. 
Bo’yin, qalqonsimon va so’lak bezlari  kistalarida, lipomalarda ham o’ziga xos 
ultratovushli belgilar aniqlanadi. Aksariyat hollarda UZI tekshiruvi limfa tugunlarni 
boshqa hajmli hosilalardan farqlash imkonini beradi. Ushbu tekshiruv usullari 
yordamida 
metastatik 
zararlanish, 
limfoproliferativ 
kasallik, 
ba`zan 
limfoadenopatiya tashxisini  aniq  qo’yish  mumkin. Ammo o’sma jarayonidagi 
limfoadenopatiya belgilari  kasallikning nisbatan kechki bosqichlarida  kuzatiladi va 
UZI tekshiruvining qiyosiy tashxisidagi imkoniyatlarni cheklaydi. 
Tekshiruv imkoniyatlari. UZI ma'lum kamchiliklarga ega bo’lib,  ularga yirik 
hosilalarni tekshirish uchun ko’rish maydonining nisbatan torligi, suyak  va havoli 
bo’shliqlarni (masalan, hiqildoqni) ko’rish imkoni yo’qligi kiradi. An'anaviy UZI 
tekshiruvi  yordamida ayrim maydonlarni, masalan, kalla suyagining tashqi asosi 
maydonini, ko’ks oralig’ini, xalqum atrofi bo’shlig’ining yuqori qismlarini tekshirib 
bo’lmaydi. 
UZI  chuqur ma`lumot beruvchi tekshiruv usuli bo’lib, u bo’yinning turli hajmli 
hosilalarida tekshiruvning boshida qo’llanishi lozim. UZI tekshiruvi yordamida 
Logotip
qiladi. Akustik impuls qisman to’qimalarda yutiladi, tarqaladi va qisman aks ettiriladi. Aks etgan impulslar elektrakustik o’zgartirgich tomonidan qabul qilinib, elektr tebranishlarga o’zgartiriladi va ishlov berilgandan so’ng monitorga chiqariladi. B-skanirlashdagi (ingl. Brightness - yorqinlik) exogrammada tekshirilayotgan a`zodan aks etgan akustik signalni amplitudasi tasvirdagi tegishli maydonning yorqinligini belgilaydi. Zamonaviy asboblar tasvirni bir soniyada 30- 50 gacha tezlikda olish imkonini beradi, ya'ni tekshiruv real vaqtda bajariladi. Natijalarni baholash. Exografiya yordamida bo’yin limfa tugunlarini 70% sog’lom insonlarda aniqlash mumkin. UZI tekshiruvining bo’yin limfa tugunlarini aniqlash imkoniyatlari klinik, KT va MRT tekshiruvlaridan ustun turadi. Reaktiv limfoadenopatiyalarda o’ziga xos ultratovush belgisi kuzatiladi, ba`zan markazida tuzilma mavjud bo’lgan limfa tugunining shakli cho’ziqroq bo’ladi. Limfa tugunlar shaklini noto’g’ri bo’lishi, ichki tuzilishining xilma-xilligi, o’lchamlarini ancha yirik bo’lishi va zararlangan limfa tugunlar sonini ko’pligi (tugunlar soni 15 dan ortiq) xavfli o’smalarga xos ultratovush belgisi hisoblanadi. Bo’yin, qalqonsimon va so’lak bezlari kistalarida, lipomalarda ham o’ziga xos ultratovushli belgilar aniqlanadi. Aksariyat hollarda UZI tekshiruvi limfa tugunlarni boshqa hajmli hosilalardan farqlash imkonini beradi. Ushbu tekshiruv usullari yordamida metastatik zararlanish, limfoproliferativ kasallik, ba`zan limfoadenopatiya tashxisini aniq qo’yish mumkin. Ammo o’sma jarayonidagi limfoadenopatiya belgilari kasallikning nisbatan kechki bosqichlarida kuzatiladi va UZI tekshiruvining qiyosiy tashxisidagi imkoniyatlarni cheklaydi. Tekshiruv imkoniyatlari. UZI ma'lum kamchiliklarga ega bo’lib, ularga yirik hosilalarni tekshirish uchun ko’rish maydonining nisbatan torligi, suyak va havoli bo’shliqlarni (masalan, hiqildoqni) ko’rish imkoni yo’qligi kiradi. An'anaviy UZI tekshiruvi yordamida ayrim maydonlarni, masalan, kalla suyagining tashqi asosi maydonini, ko’ks oralig’ini, xalqum atrofi bo’shlig’ining yuqori qismlarini tekshirib bo’lmaydi. UZI chuqur ma`lumot beruvchi tekshiruv usuli bo’lib, u bo’yinning turli hajmli hosilalarida tekshiruvning boshida qo’llanishi lozim. UZI tekshiruvi yordamida
a`zoning anatomik xususiyatlarini aniq o’rganish, bo’yin hosilalarining joylashuvini 
baholash va ba`zan paydo bo’lish sababini  taxmin qilish mumkin. 
Alternativ  usullar. Bo’yin sohasining KT, MRT  tekshiruvlari. 
 
Rentgenografiya 
Sinonimlar. 
Umumiy 
 
rentgenografiya, 
tomografiya, 
funktsional 
rentgenografiya, laringografiya. 
Asoslash. 
Bo’yin 
a`zolarining 
rentgenografiyasi, 
ayniqsa 
bevosita 
laringoskopiyani 
bajarish 
imkoni 
bo’lmagan 
hollarda, 
klinik 
tekshiruv 
ma`lumotlarini to’ldiruvchi eng oson va tez bajariluvchi tekshiruv usuli hisoblanadi. 
Bunda yon yo’nalishda bajarilgan hiqildoq rentgenografiyasi eng ko’p ma`lumot 
olish imkonini beradi. Rentgenogrammalarda  hiqildoq, til osti suyagi, xalqumning 
noksimon cho’ntaklari va bo’yinning boshqa anatomik tuzilmalarining holatini 
ko’rish mumkin. 
Maqsad. Hiqildoq rengenografiyasi tekshiruvining maqsadi hiqildoq, xalqum 
va traxeya yorig’ini hamda tog’aylar, til osti suyagining tasvirlarini baholashdan 
iborat. Tekshiruv tovush chiqarish paytida o’tkazilganda ovoz burmalarining 
harakatchanligi, ovoz tirqishining o’lchami baholanadi. 
Ko’rsatmalar. Hiqildoqning tashqi va ichki jarohatlari tekshiruv uchun 
ko’rsatma hisoblanadi. Ularga yuzaki o’q otar, sanchilgan, kesilgan va o’tmas 
jarohatlar kiradi. Ichki jarohatlarga ko’pincha hiqildoqqa yot jismlarning kirib 
qolishi sabab bo’ladi, ba`zan intubatsiya paytida ham hiqildoqqa jarohat yetkazilishi 
mumkin. Hiqildoqning termik va kimyoviy kuyishlari ham tekshiruv uchun 
ko’rsatma hisoblanadi. Hiqildoqning surunkali yallig’lanish kasalliklarida 
rentgenografiya tekshiruvi qo’shimcha usul sifatida qo’llaniladi. Hiqildoq 
harakatchanligining buzilishlarida, ya'ni qisman  falaj va falajlarda  hiqildoqning 
rentgenografiya tekshiruvi amaliy ahamiyat kasb etadi. 
Qarshi ko’rsatmalar. Homiladorlik tekshiruv  uchun qarshi ko’rsatma 
hisoblanadi. 
Tayyorgarlik. Maxsus tayyorgarlikni talab qilmaydi. 
Logotip
a`zoning anatomik xususiyatlarini aniq o’rganish, bo’yin hosilalarining joylashuvini baholash va ba`zan paydo bo’lish sababini taxmin qilish mumkin. Alternativ usullar. Bo’yin sohasining KT, MRT tekshiruvlari. Rentgenografiya Sinonimlar. Umumiy rentgenografiya, tomografiya, funktsional rentgenografiya, laringografiya. Asoslash. Bo’yin a`zolarining rentgenografiyasi, ayniqsa bevosita laringoskopiyani bajarish imkoni bo’lmagan hollarda, klinik tekshiruv ma`lumotlarini to’ldiruvchi eng oson va tez bajariluvchi tekshiruv usuli hisoblanadi. Bunda yon yo’nalishda bajarilgan hiqildoq rentgenografiyasi eng ko’p ma`lumot olish imkonini beradi. Rentgenogrammalarda hiqildoq, til osti suyagi, xalqumning noksimon cho’ntaklari va bo’yinning boshqa anatomik tuzilmalarining holatini ko’rish mumkin. Maqsad. Hiqildoq rengenografiyasi tekshiruvining maqsadi hiqildoq, xalqum va traxeya yorig’ini hamda tog’aylar, til osti suyagining tasvirlarini baholashdan iborat. Tekshiruv tovush chiqarish paytida o’tkazilganda ovoz burmalarining harakatchanligi, ovoz tirqishining o’lchami baholanadi. Ko’rsatmalar. Hiqildoqning tashqi va ichki jarohatlari tekshiruv uchun ko’rsatma hisoblanadi. Ularga yuzaki o’q otar, sanchilgan, kesilgan va o’tmas jarohatlar kiradi. Ichki jarohatlarga ko’pincha hiqildoqqa yot jismlarning kirib qolishi sabab bo’ladi, ba`zan intubatsiya paytida ham hiqildoqqa jarohat yetkazilishi mumkin. Hiqildoqning termik va kimyoviy kuyishlari ham tekshiruv uchun ko’rsatma hisoblanadi. Hiqildoqning surunkali yallig’lanish kasalliklarida rentgenografiya tekshiruvi qo’shimcha usul sifatida qo’llaniladi. Hiqildoq harakatchanligining buzilishlarida, ya'ni qisman falaj va falajlarda hiqildoqning rentgenografiya tekshiruvi amaliy ahamiyat kasb etadi. Qarshi ko’rsatmalar. Homiladorlik tekshiruv uchun qarshi ko’rsatma hisoblanadi. Tayyorgarlik. Maxsus tayyorgarlikni talab qilmaydi.
Tekshiruvni  bajarilishi. Hiqildoqning umumiy rentgenografiya tekshiruvi 
Tekshiruv to’g’ri va yon yo’nalishlarda bajariladi. Yon yo’nalishda bajarilgan 
rentgenogrammada hiqildoq yorig’i oldinga biroz qayrilgan yorug’lik tasmasi 
shaklida bo’lib, u traxeyaning yorug’lik tasmasiga o’tuvchi hiqildoq yorig’ining 
davomi hisoblanadi  (66 rasm). 
Natijalar tahlili. Odatda tasvirda til osti suyagining tanasi va katta shoxchalari 
hamda hiqildoq usti qopqog’i, qalqonsimon va uzuksimon tog’aylarning tasvirini 
aniq ko’rish mumkin. Hiqildoq usti qopqog’ining til yuzasidan oldinda til osti 
suyagining katta shoxchalarining ustida  tilhiqildoq  usti chuqurchalarining yorug’lik 
soyasi aniqlanadi. 
 
 
66 rasm. Rentgenogrammada hiqildoq tasviri. a-sagittal tekislikda; b -frontal 
tekislikda. 1 - til osti suyagi; 2 - hiqildoq usti qopqog’i; 
3 - qalqonsimon tog’ay; 4 - uzuksimon  tog’ay; 5 - hiqildoq qorinchalari;                 
6 – hiqildoq dahlizi; 7 - traxeya yorig’iga o’tuvchi ovoz osti bo’shlig’i 
 
Til osti suyagidan pastda va hiqildoq usti qopqog’idan oldinda uchburchak 
shaklidagi o’ziga xos soya aniqlanib, u yog’ to’qimasi bilan to’lgan  old hiqildoq 
usti bo’shlig’iga to’g’ri keladi. Ushbu old hiqildoq usti bo’shlig’ining old cheti 
Logotip
Tekshiruvni bajarilishi. Hiqildoqning umumiy rentgenografiya tekshiruvi Tekshiruv to’g’ri va yon yo’nalishlarda bajariladi. Yon yo’nalishda bajarilgan rentgenogrammada hiqildoq yorig’i oldinga biroz qayrilgan yorug’lik tasmasi shaklida bo’lib, u traxeyaning yorug’lik tasmasiga o’tuvchi hiqildoq yorig’ining davomi hisoblanadi (66 rasm). Natijalar tahlili. Odatda tasvirda til osti suyagining tanasi va katta shoxchalari hamda hiqildoq usti qopqog’i, qalqonsimon va uzuksimon tog’aylarning tasvirini aniq ko’rish mumkin. Hiqildoq usti qopqog’ining til yuzasidan oldinda til osti suyagining katta shoxchalarining ustida tilhiqildoq usti chuqurchalarining yorug’lik soyasi aniqlanadi. 66 rasm. Rentgenogrammada hiqildoq tasviri. a-sagittal tekislikda; b -frontal tekislikda. 1 - til osti suyagi; 2 - hiqildoq usti qopqog’i; 3 - qalqonsimon tog’ay; 4 - uzuksimon tog’ay; 5 - hiqildoq qorinchalari; 6 – hiqildoq dahlizi; 7 - traxeya yorig’iga o’tuvchi ovoz osti bo’shlig’i Til osti suyagidan pastda va hiqildoq usti qopqog’idan oldinda uchburchak shaklidagi o’ziga xos soya aniqlanib, u yog’ to’qimasi bilan to’lgan old hiqildoq usti bo’shlig’iga to’g’ri keladi. Ushbu old hiqildoq usti bo’shlig’ining old cheti
qalqon-til osti  pardasiga, pastga qaragan cho’qqisi esa — hiqildoq usti qopqog’ining  
shoxchasi  qalqonsimon tog’ayga birikkan joylariga to’g’ri keladi. 
Hiqildoq yorig’i ostida taxminan old hiqildoq usti  uchburchagi cho’qqisining 
sathida hiqildoq qorinchalarining gorizontal yorug’lik tasmasi aniqlanadi. Ushbu 
yorug’lik tasmaning  yuqori chetini dahliz burmalari hosil qiladi. 
Hiqildoq usti qopqog’ining  hiqildoq yuzasini dahliz burmalarining  old 
chetidan ajratib turuvchi chiziq kesishgan joy hiqildoq usti-qorincha burchagi deb 
ataladi. Orqada hiqildoq usti qopqog’ining chizgilari cho’michhiqildoq usti 
burmalariga qo’shilib ketadi, rentgenogrammada ushbu burmalarning yuqori 
chetlari hiqildoq usti qopqog’idan orqaga va pastga boruvchi aniq chiziq shaklida 
namoyon bo’ladi. Ushbu chiziqning orqa uchi cho’michsimon tog’aylarning 
cho’qqilariga to’g’ri keladi. Rentgenogrammada suyaklangan cho’michsimon 
tog’aylar tasvirini ko’rish mumkin. Ushbu sohada soyaning sezilarli darajada 
kengayishi umurtqa oldi bo’shlig’ining yumshoq to’qimalariga to’g’ri keladi. Bu 
joyda hiqildoq yorig’ining orqa cheti bo’ylab aniqlangan oldinga qaragan o’ziga xos 
bo’rtish cho’michlararo bo’shliq shilliq pardasining bo’rtishini aks ettiradi. 
Hiqildoq 
maydonining 
old 
to’g’ri 
yo’nalishida 
bajarilgan 
rentgenogrammalarida faqat qalqonsimon tog’ayning plastinkalari va bevosita 
traxeya yorig’iga o’tuvchi ovoz osti bo’shlig’ining yorig’i aniq ko’rinadi. Ba`zan 
hiqildoqning yuqori va o’rta qismlarining tasvirini ko’rish mumkin. Endoskopiyani 
bajarish  qiyin bo’lgan chandiqli o’zgarishlarda  ularning yorig’ini shilliq pardaga 
tantal kukuni sepilgandan keyin yoki yodolipol surtilgandan keyin tekshirsa bo’ladi. 
Xalqumning noksimon cho’ntaklari bariy sulfat bilan kontrastlashgandan keyin 
tekshiriladi.  
Hiqildoqning rentgenografiya tekshiruvi bemor qorni bilan yotgan holatida, 
ya`ni hiqildoq plyonkaga yaqin joylashgan holatida bajariladi. Hiqildoq  
qorinchalarining maksimal eni chuqurligida (qalqonsimon tog’ayning bo’rtgan cheti 
sathida 
bo’yinning 
old 
yuzasidan 
1,5-2 
sm 
chuqurlikda) 
bajarilgan 
rentgenogrammalar eng ko’p ma`lumot olish imkonini beradi. 
Logotip
qalqon-til osti pardasiga, pastga qaragan cho’qqisi esa — hiqildoq usti qopqog’ining shoxchasi qalqonsimon tog’ayga birikkan joylariga to’g’ri keladi. Hiqildoq yorig’i ostida taxminan old hiqildoq usti uchburchagi cho’qqisining sathida hiqildoq qorinchalarining gorizontal yorug’lik tasmasi aniqlanadi. Ushbu yorug’lik tasmaning yuqori chetini dahliz burmalari hosil qiladi. Hiqildoq usti qopqog’ining hiqildoq yuzasini dahliz burmalarining old chetidan ajratib turuvchi chiziq kesishgan joy hiqildoq usti-qorincha burchagi deb ataladi. Orqada hiqildoq usti qopqog’ining chizgilari cho’michhiqildoq usti burmalariga qo’shilib ketadi, rentgenogrammada ushbu burmalarning yuqori chetlari hiqildoq usti qopqog’idan orqaga va pastga boruvchi aniq chiziq shaklida namoyon bo’ladi. Ushbu chiziqning orqa uchi cho’michsimon tog’aylarning cho’qqilariga to’g’ri keladi. Rentgenogrammada suyaklangan cho’michsimon tog’aylar tasvirini ko’rish mumkin. Ushbu sohada soyaning sezilarli darajada kengayishi umurtqa oldi bo’shlig’ining yumshoq to’qimalariga to’g’ri keladi. Bu joyda hiqildoq yorig’ining orqa cheti bo’ylab aniqlangan oldinga qaragan o’ziga xos bo’rtish cho’michlararo bo’shliq shilliq pardasining bo’rtishini aks ettiradi. Hiqildoq maydonining old to’g’ri yo’nalishida bajarilgan rentgenogrammalarida faqat qalqonsimon tog’ayning plastinkalari va bevosita traxeya yorig’iga o’tuvchi ovoz osti bo’shlig’ining yorig’i aniq ko’rinadi. Ba`zan hiqildoqning yuqori va o’rta qismlarining tasvirini ko’rish mumkin. Endoskopiyani bajarish qiyin bo’lgan chandiqli o’zgarishlarda ularning yorig’ini shilliq pardaga tantal kukuni sepilgandan keyin yoki yodolipol surtilgandan keyin tekshirsa bo’ladi. Xalqumning noksimon cho’ntaklari bariy sulfat bilan kontrastlashgandan keyin tekshiriladi. Hiqildoqning rentgenografiya tekshiruvi bemor qorni bilan yotgan holatida, ya`ni hiqildoq plyonkaga yaqin joylashgan holatida bajariladi. Hiqildoq qorinchalarining maksimal eni chuqurligida (qalqonsimon tog’ayning bo’rtgan cheti sathida bo’yinning old yuzasidan 1,5-2 sm chuqurlikda) bajarilgan rentgenogrammalar eng ko’p ma`lumot olish imkonini beradi.
Hiqildoqning turli holatlarida (turli tovushlar fonatsiyasida, nafas olishni 
to’xtatish paytida va h.k.) bajarilgan rentgenogrammalar muhim diagnostik 
ahamiyatga ega bo’lib, hiqildoqning nafaqat anatomik, balki faoliyatini baholash 
imkonini beradi. Bunda uchta  faoliyat rentgenogrammalari  bajariladi: davomli  
nafas olish  paytida, Valsalva  sinamasi paytida (chuqur nafas olingandan keyin ovoz 
tirqishi yopiq va qorin pressi zo’riqqan holatida nafasni chiqarish harakatini 
bajarishga urinish) va  “i” , “o”, ”u” ,”e” kabi birorta unli tovushni fonatsiyasi 
paytida. Nafas olish paytida ovoz burmalari bir-biridan maksimal darajada 
uzoqlashadi, Valsalva sinamasida esa ovoz tirqishini to’liq yopib yaqinlashadi. Unli 
tovushlar fonatsiyasi ovoz burmalarini zo’riqishiga va bir-biridan biroz 
uzoqlashishiga olib keladi. Kontrast suyuqliklar yordamida bajarilgan tekshiruv 
(laringografiya) va rentgenoskopiya tekshiruvi ham muhim diagnostik ahamiyatga 
ega. Barcha hiqildoq qismlari yorig’ining aniq tasviri “i”  yoki “u”  tovushlari 
fonatsiyasi paytida bajarilgan rentgenogrammalarda ko’rinadi. 
Hiqildoq rentgenogrammalarida hiqildoqqa kirish joyining chegaralari 
aniqlanadi. Ular  ingichka tasmalar shaklida bo’lib, cho’michhiqildoq usti 
burmalarining kesishmasiga to’g’ri keladi. Ushbu tasmalar yon tomonlarida hiqildoq 
dahlizining yorug’ bo’shlig’ini noksimon sinuslar yorug’ligidan ajratib turadi. 
Dahliz va ovoz burmalari hamda ular orasidagi hiqildoq qorinchalari aniqlanadi. 
Davomli nafas olish paytida bajarilgan rentgenogrammalarda ovoz burmalari bir-
biridan maksimal uzoqlashadi. Ushbu tasvirlarni “i” tovushi fonatsiyasi paytida 
bajarilgan rentgenogrammalar bilan taqqoslash yordamida ovoz burmalarining 
harakatchanligi 
va 
ovoz 
tirqishining 
o’lchamini 
baholash 
mumkin. 
Rentgenogrammalarni tahlil qilish paytida  tomografiya qatlami chuqurligi bilan 
bog’liq hiqildoq  yorig’ining tasvirlaridagi farqni e`tiborga olish lozim. 
Bundan tashqari, ovoz burmalarining holati, o’lchami va shakli fonatsiya 
qilingan tovush tonining kuchi va balandligiga qarab sezilarli darajada o’zgaradi. 
Hiqildoqning o’ziga xos anatomik tuzilishining xususiyatlari tufayli uning me`yoriy 
holatida ham chap va o’ng hiqildoq qorinchalarining tasvirida biroz assimetriya 
kuzatilishi mumkin. Shuningdek, “noaniq tasmalar” mavjudligi bilan bog’liq 
Logotip
Hiqildoqning turli holatlarida (turli tovushlar fonatsiyasida, nafas olishni to’xtatish paytida va h.k.) bajarilgan rentgenogrammalar muhim diagnostik ahamiyatga ega bo’lib, hiqildoqning nafaqat anatomik, balki faoliyatini baholash imkonini beradi. Bunda uchta faoliyat rentgenogrammalari bajariladi: davomli nafas olish paytida, Valsalva sinamasi paytida (chuqur nafas olingandan keyin ovoz tirqishi yopiq va qorin pressi zo’riqqan holatida nafasni chiqarish harakatini bajarishga urinish) va “i” , “o”, ”u” ,”e” kabi birorta unli tovushni fonatsiyasi paytida. Nafas olish paytida ovoz burmalari bir-biridan maksimal darajada uzoqlashadi, Valsalva sinamasida esa ovoz tirqishini to’liq yopib yaqinlashadi. Unli tovushlar fonatsiyasi ovoz burmalarini zo’riqishiga va bir-biridan biroz uzoqlashishiga olib keladi. Kontrast suyuqliklar yordamida bajarilgan tekshiruv (laringografiya) va rentgenoskopiya tekshiruvi ham muhim diagnostik ahamiyatga ega. Barcha hiqildoq qismlari yorig’ining aniq tasviri “i” yoki “u” tovushlari fonatsiyasi paytida bajarilgan rentgenogrammalarda ko’rinadi. Hiqildoq rentgenogrammalarida hiqildoqqa kirish joyining chegaralari aniqlanadi. Ular ingichka tasmalar shaklida bo’lib, cho’michhiqildoq usti burmalarining kesishmasiga to’g’ri keladi. Ushbu tasmalar yon tomonlarida hiqildoq dahlizining yorug’ bo’shlig’ini noksimon sinuslar yorug’ligidan ajratib turadi. Dahliz va ovoz burmalari hamda ular orasidagi hiqildoq qorinchalari aniqlanadi. Davomli nafas olish paytida bajarilgan rentgenogrammalarda ovoz burmalari bir- biridan maksimal uzoqlashadi. Ushbu tasvirlarni “i” tovushi fonatsiyasi paytida bajarilgan rentgenogrammalar bilan taqqoslash yordamida ovoz burmalarining harakatchanligi va ovoz tirqishining o’lchamini baholash mumkin. Rentgenogrammalarni tahlil qilish paytida tomografiya qatlami chuqurligi bilan bog’liq hiqildoq yorig’ining tasvirlaridagi farqni e`tiborga olish lozim. Bundan tashqari, ovoz burmalarining holati, o’lchami va shakli fonatsiya qilingan tovush tonining kuchi va balandligiga qarab sezilarli darajada o’zgaradi. Hiqildoqning o’ziga xos anatomik tuzilishining xususiyatlari tufayli uning me`yoriy holatida ham chap va o’ng hiqildoq qorinchalarining tasvirida biroz assimetriya kuzatilishi mumkin. Shuningdek, “noaniq tasmalar” mavjudligi bilan bog’liq