Fibrosement plitalar ishlab chiqarish

Yuklangan vaqt

2024-09-23

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

5

Faytl hajmi

40,2 KB


 
 
 
 
 
 
Fibrosement plitalar ishlab chiqarish 
 
 
Reja 
5.1. Fibrosement plitalar xaqida umumiy ma’lumotlar. 
5,2. Fibrosement plitalar ishlab chiqarish texnologiyalari. 
 
 
5.1. Fibrosement plitalar xaqida umumiy ma’lumotlar. 
  Fibrosement - sement, mineral to‘ldiruvchilar, mustahkamlovchi tolalar va 
kimyoviy qo‘shimchalar (qotiruvchilar, plastifikatorlar) dan iborat kompozitsion 
qurilish materiali hisoblanadi. Maqsadga qarab, plita yoki panellar shaklida taqdim 
etiladigan sun’iy tosh turi - deb ham hisoblash mumkin. Fibrosement mustahkamlik 
va egiluvchan-moslashuvchanligi bilan tavsiflanadi. Odatda devor panellari va 
plitalari ishlab chiqarish, pardozlash materiallari ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. 
Undan foydalanish bo‘yicha hech qanday cheklovlar yo‘q. 
Fibrosement olish uchun dastlabki harakatlar avstriyalik Lyudvig Gacek tomonidan 
XIX asr oxirida temir-sement asosidagi mahsulot olishdan boshlangan 
. Fibrosement plitalari fuqarolik, harbiy va sanoat qurilishi sohasida, arxitektura, 
mebel ishlab chiqarish, binolarni ichki ta’mirlashda ham qo‘llanib kelinmoqda. 
Ushbu materialning qo‘llanish doirasi doimiy ravishda kengayib bormoqda va 
hozirgi kunda u nafaqat quruvchi hamda me’morlar, balki dizaynerlar, 
haykaltaroshlar, rassomlar tomonidan ham qo‘llanilmoqda. 
Har xil qalinlikdagi va o‘lchamdagi (katta va kichik) fibrosement plitalari ichki 
bezatish, shu jumladan namligi yuqori bo‘lgan (hammom, suzish havzalari) va 
Fibrosement plitalar ishlab chiqarish Reja 5.1. Fibrosement plitalar xaqida umumiy ma’lumotlar. 5,2. Fibrosement plitalar ishlab chiqarish texnologiyalari. 5.1. Fibrosement plitalar xaqida umumiy ma’lumotlar. Fibrosement - sement, mineral to‘ldiruvchilar, mustahkamlovchi tolalar va kimyoviy qo‘shimchalar (qotiruvchilar, plastifikatorlar) dan iborat kompozitsion qurilish materiali hisoblanadi. Maqsadga qarab, plita yoki panellar shaklida taqdim etiladigan sun’iy tosh turi - deb ham hisoblash mumkin. Fibrosement mustahkamlik va egiluvchan-moslashuvchanligi bilan tavsiflanadi. Odatda devor panellari va plitalari ishlab chiqarish, pardozlash materiallari ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Undan foydalanish bo‘yicha hech qanday cheklovlar yo‘q. Fibrosement olish uchun dastlabki harakatlar avstriyalik Lyudvig Gacek tomonidan XIX asr oxirida temir-sement asosidagi mahsulot olishdan boshlangan . Fibrosement plitalari fuqarolik, harbiy va sanoat qurilishi sohasida, arxitektura, mebel ishlab chiqarish, binolarni ichki ta’mirlashda ham qo‘llanib kelinmoqda. Ushbu materialning qo‘llanish doirasi doimiy ravishda kengayib bormoqda va hozirgi kunda u nafaqat quruvchi hamda me’morlar, balki dizaynerlar, haykaltaroshlar, rassomlar tomonidan ham qo‘llanilmoqda. Har xil qalinlikdagi va o‘lchamdagi (katta va kichik) fibrosement plitalari ichki bezatish, shu jumladan namligi yuqori bo‘lgan (hammom, suzish havzalari) va
 
 
yong‘in xavfi (saunalar) yuqori bo‘lgan 
joylarni eng yuqori darajada pardozlash 
uchun qoplamalar sifatida ishlatiladi. 
Fibrosement plitalari o‘zining “nafas 
olish” ko‘rsatkichlari tufayli tibbiyot, 
farmatsevtika muassasalari, ta’lim va 
madaniy muassasalar binolarining tashqi 
va 
ichki 
devorlarini 
bezash 
uchun 
foydalanishga uchun ruxsat etiladi. 
Qurilishda fibrosement plitalaridan havo-
shamollatish tizimlarining fasad qismlarini qoplashda eng ko‘p foydalaniladi. 
Fibrosement plitalari zamonaviy ko‘rinishga ega, turli xil ranglar va to‘qimalardan 
tashqi hamda ichki pardozlash ishlarida to‘liq foydalanish erkinligini ta’minlaydi. 
Fibrosement plitalarining xususiyatlari: 
Qalinligi 7 mm dan 20 mm gacha; 
 1 m2 fibrosement plitalarining og‘irligi 13 kg dan 20 kg gacha; 
 Ultrabinafsha nurlariga qarshilik; 
 Foydalanish muddati 20 yildan ortiq; 
 Suvning shimilish darajasi 10 foizgacha; 
 Fibrosement plitalari yonmaydi; 
 Panellarning uzunligi va kengligi 0,45 m dan 3,5 m gacha; 
 Yuqori va past haroratga chidamlilik: -60S dan + 80℃gacha; 
 Zichligi: 1650 kg/m3; 
 Panellarning egilishdagi mustahkamligi: kamida 21,5 MPa; 
 Iqlim omillarining agressiv ta’siriga chidamlilik: 90 sikl; 
 Sovuqqa chidamlilik: kamida 150 sikl. 
Qalinligi 8 mm, o‘lchamlari 1.2x1.5, 1.5x3, shuningdek 1.5x3.6 bo‘lgan fibrosement 
plitalari istemolchilar orasida juda mashxur. 
yong‘in xavfi (saunalar) yuqori bo‘lgan joylarni eng yuqori darajada pardozlash uchun qoplamalar sifatida ishlatiladi. Fibrosement plitalari o‘zining “nafas olish” ko‘rsatkichlari tufayli tibbiyot, farmatsevtika muassasalari, ta’lim va madaniy muassasalar binolarining tashqi va ichki devorlarini bezash uchun foydalanishga uchun ruxsat etiladi. Qurilishda fibrosement plitalaridan havo- shamollatish tizimlarining fasad qismlarini qoplashda eng ko‘p foydalaniladi. Fibrosement plitalari zamonaviy ko‘rinishga ega, turli xil ranglar va to‘qimalardan tashqi hamda ichki pardozlash ishlarida to‘liq foydalanish erkinligini ta’minlaydi. Fibrosement plitalarining xususiyatlari: Qalinligi 7 mm dan 20 mm gacha;  1 m2 fibrosement plitalarining og‘irligi 13 kg dan 20 kg gacha;  Ultrabinafsha nurlariga qarshilik;  Foydalanish muddati 20 yildan ortiq;  Suvning shimilish darajasi 10 foizgacha;  Fibrosement plitalari yonmaydi;  Panellarning uzunligi va kengligi 0,45 m dan 3,5 m gacha;  Yuqori va past haroratga chidamlilik: -60S dan + 80℃gacha;  Zichligi: 1650 kg/m3;  Panellarning egilishdagi mustahkamligi: kamida 21,5 MPa;  Iqlim omillarining agressiv ta’siriga chidamlilik: 90 sikl;  Sovuqqa chidamlilik: kamida 150 sikl. Qalinligi 8 mm, o‘lchamlari 1.2x1.5, 1.5x3, shuningdek 1.5x3.6 bo‘lgan fibrosement plitalari istemolchilar orasida juda mashxur.
 
 
Bugungi kunda respublikamizda fibrosement plitalari ishlab chiqarish va uni sotish 
bozori o‘z rivojlanishining dastlabki bosqichida. Mamlakatimizda fibrosement 
plitalaridan uy-joy qurilishida foydalanish rivojlangan mamlakatlarga nisbatan 
pastligi, ushbu mahsulot bozorining o‘sish ko‘rsatkichlari istiqbolli ekanligini 
ko‘rsatadi. 
Hozirda mamlakatimizda “Ecoplit” MCHJ (ishlab chiqarish quvvati kuniga 9000 
m2 ni tashil etadi) va boshqa bir qator ishlab chiqarish korxonalar tomonidan 
fibrosement plitalari ishlab chiqarilmoqda. 
 
5,2. Fibrosement plitalar ishlab chiqarish texnologiyalari. 
Fibrosement Yevropa standarti asosida gi texnologik qoidalarga muvofiq ishlab 
chiqariladi. Ushbu qurilish materiali tsement, kvarts qumi va yog'och tolasidan 
iborat. 
  1970-yillarga kelib asbestni nafas olish tizimi uchun xavfi ma'lum bo'lganidan 
so'ng, Yevropada uni o'rnini bosuvchi material topish uchun keng tadqiqot dasturi 
joriy etildi. Birinchi sinovlar va dastlabki ishlab chiqarish 1981 yildan 1989 yilgacha 
bo'lgan davrda amalga oshirildi. 1990 yil dan boshlab Yevropadagi ko’plab 
fabrikalarda ishlab chiqarilgan barcha qurilish mahsulotlarida asbestdan voz 
kechildi. Bundan buyon maqsad yengil va mustaxkam; qurilish materialini ishlab 
chiqarish edi. Shunday qilib, ob-havo, korroziya, sovuq, ultrabinafsha nurlanish va 
chirishga chidamli tolali tsement yaratildi. 
 Fibrosement listi 85% sellyuloza tolalari, qum va sementdan iborat. Ushbu tarkibiy 
qismlarning barchasi aniq dozalanadi va bir hil aralashma olinmaguncha suv bilan 
aralashtiriladi. Oldin, sellyuloza to’plari suvda eritiladi va kerakli darajada 
maydalanadi. Ushbu suspenziya sellyuloza va sintetik tolalarga qo'shiladi. 
Aralashma katta idishlarda tayyorlanadi, shunda kimyoviy jarayon ingredientlarni 
bir-biriga bog'lab turadigan vodorod ko'priklarini hosil qiladi. So’ngra, sement 
yuqori quvvatli mikserdaaylanayotgan aralashmaga qo'shiladi. Shunday qilib, 
dastlabki tolali tsement qatlami hosil bo'ladi (taxminiy qalinligi 0,2 mm). 
Bugungi kunda respublikamizda fibrosement plitalari ishlab chiqarish va uni sotish bozori o‘z rivojlanishining dastlabki bosqichida. Mamlakatimizda fibrosement plitalaridan uy-joy qurilishida foydalanish rivojlangan mamlakatlarga nisbatan pastligi, ushbu mahsulot bozorining o‘sish ko‘rsatkichlari istiqbolli ekanligini ko‘rsatadi. Hozirda mamlakatimizda “Ecoplit” MCHJ (ishlab chiqarish quvvati kuniga 9000 m2 ni tashil etadi) va boshqa bir qator ishlab chiqarish korxonalar tomonidan fibrosement plitalari ishlab chiqarilmoqda. 5,2. Fibrosement plitalar ishlab chiqarish texnologiyalari. Fibrosement Yevropa standarti asosida gi texnologik qoidalarga muvofiq ishlab chiqariladi. Ushbu qurilish materiali tsement, kvarts qumi va yog'och tolasidan iborat. 1970-yillarga kelib asbestni nafas olish tizimi uchun xavfi ma'lum bo'lganidan so'ng, Yevropada uni o'rnini bosuvchi material topish uchun keng tadqiqot dasturi joriy etildi. Birinchi sinovlar va dastlabki ishlab chiqarish 1981 yildan 1989 yilgacha bo'lgan davrda amalga oshirildi. 1990 yil dan boshlab Yevropadagi ko’plab fabrikalarda ishlab chiqarilgan barcha qurilish mahsulotlarida asbestdan voz kechildi. Bundan buyon maqsad yengil va mustaxkam; qurilish materialini ishlab chiqarish edi. Shunday qilib, ob-havo, korroziya, sovuq, ultrabinafsha nurlanish va chirishga chidamli tolali tsement yaratildi. Fibrosement listi 85% sellyuloza tolalari, qum va sementdan iborat. Ushbu tarkibiy qismlarning barchasi aniq dozalanadi va bir hil aralashma olinmaguncha suv bilan aralashtiriladi. Oldin, sellyuloza to’plari suvda eritiladi va kerakli darajada maydalanadi. Ushbu suspenziya sellyuloza va sintetik tolalarga qo'shiladi. Aralashma katta idishlarda tayyorlanadi, shunda kimyoviy jarayon ingredientlarni bir-biriga bog'lab turadigan vodorod ko'priklarini hosil qiladi. So’ngra, sement yuqori quvvatli mikserdaaylanayotgan aralashmaga qo'shiladi. Shunday qilib, dastlabki tolali tsement qatlami hosil bo'ladi (taxminiy qalinligi 0,2 mm).