FIZIOLOGIK TUGʻRUQLAR. OLIB BORISH. FIZIOLOGIK TUGʻRUQDA UASHNING SHOSHILINCH YORDAMI. FIZIOLOGIK CHILLA DAVRINI OLIB BORISH
Yuklangan vaqt
2024-12-16
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
20
Faytl hajmi
804,5 KB
1
FIZIOLOGIK TUGʻRUQLAR. OLIB BORISH. FIZIOLOGIK TUGʻRUQDA
UASHNING SHOSHILINCH YORDAMI. FIZIOLOGIK CHILLA DAVRINI
OLIB BORISH
1. Nazariy qism
Tug‘ruq – bu shartsiz reflektor akt bo‘lib, unda homila yashashaga layoqatli
bo‘lganda uni bachadon bo‘shlig‘idan haydab chiqarilishi. Hozirgi vaqtda homila 22
haftalikda 500g tana vazni va bo‘yi 25 sm uzunlikda bo‘lganda yashashga layoqatli
hisoblanadi. Homiladorlikning 37dan 42 haftagacha bo‘lgan muddatidagi tug‘ruq o‘z
vaqtidagi tug‘ruq deyiladi. 42 haftadan keyingi tug‘ruq muddatidan o‘tgan tug‘ruq
deyiladi. Homiladorlikning 22 haftagacha to‘xtashi abort deyiladi. Tug‘ruqdan oldin
tug‘ruq xabarchilari kuzatiladi.
Tug‘ruq xabarchilari - bu tug‘ruqdan oldin 38 haftalik muddatda bachadon
tubinining pastga tushishi va homilaning oldinda keluvchi qismining ona chanog‘i
kirish qismiga taqalishi, qog‘anoq suvlarining kamayishi, “shilliq tiqin”ning ketishi,
tana vaznining kamayishi, bachadon mushaklari qo‘zg‘aluvchanligining ortishi bilan
kuzatiladi.
Tug‘ruq xabarchilaridan farqli preliminar og‘riqlar bevosita tug‘ruqdan oldin va bir
necha soat davom etadi. Ayolninng umumiy ahvoliga noxush ta’sir qilmaydi (uyqu,
ovqatlanishi, faolligi). Klinik jihatdan preliminar og‘riqlar ayol uchun sezilarsiz
o‘tadi. Bachadonning nomuntazzam, og‘riqsiz qisqarishining kuchli va uzoqroq
davom etadigan dardga o‘tadi.
Preliminar og‘riqlar tug‘ruq dominantasi rivojlanish davriga to‘g‘ri keladi va
bachadon bo‘ynining biologik «etilish»i bilan kechadi. Bachadon bo‘yni yumshaydi,
markazda joylashadi va qisqaradi. Patologik preliminar og‘riqlar vaqti uzayib ketadi,
bachadon qisqarishi og‘riqli bo‘ladi va bachadon bo‘ynining yetilishi kuzatilmaydi.
2
Tug‘ruq uchta davrdan iborat.
Birinchi davr bachadon bo‘ynining
qisqarishi (tekislanishi) va kanalning
kengayishi (latent va faol davrlar)
Ikkinchi davr - homilaning haydalishi
va tug‘ilishi (erta homila
haydalmaydigan va kechki homila
haydaladigan fazalar)
Uchinchi davr – yo‘ldoshning bachadon devoridan ajralib, tug‘ilishi.
Tug‘ruqning birinchi davri to‘lg‘oq davri bo‘lib, muntazam dard yordamida amalga
oshiriladi. Dard faoliyati boshlangandan bachadon bo‘yni to‘liq ochilguncha davom
etadi. Qoniqarli dard faoliyati 10 daqiqa davomida 2-3 marta tutishi bilan va
davomiyligi 40-50 davomida bo‘lishi bidan ifodalanadi. Tug‘ruqning 1-chi davri
birinchi tug‘uvchilarda 9-12 soat, qayta tug‘uvchilarda 6-9 soat davom etadi.
Meyorda bachadon bo‘yninig kengayishi har soatda 1 sm hisoblanadi. Tug‘ruqni
kechishi tug‘ruqxonada partogramma yordamida yoritiladi
Dardlarining davomiyligi tug‘ruq boshida 10-15 s, o‘rtasida - 30-40 s. Oxirida -
50-60 s. Dardlar kuchsiz, o‘rtacha va kuchli bo‘ladi. Dardlarining og‘riqliligi
ularning kuchi, markaziy asab tizimining holati va ayolning tug‘ruqqa qanday
tayyorlanganligiga bog‘liq.
Bachadon bo‘g‘zining ochilishi bachadon tanasi mushaklarining qisqarishi
(kontraksiya) va bir-biriga nisbatan siljishi (retraksiya) va bachadon bo‘yni hamda
quyi segment mushaklarining cho‘zilishi (distraksiya) hisobiga yuz beradi.
Bachadonning quyi segmenti – bachadon tanasining bo‘yincha qismi bo‘lib,
retraksiya va distraksiya jarayonlari natijasida tug‘ruqning birinchi davrida tug‘ruq
kanalini hosil qiladi. Tug‘ruq kanali shakllanishi bilan quyi va yuqori segment
o‘rtasida xalqa – kontraksion xalqa hosil bo‘ladi.
Birinchi va qayta tug‘uvchi ayollarda bachadon bo‘ynining ochilishi.
Birinchi tug‘uvchilarda tug‘ruq boshida ichki va tashqi bachadon bo‘g‘zi yopiq
3
bo‘ladi. Bachadon bo‘g‘zi yuqoridan
ochilib boshlaydi. Avval ichki bo‘g‘zi,
bachadon bo‘yni va bachadon kanali
ochiladi. So‘ng bachadon bo‘yni
kaltalashib, tekislanadi va faqat tashqi
bo‘g‘zi ochiq bo‘ladi. Undan so‘ng tashq
qirg‘oqlari ingichkalashib, to‘liq ochilguncha kengayib boradi.
Qayta tug‘uvchi ayollarda bachdon bo‘yni kanali bir yoki ikki barmoq ochiq bo‘ladi.
Shuning uchun bachadon bo‘ynining tekislanishi va ochishi bir vaqtda kechadi.
Bachadon bo‘ynining to‘liq ochilishi 10smni tashkil etadi.
Qog‘anoq suvlari bachadon bo‘yni to‘liq ochilishidan oldinroq ketadi. Qog‘anoq
suvlarining tug‘ruqning birinchi davrida bachadon bo‘yni 4-6 sm ochilgunicha ketishi
muddatidan oldin suv ketishi deyiladi.
Tug‘ruqning birinchi davrida 2 faza ajratiladi: latent – dardlar boshlangandan
bachadon bo‘yni 3-4 sm ochilgunicha, faol davri - 4 smdan to‘liq ochilgunicha. Faol
davrida akseleratsiya davri, maksimal tezlik va uning sekinlashishi (detseleratsiya)
ajratiladi.
Bachadon bo‘ynining ochilish tezligi tug‘ruqning to‘g‘ri kechishini ko‘rsatadi.
Bachadon bo‘ynining ochilish tezligi birinchi tug‘uvchilarda tug‘ruq boshida (latent
faza) 0,35 sm/soat, faol fazada - 1,5-2 sm/soat va qayta tug‘uvchilarda 2-2,5
sm/soatni tashkil etadi. Bachadon bo‘g‘zining 8 dan 10 smgacha ochilishi sekin
kechadi (sekinlashish fazasi) - 1 —1,5 sm/soat davom etadi. Bu tezlik bachadon
miometriysi qisqaruvchanligiga, bachadon bo‘yni rezistentnligiga va ular
kombinatsiyasiga bog‘liq.
Tug‘ruqning birinchi davrida ayol faol bo‘lishi lozim. U ruhiy tug‘ruqqa
tayyorlanish mashg‘ulotlarida o‘rgangan og‘riqsizlantirish usullarini qo‘llashi
mumkin. Tug‘ruq davomida turmush o‘rtog‘i va boshqa qarindoshlari ishtirok etishi
mumkin. Ko‘psuvliilk, muddatidan oldingi tug‘rkq, homilaning chanog‘i bilan
oldinda kelishida yotoq tartibi tavsiya etiladi, ayol ovqatlanishi va suyuqliklar ichishi
mumkin.
4
Homilaning yurak urishini eshitish
Bachadon bo‘yni to‘liq ochilgandan so‘ng tug‘ruqning ikkinchi davri – homila
haydalish davri boshlanib, u homila tug‘ilishi bilan yakunlanadi. Tug‘ruqnining
ikkinchi davri ikki fazaga bo‘linadi: Erta (haydalmaydigan) – bachadon bo‘yni to‘liq
ochilgan, oldinda keluvchi qismi pastga tushgan, ammo chonoq tubiga tushmagan va
kuchanish chaqirmaydi. Kechki (haydalish) – to‘liq
ochilish, homilaning oldinda keluvchi qismi
5
chanoq tubiga tushadi va kuchanish boshlanadi. Kuchaniqlar har 2-3 daqiqada 50-60
s davom etadi.
Tug‘ruqning ikkinchi davrida shifokor tug‘uvchi ayolning umumiy holati,
tug‘ruq
faoliyatining davom etishi, homilaning yurak urishi (har bir kuchaniqdan so‘ng),
homilaning oldinda keluvchi qsmining harakatlanishi, jinsiy yo‘llardan kelayotgan
ajralmalarning holatini kuzatishi va “oraliqni himoya” qilishi lozim.
Tug‘ruqninng uchinchi davri - yo‘ldosh davri – homila tug‘ilgandan
yo‘ldosh tushgunicha davom etadi. Davomiyligi o‘rtacha 10 -15 daqiqadan 30
daqiqagacha davom etadi. Hozirgi kunda tug‘ruqninng uchinchi davri faol olib
boriladi, ya’ni birinchi yo‘ldosh kuchanig‘ida kindikdan tortib chiqrib olinadi.
Ayol tug‘ruqdan so‘ng tuqqan ayol deyiladi. 2 soat davomida tug‘ruq zalida
akusherkaning faol nazoratida bo‘lishi lozim. Agar hammasi yaxshi kechsa, ayolni
chilla bo‘limiga o‘tkaziladi.
Oraliqni himoya qilish.
Homila boshining kichik chanoq sohasidan siljiyotgandagi harakatlar majmuasi
tug‘ruq biomexanizmi deb aytiladi. Tug‘ruq biomexanizmi to‘rt davrdan iborat:
Homila boshining egilishi (flexio capitis) va chanoq kirish qismiga taqalishi –
6
bachadon ichi bosimi homilaning chanog‘i orqali boshiga, bo‘yniga ta’sir qilib, boshi
egiladi va ensasi pastga tushadi. Kichik liqildoq katta liqildoqdan oldinda joylashadi.
Homila boshining kichik chanoq sohasida buralishi va oldinlama harakati –
homila boshi egilib, kichik chanoq kirish qismga taqalaganda boshlanadi. Homila
boshi biroz egilib. Qiyshiq o‘lchamlardan biri bilan kichik qanoqning keng qismidan
o‘tadi. Ichki aylanma harakat qilib, tor qismidan ham o‘tadi. Natijada homila boshi
qiyshiq o‘lchamdan to‘g‘ri o‘lchamga o‘tadi. Boshi kichik chanoqning chiqish
qismiga tushganda ichki aylanish tugaydi.
Homila boshining orqaga qayrilishi – qov birlashmasi bilan homila boshining
ensa osti chuqurchasi o‘rtasida taqalish nuqtasi hosil bo‘ladi va boshi yoziladi. Boshi
yozilganda tepa, peshana, yuz va engagi tug‘iladi. Homila boshi kichik qiyshiq
o‘lchamda 9,5 sm va aylansi 32 sm bilan tug‘iladi.
Homila boshi tug‘ilgandan so‘ng boshining tashqi buralishi, yelkalarning ichki
buralishi yuz beradi. Yelkalari kichik chanoq chiqish qismining to‘g‘ri o‘lchamida
joylashadi. Oldingi yelkasi qov ostida, orqa yelkasi dumg‘aza ostida joylashadi.
Oldingi yelkasi bilan simfiz o‘rtasida taqalish nuqtasi hosil bo‘lib, homila tanasi
ko‘krak qafasi sohasida egilib, oldin orqa yelksai so‘ng old yelkasi va tanasining
qolgan qismi tug‘iladi. Homilaning ensa bilan oldinda kelishining oldingi ko‘rinishi
ona va homila uchun eng qulay tug‘ruq biomexanizmi bo‘lib, unda homila eng kichik
o‘lchamlari bilan tug‘iladi.
Tug‘ruq zali yoki uyda homila tug‘ilgan zahoti unga birlamchi ishlov beriladi:
• Ko‘zlariga ishlov berish.
• Kindik qoldig‘ini ikki martalik kesish va unga ishlov berish
• Antropometrik o‘lchamlarini olish – bola vazni, bo‘yini, boshi va
ko‘krak qafasi aylanasi.
Sungi yillarda tugruk vaktidagi parvarish randomizirlangan nazoratli izlanishlar
natijalari va JSSTning tavsiyalari asosida olib borilmokda. Xavfsiz tugruk — maxsus
kunikmalarga ega bulgan shaxs tomonidan olib boriladigan asoratsiz tugruk (JSST).
Tibbiy nuktai-nazardan xavfsiz tugrukni ta’minlash uchun kin orkali kuriklar
minimum darajada va ayolning roziligi bilan olib borilishi lozim.
7
Tug‘ruqlarni olib borish buyicha JSST tavsiyalari:
• tug’ruqda ayolning tanloviga karab karindoshlari ishtirok etishi va tugrukdan
keyingi davrda erkin tashrifi
• Soglom bola doimo onasi bilan birga bulishi lozim
• tug’ruqdan oldin kov tukini kirish va xukna kilish sharti asoslanmagan.
• Ayollarga tugruk vaktida fakat litotomik xolatni egallashni tavsiya etmaslik
• Doimiy epiziotomiya kilishdan voz kechish
• tug’ruqda ogriksizlantiruvchi vositalarni domiy kullashdan voz kechish.
Tug‘ruqning birinchi davrini olib borish:
• Doimiy kov tukini kirish va xukna kilishdan voz kechish
• Individual tugruk xonasi bulishi
• tug’ruqda «bitta ayol – bitta doya» parvarishi
• Xamroxning ishtiroki
• Yengil ovkat va suyuklik iste’mol kilish
• Vertikal xolatlar va erkin xarakat
• Nofarmakologik ogriksizlantirish usullarini kullash
• “Kuzat va kut” tamoyiliga rioya kilish
• Karorlar kabul kilishda ayolni xam jalb kilish.
Tug‘ruqning ikkinchi davrini olib borish:
• Toza, ammo steril bulmagan tugruklar
• Ayolning erkin (kulay) xolatni egallashi
• Shoshilmasdan, shovkinsiz
• Kuchaniklarni nazorat kilmaslik
• Xomila xolatini monitoring kilish
• Doimiy epiziotomiya kilishdan voz kechish
• Ayolning doya bilan mulokoti.
Tug‘ruqning uchinchi davrini olib borish:
• Faol olib borish
• Faol olib borish uchun ayolning roziligi
• Yuldosh va koganok pardalarni sinchiklab tekshirish.
8
Tug‘ruqning III davrini faol olib borish:
• Bola tugilgan zaxoti Oksitotsin (10 BIR m/oga) yoki boshka bachadonni
kiskartiruvchi dori vositasini yuborish
• Kindik tizimchasidan nazoratli traksiya kilish yuli bilan yuldoshni tug‘qdirish
• Yuldosh tug‘ilgandan sung bachadonni massaj kilish.
Tug‘ruqning III davrini faol olib borishning afzalliklari:
• Umumiy yukotiladigan kon mikdorining kamayishi
• Tug‘ruqdan sung 500 mldan ortik kon yukotish xolatlarining kamayishi
• Tug‘ruqdan sung 1000 mldan ortik kon yukotish xolatlarining kamayishi
• Tug‘ruqning uchinchi davrining umumiy davomiyligi kiskarishi
• Tug‘kan ayollarda gemoglobin kursatkichi past bulishi va kon kuyish xamda
terapevtik mikdorda oksitotsin yuborishga extiyoj bulmasligi
Partogramma - bu tugruk jarayonini grafik usulda tasvirlash:
• tug’ruq avj olishi (tugruk faoliyati, bachadon buyni ochilish, xomila
boshining xarakati)
• Xomilaning xolati
• Onaning xolati
• Xomila boshining xarakatini tashki kurik natijasida aniklash
• Boshi chanok kirish qismidan yukorida
• Boshi katta segmenti bilan chanokka kirish qismida
• Boshi simfizning yukori kirgogida 5 barmok kengligida paypaslanadi - 5/5
• Boshi simfizning yukori kirgogida 2 barmok kengligida paypaslanadi– 2/5.
• Koganok suvlari:
• B – koganok parda butun;
• T – koganok suvlari toza;
• K – koganok suvlari konli
• M – koganok suvlari mekoniy bilan.
• Boshi konfiguratsiyasi:
• 0 – suyaklari bir-biriga tegmaydi va orasidagi biriktiruvchi tukimalar oson
9
aniklanadi.
• + suyaklari bir-biriga yengil tegib turadi
• ++ suyaklar bir-birining ustida
• +++ suyaklar bir-birining ustiga sezilarli almashgan.
Partogrammani olib borish tamoyillari:
• Partogramma asosan tugrukning birinchi davrini olib borish uchun kullaniladi.
• Birok, tugrukning ikkinchi davrida va tugrukdan keyingi davrda xam
ona
va
xomila
xolatini,
bachadon
kiskarishini
yozib
boring
(Organayzerga karang)
• Partogrammani kuyidagi xolatlarda tuldirib boshlanadi
• Bachadon kiskarishlari 10 dakikada bir yoki undan ortik 20 sekund
davomiyligi bilan kiskarishida yoki latent davrida undan ortik bulsa
• Bachadon kiskarishlari 10 dakikada ikki va yoki undan ortik 20 sekund
davomiyligi bilan kiskarishida yoki faol davrida undan ortik bulsa
• Shoshilinch yordam va/yoki tugrukni talab kiladigan asoratlar
bulmaganda
• Partogrammani tugrukdan sung emas, balki tugruk davomida tuldirish
lozim.
• tug’ruq vaktida partogramma tugruk xonasida turishi lozim.
• Partogrammani urgatilgan xodim (shifokor yoki doya) tuldiradi va taxlil
kiladi.
• Shoshilinch
tugrukni
talab
kiladigan
asoratlar
yuz
berganda
partogrammani tuldirish tuxtatiladi.
10
I lova .
1.Partogramma (organayzer) - bu tugruk jarayonini grafik usulda tasvirlash:
• tug’ruq avj olishi (tugruk faoliyati, bachadon buyni ochilish, xomila
boshining xarakati)
• Xomilaning xolati
• Onaning xolati
• Xomila boshining xarakatini tashki kurik natijasida aniklash
• Boshi chanok kirish qismidan yukorida
• Boshi katta segmenti bilan chanokka kirish qismida
• Boshi simfizning yukori kirgogida 5 barmok kengligida paypaslanadi - 5/5
• Boshi simfizning yukori kirgogida 2 barmok kengligida paypaslanadi– 2/5.
• Koganok suvlari:
• B – koganok parda butun;
• T – koganok suvlari toza;
• K – koganok suvlari konli
• M – koganok suvlari mekoniy bilan.
• Boshi konfiguratsiyasi:
• 0 – suyaklari bir-biriga tegmaydi va orasidagi biriktiruvchi tukimalar oson
aniklanadi.
• + suyaklari bir-biriga yengil tegib turadi
• ++ suyaklar bir-birining ustida
• +++ suyaklar bir-birining ustiga sezilarli almashgan.
Partogrammani olib borish tamoyillari:
• Partogramma asosan tugrukning birinchi davrini olib borish uchun kullaniladi.
• Birok, tugrukning ikkinchi davrida va tugrukdan keyingi davrda xam
ona
va
xomila
xolatini,
bachadon
kiskarishini
yozib
boring
(Organayzerga karang)
• Partogrammani kuyidagi xolatlarda tuldirib boshlanadi
• Bachadon kiskarishlari 10 dakikada bir yoki undan ortik 20 sekund
11
davomiyligi bilan kiskarishida yoki latent davrida undan ortik bulsa
• Bachadon kiskarishlari 10 dakikada ikki va yoki undan ortik 20 sekund
davomiyligi bilan kiskarishida yoki faol davrida undan ortik bulsa
• Shoshilinch yordam va/yoki tugrukni talab kiladigan asoratlar
bulmaganda
• Partogrammani tugrukdan sung emas, balki tugruk davomida tuldirish
lozim.
• tug’ruq vaktida partogramma tugruk xonasida turishi lozim.
• Partogrammani urgatilgan xodim (shifokor yoki doya) tuldiradi va taxlil
kiladi.
• Shoshilinch
tugrukni
talab
kiladigan
asoratlar
yuz
berganda
partogrammani tuldirish tuxtatiladi.
Chilla davrini kechishi va olib borishi
Fiziologik chilla davri yuldosh tugilgandan boshlab 6-8 xafta davom otadi. Bu
davrida xamma jinsiy a’zolar involyutsiyaga uchraydi. Chilla davrida asosan jinsiy
sistemani 2 involyutsiya jarayoni va sut bezlarining funksional aktivligi kuzatiladi.
Fiziologik chilla davri ayolning umumiy axvoli konikarli bulishi, xarorat va puls
tezligining normal bulishi, bachadonning tugri involyutsiyasi, loxiyalarning sifati va
mikdorini normal bulishi, sut bezlarni normal funksiyasi bulishi bilan xarakterlanadi.
Xomiladorlar tugruk munosabati bilan ruy bergan uzgarishlarning deyarli barchasi
chilla davrida barxam topadi. Shuni aytib utish kerakki onalik xissiyoti, ayolning
xulki uzgaradi. tug’ruqdan keyinrok bachadon buyi urta xisob bilan 15 sm va uning
vazni 1 kg keladi.
Bachadonning kiskarashi bachadon tubidan pastki qismiga karab, kuchning
kamayishi bilan boradi. Bachadon kiskarish darajasini bachadon tubining
balandligiga karab aniklaiadi. tug’ruqdan keyingi birinchi 10-12 kun davomida
bachadon tubi xar kuni 1 sm tushadi.
tug’ruqdan keyingi 1 sutkada agar kovuk bushatilgan bulsa bachadon tubi kindik
darajasida buladi (kov suyagidan 15-16 sm yukori). Sung keyingi 8-10 sutka
davomida bachadon tubi balandligi urtacha 0,7-1 sm ga kiskarib boradi va
tugrukxonadan chikishiga 3-4 sm tashkil kiladi. Miometriyni asosiy massasini
yukotilishi Bilan bir katorda bachadon shillik kavatining tiklanib borishi xam
kuzatiladi. tug’ruqdan keyingi 2-3 kun ichida kolgan detsidua tukimasi 2 katlamga
ajraladi. Yuzaki kavat nekrozga uchraydi va loxiyalarni xosil kiladi. Miometriyga
yepishgan bazal kavat endometriyning usish manbai xisoblanadi. Endometriyning
regeneratsiya jarayeni platsentar maydonchadan tashkari tez kechadi. Yuldoshdan
tashkari bulgan maydon 7-10 kunda, kolgan qismi esa 3 xafta ichida epiteliy bilan
koplanadi.
12
tug’ruqdan keyin 6-8 xaftadan sung bachadon uzining oldingi xolatini oladi. Shu
bilan birgalikda bachadonning ichki kavatining bitishi kuzatiladi. Ishlab chikilgan
proteolitik fermentlar ta’siri ostida kon kuykalari bulakchalari parchalanib kuchib
tushadi. Yara bitish davrida yara atrofida leykotsitlardan val xosil buladi na bu val
bachadon devoriga mikroorganizmlarni kirishga karshilik kursatadi.
Bachadon ichki devor epitelizatsiyasi 9 kunga tugaydi, shillik kavatniig kayta
tiklanishi 6-7 xaftada tugaydi. Boglamlar apparata sekin - asta 3 xaftaning ichida uz
xolatiga keladi. tug’ruqdan keyingi davrda ayollarni parvarish kilishda aseptika va
antiseptika koidaloriga rioya kilish katta axamiyatga egadir. Bachadondagi jaroxat
soxasi, kichik shilinishlar, yumshok tugruk yullarining yorik va yirtilishlari infeksiya
kirishi uchun yul bulib xisoblanadi. Shuning uchun tugruk yullaridan infeksiyaning
kiritilishi tugrukdan keyingi yiringli septik kasalliklarining rivojlanishida katta
xavfdir.
Tukkan ayol va uning oila a’zolariga e’tgiborli bulish kerak, ayolni kullab-
kuvvatlash kerak va ragbatlantirish kerak. Ayolni tugrukdan keyingi davrda yolgiz
koldirmaslik kerak. Ona va bolaning «terini-teriga» uzviy kontaktipi tugrukdan sung
1 soat va undan xam kuprok vakt davomida ettiriladi, bunda ona va bolaning ustini
issik, choyshab bilan yopish lozim. Agar ona uzini yomon xis etsa, pediatrdan bolaga
karashini iltimos kilinadi.
tug’ruqdan sung 2 soat mobaynida xar 15 dakikada bachadon massajini takrorlash
lozim, sung yana 2 soat mobaynida - xar soat va kuyidagilarga e’tibor bergan xolda
tukkan ayolni xar kuni tugrukdan sung 5 kun davomida kuzatib borish kerak:
teri va shillik.kavatning rangi; .
A/B, puls (bradikardiya!);
tana xarorati;
bachadon involyutsiyasi;
sut bezlarini va surgichlarni xolati;
jinsiy yullardan ajralmalarni xarakteri, mikdori va xidi.
Loxiyalar – bu tugrukdan keyingi ajralmalar (kon, shillik va parchalangan organik
elementlar). Loxiyalar uziga xos xitga egan, reaksiyasi neytral yoki ishkoriy.
Javob berishdan oldin (yoki tugrukdan sung 5 kun utgach) uy yozuvlarini olib
borishning axamiyatini patsiyentga tushuntirish kerak. Patsiyeitning tugrukdan sung
10-15 kunlarda yana bir marta kuruvga kelishi kerak. Bunda kuyidagilarga ugibor
6epishi lozim:
shikoyatlari;
A/B, puls, temperatura;
laktatsiya xususiyati va sut bezlarining xolati;
loxiyalarning xususiyati;
13
- ayol ovkatlanishi,
- jismoniy mexnat va dam olish rejimiga rioya kilayotganligini aniklash kerak;
- ayol gigiyena koidalariga rioya kilayotganligini aniklash lozim.
Chilla davrida siydik va axlatning ajralishning ushlanib kolishi, bachadon
subinvolyutsiyasi, sut bezlarning burtishi bulishi mumkin. siydik ushlanib kolganda
uni refleks orkali chakirishga xarakat kilish kerak. Natija bulmaganda medikamentoz
terapiya kullaniladi (prozerin, oksitotsin, magneziya sulfat). Bu xam foyda
bermaganda kateter orkali bushatiladi. Mustakil axlat ajralishi kuzatilmaganda 3-chi
sutkasiga tozaluvchi xukna yoki surgi dorilar ichishga beriladi.
Chilla davrida 2 fiziologik isitma kuzatiladi. 1-chisi – tugrukdan sung 12
soatgacha (vegetativ asab sistemasini charchashi va sut kislotasining konda
mikdorining oshishi natijasida). 2-chisi – tugrukdan 3-4 kunida kuzatiladi (kindan
mikroorganizmlar bachadonga utishi natijasida). Bu xarorat 37,5 dan oshmaydi.
tug’ruqdan sung 2 kun ichida ovkat oson xazim buladigan bulishi kerak. 3-chi kundan
sutli, oksilli maxsulotlar, Yangi sabzavotlar va mevalar iste’ol kilinadi. Achchik,
shur, konserva, kolbasa, yogli, unli, gusht, alkogol va bola uchun allergen
xisoblangan maxsulotlarni kabul kilmaslik kerak.
Bachadon subinvolyutsiyasi – bachadonni orkaga kaytish jarayoninng susayishi.
Bunda korin pastiga muz, 1 ml oksitotsin, ignarefleksterapiya buyuriladi. 2-3
sutkasida bachadon UZIsini zarur.
tug’ruqdan keyin kontratsepsiya
Emizadigan ayol
Emizmaydigan ayol
Prezervativlar
Jinsiy xayot boshlanishi bilan kullash mumkin
AOKlar va in’eksion
kontratseptivlar
Emizishni tuxtatgandan
sung yoki tugrukdan 6
oydan sung kullash
mumkin
tug’ruqdan 3 xaftadan
sung
menstruatsiya
tiklanmagan bulsa xam
boshlash mumkin
Toza progestinovli oral
kontratseptivlar
tugrukdan 6 xaftadan
sung kullash mumkin
tug’ruqdan
keyingi
istagan vaktida boshlash
mumkin
14
In’eksion
kontratseptivlar
(Depo-Provera)
tugrukdan 6 xaftadan
sung kullash mumkin
tug’ruqdan
keyingi
istagan vaktida boshlash
mumkin
Norplant implantatlar
tugrukdan 6 xaftadan
sung kullash mumkin
tug’ruqdan
keyingi
istagan vaktida boshlash
mumkin
BIV
tug’ruqdan keyingi birinchi 48 soatda yoki 6
xaftadan keyin kiritish mumkin
Spermitsidlar
Jinsiy xayot boshlanishi bilan kullash mumkin
Laktatsion amenoreya
usuli
Agar chakalok fakat kukrak bilan oziklansa va
menstrual funksiya tiklanmangan bulsa birinchi 6
oy ichida kullaniladi.
Ayollar sterilizatsiyasi
tug’ruqdan keyingi birinchi 48 soatda yoki 6
xaftadan keyin kullash mumkin.
2. Baxs-munozara
Savollar:
tug’ruq davrlari.
Birinchi va kayta tuguvchilarda tugrukning davomiyligi.
Birinchi va kayta tuguvchilarda bachadon buynining tekislanish va ochilish
mexanizmni tushuntiring
tug’ruq biomexanizmi
Yuldosh ajralish belgilari ayting
Fiziologik tugrukda ketgan kon xajmini ayting
tug’ruqning birinchi davrida tugayotgan ayolni necha marta tashkaridan kurik
utkazish mumkin?
Ayolni tashki kurik utkazayotgan nimaga e’tibor berish kerak?
Xomila yurak urishining sonini ayting