F.LIST IJODI. (1811-1886)

Yuklangan vaqt

2024-09-03

Yuklab olishlar soni

2

Sahifalar soni

14

Faytl hajmi

30,4 KB


 
 
 
 
 
 
F.LIST IJODI. (1811-1886) 
 
 
Reja: 
 1. F.List ijodining jahon musiqa madaniyati tarixidagi ahamiyati. 
 2. F,Listning tarjimai holi . 
 3. F. List fortepiano musiqasining ahamiyati . 
 
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar : Skertso, noktyurn, mazurka, 
simfoniya, opera, professional, sonata, oratoriya, divertisment, vokal, rechitativ, 
element, ballada, polonez, ekspromt, etyud, fantaziya, transkriptsiya, abstraktsiya, 
monotematizm, parafraza, funktsiya, serenada, graf, kontsert, fortepiano uslubiyoti, 
shakl. 
 
  
 
1-asosiy masala bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Ferents.List ijodining jahon 
musiqa madaniyati tarixidagi ahamiyati xaqida tushuntirib berish. 
 
Identiv o’quv maqsadlari: 
1.1. Ferents.List ijodining jahon musiqa madaniyati tarixidagi ahamiyati xaqida 
tushuntirib beradi. 
  
 
 1-asosiy masalaning bayoni: 
F.LIST IJODI. (1811-1886) Reja: 1. F.List ijodining jahon musiqa madaniyati tarixidagi ahamiyati. 2. F,Listning tarjimai holi . 3. F. List fortepiano musiqasining ahamiyati . Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar : Skertso, noktyurn, mazurka, simfoniya, opera, professional, sonata, oratoriya, divertisment, vokal, rechitativ, element, ballada, polonez, ekspromt, etyud, fantaziya, transkriptsiya, abstraktsiya, monotematizm, parafraza, funktsiya, serenada, graf, kontsert, fortepiano uslubiyoti, shakl. 1-asosiy masala bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Ferents.List ijodining jahon musiqa madaniyati tarixidagi ahamiyati xaqida tushuntirib berish. Identiv o’quv maqsadlari: 1.1. Ferents.List ijodining jahon musiqa madaniyati tarixidagi ahamiyati xaqida tushuntirib beradi. 1-asosiy masalaning bayoni:
 
 
   1.F.List ijodining jahon musiqa madaniyati tarixidagi ahamiyati. Ferents List 
XIX asrning novatori, pianinochi va dirijer, venger xalqining g’ururi, muzika jamoat 
arbobidir. Ammo List ko’p umrini Frantsiya va Germaniyada o’tkazdi, uning taqdiri 
shuni taqozo etdi. Uning Frantsiya va Germaniya bo’lib o’tgan hayoti davomidagi 
orttirgan tajribasi unga musiqaning yangi ochilmagan qirralarini ochib berdi. Shu 
bilan birga List Frantsiya va Germaniya musiqa madaniyatiga ham o’z hissasini 
qo’shdi, desak mubolag’a bo’lmas. Ferents List 22-oktyabr 1811-yili Estergazi 
shaxridagi venger knyazlari oilasida dunyoga keldi. Yoshligidan fortepiano chalishni 
mashq qila boshladi. Ferents List ijodining asosiy yo’nalishi fortepiano ijrochiligi va 
fortepiano uchun yaratilgan asarlardir. Zamonaviy ijrochilik va ijodiyotiga List 
o’zining fortepiano uchun yozilgan simfonik risolalari bilan yangilik olib kirdi. List 
o’zining fortepiano uchun yozilgan asarlarida fortepianoning barcha registrlaridan 
keng foydalangan. 20-30 yillarda pianinochilar orasida opera parafrazalaridan 
foydalanish udumga aylanib qoldi. List ham mana shu zamonaviy udumga asoslanib, 
Motsart, Veber, Guno, Vagner, Verdi operalari ohanglaridan foydalangan holda, 
fortepiano uchun kontsert fantaziyalarini yoza boshladi. List Sentning “Letuchiy 
gollandets”, Vagnerning “Trubadur”, “Aida “ operalaridan, Guno “Faust” operasidagi 
vals, Glinkaning “Ruslan va Lyudmila”sidan Chernomor marshi, Chaykovskiyning “ 
Evgeniy Onegin” operasidan polonezini fortepiano uchun qayta ishladi. Opera va 
simfonik muzikalaridan tashqari Listni organ musiqasi ham befarq qoldirmagan. 
Uning organ uchun 6 prelyudiya va fuga transkriptsiyalari bor. Listning vokal va 
fortepiano uchun yozilan asarlari ham bor. Shu bilan birga List fortepiano uchun 
etyudlar ham yaratgan. 1851-yilda nashrdan chiqqan “ yuqori ijrochilik etyudlari” 
juda katta omad olib keldi. “ Peyzaj” “Mazepa”, “Pervomu godu stranstviy” 
,”Blujdayuhie ogni” kabi etyudlari bor.  
Nazorat topshiriqlari: 
1.1.1. F.List ijodining jahon musiqa madaniyati tarixidagi ahamiyatiga izoh bering. 
1.1.2. F.List ijodining asosiy yo’nalishi xaqida ma’lumot bering. 
1.1.3. Kompozitorning mashhur operalar ohanglaridan foydalanib yaratgan 
transkriptsiyalari xaqida bayon qiling. 
1.F.List ijodining jahon musiqa madaniyati tarixidagi ahamiyati. Ferents List XIX asrning novatori, pianinochi va dirijer, venger xalqining g’ururi, muzika jamoat arbobidir. Ammo List ko’p umrini Frantsiya va Germaniyada o’tkazdi, uning taqdiri shuni taqozo etdi. Uning Frantsiya va Germaniya bo’lib o’tgan hayoti davomidagi orttirgan tajribasi unga musiqaning yangi ochilmagan qirralarini ochib berdi. Shu bilan birga List Frantsiya va Germaniya musiqa madaniyatiga ham o’z hissasini qo’shdi, desak mubolag’a bo’lmas. Ferents List 22-oktyabr 1811-yili Estergazi shaxridagi venger knyazlari oilasida dunyoga keldi. Yoshligidan fortepiano chalishni mashq qila boshladi. Ferents List ijodining asosiy yo’nalishi fortepiano ijrochiligi va fortepiano uchun yaratilgan asarlardir. Zamonaviy ijrochilik va ijodiyotiga List o’zining fortepiano uchun yozilgan simfonik risolalari bilan yangilik olib kirdi. List o’zining fortepiano uchun yozilgan asarlarida fortepianoning barcha registrlaridan keng foydalangan. 20-30 yillarda pianinochilar orasida opera parafrazalaridan foydalanish udumga aylanib qoldi. List ham mana shu zamonaviy udumga asoslanib, Motsart, Veber, Guno, Vagner, Verdi operalari ohanglaridan foydalangan holda, fortepiano uchun kontsert fantaziyalarini yoza boshladi. List Sentning “Letuchiy gollandets”, Vagnerning “Trubadur”, “Aida “ operalaridan, Guno “Faust” operasidagi vals, Glinkaning “Ruslan va Lyudmila”sidan Chernomor marshi, Chaykovskiyning “ Evgeniy Onegin” operasidan polonezini fortepiano uchun qayta ishladi. Opera va simfonik muzikalaridan tashqari Listni organ musiqasi ham befarq qoldirmagan. Uning organ uchun 6 prelyudiya va fuga transkriptsiyalari bor. Listning vokal va fortepiano uchun yozilan asarlari ham bor. Shu bilan birga List fortepiano uchun etyudlar ham yaratgan. 1851-yilda nashrdan chiqqan “ yuqori ijrochilik etyudlari” juda katta omad olib keldi. “ Peyzaj” “Mazepa”, “Pervomu godu stranstviy” ,”Blujdayuhie ogni” kabi etyudlari bor. Nazorat topshiriqlari: 1.1.1. F.List ijodining jahon musiqa madaniyati tarixidagi ahamiyatiga izoh bering. 1.1.2. F.List ijodining asosiy yo’nalishi xaqida ma’lumot bering. 1.1.3. Kompozitorning mashhur operalar ohanglaridan foydalanib yaratgan transkriptsiyalari xaqida bayon qiling.
 
 
  
2-asosiy masala bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Ferents.Listning tarjimai holi 
xaqida tushuntirib berish. 
 
Identiv o’quv maqsadlari: 
2.1. Ferents Listning tarjimai holini bayon qiladi. 
2.1. Ferents Listning yaratgan musiqiy asarlariga izoh beradi. 
  
 2-asosiy masalaning bayoni: 
  
 Kompozitorning tarjimai holi. FERENTs LIST (1811-1886) Ferents List — 
buyuk venger kompozitori, pianinochi, dirijyor, Vengriya musiqa san’ati rivojiga 
katta hissa qo’shgan jamoat arbobi. Listning taqdiri shunday bo’ldiki, u Vengriyani 
erta tark etdi va umrining ko’p yillarini Frantsiya va Germaniyada o’tkazdi. 
San’atkor List doimo o’zining venger ekanligini ta’kidlagan. U o’z xalqi, Vatani 
bilan faxrlanib, doimo venger musiqa madaniyatini qo’llab-quvvatlagan va 
rivojlantirishga harakat qilgan. Hayoti davomida List venger mavzusiga ko’p 
murojaat qilgan. U yaratgan asarlar: «Venger uslubidagi qaxramonlik marshi», 
«Vengriya» kantatasi, bir nechta «Venger milliy kuylari» daftarlari, vatan obrazlari 
bilan bog’liq uchta simfonik poema, («Qaxramonlar xaqida girya», «Vengriya», 
«Gunnlar jangi»), xalq ohanglari qo’llanilgan erkin shaklli venger rapsodiyalari, 
Vengriya 
mashhur 
arboblarining 
(Sh. 
Petefi, 
M. 
Vereshmarti) 
musiqiy 
xarakteristikasidan iborat “Venger portretlari” fortepiano uchun mo’ljallangan 
qo’shiqlar turkumi. Venger mavzularini damli cholg’ular uchun maxsus yozilgan 
asarlarida xam eshitish mumkin: «Gran ibodati», «Muqaddas Elizaveta xaqida 
afsona», «Vengertoj kiyish marosimi messasi». va boshqalar. Listning Vengriya bilan 
bo’lgan aloqalari xaqida uning vengr lo’lilari musiqasi xaqidagi kitobida va uning 
Budapeshtdagi milliy musiqa akademiyasi birinchi prezidenti etib tayinlanishi (1875) 
guvohlik beradi. 
List — musiqiy romantizmning eng yorqin namoyandasi. U kompozitor sifatida 
turli g’oyaviy qarama-qarshiliklar, ziddiyatlar va romantik estetikaning ta’sirini xam 
2-asosiy masala bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Ferents.Listning tarjimai holi xaqida tushuntirib berish. Identiv o’quv maqsadlari: 2.1. Ferents Listning tarjimai holini bayon qiladi. 2.1. Ferents Listning yaratgan musiqiy asarlariga izoh beradi. 2-asosiy masalaning bayoni: Kompozitorning tarjimai holi. FERENTs LIST (1811-1886) Ferents List — buyuk venger kompozitori, pianinochi, dirijyor, Vengriya musiqa san’ati rivojiga katta hissa qo’shgan jamoat arbobi. Listning taqdiri shunday bo’ldiki, u Vengriyani erta tark etdi va umrining ko’p yillarini Frantsiya va Germaniyada o’tkazdi. San’atkor List doimo o’zining venger ekanligini ta’kidlagan. U o’z xalqi, Vatani bilan faxrlanib, doimo venger musiqa madaniyatini qo’llab-quvvatlagan va rivojlantirishga harakat qilgan. Hayoti davomida List venger mavzusiga ko’p murojaat qilgan. U yaratgan asarlar: «Venger uslubidagi qaxramonlik marshi», «Vengriya» kantatasi, bir nechta «Venger milliy kuylari» daftarlari, vatan obrazlari bilan bog’liq uchta simfonik poema, («Qaxramonlar xaqida girya», «Vengriya», «Gunnlar jangi»), xalq ohanglari qo’llanilgan erkin shaklli venger rapsodiyalari, Vengriya mashhur arboblarining (Sh. Petefi, M. Vereshmarti) musiqiy xarakteristikasidan iborat “Venger portretlari” fortepiano uchun mo’ljallangan qo’shiqlar turkumi. Venger mavzularini damli cholg’ular uchun maxsus yozilgan asarlarida xam eshitish mumkin: «Gran ibodati», «Muqaddas Elizaveta xaqida afsona», «Vengertoj kiyish marosimi messasi». va boshqalar. Listning Vengriya bilan bo’lgan aloqalari xaqida uning vengr lo’lilari musiqasi xaqidagi kitobida va uning Budapeshtdagi milliy musiqa akademiyasi birinchi prezidenti etib tayinlanishi (1875) guvohlik beradi. List — musiqiy romantizmning eng yorqin namoyandasi. U kompozitor sifatida turli g’oyaviy qarama-qarshiliklar, ziddiyatlar va romantik estetikaning ta’sirini xam
 
 
boshidan o’tkazgan edi. Listning o’zi xam ziddiyatlardan xoli emas edi. Ijod qarama-
qarshiligi bir tomondan dasturiylikka, musiqaning aniq obrazliligiga intilishida 
ko’rinsa, ikkinchi tomondan bu vazifalarni bajarishda reallikdan uzoqlashish 
namoyon bo’ladi. 
Listning dasturiylikka munosabati progressiv hodisa edi. 
Bastakor o’z san’ati bilan uni qadrlaydiganlarning tor doirasi bilan cheklanmay, 
tinglovchilarning keng ommasi biian so’zlashishni istardi. Chuqur fikrlar va 
tuyg’ularni gavdalanttrishga harakat qilib, u ko’pincha abstraktsiya, noaniq falsafa 
to’qish holatiga tushib qolar va shu sababli beixtiyor tarzda o’z asarlarining ta’sir 
doirasini cheklab qo’yardi. Lekin ularning eng yaxshilarida dasturning bunday 
umumiy noaniqligi va noravshanlik engib o’tilardi: List yaratgan musiqa namunalari 
aniq va tu-shunarli, mavzusi ta’sirli va ravshan, shakli aniq. Dasturiy an’analar 
Listning ko’plab transkriptsiyalarida ko’zga tashlanadi, negaki, ular opera va 
romanslarning aniq syujeti bilan bevosita bog’liq. Listning venger xalq xayoti 
manzaralarini aks ettiruvchi rapsodiyalari xam dasturiy hisoblanadi. 
Listning 
dasturiylik 
tamoyillari 
Berlioznikidan 
farq 
qiladi. 
Berlioz 
simfoniyasida syujet rivojini bayoniy uslubga bersa, Listni ko’proq asosiy poetik 
g’oyaning umumlashmasi qiziqtiradi. 
O’zining rang-barang topilmalari bilan List melodika sohasini kengaytirgan 
holda bir vaqtning o’zida u garmoniya sohasida xam yangiliklar kiritadi. List 
«simfonik poema» janri va «monotematizm», deb ataluvchi musiqiy rifojlanish 
usullarining yaratuvchisi bo’lib hisoblangan. Listning fortepiano texnikasi, faktura 
sohasidagi muvaffaqiyatlari ahamiyatlidir, negaki, List daho darajasidagi ijrochi 
bo’lgan va tarixda unga etadigani bo’lmagan. 
Ferents List 1811-yil 22-oktabrda Doboryan qishlog’ida (Vengriya) 
dunyoga kelgan. Bolaligida lo’lilar ohanglari va venger deh-qonlarining quvnoq 
qo’shiqlariga maftun bo’lib qolgan. Listning otasi, graf Estergazining katta er-mulkida 
boshqaruvchi, havaskor musiqachi bo’lgan va o’g’lining musiqaga qiziqishini 
rag’batlantirardi. Aynan u bolaga fortepiano chalish asoslarini o’rgatgan. 9 yoshida 
Ferents qo’shni Shoprone shaharchasida o’zining birinchi kontsertini beradi. Tez 
boshidan o’tkazgan edi. Listning o’zi xam ziddiyatlardan xoli emas edi. Ijod qarama- qarshiligi bir tomondan dasturiylikka, musiqaning aniq obrazliligiga intilishida ko’rinsa, ikkinchi tomondan bu vazifalarni bajarishda reallikdan uzoqlashish namoyon bo’ladi. Listning dasturiylikka munosabati progressiv hodisa edi. Bastakor o’z san’ati bilan uni qadrlaydiganlarning tor doirasi bilan cheklanmay, tinglovchilarning keng ommasi biian so’zlashishni istardi. Chuqur fikrlar va tuyg’ularni gavdalanttrishga harakat qilib, u ko’pincha abstraktsiya, noaniq falsafa to’qish holatiga tushib qolar va shu sababli beixtiyor tarzda o’z asarlarining ta’sir doirasini cheklab qo’yardi. Lekin ularning eng yaxshilarida dasturning bunday umumiy noaniqligi va noravshanlik engib o’tilardi: List yaratgan musiqa namunalari aniq va tu-shunarli, mavzusi ta’sirli va ravshan, shakli aniq. Dasturiy an’analar Listning ko’plab transkriptsiyalarida ko’zga tashlanadi, negaki, ular opera va romanslarning aniq syujeti bilan bevosita bog’liq. Listning venger xalq xayoti manzaralarini aks ettiruvchi rapsodiyalari xam dasturiy hisoblanadi. Listning dasturiylik tamoyillari Berlioznikidan farq qiladi. Berlioz simfoniyasida syujet rivojini bayoniy uslubga bersa, Listni ko’proq asosiy poetik g’oyaning umumlashmasi qiziqtiradi. O’zining rang-barang topilmalari bilan List melodika sohasini kengaytirgan holda bir vaqtning o’zida u garmoniya sohasida xam yangiliklar kiritadi. List «simfonik poema» janri va «monotematizm», deb ataluvchi musiqiy rifojlanish usullarining yaratuvchisi bo’lib hisoblangan. Listning fortepiano texnikasi, faktura sohasidagi muvaffaqiyatlari ahamiyatlidir, negaki, List daho darajasidagi ijrochi bo’lgan va tarixda unga etadigani bo’lmagan. Ferents List 1811-yil 22-oktabrda Doboryan qishlog’ida (Vengriya) dunyoga kelgan. Bolaligida lo’lilar ohanglari va venger deh-qonlarining quvnoq qo’shiqlariga maftun bo’lib qolgan. Listning otasi, graf Estergazining katta er-mulkida boshqaruvchi, havaskor musiqachi bo’lgan va o’g’lining musiqaga qiziqishini rag’batlantirardi. Aynan u bolaga fortepiano chalish asoslarini o’rgatgan. 9 yoshida Ferents qo’shni Shoprone shaharchasida o’zining birinchi kontsertini beradi. Tez
 
 
orada u Esterxazining ajoyib qasriga taklif etiladi. Bolakayning ijro mahorati graf 
mehmonlarini shunchalik hayratlantirdiki, bir nechta zodagonlar Listning musiqiy 
ta’lim olishi uchun pul to’lash istagini bildirishdi. Ferentsni Venaga yuborishdi, u erda 
kompozitsiyani A. Saleridan va fortepianoni Evropaning yirik pedagogi K. Chernidan 
o’rgandi. 
Listning Venadagi debyuti 1822-yil 1-dekabrda bo’lib o’tdi. Tanqidchilar 
hayratda qolishdi va shundan e’tiboran, List uchun shuhrat va to’la zallar ta’minlandi. 
U mashhur noshir A. Diabellidan vals mavzusiga variatsiyalar yozish taklifini oladi, 
shunday qilib, yosh musiqachi noshir xuddi shu iltimos bilan murojaat qilgan buyuk 
Betxoven va Shubert davrasiga qo’shilib qoldi. Shunga qaramay List (xorijlik sifatida) 
Parij konservatoriyasiga qabul qilinmagan va o’z bilimini oshirish maqsadida to’lovli 
darslarga qatnadi. List musiqa nazariyasi bo’yicha Parijda italyan operasi 
kapelmeystri F. Pauer va konservatoriya professori chex A. Reyxdan ta’lim oldi. 
Listning dastlabki kompozitorlik tajribalaridan biri 1825-yili Grand Operada 
qo’yilgan «Don Sancho yoki muxabbat qasri» operasi bo’ldi. Bu vaqtda u kontsertlar 
bilan Frantsiya va Angliyaga bir qator safarlarni amalga oshirdi. Otasining o’limidan 
so’ng (1827) List dars bera boshladi. o’sha paytda yosh bastakorlar G. Berlioz va F. 
Shopen bilan tanishdi. Ularning san’ati Listga katta ta’sir ko’rsatdi: u Berliozning 
partiturasidagi milliy-mahalliy boylikni «fortepiano tiliga o’girish» xamda 
Shopenning mayin lirizmini o’zining jo’shqin temperamenti bilan qo’shib olib 
borishni uddalay olardi. List Shopenga bag’ishlangan ko’plab nozik va aniq tavsiflar 
va kuzatishlardan iborat bo’lgan kitob yozadi. 
1830-yil boshida italiyalik virtuoz skripkachi N. Paganini Listning eng yaxshi 
ko’rgan san’atkoriga aylandi. List o’sha darajada ajoyib fortepiano uslubini yaratishni 
maqsad qilib oldi va xatto, Paganining kontsert estradasida o’zini tutishidagi ayrim 
xususiyatlariga taqlid qilardi. Endi List virtuoz pianinochi sifatida raqobatchiga ega 
emasdi. 
List hissiyotli va jozibali odam bo’lgan. Uning xar bir kontserti xaqiqiy tomoshaga 
aylanardi. List butun Evropaning idealiga aylandi va kontsert safarlariga uch yil 
davomida muttasil baland va ommaviy muhokama etiluvchi «romanlar»ga hamroxlik 
orada u Esterxazining ajoyib qasriga taklif etiladi. Bolakayning ijro mahorati graf mehmonlarini shunchalik hayratlantirdiki, bir nechta zodagonlar Listning musiqiy ta’lim olishi uchun pul to’lash istagini bildirishdi. Ferentsni Venaga yuborishdi, u erda kompozitsiyani A. Saleridan va fortepianoni Evropaning yirik pedagogi K. Chernidan o’rgandi. Listning Venadagi debyuti 1822-yil 1-dekabrda bo’lib o’tdi. Tanqidchilar hayratda qolishdi va shundan e’tiboran, List uchun shuhrat va to’la zallar ta’minlandi. U mashhur noshir A. Diabellidan vals mavzusiga variatsiyalar yozish taklifini oladi, shunday qilib, yosh musiqachi noshir xuddi shu iltimos bilan murojaat qilgan buyuk Betxoven va Shubert davrasiga qo’shilib qoldi. Shunga qaramay List (xorijlik sifatida) Parij konservatoriyasiga qabul qilinmagan va o’z bilimini oshirish maqsadida to’lovli darslarga qatnadi. List musiqa nazariyasi bo’yicha Parijda italyan operasi kapelmeystri F. Pauer va konservatoriya professori chex A. Reyxdan ta’lim oldi. Listning dastlabki kompozitorlik tajribalaridan biri 1825-yili Grand Operada qo’yilgan «Don Sancho yoki muxabbat qasri» operasi bo’ldi. Bu vaqtda u kontsertlar bilan Frantsiya va Angliyaga bir qator safarlarni amalga oshirdi. Otasining o’limidan so’ng (1827) List dars bera boshladi. o’sha paytda yosh bastakorlar G. Berlioz va F. Shopen bilan tanishdi. Ularning san’ati Listga katta ta’sir ko’rsatdi: u Berliozning partiturasidagi milliy-mahalliy boylikni «fortepiano tiliga o’girish» xamda Shopenning mayin lirizmini o’zining jo’shqin temperamenti bilan qo’shib olib borishni uddalay olardi. List Shopenga bag’ishlangan ko’plab nozik va aniq tavsiflar va kuzatishlardan iborat bo’lgan kitob yozadi. 1830-yil boshida italiyalik virtuoz skripkachi N. Paganini Listning eng yaxshi ko’rgan san’atkoriga aylandi. List o’sha darajada ajoyib fortepiano uslubini yaratishni maqsad qilib oldi va xatto, Paganining kontsert estradasida o’zini tutishidagi ayrim xususiyatlariga taqlid qilardi. Endi List virtuoz pianinochi sifatida raqobatchiga ega emasdi. List hissiyotli va jozibali odam bo’lgan. Uning xar bir kontserti xaqiqiy tomoshaga aylanardi. List butun Evropaning idealiga aylandi va kontsert safarlariga uch yil davomida muttasil baland va ommaviy muhokama etiluvchi «romanlar»ga hamroxlik
 
 
qildi. 1834-yil List grafinya Mari d Agu (keyinchalik Daniel Stern taxallusi bilan 
yozuvchi sifatida chiqish qildi) bilan birgalikdagi hayotni boshladi. Ularning 
turmushida uch farzand — o’g’il va ikki qiz tug’ildi. Farzandlarining kichigi Kozima 
buyuk pianist va dirijyor G. Fon Bulovga turmushga chiqqan, keyin esa R. Vagnerning 
rafiqasi bo’lgan. 
1835-yildan 1839-yilgacha List Mari d Agu bilan Shveytsariyadan 
Italiyagacha katta sayohatni amalga oshirgan. o’zining Shveytsariya xaqidagi 
taassurotlarini List «Sayohatchi albomi» ( 1835—1836) nomi bilan fortepiano asarlari 
turkumida gavdalantirgan. Bu turkum to’rt bo’limdan iborat. Birinchi qism — 
«Taassurot va poetik kechinmalar» ettita p’esadan tashkil topgan: «Lion», «Buloqda», 
«Vallenshtadt ko’lida», «Jeneva qo’ng’iroqlari»; «Oberman vodiysi», «Vilgelm 
Tellning butxonasi», «Psalom». «Sayohatchi albomi»ning ikkinchi qismi «Alp 
yaylovlari gullari» nomini olgan; uchinchi qism — «Parafrazalar». 
1837-yilning may oyida List Mari d Agu bilan Italiyaga jo’nadi. Uyg’onish 
davri italyan san’ati yodgorliklari ta’siri ostida List tomonidan keyinchalik 
«Sayohatning ikkinchi yili» shaklida qayta ishlangan asarlar yaratildi: «Nikoh» 
(Rafael surati bo’yicha), «Mutafakkir» (Mikelanjelo haykali bo’yicha); uchta 
«Petrarka soneti», «Danteni o’qigach».sonata-fantaziyasi va xokazo. 
Serunum kontsert faoliyati 1839—1847-yillar qayd etilgan. List Avstriya, 
Belgiya, Angliya, Frantsiya, Vengriya, Shotlandiya, Rossiyada chiqish qildi va 1849-
yilda kontsertlar turkumini berdi. Undan tushgan mablag’ni Bonn shahridagi 
Betxoven yodgorligini barpo etish uchun sarflandi. Mazkur kontsertlarda List 
tomonidan ijro etilgan asarlar ko’lami cheksiz: shaxsiy transkriptsiyadagi turli opera 
uvertyuralari, «Don Juan», «Figaroning uylanishi», «Iblis Robert», «Gugenotalar», 
«Norma» operalari mavzulariga parafrazlar, Betxovenning Beshinchi, Ettinchi 
simfoniyalari, Paganini kaprizlari, Bax, Betxoven, Shopen, Shubert, Shumanlar 
asarlari va ko’plab shaxsiy asarlar (Vengr rapsodiyalari, «Petrarka sonetlari» va 
boshqalar). 
1842-yil aprelda List Peterburgda chiqish qildi, 1843-yil mayda esa 
Peterburg va Moskvada. 1847-yil List Ukrainada (Kiev, Odessa), Moldaviyada, Qora 
qildi. 1834-yil List grafinya Mari d Agu (keyinchalik Daniel Stern taxallusi bilan yozuvchi sifatida chiqish qildi) bilan birgalikdagi hayotni boshladi. Ularning turmushida uch farzand — o’g’il va ikki qiz tug’ildi. Farzandlarining kichigi Kozima buyuk pianist va dirijyor G. Fon Bulovga turmushga chiqqan, keyin esa R. Vagnerning rafiqasi bo’lgan. 1835-yildan 1839-yilgacha List Mari d Agu bilan Shveytsariyadan Italiyagacha katta sayohatni amalga oshirgan. o’zining Shveytsariya xaqidagi taassurotlarini List «Sayohatchi albomi» ( 1835—1836) nomi bilan fortepiano asarlari turkumida gavdalantirgan. Bu turkum to’rt bo’limdan iborat. Birinchi qism — «Taassurot va poetik kechinmalar» ettita p’esadan tashkil topgan: «Lion», «Buloqda», «Vallenshtadt ko’lida», «Jeneva qo’ng’iroqlari»; «Oberman vodiysi», «Vilgelm Tellning butxonasi», «Psalom». «Sayohatchi albomi»ning ikkinchi qismi «Alp yaylovlari gullari» nomini olgan; uchinchi qism — «Parafrazalar». 1837-yilning may oyida List Mari d Agu bilan Italiyaga jo’nadi. Uyg’onish davri italyan san’ati yodgorliklari ta’siri ostida List tomonidan keyinchalik «Sayohatning ikkinchi yili» shaklida qayta ishlangan asarlar yaratildi: «Nikoh» (Rafael surati bo’yicha), «Mutafakkir» (Mikelanjelo haykali bo’yicha); uchta «Petrarka soneti», «Danteni o’qigach».sonata-fantaziyasi va xokazo. Serunum kontsert faoliyati 1839—1847-yillar qayd etilgan. List Avstriya, Belgiya, Angliya, Frantsiya, Vengriya, Shotlandiya, Rossiyada chiqish qildi va 1849- yilda kontsertlar turkumini berdi. Undan tushgan mablag’ni Bonn shahridagi Betxoven yodgorligini barpo etish uchun sarflandi. Mazkur kontsertlarda List tomonidan ijro etilgan asarlar ko’lami cheksiz: shaxsiy transkriptsiyadagi turli opera uvertyuralari, «Don Juan», «Figaroning uylanishi», «Iblis Robert», «Gugenotalar», «Norma» operalari mavzulariga parafrazlar, Betxovenning Beshinchi, Ettinchi simfoniyalari, Paganini kaprizlari, Bax, Betxoven, Shopen, Shubert, Shumanlar asarlari va ko’plab shaxsiy asarlar (Vengr rapsodiyalari, «Petrarka sonetlari» va boshqalar). 1842-yil aprelda List Peterburgda chiqish qildi, 1843-yil mayda esa Peterburg va Moskvada. 1847-yil List Ukrainada (Kiev, Odessa), Moldaviyada, Qora
 
 
dengizdan Turkiyaga o’tib, Konstantinopolda kontsert berdi, keyin esa Ukrainaga 
qaytdi, bu erdagi Elizavetgrad shahrida pianist-virtuozning sayohatlari davri yakuniga 
etdi. 1839-yil Mari d Agu bilan ajrashgach, List polyak pomeshigining qizi Karolina 
Vitgenshteyn bilan uchrashadi. 1848-yilning boshida List Karolina Vitgenshteyn 
bilan birgalikda Germaniyaga, Veymar shahriga kelib joylashadi. 
Kichik nemis shaharchasi Veymar bir vaqtlar gullab-yashnagan madaniy 
markaz bo’lgan va List unga san’at poytaxti sharafini qaytarishni orzu qilgan. List 
Veymar opera teatri dirijyori etib tayinlandi. Opera teatriga o’n yillik rahbarligi 
davrida List turli bastakorlarning operalarini ko’plab sahnalashtirish ishlarini amalga 
oshirdi: Glyukning «Orfey», «Altsesta», «Armida», Meyerberning «Gugenotlar»i, 
Betxovenning «Fidelio»si, Motsartning «Don Juan» va «Sexrli nay»i, Rossinining 
«Vilgelm Tell» va «Otello»si, Veberning «Freyshyuts» va «Evrianta»si. Veymarda 
List o’z zamondoshlari operasini targ’ib etar edi: 1852-yili u Berliozning «Benvenutto 
Chellini», 1855-yili esa Shumanning «Genoveva» operalarini qo’ydi. Vagnerning 
«Tangeyzer» (1849), «Loengrin» (1850), «Uchar gollandiyalik» (1853) operalari 
qo’yildi. 
List Frantsiyada Berliozning romantik uslubi tushunilmagan bir paytda bu 
bastakor musiqasi kunlarini uyushtiradi. List tomonidan Berliozning asarlari ijro etildi 
(«Fantastik simfoniya», «Garold Italiyada», «Romeo va Juletta», «Faustni qoralash», 
«Rim kamavali»). 1856-yilda Motsart tavalludining 100 yilligi munosabati bilan List 
Venada dirijyorlik qildi. 
Listning adabiy faoliyati yangi musiqani bosma so’z bilan faol targ’ib 
qilishida namoyon bo’ldi. U Berliozning «Garold Italiyada»si, Vagnerning 
«Tangeyzer», «Uchar gollandiyalik», «Loengrin» operalariga bag’ishlangan 
maqolalari katta tadqiqot bo’lib, ularda sanab o’tilgan bastakorlar ijodi va ularning 
asarlari tahlili berilgan. Veymarda Listning ikki kitobi yozilgan: «Shopen» (1849) 
va.«Vengr lo’lilari» musiqasi xaqida (1854). 
Veymar davrida List pedagoglik faoliyati bilan faol shug’ullangan. 
Ommaviy chiqishlardan voz kechgach, List o’zini yosh musiqachilarni tarbiyalashga 
bag’ishladi. List o’quvchilari qatorida etuk pianinochi va dirijyor Gans Bulov, 
dengizdan Turkiyaga o’tib, Konstantinopolda kontsert berdi, keyin esa Ukrainaga qaytdi, bu erdagi Elizavetgrad shahrida pianist-virtuozning sayohatlari davri yakuniga etdi. 1839-yil Mari d Agu bilan ajrashgach, List polyak pomeshigining qizi Karolina Vitgenshteyn bilan uchrashadi. 1848-yilning boshida List Karolina Vitgenshteyn bilan birgalikda Germaniyaga, Veymar shahriga kelib joylashadi. Kichik nemis shaharchasi Veymar bir vaqtlar gullab-yashnagan madaniy markaz bo’lgan va List unga san’at poytaxti sharafini qaytarishni orzu qilgan. List Veymar opera teatri dirijyori etib tayinlandi. Opera teatriga o’n yillik rahbarligi davrida List turli bastakorlarning operalarini ko’plab sahnalashtirish ishlarini amalga oshirdi: Glyukning «Orfey», «Altsesta», «Armida», Meyerberning «Gugenotlar»i, Betxovenning «Fidelio»si, Motsartning «Don Juan» va «Sexrli nay»i, Rossinining «Vilgelm Tell» va «Otello»si, Veberning «Freyshyuts» va «Evrianta»si. Veymarda List o’z zamondoshlari operasini targ’ib etar edi: 1852-yili u Berliozning «Benvenutto Chellini», 1855-yili esa Shumanning «Genoveva» operalarini qo’ydi. Vagnerning «Tangeyzer» (1849), «Loengrin» (1850), «Uchar gollandiyalik» (1853) operalari qo’yildi. List Frantsiyada Berliozning romantik uslubi tushunilmagan bir paytda bu bastakor musiqasi kunlarini uyushtiradi. List tomonidan Berliozning asarlari ijro etildi («Fantastik simfoniya», «Garold Italiyada», «Romeo va Juletta», «Faustni qoralash», «Rim kamavali»). 1856-yilda Motsart tavalludining 100 yilligi munosabati bilan List Venada dirijyorlik qildi. Listning adabiy faoliyati yangi musiqani bosma so’z bilan faol targ’ib qilishida namoyon bo’ldi. U Berliozning «Garold Italiyada»si, Vagnerning «Tangeyzer», «Uchar gollandiyalik», «Loengrin» operalariga bag’ishlangan maqolalari katta tadqiqot bo’lib, ularda sanab o’tilgan bastakorlar ijodi va ularning asarlari tahlili berilgan. Veymarda Listning ikki kitobi yozilgan: «Shopen» (1849) va.«Vengr lo’lilari» musiqasi xaqida (1854). Veymar davrida List pedagoglik faoliyati bilan faol shug’ullangan. Ommaviy chiqishlardan voz kechgach, List o’zini yosh musiqachilarni tarbiyalashga bag’ishladi. List o’quvchilari qatorida etuk pianinochi va dirijyor Gans Bulov,
 
 
pianinochi Karl Tauzig, bastakorlar Petr Komelius va Ioaksim Rafflar bo’lgan. Butun 
umri davomida List 337-nafar o’quvchini tarbiyalagan. Ular orasida rossiyalik 
o’quvchilar xam bo’lgan (Aleksandr Ziloti, Vera Timanova). 
1854-yili List Veymarda «Yangi Veymar uyushmasi»ni tuzdi, 1861-yili 
«Umumnemis musiqa uyushmasi»ga asos soldi. Ularning vazifasi yangi, ilg’or 
musiqa san’ati g’oyasini yoyish va buyuk bastakorlar 
— eskilari va 
zamonaviylarining ijodini targ’ib etish bo’ldi. Veymarda List chex musiqasining 
buyuk klassigi Bedrjix Smetana, Ioganns Brams, vengr skripkachisi Edde Remini, rus 
bastakorlari A.N. Serov, A.G. Rubinshteyn va boshqalar bilan uchrashadi. 
Veymar davrida 12 ta simfonik poema (13 tasidan), 15 ta vengr rapsodiya (19 
tasidan), fortepiano kontsertlarining yangi tahriri, «Oliy mahorat etyudlari» va 
«Paganini kaprizlari bo’yicha etyudlar» yozildi. h-moll sonatasi xam shu davrda ijod 
qilingan. 
Listning 
12 
ta 
simfonik 
poemasi 
dasturiy 
musiqaning 
go’zal 
namunalaridandir. Unda musiqiy obrazlar va ularning tadriji poetik xamda 
ma’naviy-falsafiy g’oyalar bilan bog’lanib ketgan. List bir qismli shaklda yozilgan 
yirik dasturiy asar bo’lgan yangi romantik janr — «simfonik poema» yaratuvchisi 
bo’ldi. Simfonik poemalarda List tomonidan gavdalantirilgan obrazlar doirasi juda 
kengdir. Viktor Gyugoning she’rlariga yozilgan «Tog’da eshitganlarim» simfonik 
poemasida tabiatning ulug’vorligi, insoniy iztiroblar va kechinmalarga zid qo’yishdek 
romantik g’oyalarni mujassamlashtiradi. 
Gyotening yuz yillik yubileyiga yozilgan «Tasso» simfonik poemasida 
Tassoning hayotligidagi iztiroblari va uning vafotidan so’ng ulug’ iste’dodining 
zafarli tantanasi tasvirlanadi. «Orfey» (1854) simfonik poemasi Glyukning 
Veymardagi «Orfey» operasi postonovkasiga uvertyura sifatida yozilgan. Mazkur 
simfonik poemada List san’at ramziga aylangan frakiyalik xonanda Orfey xaqidagi 
mashhur qadimgi yunon afsonasini gavdalantirdi. «Prometey» (1850) simfonik 
poemasi dastlab Garderning «Prometeyning ozod etilishi» dramasi postanovkasiga 
uvertyura edi. Bu asar xudolardan olovni o’g’irlab, odamlarga tuhfa etgan yunon 
afsonasi qahramoni Prometeyning azamat obrazi bilan uyg’un. «Prelyudlar» simfonik 
pianinochi Karl Tauzig, bastakorlar Petr Komelius va Ioaksim Rafflar bo’lgan. Butun umri davomida List 337-nafar o’quvchini tarbiyalagan. Ular orasida rossiyalik o’quvchilar xam bo’lgan (Aleksandr Ziloti, Vera Timanova). 1854-yili List Veymarda «Yangi Veymar uyushmasi»ni tuzdi, 1861-yili «Umumnemis musiqa uyushmasi»ga asos soldi. Ularning vazifasi yangi, ilg’or musiqa san’ati g’oyasini yoyish va buyuk bastakorlar — eskilari va zamonaviylarining ijodini targ’ib etish bo’ldi. Veymarda List chex musiqasining buyuk klassigi Bedrjix Smetana, Ioganns Brams, vengr skripkachisi Edde Remini, rus bastakorlari A.N. Serov, A.G. Rubinshteyn va boshqalar bilan uchrashadi. Veymar davrida 12 ta simfonik poema (13 tasidan), 15 ta vengr rapsodiya (19 tasidan), fortepiano kontsertlarining yangi tahriri, «Oliy mahorat etyudlari» va «Paganini kaprizlari bo’yicha etyudlar» yozildi. h-moll sonatasi xam shu davrda ijod qilingan. Listning 12 ta simfonik poemasi dasturiy musiqaning go’zal namunalaridandir. Unda musiqiy obrazlar va ularning tadriji poetik xamda ma’naviy-falsafiy g’oyalar bilan bog’lanib ketgan. List bir qismli shaklda yozilgan yirik dasturiy asar bo’lgan yangi romantik janr — «simfonik poema» yaratuvchisi bo’ldi. Simfonik poemalarda List tomonidan gavdalantirilgan obrazlar doirasi juda kengdir. Viktor Gyugoning she’rlariga yozilgan «Tog’da eshitganlarim» simfonik poemasida tabiatning ulug’vorligi, insoniy iztiroblar va kechinmalarga zid qo’yishdek romantik g’oyalarni mujassamlashtiradi. Gyotening yuz yillik yubileyiga yozilgan «Tasso» simfonik poemasida Tassoning hayotligidagi iztiroblari va uning vafotidan so’ng ulug’ iste’dodining zafarli tantanasi tasvirlanadi. «Orfey» (1854) simfonik poemasi Glyukning Veymardagi «Orfey» operasi postonovkasiga uvertyura sifatida yozilgan. Mazkur simfonik poemada List san’at ramziga aylangan frakiyalik xonanda Orfey xaqidagi mashhur qadimgi yunon afsonasini gavdalantirdi. «Prometey» (1850) simfonik poemasi dastlab Garderning «Prometeyning ozod etilishi» dramasi postanovkasiga uvertyura edi. Bu asar xudolardan olovni o’g’irlab, odamlarga tuhfa etgan yunon afsonasi qahramoni Prometeyning azamat obrazi bilan uyg’un. «Prelyudlar» simfonik
 
 
poemasi avval Lamartin she’ri asosida yaratilgan bo’lib, Jozef Otranning matni 
asosidagi to’rt erkaklar xoriga kirish tarzida yaratilgan edi. Keyinroq uni qayta ishlash 
asnosida mustaqil simfonik poemaga aylantirish jarayonida List Lamartinning «Poetik 
mushohadalar» she’rini tanlaydi va uning matni musiqaga ko’proq mos kelishini 
anglab etadi. 
Listning boshqa simfonik poemalarini sanab o’tamiz: «Mazepa» (1851, Viktor 
Gyugo bo’yicha), «Bayram jarangi» (1853), «Qaxramon xaqida yig’i-yo’qlov» 
(1850—1854), «Vengriya» (1854), «Gamlet» (1858, Shekspir tragediyasi bo’yicha), 
«Gunnlar jangi» (1857, nemis rassomi Vilgelm Kaulbax freskasi bo’yicha), «Ideallar» 
(1857, Shiller bo’yicha). 
Veymar davrida ikki dasturiy simfoniya yozilgan: 1854-yilda «Faust» 
simfoniyasi, u uch qismdan iborat: «Faust», «Gretxen», «Mefistofel». 1857-yilda 
Dantening «Ilohiy komediya»si bo’yicha ikki qismdan iborat simfoniya yozilgan: 
«Do’zax» va «Arosat». Shuningdek, Lenauning «Faustdan ikki epizod», «Tungi 
namoyish» va «Mefisto-vals» (1860) yozilgan. 
Rim va ikkinchi Veymar davri 1861-yilda List knyaginya Vitgenshteyn 
bilan nikohini ilojsiz qilib qo’yayotgan bir qator siyosiy va diniy xarakterdagi 
g’ovlarni bartaraf etishga umid qilib, Rimga otlandi. Rim katolik cherkovi ularning 
ittifoqiga fotiha berishdan bosh tortgach, g’ayratli musiqachi charchagan va hayotdan 
hafsalasi pir bo’lgan holda tarki dunyo qildi. 1865-yil List abbatlik darajasini qabul 
qildi va bir necha yirik diniy asarlar yozdi: «Muqaddas Elizaveta» (1862), «Xristos» 
(1866) oratoriyalari, «Vengr tojlanish messasi» (1867). 
Rim davrida List dunyoviy yo’nalishda xam musiqa yozgan: «O’rmon 
shovqini» va «Gnomlar yurishi» mashhur fortepiano etyudlari (1862), «Ispan 
rapsodiyasi» (1863), Betxoven, Verdi va Vagner asarlari transkriptsiyalari. 
1869-yili List Veymarga qaytdi, bastakor ijodining so’nggi davri boshlandi. Bu 
davrda List Vena, Parij, Budapeshtga borib turar edi. Vatani, Budapeshtda u milliy 
musiqa akademiyasining birinchi prezidenti va o’qituvchisi etib tayinlangan (1875). 
Veymarda Listning oldiga ko’psonli o’quvchilar kelishar edi: A. Ziloti, Sofya Metner, 
Vera Timanova. Listning huzurida A. P. Borodin bir necha marta bo’lgan. List 
poemasi avval Lamartin she’ri asosida yaratilgan bo’lib, Jozef Otranning matni asosidagi to’rt erkaklar xoriga kirish tarzida yaratilgan edi. Keyinroq uni qayta ishlash asnosida mustaqil simfonik poemaga aylantirish jarayonida List Lamartinning «Poetik mushohadalar» she’rini tanlaydi va uning matni musiqaga ko’proq mos kelishini anglab etadi. Listning boshqa simfonik poemalarini sanab o’tamiz: «Mazepa» (1851, Viktor Gyugo bo’yicha), «Bayram jarangi» (1853), «Qaxramon xaqida yig’i-yo’qlov» (1850—1854), «Vengriya» (1854), «Gamlet» (1858, Shekspir tragediyasi bo’yicha), «Gunnlar jangi» (1857, nemis rassomi Vilgelm Kaulbax freskasi bo’yicha), «Ideallar» (1857, Shiller bo’yicha). Veymar davrida ikki dasturiy simfoniya yozilgan: 1854-yilda «Faust» simfoniyasi, u uch qismdan iborat: «Faust», «Gretxen», «Mefistofel». 1857-yilda Dantening «Ilohiy komediya»si bo’yicha ikki qismdan iborat simfoniya yozilgan: «Do’zax» va «Arosat». Shuningdek, Lenauning «Faustdan ikki epizod», «Tungi namoyish» va «Mefisto-vals» (1860) yozilgan. Rim va ikkinchi Veymar davri 1861-yilda List knyaginya Vitgenshteyn bilan nikohini ilojsiz qilib qo’yayotgan bir qator siyosiy va diniy xarakterdagi g’ovlarni bartaraf etishga umid qilib, Rimga otlandi. Rim katolik cherkovi ularning ittifoqiga fotiha berishdan bosh tortgach, g’ayratli musiqachi charchagan va hayotdan hafsalasi pir bo’lgan holda tarki dunyo qildi. 1865-yil List abbatlik darajasini qabul qildi va bir necha yirik diniy asarlar yozdi: «Muqaddas Elizaveta» (1862), «Xristos» (1866) oratoriyalari, «Vengr tojlanish messasi» (1867). Rim davrida List dunyoviy yo’nalishda xam musiqa yozgan: «O’rmon shovqini» va «Gnomlar yurishi» mashhur fortepiano etyudlari (1862), «Ispan rapsodiyasi» (1863), Betxoven, Verdi va Vagner asarlari transkriptsiyalari. 1869-yili List Veymarga qaytdi, bastakor ijodining so’nggi davri boshlandi. Bu davrda List Vena, Parij, Budapeshtga borib turar edi. Vatani, Budapeshtda u milliy musiqa akademiyasining birinchi prezidenti va o’qituvchisi etib tayinlangan (1875). Veymarda Listning oldiga ko’psonli o’quvchilar kelishar edi: A. Ziloti, Sofya Metner, Vera Timanova. Listning huzurida A. P. Borodin bir necha marta bo’lgan. List