FOYDALI QAZILMA KONLARINI YER OSTI USULIDA QAZIB OLISH IMKONIYATLARI
Yuklangan vaqt
2024-03-26
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
13
Faytl hajmi
98,0 KB
MUSTAQIL ISH
FOYDALI QAZILMA KONLARINI YER OSTI USULIDA QAZIB OLISH
IMKONIYATLARI
Toshkent -2021
1
Mundarija:
I.Kirish……………………………………………………………………….……….3
II.Asosiy qism:
1. Qazib olish bosqichlari………………………………………………………...5
2. Konchilik korxonalari………………………………………………………….7
3. Qavatda rudani massivdan ajratib qazib olish usullari va tartibi…………..………10
III.Xulosa ……………………………………………………………………………11
Foydalanilgan adabiyotlar:
Internet tarmoqlari:
2
Kirish
Ruda konlarini yer osti usulida qazib olish texnologiyasi, konchilik ishi
mutaxassisligi bo'yicha ta'lim olayotgan talabalarda, mutaxassislik bilimini
shakllantiruvchi asosiy fandir. Ular qator maxsus mutaxassislik fanlarini ham
puxta o'zlashtirishlari kerak, shular jumlasidan: yer osti kon lahimlarini barpo
etish usullarini, tog' jinslarini burg'ilab portlatib yemirish texnologiyasini, tog'
jinslari mexanikasi, aerologiyasi, shaxta va rudniklarni loyihalash asoslari.
Markaziy Osiyo Respublikalari, shu jumladan hozirgi O'zbekiston
Respublikasi hududida bundan 500-600 ming yillar ilgari chaqmoqtoshdan
mehnat qurollari yasashgan, shu davrda chaqmoqtoshga ishlov beruvchi
ustaxonalar ishlab turgan. Chaqmoqtoshni shaxta usulida 3-4 ming yil avval
qazib olinganligi ma'lum. Shaxtani 4x1,5m o’lchamda, chuqurligi 6m bo’lgan
o’ra shtrek bilan bog'lagan, tog' jinslarini Buxoro bug'isining mugizidan
yasalgan qurol bilan qazib olishgan.
Bronza davriga kelib ruda qazib olish ishlari yo'lga qo'yilgan, ulardan
margumush, surma eritmalari va mis asosida boshqa qotishmalar olingan. Nodir
metallar (feruza) qazib olish eramizdan oldingi 1-ming yilliklardan boshlangan.
Shu davrdan boshlab qalay va magnetit-gematit rudalarini eritib qalay va temir
ajratib olingan.III-VII asrga kelib foydali qazilmani qazib olish turlari kengayib
maxsus metall eritish markazlari paydo bo'la boshlagan.
Konchilik ishini maksimal rivojlangan davri X-XI asrlarga to'g'ri kelgan.
Chotqol, Qurama, Nurota tog'larida, Qoramozor tog'i atrofida, Farg'onada
Sultonuiz tog'ida 10 mingdan ortiq konchilik uyushmalari ishlagan, shu
jumladan, "Lashkerak", "Konjal", "Tabashor", "Konsoy", "Konimansur",
"Aqtepa", "Rizak"; oltin konlaridan "Qizilolma", "Ko'chbuloq-Tog'berdi",
"Qaykar", "Chadoq"; polimetal "Axangaraut"; mis konlaridan "Aktau",
"Shayxjeli"; qo'rg'oshin "Uchquloch", "Ilanchik"; feruza koni "Ungurlikon" va
boshqalar. Bulardan tashqari mis kuporosi, simob, qalay, surma, ko'mir,
nashotir, oltingugurt, bo'yoq minerallari, kvars va har xil qurilish va bezak
materiallari qazib olingan.
3
Asosiy qism:
Qazib olish bosqichlari
Ruda konlarini yer osti usulida qazib olish jarayonlari asosiy uch
bosqichdan iborat:
1. konni ochish,
2. tayyorlovchi - kesuvchi lahimlar o'tish va
3. qazib olish ishlari.
Konni ochish deb, yer yuzasidan ochuvchi kapital kon lahimlarini ruda
tanasini hamma chuqurligiga yoki uning bir qismiga o'tqazib tayyorlovchi
lahimlar o'tishga imkoniyat yaratilishiga aytiladi. Ochuvchi lahimlar bular
shaxta stvollari, stvol oldi lahimlari, kvershlaglar, shtolnya, kapital ruda
tushuruvchi lahimlar va boshqalar — qazib olingan foydali qazilmalarni, noruda
yondosh jinslarni, transport vositalarida yer ostidan yer yuzasiga chiqarish,
ishchi-xizmatchilarni, olib kelish uchun, uskunalarini, materiallarni ishlaydigan
ish joyiga yetqazish, kon lahimlarini shamollatish, shaxtadagi yer osti suvlarini
chiqarish va boshqa maqsadlar uchun xizmat qiladi.
Tayyorlash yoki tayyorlash ishlari - bu shtreklar, vosstayushiylar, ortlar va
boshqa kon lahimlarini o'tqazib, ular orqali konni ochilgan qismini, qazib
olinadigan alohida uchastkalarga, qavatlarga, bloklarga, panellarga va
stolbalarga ajratiladi. Qazib olinadigan uchastka ham o'z navbatida alohida
tayyorlovchi va kesuvchi lahimlarga bo'linadi. Bu lahimlar o'z navbatida
alohida qismlarga jumladan: qavat osti, qatlamlab, kesib kiruvchi pog'onalar,
qavat osti kameralarga, kameralararo va panellararo seliklarga bo'linadi.
Qazib olish - bu qazib olinadigan uchastkadan rudani qazib ajratib olib,
hosil bo'lgan bo'shliq turg'unligini saqlab turishga xizmat qiladigan texnologik
jarayon
Qazib olish tartibi - qazib olinadigan uchastkani qazib olishda, qazilgan
bo'shliqning holati xarakterlanadi. Bu belgi har xil qazib olish tizimlarining
qo'llanishi umumiyligini va har xilligini to'laroq aks ettiradi, ayniqsa qazib olish
4
texnologiyasini va har bir qazib olish tizimini texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarini
o'zgachaligini ko'rsatadi.
Ochilgan deb, qazib olinayotgan konining zahirasi yoki uning bir qismida
ochuvchi lahimlar (shaxta stvollari, kvershlaglar, shtolnyalar) o'tkazilgan
gorizontdan yuqori qismida joylashgan ruda zahirasiga aytiladi.
Tayyorlangan deb, qazib olinadigan uchastkadagi ruda zahirasida, qabul
qilingan qazib olish tizimiga muvofiq belgilangan hamma tayyorlovchi lahimlar
o'tkazilib tayyor bo'lgan qismiga aytiladi.
Qazib olishga tayyorlash deb, ruda zahirasini qazib olishga tayyorlangan
uchastkalarida, kerak bo'lgan barcha kesuvchi lahimlarni o'tkazib, qazib olishga
tayyor bo'lgan holatiga aytiladi.
Yetarli miqdorda ochilgan tayyorlangan va qazib olishga tayyor ruda
zahirasini mavjudligi shuning uchun kerakki:
Konning qazib olinayotgan uchastkalarining birida qazib olish ishlari
davomida boshqa uchastkada rejada belgilangan miqdordagi sifatli ruda qazib
olish ishlarini rivojlantirishga imkon yaratilgan bo'lishi kerak.
Konning ekspluatatsiyaga topshiriladigan qismida Ekspluatatsion razvedka
ishlarini amalga oshirish uchun va boshqa qismida drenaj ishlarini bajarish
uchun rezerv vaqt bo'lishi kerak.
5
Konchilik korxonalari
Foydali qazilma konlarini qazib olish uchun konchilik korxonasi tuziladi,
uning tarkibiga rudnik, shaxta, karer va ba'zan boyitish fabrikasi ham kiritiladi.
Rudnik - maxsus hujjat bilan ajratilgan yer usti va yer osti uchastkasida
joylashgan, konni qazib oluvchi konchilik korxonasi bo'lib, bitta yoki bir nechta
ishlab chiqarish birligi - shaxtalar, shtolnyalar, karerlar va xizmat ko'rsatuvchi
yordamchi sexlardan iborat bo'lgan konchilik korxonasiga aytiladi. Rudnik
korxona sifatida yagona ma'muriy-texnikaviy boshqarmaga ega.
Shaxta - konchilik korxonasining mustaqil ishlab chiqarish birligi bo'lib,
yer osti usulida unga ajratilgan yer uchastkasi yoki uning bir qismida foydali
qazilmalarni qazib olish ishlarini amalga oshiradi.Konning bir qismini rudnik
shaxta yoki karer qurish uchun ajratilgan maydonini tegishlicha rudnik, shaxta
yoki karer maydoni deb aytiladi.Ayrim holda rudnik maydoni bittagina shaxta
maydonidan iborat bo'lsa, u holda shaxta va rudnik haqidagi tushuncha bir xil
bo'ladi.
Shaxta maydoni tayyorlovchi lahimlar bilan qavat yoki panellarga
ajratiladi. Qavatlarning pastki va yuqorigi chegarasidan shtreklar o'tkaziladi,
ular qavatdagi asosiy yoki yuk tashish bosh shtreklari deyiladi.
Shunday qilib, qavat - shaxta maydonining bir bo'lagi bo'lib, qiyaligi
bo'yicha asosiy gorizontdagi yuk tashiladigan shtrek bilan, cho'ziqligi bo'yicha
shaxta maydoni chegarasi bilan cheklanadi.
Qazib olish ishlarini bir vaqtning o'zida olib borilishiga ko'ra bir qavatli,
ikki qavatli va ko'p qavatli qazib olish ishlari deyiladi. Bir vaqtning o'zida qazib
olinadigan qavatlar soni ruda yotqizig'ini sharoitiga, qo'llaniladigan qazib olish
tizimiga, shaxtaning berilgan yillik ishlab chiqarish quvvatiga bog'liq holda
belgilanadi. Bir vaqtning o'zida ikki yoki undan ko'proq qavatlarda rudani qazib
olish ishlari yillik ishlab chiqarish quvvatini bir qavatda qazib olinganida,
belgilangan miqdordagi ruda bilan ta'minlash imkoni bo'lmaganida, ikki va
undan ortiq qavatlarda rudani qazib olish ishlarini olib borishga to'g'ri keladi.
Lekin hamma kon-geologik sharoitda ham, har xil qazib olish tizimi
6
qo'llanilganida ham, bir vaqtning o'zida bir necha qavatlarda qazib olish ishlari
olib borishga imkoniyat bo'lmaydi. Ba'zi bir qazib olish tizimi umuman ko'p
qavatda qazishni inkor etadi, boshqasi yo'l qo'yadi, lekin ma'lum texnik
qiyinchiliklar bilan.
Qavatlar odatda yuqoridan pasayib borish tartibida qazib olinadi, yuqori
gorizontlardan boshlab, pastki gorizontlarga qarab qavatlarni ko'tarilish
tartibida qazib olish amaliyotda kam uchraydi. Shaxta maydonining o'lchamlari
texnik iqtisodiy hisoblarga muvofiq belgilanadi. Ruda konlarida shaxta
maydonining uzunligi o'rtacha 0,5-2 km ni tashkil etadi, keyingi yillarda juda
yirik konlarni qazib olish amaliyotida shaxta maydonining uzunligi 6 km gacha
yetadiganlari ham uchraydi.
Shaxta maydoni o'lchamlarini aniqlashda quyidagilardan kelib chiqiladi:
Shaxta maydoni uzunligini oshirish lahimlar o'tkazishdagi, stvol oldi uskunalari
va stvol oldi lahimlarini qurishga va yer yuzasidagi stvol oldi inshoatlarini
barpo etishda 1t ruda zahirasi ulushiga to'g'ri keladigan kapital xarajatlarni
kamaytirish imkonini beradi. Shaxta maydonining uzayishi uning zahirasi
ko'payishiga olib keladi, kapital xarajatlar doimiy bo'lib, deyarli o'zgarishsiz
qoladi. Lekin shaxta maydoni o'lchamlarining ortishi rudani yer osti
transportida tashish masofasi, materiallari va uskunalarni tashib keltirish,
masofasi kishilarni harakatlanish masofasi ham uzayadi. Asosiy gorizontdagi
lahimlarni turg'unligini saqlab turish va tamirlashga sarflanadigan xarajatlar
ham ko'payadi, shamollatish ishlari murakkablashib, narxi qimmatlashadi.
Shuning uchun loyihalanayotgan shaxta maydonining o'lchamlarini o'zgarishi
bir turdagi xarajatlarni kamaytirsa, ikkinchi turdagi xarajatlarning ko'payishiga
sababchi bo'ladi.
Shaxta maydonining eng qulay (optimal) iqtisodiy jihatdan samarali
o'lchami 1t ruda zahirasini qazib chiqarishga sarflanadigan umumiy xarajatning
eng kam bo'lganidir.Har bir shaxta maydonida asosiy yer osti bilan bog'lovchi
stvollardan tashqari yordamchi stvollar ham o'tiladi. Ular kishilarni shaxtadan
yer yuzasiga chiqarish uchun ikkinchi ehtiyot chiqish qurilmasi ham
7
hisoblanadi. Undan yer osti lahimlarini shamollatish, materiallar tushirish va
boshqa maqsadlarda ham foydalaniladi. Yordamchi shaxta stvollarining soni,
ularning joylashishi va o'tkazish tartibini «Konni ochish» bo'limida ko'rib
chiqiladi.
Qavat balandligi qazib olinayotgan asosiy gorizont bilan yuqorigi qavat
oralig'idagi tik yuza tekisligiga tushgan proeksiyalari oralig'idagi tik masofa
bilan o'lchanadi. Ruda konlarini qazib olishda qavat balandligi odatda 30 dan
100 metrgacha yetadi, bu o'lchamdan ortig'i juda kam uchraydi.
Qavatlar balandligini tanlashga quyidagi omillar ta'sir etadi: ruda
tanasining qalinligi, uning uzunligi, konni yotqizilish elementlarining o'lchami,
ruda va yondosh jinslarni fizik-mexanik xususiyatlari, qo'llaniladigan qazib
olish tizimi, kon kapital lahimlarining va asosiy gorizontlardan o'tkaziladigan
tayyorlovchi lahimlar narxi.
Qavatlar balandligining uzayishi konning kapital va tayyorlovchi
lahimlarini o'tkazib 1 t ruda tayyolash zahirasining hajmini va uning narxini
qisqartirish imkonini beradi. Bu shu bilan izohlanadiki, qavatni tayyorlash
uchun uning balandligiga bog'liq bo'lmagan holda, asosiy gorizontdagi, bir
xildagi lahimlarni stvol oldi lahimlari majmuini va kvershlaglarni o'tish kerak
bo'ladi. Bu lahimlarning to'liq uzunligi, hajmi va narxi qavatlar balandligidan
qat'iy nazar bir xil o'lchamda qoladi, ammo qavatlardagi ruda zahirasi uning
balandligiga proporsional ravishda o'sadi.
Ko'pchilik qazib olish tizimlarini qo'llaganda qo'shni qavatlar chegarasida
qavatlararo seliklar qoldirish talab etiladi. Bu seliklarni qazib massivdan ajratib
olish katta o'lchamda rudaning miqdor yo'qotilishiga va blokning boshqa
qismini qazib olishga nisbatan katta xarajat sarflash talab etiladi. Chunki qavat
balandligidan
qat'iy
nazar,
qavatlararo
qoldirilgan
seliklardagi
ruda
zahirasining miqdori o'zgarmasdan qoladi.Shu bilan birga, qavat balandligining
o'sishi qazib olish bilan bog'liq bo'lgan ba'zi xarajatlarning biroz miqdorda
bo'lsa ham o'sishiga olib keladi. Shular jumlasidan materiallarni, uskunalarni
kavjoyga tashib keltirish narxi, vosstayushiylarni o'tish, ularni ta'mirlash va
8
shaxtada kishilarning harakatlanishiga sarflanadigan vaqtning o'sishi, mehnat
unumdorligining pasayishiga olib keladi.Ba'zi hollarda qazilgan bo'shliqqa kon
bosimining o'sishi, yondosh jinslarning va kameralararo seliklarning o'pirilishiga
olib kelish ehtimolining mavjudligi, qavatlar oralig'idagi balandlikni
masofaning uzaytirilishini cheklaydi.