FOZAVIY MASHTAB BILAN BOG‘LIQ MONITORIGNING O‘ZIGA XOS
TOMONLARI
1. Geotextizimlarni loyihalashning geoekologik asoslari
2. Tabiiy-texnik geoetizimlarni hududiy loyihalash
3. Tabiiy-texnik geotizimlarni loyihalashning geoekologik tamoyillari
4. Tabiiy-texnik geotizimlar faoliyati meyorini hisobga olish, boshqaruv va
nazorat.
Tayanch iboralar:
Geotextizim, tabiiy-texnik geotizim, tabiiy-antropogen tizim, antropogen-
texnogen tizim, tabiiy-xo‘jalik tizim, majmuali integral geotizim, ijtimoiy-tabiiy
texnik geotizim, sanoat geotextizimi, transport geotextizimi, shahar geotextizimi,
suv xo‘jaligi geotextizimi, boshqaruv-o‘zuvchi, zanjirli reaksiya, tozalovchi
inshootlar.
Geotextizim – texnikaning tabiat bilan o‘zaro tutashib ketishi va natijada
yaxlit tabiiy – texnik tizim ko‘rinishini egallashidir (G.Xelvmi,1966).
Geotextizimlar, ... ko‘pincha suv omborlari, yirik kanallar, sug‘oriladigan
ekin maydonlari, turli xil kombinat, zavod va fabrikalar, ular joylashgan
landshaftlar hamda yon atrofdagi o‘zaro aloqada bo‘lishi mumkin bo‘lgan
landshaftlar bilan birgalikda keltiriladi (SH.Zokirov, 1998).
Geotextizimlar (F.N.Milkov bo‘yicha landshaft – texnikaviy tizimlar)
asosan ikki qismli (yoki ikki kichik tizimdan tuzilgan) tizimlar bo‘lib, ularning
taraqqiyoti asosan ikki xil, ya’ni tabiiy va ijtimoiy – iqtisodiy qonunlarga
bo‘ysinadi.
Geotextizimlarning mavjudligi va rivojlanishida texnika qismi etakchi
ahamiyatga ega bo‘lib, inson tomonidan nazorat qilinib, boshqarilib turiladi.
Geotizim bir necha turda bo‘ladi. Tabiiy geotizim, haqiqiy tabiiy holdagi
geotizim tabiatda kam saqlanib qolgan, chunki insonning xo‘jalik faoliyati ta’sirida
tabiiy muhit kuchli ravishda o‘zgarib bormoqda. Biroq geotizimlar inson ta’sirida
bo‘lsalar ham tabiiy qonunlar asosida taraqqiy qiladilar, modda va energiya
almashuvi tabiiy jarayonlar harakatiga bo‘ysinadi.
Integral geotizim–bu murakkab hududiy–vaqtli hosila bo‘lib, tabiat, aholi
va xo‘jalik kabi kichik tizimlaridan iborat. Bir tomondan, tabiiy xususiyatlarini
saqlab qolgan holda tabiiy qonunlar asosida yashaydi, boshqa jihatdan esa–ular
ijtimoiy va jamiyat sifatlariga ham ega, ularning bu xususiyatlari jamiyat qonunlari
negizida rivojlanadi. Integral geotizimning global miqyosidagi shakli “tabiat-
jamiyat” supertizimga mos keladi. Hududiy yoki mahalliy miqyosidagi integral
geotizimga ishlab chiqarish, rekreatsiya, tabiiy–texnik, tabiiy–xo‘jalik
geotizimlarini kiritish mumkin. Keyingi vaqtlarda “tabiiy–antropogen tizim,
antropogen–texnogen tizim” va boshqalar tarkib topdi, ular integral geotizimlarni
sinonimi deb qaraladi.
Tabiiy–texnik geotizim. Bu variantda tabiat bilan texnika birinchi o‘ringa
chiqadi. Geotizimlarda aloqa ancha kuchli, lekin har doim ham bu aloqa barqaror
emas. Avvalo texnik qism tabiatga mos kelishi darkor, shunda boshqaruv samarali
bo‘ladi, o‘z navbatida tabiat texnikaga ham ta’sir etadi, bu holda aks ta’sir
natijasida turli noxush o‘zgarishlar yuzaga keladi.
Geoekologik yondashuv tizimli yondashuvning bir turi sifatida. Tabiiy-
texnik geotizim (TTG)-integral geotizimning varianti (turi) bo‘lib, unda birinchi
o‘rinda tabiat bilan texnika o‘rtasida o‘zaro ta’sir yuz beradi. TTG yoki
geotextizimlar-jihozlar va mehnat vositalarining kombinatsiyasidan iborat bo‘lib,
ular yagona texnologik marom bilan bog‘liq va ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy vazifani
bajaradi. Texnologiya, texnika va geotextizim o‘ziga xos mexanizm bo‘lib, insonga
bir tomondan, tabiiy muhitga moslashishga, boshqa tomondan esa tabiat talablarini
qondirishga xizmat qiladi. Geotextizimda texnik tuzilish to‘g‘ridan-to‘g‘ri asosiy
element bo‘lishi bilan birga u yoki bu texnik vositalardan foydalanish sharoitlari
bilan ham aniqlanadi.
Geoekologik yondashuv har bir ob’ektni tabiiy-texnik geotizim sifatida
loyihalaydi. SHuni tushunish kerakki, biz yangi ob’ektni yaratish bilan tabiatni
o‘zgartiramiz. Loyihachi yangi texnologik jarayonni yaratish bilan muhitni ham
o‘zgartiradi, yangi muhitni loyihalaydi. Muhitni loyihalash, yangi muhit yaratish
deganda tizimni loyihalash, konstruksiya yaratish, texnologiya vujudga keltirish
bilan birga ular tabiatidagi o‘zaro aloqalarga mos tushishi kerak.
Loyihalashning geoekologik asoslari. Loyihalashning geoekologik asosi
geoekologik bilim va hududiy loyihalashning hususiyatlarining jamlamasidan
iborat bo‘lib, uni
loyihalashning geoekologik tamoyili deb ataladi. Loyihachi
uchun tabiatni oqilona muhofaza qilish loyihasining, ishlab chiqishda qandaydir
«geoekologik minimumni bilish talab etiladi. Bu minimumga quydagilar kiradi:
a) jamiyat hayotida tabiat va landshaftlarining roli to‘g‘risida umumiy
tushunchalar, landshaftlarninng asosiy vazifalari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish;
b) tabiiy geotizimlar to‘g‘risidagi bilimlar, shuningdek ularni antropogen-
texnogen ta’sir natijasida o‘zgarishi to‘g‘risida bilimga ham egaligini bildiradi.
Tabiat geotizimlaridagi aloqalar to‘g‘risida bilimlarga ega bo‘lishi lozim, bunda bir
butunlik, ularni xarakteri, o‘zgaruvchanligi va barqarorligi, makon va vaqtdagi
holatlarini bilish darkor;
v)
integral geotizimlar to‘g‘risidagi bilimlar «tabiat-jamiyat»
supertizimidagi o‘zaro munosabatlar xususiyatlari to‘g‘risidagi bilimlarni qamrab
olishi kerak, bunda jamiyatning alohida roli to‘g‘risida, mavjud yoki
loyihalanadigan tabiiy-texnik geotizimlarning xususiyatlari xaqida, integral
geotizimlarning o‘zgaruvchanligi va barqarorlik qobiliyatlari, ularda o‘z-o‘zini
boshqarish va boshqaruv jarayonlarini almashib kelishi to‘g‘risida bilimlarga ega
bo‘lish lozim (V.Preobrajenskiy, 1983).
Loyihalashning aniq masalalarini hal qilishda, masalan, ma’lum hududga
ega bo‘lgan geotextizimning loyihasini tuzishda aniq geotizimlarning xususiyatlari
to‘g‘risida hududiy geoekologik bilimlarga ega bo‘lish katta ahamiyatga ega
bo‘ladi. Inson faoliyati bilan tabiat o‘rtasida o‘zaro aloqalarni ko‘rsatish ham
amaliy ahamiyatga molik. To‘g‘ri, hududiy ma’lumotlarni to‘g‘ri tushuntirish
tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir hamda tabiiy va texnik geotizim
o‘rtasidagi ta’sirni bilish faqat nazariy bilimlar asosida amalga oshirilishi mumkin.
Hududiy loyihalashning xususiyati-bu uning ko‘p bosqichligi va bir-birlarini
ichiga kirib borishi, geotextizimlarning turli vazifali turlarini loyihalashning o‘ziga
xosligi, o‘z vaqtida geoekologik axborotlarni zarur hajmda va kerakli shaklda kelib
tushishi, me’yor va andozalarda keng foydalanishdan iborat. Loyihalarning
bosqichligi va bir-birini ichiga kirib borishi shundan iboratki, mayda masshtabli
umumiy bosh chizmalardan loyihalar (qism)ning aniq ishlangan yirik masshtabga
o‘tishni taqazo qiladi. Birinchi bosqichda odatdagidek, hududning umumiy
modelini tashkil qilish va rivojlantirish (masalan, mamlakatning tabiatini muhofaza
qilish tadbirlari)-bosh chizma-loyiha (masshtab 1:1 000 000 yoki 1:500 000),
ikkinchi bosqichda-rayon (tuman) er tuzilmasi (masshtab 1:300 000, 1:100 000,
1:25 000), uchinchi bosqichda ma’lum geotextizim va uning atrofining loyihasi.
Har bir bosqichda loyihalashning geotextizimining zarurligi va vujudga keltirish
joyi zarurati sezilib turadi. Masalan, rayon er tuzish ishlari bosqichida ularning
joylashuvi, mavjud yoki loyihalanilgan geotextizimlar bilan aloqasi aniqlanadi.
Loyiha bosqichida esa geotextizim tuzilmasi va uning elementlari orasidagi
aloqalar aniqlanadi.
O‘z vaqtida (loyihani tuzishga qadar) geoekologik axborotlarning kelishi
loyiha qarorlarini to‘g‘ri asoslash muhim, uni optimal variantini tanlash zarur.
Biroq, tabiat to‘g‘risidagi hozirgi holat ma’lumotlarigina emas, balki "tabiat-
jamiyat" tizimidagi aloqalar va o‘zaro ta’sirlar, ijobiy va salbiy oqibatlarni
aniqlovchi prognozli ma’lumotlar ham zarur.
Loyihalashning geoekologik tamoyillari - bu qoida, geotextizimlar va
ularning elementlarini loyihalashda amal qilinishi lozim, bu hol ularning tabiiy
xususiyatlarini saqlab qolishda foydalaniladi. Loyihalashning geoekologik
tamoyillari-bu tabiiy va integral geotizimlarning xususiyatlariga tabiiy holda
asoslanadi. Bu tamoyillarga amal qilish faqat integral geotizimlarning hamda tabiiy
geotizimlarni loyihalarida tuzilish xususiyatlari, funksional mavjud bo‘lish, tadrijiy
o‘zgarishi va taraqqiyotini aniq hisobga olishda zarur bo‘ladi. Geoekologik
tamoyillarga rioya qilish tabiatni saqlab qolishni puxta o‘ylab ko‘rilgan loyihasi va
qurilishi, geotextizimni uzoq muddatda ishlab turishi, muhitning inson uchun
optimal bo‘lishligi, saqlanishini ta’minlaydi (V.Preobrajenskiy, 1986).
4.2. Tabiiy-texnik geotizimlarni xududiy loyihalash
Tabiiy-texnik geotizimlar hududiy loyihalash va rejalashtirishning asosiy
ob’ekti. Geotextizimlarning bir necha turlari mavjud bo‘lib, ular o‘rtasida tuzilish
qiyofasi va funksional mavjud bo‘lishi hamda o‘xshashliklari bor. Birinchi guruhga
sanoat, transport va shahar geotextizimlarini kiritish mumkin. Bu guruhda texnik
elementlar bilan ta’minlanishi yuqori: asfalt, beton yoki texnik inshootlar
maydonlarining ko‘pligi bilan tavsiflanadi. Sanoat yo‘nalishidagi
geotextizimlarning texnik elementlari eng yuqori darajada (jadalligi,
konsentratsiyasi, uzoqligi) ta’siri mavjud, ular geotizimlar o‘zgarishida asosiy omil
hisoblanadi. Transport yo‘nalishdagi geotextizimning texnik elementlari avtomobil,
temir yo‘l, quvur transporti–unchalik katta bo‘lmagan maydonlarda tabiat chiziqli
jadal o‘zgaradi. Ularning o‘ziga xos ta’sir yo‘nalishi to‘g‘ri chiziqli xarakterda
bo‘ladi: bir tomondan to‘siq rolini o‘ynab, hayvon va o‘simlik turlarini
o‘tkazmasligi mumkin, boshqa tomondan biologik yo‘lak vazifasini o‘taydi, undan
hashoratlar, begona o‘tlarning kirib borishi yuz beradi.
SHahar majmuali integral geotextizim. Aholining mavjudligi ularni
ijtimoiy-tabiiy-texnik geotizim deb atashga imkon beradi. SHaharlar, ayniqsa yirik
shaharlar, geotextizimi o‘ziga xos, chunki ularda geotextizimlarning funksional
tiplari mavjud bo‘ladi va bir-birlari bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. SHahar bu o‘ziga
xos integral majmuali geotextizim. SHaharlarning farqi ularning teng huquqli
elementi-aholi, inson hisoblanadi. Boshqa geotextizimlardan farqli shahar
geotextizimlari faqat tabiiy va texnik omillardan tashqari ijtimoiy omillar bilan
ham bog‘liq. Demak, shaharni aniqroq qilib ijtimoiy-tabiiy-texnik geotizim deb
atash lozim. Nisbatan kichikroq hududlarda ko‘pincha bir-birlari bilan turli
vazifalardagi geotextizimlar: sanoat va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi, transport,
rekreatsiya, tabiatni muhofaza qilish va boshqalar o‘zaro ta’sirda bo‘ladilar.
SHaharga suv, oziq-ovqat, yoqilg‘i kirib undan oqava suv, qattiq va gazsimon
chiqindilar chiqariladi. Har bir shaharlikka o‘rtacha sutkada 1,5 kg qattiq qoldiq-
chiqindi to‘g‘ri keladi. Uning bir qismi axlatxonada va bir qismi esa ikkilamchi
resurs sifatida ishlatiladi. SHahar havosini ifloslanganligidan havo harorati atrofga
nisbatan 1-2° S yuqori hisoblanadi.
Hududiy loyihalash jarayonida tabiiy-texnik geotizimlarning majmuasi
bilan ish ko‘riladi. Bu holda hududning amaldagi mintaqalanishi, ular mavjud
bo‘lishi jarayonida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarning oldini olish uchun
ularni oqilona joylashtirish yo‘llarini izlashga diqqat bilan qarash kerak.
Sanoat geotextizimlari. Sanoat geotextizimlari deb sanoat ob’ektlarini
majmuali holda, ma’lum hududda joylashishi tushuniladi, bunda tabiat majmualari
ularning funksiyasida qatnashadi. Bunday geotextizimlarda uchta kichik tizimlarni
ajratish mumkin: 1) texnik: sanoat maqsadidagi muxandislik inshootlarining
majmuasi, ular yagona ishlab chiqarish-texnologik jarayonlar va ishlab chiqarish
infratuzilmasi bilan birlashgan bo‘ladi; 2) tabiiy: tabiiy majmua yoki komponentlar
(tabiiy sharoit va xom ashyo sifatida foydalanish), ulardan foydalanish ishlab
chiqarish jarayonlarini vujudga keltirish uchun zarur; 3) boshqarish qismi: texnik
va tabiat kichik tizimlari orasida o‘zaro ta’sirni amalga oshiradi.
Uchta kichik tizimlarni o‘zaro ta’siri bir yo‘nalishda yuz beradi: texnik
ob’ektlarning tabiatga ta’siri, tabiiy resurslarni olish, texnogen chiqindilarning
to‘planishi, tabiiy majmua va komponentlarning xususiyatlarining o‘zgarishi-aholi
sog‘lig‘ining yomonlashuvi va boshqalar. Texnik ob’ektlarni tabiatga ta’siri
miqyosi jihatidan juda ham kuchli, buning natijasida tabiiy majmua tubdan
o‘zgarishi mumkin. Sanoat gebtextizimlarining xususiyatlaridan biri ularning
hududiy jihatdan juda ham zich konsentratsiyada mavjud bo‘lishi va atrof muhitga
kuchli ta’sir etishidir. Ayniqsa, ko‘plab sanoat korxonalarining bir joyda
to‘planishi muhitning ifloslanishini kuchaytiradi, masalan, neftni qayta ishlash,
rangli metallurgiya va kimyo sanoati ishlab chiqarish korxonalarining yaqin
joylashishi havo, suv, tuproq va o‘simlikni kuchli darajada ifloslanishiga olib
keladi (Olmaliq va Farg‘ona sanoat tugunlari).
Transport geotextizimlari. Transport va transport geotextizimlari tabiatga
jiddiy ta’sir etadi. Ko‘proq er usti transporti jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Asosiy ta’sir
turlariga shovqin, atmosferaning ifloslanishi, elektromagnit nurlanish va boshqalar
kiradi. Suv transportining ta’siri (neft mahsulotlari bilan ifloslanishi) kemalarning
xo‘jalik-maishiy chiqindilari bilan ifloslanish, bandargohda yuk tushirish va yuk
ortish jarayonida suvning ifloslanish kuzataladi.
Transport geotextizimida texnik sharoitlarga ko‘ra ikki turdagi ifloslanish
kuzatiladi: 1) maydonli (aeroport, vokzallar, bandargohlar) va 2) yo‘lli
(avtomobil, temir yo‘l, quvur transporti, elektr tarmoqlar va boshqalar). Bular
orasida, ayniqsa avtomobil yo‘llari ko‘proq ta’sir etadi va bu holat avtomobilning
ko‘proq chiqindi chiqarishi bilan bog‘liq. SHuningdek shovqin, grunt tebranishi
(vibratsiya) ham mavjud. Katta yo‘llar, quvur taransporti, temir yo‘llar qurilishi
atrof muhitga ta’sir etadi. Ikki tomonli avtomobil yo‘li eng xavfli, chunki turli
chiqindilar ko‘p to‘planadi.
Suv xo‘jaligi geotextizimlari. Energetika (gidrotexnika), sanoat va
maishiy suv bilan ta’minlash (suv-meliorativ va baliq xo‘jaligi), suv transporti va
boshqa xo‘jaliklar suv xo‘jaligi bilan bog‘liq. Bular tabiat muhofazasi, aholining
dam olishi va sog‘liqni saqlashda axamiyati kattadir.
4.3. Tabiiy-texnik geotizimlarni loyihalashning geoekologik tamoyillari
1.Tabiiy-texnik geotizimlarni makon va vaqtda loyihalash tamoyili.
Har bir landshaft (geotizim) murakkab (hududiy), makon va vaqtdagi ochiq tizim
bo‘lib, u bir butun geografik qobiqning bir qismi hisoblanadi, shuningdek u bir
butun qator morfologik qismlardan iborat. Geotizimga bo‘lgan ta’sir natijasida
tabiat, xo‘jalik va aholi tizimlarida o‘zgarish zanjiri vujudga keladi (chunki
geotizimda yotiq va tik yo‘nalishlar bo‘yicha komponentlar hamda ayrim qismlar
orasida bog‘liqlik mavjud), bu hol tezda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Tabiiy-texnik tizimlarni loyihalashda vazifa murakkablashadi: tabiat bilan
texnika o‘rtasida o‘zaro aloqani hisobga olib, loyihalash yo‘li bilan barqaror yuqori
sifatli holda tabiat va texnik qismlarning mavjud bo‘lishiga erishish lozim.
Loyihalash doirasiga hozirda me’yorlar, chegaralar va tabiat orqali kiritiladi.
Loyihalanilayotgan ob’ektni tizimli xarakterda ekanligini hisobga olib loyihani
vujudga keltirishda landshaftning bir butun holdagi xususiyatini saqlab qolish
uchun uning barcha komponentlarining xususiyatlarini to‘la-to‘kis muhofaza qilish
lozim bo‘ladi. Masalan, er usti va grunt suvlarining musaffoligini saqlab qolish
uchun havo bilan tuproq birinchi navbatda toza bo‘lishi kerak. CHunki
chiqindilarning aksariyat qismi tuproqqa tushadi, ular yuvilib suv havzalariga
qo‘shiladi.
Qishloq xo‘jalik geotextizimlarini loyihalashda bu tamoyil (texnik
qismlar) ayrim holdagi shunchaki bo‘laklar emas, balki murakkab tizim bo‘lib
tabiiy va texnik elementlar, ya’ni qishloq xo‘jalik ekinzorlari, infratuzilma erlari,
aholi manzillari, o‘rmon va boshqa qishloq xo‘jaligi erlari bo‘lmagan
maydonlarni bir-birlari bilan bog‘liq tizim deb tushuniladi. Tamoyilni hisobga
olish geotextizim (qishloq xo‘jalik)ni hududiy tuzilmasini optimallashtirish yo‘li
bilan amalga oshiriladi, ularni turlicha geoekologik optimal holda saqlash yo‘li
bilan erishiladi. Optimallashtirishga tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning
hududiy tashkil qilish bilan erishiladi, bunda landshaftlarning shakllari, o‘lchamlari
va aloqadorligi, shuningdek qo‘shni qishloq xo‘jalik geotextizimlarning
joylashishi hisobga olinadi.
Qishloq xo‘jalik geotextizimlarining optimal geoekologik xilma -xilligini
ta’minlash uchun ekinzorlar turlarini ko‘paytirish taklif qilinadi. Qishloq xo‘jalik
geotextizimlari tabiiy geotizimlarga nisbatan ham xilma-xilligi bilan tavsiflanadi,
shuning uchun ham ularning tashqi ta’sirlarga barqarorligi kamroq. Buning uchun
qishloq xo‘jalik geotextizimlarining tuzilmasi «murakkablashtiriladi», ya’ni
almashlab ekishni tatbiq qilish ancha samara beradi. Almashlab ekishni turli
me’yor-chizmalarini amalda qo‘llash ekinzorlarning turli tumanligini ta’minlaydi.
Bu bilan tuproq tuzilmasi va hosildorligini yaxshilashga erishiladi. SHuningdek,
ihotazorlarni bunyod etish deflyasiyaning oldini olishga imkon beradi. Hududning
tabiiy sharoitiga qarab o‘rmonzorlar, suv havzalari, rekreatsiya tizimlarini vujudga
keltirish ham muhitning yaxshilanishi va aholining yashash sharoitlarining
qulayligini ta’minlaydi.
2. Tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini barcha joylarda amalga
oshirish tamoyili. Bu tamoyil geografik qobiqning bir butunligi tushunchasidan
kelib chiqadi,
shuningdek, geotizimlarning bog‘liqligi, ular orasida modda va
energiya almashuvida yotiq aloqalarning katta ahamiyatga egaligi bilan bog‘liq.
Ba’zan ifloslanayotgan hududni boshqa sog‘lom geotizimdan ajratib qo‘yish
to‘g‘risida fikrlar aytiladi, bu tanlov tabiat muhofazasi tamoyillariga zid, chunki
isfloslantirayotgan manba ta’siri barcha hududlarga barobar etib boradi.
SHuning uchun ham asosiy tadbirlar odatda ayrim yirik shaharlar («issiq
nuqtalar» tamoyili)da amalga oshiriladi. Tadbirlarning barcha joylarda amalga
oshirish tamoyili landshaftni bir butun holda muhofaza qilish, uning tabiiy
komponentlarini saqlash, barcha resurslaridan oqilona foydalanishni yo‘lga
qo‘yishga imkon beradi. Ayniqsa, suv va havoning tozaligiga erishish birinchi
darajali ahamiyatga ega, chunki ular nihoyatda harakatchan. Suv havzalarining
musaffoligi barcha joylarda tadbirlarni birdaniga qo‘llashni talab etadi, aks holda
ifloslanish barcha hudud (havza)ga tarqaladi. Buni Amudaryo va Sirdaryo
havzalari misolida tushuntirish mumkin.
3. Tabiatni muhofaza qilish tadbirlari profilaktikasi tamoyili.
Geotextizimlarni loyihalashda profilaktik, yani oldini oluvchi tabiatni muhofaza
qilish tadbirlari tamoyiliga amal qilinishi kerak. Atrof muhitga turli sanoat, qishloq
xo‘jaligi, transport va boshqa toifadagi chiqindilarni chiqarish eng kam miqdorda,
balki butunlay chiqarilmasligini hayotning o‘zi talab etmoqda. Bunga erishish
uchun ishlab chiqarish texnologiyasi takomillashuvi lozim, yopiq jarayondagi
texnologiya tatbiq qilinishiga o‘tish maqsadga muvofiq. Kam chiqindili,
keyinchalik chiqindisiz texnologiyani qo‘llashga o‘tish eng muhim dolzarb
masaladir.
Tozalovchi inshootlar, ayniqsa biologik usullar eng samaralidir. Faolil
yordamida bakteriologik chiritish (achitish) muhim hisoblanadi.
4. Xududiy tabaqalashuv tamoyili. Bu tamoyilda geotextizimlar hududni
tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini hisobga olib, keyin loyihalanishi zarur. Har
bir geotizim o‘ziga xosligi, bir xilligi bilan qo‘shni majmuadan farq qiladi.
Geotizimlarning turli tumanligi ularni turli darajada barqarorligini keltirib
chiqaradi, o‘z-o‘zini tozalash ham turlicha bo‘ladi. SHuningdek, mavjud
antropogen-texnogen bosim-yukni ham hisobga olish kerak, uning ijtimoiy-
iqtisodiy vazifasining xarakterini e’tiborga olish kerak. Vazifasini murakkab
bo‘lishi, bosimni ham katta bo‘lishiga olib keladi, bu hol o‘z-o‘zini tozalash va
boshqarish qobiliyatini buzishga ta’sir etadi, bu holda nohush hodisalarning
rivojlanishi kuchayadi, aholining sog‘lig‘iga putur etadi. Tog‘ botiqlarida erdan