FRANSIYA XX ASR OXIRI XXI ASR BOSHLARIDA (To‘rtinchi Respublikaning qaror topishi, Beshinchi Respublikaning ichki va tashqi siyosati, Fransiya —O‘zbekiston munosabatlari)
Yuklangan vaqt
2024-05-11
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
11
Faytl hajmi
29,7 KB
Ilmiybaza.uz
FRANSIYA XX ASR OXIRI XXI ASR BOSHLARIDA
Reja:
1. To‘rtinchi Respublikaning qaror topishi
2. Beshinchi Respublikaning ichki va tashqi siyosati
3. Fransiya —O‘zbekiston munosabatlari
Ilmiybaza.uz
Ikkinchi jahon urushi Fransiyaga juda katta talafot yetkazdi. Okkupatsiya
natijasida 1875-yilda tuzilgan Uchinchi Respublika barham topdi. Moddiy tala-fot
1440 mlrd frankni tashkil etdi.
Sanoat ishlab chiqarishi urushdan oldingi daromadga nisbatan 62 foiz, qishloq
xo‘jaligi esa 50 foiz kamaydi. Frankning qiymati 6 baravar pasaydi. 100 mingdan
ortiq mayda sanoat va savdo korxonalari sindi. Ishsizlar soni 600 mingdan ortdi.
Fransiya mustamlakachilik imperiyasi barham topa bordi. Hindixitoy uning
nazoratidan chiqdi. Suriya va Livan mustaqillikka erishdi. Fransiya shu darajada
kuchsizlangan ediki, u hatto o‘z mustaqilligini o‘zi tiklashga ham qodir emas edi.
Uning mustaqilligi AQSH va Buyuk Britaniya tomoni- dan tiklandi. Mamlakat
iqtisodiyoti AQSH ko‘rsatadigan yordamga bog‘liq bo‘lib qoldi.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi Fransiya tarixi quyidagi 3 davrga bo‘linadi.
1. Vaqtinchalik rejim davri (1944-yil sentabr — 1946-yillar). 2. To‘rtinchi
Respublika davri (1946—1958). 3. Beshinchi Respublika (1958-yildan hozirgi
kungacha) davri.
Vaqtinchalik rejim davri Fransiya mustaqilligi tiklanganidan to mamlakat
Konstitutsiyasi qabul qilinguncha davom etgan. Bu davrda mamlakatni general
Sharl de Goll boshchiligidagi muvaqqat hukumat boshqardi.
Sharl de Goll «Ozod Fransiya» tashkilotining rahbari edi. 1945-yilning oktabr
oyida mamlakat yangi Konstitutsiyasini tayyorlovchi Ta’sis Majlisiga saylov
o‘tkazildi. Saylovda asosan 3 ta siyosiy partiya (Fransiya Kommunistik Partiyasi,
Fransiya Sotsialistik Partiyasi va Xalq Respublikachilar Partiyasi) eng ko‘p ovoz
oldi. Yangi tuzilgan hukumatni yana de Goll boshqardi. Yangi Konstitutsiya loyihasi
atrofida keskin kurash boshlandi.
Har uchala siyosiy partiya ham Fransiyaning parlament respublikasi bo‘lishi
tarafdorlari edi. Sharl de Goll esa AQSH namunasidagi prezidentlik respublikasi
uchun kurashdi. Biroq uning maqsadi amalga oshmadi. Bunga javoban u iste’foga
chiqdi. Va, nihoyat, 1946-yilning 13-oktabrida mamlakat yangi Konstitutsiyasi
Ilmiybaza.uz
qabul qilindi. Dekabr oyida esa kuchga kirdi. Shu tariqa Fransiyada To‘rtinchi
Respublika vujudga keldi.
To‘rtinchi Respublika davrida mamlakatni huku- mat boshqardi. Hukumat
mamlakat iqtisodiyotini tiklash va uni rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor berdi.
1948-yilning o‘rtalarida sanoat ishlab chiqarishi urushdan oldingi darajasiga
yetdi. Bu hol 1949-yilda iste’mol tovarlari taqsimoti tizimini bekor qilishga imkon
berdi. Iqtisodiy rivojlanishning samarali choralaridan
193
bin milliylashtirishdir, deb o‘ylagan hukumat xususiy mulk egalaridan bir yirik
korxonalarni va butun-butun sohalarni sotib oldi. Elektr stansiyalar, ko‘mir konlari,
aviatsiya va sug‘urta kompaniyalari, Reno avtomobil zavodi va boshqalar shular
jumlasidan edi. Biroq ishlab chiqarish o‘sishi sur’ati GFR va Italiyaga nisbatan past
bo‘ldi. Fransiya tashqi siyosatida Yevropa integratsiyasi masalasi katta o‘rin tutdi.
U NATOga a’zo bo‘lib kirdi. Fransiyaning tashabbusi bilan 1951-yilda «Yevropa
Iqtisodiy Hamjamiyati» ga dastlabki qadam qo‘yildi. 1952-yilda Parijda «Yevropa
mudofaa hamkorligi» haqida shartnoma imzolandi. Bu shartnoma amalda GFRni
qayta qurollantirish uchun yo‘l ochdi. 1955-yilda GFR NATOga qabul qilingach,
bunga javoban SSSR 1944-yilda imzolangan sovet—fransiya shartnomasini bekor
qildi.
Ayni paytda Fransiya o‘z tashqi siyosatida mustamlakachilik urushlarini
davom ettirdi. Bu — Fransiya hukmron doiralari milliy-ozodlik harakati qudratini
to‘g‘ri baholay olmaganligining oqibati bo‘ldi. Shuning uchun ham uni kuch bilan
bostirishga urindilar. Chunonchi, 1946-yilning dekabr oyida o‘z mustaqilligini e’lon
qilgan Vetnamga qarshi mustamlakachilik urushini boshladilar. 8 yil davom etgan
bu urush 1954-yilda Fransiyaning mag‘lubiyati bilan tugadi.
Shu yili Jazoir xalqining milliy-ozodlik harakatini qonga botirish maqsadida
urush harakatlarini boshladi. Jazoir amalda Fransiyaning okean orti o‘lkasiga
aylantirilgan edi. Bu yerda 1 mln fransuz yashardi. Ular eng yaxshi yerlarga egalik
qilardi. Jazoirlik fransuzlar bu mamlakatga mustaqillik berishga mutlaqo qarshi
Ilmiybaza.uz
edilar.
Qulayotgan
Fransiya
mustamlakachi
imperiyasini
saqlab
qolish
tarafdorlarining barchasi ular atrofiga to‘planishdi.
Jazoirlik fransuzlarni Fransiyaning 1956-yilda Marokko va Tunisga
mustaqillik berishga majbur bo‘lganligi ham tashvishlantirib qo‘ygan edi. 1954-
yilda boshlangan urush — Jazoir xalqi ozodlik kurashiga qarshi urush — eng qonli
va shafqatsiz urush bo‘ldi.
Ayni paytda urush mamlakat xazinasi bo‘shab qolishiga olib keldi. Shunday
sharoitda Jazoirdagi fransuz harbiylari va mustamlakachi fanatiklar davlat
to‘ntarishini amalga oshirish maqsadida isyon boshladi. Jazoirdagi fransuz armiyasi
250 ming kishini tashkil etardi. Isyonchilar de Gollni hokimiyatga qaytarishni talab
etdilar. Ularning fikricha, de Goll Jazoir- ning Fransiyaga qaramligini saqlab
qolishga qodir yagona shaxs edi. Fransiyaning boshqa aholisi uchun esa de Goll
Fransiyani harbiy diktaturadan saqlab qoluvchi yagona shaxs edi.
Sharl de Goll hokimiyatga qaytish uchun o‘ziga favqulodda vakolatlar berilishi
hamda konstitutsiyaviy islohotlar o‘tkazishga ruxsat etilishi shartlarini qo‘ydi.
Fransiya Milliy Majlisi (parlamenti) bu shartlarga rozi bo‘ldi va 1958-yilning 1-
iyunida de Goll hokimiyatni egalladi. Shundan so‘ng Milliy Majlis o‘z faoliyatini
tugatdi. Shu tariqa To‘rtinchi Respublika ham barham topdi.
1958-yilning 28-sentabrida Fransiyada yangi Konstitutsiya qabul qilindi. Bu —
Fransiya tarixida Beshinchi Respublikaning vujudga kelishi ham edi. 21-dekabr kuni
de Goll Prezident etib saylandi. Yangi Konstitutsiya parlament huquqlarini chekladi
va,
aksincha,
Prezident
vakolatlarini
kengaytirdi.
Fransiya
prezidentlik
Respublikasiga aylandi. Butun hokimiyat deyarli Prezident qo‘lida to‘plandi. U
davlat hamda ijrochi hokimiyat boshlig‘i, Qurolli Kuchlarning Oliy Bosh
qo‘mondoni ham edi.
Prezident parlament qabul qilgan qonunlarni tasdiqlash va parlamentni tarqatib
yuborib, yangi saylov belgilash huquqiga ega edi. Muhim masalalarni va o‘zi lozim
topgan qonunlarni referendumga qo‘ya olardi. Ichki va tashqi siyosatga shaxsan
rahbarlik qilar edi. Shunday qilib, mamlakatda de Gollning shaxsiy hokimiyati
o‘rnatildi va u o‘z oldiga Fransiyani tiklash vazifasini qo‘ydi. Shu maqsadda
Ilmiybaza.uz
mamlakat iqtisodini modernizatsiyalash amalga oshirildi. Ilmiy-texnika inqilobi
yutuqlari keng joriy etildi. Sanoatning yangi tarmoqlari — atom, radio elektronika,
kosmik texnologiya va raketa qurilishi vujudga keltirildi.
Modernizatsiyalash jadal sur’atlarda o‘tkazildi va u 60-yillarda nihoyasiga
yetkazildi. Oqibatda Fransiya zamonaviy industrial davlatga aylandi. Asosiy
iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha Buyuk Britaniyani ortda qoldirib, jahonda 5-o‘rinni
mustahkam egalladi. Eksport ko‘paydi. Bu unga 60-yillarning o‘rtalariga kelib
barcha qarzlaridan qutulish va qarz beruvchi davlatga aylanish imkonini berdi.
Qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalash ham nihoyasiga yetdi. Fransiya
dehqonlari fermerlarga aylandilar. Mamlakat G‘arbiy Yevropada oziq-ovqat
mahsulotlari eksporti bo‘yicha eng yetakchi davlatga aylandi.
Tashqi siyosatda 3 asosiy vazifa qo‘yildi. Ularning birinchisi Fransiyaning
buyukligini tiklash, ikkinchisi — mamlakat mustaqilligini mustahkamlash va,
nihoyat, uchinchisi — AQSHning Yevropadagi ta’sirini mumkin qadar
bo‘shashtirish edi. De Goll 1960-yilda Fransiyani yadroviy davlatga aylantirish
orqali uning mudofaa qudratini oshirdi. Ayni paytda mustamlakalarga mus- taqillik
berish yo‘lidan bordi.
1960-yilda Afrikadagi mustamlakalarga siyosiy mustaqillik berildi. Bu qit’a
xaritasida 14 ta yangi davlat vujudga keldi. De Goll Jazoirni bundan buyon itoatda
tutib turish mumkin emasligini tushunib yetdi. Shuning uchun ham Jazoir Milliy
Ozodlik fronti bilan muzokara boshladi. Uning bu yo‘li o‘ta mustamlakachi kuchlar
qarshiligiga uchradi. Biroq Fransiya armiyasi De Gollga sodiq qoldi. Natijada
armiyada isyon boshlashga urinish barbod bo‘ldi.
1962-yilning 18-martida Jazoirga mustaqillik berish haqida bitim imzolandi.
De Goll AQSHning Vetnamdagi agressiyasini qoraladi. 1966- yilda Fransiyani
NATOning harbiy tashkilotidan chiqardi. AQSHning Fransiya hududidagi harbiy
bazasini tugatishga erishdi. YEIHga Buyuk
Britaniyaning a’zo qilinishiga qarshi chiqdi. Chunki de Goll Buyuk Britaniyani
Yevropada AQSH ta’sirini o‘tkazuvchi vosita, deb hisoblardi. GFR bilan
yaqinlashish yo‘lini tutganning dushmani bo‘lib qolaverdi.
Ilmiybaza.uz
1968- yilning may oyida mamlakatda siyosiy inqiroz yuz berdi. Inqiroz Parij
talabalarining namoyishidan boshlandi. 7-may kuni talabalar ta’lim tizimini tubdan
qayta qurish, ta’lim tizimi xarajatlarini oshirish va stipendiyalarni to‘lash talabi bilan
namoyishga chiqqan edilar. Kasaba uyushmalari talabalarni qo‘llab- quvvatladi.
Talabalar universitet binosini egallab oldilar. O‘ta radikal va o‘ta so‘l kuchlar
esa talabalarni Yelisey saroyini ham egallab olish uchun gij-gijlay boshladilar.
Oqibatda hukumat namoyishchilarga qarshi kuch ishlatdi. 3 mingdan ortiq
talaba yarador qilindi va hibsga olindi. 13-may kuni esa yuz minglab parijliklar de
Goll tartibiga qarshi namoyish o‘tkazdilar. Mamlakatda 4 hafta davom etgan
umumiy ish tashlashlar boshlandi. Ularda qariyb 10 min kishi ishtirok etdi.
Hukumat kasaba uyushmalarining ish haqi, nafaqalarni oshirish, ish haftasini
qisqartirish kabi talablarini qondirdi. Iyun oyi oxirida ishchilar ish joylariga
qaytdilar. Shu tariqa mamlakatda siyosiy vaziyat barqarorlashtirildi.
Xo‘sh, may inqirozining sabablari nima edi?
Birinchidan,
mamlakat
mulkdorlari
orasida
iqtisodiyotga
davlatning
qattiqqo‘llik bilan aralashuvidan norozilik o‘zining yuqori nuqtasiga yetgan edi.
Ikkinchidan, kasaba uyushmalari mehnat munosabatlarida davlatning haddan
tashqari vasiyligidan qutulishga intilayotgan edi.
Uchinchidan, mamlakatda uning barcha tabaqalari ham de Gollning AQSHdan
uzoqlashish siyosatini ma’qullamas edi.
To‘rtinchidan, hukumat ijtimoiy sohalarga budjet xarajatlarini kamaytirib
yuborgan edi. Bu hol jamiyatda chuqur norozilikni vujudga keltirdi.
Shunday sharoitda ijtimoiy portlash yuz berishi muqarrar, jamiyatning qaysidir
qatlami shu portlashni sodir etishi lozim edi. Bu portlashni talabalar sodir etdilar.
Boshqa qatlam va siyosiy kuchlar esa talabalar noroziligidan o‘z manfaatlari yo‘lida
foydalanishga urindilar. Shuning uchun ham may inqirozi oxir-oqibatda Fransiya
milliy qahramoni, mamlakat Prezidenti de Gollni iste’fo berishga majbur etdi. 1969-
yilning aprel oyida de Goll siyosatdan ketdi. U 1970-yilda 80 yoshida vafot etdi.
1969- yilning iyunida bosh vazir lavozimida ishlayotgan J. Pompidu mamlakat
Prezidenti etib saylandi.
Ilmiybaza.uz
U saylovda de Goll partiyasi — «Respublikani himoya qilish ittifoqi»ning
nomzodi sifatida qatnashdi. J. Pompidu ayni paytda de Gollning eng yaqin
safdoshlaridan bin ham edi. J. Pompidu siyosatda o‘zi tanlagan yo‘lni «vo-
rislik va muloqot», deb atadi. Bu iboraning birinchisi de Goll siyosatining davom
ettirilishini, ikkinchisi esa muxolifatchi kuchlar bilan ham hamkorlik qilishni
anglatar edi.
Ichki siyosatda J. Pompidu davlatning iqtisodiy hayotga aralashuvini
kamaytirdi. Biroq ijtimoiy himoya sohasi bo‘yicha qonunchilikni kuchaytirdi.
Tashqi siyosatda «muloqot» tamoyiliga amal qildi. Ya’ni AQSH bilan yaqinlashish
boshlandi. 1973-yilda Buyuk Britaniyaning YEIH a’zoligiga qabul qilinishiga
qarshilik qilmadi. Ayni paytda Fransiyaning tashqi masalalarda mustaqil siyosat
yuritish yo‘liga sodiqlikni saqlab qoldi.
1974-yilda J. Pompidu vafot etdi. «Fransiya demokratiyasi uchun ittifoq»
(FDUI) partiyasi nomzodi V. Jiskar d’Esten yangi 7 yillik muddatga Prezident etib
saylandi. Bu davrda mamlakatdagi siyosiy kuchlar va mamlakatda 4 ta yirik siyosiy
partiya faoliyat ko‘rsata boshladi. Sobiq degollchilar va o‘ng kuchlar «Respublikani
quvvatlash birlashmasi» (RQB) partiyasiga birlashdilar.
Avvalgi partiyalardan Sotsialistik va Kommunistik partiyalar o‘zlarini saqlab
qoldilar. Bu partiyalarning 2 tasi (FDUI va RQB) o‘nglar, 2 tasi esa (FSP va FKP)
so‘llar deb atala boshlandi.
Yangi Prezident d’Esten inqiloblarsiz, islohotlar yo‘li bilan «ilg‘or liberal
jamiyat» qurish g‘oyasini ilgari surdi. Uning prezidentligi davrida minimal ish haqi
eng ko‘p darajada oshirildi. Saylovda qatnashish yoshi 20 dan 18 yoshga tushirildi.
1981-yilgi prezidentlik saylovida Sotsialistik partiya nomzodi F. Mitteran
(1916—1996) g‘alaba qozondi va mamlakatni 14 yil boshqardi. So‘l kuchlar
hukumati saylovchilarga bergan va’dalarini bajarish maqsadida qator islohotlar
o‘tkazdilar. Chunonchi, ish haqlari oshirildi; ishsizlik va ko‘p bolali oilalarga
yordam ko‘paytirildi, nafaqa va pensiyalar miqdori oshirildi. Yirik sarmoyalarga
solinadigan soliq miqdori ko‘paytirildi. Ish haftasi 39 soatga keltirildi. Pul
to‘lanadigan yillik mehnat ta’tili 5 haftaga uzaytirildi. 36 bank va metallurgiya,