Frants Shubert ijodi. (1797-1828)

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

8

File size

Fayl hajmi

19,8 KB


Frants Shubert ijodi. (1797-1828)
Reja:
1. Shubert musiqasining g’oyaviy mazmuni.
2. Kompozitorning tarjimai holi.
3. Vokal tsikllari.
4.Hayot va ijodining so’nggi yillari.
5. Shubertning vokal ijodi.
 
1--:
 1. Shubert musiqasining g’oyaviy mazmuni. Shubert jami o’ttiz bir yilgina
yashagan, xolos. U hayotiy muvaffaqiyatsizliklar iskanjasida, jismonan va ma’naviy
jihatdan qiynalgan holda vafot etgan. Uning to’qqizta simfoniyasidan birontasi ham
hayotligida  ijro  etilgan  emas.  Uning  jami  600  ta  qo’shig’i  bor.  20  ga  yaqin
sonatasidan faqat uchtasigina nashr etilgan edi.
Shubert  dastlabki  romantik-kompozitorlardan  biri  edi.  Uning  hayoti
ziddiyatlarga to’la bo’lgan. Bu holat aslida ijodiy intilishlari boshqacharoq bo’lgan
san’atkorga xosdir. Betxovendan farqli ravishda, Shubert san’atkor sifatida inqilobiy
qo’zg’olonlar davrida emas, balki ijtimoiy-siyosiy reaktsiyalar davrida yashab, ijod
etdi.  Betxoven  musiqasidagi  buyuklik  va  qudrat,  inqilobiy  pafos va  falsafiy
teranlikka Shubert lirik miniatyuralari, xalq hayoti manzaralarini qarshi qo’yadi.
Shubert  Venaning  birinchi  romantik  kompozitori  edi.  Venalik  romantiklikning
dahosi aynan halqona maishiy janrlarda namoyon bo’ldi. 
 
2--:
 Kompozitorning tarjimai holi.  Frants Shubert 1797-yilda Vena yaqinidagi
Lixtental degan joyda dunyoga kelgan. Otasi maktab o’qituvchisi bo’lib, dehqon
oilasidan kelib chiqqan edi. Onasi esa chilangarning qizi bo’lgan. Oilada musiqani
Logotip
Frants Shubert ijodi. (1797-1828) Reja: 1. Shubert musiqasining g’oyaviy mazmuni. 2. Kompozitorning tarjimai holi. 3. Vokal tsikllari. 4.Hayot va ijodining so’nggi yillari. 5. Shubertning vokal ijodi. 1--: 1. Shubert musiqasining g’oyaviy mazmuni. Shubert jami o’ttiz bir yilgina yashagan, xolos. U hayotiy muvaffaqiyatsizliklar iskanjasida, jismonan va ma’naviy jihatdan qiynalgan holda vafot etgan. Uning to’qqizta simfoniyasidan birontasi ham hayotligida ijro etilgan emas. Uning jami 600 ta qo’shig’i bor. 20 ga yaqin sonatasidan faqat uchtasigina nashr etilgan edi. Shubert dastlabki romantik-kompozitorlardan biri edi. Uning hayoti ziddiyatlarga to’la bo’lgan. Bu holat aslida ijodiy intilishlari boshqacharoq bo’lgan san’atkorga xosdir. Betxovendan farqli ravishda, Shubert san’atkor sifatida inqilobiy qo’zg’olonlar davrida emas, balki ijtimoiy-siyosiy reaktsiyalar davrida yashab, ijod etdi. Betxoven musiqasidagi buyuklik va qudrat, inqilobiy pafos va falsafiy teranlikka Shubert lirik miniatyuralari, xalq hayoti manzaralarini qarshi qo’yadi. Shubert Venaning birinchi romantik kompozitori edi. Venalik romantiklikning dahosi aynan halqona maishiy janrlarda namoyon bo’ldi. 2--: Kompozitorning tarjimai holi. Frants Shubert 1797-yilda Vena yaqinidagi Lixtental degan joyda dunyoga kelgan. Otasi maktab o’qituvchisi bo’lib, dehqon oilasidan kelib chiqqan edi. Onasi esa chilangarning qizi bo’lgan. Oilada musiqani
sevishardi,  doimiy  ravishda  musiqa  oqshomlarini  tashkil  etib  turishgan.  Otasi
violonchel, akalari turli-xil musiqa cholg’ularini chalishgan.
Yosh Frantsdagi musiqiy qobiliyatni sezgan ota va akasi Ignats unga skripka va
fortepiano chalishni o’rgatishadi. Tez orada bolakay alt partiyalari ijrosi bilan oilaviy
torli cholg’ular kvartetida ishtirok eta boshlaydi. Frantsning ovozi go’zal va yoqimli
edi. U cherkov xoriga qatnashar, u erda murakkab yakkaxon partiyalarni ijro etardi.
Ota o’g’lining muvaffaqiyatlaridan xursand bo’lardi. Frants 11 yoshga to’lganda, uni
konvikt – cherkov qo’shiqchilarini tayyorlovchi maktabga berishadi. 
O’quv yurtidagi sharoit boladagi musiqiy qobiliyatning rivojlanishi uchun qo’l
keldi.  Maktab  o’quvchilari  orkestrida  u  birinchi  skripkachilar  guruhida  chalar,
gohida esa dirijyor vazifasini ham bajarar edi. Orkestrning repertuari juda hilma-hil
edi. Shubert turli janrlardagi simfonik asarlar (simfoniyalar, uvertyuralar), kvartetlar,
vokal  asarlari  bilan tanishadi.  U  do’stlariga Motsartning  sol  minor  simfoniyasi
hayajonga solganini e’tirof qilgan. Unga Betxovenning musiqasi yuksak namuna
bo’lgan. 
O’sha yillarning o’zidayoq Shubert ijod qila boshlagan edi. Uning dastlabki
asarlari – fortepiano uchun fantaziya, bir qator qo’shiqlar bo’lgan. Yosh kompozitor
ko’p ijod qilar, ularni zavq bilan, berilib yaratar, ko’pincha bu maktabdagi boshqa
o’quv fanlari hisobiga bo’lardi. Boladagi favqulodda qobiliyat saroy kompozitori
Salerining e’tiborini tortadi. Uning qo’lida Shubert bir yil davomida shug’ullanadi.
Vaqt o’tishi bilan Frantsdagi musiqiy qobiliyatning shiddat bilan rivojlanib borishi
otasini  ko’proq  bezovta  qila  boshlaydi.  Hatto  butun  dunyoga  mashhur  bo’lgan
musiqachilarning  ijodiy  yo’llari  juda  qiyin  kechganligini  yaxshi  bilgan  ota
farzandining bunday taqdirga duchor bo’lishidan saqlab qolmoqchi bo’ladi. 
Musiqa bilan haddan tashqari ko’p mashg’ul bo’lishiga nisbatan jazo tariqasida
u o’g’lining bayram kunlarida ham uyga kelishini ta’qiqlab qo’yadi. Biroq xech
qanday ta’qiqlar boladagi iste’dodning rivojiga to’siq bo’la olmaydi. Shubert konvikt
bilan aloqani uzishga, zerikarli va keraksiz darslardan qutilish, foydasiz, insonning
qalbi va aqliga ta’sir qilmaydigan qoidalarni unutishga, erkinlikka chiqishga qaror
qiladi. U butunlay o’zini musiqaga bag’ishlaydi, faqat u bilan yashashga intiladi. 
1813-yil  28-oktyabrda  u  o’zinig  Birinchi  simfoniyasini  yozib  tugatadi.
Shubert  partituraning  oxirgi  sahifasiga  shunday  so’zlarni  yozib  qo’ygan  edi:
Logotip
sevishardi, doimiy ravishda musiqa oqshomlarini tashkil etib turishgan. Otasi violonchel, akalari turli-xil musiqa cholg’ularini chalishgan. Yosh Frantsdagi musiqiy qobiliyatni sezgan ota va akasi Ignats unga skripka va fortepiano chalishni o’rgatishadi. Tez orada bolakay alt partiyalari ijrosi bilan oilaviy torli cholg’ular kvartetida ishtirok eta boshlaydi. Frantsning ovozi go’zal va yoqimli edi. U cherkov xoriga qatnashar, u erda murakkab yakkaxon partiyalarni ijro etardi. Ota o’g’lining muvaffaqiyatlaridan xursand bo’lardi. Frants 11 yoshga to’lganda, uni konvikt – cherkov qo’shiqchilarini tayyorlovchi maktabga berishadi. O’quv yurtidagi sharoit boladagi musiqiy qobiliyatning rivojlanishi uchun qo’l keldi. Maktab o’quvchilari orkestrida u birinchi skripkachilar guruhida chalar, gohida esa dirijyor vazifasini ham bajarar edi. Orkestrning repertuari juda hilma-hil edi. Shubert turli janrlardagi simfonik asarlar (simfoniyalar, uvertyuralar), kvartetlar, vokal asarlari bilan tanishadi. U do’stlariga Motsartning sol minor simfoniyasi hayajonga solganini e’tirof qilgan. Unga Betxovenning musiqasi yuksak namuna bo’lgan. O’sha yillarning o’zidayoq Shubert ijod qila boshlagan edi. Uning dastlabki asarlari – fortepiano uchun fantaziya, bir qator qo’shiqlar bo’lgan. Yosh kompozitor ko’p ijod qilar, ularni zavq bilan, berilib yaratar, ko’pincha bu maktabdagi boshqa o’quv fanlari hisobiga bo’lardi. Boladagi favqulodda qobiliyat saroy kompozitori Salerining e’tiborini tortadi. Uning qo’lida Shubert bir yil davomida shug’ullanadi. Vaqt o’tishi bilan Frantsdagi musiqiy qobiliyatning shiddat bilan rivojlanib borishi otasini ko’proq bezovta qila boshlaydi. Hatto butun dunyoga mashhur bo’lgan musiqachilarning ijodiy yo’llari juda qiyin kechganligini yaxshi bilgan ota farzandining bunday taqdirga duchor bo’lishidan saqlab qolmoqchi bo’ladi. Musiqa bilan haddan tashqari ko’p mashg’ul bo’lishiga nisbatan jazo tariqasida u o’g’lining bayram kunlarida ham uyga kelishini ta’qiqlab qo’yadi. Biroq xech qanday ta’qiqlar boladagi iste’dodning rivojiga to’siq bo’la olmaydi. Shubert konvikt bilan aloqani uzishga, zerikarli va keraksiz darslardan qutilish, foydasiz, insonning qalbi va aqliga ta’sir qilmaydigan qoidalarni unutishga, erkinlikka chiqishga qaror qiladi. U butunlay o’zini musiqaga bag’ishlaydi, faqat u bilan yashashga intiladi. 1813-yil 28-oktyabrda u o’zinig Birinchi simfoniyasini yozib tugatadi. Shubert partituraning oxirgi sahifasiga shunday so’zlarni yozib qo’ygan edi:
“Xotima  va  tugatish”.  Bu  simfoniyaning  xotimasini  hamda  konviktning
tugallanganligini  anglatardi.  Uch  yil  u  o’qituvchiga  yordamchi  bo’lib  ishladi,
bolalarga savod va boshqa dastlabki o’quv fanlaridan dars berdi. Shunga qaramay,
uning musiqaga havasi, ijod qilish istagi tobora kuchayib borar edi. Uning o’ziga xos
ijodkorlik tabiatiga hayrat bilan boqishga to’g’ri keladi. 1814-yiladn 1817-yilgacha
hamma narsa unga qarshi qaratilganday ko’rinsa-da, u hayratlanarli darajadagi ko’p
asarlarini yaratadi. Faqat 1815-yilning o’zidagina Shubert 144 ta qo’shiq, 4 ta opera,
2 ta simfoniya, 2 ta messa, 2 ta fortepiano sonatasi, torli kvartet yaratadi. 
Otasining  barqaror  oylikka  ega  bo’lgan  o’qituvchi  qilish  orzusi  chippakka
chiqadi. Yosh kompozitor o’zini musiqaga bag’ishlash haqida uzil-kesil qaror qabul
qildi hamda maktabdagi o’qituvchilik ishini tashladi. Shubertning shundan keyingi
unchalik  uzoq  bo’lmagan  hayoti  ijodiy  jasoratlaridangina  iborat.  Katta  moddiy
qiyinchiliklarni boshidan kechirishiga qaramay, u tinimsiz ijod qilar, bir asar ketidan
ikkinchisini yaratar edi. Moddiy qiyinchiliklar baxtiga qarshi, uning yaxshi ko’rgan
qiziga uylanishiga mo’nelik qiladi. Tereza Grob cherkov xorida qo’shiq aytardi.
Dastlabki  repetitsiyadayoq  Shubert  uni  payqab  qoladi,  vaholanki,  bu  qiz
boshqalardan  keskin  ajralib  turmasdi.  Musiqa  boshlanishi  bilanoq,  Terezaning
rangsiz yuzlari jonlanib ketardi. 
Shubert  taqdir  nayranglariga  qanchalik  ko’nikmasin,  o’ziga  nisbatan  uning
bunchalik shafqatsiz bo’lishini tasavvur ham qilmagan edi. U o’z kundaliklarida:
“Haqiqiy do’stni topgan kishi baxtlidir. Agar bu do’stni o’z xotini qiyofasida topgan
kishi yanada baxtliroqdir”, - deb yozgan edi. Afsuski, uning orzular amalga oshmadi.
Bir  necha  yillar  (1817-yildan 1822-yilgacha)  davomida  Shubert  navbat
bilan goh u, goh bu do’stlarinikida yashab yurdi. Ularning ayrimlari (Shpaun va
Shtadler) kompozitorga konvikt davridan do’st edi.
Keyinroq ularning safiga san’at sohasida ko’p qirrali iste’dod sohibi Frants
Shober,  rassom  Shvind,  shoir  Iogann  Mayrxofer,  qo’shiqchi  Mixael  Fogl  va
boshqalar  kelib  qo’shildi.  Bu  davrning  jon-u  dili  Shubert  edi.  Bo’yi  kichkina,
yag’rindor, uzoqni yaxshi ko’ra olmaydigan Shubert nihoyatda kirishimli odam edi. 
Uchrashuv paytlarida do’stlar badiiy adabiyot, o’tmish va zamonaviy poeziya
bilan tanishar edi. Duch kelgan muammolar ustida qizg’in bahslashishar, mavjud
ijtimoiy tartiblarni tanqid qilishar edi. Biroq, ba’zi paytlarda bunday uchrashuvlar
Logotip
“Xotima va tugatish”. Bu simfoniyaning xotimasini hamda konviktning tugallanganligini anglatardi. Uch yil u o’qituvchiga yordamchi bo’lib ishladi, bolalarga savod va boshqa dastlabki o’quv fanlaridan dars berdi. Shunga qaramay, uning musiqaga havasi, ijod qilish istagi tobora kuchayib borar edi. Uning o’ziga xos ijodkorlik tabiatiga hayrat bilan boqishga to’g’ri keladi. 1814-yiladn 1817-yilgacha hamma narsa unga qarshi qaratilganday ko’rinsa-da, u hayratlanarli darajadagi ko’p asarlarini yaratadi. Faqat 1815-yilning o’zidagina Shubert 144 ta qo’shiq, 4 ta opera, 2 ta simfoniya, 2 ta messa, 2 ta fortepiano sonatasi, torli kvartet yaratadi. Otasining barqaror oylikka ega bo’lgan o’qituvchi qilish orzusi chippakka chiqadi. Yosh kompozitor o’zini musiqaga bag’ishlash haqida uzil-kesil qaror qabul qildi hamda maktabdagi o’qituvchilik ishini tashladi. Shubertning shundan keyingi unchalik uzoq bo’lmagan hayoti ijodiy jasoratlaridangina iborat. Katta moddiy qiyinchiliklarni boshidan kechirishiga qaramay, u tinimsiz ijod qilar, bir asar ketidan ikkinchisini yaratar edi. Moddiy qiyinchiliklar baxtiga qarshi, uning yaxshi ko’rgan qiziga uylanishiga mo’nelik qiladi. Tereza Grob cherkov xorida qo’shiq aytardi. Dastlabki repetitsiyadayoq Shubert uni payqab qoladi, vaholanki, bu qiz boshqalardan keskin ajralib turmasdi. Musiqa boshlanishi bilanoq, Terezaning rangsiz yuzlari jonlanib ketardi. Shubert taqdir nayranglariga qanchalik ko’nikmasin, o’ziga nisbatan uning bunchalik shafqatsiz bo’lishini tasavvur ham qilmagan edi. U o’z kundaliklarida: “Haqiqiy do’stni topgan kishi baxtlidir. Agar bu do’stni o’z xotini qiyofasida topgan kishi yanada baxtliroqdir”, - deb yozgan edi. Afsuski, uning orzular amalga oshmadi. Bir necha yillar (1817-yildan 1822-yilgacha) davomida Shubert navbat bilan goh u, goh bu do’stlarinikida yashab yurdi. Ularning ayrimlari (Shpaun va Shtadler) kompozitorga konvikt davridan do’st edi. Keyinroq ularning safiga san’at sohasida ko’p qirrali iste’dod sohibi Frants Shober, rassom Shvind, shoir Iogann Mayrxofer, qo’shiqchi Mixael Fogl va boshqalar kelib qo’shildi. Bu davrning jon-u dili Shubert edi. Bo’yi kichkina, yag’rindor, uzoqni yaxshi ko’ra olmaydigan Shubert nihoyatda kirishimli odam edi. Uchrashuv paytlarida do’stlar badiiy adabiyot, o’tmish va zamonaviy poeziya bilan tanishar edi. Duch kelgan muammolar ustida qizg’in bahslashishar, mavjud ijtimoiy tartiblarni tanqid qilishar edi. Biroq, ba’zi paytlarda bunday uchrashuvlar
faqat Shubert musiqasiga bag’ishlanar, ular hatto, “shubertxonlik” degan nom ham
olgan  edi.  Bunday  uchrashuvlarda  kompozitor  fortepianodan  uzoq  ketmas,  shu
erning o’zidayoq ekosezlar, valslar, lendlerlar va boshqa raqslar uchun musiqa ijod
qilardi. Ularning ko’pchiligi  qog’ozga tushirilmasdan  shu taxlitda qolib ketgan.
Shubertning qo’shiqlari bundan xam ko’proq qiziqishni uyg’otar, ularni ko’pincha
Shubertning o’zi ijro etardi. 
Maishiy hayotdagi parokandalik Shubertni qizg’in, uzluksiz, ehtirosli ijoddan
chalg’ita olmasdi. U izchil, muntazam ijod qilardi. “Men har kuni saharda ijod
qilardim.  Bir  p’esani  tugatiboq  boshqasini  boshlardim”,-  de  e’tirof  etgan  edi
kompozitorning o’zi. Ayrim kunlarda u o’nlab qo’shiqlar yaratardi. Musiqiy g’oyalar
unda uzluksiz tarzda paydo bo’lardi. Kompozitor ularni arang qog’ozga tushirishga
ulgurardi. Musiqa uning tushlariga xam kirib chiqardi. Uyg’onishi bilanoq u tezda
ularni yozib olishga urinar, shuning uchun u ko’zoynagini, hatto uxlab yotganida
xam olib qo’ymasdi. Agar asar birdaniga takomillashgan va yakunlangan tarzda
quyilib kelmasa, to o’zi qanoat hosil qilmaguncha, ishni davom ettirar edi. Xuddi
shuning uchun ham Shubert ayrim she’riy matnlarni etti variantgacha yozgan! Shu
davrda  Shubert  o’zining  mashhur  ikki  asari  –  “Tugallanmagan  simfoniya”  va
“Go’zal tegirmonchi qiz” qo’shiqlar turkumini yaratadi. 
Shubertning  “Tugallanmagan  simfoniya”  si  (1822)  yangi  turdagi  lirik-
drammatik simfoniya bo’lib, to’liq tugallangan asardir. Unda mujassamlashgan
obrazlar hamda ularnin rivoji ikki qismda o’z ifodasini topgan. Har ikki qism ham
lirik  bo’lishiga  qaramay,  ularning  xar  biri  o’ziga  turfa  ranglarga  ega.  Birinchi
qismida lirik kechinmalar fojiali chuqurlashuv bilan berilsa, ikkinchi qismidagi lirik
bosiq, ma’rifiy o’y-hayollarga to’yingan tarzda beriladi. Boshqa asarlarida bo’lgani
kabi, bu simfoniyasi ham Shubert markazga oddiy inson tuyg’ularini qo’yadi. 
Shubert qalbidagi eng nodir tuyg’ular qo’shiqlarda mujassamlashgan edi.
Ularda  kompozitor  kutilmagan  yuksakliklarga  ko’tarilgan.  Shubert  qo’shiqlarini
butun umri davomida yaratdi. Uning musiqiy merosida 600 dan ortiqroq qo’shiqlari
bor. Vokal lirikasi tarixga Shubert Gyote she’rlariga yozgan qo’shiqlari bilan kirgan
bo’lsa,  o’zining  qisqa  umrini,  Geyne  she’rlariga  bastalagan  qo’shiqlari  bilan
yakunladi. Shubert she’riy matnlardan o’zini to’lqinlantirgan fikr va tuyg’ularni
izlardi. Shubert qo’shiqlaridagi asosiy o’rinni vokal (yakkaxon) musiqasi tashkil
Logotip
faqat Shubert musiqasiga bag’ishlanar, ular hatto, “shubertxonlik” degan nom ham olgan edi. Bunday uchrashuvlarda kompozitor fortepianodan uzoq ketmas, shu erning o’zidayoq ekosezlar, valslar, lendlerlar va boshqa raqslar uchun musiqa ijod qilardi. Ularning ko’pchiligi qog’ozga tushirilmasdan shu taxlitda qolib ketgan. Shubertning qo’shiqlari bundan xam ko’proq qiziqishni uyg’otar, ularni ko’pincha Shubertning o’zi ijro etardi. Maishiy hayotdagi parokandalik Shubertni qizg’in, uzluksiz, ehtirosli ijoddan chalg’ita olmasdi. U izchil, muntazam ijod qilardi. “Men har kuni saharda ijod qilardim. Bir p’esani tugatiboq boshqasini boshlardim”,- de e’tirof etgan edi kompozitorning o’zi. Ayrim kunlarda u o’nlab qo’shiqlar yaratardi. Musiqiy g’oyalar unda uzluksiz tarzda paydo bo’lardi. Kompozitor ularni arang qog’ozga tushirishga ulgurardi. Musiqa uning tushlariga xam kirib chiqardi. Uyg’onishi bilanoq u tezda ularni yozib olishga urinar, shuning uchun u ko’zoynagini, hatto uxlab yotganida xam olib qo’ymasdi. Agar asar birdaniga takomillashgan va yakunlangan tarzda quyilib kelmasa, to o’zi qanoat hosil qilmaguncha, ishni davom ettirar edi. Xuddi shuning uchun ham Shubert ayrim she’riy matnlarni etti variantgacha yozgan! Shu davrda Shubert o’zining mashhur ikki asari – “Tugallanmagan simfoniya” va “Go’zal tegirmonchi qiz” qo’shiqlar turkumini yaratadi. Shubertning “Tugallanmagan simfoniya” si (1822) yangi turdagi lirik- drammatik simfoniya bo’lib, to’liq tugallangan asardir. Unda mujassamlashgan obrazlar hamda ularnin rivoji ikki qismda o’z ifodasini topgan. Har ikki qism ham lirik bo’lishiga qaramay, ularning xar biri o’ziga turfa ranglarga ega. Birinchi qismida lirik kechinmalar fojiali chuqurlashuv bilan berilsa, ikkinchi qismidagi lirik bosiq, ma’rifiy o’y-hayollarga to’yingan tarzda beriladi. Boshqa asarlarida bo’lgani kabi, bu simfoniyasi ham Shubert markazga oddiy inson tuyg’ularini qo’yadi. Shubert qalbidagi eng nodir tuyg’ular qo’shiqlarda mujassamlashgan edi. Ularda kompozitor kutilmagan yuksakliklarga ko’tarilgan. Shubert qo’shiqlarini butun umri davomida yaratdi. Uning musiqiy merosida 600 dan ortiqroq qo’shiqlari bor. Vokal lirikasi tarixga Shubert Gyote she’rlariga yozgan qo’shiqlari bilan kirgan bo’lsa, o’zining qisqa umrini, Geyne she’rlariga bastalagan qo’shiqlari bilan yakunladi. Shubert she’riy matnlardan o’zini to’lqinlantirgan fikr va tuyg’ularni izlardi. Shubert qo’shiqlaridagi asosiy o’rinni vokal (yakkaxon) musiqasi tashkil
etadi. Unda poeziya va musiqa uyg’unligining yangicha romantik munosabatlari aks
etgan  bo’lib,  ular  o’z  o’rinlarini  almashtirgandek  tuyuladi,  ya’ni  go’yo  so’zlar
“kuylaydi”, musiqa “gapiradi”.
 
3--:
 Vokal tsikllari. Shubert ifodali vokal musiqaning yangi turini kashf etdi. Ular
XIX asr musiqasida etakchi o’rinni egallaydi. Ohanglar matnning istalgan burilish va
o’zgarishlariga  moslashishi  undagi  nozik  tomonlarni  sayqallashtiradi.  Shubert
qo’shiqlarida  jo’rovozlikning  o’rni  va  ahamiyati  kattadir.  Shubert  fortepiano
partiyalarida badiiy tavsifni o’zining sehrli va yashirin ta’sirchanligiga ega bo’lgan
qudratli omil sifatida talqin qiladi. Vokal musiqa hamda jo’rovozlikdagi, qo’shiq
janrlari va shakllarida Shubert tomonidan kashf etilgan yangicha tamoyillar keyingi
taraqqiyot uchun zamin bo’ldi va vokal lirikaning rivoji uchun imkoniyatlar yaratdi.
O’n olti qo’shiqdan tashkil topgan birinchi to’plam “Urchuq yonidagi Gretxen”,
“Dala  atirguli”,  “O’rmon  shoxi”,  “Podachining  shikoyati”  kabi  mukammal
qo’shiqlarni o’z ichiga olgan. “Urchuq yonidagi Gretxen” qo’shig’ini Serov iborasi
bilan aytganda, “buyuk dramatik dostonlar” qatoriga kiritish mumkin. U sevuvchi va
iztirob chekuvchi ayolning ichki dunyosini ochib beruvchi nozik psixologik etyuddir.
Qo’shiq band shaklida yozilgan bo’lib, keyingi rivojlangan vokal xamda fortepiano
partiyalari bilan ziynatlangan. 
“O’rmon shoxi” balladasi kompozitorning fantastik obrazlarga, real hayot
voqealari  uydirmalaridan  ajratib  bo’lmaydigan  syujetlarga  romantik  qiziqishlari
namoyon bo’lgan  asardir.  Ballada  erkin kompozitsiyaga  tayangan bo’lib,  uning
musiqiy qurilishi syujetning kengaytirilishiga bo’ysundirilgan. Balladani ot dukuriga
o’xshaydigan uzluksiz og’ir zarbalar bilan kuzatilib boruvchi ritm yagona butunlikka
birlashtiradi. Oktava va akkordlarning trioli repetitsiyalari yordamida Shubert to’la
ko’ruv-eshittiruv tasavvurini yuzaga keltiradi. 
Shubertning  vokal  lirikasida  qo’shiq  turkumlari  asosiy  o’rinda  turadi.
Vokal musiqasining bu janrida Shubertdan oldin ijod qilgan san’atkor Betxoven
bo’lib, u 1816-yilda “Oldisdagi mahbubaga” turkumini yaratgan edi. Turkum vokal
shaklining paydo bo’lishi romantik musiqadagi o’zini namoyon qilish va tarjimai
holga moyil bo’lgan asosiy belgini ko’rsatuvchi hodisadir. Vilgelm Myullerning
she’riy turkumlari Shubert uchun ijodiy omil va poetik asos vazifasini bajardi.
Logotip
etadi. Unda poeziya va musiqa uyg’unligining yangicha romantik munosabatlari aks etgan bo’lib, ular o’z o’rinlarini almashtirgandek tuyuladi, ya’ni go’yo so’zlar “kuylaydi”, musiqa “gapiradi”. 3--: Vokal tsikllari. Shubert ifodali vokal musiqaning yangi turini kashf etdi. Ular XIX asr musiqasida etakchi o’rinni egallaydi. Ohanglar matnning istalgan burilish va o’zgarishlariga moslashishi undagi nozik tomonlarni sayqallashtiradi. Shubert qo’shiqlarida jo’rovozlikning o’rni va ahamiyati kattadir. Shubert fortepiano partiyalarida badiiy tavsifni o’zining sehrli va yashirin ta’sirchanligiga ega bo’lgan qudratli omil sifatida talqin qiladi. Vokal musiqa hamda jo’rovozlikdagi, qo’shiq janrlari va shakllarida Shubert tomonidan kashf etilgan yangicha tamoyillar keyingi taraqqiyot uchun zamin bo’ldi va vokal lirikaning rivoji uchun imkoniyatlar yaratdi. O’n olti qo’shiqdan tashkil topgan birinchi to’plam “Urchuq yonidagi Gretxen”, “Dala atirguli”, “O’rmon shoxi”, “Podachining shikoyati” kabi mukammal qo’shiqlarni o’z ichiga olgan. “Urchuq yonidagi Gretxen” qo’shig’ini Serov iborasi bilan aytganda, “buyuk dramatik dostonlar” qatoriga kiritish mumkin. U sevuvchi va iztirob chekuvchi ayolning ichki dunyosini ochib beruvchi nozik psixologik etyuddir. Qo’shiq band shaklida yozilgan bo’lib, keyingi rivojlangan vokal xamda fortepiano partiyalari bilan ziynatlangan. “O’rmon shoxi” balladasi kompozitorning fantastik obrazlarga, real hayot voqealari uydirmalaridan ajratib bo’lmaydigan syujetlarga romantik qiziqishlari namoyon bo’lgan asardir. Ballada erkin kompozitsiyaga tayangan bo’lib, uning musiqiy qurilishi syujetning kengaytirilishiga bo’ysundirilgan. Balladani ot dukuriga o’xshaydigan uzluksiz og’ir zarbalar bilan kuzatilib boruvchi ritm yagona butunlikka birlashtiradi. Oktava va akkordlarning trioli repetitsiyalari yordamida Shubert to’la ko’ruv-eshittiruv tasavvurini yuzaga keltiradi. Shubertning vokal lirikasida qo’shiq turkumlari asosiy o’rinda turadi. Vokal musiqasining bu janrida Shubertdan oldin ijod qilgan san’atkor Betxoven bo’lib, u 1816-yilda “Oldisdagi mahbubaga” turkumini yaratgan edi. Turkum vokal shaklining paydo bo’lishi romantik musiqadagi o’zini namoyon qilish va tarjimai holga moyil bo’lgan asosiy belgini ko’rsatuvchi hodisadir. Vilgelm Myullerning she’riy turkumlari Shubert uchun ijodiy omil va poetik asos vazifasini bajardi.