Mavzu: Frazemali matnlar tahlili
Reja:
1.
Frazeologizmlarning tilshunoslikda o‘rganilishi
2.
Frazeologizmlarning turlari
3.
Badiiy matnda frazemalar
Frazeologizm – qadimgi grek tilidan olingan bo’lib, frasis –
ibora, logos – tushuncha, ta’limot demakdir. Frazeologizmni
tilning leksik-semantik va sintaktik sathlaridan farq qiluvchi
alohida sathga xos birlik deyish frazeologik normani ham adabiy
tilning boshqa normalari qatorida hisobga olishni talab qiladi.
Shuning uchun ham izohli lug’atlarda frazeologizmlarni ham
qayd etish butun dunyo tilshunosligida tan olingan amaliyotdir.
Frazeologizmlarning o’rganilish tarixi haqida gapirilganda,
“fraezologiya” atamasi “fraza” so’zidan olingan bo’lsa-da,
turkiyshunoslikda dastlab bu atama turli ma’nolarni ifodalash
uchun xizmat qilgan.
XIX asrda yashagan turkiyshunos Mirza Kozimbek (1802-1870)
o’sha davr an’analaridan kelib chiqib, rus tilida yozilgan boshqa
tasviriy grammatikalarda bo’lgani singari o’z asarida “fraza”
so’zini jumla, gap ma’nosida qo’llagan. Ozarbayjon tilshunoslari
B.Cho’ponzoda va F.Og’azoda “Turk tili grammatikasi” asarida
til bo’limlari haqida fikr yuritib, “Semasiologiya”, “Stilistika”
atamalari bilan birga “Idiomatizm” atamasini ham ishlatgan.
Turkiy frazeologiyaning boshlovchilari turkiyshunos olimlar
S.K.Kenesboyev va Sh.Rahmatullayevlar hisoblanishadi.
Ularning o’tgan asrning 40-yillarining ikkinchi yarmi va 50-
yillarida yuzaaga kelgan tadqiqotlari turkiy tillar
frazeologiyasining shakllanishi va taraqqiyotida katta rol
o’ynaydi. Shundan keyingi 30-40 yil mobaynida turkiy tillardagi
frazemalarni o’rganish bo’yicha muhim yutuqlar qo’lga kiritildi.
Bu davrda S.N.Muratovning “Turkiy tillarda turg’un so’z
birikmalari”, Sh.Rahmatullayevning “O’zbek frazeologiyasining
ayrim masalalari”(1966) kabi ishlari yaratildi.
Akademik S.K.Kenesboyevning fikricha, frazeologiya doirasiga
keng ma’noda barcha turg’un birikmalar(maqollar, matallar,
turg’un birikmalar) kiradi. Ularni birlashtiruvchi umumiy
xususiyat turg’unlik va tilda tayyor holda mavjudligidir.
A.A.Yo’ldoshev: “Frazeologiya tor ma’noda tushunilsa, o’rganish
doirasi aniqroq bo’ladi. Undan haqli ravishda bo’linmas leksik
birliklar, jumladan, maqol, matal, hikmatli so’z va aforizmlar
chiqib ketadi, chunki ular struktura jihatdan yaxlit holda
qo’llanuvchi sintaktik birliklardir”.
Frazeologizmlar turlari: 1. Ruhiy holatni bildiruvchi frazeologik
birliklar: avzoyi buzilmoq, ich-etini yemoq, alam qilmoq. 2.
Emotsional holatni bildiruvchi frazeologik birliklar: boshi ko’kka
yetmoq, terisiga sig’may ketmoq. 3. Aqliy holatni bildiruvchi
frazeologik birliklar: bosh qotirmoq, aqlini yemoq. 4. Fizik
holatni bildiruvchi frazeologik birliklar: Bardosh bermoq, boshini
yemoq.