Friderik Shopen ijodi(1810-1849)
1. Shopen ijodinning davrlashtirilishi
2. Shopenning bolalik va o’smirlik yillari .
3. Shopenning Parij, London davrida kechgan ijod yo’li.
4. Shopen ijodining tavsifi .
1--:
Shopen ijodini davrlashtirish.XIX asrning 30-40-yillarida jaxon musiqasi
yangi badiiy hodisalari bilan boyidi. Musiqa san’ati tarixida Shopen, List va Glinka
ijodlari ila yangi sahifalar ochildi. Ular o’z halqlari tomonidan to’plangan ulkan
qadriyatlar mohiyatini oydinlashtirgan holda milliy musiqa maktablarining
asoschilari bo’lishdi. Shu jumladan, Friderik Shopen musiqasi polyak xalqi ruhining
ifodasi bo’ldi. Buyuk kompozitor o’z hayotining katta qismini vatanidan tashqarida
o’tkazgan bo’lishiga qaramasdan, butun jaxon ahli ko’z o’ngida Shopen san’ati
uchun shunday o’ziga xoslik mavjud ediki, bular uni barcha boshqa
zamondoshlaridan ajratib turar edi. Uning ijodidagi originallik zamondoshlari
tomonidan birdaniga his etilgan polyak milliy manbalariga borib taqaladi.
Shopen ijodidagi eng muhim qirra uning keng omma uchun tushunarli
ekanligidadir. Shopenning musiqiy asarlari go’zalligi xamda shaklining ixchamligi
bilan birgalikda tinglovchini hayajonga soladigan fikr va tuyg’ulari bilan
ziynatlangan. O’z zamondoshlaridan farqli o’laroq, Shopen deyarli faqat fortepiano
uchun asarlar yozdi. Undan birorta xam opera, simfoniya yoki uvertyura qolgan
emas. Vaholanki, u fortepiano musiqasi sohasida shunchalik ko’p yorqin yangiliklar
yaratib ulgurgan ediki, iste’dodiga shubha qolmagan edi. Shopen uning fortepiano
musiqasi ham ijodiy laboratoriya, ham o’zining eng a’lo darajadagi yutuqlari
namoyon bo’lgan soha edi.
Shopen ijodida Vatan mavzusi bosh mavqeni tutadi. Uning butun ijodida
jonajon Polsha timsoli “qizil ip” bo’lib o’tadi. Bular uning buyuk o’tmishi, milliy
adabiyot obrazlari, zamonaviy polyak maishiy hayoti, milliy raqs va qo’shiqlar
ohangi edi.
2--:
2. Bolalik va o’smirlik yillari. Friderik Shopen 1810-yil 1-martda Polsha
poytaxti Varshavadan unchalik uzoq bo’lmagan Jelyazova Volya degan joyda
dunyoga keladi. Shopenning onasi polyak, otasi frantsuz bo’lgan. Shopenning oilasi
graf Skarbekning saroyida yashagan. Otasi bu xonadonda uy o’qituvchisi vazifasida
ishlagan. O’g’il tug’ilganidan keyin Nikolay Shopen Varshava litseyida (o’rta bilim
yurti) o’qituvchi bo’ladi va butun oila poytaxtga ko’chib ketadi. Kichkina Friderik
musiqa qurshovida ulg’ayadi. Uning otasi skripka va fleyta chalar, onasi yaxshigina
kuylar xamda biroz fortepiano chalardi. Friderik besh yoshga etganidayoq katta
opasi Lyudvika rahbarligida o’rgangan murakkab bo’lmagan p’esalarni ijro eta
olgan. Tez orada Varshavada mashxur bo’lgan chex musiqachisi Voytsex Jivniy
unga ustozlik qila boshlaydi. Sezgir va tajribali tarbiyachi sifatida u o’z o’quvchisiga
mumtoz musiqaga, ayniqsa, I.S.Bax asarlariga bo’lgan muxabbatni singdirdi.
Baxning klavir uchun prelyudiyalari xamda fugalari keyinchalik bastakorning ish
stolidagi doimiy asarlariga aylangan edi.
Kichkina pianinochining birinchi chiqishi Varshavada, etti yoshga to’lganida
sodir bo’ladi. Kontsert juda muvaffaqiyatli o’tadi va tez orada Shopenning nomini
butun Varshava biladi. Xuddi shu davrda uning dastlabki asarlaridan biri fortepiano
uchun sol minor polonezi nashr etiladi. Boladagi ijrochilik qobiliyati shu darajada tez
o’sib boradiki, u 12 yoshida eng yaxshi polyak pianinochilarining birontasidan xam
kam emas edi. Jivniy yosh qobiliyat egasi bilan mashg’ulotlar olib boridan bosh
tortadi. Bunga sabab qilib esa, unga boshqa xech narsa o’rgata olmasligini
ko’rsatadi.
Bola musiqa mashg’ulotlari bilan birgalikda yaxshigina umumiy ma’lumot xam
oladi. Bolaligidayoq Friderik frantsuz va nemis tillarida erkin gapira olar, Polsha
tarixini katta qiziqish bilan o’rganar, badiiy adabiyotni ko’p o’qirdi. U 13 yoshida
litseyga o’qishga kiradi xamda 3 yildan keyin uni muvaffaqiyatli tamomlaydi.
O’qish davomida bo’lajak bastakorning ko’p qirrali iste’dodi namoyon bo’la
boshlaydi. U yaxshigina rasm chizar, ayniqsa karikatular chizishga juda mohir edi. U
mimika sohasida xam shu darajada yorqin qobiliyat egasi ediki, hatto teatr aktyori
bo’lishga xam munosib edi. Juda yoshligidayoq Shopen o’tkir aqli, kuzatuvchanligi
xamda xaddan tashqari qiziquvchanligi bilan ajralib turardi.
Bolaligidan boshlab, Shopenda xalq musiqasiga muhabbat namoyon bo’ladi.
Ota-onalarining aytishiga qaraganda, otasi yoki o’rtoqlari bilan shaxar tashqarisiga
chiqishganida bola xalq ohanglari taralib turgan uy derazasi oldida uzoq qolib ketishi
mumkin edi. Yozgi ta’tilda litseydagi o’rtoqlarining o’tirishlarida bo’larkan,
Friderikning o’zi xam xalq qo’shiqlari va raqslari ijrosida ishtirok etar edi. Yillar
o’tib, xalq musiqasi kompozitor ijodining ajralmas qismiga aylandi va uning asl
mohiyatini tashkil eta boshladi.
1826-yilda Shopen litseyni tugatib, Varshava konservatoriyasiga o’qishga
kiradi. Bu erda uning mashg’ulotlariga tajribali pedagog va bastakor Yuzef Elsner
rahbarlik qiladi. Elsner juda tezlikda o’z o’quvchisining oddiy iste’dod egasi emas,
balki favqulodda qobiliyatli ekanligini anglaydi. Uning qaydlari orasida o’zi
tomonidan yosh musiqachiga berilgan qisqacha tavsif saqlanib qolgan: “G’ayratli
qobiliyat. Musiqiy daho”. Bu vaqtga kelib, Shopen allaqachon Polshaning eng
yaxshi pianinochisi sifatida e’tirof etilgan edi. Uning bastakorlik iste’dodi ham
kamolga erishadi. Bunga 1829-1830-yillarda orkestr va fortepiano uchun yozilgan
ikkita kontserti guvohlik beradi. Bu kontsertlar (f-moll va e-moll) hozirgacha xam
o’zgarmagan holda jaranglab kelmoqda hamda barcha malakatlar pianinochilarining
eng sevimli asarlaridan hisoblanadi. Oginskiy, Kurpinskiy, Stefaniya singari
bastakorlar qiyofasida yaratilgan milliy an’analarga tayangan holda Shopen o’z
polonez va mazurkalarini yaratadi. 1826-1828-yillar mobaynida yaratilgan asarlari
orasida Rondo a la Mazur or.5, a-moll op. 68 mazurkasi, Motsartning op.2 siga
variatsiyalar musiqadagi milliy ruh va koloritning yangiligi bilan ajralib turadi.
1829-yilda Shopen Varshavadan Venaga keladi. Uning kontsertlari katta
muvaffaqiyat bilan o’tadi. Kompozitorni birinchi darajali iste’dod egasi sifatida
qabul qilishadi va Giller, Kalkbrenner, Gerts singari o’sha davrning eng mashxur
pianinochilari qatoriga qo’yishadi. Shopen imperator Opera teatrida op.2 ga
variatsiyalar, frantsuz bastakori Bualdenning “Oppoq ayol” operasidan olingan
mavzularga improvizatsiyalari hamda polyak mavzusidagi “Xmel” (bu so’zning ikki
ma’nosi bo’lib, 1) o’simlik; 2) sarhushlik ma’nolarini anglatadi) asarlari bilan
chiqishlar qiladi. Shopenning do’stlari va tug’ishganlari uning uzoq muddatli
kontsert dasturlari bilan safarga chiqishi zarurligini anglab etishadi. Shopen uzoq
vaqtgacha ushbu qadamni qo’yishga ikkilanib yurdi. Uni bo’lajak ishlarga irim bilan
qarashlari qiynardi. Unga go’yo Vatanini bir umrga tashlab ketayotganday
tuyulaverardi.
U 1830-yil kuzida do’sti Titus Voysexovskiy bilan birgalikda ikkinchi
marta Venaga jo’nab ketadi. Xayrlashuv oldidan do’stlari unga polyak tuprog’i
to’ldirilgan ko’zachani sovg’a qilishadi. U bilan o’qituvchisi Elsner juda hayajonli
tarzda xayrlashadi. Varshavaning Shopen o’tadigan go’shalaridan birida o’z
o’quvchilari bilan xuddi shu munosabat bois yaratilgan xor asarini ijro etadi. Shopen
shunda 20 yoshda edi. Izlanish, umid, zafarlarga to’la baxtli bolalik ayyomi tugaydi.
Irimlar Shopenni aldamadi. U Vatanidan bir umrga judo bo’ldi.
O’ziga Venada ko’rsatilgan munosib ehtiromlarni ko’rgach, Shopen shu erda
o’z kontsertlarini boshlashni ma’qul ko’radi. Biroq, kuchli taraddudga qaramay, u
mustaqil kontsert berishni uddalay olmaydi, noshirlar esa uning asarlarini bepul
bosib berishga rozi bo’lishadi, xolos.
Kutilmaganda yurtidan tashvishli xabar keladi. Varshavada rus
samoderjaviyasiga qarshi polyak vatanparvarlari tashkil etgan qo’zg’olon ko’tariladi.
Shopen kontsert dasturlarini to’xtatmoqchi va Polshaga qaytmoqchi bo’ladi. U
qo’zg’olon ko’targanlar orasida do’stlari, ehtimolki, otasining xam borligini bilardi.
Zero, bolalik chog’larida Nikolay Shopen Tadeush Kostyushko rahbarligidagi xalq
qo’zg’olonida ishtirok etgan edi. Biroq, qarindosh-urug’ va do’stlari xatlarida zo’r
berib bu erlarga kelmay turishini maslahat berishadi. Shopenga yaqin bo’lgan
kishilar uning ham ta’qib qilinishi mumkinligidan cho’chishardi. Bundan ko’ra,
uning tinchlikda yashagani va Vataniga o’z san’ati bilan xizmat qilgani afzalroq edi.
Bastakor chuqur qayg’u bilan bu fikrlarga bo’ysunadi va Parijga yo’l oladi. Yo’lda
Shopenni larzaga solgan habar etib keladi: qo’zg’olon shafqatsiz ravishda bostirilib,
uning rahbarlari qamoqqa olingan holda Sibirga surgun qilinadi.
Vatanining fojiali taqdiri haqidagi fikrlar bilan bog’liq holda, hali Parijga
kelmasidanoq paydo bo’lgan Shopenning mashhur “Inqilobiy” deb nom olgan etyudi
yaratilgan edi. Unda noyabr qo’zg’oloni ruhi, shuningdek, g’azab va qayg’u
mujassamlashgan. Orzularga to’la bolalik shaxsi yangi obrazlar tragizmi oldida
ikkinchi planga suriladi. Vatan mavzusi Shopen uchun etakchi mavzuga aylanadi.
3--:
Shopenning Parij, London davrida kechgan ijod yo’li. Parij. 1831-yilning
kuzida Shopen Parijga keladi. Bu erda u umrining oxirigacha yashaydi. Biroq
Frantsiya bastakorga ikkinchi vatan bo’la olmaydi. O’z turmush tarzi bilan ham,
ijodi bilan ham Shopen polyakligicha qoladi. U hatto o’limidan keyin yuragini
Vataniga olib borishini vasiyat qiladi.
Shopen Parijni dastlab pianinochi sifatida “ishg’ol qiladi”. U tinglovchilarni
birdaniga o’ziga xos va noodatiy ijrolari bilan lol qoldirdi. O’sha paytlardagi Parij
turli-tuman mamlakatlardan kelgan musiqachilar bilan to’lib toshgan edi. Opera
teatri san’atining yulduzlari: Ober, Galevi, Rossini, Meyerber, Bellini, Donitsettilar
juda katta shuxrat qozonishgan edi. Mashhur pianinochilar turkumini favqulodda
iste’dod egalari – Kalkbrenner, Gerts, Talberg, List boshqarardi. Ularning ijrosi
ommani lol qoldiradigan texnik mukammalligi, jozibadorligi bilan ajralib turadi.
Shopenning dastlabki kontsert dasturlari shunday keskin ziddiyatlarda yangraganligi
bejiz emas. Zamondoshlarining xotiralariga ko’ra, uning ijrosi xayratli darajada
ko’tarinki va poetik bo’lardi. Uning ijrosidagi ifodaviy-texnik jihatlar kam-ko’stsiz
ado etilardi. Shopenning eng kuchli jixati undagi nodir tovush go’zalligiga, nozik
tovushlar rang-barangligiga yashiringan. Uning ko’tarinki obrazlari shopencha
o’xshashi yo’q rubato – bazo’r ilg’anadigan taktlararo sekinlashish va tezlashish
kayfiyatlaridagi murakkab o’zgarishlarni berish vositasi bo’lib, XIX asr romantik
san’atiga xos bo’lgan tuzilishi bilan ijro usuliga uyg’unlashib ketardi.
Shopen Parijni maftun qildi, bu bir paytlar Venani Motsart, Betxovenlar
egallaganiga o’xshab ketardi. Listga o’xshab, u xam jaxon pianinochilarining eng
yaxshisi sifatida e’tirof etilgan. Kontsertlarda Shopen, asosan, o’ziga yozgan
asarlarni: orkestr bilan birgalikda fortepiano uchun kontsert, kontsert rondolari
mazurkalar, etyudlar, noktyurnlarni, Motsartning “Don Juan” operasidan olingan
mavzular variatsiyalarini ijro etardi. Ayni mana shu variatsiyalar haqida mashxur
nemis bastakori va tanqidchisi Robert Shuman shunday deb yozgan edi: “Bosh
kiyimingizni qo’lga oling, janoblar, huzuringizda daho turibdi”.
Shopen musiqalari xuddi uning kontsert chiqishlariga o’xshab umumxalq zavq-
shavqini uyg’otdi. Faqat musiqiy adabiyotlar noshirlarigina kutib turishardi. Ular
Shopen asarlarini nashr etishdi, faqat Venadagi singari bu erda xam ular bepul
bosildi. Shuning uchun dastlabki nashrlar Shopenga daromad keltirmadi. U xar kuni
besh-olti soatlab musiqadan dars berishga majbur bo’ladi. Bu ish uni to’la
ta’minlasa-da, ko’p vaqt va kuch talab etardi. Keyinchalik, xatto jaxon miqyosidagi
bastakor shuxratini olgan paytida xam Shopen o’zini qattiq charchatadigan
o’quvchilar bilan mashg’ulotlar olib borishdan voz kecholmasdi.
Shopenning pianinochi va bastakor sifatida shuxrati ortgan sayin uning
tanishlari doirasi xam kengayib borardi. Do’stlari orasida List, buyuk frantsuz
bastakori Geynelar bor edi. Yangi do’stlari qanchalik afzal bo’lmasin, Shopen
ustunlikni xar doim vatandoshlariga berar edi. U Vatan haqida, qarindosh-urug’lar va
do’stlarning hayoti haqidagi suhbatlariga soatlab quloq tutardi. Bolalarcha
qoniqmaslik bilan u polyak qo’shiqlaridan huzur olar, ayrim yoqib qolgan she’rlarga
esa ko’pincha musiqa bastalardi. Ko’p hollarda qo’shiqqa aylangan bu she’rlar yana
qaytib Polshaga borar va xalq mulkiga aylanib ketardi. Agar uning qadrdon do’sti,
polyak shoiri Adam Mitskevich kelib qolguday bo’lsa, Shopen birdaniga
fortepianoga o’tirar hamda soatlab chalishdan tolmasdi. Shopen singari majburiyat
yuzasidan xorijda, Vatanidan uzoqda yashayotgan Mitskevich ham vatan sog’inchi
bilan to’lib-toshgan edi. Shopen musiqalarigina bu ayriliq og’riqlarini birozgina
engillashtirar, uni o’sha yoqqa, olis va jonadjon Polsha tomonga eltardi. Mitskevich
sharofati bilan “Konrad Valenroda” asaridagi keskin dramatizm tufayli uni birinchi
balladasi paydo bo’ladi. Shopenning ikkinchi balladasi ham Mitskevich
poeziyasidagi obrazlar bilan aloqador.
Polyak do’stlar bilan uchrashuvlar Shopenga shuning uchun ham qadrli ediki,
uning o’z oilasi yo’q edi. Uning boy polyak amaldorlaridan birining qizi Mariya
Vodzinskayaga uylanish umidlari yo’qqa chiqadi. Mariyaning ota-onasi qizlarini
nomi olamga mashhur bo’lsa ham – tirikchilik uchun mablag’ni bazo’r topadigan
musiqachiga berishga rozilik berishmaydi. Ko’p yillar mobaynida u o’z hayotini Jorj
Sand taxallusi bilan ijod qilgan mashhur adibasi Avrora Dyudevan bilan bog’ladi.
1838-yil kuzida Shopen Jorj Sand va uning bolalari bilan Mayorka oroliga sayohat
qilishadi hamda uning asosiy shaxri Palmada to’xtashadi. Mayorkada Shopen 24