F.Shopen ijodi. (1810-1849)
Reja:
1. Shopen ijodinning davrlashtirilishi
2. Shopenning bolalik va o’smirlik yillari .
3. Shopenning Parij, London davrida kechgan ijod yo’li.
4. Shopen ijodining tavsifi .
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar : Skertso, noktyurn, mazurka,
simfoniya, opera, professional, sonata, oratoriya, divertisment, vokal, rechitativ,
element, ballada, polonez, ekspromt, etyud ,fantaziya, transkriptsiya, abstraktsiya,
monotematizm, parafraza, funktsiya, serenada, graf, kontsert, fortepiano uslubiyoti,
shakl.
1-asosiy
masala
bo’yicha
o’qituvchining
maqsadi:
Shopen
ijodining
davrlashtirilishi xaqida so’zlab tushuntirib berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1.1. Shopen ijodini davrlashtirish xaqida izoh beradi.
1-asosiy masalaning bayoni:
Shopen ijodini davrlashtirish.XIX asrning 30-40-yillarida jaxon musiqasi
yangi badiiy hodisalari bilan boyidi. Musiqa san’ati tarixida Shopen, List va Glinka
ijodlari ila yangi sahifalar ochildi. Ular o’z halqlari tomonidan to’plangan ulkan
qadriyatlar mohiyatini oydinlashtirgan holda milliy musiqa maktablarining asoschilari
bo’lishdi. Shu jumladan, Friderik Shopen musiqasi polyak xalqi ruhining ifodasi
bo’ldi. Buyuk kompozitor o’z hayotining katta qismini vatanidan tashqarida o’tkazgan
bo’lishiga qaramasdan, butun jaxon ahli ko’z o’ngida Shopen san’ati uchun shunday
o’ziga xoslik mavjud ediki, bular uni barcha boshqa zamondoshlaridan ajratib turar
edi. Uning ijodidagi originallik zamondoshlari tomonidan birdaniga his etilgan polyak
milliy manbalariga borib taqaladi.
Shopen ijodidagi eng muhim qirra uning keng omma uchun tushunarli
ekanligidadir. Shopenning musiqiy asarlari go’zalligi xamda shaklining ixchamligi
bilan birgalikda tinglovchini hayajonga soladigan fikr va tuyg’ulari bilan
ziynatlangan. O’z zamondoshlaridan farqli o’laroq, Shopen deyarli faqat fortepiano
uchun asarlar yozdi. Undan birorta xam opera, simfoniya yoki uvertyura qolgan emas.
Vaholanki, u fortepiano musiqasi sohasida shunchalik ko’p yorqin yangiliklar yaratib
ulgurgan ediki, iste’dodiga shubha qolmagan edi. Shopen uning fortepiano musiqasi
ham ijodiy laboratoriya, ham o’zining eng a’lo darajadagi yutuqlari namoyon bo’lgan
soha edi.
Shopen ijodida Vatan mavzusi bosh mavqeni tutadi. Uning butun ijodida jonajon
Polsha timsoli “qizil ip” bo’lib o’tadi. Bular uning buyuk o’tmishi, milliy adabiyot
obrazlari, zamonaviy polyak maishiy hayoti, milliy raqs va qo’shiqlar ohangi edi.
Nazorat topshiriqlari:
1.1.1. Shopen ijodi davrlashtirilishi xaqida bayon qiling.
1.1.2. Shopen ijodidagi eng muhim qirra xaqida bayon qiling
1.1.3. Shopen ijodida qanday mavzu muhim o’rintutadi?
2-asosiy masala bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Shopenning bolalik va o’smirlik
yillari xaqida so’zlab tushuntirib berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
2.1. Shopen ijodini davrlashtirish xaqida izoh beradi.
2.2. Shopenning Venada kechgan ijodiy yo’li xaqida ma’lumot beradi.
2-asosiy masalaning bayoni:
2. Bolalik va o’smirlik yillari. Friderik Shopen 1810-yil 1-martda Polsha
poytaxti Varshavadan unchalik uzoq bo’lmagan Jelyazova Volya degan joyda
dunyoga keladi. Shopenning onasi polyak, otasi frantsuz bo’lgan. Shopenning oilasi
graf Skarbekning saroyida yashagan. Otasi bu xonadonda uy o’qituvchisi vazifasida
ishlagan. O’g’il tug’ilganidan keyin Nikolay Shopen Varshava litseyida (o’rta bilim
yurti) o’qituvchi bo’ladi va butun oila poytaxtga ko’chib ketadi. Kichkina Friderik
musiqa qurshovida ulg’ayadi. Uning otasi skripka va fleyta chalar, onasi yaxshigina
kuylar xamda biroz fortepiano chalardi. Friderik besh yoshga etganidayoq katta opasi
Lyudvika rahbarligida o’rgangan murakkab bo’lmagan p’esalarni ijro eta olgan. Tez
orada Varshavada mashxur bo’lgan chex musiqachisi Voytsex Jivniy unga ustozlik
qila boshlaydi. Sezgir va tajribali tarbiyachi sifatida u o’z o’quvchisiga mumtoz
musiqaga, ayniqsa, I.S.Bax asarlariga bo’lgan muxabbatni singdirdi. Baxning klavir
uchun prelyudiyalari xamda fugalari keyinchalik bastakorning ish stolidagi doimiy
asarlariga aylangan edi.
Kichkina pianinochining birinchi chiqishi Varshavada, etti yoshga to’lganida
sodir bo’ladi. Kontsert juda muvaffaqiyatli o’tadi va tez orada Shopenning nomini
butun Varshava biladi. Xuddi shu davrda uning dastlabki asarlaridan biri fortepiano
uchun sol minor polonezi nashr etiladi. Boladagi ijrochilik qobiliyati shu darajada tez
o’sib boradiki, u 12 yoshida eng yaxshi polyak pianinochilarining birontasidan xam
kam emas edi. Jivniy yosh qobiliyat egasi bilan mashg’ulotlar olib boridan bosh
tortadi. Bunga sabab qilib esa, unga boshqa xech narsa o’rgata olmasligini ko’rsatadi.
Bola musiqa mashg’ulotlari bilan birgalikda yaxshigina umumiy ma’lumot xam
oladi. Bolaligidayoq Friderik frantsuz va nemis tillarida erkin gapira olar, Polsha
tarixini katta qiziqish bilan o’rganar, badiiy adabiyotni ko’p o’qirdi. U 13 yoshida
litseyga o’qishga kiradi xamda 3 yildan keyin uni muvaffaqiyatli tamomlaydi. O’qish
davomida bo’lajak bastakorning ko’p qirrali iste’dodi namoyon bo’la boshlaydi. U
yaxshigina rasm chizar, ayniqsa karikatular chizishga juda mohir edi. U mimika
sohasida xam shu darajada yorqin qobiliyat egasi ediki, hatto teatr aktyori bo’lishga
xam munosib edi. Juda yoshligidayoq Shopen o’tkir aqli, kuzatuvchanligi xamda
xaddan tashqari qiziquvchanligi bilan ajralib turardi.
Bolaligidan boshlab, Shopenda xalq musiqasiga muhabbat namoyon bo’ladi.
Ota-onalarining aytishiga qaraganda, otasi yoki o’rtoqlari bilan shaxar tashqarisiga
chiqishganida bola xalq ohanglari taralib turgan uy derazasi oldida uzoq qolib ketishi
mumkin edi. Yozgi ta’tilda litseydagi o’rtoqlarining o’tirishlarida bo’larkan,
Friderikning o’zi xam xalq qo’shiqlari va raqslari ijrosida ishtirok etar edi. Yillar o’tib,
xalq musiqasi kompozitor ijodining ajralmas qismiga aylandi va uning asl mohiyatini
tashkil eta boshladi.
1826-yilda Shopen litseyni tugatib, Varshava konservatoriyasiga o’qishga kiradi.
Bu erda uning mashg’ulotlariga tajribali pedagog va bastakor Yuzef Elsner rahbarlik
qiladi. Elsner juda tezlikda o’z o’quvchisining oddiy iste’dod egasi emas, balki
favqulodda qobiliyatli ekanligini anglaydi. Uning qaydlari orasida o’zi tomonidan
yosh musiqachiga berilgan qisqacha tavsif saqlanib qolgan: “G’ayratli qobiliyat.
Musiqiy daho”. Bu vaqtga kelib, Shopen allaqachon Polshaning eng yaxshi
pianinochisi sifatida e’tirof etilgan edi. Uning bastakorlik iste’dodi ham kamolga
erishadi. Bunga 1829-1830-yillarda orkestr va fortepiano uchun yozilgan ikkita
kontserti guvohlik beradi. Bu kontsertlar (f-moll va e-moll) hozirgacha xam
o’zgarmagan holda jaranglab kelmoqda hamda barcha malakatlar pianinochilarining
eng sevimli asarlaridan hisoblanadi. Oginskiy, Kurpinskiy, Stefaniya singari
bastakorlar qiyofasida yaratilgan milliy an’analarga tayangan holda Shopen o’z
polonez va mazurkalarini yaratadi. 1826-1828-yillar mobaynida yaratilgan asarlari
orasida Rondo a la Mazur or.5, a-moll op. 68 mazurkasi, Motsartning op.2 siga
variatsiyalar musiqadagi milliy ruh va koloritning yangiligi bilan ajralib turadi.
1829-yilda Shopen Varshavadan Venaga keladi. Uning kontsertlari katta
muvaffaqiyat bilan o’tadi. Kompozitorni birinchi darajali iste’dod egasi sifatida qabul
qilishadi va Giller, Kalkbrenner, Gerts singari o’sha davrning eng mashxur
pianinochilari qatoriga qo’yishadi. Shopen imperator Opera teatrida op.2 ga
variatsiyalar, frantsuz bastakori Bualdenning “Oppoq ayol” operasidan olingan
mavzularga improvizatsiyalari hamda polyak mavzusidagi “Xmel” (bu so’zning ikki
ma’nosi bo’lib, 1) o’simlik; 2) sarhushlik ma’nolarini anglatadi) asarlari bilan
chiqishlar qiladi. Shopenning do’stlari va tug’ishganlari uning uzoq muddatli kontsert
dasturlari bilan safarga chiqishi zarurligini anglab etishadi. Shopen uzoq vaqtgacha
ushbu qadamni qo’yishga ikkilanib yurdi. Uni bo’lajak ishlarga irim bilan qarashlari
qiynardi. Unga go’yo Vatanini bir umrga tashlab ketayotganday tuyulaverardi.
U 1830-yil kuzida do’sti Titus Voysexovskiy bilan birgalikda ikkinchi marta
Venaga jo’nab ketadi. Xayrlashuv oldidan do’stlari unga polyak tuprog’i to’ldirilgan
ko’zachani sovg’a qilishadi. U bilan o’qituvchisi Elsner juda hayajonli tarzda
xayrlashadi. Varshavaning Shopen o’tadigan go’shalaridan birida o’z o’quvchilari
bilan xuddi shu munosabat bois yaratilgan xor asarini ijro etadi. Shopen shunda 20
yoshda edi. Izlanish, umid, zafarlarga to’la baxtli bolalik ayyomi tugaydi. Irimlar
Shopenni aldamadi. U Vatanidan bir umrga judo bo’ldi.
O’ziga Venada ko’rsatilgan munosib ehtiromlarni ko’rgach, Shopen shu erda o’z
kontsertlarini boshlashni ma’qul ko’radi. Biroq, kuchli taraddudga qaramay, u
mustaqil kontsert berishni uddalay olmaydi, noshirlar esa uning asarlarini bepul bosib
berishga rozi bo’lishadi, xolos.
Kutilmaganda
yurtidan
tashvishli
xabar
keladi.
Varshavada
rus
samoderjaviyasiga qarshi polyak vatanparvarlari tashkil etgan qo’zg’olon ko’tariladi.
Shopen kontsert dasturlarini to’xtatmoqchi va Polshaga qaytmoqchi bo’ladi. U
qo’zg’olon ko’targanlar orasida do’stlari, ehtimolki, otasining xam borligini bilardi.
Zero, bolalik chog’larida Nikolay Shopen Tadeush Kostyushko rahbarligidagi xalq
qo’zg’olonida ishtirok etgan edi. Biroq, qarindosh-urug’ va do’stlari xatlarida zo’r
berib bu erlarga kelmay turishini maslahat berishadi. Shopenga yaqin bo’lgan kishilar
uning ham ta’qib qilinishi mumkinligidan cho’chishardi. Bundan ko’ra, uning
tinchlikda yashagani va Vataniga o’z san’ati bilan xizmat qilgani afzalroq edi.
Bastakor chuqur qayg’u bilan bu fikrlarga bo’ysunadi va Parijga yo’l oladi. Yo’lda
Shopenni larzaga solgan habar etib keladi: qo’zg’olon shafqatsiz ravishda bostirilib,
uning rahbarlari qamoqqa olingan holda Sibirga surgun qilinadi.
Vatanining fojiali taqdiri haqidagi fikrlar bilan bog’liq holda, hali Parijga
kelmasidanoq paydo bo’lgan Shopenning mashhur “Inqilobiy” deb nom olgan etyudi
yaratilgan edi. Unda noyabr qo’zg’oloni ruhi, shuningdek, g’azab va qayg’u
mujassamlashgan. Orzularga to’la bolalik shaxsi yangi obrazlar tragizmi oldida
ikkinchi planga suriladi. Vatan mavzusi Shopen uchun etakchi mavzuga aylanadi.
Nazorat topshiriqlari:
2.1.1. Shopenning bolalik yillari xaqida bayon qiling.
2.1.2. Shopenning o’smirlik yillari xaqida bayon qiling.
2.1.3. Shopenning Varshava konservatoriyasida tahsil olgan yillari xaqida ma’lumot
bering.
2.2.1. Shopenning Vena shahrida olib borgan faoliyati xaqida ma’lumot bering.
2.2.2. Shopenning rus samoderjaviyasiga qarshi olib borilgan polyak qo’zg’oloni
bilan aloqadorligi xaqida tushuntirib bering.
2.2.3. Shopenning “ Inqilobiy” etyudiga izoh bering.
3-asosiy masala bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Shopenning Parij, London
yillari xaqida so’zlab tushuntirib berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
3.1. Shopenning Parijda kechgan ijodi xaqida ma’lumot beradi.
3.2. Shopenning Londonda kechgan ijodiy yo’li xaqida ma’lumot beradi.
3-asosiy masalaning bayoni:
Shopenning Parij, London davrida kechgan ijod yo’li. Parij. 1831-yilning
kuzida Shopen Parijga keladi. Bu erda u umrining oxirigacha yashaydi. Biroq
Frantsiya bastakorga ikkinchi vatan bo’la olmaydi. O’z turmush tarzi bilan ham, ijodi
bilan ham Shopen polyakligicha qoladi. U hatto o’limidan keyin yuragini Vataniga
olib borishini vasiyat qiladi.
Shopen Parijni dastlab pianinochi sifatida “ishg’ol qiladi”. U tinglovchilarni
birdaniga o’ziga xos va noodatiy ijrolari bilan lol qoldirdi. O’sha paytlardagi Parij
turli-tuman mamlakatlardan kelgan musiqachilar bilan to’lib toshgan edi. Opera teatri
san’atining yulduzlari: Ober, Galevi, Rossini, Meyerber, Bellini, Donitsettilar juda
katta shuxrat qozonishgan edi. Mashhur pianinochilar turkumini favqulodda iste’dod
egalari – Kalkbrenner, Gerts, Talberg, List boshqarardi. Ularning ijrosi ommani lol
qoldiradigan texnik mukammalligi, jozibadorligi bilan ajralib turadi. Shopenning
dastlabki kontsert dasturlari shunday keskin ziddiyatlarda yangraganligi bejiz emas.
Zamondoshlarining xotiralariga ko’ra, uning ijrosi xayratli darajada ko’tarinki va
poetik bo’lardi. Uning ijrosidagi ifodaviy-texnik jihatlar kam-ko’stsiz ado etilardi.
Shopenning eng kuchli jixati undagi nodir tovush go’zalligiga, nozik tovushlar rang-
barangligiga yashiringan. Uning ko’tarinki obrazlari shopencha o’xshashi yo’q rubato
– bazo’r ilg’anadigan taktlararo sekinlashish va tezlashish kayfiyatlaridagi murakkab
o’zgarishlarni berish vositasi bo’lib, XIX asr romantik san’atiga xos bo’lgan tuzilishi
bilan ijro usuliga uyg’unlashib ketardi.
Shopen Parijni maftun qildi, bu bir paytlar Venani Motsart, Betxovenlar
egallaganiga o’xshab ketardi. Listga o’xshab, u xam jaxon pianinochilarining eng
yaxshisi sifatida e’tirof etilgan. Kontsertlarda Shopen, asosan, o’ziga yozgan
asarlarni: orkestr bilan birgalikda fortepiano uchun kontsert, kontsert rondolari
mazurkalar, etyudlar, noktyurnlarni, Motsartning “Don Juan” operasidan olingan
mavzular variatsiyalarini ijro etardi. Ayni mana shu variatsiyalar haqida mashxur
nemis bastakori va tanqidchisi Robert Shuman shunday deb yozgan edi: “Bosh
kiyimingizni qo’lga oling, janoblar, huzuringizda daho turibdi”.
Shopen musiqalari xuddi uning kontsert chiqishlariga o’xshab umumxalq zavq-
shavqini uyg’otdi. Faqat musiqiy adabiyotlar noshirlarigina kutib turishardi. Ular
Shopen asarlarini nashr etishdi, faqat Venadagi singari bu erda xam ular bepul bosildi.
Shuning uchun dastlabki nashrlar Shopenga daromad keltirmadi. U xar kuni besh-olti
soatlab musiqadan dars berishga majbur bo’ladi. Bu ish uni to’la ta’minlasa-da, ko’p
vaqt va kuch talab etardi. Keyinchalik, xatto jaxon miqyosidagi bastakor shuxratini
olgan paytida xam Shopen o’zini qattiq charchatadigan o’quvchilar bilan
mashg’ulotlar olib borishdan voz kecholmasdi.
Shopenning pianinochi va bastakor sifatida shuxrati ortgan sayin uning tanishlari
doirasi xam kengayib borardi. Do’stlari orasida List, buyuk frantsuz bastakori
Geynelar bor edi. Yangi do’stlari qanchalik afzal bo’lmasin, Shopen ustunlikni xar
doim vatandoshlariga berar edi. U Vatan haqida, qarindosh-urug’lar va do’stlarning
hayoti haqidagi suhbatlariga soatlab quloq tutardi. Bolalarcha qoniqmaslik bilan u
polyak qo’shiqlaridan huzur olar, ayrim yoqib qolgan she’rlarga esa ko’pincha musiqa
bastalardi. Ko’p hollarda qo’shiqqa aylangan bu she’rlar yana qaytib Polshaga borar
va xalq mulkiga aylanib ketardi. Agar uning qadrdon do’sti, polyak shoiri Adam
Mitskevich kelib qolguday bo’lsa, Shopen birdaniga fortepianoga o’tirar hamda
soatlab chalishdan tolmasdi. Shopen singari majburiyat yuzasidan xorijda, Vatanidan
uzoqda yashayotgan Mitskevich ham vatan sog’inchi bilan to’lib-toshgan edi. Shopen
musiqalarigina bu ayriliq og’riqlarini birozgina engillashtirar, uni o’sha yoqqa, olis va
jonadjon Polsha tomonga eltardi. Mitskevich sharofati bilan “Konrad Valenroda”
asaridagi keskin dramatizm tufayli uni birinchi balladasi paydo bo’ladi. Shopenning
ikkinchi balladasi ham Mitskevich poeziyasidagi obrazlar bilan aloqador.
Polyak do’stlar bilan uchrashuvlar Shopenga shuning uchun ham qadrli ediki,
uning o’z oilasi yo’q edi. Uning boy polyak amaldorlaridan birining qizi Mariya
Vodzinskayaga uylanish umidlari yo’qqa chiqadi. Mariyaning ota-onasi qizlarini
nomi olamga mashhur bo’lsa ham – tirikchilik uchun mablag’ni bazo’r topadigan
musiqachiga berishga rozilik berishmaydi. Ko’p yillar mobaynida u o’z hayotini Jorj
Sand taxallusi bilan ijod qilgan mashhur adibasi Avrora Dyudevan bilan bog’ladi.
1838-yil kuzida Shopen Jorj Sand va uning bolalari bilan Mayorka oroliga sayohat
qilishadi hamda uning asosiy shaxri Palmada to’xtashadi. Mayorkada Shopen 24
prelyudiyadan iborat turkumni, F-dur 2-balladasini, op.40 polonezlarini cis-moll, 3-
skertsosini yaratadi.
Shopen va Jorj Sand bir muddat Marselda to’xtashadi, yozni esa adibaning
Noanadagi uyida o’tkazishadi. Noanada Shopen b-moll sonatasini tugatadi.
Shopenning ikkinchi b-moll sonatasi (Motam marshi bilan) ham to’laligicha romantik
san’atning oliy darajadagi yutuqlari qatoriga kiradi. Yuzef Xomunskiy sonataning
dastlabki ikki qismini tavsiflab shunday yozadi: “Qahramonona kurashdan keyin
Motam marshi, chamasi, dramaning so’nggi akti sifatida namoyon bo’ladi”. Shopen
Motam marshiga emotsional xulosa, obrazlar rivojidagi dramatik yakun siqatida
qaragan. Biz Shopen sonatasida obrazlar rivojlantirgan bu dramani milliy tragediya
deb atashga xaqlimiz.
Shopenning Motam marshi shu janrdagi asarlarning eng mashhuri sifatida e’tirof
etilgan. Ushbu marsh faqat musiqiy adabiyotlar orasidagina emas, butun insoniyat
taqdirida xam alohida, maxsus o’rin egalladi, zero, qayg’u va iztiroblar ifodasining
bundan ham ko’tarinkiroq, bundan ham go’zalroq, bundan ham fojialiroq
mujassamlashgan holati mavjud emas.
1830 va 1840-yillar Shopenning ijodida eng samarali yil bo’ldi. Bu davr
mazmunan eng teran va ahamiyatli asarlar: ikkinchi, uchinchi va to’rtinchi balladalar,
b-moll va h-moll sonatalari, eng yaxshi polonezlar, jumladan, polonez-fantaziyalar;
ikkinchi, uchinchi va to’rtinchi skertso va boshqa ko’pgina asarlar yaratilgan davr
bo’ldi. Operaga xos rechitativ-deklamatsion unsurlar italyan ben kantolaridagi
kantilenalik kabi, slavyan qo’shiqchiligi orqali o’zgarib, moslashib, Shopencha
individual melodizmni shakllantiradi. Operadagi teatrallik, manzaraviylik, polyak
eposidan ruhlanish natijasida mahobatli qahramonona – epik ko’rinishlarda o’zining
murakkab qayta akslanishini topadi.
O’z xalqining fikr va tuyg’ularini, zamonaviy yuksak ideallarini aks ettirar ekan,
Shopen xalq san’atining ko’p asrlik tajribasi xamda klassiklarning realistik
an’analariga tayanadi. Bax fikridagi qat’iyat va mantiq, Motsartga mos shakllardagi
go’zallik va tugallik, Betxovendagi dramatizm va simfonik rivojlanish kuchi uning
uchun har doim beqiyos namuna edi. Yangi tarixiy sharoitda Shopen ularning izchil
davomchisi bo’la oldi.
Shopenning Parijdagi hayoti baxtli kechmagan bo’lsa-da, uning ijod qilishi
uchun qulay bo’ldi. Iste’dodi shu erda kamolga etdi. Asarlari nashri endi to’siqqa
uchramas, undan dars olish esa katta sharaf, uning chalgan asarlarini eshitish esa
saralangan, sanoqli odamlargagina nasib etadigan nodir baxt edi. Bastakor xayotining
so’nggi yillari ayanchli kechadi. Uning do’sti Yan Matushinskiy, undan keyin esa jon-
u dildan yaxshi ko’rgan otasi vafot etishadi. Jorj Sand bilan bo’lgan baxs va ayriliqlar
uni mutlaqo yakkalab qo’yadi. Shopen taqdirning bunday qattiq dashnomlaridan
o’zini chetga ololmaydi. Buning ustiga Shopenni bolaligidan qiynab kelgan o’pka
shamollashining xuruji kuchayadi. Oxirgi ikki yil davomida bastakor deyarli xech
narsa yozmaydi.
London.O’zining moddiy og’ir ahvolini tuzatish uchun u angliyalik do’stlari
taklifini qabul qilgan holda Londonga yo’l oladi. Oxirgi kuchini to’plab, kasal holida
u kontsertlar uyushtiradi, darslar beradi. Hayajonli kutish olishlar dastlab uni xursand
qiladi, unga tetiklik bag’ishlaydi. Biroq Angliyaning nam iqlimi tezda o’zining
xalokatli ta’sirini o’tkaza boshlaydi. Besaranjom hayot, dunyoviy tashvishlar, bo’sh
va mazmunsiz ovunishlar uni holdan toydira boshlaydi. Shopenning Londondan
yozgan maktublari uni qayg’uli kayfiyatini, gohida esa iztiroblarini aks ettiradi. “Men
esa behuzur bo’lishni ham, xursand bo’lishni ham bilmayman, nimanidir his qilishdan
tashqaridaman, faqat xo’rlikni tuyaman xamda bularning barchasi tezroq tugashini
istayman, xolos”,-deb yozgan edi u do’stlaridan biriga.
Uning Londondagi so’nggi kontserti (bu kontsert uning hayotida ham so’nggi
kontsert bo’lgan) polshalik muhojirlarga bag’ishlangan edi. Shifokorlar maslahatiga
ko’ra u shoshilinch tarzda Parijga qaytadi. Bastakorning so’nggi asari fa minor
mazurkasi bo’lib, uni muallifning o’zi ijro etolmasdan, faqat qog’ozdagina aks
ettirgan edi. Uning iltimosiga ko’ra, Polshadan katta opasi Lyudvika keladi. Shopen
opasining qo’lida jon beradi.
Shopenni dafn etish marosimi tantanali tarzda o’tadi. Parijning eng mohir
artistlari u yaxshi ko’rgan Motsartning Rekviemini ijro etishadi. Uning o’z asarlari
ham yangraydi, ular orasida orkestr ijrosidagi si-bemol minor fortepiano sonatasidan
Motam marshi xam bor edi. Do’stlari uning qabriga jonajon polyak tuprog’i solingan
ko’zachani ham keltirishadi. Shopen Parijda, o’z do’sti Bellini qabri yoniga dafn
etiladi. Uning yuragi esa, o’z vasiyatiga ko’ra, idishga solinib Polshaga, Varshavaga
keltiriladi, u xozirgacha xam Ilohiy Xoch kostyolida ehtiyotkorona saqlanib
kelinmoqda.
Nazorat topshiriqlari:
3.1.1. Shopenning Parijda kechgan ijod yo’liga izoh bering.
3.1.2. Shopenning Parijda mohir pianinochi sifatida ko’rsatgan faoliyatiga izoh
bering.
3.1.3. Shopenning mashhur adiba Jorj Sand bilan bo’lgan aloqalariga izoh bering.
3.2.1. Shopenning Londonda ko’rsatgan ijodiy faoliyati xaqida ma’lumot bering.
3.2.2. Shopenning Londondagi so’nggi kontserti xaqida ma’lumot bering
3.2.3. Shopenning dafn etilishi marosimiga oid ma’lumotlarga izoh bering.
4-asosiy masala bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Shopen ijodining tavsifi xaqida
tushuntirib berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
4.1. Shopen ijodining tavsifiga izoh beradi..
4.2. Shopenning asarlarida vatani Polsha bilan bo’lgan uyg’unlik xaqida ma’lumot
beradi..
4-asosiy masalaning bayoni:
Shopen ijodining tavsifi.
Bastakorning
musiqiy
uslubi
favqulodda
yagonaligi bilan ajralib turadi. “Shopencha intonatsiya”, tabiiy va takrorlanmas holda
polyak bastakorining avval yaratgan, shuningdek, ijodiy yo’lining oxirida bastalagan
asarlarini xam bir-biriga tizib beradi.
Shopen o’z ijodini fortepiano musiqasi doirasida chegaralab beradi, bu soxada
esa u juda baland darajaga xamda badiiy ko’p qirralikka erishdi. U ayni shu cholg’u
asbobidan butun boshli orkestr uchun ranglar palitrasini chiqara oldi. Jaxonning
mashxur pianinochilaridan biri Anton Rubinshteyn bejiz “Shopen – fortepianoning
bandi (kuychi - shori), rapsodi (xalq kuychisi), ruhi, joni”,- demagan edi. Shopenning
musiqiy fikrlari badihaviy usulda tug’ilgan va sof pianino jarangi bilan ifodalangan.
Uning fortepiano ijodi fortepiano musiqasining keyingi taraqqiyotida juda katta rol
o’ynadi. Shopenning ta’siri faqat List va bastakorning boshqa zamondoshlarigagina
bo’lgan emas; rus bastakorlarining ko’plab avlodi, XIX asr o’rtalaridan boshlab, to
Skryabin va bizning zamonamizgacha bo’lgan bastakorlar ijodiga o’z ta’sirini
ko’rsatib kelmoqda.
Shopen ijodining asosini vatani, shu yurt tarixi, tabiati, kishilari, urf-odatlari,
an’analari bilan bog’liq bo’lgan mavzular tashkil etadi. Shopen original musiqiy
janrlar va shakllar ijodkori bo’lgan. Uning cholg’u miniatyuralari yangicha hayot kasb
etdi. Shopen o’z prelyudiyalarini ijodining mustaqil turi sifatida tasdiqladi, etyud janri
taraqqiyotidagi yangi yo’nalishning boshlovchisi bo’ldi. Ayrim raqs janrlari (polonez,
mazurka) oldiga yangicha badiiy maqsadlarni qo’ydi.
Yirik shakllar borasida sonata tsikllarining talqinlaridagi, shuningdek, sonata
shaklining o’zidagi o’ziga xosliklar ajralib turadi. Shopen cholg’u balladalarining
ijodkori hamdir, skertso, turkum asarlarining ilk qisim katta plandagi mustaqil
kompozitsiya darajasigacha o’sib boradi. Aynan, bir qismli asarlar (balladalar,
skertso, fantaziyalar)da yangi romantik shakllar kelib chiqadi, tasdiqlanadi.
Nazorat topshiriqlari:
4.1.1. Shopen ijodi tavsifiga izoh bering.
4.1.2. Shopen o’z ijodida qaysi musiqa doirasida ko’p qirralikka erishdi?
4.2.1. Shopen ijodida qanday mavzular muhim kasb etgan?