FUQAROLAR ISHTIROKIDA TASHABBUSKOR BYUDJET VA UNI O'ZBEKISTONDA QO'LLASH
Yuklangan vaqt
2024-03-02
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
27
Faytl hajmi
1,2 MB
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
SIRTQI FAKULTETI
“________________________________________________________” KAFEDRASI
“_______________________________________________________________” FANIDAN
KURS ISHI
МАVZU: FUQAROLAR ISHTIROKIDA TASHABBUSKOR BYUDJET VA
UNI O'ZBEKISTONDA QO'LLASH AMALIYOTI: MUAMMO VA
YECHIMLAR
BAJARDI:_______________________________
QABUL QILDI:____________________________
TOSHKENT – 2023
1
FUQAROLAR ISHTIROKIDA TASHABBUSKOR BYUDJET VA UNI
O'ZBEKISTONDA QO'LLASH AMALIYOTI: MUAMMO VA
YECHIMLAR
REJA
Kirish ........................................................................................................................ 2
1. Tashabbusli byudjet .......................................................................................... 5
2. Tashabbusli byudjet loyihasini rivojlanishi ................................................. 10
3. Fuqarolar ishtirokidagi “tashabbusli byudjet” va uni o‘zbekistonda
qo‘llashi .................................................................................................................. 18
Xulosa ..................................................................................................................... 24
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati: .................................................................... 26
2
Kirish
Mamlakatimizda byudjet tizimi ochiqliqligi va shaffofligini ta'minlash
borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri
tegishli hudud mahalliy byudjetidan amalga oshiriladigan xarajatlar
yo‘nalishlarini belgilashda fuqarolar faol ishtirokining ta'minlanishidir.Byudjet
ma'lumotlarining ochiqligi va shaffofligini yanada oshirish, byudjet mablag‘larining
shakllanishi va sarflanishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 avgustdagi «Byudjet
ma'lumotlarining ochiqligini va byudjet jarayonida fuqarolarning ishtirokini
ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3917-son Qarori1muhim ahamiyat
kasb etadi.Ushbu“Tashabbusli byudjet”ning dolzarbligi mamlakat Prezidenti
tomonidan ilgari surilgan bo’lib, unga ko’ra kelgusi yildan viloyat byudjetlari
qo‘shimcha mablag‘larining 30 foizi ham “Tashabbusli byudjet” loyihalariga
beriladi2. Umuman, kelgusi yildan boshlab mahallalardagi infratuzilma uchun
mablag‘lar faqatgina “Tashabbusli byudjet” orqali aholi ovoz bergan loyihalarga
ajratilishi belgilandi. Bunda “Tashabbusli byudjet” loyihalari uchun mablag‘lar 3,5
baravarga oshirilib, 8 trillion so‘mga yetkaziladi.2019 yil 1 yanvaridan
jamoatchilik fikrini shakllantirish uchun tuman (shahar)lar byudjetlarining
qo‘shimcha manbalari hisobidan moliyalashtirilish taklif etilayotgan tadbirlar
to‘g‘risidagi axborotni joylashtirishni nazarda tutadigan «Ochiq byudjet»
axborot portali (https://openbudget.uz/) ishga tushirildi.Tashabbusli byudjet
fuqarolarning takliflarini hisobga olgan holda mahalliy byudjet
mablagʼlarining bir qismini taqsimlash va bu mablagʼlarni sarflash yoʼnalishlarini
aniqlash boʼyicha ularning bevosita ishtirokida qarorlarni qabul qilish, shuningdek
qabul
qilingan
qarorlar
ijrosi
ustidan
jamoatchilik
nazoratining
oʼrnatilishidir.Tashabbusli
byudjetdan
koʼzlangan
maqsad
quyidagilaardan
iboratdir:fuqarolarga joriy byudjet va byudjetni rejalashtirish toʼgʼrisida maʼlumot
berish; mablagʼlarning nooʼrin sarflanishini oldini olish;mahalliy hokimiyat va
fuqarolar tomonidan tegishli hududda muhim ahamiyatga molik sohalar uchun
birgalikda qarorlar qabulqilish; fuqarolarni hududda amalga oshirilayotgan
3
islohotlar yoʼnalishlariga mos ravishda sarflanayotgan mablagʼlar toʼgʼrisida
xabardor qilish. Tashabbusli byudjet byudjet jarayonida maʼlum hududdagi
jamoatchilikning, fuqarolik jamiyati institutlarining va ayrim fuqarolarning oʼz
aholi punktlarini rivojlantirish yoʼllarini belgilashdagi ishtirok etish imkoniyatini
beradi.Mahalliy byudjetlardan xarajatlarni moliyalashtirishning ustuvor
yoʼnalishlarini aniqlash mahalliy ijroiya va vakillik organlari oldida turgan eng
muhim vazifalardan biridir. Odatda, ushbu masalalar bilan byudjet
jarayonida ishtirok etuvchi turli vakolatli organlar shugʼullanadilar. Аmmo,
mahalliy ijroiya va vakillik organlari eʼtiboridan chetda qoladigan muammolar ham
mavjud. Bu ichimlik suvini tashib isteʼmol qilish muammosi yoki elektr
taʼminotidagi uzilish kabi masalalardan tortib, yoritilmagan piyodalar yoʼlagi yoki
turar joy binolarida kommunal xizmat koʼrsatishga aloqador muammolar boʼlishi
mumkin. Аynan shu holatda, tashabbusli byudjet muammoni umumiy
muhokamaga olib chiqish va uni hal qilishning maqbul variantini topishga
imkon beradi. Maʼlumki, fuqarolar oʼz yashash joylari (mahalla, tuman, shahar)dagi
turli ijtimoiyiqtisodiy muammolarini yaxshi bilishadi va fuqarolar tomonidan
taklif etilgan loyihalar aksariyat hollarda asosli hisoblanadi. Chunki, maʼlum bir
joyda uzoq vaqt yashayotgan fuqarogina birinchi navbatda qanday masalalarni hal
qilish kerakligini koʼrsata oladi.Mahalliy hokimiyat organlari tomonidan keng
jamoatchilik manfaatiga xizmat qiluvchi biror qarorni qabul qilishda yoki
loyihani amalga oshirishda fuqarolarning fikr-mulohazalari va takliflarini
inobatga olinmasligi ularning noroziligiga, ayrim hollarda mablagʼlardan samarasiz
foydalanishga olib kelishi mumkin.Tashabbusli byudjetning yana bir oʼziga xos
xususiyati –u toʼgʼridan-toʼgʼri demokratiya mexanizmiga asoslanadi, bunda
fuqarolar bevosita umumiy va mahalliy ahamiyatdagi loyihalar tashabbusini
ilgari suradi, ovoz beradi, pirovardida, shu loyihani moliyalashtirilishiga erishiladi.
Byudjet mablagʼlarini yoʼnalishini belgilashda oddiy fuqarolarning ham byudjet
jarayonida doimiy va bevosita ishtirok etishiga imkoniyat beriladi.Ma’lumki, 2021
yilga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 avgustdagi «Budjet
ma’lumotlarining ochiqligini va budjet jarayonida fuqarolarning ishtirokini
4
ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3917-son Qaroriga ko‘ra tuman va
shaharlar mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalaridan kamida 10 foizi
jamoatchilik fikri asosida belgilangan tadbirlarni moliyalashtirishga
sarflangan. Davlat budjetining shakllanishi va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish loyihalarini ishlab chiqish jarayoniga aholini faol jalb etish hamda
joylardagi dolzarb muammolarni hal etishda jamoatchilik ishtirokini
kengaytirish maqsadida 2021 yil 13 aprelda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining «Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash
bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-5072-sonli Qarori qabul
qilindi.
5
1.
Tashabbusli byudjet
Tashabbusli byudjet – Jamoatchilik fikri asosida shakllangan byudjetdir.
Ya’ni mahalliy infratuzilmani tuman, shahar, mahalla yoki qishloq infratuzilmasini
rivojlantirish
loyihalariga
byudjet
mablag‘larining
bir
qismini
bevosita
fuqarolarning tashabbusi asosida yo‘naltirishdir. Bu jarayon birinchi marotaba 2021-
yilda boshlangan bo‘lib, har yili fevral va iyul oylarida bo‘lib o‘tadi.
Birinchi bosqich:1
Tashabbusli byudjet dasturining birinchi bosqichida tuman va shahar
hokimliklari tomonidan “Ochiq byudjet” axborot portali va boshqa axborot
manbalari orqali loyihalarni taqdim etish tasdiqlangan me’zonlar va boshqa shartlar
haqida aholini xabardor qiladi.
1 www.openbudjet.uz
6
Ikkinchi bosqich:2
Shundan so‘ng, tashabbuskor fuqaro yoki fuqarolar mahallasi va
qishlog‘idagi ijtimoiy muammo yuzasidan o‘z loyihasini “Open byudjet” poratli
orqali taklif qilib qoldiradilar. Buning uchun tashabbuskor “Openbudget.uz”
saytidan ro‘yxatdan o‘tib, shaxsiy kabinetini ochadi. Shaxsiy kabinetda taklif
qoldirish bo‘limidan ariza shaklini to‘ldiradi. Loyiha quyidagi talablarga javob
berishi kerak:
Hududning ijtimoiy-iqtisodiy hususiyatlarini hisobga olgan holda
dolzarb muammolarni hal etishga qaratilgan bo‘lishi kerak;
Taklif beruvchining shaxsiy manfaatlariga qaratilmasligi kerak;
Loyihaning umumiy qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 4000
baravaridan ya’ni o‘rtacha 1 milliard so‘mdan oshmasligi kerak.
Loyihalarni portalga joylash uchun 30 kun vaqt beriladi.
2 www.openbudjet.uz
7
Uchinchi bosqich:3
Uchinchi bosqichda loyihalar ekspertizadan o‘takaziladi va tanlanadi. Ya’ni
ishchi komissiyaga kelib tushgan loyihalar tasdiqlangan me’zonlarga mosligi
o‘rganiladi. Bularning barchasi 15 ish kuni ichida amalga oshiriladi.
To‘rtinchi bosqich:
3 www.openbudjet.uz
8
Bu bosqich asosiy va belgilovchi bosqich hisoblanadi. Chunki tashabbusli
loyihalarga ovoz berish jarayoni boshlanadi. Bunda bir fuqaro faqat bitta loyiha
uchun ovoz beradi. Bu jarayonda fuqaro telefon raqami orqali “Openbyudjet.uz”
saytida 20 ish kuni ichida ovoz berishi kerak.
Beshinchi bosqich:4
4 www.openbudjet.uz
9
So‘ngi bosqichda barchasi hal bo‘ladi va eng ko‘p ovoz to‘plagan loyiha
g‘olib deb e’lon qilinadi. G‘olib loyihalarning soni joriy saralash bosqichida amalga
oshirish uchun ajratilgan mablag‘lar miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Ovoz berish natijalariga ko‘ra, g‘olib deb topilgan loyihalarni nima
kutadi?
Portaldagi loyihalar bo‘yicha ovoz berish natijalarini sarhisob qilgan Ishchi
komissiyaning qarori asosida tuman va shahar hokimliklari loyihalarda belgilangan
ishlarni bajarish uchun tanlov o‘tkazish jarayonlarini tashkillashtiradi. Ish
pudratchilarining tanlov orqali topish bilan boshlanadi. Loyihani tanlagan va uni
ishlab chiqishda ishtirok etgan fuqarolar ham loyihaning amalga oshirilishini nazorat
qilishda faol ishtirok etadilar.
Loyihalarni moliyalashtirish uchun tuman va shahar hokimliklarida
“Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasi ochilgan. Ushbu jamg‘arma – tuman va shahar
byudjetlarining har yil boshida aniqlanadigan erkin qoldiq mablag‘larining kamida
30 foizi va har chorak yakuni bo‘yicha aniqlanadigan prognozdan oshirib bajarilgan
qismining kamida 30 foizi asosida shakllantiriladi.
10
2.
Tashabbusli byudjet loyihasini rivojlanishi
O'tgan yili o'tkazilgan mazkur jarayonda 41 mingdan ortiq taklif kelib
tushgan bo'lsa, ularni bir million yuz ming nafar fuqaro yoqlab ovoz bergan edi.
2021-yil 26-yanvar kuni Prezidentimiz raisligida “Mahallabay” ishlash
bo'yicha yangi tizimni tashkil etish va kambag'allikni qisqartirish bo'yicha
o'tkazilgan yig'ilishda barcha idoralar rahbarlari qatori iqtisodiy kompleks vakillari
ham mahallaga tushib, vertikal tizimni, barcha organlar faoliyatini o'zaro muvofiq
yo'lga qo'yishi yuzasidan vazifalar belgilab berdi.
Mahallalardagi haqiqiy holatni kabinetda o'tirib emas, joylarning o'zida
bilish ajratilayotgan mablag'lar samaradorligi va nazoratini yo'lga qo'yishda ham qo'l
keladi. Misol uchun o'tgan yili birgina “Obod qishloq” va “Obod mahalla”
jamg'armalariga respublika byudjetidan jami 1 trillion so'mgacha mablag'
yo'naltirildi...
Portal orqali olingan takliflar moliyalashtiriladi5
2018-yilda davlatimiz rahbarining “Byudjet ma'lumotlarining ochiqligini va
byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash chora-tadbirlari
to'g'risida”gi qarori e'lon qilingan edi. Unga asosan, Moliya vazirligi Birlashgan
Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda 2019-yildan
“Fuqarolar uchun byudjet” axborot davriy nashrini chop eta boshladi. Ushbu nashr
tufayli O'zbekiston o'z aholisiga davlat moliyasi, Davlat byudjeti mablag'larini
shakllantirish manbalari va sarflash yo'nalishlari to'g'risidagi axborotni qulay,
tushunarli shaklda taqdim etadigan jahonning 100 ta mamlakat safiga qo'shildi.
Ma'lumot o'rnida aytish mumkinki, bugungi kunga qadar jami 14 ta “Fuqarolar
uchun byudjet” nashri chop etildi.
Bundan tashqari, Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg'armalari
byudjetlari, ularning ijrosi to'g'risidagi hisobotlar, soliq va byudjet siyosatining
asosiy yo'nalishlari loyihalari, shuningdek, Hisob palatasining xulosalari va shu kabi
5 www.openbudjet.uz
11
boshqa ma'lumotlarni o'zida mujassam etgan “Ochiq byudjet” axborot portali ishga
tushirildi.
Portal orqali fuqarolar nafaqat byudjet ma'lumotlari bilan tanishib borishlari,
balki bu jarayonda bevosita ishtirok etgan holda, o'zlarini qiynab kelayotgan
masalalarni hal qilish uchun tegishli mablag'larni talab qilish imkoniyati yaratildi.
Har bir tuman yoki shaharga hudud aholisi taklif qilgan muammolarni 2019-2020-
yillar davomida o'tkazilgan tashabbusli byudjet jarayonlarida fuqarolar tomonidan
jami 230 mingga yaqin taklif va ovozlar bildirilib, buning natijasida jami 245,1
milliard so'm mablag'lar joylarda aholini qiynab kelayotgan muammolarni hal qilish
uchun yo'naltirildi.
Prezidentimizning 2021-yil 13-apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning
faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori
bilan esa, bu boradagi mexanizm yanada takomillashtirildi. Xususan, aholini keng
jalb qilish, joylarda ularni qiynab kelayotgan muammolarni aynan o'zlarining
tashabbuslari asosida echimini topish imkoniyatini yaratish maqsadida joriy yildan
tuman va shahar byudjetlari xarajatlarining 5 foizi bevosita fuqarolar tomonidan
bildirilgan tadbirlarga yo'naltirilishi belgilab qo'yildi.
Jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirishga
yo'naltirish uchun 2021-yildan har bir xududdan bittadan 14 ta tuman va shahar
tajriba tariqasida tanlab olindi. Ularga 3 milliardan 10 milliard so'mgacha, jami 92,7
milliard so'm mablag' yo'naltirildi.
— Bu mablag'lar katta loyihalarni moliyalashtirishni ko'zda tutmaydi, —
deydi moliya vaziri Temur Ishmetov — Aytaylik, bir mahallada bolalar bog'chasini
yoki maktabni ta'mirlash zarur bo'lsa, boshqasida ko'chani obodonlashtirish muhim.
Yoki yana birida elektr energiyasi tarmog'ini yaxshilash zarur. Davlat byudjetini
shakllantirishda bunday muammolarninng barchasini e'tiborga olish mushkul. Lekin
muayyan platforma orqali odamlar uchun joylardagi og'ir masala zarurlik darajasiga
qarab yechim topishi mumkin.
Prezidentimiz qaroriga binoan, joylarda fuqarolarni qiynab kelayotgan
muammolarni aynan o'zlarining tashabbuslari asosida echimini topish imkoniyatini
12
yaratish maqsadlariga ajratilayotgan qo'shimcha daromadlarning eng kam miqdori
10 foizdan 30 foizga ko'tarildi. Fuqarolarning portalda takliflar bilan ishtirok etishi
bir yilda ikki marta amalga oshiriladi. Ular tomonidan muayyan taklif ilgari surilar
ekan, u jamoatchilikka ochiq taqdim etiladi. Loyihaga omma tomonidan ovoz
beriladi. Har bir hududda eng ko'p ovoz to'plagan takliflar g'olib deb topiladi va
loyihalar berilgan ovozlar sonidan kelib chiqib saralanadi, moliyalashtiriladi.
Jarayonda voyaga etgan har bir fuqaro ishtirok etishi mumkin.
Eng tashabbuskor viloyat
Uchko'prik tumanidagi “Kenagas” mahalla fuqarolar yig'inidagi Kichik
qashqar qishlog'ida bir kilometrdan ortiq ichki yo'llarni asfaltlash, suv minorasi
o'rnatib berish yuzasidan bildirgan takliflari bir necha yildirki mablag' yetishmasligi
bois yechimini kutib kelardi. Qishloqda 400 dan oriq xonadon egalari ichimlik
suvini 1 kilometr masofadan tashib kelishga majbur edi. Jazirama issik kunlarida
suv ta'minotida yuzaga kelgan uzulishlar aholining haqli e'tirozlariga sabab bo'lib
kelgan.
Shu mahallada umrguzaronlik qilayotgan Muxtor Rahmatovning mavjud
masalalar yuzasidan bildirgan taklifi “Ochiq byudjet” portalida eng ko'p ovoz yig'ib
umumiy qiymati 233 million so'mlik loyihani amalga oshirish ishlari boshlab
yuborildi.
Dang'ara tumanidagi “Uvaysiy” MFY Do'stlik ko'chasida yashovchi
Mansurjon Rasulovning aholi xonadonlarini kanalizatsiya tarmog'iga ulash,
ko'chaning bir qismini asfal`tlash borasidagi bildirgan taklifi ham “Ochiq byudjet”
portalida ko'p ovoz to'pladi.
—Aholi kundalik hayot tarzi uchun muhim bo'lgan masalalar echimiga
yuqoridan emas, balki quyi tizimdan bildirilgan takliflar asosida mablag'
ajratilayotgani ko'plab masalalar echimida qo'l kelmoqda, — deydi Quvasoy shahar
“Qo'chqorchi” mahalla fuqarolar yig'inida yashovchi Iqboljon Tursunov. —
Mahallamizdagi Zakovat ko'chasi chorak asrdirki ta'mirlanmagan. Mavjud
masalalar yuzasidan umumiy qiymati 562 million so'm bo'lgan taklifimni “Ochiq
13
byudjet” portaliga joyladim. 884 ta ovoz to'plagan xolda g'olib bo'lib, kerakli
mablag'lar ajratilgani ayni muddao bo'ldi.
So'x tumani fuqarosi Gulxan Mamajonov tomonidan “Chashma” MFY ni
tabiy gaz bilan ta'minlash mazmunidagi qiymati 950 million so'mlik taklif
joylashtirilgan. Ushbu taklif 241 ta ovoz to'plagan holda g'olib deb topilgan va
moliyalashtirish uchun “Fuqarolar tashabbusi jamg'armasi”dan kerakli mablag'
ajratildi.
— Endilikda mahalliy byudjet mablag'larini yo'naltirishda har bir soliq
to'lovchi o'z takliflari bilan ishtirok etishi mumkin, — deydi Farg'ona viloyati moliya
boshqarmasi boshlig'i Zafarjon Ro'zaliyev. — Prezidentimizning 2021-yil 13-
apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha
qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qaroriga asosan, viloyatimizda ilk bor
tuman va shaharlarda tasdiqlangan byudjetning 5 foiziga teng miqdoridagi mablag'
jamoatchilik
fikri
asosida
shakllantirilgan
tadbirlarni
moliyalashtirishga
yo'naltirilmoqda. Bu mablag'lar hokimliklar qoshida byudjetdan tashqari jamg'arma
shaklida ochilgan”Fuqarolar tashabbusi jamg'armasi” shaxsiy g'azna hisob
raqamlarida jamlanadi. Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni
moliyalashtirish to'g'risidagi ma'lumotlar har chorak yakuni bo'yicha keyingi oyning
25 sanasidan kechiktirmay o'zlarining rasmiy veb-saytlariga va “Ochiq byudjet”
portaliga joylashtiradi.
2021-yil 1-iyuldan boshlab jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan
tadbirlarni moliyalashtirishga ajratiladigan tuman (shahar)lar byudjetlari qo'shimcha
mablag'larining eng kam miqdori 10 foizdan 30 foizga oshirildi. Shu munosabat
bilan viloyatda ilk bora jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni
moliyalashtirish maqsadida “Tashabbusli byudjet” jarayoni o'tkazildi. Quvonarlisi
bu jarayon birinchi marta o'tkazilishiga qaramasdan viloyatimizning 221 ming 226
nafar fuqarosi ovoz berishda ishtirok etdi va respublikada eng yuqori ko'rsatkich
qayd etildi.
Aholi turmush tarzi uchun muhim bo'lgan madaniy- maishiy sharoitlarni
yaxshilash uchun byudjet mablag'lari ajaratishda aholining bevosita ishtirok
14
etayogani byudjet mablag'larini sarflanishida jamoatchilik nazorati o'rnatilayotgani
quvonarli hol, albatta.
“Tashabbusli byudjet” jarayoni natijalariga ko'ra, eng ko'p ovoz to'plagan
va g'olib bo'lgan umumiy qiymati 39 milliard 351 million so'mlik — 145 ta taklifni
moliyalashtirish maqsadida tuman (shahar ) ishchi komissiyasi tomonidan manzilli
ro'yxati shakllantirildi. Ana shu takliflarga asosan mablag'lar umumta'lim
maktablari, maktabgacha ta'lim, sog'liqni saqlash, sport muassasalarini ta'mirlash va
moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, ichki yo'llar (piyodalar yo'lakchasi, yo'l
o'tkazgichlar) ta'mirlash, ichimlik va oqova suv ta'minotini yaxshilash,
obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish, bolalar maydonchalarini (o'yingohlarini)
barpo etish yoki ta'mirlash va qonun xujjatlari bilan belgilangan mezonlarga
muvofiq boshqa tadbirlar bo'yicha takliflari g'olib deb tanlab olindi.
Shu kunga qadar fuqarolar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarda
ko'tarilgan muammolarni bartaraf etish uchun pudratchi tashkilotlarga 35 milliard
674,8 million so'm mablag'lar o'tkazib berildi hamda mazkur mablag'lar doirasida
34 milliardan ortiq amaliy ishlar bajarildi.
Dolzarb muammolar hal etiladi
O'tgan yil ikkinchi yarmidan Davlat byudjeti ma'lumotlarining ochiqligini
ta'minlash hamda byudjet jarayonlariga fuqarolarni keng jalb qilish maqsadida
Moliya vazirligi tomonidan openbudget.uz — “Ochiq byudjet” axborot portali yangi
tahrirda ishga tushirildi.
Bu borada jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirishda keng
jamoatchilik jalb qilindi, byudjet jarayonida fuqarolar ishtiroki rivojlantirildi,
shuningdek, byudjetlashtirish sohasida mahalliy va xalqaro tajriba bilan doimiy
tanishtiruvlar olib borildi. O'z navbatida, byudjet jarayonining ochiqligi va
shaffofligini ta'minlash bo'yicha o'tkazilgan tadbir natijalari xususida ma'lumotlar
rasmiy veb-saytlarda joylashtirib borildi, ommaviy axborot vositalarida e'lon qilindi.
—Ta'kidlash joiz, tashabbusli byudjet jarayoni joriy yilda ilk marotaba uch
bosqichda o'tkazildi, — deydi Moliya vaziri Timur Ishmetov. — Mazkur jarayonda
15
41 mingdan ortiq takliflar kelib tushgan bo'lsa, ushbu takliflarni yoqlab 1,1 million
aholi ovoz berishda ishtirok etdi.
Kelib tushgan dolzarb takliflarni moliyalashtirish maqsadida respublika
byudjeti hisobidan jami 210,1 milliard so'm mablag'lar tegishli mahalliy
byudjetlarga yo'naltirildi. Bundan tashqari, tuman (shahar) byudjetlari qo'shimcha
manbalarining bir qismi hisobidan hozirgi paytga kelib 311,1 milliard so'm
mablag'lar “Fuqarolar tashabbusi jamg'arma”lariga yo'naltirildi.
Ajratilgan mablag'lar doirasida ovoz berish jarayoni yakunlariga ko'ra, 1 594
ta (dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra, amalga oshirishning umumiy qiymati 407,1
milliard so'm) takliflar “g'olib” deb topilib, davlat xaridlari tamoyillari asosida
aniqlangan pudratchilar tomonidan tegishli ishlar olib borilmoqda.
Ulardan belgilangan tartibda foydalanish ustidan jamoatchilik nazoratini
o'rnatish hamda fuqarolar tomonidan “g'olib” deb topilgan takliflarni amalga
oshirish bosqichlarini bevosita kuzatib borishni ta'minlash maqsadida tashabbusli
byudjet jarayoni bilan bog'liq moliyaviy operatsiyalarni fuqarolar uchun kuzatib
borish imkoniyati yaratildi. Bundan tashqari, fuqarolar tomonidan kelib tushgan
takliflarning aksariyat qismi joylarda ichki yo'llarni ta'mirlash va rekonstruktsiya
qilish bilan bog'liq tadbirlardan iborat ekanligi ham ushbu sohada etarlicha
muammolar mavjudligidan dalolat bermoqda.
Shu munosabat bilan, 2022-yildan boshlab tuman (shahar) byudjetidan ichki
yo'llarni ta'mirlash uchun ajratiladigan mablag'larning 50 foizini jamoatchilik fikri
asosida shakllantirilgan loyihalarga yo'naltirilishi bo'yicha yangi tartib joriy
etilmoqda. Aynan shu maqsadda 145 milliard so'm ajratish rejalashtirilmoqda.
Natijada, joylarda yo'llarni ta'mirlash uchun rejalashtirilgan mablag'larning teng
yarmi aynan fuqarolar tomonidan bildirilgan eng dolzarb deb topilgan muammoli
yo'llarni ta'mirlashga yo'naltiriladi.
O'tgan yili o'tkazilgan ovoz berish jarayonlarida fuqarolarni keng jalb qilish
maqsadida joylarda mahallabay ishlar tashkil etilib, “ovoz berish yarmarkalari”
tashkil etildi. Bu orqali fuqarolarga portaldan foydalanish uchun amaliy yordam
ko'rsatilib, ularning mazmun-mohiyati to'g'risida tushunchalar berildi. Ushbu
16
ishlarning davomi sifatida, endilikda har bir mahalla va ovulda “Ochiq byudjet”
axborot portalida taklif qoldirish va ovoz berish jarayoniga ko'maklashuvchi
“mobil” guruhlar hamda “tashabbuskorlar burchagi” tashkil etiladi.
Shuningdek, Moliya vazirligiga endilikda fuqarolarning byudjet jarayoniga
jalb etish darajasi bo'yicha hududlar reytingini joriy etish hamda xalqaro moliya
institutlarini
jalb
qilgan
holda
tashabbusli
byudjetlashtirish
jarayonini
takomillashtirish bo'yicha takliflar tayyorlashi vazifasi yuklatilib, ushbu maqsadda
19 ta banddan iborat “Yo'l xaritasi” tasdiqlandi.
“2022-yil uchun O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to'g'risida”gi
qonuniga muvofiq, 2022-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni
moliyalashtirish maqsadida tuman va shahar byudjetlarining 5 foizi miqdorida jami
1,5 trillion so'm mablag'lar yo'naltirilishi rejalashtirilgan. Ushbu mablag'lar
doirasida fuqarolar tomonidan bildirilgan 3 mingdan ortiq dolzarb muammolar hal
etilishiga erishish kutilmoqda.
Joriy yilda tashabbusli byudjet jarayonlari ikki marotaba — fevral hamda
iyul oylarida o'tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur jarayonlarda fuqarolarning faol
ishtirok etishi o'z hududlaridagi mavjud dolzarb muammolarni bartaraf etilishida
hamda byudjet mablag'larini to'g'ri taqsimlanishida o'z hissalarini qo'shishlariga
keng imkoniyatlar yaratadi.
O‘zbekistonda 6 fevraldan tashabbusli budjetlashtirishning yangi mavsumi
boshlandi, uning doirasida fuqarolar mahalliy budjetning bir qismini taqsimlashda
ishtirok etishi mumkin. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot
xizmati xabar berdi.
Tashabbusli yoki partisipator budjetlashtirish — aholining tashabbuslarini
hisobga olgan holda budjet mablag‘larining muayyan bir qismini sarflash bo‘yicha
ularning bevosita ishtirokida qarorlar qabul qilish hamda qabul qilingan
qarorlarning amalga oshirilishini kuzatish amaliyoti.
«Ochiq budjet» portali orqali takliflarni yo‘llash 20 kun — 26 fevralgacha
davom etadi (hozirgacha 1500 dan ortiq tashabbuslar kelib tushgan).
17
Shundan so‘ng takliflarni ko‘rib chiqish va saralash bosqichi boshlanadi —
26 fevraldan 18 martgacha. Ovoz berish esa 18 martdan 7 aprelga qadar belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, sentabr oyida maktablar, yo‘llar va boshqa obyektlarni
ta’mirlash bo‘yicha fuqarolarning tashabbuslari uchun 7,8 million ovoz to‘plangan
«Tashabbusli budjet»ning ikkinchi mavsumi yakunlangan. Fuqarolar takliflarini
amalga oshirish uchun jami 1 trillion 700 milliard so‘m mablag‘ sarflanishi
rejalashtirilgan.
oktabr oyida prezident videoselektor yig‘ilishida «Tashabbusli budjet»
loyihasini yanada kengaytirish va ommalashtirish zarurligini aytgandi. Shuningdek,
bir hafta muddatda har biri 2 mingdan ortiq aholi ovozini to‘plagan, lekin g‘olib
bo‘lmagan 364 ta loyiha uchun qo‘shimcha 335 mlrd so‘m ajratishga ko‘rsatma
bergan.
2023 yildan boshlab fuqarolar viloyat budjeti qo‘shimcha daromadlarining
30 foizini (bundan oldin faqat tuman va shahar), mahalla infratuzilmasi uchun
mablag‘lar esa faqat «Tashabbusli budjet» orqali taqsimlanishi mumkin. Natijada
2023 yilda 3,5 barobar ko‘p — 8 trillion so‘mgacha mablag‘ yo‘naltirilishi
kutilmoqda.
18
3.
Fuqarolar ishtirokidagi “tashabbusli byudjet” va uni O‘zbekistonda
qo‘llashi
Mamlakatimizda byudjet tizimi ochiqliqligi va shaffofligini ta'minlash
borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri
tegishli hudud mahalliy byudjetidan amalga oshiriladigan xarajatlar
yo‘nalishlarini belgilashda fuqarolar faol ishtirokining ta'minlanishidir.Byudjet
ma'lumotlarining ochiqligi va shaffofligini yanada oshirish, byudjet mablag‘larining
shakllanishi va sarflanishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 avgustdagi «Byudjet
ma'lumotlarining ochiqligini va byudjet jarayonida fuqarolarning ishtirokini
ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3917-son Qarori1muhim ahamiyat
kasb etadi.Ushbu“Tashabbusli byudjet”ning dolzarbligi mamlakat Prezidenti
tomonidan ilgari surilgan bo’lib, unga ko’ra kelgusi yildan viloyat byudjetlari
qo‘shimcha mablag‘larining 30 foizi ham “Tashabbusli byudjet” loyihalariga
beriladi2. Umuman, kelgusi yildan boshlab mahallalardagi infratuzilma uchun
mablag‘lar faqatgina “Tashabbusli byudjet” orqali aholi ovoz bergan loyihalarga
ajratilishi belgilandi. Bunda “Tashabbusli byudjet” loyihalari uchun mablag‘lar 3,5
baravarga oshirilib, 8 trillion so‘mga yetkaziladi. 2019 yil 1 yanvaridan
jamoatchilik fikrini shakllantirish uchun tuman (shahar)lar byudjetlarining
qo‘shimcha manbalari hisobidan moliyalashtirilish taklif etilayotgan tadbirlar
to‘g‘risidagi axborotni joylashtirishni nazarda tutadigan «Ochiq byudjet»
axborot portali (https://openbudget.uz/) ishga tushirildi.Tashabbusli byudjet
fuqarolarning takliflarini hisobga olgan holda mahalliy byudjet
mablagʼlarining bir qismini taqsimlash va bu mablagʼlarni sarflash yoʼnalishlarini
aniqlash
Mamlakatimizni 2017 — 2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida o‘tgan davr mobaynida davlat
va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga yaqin
qonun, 4 mingdan ziyod O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi.
19
Shuningdek, inson huquqlarini ta’minlash, davlat organlarining hisobdorligi
va ochiqligini kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot
vositalarining roli, aholi va jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish
bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi.
Milliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida tashqi savdo, soliq va moliya
siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va xususiy mulk
daxlsizligini kafolatlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni
tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan
choralar ko‘rildi.
Fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambag‘allikni
qisqartirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilanib, aholini yangi
ish o‘rinlari va kafolatli daromad manbai, malakali tibbiy va ta’lim xizmatlari,
munosib yashash sharoitlari bilan ta’minlash sifat jihatidan yangi bosqichga
ko‘tarildi.
So‘nggi besh yillik islohotlarning natijasida mamlakatimizda Yangi
O‘zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-
ma’rifiy asoslari yaratildi.
boʼyicha ularning bevosita ishtirokida qarorlarni qabul qilish, shuningdek
qabul
qilingan
qarorlar
ijrosi
ustidan
jamoatchilik
nazoratining
oʼrnatilishidir.Tashabbusli
byudjetdan
koʼzlangan
maqsad
quyidagilaardan
iboratdir: fuqarolarga joriy byudjet va byudjetni rejalashtirish toʼgʼrisida maʼlumot
berish;
mablagʼlarning nooʼrin sarflanishini oldini olish;
mahalliy hokimiyat va
fuqarolar tomonidan tegishli hududda muhim ahamiyatga molik sohalar uchun
birgalikda qarorlar qabulqilish;
fuqarolarni hududda amalga oshirilayotgan
islohotlar yoʼnalishlariga mos ravishda sarflanayotgan mablagʼlar toʼgʼrisida
xabardor qilish. Tashabbusli byudjet byudjet jarayonida maʼlum hududdagi
jamoatchilikning, fuqarolik jamiyati institutlarining va ayrim fuqarolarning oʼz
aholi punktlarini rivojlantirish yoʼllarini belgilashdagi ishtirok etish imkoniyatini
beradi.Mahalliy byudjetlardan xarajatlarni moliyalashtirishning ustuvor
yoʼnalishlarini aniqlash mahalliy ijroiya va vakillik organlari oldida turgan eng
20
muhim vazifalardan biridir. Odatda, ushbu masalalar bilan byudjet
jarayonida ishtirok etuvchi turli vakolatli organlar shugʼullanadilar. Аmmo,
mahalliy ijroiya va vakillik organlari eʼtiboridan chetda qoladigan muammolar ham
mavjud. Bu ichimlik suvini tashib isteʼmol qilish muammosi yoki elektr
taʼminotidagi uzilish kabi masalalardan tortib, yoritilmagan piyodalar yoʼlagi yoki
turar joy binolarida kommunal xizmat koʼrsatishga aloqador muammolar boʼlishi
mumkin. Аynan shu holatda, tashabbusli byudjet muammoni umumiy
muhokamaga olib chiqish va uni hal qilishning maqbul variantini topishga
imkon beradi. Maʼlumki, fuqarolar oʼz yashash joylari (mahalla, tuman,
shahar)dagi turli ijtimoiyiqtisodiy muammolarini yaxshi bilishadi va fuqarolar
tomonidan taklif etilgan loyihalar aksariyat hollarda asosli hisoblanadi. Chunki,
maʼlum bir joyda uzoq vaqt yashayotgan fuqarogina birinchi navbatda qanday
masalalarni hal qilish kerakligini koʼrsata oladi.Mahalliy hokimiyat organlari
tomonidan keng jamoatchilik manfaatiga xizmat qiluvchi biror qarorni qabul
qilishda yoki loyihani amalga oshirishda fuqarolarning fikr-mulohazalari va
takliflarini inobatga olinmasligi ularning noroziligiga, ayrim hollarda mablagʼlardan
samarasiz foydalanishga olib kelishi mumkin.Tashabbusli byudjetning yana bir
oʼziga xos xususiyati –u toʼgʼridan-toʼgʼri demokratiya mexanizmiga asoslanadi,
bunda fuqarolar bevosita umumiy va mahalliy ahamiyatdagi loyihalar
tashabbusini
ilgari
suradi,
ovoz
beradi,
pirovardida,
shu
loyihani
moliyalashtirilishiga erishiladi. Byudjet mablagʼlarini yoʼnalishini belgilashda
oddiy fuqarolarning ham byudjet jarayonida doimiy va bevosita ishtirok etishiga
imkoniyat beriladi.Ma’lumki, 2021 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2018 yil 22 avgustdagi «Budjet ma’lumotlarining ochiqligini va
budjet
jarayonida
fuqarolarning
ishtirokini
ta’minlash
chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi PQ-3917-son Qaroriga ko‘ra tuman va shaharlar mahalliy
budjetlarining qo‘shimcha manbalaridan kamida 10 foizi jamoatchilik fikri
asosida belgilangan tadbirlarni moliyalashtirishga sarflangan. Davlat
budjetining shakllanishi va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
loyihalarini ishlab chiqish jarayoniga aholini faol jalb etish hamda joylardagi
21
dolzarb muammolarni hal etishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish
maqsadida 2021 yil 13 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Budjet
jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-5072-sonli Qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq aprel oyida, ya’ni 2021 yil uchun tuman va shaharlari
budjeti tasdiqlangan muddatdan 4 oy o‘tib qabul qilindi. Tabiiyki, yil boshida tuman
(shahar)lar budjetlari tasdiqlanayotganida umumiy xarajatlarning 5 foizini
jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga
yo‘naltirish bo‘yicha mablag‘ ko‘zda tutilmagan. Shu bois, Prezident Qaroriga
ko‘ra,tanlab olingan tuman (shahar)lar budjetlariga qo‘shimcha ravishda
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan 92,7
milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Talab yuqori bo‘lgan loyihalar.Fuqarolar tomonidan
ilgari surilgan loyihalarning aksariyat qismi yo‘llarnita’mirlash, umumta’lim
maktablarini ta’mirlash va jihozlash, yoritish tizimlarini yaxshilash va ichimlik
suvi ta’minoti bo‘yicha qoldirilgan.2021 yilda o‘tkazilgan tashabbusli budjet
jarayoni davomida ichki yo‘llarni taʼmirlash bo‘yicha fuqarolardan jami 13 853 ta
taklif kelib tushgan. Bu jami takliflarning 34 foizini tashkil qiladi. Bu tadbirga 265
000 ga yaqin fuqora ovoz bergan (jami ovozlarning 23 foizi). G‘olib deb topilgan
takliflarning aksariyat qismi yaʼni, 400 ga yaqin (jami takliflarga nisbatan 26 foizi)
aynan ichki yo‘llarni taʼmirlash bilan bog‘liq muammolarni o‘zida aks ettirgan. Bu
tadbirlarga yil yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilgan takliflar doirasida hududlarda
qariyb 300 km ichki yo‘llar va piyodalar yo‘laklari taʼmirlangan. Jumladan, birgina
Qashqadaryo viloyatining o‘zida 46 ta taklif doirasida 13,1 mlrd so‘mdan ortiq
mablag‘lar yo‘naltirilib, natijada 37,8 km yo‘llarda taʼmirlash ishlari olib borilgan.
Shundan, qariyb 28 km da yo‘llar asfalʼt qoplama bilan qoplangan bo‘lsa, 10 km ga
yaqin tuproqli yo‘llarga shag‘al yotqizilgan.
22
2021 yilda saralash bosqichi doirasida amalga oshirilgan ishlar
23
1-jadval
2021 yil maydan boshlab budjet xarajatlarining 5 foizi jamoatchilik
fikri asosida belgilangan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan tuman
(shahar)larga ajratilgan mablag‘lar miqdori 4
T/r
Hudud nomi
Tuman(shahar)lar nomi
Qo’shimcha
ajratilga
n mablag’lar (mln so’m)
1.
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
Kegeyli tumani
3 429
2.
Andijon viloyati
Asaka tumani
10 052
3.
Buxoro viloyati
G’ijdivon tumani
9 754
4.
Jizzax viloyati
Do’stlik tumani
2 995
5.
Qashqadaryo viloyati
Qarshi tumani
6 992
6.
Navoiy viloyati
Xatirchi tumani
7 662
7.
Namangan viloyati
Chust tumani
8 204
8.
Samarqand viloyati
Bulung’ur tumani
6 167
9.
Surxondaryo viloyati
Oltinsoy tumani
7 165
10.
Sirdaryo viloyati
Xovos tumani
3 825
11.
Toshkent viloyati
Quyi Chirchiq tumani
3 913
12.
Farg’ona viloyati
Farg’ona shahri
10 394
24
Xulosa
«Tashabbusli budjet» loyihasining 2022-yildagi birinchi bosqichida 6,7
millionga yaqin yurtdoshlarimiz qatnashdi. Ular tomonidan tashabbusli budjet
bo‘yicha 40,2 mingga yaqin loyihalarga ovoz berilib, undan 2215 ta loyiha eng ko‘p
ovoz olgan holda moliyalashtirishga tavsiya etildi. Buning uchun 1,1 trln. so‘mdan
ortiq mablag‘ ajratiladigan bo‘ldi. Shu bilan birga Davlat rahbarining 2022 yil 7
apreldagi PQ-197 sonli qaroriga asosan tashabbusli budjetlashtirish jarayonida 2
mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan 139 ta loyihani amalga
oshirish uchun qo‘shimcha ravishda 85,4 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Mazkur
imkoniyatdan eng ko‘p foydalangan hududlar sifatida Toshkent viloyati, Farg‘ona,
Namangan hamda Surxondaryo viloyatlarini misol keltirishimiz mumkin. Bu
hududlarda qaysi mahallaning fuqarolar yig‘ini ko‘proq faol bo‘lgan bo‘lsa, shu
mahalalardan ko‘rsatilgan takliflar g‘olib bo‘lgan.
Biroq mazkur tizim mamlakatimizda yangi joriy etilayotganligi sababli
ayrim kamchiliklardan ham holi bo‘lmadi. Jumladan, ovoz berish jarayonida loyiha
taklif etilgan joyda istiqomat qilmaydigan, mahallaga umuman aloqasi yo‘q
fuqarolar ham ovoz berish holatlari kuzatildi. Bu holat nisbatan aholisi oz bo‘lgan
hududlarni tanlovda g‘olib bo‘lish imkoniyatlarini keskin pasaytirdi. Shu bilan birga
uzoq qishloqlarda internetni yaxshi ishlamasligi hamda aholi o‘rtasida yaxshi
targ‘ibot qilinmaganligi ayrim loyihalarni yetarli ovoz olishda salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Bu yerda yana bir muhim masala «Tashabbusli budjet» loyhasiga kelib tushgan
takliflarning mazmuniga qarab mamlakatimiz hudularidagi ijtimoiy sohaga oid
qanday muammolar bor ekanligi hamda ularning qaysi viloyatlarga qanchadan
to‘g‘ri kelishi borasida haqiqiy holatni bilish mumkin.
Xulosa sifatida shuni ta’kidlash mumkinki «Tashabbusli budjet» bu
birinchidan, aholini ijtimoiy muammolarini yechishning yagona yo‘li bo‘lmasa ham,
biroq bu loyiha aholimizni uzoq yillardan beri qiynab kelayotgan ijtimoiy
muammolarni hal etishda hamjihatlik bilan harakat qilishni, jamoaviy qarorlar qabul
qilishni, birgalikda harakat qilib maqsadga erishish texnologiyalarini o‘rgatsa,
ikkinchidan,
jamoatchilik
nazoratini
kuchayishiga,
mahalliy
deputatlarni
25
faollashuviga hamda aholini budjet mablag‘larini ochiqlik va shaffoflik tamoyillari
asosida taqsimlanishida faol ishtirok etishi va davlat tomonidan berilayotgan
imkoniyatlardan yanada samaraliroq foydalanishni o‘rgatadi.Soʼnggi yillarda
aksariyat mamlakatlarda tashabbusli byudjetlashtirish mexanizmlaridan foydalanish
amaliyoti kuchayib bormoqda. Hozirgi vaqtda ushbu mexanizmdan turli
mamlakatlarning 7000 dan ortiq mahalliy byudjetlarida foydalanilmoqda. Agar
tashabbusli byudjetlashtirishni amalga oshirishning bevosita natijalari qurilgan yoki
taʼmirlangan infratuzilma obʼektlari deb hisoblansa, loyihalarni amalga oshirish
bilan birga keladigan quyidagi bir qator natijalar qoʼshimcha ravishda iqtisodiy
samaralar deb atalishi mantiqan toʼgʼri boʼladi
26
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentimizning 2018 yil 22 avgustdagi
“Byudjet ma'lumotlarining ochiqligini va byudjet jarayonida fuqarolarning faol
ishtirokini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3917 sonli Qarori
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi «Budjet
jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-5072-sonli Qarori
3.
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. M harfi. – T.: O‘ME davlat ilmiy
nashriyoti. – B. 352
4.
Xachatryan G.N., Shulga I.E., Suxova A.S. Praktiki partisipatornogo
byudjetirovaniya v bolshix gorodax / Pod obщey red. Shulgi I.E. – M.: «Aleks»,
2020 – 106 s.
5.
Ismoilova N., Sharapova M. (2019). Effective use of financial control
in public finance management (PFM). International Journal of Economics, Finance
and Sustainable Development, 1(2), 8-10.
6.
Sharapova, M. A. (2020).Practice of budget financing of public
education system. Scientific electronic journal "International Finance and
Accounting". No. 3
7.
Cascais’
Participatory
Budget:
an
inspiring
example,
https://urbact.eu/cascais’-
participatory-budget-inspiringexample; Nadejda na
demokratiyu / Sbornik statey pod obshey redaksiey Nel'sona Diasa. M.: Aleks, 2019.
– 636 s.
8 www.openbudjet.uz