OLIY TA’LIM , FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI
KONSTUTSIYAVIY HUQUQ fanidan
KURS ISHI
MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ASOSLARI.
FUQAROLARNING O‘ZINI-O‘ZI BOSHQARISH ORGANLARI
TOSHKENT – 2023
1
Mavzu: Mahalliy davlat hokimiyati asoslari. Fuqarolarning
o‘zini-o‘zi boshqarish organlari
M U N D A R I J A
KIRISH ………………………………………………………………
3-5
I. MAHALLIY HOKIMIYAT ORGANLARI
1.1. Mahalliy vakillik organlari va ularning faoliyati……………………...
6-11
1.2. Mahalliy ijro organlari va ularning faoliyati…………………………
12-16
II. FUQAROLARNING O‘ZINI-O‘ZI BOSHQARISH
ORGANLARI
2.1. Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarini tashkil
etish………………………………………………………………………....
2.2 Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatining asosiy
yo‘nalishlari…………………………………………………………………
17-21
22-25
XULOSA…………………………………………………………………… 26-29
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXAT……………………. 27-28
2
KIRISH
Kurs
ishi
mavzusining
dolzarbligi.
O‘zbekiston
Respuplikasi
Konstutsiyasining XXI bob. Mahalliy davlat hokimiyati asoslari. Fuqarolarning
o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan bog’liq hisoblanadi. XXI bobning dolzarbligi
bunda mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyat tartibining asosiy
yo‘nalishlari, faoliyati amalga oshiriladigan hudud birligi bundan tashqari vakillik
organlari va ijroiya organlarni tashkil etish tartibi, tizimini tartibga solish ham
Konstutsiyaning XXI bobi bilan amalga oshirilishi bu bobning dolzarbligini
korsatadi.
O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat barpo etish jarayonida ko‘plab
vazifalar belgilangan edi. Eng muhim vazifalardan biri respublikada davlat
hokimiyatining vakillik va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini yangi
sharoitlarga mos keladigan tizimini yaratish edi. Hozirgi amalda bo‘lgan mahalliy
vakillik organlari yangi organlar bo‘lmasdan, xalq deputatlari Sovetlari negizida
tashkil qilingan. 1992-yil 4-yanvarda «O‘zbekiston Respublikasining mahalliy
hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. Bu
qonun mamlakatimizda mahalliy hokimiyatning ikki mustaqil organi – vakillik va
ijro organlari tizimiga boshchilik qiladigan hokimlik va hokimlar lavozimi joriy
etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXI bobi «Mahalliy davlat
hokimiyati asoslari. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari » deb nomlanib,
unda mahalliy davlat hokimiyati organlarining tizimi, vazifalari, tuzilish tartibi
mustahkamlandi. Konstitutsiyaga ko‘ra, avvalgi mahalliy vakillik organlarining
nomi Kengashlar deb o‘zgartirildi. Ularning samarali ishlashini ta’minlash uchun
viloyat, tuman va shahar Xalq deputatlari Kengashlari vujudga keltirildi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinguncha mahalliy vakillik organlarining uch
bo‘g‘inli tizimi mavjud bo‘lib, ular:
1) viloyatlar hamda Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari – yuqori bo‘g‘in
hisoblanardi;
2) tuman, shahar xalq deputatlari Kengashlari – o‘rta bo‘g‘in;
3
3) qishloq, posyolka, ovul xalq deputatlari Kengashlari – quyi bo‘g‘in.
Konstitutsiya mahalliy vakillik organlarining ikki bo‘g‘inli tizimini mustahkamladi,
ya’ni quyi bo‘g‘in olib tashlandi. Ular o‘rniga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlari
tuziladigan
bo‘ldi.
Shunday
qilib,
O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasiga muvifiq, mahalliy davlat hokimiyati, hokimiyat organlari ikki
mustaqil organlarga – vakillik va ijroiya hokimiyatiga bo‘lindi. Mahalliy vakillik
organlariga – xalq deputatlari Kengashlari kiradi. Ular o‘z faoliyatini jamoaviy
(kollegial) asosda olib boradi. Xalq deputatlari Kengashlari ishining asosiy tashkiliy
– huquqiy shakli sessiya hisoblanadi.
Mahalliy davlat hokimiyat organlari sud hokimiyati organlari, prokuratura,
ichki ishlar organlari, adliya singari huquqni muhofaza qilish organlari bilan o‘zaro
hamkorlikda ish olib boradi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari. O‘zbekiston Respublikasi
mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirgach, O‘zbekistonga xos va mos fuqarolarning o‘zini
o‘zi boshqarish organlari vujudga keldi. Xususan, hozirda deyarli jahonning barcha
mamlakatlarida bu institut mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish deb atalsa, O‘zbekistonda
esa fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi deb ataladi. O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi qabul qilingach fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish tizimining
huquqiy zamini mustahkamlandi. Konstitutsiyaning 127-moddasiga ko‘ra,
«Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda
shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari
bo‘lib, ular raisni saylaydi»
Shunday qilib fuqarolar yig‘ini ma’lum muddatda to‘planib ish yuritadigan
o‘zini o‘zi boshqarish vositasi bo‘lsa, rais, uning maslahatchilari doimiy faoliyat
ko‘rsatuvchi tuzilmadir.
Kurs ishi mavzusini o‘rganilganlik darajasi: O’zbekiston Respublikasi
Konstutsiyasining XXI bobini o’rganish davomida LEX.UZ saytidan foydalanamiz.
Kurs ishi maqsadi. Konstitutsiyamizning XXI bobini sharhlash, mahalliy
davlat hokimyati organlari hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
tutgan o‘rni va o‘ziga xos jihatlari hamda shunga oid qonunosti hujjatlarni o‘rganish.
4
Kurs ishi vazifalari quyidagilar etib belgilandi:
Mahalliy vakillik organlari va ularning faoliyati
Mahalliy ijro organlari va ularning faoliyati
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tashkil etish
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining asosiy
yo‘nalishlari
Kurs ishining predmeti: Mahalliy davlat hokimyati organlari to‘g‘risidagi va
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarga oid normativ-huquqiy hujatlar kurs
ishi mavzusining predmetini tashkil etadi.
Kurs ishining obyekti: Mahalliy davlat hokimyati organlarining faoliyati
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarning tashkil etilishi ularning ahamyati
va mohiyatini tashkil etadi.
Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Kurs ishida bayon etilgan
mulohazalar, nazariy xulosalar va amaliy takliflar xalqaro munosabatlarda
O‘zbekistonning o‘rnini aniqlash, uning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hayotda
tutgan mavqyeini o‘rganish uchun asos qilib olish mumkin.
Kurs ishining tuzilishi: kirish, 2 bob, 4 paragraf, xulosa va foydalanilgan
adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
5
I. MAHALLIY HOKIMIYAT ORGANLARI
1.1. Mahalliy vakillik organlari va ularning
faoliyati
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mahalliy miqyosda boshqaruvni
tashkil etishga o‘ziga xos tarzda yondashilgan, MDH va boshqa sobiq ittifoqdosh
respubliklar konstitutsiyalaridan farq qilib, O‘zbekiston Konstitutsiyasida mahalliy
davlat hokimiyati organlari tizimi alohida, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlarining tizimi alohida belgilandi. O‘zbekistondan boshqa davlatlarning
konstitutsiyalarida mahalliy davlat hokimiyati degan tushuncha ishlatilmagan.
Jumladan, Belorussiya Konstitutsiyasida “Mahalliy boshqaruv va o‘zini o‘zi
boshqaruv”, Qozog‘iston Konstitutsiyasida “Davlatning hududiy tuzilishi va o‘zini
o‘zi boshqaruv”, Qirg‘iziston, Rossiya va Estoniya Konstitutsiyalarida “Mahalliy
boshqaruv”, Turkmaniston Konstitutsiyasida “Mahalliy ijro hokimiyati” alohida
bobda, “Mahalliy boshqaruv” alohida bobda berilgan.
Rossiya Konstitutsiyasida davlat hokimiyati federal miqyosda va federatsiya
subyektlari miqyosida tashkil qilinib, boshqa barcha quyi bo‘g‘inlarda tuman,
shahar, qishloqlarda mahalliy boshqaruv organlari tashkil qilinadi va faoliyat
yuritadi. O‘zbekiston Respublikasida mahalliy miqyosda boshqaruv viloyat, tuman,
shaharlarda mahalliy davlat hokimiyati organlariga, qishloq, shaharcha, ovullarda
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari zimmasiga yuklangan.1
Mahalliy davlat hokimiyati organlari - joylardagi davlat boshqaruv idoralari.
Ular mahalliy ahamiyatga molik hamma masalalarni oʻz vakolatlari doirasida oʻzlari
hal etadilar, umumdavlat man-faatlarini shu hududda yashab turgan fuqarolarning
manfaatlari bilan uy-gʻunlashtiradilar, yagona davlat hokimiyati organlarining
tarkibiy boʻgʻini sifatida yuqori davlat organlari qarorlarining amalga oshirilishini
taʼminlaydilar. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, uzoq tarixiy tajribaga, milliy
anʼanalarga tayangan holda ilgʻor mamlakatlar tajribasidagi ijobiy tomonlarni
oʻrganib, oʻz davlat idoralarini tubdan qayta isloh qildi, Mahalliy davlat hokimiyati
organlari tizimini yaratdi. Mahalliy hokimiyat tizimini shakllantirish sohasida bir
1 Konstutsiyaviy huquq; T.HUSANOV XXI bob 421 bet.
6
qator qonun va rasmiy hujjatlar qabul qilindi. Ular orasida Oʻzbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi (1992-yil, 8 dekabr), "Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida"gi
qonun (1993-yil, 2-sentabr), "Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlariga
saylovlar toʻgʻrisida"gi qonun (1994-yil, 5-may) kabilar mu-him oʻrin egallaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21-bobida Mahalliy davlat hokimiyati
organlari faoliyatining konstitutsiyaviy huquqiy asoslari oʻz aksini topgan (120—
127-moddalar). Mazkur moddalarda Mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimi,
mavqei, vazifalari, tuzilish tartibi konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab
qoʻyilgan. Konstitutsiya mahalliy vakillik organlarining 2 boʻgʻinli tizimi (yaʼni,
tuman, shahar xalq deputatlari kengashlari — quyi boʻgʻin; viloyatlar va Toshkent
shahri xalq deputatlari kengashlari — yuqori boʻgʻin)ni mustahkamladi va bu
mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisidagi qonunda oʻz ifodasini topdi. Mahalliy
davlat hokimiyati organlari qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning
xavfsizligini taʼminlash, hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish;
mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yigʻimlar
belgilash, byudjetdan tashqari jamgʻarmalarni hosil qilish; mahalliy kommunal
xoʻjalikka rahbarlik qilish; atrof-muhitni muhofaza qilish; fuqarolik holati aktlarini
qayd etishni taʼminlash; normativ hujjatlarni qabul qilish hamda Oʻzbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni
amalga oshiradi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari Oʻzbekiston Respublikasi
qonunlari, Prezident farmonlarini, davlat hokimiyati yuqori organlarining
qarorlarini amalga oshiradi, xalq deputatlari quyi kengashlari faoliyatiga rahbarlik
qiladi, respublika va mahalliy hokimiyatga molik masalalarni muhokama qilishda
qatnashadi.2
Mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati.
Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo‘ysunadigan shaharlardan
tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlaridir.
2 MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI TO‘G‘RISIDA 18.09.1993
7
Viloyat, tuman, shahar hokimi viloyat, tuman va shaharning oliy mansabdor
shaxsi bo‘lib, ayni bir vaqtda tegishli hududdagi vakillik va ijroiya hokimiyatini
boshqaradi. Viloyat hokimi, Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti va tegishli xalq deputatlari Kengashi oldida hisobdordirlar. Tuman,
shahar hokimi yuqori turuvchi hokim va tegishli xalq deputatlari Kengashi oldida
hisobdordir.
Xalq deputatlari Kengashi va hokim viloyat, tuman va shahar uchun umumiy
bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish vazifalari amalga oshirilishini, joylarda
qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan hujjatlar,
yuqori turuvchi xalq deputatlari Kengashlari va hokimlar qarorlarining ijrosini,
O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasidagi aloqalarni, aholini viloyat,
tuman va shaharni boshqarishga jalb etishni ta’minlaydi.
Mahalliy hokimiyat vakillik organlari va hokimlar O‘zbekiston Respublikasi
Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga ega bo‘ladilar.3
Mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati boshlig‘ini lavozimiga tayinlash va
lavozimdan ozod etish
Viloyat va Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
Viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlari O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti tomonidan tegishli xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlarining
har biri bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng xalq deputatlari viloyat va
Toshkent shahar Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
Tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik
ovozini olgan viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodi tasdiqlangan hisoblanadi.
Agar ovoz berish vaqtida viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlari
tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozini
3 O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 02.09.1993 yildagi 913-XII-son
8
ololmasa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mazkur lavozimlarga nomzodlarni
partiya guruhlari bilan qo‘shimcha maslahatlashuvlar o‘tkazganidan so‘ng bir oy
ichida yana ikki marta taqdim etish huquqiga ega.
Tegishli xalq deputatlari Kengashi taqdim etilgan viloyat va Toshkent shahar
hokimi nomzodlarini uch marta rad etgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti viloyat va Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchini tayinlash,
tegishli xalq deputatlari Kengashini tarqatib yuborish huquqiga ega. Bunda xalq
deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga saylov tarqatib yuborish
to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch oy ichida o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xalq deputatlari viloyat va Toshkent
shahar Kengashlarining qaroriga muvofiq hokim nomzodi bo‘yicha farmon qabul
qiladi.
Tuman, shahar hokimlari viloyat, Toshkent shahar hokimi tomonidan
tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi
tomonidan tasdiqlanadi.
Viloyat, tuman, shahar hokimlari tegishli xalq deputatlari Kengashi
deputatlari orasidan tayinlanadi va tasdiqlanadi.
Tumanga bo‘ysunuvchi shahar hokimi tuman hokimi tomonidan tayinlanadi
va lavozimidan ozod etiladi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan
tasdiqlanadi.
Viloyat hokimi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan
kelishilgan holda shahar hokimini tuman (shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar bundan
mustasno) hokimiga bo‘ysundirish va yagona boshqaruv organlarini tuzish
vakolatiga ega bo‘lib, bu xususdagi qaror keyinchalik xalq deputatlari viloyat
Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Xalq deputatlari Kengashi va hokimlarning vakolat muddati — besh yil.4
Xalq deputatlari Kengashi va hokim qabul qiladigan hujjatlar.
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi qarorlar qabul qiladi.
4 O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 02.09.1993 yildagi 913-XII-son
9
Viloyat, tuman, shahar hokimi qarorlar qabul qiladi va farmoyishlar chiqaradi.
Xalq deputatlari Kengashi va hokim qabul qilgan hamda chiqargan hujjatlar
imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi, basharti ana shu hujjatlarda o‘zga tartib
belgilanmagan bo‘lsa. Xalq deputatlari Kengashining va hokimning normativ-
huquqiy tusdagi hujjatlari, agar hujjatlarning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilmagan
bo‘lsa, rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Xalq deputatlari Kengashi va hokim o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan
hujjatlar viloyat, tuman, shahar hududida joylashgan barcha korxonalar,
muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi
majburiydir.5
Viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining vakolatlari quyidagilardan
iborat:
1) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarini, Oliy Majlis
palatalarining qarorlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari,
qarorlari hamda farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining, yuqori turuvchi
hokimlarning va tegishli xalq deputatlari Kengashlarining qarorlarini bajarish;
2)
hududlarni iqtisodiy,
ijtimoiy,
madaniy
va
ekologik
jihatdan
rivojlantirishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
3) mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish;
4) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni
amalga oshirish.6
Bulardan ko‘rinib turibdiki, mahalliy davlat hokimiyati organlari vazifalariga
ijtimoiy va davlat hayotiga taalluqli barcha masalalarni hal qilish, ularda ishtirok
etish kiradi. Faqat mahalliy davlat hokimiyati organlari bu masalalarni o‘z hududida
amalga oshiradi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun, “Mahalliy davlat hokimiyati
to‘g‘risida”gi Qonunda ularning vakolatlari belgilab berilgan.
Vazifalar alohida-alohida ko‘rsatilmasada, vakolatlar aniq belgilangan.7
5 O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 02.09.1993 yildagi 913-XII-son
6 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. — T.: O‘zbekiston, 2023. 123-modda
7 Konstutsiyaviy huquq; T.HUSANOV XXI bob 424 bet
10
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining atrof-muhitni muhofaza qilish
vazifasi Konstitutsiyada belgilangan vazifalar qatorigakiradi. Bu vazifa ona tabiatni
asrash, yashab turgan zamin, makonni saqlashga qaratilgan bo‘lib, u insonni
sog‘lig‘i, hayoti umuman yer yuzasidagi jonli hayotni davom etishini ta’minlashga
qaratilgandir. Hamma mamlakatlarda ham atrof-muhitni saqlashga qaratilgan
tadbirlarning salmoqli qismi joylardagi tadbirlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan boshlab atrof-muhitni muhofaza qilishga
muhim masalalar qatorida qarala boshlandi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, atrof-
muhitga
ziyon
yetkazilishiga
va
respublikadagi
ekologik
vaziyatning
yomonlashuviga yo‘l qo‘ymaslik, iqtisodiy sohadagi asosiy vazifalardan biridir8.
Respublikamizda “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonun 9qabul
qilingan bo‘lib, unda mahalliy hokimiyat organlarining vazifasi, vakolatlari
ko‘rsatib qo‘yilgan. Bundan tashqari, ularning vakolatlari “Yer to‘g‘risida”gi, “Suv
va suvdan foydalanish to‘g‘risda”gi, qonunlarda ham ko‘rsatilgan. Mahalliy davlat
hokimiyati organlari o‘z hududida atrof-muhitni muhofaza qilish vazifasini shu
sohani boshqarish va shu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tuzilmalar, fuqarolar
faoliyati ustidan nazorat olib borish orqali amalga oshiradi.
8 Qarang: Karimov I.A. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. – T.: O‘zbekiston,
1992. – 20-bet.
9 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1993-yil, 1-son, 38-modda.
11
1.2. Mahalliy ijro organlari va ularning faoliyati
Mahalliy ijroiya hokimiyatning rahbariyati.
Viloyat, tuman, shahar ijroiya hokimiyatiga hokim boshchilik qiladi. Hokim
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan miqdorda birinchi
o‘rinbosar va o‘rinbosarlarga ega bo‘ladi.
Viloyat va Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari hamda
o‘rinbosarlari hokim tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti bilan
kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, bu xususda
qabul qilingan qaror tegishli xalq deputatlari Kengashining tasdig‘iga kiritiladi.
Tuman, shahar hokimining o‘rinbosarlari tegishli hokim tomonidan yuqori
turuvchi hokim bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod
etiladi, bu xususda qabul qilingan qaror tuman, shahar xalq deputatlari Kengashining
tasdig‘iga kiritiladi.
Tumanga bo‘ysunuvchi shahar hokimining o‘rinbosarlari tegishli hokim
tomonidan yuqori turuvchi hokim bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va
lavozimdan ozod etiladi.
Hokimning o‘rinbosarlari hokim tomonidan belgilangan vazifalar taqsimotiga
muvofiq ish bajaradilar. Hokim yo‘qligida yoki u zimmasidagi vazifalarni bajarish
imkoniyatiga ega bo‘lmagan taqdirda uning vakolatlarini birinchi o‘rinbosar yoki
hokimning topshirig‘iga binoan uning o‘rinbosarlaridan biri bajaradi.
Hokim, uning o‘rinbosarlari, hokimlikning boshqa xodimlari va mahalliy
davlat hokimiyati organlarining mansabdor shaxslari boshqa haq to‘lanadigan
lavozimni egallashlari mumkin emas.10
Mahalliy miqyosda hokimiyatning vakillik organlari sifatida xalq deputatlari
Kengashlari saqlab qolinib (ular avvalgi tuzumda ham mavjud edi), ularning tashkil
bo‘lishi, faoliyati demokratlashtirildi, tarkibi optimal darajaga keltirildi va ular
haqiqiy davlat hokimiyati sifatida huquqiy mustahkamlanib qo‘yilgan bo‘lsa, ijro
hoki-miyati yangitdan tashkil qilindi va yangi institut – hokim lavozimi o‘rnatildi.
10 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI TO‘G‘RISIDAGI QONUNI
21-MODDA
12
Sobiq tuzum davridagi qonunlarda, umuman, ijro hokimiyati degan (shu jumladan,
mahalliy ijroiya hokimiyati) ins-titut, tushuncha yo‘q edi. U davrdagi qonunlarda
faqat xalq deputatlari Sovetlari davlat hokimiyati organi hisoblanib, ijro organlarini
Sovetning organi, deb mustahkamlangan va ijro organlarini ham kollegialchilik
(ijroiya komitetlar) asosida ish olib borishini beliglab qo‘yilib, yakka boshchilik
sotsialistik demokratiyaga zid hodisa deb hisoblangan.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach ijro hokimiyatini tashkil qilish, uni
faoliyatini kuchaytirish yo‘lidan bordi. Toshkent shahrida ijro organining boshlig‘i
yakka boshchilik asosida faoliyat ko‘rsatadigan hokim bo‘lishi maqsadga muvofiq,
degan fikr asosida, 1991-yil 29-dekabrda eksperiment tariqasida Toshkent shahar
hokimi Toshkent xalqi tomonidan saylab qo‘yildi. 1992-yil yanvardagi
“O‘zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini 437 qayta tashkil
etish to‘g‘risida”gi qonuniga binoan Respublikaning barcha ma’muriy tuzilmalarida
ijro hokimiyatini boshlig‘i sifatida hokim lavozimi tashkil qilinishi belgilandi va
joylarda ijro hokimiyati davlat hokimiyati tarmog‘i sifatida e’tirof etildi. Bu g‘oya
keyinchalik O‘zbekiston Konstitutsiyasida ham mustahkamlanib qo‘yildi.
Hokim lavozimining o‘rnatilishi, ijro hokimiyatida boshqaruv yakka
boshchilik prinsipida amalga oshirilishini belgiladi. Yakka boshchilik prinsipi faqat
mansabdorga keng vakolatlar va huquqlar berish emas, ularning mas’uliyati kuchli
bo‘lishini nazarda tutadi. Shuning uchun hokimlarga o‘zlariga yuklatilgan
vazifalarni bajarish imkoniyatini beruvchi vakolat, huquqlar bilan birga kuchli
mas’uliyatlar ham yuklangan.
Viloyat, Toshkent shahar hokimi Prezident va tegishli xalq deputatlari
Kengashlari oldida, tuman va shahar hokimlari yuqori turuvchi hokim va tegishli
xalq deputatlari Kengashlari oldida hisobdorligi qonunning 1-moddasida belgilab
qo‘yilgan.
Mamlakatimizda olib borilayotgan davlatchilik sohasidagi islohotlar ijro
hokimiyati faoliyati ustidan vakillik hokimiyati nazoratini kuchaytirish,
jamoatchilik nazoratini kengaytirish nazarda tutilmoqda va holatlar qonunlarda aks
ettirilmoqda.
13
“Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda
mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish
to‘g‘risida”gi11 Qonunining 7-moddasida “Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent
shahar Kengashlari deputatlarining viloyat hamda Toshkent shahar hokimi faoliyati
ustidan nazorat qilish vazifalari” deb nomlanadi va unda Kengashlaridagi partiya
guruhlariga hokim lavozimida ishlayotgan shaxslarning qoniqarsiz faoliyati
to‘g‘risida Prezidentga asoslangan xulosalar taqdim etish tashabbusi huquqi berildi.
Bunday tashabbus yetakchi guruhlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan taqdirda
Prezident bu tashabbusni Kengash muhokamasiga tayinlaydi va muhokama
natijasiga ko‘ra qaror qabul qiladi.
2010-yil 12-noyabrdagi Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi
ma’ruzasida
Prezident
davlat
organlari
faoliyati
ustidan
“O‘zbekiston
Respublikasida jamoat nazorati to‘g‘risida”gi, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlari faoliyatini ochiqligi to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilish zarurligini
ko‘rsatib o‘tdi.12
Hokimning mas’uliyati kuchli bo‘lsa, ish yaxshi yo‘lga qo‘yiladi va natija
yaxshi bo‘ladi. Hokim institutining eng muhim xususiyati shundaki hokim faqat o‘zi
tomonidan qabul qilingan hujjatlarni to‘g‘riligi, harakati va faoliyatini qonuniyligi
uchungina javobgar bo‘lmay, Konstitutsiyaning 103-moddasiga asosan o‘zi
rahbarlik qilayotgan organlarning ham qarorlari va faoliyati uchun shaxsan javobgar
bo‘ladi.
Tegishli hududdagi ijro etuvchi hokimiyatga viloyat, tuman va shahar hokimi
boshchilik qiladi.Hokimlarning vakolatlari muddati — besh yil. Ayni bir shaxs
surunkasiga ikki muddatdan ortiq ayni bir viloyat, tuman, shaharning hokimi etib
tayinlanishi mumkin emas. Hokimlarning faoliyatini tashkil etish tartibi qonun bilan
belgilanadi.13
11 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari to‘plami. – T.: 2007. – 222–
224-betlar.
12 Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini
demokratlashtirish konsepsiyasi. – T.: O‘zbekiston, 2010. – 31,
46-betlar.
13 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. — T.: O‘zbekiston, 2023. 121-modda
14
“Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda
mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish
to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonunda mantiqiy to‘g‘ri hal qilindi va bo‘shliq
to‘ldirildi. qonunning 6-moddasida “Viloyat, Toshkent shahar hokimini tayinlash va
tasdiqlash tartibi” deb nomlangan bo‘lib, unga asosan: Viloyat va Toshkent shahar
hokimi nomzodlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tegishli xalq
deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlarining har biri bilan maslahatlashuvlar
o‘tkazilganidan so‘ng xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashiga
tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
Tegishli Kengash deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozini olgan
nomzod hokim lavozimiga tasdiqlangan hisoblanadi, Kengash qaroriga muvofiq
Prezident nomzod bo‘yicha farmon qabul qiladi, ya’ni saylangan nomzodni
tasdiqlaydi.
Ovoz berish vaqtida nomzod Kengash deputatlarining tegishli ovozini
ololmasa, Prezident lavozimlarga nomzodlarni partiya guruhlari bilan qo‘shimcha
maslahatlashuvlar o‘tkazganidan so‘ng bir oy ichida yana ikki marta taqdim etish
huquqiga ega.
Taqdim etilgan nomzod Kengashda uch marta rad etilsa, Prezident Kengashni
tarqatib yuborish va hokim vazifasini vaqtincha bajaruvchi tayinlash huquqiga ega.
Tarqatib yuborilgan Kengashga uch oy ichida saylov o‘tkaziladi.14
Shaharlardagi tumanlarning hokimlari tegishli shahar hokimi tomonidan
tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari shahar Kengashi
tomonidan tasdiqlanadi.
Tumanlarga bo‘ysunadigan shaharlarning hokimlari tuman hokimi tomonidan
tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi
tomonidan tasdiqlanadi.
Konstitutsiyada alohida hollarda, tuman va shahar hokimlarini lavozimidan
ozod qilish tartibi ham belgilangan. Konstitutsiyaning 93-moddasi 15-bandiga
binoan: “Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki o‘z sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘
14 Konstutsiyaviy huquq; T.HUSANOV XXI bob 440 bet
15
tushiradigan xatti-harakat sodir etgan tuman va shahar hokimlarini Prezident o‘z
qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqli”. Avvalgi bandda viloyat hokimlarini
lavozimidan ozod qilish masalasini Kengashidan siyosiy partiyalarning partiya
guruhlari ham ko‘tarish huquqiga egaligi va shunday holat yuzaga kelganda,
hokimni vazifasidan ozod qilish tartibini bayon qilgan edik.15
15 Konstutsiyaviy huquq; T.HUSANOV XXI bob 440 bet
16
II. FUQAROLARNING O‘ZINI-O‘ZI BOSHQARISH ORGANLARI
2.1. Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarini tashkil etish
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, milliy davlatchilik
an’analariga, qadriyatlariga mos keluvchi va xalqning xohish-irodasini to‘la aks
ettira oluvchi o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimini barpo etishni o‘z oldiga
maqsad qilib qo‘ydi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi tushunchasi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi — fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlanadigan, ularning o‘z manfaatlaridan,
rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek milliy va ma’naviy
qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan holda mahalliy
ahamiyatga molik masalalarni hal qilish borasidagi mustaqil faoliyatidir.16
Shaharchalar, qishloqlar va ovullarda, shuningdek shaharlar, shaharchalar,
qishloqlar va ovullardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi
boshqarish organlari bo‘lib, ular raisni saylaydi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga
kirmaydi
hamda
mahalliy
ahamiyatga
molik
masalalarni
fuqarolarning
manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy o‘ziga xos xususiyatlaridan, shuningdek
milliy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan holda,
qonunga muvofiq mustaqil ravishda hal etishga haqli.
Davlat fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini amalga
oshirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi, ularga qonunda belgilangan
vakolatlarini amalga oshirishida ko‘maklashadi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari saylovi tartibi, ularning faoliyatini
tashkil etish va vakolatlari qonun bilan belgilanadi.17 Bunda xorijiy mamlakatlarning
bu boradagi tajribalari chuqur o‘rganildi va O‘zbekiston sharoiti e’tiborga olindi.
16O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FUQAROLARNING O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISH ORGANLARI TO‘G‘RISIDAGI
QONUNI (yangi tahriri) 1-modda
17 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. — T.: O‘zbekiston, 2023. 127-modda
17
Natijada O‘zbekistonning o‘ziga xos o‘zini o‘zi boshqarish organlari vujudga keldi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari Konstitutsiyaning 127-moddasiga
asosan fuqarolarning yig‘inlari hisoblanadi.
Konstitutsiyaning shu moddasi holatidan ko‘rinib turibdiki, fuqarolarning
o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat organlari tizimidan ajratilgan va alohida
turdagi hokimiyatni amalga oshiruvchi organdir.
O‘zbekiston o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimini davlat organlari
tizimidan alohida belgilash bilan birga, faoliyati va boshqa tomonlariga mutlaqo
yangicha jihatlar kiritdi. Jumladan, deyarli barcha mamlakatlarda (Rossiya,
Turkmaniston, Fransiya, Germaniya va hokazo) bu institut mahalliy o‘zini o‘zi
boshqarish deb atalsa, O‘zbekiston uni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi deb
atadi. Bu shunchaki nomni o‘zgartirish emas, masalaning mohiyatini bildiruvchi
holatdir. Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishga nisbatan fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish so‘zi o‘zini o‘zi boshqarishni mustaqil demokratik institut sifatida
to‘laroq ko‘rsatadi. Sababi mahalliy boshqaruv faqat o‘zini o‘zi boshqaruv orqali
emas, davlat organlari orqali ham amalga oshiriladi, ya’ni mahalliy boshqaruvda
davlat ham ishtirok etadi. Xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning asosiy
vazifasi mahalliy davlat boshqaruvini amalga oshirishdir.
Shuning uchun O‘zbekistonda o‘zini o‘zi boshqaruvning mahalliy o‘zini o‘zi
boshqaruv emas, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqaruvi deb nomlanishi masalaning
asl mohiyatiga mos keladi va o‘zini o‘zi boshqaruvning davlat boshqaruvidan holi
ekanligini ko‘rsatadi.
O‘zini o‘zi boshqarish fuqarolar faoliyatining bir yo‘nalishi,jahon
davlatchiligi va jamiyat rivojlanishi tajribasida uchraydigan muhim institut
hisoblanadi. O‘zini o‘zi boshqarish fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlaridan
bo‘lib, bu huquq fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqaruv organlari orqali amalga
oshiriladi.
O‘zini o‘zi boshqarish, Konstitutsiya va qonunlar asosida mamlakatning
tarixiy-milliy xususiyatlariga tayangan holda aholi (jamoa) manfaatidan kelib
18
chiqib, mahalliy ahamiyatga ega masalalarni mustaqil hal etish maqsadida faoliyat
ko‘rsatadigan fuqarolar faoliyatining tashkiliy tizimidir.
O‘zini o‘zi boshqarish tushunchasi bilan o‘zini o‘zi boshqarish organlari
tushunchasi bir biridan farq qiladi. O‘zini o‘zi boshqaruv tashkiliy tizimdan iborat
faoliyat bo‘lsa, o‘zini o‘zi boshqaruv organlari shu faoliyatni amalga oshiruvchi
tuzilmalar (tashkilot) hisoblanadi. O‘zini o‘zi boshqarish faoliyati orqali fuqarolar
davlat va jamoat ishlarida ishtirok etadi yoki boshqacha qilib aytganda, o‘zini o‘zi
boshqaruv fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarida ishtirokini ta’minlovchi muhim
vositalardan biridir.
Fuqarolar yig‘ini aholi manfaatlarini ifodalash va uning nomidan tegishli
hududda amal qiladigan qarorlar qabul qilish huquqiga ega. Fuqarolar yig‘inida
shaharcha, qishloq va ovul, shuningdek shahar, shaharcha, qishloq va ovuldagi
mahalla hududida doimiy yashayotgan, voyaga yetgan shaxslar qatnashadilar.
Fuqarolar yig‘ini organlari quyidagilardan iborat:
fuqarolar yig‘ini kengashi;
fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar;
fuqarolar yig‘ini taftish komissiyasi;
tuman markazidan olisda joylashgan va borish qiyin bo‘lgan shaharchalar,
qishloqlar va ovullarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda
tuziladigan ma’muriy komissiya (bundan buyon matnda ma’muriy komissiya
deb yuritiladi).
Fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar,
fuqarolar yig‘ini taftish komissiyasi va ma’muriy komissiyani saylash fuqarolarning
qonunda belgilangan saylov huquqlari kafolatlari ta’minlangan holda yashirin yoki
ochiq ovoz berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Komissiya tarkibiga ko‘rsatilgan shaxs, agar fuqarolar yig‘inida (vakillar
yig‘ilishida) hozir bo‘lganlarning yarmidan ko‘prog‘i uni yoqlab ovoz bergan
bo‘lsa, saylangan hisoblanadi.18
18 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FUQAROLARNING O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISH ORGANLARI
TO‘G‘RISIDAGI QONUNI (yangi tahriri) 8-modda
19
Aslida o‘zini o‘zi boshqarish ancha keng faoliyat bo‘lib, bir necha
harakatlarni o‘z ichiga oladi. Jumladan, referendum (umumxalq ovozi) ham ayrim
mamlakatlarning
Konstitutsiya
va
qonunlarida
o‘zini
o‘zi
boshqarish
hisoblanadi.Yoki jamoat birlashmalari faoliyatini amalga oshirish, davlat tashkiloti,
korxona, muassasalardagi jamoatchi tashkilotlar ham o‘zini o‘zi boshqarish orqali
faoliyat olib boradi.
O‘zini o‘zi boshqaruv demokratiyaning bir ko‘rinishi bo‘lib, xalq hokimyatini
ro‘yobga chiqarish vositasidir. Jamiyat demokratlashib borgan sari o‘zini o‘zi
boshqarish kuchayib boradi. U fuqarolik jamiyatining asosiy sharti va muhim
instituti hisoblanadi.
O‘zini o‘zi boshqarish faoliyati kollegialchilik, oshkoralik, turli fikrga
asoslanib, unda barcha fuqarolar teng asosda ishtirok etadi. Bu o‘zini o‘zi boshqarish
organlarini tuzishda, ularning tashkiliy tuzulmalar ishida ishtirok etishda ko‘rinadi.
Biror-bir yo‘l bilan o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida ishtirok etishni
cheklash, to‘sqinlik qilish mumkin emas.
Ayrim xorijiy mamlakatlarda o‘zini o‘zi boshqaruv davlat organlaridan
mustaqil deb ko‘rsatilgani bilan (Rossiya Konstitutsiyasining 12-moddasida,
mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat hokimyati organlari tizimiga
kirmaydi, deb belgilangan) ba’zan bu qoidaga zid holatlar mavjud. Masalan,
Rossiyada 50 mingdan ortiq aholi yashaydigan joylarning mahalliy boshqaruv
ma’muriyati boshlig‘i o‘lka, viloyat ma’muriyati boshlig‘i, davlat organi tomonidan
tayinlanishi belgilangan.
O‘zbekistonda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarinianiq bir xil
pog‘onada mahallalarda tuzilishi va bir xil nomlar bilan atalishi, ularning
O‘zbekistonning siyosiy tizimida o‘zining munosib o‘rnini topishiga, bozor
munosabatlariga asoslangan demokratik-huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish
davrida ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishiga sabab bo‘ladi. Albatta, shahar va
mahallalarda tuzilgan o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakolatlarida farq bor.
O‘zini o‘zi boshqarish organlari fuqarolarning davlat va jamiyat ishlaridagi
ishtirokini ta’minlovchi, ularning ma’naviy tarbiyasiga, ijtimoy himoyasiga ta’sir
20
qiluvchi va boshqa manfaatlarini ro‘yobga chiqarishga hissa qo‘shuvchi muhim
tuzilmadir. Keyingi paytda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati
yanada faollashdi va kengaydi. Fuqarolik jamiyati qurishda fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlariga katta umid bog‘lanmoqda. Buni Prezidentimizning “Biz
fuqarolik
jamiyatini
qurishga
intilmoqdamiz.Buning
ma’nosi
shuki,
davlatchiligimiz rivojlana borgan sari boshqaruvning turli xil vazifalarini bevosita
xalqqa topshirish, ya’ni o‘zini o‘zi boshqarish organlarini yanada rivojlantirish
demakdir”, degan so‘zlaridan ham bilsa bo‘ladi.
Fuqarolik jamiyatida fuqarolar faqat davlat va jamiyat ishlarida ishtirok etish
bilan chegaralanmaydi. Bu jamiyatda har bir shaxsning fikri, ovozi e’tiborga
olinishi, har bir kishi o‘zini to‘laqonli shaxs, jamiyatning to‘la a’zosi deb his qilishi
kerak. Bunda ham fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining roli kattadir.
O‘zini o‘zi boshqarish organlarini tashkil qilishda, shakllantirishda,
O‘zbekistonning eng katta yutug‘i ushbu masalani hal qilishga milliy an’analar,
qadriyatlarni tiklash, aholining tub manfaatlariga mos keluvchi yo‘lni tanlash nuqtai
nazaridan yondashish bo‘ldi. Ya’ni, o‘zini o‘zi boshqarishda asosiy tayanch (makon)
qilib mahallar belgilandi.
O‘zbekiston mahallalari kabi kuchli, samarali va ta’sirchan vosita boshqa
mamlakatlarda yo‘q. U uzoq davrlardan ijtimoiy hayotda beqiyos o‘ringa ega bo‘lib
kelgan. Inson qalbida Vatan tuyg‘usining shakllanishiga, milliy g‘ururning vujudga
kelishiga, millatchilik illatlaridan holi bo‘lishga katta ta’sir ko‘rsatgan.
Mahallalardagi muhit orqali jamoat fikrini to‘laroq aniqlasa bo‘ladi. Demak,
ushbu xislat O‘zbekistonga xos xususiyatdir. Bu esa, umume’tirof etilgan
demokratiya yo‘llariga mamlakatimizning qo‘shgan hissasidir. Yoki boshqacha
qilib aytganda, O‘zbekiston demokratiyani yangi xislatlar bilan boyitmoqda.19
19 Konstutsiyaviy huquq; T.HUSANOV XXI bob 447-bet
21
2.2 Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatining asosiy
yo‘nalishlari
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati, vazifasi, 2013-yil 22-
aprelda yangi tahrirda qabul qilingan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
to‘g‘risida”gi Qonun 20bilan tartibga solinadi. Qonunlarda va boshqa dasturiy
hujjatlarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga yuklatilgan vazifalarni
bir necha guruhga bo‘lib ko‘rsatish mumkin. Bular:
1. Fuqarolarga jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda qatnashish huquqini
amalga oshirishda ko‘maklashish;
2. O‘z hududlarida ijtimoiy va xo‘jalik vazifalarini, ijtimoiy muhofazani hal
qilish, ommaviy madaniy tadbirlarni o‘tkazish, axloqiy-tarbiyaviy faoliyat bilan
shug‘ullanish.
3. Davlat hokimyati organlariga O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini,
Prezident va hukumat hujjatlarini, xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning
qarorlarini bajarishda yordamlashish.
Fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarida ishtirok etishi ularning
konstitutsiyaviy huquqidir. Ana shu huquqni amalga oshirishda fuqarolarga o‘zini
o‘zi boshqarish organlari turli yo‘llar orqali yordam beradi, jumladan: mahalliy
hokimyatning vakillik organlariga nomzod ko‘rsatish; aholini vakillik organlarining
sayloviga ishtirok etishga jalb qilish; tashviqot-targ‘ibot ishlarini olib borish; aholini
saylov bo‘ladigan joy, vaqt haqida xabardor qilish, fuqarolar yig‘ini raislariga
sayloviga fuqarolarni jalb qilish va saylovlarda ishtirok etish uchun tegishli
sharoitlar yaratish.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xududlarida xo‘jalik ishlari,
kichik biznes, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholini ish bilan ta’minlash, aholini
ijtimoiy himoya ishlari bilan shug‘ullanadi. Turli madaniy tadbirlar va boshqalarni
o‘tkazish bilan aholini huquqiy bilimini o‘stirish, huquqiy madaniyatini
shakllantirishga ta’sir qiladi. Ularning eng muhim vazifalari insonlarni, ayniqsa,
20 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FUQAROLARNING O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISH ORGANLARI
TO‘G‘RISIDAGI QONUNI (yangi tahriri)
22
yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash,axloqiy fazilatlarini, eng yaxshi urf-
odatlarimizni ular ongiga singdirish hisoblanadi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari muhim vazifalaridan yana biri
yuqorida tilga olingan davlat organlariga qonun va boshqa qonun hujjatlarini
boshqarilishini
ta’minlashda
ko‘maklashuvidir.
Mahalla
fuqarolariga
o‘z
burchlarini, majburiyatlarini, davlat va jamiyat oldidagi mas’uliyatini oshirish,
jamiyat taraqqiyoti uchun muhim ekanligini tushuntiradi va ta’sir qiladi. Fuqarolik
jamiyatini shakllanishi, davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini
kuchaytirishni taqozo etmoqda. Bu ishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlari ishtiroki zarur bo‘lib qolmoqda, yoki boshqacha aytganda ijro hokimiyati
organlari ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish shakllaridan biri fuqarolarning
o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati bo‘lib, bu ham fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarishning muhim vazifalariga aylanmoqda.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining yuqorida qayd qilingan
vazifalarini amalga oshirish uchun, qonunlarda yetarli vakolatlar, huquqlar
belgilangan. Faqat shuni alohida qayd qilish keraki, bu huquqlarning bir qismi
fuqarolar yig‘ini, bir qismi fuqarolar yig‘ini Kengashi, bir qismi fuqarolar yig‘ini
raisi tomonidan amalga oshiriladi. Bu masala Qonunning 11, 12, 13, 14-moddalarida
mustahkamlangan.
Qonunda shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yig‘ini va shahardagi mahalla
fuqarolar yig‘inining vakolatlari bilan shaharcha, qishloqcha va ovuldagi mahalla
fuqarolar yig‘inining vakolatlari alohida-alohida ko‘rsatilgan. Chunki, ularning
vakolatlarida ma’lum farqlar bor. “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
to‘g‘risida”gi Qonunning 11-moddasiga asosan, shaharcha, qishloq, ovul va
shahardagi mahalla fuqarolar yig‘ini: fuqarolar yig‘inining faoliyat dasturini va
xarajatlar smetasini, hududni kompleks rivojlantirishni ta’minlashga, tegishli hudud
doirasida obodonlashtirishga, ko‘kalamzorlashtirishga va sanitariya holatini
yaxshilashga qaratilgan tadbirlar rejalarini tasdiqlaydi; aholining ijtimoiy nochor
qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi, ushbu
23
maqsadda markazlashtirilgan tarzda ajratiladigan davlat mablag‘laridan qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda maqsadli va samarali foydalanilishini ta’minlaydi;
Har chorakda fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari, fuqarolar
yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalari hamda taftish
komissiyasi raislari, jamoatchilik tuzilmasi rahbari, fuqarolar yig‘inining diniy
ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisining
hisobotlarini eshitadi; tegishli hududda qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining ijro
etilishi, shu jumladan tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy
manfaatlariga rioya etilishi, kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari tomonidan
kommunal xizmatlar ko‘rsatish sifati, imoratlar qurish hamda hovlilar va uylar
atrofidagi hududlarni saqlash qoidalariga rioya etilishi, yerlardan foydalanish451 va
ularni muhofaza etish ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi; ijtimoiy
infratuzilmani
rivojlantirish,
tegishli
hududni
obodonlashtirish,
ko‘kalamzorlashtirish va sanitariya jihatdan tozalash, kam ta’minlangan oilalarga
ularning uylari va kvartiralarini ta’mirlashda, shuningdek kommunal xizmatlari
haqini to‘lashda yordam ko‘rsatish uchun ixtiyoriylik asosida jismoniy shaxslardan
mablag‘ yig‘ish, yuridik shaxslarning mablag‘laridan shartnoma asosida foydalanish
to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi; atrof muhitni muhofaza qilishga ko‘maklashadi;
guzarlar barpo etish masalalarini ko‘rib chiqadi; ma’muriy-hududiy birliklar,
mahallalarning chegaralarini o‘zgartirish, mahallalar, ko‘chalar, maydonlar va
boshqa obyektlarga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish haqida tegishli
tumanlar, shaharlar davlat organlariga iltimosnomalar kiritadi; yer uchastkalarini
berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish tuman, shahar komissiyasiga
o‘z vakilini yuboradi; har bir dehqon xo‘jaligini xo‘jalik kitobiga kiritib, unda
dehqon xo‘jaligining tarkibi to‘g‘risidagi, xo‘jalik boshlig‘i yoki uning vazifasini
bajaruvchi shaxs haqidagi, shuningdek dehqon xo‘jaligining tashkiliy-huquqiy
shakli (yuridik shaxs tashkil etgan yoki tashkil etmagan holda) to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni qayd etib qo‘yadi; kommunal to‘lovlar undirilishini ta’minlash,
issiqlik va elektr energiyasidan, issiq va sovuq suvdan tejamli foydalanish tadbirlar
o‘tkazishda, tegishli hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, uylar va
24
hovlilarni namunali saqlashga doir ishlarni ixtiyoriylik asosida tashkil etishda
shartnoma asosida ko‘maklashadi;m davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari,
banklar, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda kam
ta’minlangan oilalardan bo‘lgan yoshlarga, shu jumladan ulargam nikoh tuzishda va
to‘y tadbirlarini o‘tkazishda qo‘shimcha moddiy yordam ko‘rsatadi; tegishli hudud
doirasida joylashgan (yashayotgan) tadbirkorlik faoliyati subyektlari, shu jumladan
oilaviy tadbirkorlik subyektlari tomonidan kreditlar olinishida belgilangan tartibda
kafil bo‘ladi.
Shuningdek, fuqarolar yig‘inlarida fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy
yo‘nalishlari bo‘yicha tuziladigan komissiyalar qonun yo‘li bilan aniq qilib
belgilandi. Ular:
yarashtirish komissiyasi;
ma’rifat va ma’naviyat masalalari bo‘yicha komissiya;
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha komissiya;
xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiya;
voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari bo‘yicha komissiya;
tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari bo‘yicha
komissiya;
ekologiya
va
tabiatni
muhofaza
qilish,
obodonlashtirish
va
ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha komissiya;
jamoatchilik nazorati va iste’molchilarning huquqlarini himoya
qilish bo‘yicha komissiyadir.21
21 Konstutsiyaviy huquq; T.HUSANOV XXI bob 453-bet
25
XULOSA
Xulosa shuki, Hozirda davlat boshqaruvini modernizatsiyalash va
liberallashtirishga oid islohotlar natijasida har tomonlama rivojlanayotgan
davlatning ijtimoiy himoya siyosati uchun imkoniyatlar va zaruratlar oshib
borayotgan mamlakatimiz jamiyati uchun, yangi Konstitutsiya – tabiiy zarurat
hisoblanadi.
2021-yilning oxirlariga kelib, davlatimiz rahbari tomonidan yurtimizda
konstitutsiyaviy islohotlar tashabbusi ilgari surildi. Shu oʻtgan davr mobaynida,
1992-yilda qabul qilingan Asosiy Qonunimiz maʼnan ancha eskirganligi koʻp marta
aytildi.
Haqiqatda,
Oʻzbekistonning
hozirgi
Konstitutsiyasi
konseptual
oʻzgarishlarga muhtoj ekanligi koʻp yillardan beri ziyolilar va siyosatshunoslar
tomonidan taʼkidlanib kelinadi.
Hozirgi vaqtda Oʻzbekistonda boshlangan konstitutsiyaviy islohotlar
davlatning va jamiyatning ehtiyojlari oʻrtasidagi kompromis boʻlishi ehtimoli yuqori
sanaladi. Jamiyat uchun huquqiy-demokratik davlatchilikka yanada tez oʻtish
gʻoyasi, albatta, jozibador hamda Yangi Oʻzbekiston uchun oʻrinlidir.
Joriy Konstitutsiyamiz 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan boʻlib, oʻsha
davrdagi ancha sodda siyosiy va huquqiy qarashlarni oʻzida mujassamlashtirgan edi.
Bugungi kunga kelib amaldagi Bosh Qomusimiz allaqachon jiddiy islohotlarga
muhtoj edi. Unda qadriyatlar boʻlimi mexanizmlar joriy qilish darajasiga bormagan.
Bundan tashqari, davlat institutlari hamda ular oʻrtasidagi vakolatlar muvozanati
borasida ham jiddiy nomutanosibliklar yaqqol koʻzga tashlanishi haqiqat.
Maʼlumki, Konstitutsiyamiz konseptual islohotlarga muhtoj. Konseptual
deganda, avvalo, Asosiy Qonunning ruhiyati, ohangi jiddiy oʻzgarishi, qadriyatlar
chuqur va keng taʼkidlanishi kerak, yaʼni, konstitutsion qadriyatlar ijtimoiy fikrda
chuqur muhrlanish darajasiga yetib borishi kerak. Siyosiy institutlar va ular
oʻrtasidagi vakolatlar esa, jiddiy bir shaklda qayta koʻrib chiqilishi maqsadga
muvofiq sanaladi.
Aholimiz ongida bir qarash borki, unga koʻra “Konstitutsiya imkon qadar
zamonlar va makonlar osha universal boʻlishi kerak” deyiladi. Aslida,
26
mamlakatlarning Konstitutsiyalari oʻzgarib, takomillashtirilib turishi – davlatlar
tajribasida normal holat sanaladi. Dunyo tajribasiga nazar soladigan boʻlsak, baʼzi
demokratik davlatlarda haliga qadar Konstitutsiyalar mavjud emas. Boshqalarida
esa, koʻplab muhim huquqiy-siyosiy jarayonlar Konstitutsiya boʻlimlari va
moddalari bilan emas, qonunlar va boshqa huquqiy aktlar bilan tartibga solinadi.
Shuning uchun ham, bu yerda asosiy masala, bu Konstitutsiyalarning qanchalik tez
oʻzgarishi emas, oʻzgarishlarning mazmun-mohiyati, deb bilamiz.
Borgan sari aholisi katta tezlikda oʻsayotgan, oʻrta sinf qatlami kengayib
borayotgan Oʻzbekiston jamiyati uchun, yangi Konstitutsiya – tabiiy zarurat deb
bilamiz.
Soʻnggi 6 yilda mamlakatimizning davlat boshqaruv falsafasi oʻzgardi.
Avtoritarizm, ijtimoiy tafakkurni qoʻrquv bilan boyitish siyosati tarixda qoldi.
Hozirgi Oʻzbekistonda ratsional boshqaruv shakllanib ulgurdi, deb ayta olamiz.
Davlat hokimiyati, ichki va tashqi siyosatda vazminlik va ratsionallik orqali
muammolarni tushunish, rasmiylashtirish va yechim izlash tizimini shakllantirib
ulgurdi.
Buning natijasida, mamlakatimizning ichki va tashqi siyosatidagi
dunyoqarashi, tafakkuri va harakatlar strategiyasi mutlaq boshqa oʻzanga koʻchdi.
Bu omillar hisobiga, Oʻzbekistonda yangi Konstitutsiya qabul qilish – davlat
tafakkuri
va
global
reputatsiyasini
oʻzgartirish
yangi
dunyoqarashni
rasmiylashtirishning tarixiy shartlaridan biri hisoblanadi.
Biz yangi Konstitutsiya qabul qilar ekanmiz, endigi yondashuv, ushbu qabul
qilingan yangi Asosiy Qonun ijrosiga jiddiy ahamiyat qaratishimiz lozim boʻladi.
Soʻnggi
yillarda
Oʻzbekistonda
fuqarolik
jamiyati
beixtiyor
shakllanib,
mustahkamlanib borishi, shubhasiz. Buning ichki va tashqi sabablari ham juda
kuchli hisoblanadi.
Yangilangan Konstitutsiyada Oʻzbekistonning ijtimoiy davlat sifatidagi roli
mustahkamlanib, davlat oʻziga koʻplab ijtimoiy majburiyatlarni olmoqda. Bu esa
yaqin yillarda yurtimizda aholi oʻrtasida kambagʻallik darajasining keskin
pasayishiga hamda oʻrta sinfning ortishiga olib borishini prognoz qilish mumkin.
27
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, xalqimizning, ekspert va mutaxassislarning
takliflari, xalqaro va xorijiy davlatlarning tajribasi inobatga olingan holda
tayyorlangan Konstitutsiyaviy qonun xalqimizning farovon hayoti uchun
mustahkam huquqiy asos boʻlib xizmat qiladi.
28
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXAT
RAHBARIY ADABIYOTLAR
1.Karimov I.A. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. – T.:
O‘zbekiston,1992. – 20-bet.
2.Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va
fuqarolik jamiyatini demokratlashtirish konsepsiyasi. – T.: O‘zbekiston, 2010. –
31,46-betlar.
ME’YORIY HUQUQIY HUJJATLAR.
1.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1993-yil, 1-son, 38-
modda.
2.MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI TO‘G‘RISIDA 18.09.1993
3.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1993-yil, 1-son, 38-
modda.
4.O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI
TO‘G‘RISIDAGI QONUNI 21-MODDA
5.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi faoliyatini tartibga soluvchi qonun
hujjatlari to‘plami. – T.: 2007. – 222–224-betlar.
6.O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FUQAROLARNING O‘ZINI O‘ZI
BOSHQARISH ORGANLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUNI (yangi tahriri)
DARSLIK, O’QUV QO’LLANMALAR VA MONOGRAFIYALAR.
Konstutsiyaviy huquq” O.T.HUSANOV darsligi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. — T.: O‘zbekiston, 2023.
III INTERNET SAHIFALARI.
LEX.UZ O’zbekiston qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi.