FUQAROLARNING O‘ZINI-O‘ZI BOSHQARISH ORGANLARI

Yuklangan vaqt

2024-03-03

Yuklab olishlar soni

6

Sahifalar soni

29

Faytl hajmi

54,5 KB


 
 
OLIY TA’LIM , FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI 
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI  
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI 
IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI 
KONSTUTSIYAVIY HUQUQ fanidan 
 
 
 
 
KURS ISHI 
 
 
 
 
MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ASOSLARI. 
FUQAROLARNING O‘ZINI-O‘ZI BOSHQARISH ORGANLARI 
 
 
 
 
 
 
 
 
TOSHKENT – 2023 
 
OLIY TA’LIM , FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI KONSTUTSIYAVIY HUQUQ fanidan KURS ISHI MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ASOSLARI. FUQAROLARNING O‘ZINI-O‘ZI BOSHQARISH ORGANLARI TOSHKENT – 2023
1 
Mavzu: Mahalliy davlat hokimiyati asoslari. Fuqarolarning 
o‘zini-o‘zi boshqarish organlari 
 
M U N D A R I J A 
  
KIRISH ……………………………………………………………… 
3-5 
 
I. MAHALLIY HOKIMIYAT ORGANLARI 
 
 
 
1.1. Mahalliy vakillik organlari va ularning faoliyati……………………... 
 
6-11 
1.2.  Mahalliy ijro organlari va ularning faoliyati………………………… 
12-16 
 
II. FUQAROLARNING O‘ZINI-O‘ZI BOSHQARISH 
ORGANLARI 
 
 
 
 
2.1.  Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarini tashkil 
etish……………………………………………………………………….... 
2.2 Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatining asosiy 
yo‘nalishlari………………………………………………………………… 
 
17-21 
 
22-25 
 
 
XULOSA…………………………………………………………………… 26-29 
 
 
 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXAT……………………. 27-28 
 
 
 
 
 
 
1 Mavzu: Mahalliy davlat hokimiyati asoslari. Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari M U N D A R I J A KIRISH ……………………………………………………………… 3-5 I. MAHALLIY HOKIMIYAT ORGANLARI 1.1. Mahalliy vakillik organlari va ularning faoliyati……………………... 6-11 1.2. Mahalliy ijro organlari va ularning faoliyati………………………… 12-16 II. FUQAROLARNING O‘ZINI-O‘ZI BOSHQARISH ORGANLARI 2.1. Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarini tashkil etish……………………………………………………………………….... 2.2 Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari………………………………………………………………… 17-21 22-25 XULOSA…………………………………………………………………… 26-29 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXAT……………………. 27-28
2 
KIRISH 
Kurs 
ishi 
mavzusining 
dolzarbligi. 
O‘zbekiston 
Respuplikasi 
Konstutsiyasining XXI bob. Mahalliy davlat hokimiyati asoslari. Fuqarolarning 
o‘zini o‘zi boshqarish organlari  bilan bog’liq hisoblanadi. XXI bobning dolzarbligi 
bunda mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyat tartibining asosiy 
yo‘nalishlari, faoliyati amalga oshiriladigan hudud birligi bundan tashqari vakillik 
organlari va ijroiya organlarni tashkil etish tartibi, tizimini tartibga solish ham 
Konstutsiyaning XXI bobi bilan amalga oshirilishi bu bobning dolzarbligini 
korsatadi. 
O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat barpo etish jarayonida ko‘plab 
vazifalar belgilangan edi. Eng muhim vazifalardan biri respublikada davlat 
hokimiyatining vakillik va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini yangi 
sharoitlarga mos keladigan tizimini yaratish edi. Hozirgi amalda bo‘lgan mahalliy 
vakillik organlari yangi organlar bo‘lmasdan, xalq deputatlari Sovetlari negizida 
tashkil qilingan. 1992-yil 4-yanvarda «O‘zbekiston Respublikasining mahalliy 
hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. Bu 
qonun mamlakatimizda mahalliy hokimiyatning ikki mustaqil organi – vakillik va 
ijro organlari tizimiga boshchilik qiladigan hokimlik va hokimlar lavozimi joriy 
etildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXI bobi «Mahalliy davlat 
hokimiyati asoslari. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari » deb nomlanib, 
unda mahalliy davlat hokimiyati organlarining tizimi, vazifalari, tuzilish tartibi 
mustahkamlandi. Konstitutsiyaga ko‘ra, avvalgi mahalliy vakillik organlarining 
nomi Kengashlar deb o‘zgartirildi. Ularning samarali ishlashini ta’minlash uchun 
viloyat, tuman va shahar Xalq deputatlari Kengashlari vujudga keltirildi. 
O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinguncha mahalliy vakillik organlarining uch 
bo‘g‘inli tizimi mavjud bo‘lib, ular: 
 1) viloyatlar hamda Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari  – yuqori bo‘g‘in 
hisoblanardi; 
 2) tuman, shahar xalq deputatlari Kengashlari – o‘rta bo‘g‘in;  
2 KIRISH Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. O‘zbekiston Respuplikasi Konstutsiyasining XXI bob. Mahalliy davlat hokimiyati asoslari. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan bog’liq hisoblanadi. XXI bobning dolzarbligi bunda mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyat tartibining asosiy yo‘nalishlari, faoliyati amalga oshiriladigan hudud birligi bundan tashqari vakillik organlari va ijroiya organlarni tashkil etish tartibi, tizimini tartibga solish ham Konstutsiyaning XXI bobi bilan amalga oshirilishi bu bobning dolzarbligini korsatadi. O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat barpo etish jarayonida ko‘plab vazifalar belgilangan edi. Eng muhim vazifalardan biri respublikada davlat hokimiyatining vakillik va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini yangi sharoitlarga mos keladigan tizimini yaratish edi. Hozirgi amalda bo‘lgan mahalliy vakillik organlari yangi organlar bo‘lmasdan, xalq deputatlari Sovetlari negizida tashkil qilingan. 1992-yil 4-yanvarda «O‘zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. Bu qonun mamlakatimizda mahalliy hokimiyatning ikki mustaqil organi – vakillik va ijro organlari tizimiga boshchilik qiladigan hokimlik va hokimlar lavozimi joriy etildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXI bobi «Mahalliy davlat hokimiyati asoslari. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari » deb nomlanib, unda mahalliy davlat hokimiyati organlarining tizimi, vazifalari, tuzilish tartibi mustahkamlandi. Konstitutsiyaga ko‘ra, avvalgi mahalliy vakillik organlarining nomi Kengashlar deb o‘zgartirildi. Ularning samarali ishlashini ta’minlash uchun viloyat, tuman va shahar Xalq deputatlari Kengashlari vujudga keltirildi. O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinguncha mahalliy vakillik organlarining uch bo‘g‘inli tizimi mavjud bo‘lib, ular: 1) viloyatlar hamda Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari – yuqori bo‘g‘in hisoblanardi; 2) tuman, shahar xalq deputatlari Kengashlari – o‘rta bo‘g‘in;
3 
 3) qishloq, posyolka, ovul xalq deputatlari Kengashlari – quyi bo‘g‘in. 
Konstitutsiya mahalliy vakillik organlarining ikki bo‘g‘inli tizimini mustahkamladi, 
ya’ni quyi bo‘g‘in olib tashlandi. Ular o‘rniga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
organlari 
tuziladigan 
bo‘ldi. 
Shunday 
qilib, 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasiga muvifiq, mahalliy davlat hokimiyati, hokimiyat organlari ikki 
mustaqil organlarga – vakillik va ijroiya hokimiyatiga bo‘lindi. Mahalliy vakillik 
organlariga – xalq deputatlari Kengashlari kiradi. Ular o‘z faoliyatini jamoaviy 
(kollegial) asosda olib boradi. Xalq deputatlari Kengashlari ishining asosiy tashkiliy 
– huquqiy shakli sessiya hisoblanadi. 
Mahalliy davlat hokimiyat organlari sud hokimiyati organlari, prokuratura, 
ichki ishlar organlari, adliya singari huquqni muhofaza qilish organlari bilan o‘zaro 
hamkorlikda ish olib boradi.  
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari. O‘zbekiston Respublikasi 
mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirgach, O‘zbekistonga xos va mos fuqarolarning o‘zini 
o‘zi boshqarish organlari vujudga keldi. Xususan, hozirda deyarli jahonning barcha 
mamlakatlarida bu institut mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish deb atalsa, O‘zbekistonda 
esa fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi deb ataladi. O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi qabul qilingach fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish tizimining 
huquqiy zamini mustahkamlandi. Konstitutsiyaning 127-moddasiga ko‘ra, 
«Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda 
shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari 
bo‘lib, ular raisni saylaydi» 
Shunday qilib fuqarolar yig‘ini ma’lum muddatda to‘planib ish yuritadigan 
o‘zini o‘zi boshqarish vositasi bo‘lsa, rais, uning maslahatchilari doimiy faoliyat 
ko‘rsatuvchi tuzilmadir. 
Kurs ishi mavzusini o‘rganilganlik darajasi: O’zbekiston Respublikasi 
Konstutsiyasining XXI bobini o’rganish davomida LEX.UZ saytidan foydalanamiz.  
Kurs ishi maqsadi. Konstitutsiyamizning XXI bobini sharhlash, mahalliy 
davlat hokimyati organlari hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari 
tutgan o‘rni va o‘ziga xos jihatlari hamda shunga oid qonunosti hujjatlarni o‘rganish. 
3 3) qishloq, posyolka, ovul xalq deputatlari Kengashlari – quyi bo‘g‘in. Konstitutsiya mahalliy vakillik organlarining ikki bo‘g‘inli tizimini mustahkamladi, ya’ni quyi bo‘g‘in olib tashlandi. Ular o‘rniga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tuziladigan bo‘ldi. Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvifiq, mahalliy davlat hokimiyati, hokimiyat organlari ikki mustaqil organlarga – vakillik va ijroiya hokimiyatiga bo‘lindi. Mahalliy vakillik organlariga – xalq deputatlari Kengashlari kiradi. Ular o‘z faoliyatini jamoaviy (kollegial) asosda olib boradi. Xalq deputatlari Kengashlari ishining asosiy tashkiliy – huquqiy shakli sessiya hisoblanadi. Mahalliy davlat hokimiyat organlari sud hokimiyati organlari, prokuratura, ichki ishlar organlari, adliya singari huquqni muhofaza qilish organlari bilan o‘zaro hamkorlikda ish olib boradi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari. O‘zbekiston Respublikasi mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirgach, O‘zbekistonga xos va mos fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vujudga keldi. Xususan, hozirda deyarli jahonning barcha mamlakatlarida bu institut mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish deb atalsa, O‘zbekistonda esa fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi deb ataladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingach fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish tizimining huquqiy zamini mustahkamlandi. Konstitutsiyaning 127-moddasiga ko‘ra, «Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular raisni saylaydi» Shunday qilib fuqarolar yig‘ini ma’lum muddatda to‘planib ish yuritadigan o‘zini o‘zi boshqarish vositasi bo‘lsa, rais, uning maslahatchilari doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi tuzilmadir. Kurs ishi mavzusini o‘rganilganlik darajasi: O’zbekiston Respublikasi Konstutsiyasining XXI bobini o’rganish davomida LEX.UZ saytidan foydalanamiz. Kurs ishi maqsadi. Konstitutsiyamizning XXI bobini sharhlash, mahalliy davlat hokimyati organlari hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tutgan o‘rni va o‘ziga xos jihatlari hamda shunga oid qonunosti hujjatlarni o‘rganish.
4 
  
Kurs ishi vazifalari  quyidagilar etib belgilandi: 
 Mahalliy vakillik organlari va ularning faoliyati 
 Mahalliy ijro organlari va ularning faoliyati  
 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tashkil etish  
 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining asosiy 
yo‘nalishlari 
 
Kurs ishining  predmeti: Mahalliy davlat hokimyati organlari to‘g‘risidagi va 
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarga oid normativ-huquqiy hujatlar kurs 
ishi mavzusining predmetini tashkil etadi. 
Kurs ishining obyekti: Mahalliy davlat hokimyati organlarining faoliyati  
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarning tashkil etilishi  ularning ahamyati 
va mohiyatini tashkil etadi. 
Kurs ishining  nazariy  va  amaliy  ahamiyati.   Kurs ishida bayon  etilgan  
mulohazalar,  nazariy  xulosalar  va  amaliy  takliflar  xalqaro munosabatlarda  
O‘zbekistonning  o‘rnini  aniqlash,  uning  ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy  hayotda  
tutgan  mavqyeini  o‘rganish  uchun  asos  qilib  olish  mumkin.  
Kurs ishining tuzilishi: kirish, 2 bob, 4 paragraf, xulosa va  foydalanilgan 
adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
4 Kurs ishi vazifalari quyidagilar etib belgilandi:  Mahalliy vakillik organlari va ularning faoliyati  Mahalliy ijro organlari va ularning faoliyati  Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tashkil etish  Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari Kurs ishining predmeti: Mahalliy davlat hokimyati organlari to‘g‘risidagi va Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarga oid normativ-huquqiy hujatlar kurs ishi mavzusining predmetini tashkil etadi. Kurs ishining obyekti: Mahalliy davlat hokimyati organlarining faoliyati Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarning tashkil etilishi ularning ahamyati va mohiyatini tashkil etadi. Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Kurs ishida bayon etilgan mulohazalar, nazariy xulosalar va amaliy takliflar xalqaro munosabatlarda O‘zbekistonning o‘rnini aniqlash, uning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hayotda tutgan mavqyeini o‘rganish uchun asos qilib olish mumkin. Kurs ishining tuzilishi: kirish, 2 bob, 4 paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
5 
I. MAHALLIY HOKIMIYAT ORGANLARI 
1.1. Mahalliy vakillik organlari va ularning  
faoliyati 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mahalliy miqyosda boshqaruvni 
tashkil etishga o‘ziga xos tarzda yondashilgan, MDH va boshqa sobiq ittifoqdosh 
respubliklar konstitutsiyalaridan farq qilib, O‘zbekiston Konstitutsiyasida mahalliy 
davlat hokimiyati organlari tizimi alohida, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
organlarining tizimi alohida belgilandi. O‘zbekistondan boshqa davlatlarning 
konstitutsiyalarida mahalliy davlat hokimiyati degan tushuncha ishlatilmagan. 
Jumladan, Belorussiya Konstitutsiyasida “Mahalliy boshqaruv va o‘zini o‘zi 
boshqaruv”, Qozog‘iston Konstitutsiyasida “Davlatning hududiy tuzilishi va o‘zini 
o‘zi boshqaruv”, Qirg‘iziston, Rossiya va Estoniya Konstitutsiyalarida “Mahalliy 
boshqaruv”, Turkmaniston Konstitutsiyasida “Mahalliy ijro hokimiyati” alohida 
bobda, “Mahalliy boshqaruv” alohida bobda berilgan. 
Rossiya Konstitutsiyasida davlat hokimiyati federal miqyosda va federatsiya 
subyektlari miqyosida tashkil qilinib, boshqa barcha quyi bo‘g‘inlarda tuman, 
shahar, qishloqlarda mahalliy boshqaruv organlari tashkil qilinadi va faoliyat 
yuritadi. O‘zbekiston Respublikasida mahalliy miqyosda boshqaruv viloyat, tuman, 
shaharlarda mahalliy davlat hokimiyati organlariga, qishloq, shaharcha, ovullarda 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari zimmasiga yuklangan.1 
Mahalliy davlat hokimiyati organlari  - joylardagi davlat boshqaruv idoralari. 
Ular mahalliy ahamiyatga molik hamma masalalarni oʻz vakolatlari doirasida oʻzlari 
hal etadilar, umumdavlat man-faatlarini shu hududda yashab turgan fuqarolarning 
manfaatlari bilan uy-gʻunlashtiradilar, yagona davlat hokimiyati organlarining 
tarkibiy boʻgʻini sifatida yuqori davlat organlari qarorlarining amalga oshirilishini 
taʼminlaydilar. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, uzoq tarixiy tajribaga, milliy 
anʼanalarga tayangan holda ilgʻor mamlakatlar tajribasidagi ijobiy tomonlarni 
oʻrganib, oʻz davlat idoralarini tubdan qayta isloh qildi, Mahalliy davlat hokimiyati 
organlari  tizimini yaratdi. Mahalliy hokimiyat tizimini shakllantirish sohasida bir 
                                                 
1 Konstutsiyaviy huquq; T.HUSANOV XXI bob 421 bet. 
5 I. MAHALLIY HOKIMIYAT ORGANLARI 1.1. Mahalliy vakillik organlari va ularning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mahalliy miqyosda boshqaruvni tashkil etishga o‘ziga xos tarzda yondashilgan, MDH va boshqa sobiq ittifoqdosh respubliklar konstitutsiyalaridan farq qilib, O‘zbekiston Konstitutsiyasida mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimi alohida, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining tizimi alohida belgilandi. O‘zbekistondan boshqa davlatlarning konstitutsiyalarida mahalliy davlat hokimiyati degan tushuncha ishlatilmagan. Jumladan, Belorussiya Konstitutsiyasida “Mahalliy boshqaruv va o‘zini o‘zi boshqaruv”, Qozog‘iston Konstitutsiyasida “Davlatning hududiy tuzilishi va o‘zini o‘zi boshqaruv”, Qirg‘iziston, Rossiya va Estoniya Konstitutsiyalarida “Mahalliy boshqaruv”, Turkmaniston Konstitutsiyasida “Mahalliy ijro hokimiyati” alohida bobda, “Mahalliy boshqaruv” alohida bobda berilgan. Rossiya Konstitutsiyasida davlat hokimiyati federal miqyosda va federatsiya subyektlari miqyosida tashkil qilinib, boshqa barcha quyi bo‘g‘inlarda tuman, shahar, qishloqlarda mahalliy boshqaruv organlari tashkil qilinadi va faoliyat yuritadi. O‘zbekiston Respublikasida mahalliy miqyosda boshqaruv viloyat, tuman, shaharlarda mahalliy davlat hokimiyati organlariga, qishloq, shaharcha, ovullarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari zimmasiga yuklangan.1 Mahalliy davlat hokimiyati organlari - joylardagi davlat boshqaruv idoralari. Ular mahalliy ahamiyatga molik hamma masalalarni oʻz vakolatlari doirasida oʻzlari hal etadilar, umumdavlat man-faatlarini shu hududda yashab turgan fuqarolarning manfaatlari bilan uy-gʻunlashtiradilar, yagona davlat hokimiyati organlarining tarkibiy boʻgʻini sifatida yuqori davlat organlari qarorlarining amalga oshirilishini taʼminlaydilar. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, uzoq tarixiy tajribaga, milliy anʼanalarga tayangan holda ilgʻor mamlakatlar tajribasidagi ijobiy tomonlarni oʻrganib, oʻz davlat idoralarini tubdan qayta isloh qildi, Mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimini yaratdi. Mahalliy hokimiyat tizimini shakllantirish sohasida bir 1 Konstutsiyaviy huquq; T.HUSANOV XXI bob 421 bet.
6 
qator qonun va rasmiy hujjatlar qabul qilindi. Ular orasida Oʻzbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi (1992-yil, 8 dekabr), "Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida"gi 
qonun (1993-yil, 2-sentabr), "Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlariga 
saylovlar toʻgʻrisida"gi qonun (1994-yil, 5-may) kabilar mu-him oʻrin egallaydi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21-bobida Mahalliy davlat hokimiyati 
organlari  faoliyatining konstitutsiyaviy huquqiy asoslari oʻz aksini topgan (120—
127-moddalar). Mazkur moddalarda Mahalliy davlat hokimiyati organlari  tizimi, 
mavqei, vazifalari, tuzilish tartibi konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab 
qoʻyilgan. Konstitutsiya mahalliy vakillik organlarining 2 boʻgʻinli tizimi (yaʼni, 
tuman, shahar xalq deputatlari kengashlari — quyi boʻgʻin; viloyatlar va Toshkent 
shahri xalq deputatlari kengashlari — yuqori boʻgʻin)ni mustahkamladi va bu 
mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisidagi qonunda oʻz ifodasini topdi. Mahalliy 
davlat hokimiyati organlari  qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning 
xavfsizligini taʼminlash, hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish; 
mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yigʻimlar 
belgilash, byudjetdan tashqari jamgʻarmalarni hosil qilish; mahalliy kommunal 
xoʻjalikka rahbarlik qilish; atrof-muhitni muhofaza qilish; fuqarolik holati aktlarini 
qayd etishni taʼminlash; normativ hujjatlarni qabul qilish hamda Oʻzbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni 
amalga oshiradi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari  Oʻzbekiston Respublikasi  
qonunlari, Prezident farmonlarini, davlat hokimiyati yuqori organlarining 
qarorlarini amalga oshiradi, xalq deputatlari quyi kengashlari faoliyatiga rahbarlik 
qiladi, respublika va mahalliy hokimiyatga molik masalalarni muhokama qilishda 
qatnashadi.2 
Mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati. 
Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo‘ysunadigan shaharlardan 
tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlaridir. 
                                                 
2 MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI TO‘G‘RISIDA  18.09.1993 
 
6 qator qonun va rasmiy hujjatlar qabul qilindi. Ular orasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (1992-yil, 8 dekabr), "Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida"gi qonun (1993-yil, 2-sentabr), "Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlariga saylovlar toʻgʻrisida"gi qonun (1994-yil, 5-may) kabilar mu-him oʻrin egallaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21-bobida Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining konstitutsiyaviy huquqiy asoslari oʻz aksini topgan (120— 127-moddalar). Mazkur moddalarda Mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimi, mavqei, vazifalari, tuzilish tartibi konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab qoʻyilgan. Konstitutsiya mahalliy vakillik organlarining 2 boʻgʻinli tizimi (yaʼni, tuman, shahar xalq deputatlari kengashlari — quyi boʻgʻin; viloyatlar va Toshkent shahri xalq deputatlari kengashlari — yuqori boʻgʻin)ni mustahkamladi va bu mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisidagi qonunda oʻz ifodasini topdi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash, hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish; mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yigʻimlar belgilash, byudjetdan tashqari jamgʻarmalarni hosil qilish; mahalliy kommunal xoʻjalikka rahbarlik qilish; atrof-muhitni muhofaza qilish; fuqarolik holati aktlarini qayd etishni taʼminlash; normativ hujjatlarni qabul qilish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlarini, davlat hokimiyati yuqori organlarining qarorlarini amalga oshiradi, xalq deputatlari quyi kengashlari faoliyatiga rahbarlik qiladi, respublika va mahalliy hokimiyatga molik masalalarni muhokama qilishda qatnashadi.2 Mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati. Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo‘ysunadigan shaharlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlaridir. 2 MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI TO‘G‘RISIDA 18.09.1993
7 
Viloyat, tuman, shahar hokimi viloyat, tuman va shaharning oliy mansabdor 
shaxsi bo‘lib, ayni bir vaqtda tegishli hududdagi vakillik va ijroiya hokimiyatini 
boshqaradi. Viloyat hokimi, Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti va tegishli xalq deputatlari Kengashi oldida hisobdordirlar. Tuman, 
shahar hokimi yuqori turuvchi hokim va tegishli xalq deputatlari Kengashi oldida 
hisobdordir. 
Xalq deputatlari Kengashi va hokim viloyat, tuman va shahar uchun umumiy 
bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish vazifalari amalga oshirilishini, joylarda 
qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan hujjatlar, 
yuqori turuvchi xalq deputatlari Kengashlari va hokimlar qarorlarining ijrosini, 
O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasidagi aloqalarni, aholini viloyat, 
tuman va shaharni boshqarishga jalb etishni ta’minlaydi. 
Mahalliy hokimiyat vakillik organlari va hokimlar O‘zbekiston Respublikasi 
Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga ega bo‘ladilar.3 
Mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati boshlig‘ini lavozimiga tayinlash va 
lavozimdan ozod etish 
Viloyat va Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
tomonidan tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi. 
Viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlari O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti tomonidan tegishli xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlarining 
har biri bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng xalq deputatlari viloyat va 
Toshkent shahar Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi. 
Tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik 
ovozini olgan viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodi tasdiqlangan hisoblanadi. 
Agar ovoz berish vaqtida viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlari 
tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozini 
                                                 
3 O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 02.09.1993 yildagi 913-XII-son 
 
7 Viloyat, tuman, shahar hokimi viloyat, tuman va shaharning oliy mansabdor shaxsi bo‘lib, ayni bir vaqtda tegishli hududdagi vakillik va ijroiya hokimiyatini boshqaradi. Viloyat hokimi, Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va tegishli xalq deputatlari Kengashi oldida hisobdordirlar. Tuman, shahar hokimi yuqori turuvchi hokim va tegishli xalq deputatlari Kengashi oldida hisobdordir. Xalq deputatlari Kengashi va hokim viloyat, tuman va shahar uchun umumiy bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish vazifalari amalga oshirilishini, joylarda qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan hujjatlar, yuqori turuvchi xalq deputatlari Kengashlari va hokimlar qarorlarining ijrosini, O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasidagi aloqalarni, aholini viloyat, tuman va shaharni boshqarishga jalb etishni ta’minlaydi. Mahalliy hokimiyat vakillik organlari va hokimlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga ega bo‘ladilar.3 Mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati boshlig‘ini lavozimiga tayinlash va lavozimdan ozod etish Viloyat va Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi. Viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tegishli xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlarining har biri bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi. Tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozini olgan viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodi tasdiqlangan hisoblanadi. Agar ovoz berish vaqtida viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlari tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozini 3 O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 02.09.1993 yildagi 913-XII-son
8 
ololmasa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mazkur lavozimlarga nomzodlarni 
partiya guruhlari bilan qo‘shimcha maslahatlashuvlar o‘tkazganidan so‘ng bir oy 
ichida yana ikki marta taqdim etish huquqiga ega. 
Tegishli xalq deputatlari Kengashi taqdim etilgan viloyat va Toshkent shahar 
hokimi nomzodlarini uch marta rad etgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti viloyat va Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchini tayinlash, 
tegishli xalq deputatlari Kengashini tarqatib yuborish huquqiga ega. Bunda xalq 
deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga saylov tarqatib yuborish 
to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch oy ichida o‘tkaziladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xalq deputatlari viloyat va Toshkent 
shahar Kengashlarining qaroriga muvofiq hokim nomzodi bo‘yicha farmon qabul 
qiladi. 
Tuman, shahar hokimlari viloyat, Toshkent shahar hokimi tomonidan 
tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi 
tomonidan tasdiqlanadi. 
Viloyat, tuman, shahar hokimlari tegishli xalq deputatlari Kengashi 
deputatlari orasidan tayinlanadi va tasdiqlanadi. 
Tumanga bo‘ysunuvchi shahar hokimi tuman hokimi tomonidan tayinlanadi 
va lavozimidan ozod etiladi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan 
tasdiqlanadi. 
Viloyat hokimi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan 
kelishilgan holda shahar hokimini tuman (shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar bundan 
mustasno) hokimiga bo‘ysundirish va yagona boshqaruv organlarini tuzish 
vakolatiga ega bo‘lib, bu xususdagi qaror keyinchalik xalq deputatlari viloyat 
Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. 
Xalq deputatlari Kengashi va hokimlarning vakolat muddati — besh yil.4 
Xalq deputatlari Kengashi va hokim qabul qiladigan hujjatlar. 
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi qarorlar qabul qiladi. 
                                                 
4 O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 02.09.1993 yildagi 913-XII-son 
 
8 ololmasa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mazkur lavozimlarga nomzodlarni partiya guruhlari bilan qo‘shimcha maslahatlashuvlar o‘tkazganidan so‘ng bir oy ichida yana ikki marta taqdim etish huquqiga ega. Tegishli xalq deputatlari Kengashi taqdim etilgan viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlarini uch marta rad etgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti viloyat va Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchini tayinlash, tegishli xalq deputatlari Kengashini tarqatib yuborish huquqiga ega. Bunda xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga saylov tarqatib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch oy ichida o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining qaroriga muvofiq hokim nomzodi bo‘yicha farmon qabul qiladi. Tuman, shahar hokimlari viloyat, Toshkent shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Viloyat, tuman, shahar hokimlari tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari orasidan tayinlanadi va tasdiqlanadi. Tumanga bo‘ysunuvchi shahar hokimi tuman hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Viloyat hokimi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda shahar hokimini tuman (shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar bundan mustasno) hokimiga bo‘ysundirish va yagona boshqaruv organlarini tuzish vakolatiga ega bo‘lib, bu xususdagi qaror keyinchalik xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Xalq deputatlari Kengashi va hokimlarning vakolat muddati — besh yil.4 Xalq deputatlari Kengashi va hokim qabul qiladigan hujjatlar. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi qarorlar qabul qiladi. 4 O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 02.09.1993 yildagi 913-XII-son
9 
Viloyat, tuman, shahar hokimi qarorlar qabul qiladi va farmoyishlar chiqaradi. 
Xalq deputatlari Kengashi va hokim qabul qilgan hamda chiqargan hujjatlar 
imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi, basharti ana shu hujjatlarda o‘zga tartib 
belgilanmagan bo‘lsa. Xalq deputatlari Kengashining va hokimning normativ-
huquqiy tusdagi hujjatlari, agar hujjatlarning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilmagan 
bo‘lsa, rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 
 
Xalq deputatlari Kengashi va hokim o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan 
hujjatlar viloyat, tuman, shahar hududida joylashgan barcha korxonalar, 
muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi 
majburiydir.5 
 
Viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining vakolatlari quyidagilardan 
iborat: 
1) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarini, Oliy Majlis 
palatalarining qarorlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, 
qarorlari hamda farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining, yuqori turuvchi 
hokimlarning va tegishli xalq deputatlari Kengashlarining qarorlarini bajarish; 
2) 
hududlarni iqtisodiy, 
ijtimoiy, 
madaniy 
va 
ekologik 
jihatdan 
rivojlantirishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish; 
3) mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish; 
4) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni 
amalga oshirish.6 
Bulardan ko‘rinib turibdiki, mahalliy davlat hokimiyati organlari vazifalariga 
ijtimoiy va davlat hayotiga taalluqli barcha masalalarni hal qilish, ularda ishtirok 
etish kiradi. Faqat mahalliy davlat hokimiyati organlari bu masalalarni o‘z hududida 
amalga oshiradi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun, “Mahalliy davlat hokimiyati 
to‘g‘risida”gi Qonunda ularning vakolatlari belgilab berilgan. 
Vazifalar alohida-alohida ko‘rsatilmasada, vakolatlar aniq belgilangan.7 
                                                 
5 O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 02.09.1993 yildagi 913-XII-son 
6 O‘zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasi.  — T.:  O‘zbekiston, 2023. 123-modda 
7 Konstutsiyaviy huquq; T.HUSANOV XXI bob 424 bet 
9 Viloyat, tuman, shahar hokimi qarorlar qabul qiladi va farmoyishlar chiqaradi. Xalq deputatlari Kengashi va hokim qabul qilgan hamda chiqargan hujjatlar imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi, basharti ana shu hujjatlarda o‘zga tartib belgilanmagan bo‘lsa. Xalq deputatlari Kengashining va hokimning normativ- huquqiy tusdagi hujjatlari, agar hujjatlarning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Xalq deputatlari Kengashi va hokim o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan hujjatlar viloyat, tuman, shahar hududida joylashgan barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiydir.5 Viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining vakolatlari quyidagilardan iborat: 1) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarini, Oliy Majlis palatalarining qarorlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari hamda farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining, yuqori turuvchi hokimlarning va tegishli xalq deputatlari Kengashlarining qarorlarini bajarish; 2) hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik jihatdan rivojlantirishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish; 3) mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish; 4) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.6 Bulardan ko‘rinib turibdiki, mahalliy davlat hokimiyati organlari vazifalariga ijtimoiy va davlat hayotiga taalluqli barcha masalalarni hal qilish, ularda ishtirok etish kiradi. Faqat mahalliy davlat hokimiyati organlari bu masalalarni o‘z hududida amalga oshiradi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunda ularning vakolatlari belgilab berilgan. Vazifalar alohida-alohida ko‘rsatilmasada, vakolatlar aniq belgilangan.7 5 O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 02.09.1993 yildagi 913-XII-son 6 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. — T.: O‘zbekiston, 2023. 123-modda 7 Konstutsiyaviy huquq; T.HUSANOV XXI bob 424 bet
10 
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining atrof-muhitni muhofaza qilish 
vazifasi Konstitutsiyada belgilangan vazifalar qatorigakiradi. Bu vazifa ona tabiatni 
asrash, yashab turgan zamin, makonni saqlashga qaratilgan bo‘lib, u insonni 
sog‘lig‘i, hayoti umuman yer yuzasidagi jonli hayotni davom etishini ta’minlashga 
qaratilgandir. Hamma mamlakatlarda ham atrof-muhitni saqlashga qaratilgan 
tadbirlarning salmoqli qismi joylardagi tadbirlar hissasiga to‘g‘ri keladi. 
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan boshlab atrof-muhitni muhofaza qilishga 
muhim masalalar qatorida qarala boshlandi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, atrof-
muhitga 
ziyon 
yetkazilishiga 
va 
respublikadagi 
ekologik 
vaziyatning 
yomonlashuviga yo‘l qo‘ymaslik, iqtisodiy sohadagi asosiy vazifalardan biridir8. 
Respublikamizda “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonun 9qabul 
qilingan bo‘lib, unda mahalliy hokimiyat organlarining vazifasi, vakolatlari 
ko‘rsatib qo‘yilgan. Bundan tashqari, ularning vakolatlari “Yer to‘g‘risida”gi, “Suv 
va suvdan foydalanish to‘g‘risda”gi, qonunlarda ham ko‘rsatilgan. Mahalliy davlat 
hokimiyati organlari o‘z hududida atrof-muhitni muhofaza qilish vazifasini shu 
sohani boshqarish va shu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tuzilmalar, fuqarolar 
faoliyati ustidan nazorat olib borish orqali amalga oshiradi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
                                                 
8 Qarang: Karimov I.A. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. – T.: O‘zbekiston, 
1992. – 20-bet. 
9 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1993-yil, 1-son, 38-modda. 
10 Mahalliy davlat hokimiyati organlarining atrof-muhitni muhofaza qilish vazifasi Konstitutsiyada belgilangan vazifalar qatorigakiradi. Bu vazifa ona tabiatni asrash, yashab turgan zamin, makonni saqlashga qaratilgan bo‘lib, u insonni sog‘lig‘i, hayoti umuman yer yuzasidagi jonli hayotni davom etishini ta’minlashga qaratilgandir. Hamma mamlakatlarda ham atrof-muhitni saqlashga qaratilgan tadbirlarning salmoqli qismi joylardagi tadbirlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan boshlab atrof-muhitni muhofaza qilishga muhim masalalar qatorida qarala boshlandi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, atrof- muhitga ziyon yetkazilishiga va respublikadagi ekologik vaziyatning yomonlashuviga yo‘l qo‘ymaslik, iqtisodiy sohadagi asosiy vazifalardan biridir8. Respublikamizda “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonun 9qabul qilingan bo‘lib, unda mahalliy hokimiyat organlarining vazifasi, vakolatlari ko‘rsatib qo‘yilgan. Bundan tashqari, ularning vakolatlari “Yer to‘g‘risida”gi, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risda”gi, qonunlarda ham ko‘rsatilgan. Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z hududida atrof-muhitni muhofaza qilish vazifasini shu sohani boshqarish va shu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tuzilmalar, fuqarolar faoliyati ustidan nazorat olib borish orqali amalga oshiradi. 8 Qarang: Karimov I.A. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. – T.: O‘zbekiston, 1992. – 20-bet. 9 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1993-yil, 1-son, 38-modda.
11 
1.2.  Mahalliy ijro organlari va ularning faoliyati 
Mahalliy ijroiya hokimiyatning rahbariyati. 
Viloyat, tuman, shahar ijroiya hokimiyatiga hokim boshchilik qiladi. Hokim 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan miqdorda birinchi 
o‘rinbosar va o‘rinbosarlarga ega bo‘ladi. 
Viloyat va Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari hamda 
o‘rinbosarlari hokim tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti bilan 
kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, bu xususda 
qabul qilingan qaror tegishli xalq deputatlari Kengashining tasdig‘iga kiritiladi. 
Tuman, shahar hokimining o‘rinbosarlari tegishli hokim tomonidan yuqori 
turuvchi hokim bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod 
etiladi, bu xususda qabul qilingan qaror tuman, shahar xalq deputatlari Kengashining 
tasdig‘iga kiritiladi. 
Tumanga bo‘ysunuvchi shahar hokimining o‘rinbosarlari tegishli hokim 
tomonidan yuqori turuvchi hokim bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va 
lavozimdan ozod etiladi. 
Hokimning o‘rinbosarlari hokim tomonidan belgilangan vazifalar taqsimotiga 
muvofiq ish bajaradilar. Hokim yo‘qligida yoki u zimmasidagi vazifalarni bajarish 
imkoniyatiga ega bo‘lmagan taqdirda uning vakolatlarini birinchi o‘rinbosar yoki 
hokimning topshirig‘iga binoan uning o‘rinbosarlaridan biri bajaradi. 
Hokim, uning o‘rinbosarlari, hokimlikning boshqa xodimlari va mahalliy 
davlat hokimiyati organlarining mansabdor shaxslari boshqa haq to‘lanadigan 
lavozimni egallashlari mumkin emas.10 
Mahalliy miqyosda hokimiyatning vakillik organlari sifatida xalq deputatlari 
Kengashlari saqlab qolinib (ular avvalgi tuzumda ham mavjud edi), ularning tashkil 
bo‘lishi, faoliyati demokratlashtirildi, tarkibi optimal darajaga keltirildi va ular 
haqiqiy davlat hokimiyati sifatida huquqiy mustahkamlanib qo‘yilgan bo‘lsa, ijro 
hoki-miyati yangitdan tashkil qilindi va yangi institut – hokim lavozimi o‘rnatildi. 
                                                 
10 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI TO‘G‘RISIDAGI QONUNI  
21-MODDA 
11 1.2. Mahalliy ijro organlari va ularning faoliyati Mahalliy ijroiya hokimiyatning rahbariyati. Viloyat, tuman, shahar ijroiya hokimiyatiga hokim boshchilik qiladi. Hokim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan miqdorda birinchi o‘rinbosar va o‘rinbosarlarga ega bo‘ladi. Viloyat va Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari hamda o‘rinbosarlari hokim tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, bu xususda qabul qilingan qaror tegishli xalq deputatlari Kengashining tasdig‘iga kiritiladi. Tuman, shahar hokimining o‘rinbosarlari tegishli hokim tomonidan yuqori turuvchi hokim bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, bu xususda qabul qilingan qaror tuman, shahar xalq deputatlari Kengashining tasdig‘iga kiritiladi. Tumanga bo‘ysunuvchi shahar hokimining o‘rinbosarlari tegishli hokim tomonidan yuqori turuvchi hokim bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. Hokimning o‘rinbosarlari hokim tomonidan belgilangan vazifalar taqsimotiga muvofiq ish bajaradilar. Hokim yo‘qligida yoki u zimmasidagi vazifalarni bajarish imkoniyatiga ega bo‘lmagan taqdirda uning vakolatlarini birinchi o‘rinbosar yoki hokimning topshirig‘iga binoan uning o‘rinbosarlaridan biri bajaradi. Hokim, uning o‘rinbosarlari, hokimlikning boshqa xodimlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining mansabdor shaxslari boshqa haq to‘lanadigan lavozimni egallashlari mumkin emas.10 Mahalliy miqyosda hokimiyatning vakillik organlari sifatida xalq deputatlari Kengashlari saqlab qolinib (ular avvalgi tuzumda ham mavjud edi), ularning tashkil bo‘lishi, faoliyati demokratlashtirildi, tarkibi optimal darajaga keltirildi va ular haqiqiy davlat hokimiyati sifatida huquqiy mustahkamlanib qo‘yilgan bo‘lsa, ijro hoki-miyati yangitdan tashkil qilindi va yangi institut – hokim lavozimi o‘rnatildi. 10 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI TO‘G‘RISIDAGI QONUNI 21-MODDA
12 
Sobiq tuzum davridagi qonunlarda, umuman, ijro hokimiyati degan (shu jumladan, 
mahalliy ijroiya hokimiyati) ins-titut, tushuncha yo‘q edi. U davrdagi qonunlarda 
faqat xalq deputatlari Sovetlari davlat hokimiyati organi hisoblanib, ijro organlarini 
Sovetning organi, deb mustahkamlangan va ijro organlarini ham kollegialchilik 
(ijroiya komitetlar) asosida ish olib borishini beliglab qo‘yilib, yakka boshchilik 
sotsialistik demokratiyaga zid hodisa deb hisoblangan. 
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach ijro hokimiyatini tashkil qilish, uni 
faoliyatini kuchaytirish yo‘lidan bordi. Toshkent shahrida ijro organining boshlig‘i 
yakka boshchilik asosida faoliyat ko‘rsatadigan hokim bo‘lishi maqsadga muvofiq, 
degan fikr asosida, 1991-yil 29-dekabrda eksperiment tariqasida Toshkent shahar 
hokimi Toshkent xalqi tomonidan saylab qo‘yildi. 1992-yil yanvardagi 
“O‘zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini 437 qayta tashkil 
etish to‘g‘risida”gi qonuniga binoan Respublikaning barcha ma’muriy tuzilmalarida 
ijro hokimiyatini boshlig‘i sifatida hokim lavozimi tashkil qilinishi belgilandi va 
joylarda ijro hokimiyati davlat hokimiyati tarmog‘i sifatida e’tirof etildi. Bu g‘oya 
keyinchalik O‘zbekiston Konstitutsiyasida ham mustahkamlanib qo‘yildi. 
Hokim lavozimining o‘rnatilishi, ijro hokimiyatida boshqaruv yakka 
boshchilik prinsipida amalga oshirilishini belgiladi. Yakka boshchilik prinsipi faqat 
mansabdorga keng vakolatlar va huquqlar berish emas, ularning mas’uliyati kuchli 
bo‘lishini nazarda tutadi. Shuning uchun hokimlarga o‘zlariga yuklatilgan 
vazifalarni bajarish imkoniyatini beruvchi vakolat, huquqlar bilan birga kuchli 
mas’uliyatlar ham yuklangan. 
Viloyat, Toshkent shahar hokimi Prezident va tegishli xalq deputatlari 
Kengashlari oldida, tuman va shahar hokimlari yuqori turuvchi hokim va tegishli 
xalq deputatlari Kengashlari oldida hisobdorligi qonunning 1-moddasida belgilab 
qo‘yilgan. 
Mamlakatimizda olib borilayotgan davlatchilik sohasidagi islohotlar ijro 
hokimiyati faoliyati ustidan vakillik hokimiyati nazoratini kuchaytirish, 
jamoatchilik nazoratini kengaytirish nazarda tutilmoqda va holatlar qonunlarda aks 
ettirilmoqda. 
12 Sobiq tuzum davridagi qonunlarda, umuman, ijro hokimiyati degan (shu jumladan, mahalliy ijroiya hokimiyati) ins-titut, tushuncha yo‘q edi. U davrdagi qonunlarda faqat xalq deputatlari Sovetlari davlat hokimiyati organi hisoblanib, ijro organlarini Sovetning organi, deb mustahkamlangan va ijro organlarini ham kollegialchilik (ijroiya komitetlar) asosida ish olib borishini beliglab qo‘yilib, yakka boshchilik sotsialistik demokratiyaga zid hodisa deb hisoblangan. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach ijro hokimiyatini tashkil qilish, uni faoliyatini kuchaytirish yo‘lidan bordi. Toshkent shahrida ijro organining boshlig‘i yakka boshchilik asosida faoliyat ko‘rsatadigan hokim bo‘lishi maqsadga muvofiq, degan fikr asosida, 1991-yil 29-dekabrda eksperiment tariqasida Toshkent shahar hokimi Toshkent xalqi tomonidan saylab qo‘yildi. 1992-yil yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini 437 qayta tashkil etish to‘g‘risida”gi qonuniga binoan Respublikaning barcha ma’muriy tuzilmalarida ijro hokimiyatini boshlig‘i sifatida hokim lavozimi tashkil qilinishi belgilandi va joylarda ijro hokimiyati davlat hokimiyati tarmog‘i sifatida e’tirof etildi. Bu g‘oya keyinchalik O‘zbekiston Konstitutsiyasida ham mustahkamlanib qo‘yildi. Hokim lavozimining o‘rnatilishi, ijro hokimiyatida boshqaruv yakka boshchilik prinsipida amalga oshirilishini belgiladi. Yakka boshchilik prinsipi faqat mansabdorga keng vakolatlar va huquqlar berish emas, ularning mas’uliyati kuchli bo‘lishini nazarda tutadi. Shuning uchun hokimlarga o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarish imkoniyatini beruvchi vakolat, huquqlar bilan birga kuchli mas’uliyatlar ham yuklangan. Viloyat, Toshkent shahar hokimi Prezident va tegishli xalq deputatlari Kengashlari oldida, tuman va shahar hokimlari yuqori turuvchi hokim va tegishli xalq deputatlari Kengashlari oldida hisobdorligi qonunning 1-moddasida belgilab qo‘yilgan. Mamlakatimizda olib borilayotgan davlatchilik sohasidagi islohotlar ijro hokimiyati faoliyati ustidan vakillik hokimiyati nazoratini kuchaytirish, jamoatchilik nazoratini kengaytirish nazarda tutilmoqda va holatlar qonunlarda aks ettirilmoqda.
13 
“Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda 
mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish 
to‘g‘risida”gi11 Qonunining 7-moddasida “Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent 
shahar Kengashlari deputatlarining viloyat hamda Toshkent shahar hokimi faoliyati 
ustidan nazorat qilish vazifalari” deb nomlanadi va unda Kengashlaridagi partiya 
guruhlariga hokim lavozimida ishlayotgan shaxslarning qoniqarsiz faoliyati 
to‘g‘risida Prezidentga asoslangan xulosalar taqdim etish tashabbusi huquqi berildi. 
Bunday tashabbus yetakchi guruhlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan taqdirda 
Prezident bu tashabbusni Kengash muhokamasiga tayinlaydi va muhokama 
natijasiga ko‘ra qaror qabul qiladi. 
2010-yil 12-noyabrdagi Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi 
ma’ruzasida 
Prezident 
davlat 
organlari 
faoliyati 
ustidan 
“O‘zbekiston 
Respublikasida jamoat nazorati to‘g‘risida”gi, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi 
organlari faoliyatini ochiqligi to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilish zarurligini 
ko‘rsatib o‘tdi.12 
Hokimning mas’uliyati kuchli bo‘lsa, ish yaxshi yo‘lga qo‘yiladi va natija 
yaxshi bo‘ladi. Hokim institutining eng muhim xususiyati shundaki hokim faqat o‘zi 
tomonidan qabul qilingan hujjatlarni to‘g‘riligi, harakati va faoliyatini qonuniyligi 
uchungina javobgar bo‘lmay, Konstitutsiyaning 103-moddasiga asosan o‘zi 
rahbarlik qilayotgan organlarning ham qarorlari va faoliyati uchun shaxsan javobgar 
bo‘ladi. 
Tegishli hududdagi ijro etuvchi hokimiyatga viloyat, tuman va shahar hokimi 
boshchilik qiladi.Hokimlarning vakolatlari muddati — besh yil. Ayni bir shaxs 
surunkasiga ikki muddatdan ortiq ayni bir viloyat, tuman, shaharning hokimi etib 
tayinlanishi mumkin emas. Hokimlarning faoliyatini tashkil etish tartibi qonun bilan 
belgilanadi.13 
                                                 
11  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari to‘plami. – T.: 2007. – 222–
224-betlar. 
12  Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini 
demokratlashtirish konsepsiyasi. – T.: O‘zbekiston, 2010. – 31, 
46-betlar. 
13 O‘zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasi.  — T.:  O‘zbekiston, 2023. 121-modda 
13 “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi11 Qonunining 7-moddasida “Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatlarining viloyat hamda Toshkent shahar hokimi faoliyati ustidan nazorat qilish vazifalari” deb nomlanadi va unda Kengashlaridagi partiya guruhlariga hokim lavozimida ishlayotgan shaxslarning qoniqarsiz faoliyati to‘g‘risida Prezidentga asoslangan xulosalar taqdim etish tashabbusi huquqi berildi. Bunday tashabbus yetakchi guruhlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan taqdirda Prezident bu tashabbusni Kengash muhokamasiga tayinlaydi va muhokama natijasiga ko‘ra qaror qabul qiladi. 2010-yil 12-noyabrdagi Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida Prezident davlat organlari faoliyati ustidan “O‘zbekiston Respublikasida jamoat nazorati to‘g‘risida”gi, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatini ochiqligi to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilish zarurligini ko‘rsatib o‘tdi.12 Hokimning mas’uliyati kuchli bo‘lsa, ish yaxshi yo‘lga qo‘yiladi va natija yaxshi bo‘ladi. Hokim institutining eng muhim xususiyati shundaki hokim faqat o‘zi tomonidan qabul qilingan hujjatlarni to‘g‘riligi, harakati va faoliyatini qonuniyligi uchungina javobgar bo‘lmay, Konstitutsiyaning 103-moddasiga asosan o‘zi rahbarlik qilayotgan organlarning ham qarorlari va faoliyati uchun shaxsan javobgar bo‘ladi. Tegishli hududdagi ijro etuvchi hokimiyatga viloyat, tuman va shahar hokimi boshchilik qiladi.Hokimlarning vakolatlari muddati — besh yil. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq ayni bir viloyat, tuman, shaharning hokimi etib tayinlanishi mumkin emas. Hokimlarning faoliyatini tashkil etish tartibi qonun bilan belgilanadi.13 11 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari to‘plami. – T.: 2007. – 222– 224-betlar. 12 Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini demokratlashtirish konsepsiyasi. – T.: O‘zbekiston, 2010. – 31, 46-betlar. 13 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. — T.: O‘zbekiston, 2023. 121-modda
14 
“Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda 
mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish 
to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonunda mantiqiy to‘g‘ri hal qilindi va bo‘shliq 
to‘ldirildi. qonunning 6-moddasida “Viloyat, Toshkent shahar hokimini tayinlash  va 
tasdiqlash tartibi” deb nomlangan bo‘lib, unga asosan: Viloyat va Toshkent shahar 
hokimi nomzodlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tegishli xalq 
deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlarining har biri bilan maslahatlashuvlar 
o‘tkazilganidan so‘ng xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashiga 
tasdiqlash uchun taqdim etiladi. 
Tegishli Kengash deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozini olgan 
nomzod  hokim lavozimiga tasdiqlangan hisoblanadi, Kengash qaroriga muvofiq 
Prezident nomzod bo‘yicha farmon qabul qiladi, ya’ni saylangan nomzodni 
tasdiqlaydi. 
Ovoz berish vaqtida nomzod Kengash deputatlarining tegishli ovozini 
ololmasa, Prezident lavozimlarga nomzodlarni partiya guruhlari bilan qo‘shimcha 
maslahatlashuvlar o‘tkazganidan so‘ng bir oy ichida yana ikki marta taqdim etish 
huquqiga ega. 
Taqdim etilgan nomzod Kengashda uch marta rad etilsa, Prezident Kengashni 
tarqatib yuborish va hokim vazifasini vaqtincha bajaruvchi tayinlash huquqiga ega. 
Tarqatib yuborilgan Kengashga uch oy ichida saylov o‘tkaziladi.14 
Shaharlardagi tumanlarning hokimlari tegishli shahar hokimi tomonidan 
tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari shahar Kengashi 
tomonidan tasdiqlanadi. 
Tumanlarga bo‘ysunadigan shaharlarning hokimlari tuman hokimi tomonidan 
tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi 
tomonidan tasdiqlanadi. 
Konstitutsiyada alohida hollarda, tuman va shahar hokimlarini lavozimidan 
ozod qilish tartibi ham belgilangan. Konstitutsiyaning 93-moddasi 15-bandiga 
binoan: “Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki o‘z sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ 
                                                 
14 Konstutsiyaviy huquq; T.HUSANOV XXI bob 440 bet 
14 “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonunda mantiqiy to‘g‘ri hal qilindi va bo‘shliq to‘ldirildi. qonunning 6-moddasida “Viloyat, Toshkent shahar hokimini tayinlash va tasdiqlash tartibi” deb nomlangan bo‘lib, unga asosan: Viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tegishli xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlarining har biri bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi. Tegishli Kengash deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozini olgan nomzod hokim lavozimiga tasdiqlangan hisoblanadi, Kengash qaroriga muvofiq Prezident nomzod bo‘yicha farmon qabul qiladi, ya’ni saylangan nomzodni tasdiqlaydi. Ovoz berish vaqtida nomzod Kengash deputatlarining tegishli ovozini ololmasa, Prezident lavozimlarga nomzodlarni partiya guruhlari bilan qo‘shimcha maslahatlashuvlar o‘tkazganidan so‘ng bir oy ichida yana ikki marta taqdim etish huquqiga ega. Taqdim etilgan nomzod Kengashda uch marta rad etilsa, Prezident Kengashni tarqatib yuborish va hokim vazifasini vaqtincha bajaruvchi tayinlash huquqiga ega. Tarqatib yuborilgan Kengashga uch oy ichida saylov o‘tkaziladi.14 Shaharlardagi tumanlarning hokimlari tegishli shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari shahar Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Tumanlarga bo‘ysunadigan shaharlarning hokimlari tuman hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Konstitutsiyada alohida hollarda, tuman va shahar hokimlarini lavozimidan ozod qilish tartibi ham belgilangan. Konstitutsiyaning 93-moddasi 15-bandiga binoan: “Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki o‘z sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ 14 Konstutsiyaviy huquq; T.HUSANOV XXI bob 440 bet
15 
tushiradigan xatti-harakat sodir etgan tuman va shahar hokimlarini Prezident o‘z 
qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqli”. Avvalgi bandda viloyat hokimlarini 
lavozimidan ozod qilish masalasini Kengashidan siyosiy partiyalarning partiya 
guruhlari ham ko‘tarish huquqiga egaligi va shunday holat yuzaga kelganda, 
hokimni vazifasidan ozod qilish tartibini bayon qilgan edik.15 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
                                                 
15 Konstutsiyaviy huquq; T.HUSANOV XXI bob 440 bet 
15 tushiradigan xatti-harakat sodir etgan tuman va shahar hokimlarini Prezident o‘z qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqli”. Avvalgi bandda viloyat hokimlarini lavozimidan ozod qilish masalasini Kengashidan siyosiy partiyalarning partiya guruhlari ham ko‘tarish huquqiga egaligi va shunday holat yuzaga kelganda, hokimni vazifasidan ozod qilish tartibini bayon qilgan edik.15 15 Konstutsiyaviy huquq; T.HUSANOV XXI bob 440 bet
16 
II. FUQAROLARNING O‘ZINI-O‘ZI BOSHQARISH ORGANLARI 
2.1.  Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarini tashkil etish 
 
 
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, milliy davlatchilik 
an’analariga, qadriyatlariga mos keluvchi va xalqning xohish-irodasini to‘la aks 
ettira oluvchi o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimini barpo etishni o‘z oldiga 
maqsad qilib qo‘ydi. 
 
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi tushunchasi. 
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi — fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlanadigan, ularning o‘z manfaatlaridan, 
rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek milliy va ma’naviy 
qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan holda mahalliy 
ahamiyatga molik masalalarni hal qilish borasidagi mustaqil faoliyatidir.16 
 
Shaharchalar, qishloqlar va ovullarda, shuningdek shaharlar, shaharchalar, 
qishloqlar va ovullardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi 
boshqarish organlari bo‘lib, ular raisni saylaydi. 
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga 
kirmaydi 
hamda 
mahalliy 
ahamiyatga 
molik 
masalalarni 
fuqarolarning 
manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy o‘ziga xos xususiyatlaridan, shuningdek 
milliy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan holda, 
qonunga muvofiq mustaqil ravishda hal etishga haqli. 
 
Davlat fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini amalga 
oshirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi, ularga qonunda belgilangan 
vakolatlarini amalga oshirishida ko‘maklashadi. 
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari saylovi tartibi, ularning faoliyatini 
tashkil etish va vakolatlari qonun bilan belgilanadi.17 Bunda xorijiy mamlakatlarning 
bu boradagi tajribalari chuqur o‘rganildi va O‘zbekiston sharoiti e’tiborga olindi. 
                                                 
16O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FUQAROLARNING O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISH ORGANLARI TO‘G‘RISIDAGI 
QONUNI (yangi tahriri) 1-modda 
 
17 O‘zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasi.  — T.:  O‘zbekiston, 2023. 127-modda 
 
16 II. FUQAROLARNING O‘ZINI-O‘ZI BOSHQARISH ORGANLARI 2.1. Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarini tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, milliy davlatchilik an’analariga, qadriyatlariga mos keluvchi va xalqning xohish-irodasini to‘la aks ettira oluvchi o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimini barpo etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi tushunchasi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi — fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlanadigan, ularning o‘z manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek milliy va ma’naviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan holda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal qilish borasidagi mustaqil faoliyatidir.16 Shaharchalar, qishloqlar va ovullarda, shuningdek shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular raisni saylaydi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi hamda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni fuqarolarning manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy o‘ziga xos xususiyatlaridan, shuningdek milliy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan holda, qonunga muvofiq mustaqil ravishda hal etishga haqli. Davlat fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi, ularga qonunda belgilangan vakolatlarini amalga oshirishida ko‘maklashadi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari saylovi tartibi, ularning faoliyatini tashkil etish va vakolatlari qonun bilan belgilanadi.17 Bunda xorijiy mamlakatlarning bu boradagi tajribalari chuqur o‘rganildi va O‘zbekiston sharoiti e’tiborga olindi. 16O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FUQAROLARNING O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISH ORGANLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUNI (yangi tahriri) 1-modda 17 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. — T.: O‘zbekiston, 2023. 127-modda
17 
Natijada O‘zbekistonning o‘ziga xos o‘zini o‘zi boshqarish organlari vujudga keldi. 
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari Konstitutsiyaning 127-moddasiga 
asosan fuqarolarning yig‘inlari hisoblanadi. 
 
Konstitutsiyaning shu moddasi holatidan ko‘rinib turibdiki, fuqarolarning 
o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat organlari tizimidan ajratilgan va alohida 
turdagi hokimiyatni amalga oshiruvchi organdir. 
 
O‘zbekiston o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimini davlat organlari 
tizimidan alohida belgilash bilan birga, faoliyati va boshqa tomonlariga mutlaqo 
yangicha jihatlar kiritdi. Jumladan, deyarli barcha mamlakatlarda (Rossiya, 
Turkmaniston, Fransiya, Germaniya va hokazo) bu institut mahalliy o‘zini o‘zi 
boshqarish deb atalsa, O‘zbekiston uni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi deb 
atadi. Bu shunchaki nomni o‘zgartirish emas, masalaning mohiyatini bildiruvchi 
holatdir. Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishga nisbatan fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish so‘zi o‘zini o‘zi boshqarishni mustaqil demokratik institut sifatida 
to‘laroq ko‘rsatadi. Sababi mahalliy boshqaruv faqat o‘zini o‘zi boshqaruv orqali 
emas, davlat organlari orqali ham amalga oshiriladi, ya’ni mahalliy boshqaruvda 
davlat ham ishtirok etadi. Xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning asosiy 
vazifasi mahalliy davlat boshqaruvini amalga oshirishdir. 
 
 
Shuning uchun O‘zbekistonda o‘zini o‘zi boshqaruvning mahalliy o‘zini o‘zi 
boshqaruv emas, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqaruvi deb nomlanishi masalaning 
asl mohiyatiga mos keladi va o‘zini o‘zi boshqaruvning davlat boshqaruvidan holi 
ekanligini ko‘rsatadi. 
 
 
O‘zini o‘zi boshqarish fuqarolar faoliyatining bir yo‘nalishi,jahon 
davlatchiligi va jamiyat rivojlanishi tajribasida uchraydigan muhim institut 
hisoblanadi. O‘zini o‘zi boshqarish fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlaridan 
bo‘lib, bu huquq fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqaruv organlari orqali amalga 
oshiriladi.  
 
O‘zini o‘zi boshqarish, Konstitutsiya va qonunlar asosida mamlakatning 
tarixiy-milliy xususiyatlariga tayangan holda aholi (jamoa) manfaatidan kelib 
17 Natijada O‘zbekistonning o‘ziga xos o‘zini o‘zi boshqarish organlari vujudga keldi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari Konstitutsiyaning 127-moddasiga asosan fuqarolarning yig‘inlari hisoblanadi. Konstitutsiyaning shu moddasi holatidan ko‘rinib turibdiki, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat organlari tizimidan ajratilgan va alohida turdagi hokimiyatni amalga oshiruvchi organdir. O‘zbekiston o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimini davlat organlari tizimidan alohida belgilash bilan birga, faoliyati va boshqa tomonlariga mutlaqo yangicha jihatlar kiritdi. Jumladan, deyarli barcha mamlakatlarda (Rossiya, Turkmaniston, Fransiya, Germaniya va hokazo) bu institut mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish deb atalsa, O‘zbekiston uni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi deb atadi. Bu shunchaki nomni o‘zgartirish emas, masalaning mohiyatini bildiruvchi holatdir. Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishga nisbatan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish so‘zi o‘zini o‘zi boshqarishni mustaqil demokratik institut sifatida to‘laroq ko‘rsatadi. Sababi mahalliy boshqaruv faqat o‘zini o‘zi boshqaruv orqali emas, davlat organlari orqali ham amalga oshiriladi, ya’ni mahalliy boshqaruvda davlat ham ishtirok etadi. Xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning asosiy vazifasi mahalliy davlat boshqaruvini amalga oshirishdir. Shuning uchun O‘zbekistonda o‘zini o‘zi boshqaruvning mahalliy o‘zini o‘zi boshqaruv emas, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqaruvi deb nomlanishi masalaning asl mohiyatiga mos keladi va o‘zini o‘zi boshqaruvning davlat boshqaruvidan holi ekanligini ko‘rsatadi. O‘zini o‘zi boshqarish fuqarolar faoliyatining bir yo‘nalishi,jahon davlatchiligi va jamiyat rivojlanishi tajribasida uchraydigan muhim institut hisoblanadi. O‘zini o‘zi boshqarish fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlaridan bo‘lib, bu huquq fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqaruv organlari orqali amalga oshiriladi. O‘zini o‘zi boshqarish, Konstitutsiya va qonunlar asosida mamlakatning tarixiy-milliy xususiyatlariga tayangan holda aholi (jamoa) manfaatidan kelib
18 
chiqib, mahalliy ahamiyatga ega masalalarni mustaqil hal etish maqsadida faoliyat 
ko‘rsatadigan fuqarolar faoliyatining tashkiliy tizimidir.  
 
O‘zini o‘zi boshqarish tushunchasi bilan o‘zini o‘zi boshqarish organlari 
tushunchasi bir biridan farq qiladi. O‘zini o‘zi boshqaruv tashkiliy tizimdan iborat 
faoliyat bo‘lsa, o‘zini o‘zi boshqaruv organlari shu faoliyatni amalga oshiruvchi 
tuzilmalar (tashkilot) hisoblanadi. O‘zini o‘zi boshqarish faoliyati orqali fuqarolar 
davlat va jamoat ishlarida ishtirok etadi yoki boshqacha qilib aytganda, o‘zini o‘zi 
boshqaruv fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarida ishtirokini ta’minlovchi muhim 
vositalardan biridir. 
 
Fuqarolar yig‘ini aholi manfaatlarini ifodalash va uning nomidan tegishli 
hududda amal qiladigan qarorlar qabul qilish huquqiga ega. Fuqarolar yig‘inida 
shaharcha, qishloq va ovul, shuningdek shahar, shaharcha, qishloq va ovuldagi 
mahalla hududida doimiy yashayotgan, voyaga yetgan shaxslar qatnashadilar. 
 
Fuqarolar yig‘ini organlari quyidagilardan iborat: 
 fuqarolar yig‘ini kengashi; 
 fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar; 
 fuqarolar yig‘ini taftish komissiyasi; 
 tuman markazidan olisda joylashgan va borish qiyin bo‘lgan shaharchalar, 
qishloqlar va ovullarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda 
tuziladigan ma’muriy komissiya (bundan buyon matnda ma’muriy komissiya 
deb yuritiladi). 
 
Fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar, 
fuqarolar yig‘ini taftish komissiyasi va ma’muriy komissiyani saylash fuqarolarning 
qonunda belgilangan saylov huquqlari kafolatlari ta’minlangan holda yashirin yoki 
ochiq ovoz berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
 
Komissiya tarkibiga ko‘rsatilgan shaxs, agar fuqarolar yig‘inida (vakillar 
yig‘ilishida) hozir bo‘lganlarning yarmidan ko‘prog‘i uni yoqlab ovoz bergan 
bo‘lsa, saylangan hisoblanadi.18 
 
                                                 
18 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FUQAROLARNING O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISH ORGANLARI 
TO‘G‘RISIDAGI QONUNI (yangi tahriri) 8-modda 
18 chiqib, mahalliy ahamiyatga ega masalalarni mustaqil hal etish maqsadida faoliyat ko‘rsatadigan fuqarolar faoliyatining tashkiliy tizimidir. O‘zini o‘zi boshqarish tushunchasi bilan o‘zini o‘zi boshqarish organlari tushunchasi bir biridan farq qiladi. O‘zini o‘zi boshqaruv tashkiliy tizimdan iborat faoliyat bo‘lsa, o‘zini o‘zi boshqaruv organlari shu faoliyatni amalga oshiruvchi tuzilmalar (tashkilot) hisoblanadi. O‘zini o‘zi boshqarish faoliyati orqali fuqarolar davlat va jamoat ishlarida ishtirok etadi yoki boshqacha qilib aytganda, o‘zini o‘zi boshqaruv fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarida ishtirokini ta’minlovchi muhim vositalardan biridir. Fuqarolar yig‘ini aholi manfaatlarini ifodalash va uning nomidan tegishli hududda amal qiladigan qarorlar qabul qilish huquqiga ega. Fuqarolar yig‘inida shaharcha, qishloq va ovul, shuningdek shahar, shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla hududida doimiy yashayotgan, voyaga yetgan shaxslar qatnashadilar. Fuqarolar yig‘ini organlari quyidagilardan iborat:  fuqarolar yig‘ini kengashi;  fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar;  fuqarolar yig‘ini taftish komissiyasi;  tuman markazidan olisda joylashgan va borish qiyin bo‘lgan shaharchalar, qishloqlar va ovullarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tuziladigan ma’muriy komissiya (bundan buyon matnda ma’muriy komissiya deb yuritiladi). Fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar, fuqarolar yig‘ini taftish komissiyasi va ma’muriy komissiyani saylash fuqarolarning qonunda belgilangan saylov huquqlari kafolatlari ta’minlangan holda yashirin yoki ochiq ovoz berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Komissiya tarkibiga ko‘rsatilgan shaxs, agar fuqarolar yig‘inida (vakillar yig‘ilishida) hozir bo‘lganlarning yarmidan ko‘prog‘i uni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, saylangan hisoblanadi.18 18 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FUQAROLARNING O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISH ORGANLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUNI (yangi tahriri) 8-modda
19 
 
Aslida o‘zini o‘zi boshqarish ancha keng faoliyat bo‘lib, bir necha 
harakatlarni o‘z ichiga oladi. Jumladan, referendum (umumxalq ovozi) ham ayrim 
mamlakatlarning 
Konstitutsiya 
va 
qonunlarida 
o‘zini 
o‘zi 
boshqarish 
hisoblanadi.Yoki jamoat birlashmalari faoliyatini amalga oshirish, davlat tashkiloti, 
korxona, muassasalardagi jamoatchi tashkilotlar ham o‘zini o‘zi boshqarish orqali 
faoliyat olib boradi. 
 
O‘zini o‘zi boshqaruv demokratiyaning bir ko‘rinishi bo‘lib, xalq hokimyatini 
ro‘yobga chiqarish vositasidir. Jamiyat demokratlashib borgan sari o‘zini o‘zi 
boshqarish kuchayib boradi. U fuqarolik jamiyatining asosiy sharti va muhim 
instituti hisoblanadi. 
 
O‘zini o‘zi boshqarish faoliyati kollegialchilik, oshkoralik, turli fikrga 
asoslanib, unda barcha fuqarolar teng asosda ishtirok etadi. Bu o‘zini o‘zi boshqarish 
organlarini tuzishda, ularning tashkiliy tuzulmalar ishida ishtirok etishda ko‘rinadi. 
Biror-bir yo‘l bilan o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida ishtirok etishni 
cheklash, to‘sqinlik qilish mumkin emas. 
 
Ayrim xorijiy mamlakatlarda o‘zini o‘zi boshqaruv davlat organlaridan 
mustaqil deb ko‘rsatilgani bilan (Rossiya Konstitutsiyasining 12-moddasida, 
mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat hokimyati organlari tizimiga 
kirmaydi, deb belgilangan) ba’zan bu qoidaga zid holatlar mavjud. Masalan, 
Rossiyada 50 mingdan ortiq aholi yashaydigan joylarning mahalliy boshqaruv 
ma’muriyati boshlig‘i  o‘lka, viloyat ma’muriyati boshlig‘i, davlat organi tomonidan 
tayinlanishi belgilangan. 
 
O‘zbekistonda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarinianiq bir xil 
pog‘onada mahallalarda tuzilishi va bir xil nomlar bilan atalishi, ularning 
O‘zbekistonning siyosiy tizimida o‘zining munosib o‘rnini topishiga, bozor 
munosabatlariga asoslangan demokratik-huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish 
davrida ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishiga sabab bo‘ladi. Albatta, shahar va 
mahallalarda tuzilgan o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakolatlarida farq bor. 
 
O‘zini o‘zi boshqarish organlari fuqarolarning davlat va jamiyat ishlaridagi 
ishtirokini ta’minlovchi, ularning ma’naviy tarbiyasiga, ijtimoy himoyasiga ta’sir 
19 Aslida o‘zini o‘zi boshqarish ancha keng faoliyat bo‘lib, bir necha harakatlarni o‘z ichiga oladi. Jumladan, referendum (umumxalq ovozi) ham ayrim mamlakatlarning Konstitutsiya va qonunlarida o‘zini o‘zi boshqarish hisoblanadi.Yoki jamoat birlashmalari faoliyatini amalga oshirish, davlat tashkiloti, korxona, muassasalardagi jamoatchi tashkilotlar ham o‘zini o‘zi boshqarish orqali faoliyat olib boradi. O‘zini o‘zi boshqaruv demokratiyaning bir ko‘rinishi bo‘lib, xalq hokimyatini ro‘yobga chiqarish vositasidir. Jamiyat demokratlashib borgan sari o‘zini o‘zi boshqarish kuchayib boradi. U fuqarolik jamiyatining asosiy sharti va muhim instituti hisoblanadi. O‘zini o‘zi boshqarish faoliyati kollegialchilik, oshkoralik, turli fikrga asoslanib, unda barcha fuqarolar teng asosda ishtirok etadi. Bu o‘zini o‘zi boshqarish organlarini tuzishda, ularning tashkiliy tuzulmalar ishida ishtirok etishda ko‘rinadi. Biror-bir yo‘l bilan o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida ishtirok etishni cheklash, to‘sqinlik qilish mumkin emas. Ayrim xorijiy mamlakatlarda o‘zini o‘zi boshqaruv davlat organlaridan mustaqil deb ko‘rsatilgani bilan (Rossiya Konstitutsiyasining 12-moddasida, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat hokimyati organlari tizimiga kirmaydi, deb belgilangan) ba’zan bu qoidaga zid holatlar mavjud. Masalan, Rossiyada 50 mingdan ortiq aholi yashaydigan joylarning mahalliy boshqaruv ma’muriyati boshlig‘i o‘lka, viloyat ma’muriyati boshlig‘i, davlat organi tomonidan tayinlanishi belgilangan. O‘zbekistonda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarinianiq bir xil pog‘onada mahallalarda tuzilishi va bir xil nomlar bilan atalishi, ularning O‘zbekistonning siyosiy tizimida o‘zining munosib o‘rnini topishiga, bozor munosabatlariga asoslangan demokratik-huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish davrida ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishiga sabab bo‘ladi. Albatta, shahar va mahallalarda tuzilgan o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakolatlarida farq bor. O‘zini o‘zi boshqarish organlari fuqarolarning davlat va jamiyat ishlaridagi ishtirokini ta’minlovchi, ularning ma’naviy tarbiyasiga, ijtimoy himoyasiga ta’sir