REJA:
1. 1.Sudda ish ko’rish tushunchasi va uning ahamiyati.
2. 2.Sud majlisida ish ko’rishning protsessual tartibi.
3. 3.Sudda ish yuritishni to’xtatish.
4. Sud majlisining bayonnomasi.
Sudda ishni ko’rish fuqarolik protsessining asosiy bosqichi
hisoblanadi. Ushbu jarayonda odil sudlovning barcha
demokratik prinsiplari to’laligicha harakatda bo’ladi.
Fuqarolik sud ishlarini yuritish jarayonida sudda
ish ko’rish sud protsessining tarkibiy qismi
hisoblanib, uning asosiy vazifasi birinchi instansiya
sudlarida fuqarolik ishlarini mazmunan ko’rish va
hal etishdan iboratdir.
Sud majlisi esa sudda ish ko’rishning shakli
hisoblanib, o’z navbatida, sudda ish ko’rish sud
majlisisiz mavjud bo’lishi mumkin emas.
Sud jarayoninig boshqa eng muhim bosqichini
bajaradigan ishlar hajmiga qarab quyidagi qismlarga
bo’lish mumkin:
Tayyorgarlik qismi;
Ish holatlarini o’rganish yoki ishni mazmunan
ko’rishni boshlash qismi;
Sud muzokaralari qismi;
Ishning mohiyati bo’yicha prokuror fikrini bayon
etish qismi;
Sud hal qiluv qarori chiqarish va e’lon qilish qismi.
Sud ishining keying qoldirilishi ishni ko’rib chiqilishiga tayyorgarlikning lozim
darajada o’tkazilmaganligi yoki sud majlisi ularning ishtirokisiz o’tmaydigan
shaxslarning kelmasligi oqibatida yuz beradi. Biroq ish ko’rishni keying
qoldirilishi har doim ham sud yo’l qo’ygan kamchiliklar natijasidir, deyish
to’g’ri bo’lavermaydi.
Masalan, sud nikohdan ajratish to’g’risidagi
ishlarda er-xotinni yarashtirish choralarini ko’rish
maqsadida taraflarning yoki ulardan birining
iltimosiga yoxud o’z tashabbusiga ko’ra, ishning
ko’rilishini boshqa vaqtga qoldirilishga va er-
xotinga yarashishlari uchun Oila kodeksining 40-
moddasida ko’rsatilgan doirada muhlat
belgilashga haqli bo’ladi.
Sudda ish yuritishni to’xtatish.
Sud FPKning 92-moddasidagi muvofiq, quyidagi hollarda ish
yuritishni to’xtatib turishi shart:
Agar ishda taraf bo’lgan fuqaro vafot etib, nizoli huquqiy
munosabat huquqiy vorislikka yo’l qo’ysa yoki ishda taraf
bo’lgan yuridik shaxs qayta tashkil etilsa;
Fuqaro(taraf) muomala layoqatini yo’qolsa;
Javobgar Qurolli Kuchlarning harakatdagi qismida bo’lgan
da’vogar iltimos qilsa;
Fuqaroviy, jinoiy yoki ma’muriy sud ishlarini yuritish
tartibida ko’rilayotgan boshqa ish hal qilinmasdan oldin
ko’rishning imkoni bo’lmasa.
FPKning 93-moddasida sudning tashabbusi yoki ishda ishtirok
etuvchi shaxslarning iltimosiga binoan, ish yuritishini
to’xtatib turish asoslari sanab o’tilgan. Unga ko’ra:
taraf Qurolli Kuchlar tarkibida muddatli haqiqiy harbiy
xizmatni o’tayotgan bo’lsa yoki mazkur shaxslar
davlatning birorta majburiyatini bajarish uchun jalb
qilingan bo’lsa;
Taraf davolash muassasasida bo’lsa, shuningdek,
taraflardan biriga sudga kelishga to’sqinlik qiladigan,
tibbiyot muassasasining ma’lumotnomasi bilan
tasdiqlangan kasallik mavjud bo’lsa;
• Ushbu kodeksning 140-moddasida nazarda
tutilgan hollarda javobgar qidirilayotgan bo’lsa;
Taraf uzoq muddatli xizmat safarida
bo’lsa yoki boshqa uzrli sababga ko’ra
yo’q bo’lsa;
Sud tomonidan ekspertiza tayinlangan
bo’lsa.
Arizani ko’rmasdan qoldirish.
FPKning 97-moddasiga muvofiq, sud quyidagi hollarda
arizani ko’rmasdan qoldiradi:
Ariza muomalaga layoqatsiz shaxs tomonidan berilgan
bo’lsa;
Manfaatdor shaxs nomidan arizani ish yuritishga vakolati
bo’lmagan shaxs bergan bo’lsa;
Sud ayni bir taraflar o’rtasidagi, ayni bir predmet
to’g’risidagi va ayni bir asoslar bo’yicha chiqqan nizo
yuzasidan ish yuritayotgan bo’lsa;
•
Ishni o’zlarining ishtirokisiz ko’rishni iltimos qilmagan taraflar
ikkinchi chaqiruv bo’yicha ham uzrli sabablarsiz sudga
kelmasalar, sud esa ishga oid mavjud materiallar asosida ishni
hal qilish mumkin emas, deb hisoblasa;
Ishni o’zining ishtirokisiz ko’rishni iltimos
qilmagan da’vogar ikkinchi chaqiruv
bo’yicha sudga kelmasa, javobgar esa, ishni
mazmunan ko’rishni talab qilmasa.