FUQAROLIK PROTSESSIDA VAKILLIK

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

13

File size

Fayl hajmi

19,6 KB


KURS ISHI
FUQAROLIK PROTSESSIDA VAKILLIK
Reja.
I. Kirish.
II. Asosiy qism.
1. Fuqarolik protsessida vakillik tushunchasi, ahamiyati va asoslari.
2. Sudda vakillik qilish turlari. 
3. Suddagi vakilning vakolatlari.
III.  Foydalanilgan adabiyotlar.   
Logotip
KURS ISHI FUQAROLIK PROTSESSIDA VAKILLIK Reja. I. Kirish. II. Asosiy qism. 1. Fuqarolik protsessida vakillik tushunchasi, ahamiyati va asoslari. 2. Sudda vakillik qilish turlari. 3. Suddagi vakilning vakolatlari. III. Foydalanilgan adabiyotlar.
I. Kirish.
Hozirgi  zamonaviy  yurisprudensiya  har  tomonlama  strategik  ahamiyatga  ega
bo'lgan islohotlarni amalga oshirishni va ustuvor yo'nalishlar ijrosini ta'minlashni
maqsad qilib qo'ygan. Ushbu maqsad va vazifalar sohada yuqori bilimli, malakali,
keng dunyoqarashga ega, jahon standartlariga to'la javob beradigan, eng asosiysi,
o'qishga va o'rganishga ishtiyoqi baland, mustaqil fikrlay oladigan, mushohada va
tahlil qilishga qobiliyatli kadrlar tayyorlashni taqozo etmoqda.
Shu maloda zamonaviy yuridik fanning yutuqlarini inobatga olgan holda oʻquv va
ilmiy adabiyotlar yaratish bugungi kun ijodkorining birlamchi vazifasi sanaladi.
Yuridik  fan  va  ta'lim  tizimini  tubdan  takomillashib  borayotganligi,  milliy
yurisprudensiya ilmiy maktablarining shakllana boshlagani, oʻzbek olimlarining
xalqaro maydondagi nufuzi tobora oshib borayotganligi, milliy ishlanmalarning
jahon  miqyosida  reytingi  yuqori  bazalarga  kiritib  borilishi,  respublikamizda
yanada raqobatbardosh, milliy ilmiy tadqiqotlar yaratishni taqozo etmoqda.
Logotip
I. Kirish. Hozirgi zamonaviy yurisprudensiya har tomonlama strategik ahamiyatga ega bo'lgan islohotlarni amalga oshirishni va ustuvor yo'nalishlar ijrosini ta'minlashni maqsad qilib qo'ygan. Ushbu maqsad va vazifalar sohada yuqori bilimli, malakali, keng dunyoqarashga ega, jahon standartlariga to'la javob beradigan, eng asosiysi, o'qishga va o'rganishga ishtiyoqi baland, mustaqil fikrlay oladigan, mushohada va tahlil qilishga qobiliyatli kadrlar tayyorlashni taqozo etmoqda. Shu maloda zamonaviy yuridik fanning yutuqlarini inobatga olgan holda oʻquv va ilmiy adabiyotlar yaratish bugungi kun ijodkorining birlamchi vazifasi sanaladi. Yuridik fan va ta'lim tizimini tubdan takomillashib borayotganligi, milliy yurisprudensiya ilmiy maktablarining shakllana boshlagani, oʻzbek olimlarining xalqaro maydondagi nufuzi tobora oshib borayotganligi, milliy ishlanmalarning jahon miqyosida reytingi yuqori bazalarga kiritib borilishi, respublikamizda yanada raqobatbardosh, milliy ilmiy tadqiqotlar yaratishni taqozo etmoqda.
II. Asosiy qism.
1. Fuqarolik protsessida vakillik tushunchasi, ahamiyati va asoslari.
Fuqarolik ishlarini sud va boshqa organlarda yuritishda bir shaxsning topshirig'iga
ko'ra ikkinchi shaxsning uning nomidan ishda qatnashuviga vakillik qilish deb
ataladi.  O'z  navbatida  bunday  munosabatlar  shartnoma  (ishonchnoma.
vakolatnoma, order) asosida amalga oshiriladi.
Fuqarolik  sud  ishlarini  yuritishda  advokatning  ishtiroki  esa  ana  shu  vakillik
institutining eng ko'p namoyon bo'ladigan turlaridan biri hisoblanadi.
Suddagi vakillik bu sud himoyasiga bo'lgan huquqni amalga oshirish, malakali
yuridik yordam olish vositasi sanalib, manfaatdor shaxslar shaxsan o'zlari ishni
olib borishlari yoki bevosita vakillari orqali ish olib borishlari; bevosita ishda ham
vakili, ham o'zining bir vaqtda qatnashuviga yo'l qo'yilishi kabilarni o'z ichiga
oladi.
Vakillik institutining maqsadi va ahamiyati:
sud-huquq  islohotlarini  amalga  oshirishdan  ko'zlangan  maqsadlarni  ro'yobga
chiqarishga ko'maklashish;
sud orqali himoyalanish va malakali yuridik yordam olish kabi konstitutsiyaviy
huquqlari amalga oshirilishini ta'minlash;
fuqarolar va tashkilotlarning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish,
buzilgan huquqlarni tiklash
mexanizmini kuchaytirish: 
 fuqarolarga malakali yuridik yordam ko'rsatilishini ta'minlashga erishish. huquq
va manfaatlar himoyasini protsessual kafolati vazifasini bajarish;
fuqarolik  sud  ishlarini  yuritishda  odil  sudlovni  amalga  oshirishda  sudlarga
ko'maklashish;
ishning haqiqiy holatini ochishga ko'maklashish;
Logotip
II. Asosiy qism. 1. Fuqarolik protsessida vakillik tushunchasi, ahamiyati va asoslari. Fuqarolik ishlarini sud va boshqa organlarda yuritishda bir shaxsning topshirig'iga ko'ra ikkinchi shaxsning uning nomidan ishda qatnashuviga vakillik qilish deb ataladi. O'z navbatida bunday munosabatlar shartnoma (ishonchnoma. vakolatnoma, order) asosida amalga oshiriladi. Fuqarolik sud ishlarini yuritishda advokatning ishtiroki esa ana shu vakillik institutining eng ko'p namoyon bo'ladigan turlaridan biri hisoblanadi. Suddagi vakillik bu sud himoyasiga bo'lgan huquqni amalga oshirish, malakali yuridik yordam olish vositasi sanalib, manfaatdor shaxslar shaxsan o'zlari ishni olib borishlari yoki bevosita vakillari orqali ish olib borishlari; bevosita ishda ham vakili, ham o'zining bir vaqtda qatnashuviga yo'l qo'yilishi kabilarni o'z ichiga oladi. Vakillik institutining maqsadi va ahamiyati: sud-huquq islohotlarini amalga oshirishdan ko'zlangan maqsadlarni ro'yobga chiqarishga ko'maklashish; sud orqali himoyalanish va malakali yuridik yordam olish kabi konstitutsiyaviy huquqlari amalga oshirilishini ta'minlash; fuqarolar va tashkilotlarning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, buzilgan huquqlarni tiklash mexanizmini kuchaytirish: fuqarolarga malakali yuridik yordam ko'rsatilishini ta'minlashga erishish. huquq va manfaatlar himoyasini protsessual kafolati vazifasini bajarish; fuqarolik sud ishlarini yuritishda odil sudlovni amalga oshirishda sudlarga ko'maklashish; ishning haqiqiy holatini ochishga ko'maklashish;
ish  bo'yicha  qonuniy,  asoslantirilgan  va  adolatli  sud  qarorlari  chiqarish
imkoniyatlarini ta'minlashga qaratilgan;
Suddagi vakillikni vujudga kelish shartlari:
manfaatdor shaxsning topshirig'iga ko'ra
qonunda nazarda tutilgan asoslarga ko'ra.
Vakillik vujudga kelishi uchun kasallik, xizmat safarida bo'lish, tegishli huquq
normalaridan  yetarli  darajada  xabardor  bo'lmaslik,  voyaga  yetmaganlik,
muomalaga layoqatsizlik va boshqa holatlar sabab bo'lishi mumkin. Shuningdek,
qonun  hujjatlarida  (yuridik  shaxslarning  ish  yurituv  hujjatlarida)  vakillikdan
foydalanish  belgilab  qo'yilgan  bo'ladi  yoki  xizmat  ko'rsatish  davomida  vakil
olishga zarurat tug'iladi. Qonuniy vakillardan foydalanish ham qonun hujjatlarida
vakillik asoslari va vakillik doirasi aniq ko'rsatilgan bo'ladi.
Fuqarolar o'z ishlarini sudda shaxsan yoki o'z vakillari orqali yuritishi mumkin.
Fuqaroning ishda shaxsan  ishtirok etishi  uni  ish  bo'yicha  vakilga ega bo'lish
huquqidan mahrum  etmaydi.  Tashkilotlar  ishlarni  o'z rahbarlari  yoki  vakillari
orqali yuritadi.
Fuqarolik protsessual huquqida vakilning protsessual huquqiy holati:
vakil fuqarolik-protsessual huquqiy munosabatning subyekti:
vakil ishda ishtirok etuvchi shaxs;
vakil sud protsessining borishidan moddiy-huquqiy (ayrim istisnolar bilan) va
protsessual-huquqiy manfaatdor
shaxs: vakil barcha fuqarolik-protsessual huquq va majbu- riyatlardan foydalana
oladi (shartnomali vakillikda huquq va majburiyatlarni amalga oshirish maxsus
ko'rsatilganda amalga oshiriladi); 
isbotlash vositalarining subyekti (qonuniy vakilning tushuntirishlari);
vakilga  nisbatan  protsessual  majburiyatlarni  bajarmaganlik  uchun  protsessual
misburlov choralari belgilangan va hk (sud majlisi  zalidan chiqarib yuborish,
advokatlik tuzilmasiga xususiy ajrim yuborish).
Logotip
ish bo'yicha qonuniy, asoslantirilgan va adolatli sud qarorlari chiqarish imkoniyatlarini ta'minlashga qaratilgan; Suddagi vakillikni vujudga kelish shartlari: manfaatdor shaxsning topshirig'iga ko'ra qonunda nazarda tutilgan asoslarga ko'ra. Vakillik vujudga kelishi uchun kasallik, xizmat safarida bo'lish, tegishli huquq normalaridan yetarli darajada xabardor bo'lmaslik, voyaga yetmaganlik, muomalaga layoqatsizlik va boshqa holatlar sabab bo'lishi mumkin. Shuningdek, qonun hujjatlarida (yuridik shaxslarning ish yurituv hujjatlarida) vakillikdan foydalanish belgilab qo'yilgan bo'ladi yoki xizmat ko'rsatish davomida vakil olishga zarurat tug'iladi. Qonuniy vakillardan foydalanish ham qonun hujjatlarida vakillik asoslari va vakillik doirasi aniq ko'rsatilgan bo'ladi. Fuqarolar o'z ishlarini sudda shaxsan yoki o'z vakillari orqali yuritishi mumkin. Fuqaroning ishda shaxsan ishtirok etishi uni ish bo'yicha vakilga ega bo'lish huquqidan mahrum etmaydi. Tashkilotlar ishlarni o'z rahbarlari yoki vakillari orqali yuritadi. Fuqarolik protsessual huquqida vakilning protsessual huquqiy holati: vakil fuqarolik-protsessual huquqiy munosabatning subyekti: vakil ishda ishtirok etuvchi shaxs; vakil sud protsessining borishidan moddiy-huquqiy (ayrim istisnolar bilan) va protsessual-huquqiy manfaatdor shaxs: vakil barcha fuqarolik-protsessual huquq va majbu- riyatlardan foydalana oladi (shartnomali vakillikda huquq va majburiyatlarni amalga oshirish maxsus ko'rsatilganda amalga oshiriladi); isbotlash vositalarining subyekti (qonuniy vakilning tushuntirishlari); vakilga nisbatan protsessual majburiyatlarni bajarmaganlik uchun protsessual misburlov choralari belgilangan va hk (sud majlisi zalidan chiqarib yuborish, advokatlik tuzilmasiga xususiy ajrim yuborish).
2. Sudda vakillik qilish turlari. 
Sudda vakillik qilishning asosan qonuniy va shartnomali turlarga bo’linadi. 
Vakillikning  qonuniy,  shartnomali,  jamoat,  ustavli  hamda  rasmiy  turlari  ham
mavjudligi tadqiq etilgan.
Qonuniy vakillik - muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan
shaxslarning  huquqlari  va  qonun  bilan  qo'riqlanadigan  manfaatlarini  sudda
ularning  qonuniy  vakillari  (ota-onalari,  ularni  farzandlikka  olganlar,  vasiylar,
homiylar) himoya qiladi.
Belgilangan tartibda bedarak yo'qolgan deb topilgan fuqaro ishtirok etishi lozim
bo'lgan  ish  bo'yicha  uning  vakili  sifatida  mazkur  fuqaroning  mol-mulkini
qo'riqlash va boshqarish uchun tayinlangan shaxs qatnashadi.
Vafot etgan yoki belgilangan tartibda vafot etgan deb e'lon qilingan shaxsning
merosxo'ri ishtirok etishi kerak bo'lgan ish bo'yicha, agar merosni hali hech kim
qabul qilib olmagan bo'lsa, vasiy, homiy, yoxud meros mol-mulkni saqlash va
boshqarish  uchun  tayinlangan  saqlovchi  shaxs  merosxo'rning  vakili  sifatida
qatnashadi.
Qonuniy vakil sudda ish olib borishni o'zi vakil sifatida tanlagan boshqa shaxsga
topshirish huquqiga ega.
O'n to'rt yoshga to'lmagan voyaga yetmagan shaxsning, muomalaga layoqatsiz
yoki  bedarak  yo'qolgan  deb  topilgan  shaxsning  qonuniy  vakili  vakillik
qilinayotgan shaxsning huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlariga
manfaat taalluqli ishlar ko'rib chiqilayotganda uning manfaatlarini ko'zlab barcha
protsessual harakatlarni amalga oshiradi.
O'n  to'rt  yoshdan  o'n  sakkiz  yoshgacha  bo'lgan  voyaga  yetmagan  shaxsning,
muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxsning qonuniy vakili ishlar ko'rib
chiqilayotganda  shu  shaxsning  manfaatlarini  ko'zlab  barcha  protsessual
harakatlarni cheklangan huquqlar doirasida amalga oshiradi.
Logotip
2. Sudda vakillik qilish turlari. Sudda vakillik qilishning asosan qonuniy va shartnomali turlarga bo’linadi. Vakillikning qonuniy, shartnomali, jamoat, ustavli hamda rasmiy turlari ham mavjudligi tadqiq etilgan. Qonuniy vakillik - muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini sudda ularning qonuniy vakillari (ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar) himoya qiladi. Belgilangan tartibda bedarak yo'qolgan deb topilgan fuqaro ishtirok etishi lozim bo'lgan ish bo'yicha uning vakili sifatida mazkur fuqaroning mol-mulkini qo'riqlash va boshqarish uchun tayinlangan shaxs qatnashadi. Vafot etgan yoki belgilangan tartibda vafot etgan deb e'lon qilingan shaxsning merosxo'ri ishtirok etishi kerak bo'lgan ish bo'yicha, agar merosni hali hech kim qabul qilib olmagan bo'lsa, vasiy, homiy, yoxud meros mol-mulkni saqlash va boshqarish uchun tayinlangan saqlovchi shaxs merosxo'rning vakili sifatida qatnashadi. Qonuniy vakil sudda ish olib borishni o'zi vakil sifatida tanlagan boshqa shaxsga topshirish huquqiga ega. O'n to'rt yoshga to'lmagan voyaga yetmagan shaxsning, muomalaga layoqatsiz yoki bedarak yo'qolgan deb topilgan shaxsning qonuniy vakili vakillik qilinayotgan shaxsning huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlariga manfaat taalluqli ishlar ko'rib chiqilayotganda uning manfaatlarini ko'zlab barcha protsessual harakatlarni amalga oshiradi. O'n to'rt yoshdan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan voyaga yetmagan shaxsning, muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxsning qonuniy vakili ishlar ko'rib chiqilayotganda shu shaxsning manfaatlarini ko'zlab barcha protsessual harakatlarni cheklangan huquqlar doirasida amalga oshiradi.
Qonuniy  vakillar  ham,  shartnoma  bo'yicha  vakillar  ham  voyaga  yetgan  va
muomalaga layoqatli bo'lishlari kerak.
Qonuniy vakillar ishga kirishishi uchun huquq beruvchi hujjatlar: bolaning tegishli
ota-onadan  paydo  bo'lganligi,  farzandlikka  olinganlik  faktlarini  tasdiqlovchi
hujjatlar;  vasiy  yoki  homiyni,  meros  mulkini  asrovchini  tayinlash  to'g'risida
qarorlar va boshqa shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishlari kerak.
Fuqarolik protsessual huquq nazariyasida qonuniy vakillik majburiy vakillik deb
yuritiladi.  Chunki  ushbu  shaxslar  (vakolat  beruvchi)  albatta  qonuniy  vakillar
yordamidan foydalanishga majbur va ularning vakolatnomasida maxsus huquqlarni
bajarish haqida alohida izoh talab etilmaydi.
Masalan
Voyaga  yetmaganlar  tomonidan  yetkazilgan  zararni  undirish  to'g'risidagi,
muomalaga  layoqatsiz  shaxslarning  uy-joyga,  mol-mulkka,  nafaqaga  boʻlgan
huquqlarini tiklash to'g'risidagi, vafot etgan shaxsning huquqiy vorisi deb topish
to'g'risidagi, voyaga yetmaganlarning mulkiy va nomulkiy huquqlarini himoya
qilishga oid ishlarda qonuniy vakillar qatnashadi.
Shartnoma bo'yicha (ixtiyoriy) vakillik ishonch bildiruvchi o'z huquqlari va qonun
bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish bo'yicha sudda ish yuritishni
shartnoma bo'yicha (ixtiyoriy) vakillikka binoan vakilga topshiradi. Quyidagilar
shartnoma bo'yicha (ixtiyoriy) vakil bo'lishi mumkin:
1) advokatlar;
2)  nasl-nasab  shajarasi  bo'yicha  to'g'ri  tutashgan  yoki  yon  shajara  boʻyicha
qarindoshlar, shuningdek er (xotin) yoxud uning qarindoshlari;
3) yuridik shaxslarning xodimlari - shu yuridik shaxslarning ishlari bo'yicha;
4) notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari shu tashkilotlar a'zolarining ishlari
bo'yicha;
5) qonunga binoan boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish
huquqi berilgan notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari;
6)  birgalikda ishtirok etuvchilardan biri  boshqa  birgalikdagi  ishtirokchilarning
topshirig'i bo'yicha;
Logotip
Qonuniy vakillar ham, shartnoma bo'yicha vakillar ham voyaga yetgan va muomalaga layoqatli bo'lishlari kerak. Qonuniy vakillar ishga kirishishi uchun huquq beruvchi hujjatlar: bolaning tegishli ota-onadan paydo bo'lganligi, farzandlikka olinganlik faktlarini tasdiqlovchi hujjatlar; vasiy yoki homiyni, meros mulkini asrovchini tayinlash to'g'risida qarorlar va boshqa shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishlari kerak. Fuqarolik protsessual huquq nazariyasida qonuniy vakillik majburiy vakillik deb yuritiladi. Chunki ushbu shaxslar (vakolat beruvchi) albatta qonuniy vakillar yordamidan foydalanishga majbur va ularning vakolatnomasida maxsus huquqlarni bajarish haqida alohida izoh talab etilmaydi. Masalan Voyaga yetmaganlar tomonidan yetkazilgan zararni undirish to'g'risidagi, muomalaga layoqatsiz shaxslarning uy-joyga, mol-mulkka, nafaqaga boʻlgan huquqlarini tiklash to'g'risidagi, vafot etgan shaxsning huquqiy vorisi deb topish to'g'risidagi, voyaga yetmaganlarning mulkiy va nomulkiy huquqlarini himoya qilishga oid ishlarda qonuniy vakillar qatnashadi. Shartnoma bo'yicha (ixtiyoriy) vakillik ishonch bildiruvchi o'z huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish bo'yicha sudda ish yuritishni shartnoma bo'yicha (ixtiyoriy) vakillikka binoan vakilga topshiradi. Quyidagilar shartnoma bo'yicha (ixtiyoriy) vakil bo'lishi mumkin: 1) advokatlar; 2) nasl-nasab shajarasi bo'yicha to'g'ri tutashgan yoki yon shajara boʻyicha qarindoshlar, shuningdek er (xotin) yoxud uning qarindoshlari; 3) yuridik shaxslarning xodimlari - shu yuridik shaxslarning ishlari bo'yicha; 4) notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari shu tashkilotlar a'zolarining ishlari bo'yicha; 5) qonunga binoan boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish huquqi berilgan notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari; 6) birgalikda ishtirok etuvchilardan biri boshqa birgalikdagi ishtirokchilarning topshirig'i bo'yicha;
7) ishni ko'rib chiqayotgan sud tomonidan ishda jismoniy shaxslarning vakillari
sifatida ishtirok etishiga yo'l qo'yilgan shaxslar.
Sudda ish yuritish bo'yicha bo'yicha vakil sifatida professional faoliyat bilan faqat
advokatlar shug'ullanishi mumkin.
Shartnoma bo'yicha vakillikning xususiyatlari:
vakillikning shartnoma bo'yicha ixtiyoriy asosda amalga oshiriladigan turi;
vakillik munosabatlari ishonch bildiruvchi (vakolat beruvchi) va shaxs va vakil
(advokat) o'rtasida tuziladigan shartnomaga asosan, shuningdek qonunga muvofiq
berilgan va rasmiylashtirilgan ishonchnoma orqali vujudga keladi va faqat ishonch
bildiruvchining bunga xohishi mavjud bo'lganda yuzaga keladi;
vakillikning bu turida maxsus izoh talab qilingan holatlar (huquqlar ko'rsatilishi),
vakolatni  rasmiylashtirish  tartibi  (advokatlarning  orderi,  taraflarning
ishonchnomalari, sherik ishtirokchilarning og'zaki arizalari) ga alohida ko'rsatilishi
zarur.
Vakillarning  ishga  kirishishi  masalasi  sudya  tomonidan  ishni  sudda  ko'rishga
tayyorlash paytida hal etilib, bu haqda ajrimda ko'rsatiladi. Agar vakilni ishga
kiritish to'g'risidagi  iltimosnoma sud majlisida bildirilgan bo'lsa, masala ishda
qatnashuvchi  boshqa  shaxslar  fikri  eshitilgandan  so'ng  bayonnomada  qayd
etiladigan ajrim chiqarish yo'li bilan hal etiladi.
Shaxsni sudda vakil sifatida qatnashishiga ijozat berish (qatnashishini rad etish)
to'g'risidagi  ajrim  ustidan,  u  ishning  keyingi  harakatlanishiga  to'sqinlik
qilmaganligi sababli, apellyatsiya (kassatsiya) shikoyatidan alohida tarzda shikoyat
qilish mumkin emas.
Jamoat vakilligi ayrim turdagi fuqarolik ishlari boʻyicha vujudga kelib asosan
korxona,  tashkilot,  muassasa  va  ayniqsa,  xodimlar  manfaatlarini,  shuningdek
mualliflik huquqiy munosabatlariga doir ishlar bo'yicha mualliflarning buzilgan
huquq va manfaatlarini himoya qilish, mehnatga oid ishlar bo'yicha xodimlar
manfaatlarini himoya qilish maqsadida faoliyat yuritadi.
Rasmiy vakillik asosan bedarak yo'qolgan, o'lgan deb e'lon qilingan shaxslarning
mulkiy va nomulkiy huquqlarining himoyasini ta'minlash maqsadida qonuniy va
Logotip
7) ishni ko'rib chiqayotgan sud tomonidan ishda jismoniy shaxslarning vakillari sifatida ishtirok etishiga yo'l qo'yilgan shaxslar. Sudda ish yuritish bo'yicha bo'yicha vakil sifatida professional faoliyat bilan faqat advokatlar shug'ullanishi mumkin. Shartnoma bo'yicha vakillikning xususiyatlari: vakillikning shartnoma bo'yicha ixtiyoriy asosda amalga oshiriladigan turi; vakillik munosabatlari ishonch bildiruvchi (vakolat beruvchi) va shaxs va vakil (advokat) o'rtasida tuziladigan shartnomaga asosan, shuningdek qonunga muvofiq berilgan va rasmiylashtirilgan ishonchnoma orqali vujudga keladi va faqat ishonch bildiruvchining bunga xohishi mavjud bo'lganda yuzaga keladi; vakillikning bu turida maxsus izoh talab qilingan holatlar (huquqlar ko'rsatilishi), vakolatni rasmiylashtirish tartibi (advokatlarning orderi, taraflarning ishonchnomalari, sherik ishtirokchilarning og'zaki arizalari) ga alohida ko'rsatilishi zarur. Vakillarning ishga kirishishi masalasi sudya tomonidan ishni sudda ko'rishga tayyorlash paytida hal etilib, bu haqda ajrimda ko'rsatiladi. Agar vakilni ishga kiritish to'g'risidagi iltimosnoma sud majlisida bildirilgan bo'lsa, masala ishda qatnashuvchi boshqa shaxslar fikri eshitilgandan so'ng bayonnomada qayd etiladigan ajrim chiqarish yo'li bilan hal etiladi. Shaxsni sudda vakil sifatida qatnashishiga ijozat berish (qatnashishini rad etish) to'g'risidagi ajrim ustidan, u ishning keyingi harakatlanishiga to'sqinlik qilmaganligi sababli, apellyatsiya (kassatsiya) shikoyatidan alohida tarzda shikoyat qilish mumkin emas. Jamoat vakilligi ayrim turdagi fuqarolik ishlari boʻyicha vujudga kelib asosan korxona, tashkilot, muassasa va ayniqsa, xodimlar manfaatlarini, shuningdek mualliflik huquqiy munosabatlariga doir ishlar bo'yicha mualliflarning buzilgan huquq va manfaatlarini himoya qilish, mehnatga oid ishlar bo'yicha xodimlar manfaatlarini himoya qilish maqsadida faoliyat yuritadi. Rasmiy vakillik asosan bedarak yo'qolgan, o'lgan deb e'lon qilingan shaxslarning mulkiy va nomulkiy huquqlarining himoyasini ta'minlash maqsadida qonuniy va
shartnomali  vakillar  (asiy  va  homiy,  mol-mulkni  qo'riqlovchi  va  tanlangan
advokatlar tomonidan) amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik
protsessual huquqida rasmiy vakillik alohida tur sifatida o'rganilmaydi.
Ustav bo'yicha vakillik yuridik shaxslar  faoliyati bilan bog'liq ishlar bo'yicha
korxona, tashkilot, muassaasa, tegishli tuzilmaning ta'sis va ish yurituv hujjatlarida
yuridik shaxs manfaatlarini himoya qilish vakolati (funksional vazifalari) kimga
yoki qaysi shtat (lavozim) bo'yicha rasman biriktirilganligi hamda vakillik doirasi
ko'rsatilgan  bo'ladi.  shunga  ko'ra  yuridik  shaxslarning  xodimlari  shu  yuridik
shaxslarning ishlari bo'yicha sudda ishtirok etadi.
Vakillikning ushbu turlari alohida vakillik turlari sifatida faqat ilmiy tadqiqot
ishlarida  (ilmiy  ishlanmalarda)  shunday  tadqiq  etilgan,  ammo  nazariya  va
amaliyotda  vakillikning  qonuniy  va  shartnomali  vakillik  rasman  Fuqarolik
protsessual kodeksida mustahkamlangan.
3. Suddagi vakilning vakolatlari.
Vakillar  Fuqarolik protsessual  kodeksining 39-moddasiga  ko'ra, ishda  ishtirok
etuvchi shaxs sifatida 40-moddadagi huquq va majburiyatlarga ega. Shuningdek,
yana maxsus 69-moddadagi vakilning protsessual vakolatlari ham ularga tegishli.
Logotip
shartnomali vakillar (asiy va homiy, mol-mulkni qo'riqlovchi va tanlangan advokatlar tomonidan) amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual huquqida rasmiy vakillik alohida tur sifatida o'rganilmaydi. Ustav bo'yicha vakillik yuridik shaxslar faoliyati bilan bog'liq ishlar bo'yicha korxona, tashkilot, muassaasa, tegishli tuzilmaning ta'sis va ish yurituv hujjatlarida yuridik shaxs manfaatlarini himoya qilish vakolati (funksional vazifalari) kimga yoki qaysi shtat (lavozim) bo'yicha rasman biriktirilganligi hamda vakillik doirasi ko'rsatilgan bo'ladi. shunga ko'ra yuridik shaxslarning xodimlari shu yuridik shaxslarning ishlari bo'yicha sudda ishtirok etadi. Vakillikning ushbu turlari alohida vakillik turlari sifatida faqat ilmiy tadqiqot ishlarida (ilmiy ishlanmalarda) shunday tadqiq etilgan, ammo nazariya va amaliyotda vakillikning qonuniy va shartnomali vakillik rasman Fuqarolik protsessual kodeksida mustahkamlangan. 3. Suddagi vakilning vakolatlari. Vakillar Fuqarolik protsessual kodeksining 39-moddasiga ko'ra, ishda ishtirok etuvchi shaxs sifatida 40-moddadagi huquq va majburiyatlarga ega. Shuningdek, yana maxsus 69-moddadagi vakilning protsessual vakolatlari ham ularga tegishli.
Vakillar  ish  materiallari  bilan  tanishish,  ulardan  ko'chirmalar  olish,  nusxalar
ko'chirish,  rad  etish  to'g'risida  arz  qilish,  dalillar  taqdim  etish,  dalillarni
tekshirishda  ishtirok  etish,  ishda  ishtirok  etuvchi  boshqa  shaxslarga  va  odil
sudlovni  amalga  oshirishga  ko'maklashayotgan  shaxslarga  savollar  berish,  arz
qilish, iltimosnomalar taqdim etish, sudga og'zaki va yozma tushuntirishlar berish,
ishni sudda ko'rish davomida tug'iladigan hamma masalalar bo'yicha o'zlarining
vajlarini  bayon  qilish,  boshqa  shaxslarning  arzlari,  iltimosnomalari,  vajlariga
qarshi  e'tirozlar  bildirish, sudning  hal  qiluv qarori, ajrimi, qarori  va buyrug'i
ustidan shikoyat qilish, sud chiqargan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori va buyruqning
majburiy ijrosini talab qilish, sud ijrochisining harakatlari vaqtida hozir bo'lish va
o'z  huquqlarini  amalga  oshirish  kabi  protsessual  huquq  va  majburiyatlarga
egadirlar.
Vakillik vakolatlari umumiy va maxsus vakolatlarga ajratiladi. Jumladan, umumiy
vakolat deb, har qanday vakil tomonidan vakolatnoma bergan shaxs nomidan
harakatlarni amalga oshirishga aytiladi va bunda vakolatlarga maxsus izoh berilishi
talab qilinmaydi.
Maxsus  vakolat  deganda vakil tomonidan ishonchnomada maxsus ko'rsatilgan
harakatlarni amalga oshirish tushuniladi. Maxsus harakat (huquq va burch) lar
deganda da'vo talab (lar)idan to'liq yoki qisman voz kechish; da'vo predmeti va
asosini o'zgartirish; da'vo talab(lar)ining miqdorini ko'paytirish yoki kamaytirish;
da'vo  talab(lar)ini  tan  olish;  kelishuv  bitimi  tuzish  yoki  mediativ  kelishuvga
erishish; vakolatlarni o'zga shaxsga o'tkazish; sud qarorlari ustidan shikoyat qilish;
ijro hujjatlarining bajarilishini talab qilish va boshqalar tushuniladi.
Sudda  ish  yuritish  vakolatlari  vakilga  barcha  protsessual  harakatlarni  vakolat
beruvchi nomidan amalga oshirish huquqini beradi.
Shartnoma  bo'yicha  vakillik  qiluvchining  arz  qilingan  talablardan  to'liq  yoki
qisman  voz  kechish,  ularning  asosini  yoki  predmetini  o'zgartirish,  miqdorini
ko'paytirish yoki kamaytirish, da'vogarning talablarini tan olish, kelishuv bitimi,
mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to'g'risidagi kelishuv yoki mediativ
kelishuv tuzish, vakolatlarni boshqa shaxsga o'tkazish (boshqa shaxsga ishonib
Logotip
Vakillar ish materiallari bilan tanishish, ulardan ko'chirmalar olish, nusxalar ko'chirish, rad etish to'g'risida arz qilish, dalillar taqdim etish, dalillarni tekshirishda ishtirok etish, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga va odil sudlovni amalga oshirishga ko'maklashayotgan shaxslarga savollar berish, arz qilish, iltimosnomalar taqdim etish, sudga og'zaki va yozma tushuntirishlar berish, ishni sudda ko'rish davomida tug'iladigan hamma masalalar bo'yicha o'zlarining vajlarini bayon qilish, boshqa shaxslarning arzlari, iltimosnomalari, vajlariga qarshi e'tirozlar bildirish, sudning hal qiluv qarori, ajrimi, qarori va buyrug'i ustidan shikoyat qilish, sud chiqargan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori va buyruqning majburiy ijrosini talab qilish, sud ijrochisining harakatlari vaqtida hozir bo'lish va o'z huquqlarini amalga oshirish kabi protsessual huquq va majburiyatlarga egadirlar. Vakillik vakolatlari umumiy va maxsus vakolatlarga ajratiladi. Jumladan, umumiy vakolat deb, har qanday vakil tomonidan vakolatnoma bergan shaxs nomidan harakatlarni amalga oshirishga aytiladi va bunda vakolatlarga maxsus izoh berilishi talab qilinmaydi. Maxsus vakolat deganda vakil tomonidan ishonchnomada maxsus ko'rsatilgan harakatlarni amalga oshirish tushuniladi. Maxsus harakat (huquq va burch) lar deganda da'vo talab (lar)idan to'liq yoki qisman voz kechish; da'vo predmeti va asosini o'zgartirish; da'vo talab(lar)ining miqdorini ko'paytirish yoki kamaytirish; da'vo talab(lar)ini tan olish; kelishuv bitimi tuzish yoki mediativ kelishuvga erishish; vakolatlarni o'zga shaxsga o'tkazish; sud qarorlari ustidan shikoyat qilish; ijro hujjatlarining bajarilishini talab qilish va boshqalar tushuniladi. Sudda ish yuritish vakolatlari vakilga barcha protsessual harakatlarni vakolat beruvchi nomidan amalga oshirish huquqini beradi. Shartnoma bo'yicha vakillik qiluvchining arz qilingan talablardan to'liq yoki qisman voz kechish, ularning asosini yoki predmetini o'zgartirish, miqdorini ko'paytirish yoki kamaytirish, da'vogarning talablarini tan olish, kelishuv bitimi, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to'g'risidagi kelishuv yoki mediativ kelishuv tuzish, vakolatlarni boshqa shaxsga o'tkazish (boshqa shaxsga ishonib