KURS ISHI
FUQAROLIK SUDIDA VAKILLIK
Reja:
I.
Kirish
II.
Asosiy qism
II.1Fuqarolik protsessual huquqida vakillik tushunchasi, ahamiyati va
asoslari
II.2Fuqarolik protsessual sud jarayonida vakilllik huquqining turlari
II.3Fuqarolik protsessual sudida vakilning vakolatlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Fuqarolik protsessida vakillik instituti muhim o‘rin tutadi. Bu institut
fuqarolar va yuridik shaxslarning huquq va manfaatlarini sud oldida himoya
qilishda yuridik yordamni ta’minlash maqsadida yaratilgan. Zamonaviy huquqiy
tizimda fuqarolik ishlari bo‘yicha vakillik qilishning huquqiy asosi va amaliy
ahamiyati alohida o‘rganilishi lozim bo‘lgan masalalardan biri hisoblanadi.
Vakillik, bir tomondan, sud ishtirokchilarining ish yuritish imkoniyatini
kengaytirsa, ikkinchi tomondan, sudda ishni ko‘rishda protsessual masalalarni
samarali hal qilishga xizmat qiladi. Ayniqsa, fuqarolar va yuridik shaxslarning o‘z
huquqlarini o‘zlari himoya qilishga imkoniyati bo‘lmagan holatlarda vakillik
muhim rol o‘ynaydi.
Mazkur referatda fuqarolik sudida vakillik institutining asosiy huquqiy
jihatlari, uning protsessual tartibi, amaliyotdagi ahamiyati hamda ushbu institutni
rivojlantirish bo‘yicha takliflar muhokama qilinadi. Vakillikning zamonaviy sud
tizimidagi o‘rni va ahamiyatini yoritish orqali fuqarolik protsessida adolat va
samaradorlikni oshirish bo‘yicha takliflar keltiriladi.
Bu kirish qismi referatning dolzarbligi, tadqiqot maqsadi va mazmunini
aniqlab beradi.
2.1Fuqarolik protsessual huquqida vakillik tushunchasi, ahamiyati va
asoslari
Vakillik instituti O'zbekiston Respublikasi Konstitut- siyasining 44, 116-
moddalarida mustahkamlangan sud orqali himoyalanish va malakali yuridik
yordam olish kabi konsti- tutsiyaviy huquqlarni amalga oshirilishini ta'minlashga
xizmat qiladi hamda ishda ishtirok etuvchi taraflar, uchinchi shaxslar,
arizachilarning huquqlari va erkinliklari hamda qonun bilan qo'riqlanadigan
manfaatlari himoyasining protsessual kafolati vazifasini bajarishga xizmat qiladi.
Fuqarolik ishlarini sud va boshqa organlarda yuritishda bir shaxsning
topshirig'iga ko'ra ikkinchi shaxsning uning nomidan ishda qatnashuviga vakillik
qilish deb ataladi. O'z navbatida bunday munosabatlar shartnoma (ishonchnoma,
vakolatnoma, order) asosida amalga oshiriladi.
Fuqarolik sud ishlarini yuritishda advokatning ishtiroki esa ana shu vakillik
institutining eng ko'p namoyon bo'ladigan turlaridan biri hisoblanadi.
Suddagi vakillik bu sud himoyasiga bo'lgan huquqni amalga oshirish,
malakali yuridik yordan olish vositasi sanalib, manfaatdor shaxslar shaxsan o'zlari
ishni olib borishlari yoki bevosita vakillari orqali ish olib borishlari; bevosita ishda
ham vakili, ham o'zining bir vaqtda qatnashuviga yo'l qo'yilishi kabilarni o'z ichiga
oladi.
Vakillik institutining maqsadi va ahamiyati:
sud-huquq islohotlarini amalga oshirishdan ko'zlangan maqsadlarni ro'yobga
chiqarishga ko'maklashish;
sud orqali himoyalanish va malakali yuridik yordam olish kabi
konstitutsiyaviy huquqlari amalga oshirilishini ta'minlash;
fuqarolar va tashkilotlarning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya
qilish, buzilgan huquqlarni tiklash mexanizmini kuchaytirish;
fuqarolarga malakali yuridik yordam ko'rsatilishini ta'minlashga erishish;
huquq va manfaatlar himoyasini protsessual kafolati vazifasini bajarish;
fuqarolik sud ishlarini yuritishda odil sudlovni amalga oshirishda sudlarga
ko'maklashish;
ishning haqiqiy holatini ochishga ko'maklashish;
ish bo'yicha qonuniy, asoslantirilgan va adolatli sud qarorlari chiqarish
imkoniyatlarini ta'minlashga qara- tilgan.
Suddagi vakillikni vujudga kelish shartlari:
manfaatdor shaxsning topshirig'iga ko'ra;
qonunda nazarda tutilgan asoslarga koʻra.
Vakillik vujudga kelishi uchun kasallik, xizmat safarida bo'lish, tegishli
huquq normalaridan yetarli darajada xabardor bo'lmaslik, voyaga yetmaganlik,
muomalaga layoqatsizlik va boshqa holatlar sabab bo'lishi mumkin. Shuningdek,
qonun hujjatlarida (yuridik shaxslarning Ish yurituv hujjatlarida) vakillikdan
foydalanish belgilab qo'yilgan bo'ladi yoki xizmat ko'rsatish davomida vakil
olishga zarurat tug'iladi. Qonuniy vakillardan foydalanish ham qonun hujjatlarida
vakillik asoslari va vakillik doirasi aniq ko'rsatilgan bo'ladi. Fuqarolar o'z ishlarini
sudda shaxsan yoki o'z vakillari orqali yuritishi mumkin. Fuqaroning ishda shaxsan
ishtirok etishi uni ish bo'yicha vakilga ega bo'lish huquqidan mahrum etmaydi.
Tashkilotlar ishlarni o'z rahbarlari yoki vakillari orqali yuritadi.
Fuqarolik protsessual huquqida vakilning protses- sual huquqiy holati:
vakil fuqarolik-protsessual huquqiy munosabatning subyekti;
vakil ishda ishtirok etuvchi shaxs;
vakil sud protsessining borishidan moddiy-huquqiy (ayrim istisnolar bilan)
va protsessual-huquqiy manfaatdor shaxs;
vakil barcha fuqarolik-protsessual huquq va majbu- riyatlardan foydalana
oladi (shartnomali vakillikda huquq va majburiyatlarni amalga oshirish maxsus
ko'rsatilganda amalga oshiriladi);
isbotlash vositalarining subyekti (qonuniy vakilning tushuntirishlari); bajar-
vakiiga nisbatan protsessual majburiyatlarni maganlik uchun protsessual
majburlov choralari belgilangan va hk (sud majlisi zalidan chiqarib yuborish,
advokatlik tuzilmasiga xususiy ajrim yuborish)
2.2 Fuqarolik protsessual sud jarayonida vakilllik huquqining
turlari
Sudda vakillik qilishning qonuniy va shartnomavi turlariga ruhsat etilgan.
Vakillikning qonuniy, shartnomali, jamoat, ustavli hamda rasmiy turlari ham
mavjudligi tadqiq etilgan.
Qonuniy vakillik - muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati
cheklangan shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini
sudda ularning qonuniy vakillari (ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar, vasiylar,
homiylar) himoya qiladi.
Belgilangan tartibda bedarak yo'qolgan deb topilgan fuqaro ishtirok etishi
lozim bo'lgan ish bo'yicha uning vakili sifatida mazkur fuqaroning mol-mulkini
qo'riqlash va boshqarish uchun tayinlangan shaxs qatnashadi.
Vafot etgan yoki belgilangan tartibda vafot etgan deb e'lon qilingan
shaxsning merosxo'ri ishtirok etishi kerak bo'lgan ish bo'yicha, agar merosni hali
hech kim qabul qilib olmagan bo'lsa, vasiy, homiy, yoxud meros mol-mulkni
saqlash va boshqarish uchun tayinlangan saqlovchi shaxs merosxo'rning vakili
sifatida qatnashadi.
Qonuniy vakil sudda ish olib borishni o'zi vakil sifatida tanlagan boshqa
shaxsga topshirish huquqiga ega.
O'n to'rt yoshga to'lmagan voyaga yetmagan shaxsning, muomalaga layoqatsiz
yoki bedarak yo'qolgan deb topilgan shaxsning qonuniy vakili vakillik
qilinayotgan shaxsning huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlariga
taalluqli ishlar ko'rib chiqilayotganda uning manfaatlarini ko'zlab barcha
protsessual harakatlarni amalga oshiradi.
O'n to'rt yoshdan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan voyaga yetmagan shaxsning,
muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxsning qonuniy vakili ishlar ko'rib
chiqilayotganda shu shaxsning manfaatlarini ko'zlab barcha protsessual
harakatlarni cheklangan huquqlar doirasida amalga oshiradi.
Qonuniy vakillar ham, shartnoma bo'yicha vakillar ham voyaga yetgan va
muomalaga layoqatli bo'lishlari kerak.
Qonuniy vakillar ishga kirishishi uchun huquq beruvchi hujjatlar: bolaning
tegishli ota-onadan paydo bo'lganligi, farzandlikka olinganlik faktlarini
tasdiqlovchi hujjatlar; vasiy yoki homiyni, meros mulkini asrovchini tayinlash
to'g'risida qarorlar va boshqa shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishlari
kerak.
Fuqarolik protsessual huquq nazariyasida qonuniy vakillik majburiy vakillik
deb yuritiladi. Chunki ushbu shaxslar (vakolat beruvchi) albatta qonuniy vakillar
yordamidan foydalanishga majbur va ularning vakolatnomasida maxsus huquqlarni
bajarish haqida alohida izoh talab etilmaydi.
Shartnoma bo`yicha ixtiyoriy vakillik- ishonch bildiruvchi o'z huquqlari va
qonun bilan qo'riqlanadigan man faatlarini himoya qilish bo'yicha sudda ish
yuritishni shartnoma bo'yicha (ixtiyoriy) vakillikka binoan vakilga topshiradi.
Quyidagilar shartnoma bo'yicha (Ixtiyoriy) vakil bo'lishi mumkin:
1) advokatlar;
2) nasl-nasab shajarasi bo'yicha to'g'ri tutashgan yoki yon shajara boʻyicha
qarindoshlar, shuningdek er (xotin) yoxud uning qarindoshlari;
3) yuridik shaxslarning xodimlari - shu yuridik shaxslarning ishlari bo'yicha;
4) notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari shu tashkilotlar a'zolarining
ishlari bo'yicha;
5) qonunga binoan boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya
qilish huquqi berilgan notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari;
6) birgalikda ishtirok etuvchilardan biri boshqa birgalikdagi
ishtirokchilarning topshirig'i boʻyicha;
7) ishni ko'rib chiqayotgan sud tomonidan ishda jismoniy shaxslarning
vakillari sifatida ishtirok etishiga yo'l qo'yilgan shaxslar.
Sudda ish yuritish bo'yicha vakil sifatida professional faoliyat bilan faqat
advokatlar shug'ullanishi mumkin.
Shartnoma boʻyicha vakillikning xususiyatlari:
vakillikning shartnoma boʻyicha ixtiyoriy asosda amalga oshiriladigan turi;
vakillik munosabatlari ishonch bildiruvchi (vakolat beruvchi) va shaxs va
vakil (advokat) o'rtasida tuziladigan shartnomaga asosan, shuningdek qonunga
muvofiq berilgan va rasmiylashtirilgan ishonchnoma orqali vujudga keladi va faqat
ishonch bildiruvchining bunga xohishi mavjud bo'lganda yuzaga keladi;
vakillikning bu turida maxsus izoh talab qilingan holatlar (huquqlar
ko'rsatilishi), vakolatni rasmiylashtirish tartibi (advokatlarning orderi, taraflarning
ishonchnomalari, sherik ishtirokchilarning og'zaki arizalari) ga alohida ko'rsatilishi
zarur.
Vakillarning ishga kirishishi masalasi sudya tomonidan Ishni sudda ko'rishga
tayyorlash paytida hal etilib, bu haqda ajrimda ko'rsatiladi. Agar vakilni ishga
kiritish to'g'risidagi iltimosnoma sud majlisida bildirilgan bo'lsa, masala ishda
qatnashuvchi boshqa shaxslar fikri eshitilgandan so'ng bayonnomada qayd
etiladigan ajrim chiqarish yo'li bilan hal etiladi.
Shaxsni sudda vakil sifatida qatnashishiga ijozat berish (qatnashishini rad
etish) to'g'risidagi ajrim ustidan, u ishning keyingi harakatlanishiga to'sqinlik
qilmaganligi sababli, apellyatsiya (kassatsiya) shikoyatidan alohida tarzda shikoyat
qilish mumkin emas.
Jamoat vakilligi ayrim turdagi fuqarolik ishlari bo'yicha vujudga kelib
asosan korxona, tashkilot, muassasa va ayniqsa, xodimlar manfaatlarini,
shuningdek mualliflik huquqiy munosabatlariga doir ishlar bo'yicha mualliflarning
buzilgan huquq va manfaatlarini himoya qilish, mehnatga oid ishlar bo'yicha
xodimlar manfaatlarini himoya qilish maqsadida faoliyat yuritadi.
Rasmiy vakillik asosan bedarak yo'qolgan, o'lgan deb e'lon qilingan
shaxslarning mulkiy va nomulkiy huquqlarining himoyasini ta'minlash maqsadida
qonuniy va shartnomali vakillar (vasiy va homiy, mol-mulkni qo'riqlovchi va
tanlangan advokatlar tomonidan) amalga oshiriladi. O'zbekiston Res publikasining
Fuqarolik protsessual huquqida rasmiy vakillik alohida tur sifatida o'rganilmaydi.
Ustav bo'yicha vakillik yuridik shaxslar faoliyati bilan bog'liq ishlar bo'yicha
korxona, tashkilot, muassaasa, tegishli tuzilmaning ta'sis va ish yurituv hujjatlarida
yuridik shaxs manfaatlarini himoya qilish vakolati (funksional vazifalari) kimga
yoki qaysi shtat (lavozim) bo'yicha rasman biriktirilganligi hamda vakillik doirasi
ko'rsatilgan bo'ladi, shunga ko'ra yuridik shaxslarning xodimlari shu yuridik
shaxslarning ishlari bo'yicha sudda ishtirok etadi.
Vakillikning ushbu turlari alohida vakillik turlari sifatida faqat ilmiy tadqiqot
ishlarida (ilmiy ishlanmalarda) shunday tadqiq etilgan, ammo nazariya va
amaliyotda vakillikning qonuniy va shartnoma bo`yicha turlari rasman fuqarolik
kodeksida mustahkamlangan.
2.3 Fuqarolik protsessual sudida vakilning vakolatlari
Vakillar Fuqarolik protsessual kodeksining 39-moddasiga ko'ra, ishda
ishtirok etuvchi shaxs sifatida 40-moddadagi huquq va majburiyatlarga ega.
Shuningdek, yana maxsus 69-moddadagi vakilning protsessual vakolatlari ham
ularga tegishli.
Vakillar ish materiallari bilan tanishish, ulardan ko'chirmalar olish, nusxalar
ko'chirish, rad etish to'g'risida arz qilish, dalillar taqdim etish, dalillarni
tekshirishda ishtirok etish, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga va odil
sudlovni amalga oshirishga ko'maklashayotgan shaxslarga savollar berish, arz
qilish, Iltimosnomalar taqdim etish, sudga og'zaki va yozma tushuntirishlar berish,
ishni sudda ko'rish davomida tug'iladigan hamma masalalar bo'yicha o'zlarining
vajlarini bayon qilish, boshqa shaxslarning arzlari, iltimosnomalari, vajlariga
qarshi e'tirozlar bildirish, sudning hal qiluv qarori, ajrimi, qarori va buyrug'i
ustidan shikoyat qilish, sud chiqargan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori va buyruqning
majburiy ijrosini talab qilish, sud ijrochisining harakatlari vaqtida hozir bo'lish va
o'z huquqlarini amalga oshirish kabi protsessual huquq va majburiyatlarga
egadirlar.
Vakillik vakolatlari umumiy va maxsus vakolatlarga ajratiladi. Jumladan,
umumiy vakolat deb, har qanday vakil tomonidan vakolatnoma bergan shaxs
nomidan harakatlarni amalga oshirishga aytiladi va bunda vakolatlarga maxsus
izoh berilishi talab qilinmaydi.
Maxsus vakolat deganda vakil tomonidan ishonchnomada maxsus
ko'rsatilgan harakatlarni amalga oshirish tushuniladi. Maxsus harakat (huquq va
burch) lar deganda da'vo talab (lar)idan to'liq yoki qisman voz kechish; da'vo
predmeti va asosini o'zgartirish, da'vo talab(lar)ining miqdorini ko'paytirish yoki
kamaytirish; da'vo talab(lar)ini tan olish; kelishuv bitimi tuzish yoki mediativ
kelishuvga erishish vakolatlarni o'zga shaxsga o'tkazish; sud qarorlari ustidan
shikoyat qilish; ijro hujjatlarining bajarilishini talab qilish va boshqalar tushuniladi.
Sudda ish yuritish vakolatlari vakilga barcha protsessual harakatlarni vakolat
beruvchi nomidan amalga oshirish huquqini beradi.
Shartnoma bo'yicha vakillik qiluvchining arz qilingan talablardan to'liq yoki
qisman voz kechish, ularning asosini yoki predmetini o'zgartirish, miqdorini
ko'paytirish yoki kamaytirish, da'vogarning talablarini tan olish, kelishuv bitimi,
mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to'g'risidagi kelishuv yoki mediativ
kelishuv tuzish, vakolatlarni boshqa shaxsga o'tkazish (boshqa shaxsga ishonib
topshirish), sud hujjati ustidan shikoyat qilish, arizalarni imzolash, ijro varaqasini
undiruvga taqdim etish, undirilgan mol-mulkni yoki pullarni olish vakolati har bir
alohida holda vakolat beruvchi tomonidan berilgan ishonchnomada maxsus
ko'rsatilgan bo'lishi kerak.
Sudda ish yuritish bo'yicha vakil sifatida professional faoliyat bilan faqat
advokatlar shug'ullanishi mumkin.
Oliy yuridik ma'lumotga ega bo'lgan va advokatlik faoliyati bilan
shug'ullanish huquqini beruvchi litsenziyani belgilangan tartibda olgan O'zbekiston
Respublikasining fu- qarosi O'zbekiston Respublikasida advokat bo'lishi mumkin.
Litsenziya Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va
Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan tegishli malaka
komissiyalarining qarorlari asosida beriladi. Belgilangan tartibda muomalaga
layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, shuningdek
sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan
shaxslarning advokatlik faoliyati bilan shug'ullanishiga yo'l qo'yilmaydi
(O'zbekiston Respublikasining Advokatura to'g'risida»gi qonuni 3-moddasi).
Advokatlik faoliyati advokat va ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi
shaxs) o'rtasida tuziladigan yuridik yordam ko'rsatish to'g'risidagi bitim
(shartnoma) asosida amalga oshiriladi.
Advokat ishga kirishishi uchun advokatlik guvohnomasi va advokatlar
tuzilmasi tomonidan berilgan order taqdim etilishi zarur, mazkur hujjatlar
advokatga yuridik yordam so'rab murojaat etgan shaxs manfaatlarini sudda himoya
qilish huquqini beradi.
Birinchi instansiya sudida qatnashgan advokatning ish yurituvida ishga
aloqador quyidagi ma'lumot va hujjatlarning bo'lishi tavsiya etiladi:
sudga berilgan da'vo ariza, ariza, shikoyatlarning nusxalari;
da'vo arizasiga nisbatan qarshi da'vo ariza yoki
e'tiroznoma berilgan bo'lsa, mazkur hujjatlarning nusxalari;
fuqarolik ishi bo'yicha taqdim etilgan yozma dalillarning nusxalari;
sud majlisida aniqlash lozim bo'lgan holatlar yuzasidan tuzilgan savollar
ro'yxati;
ishni qonuniy hal etilishiga yordam beruvchi huquqiy hujjatlar va maxsus
adabiyotlardan ko'chirmalar, ularning nusxalari (olingan manbalari ko'rsatilgan
holda);
sud majlisi davomida tomonlarning tushuntirishlari, fikrlarining qisqacha
(asosiy) mazmuni, mutaxassislarning fikrlari aks ettirilgan yozuvlar;
ekspert, sudda taqdim etilgan yozma iltimosnomalarning nusxalari,
shuningdek, og'zaki berilgan iltimosnomalar va sudning iltimosnomalar bo'yicha
chiqargan ajrimining mazmuni;
sud muzokarasidagi advokat nutqining matni va ushbu bo'yicha
tayyorlangan tezislar;
agar sud majlisi bayonnomasi bilan tanishib, unga fikr-mulohaza bildirilgan
bo'lsa, bildirilgan likr-mulohazalar haqidagi ma'lumot;
sudning ish yuzasidan chiqargan hal qiluv qarori yoki ajrimi nusxalari va
boshqalar.
Fuqarolik protsessual kodeksida (FPKning 70-moddasi) sudda vakillik
qilishi mumkin bo'lmagan shaxslar toifasi ko'rsatilgan.
Quyidagilar sudda vakillik qilishi mumkin emas:
1) voyaga yetmagan shaxslar, bundan qonun hujjatlarida belgilangan hollar
mustasno;
2) vasiylik va homiylik belgilangan shaxslar;
3) sudyalar, prokurorlar, surishtiruvchilar, tergovchilar, sud devoni
xodimlari, bundan ular qonuniy vakil (ota-onalar, farzandlikka olganlar, vasiylar,
homiylar) sifatida, shuningdek tegishli sud, prokuratura, surishtiruv va tergov
organlarining vakili sifatida qatnashgan hollar mustasno
4) manfaatlari vakolat beruvchining manfaatlariga zid bo'lgan shaxslarga
huquqiy yordam ko'rsatayotgan yoki ilgari yordam ko'rsatgan shaxslar;
4') shu nizo bilan bog'liq mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishda
mediator sifatida ishtirok etganlar, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan va
mediatorning ishtiroki yuzasidan o'zaro rozilik bo'lgan hollar mustasno;
5) sudya, prokuror, sud majlisi kotibi, ekspert, mutaxassis, tarjimon bilan
qarindoshlik munosabatlarida bo'lgan shaxslar.
Voyaga yetmagan shaxslar (18 yoshga to‘lmaganlar) fuqarolik protsessida
vakil sifatida ishtirok eta olmaydi. Bu cheklovning sababi quyidagilarga
asoslanadi:
1. Huquqiy layoqatning cheklanganligi:
Voyaga yetmaganlar huquqiy layoqatga ega emas yoki faqat cheklangan
huquqiy layoqatga ega bo‘lib, ular murakkab huquqiy masalalarda vakil sifatida
ishtirok etishga yaroqsiz hisoblanadi.
2. Mas'uliyat darajasining yetarli emasligi:
Fuqarolik protsessi vakillikni talab qiladi, bu esa vakilning mas'uliyatli va oqilona
qarorlar qabul qilishini ta'minlashni talab qiladi. Voyaga yetmaganlar bunday
mas'uliyatni to‘liq bajarishga qodir emas deb hisoblanadi.
3. Sud jarayonining adolatini ta'minlash: