Fuqarolik tarbiyasining maqsad, vazifalari va metodlari
Yuklangan vaqt
2024-09-27
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
20
Faytl hajmi
44,0 KB
Fuqarolik tarbiyasining maqsad, vazifalari va metodlari
Reja:
1.
Fuqarolik tarbiyasining maqsad, vazifalari va metodlari.
2.
O’quvchilarga fuqarolik tarbiyasini berish jarayonida Davlat
ramzlari (Madhiya, Gerb, Bayroq)dan foydalanish.
3.
Vatanparvarlik
va
baynalminallik
tarbiyasining
maqsad,
vazifalari va metodlari.
4.
Huquqiy tarbiya.
5.
Yosh avlodning huquqiy ongi va madaniyatini shakllantirish -
fuqarolik tarbiyasining tarkibiy qismi.
Tayanch iboralar: fuqaro, fuqarolik tarbiyasi, bayrog'i, gerbi (tamg'asi) hamda
madhiyasi, Vatanparvarlik va baynalminallik tarbiyasi, Harbiy vatanparvarlik
tarbiyasi, Huquqiy tarbiya, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, huquqiy ong, huquqiy
faoliyat.
Fuqarolik tarbiyasining mazmuni va vazifalari. Mustaqil O'zbekiston
Respublikasida shakllanayotgan milliy istiqlol g'oyalari fuqarolarni Respublika
Konstitutsiyasida e'tirof etilgan insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va huquqiy
jamiyatni barpo etishdek ezgu maqsad atrofida birlashtirishga xizmat qiladi. Har bir
fuqaroning ijtimoiy-siyosiy, huquqiy
faolligini
yuzaga
keltirish,
huquqiy
madaniyatini qaror toptirish — fuqarolik (huquqiy) jamiyatning asosiy talabi
sanaladi. Jamiyat tomonidan qonunchilik yo'li bilan belgilangan talablar fuqaro
xulqini baholash, xatti-harakatlari mohiyatini tahlil qilish uchun mezon bo'lib xizmat
qiladi. Ana shu talablarga muvofiq fuqaroning xulq-atvoridagi ayrim ko'rinishlar,
harakatlar yoki odatlar ma'qullanadi yoki qoralanadi.
O'zbekiston
Respublikasi
fuqarolarining
maqsadi
erkin,
demokratik,
insonparvar huquqiy davlat va jamiyatni qurishdir. Bu jamiyatni bunyod etish
jarayonida yangi ijtimoiy fuqarolik tarbiyasini tashkil etish vazifalarini yanada
murakkablashtiradi. Zero, demokratik, huquqiy jamiyat barpo etilishining
muvaffaqiyati
fuqarolarning
ijtimoiy-siyosiy
onglilik
darajasi,
fuqarolik
fazilatlarining qaror topganligi va ijtimoiy faollik ko'rsatkichlariga bog'liq.
Fuqarolikning ijtimoiy asosi yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bo'lib, unda
fuqarolarning shaxsiy manfaati jamiyat manfaati bilan qo'shilib, uyg'unlashib ketadi.
Milliy va umuminsoniy qadriyatlar mazmunida aks etgan g'oyalar, demokratik
talablar hamda axloqiy-huquqiy me'yorlarga muvofiq faoliyat yuritish ijtimoiy
fuqarolik munosabatlarining muhim qoidasiga aylanadi.
Fuqarolik tarbiyasi fuqarolik tushunchasining mohiyatini anglatish orqali
o'quvchilarda yuksak darajadagi fuqarolik madaniyatini shakllantirish, ularni xalq,
Vatan, jamiyat manfaatlari yo'lida kurashuvchi fuqarolar etib tarbiyalashga
yo'naltirilgan pedagogik jarayon. Fuqarolik tarbiyasining markaziy obyekti fuqaro
sanaladi. Fuqaro fuqaroligi huquqiy jihatdan e'tirof etilgan hamda muayyan jamiyat
(davlat) a'zosi bo'lgan shaxsdir. Fuqarolik esa huquqiy va axloqiy me'yorlarga ongli
rioya etish, ma'lum huquqlardan foydalanish hamda burchlarni bajarishga mas'ullik
bilan yondashuv, mehnat jarayoni va jamoadagi faollik, ma'naviy yetuklik asosida
muayyan davlatga mansublik.Fuqarolik tarbiyasining vazifalari tizimini quyidagilar
tashkil etadi:
1. Yosh avlodni doimiy ravishda jamiyatda ustuvor mavqega ega bo'lgan
axloqiy va huquqiy me'yorlarga rioya etishga o'rgatib borish.
2. O'quvchilarga fuqarolik huquq va burchlari to'g'risida ma'lumotlar berib
borish, ularda fuqarolik faoliyatini tashkil etish borasida ko'nikma va malakalar hosil
qilish.
3. O'quvchilarda davlat ramzlariga nisbatan hurmat va muhabbatni qaror
toptirish, Respublika Prezidenti sha'ni, or-nomusini himoya qilishga tayyorlik hissini
shakllantirish.
4. O'quvchilarda xalq o'tmishi, milliy qadriyatlarga nisbatan muhabbat
tuyg'usini uyg'otish, ulardan g'ururlanish, faxrlanish va iftixor hislarini oshirish.
5. Vatan, xalq va millat ishiga sodiqlik, o'z manfaatlarini yurt manfaatlari bilan
uyg'unlashtira olishga erishish, fidoiy fuqaroni tarbiyalab voyaga yetkazish.
6. Vatan, yurt ozodligi va mustaqilligini e'zozlovchi, ardoqlovchi, uni himoya
qilishga tayyor fuqaroni tarbiyalash ishiga keng jamoatchilik e'tiborini jalb etish.
O'quvchilarning fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda shaxsga davlat
Konstitutsiyasida ko'rsatilgan huquqlardan foydalanish hamda burchlarni bajarish
xususida ma'lumotlar berish, ularda ijtimoiy faoliyatni tashkil etishda huquqlardan
foydalanish va burchlarni bajarish bo'yicha ko'nikma va malakalarni hosil qilish
maqsadga muvofiqdir.
Respublika Bosh qonunida shaxsning quyidagi huquqlari kafolatlanadi:
yashash huquqi, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik, ayblanayotgan shaxs ishining sudda
qonuniy tartibda, oshkora ko'rib chiqilishi, har kim o'z sha'ni va obro'siga tahdid
qiladigan tajovuzlardan, shaxsiy hayotga aralashishdan himoyalanish va turar-joy
daxlsizligi, Respublika hududida birjoydan ikkinchi joyga ko'chish, O'zbekiston
Respublikasiga kelish va undan chiqib ketish, fikrlash, so'z va e'tiqod erkinligi,
vijdon erkinligi, davlat ishlarini boshqarishda bevosita yoki o'z vakillari orqali
ishtirok etish, qonuniy mitinglar, yig'ilishlar va namoyishlarda ishtirok etish, kasaba
uyushmalarida, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish,
ommaviy harakatlarda ishtirok etish, saylash va saylanish, mulkdor bo’lish, mehnat
qilish, erkin kasb tanlash, dam olish, qariganda yoki mehnat qilish layoqatini
yo'qotganda, shuningdek, boquvchisidan mahrum bo'lganda ijtimoiy ta'minotdan
foydalanish, tibbiy xizmatdan foydalanish, bilim olish, ilmiy va texnikaviy ijod
erkinligi.
O'quvchilarga huquqlari borasidagi bilimlarni berish bilan birga fuqarolarning
burchlari nimalardan iborat ekanligi haqida ma'lumot berish, bu xususida
o'quvchilarda amaliy ko'nikmalarni hosil qilish ko'zlangan maqsadga erishishda
muvaffaqiyat omili bo'ladi.
Fuqarolarning burchlari quyidagilardan iboratdir: fuqarolar Konstitutsiya va
qonunlarda ko'zda tutilgan talablarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari,
erkinliklari, sha'ni, qadr-qimmatini hurmat qilish; O'zbekiston xalqining tarixiy,
ma'naviy-madaniy merosini avaylab asrash; fuqarolar tabiiy atrof-muhitga
ehtiyotkorona munosabatda bo'lish; qonunlar bilan belgilangan soliqlar va mahalliy
yig'imlarni to'lash; O'zbekiston Respublikasini himoya qilish. Yuqorida qayd etilgan
burchlarni bajarish O'zbekiston Respublikasining fuqarosi sanaluvchi har bir
kishining muqaddas burchidir.
Fuqaro. Fuqarolik va uning mohiyati. Ijtimoiy hayotda fuqarolik
madaniyatning shakllanishi uchun zarur shart-sharoitlarni vujudga keltirish: jamiyat
va shaxs (fuqaro) manfaatlariga toia mos keladi. Shu sababli Respublika mustaqilligi
sharoitida fuqarolik tarbiyasini tashkil etish mazmunini tubdan yangilash zaruriyati
yuzaga keldi. Fuqarolik tarbiyasini keng ko'lamli (komplekd) tarzda tashkil etish -
bugungi kun da'vati va talabi bo'lib qolmoqda. Ushbu talabni ijobiy ravishda hal etish
oila - ta'lim muassasalari - jamoatchilik - davlat -jamiyat o'rtasidagi mustahkam
hamkorlik muhim ahamiyatga ega.
Fuqaro - fuqaroligi huquqiy jihatdan e'tirof etilgan hamda muayyan jamiyat
(davlat) a'zosi bo'lgan shaxs. O'z fuqarolariga ega bo'lish har bir davlatning zarur va
muhim belgisi sanaladi. Fuqarolarning mavjudligi sababli davlat mavhum tushuncha
bo'lmay, muayyan mexanizmga ega subyekt sifatida maydonga chiqadi. Huquqiy
o'rni qonun yo’li bilan kafolatlangan shaxsning davlat ichkarisida yoki tashqarisida
bo'lishidan qat'i nazar, ma'lum bir davlatga qarashliligi holati fuqarolik deyiladi.
O'zbekiston fuqarosi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda
Respublika Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan tegishli qoidalar, belgilangan
huquqlardan foydalana oladi, qonunlarda ko'rsatilib o'tilgan burchlarni bajaradi.
Fuqarolik huquqiy va axloqiy me'yoriarga ongli rioya etish, ma'lum
huquqlardan foydalanish hamda burchlarni bajarishga mas'ullik bilan yondashuv,
mehnat jarayoni va jamoadagi faollik, ma'naviy yetuklik asosida muayyan davlatga
mansublikdir. Demak, «fuqarolik o'z davlatiga nisbatan huquq va burchlar bilan
bog'langan, huquqiy va axloqiy me'yorlarga ongli rioya etishni, mehnat va jamoada
faollikni, ma'naviy yetuklikni nazarda tutadi».
Fuqarolikning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardir:
- muayyan davlat (jamiyat) a'zosi ekanligini his etish, shaxs taqdiri davlat va
jamiyat hayoti bilan uzviy, chambarchas bog'liq ekanligini tushunib yetish;
- xalq, davlat oldidagi fuqarolik huquq va burchlarini qonunchilik asosida
bilish, ularga so'zsiz, qat'iy amal qilish;
- o'z xalqi, davlati o'tmishiga hurmat tuyg'usini qaror toptirish, shaxsiy
manfaatlaridan Respublika (Vatan) manfaatlarini ustun qo'ya bilish, xalq va Vatan
ravnaqi, istiqboli uchun kurashishga tayyorlik, yurt tinchligini himoya qilish, asrab-
avaylash;
- davlat ramzlariga nisbatan cheksiz muhabbatni qaror toptirish, ularning
muhofazasi uchun tayyorlik, davlat ramzlarining millat, xalq or-nomusi, sha'ni, qadr-
qimmati ekanligini anglash;
- ijtimoiy-siyosiy onglilik, ijtimoiy faollik, davlatning ichki va xalqaro siyosati
qoidalarini tushunish va idrok qilish;
- milliy va umuminsoniy axloq hamda huquq me'yorlarini buzilishiga nisbatan
murosasiz kurashish.
O'quvchilarni
fuqarolik
ruhida,
tarbiyalashda
davlat
ramzlarining
ahamiyati. Davlat ramzlari muayyan millat, elatning etnopsixologik xususiyatlari,
qarashlari, orzu-umidlari, intilishlari hamda maqsadi, hududiy, ijtimoiy-g'oyaviy
birlik mohiyatini anglatishga xizmat qiluvchi tasviriy belgilar majmuidir. Muayyan
davlatning bayrog'i, gerbi (tamg'asi) hamda madhiyasi davlat ramzlari majmuini
ifodalaydi.
Davlat ramzlari o'zlarida chuqur siyosiy va ijtimoiy-g'oyaviy mazmunni ifoda
etadi. Davlat ramzlari (bayroq, gerb)da tasvirlangan ranglar, tasvirlar muayyan xalq,
millat o'tmishi, qadim an'analari, xalqning turmush tarzi, orzu-umidlari, maqsadi,
hayotiy intilishlarini ifoda etishga xizmat qiladi. Davlat madhiyasida esa xalq, millat,
davlat va jamiyatning yagona maqsadi, birligi g'oyalari tarannum etiladi.
Davlat ramzlari davlatning mavjudligini ko'rsatuvchi belgilar sanaladi. Ramzlar
- bu shartli belgilar bo'lib, ular qadim davrlardayoq turli xalqlarda u yoki bu hodisa,
olam, mavjudot, odamlar tasvirini, ularning qarashlarini ifodalagan.
O'zbekiston Respublikasida davlat mustaqilligining e'lon qilinishi ijtimoiy-
siyosiy mustaqillikni ifoda etuvchi ramzlarni yaratishni taqozo etdi. Shu munosabat
bilan 1990-yil 30-martda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining «O'zbekiston
Respublikasining Davlat madhiyasi to'g'risida»gi Qaror qabul qilindi va bu borada
amaliy ishlar boshlab yuborildi.
O'zbekiston Respublikasining 1992-yil 10-dekabrda bo'lib o'tgan XI
sessiyasida O'zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi qabul qilindi. Ushbu
madhiya mualliflari O'zbekiston Xalq shoiri Abdulla Oripov va taniqli bastakor
Mutal Burxonovdir.
Ta'lim muassasalarida fuqarolik tarbiyasini tashkil etish jarayonida
o'quvchilarga davlat ramzlari, ularning mohiyati borasidagi ma'lumotlarni berish,
ularning ongiga davlat ramzlarining xalq, millat or-nomusi, sha'ni, qadr-
qimmatining timsoli ekanligi to'g'risidagi g'oyalarni singdirish maqsadga
muvofiqdir. Xususan, O'zbekiston Respublikasi davlat Madhiyasining quyidagi
matni o'quvchilar tomonidan nafaqat yod olinishi, balki madhiya mazmunida ifoda
etilgan g'oyalar mohiyatini chuqur tahlil eta olish layoqatini shakllantirish uchun
ma'lum shart-sharoitlarni yaratib berish ta'lim muassasalari jamoasi, ularning
rahbariyati oldida turgan asosiy vazifalardan biridir:
Serquyosh, hur o'Ikam, elga baxt, najot,
Sen o 'zing do'stlarga yo'Idosh, mehribon,
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki borjahon!
Naqorat:
Oltin bu vodiylar -jon O'zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag'ri keng o 'zbekning o'chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo'r qanot!
Istiqlol mash'ali, tinchlik posboni,
Xalqsevar, ona yurt, mangu bo‘l obod!
Naqorat:
Oltin bu vodiylar -jon O'zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
1991-yil 15-fevralda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining «O'zbekiston
SSRning davlat ramzlari to'g'risida»gi Qarori qabul qilinib, unga muvofiq 1991-yil
18-noyabrda O'zbekiston Respublikasining bayrog'i, 1991-yil 2-iyulda esa
O'zbekiston Respublikasining gerbi (tamg'asi) qabul qilindi.
Mustaqil O'zbekiston Respublikasining bayrog'ida oq, ko'k, yashil va qizil
ranglar o'z ifodasini topgan bo'lib, ularning har biri muayyan ma'noni anglatishga
xizmat qiladi. Oq rang qizil rang bilan hoshiyalangan. Respublika bayrog'ida yurt
tarixi, o'zbek xalqining milliy ruhi va yurt tabiatining jamoli aks ettirilgan.
Bayroqning chap tomoni yuqori qismida yarim oy va o'n ikki yulduzning tasviri
tushirilgan. Ko'k rang va yulduzlar tasviri tiniq, moviy osmon belgisidir. O'rtadagi
oq rang esa yorug' kun va pokiza, oq ko'ngilli o'zbek xalqining tilagi, qizil hoshiyalar
esa tomirlarda jo'sh urayotgan qon kabi tiriklik va hayot ramzidir. Yashil rang esa
qadim-qadimdan tabiat belgisi, oy (yangi oy) ramzining berilishi mustaqillik
sharoitida hayot kechirish xalqimiz uchun o'ziga xos yangi davr ekanligining
ifodasidir. Yulduzlar sonining o'n ikkitaligi yil oylari, muchal hisobiga nisbatdir.
Umuman, yulduzlar qadimdanoq abadiyat timsoli sifatida qadrlanib kelingan. XVIII
asrdan boshlab esa, buyuk intilish hamda ulug' g'oyalarning ifodasi sifatida talqin
etila boshlangan.
Respublika
milliy
bayrog'ining
huquqiy
maqomi
«O'zbekiston
Respublikasining Davlat bayrog'i to'g'risida»gi Qonunda belgilab berilgan. Milliy
bayroq va uning mohiyati to'g'risidagi ma'lumotlarni o'quvchilarga yetkazish sinf
soatlarida, shuningdek, tarbiyaviy tadbirlarni o'tkazish chog'ida amalga oshiriladi.
Bayroq davlat mustaqilligining belgisigina bo'lmay, u O'zbekiston Respublikasi
nomini xalqaro maydonda ramziy ravishda ifoda etish uchun xizmat qiladi. Davlat
bayrog'i
Prezidentlik
apparati,
Respublika
Oliy
Majlisi
va
hukumati,
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorig'i Kengeshi va hukumati, xalq deputatlari
mahalliy Kengashlari, turli davlatlarda Respublika nomidan ish olib boruvchi
O'zbekiston Respublikasining doimiy vakolatxonalari binolarida ko'tariladi.
O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet ellik mehmonlar Respublika
bayrog'ini hurmat qilishlari shart. Davlat bayrog'iga nisbatan hurmatsizlik qonun yo'li
bilan jazolanadi.
O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbida tog'lar, daryolar, bug'doy
boshoqlari (chap tomonda), ochilgan g'o'za shohlarining (o'ng tomonda) gulchambar
holidagi tasviri aks ettirilgan. Gerb o'rtasida serquyosh yurt ramzi bo'lgan quyosh
o'zining zarrin nurlarini sochib turibdi. Gerbning yuqoridagi qismida Respublika
mustaqilligining ramzi sifatida sakkiz burchak tasvirlangan bo'lib, uning ichida yarim
oy (yangi oy - yangi tuzum) va yulduzlar (abadiyat timsoli) joylashtirilgandir.
Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi bo'lgan kumush rangli Xumo qushi
qanotlarini yozib turgan holda tasvirlangan. Xumo qushi insonga baxt keltiruvchi,
uni turli ofatlardan himoya qiluvchi, mehribon jonzot sifatida o'zbek xalq og'zaki
ijodida keng talqin etib kelingan. Gerbning pastki markaziy qismida Davlat bayrog'i
ranglaridagi chambar lenta o'zagida «O'zbekiston» so'zi yozilgan. Gerbda ifoda
etilgan sakkiz qirrali burchak - masammandir. Ushbu belgi ijtimoiy hayotning ma'lum
bir g'oya, kuch birlashtiradi degan g'oyani anglatishga xizmat qiladi. Paxta va
bug'doy boshoqlarining tasviri rizqu-ro'zning nishonasidir.
Davlat gerbining huquqiy maqomi ham maxsus Qonun bilan himoyalanadi.
Davlat gerbidan foydalanish huquqi maxsus davlat hokimiyati va boshqaruvi
idoralariga berilgan bo'lib, ularga O'zbekiston Prezidenti devoni, O'zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi, davlat hokimiyati va boshqaruvning mahalliy idoralari,
vazirliklar, davlat qo'mitalari, barcha toifadagi sudlar, prokuratura, diplomatik va
konsullik vakolatxonalari kiradi.
Davlat gerbining tasviri tushirilgan muhrlar, huijatlarning blankalari va ulardan
foydalanish, saqlash hamda yo'qotish tartibi Respublika Vazirlar Mahkamasining
maxsus hujjati asosida tartibga solingan.
Davlat gerbining tasviri, shuningdek, fuqarolik pasporti, korxona, tashkilot,
muassasalarning ish qog'ozlari, muxrlarida o'z aksini topgan. Respublika fuqarosi
shaxs sifatida o'z sha'ni, or-nomusini qanchalik muqaddas bilsa, fuqaro sifatida
davlat ramzlarini shu qadar muqaddas bilishi, uni asrash, muhofaza qilish uchun
o'zida mas'ullik tuyg'usini qaror toptirishi lozim. Fuqarolik tarbiyasini yo'lga qo'yish
jarayonida davlat ramzlaridan noqonuniy hamda, axloqsiz ravishda foydalanayotgan
kimsalarga nisbatan murosasiz bo'lish lozimligini uqtirib borish maqsadga
muvoflqdir.
O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov «O'zbekistonning o'z
istiqlol va taraqqiyot yo'li» nomli asarida shunday yozadi: «O'zbekistonni yangilash
va rivojlantirishning o'z yo’li to'rtta asosiy negizga asoslanadi. Bu negizlar:
- umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
- xalqimizning ma'naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
- insonning o'z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
- vatanparvarlik»'.
Fuqarolik tarbiyasining asoslaridan biri millat, xalq o'tmishini o'rganish orqali
milliy o'zlikni anglash tuyg'usini qaror toptirish sanaladi.
Shaxs ham, jamiyat ham o'tmishni o'rganish, uning har bir bosqichini tahlil
qilish asosida kelgusi hayot rejasini ishlab chiqadi.
O'tmish mutafakkirlarining qarashlari, boy ma'naviy meros g'oyalari bugungi
avlod uchun dasturilamal bo'lishi lozim.
Allomalar, xalq qahramonlari hayotini o'rganish, millat va shaxsga inson
sifatida kim ekanligini anglab yetishga yordam beradi.
Milliy qadriyatlar g'oyalarini o'rganish asrlar davomida ardoqlanib kelgan
an'ana, urf-odat, marosimlar millatni bu qadar jipslashganligi siridan voqif etadi.
Fuqarolik tarbiyasi negizida xalq o'tmishi, tarixini o'rganish milliy qadriyatlar
mohiyatini anglashga yo'naltirilgan faoliyatga o'quvchilarni jalb etish ijtimoiy
maqsadni amalga oshirishga yo'naltirilgan yo’l sanaladi.
O'quvchilarni haqiqiy fuqaro etib tarbiyalash, ularda fuqarolik tuyg'usini qaror
toptirish, fidoiy, vatanparvar fuqaro sifatida tarbiyalash evaziga ta'minlanadi.
Yosh avlodda fuqarolik hissi va e'tiqodini tarbiyalamay turib, ularda axloqiy,
xulqiy odatlar va ko'nikmalarni shakllantirib bolmaydi.
Fuqarolik tuyg'usini qaror toptirish murakkab jarayon. Bunda dastlab
o'quvchilarga fuqarolikning mohiyati va me'yoriy qoidalar mazmuniga oid bilimlar
beriladi. Avvalo, o'quvchiga fuqarolik odobi va madaniyati haqida tushunchalar
beriladi, bu xildagi xatti-harakatlarga oid namunalar keltiriladi, so'ngra faoliyat
uyushtiriladi. Ana shu asosida ularda fuqarolik tushunchasi shakllanadi va fuqarolik
xulqiy odatlari hosil qilinadi.
Badiiy va ilmiy adabiyotlar, matbuot yangiliklari, kinofilm, spektakl g'oyalari,
turli suhbatlar mazmunini tushuntirish, targ'ib etib borish orqali o'quvchilar ongiga
fuqarolik tushunchalari singdiriladi. Fuqarolik tuyg'usini bolalarda maktabgacha
ta'lim yoshidan boshlab hosil qilish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun
«Respublika bayrog'ida nimalar aks ettirilgan?», «Respublika gerbida nimalar
tasvirlangan?», «Humo qushi tasviri qanday ma'noni anglatadi?», «Sen Davlat
madhiyasini bilasanmi?» kabi mavzularda suhbatlashish muhimdir.
O'quvchiga fuqaro sifatida o'z xulq-atvori mazmunini tahlil etish imkonini
berish lozim. Ya'ni, «Bugun xalq farovonligi, Vatan taraqqiyoti uchun nima qila
oldim?», «Zimmamdagi burchni qanday ado etdim?» tarzidagi savollarga javob
topishga o'rgatish kerak.
Yosh avlodga turli fanlar asoslarini chuqur o'zlashtirish ularning tafakkuri va
dunyoqarashini boyitishga, shuningdek, fuqaro sifatida o'z majburiyatlarini
to'laqonli anglashlari uchun imkoniyat yaratishini tushuntirib borish maqsadga
muvofiqdir. Fidoiylik, intiluvchanlik, tashabbuskorlik, tashkilotchilik, qat'iyat,
matonat, uyushqoqlik kabi xislatlar o'quvchilarda fuqarolik tarbiyasini tashkil etish
jarayonida tarbiyalanadi. Fuqarolik tarbiyasini tashkil etish uchun ma'lum shart-
sharoitlarning mavjudligi taqozo etiladi. Bular:
1) o'quv yurtida tashkil etilayotgan ta'lim-tarbiya jarayoni yuksak darajada
uyushtirilishi kerak;
2) fuqarolik tarbiyasini tashkil etish jarayonining muvaffaqiyati o'qituvchi va
o'quvchilar jamoasining saviyasiga bog'liq;
3) tarbiyaviy ishning rejali, uzluksiz, tizimli bo'lishiga erishish;
4) oila, maktab va mahalla o'rtasida o'zaro hamkorlikning yuzaga kelishi
fuqarolik tarbiyasining muvaffaqiyatini ta'minlaydi;
5) o'quvchilarning axloqiy va huquqiy me'yorlar, umumiy tartibga qat'iy rioya
etishga o'rgatish, zimmasidagi burchni to'laqonli ado etishlariga e'tiborni qaratish.
Fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda suhbat, munozara, ma'ruza, bahslardan
foydalanish, mashq, test, anketa savollarga javoblar olish kutilgan natijani qo'lga
kiritishga imkon beradi.
Fuqarolik tarbiyasida uning natijasini hisobga olish muhim ahamiyatga ega.
Bunda o'quvchining tarbiyalanganlik darajasi asos qilib olinadi. Ushbu maqsadda
diagnostik (tashhis qo'yish), statistik va qiyosiy tahlilni olib borish lozim. Ijtimoiy
fuqarolik tarbiyasining tashkil etilishi natijasida kamol topgan fuqaro o'zida
quyidagi sifatlarni namoyon eta olishi lozim:
- fuqarolik burchini bajara olish (o'z Vatani, xalqi, ota-onasi oldidagi
majburiyatni his eta olish) qobiliyatiga egalik;
- milliy g'urur va vatanparvarlik tuyg'usiga ega bo'lish;
- davlat Konstitutsiyasi, davlat hokimiyati organlari, mamlakat Prezidenti
hamda davlat ramzlari (gerb, bayroq va madhiya)ga nisbatan hurmatda bo'lish;
- mamlakat taqdiri va istiqboli uchun javobgarlik, mas'ullik;
- ijtimoiy huquqiy hamda axloqiy me'yorlarga nisbatan hurmat va itoatda
bo'lish;
- mamlakat milliy boyliklarini asrash, ularni ko'paytirish haqida qayg'urish;
- davlat tili, milliy madaniyat va an'analarga sodiq, ularga nisbatan
ehtiyotkorona munosabatda bo'lish, ularni asrash;
- ijtimoiy faollik;
- demokratik tamoyillarga amal qilish;
- tabiatga nisbatan ehtiyotkorona va mas'uliyatli munosabatda bo'lish;
- fuqarolarning huquq va burchlarini hurmat qilish;
- huquqiy ong va fuqarolik madaniyatiga ega bo'lish;
- to'g'ri so'z, adolatli, muruvvatli, mehribon bo'lish;
- o'z faoliyati va xatti-harakatiga nisbatan mas'uliyatli bo'lish;
- baynalminallik, o'zga mamlakatlarning xalqlariga nisbatan hurmatda bo'lish
va boshqalar.
Yoshlarda vatanparvarlik va baynalminallik tuyg'usini shakllantirish -
fuqarolik tarbiyasining asosi. Fuqarolik tarbiyasini tashkil etish jarayonida shaxsda
vatanparvarlik (lotincha «patriotes» - vatandosh, «patris» - vatan, yurt) tuyg'usini
shakllantirishga alohida e'tibor qaratiladi. Binobarin, fuqaro muayyan davlatning
a'zosi sifatida uning sha'ni, obro'-e'tiborini ta'minlashi, uning manfaatlari uchun
kurasha olishi zarur.
«Vatan atamasi aslida arabcha so'z bo’lib, ona yurt ma'nosini bildiradi, Vatan
tushunchasi keng va tor ma'noda qo'llaniladi. Bir xalq vakillari jamuljam yashab
turgan, ularning ajdodlari azal-azaldan istiqomat qilgan hudud nazarda tutilsa, bu
keng ma'nodagi tushunchadir. Kishi tug'ilib o'sgan uy, mahalla, qishloq nazarda
tutilsa, bu tor ma'nodagi tushunchadir»'.
Vatanparvarlik shaxsning o'zi mansub bo'lgan millat, tug'ilib o'sgan vatani
tarixidan g'ururlanishi, buguni to'g'risida qayg'urishi hamda uning porloq istiqboliga
bo'lgan ishonchini ifoda etuvchi yuksak insoniy fazilat sanaladi.
«Vatanparvarlik - o'z taqdirini vatan, millat taqdiri bilan bog'lagan barcha
kishilarga xos fazilat. Millat taraqqiyotining imkoniyatlari, shon-shuhrati, obro'-
e'tibori ham shu millat kishilar vatanparvarlik tuyg'usining darajasi bilan bog'liqdir».
Vatanparvar shaxs qiyofasida quyidagi sifatlar namoyon bo'ladi:
1. Vatanga bo'lgan mehr-muhabbat, unga sadoqat.
2. O'zi mansub bo'lgan millat o'tmishi, urf-odatlari, an'analari va qadriyatlariga
sodiqlik.
3. Vatan va millat tarixidan g'ururlanish.
4. Yurtning moddiy, shuningdek, millat tomonidan yaratilgan ma'naviy
boyliklarini asrash, ularni ko'paytirish borasida g'amxo'rlik qilish.
5. Vatan ravnaqi va millat taraqqiyoti yo'lida mehnat qilish.
6. Vatan ozodligi va millat erkiga qilinayotgan har qanday tahdidga qarshi
kurashish.
7. Vatan va millat obro'yi, sha'ni, or-nomusini himoya qilish.
8. Vatan ravnaqi va millat taraqqiyotiga nisbatan ishonchga ega bo'lishi.
Vatanparvar shaxs o'z vatanini uning boyliklari yoki vatanining qulay geografik
hududda joylashganligi uchun emas, balki, o'zi Vatanning bir bo'lagi ekanligi, o'zi
mansub bo'lgan millatning shu Vatanda, shu makonda yashashi uchun qadrlay olishi,
unga nisbatan chuqur hurmat ko'rsatishi zarur.
O'zbekiston
Respublikasi
birinchi
Prezidenti
I.A.Karimov
asarlarida
vatanparvarlik, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga keng o'rin
berilgan. Xususan: «O'zbekiston fuqarosining vatanparvarligi bu qayta o'zgarish
yo’lini ko'rsatuvchi, ko'zlangan maqsaddan chetga chiqmaydigan yo'lchi yulduz,
ishonchli kompasdir. O'zbekistonga, uning yeriga, tabiatiga, bu yerda yashayotgan
xalqlarga muhabbat, o'lkaning tarixi, madaniyati, an'analarini teran bilib olishga
intilish, respublikaning qudrati va yutuqlaridan faxrlanish, xalqimiz qismatiga
tushgan qiyinchiliklar uchun qayg'urish ko'p millatli o'zbek jamiyatining muhim
jipslashtiruvchi asosi hisoblanadi».
Erkka intilish, ozod yashashga bo'lgan ehtiyoj insonga xos bo'lgan tuyg'udir.
Inson o'z vatanidagina ozod va erkin yashay oladi. Shu bois vatan ozodligi uchun
kurashish masalasi qadim-qadimdan allomalarning asarlari hamda ezgu g'oyalarni
ifoda etuvchi ta'limotlarning bosh mavzusi bo'lib kelgan. Chunonchi, Hadisi
Sharifda vatanni sevish iymondan ekanligi ta'kidlanadi. Alisher Navoiy quyidagi
misralarda vatandan ayrilish inson uchun og'ir judolik ekanligiga urg'u beradi:
G'urbatda g'arib shodmon bo'lmas emish,
El anga shafiqu mehribon bo 'Imas emish,
Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa,
Bulbulga tikondek oshiyon bo 'Imas emish.
Allomaning ilkrlarini rivojlantirgan holda vatandan judo bo'lish og'ir
judolikkina emas, balki «yuzi qaroliq» ekanligini Zahiriddin Muhammad Bobur
quyidagicha ifodalagan edi:
Tole yo'qi jonimga balolig' bo 'Idi,
Har ishniki, ayladim - xatolig' bo'Idi.
O'z yerni qo'yib Hind sori yuzlandim,
Yo rab, netayin, ne yuz qarolig' bo'Idi.
Abdulla Avloniy o'z asarlarida «vatan» tushunchasiga ta'rif berib, uning ravnaqi
uchun kurashish vatanparvar insonga xos xususiyat ekanligini quyidagicha qayd
etadi: «Har bir kishining tug'ilub o'sgan shahar va mamlakatini shul kishining vatani
deyilur. Har kim tug'ilgan, o'sg'on yerini jonidan ortiq suyar. Hatto bu vatan hissi -
tuyg'usi hayvonlarda ham bor. Agar bir hayvon o'z vatanidan - uyuridan ayrilsa, o'z
yeridagi kabi rohatda yashamas. ... Biz turkustonliklar o'z vatanimizni jonimizdan
ortiq suydig'imiz kabi. Arablar Arabistonlarini, qumlik, issiq cho'llarini, eskumular
shamol taraflarini, eng sovuq va muzlik yerlarini boshqa yerlardan ziyod suyarlar.
Agar suymasalar edi, havosi yaxshi, tiriklik oson yerlarga o'z vatanlarini tashlab
hijrat qilur edi».
Inson o'zi tug'ilib o'sgan vatanda orzu-umidlari, niyatlari, hayotiy intilishlari
bilan o'ziga yaqin bo'lgan kishilar davrasida bo'ladi, o'zi ko'nikkan turmush tarzi
bo'yicha kun kechiradi, bolalikdan o'zi ko'nikkan ijtimoiy munosabatlar jarayonida
ishtirok etadi, hayotining bir qismiga aylangan tilda so'zlashadi va u shu muhitdagina
o'zini erkin his qiladi. Begona yurtlarda u o'ziga tanish bo'lgan, o'zi ko'nikkan muhitni
topa olmaydi. Shu bois garchi iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatga safar
uyushtirgan bo'lsa-da, o'z yurtini tezda sog'inadi.
Baynalminallik («inter» — orasida, o'rtasida, aro, «natio» — xalq) o'zga millat
va elatlarning haq-huquqlari, erki, urf-odatlari, an'analari, turmush tarzi, tili hamda
vijdon erkinligini hurmat qilish, ularning manfaatlariga ziyon yetkazmaslikni ifoda
etuvchi shaxsga xos ma'naviy-axloqiy fazilatlardan biridir.
O'quvchilar o'rtasida vatanparvarlik va baynalminallik tarbiyasi ularga oid
mavzularda suhbat, davra suhbati, matbuot konferansiyasi, viktorina, uchrashuv,
ko'rik-tanlov, bahs-munozaralar tashkil etish kabi shakllarda amalga oshirilishi
mumkin. Shuningdek, muzeylarga ekskursiyalar uyushtirish, vatanparvarlik va
baynalminallik mavzularida yaratilgan asarlar mazmunini birgalikda o'rganish,
kinofilmlar tomosha qilish ham o'zining ijobiy natijasini beradi.
O'quvchilarda baynalminallik tuyg'usini shakllantirishda ta'lim muassasalari
qoshida faoliyat yurituvchi «Do'stlik klubi»ning ta'siri kattadir. Binobarin, turli
millatlarga mansub bolalar o'rtasida do'stlik aloqalarining bog'lanishi ularda bir-
birlariga nisbatan hurmatni qaror toptiribgina qolmay, o'zga millat yoki elatlarning
urf-odatlari, an'analari, tili, madaniyati va qadriyatlarini puxta o'rganishga
ko'maklashadi. Bu boradagi bilimlar esa ularda shovinistik (millatchilik)
kayfiyatining shakllanishiga to'sqinlik qiladi. Shuningdek, o'quvchilarni Respublika
Baynalminal markazi yoki joylardagi Milliy-madaniy Markazlarning faoliyati bilan
yaqindan tanishtirish, ayni vaqtda respublika hududida turli millat va elat vakillarini
birlashtiruvchi 138 ta Milliy-madaniy markazlar faoliyat yuritayotgani to'g'risida
ma'lumotlar berib, ular tomonidan uyushtirilayotgan tadbirlarga o'quvchilarni faol
jalb etish ham ijobiy natijalarni beradi.
Yoshlarda vatanparvarlik tuyg'usini shakllantirishda harbiy vatanparvarlik
tarbiyasining ham ahamiyati beqiyosdir. Respublika «Kamolot» yoshlar ijtimoiy
harakati rahbarligida harbiy vatanparvarlik g'oyasini targ'ib etuvchi «Vatanparvar»
o'yinlari, musobaqalarining o'tkazilishi maqsadga muvofiqdir. O'quvchilarni
ijtimoiy-g'oyaviy, ma'naviy-axloqiy, psixologik-irodaviy, jismoniy hamda harbiy-
vatanparvarlik tarbiyasini tashkil etish ular tomonidan Vatanni himoya qilishdek
muqaddas burchni anglashlariga yordam beradi.
Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi yoshlarni vatan himoyasi hamda harbiy
mudofaaga tayyorlash, ularda favqulotda holatlarda harbiy mudofaani tashkil etish
ko'nikma va malakalarini shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayon. Harbiy-
vatanparvarlik tarbiyasining maqsadi yoshlarni vatan himoyasi hamda harbiy
mudofaaga tayyorlash, ularda favqulotda holatlarda harbiy mudofaani tashkil etish
ko'nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat bo'lib, mazkur jarayonda quyidagi