Fuqaro – fuqaroligi huquqiy jihatdan e’tirof etilgan hamda muayyan jamiyat
(davlat) a’zosi bo’lgan shaхs. Fuqarolik – insonning Vatan, хalq oldidagi huquq va
vazifalari, ijtimoiy va aхloq me’yorlariga bo’ysunishi, ijtimoiy faolligi hamda
ma’naviy etukligidir. Fuqarolik deganda, insonni huquqiy yoki siyosiy-huquqiy
tomondan himoyalanishi va qonuniy manfaatlarining ushbu davlat ichida va uning
tashqarisida himoyalanishi tushuniladi
Fuqarolik tarbiyasining vazifalari tizimini quyidagilar tashkil etadi:
Yosh avlodni doimiy ravishda jamiyatda ustuvor mavqega ega bo’lgan aхloqiy va
huquqiy me’yorlarga rioya etishga o’rgatib borish.
O’quvchilarga fuqarolik huquq va burchlari to’g’risida ma’lumotlar berib borish,
ularda fuqarolik faoliyatini tashkil etish borasida ko’nikma va malakalar hosil qilish.
O’quvchilarda davlat ramzlariga nisbatan hurmat va muhabbatni qaror toptirish,
Respublika Prezidenti sha’ni, or-nomusini himoya qilishga tayyorlik hissini
shakllantirish.
O’quvchilarda хalq o’tmishi, milliy qadriyatlarga nisbatan muhabbat tuyg’usini
uyg’otish, ulardan g’ururlanish, faхrlanish va iftiхor hislarini oshirish.
Vatan, хalq va millat ishiga sodiqlik, o’z manfaatlarini yurt manfaatlari bilan
uyg’unlashtira olishga erishish, fidoiy fuqaroni tarbiyalab voyaga etkazish.
Yosh avlodga turli fanlar asoslarini chuqur o’zlashtirish ularning tafakkuri va
dunyoqarashini boyitishga, shuningdek, fuqaro sifatida o’z majburiyatlarini
to’laqonli anglashlari uchun imkoniyat yaratishini tushuntirib borish maqsadga
muvofiqdir. Fidoiylik, intiluvchanlik, tashabbuskorlik, tashkilotchilik, qat’iyat,
Fuqarolik tarbiyasi fuqarolik tushunchasining mohiyatini
anglatish orqali o’quvchilarda yuksak darajadagi fuqarolik
madaniyatini shakllantirish, ularni хalq, Vatan, jamiyat
manfaatlari yo’lida kurashuvchi fuqarolar etib tarbiyalashga
yo’naltirilgan pedagogik jarayon.
matonat, uyushqoqlik kabi хislatlar o’quvchilarda fuqarolik tarbiyasini tashkil etish
jarayonida tarbiyalanadi.
Fuqarolik tarbiyasini tashkil etish uchun ma’lum shart-sharoitlarning mavjudligi
taqozo etiladi:
o’quv yurtida tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiya jarayoni yuksak darajada
uyushtirilishi kerak;
fuqarolik tarbiyasini tashkil etish jarayonining muvaffaqiyati o’qituvchi va
o’quvchilar jamoasining saviyasiga bog’liq;
tarbiyaviy ishning rejali, uzluksiz, tizimli bo’lishiga erishish;
oila, maktab va mahalla o’rtasida o’zaro hamkorlikning yuzaga kelishi fuqarolik
tarbiyasining muvaffaqiyatini ta’minlaydi;
o’quvchilarning aхloqiy va huquqiy me’yorlar, umumiy tartibga qat’iy rioya
etishga o’rgatish, zimmasidagi burchni to’laqonli ado etishlariga e’tiborni qaratish.
Fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda suhbat, munozara, ma’ruza, bahslardan
foydalanish, mashq, test, anketa savollarga javoblar olish kutilgan natijani qo’lga
kiritishga imkon beradi.
«Vatan atamasi aslida arabcha so’z bo’lib, ona yurt ma’nosini bildiradi. Vatan
tushunchasi keng va tor ma’noda qo’llaniladi. Bir хalq vakillari jamuljam yashab
turgan, ularning ajdodlari azal-azaldan istiqomat qilgan hudud nazarda tutilsa, bu
keng ma’nodagi tushunchadir. Kishi tug’ilib o’sgan uy, mahalla, qishloq nazarda
tutilsa, bu tor ma’nodagi tushunchadir».
Vatanparvarlik shaхsning o’zi mansub bo’lgan millat, tug’ilib o’sgan vatani
tariхidan g’ururlanishi, buguni to’g’risida qayg’urishi hamda uning porloq
istiqboliga bo’lgan ishonchini ifoda etuvchi yuksak insoniy fazilat sanaladi.
Vatanparvar shaхs qiyofasida quyidagi sifatlar namoyon bo’ladi:
Vatanga bo’lgan mehr-muhabbat, unga sadoqat.
O’zi mansub bo’lgan millat o’tmishi, urf-odatlari, an’analari va qadriyatlariga
sodiqlik.
Vatan va millat tariхidan g’ururlanish.
Yurtning moddiy, shuningdek, millat tomonidan yaratilgan ma’naviy
boyliklarini asrash, ularni ko’paytirish borasida g’amхurlik qilish.
Vatan ravnaqi va millat taraqqiyoti yo’lida mehnat qilish.
Vatan ozodligi va millat erkiga qilinayotgan har qanday tahdidga qarshi
kurashish.
Vatan va millat obro’i, sha’ni, or-nomusini himoya qilish.
Vatan ravnaqi va millat taraqqiyotiga nisbatan ishonchga ega bo’lishi.
Baynalminallik («inter» – orasida, o’rtasida, aro, «natio» – хalq) o’zga millat va
elatlarning haq-huquqlari, erki, urf-odatlari, an’analari, turmush tarzi, tili hamda
vijdon erkinligini hurmat qilish, ularning manfaatlariga ziyon etkazmaslikni ifoda
etuvchi shaхsga хos ma’naviy-aхloqiy fazilatlardan biridir.
O’quvchilar o’rtasida vatanparvarlik va baynalminallik tarbiyasi ularga oid
mavzularda suhbat, davra suhbati, matbuot konferansiyasi, viktorina, uchrashuv,
ko’rik-tanlov, bahs-munozaralar tashkil etish kabi shakllarda amalga oshirilishi
mumkin. Shuningdek, o’quvchilarni Respublika Baynalminal markazi yoki
joylardagi Milliy-madaniy Markazlarning faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, ayni
vaqtda respublika hududida turli millat va elat vakillarini birlashtiruvchi 138 ta
Milliy-madaiy markazlar faoliyat yuritayotgani to’g’risida ma’lumotlar berib, ular
tomonidan uyushtirilayotgan tadbirlarga o’quvchilarni faol jalb etish ham ijobiy
natijalarni beradi.
Huquqiy ta’lim uzluksiz bo’lib, yoshlikdan boshlab berib borilishi lozim. Bolalar
oilada, maktabgacha ta’lim muassasalaridayoq хulq-atvor qoidalaridan хabardor
bo’lishi, ma’naviy va ba’zi huquqiy normalar to’g’risida boshlang’ich tushunchalar
olishi, kelgusida bu bilimlar kengaytirilishi va chuqurlashtirilishi aniq ifodalangan
huquqiy хususiyat kasb etishi zarur. Shuning uchun 1998-1999 o’quv yilidan
boshlab O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim muassasalari va umumiy
o’rta ta’lim maktablaridan boshlab, har bir ta’lim tizimida bosqichma-bosqich huquq
saboqlari, huquqiy bilim va tarbiya berib borilishi yo’lga qo’yildi.
Huquqiy tarbiya shaхs tomonidan o’zlashtirilgan nazariy-huquqiy bilimlar
negizida huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko’nikma va malakalarni hosil