KURS ISHI
FUQOROLIK PROTSES ISHTIROKCHILARI
REJA:
I KIRISH
II ASOSIY QISIM
1. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar tushunchasi, farqi hamda ularning huquq va
majburiyatlari
2. Fuqarolik protsessida taraflar tushunchasi va ularning protsessual huquq va
majburiyatlari
3. Ishga daxldor bo‘lmagan taraflar tushunchasi va ularni almashtirish tartibi
III XULOSA
IV FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1
KIRISH
Fuqarolik protsessual huquqi nazariyasida fuqarolik protsessual huquqiy
munosabatlar subyektlari ikki guruhga bo'linadi: ishda ishtirok etuvchi shaxslar; odil
sudlovni amalga oshirishga ko‘mak-lashuvchi shaxslar.Fuqarolik protsessual huquqiy
munosabatlarning majburiy subyektlari boMib sud, da'vo tartibidagi oiganlar va
mansabdor shaxs-larning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyatlar
bo‘yicha ishlarda taraflar, shuningdek, alohida tartibda yuritiladigan ishlarda arizachi
va manfaatdor shaxslar hisoblanadi.Sud fuqarolik protsessual huquqiy munosabatning
majburiy subyekti hisoblanadi. Davlat hokimiyatining muhim organi sifatida sud odil
sudlovni amalga oshiradi, sud protsessiga boshchilik qiladi, sud ishlarini yuritishda
eng muhim (ustun) vaziyatni egallaydi. Chunki faqat sudya tom onidan da’vo arizasi
qabul qilingan taqdirdagina fuqarolik ishi qo‘zg‘atiladi, ish yuzasidan muayyan
protsessual harakatlar amalga oshiriladi, ish mazmunan hal qilinadi va h.k. Bunday
vakolatga ega bo‘lmasdan turib sudlar odil sudlovni hamda fuqarolik ishlari bo'yicha
sud ishlarini yuritish oldida turgan vazifalami bajara olmaydi.Fuqarolik protsessual
huquqiy munosabat subyektlarining keyingi asosiy guruhini ishda ishtirok etuvchi
shaxslar tashkil qiladi. Taraflar, uchinchi shaxslar, taraflar va uchinchi shaxslarning
vakillari, prokuror, protsessda boshqa shaxslaming huquqlari va qonun bilan
qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishda ishtirok etadigan davlat boshqaruvi
organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolar ishda ishtirok etuvchi shaxslar hisoblanadi
(FPKning 33-moddasi).Fuqarolik protsessual huquqiy munosabat subyektlarining
keyingi guruhini odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar tashkil
etadi.
2
1. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar tushunchasi, farqi hamda ularning huquq va
majburiyatlari
Fuqarolik sud ishlarini yuritish ishtirokchilarining asosiy guruhini ishda ishtirok
etuvchi shaxslartashkil qiladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar quyidagi ikki guruhlarga
ajratiladi:
1) o‘zining subyektiv huquq va manfaatlarini himoya qiluvchi shaxslar. Ushbu
shaxslarga taraflar va uchinchi shaxslar kiritiladi.
2) protsessda boshqa shaxslarning subyektiv huquq va manfaatlarini himoya qiluvchi
shaxslar. Mazkur shaxslar qatoriga boshqa shaxslaming huquq va manfaatlarini
himoya qilish maqsadida sudga murojaat qilish vakolatiga ega bo‘lgan prokuror va
davlat organlari,mahalliy o'zini o‘zi boshqarish organlari, tashkilotlar va ayrim
fuqarolar kiritiladi. Fuqarolik protsessual kodeksining 34-moddasiga ko‘ra, ishda
ishtirok etuvchi shaxslar ish materiallari bilan tanishish, ulardan ko‘chirma!ar olish,
nusxalar ko‘chirish, rad etish to‘g‘risida arz qilish, dalillar taqdim etish, dalillarni
tekshirishda ishtirok etish, ishda ishtirok etuvchi hoshqa shaxslarga va odil sudlovni
amalga oshirishga ko'maklashayotgan shaxslarga savollar berish, arz qilish,
iltimosnomalar taqdim etish, sudga og‘zaki va yozma tushuntirishlar berish, ishni
sudda ko‘rish davomida tug‘iladigan hamma masalalar bo‘yicha o‘zlarining vajlarini
bayon qilish, boshqa shaxslarning arzlari, iltimosnomalari, vajlariga qarshi e’tirozlar
bildirish, sudning hal qiluv qarori, ajrimi, qarori va buyrug'i ustidan shikoyat qilish,
sud chiqargan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori va buyruqning majburiy ijrosini talab
qilish, sud ijrochisining harakatlari vaqtida hozir bo'lish va o‘z huquqlarini amalga
oshirish huquqiga egadirlar.Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu kodeksda nazarda
tutilgan boshqa protsessual huquqlardan ham foydalanadilar. Ishda ishtirok etuvchi
shaxslar o'zlariga berilgan barcha protsessual huquqlardan insofli ravishda
foydalanishlari va o‘z zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishlari shart. Odil
sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslaming huquq va majburiyatlari
haqida shuni aytish kerakki, ushbu shaxslar ishda ishtirok etuvchi shaxslardan farqli
3
ravishda FPKda ko'rsatilgan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning protsessual
huquqlaridan foydalana olmaydilar. Aynan ular ishning hal etilishidan moddiy
manfaatdor bo'lmaganliklari tufayli ham, masalan, taraflarning protsessual
huquqlaridan (da'vogarning o‘z arzida bayon qilingan talablarning asosini yoki
predmetini o'zgartirishi, da’vo talablarining miqdorini oshirishi yoki kamaytirishi,
ulardan butunlay yoki qisman voz kechishi, javobgarning da’vogar talabini to‘liq yoki
qisman tan olishi, har ikki tarafning protsessning istalgan bosqichida kelishuv bitimi
tuzish orqali ishni yakunlash huquqi shular jumlasidandir) foydalana olmaydilar. Odil
sudlovni amalga oshirishga ko'maklashuvchi shaxslar o‘z tushuntirishlarini og‘zaki
yoki yozma ravishda hayon qilishga, yozuvlardan foydalanishga haqlidirlar.
Qolaversa, ushbu shaxslarning protsessual huquqlardan foydalanishi protsessda kim
sifatida ishtirok etishiga ham bog‘liq bo‘ladi. Masalan, ekspert ish materiallari bilan
tanishish, ishda ishtirok etayotgan shaxslar va guvohlarga savollar berish, joyga borib
ko'zdan kechirishda ishtirok etish va ekspert sifatida o‘zini qiziqtirayotgan holatlami
aniqlash uchun o'ziga qo‘shimcha materiallar berishni suddan iltimos qilishga haqli
bo‘ladi. Shuningdek, ekspert, basharti o‘ziga berilgan materiallar yetarli bo‘lmasa
yoki o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatni bajarish uchun yetarli bilimga ega
bo‘lmasa, xulosa berishdan bosh tortishi ham mumkin. Ekspert qilib tayinlangan shaxs
sudning chaqimvi bo'yicha kelishi va o‘z oldiga qo‘yilgan masalalar yuzasidan xolis
xulosa berishi shart. Agar ekspert sud uzrsiz deb topgan sabablarga ko‘ra sudning
chaqimvi bo'yicha kelmasa, unga eng kam ish haqining besh baravarigacha miqdorda
jarima solinadi. Bila turib yolg'on xulosa berganlik, sud uzrsiz deb topgan sababga
ko‘ra xulosa berishdan bosh tortganlik uchun ekspert 0 ‘zbekiston Respublikasi
Jinoyat kodeksining tegishincha 238 va 240-moddalari bo'yicha javobgar bo'ladi
(FPKning 86-moddasi).Ishda ishtirok etayotgan mutaxassis esa o'zining nima
maqsadda sudga chaqirilayotganini bilish, agar zimmasiga yuklatilgan vazifani
bajarish uchun zarur bilim va malakaga ega bo‘lmasa, ishni yuritishda qatnashishdan
bosh tortish huquqiga ega bo‘ladi. Fuqarolik protsessual qonunchilik mutaxassis
4
zimmasiga ham bir qator majburiyatlarni yuklaydi. Masalan, mutaxassis sudning
chaqimvi bo'yicha kelishi, ishni ko‘rishda qatnashishi, fan, texnika, san’at yoki hunar
sohasidagi bilim va malakasiga asoslanib, o‘z fikrini bildirishi shart. Agar mutaxassis
sud uzrsiz deb topgan sabablarga ko‘ra sud chaqimvi bo‘yicha kelmasa, unga eng kam
ish haqining besh baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin (FPKning 91-
moddasi). Fuqarolik ishlarining ko'rilishida guvohlarning protsessual huquqiy holati
o'ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. Masalan, FPKning 69-moddasiga ko‘ra, ishga
doir biror holatdan xabardor bo‘lgan har qanday shaxs guvoh bo‘la oladi. Guvoh
sifatida chaqirilgan shaxs sudga kelishi va to‘g‘ri ko'rsatuv berishi shart. Bila turib
yolg‘on ko‘rsatuvlar berganlik, sud uzrsiz deb topgan sabablarga ko‘ra, ko'rsatuv
berishni rad etganlik yoki undan bo‘yin tovlaganlik uchun guvoh Jinoyat kodeksining
238 va 240-moddalariga muvofiq javobgar bo‘ladi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha odil
sudlov faqat sud tomonidan, ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar bo‘yicha amalga
oshiriladi.
2. Fuqarolik protsessida taraflar tushunchasi va ularning protsessual huquq va
majburiyatlari
FPKning 39-moddasi birinchi qismiga binoan, da'vogar va javobgar fuqarolik
protsessining taraflaridir. Demak, fuqarolik protsessida ikki taraf: da'vogar va
javobgar ishtirok etadi.Da'vogar deganda, o'zining buzilgan yoki nizolashilayotgan
huquqlari yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida
sudga murojaat etgan yoinki manfaatini ko'zlab ish qo‘zg‘atilgan shaxsga aytiladi.
Mazkur ta'rif da'vogaming fuqarolik protsessidagi ishtirokining ikki shakli
mavjudligini ko‘rsatadi: birinchidan, da'vogar deganda, o'zining buzilgan yoki
nizolashilayotgan huquqlari yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya
qilish maqsadida sudga murojaat etgan shaxs tushunilsa, ikkinchidan, da’vogar deb
boshqa shaxslaming huquqlarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat qiluvchi
5
shaxslarning arizasiga ko‘ra, ish qo‘zg‘atilgan shaxs tushuniladi. Fuqarolik
protsessining ikkinchi tarafi javobgar hisoblanadi. Javobgar da'vogar talabiga muvofiq
sud tomonidan da'vogarning buzilgan huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan
manfaatlari yuzasidan javob berish uchun jalb etilgan shaxsdir. Da'vogarning fikricha,
javobgar bu uning subyektiv huquqlarini yoki qonun hilan qo‘riqlanadigan manfaatini
buzgan shaxs hisoblanadi. Shunday qilib, da'vogar va javobgar nizoli huquqiy
munosabat subyektlari hisoblanib, ulaming protsessual manfaatlari bir-biri bilan zid.
Sud hal qiluv qarori ham, birinchi navbatda, ularga nisbatan tatbiq etiladi. Taraflar
zimmasiga sud xarajatlarini to‘lash majburiyati yuklatiladi. Taraflaming protsessual
huquqlari Umumiy va Maxsus huquqlarga ajratiladi. FPKning 34-moddasida hamda
boshqa moddalarda nazarda tutilgan va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar ham
foydalanishi mumkin bo‘lgan huquqlar taraflarning umumiy huquqlari hisoblanadi.
FPKning 40-moddasi va boshqa moddalarda nazarda tutilgan hamda faqat taraflargina
foydalanishi mumkin bo'lgan huquqlar maxsus huquqlar sanaladi. Taraflarning maxsus
huquqlari sifatida da'vogarning da'vo asosini yoki predmetini o'zgartirishga, da’vo
talablarining miqdorini ko‘paytirish yoki kamaytirishga yoxud da'vodan voz
kechishga bo‘lgan huquqini, javobgaming esa da’voga qarshi e'tiroz bildirish, qarshi
da'vo taqdim etish yoki da'voga iqror bo‘lish kabi huquqlarini ko‘rsatish mumkin.
Undan tashqari, taraflar jarayonning har qanday bosqichida ishni kelishuv bitimi bilan
tamomlashlari mumkin (FPKning 40-moddasi). Fuqarolik protsessida taraflar teng
protsessual huquqlardan foydalanadilar. Taraflar o'zlariga berilgan barcha protsessual
huquqlardan vijdonan, insofli ravishda foydalanishga majburlar. Jarayonni cho'zish
yoki buzish maqsadida har qanday g‘ayriqonuniy harakatlar qilinishiga sud yo‘l
qo‘ymaydi.Taraflaming protsessual huquqlari ularning pratsessual majburiyatlari bilan
bogMiq. Taraflar protsessual majburiyatlarini sidqi-dildan bajarishlari lozim. Har bir
taraf o‘zining talablari va e’tiroz-lariga asos qilib ko‘rsatgan holatlarni isbotlashi shart
(FPKning 56-moddasi).Taraflar ish yuritilayotgan vaqtda o ‘z manzili o‘zgargani
haqida sudga maMum qilishlari shart (FPKning 138-moddasi), ular qonunda nazarda
6
tutilgan sud xarajatlari va qonunda nazarda tutilgan boshqa bir qator majburiyatlami
o‘z zimmalariga oladilar.Protsessual huquqlardan noto‘g‘ri foydalanish yoki
pratsessual majburiyatlarni bajarmaslik taraflar uchun salbiy oqibatlami yuzaga
keltiradi (masalan, da'vo arizasining harakatsiz qoldirilishi, ariza berilmagan deb
topilib, da'vogarga qaytarilishi, arizani ko‘rmasdan qoldirish, ishning keyinga
qoldirilishi, ishni sirtdan koTib chiqish va h.k.). Protsessda birgalikda ishtirok etish
deb, muayyan fuqarolik ishining sudda ko‘riIishida har ikki tarafdan ham bir necha
da'vogarlar yoki bir necha javobgarlar ishtirok etishiga aytiladi. Fuqarolik protsessida
birgalikda ishtirok etishning asosiy maqsadi sud tomonidan fuqarolik ishlarining
ko‘rilishini yengillashtirish, fuqarolarning buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarini
tez va samarali himoya qilishdan iboratdir. Aynan sherik ishtirokchilik institutining
uchinchi shaxslardan va ishga daxldor bo‘lmagan taraflardan farqi sherik
ishtirokchilar o‘rtasida manfaatdorlik borasida o ‘zaro qarama-qarshilikning
boMmasligi, ular talab va e'tirozlarining bir xilda ekanligidadir. Ushbu xususiyatlar
protsessda birgalikda ishtirok etishga yo‘l qo‘yishning asosiy talablaridan biri
hisoblanadi.Protsessual-huquqiy mezonlarga ko‘ra, ishtirokchilik quyidagi uch turga
ajratiladi:
• faol sherik ishtirokchilik — da'vogar tarafdan bir vaqtning o ‘zida bir necha
shaxslaming
ishtirokiga
aytiladi;
• faol ho ‘Imagan ishtirokchilik — javobgar tomonida bir vaqtning o ‘zida bir necha
shaxslarning
ishtirokiga
aytiladi;
• aralash sherik ishtirokchilik — bir vaqtning o ‘zida da’vogar va javobgar tarafda bir
necha shaxslaming ishtirok etishiga aytiladi. Nizoli huquqiy munosabat subyektlari
o‘rtasidagi moddiyhuquqiy aloqalar ulaming xarakteriga bng‘liq ravishda quyidagi
ikki
turga
ajratiladi:
•
majburiy
sherik
ishtirokchilik;
•
nomajburiy
sherik
ishtirokchilik.
Majburiy sherik ishtirokchilik protsessda bir necha da'vogar va bir necha javobgaming
7
ishtiroki hisoblanib, ulardan biri mavjud bo‘lmagan taqdirda fuqarolik ishini hal qilish
imkoni boMmaydi. Mazkur ishtirokchilik subyektlari ko‘p bo‘lgan nizoli
moddiyhuquqiy munosabatlaming xususiyatlari bilan bog‘liq hisoblanadi. Masalan,
orderni haqiqiy emas, deb tan olish haqidagi da'vo bo‘yicha javobgarlar sifatida
oilaning barcha a'zolari jalb etilishi lozim; umumiy mulkdan ulushni ajratish yoki
bo‘lish haqidagi da'voni barcha mulkdorlarning ishtirokisiz ko‘rib chiqish mumkin
emas, merosga doir huquq yoxud merosni haqiqiy emas, deb tan olish haqidagi talab
qonun bo‘yicha barcha merosxo‘rlar ishtirokida ko‘rib chiqilishi lozim va h.k. Agarda
bir nechta da'vogar yoki bir da'vogaming bir nechta javobgarlarga nisbatan ilgari
surilgan talablari bir-biridan mustaqil ravishda alohida ko‘rib chiqilishi mumkin
bo‘lsa, bunday ishtirokchilik nomajburiy hisoblanadi. Masalan, ota-onalaming
bolalarga nisbatan aliment undirish haqidagi da’volari birgalikda (bir ishda),
bolalarning har biriga alohida yoki barchasiga bir paytda berilishi mumkin.
Nomajburiy ishtirokchilik ishtirokchilar o‘rtasidagi moddiy-huquqiy aloqa bo‘lgan-
bo‘lmaganidan qat’i na7ar, mavjud bo'ladi. Bunda maqsadga muvofiqlik hisobga
olinadi (masalan, ulush majburiyatlaridan hamda bir xil talablardan tashkil topgan
da'volar bo‘yicha).Sherik ishtirokchilar protsessda taraflarning huquqlaridan
foydalanadilar va majburiyatlarga ega boMadilar (FPKning 34, 40-moddalari).
Da’vogarlar vajavobgarlardan harbiri boshqa tarafga nisbatan protsessda mustaqil
ravishda ishtirok etadi va boshqa ishtirokchilarga tobe bo‘lmaydi, masalan, u da'voni
tan olish yoki uni rad etish borasida mustaqil qarorga kelishi mumkin. Birgalikda
ishtirok etuvchilar ishni olib borishni sherik ishtirokchilardan biriga topshirishlari ham
mumkin (FPK 41-moddasi). Mazkur qoida sud va taraflarning vaqtini tejashda
ahamiyatli hisoblanadi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha odil sudlov fuqarolarning jinsi, irqi,
millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan,
tashkilotlarning esa tashkiliy-huquqiy shaklidan, mulkchilik shaklidan, joylashgan
yeri, shuningdek boshqa holatlardan qat’i nazar, qonun va sud oldida tengligi asosida
amalga oshiriladi.
8
3. Ishga daxldor bo‘lmagan taraflar tushunchasi va ularni almashtirish tartibi
Ba'zan ishni sudda ko‘rishga tayyorlash davomida yoki sudda ish ko‘rish
jarayonida u yoki bu tomon yoki har ikki tomon ham nizoli huquqiy munosabatning
subyekti emasligi aniqlanishi mumkin. Bunday holatda ushbu taraflar ishga daxldor
bo‘lmagan shaxslar, deb topiladi. Sud arz qilingan talab uni ilgari surish huquqiga ega
bolmagan shaxs tomonidan taqdim etilganligini yoki da'vogarning arizasi bo'yicha
javob berishi lozim bo‘lmagan shaxsga nisbatan taqdim etilganligini aniqlasa,
da'vogaming roziligi bilan dastlabki da'vogar yoki javobgar ishga daxldor da'vogar
yoki javobgar bilan almashtirilishiga yo‘l qo'yishi mumkin (FPKning 42-moddasi).
Ish holatlariga ko‘ra, qaysi shaxsga nisbatan aynan u nizoli huquqiy munosabatlaming
subyekti deb topilgan bo‘lsa, ushbu shaxs daxldor bo‘lgan taraf deb ataladi. Shunday
qilib, taraflarning ishga daxldor bo‘lish yoki bo'lmasligi haqidagi masala nizoli
huquqiy munosabat subyektlarining tarkibiga bog‘liq boMadi. FPKning 42-moddasiga
binoan, birinchi instansiya sudi da'vogaming roziligi bilan ishga daxldor boMmagan
javobgaming almashtirilishiga yo‘l qo‘yadi. Bundan kelib chiqadiki, sud da’vogar rozi
boMgandagina ishga daxldor boMmagan javobgami daxldor boMgan javobgar bilan
almashtirishi mumkin. Agar da'vogar javobgarning boshqa shaxs bilan
almashtirilishiga rozi boMmasa, sud bu shaxsni ikkinchi javobgar sifatida ishga jalb
qilishga haqli. Ishga daxli boMmagan tarafni almashtirish sudning ajrimiga ko‘ra
amalga oshiriladi. Taraf almashtirilganidan yoki nizo predmeti yuzasidan mustaqil
talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs ishga kirishganidan yoxud ikkinchi javobgar
jalb qilinganidan keyin ishni ko‘rish yangidan boshlanadi (FPKning 42-moddasi,
beshinchi qismi). Chunki protsessda daxldor bo‘lmagan javobgar tomonidan amalga
oshirilgan harakatlar ishga jalb etilgan daxldor bo‘lgan javobgar uchun hech qanday
ahamiyatga ega boMmaydi va uning uchun hech qanday huquq-majburiyatlarni
yuzaga keltirmaydi. Bunday holda daxldor boMgan javobgarning ishtirokida yangi
protsessual huquqiy munosabat yuzaga keladi. Protsessual huquqiy vorislik deganda,
9