“G‘AFUR G‘ULOMNING HIKOYANAVISLIK MAHORATI” (G‘afur G‘ulom mahorat maktabining adabiyotimizda tutgan oʻrni, “Qizaloq” hikoyasi va “Mehrobdan chayon” romanidagi g‘oyaviy uyg‘unlik)

Yuklangan vaqt

2024-05-03

Yuklab olishlar soni

37

Sahifalar soni

26

Faytl hajmi

160,5 KB


Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
“G‘AFUR G‘ULOMNING HIKOYANAVISLIK MAHORATI” 
 
mavzusida 
 
 
KURS ISHI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ilmiybaza.uz “G‘AFUR G‘ULOMNING HIKOYANAVISLIK MAHORATI” mavzusida KURS ISHI
Ilmiybaza.uz 
 
 
 
MUNDARIJA: 
I. 
Kirish………………………………………………………………….. 4 
II. 
Asosiy qism: 
1-BOB. G‘afur G‘ulom mahorat maktabining adabiyotimizda tutgan oʻrni 
1-1-§. Yozuvchining qahramon yaratish mahorati…………………………… 7 
1-2-§. Adib hikoyalari kompozitsiyasi………...……………………………... 11 
2- BOB. G‘afur G‘ulom hikoyalaridagi adabiy va badiiy tasvir mahorati  
2-1-§.  “Qizaloq” hikoyasi va “Mehrobdan chayon” romanidagi g‘oyaviy 
uyg‘unlik……………………………………………………………………... 
 
14 
2-2-§. Hikoyalarda peysaj, portret tasviri va monologlar……………………. 17 
III. Xulosa………………………………………………………………… 24 
IV. 
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………… 26 
Ilmiybaza.uz MUNDARIJA: I. Kirish………………………………………………………………….. 4 II. Asosiy qism: 1-BOB. G‘afur G‘ulom mahorat maktabining adabiyotimizda tutgan oʻrni 1-1-§. Yozuvchining qahramon yaratish mahorati…………………………… 7 1-2-§. Adib hikoyalari kompozitsiyasi………...……………………………... 11 2- BOB. G‘afur G‘ulom hikoyalaridagi adabiy va badiiy tasvir mahorati 2-1-§. “Qizaloq” hikoyasi va “Mehrobdan chayon” romanidagi g‘oyaviy uyg‘unlik……………………………………………………………………... 14 2-2-§. Hikoyalarda peysaj, portret tasviri va monologlar……………………. 17 III. Xulosa………………………………………………………………… 24 IV. Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………… 26
Ilmiybaza.uz 
 
 
KIRISH 
Kun sayin , hatto soat, daqiqa sayin rivojlanib borayotgan zamonda davr 
bilan birgalikda jamiyatimizning ham har bir sohasi jadal ravishda oʻsmoqda. 
Insoniyat mavjudki, qaysi davrlarda yashamasin, doim yaxshi, farovon, tinch-
osuda hayotni orzu qilib kelgan. Yaxshi hayotni amalga oshirish uchun har bir 
xalqning, 
millatning 
oʻz 
oldiga 
qoʻygan 
maqsadlari, 
rejalari 
boʻlgan. 
Mamlakatimizda bugungi kunda olib borilayotgan islohotlar aynan inson qadrini 
ulugʻlash tamoyili asosida olib borilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2023-
yilni “Insonga eʼtibor, sifatli taʼlim yili” deb eʼlon qildi. Bu albatta bejiz emas. 
Chunki bilim bor joyda, rivojlanish, taraqqiyot, oʻzgarish roʻy beradi. Shuningdek, 
Shavkat Mirziyoyev taʼlim sifatini oshirish – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining 
yakka-yu yagona toʻgʻri yoʻli ekanligini taʼkidlab oʻtdi. “Ushbu sohada boshlagan 
islohotlarimizni davom ettirishimiz, taʼlim dargohlariga borib, oʻqituvchi va 
murabbiylar bilan koʻproq muloqot qilib, sifatni oshirish boʻyicha ular qoʻygan 
masalalarni birgalikda hal qilishimiz kerak. Biz kelgusi yil davlat dasturiga 
xalqimiz koʻtargan barcha masalalarni aniq yechimlari bilan kiritamiz. Ushbu 
jarayonlarda deputat va senatorlar, mahalla vakillari, ziyolilar, yoshlar, tadbirkorlar 
va keng jamoatchiligimizdan faol boʻlishlarini, yangi-yangi taklif va tashabbuslar 
bildirishlarini soʻrayman”- dedi davlat rahbari. Oliy taʼlim muassasalari professor-
oʻqituvchilari sifatli taʼlim, oʻz oʻrnida sifatli kadrlarni mamlakatga yetkazib 
beradi. Shu jihatdan oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari taʼlim sifatini 
yanada oshirishga eʼtibor berishi, malaka oshirishi, oʻz ustida ishlashi, ilmiy 
tadqiqot ishlarni olib borishini taqozo qiladi. Taʼlim sifatini yaxshilashda nafaqat 
pedagog xodimlar mehnati, balki talabalarni ilmga boʻlgan ishtiyoqini oshirish 
ham juda muhimdir. Xususan, ta’lim sohasi ham. Har qanday davlat qudratining 
poydevori, mamlakatning ertangi kuni qanday boʻlishi amaldagi taʼlim-tarbiya 
tizimiga bogʻliq. Shu bois, davlat fuqarolarning taʼlimga oid huquqlarini amalga 
oshirishni oʻz zimmasiga oladi.1  
                                                 
1  Madazimov M. Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga 
Ilmiybaza.uz KIRISH Kun sayin , hatto soat, daqiqa sayin rivojlanib borayotgan zamonda davr bilan birgalikda jamiyatimizning ham har bir sohasi jadal ravishda oʻsmoqda. Insoniyat mavjudki, qaysi davrlarda yashamasin, doim yaxshi, farovon, tinch- osuda hayotni orzu qilib kelgan. Yaxshi hayotni amalga oshirish uchun har bir xalqning, millatning oʻz oldiga qoʻygan maqsadlari, rejalari boʻlgan. Mamlakatimizda bugungi kunda olib borilayotgan islohotlar aynan inson qadrini ulugʻlash tamoyili asosida olib borilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2023- yilni “Insonga eʼtibor, sifatli taʼlim yili” deb eʼlon qildi. Bu albatta bejiz emas. Chunki bilim bor joyda, rivojlanish, taraqqiyot, oʻzgarish roʻy beradi. Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev taʼlim sifatini oshirish – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining yakka-yu yagona toʻgʻri yoʻli ekanligini taʼkidlab oʻtdi. “Ushbu sohada boshlagan islohotlarimizni davom ettirishimiz, taʼlim dargohlariga borib, oʻqituvchi va murabbiylar bilan koʻproq muloqot qilib, sifatni oshirish boʻyicha ular qoʻygan masalalarni birgalikda hal qilishimiz kerak. Biz kelgusi yil davlat dasturiga xalqimiz koʻtargan barcha masalalarni aniq yechimlari bilan kiritamiz. Ushbu jarayonlarda deputat va senatorlar, mahalla vakillari, ziyolilar, yoshlar, tadbirkorlar va keng jamoatchiligimizdan faol boʻlishlarini, yangi-yangi taklif va tashabbuslar bildirishlarini soʻrayman”- dedi davlat rahbari. Oliy taʼlim muassasalari professor- oʻqituvchilari sifatli taʼlim, oʻz oʻrnida sifatli kadrlarni mamlakatga yetkazib beradi. Shu jihatdan oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari taʼlim sifatini yanada oshirishga eʼtibor berishi, malaka oshirishi, oʻz ustida ishlashi, ilmiy tadqiqot ishlarni olib borishini taqozo qiladi. Taʼlim sifatini yaxshilashda nafaqat pedagog xodimlar mehnati, balki talabalarni ilmga boʻlgan ishtiyoqini oshirish ham juda muhimdir. Xususan, ta’lim sohasi ham. Har qanday davlat qudratining poydevori, mamlakatning ertangi kuni qanday boʻlishi amaldagi taʼlim-tarbiya tizimiga bogʻliq. Shu bois, davlat fuqarolarning taʼlimga oid huquqlarini amalga oshirishni oʻz zimmasiga oladi.1 1 Madazimov M. Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga
Ilmiybaza.uz 
 
Prezidentimiz birinchi navbatda, eʼtibor Yangi Oʻzbekiston uchun eng katta 
investitsiya boʻlgan taʼlimni qoʻllab-quvvatlashga qaratishni taʼkidlar ekan, bunda 
oʻqituvchilarning maqomini, ularning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilishni 
Konstitutsiyada alohida belgilash zarurligi qayd etildi. Shavkat Mirziyoyev oliy 
taʼlim tizimidagi korrupsiyani ham keskin tanqid qildi. “Mana oliy taʼlimga 
kirishdagi korrupsiya yoʻq boʻldi. Lekin oliy taʼlim muassasalari ichidagi 
korrupsiya hali ham saqlanib qolmoqda”. Demak, taʼlimdagi korrupsiyani yoʻq 
qilish, taʼlim sifatini yaxshilashga olib keladi.2 
Mavzuning dolzarbligi: Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, noyob 
iste’dod sohibi, faylasuf shoir, nosir G‘afur G‘ulom xalqimiz va butun ezgu niyatli 
bashariyatning qalbiga quloq tuta olgan, ularning dardini chin dildan his eta olgan 
shoir, yozuvchi, olim edi. G‘afur G‘ulom ijodiy merosining salmoqli qismini 
nasriy asarlari, xususan, hikoyalari tashkil etadi. Mazkur hikoyalarni davr va shaxs 
talqini nuqtayi nazaridan oʻrganish yoshlar tarbiyasi ularning madaniy merosga 
munosabatini shakllantirish, XX asr voqeligining badiiy talqinlarini yangicha 
qarashlar asosida oʻrganish muhim ahamiyat kasb etadi. Zotan, …biz hali 
yurtimizni uning oʻziga xos tarixi, madaniyati, ulug‘ olim-u ulamolarini, bebaho 
ma’naviy merosimizni toʻliq oʻrganganimiz yoʻq.  
Mavzuning oʻrganilganlik darajasi: G‘afur G‘ulom hayoti, ijodiy 
merosining qiymati, qadri doimo tanqidchilar va adabiyotshunoslarning diqqat 
markazida boʻlib kelgan. Adibning ijod namunalari 30-yillardayoq maktab va oliy 
oʻquv yurtlari dasturlaridan oʻrin olgan. Hozirgacha mustaqilligimizni yanada 
mustahkamlash, zamondoshlarimiz badiiy-estetik salohiyatini oʻstirishiga xizmat 
qilib kelmoqda. G‘afur G‘ulom hayoti va ijodiy merosining oʻrganilishini shartli 
ravishda ikki davrga boʻlib oʻrganish maqsadga muvofiq keladi.  
1. Yakka hokim mafkuraviy-adabiy siyosat hukmron boʻlgan davr. 
2. Mustaqillik davri. 
                                                                                                                                                             
Murojaatnomasiga munosabat 
2  Madazimov M. Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga 
Murojaatnomasiga munosabat 
Ilmiybaza.uz Prezidentimiz birinchi navbatda, eʼtibor Yangi Oʻzbekiston uchun eng katta investitsiya boʻlgan taʼlimni qoʻllab-quvvatlashga qaratishni taʼkidlar ekan, bunda oʻqituvchilarning maqomini, ularning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilishni Konstitutsiyada alohida belgilash zarurligi qayd etildi. Shavkat Mirziyoyev oliy taʼlim tizimidagi korrupsiyani ham keskin tanqid qildi. “Mana oliy taʼlimga kirishdagi korrupsiya yoʻq boʻldi. Lekin oliy taʼlim muassasalari ichidagi korrupsiya hali ham saqlanib qolmoqda”. Demak, taʼlimdagi korrupsiyani yoʻq qilish, taʼlim sifatini yaxshilashga olib keladi.2 Mavzuning dolzarbligi: Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, noyob iste’dod sohibi, faylasuf shoir, nosir G‘afur G‘ulom xalqimiz va butun ezgu niyatli bashariyatning qalbiga quloq tuta olgan, ularning dardini chin dildan his eta olgan shoir, yozuvchi, olim edi. G‘afur G‘ulom ijodiy merosining salmoqli qismini nasriy asarlari, xususan, hikoyalari tashkil etadi. Mazkur hikoyalarni davr va shaxs talqini nuqtayi nazaridan oʻrganish yoshlar tarbiyasi ularning madaniy merosga munosabatini shakllantirish, XX asr voqeligining badiiy talqinlarini yangicha qarashlar asosida oʻrganish muhim ahamiyat kasb etadi. Zotan, …biz hali yurtimizni uning oʻziga xos tarixi, madaniyati, ulug‘ olim-u ulamolarini, bebaho ma’naviy merosimizni toʻliq oʻrganganimiz yoʻq. Mavzuning oʻrganilganlik darajasi: G‘afur G‘ulom hayoti, ijodiy merosining qiymati, qadri doimo tanqidchilar va adabiyotshunoslarning diqqat markazida boʻlib kelgan. Adibning ijod namunalari 30-yillardayoq maktab va oliy oʻquv yurtlari dasturlaridan oʻrin olgan. Hozirgacha mustaqilligimizni yanada mustahkamlash, zamondoshlarimiz badiiy-estetik salohiyatini oʻstirishiga xizmat qilib kelmoqda. G‘afur G‘ulom hayoti va ijodiy merosining oʻrganilishini shartli ravishda ikki davrga boʻlib oʻrganish maqsadga muvofiq keladi. 1. Yakka hokim mafkuraviy-adabiy siyosat hukmron boʻlgan davr. 2. Mustaqillik davri. Murojaatnomasiga munosabat 2 Madazimov M. Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasiga munosabat
Ilmiybaza.uz 
 
Yakka hokim mafkuraviy-adabiy siyosat hukmron boʻlgan davrlarda G‘afur 
G‘ulom hayoti va ijodi Oybek, Hamid Olimjon, Homil Yoqubov, Salohiddin 
Mamajonov, Matyoqub Qoʻshjonov, Naim Karimov, Ozod Sharafiddinov, 
Baxtiyor Nazarov, Umarali Normatov, Niniel Vladimirova, Sobir Mirvaliyev, 
Solih Qosimov, Berdiali Imomov, Marhamat Amilova, Sharif Yusupov, Qozoqboy 
Yoʻldoshev, Abdug‘afur Rasulov, Hamidulla Boltaboyev, Tozagul Matyoqubova 
va boshqa oʻnlab olimlarning diqqatini jalb qilgan.  
Bular orasida professor Homil Yoqubovning G‘afur G‘ulom hayoti va 
ijodini tadqiq etuvchi adabiy tanqidiy ocherki ayniqsa, diqqatga sazovordir. 
Kitobda atoqli oʻzbek shoiri oʻzi yashagan davr voqeligidan hayotiga mazmun 
olib, ijodiy imkoniyatlarini kengaytirgan qalamkash sifatida oʻrganiladi. Garchi 
olim G‘afur G‘ulomning oʻttiz besh yillik ijodiy yoʻlini siyosiy-mafkuraviy 
nuqtayi nazardan tahlil etsa ham, uning ichki takomilini kuzatish, asarlari poetik 
tili xalqchilligini aniqlash, istiqbol rejalarini prognoz qilishga ham harakat qilgan 
edi. 
Mavzuning maqsadi: G‘afur G‘ulom hayoti va ijodi, uning hikoyanavislik 
mahoratini oʻrganish. 
Mavzuning vazifalari: Kurs ishida mavzuning vazifalari sifatida quyidagilar 
belgilab olindi: 
- G‘afur G‘ulomning mohir hikoyanavis, taniqli nosir sifatida shakllanishi 
hamda mahoratini oshirib borishiga ta’sir etgan omillarni adabiy ta’sir va 
badiiy mahorat nuqtayi nazaridan oʻrganish; 
- yozuvchi nasriy merosining janriy rang-barangligi va ichki rivojini tahlil va 
tadqiq qilish; 
- yozuvchi obrazlarini mehr-shafqat va hamdardlik negizida tasvirlanish 
tamoyilini koʻrsatish. 
Mavzuning ob’ekti: G‘afur G‘ulom ijodiy faoliyati, hikoyalari 
Mavzuning tuzilishi: Ushbu kurs ishi kirish, 2 bob, 4 paragraf, xulosa, 
foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan tashkil topgan. 
Ilmiybaza.uz Yakka hokim mafkuraviy-adabiy siyosat hukmron boʻlgan davrlarda G‘afur G‘ulom hayoti va ijodi Oybek, Hamid Olimjon, Homil Yoqubov, Salohiddin Mamajonov, Matyoqub Qoʻshjonov, Naim Karimov, Ozod Sharafiddinov, Baxtiyor Nazarov, Umarali Normatov, Niniel Vladimirova, Sobir Mirvaliyev, Solih Qosimov, Berdiali Imomov, Marhamat Amilova, Sharif Yusupov, Qozoqboy Yoʻldoshev, Abdug‘afur Rasulov, Hamidulla Boltaboyev, Tozagul Matyoqubova va boshqa oʻnlab olimlarning diqqatini jalb qilgan. Bular orasida professor Homil Yoqubovning G‘afur G‘ulom hayoti va ijodini tadqiq etuvchi adabiy tanqidiy ocherki ayniqsa, diqqatga sazovordir. Kitobda atoqli oʻzbek shoiri oʻzi yashagan davr voqeligidan hayotiga mazmun olib, ijodiy imkoniyatlarini kengaytirgan qalamkash sifatida oʻrganiladi. Garchi olim G‘afur G‘ulomning oʻttiz besh yillik ijodiy yoʻlini siyosiy-mafkuraviy nuqtayi nazardan tahlil etsa ham, uning ichki takomilini kuzatish, asarlari poetik tili xalqchilligini aniqlash, istiqbol rejalarini prognoz qilishga ham harakat qilgan edi. Mavzuning maqsadi: G‘afur G‘ulom hayoti va ijodi, uning hikoyanavislik mahoratini oʻrganish. Mavzuning vazifalari: Kurs ishida mavzuning vazifalari sifatida quyidagilar belgilab olindi: - G‘afur G‘ulomning mohir hikoyanavis, taniqli nosir sifatida shakllanishi hamda mahoratini oshirib borishiga ta’sir etgan omillarni adabiy ta’sir va badiiy mahorat nuqtayi nazaridan oʻrganish; - yozuvchi nasriy merosining janriy rang-barangligi va ichki rivojini tahlil va tadqiq qilish; - yozuvchi obrazlarini mehr-shafqat va hamdardlik negizida tasvirlanish tamoyilini koʻrsatish. Mavzuning ob’ekti: G‘afur G‘ulom ijodiy faoliyati, hikoyalari Mavzuning tuzilishi: Ushbu kurs ishi kirish, 2 bob, 4 paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan tashkil topgan.
Ilmiybaza.uz 
 
 
1-BOB. G‘AFUR G‘ULOM MAHORAT MAKTABINING 
ADABIYOTIMIZDA TUTGAN OʻRNI 
1-1-§. Yozuvchining qahramon yaratish mahorati 
Gʻafur Gʻulom XX asr oʻzbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biridir. 
Oʻzbek sheʼriyati, badiiy publitsistikasi, felyetonchiligi, yumoristik qissachiligi, 
hajviy hikoyachiligi va tarjimachiligi rivojiga oʻzining salmoqli hissasini qoʻshgan 
soʻz sanʼatkoridir. U sheʼriyatda oʻz maktabini yaratgan adiblardan biri. G‘afur 
G‘ulom 1903-yil 10-may kuni Toshkent shahrining Qoʻrg‘ontegi mahallasida 
kambag‘al dehqon oilasida tug‘ilgan. Uning otasi G‘ulom aka Mirzaorif oʻg‘li 
Kelesdagi bir parcha yerida ham, shaharda ham ishlasa-da, oilasi qashshoq hayot 
kechirar edi, chunki oʻsha davrda oʻg‘ir mehnat samaralari oʻta qadrsizlangan edi. 
G‘ulom aka ancha bilimli, fors tilini oʻrgangan kishi boʻlib, bolalarning tarbiyasiga 
katta e’tibor berar edi. 
Yosh G‘afur avval eski maktabda ta’lim oladi va 9 yoshida oʻqish hamda 
yozishni oʻzlashtiradi. Ma’lumotlarga qaraganda, G‘afur G‘ulom yoshligida 
“Baroqxon” madrasasida oʻqigan. Madrasa mudarrisi oʻzini qarindosh deb bilgan 
G‘afur G‘ulomga bir sandiq nodir kitoblar taqdim etgan ekan. Adibning Bedildan 
chuqur bilimdonligi, arab tilini ajabtovur, fors tilini yaxshi bilishi, Sharq tarixidan 
teran xabardorligi, madrasa tahsilidan tashqari, ehtimol, ana shu kitoblarga borib 
bog‘lansa ajab emas. 
1912-yil otasi olamdan oʻtib, beshta bolasi yetim qoladi. Oilaning og‘ir 
moddiy sharoitiga qaramay, akasining yordami bilan G‘afur 1916- yilning kuzida 
Oʻqchi mahallasidagi rus-tuzem bilim yurtiga oʻqishga kiradi. G‘afur G‘ulomning 
eslashicha, u yerda u L.Tolstoyning “Birinchi kitob” asari va boshqa koʻplab 
shoirlarning she’rlari bilan yaqindan tanishadi. Faqat mazkur bilim yurtidagi oʻqish 
ham uzoq davom etmaydi, chunki 1918-yilda onasining 36 yoshida bevaqt vafoti 
tufayli G‘afur yetim qolgan singillarini boqish uchun bosmaxonaga harf teruvchi 
sifatida ishga kirishga majbur boʻladi. U yerda keksa ishchi Abdurahmon 
Sohiboyevning maslahati bilan G‘afur sakkiz oylik oʻqituvchilar tayyorlov kursini 
Ilmiybaza.uz 1-BOB. G‘AFUR G‘ULOM MAHORAT MAKTABINING ADABIYOTIMIZDA TUTGAN OʻRNI 1-1-§. Yozuvchining qahramon yaratish mahorati Gʻafur Gʻulom XX asr oʻzbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biridir. Oʻzbek sheʼriyati, badiiy publitsistikasi, felyetonchiligi, yumoristik qissachiligi, hajviy hikoyachiligi va tarjimachiligi rivojiga oʻzining salmoqli hissasini qoʻshgan soʻz sanʼatkoridir. U sheʼriyatda oʻz maktabini yaratgan adiblardan biri. G‘afur G‘ulom 1903-yil 10-may kuni Toshkent shahrining Qoʻrg‘ontegi mahallasida kambag‘al dehqon oilasida tug‘ilgan. Uning otasi G‘ulom aka Mirzaorif oʻg‘li Kelesdagi bir parcha yerida ham, shaharda ham ishlasa-da, oilasi qashshoq hayot kechirar edi, chunki oʻsha davrda oʻg‘ir mehnat samaralari oʻta qadrsizlangan edi. G‘ulom aka ancha bilimli, fors tilini oʻrgangan kishi boʻlib, bolalarning tarbiyasiga katta e’tibor berar edi. Yosh G‘afur avval eski maktabda ta’lim oladi va 9 yoshida oʻqish hamda yozishni oʻzlashtiradi. Ma’lumotlarga qaraganda, G‘afur G‘ulom yoshligida “Baroqxon” madrasasida oʻqigan. Madrasa mudarrisi oʻzini qarindosh deb bilgan G‘afur G‘ulomga bir sandiq nodir kitoblar taqdim etgan ekan. Adibning Bedildan chuqur bilimdonligi, arab tilini ajabtovur, fors tilini yaxshi bilishi, Sharq tarixidan teran xabardorligi, madrasa tahsilidan tashqari, ehtimol, ana shu kitoblarga borib bog‘lansa ajab emas. 1912-yil otasi olamdan oʻtib, beshta bolasi yetim qoladi. Oilaning og‘ir moddiy sharoitiga qaramay, akasining yordami bilan G‘afur 1916- yilning kuzida Oʻqchi mahallasidagi rus-tuzem bilim yurtiga oʻqishga kiradi. G‘afur G‘ulomning eslashicha, u yerda u L.Tolstoyning “Birinchi kitob” asari va boshqa koʻplab shoirlarning she’rlari bilan yaqindan tanishadi. Faqat mazkur bilim yurtidagi oʻqish ham uzoq davom etmaydi, chunki 1918-yilda onasining 36 yoshida bevaqt vafoti tufayli G‘afur yetim qolgan singillarini boqish uchun bosmaxonaga harf teruvchi sifatida ishga kirishga majbur boʻladi. U yerda keksa ishchi Abdurahmon Sohiboyevning maslahati bilan G‘afur sakkiz oylik oʻqituvchilar tayyorlov kursini
Ilmiybaza.uz 
 
bitiradi va “Urfon” deb atalgan boquvsiz bolalar maktab-internatida tarbiyachi 
hamda mudir boʻlib ishlay boshlaydi. Xuddi shu bolalar hayotidan ruhlanish 
natijasida G‘afur G‘ulomning birinchi she’ri dunyoga keladi. Faqat u mashq juda 
zaif boʻlgani uchun matbuotda bosilmagan edi. 1923-yili G‘afur G‘ulomning 
“Goʻzallik nimada?” deb atalgan birinchi she’ri matbuotda e’lon qilindi. Ijodiy 
yoʻlining boshlarida shoir oʻzining mashqlarini “Koʻsa”, “Nurtoy” kabi taxalluslar 
bilan nashr ettirgan. Keyinchalik esa u deyarli barcha asarlarini “G‘afur G‘ulom” 
taxallusi ostida e’lon qilgan. G‘afur G‘ulomning nasrdagi mahorati, xususan, 
“Netay” (1930), “Tirilgan murda” (1934), “Shum bola”, “Yodgor” qissalarida 
yaqqol koʻrinadi.3 
G‘afur G‘ulom koʻp qirrali iste’dod egasi, ya’ni lirik va satirik shoir, mohir 
hikoyanavis, jangovar publitsist sifatida namoyon boʻlgan. “1919-yildan 1927-
yilgacha u o‘qituvchi, maktab direktori, Ma’naviyat uyushmasi ishchilari raisi 
bo‘lib ishlaydi, bolalar uyini tashkil etishda  faol ishtirok etadi. 1923-yildan G‘afur 
G‘ulomning adabiy faoliyati boshlanadi. She’rlar, dostonlar, ocherklar, hajviy 
hikoyalar va qissalari gazeta va jurnallarda chop etila boshlaydi. 1923-yil yozilgan 
― “Feliks farzandlari” she’rida yetim bolalar haqida gapirar ekan, unda yozuvchi 
o‘z hayotini ifodalaydi, “Maorif va o‘qituvchi” oynomasida esa “Go‘zallik 
qayerda?” nomli ikkinchi she’ri nashr qilinadi. Birin-ketin she’riy to‘plamlari 
bosmadan chiqadi: “Dinamo”, “Xitoy suratlari”, “Biz sizlar bilan tirikmiz”, “Jonli 
qo‘shiqlar”, “Sizga”, “Sovg‘a”, “Tong qo‘shig‘i”, “Qo‘qon” dostoni va boshqalar. 
G‘afur G‘ulomning 30-yil boshlarida yozilgan she’rlarida yangi shakllarga burilish 
seziladi, bunga mumtoz rus tilini o‘rganishi ham muhim darajada ta’sir ko‘rsatgan. 
Bundan tashqari, sanoatning o‘sishi, Turk-Sib temir yo‘l magistralining qurilishi 
kabi uning ona yurtida sodir bo‘layotgan ajoyib o‘zgarishlarni ta’riflash uchun 
yangi lug‘at boyligi, yangi she’riy bo‘yoqlar, yangi ohang va vazn talab etilgan. 
“Dinamo” (1931), “Tirik qo‘shiqlar” (1932) — yosh shoirning yo‘nalishi yorqin 
namoyon bo‘lgan birinchi she’riy to‘plamlari”. Uning qoldirgan merosining ham 
                                                 
3 Sanjar Sodiq . Yangi o‘zbek adabiyoti tarixi. —T:  O‘qituvchi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2019. —B.335 
Ilmiybaza.uz bitiradi va “Urfon” deb atalgan boquvsiz bolalar maktab-internatida tarbiyachi hamda mudir boʻlib ishlay boshlaydi. Xuddi shu bolalar hayotidan ruhlanish natijasida G‘afur G‘ulomning birinchi she’ri dunyoga keladi. Faqat u mashq juda zaif boʻlgani uchun matbuotda bosilmagan edi. 1923-yili G‘afur G‘ulomning “Goʻzallik nimada?” deb atalgan birinchi she’ri matbuotda e’lon qilindi. Ijodiy yoʻlining boshlarida shoir oʻzining mashqlarini “Koʻsa”, “Nurtoy” kabi taxalluslar bilan nashr ettirgan. Keyinchalik esa u deyarli barcha asarlarini “G‘afur G‘ulom” taxallusi ostida e’lon qilgan. G‘afur G‘ulomning nasrdagi mahorati, xususan, “Netay” (1930), “Tirilgan murda” (1934), “Shum bola”, “Yodgor” qissalarida yaqqol koʻrinadi.3 G‘afur G‘ulom koʻp qirrali iste’dod egasi, ya’ni lirik va satirik shoir, mohir hikoyanavis, jangovar publitsist sifatida namoyon boʻlgan. “1919-yildan 1927- yilgacha u o‘qituvchi, maktab direktori, Ma’naviyat uyushmasi ishchilari raisi bo‘lib ishlaydi, bolalar uyini tashkil etishda faol ishtirok etadi. 1923-yildan G‘afur G‘ulomning adabiy faoliyati boshlanadi. She’rlar, dostonlar, ocherklar, hajviy hikoyalar va qissalari gazeta va jurnallarda chop etila boshlaydi. 1923-yil yozilgan ― “Feliks farzandlari” she’rida yetim bolalar haqida gapirar ekan, unda yozuvchi o‘z hayotini ifodalaydi, “Maorif va o‘qituvchi” oynomasida esa “Go‘zallik qayerda?” nomli ikkinchi she’ri nashr qilinadi. Birin-ketin she’riy to‘plamlari bosmadan chiqadi: “Dinamo”, “Xitoy suratlari”, “Biz sizlar bilan tirikmiz”, “Jonli qo‘shiqlar”, “Sizga”, “Sovg‘a”, “Tong qo‘shig‘i”, “Qo‘qon” dostoni va boshqalar. G‘afur G‘ulomning 30-yil boshlarida yozilgan she’rlarida yangi shakllarga burilish seziladi, bunga mumtoz rus tilini o‘rganishi ham muhim darajada ta’sir ko‘rsatgan. Bundan tashqari, sanoatning o‘sishi, Turk-Sib temir yo‘l magistralining qurilishi kabi uning ona yurtida sodir bo‘layotgan ajoyib o‘zgarishlarni ta’riflash uchun yangi lug‘at boyligi, yangi she’riy bo‘yoqlar, yangi ohang va vazn talab etilgan. “Dinamo” (1931), “Tirik qo‘shiqlar” (1932) — yosh shoirning yo‘nalishi yorqin namoyon bo‘lgan birinchi she’riy to‘plamlari”. Uning qoldirgan merosining ham 3 Sanjar Sodiq . Yangi o‘zbek adabiyoti tarixi. —T: O‘qituvchi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2019. —B.335
Ilmiybaza.uz 
 
adabiyotimizda oʻrni katta. Yozuvchilar, adabiyotshunoshlar va yaqinlari 
tomonidan adib hayoti va ijodi haqida bir qator fikrlar bildirilgan.  
“G‘afur aka oilamizda jonlarini ayamaydigan mehribon ota, qattiqqoʻl, 
talabchan tarbiyachi, bolalarning yaqin doʻsti, ular nimaga qiziqadilar, nimani 
xohlaydilar – hammasini  bilar, shunga qarab muomala qilar, ish tutar edilar.” – 
Muharram G‘ulomova (G‘afur G‘ulomning rafiqasi). 
“Faxriy va adabiy raisimiz G‘afur aka bizlarni o‘z qanoti ostiga oldi. Bu 
qanot juda kuchli, uzoqlarga parvoz eta oladigan qanot edi” 4 — Mirmuhsin 
(O‘zbekiston xalq yozuvchisi). 
“G‘afur G‘ulomning buyukligi, dastavval, uning iste’dodida, ilhom ufqining 
kengligida, poetik obrazlarning yorqinligida, poeziyasining hayotiyligi va 
xalqchilligida, haqqoniyligida edi. Ayni choqda, uning buyukligi shaxsiyatida, 
xarakterida, odatlarida ham namoyon boʻladi. G‘afur aka koʻpincha oʻrtacha 
mezonga sig‘maydigan ishlar qilardi.” – Ozod Sharafiddinov (Oʻzbekiston 
Qahramoni). 
“G‘afur G‘ulom birinchi navbatda – shoir. Zoʻr shoir! Shu bilan birga uning 
nasriy asarlarini oʻqigan kitobxon adibning ichakuzdi hajviyalarida, zavq bilan 
oʻqiladigan hikoya va qissalarida alloma iste’dodining yana bir qirrasini topadi. 
Bularning koʻpchiligi vaqt sinovidan oʻtgan va yana uzoq yashaydigan asarlardir. 
G‘afur G‘ulom asarlarida makon va zamon tushunchasi benihoya aniq. Adib bir 
og‘iz soʻz bilan oʻz qahramonlarining butun biografiyasini tasvirlab qoʻyishi 
mumkin. Bir soʻz bilan butun bir davrga baho bera oladi. Bunga uning talay nasriy 
asarlari misol boʻla oladi.” – Oʻtkir Hoshimov. 
“Iste’dod eng avvalo, tabiat ehsoni, Olloh tuhfasidir. Shu ma’noda 
Yaratganning oʻzi G‘afur G‘ulomdan marhamatini sira-sira ayamagan edi. G‘afur 
G‘ulom chindan ham ulug‘ zakovat egasi edi. Buning isboti shoirning joʻshqin va 
dono she’riyati, uning tug‘ma tafakkur sohibi ekanligi, uning hech bir adibnikiga 
oʻxshamaydigan chinakam milliy prozasi – nasriy asarlaridir.” – Abdulla Oripov. 
                                                 
4 Ramazonov N. G‘afur G‘ulom xotiralar xotiralarda.  —T:  O‘zbekiston adliya vazirligi, 2021. —B.208 
Ilmiybaza.uz adabiyotimizda oʻrni katta. Yozuvchilar, adabiyotshunoshlar va yaqinlari tomonidan adib hayoti va ijodi haqida bir qator fikrlar bildirilgan. “G‘afur aka oilamizda jonlarini ayamaydigan mehribon ota, qattiqqoʻl, talabchan tarbiyachi, bolalarning yaqin doʻsti, ular nimaga qiziqadilar, nimani xohlaydilar – hammasini bilar, shunga qarab muomala qilar, ish tutar edilar.” – Muharram G‘ulomova (G‘afur G‘ulomning rafiqasi). “Faxriy va adabiy raisimiz G‘afur aka bizlarni o‘z qanoti ostiga oldi. Bu qanot juda kuchli, uzoqlarga parvoz eta oladigan qanot edi” 4 — Mirmuhsin (O‘zbekiston xalq yozuvchisi). “G‘afur G‘ulomning buyukligi, dastavval, uning iste’dodida, ilhom ufqining kengligida, poetik obrazlarning yorqinligida, poeziyasining hayotiyligi va xalqchilligida, haqqoniyligida edi. Ayni choqda, uning buyukligi shaxsiyatida, xarakterida, odatlarida ham namoyon boʻladi. G‘afur aka koʻpincha oʻrtacha mezonga sig‘maydigan ishlar qilardi.” – Ozod Sharafiddinov (Oʻzbekiston Qahramoni). “G‘afur G‘ulom birinchi navbatda – shoir. Zoʻr shoir! Shu bilan birga uning nasriy asarlarini oʻqigan kitobxon adibning ichakuzdi hajviyalarida, zavq bilan oʻqiladigan hikoya va qissalarida alloma iste’dodining yana bir qirrasini topadi. Bularning koʻpchiligi vaqt sinovidan oʻtgan va yana uzoq yashaydigan asarlardir. G‘afur G‘ulom asarlarida makon va zamon tushunchasi benihoya aniq. Adib bir og‘iz soʻz bilan oʻz qahramonlarining butun biografiyasini tasvirlab qoʻyishi mumkin. Bir soʻz bilan butun bir davrga baho bera oladi. Bunga uning talay nasriy asarlari misol boʻla oladi.” – Oʻtkir Hoshimov. “Iste’dod eng avvalo, tabiat ehsoni, Olloh tuhfasidir. Shu ma’noda Yaratganning oʻzi G‘afur G‘ulomdan marhamatini sira-sira ayamagan edi. G‘afur G‘ulom chindan ham ulug‘ zakovat egasi edi. Buning isboti shoirning joʻshqin va dono she’riyati, uning tug‘ma tafakkur sohibi ekanligi, uning hech bir adibnikiga oʻxshamaydigan chinakam milliy prozasi – nasriy asarlaridir.” – Abdulla Oripov. 4 Ramazonov N. G‘afur G‘ulom xotiralar xotiralarda. —T: O‘zbekiston adliya vazirligi, 2021. —B.208
Ilmiybaza.uz 
 
“G‘afur G‘ulom ijodiyoti – zoʻr gulxan, uning har qanday koʻrinishi xilma-
xil yonish, ya’ni nur va harorat demakdir. G‘afur G‘ulom poeziyasining zoʻr kuchi, 
jozibasi, koʻzni qamashtirib yuboradigan goʻzalligi shundadir.” 5 – Abdulla 
Qahhor. 
“G‘afur G‘ulom turkiy xalqlar she’riyati rivojiga buyuk hissa qoʻshgan, 
butun koʻp millatli adabiyotimizning choʻng, koʻrkam vakillaridan biri, 
barchamizning g‘ururimiz boʻlgan ajoyib soʻz san’atkoridir.” – Chingiz 
Aytmatov. 
“G‘afur G‘ulom Sharq she’riyati tarixini ham, rus va Yevropa poetik 
madaniyatini ham mukammal bilgan va oʻzlashtirgan shoir edi. Ammo, uning 
ijodida Jambulga xos soddalik bilan Umar Xayyomga xos falsafiylik va teranlik 
koʻproq boʻrtib turadi.” 6 – Naim Karimov. 
“Mening tasavvurimda shoir G‘afur G‘ulomni inson G‘afur G‘ulomdan 
ajratish qiyin. U mukammal shaxs edi. Shuning uchun ham uning she’riyatini 
hayotidan va aksincha, hayotini she’riyatidan ajratib boʻlmaydi. Hayotida ham 
she’riyatida ham u saxiy qalbli inson edi. Odamlarni chin dildan sevardi.” – 
Konstantin Simonov. 
“G‘afur G‘ulom poeziyasining xalqchilligi shundaki, u oʻz asarlarida jonajon 
xalqning hayot haqiqatini, orzu va oʻylarini, yorug‘ istiqbolga boʻlgan ishonchini 
aks ettirdi.” – Sharof Rashidov. 
“Men har gal G‘afur G‘ulomning asarlarini oʻqiganimda, “Shum bola” 
kinofilmini koʻrganimda, bolalik kezlarimda bobom bilan boʻlgan suhbat 
xayolimga kelardi va atoqli adib rostdan ham ona qishlog‘im Kavardonda 
boʻlganmi, deya oʻz-oʻzimga savol berardim.” – L. Mansurov. 
“She’rlarini oʻqigan odamning toʻlqinlanib ketib, dilida iliq hislar 
uyg‘onishi, hayot koʻziga yanada goʻzalroq koʻrinishi, insoniy qadr-qimmatini va 
iftixorini chuqurroq sezib olishga ham sabab shunda, deb oʻylayman.” – Komil 
Yashin. 
                                                 
5 G‘afur G‘ulom zamondoshlari xotirasida. – T: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot - matbaa ijodiy uyi, 2003 
6 Karimov N. G‘afur G‘ulom. – T: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot - matbaa ijodiy uyi, 2003. 
Ilmiybaza.uz “G‘afur G‘ulom ijodiyoti – zoʻr gulxan, uning har qanday koʻrinishi xilma- xil yonish, ya’ni nur va harorat demakdir. G‘afur G‘ulom poeziyasining zoʻr kuchi, jozibasi, koʻzni qamashtirib yuboradigan goʻzalligi shundadir.” 5 – Abdulla Qahhor. “G‘afur G‘ulom turkiy xalqlar she’riyati rivojiga buyuk hissa qoʻshgan, butun koʻp millatli adabiyotimizning choʻng, koʻrkam vakillaridan biri, barchamizning g‘ururimiz boʻlgan ajoyib soʻz san’atkoridir.” – Chingiz Aytmatov. “G‘afur G‘ulom Sharq she’riyati tarixini ham, rus va Yevropa poetik madaniyatini ham mukammal bilgan va oʻzlashtirgan shoir edi. Ammo, uning ijodida Jambulga xos soddalik bilan Umar Xayyomga xos falsafiylik va teranlik koʻproq boʻrtib turadi.” 6 – Naim Karimov. “Mening tasavvurimda shoir G‘afur G‘ulomni inson G‘afur G‘ulomdan ajratish qiyin. U mukammal shaxs edi. Shuning uchun ham uning she’riyatini hayotidan va aksincha, hayotini she’riyatidan ajratib boʻlmaydi. Hayotida ham she’riyatida ham u saxiy qalbli inson edi. Odamlarni chin dildan sevardi.” – Konstantin Simonov. “G‘afur G‘ulom poeziyasining xalqchilligi shundaki, u oʻz asarlarida jonajon xalqning hayot haqiqatini, orzu va oʻylarini, yorug‘ istiqbolga boʻlgan ishonchini aks ettirdi.” – Sharof Rashidov. “Men har gal G‘afur G‘ulomning asarlarini oʻqiganimda, “Shum bola” kinofilmini koʻrganimda, bolalik kezlarimda bobom bilan boʻlgan suhbat xayolimga kelardi va atoqli adib rostdan ham ona qishlog‘im Kavardonda boʻlganmi, deya oʻz-oʻzimga savol berardim.” – L. Mansurov. “She’rlarini oʻqigan odamning toʻlqinlanib ketib, dilida iliq hislar uyg‘onishi, hayot koʻziga yanada goʻzalroq koʻrinishi, insoniy qadr-qimmatini va iftixorini chuqurroq sezib olishga ham sabab shunda, deb oʻylayman.” – Komil Yashin. 5 G‘afur G‘ulom zamondoshlari xotirasida. – T: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot - matbaa ijodiy uyi, 2003 6 Karimov N. G‘afur G‘ulom. – T: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot - matbaa ijodiy uyi, 2003.
Ilmiybaza.uz 
 
 
1-2-§. Adib hikoyalari kompozitsiyasi 
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov: “Mana shu bugungi hayotimizda va 
kelajak avlodni oʻstirishda G‘afur G‘ulomning ijodi, albatta, beqiyos ahamiyatga 
ega. Uning hissasi juda ham katta. Shuning uchun mening tilagim shundayki, 
G‘afur G‘ulomning ijodini faqat Oʻzbekistondagina emas, avvalambor, har 
tomonlama butun dunyoga mashhur qilishimiz kerak” – deb bejiz aytmaganlar7.  
Haqiqatdan ham G‘afur G‘ulom XX asr oʻzbek she’riyati va nasrining yirik, 
betakror vakilidir. G‘afur G‘ulomning hikoyanavisligi “Jo‘rabo‘za”,  “Yigit” 
(1931), “Kulgi hikoyalar” (1932) kabi to‘plamlarida yorqin namoyon bo‘ldi. Uning 
dastlabki asarlarida o‘sha davr o‘zbek hikoyachiligidagi tavsifchilik publitsistik 
tadqiqga ruju qo‘yish, konfliktni yuridik tarzda hal etishga moyillik kabi 
kamchiliklar ko‘zga tashlanadi (“Arkning yemirilishi”, “Ikki janggoh”). Ko‘pgina 
satirik hikoyalarida syujetning qiziqarli bo‘lishiga, fabulaga diqqatni qaratsa, 
boshqalarida xarakterlar o‘rtasidagi keskin to‘qnashuvlarni ko‘rsatadi va ularning 
ruhiy dunyosini ochadi. “Hiylai shar’iy” (1930) hikoyasi latifani eslatadi, unda o‘zi 
aytganidek, “kuldirib yig‘latadi, yig‘latib kuldiradi”. “Yigit” (1929) hikoyasida 
muqaddas muhabbat tuyg‘usi bilan o‘ynagan yigitni chiroyli usulda fosh etadi. 
Qoloqlikni kulgi qiluvchi “Kim aybdor” (1932), “To‘rt hangoma” (1941) 
yumoristik hikoyalari ham latifanamodir. “To‘rt hangoma”dagi ikkinchi 
hangomani eslaylik. Qovulnazar pulini omonat kassaga qo‘ymay, bir parcha guldor 
satinga o‘rab xazonning ichiga berkitib qo‘yadi. Bir kuni sigirining og‘zida o‘sha 
tugunchani ko‘rib qoladi. Sigir yutishga urinadi, Qovulnazar sug‘urib olish uchun 
chiranadi, oxiri sigir yutib yuboradi. Qovulnazar hayron, birov sigirni so‘yib 
qornidan pulingni ol, desa, boshqasi kavsh qaytarishini kut, ehtimol, chiqarib 
yuborar, deb maslahat beradi. Birovning gapi bilan sigirni bozorga olib boradi va 
jig‘ildonida uch yarim ming sulkavoy ham bor, deb ikki barobar ortiq narx qo‘yib 
sotishga urinadi. Ko‘rinadiki, yozuvchi qahramonni kulgili vaziyatga tushirib 
qo‘yib, kulgi yaratadi va uning qoloqligidan kuladi. 
                                                 
7  
Yangi O‘zbekiston gazetasi 2023-yil 28-noyabr soni 
Ilmiybaza.uz 1-2-§. Adib hikoyalari kompozitsiyasi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov: “Mana shu bugungi hayotimizda va kelajak avlodni oʻstirishda G‘afur G‘ulomning ijodi, albatta, beqiyos ahamiyatga ega. Uning hissasi juda ham katta. Shuning uchun mening tilagim shundayki, G‘afur G‘ulomning ijodini faqat Oʻzbekistondagina emas, avvalambor, har tomonlama butun dunyoga mashhur qilishimiz kerak” – deb bejiz aytmaganlar7. Haqiqatdan ham G‘afur G‘ulom XX asr oʻzbek she’riyati va nasrining yirik, betakror vakilidir. G‘afur G‘ulomning hikoyanavisligi “Jo‘rabo‘za”, “Yigit” (1931), “Kulgi hikoyalar” (1932) kabi to‘plamlarida yorqin namoyon bo‘ldi. Uning dastlabki asarlarida o‘sha davr o‘zbek hikoyachiligidagi tavsifchilik publitsistik tadqiqga ruju qo‘yish, konfliktni yuridik tarzda hal etishga moyillik kabi kamchiliklar ko‘zga tashlanadi (“Arkning yemirilishi”, “Ikki janggoh”). Ko‘pgina satirik hikoyalarida syujetning qiziqarli bo‘lishiga, fabulaga diqqatni qaratsa, boshqalarida xarakterlar o‘rtasidagi keskin to‘qnashuvlarni ko‘rsatadi va ularning ruhiy dunyosini ochadi. “Hiylai shar’iy” (1930) hikoyasi latifani eslatadi, unda o‘zi aytganidek, “kuldirib yig‘latadi, yig‘latib kuldiradi”. “Yigit” (1929) hikoyasida muqaddas muhabbat tuyg‘usi bilan o‘ynagan yigitni chiroyli usulda fosh etadi. Qoloqlikni kulgi qiluvchi “Kim aybdor” (1932), “To‘rt hangoma” (1941) yumoristik hikoyalari ham latifanamodir. “To‘rt hangoma”dagi ikkinchi hangomani eslaylik. Qovulnazar pulini omonat kassaga qo‘ymay, bir parcha guldor satinga o‘rab xazonning ichiga berkitib qo‘yadi. Bir kuni sigirining og‘zida o‘sha tugunchani ko‘rib qoladi. Sigir yutishga urinadi, Qovulnazar sug‘urib olish uchun chiranadi, oxiri sigir yutib yuboradi. Qovulnazar hayron, birov sigirni so‘yib qornidan pulingni ol, desa, boshqasi kavsh qaytarishini kut, ehtimol, chiqarib yuborar, deb maslahat beradi. Birovning gapi bilan sigirni bozorga olib boradi va jig‘ildonida uch yarim ming sulkavoy ham bor, deb ikki barobar ortiq narx qo‘yib sotishga urinadi. Ko‘rinadiki, yozuvchi qahramonni kulgili vaziyatga tushirib qo‘yib, kulgi yaratadi va uning qoloqligidan kuladi. 7 Yangi O‘zbekiston gazetasi 2023-yil 28-noyabr soni
Ilmiybaza.uz 
 
Jumladan, “Mening o‘g‘rigina bolam” hikoyasida o‘zi guvoh bo‘lgan oddiy 
voqea asosida shafqatsiz jamiyatni va shunday sharoitda ham o‘zining insonligiga, 
mehr-oqibatiga zarracha putur yetkazmagan insonni ko‘rsatadi. Yozuvchi o‘z ota-
onasi o‘lib, uchta singlisi bilan katta onasi – “Qora buvisi” qo‘lida qolgan 
paytidagi uylariga o‘g‘ri kelishi voqeasini so‘zlaydi. Birinchi jahon urushi payti, 
“zamon chappasiga ketgan” vaqt, barcha kosiblar singan, ish yo‘q hamma och-
yalang‘och. Oddiy kosib, ishsiz yigit ikki bolasi, xotini, onasini boqa olmay, 
o‘g‘irlik qilishga majbur bo‘ladi. Kechasi “Qora buvi”ning tomiga chiqqanida 
qo‘qqisdan aksirib yuboradi. Yetimlar taqdirini o‘ylab, mijja qoqmayotgan “qora 
buvi”, “O‘g‘rigina bolam”, axir kasbing nozik, tumov-pumovingni yozib chiqsang 
bo‘lmaydimi!”,          - deydi. “Qora buvi”ning mehribonona, samimiy munosabati 
o‘g‘rining ham hasrat qopini ochib yuboradi. U tomda, kampir pastda 
dardlashadilar, urushning kasofati, xalqning qashshoq hayoti, shaharning yetimga 
to‘lib ketgani, xullas, osmon uzoq yer qattiqligi to‘g‘risida suhbat quradilar. 
O‘g‘rining so‘zidan ellikboshilarning poraxo‘rligi ham, boylar-u amaldorlarning, 
tuzumning shafqatsizligi ham oshkor bo‘ladi. Yozuvchi ayni paytda, shu 
kambag‘allarda insoniylik, odamiylik, mehr-shafqat tuyg‘usi saqlanib qolganini 
ta’kidlaydi: “qora buvi” o‘g‘rini uyida bor bo‘lgan ikkitagina zog‘ora non bilan 
choy ichishga taklif qiladi, u esa “Meni tanib qolasiz, juda ham yuzimni sidirib 
tashlaganim yo‘q andisham bor, uyalaman”, deydi. “Qora buvi” uyda yarim pudlik 
qozon bor, hozir bunda ovqat pishirishga masalliq ham yetmaydi, “qutlug’ uydan 
quruq ketasanmi, bolam... Shuni obketaqol. Sotib kuningga yaratarsan, o‘g‘rigina 
bolam”, deydi. O‘g‘ri ko‘nmaydi, kelajakda yaxshi kunlar kelishiga umid bildiradi. 
Ko‘rinadiki, hikoyada ona – farzandlik munosabatiga xos samimiy, chin insoniy 
muhit yaratilgan. Shuning uchun ham, u kitobxonni rom qiladi, ishontiradi. 
“Jo‘rabo‘za” hikoyasining qahramoni Ahmadqul hamiyatli, mehnatkash dehqon 
yigit. U ulfatchilik va bo‘zaxo‘rlikni xush ko‘radigan tengquri Bo‘taning ta’na-
dashnomlari, achchiq-quruq gaplari hamiyatiga tekkani uchun ulfatchilikka borib, 
sayoq bolalarga qo‘shilib qoladi. Diqqinafas bu muhit uning uchun tamomila 
begona edi. Shuning uchun ham, yarim kechasi bo‘lishiga qaramasdan,  
Ilmiybaza.uz Jumladan, “Mening o‘g‘rigina bolam” hikoyasida o‘zi guvoh bo‘lgan oddiy voqea asosida shafqatsiz jamiyatni va shunday sharoitda ham o‘zining insonligiga, mehr-oqibatiga zarracha putur yetkazmagan insonni ko‘rsatadi. Yozuvchi o‘z ota- onasi o‘lib, uchta singlisi bilan katta onasi – “Qora buvisi” qo‘lida qolgan paytidagi uylariga o‘g‘ri kelishi voqeasini so‘zlaydi. Birinchi jahon urushi payti, “zamon chappasiga ketgan” vaqt, barcha kosiblar singan, ish yo‘q hamma och- yalang‘och. Oddiy kosib, ishsiz yigit ikki bolasi, xotini, onasini boqa olmay, o‘g‘irlik qilishga majbur bo‘ladi. Kechasi “Qora buvi”ning tomiga chiqqanida qo‘qqisdan aksirib yuboradi. Yetimlar taqdirini o‘ylab, mijja qoqmayotgan “qora buvi”, “O‘g‘rigina bolam”, axir kasbing nozik, tumov-pumovingni yozib chiqsang bo‘lmaydimi!”, - deydi. “Qora buvi”ning mehribonona, samimiy munosabati o‘g‘rining ham hasrat qopini ochib yuboradi. U tomda, kampir pastda dardlashadilar, urushning kasofati, xalqning qashshoq hayoti, shaharning yetimga to‘lib ketgani, xullas, osmon uzoq yer qattiqligi to‘g‘risida suhbat quradilar. O‘g‘rining so‘zidan ellikboshilarning poraxo‘rligi ham, boylar-u amaldorlarning, tuzumning shafqatsizligi ham oshkor bo‘ladi. Yozuvchi ayni paytda, shu kambag‘allarda insoniylik, odamiylik, mehr-shafqat tuyg‘usi saqlanib qolganini ta’kidlaydi: “qora buvi” o‘g‘rini uyida bor bo‘lgan ikkitagina zog‘ora non bilan choy ichishga taklif qiladi, u esa “Meni tanib qolasiz, juda ham yuzimni sidirib tashlaganim yo‘q andisham bor, uyalaman”, deydi. “Qora buvi” uyda yarim pudlik qozon bor, hozir bunda ovqat pishirishga masalliq ham yetmaydi, “qutlug’ uydan quruq ketasanmi, bolam... Shuni obketaqol. Sotib kuningga yaratarsan, o‘g‘rigina bolam”, deydi. O‘g‘ri ko‘nmaydi, kelajakda yaxshi kunlar kelishiga umid bildiradi. Ko‘rinadiki, hikoyada ona – farzandlik munosabatiga xos samimiy, chin insoniy muhit yaratilgan. Shuning uchun ham, u kitobxonni rom qiladi, ishontiradi. “Jo‘rabo‘za” hikoyasining qahramoni Ahmadqul hamiyatli, mehnatkash dehqon yigit. U ulfatchilik va bo‘zaxo‘rlikni xush ko‘radigan tengquri Bo‘taning ta’na- dashnomlari, achchiq-quruq gaplari hamiyatiga tekkani uchun ulfatchilikka borib, sayoq bolalarga qo‘shilib qoladi. Diqqinafas bu muhit uning uchun tamomila begona edi. Shuning uchun ham, yarim kechasi bo‘lishiga qaramasdan,
Ilmiybaza.uz 
 
jo‘raboshilarni-da mensimay, mast-alast holda o‘z uyiga yo‘l oladi. Biroq asov otni 
boshqara olmay, fojiali tarzda halok bo‘ladi. G‘afur G‘ulom asov ot detali orqali 
katta hayotiy mazmunni ifoda etadi. Adibning mazkur hikoyada tabiat 
manzaralarini personajlar ruhiy olamiga mos tarzda tanlashi hikoya shakliy 
go‘zalligi, mantiqiy serjiloligi, mazmunining ishonchliligini ta’minlagan. Chingiz 
Aytmatov ta’biri bilan aytganda: “Tabiat bilan umimiy til topishgan taqdirdagina 
insoniyat o‘z imkoniyatlarini to‘la ro‘yobga chiqara oladi”8. G‘afur G‘ulom inson 
kayfiyatini, kechinmalarini, ruhiy tug‘yonlarini aks ettirishda tabiat manzaralaridan 
mohirona foydalangani shubhasiz. 
Shu o‘rinda, mamlakatimizda zabardast ijodkor, xalqning suyukli yozuvchisi 
Gʻafur Gʻulom xotirasini abadiylashtirishga va uning asarlarini keng ommaga, 
xususan, jahon adabiyoti namoyondalariga tanitish uchun izchil harakatlar amalga 
oshirilayotgan bir vaqtda, adib tavalludining 120 yilligi keng nishonlanib, 
millionlar koʻnglini koʻtaruvchi xushxabar tarqaldi: mashhur BBC axborot 
agentligining “BBC Culture” nashri barcha davrlardagi bolalar adabiyotining eng 
yaxshi yuzta namunasi roʻyxatini eʼlon qildi. Bu roʻyxatdan millatimizning ardoqli 
farzandi, akademik Gʻafur Gʻulomning 1936-yilda eʼlon qilingan “Shum bola” 
qissasi ham oʻrin egallagan. Bu o‘zbek xalqi, o‘zbek kitobxoni va yozuvchilariga 
katta quvonch va imkoniyatlar olib keldi.  
                                                 
8  
Айтматов Ч. Тошкент оқшоми. 1988, 14 феврал 
Ilmiybaza.uz jo‘raboshilarni-da mensimay, mast-alast holda o‘z uyiga yo‘l oladi. Biroq asov otni boshqara olmay, fojiali tarzda halok bo‘ladi. G‘afur G‘ulom asov ot detali orqali katta hayotiy mazmunni ifoda etadi. Adibning mazkur hikoyada tabiat manzaralarini personajlar ruhiy olamiga mos tarzda tanlashi hikoya shakliy go‘zalligi, mantiqiy serjiloligi, mazmunining ishonchliligini ta’minlagan. Chingiz Aytmatov ta’biri bilan aytganda: “Tabiat bilan umimiy til topishgan taqdirdagina insoniyat o‘z imkoniyatlarini to‘la ro‘yobga chiqara oladi”8. G‘afur G‘ulom inson kayfiyatini, kechinmalarini, ruhiy tug‘yonlarini aks ettirishda tabiat manzaralaridan mohirona foydalangani shubhasiz. Shu o‘rinda, mamlakatimizda zabardast ijodkor, xalqning suyukli yozuvchisi Gʻafur Gʻulom xotirasini abadiylashtirishga va uning asarlarini keng ommaga, xususan, jahon adabiyoti namoyondalariga tanitish uchun izchil harakatlar amalga oshirilayotgan bir vaqtda, adib tavalludining 120 yilligi keng nishonlanib, millionlar koʻnglini koʻtaruvchi xushxabar tarqaldi: mashhur BBC axborot agentligining “BBC Culture” nashri barcha davrlardagi bolalar adabiyotining eng yaxshi yuzta namunasi roʻyxatini eʼlon qildi. Bu roʻyxatdan millatimizning ardoqli farzandi, akademik Gʻafur Gʻulomning 1936-yilda eʼlon qilingan “Shum bola” qissasi ham oʻrin egallagan. Bu o‘zbek xalqi, o‘zbek kitobxoni va yozuvchilariga katta quvonch va imkoniyatlar olib keldi. 8 Айтматов Ч. Тошкент оқшоми. 1988, 14 феврал
Ilmiybaza.uz 
 
2- BOB. G‘AFUR G‘ULOM HIKOYALARINING MAVZU KOʻLAMI 
2-1-§.  “Qizaloq” hikoyasi va “Mehrobdan chayon” romanidagi g‘oyaviy 
uyg‘unlik 
G‘afur G‘ulom mohir hikoyanavis. Uning “Koʻngilsizning “qilig‘i”, “Puch 
umidlar”, “Qizaloq”, “Yigit”, “Soat”, “Chorbozorchi”, “Guvohlikka oʻtgan hoʻkiz” 
kabi yuksak mahorat bilan yozilgan hikoyalari mavjud. Ulardagi sarlavhalar kabi 
muhit tasviri, qahramonlarning taqdirlari ham turlichadir. Ular orasidan “Qizaloq” 
hikoyasi tahlilini oladigan boʻlsak, bu hikoya va “Mehrobdan chayon” romanidagi 
bosh qahramonlarining ruhiy kechinmalari ifodasi, ayrim voqealarning badiiy 
talqini oʻrtasida ajib bir uyg‘unlikni koʻrish mumkin. Masalan, romanda Ra’no 
xonga unashtirilgach, taqdirga tan bermay, Anvar bilan birgalikda oʻz erkin hayoti, 
baxti uchun kurash yoʻllarini qidiradi va Maxdum xonadonini tark etadi. Shunga 
oʻxshash voqea “Qizaloq” hikoyasida ham uchraydi. Hikoya bosh qahramonlaridan 
biri Ibay “Mehrobdan chayon” romanidagi Anvarga oʻxshab oq-u qorani tanigan, 
mas’ul lavozimlarda ishlaydigan yigit boʻladi. Mukarrama ota-onasiga qarshi 
borib, sevgilisi Ibay bilan ota uyidan qochib ketadi. Bu voqealar talqinida roman 
qahramonlari va hikoya qahramonlari qismati oʻrtasida mushtaraklik yuzaga 
keladi. Bu eng avvalo, har ikkala asar qahramonlari qalbidagi mehr va sog‘inch 
tuyg‘ulari tasvirida koʻrinadi. Roman qahramoni Ra’no ham, hikoya bosh 
qahramoni Mukarrama ham uyidan ketgach, koʻp oʻtmay oʻz tug‘ilib oʻsgan uyi va 
ota-onasini sog‘ina boshlaydi.  
“Qizaloq” hikoyasidagi Mukarramaning ruhiy his-tuyg‘ulari ifodasida 
Ra’noning ruhiy kechinmalariga uyg‘unlik mavjud. Oradan yillar oʻtib Mukarrama 
va Ibaydan xat keladi. Xatda ikkala yosh Andijonda sog‘-salomat, tinch-totuv 
yashab kelayotganligi va Mukarrama yukli ekanligi yozilgan va boʻlib oʻtgan 
ishlar uchun kechirim soʻrab, agar izn berishsa qaytib kelishlari haqidagi xabar 
bayon qilingan edi. Shunga oʻxshash voqea “Mehrobdan chayon” romanida Ra’no 
ba’zan ota-ona sog‘inchidan koʻz yoshi toʻkaverib, Anvarni xunob qiladi. Yigit 
unga dalda berib: “… Biz Toshkentga yetgan kunimizoq sog‘ligimizni va 
uzrimizni aytib xat yozamiz”, – deydi. Biroz vaqt oʻtib, Qoʻqonga oʻzimiz 
Ilmiybaza.uz 2- BOB. G‘AFUR G‘ULOM HIKOYALARINING MAVZU KOʻLAMI 2-1-§. “Qizaloq” hikoyasi va “Mehrobdan chayon” romanidagi g‘oyaviy uyg‘unlik G‘afur G‘ulom mohir hikoyanavis. Uning “Koʻngilsizning “qilig‘i”, “Puch umidlar”, “Qizaloq”, “Yigit”, “Soat”, “Chorbozorchi”, “Guvohlikka oʻtgan hoʻkiz” kabi yuksak mahorat bilan yozilgan hikoyalari mavjud. Ulardagi sarlavhalar kabi muhit tasviri, qahramonlarning taqdirlari ham turlichadir. Ular orasidan “Qizaloq” hikoyasi tahlilini oladigan boʻlsak, bu hikoya va “Mehrobdan chayon” romanidagi bosh qahramonlarining ruhiy kechinmalari ifodasi, ayrim voqealarning badiiy talqini oʻrtasida ajib bir uyg‘unlikni koʻrish mumkin. Masalan, romanda Ra’no xonga unashtirilgach, taqdirga tan bermay, Anvar bilan birgalikda oʻz erkin hayoti, baxti uchun kurash yoʻllarini qidiradi va Maxdum xonadonini tark etadi. Shunga oʻxshash voqea “Qizaloq” hikoyasida ham uchraydi. Hikoya bosh qahramonlaridan biri Ibay “Mehrobdan chayon” romanidagi Anvarga oʻxshab oq-u qorani tanigan, mas’ul lavozimlarda ishlaydigan yigit boʻladi. Mukarrama ota-onasiga qarshi borib, sevgilisi Ibay bilan ota uyidan qochib ketadi. Bu voqealar talqinida roman qahramonlari va hikoya qahramonlari qismati oʻrtasida mushtaraklik yuzaga keladi. Bu eng avvalo, har ikkala asar qahramonlari qalbidagi mehr va sog‘inch tuyg‘ulari tasvirida koʻrinadi. Roman qahramoni Ra’no ham, hikoya bosh qahramoni Mukarrama ham uyidan ketgach, koʻp oʻtmay oʻz tug‘ilib oʻsgan uyi va ota-onasini sog‘ina boshlaydi. “Qizaloq” hikoyasidagi Mukarramaning ruhiy his-tuyg‘ulari ifodasida Ra’noning ruhiy kechinmalariga uyg‘unlik mavjud. Oradan yillar oʻtib Mukarrama va Ibaydan xat keladi. Xatda ikkala yosh Andijonda sog‘-salomat, tinch-totuv yashab kelayotganligi va Mukarrama yukli ekanligi yozilgan va boʻlib oʻtgan ishlar uchun kechirim soʻrab, agar izn berishsa qaytib kelishlari haqidagi xabar bayon qilingan edi. Shunga oʻxshash voqea “Mehrobdan chayon” romanida Ra’no ba’zan ota-ona sog‘inchidan koʻz yoshi toʻkaverib, Anvarni xunob qiladi. Yigit unga dalda berib: “… Biz Toshkentga yetgan kunimizoq sog‘ligimizni va uzrimizni aytib xat yozamiz”, – deydi. Biroz vaqt oʻtib, Qoʻqonga oʻzimiz
Ilmiybaza.uz 
 
borishimiz mumkin, deb qizni yupatadi. Shu oʻrinda koʻrishimiz mumkinki, har 
ikkala adib tasvirida muayyan oʻziga xoslik namoyon boʻladi.  
G‘afur G‘ulomning “Qizaloq” hikoyasida ota-ona farzandlarining xatosini 
kechirib, xat yozishgach Mukarrama va Ibay uyiga qaytib kelishadi. Koʻp oʻtmay 
oʻzi bilan birgalikda butun oilaga quvonch olib kelgan qiz farzand dunyoga keldi 
va hikoya yakunlandi. Hikoyada Mukarramaning qalbidagi tavba, Zulayho xola va 
Shokir aka koʻnglidagi mehr-u shafqat oʻziga xos ta’sirchan uslubda tasvirlangan. 
“Mehrobdan chayon” romanida esa, Xudoyorxondan afvnoma borgachgina, 
Anvar bilan Ra’no Toshkentdan Qoʻqonga qaytib kelishgan. Har ikki asarda ham 
yoshlarning oʻz baxti va erkin hayoti uchun kurashi va ularning orzu-niyatlari 
roʻyobga chiqishi ta’sirli va ishonarli tarzda yoritilgan. G‘afur G‘ulom ham 
Abdulla Qodiriy ham har bir detal va holatni tasvirlashga alohida e’tibor bilan 
yondashgan. Anvar bilan Ra’no uylaridan ketgan oʻsha kechadagi qizning tashqi 
koʻrinishi, aniqrog‘i kiyimi masalasi diqqatni tortadi. Romanda Anvar hech 
kutmaganda Ra’no erkakcha kiyinib oladi. “Paranji ol, Ra’no”, – deb turgan Anvar 
oʻz yonida turgan “oʻspirin yigit”ni koʻrib, uning tadbirkorligiga hayron qoladi. 
Abdulla Qodiriy bu oʻrinda oʻz baxti va kelajagi uchun dadil kurashga otlangan 
qizning jasoratini aniq yoritish uchun ushbu tasvirga murojaat qilgan. “Qizaloq” 
hikoyasida bu voqea tasviri birmuncha farqliroq boʻlib, unda tashabbuskorlik 
koʻproq yigitning qoʻlida Ibayning gapi bilan Mukarrama sahar chog‘i paranjisiz, 
ochiq holda uydan ketadi. Har ikkala asarda ham adiblar tanlagan tasvir usullari 
yoshlarning otashin muhabbat va baxtli hayot uchun dadil qadamlarini realistik 
tarzda aks ettirishga xizmat qilgan. 
Asarlardagi ota-onalar ruhiy kechinmalari tasviri ham e’tiborga molik, 
albatta. Romandagi Solih Mahdumning fojia xabarini eshitgan vaqtdagi holati 
g‘oyatda ayanchli va achinarli boʻlib, el-yurt oldida sharmanda boʻlgan ota qayg‘u 
bilan yig‘lab: “Ilohi juvonmarg boʻlsin, meni yerga qaratdi”, – deydi. Nigor Oyim 
esa chorasiz holda yig‘laydi. 
“Qizaloq” hikoyasida qizining Ibay bilan qochganligi haqidagi xabarni 
eshitgan Zulayho xola ayyuxannos solib yig‘laydi. Chorasiz ona qizini “oq” qilib, 
Ilmiybaza.uz borishimiz mumkin, deb qizni yupatadi. Shu oʻrinda koʻrishimiz mumkinki, har ikkala adib tasvirida muayyan oʻziga xoslik namoyon boʻladi. G‘afur G‘ulomning “Qizaloq” hikoyasida ota-ona farzandlarining xatosini kechirib, xat yozishgach Mukarrama va Ibay uyiga qaytib kelishadi. Koʻp oʻtmay oʻzi bilan birgalikda butun oilaga quvonch olib kelgan qiz farzand dunyoga keldi va hikoya yakunlandi. Hikoyada Mukarramaning qalbidagi tavba, Zulayho xola va Shokir aka koʻnglidagi mehr-u shafqat oʻziga xos ta’sirchan uslubda tasvirlangan. “Mehrobdan chayon” romanida esa, Xudoyorxondan afvnoma borgachgina, Anvar bilan Ra’no Toshkentdan Qoʻqonga qaytib kelishgan. Har ikki asarda ham yoshlarning oʻz baxti va erkin hayoti uchun kurashi va ularning orzu-niyatlari roʻyobga chiqishi ta’sirli va ishonarli tarzda yoritilgan. G‘afur G‘ulom ham Abdulla Qodiriy ham har bir detal va holatni tasvirlashga alohida e’tibor bilan yondashgan. Anvar bilan Ra’no uylaridan ketgan oʻsha kechadagi qizning tashqi koʻrinishi, aniqrog‘i kiyimi masalasi diqqatni tortadi. Romanda Anvar hech kutmaganda Ra’no erkakcha kiyinib oladi. “Paranji ol, Ra’no”, – deb turgan Anvar oʻz yonida turgan “oʻspirin yigit”ni koʻrib, uning tadbirkorligiga hayron qoladi. Abdulla Qodiriy bu oʻrinda oʻz baxti va kelajagi uchun dadil kurashga otlangan qizning jasoratini aniq yoritish uchun ushbu tasvirga murojaat qilgan. “Qizaloq” hikoyasida bu voqea tasviri birmuncha farqliroq boʻlib, unda tashabbuskorlik koʻproq yigitning qoʻlida Ibayning gapi bilan Mukarrama sahar chog‘i paranjisiz, ochiq holda uydan ketadi. Har ikkala asarda ham adiblar tanlagan tasvir usullari yoshlarning otashin muhabbat va baxtli hayot uchun dadil qadamlarini realistik tarzda aks ettirishga xizmat qilgan. Asarlardagi ota-onalar ruhiy kechinmalari tasviri ham e’tiborga molik, albatta. Romandagi Solih Mahdumning fojia xabarini eshitgan vaqtdagi holati g‘oyatda ayanchli va achinarli boʻlib, el-yurt oldida sharmanda boʻlgan ota qayg‘u bilan yig‘lab: “Ilohi juvonmarg boʻlsin, meni yerga qaratdi”, – deydi. Nigor Oyim esa chorasiz holda yig‘laydi. “Qizaloq” hikoyasida qizining Ibay bilan qochganligi haqidagi xabarni eshitgan Zulayho xola ayyuxannos solib yig‘laydi. Chorasiz ona qizini “oq” qilib,
Ilmiybaza.uz 
 
Ibayni qarg‘aydi. Otasi Shokir aka esa Ibayning uyiga borib, janjal chiqarganidan 
natija chiqmagach, “duoyi bad” qilib oʻzini tinchlantiradi. Mazkur oʻrinda ikki 
asarda ham roʻy bergan mudhish voqeani haqqoniy aks ettirish va kutilmagan 
xabarning ota-onaga koʻrsatgan ta’sirini ifodalashda xalq qarg‘ishlari keng 
qoʻllanilgan. Bunda qarg‘ishlar bir tomondan qahramonlar ruhiy hissiyotini  
koʻrsatib berishga yordam bersa, yana bir tomondan asarlarning milliy koloritini 
kuchaytirishga xizmat qiladi. 
G‘afur G‘ulom hikoyasida Abdulla Qodiriy ijodining ta’siri kuchli boʻlishi 
bilan birgalikda yolg‘iz farzandga boʻlgan mehr-muhabbat, sog‘inch hissi oʻziga 
xos tarzda yoritib beriladi. Xalq orasida tarqalgan ayrim urf-odat va an’analar 
tasvirida ham “Mehrobdan chayon” romani va “Qizaloq” hikoyasida oʻxshashliklar 
mavjud. Shunday odatlardan biri sovchi yuborish oldidan qizni koʻrib kelishdir.  
Ra’noni xonga tavsiya qilish oldidan Gulshan boshqa bir hovliga adashib 
kirib qolgan qiyofada Mahdum xonadoniga kelib, Ra’noning haqiqatda 
malikalikka munosib ekanligiga ishonch hosil qilgachgina bu haqda xonga ma’lum 
qiladi. Begona ayol qiyofasidagi quda tomon vakillarining “folbin qidirib, adashib” 
kelib qolish epizodi G‘afur G‘ulomning “Qizaloq” hikoyasida ham uchraydi. 
Umuman, G‘afur G‘ulom asarlarida Abdulla Qodiriy romanlari sezilarli iz 
qoldirgan. Shuni ham aytish mumkinki, ijodiy ta’sirlanish bilan bir qatorda, G‘afur 
G‘ulom nasriy asarlarida adibning oʻz uslubiga xos jihatlarni ham namoyon qilgan.  
Ilmiybaza.uz Ibayni qarg‘aydi. Otasi Shokir aka esa Ibayning uyiga borib, janjal chiqarganidan natija chiqmagach, “duoyi bad” qilib oʻzini tinchlantiradi. Mazkur oʻrinda ikki asarda ham roʻy bergan mudhish voqeani haqqoniy aks ettirish va kutilmagan xabarning ota-onaga koʻrsatgan ta’sirini ifodalashda xalq qarg‘ishlari keng qoʻllanilgan. Bunda qarg‘ishlar bir tomondan qahramonlar ruhiy hissiyotini koʻrsatib berishga yordam bersa, yana bir tomondan asarlarning milliy koloritini kuchaytirishga xizmat qiladi. G‘afur G‘ulom hikoyasida Abdulla Qodiriy ijodining ta’siri kuchli boʻlishi bilan birgalikda yolg‘iz farzandga boʻlgan mehr-muhabbat, sog‘inch hissi oʻziga xos tarzda yoritib beriladi. Xalq orasida tarqalgan ayrim urf-odat va an’analar tasvirida ham “Mehrobdan chayon” romani va “Qizaloq” hikoyasida oʻxshashliklar mavjud. Shunday odatlardan biri sovchi yuborish oldidan qizni koʻrib kelishdir. Ra’noni xonga tavsiya qilish oldidan Gulshan boshqa bir hovliga adashib kirib qolgan qiyofada Mahdum xonadoniga kelib, Ra’noning haqiqatda malikalikka munosib ekanligiga ishonch hosil qilgachgina bu haqda xonga ma’lum qiladi. Begona ayol qiyofasidagi quda tomon vakillarining “folbin qidirib, adashib” kelib qolish epizodi G‘afur G‘ulomning “Qizaloq” hikoyasida ham uchraydi. Umuman, G‘afur G‘ulom asarlarida Abdulla Qodiriy romanlari sezilarli iz qoldirgan. Shuni ham aytish mumkinki, ijodiy ta’sirlanish bilan bir qatorda, G‘afur G‘ulom nasriy asarlarida adibning oʻz uslubiga xos jihatlarni ham namoyon qilgan.
Ilmiybaza.uz 
 
2-2-§. Hikoyalarda peysaj, portret tasviri va monologlar   
G‘afur G‘ulom nasrida peyzaj tasviri masalasi ancha serqirra hisoblanadi. 
Mazkur fikrga nosirning “Qizaloq” (1928), “Puch umidlari” (1928), “Joʻraboʻza” 
(1929), “Soyalar” (1930), “Choʻtir xotinning toleyi” (1933) hikoyalari misolida 
koʻrib chiqishga harakat qildik. Yuqorida ta’kidlanganidek, “Qizaloq” hikoyasida 
ota-ona noroziligiga qaramay bir-biriga qovushgan Mukarrama va Mulla yigit 
Ibayning otashin muhabbati haqida hikoya qilingan. Muallifning ta’kidlashicha, 
yoshlardan dastlab ranjigan ota-ona Shokir aka va Zulayho xola oradan yillar oʻtib, 
farzandlarining uzrini qabul qiladilar. Rahm-shafqat va mehr bilan ularni 
quchog‘iga oladilar. Hikoya nevara qizaloqning tug‘ilishi-yu, oila shodligi bilan 
yakunlanadi. Ya’ni G‘afur G‘ulom mumtoz eposning yangi avlod tug‘ilishi bilan 
eski aqidalar barham topishi bilan bog‘liq an’analariga ergashadi. Hikoyada G‘afur 
G‘ulom yoshlikka xos shijoat, erkin hayoga intilish tuyg‘usini “yoqimli 
shabadaga” qiyoslaydi. Tong oldidagi soʻlim manzarani ertakona ohangda quvonch 
va mung aralash bir kayfiyat bilan tasvirlaydi. Jumladan, qishning eng qorong‘u va 
uzun tuni – “Shabi yaldo” oʻtmish hayotining mungli, zavolli manzaralaridan, 
yurak dardlaridan darak beradi. G‘afur G‘ulom peyzaj manzaralari tasvirini insoniy 
mehr-shafqat tuyg‘usini ifodalashga xizmat qildiradi. Yozuvchi hikoyalarida 
peyzaj tasvirlari dunyoviy mehr-muhabbatni asrash mumkinligi erkin yurak 
talpinishlarini ardoqlash nuqtasida qahramonlar taqdiri bilan tutashadi. 
Adib hikoyada xalqimizning samo yoritkichlaridan madad kutish ishonch-
e’tiqodlaridan ham oʻrinli foydalangan. Asarda yulduzlarga aylangan goʻzal va 
bokira qizlar haqidagi afsonaga ishora qilinadi. Yulduzlar – bedorlik va muhabbat 
ramzi. Bilamizki, Zuhro qadimda haftaning muborak kuni – jumani bildirgan. 
Sharq xalqlarida san’at homiysi va nafosat ramzi sanalgan. Zuhro yaxshilik belgisi 
boʻlib, odamlarga rahm-u shafqat va ezgulik keltiradi. Yilning yaxshi kelishi, 
yomg‘irning koʻp yog‘ishi, hosilning barakali boʻlishi, bolalarning koʻp tug‘ilishi 
Zuhroga bog‘lab talqin qilingan. Oʻz manzillariga oshiqqan karvonlar olis va 
mashaqqatli sahrolarni kesib oʻtib, adashmay yoʻl topishlarida yulduzlarni moʻljal 
olishgan. Demak, G‘afur G‘ulom peyzajdan hikoyada zamonlar qorishiqligini 
Ilmiybaza.uz 2-2-§. Hikoyalarda peysaj, portret tasviri va monologlar G‘afur G‘ulom nasrida peyzaj tasviri masalasi ancha serqirra hisoblanadi. Mazkur fikrga nosirning “Qizaloq” (1928), “Puch umidlari” (1928), “Joʻraboʻza” (1929), “Soyalar” (1930), “Choʻtir xotinning toleyi” (1933) hikoyalari misolida koʻrib chiqishga harakat qildik. Yuqorida ta’kidlanganidek, “Qizaloq” hikoyasida ota-ona noroziligiga qaramay bir-biriga qovushgan Mukarrama va Mulla yigit Ibayning otashin muhabbati haqida hikoya qilingan. Muallifning ta’kidlashicha, yoshlardan dastlab ranjigan ota-ona Shokir aka va Zulayho xola oradan yillar oʻtib, farzandlarining uzrini qabul qiladilar. Rahm-shafqat va mehr bilan ularni quchog‘iga oladilar. Hikoya nevara qizaloqning tug‘ilishi-yu, oila shodligi bilan yakunlanadi. Ya’ni G‘afur G‘ulom mumtoz eposning yangi avlod tug‘ilishi bilan eski aqidalar barham topishi bilan bog‘liq an’analariga ergashadi. Hikoyada G‘afur G‘ulom yoshlikka xos shijoat, erkin hayoga intilish tuyg‘usini “yoqimli shabadaga” qiyoslaydi. Tong oldidagi soʻlim manzarani ertakona ohangda quvonch va mung aralash bir kayfiyat bilan tasvirlaydi. Jumladan, qishning eng qorong‘u va uzun tuni – “Shabi yaldo” oʻtmish hayotining mungli, zavolli manzaralaridan, yurak dardlaridan darak beradi. G‘afur G‘ulom peyzaj manzaralari tasvirini insoniy mehr-shafqat tuyg‘usini ifodalashga xizmat qildiradi. Yozuvchi hikoyalarida peyzaj tasvirlari dunyoviy mehr-muhabbatni asrash mumkinligi erkin yurak talpinishlarini ardoqlash nuqtasida qahramonlar taqdiri bilan tutashadi. Adib hikoyada xalqimizning samo yoritkichlaridan madad kutish ishonch- e’tiqodlaridan ham oʻrinli foydalangan. Asarda yulduzlarga aylangan goʻzal va bokira qizlar haqidagi afsonaga ishora qilinadi. Yulduzlar – bedorlik va muhabbat ramzi. Bilamizki, Zuhro qadimda haftaning muborak kuni – jumani bildirgan. Sharq xalqlarida san’at homiysi va nafosat ramzi sanalgan. Zuhro yaxshilik belgisi boʻlib, odamlarga rahm-u shafqat va ezgulik keltiradi. Yilning yaxshi kelishi, yomg‘irning koʻp yog‘ishi, hosilning barakali boʻlishi, bolalarning koʻp tug‘ilishi Zuhroga bog‘lab talqin qilingan. Oʻz manzillariga oshiqqan karvonlar olis va mashaqqatli sahrolarni kesib oʻtib, adashmay yoʻl topishlarida yulduzlarni moʻljal olishgan. Demak, G‘afur G‘ulom peyzajdan hikoyada zamonlar qorishiqligini
Ilmiybaza.uz 
 
berish, muhabbat va ishq haqidagi fikrlarni tasdiqlash, qahramon ruhiy holati bilan 
tabiat manzaralarini uyg‘unlashtirishda ramziy ifodani kuchaytirib, ta’sirchanlikni 
oshirishda unumli foydalangan. 
“Puch umidlar” ham mavzu e’tibori bilan “Qizaloq” hikoyasiga yaqin boʻlib, 
asar yangi hayot va erkin muhabbat haqida. Hikoya qahramonlari Zulfiya va 
Poʻlatjonlar ham ota-ona rizoligiga unchalik ahamiyat bermay turmush quradilar. 
Biroq Zulfiya uyatsizlik, nomardlik va aldovning qurboni boʻladi. Yosh qiz 
muhabbatining zavol topishi shoshqaloqlik oqibatidir. Nosir qip-qizil anordek 
nishona koʻrsatgan chillaki shaftolilarga xos tabiiy belgi, alomatlardan soʻzlaydi. 
Hikoyadagi ilk nishona mevalari umid ramzi boʻlsa, “soʻzlardan boylangan 
guldastalar” – muhabbat maktublari qahramon qalbida shirin bir entikish 
uyg‘otadi. Zotan asarda “yangi zamon guli” – qizlar taqdiri qalamga olinadi. Syujet 
liniyasi rivojidan bilamizki, oradan ikki yil oʻtib, Zulfiya “kechalari yulduz sanab” 
chiqadigan va yolg‘iz oʻg‘li bilan ovunadigan boʻladi. Nosir yana yulduzlarga 
ishora qilar ekan, bu gal ularning orzular kabi yiroq ekaniga diqqat qaratadi. Oʻta 
zamonaviy boʻlishga intilgan Poʻlatjon oilaga, farzandiga bemehr boʻla boshlaydi. 
Nihoyat oʻqish niyati borligini bahona qilib, oʻz yaqinlarini butkul tark etadi. 
Toʻtidek arzanda, goʻzal farzandi Solih va Zulfiya bevafolik qurboniga aylanadilar. 
Muallif yoshlarni oʻylashga, mulohazakorlikka, oiladek muqaddas tushunchalarni 
e’zozlashga, oʻzaro mehr-muhabbatni ardoqlashga da’vat etadi. 
Adib hikoya bayonida tong quyoshining Qoʻng‘iroqtepa orqasidan 
boʻg‘riqib qaragani-yu, quyoshning ilk shu’lalari teraklarning uchlarigagina 
tushganini tasvirlaydi. Hikoyaga jalb etilgan peyzaj manzarasi orqali boʻg‘riqqan 
va diqqinafas muhitga urg‘u beradi. Shuning uchun ham teraklarning ostidagi 
“quyuq toʻfon”, “shabnamli yaproqlar”, “yuzlari terlagan qovunlar”, “ichi boʻsh 
suv qovoqlar”, “kekkaygan xoʻrozlar” haqida soʻzlaydi. Tasvirdagi manzaralar 
mohiyatan bir-biriga esh. Boʻzaxoʻrlik avjiga chiqqan pallada berilgan 
manzaralarda yaydoq izg‘irinning hadik bilmasligi, daraxtlarning sovuqdan 
qaqshashi, itlarning xurishlaridagi qayg‘uli ohang haqida gap boradi. Nosir 
tabiatdagi bu oʻzgarishlar orqali muqarrar fojiadan ogoh etayotganday tuyuladi. 
Ilmiybaza.uz berish, muhabbat va ishq haqidagi fikrlarni tasdiqlash, qahramon ruhiy holati bilan tabiat manzaralarini uyg‘unlashtirishda ramziy ifodani kuchaytirib, ta’sirchanlikni oshirishda unumli foydalangan. “Puch umidlar” ham mavzu e’tibori bilan “Qizaloq” hikoyasiga yaqin boʻlib, asar yangi hayot va erkin muhabbat haqida. Hikoya qahramonlari Zulfiya va Poʻlatjonlar ham ota-ona rizoligiga unchalik ahamiyat bermay turmush quradilar. Biroq Zulfiya uyatsizlik, nomardlik va aldovning qurboni boʻladi. Yosh qiz muhabbatining zavol topishi shoshqaloqlik oqibatidir. Nosir qip-qizil anordek nishona koʻrsatgan chillaki shaftolilarga xos tabiiy belgi, alomatlardan soʻzlaydi. Hikoyadagi ilk nishona mevalari umid ramzi boʻlsa, “soʻzlardan boylangan guldastalar” – muhabbat maktublari qahramon qalbida shirin bir entikish uyg‘otadi. Zotan asarda “yangi zamon guli” – qizlar taqdiri qalamga olinadi. Syujet liniyasi rivojidan bilamizki, oradan ikki yil oʻtib, Zulfiya “kechalari yulduz sanab” chiqadigan va yolg‘iz oʻg‘li bilan ovunadigan boʻladi. Nosir yana yulduzlarga ishora qilar ekan, bu gal ularning orzular kabi yiroq ekaniga diqqat qaratadi. Oʻta zamonaviy boʻlishga intilgan Poʻlatjon oilaga, farzandiga bemehr boʻla boshlaydi. Nihoyat oʻqish niyati borligini bahona qilib, oʻz yaqinlarini butkul tark etadi. Toʻtidek arzanda, goʻzal farzandi Solih va Zulfiya bevafolik qurboniga aylanadilar. Muallif yoshlarni oʻylashga, mulohazakorlikka, oiladek muqaddas tushunchalarni e’zozlashga, oʻzaro mehr-muhabbatni ardoqlashga da’vat etadi. Adib hikoya bayonida tong quyoshining Qoʻng‘iroqtepa orqasidan boʻg‘riqib qaragani-yu, quyoshning ilk shu’lalari teraklarning uchlarigagina tushganini tasvirlaydi. Hikoyaga jalb etilgan peyzaj manzarasi orqali boʻg‘riqqan va diqqinafas muhitga urg‘u beradi. Shuning uchun ham teraklarning ostidagi “quyuq toʻfon”, “shabnamli yaproqlar”, “yuzlari terlagan qovunlar”, “ichi boʻsh suv qovoqlar”, “kekkaygan xoʻrozlar” haqida soʻzlaydi. Tasvirdagi manzaralar mohiyatan bir-biriga esh. Boʻzaxoʻrlik avjiga chiqqan pallada berilgan manzaralarda yaydoq izg‘irinning hadik bilmasligi, daraxtlarning sovuqdan qaqshashi, itlarning xurishlaridagi qayg‘uli ohang haqida gap boradi. Nosir tabiatdagi bu oʻzgarishlar orqali muqarrar fojiadan ogoh etayotganday tuyuladi.
Ilmiybaza.uz 
 
Ulfatlar yoqqan gulxan ham bir sasib, bir yonib turadi. Erkin yonolmay, tutayotgan 
choʻg‘ni puflab qoʻyadigan “esli kishi yoʻq”. Asov ot uyga egasiz kelganida 
Ahmadqulning ukalari sovuq boʻlishiga qaramasdan yalang bosh, yalang oyoq 
yugurib chiqadilar. Ular dastavval shoshib qolishgan boʻlsa ham, qahramonlar 
tashqi qiyofasi bu oilaning iqtisodiy nochor ahvoliga ishora hamdir. Murda ustida 
uymalashayotgan qarg‘alar va sariq oqsoq it Ahmadqulni izlab borgan mahalla 
ahlidan, ya’ni jamoadan hurkib qochadi. Demak, G‘afur G‘ulom bunday teran 
ramziylik asosida Boʻta va uning sheriklari, keng ma’noda bunga befarq 
olomonning asov hayot kuchli poʻrtanalarida adashgan kimsalar ekaniga ishora 
qilgan. Tafakkur qudratiga ishongan ahli jamoagina bunday hayotiy illatlardan 
qutilishiga ishonadi.  
G‘afur G‘ulom mazkur hikoyada hushyorlikka da’vat etish, jamiyat pokligi 
va erkin mehnat kishisini ulug‘lash barobarida, jaholatni ma’rifat bilan yengish 
g‘oyasini ham tasdiqlagan. Tabiat manzaralari personajlar ruhiy olamiga mos 
tarzda tanlanishi hikoya shakliy goʻzalligi, mantiqiy serjiloligi, mazmunining 
ishonchliligini ta’minlagan. Chingiz Aytmatov ta’biri bilan aytganda: “Tabiat bilan 
umimiy til topishgan taqdirdagina insoniyat oʻz imkoniyatlarini toʻla roʻyobga 
chiqara oladi” Shu ma’noda, G‘afur G‘ulom inson kayfiyatini, kechinmalarini, 
ruhiy tug‘yonlarini aks ettirishda tabiat manzaralaridan mohirona foydalangani 
shubhasiz.   
Adibning “Soyalar” hikoyasida Boʻta, Poʻlatjon obrazlariga ancha yaqin 
turuvchi Isa obraziga xos mas’uliyatsizlikka alohida urg‘u beriladi. Isa yetti 
xuftongacha sanqib yurgani holda, mushtipar va mushfiq onasi hamda boʻy yetgan 
singlisini bog‘da yolg‘iz qoldiradi. Uning e’tiborsizligi tufayli Yoqutoy nomusi 
bulg‘anadi. Boʻlg‘usi kuyov Nizomjon esa, qaysidir jihatlari bilan Ahmadqulga 
oʻxshab ketadi. Chunki u ham oʻzini “belida belbog‘i bor”lardan sanaydi. Obroʻ va 
nomus haqidagi fikrlari jihatidan birmuncha mahdudroq qarashlarga ega. Biroq 
hozir gap bu haqda emas, balki asar voqealarining peyzaj uyg‘unligida 
berilishidagi G‘afur G‘ulom mahorati xususida. Akademik Salohiddin Mamajonov 
“Soyalar” hikoyasidagi peyzaj tasviri haqida shunday deydi: 
Ilmiybaza.uz Ulfatlar yoqqan gulxan ham bir sasib, bir yonib turadi. Erkin yonolmay, tutayotgan choʻg‘ni puflab qoʻyadigan “esli kishi yoʻq”. Asov ot uyga egasiz kelganida Ahmadqulning ukalari sovuq boʻlishiga qaramasdan yalang bosh, yalang oyoq yugurib chiqadilar. Ular dastavval shoshib qolishgan boʻlsa ham, qahramonlar tashqi qiyofasi bu oilaning iqtisodiy nochor ahvoliga ishora hamdir. Murda ustida uymalashayotgan qarg‘alar va sariq oqsoq it Ahmadqulni izlab borgan mahalla ahlidan, ya’ni jamoadan hurkib qochadi. Demak, G‘afur G‘ulom bunday teran ramziylik asosida Boʻta va uning sheriklari, keng ma’noda bunga befarq olomonning asov hayot kuchli poʻrtanalarida adashgan kimsalar ekaniga ishora qilgan. Tafakkur qudratiga ishongan ahli jamoagina bunday hayotiy illatlardan qutilishiga ishonadi. G‘afur G‘ulom mazkur hikoyada hushyorlikka da’vat etish, jamiyat pokligi va erkin mehnat kishisini ulug‘lash barobarida, jaholatni ma’rifat bilan yengish g‘oyasini ham tasdiqlagan. Tabiat manzaralari personajlar ruhiy olamiga mos tarzda tanlanishi hikoya shakliy goʻzalligi, mantiqiy serjiloligi, mazmunining ishonchliligini ta’minlagan. Chingiz Aytmatov ta’biri bilan aytganda: “Tabiat bilan umimiy til topishgan taqdirdagina insoniyat oʻz imkoniyatlarini toʻla roʻyobga chiqara oladi” Shu ma’noda, G‘afur G‘ulom inson kayfiyatini, kechinmalarini, ruhiy tug‘yonlarini aks ettirishda tabiat manzaralaridan mohirona foydalangani shubhasiz. Adibning “Soyalar” hikoyasida Boʻta, Poʻlatjon obrazlariga ancha yaqin turuvchi Isa obraziga xos mas’uliyatsizlikka alohida urg‘u beriladi. Isa yetti xuftongacha sanqib yurgani holda, mushtipar va mushfiq onasi hamda boʻy yetgan singlisini bog‘da yolg‘iz qoldiradi. Uning e’tiborsizligi tufayli Yoqutoy nomusi bulg‘anadi. Boʻlg‘usi kuyov Nizomjon esa, qaysidir jihatlari bilan Ahmadqulga oʻxshab ketadi. Chunki u ham oʻzini “belida belbog‘i bor”lardan sanaydi. Obroʻ va nomus haqidagi fikrlari jihatidan birmuncha mahdudroq qarashlarga ega. Biroq hozir gap bu haqda emas, balki asar voqealarining peyzaj uyg‘unligida berilishidagi G‘afur G‘ulom mahorati xususida. Akademik Salohiddin Mamajonov “Soyalar” hikoyasidagi peyzaj tasviri haqida shunday deydi: