GAP BO‘LAKLARI NAZARIYASI (Mustaqil va nomustaqil kesimlik shakllari, Sodda kesim. Murakkab kesim. Tarkibli kesim)

Yuklangan vaqt

2024-05-25

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

15

Faytl hajmi

27,6 KB


Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
 
GAP BO‘LAKLARI NAZARIYASI 
 
 
Reja: 
1. Kesim. Kesimlik kategoriyasi. 
2. Mustaqil va nomustaqil kesimlik shakllari. 
3. Kesimning [W] ga ko`ra turlari. 
4. Sodda kesim. Murakkab kesim. Tarkibli kesim. 
5. Ega 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ilmiybaza.uz GAP BO‘LAKLARI NAZARIYASI Reja: 1. Kesim. Kesimlik kategoriyasi. 2. Mustaqil va nomustaqil kesimlik shakllari. 3. Kesimning [W] ga ko`ra turlari. 4. Sodda kesim. Murakkab kesim. Tarkibli kesim. 5. Ega Ilmiybaza.uz 
 
 
Tayanch tushunchalar: kesim, kesimni shakllantiruvchi vositalar, predikativlik, 
sodda va murakkab kesim, mustaqil va nomustaqil kesim, kesim tarkibi. 
 
Gap bo`laklari so`zlarning o`zaro birikish qonuniyatlari asosida gap ichida 
maydonga kelgan va gap tuzilishida uning maxsus komponenti sifatida 
qatnashadigan sintaktik kategoriyadir. Gap qismlari bo`lak sanalmog`i uchun ular 
bo`laklar bilan gap tuzilish qonuniyatlariga asosan grammatik-semantik 
munosabatga kirishishi, mustaqil vazifada qo`llanilishi va tahlilda bo`lak sifatida 
ajralishi kerak. Masalan, Shoir o`zining ilhomini sevimli xalqidan oladi (O.) gapida 
oltita so`z sintaksisning talabiga muvofiq grammatik-semantik munosabatga 
kirishgan va oltita bo`lakni hosil qilgan, gap ana shu bo`laklar asosida shakllangan. 
Demak, bo`lak gapning uzviy qismi bo`lib, u bilan grammatik-semantik 
tomondan bog`langandir. Gap bo`lagi bilan gap qism bilan butunning munosabatini 
ko`rsatadi. Bu munosabat dialektik munosabatdir: butunsiz qism yo`q, qismsiz butun 
yo`q, butun qismlardan tuziladi, qismlar butun ichida yashaydi. Juz`iylik 
umumiylikda, umumiylik juz`iylik orqasida mavjuddir. 
Gap bo`lagi so`z va so`z birikmalari bilan aloqador, shular bilan ifodalanadi. 
Bunda so`z turkumlari o`ziga xos bo`lgan sintaktik vazifalarga ega: otning 
ko`pincha – ega, to`ldiruvchi; fe`lning – kesim; sifatning – aniqlovchi; ravishning – 
hol bo`lishi kabi. 
Demak, gap sintaksisining talabiga ko`ra so`z va so`z birikmalari gapning 
biror bo`lagi vazifasida keladi, reallashadi, aniq bo`lak hosil bo`ladi. Biroq bundan 
so`z, so`z birikmalari bilan gap bo`laklarining tengligi kelib chiqmaydi: fe`l barovar 
kesim, ot barovar ega emas. Gap bo`lagi tushunchasi uning materiali bo`lgan so`z 
va so`z birikmalari tushunchasidan tor. Chunki biror bo`lak, chunonchi, ega 
vazifasida ot va otlashgan hamma turkumlar ham qo`llanilishi mumkin. 
Gap bo`lagi bo`lib kelgan so`z va so`z birikmalarining sintaktik mohiyati 
ularning gap tuzishdagi, gap ichidagi vazifalariga qarab belgilanadi. Gap tarkibidagi 
bir so`z shaklining o`zi shu so`zning boshqa so`zlar bilan bo`lgan munosabatiga 
Ilmiybaza.uz Tayanch tushunchalar: kesim, kesimni shakllantiruvchi vositalar, predikativlik, sodda va murakkab kesim, mustaqil va nomustaqil kesim, kesim tarkibi. Gap bo`laklari so`zlarning o`zaro birikish qonuniyatlari asosida gap ichida maydonga kelgan va gap tuzilishida uning maxsus komponenti sifatida qatnashadigan sintaktik kategoriyadir. Gap qismlari bo`lak sanalmog`i uchun ular bo`laklar bilan gap tuzilish qonuniyatlariga asosan grammatik-semantik munosabatga kirishishi, mustaqil vazifada qo`llanilishi va tahlilda bo`lak sifatida ajralishi kerak. Masalan, Shoir o`zining ilhomini sevimli xalqidan oladi (O.) gapida oltita so`z sintaksisning talabiga muvofiq grammatik-semantik munosabatga kirishgan va oltita bo`lakni hosil qilgan, gap ana shu bo`laklar asosida shakllangan. Demak, bo`lak gapning uzviy qismi bo`lib, u bilan grammatik-semantik tomondan bog`langandir. Gap bo`lagi bilan gap qism bilan butunning munosabatini ko`rsatadi. Bu munosabat dialektik munosabatdir: butunsiz qism yo`q, qismsiz butun yo`q, butun qismlardan tuziladi, qismlar butun ichida yashaydi. Juz`iylik umumiylikda, umumiylik juz`iylik orqasida mavjuddir. Gap bo`lagi so`z va so`z birikmalari bilan aloqador, shular bilan ifodalanadi. Bunda so`z turkumlari o`ziga xos bo`lgan sintaktik vazifalarga ega: otning ko`pincha – ega, to`ldiruvchi; fe`lning – kesim; sifatning – aniqlovchi; ravishning – hol bo`lishi kabi. Demak, gap sintaksisining talabiga ko`ra so`z va so`z birikmalari gapning biror bo`lagi vazifasida keladi, reallashadi, aniq bo`lak hosil bo`ladi. Biroq bundan so`z, so`z birikmalari bilan gap bo`laklarining tengligi kelib chiqmaydi: fe`l barovar kesim, ot barovar ega emas. Gap bo`lagi tushunchasi uning materiali bo`lgan so`z va so`z birikmalari tushunchasidan tor. Chunki biror bo`lak, chunonchi, ega vazifasida ot va otlashgan hamma turkumlar ham qo`llanilishi mumkin. Gap bo`lagi bo`lib kelgan so`z va so`z birikmalarining sintaktik mohiyati ularning gap tuzishdagi, gap ichidagi vazifalariga qarab belgilanadi. Gap tarkibidagi bir so`z shaklining o`zi shu so`zning boshqa so`zlar bilan bo`lgan munosabatiga Ilmiybaza.uz 
 
ko`ra har xil gap bo`lagi vazifasida kelishi mumkin. Bu vazifalarni alohida-alohida 
olingan so`z birikmalari bo`yicha aniqlash hamma vaqt mumkin bo`lavermaydi. 
So`z birikmalari gap tarkibiga kirgandan keyin boshqacha holat yuz berishi mumkin. 
So`z turkumlarini aniqlashda leksik-grammatik belgilar e`tiborga olinadi. Gap 
bo`laklarini aniqlashda esa gapdagi vazifasi hisobga olinadi. Gap bo`laklari gapda, 
gapning qismi bo`lgan sintaktik kategoriya sifatida, so`z turkumlari esa lug`at 
sostavida leksik birlik sifatida qaraladi. So`zlar matndan tashqarida ko`p hollarda 
ko`p ma`noli, gapda – bo`lak sifatida bir ma`noli bo`lishi, aniq vazifa bajarishi 
mumkin. Gap bo`laklari gap singari nutq ichida hosil qilinadi, o`zaro munosabat 
jarayonida til birliklarining qo`llanilish mahsuli hisoblanadi. 
Gap bo`laklarini o`rganish, umuman, gap to`g`risidagi ta`limotning ajralmas 
bir qismidir. Chunki gapning qismlarga ajratilishida shu gapda ifoda qilingan 
fikrning qismlarga ajratilishi o`z aksini topadi. Gapning har bir bo`lagi gapda ifoda 
qilingan fikrning tinglovchiga yetkazishda alohida o`rin tutadi. 
Demak, gap bo`lagi so`z turkumi bilan o`zaro zich aloqada bo`lsa ham, ma`no 
va vazifa jihatdan boshqa-boshqa birliklardir. 
Gapni bo`laklarga ajratish – bo`laklar sintaksisini o`rganish gapni tarkiblarga 
ajratish – ega-kesim yoki logik subyekt va predikat qismlarni ajratishga qaraganda 
birmuncha murakkab jarayondir. Chunki gapning tarkibi tasavvurda ikkiga ajralib 
turadi, bo`laklar bunday “bo`rtib” ko`rinmasligi mumkin. Ikkinchi tomondan, 
gapdagi ayrim bo`laklar shakl jihatidan “falon” bo`lak deyishga imkon bersa ham, 
yurak yonmog`i kerak: yonmog`ini – ega, kerakni – kesim; qamchinidan qon 
tomadi: qamchinidanni – to`ldiruvchi, qonni – ega, tomadini – kesim sifatida 
ajratishga mazmun yo`l qo`ymaydi. 
To`g`ri, har bir mustaqil so`z bir bo`lak vazifasida kelishi mumkin. Masalan, 
Respublika planni bajardi gapi ega, to`ldiruvchi, kesimdan iborat. Bunda hattoki, 
so`zlarning gapdan tashqarida ham qanday bo`lak bo`lishi sezilib turadi. Biroq 
gapdagi bo`laklar hamisha bunday grammatik shakli bilan erkin ajrala bermaydi. 
Masalan, Keyingi yillarda O`zbekiston Respublikasining xalqaro miqyosdagi 
obro`si nihoyat darajada oshib ketdi gapi oltita bo`lakka ajraladi, xolos.  Aks holda 
Ilmiybaza.uz ko`ra har xil gap bo`lagi vazifasida kelishi mumkin. Bu vazifalarni alohida-alohida olingan so`z birikmalari bo`yicha aniqlash hamma vaqt mumkin bo`lavermaydi. So`z birikmalari gap tarkibiga kirgandan keyin boshqacha holat yuz berishi mumkin. So`z turkumlarini aniqlashda leksik-grammatik belgilar e`tiborga olinadi. Gap bo`laklarini aniqlashda esa gapdagi vazifasi hisobga olinadi. Gap bo`laklari gapda, gapning qismi bo`lgan sintaktik kategoriya sifatida, so`z turkumlari esa lug`at sostavida leksik birlik sifatida qaraladi. So`zlar matndan tashqarida ko`p hollarda ko`p ma`noli, gapda – bo`lak sifatida bir ma`noli bo`lishi, aniq vazifa bajarishi mumkin. Gap bo`laklari gap singari nutq ichida hosil qilinadi, o`zaro munosabat jarayonida til birliklarining qo`llanilish mahsuli hisoblanadi. Gap bo`laklarini o`rganish, umuman, gap to`g`risidagi ta`limotning ajralmas bir qismidir. Chunki gapning qismlarga ajratilishida shu gapda ifoda qilingan fikrning qismlarga ajratilishi o`z aksini topadi. Gapning har bir bo`lagi gapda ifoda qilingan fikrning tinglovchiga yetkazishda alohida o`rin tutadi. Demak, gap bo`lagi so`z turkumi bilan o`zaro zich aloqada bo`lsa ham, ma`no va vazifa jihatdan boshqa-boshqa birliklardir. Gapni bo`laklarga ajratish – bo`laklar sintaksisini o`rganish gapni tarkiblarga ajratish – ega-kesim yoki logik subyekt va predikat qismlarni ajratishga qaraganda birmuncha murakkab jarayondir. Chunki gapning tarkibi tasavvurda ikkiga ajralib turadi, bo`laklar bunday “bo`rtib” ko`rinmasligi mumkin. Ikkinchi tomondan, gapdagi ayrim bo`laklar shakl jihatidan “falon” bo`lak deyishga imkon bersa ham, yurak yonmog`i kerak: yonmog`ini – ega, kerakni – kesim; qamchinidan qon tomadi: qamchinidanni – to`ldiruvchi, qonni – ega, tomadini – kesim sifatida ajratishga mazmun yo`l qo`ymaydi. To`g`ri, har bir mustaqil so`z bir bo`lak vazifasida kelishi mumkin. Masalan, Respublika planni bajardi gapi ega, to`ldiruvchi, kesimdan iborat. Bunda hattoki, so`zlarning gapdan tashqarida ham qanday bo`lak bo`lishi sezilib turadi. Biroq gapdagi bo`laklar hamisha bunday grammatik shakli bilan erkin ajrala bermaydi. Masalan, Keyingi yillarda O`zbekiston Respublikasining xalqaro miqyosdagi obro`si nihoyat darajada oshib ketdi gapi oltita bo`lakka ajraladi, xolos. Aks holda Ilmiybaza.uz 
 
birikmaning keyingi elementlari (yillarda, Respublikasining, miqyosdagi, darajada, 
ketmoq) o`zlariga tegishli bo`lak bilan munosabatga kirisha olmaydi. Solishtiraylik: 
keyingi yillarda oshib ketdi – bo`ladi. Biroq yillarda oshib ketdi – bo`lmaydi. 
O`zbekiston Respublikasining xalqaro miqyosdagi obro`si darajada oshib ketdi deb 
ham bo`lmaydi. 
Gap bo`laklari ko`pincha so`zning sintetik shakli (sodda va qo`shma so`zlar) bilan 
ifodalanadi. Bu shakl bilan ifodalangan bo`lak bir butun holda bir bo`lak sifatida 
ajratiladi (bunda deyarli qiyinchilik bo`lmaydi). Masalan, Olmaotalik mehmonlar 
Mirzacho`lga borishdilar gapida ikkita sodda, ikkita qo`shma so`z ishtirok etgan 
bo`lib, to`rtta bo`lak vazifasida kelgan (aniqlovchi, ega, hol, kesim). 
Gap bo`laklari so`zning analitik shakli (mustaqil so`z+yordamchi so`z yoki 
yordamchi so`z+mustaqil so`z) bilan ifodalanganda ham, bir butun holda – gapning 
bitta bo`lagi sifatida ajratiladi. Bir bo`lak sifatida ajratiladigan analitik qurilmalar 
ko`pincha quyidagi formalarda bo`ladi. 
Mustaqil so`z+to`liqsiz fe`llar: Biz qishloqqa borgan Edik. Karim o`qituvchi ekan. 
Biznikina ham kelar emish. Shul erur aybim Muqimiy... Lof emas, yolg`on emas 
kabi. 
Mustaqil so`z+predikativ-modal so`zlar: Biz zavod-fabrikalarga xomashyo yetkazib 
berishimiz zarur (I.R.). Bilish uchun o`qish kerak, izlanish kerak. Men siz bilan 
borishim mumkin kabi. 
Mustaqil so`z+ko`makchi: Ko`rmagan dunyo hali sen kabi oshig`ini (qo`shiq). Xalq 
uchun ishlaymiz. Men dunyoga kelgan kundanoq vatanim deb seni uyg`ondim 
(H.O.). Erta bilan turaman, yuz qo`limni yuvaman. Ikki yil ishlaganimdan keyin 
qishlog`im tomon yo`l olaman (O.). Men haqimdagi iliq so`zlaringiz uchun rahmat 
(“Saodat”). 
Mustaqil so`z+ko`makchi fe`llar: O`ng`ay savollar ekan: aytib berib qo`ya 
qolmabsan-da. Qiziqsiz oyi, aytib berib qo`ya qolish uchun bilish kerakmi, axir 
(“Yosh kuch”). Bizni mahalladagilar ham bilib qoldi. Birpas o`tirib turing. Oyingiz 
hozir kelib qoladilar (“Saodat”). 
Mustaqil so`z+iborat, demak tipidagi so`zlar: Tarix safarbarlikdan iborat (Asq.M.). 
Ilmiybaza.uz birikmaning keyingi elementlari (yillarda, Respublikasining, miqyosdagi, darajada, ketmoq) o`zlariga tegishli bo`lak bilan munosabatga kirisha olmaydi. Solishtiraylik: keyingi yillarda oshib ketdi – bo`ladi. Biroq yillarda oshib ketdi – bo`lmaydi. O`zbekiston Respublikasining xalqaro miqyosdagi obro`si darajada oshib ketdi deb ham bo`lmaydi. Gap bo`laklari ko`pincha so`zning sintetik shakli (sodda va qo`shma so`zlar) bilan ifodalanadi. Bu shakl bilan ifodalangan bo`lak bir butun holda bir bo`lak sifatida ajratiladi (bunda deyarli qiyinchilik bo`lmaydi). Masalan, Olmaotalik mehmonlar Mirzacho`lga borishdilar gapida ikkita sodda, ikkita qo`shma so`z ishtirok etgan bo`lib, to`rtta bo`lak vazifasida kelgan (aniqlovchi, ega, hol, kesim). Gap bo`laklari so`zning analitik shakli (mustaqil so`z+yordamchi so`z yoki yordamchi so`z+mustaqil so`z) bilan ifodalanganda ham, bir butun holda – gapning bitta bo`lagi sifatida ajratiladi. Bir bo`lak sifatida ajratiladigan analitik qurilmalar ko`pincha quyidagi formalarda bo`ladi. Mustaqil so`z+to`liqsiz fe`llar: Biz qishloqqa borgan Edik. Karim o`qituvchi ekan. Biznikina ham kelar emish. Shul erur aybim Muqimiy... Lof emas, yolg`on emas kabi. Mustaqil so`z+predikativ-modal so`zlar: Biz zavod-fabrikalarga xomashyo yetkazib berishimiz zarur (I.R.). Bilish uchun o`qish kerak, izlanish kerak. Men siz bilan borishim mumkin kabi. Mustaqil so`z+ko`makchi: Ko`rmagan dunyo hali sen kabi oshig`ini (qo`shiq). Xalq uchun ishlaymiz. Men dunyoga kelgan kundanoq vatanim deb seni uyg`ondim (H.O.). Erta bilan turaman, yuz qo`limni yuvaman. Ikki yil ishlaganimdan keyin qishlog`im tomon yo`l olaman (O.). Men haqimdagi iliq so`zlaringiz uchun rahmat (“Saodat”). Mustaqil so`z+ko`makchi fe`llar: O`ng`ay savollar ekan: aytib berib qo`ya qolmabsan-da. Qiziqsiz oyi, aytib berib qo`ya qolish uchun bilish kerakmi, axir (“Yosh kuch”). Bizni mahalladagilar ham bilib qoldi. Birpas o`tirib turing. Oyingiz hozir kelib qoladilar (“Saodat”). Mustaqil so`z+iborat, demak tipidagi so`zlar: Tarix safarbarlikdan iborat (Asq.M.). Ilmiybaza.uz 
 
Mustaqil so`z+yuklama: Yorim borgan joylarga men ham bormay qolmayman 
(qo`shiq). 
Mustaqil so`z+yordamchi so`z vazifasidagi bor, yo`q so`zlari: Qirg`og`ingda kaklik 
bo`lib sayragim bor – sayragim bor, Quchoqingda baliq bo`lib yayragim bor – 
yayragim bor (qo`shiq). Faqat senga ochganim yo`q, ochganim yo`q yurak rozin 
(qo`shiq). 
Ega+eganing kesimdan yoki boshqa bo`lakdan keyingi takrorlangan shakli ham 
gapda bir bo`lak sifatida ajratiladi: Anzirat kampir ko`rinishdan serg`ayrat, 
erkaksimon xotin (O.). Bu qizning aqlli qizligini bilmagan ekanmiz (O.). Bu ot 
yaxshi ot. 
Orttirma daraja ko`rsatuvchi yordamchi so`zlar o`zi bog`langan so`z bilan bir bo`lak 
sifatida ajratiladi: Bu yo`llar eng qadim yo`llardir (G`.G`.). Juda go`zal binolar qad 
ko`targanki, bu kishini shodlantiradi (O.) va boshqalar. 
Juft so`zlar va so`zning bir xil va har xil takrorlari gapning bitta bo`lagi sifatida 
ajratiladi: Men u vaqtlarda hayotning past-balandini bilmagan, oq-qorani tanimagan 
bir yigitcha edim (A.Q.). Bizning Mirzayevlar oilasi bilan bordi-keldimiz bor. Tog`-
tog` tuproq qazildi (O.). Olmaotaning olmasiday qip-qizildir yuzlaring, Konibodom 
bodomidek qo`p-quralay ko`zlaring (G`.G`.). 
Turg`un birikmalar (murakkab terminlar – murakkab so`zlar, frazeologik 
birikmalar) gapning bitta bo`lagi sifatida ajratiladi: Termiz davlat universiteti paxta 
terimida tashabbuskor bo`ldi. Bu kishi O`zbekiston Respublikasi Fanlar 
akademiyasida ishlaydi; Salimboyvachcha o`zining qordan qutilib, yomg`irga 
tutilganini angladi (O.). U kapalagi uchib ketgan kotiba qizning oldidan o`qday otilib 
o`tdi. (O.). Jang qilib charchagan dushman ikki qo`lini burniga tiqqanicha qarbga 
qarab yo`l olgan edi (O.). 
Gapdan tashqarida erkin so`z birikmasi hisoblangan ko`pgina so`z birikmalari gap 
ichida gapning bitta bo`lagi vazifasida kelib, bir butun holda ajratiladi. Bunday 
vazifada ko`proq quyidagi birikmalar qo`llaniladi: a) bir umumiy affiks bilan 
boshqariladigan birikmalar: Qo`sh og`izli miltiq hamisha shofyorda turar edi 
(SH.R.).  Ko`p xonali uy qurdik; b) son+numerativ so`zlardan tuzilgan birikmalar: 
Ilmiybaza.uz Mustaqil so`z+yuklama: Yorim borgan joylarga men ham bormay qolmayman (qo`shiq). Mustaqil so`z+yordamchi so`z vazifasidagi bor, yo`q so`zlari: Qirg`og`ingda kaklik bo`lib sayragim bor – sayragim bor, Quchoqingda baliq bo`lib yayragim bor – yayragim bor (qo`shiq). Faqat senga ochganim yo`q, ochganim yo`q yurak rozin (qo`shiq). Ega+eganing kesimdan yoki boshqa bo`lakdan keyingi takrorlangan shakli ham gapda bir bo`lak sifatida ajratiladi: Anzirat kampir ko`rinishdan serg`ayrat, erkaksimon xotin (O.). Bu qizning aqlli qizligini bilmagan ekanmiz (O.). Bu ot yaxshi ot. Orttirma daraja ko`rsatuvchi yordamchi so`zlar o`zi bog`langan so`z bilan bir bo`lak sifatida ajratiladi: Bu yo`llar eng qadim yo`llardir (G`.G`.). Juda go`zal binolar qad ko`targanki, bu kishini shodlantiradi (O.) va boshqalar. Juft so`zlar va so`zning bir xil va har xil takrorlari gapning bitta bo`lagi sifatida ajratiladi: Men u vaqtlarda hayotning past-balandini bilmagan, oq-qorani tanimagan bir yigitcha edim (A.Q.). Bizning Mirzayevlar oilasi bilan bordi-keldimiz bor. Tog`- tog` tuproq qazildi (O.). Olmaotaning olmasiday qip-qizildir yuzlaring, Konibodom bodomidek qo`p-quralay ko`zlaring (G`.G`.). Turg`un birikmalar (murakkab terminlar – murakkab so`zlar, frazeologik birikmalar) gapning bitta bo`lagi sifatida ajratiladi: Termiz davlat universiteti paxta terimida tashabbuskor bo`ldi. Bu kishi O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida ishlaydi; Salimboyvachcha o`zining qordan qutilib, yomg`irga tutilganini angladi (O.). U kapalagi uchib ketgan kotiba qizning oldidan o`qday otilib o`tdi. (O.). Jang qilib charchagan dushman ikki qo`lini burniga tiqqanicha qarbga qarab yo`l olgan edi (O.). Gapdan tashqarida erkin so`z birikmasi hisoblangan ko`pgina so`z birikmalari gap ichida gapning bitta bo`lagi vazifasida kelib, bir butun holda ajratiladi. Bunday vazifada ko`proq quyidagi birikmalar qo`llaniladi: a) bir umumiy affiks bilan boshqariladigan birikmalar: Qo`sh og`izli miltiq hamisha shofyorda turar edi (SH.R.). Ko`p xonali uy qurdik; b) son+numerativ so`zlardan tuzilgan birikmalar: Ilmiybaza.uz 
 
Ming gektarga paxta ekkan er bolaman, hay yorey (qo`shiq). A.Navoiy bir ming to`rt 
yuz qirq birinchi yilda Hirotda tug`ilgan; v) birga qo`llanilishi zarur bo`lgan 
aniqlovchi+aniqlanmishdan tuzilgan birikmalar: Botir baland ruh va tetik qadam 
bilan jo`nadi (O.). SHo`r suvda sovun ko`pirmaydi. Yotib o`qish zararli. Pishmagan 
meva qorinni og`ritadi. Ko`p chopish yurakka ziyon; g) kesimi sifat, sifatdosh; bor, 
yo`q kabi so`zlar bilan ifodalangan ega+kesim qolipidagi birikmalar: Sizni ko`zi 
qora, sochi uzun bir qiz so`rab keldi. Siz aytgan kishi men bo`laman. Sening ko`z 
ilg`amas maydonlaringda Jahannam qo`rqajak janglarni ko`rdim. Yana bir karra yov 
o`tgan o`rmonlaringda Ko`mirdan ham qora tonglarni ko`rdim (H.O.). Insofi yo`q 
yigit ekansiz (A.Q.). Aqli bor yigit har bir yaxshi ishning tashabbuskori bo`ladi (O.). 
Ba`zan izofali birikmalar gapda bitta bo`lak sifatida ajratiladi: Sukut –rozilik 
alomati. O`zbekistonning poytaxti – Toshkent. Betaraflik –qat`iysizlik belgisi. 
Ba`zan butun bir yoyiq gap faqat ikkita bo`lakka ajrala oladi, xolos: Hech 
qayerda ham damlab qo`yilgan osh yo`q (A.Q.) – Hech qayerda ham damlab 
qo`yilgan osh – ega, yo`q – kesim. Paxtaga! Bu so`z hech qayerda 
O`zbekistondagiday jaranglab eshitilmasa kerak (A.Q.) – Bu so`z – ega, hech 
qayerda O`zbekistondagiday jaranglab eshitilmasa kerak – kesim. Gap faqat bosh 
bo`laklardan (bular ba`zan yig`iq, ba`zan yoyiq bo`lishi mumkin) iborat bo`lganda, 
logik hukmga, bo`laklar subyekt va predikatga teng kelib qoladi. 
Umuman, gapni bo`laklarga ajratish, birichidan, bo`lak ifodalanayotgan 
materialning morfologik, sintaktik tabiatini yaxshi bilishni talab qiladi. So`ngra, 
bo`lak sifatida ajratilayotgan qismning gapdagi grammatik-semantik vazifasi, 
mustaqilligi, boshqa bo`laklar bilan  munosabati grammatik shakli, xususan, 
mazmun va shakl birligi kabilar hisobga olinishi kerak. Ba`zan bo`laklarning shakli 
bir xil bo`lib qoladi. Masalan, Paxtalar chaman-chaman, jonim bilan teraman – 
Paxtalar chaman-chaman mashina bilan teraman qo`shilmalarining shakli 
(ot+ko`makchi+harakat) bir xil, ikkalasi ham tobelanish yo`li bilan tuzilgan. Bunday 
vaqtda mazmunga (shaklga emas), semantikaga, so`roqlarga e`tibor beriladi. 
Qiyoslang: Jonim bilan teraman. Qanday?  – jonim bilan: harakat obyekti emas – 
hol; Mashina bilan teraman. Nima bilan?  – mashina bilan: harakat obyekti – 
Ilmiybaza.uz Ming gektarga paxta ekkan er bolaman, hay yorey (qo`shiq). A.Navoiy bir ming to`rt yuz qirq birinchi yilda Hirotda tug`ilgan; v) birga qo`llanilishi zarur bo`lgan aniqlovchi+aniqlanmishdan tuzilgan birikmalar: Botir baland ruh va tetik qadam bilan jo`nadi (O.). SHo`r suvda sovun ko`pirmaydi. Yotib o`qish zararli. Pishmagan meva qorinni og`ritadi. Ko`p chopish yurakka ziyon; g) kesimi sifat, sifatdosh; bor, yo`q kabi so`zlar bilan ifodalangan ega+kesim qolipidagi birikmalar: Sizni ko`zi qora, sochi uzun bir qiz so`rab keldi. Siz aytgan kishi men bo`laman. Sening ko`z ilg`amas maydonlaringda Jahannam qo`rqajak janglarni ko`rdim. Yana bir karra yov o`tgan o`rmonlaringda Ko`mirdan ham qora tonglarni ko`rdim (H.O.). Insofi yo`q yigit ekansiz (A.Q.). Aqli bor yigit har bir yaxshi ishning tashabbuskori bo`ladi (O.). Ba`zan izofali birikmalar gapda bitta bo`lak sifatida ajratiladi: Sukut –rozilik alomati. O`zbekistonning poytaxti – Toshkent. Betaraflik –qat`iysizlik belgisi. Ba`zan butun bir yoyiq gap faqat ikkita bo`lakka ajrala oladi, xolos: Hech qayerda ham damlab qo`yilgan osh yo`q (A.Q.) – Hech qayerda ham damlab qo`yilgan osh – ega, yo`q – kesim. Paxtaga! Bu so`z hech qayerda O`zbekistondagiday jaranglab eshitilmasa kerak (A.Q.) – Bu so`z – ega, hech qayerda O`zbekistondagiday jaranglab eshitilmasa kerak – kesim. Gap faqat bosh bo`laklardan (bular ba`zan yig`iq, ba`zan yoyiq bo`lishi mumkin) iborat bo`lganda, logik hukmga, bo`laklar subyekt va predikatga teng kelib qoladi. Umuman, gapni bo`laklarga ajratish, birichidan, bo`lak ifodalanayotgan materialning morfologik, sintaktik tabiatini yaxshi bilishni talab qiladi. So`ngra, bo`lak sifatida ajratilayotgan qismning gapdagi grammatik-semantik vazifasi, mustaqilligi, boshqa bo`laklar bilan munosabati grammatik shakli, xususan, mazmun va shakl birligi kabilar hisobga olinishi kerak. Ba`zan bo`laklarning shakli bir xil bo`lib qoladi. Masalan, Paxtalar chaman-chaman, jonim bilan teraman – Paxtalar chaman-chaman mashina bilan teraman qo`shilmalarining shakli (ot+ko`makchi+harakat) bir xil, ikkalasi ham tobelanish yo`li bilan tuzilgan. Bunday vaqtda mazmunga (shaklga emas), semantikaga, so`roqlarga e`tibor beriladi. Qiyoslang: Jonim bilan teraman. Qanday? – jonim bilan: harakat obyekti emas – hol; Mashina bilan teraman. Nima bilan? – mashina bilan: harakat obyekti – Ilmiybaza.uz 
 
to`ldiruvchi. Biroq hamma vaqt ham so`roqlar yordamida bo`laklarni ajratib 
bo`lmaydi, ba`zi bo`laklarning so`rog`i bir xil bo`ladi. Masalan, ba`zan sifatlovchi-
aniqlovchi (tor ma`noda) bilan ravish holi qanday, ega, kesim, to`ldiruvchi kim, 
nima so`roqlariga javob bo`ladi: chiroyli vatan (qanday?), tez o`qidi   (qanday?); 
Karim keldi (kim?), kelgan yigit Karim (kim?); shamol esdi (nima?), Guvillayotgan 
narsa – shamol (nima?), Jamoa davlatga paxta sotadi (nima?) kabi. 
  
Demak so`roqlar gap bo`laklarini aniqlashda yordamchi vositadir. Gapni 
bo`laklarga ajratishda tartib va intonatsiyaning roli kattadir. Masalan, Bolalar 
ko`chada orqasini o`girib turgan Afandini savalab ketishdi gapida savalab ketishdi 
– kesim, biroq savalabdan keyin pauzaning berilishi uni (savalabni) – hol, keyingi 
bo`lak (ketishdi)ni kesim holatiga tushiradi. Umuman, tartib va intonatsiyaning 
sintaktik munosabat ifodalashi, jumladan, bo`laklarni ajratishdagi ahamiyati haqida 
yuqorida gapirganmiz. 
Gap bo`laklarining ifoda materiali dastlabki vaqtlarda (leksik, morfologik, 
morfologik-sintaktik, sintaktik planlarda) yaxshi o`rganilmadi. Bu gap bo`laklari va 
ularning tabiatini yaxshi tushunishga xalaqit beradi, xususan, bo`laklarning tuzilishi 
jihatidan turlari ajratilmadi: kesimgina sodda, qo`shma, keyinchalik ayrim 
darsliklarda sodda, qo`shma, tarkibli yoki birikmali tiplarga ajratildi. Bunda 
birinchidan, kesim vazifasida keladigan materiallarning bir qismigina yuqoridagi 
terminlar bilan nomlandi; ikkinchidan, mavjud terminlar (qo`shma, murakkab, 
tarkibli, birikmali, yoyiq, yumuq kabi) befarq qo`llanildi – har xil xarakterdagi 
hodisalar bir termin bilan ataldi; uchinchidan, kesimning ayrim tiplari ajratilmadi 
yoki noto`g`ri ajratilib izohlandi; to`rtinchidan, gapning kesimdan boshqa bo`laklari 
tuzilishiga ko`ra tiplashtirilmadi. Umuman, gap bo`laklarini tuzilishiga ko`ra sodda, 
tarkibli, murakkab va birikmali deb turlarga ajratish amaliy jihatdan ma`lum 
qiyinchilik tug`dirganligidan biz ularning quyidagi ikki turini ajratamiz. 
Sodda bo`lak. Bir sodda tushuncha anglatadigan so`zning sintetik shakli 
(sodda va qo`shma so`z) bilan ifodalangan bo`lak sodda bo`lak deyiladi. Bunda 
sodda so`z bilan ham, qo`shma so`z bilan ham ifodalangan bo`lak sodda bo`lak 
hisoblanadi. Masalan, Havo ochilib ketdi. Otquloq – dorivor o`simlik. Gullar 
Ilmiybaza.uz to`ldiruvchi. Biroq hamma vaqt ham so`roqlar yordamida bo`laklarni ajratib bo`lmaydi, ba`zi bo`laklarning so`rog`i bir xil bo`ladi. Masalan, ba`zan sifatlovchi- aniqlovchi (tor ma`noda) bilan ravish holi qanday, ega, kesim, to`ldiruvchi kim, nima so`roqlariga javob bo`ladi: chiroyli vatan (qanday?), tez o`qidi (qanday?); Karim keldi (kim?), kelgan yigit Karim (kim?); shamol esdi (nima?), Guvillayotgan narsa – shamol (nima?), Jamoa davlatga paxta sotadi (nima?) kabi. Demak so`roqlar gap bo`laklarini aniqlashda yordamchi vositadir. Gapni bo`laklarga ajratishda tartib va intonatsiyaning roli kattadir. Masalan, Bolalar ko`chada orqasini o`girib turgan Afandini savalab ketishdi gapida savalab ketishdi – kesim, biroq savalabdan keyin pauzaning berilishi uni (savalabni) – hol, keyingi bo`lak (ketishdi)ni kesim holatiga tushiradi. Umuman, tartib va intonatsiyaning sintaktik munosabat ifodalashi, jumladan, bo`laklarni ajratishdagi ahamiyati haqida yuqorida gapirganmiz. Gap bo`laklarining ifoda materiali dastlabki vaqtlarda (leksik, morfologik, morfologik-sintaktik, sintaktik planlarda) yaxshi o`rganilmadi. Bu gap bo`laklari va ularning tabiatini yaxshi tushunishga xalaqit beradi, xususan, bo`laklarning tuzilishi jihatidan turlari ajratilmadi: kesimgina sodda, qo`shma, keyinchalik ayrim darsliklarda sodda, qo`shma, tarkibli yoki birikmali tiplarga ajratildi. Bunda birinchidan, kesim vazifasida keladigan materiallarning bir qismigina yuqoridagi terminlar bilan nomlandi; ikkinchidan, mavjud terminlar (qo`shma, murakkab, tarkibli, birikmali, yoyiq, yumuq kabi) befarq qo`llanildi – har xil xarakterdagi hodisalar bir termin bilan ataldi; uchinchidan, kesimning ayrim tiplari ajratilmadi yoki noto`g`ri ajratilib izohlandi; to`rtinchidan, gapning kesimdan boshqa bo`laklari tuzilishiga ko`ra tiplashtirilmadi. Umuman, gap bo`laklarini tuzilishiga ko`ra sodda, tarkibli, murakkab va birikmali deb turlarga ajratish amaliy jihatdan ma`lum qiyinchilik tug`dirganligidan biz ularning quyidagi ikki turini ajratamiz. Sodda bo`lak. Bir sodda tushuncha anglatadigan so`zning sintetik shakli (sodda va qo`shma so`z) bilan ifodalangan bo`lak sodda bo`lak deyiladi. Bunda sodda so`z bilan ham, qo`shma so`z bilan ham ifodalangan bo`lak sodda bo`lak hisoblanadi. Masalan, Havo ochilib ketdi. Otquloq – dorivor o`simlik. Gullar Ilmiybaza.uz 
 
ochildi. Inson qo`li – gul. Rayonim – Nurota. Tergan o`ting – otquloq gaplarining 
ega va kesimlari soddadir. Men chiroyli o`yinchoq keltirdim. Olmaotalik 
do`stlarimiz kelishdilar gaplaridagi chiroyli va olmaotalik so`zlari sodda aniqlovchi, 
Siddiqjon tongda Bahrabodga jo`nadi (A.Q.) gapidagi tongda va Bahrabodga 
bo`laklari sodda hol, Tomorqani sug`ordim. Kitobni keltirdim gaplaridagi 
tomorqani, kitobni bo`laklari sodda to`ldiruvchi vazifasida kelgan. Demak, sodda va 
qo`shma so`zlar tuzilishi jihatidangina morfologiyada farqlanadi, ma`no va vazifasi 
jihatidan morfologiyada ham, sintaksisda ham bir xil qimmatga ega. 
Murakkab bo`lak. Murakkab bo`lak so`zning analitik shakli (mustaqil 
so`z+yordamchi so`z yoki aksincha yordamchi so`z+mustaqil so`z) bilan 
ifodalanadi. 
Murakkab bo`lakning bu turi mustaqil va nomustaqil elementlardan tuziladi. 
Unda bir komponent mustaqil bo`lib, bo`lakning asosiy ma`nosi shu komponentda 
saqlanadi. Yordamchi komponent leksik ma`no ifodalay olmaydi, mustaqil 
komponentning ma`nosiga har xil grammatik ma`nolar orttirish, mustaqil 
komponentni grammatik jihatdan shakllantirish, uning boshqa bo`laklar bilan 
sintaktik aloqasini ta`minlash kabi vazifalarni bajaradi. 
Murakkab bo`lak qo`yidagi shakllarda bo`ladi: 
1) mustaqil so`z+to`liqsiz fe`llar; 
2) mustaqil so`z+predikativ-modal so`zlar; 
3) mustaqil so`z+ko`makchilar; 
4) mustaqil so`z+ko`makchi fe`llar; 
5) mustaqil so`z+ayrim yuklamalar; 
6) mustaqil so`z+ibora tipidagi yordamchilar va b. 
Murakkab bo`lak ikki va undan ortiq mustaqil so`zlarning munosabatidan 
tug`ilgan, keyinchalik so`zlashib – leksikalizatsiyalashib, bir murakkab predmet 
yoki  tushunchaning atamasiga aylangan morfologik-sintaktik birliklar bilan 
ifodalanadi. Bu turning ifoda materialini murakkab so`zlar, frazeologik birikmalar 
tashkil qiladi. Bularga quyidagilar kiradi: 
Ilmiybaza.uz ochildi. Inson qo`li – gul. Rayonim – Nurota. Tergan o`ting – otquloq gaplarining ega va kesimlari soddadir. Men chiroyli o`yinchoq keltirdim. Olmaotalik do`stlarimiz kelishdilar gaplaridagi chiroyli va olmaotalik so`zlari sodda aniqlovchi, Siddiqjon tongda Bahrabodga jo`nadi (A.Q.) gapidagi tongda va Bahrabodga bo`laklari sodda hol, Tomorqani sug`ordim. Kitobni keltirdim gaplaridagi tomorqani, kitobni bo`laklari sodda to`ldiruvchi vazifasida kelgan. Demak, sodda va qo`shma so`zlar tuzilishi jihatidangina morfologiyada farqlanadi, ma`no va vazifasi jihatidan morfologiyada ham, sintaksisda ham bir xil qimmatga ega. Murakkab bo`lak. Murakkab bo`lak so`zning analitik shakli (mustaqil so`z+yordamchi so`z yoki aksincha yordamchi so`z+mustaqil so`z) bilan ifodalanadi. Murakkab bo`lakning bu turi mustaqil va nomustaqil elementlardan tuziladi. Unda bir komponent mustaqil bo`lib, bo`lakning asosiy ma`nosi shu komponentda saqlanadi. Yordamchi komponent leksik ma`no ifodalay olmaydi, mustaqil komponentning ma`nosiga har xil grammatik ma`nolar orttirish, mustaqil komponentni grammatik jihatdan shakllantirish, uning boshqa bo`laklar bilan sintaktik aloqasini ta`minlash kabi vazifalarni bajaradi. Murakkab bo`lak qo`yidagi shakllarda bo`ladi: 1) mustaqil so`z+to`liqsiz fe`llar; 2) mustaqil so`z+predikativ-modal so`zlar; 3) mustaqil so`z+ko`makchilar; 4) mustaqil so`z+ko`makchi fe`llar; 5) mustaqil so`z+ayrim yuklamalar; 6) mustaqil so`z+ibora tipidagi yordamchilar va b. Murakkab bo`lak ikki va undan ortiq mustaqil so`zlarning munosabatidan tug`ilgan, keyinchalik so`zlashib – leksikalizatsiyalashib, bir murakkab predmet yoki tushunchaning atamasiga aylangan morfologik-sintaktik birliklar bilan ifodalanadi. Bu turning ifoda materialini murakkab so`zlar, frazeologik birikmalar tashkil qiladi. Bularga quyidagilar kiradi: Ilmiybaza.uz 
 
Ilmiy-siyosiy va madaniy muassasalarning nomlari: O`zbekiston Respublikasi 
Fanlar akademiyasi, Termiz davlat universiteti, Surxondaryo siyosiy maorif uyi, 
Yozuvchilar uyushmasi, Navoiy teatri, “Yoshlik radiosi” va boshqalar. 
Kitob, gazeta, jurnal nomlari: “O`zbek tili” darsligi, “Hozirgi o`zbek adabiy tili”, 
“O`zbek tili va adabiyoti” “Sharq yulduzi”, “Xalq so`zi”, “O`zbekiston ovozi” va b. 
Turli geografik joy nomlari: Orol dengizi, Shimoliy muz okeani, Janubiy Surxon suv 
ombori, O`rta Osiyo, O`rta Sharq, O`rta Chirchiq, Navoiy ko`chasi,  Mustaqillik 
maydoni va b. 
Har ikkala komponenti ham hali o`z leksik ma`nosini butunlay yo`qotmagan, 
biroq bir butun holdagina gapning murakkab bo`lagi vazifasida keladigan borib 
kelmoq, topib olmoq, sotib olmoq, kelib ketmoq tipidagi murakkab fe`llar; havo 
rang, kul rang, shisha rang, och rang kabi murakkab sifatlar; o`n besh, bir yuz ellik, 
bir kam sakson, bir ming to`qqiz yuz yetmish to`rtinchi tipidagi murakkab sonlar; 
har kim, har nima, har bir, hech kim, hech narsa, bir necha, ba`zi bir, qaysi bir, ana 
o`sha, mana shu kabi ma`nolari o`zicha anglashilib turadigan murakkab olmoshlar; 
har vaqt, har zamon, har qachon, har dam, har xil, bir zamon, bir zum, bir nafas, hech 
vaqt, hech qachon, hamma vaqt, o`tgan kuni, shu zahoti, tunov kuni, kuni kecha, shu 
yerda, bu yoqdan kabi murakkab ravishlar; kapalagi uchib ketmoq, tegirmonga 
tushsa butun chiqmoq, boshini olib ketmoq, yostig`ini quritmoq kabi frazeologik 
birikmalar va b. 
Misollar: O`zbekiston Respublikasi tinchlik ahdiga imzo chekdi. Fermerlar 
uyushmasi qaror qabul qildi. Besh yuzning yarmi ikki yuz ellik gaplarining egasi 
murakkab egadir. Siz – bir yonda, biz – bir yonda. Siz bir tomon, biz bir tomon, 
Raisning idorasi shu yerda. Bu yer – ishlab chiqarish boshqarmasi. Sabo, arzumni 
yetkur, mohi tobon bir kelib ketsun (H.H.) gaplarining kesimlari murakkab kesimdir. 
Bobotog` o`rmonchiligining mahsulotini barcha viloyatlar sotib olishga tayyor 
gapidagi Bobotog` o`rmonchiligining birikmasi murakkab aniqlovchi vazifasida 
qo`llanilgan. Biz Surxon suv omborini tomosha qildik gapidagi to`ldiruvchi (Surxon 
suv omborini) murakkab to`ldiruvchidir. G`afur G`ulom ko`chasida yashaymiz. 
Ilmiybaza.uz Ilmiy-siyosiy va madaniy muassasalarning nomlari: O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Termiz davlat universiteti, Surxondaryo siyosiy maorif uyi, Yozuvchilar uyushmasi, Navoiy teatri, “Yoshlik radiosi” va boshqalar. Kitob, gazeta, jurnal nomlari: “O`zbek tili” darsligi, “Hozirgi o`zbek adabiy tili”, “O`zbek tili va adabiyoti” “Sharq yulduzi”, “Xalq so`zi”, “O`zbekiston ovozi” va b. Turli geografik joy nomlari: Orol dengizi, Shimoliy muz okeani, Janubiy Surxon suv ombori, O`rta Osiyo, O`rta Sharq, O`rta Chirchiq, Navoiy ko`chasi, Mustaqillik maydoni va b. Har ikkala komponenti ham hali o`z leksik ma`nosini butunlay yo`qotmagan, biroq bir butun holdagina gapning murakkab bo`lagi vazifasida keladigan borib kelmoq, topib olmoq, sotib olmoq, kelib ketmoq tipidagi murakkab fe`llar; havo rang, kul rang, shisha rang, och rang kabi murakkab sifatlar; o`n besh, bir yuz ellik, bir kam sakson, bir ming to`qqiz yuz yetmish to`rtinchi tipidagi murakkab sonlar; har kim, har nima, har bir, hech kim, hech narsa, bir necha, ba`zi bir, qaysi bir, ana o`sha, mana shu kabi ma`nolari o`zicha anglashilib turadigan murakkab olmoshlar; har vaqt, har zamon, har qachon, har dam, har xil, bir zamon, bir zum, bir nafas, hech vaqt, hech qachon, hamma vaqt, o`tgan kuni, shu zahoti, tunov kuni, kuni kecha, shu yerda, bu yoqdan kabi murakkab ravishlar; kapalagi uchib ketmoq, tegirmonga tushsa butun chiqmoq, boshini olib ketmoq, yostig`ini quritmoq kabi frazeologik birikmalar va b. Misollar: O`zbekiston Respublikasi tinchlik ahdiga imzo chekdi. Fermerlar uyushmasi qaror qabul qildi. Besh yuzning yarmi ikki yuz ellik gaplarining egasi murakkab egadir. Siz – bir yonda, biz – bir yonda. Siz bir tomon, biz bir tomon, Raisning idorasi shu yerda. Bu yer – ishlab chiqarish boshqarmasi. Sabo, arzumni yetkur, mohi tobon bir kelib ketsun (H.H.) gaplarining kesimlari murakkab kesimdir. Bobotog` o`rmonchiligining mahsulotini barcha viloyatlar sotib olishga tayyor gapidagi Bobotog` o`rmonchiligining birikmasi murakkab aniqlovchi vazifasida qo`llanilgan. Biz Surxon suv omborini tomosha qildik gapidagi to`ldiruvchi (Surxon suv omborini) murakkab to`ldiruvchidir. G`afur G`ulom ko`chasida yashaymiz. Ilmiybaza.uz 
 
SHe`rlaringizni goh “Xalq so`zi”da, goh “O`zbekiston ovozi”da o`qib turaman 
gaplaridagi hollar (“Xalq so`zi”da,“O`zbekiston ovozi”da) murakkab hollardir. 
Erkin so`z birikmalari ko`pincha gapda ajralib ketadi, ya`ni ularning 
komponentlari alohida bo`lak vazifasida shakllanadi. Masalan, ko`pincha atributiv 
birikma aniqlovchi va ega, obyektli birikma to`ldiruvchi va kesim, relyativ birikma 
hol va kesim vazifalarida keladi. 
Biroq so`z birikmalari hamma vaqt ham gapda bunday alohida bo`lak 
vazifasida kela bermasdan, ba`zan bir butun holda bitta bo`lak sifatida ajratiladi. 
Masalan, Toshkent – O`zbekistonning poytaxti. Bu kishi Arslonbekning akasining 
o`g`li gaplaridagi O`zbekistonning poytaxti, Arslonbekning akasining o`g`li 
birikmalari gapning bitta bo`lagi – kesimi vazifasida kelgan va so`z birikmasi bilan 
ifodalangan. 
Murakkab bo`lak vazifasida ko`pincha ko`chma, obrazli ma`no bilan 
bog`langan qaratqichli aniqlovchili birikmalar, son+numerativ so`zlardan tuzilgan 
birikmalar, kesimi sifat, sifatdosh, bor, yo`q so`zlari bilan ifodalangan “ega+kesim” 
qolipidagi qo`shilmalar, gapdan tashqarida erkin bo`lsa ham, gapda alohida qo`llash 
mumkin bo`lmagan ko`pgina har xil xarakterdagi so`z birikmalari kela oladi. 
Murakkab egaga misollar: Yaxshining so`zi – qaymoq, yomonning so`zi – 
to`qmoq (maqol). Erning vaziri – xotin (maqol). Dunyoning ishlari Ziyodulla 
o`ylagandek ancha mushkulroq bo`lib chiqdi (G`.G`.). Yaxshi ro`zg`or – jannat, 
yomon ro`zg`or – do`zax (maqol). Bir necha kishi qo`l-oyog`i bog`langan Oqilxon 
to`rani sudrab olib kirishdi (O.). Ko`ngil xazinasining qulfi til, ul xazinaning kaliti 
– so`z bil (A.Navoiy). 
Murakkab kesimga misollar: Paxta – o`zbek xalqining milliy iftixori. Navoiy 
– g`azal mulkining sultoni. Mana tog` desang tog`. Balandligi yetti ming besh yuz 
o`n metr. Jurnalning oylik bahosi bir ming sakkiz yuz so`m ellik tiyin. 
Murakkab to`ldiruvchiga misollar: Fikrsiz odamdan tosh  yaxshi (maqol). 
Xalq mardikor olish voqeasidan shikoyat qilayapti (O.). It og`zidan suyak olib 
bo`lmas (maqol). Shokir ota yana o`zining “qo`li qisqa”ligidan, ro`zg`or tangligidan 
g`oyat kuyunib so`zladi (O.). Qovunlarning har qaysisi tuyaning kallasidan katta. 
Ilmiybaza.uz SHe`rlaringizni goh “Xalq so`zi”da, goh “O`zbekiston ovozi”da o`qib turaman gaplaridagi hollar (“Xalq so`zi”da,“O`zbekiston ovozi”da) murakkab hollardir. Erkin so`z birikmalari ko`pincha gapda ajralib ketadi, ya`ni ularning komponentlari alohida bo`lak vazifasida shakllanadi. Masalan, ko`pincha atributiv birikma aniqlovchi va ega, obyektli birikma to`ldiruvchi va kesim, relyativ birikma hol va kesim vazifalarida keladi. Biroq so`z birikmalari hamma vaqt ham gapda bunday alohida bo`lak vazifasida kela bermasdan, ba`zan bir butun holda bitta bo`lak sifatida ajratiladi. Masalan, Toshkent – O`zbekistonning poytaxti. Bu kishi Arslonbekning akasining o`g`li gaplaridagi O`zbekistonning poytaxti, Arslonbekning akasining o`g`li birikmalari gapning bitta bo`lagi – kesimi vazifasida kelgan va so`z birikmasi bilan ifodalangan. Murakkab bo`lak vazifasida ko`pincha ko`chma, obrazli ma`no bilan bog`langan qaratqichli aniqlovchili birikmalar, son+numerativ so`zlardan tuzilgan birikmalar, kesimi sifat, sifatdosh, bor, yo`q so`zlari bilan ifodalangan “ega+kesim” qolipidagi qo`shilmalar, gapdan tashqarida erkin bo`lsa ham, gapda alohida qo`llash mumkin bo`lmagan ko`pgina har xil xarakterdagi so`z birikmalari kela oladi. Murakkab egaga misollar: Yaxshining so`zi – qaymoq, yomonning so`zi – to`qmoq (maqol). Erning vaziri – xotin (maqol). Dunyoning ishlari Ziyodulla o`ylagandek ancha mushkulroq bo`lib chiqdi (G`.G`.). Yaxshi ro`zg`or – jannat, yomon ro`zg`or – do`zax (maqol). Bir necha kishi qo`l-oyog`i bog`langan Oqilxon to`rani sudrab olib kirishdi (O.). Ko`ngil xazinasining qulfi til, ul xazinaning kaliti – so`z bil (A.Navoiy). Murakkab kesimga misollar: Paxta – o`zbek xalqining milliy iftixori. Navoiy – g`azal mulkining sultoni. Mana tog` desang tog`. Balandligi yetti ming besh yuz o`n metr. Jurnalning oylik bahosi bir ming sakkiz yuz so`m ellik tiyin. Murakkab to`ldiruvchiga misollar: Fikrsiz odamdan tosh yaxshi (maqol). Xalq mardikor olish voqeasidan shikoyat qilayapti (O.). It og`zidan suyak olib bo`lmas (maqol). Shokir ota yana o`zining “qo`li qisqa”ligidan, ro`zg`or tangligidan g`oyat kuyunib so`zladi (O.). Qovunlarning har qaysisi tuyaning kallasidan katta. Ilmiybaza.uz 
 
Murakkab aniqlovchiga misollar: Shahrimizda o`n besh qavatli binolar qad 
ko`tarmoqda. Bilasizmi, besh ming besh yuz so`mlik bir kitob keltirdim. Qo`sh 
paravozli poyezd ketib qoldi. O`zi yo`q kishining orqasidan gapirmaslik kerak. Bu 
traktor muz bilan qoplanib yotgan yerni ham haydaydi. 
Murakkab holga misollar: Begona yurtida shoh bo`lgandan, o`z yurtingda 
gado bo`lgan yaxshi. Mirzacho`l yerlarida javlon urayotgan yoshlarga alangali 
salom! Beruniy to`qqiz yuz uchinchi yilda tug`ilgan va. b (fikr takrorlanmasligi 
uchun har bir bo`lakdan keyin uning tuzilishi (sodda, murakkab)ga doir 
to`xtalmaymiz). 
Leksik birliklar ma`no bilan, gap ichida mazmun bilan bog`lanadi, nisbiy 
tugallangan mazmunning bir qismini ifodalaydi, gapda bo`lak sifatida ma`lum 
vazifa bajaradi. Biroq bo`laklar gapdagi ana shu vazifasi jihatidan bir xil bo`lmaydi. 
Ba`zi bo`laklar gapning mazmuniga aniqlik kiritish, to`ldirish kabi vazifalarni 
bajaradi; bularning qo`llanmasligi gap mazmunini yoki tuzilishining buzilishiga olib 
kelmaydi. Ba`zi bo`laklarning gapda ishtirok etishi mutlaq zarur bo`lib, bo`larsiz 
gapning o`zi maydonga kelmaydi. Bo`laklar mana shu vazifasi, gapdagi mavqei 
jihatidan, dastavval,  ikki turga bo`linadi: bosh bo`laklar va ikkinchi darajali 
bo`laklar. 
Bosh bo`laklar asosiy fikrni ifodalaydi. Gap va uning mundarijasi bosh bo`laklarga 
bog`liq. Bosh bo`laklardan birontasining gapdan tushirilishi yoki qo`llanmasligi 
hukmning buzilishiga va fikriy-grammatik holatning o`zgarib ketishiga olib keladi. 
Bosh bo`laklar nutqda ko`pincha ikkinchi darajali bo`laklarsiz qo`llaniladi (yig`iq 
sodda gap). Ular yoyiq sodda gaplardan ham gap sifatida ajralib chiqadi. Demak, 
bosh bo`laklarning mavjudligi, asosan, ikkinchi darajali bo`laklarga bog`liq emas. 
Ikkinchi darajali bo`laklar gapda bosh bo`laklar bajaradigan vazifalarni bajara 
olmaydi. Ularning gapda mavjudligi bosh bo`laklarga bog`liq – bosh bo`laklarsiz 
nutqda qo`llanilmaydi. 
Bosh bo`laklar gapni markazlashtirishda uning yadrosi, asosi hisoblanadi. Gap 
qanchalik yoyiq bo`lmasin, undagi ikkinchi darajali bo`laklarning hammasi ikkiga 
bo`linib bosh bo`laklarga bog`lanadi – uyg`unlashadi. Bosh bo`laklar ikkinchi 
Ilmiybaza.uz Murakkab aniqlovchiga misollar: Shahrimizda o`n besh qavatli binolar qad ko`tarmoqda. Bilasizmi, besh ming besh yuz so`mlik bir kitob keltirdim. Qo`sh paravozli poyezd ketib qoldi. O`zi yo`q kishining orqasidan gapirmaslik kerak. Bu traktor muz bilan qoplanib yotgan yerni ham haydaydi. Murakkab holga misollar: Begona yurtida shoh bo`lgandan, o`z yurtingda gado bo`lgan yaxshi. Mirzacho`l yerlarida javlon urayotgan yoshlarga alangali salom! Beruniy to`qqiz yuz uchinchi yilda tug`ilgan va. b (fikr takrorlanmasligi uchun har bir bo`lakdan keyin uning tuzilishi (sodda, murakkab)ga doir to`xtalmaymiz). Leksik birliklar ma`no bilan, gap ichida mazmun bilan bog`lanadi, nisbiy tugallangan mazmunning bir qismini ifodalaydi, gapda bo`lak sifatida ma`lum vazifa bajaradi. Biroq bo`laklar gapdagi ana shu vazifasi jihatidan bir xil bo`lmaydi. Ba`zi bo`laklar gapning mazmuniga aniqlik kiritish, to`ldirish kabi vazifalarni bajaradi; bularning qo`llanmasligi gap mazmunini yoki tuzilishining buzilishiga olib kelmaydi. Ba`zi bo`laklarning gapda ishtirok etishi mutlaq zarur bo`lib, bo`larsiz gapning o`zi maydonga kelmaydi. Bo`laklar mana shu vazifasi, gapdagi mavqei jihatidan, dastavval, ikki turga bo`linadi: bosh bo`laklar va ikkinchi darajali bo`laklar. Bosh bo`laklar asosiy fikrni ifodalaydi. Gap va uning mundarijasi bosh bo`laklarga bog`liq. Bosh bo`laklardan birontasining gapdan tushirilishi yoki qo`llanmasligi hukmning buzilishiga va fikriy-grammatik holatning o`zgarib ketishiga olib keladi. Bosh bo`laklar nutqda ko`pincha ikkinchi darajali bo`laklarsiz qo`llaniladi (yig`iq sodda gap). Ular yoyiq sodda gaplardan ham gap sifatida ajralib chiqadi. Demak, bosh bo`laklarning mavjudligi, asosan, ikkinchi darajali bo`laklarga bog`liq emas. Ikkinchi darajali bo`laklar gapda bosh bo`laklar bajaradigan vazifalarni bajara olmaydi. Ularning gapda mavjudligi bosh bo`laklarga bog`liq – bosh bo`laklarsiz nutqda qo`llanilmaydi. Bosh bo`laklar gapni markazlashtirishda uning yadrosi, asosi hisoblanadi. Gap qanchalik yoyiq bo`lmasin, undagi ikkinchi darajali bo`laklarning hammasi ikkiga bo`linib bosh bo`laklarga bog`lanadi – uyg`unlashadi. Bosh bo`laklar ikkinchi Ilmiybaza.uz 
 
darajali bo`laklarni boshqaruvchi, harakatlantiruvchi, tutashtiruvchi markazlardir 
(bosh bo`laklar parovozni, ikkinchi darajali bo`lak vagonlarni eslatadi). Buni 
quyidagi misolda aniq ko`rish mumkin: Uzoq tog` yon bag`irlaridan asta esayotgan 
yoqimli va sho`x shabada muhabbat ishqi bilan yongan qizning mayin va parishon 
sochlari bilan o`ynashardi. 
Ega va kesimning ana shunday markazlashtiruvchilik xususiyatga ega ekanligi, 
gapdagi asosiy fikr ham shu bo`laklar bilan ifodalanishi nazarda tutilib, ular bosh 
bo`laklar (birinchi darajali bo`laklar) deb atalgan. Birinchi darajali bo`laklar 
bajaradigan vazifani bajara olmaydigan bo`laklar esa ikkinchi darajali bo`laklar deb 
ataladi. 
Shunday qilib, gapdagi bo`laklar vazifa bajarishi, gapni uyushtirishi nuqtai 
nazaridan, dastavval, ikki yirik turga bo`linadi: bosh bo`laklar, ikkinchi darajali 
bo`laklar. Bosh bo`laklar: ega va kesim: ikkinchi darajali bo`laklar: aniqlovchi, 
to`ldiruvchi, hol. 
Bosh bo`laklar. Yuqorida aytilganidek, bosh bo`laklar gapning qurilish 
markazini tashkil qiladi, bu markazda predikativlik ifodalanadi. Predikativ aloqa 
bayoniy aloqa bo`lib, bu aloqa tasdiq va inkorni o`z ichiga oladi, biron ish, harakat, 
holat yoki belgini zamon va makonga bog`liq holda shaxs yoki predmetga nisbat 
beradi. Masalan, bola sho`x deganimizda, bola tasavvuriga sho`x belgisini nisbat 
beramiz, shu belgining bolada mavjud ekanligini tasdiqlaymiz, shu bilan birga 
hozirgi zamonni ko`zda tutamiz. 
Shunday qilib, A. A. Reformatskiy aytganidek, “Zamon kategoriyasi orqali 
nutq o`zining mazmuni bilan mayl kategoriyasi orqali o`zining biror sohaga 
qaratilgan maqsadi bilan bog`lanadi”. Ana shuning o`zi predikativ munosabatni yoki 
predikativlikni tashkil qiladi.  
Predikativ aloqa, har qanday boshqa aloqaga qaraganda, eng erkin aloqadir. Bu 
aloqa gap ichida maydonga keladi va gapni hukmning ifoda formasi sifatida, 
tugallangan nutq birligi sifatida tashkil qiladi. 
Predikativ aloqani tashkil qiluvchi bosh bo`laklar ikkita: ega va kesim. 
Ilmiybaza.uz darajali bo`laklarni boshqaruvchi, harakatlantiruvchi, tutashtiruvchi markazlardir (bosh bo`laklar parovozni, ikkinchi darajali bo`lak vagonlarni eslatadi). Buni quyidagi misolda aniq ko`rish mumkin: Uzoq tog` yon bag`irlaridan asta esayotgan yoqimli va sho`x shabada muhabbat ishqi bilan yongan qizning mayin va parishon sochlari bilan o`ynashardi. Ega va kesimning ana shunday markazlashtiruvchilik xususiyatga ega ekanligi, gapdagi asosiy fikr ham shu bo`laklar bilan ifodalanishi nazarda tutilib, ular bosh bo`laklar (birinchi darajali bo`laklar) deb atalgan. Birinchi darajali bo`laklar bajaradigan vazifani bajara olmaydigan bo`laklar esa ikkinchi darajali bo`laklar deb ataladi. Shunday qilib, gapdagi bo`laklar vazifa bajarishi, gapni uyushtirishi nuqtai nazaridan, dastavval, ikki yirik turga bo`linadi: bosh bo`laklar, ikkinchi darajali bo`laklar. Bosh bo`laklar: ega va kesim: ikkinchi darajali bo`laklar: aniqlovchi, to`ldiruvchi, hol. Bosh bo`laklar. Yuqorida aytilganidek, bosh bo`laklar gapning qurilish markazini tashkil qiladi, bu markazda predikativlik ifodalanadi. Predikativ aloqa bayoniy aloqa bo`lib, bu aloqa tasdiq va inkorni o`z ichiga oladi, biron ish, harakat, holat yoki belgini zamon va makonga bog`liq holda shaxs yoki predmetga nisbat beradi. Masalan, bola sho`x deganimizda, bola tasavvuriga sho`x belgisini nisbat beramiz, shu belgining bolada mavjud ekanligini tasdiqlaymiz, shu bilan birga hozirgi zamonni ko`zda tutamiz. Shunday qilib, A. A. Reformatskiy aytganidek, “Zamon kategoriyasi orqali nutq o`zining mazmuni bilan mayl kategoriyasi orqali o`zining biror sohaga qaratilgan maqsadi bilan bog`lanadi”. Ana shuning o`zi predikativ munosabatni yoki predikativlikni tashkil qiladi. Predikativ aloqa, har qanday boshqa aloqaga qaraganda, eng erkin aloqadir. Bu aloqa gap ichida maydonga keladi va gapni hukmning ifoda formasi sifatida, tugallangan nutq birligi sifatida tashkil qiladi. Predikativ aloqani tashkil qiluvchi bosh bo`laklar ikkita: ega va kesim. Ilmiybaza.uz 
 
Ega va kesim aloqasi so`z birikmalari singari murakkab bir tushunchani emas, balki 
ikkita tushunchani predmet va belgi tushunchasini alohida-alohida ifodalaydi. Ega 
gapning mutloq mustaqil bo`lagi bo`lib, u kesimda ifoda qilingan ish-harakat, holat 
yoki biron belgi, o`ziga nisbat berilgan shaxsni yoki predmetni ko`rsatadi va 
shaxslarga nisbatan kim?, jonsiz predmet va hayvonlarga nisbatan nima? so`rog`iga 
javob bo`lib keladi. Masalan, Bashorat (kim?) beixtiyor uzoqdagi qorayib 
kelayotgan olmazor boqqa tikildi. Hademay yulduzlar (nimalar?) charaqlab qoldi 
(Asq.M.). Ko`chada ot (nima?) kishnadi (A.Q.). 
Egani ifodalovchi so`z o`ziga egalik yoki ko`plik qo`shimchasini olgan bo`lsa, 
eganing so`roqlari ham shu qo`shimchalarni o`ziga qabul qilishi mumkin. Masalan, 
Yoshlarimiz (kimlarimiz?) o`z fuqarolik burchlarini juda yaxshi tushunadilar kabi. 
Kesim egaga nisbatan tobe holatda bo`lib, egaga qarashli ish-harakat, holat yoki 
belgini ko`rsatadi. Kesimda biron belgining egada mavjud ekanligi tasdiqlanadi yoki 
inkor qilinadi. Masalan, Oyoqlar ildam, ko`kraklar baland, boshlar mag`rur (O.) 
gapining birinchi o`rinda kelgan bo`laklari – oyoqlar, ko`kraklar, boshlar hokim 
holatdagi egalardir; ikkinchi o`rinda kelgan bo`laklar (ildam, baland, mag`rur) egaga 
nisbatan tobe bo`laklar, ya`ni kesimlar bo`lib, egalarning belgilarini ko`rsatadi. 
Kesim egaga nisbatan tobe bo`lsa-da, u gapning boshqa bo`laklariga ergashmaydi, 
balki boshqa bo`laklarni o`ziga ergashtirib keladi. Masalan, Har bir tup g`o`za yangi 
kelinchakdek yasangan (O.). 
 Kesimda ifodalangan predmet belgisi uch zamonning biriga – hozirgi, o`tgan 
yoki kelasi zamonga mansub bo`ladi. Masalan, bola sho`x  deganimizda “sho`x” 
so`zi so`zlanayotgan paytga nisbatan hozirgi zamonni bildiradi. Demak, sho`x – 
kesim, ammo sho`x bola keldi deyilganda, sho`x – uch zamonning biriga nisbat 
qilinmaydi. Demak, sho`x so`zi shu gapda kesim emas, balki ikkinchi darajali 
bo`lakdir. 
Kesim predmetning faol (ish-harakatiga ko`ra) yoki nofaol (sifat va holatiga 
ko`ra) belgisini ifodalashi mumkin. 
Predmetning faol belgisi predmetning o`z faoliyati orqasida hosil qilingan 
belgidir. Shaxs yoki  predmet faol, o`z belgisini o`zi yaratuvchi sifatida tasavvur 
Ilmiybaza.uz Ega va kesim aloqasi so`z birikmalari singari murakkab bir tushunchani emas, balki ikkita tushunchani predmet va belgi tushunchasini alohida-alohida ifodalaydi. Ega gapning mutloq mustaqil bo`lagi bo`lib, u kesimda ifoda qilingan ish-harakat, holat yoki biron belgi, o`ziga nisbat berilgan shaxsni yoki predmetni ko`rsatadi va shaxslarga nisbatan kim?, jonsiz predmet va hayvonlarga nisbatan nima? so`rog`iga javob bo`lib keladi. Masalan, Bashorat (kim?) beixtiyor uzoqdagi qorayib kelayotgan olmazor boqqa tikildi. Hademay yulduzlar (nimalar?) charaqlab qoldi (Asq.M.). Ko`chada ot (nima?) kishnadi (A.Q.). Egani ifodalovchi so`z o`ziga egalik yoki ko`plik qo`shimchasini olgan bo`lsa, eganing so`roqlari ham shu qo`shimchalarni o`ziga qabul qilishi mumkin. Masalan, Yoshlarimiz (kimlarimiz?) o`z fuqarolik burchlarini juda yaxshi tushunadilar kabi. Kesim egaga nisbatan tobe holatda bo`lib, egaga qarashli ish-harakat, holat yoki belgini ko`rsatadi. Kesimda biron belgining egada mavjud ekanligi tasdiqlanadi yoki inkor qilinadi. Masalan, Oyoqlar ildam, ko`kraklar baland, boshlar mag`rur (O.) gapining birinchi o`rinda kelgan bo`laklari – oyoqlar, ko`kraklar, boshlar hokim holatdagi egalardir; ikkinchi o`rinda kelgan bo`laklar (ildam, baland, mag`rur) egaga nisbatan tobe bo`laklar, ya`ni kesimlar bo`lib, egalarning belgilarini ko`rsatadi. Kesim egaga nisbatan tobe bo`lsa-da, u gapning boshqa bo`laklariga ergashmaydi, balki boshqa bo`laklarni o`ziga ergashtirib keladi. Masalan, Har bir tup g`o`za yangi kelinchakdek yasangan (O.). Kesimda ifodalangan predmet belgisi uch zamonning biriga – hozirgi, o`tgan yoki kelasi zamonga mansub bo`ladi. Masalan, bola sho`x deganimizda “sho`x” so`zi so`zlanayotgan paytga nisbatan hozirgi zamonni bildiradi. Demak, sho`x – kesim, ammo sho`x bola keldi deyilganda, sho`x – uch zamonning biriga nisbat qilinmaydi. Demak, sho`x so`zi shu gapda kesim emas, balki ikkinchi darajali bo`lakdir. Kesim predmetning faol (ish-harakatiga ko`ra) yoki nofaol (sifat va holatiga ko`ra) belgisini ifodalashi mumkin. Predmetning faol belgisi predmetning o`z faoliyati orqasida hosil qilingan belgidir. Shaxs yoki predmet faol, o`z belgisini o`zi yaratuvchi sifatida tasavvur Ilmiybaza.uz 
 
qilinadi. Masalan, Qizchalar quvonishar, suv sachratishar; sochlarini yozib, 
yomg`irga tutishar; qo`llarini cho`zib, osmonga intilishar edi (Asq. M.) gapida kesim 
– quvonishar, sochishar, tutishar, intilishar egada ifodalangan predmetning 
(qizchalarning) faol belgisini ifodalaydi. 
Faol belgilar jonli predmetlargagina emas, jonsiz predmetlarga va mavhum 
tushunchalarga ham nisbat berilishi mumkin. Masalan, Do`stlik xalqlar kuchiga 
kuch qo`shadi, ularga kurashda ishonch bag`ishlaydi, ularning irodasini chiniqtiradi, 
ong tushunchalarni oshiradi (SH.R.) gapida kesim (qo`shadi, bag`ishlaydi, 
chiniqtiradi, oshiradi) faol belgilarni mavhum tushunchaga – gapda ega vazifasida 
kelgan do`stlikka nisbatan ifodalangan. 
Predmetning faol-nofaol belgisi predmetning faoliyatiga bog`liq bo`lmasdan, 
predmetda o`zicha mavjud bo`lgan belgidir. Bu holda predmet o`z belgisini o`zi 
yaratuvchi sifatida emas, balki belgining nofaol egasi sifatida tasavvur qilinadi. 
Masalan, Uning yuzi qoramtir, to`lagina kulimsiragan lablari ingichkagina, qop-qora 
ko`zlari juda jonli, o`ynoqi... (O.) gapining kesimlari (qoramtir, to`lagina, 
ingichkagina, juda jonli, o`ynoqi) nofaol belgilarni ifodalagan. Egalar   (yuzi, lablari, 
ko`zlari) shu belgilarni nofaol holda o`zlarida saqlovchi predmetlar sifatida tasavvur 
qilinadi. 
Nofaol belgilar kim?, nima?, qanday? singari so`roqlarga javob bo`ladi va eganing 
kimligini, nimaligini, qandayligini bildiradi. Misollar, Prezident bilan xalqning 
birligi g`alabamizning garovidir (nimadir?). Suv – biz uchun kuch, qon va katta 
xazina (nima?) (O.). Kunlarimiz yillardan salmoqli (qanday?). Yillarimiz tugal bir 
umr (nima?) (G`.G`.). 
Rang-barang mazmun turlariga ega bo`lgan kesimning so`roqlari yuqorida 
ko`rsatilgan so`roqlar bilangina cheklanib qolmaydi, albatta. Kesimning so`roqlari 
eganing nechanchi shaxs bo`lishiga va harakat yoki holatning zamoniga ko`ra 
turlanib va tuslanib kelaveradi, shuningdek, to`liqsiz fe`llar bilan ham birikib keladi. 
Misollar, Sen shu ulug` xalqning farzandisan (kimsan?) (G`.G`.). Bu yangi hayot 
Xolmurodning ruhan va jisman o`sishiga kun sayin ta`sir qilar edi (nima qilar edi?) 
(P.T.). Saodat yetilgan qizlarning butun latofatini egallab olgan (nima qilgan?). Har 
Ilmiybaza.uz qilinadi. Masalan, Qizchalar quvonishar, suv sachratishar; sochlarini yozib, yomg`irga tutishar; qo`llarini cho`zib, osmonga intilishar edi (Asq. M.) gapida kesim – quvonishar, sochishar, tutishar, intilishar egada ifodalangan predmetning (qizchalarning) faol belgisini ifodalaydi. Faol belgilar jonli predmetlargagina emas, jonsiz predmetlarga va mavhum tushunchalarga ham nisbat berilishi mumkin. Masalan, Do`stlik xalqlar kuchiga kuch qo`shadi, ularga kurashda ishonch bag`ishlaydi, ularning irodasini chiniqtiradi, ong tushunchalarni oshiradi (SH.R.) gapida kesim (qo`shadi, bag`ishlaydi, chiniqtiradi, oshiradi) faol belgilarni mavhum tushunchaga – gapda ega vazifasida kelgan do`stlikka nisbatan ifodalangan. Predmetning faol-nofaol belgisi predmetning faoliyatiga bog`liq bo`lmasdan, predmetda o`zicha mavjud bo`lgan belgidir. Bu holda predmet o`z belgisini o`zi yaratuvchi sifatida emas, balki belgining nofaol egasi sifatida tasavvur qilinadi. Masalan, Uning yuzi qoramtir, to`lagina kulimsiragan lablari ingichkagina, qop-qora ko`zlari juda jonli, o`ynoqi... (O.) gapining kesimlari (qoramtir, to`lagina, ingichkagina, juda jonli, o`ynoqi) nofaol belgilarni ifodalagan. Egalar (yuzi, lablari, ko`zlari) shu belgilarni nofaol holda o`zlarida saqlovchi predmetlar sifatida tasavvur qilinadi. Nofaol belgilar kim?, nima?, qanday? singari so`roqlarga javob bo`ladi va eganing kimligini, nimaligini, qandayligini bildiradi. Misollar, Prezident bilan xalqning birligi g`alabamizning garovidir (nimadir?). Suv – biz uchun kuch, qon va katta xazina (nima?) (O.). Kunlarimiz yillardan salmoqli (qanday?). Yillarimiz tugal bir umr (nima?) (G`.G`.). Rang-barang mazmun turlariga ega bo`lgan kesimning so`roqlari yuqorida ko`rsatilgan so`roqlar bilangina cheklanib qolmaydi, albatta. Kesimning so`roqlari eganing nechanchi shaxs bo`lishiga va harakat yoki holatning zamoniga ko`ra turlanib va tuslanib kelaveradi, shuningdek, to`liqsiz fe`llar bilan ham birikib keladi. Misollar, Sen shu ulug` xalqning farzandisan (kimsan?) (G`.G`.). Bu yangi hayot Xolmurodning ruhan va jisman o`sishiga kun sayin ta`sir qilar edi (nima qilar edi?) (P.T.). Saodat yetilgan qizlarning butun latofatini egallab olgan (nima qilgan?). Har Ilmiybaza.uz 
 
bir kichik imo-ishoradan muhabbatga taalluqli ma`nolar anglaydigan yetukkina qiz 
bo`lib qolibdi? (G`.G`.). 
Umuman, yuqorida aytganimizdek, gap bo`laklarini aniqlashda so`roqlargagina 
suyanish kifoya qilmaydi. Faqat sintaktik hodisalarning mohiyatini to`la va ongli 
ravishda o`zlashtirib olgandan keyingina, sintaktik tahlil mashg`ulotlarida 
so`roqlardan yordamchi bir usul sifatida foydalanish mumkin. 
 
Tavsiya etiladigan zarur adabiyotlar: 
1. Ne`matov H. va b. O`zbek tili struktural sintaksisi. -T.: Universitet, 2000. 
2. Sayfullayeva R., Mengliyev B. va b. Hozirgi o`zbek adabiy tili. -T., 2010. 
O`quv qo`llanma. O`zMU IK tas. 
3. Mengliyev B. O`zbek tilining struktur sintaksisi –Qarshi.,  2003. 
4. O`zbek tili grammatikasi. II tom. Sintaksis. - T.: Fan, 1975. - 548 b.  
5. S.Raximov, B.Umirqulov. Hozirgi o`zbek adabiy tili. 1-qism. T.: O`qituvchi, 
2003. Darslik. O`z R OTV tas.  
6. N.Jamolxonov. Hozirgi o`zbek adabiy tili. 1-qism. T.: O`qituvchi,  2005. 
Darslik. O`z R OTV tas.  
 
Savol va topshiriqlar: 
Kesim haqida ma`lumot bering 
Kesimlik kategoriyasining a`zolarini sanang. 
Grammatik shakllangan gaplar haqida ma`lumot bering. 
Semantik-funksional shakllangan gaplar haqida ma`lumot bering. 
Mustaqil va nomustaqil kesimlik shakllari haqida ma`lumot bering. 
Kesimning [W] ga ko`ra turlarini sanang.  
Kesimning tuzilishiga ko`ra turlarini sanang.  
Ega haqida ma`lumot bering. 
Qanday gaplar egali gaplar. 
Qanday gaplar egasiz gaplar.  
 
Ilmiybaza.uz bir kichik imo-ishoradan muhabbatga taalluqli ma`nolar anglaydigan yetukkina qiz bo`lib qolibdi? (G`.G`.). Umuman, yuqorida aytganimizdek, gap bo`laklarini aniqlashda so`roqlargagina suyanish kifoya qilmaydi. Faqat sintaktik hodisalarning mohiyatini to`la va ongli ravishda o`zlashtirib olgandan keyingina, sintaktik tahlil mashg`ulotlarida so`roqlardan yordamchi bir usul sifatida foydalanish mumkin. Tavsiya etiladigan zarur adabiyotlar: 1. Ne`matov H. va b. O`zbek tili struktural sintaksisi. -T.: Universitet, 2000. 2. Sayfullayeva R., Mengliyev B. va b. Hozirgi o`zbek adabiy tili. -T., 2010. O`quv qo`llanma. O`zMU IK tas. 3. Mengliyev B. O`zbek tilining struktur sintaksisi –Qarshi., 2003. 4. O`zbek tili grammatikasi. II tom. Sintaksis. - T.: Fan, 1975. - 548 b. 5. S.Raximov, B.Umirqulov. Hozirgi o`zbek adabiy tili. 1-qism. T.: O`qituvchi, 2003. Darslik. O`z R OTV tas. 6. N.Jamolxonov. Hozirgi o`zbek adabiy tili. 1-qism. T.: O`qituvchi, 2005. Darslik. O`z R OTV tas. Savol va topshiriqlar: Kesim haqida ma`lumot bering Kesimlik kategoriyasining a`zolarini sanang. Grammatik shakllangan gaplar haqida ma`lumot bering. Semantik-funksional shakllangan gaplar haqida ma`lumot bering. Mustaqil va nomustaqil kesimlik shakllari haqida ma`lumot bering. Kesimning [W] ga ko`ra turlarini sanang. Kesimning tuzilishiga ko`ra turlarini sanang. Ega haqida ma`lumot bering. Qanday gaplar egali gaplar. Qanday gaplar egasiz gaplar.