GAP BO‘LAKLARI NAZARIYASI (Mustaqil va nomustaqil kesimlik shakllari, Sodda kesim. Murakkab kesim. Tarkibli kesim)
Yuklangan vaqt
2024-05-25
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
15
Faytl hajmi
27,6 KB
Ilmiybaza.uz
GAP BO‘LAKLARI NAZARIYASI
Reja:
1. Kesim. Kesimlik kategoriyasi.
2. Mustaqil va nomustaqil kesimlik shakllari.
3. Kesimning [W] ga ko`ra turlari.
4. Sodda kesim. Murakkab kesim. Tarkibli kesim.
5. Ega
Ilmiybaza.uz
Tayanch tushunchalar: kesim, kesimni shakllantiruvchi vositalar, predikativlik,
sodda va murakkab kesim, mustaqil va nomustaqil kesim, kesim tarkibi.
Gap bo`laklari so`zlarning o`zaro birikish qonuniyatlari asosida gap ichida
maydonga kelgan va gap tuzilishida uning maxsus komponenti sifatida
qatnashadigan sintaktik kategoriyadir. Gap qismlari bo`lak sanalmog`i uchun ular
bo`laklar bilan gap tuzilish qonuniyatlariga asosan grammatik-semantik
munosabatga kirishishi, mustaqil vazifada qo`llanilishi va tahlilda bo`lak sifatida
ajralishi kerak. Masalan, Shoir o`zining ilhomini sevimli xalqidan oladi (O.) gapida
oltita so`z sintaksisning talabiga muvofiq grammatik-semantik munosabatga
kirishgan va oltita bo`lakni hosil qilgan, gap ana shu bo`laklar asosida shakllangan.
Demak, bo`lak gapning uzviy qismi bo`lib, u bilan grammatik-semantik
tomondan bog`langandir. Gap bo`lagi bilan gap qism bilan butunning munosabatini
ko`rsatadi. Bu munosabat dialektik munosabatdir: butunsiz qism yo`q, qismsiz butun
yo`q, butun qismlardan tuziladi, qismlar butun ichida yashaydi. Juz`iylik
umumiylikda, umumiylik juz`iylik orqasida mavjuddir.
Gap bo`lagi so`z va so`z birikmalari bilan aloqador, shular bilan ifodalanadi.
Bunda so`z turkumlari o`ziga xos bo`lgan sintaktik vazifalarga ega: otning
ko`pincha – ega, to`ldiruvchi; fe`lning – kesim; sifatning – aniqlovchi; ravishning –
hol bo`lishi kabi.
Demak, gap sintaksisining talabiga ko`ra so`z va so`z birikmalari gapning
biror bo`lagi vazifasida keladi, reallashadi, aniq bo`lak hosil bo`ladi. Biroq bundan
so`z, so`z birikmalari bilan gap bo`laklarining tengligi kelib chiqmaydi: fe`l barovar
kesim, ot barovar ega emas. Gap bo`lagi tushunchasi uning materiali bo`lgan so`z
va so`z birikmalari tushunchasidan tor. Chunki biror bo`lak, chunonchi, ega
vazifasida ot va otlashgan hamma turkumlar ham qo`llanilishi mumkin.
Gap bo`lagi bo`lib kelgan so`z va so`z birikmalarining sintaktik mohiyati
ularning gap tuzishdagi, gap ichidagi vazifalariga qarab belgilanadi. Gap tarkibidagi
bir so`z shaklining o`zi shu so`zning boshqa so`zlar bilan bo`lgan munosabatiga
Ilmiybaza.uz
ko`ra har xil gap bo`lagi vazifasida kelishi mumkin. Bu vazifalarni alohida-alohida
olingan so`z birikmalari bo`yicha aniqlash hamma vaqt mumkin bo`lavermaydi.
So`z birikmalari gap tarkibiga kirgandan keyin boshqacha holat yuz berishi mumkin.
So`z turkumlarini aniqlashda leksik-grammatik belgilar e`tiborga olinadi. Gap
bo`laklarini aniqlashda esa gapdagi vazifasi hisobga olinadi. Gap bo`laklari gapda,
gapning qismi bo`lgan sintaktik kategoriya sifatida, so`z turkumlari esa lug`at
sostavida leksik birlik sifatida qaraladi. So`zlar matndan tashqarida ko`p hollarda
ko`p ma`noli, gapda – bo`lak sifatida bir ma`noli bo`lishi, aniq vazifa bajarishi
mumkin. Gap bo`laklari gap singari nutq ichida hosil qilinadi, o`zaro munosabat
jarayonida til birliklarining qo`llanilish mahsuli hisoblanadi.
Gap bo`laklarini o`rganish, umuman, gap to`g`risidagi ta`limotning ajralmas
bir qismidir. Chunki gapning qismlarga ajratilishida shu gapda ifoda qilingan
fikrning qismlarga ajratilishi o`z aksini topadi. Gapning har bir bo`lagi gapda ifoda
qilingan fikrning tinglovchiga yetkazishda alohida o`rin tutadi.
Demak, gap bo`lagi so`z turkumi bilan o`zaro zich aloqada bo`lsa ham, ma`no
va vazifa jihatdan boshqa-boshqa birliklardir.
Gapni bo`laklarga ajratish – bo`laklar sintaksisini o`rganish gapni tarkiblarga
ajratish – ega-kesim yoki logik subyekt va predikat qismlarni ajratishga qaraganda
birmuncha murakkab jarayondir. Chunki gapning tarkibi tasavvurda ikkiga ajralib
turadi, bo`laklar bunday “bo`rtib” ko`rinmasligi mumkin. Ikkinchi tomondan,
gapdagi ayrim bo`laklar shakl jihatidan “falon” bo`lak deyishga imkon bersa ham,
yurak yonmog`i kerak: yonmog`ini – ega, kerakni – kesim; qamchinidan qon
tomadi: qamchinidanni – to`ldiruvchi, qonni – ega, tomadini – kesim sifatida
ajratishga mazmun yo`l qo`ymaydi.
To`g`ri, har bir mustaqil so`z bir bo`lak vazifasida kelishi mumkin. Masalan,
Respublika planni bajardi gapi ega, to`ldiruvchi, kesimdan iborat. Bunda hattoki,
so`zlarning gapdan tashqarida ham qanday bo`lak bo`lishi sezilib turadi. Biroq
gapdagi bo`laklar hamisha bunday grammatik shakli bilan erkin ajrala bermaydi.
Masalan, Keyingi yillarda O`zbekiston Respublikasining xalqaro miqyosdagi
obro`si nihoyat darajada oshib ketdi gapi oltita bo`lakka ajraladi, xolos. Aks holda
Ilmiybaza.uz
birikmaning keyingi elementlari (yillarda, Respublikasining, miqyosdagi, darajada,
ketmoq) o`zlariga tegishli bo`lak bilan munosabatga kirisha olmaydi. Solishtiraylik:
keyingi yillarda oshib ketdi – bo`ladi. Biroq yillarda oshib ketdi – bo`lmaydi.
O`zbekiston Respublikasining xalqaro miqyosdagi obro`si darajada oshib ketdi deb
ham bo`lmaydi.
Gap bo`laklari ko`pincha so`zning sintetik shakli (sodda va qo`shma so`zlar) bilan
ifodalanadi. Bu shakl bilan ifodalangan bo`lak bir butun holda bir bo`lak sifatida
ajratiladi (bunda deyarli qiyinchilik bo`lmaydi). Masalan, Olmaotalik mehmonlar
Mirzacho`lga borishdilar gapida ikkita sodda, ikkita qo`shma so`z ishtirok etgan
bo`lib, to`rtta bo`lak vazifasida kelgan (aniqlovchi, ega, hol, kesim).
Gap bo`laklari so`zning analitik shakli (mustaqil so`z+yordamchi so`z yoki
yordamchi so`z+mustaqil so`z) bilan ifodalanganda ham, bir butun holda – gapning
bitta bo`lagi sifatida ajratiladi. Bir bo`lak sifatida ajratiladigan analitik qurilmalar
ko`pincha quyidagi formalarda bo`ladi.
Mustaqil so`z+to`liqsiz fe`llar: Biz qishloqqa borgan Edik. Karim o`qituvchi ekan.
Biznikina ham kelar emish. Shul erur aybim Muqimiy... Lof emas, yolg`on emas
kabi.
Mustaqil so`z+predikativ-modal so`zlar: Biz zavod-fabrikalarga xomashyo yetkazib
berishimiz zarur (I.R.). Bilish uchun o`qish kerak, izlanish kerak. Men siz bilan
borishim mumkin kabi.
Mustaqil so`z+ko`makchi: Ko`rmagan dunyo hali sen kabi oshig`ini (qo`shiq). Xalq
uchun ishlaymiz. Men dunyoga kelgan kundanoq vatanim deb seni uyg`ondim
(H.O.). Erta bilan turaman, yuz qo`limni yuvaman. Ikki yil ishlaganimdan keyin
qishlog`im tomon yo`l olaman (O.). Men haqimdagi iliq so`zlaringiz uchun rahmat
(“Saodat”).
Mustaqil so`z+ko`makchi fe`llar: O`ng`ay savollar ekan: aytib berib qo`ya
qolmabsan-da. Qiziqsiz oyi, aytib berib qo`ya qolish uchun bilish kerakmi, axir
(“Yosh kuch”). Bizni mahalladagilar ham bilib qoldi. Birpas o`tirib turing. Oyingiz
hozir kelib qoladilar (“Saodat”).
Mustaqil so`z+iborat, demak tipidagi so`zlar: Tarix safarbarlikdan iborat (Asq.M.).
Ilmiybaza.uz
Mustaqil so`z+yuklama: Yorim borgan joylarga men ham bormay qolmayman
(qo`shiq).
Mustaqil so`z+yordamchi so`z vazifasidagi bor, yo`q so`zlari: Qirg`og`ingda kaklik
bo`lib sayragim bor – sayragim bor, Quchoqingda baliq bo`lib yayragim bor –
yayragim bor (qo`shiq). Faqat senga ochganim yo`q, ochganim yo`q yurak rozin
(qo`shiq).
Ega+eganing kesimdan yoki boshqa bo`lakdan keyingi takrorlangan shakli ham
gapda bir bo`lak sifatida ajratiladi: Anzirat kampir ko`rinishdan serg`ayrat,
erkaksimon xotin (O.). Bu qizning aqlli qizligini bilmagan ekanmiz (O.). Bu ot
yaxshi ot.
Orttirma daraja ko`rsatuvchi yordamchi so`zlar o`zi bog`langan so`z bilan bir bo`lak
sifatida ajratiladi: Bu yo`llar eng qadim yo`llardir (G`.G`.). Juda go`zal binolar qad
ko`targanki, bu kishini shodlantiradi (O.) va boshqalar.
Juft so`zlar va so`zning bir xil va har xil takrorlari gapning bitta bo`lagi sifatida
ajratiladi: Men u vaqtlarda hayotning past-balandini bilmagan, oq-qorani tanimagan
bir yigitcha edim (A.Q.). Bizning Mirzayevlar oilasi bilan bordi-keldimiz bor. Tog`-
tog` tuproq qazildi (O.). Olmaotaning olmasiday qip-qizildir yuzlaring, Konibodom
bodomidek qo`p-quralay ko`zlaring (G`.G`.).
Turg`un birikmalar (murakkab terminlar – murakkab so`zlar, frazeologik
birikmalar) gapning bitta bo`lagi sifatida ajratiladi: Termiz davlat universiteti paxta
terimida tashabbuskor bo`ldi. Bu kishi O`zbekiston Respublikasi Fanlar
akademiyasida ishlaydi; Salimboyvachcha o`zining qordan qutilib, yomg`irga
tutilganini angladi (O.). U kapalagi uchib ketgan kotiba qizning oldidan o`qday otilib
o`tdi. (O.). Jang qilib charchagan dushman ikki qo`lini burniga tiqqanicha qarbga
qarab yo`l olgan edi (O.).
Gapdan tashqarida erkin so`z birikmasi hisoblangan ko`pgina so`z birikmalari gap
ichida gapning bitta bo`lagi vazifasida kelib, bir butun holda ajratiladi. Bunday
vazifada ko`proq quyidagi birikmalar qo`llaniladi: a) bir umumiy affiks bilan
boshqariladigan birikmalar: Qo`sh og`izli miltiq hamisha shofyorda turar edi
(SH.R.). Ko`p xonali uy qurdik; b) son+numerativ so`zlardan tuzilgan birikmalar:
Ilmiybaza.uz
Ming gektarga paxta ekkan er bolaman, hay yorey (qo`shiq). A.Navoiy bir ming to`rt
yuz qirq birinchi yilda Hirotda tug`ilgan; v) birga qo`llanilishi zarur bo`lgan
aniqlovchi+aniqlanmishdan tuzilgan birikmalar: Botir baland ruh va tetik qadam
bilan jo`nadi (O.). SHo`r suvda sovun ko`pirmaydi. Yotib o`qish zararli. Pishmagan
meva qorinni og`ritadi. Ko`p chopish yurakka ziyon; g) kesimi sifat, sifatdosh; bor,
yo`q kabi so`zlar bilan ifodalangan ega+kesim qolipidagi birikmalar: Sizni ko`zi
qora, sochi uzun bir qiz so`rab keldi. Siz aytgan kishi men bo`laman. Sening ko`z
ilg`amas maydonlaringda Jahannam qo`rqajak janglarni ko`rdim. Yana bir karra yov
o`tgan o`rmonlaringda Ko`mirdan ham qora tonglarni ko`rdim (H.O.). Insofi yo`q
yigit ekansiz (A.Q.). Aqli bor yigit har bir yaxshi ishning tashabbuskori bo`ladi (O.).
Ba`zan izofali birikmalar gapda bitta bo`lak sifatida ajratiladi: Sukut –rozilik
alomati. O`zbekistonning poytaxti – Toshkent. Betaraflik –qat`iysizlik belgisi.
Ba`zan butun bir yoyiq gap faqat ikkita bo`lakka ajrala oladi, xolos: Hech
qayerda ham damlab qo`yilgan osh yo`q (A.Q.) – Hech qayerda ham damlab
qo`yilgan osh – ega, yo`q – kesim. Paxtaga! Bu so`z hech qayerda
O`zbekistondagiday jaranglab eshitilmasa kerak (A.Q.) – Bu so`z – ega, hech
qayerda O`zbekistondagiday jaranglab eshitilmasa kerak – kesim. Gap faqat bosh
bo`laklardan (bular ba`zan yig`iq, ba`zan yoyiq bo`lishi mumkin) iborat bo`lganda,
logik hukmga, bo`laklar subyekt va predikatga teng kelib qoladi.
Umuman, gapni bo`laklarga ajratish, birichidan, bo`lak ifodalanayotgan
materialning morfologik, sintaktik tabiatini yaxshi bilishni talab qiladi. So`ngra,
bo`lak sifatida ajratilayotgan qismning gapdagi grammatik-semantik vazifasi,
mustaqilligi, boshqa bo`laklar bilan munosabati grammatik shakli, xususan,
mazmun va shakl birligi kabilar hisobga olinishi kerak. Ba`zan bo`laklarning shakli
bir xil bo`lib qoladi. Masalan, Paxtalar chaman-chaman, jonim bilan teraman –
Paxtalar chaman-chaman mashina bilan teraman qo`shilmalarining shakli
(ot+ko`makchi+harakat) bir xil, ikkalasi ham tobelanish yo`li bilan tuzilgan. Bunday
vaqtda mazmunga (shaklga emas), semantikaga, so`roqlarga e`tibor beriladi.
Qiyoslang: Jonim bilan teraman. Qanday? – jonim bilan: harakat obyekti emas –
hol; Mashina bilan teraman. Nima bilan? – mashina bilan: harakat obyekti –
Ilmiybaza.uz
to`ldiruvchi. Biroq hamma vaqt ham so`roqlar yordamida bo`laklarni ajratib
bo`lmaydi, ba`zi bo`laklarning so`rog`i bir xil bo`ladi. Masalan, ba`zan sifatlovchi-
aniqlovchi (tor ma`noda) bilan ravish holi qanday, ega, kesim, to`ldiruvchi kim,
nima so`roqlariga javob bo`ladi: chiroyli vatan (qanday?), tez o`qidi (qanday?);
Karim keldi (kim?), kelgan yigit Karim (kim?); shamol esdi (nima?), Guvillayotgan
narsa – shamol (nima?), Jamoa davlatga paxta sotadi (nima?) kabi.
Demak so`roqlar gap bo`laklarini aniqlashda yordamchi vositadir. Gapni
bo`laklarga ajratishda tartib va intonatsiyaning roli kattadir. Masalan, Bolalar
ko`chada orqasini o`girib turgan Afandini savalab ketishdi gapida savalab ketishdi
– kesim, biroq savalabdan keyin pauzaning berilishi uni (savalabni) – hol, keyingi
bo`lak (ketishdi)ni kesim holatiga tushiradi. Umuman, tartib va intonatsiyaning
sintaktik munosabat ifodalashi, jumladan, bo`laklarni ajratishdagi ahamiyati haqida
yuqorida gapirganmiz.
Gap bo`laklarining ifoda materiali dastlabki vaqtlarda (leksik, morfologik,
morfologik-sintaktik, sintaktik planlarda) yaxshi o`rganilmadi. Bu gap bo`laklari va
ularning tabiatini yaxshi tushunishga xalaqit beradi, xususan, bo`laklarning tuzilishi
jihatidan turlari ajratilmadi: kesimgina sodda, qo`shma, keyinchalik ayrim
darsliklarda sodda, qo`shma, tarkibli yoki birikmali tiplarga ajratildi. Bunda
birinchidan, kesim vazifasida keladigan materiallarning bir qismigina yuqoridagi
terminlar bilan nomlandi; ikkinchidan, mavjud terminlar (qo`shma, murakkab,
tarkibli, birikmali, yoyiq, yumuq kabi) befarq qo`llanildi – har xil xarakterdagi
hodisalar bir termin bilan ataldi; uchinchidan, kesimning ayrim tiplari ajratilmadi
yoki noto`g`ri ajratilib izohlandi; to`rtinchidan, gapning kesimdan boshqa bo`laklari
tuzilishiga ko`ra tiplashtirilmadi. Umuman, gap bo`laklarini tuzilishiga ko`ra sodda,
tarkibli, murakkab va birikmali deb turlarga ajratish amaliy jihatdan ma`lum
qiyinchilik tug`dirganligidan biz ularning quyidagi ikki turini ajratamiz.
Sodda bo`lak. Bir sodda tushuncha anglatadigan so`zning sintetik shakli
(sodda va qo`shma so`z) bilan ifodalangan bo`lak sodda bo`lak deyiladi. Bunda
sodda so`z bilan ham, qo`shma so`z bilan ham ifodalangan bo`lak sodda bo`lak
hisoblanadi. Masalan, Havo ochilib ketdi. Otquloq – dorivor o`simlik. Gullar
Ilmiybaza.uz
ochildi. Inson qo`li – gul. Rayonim – Nurota. Tergan o`ting – otquloq gaplarining
ega va kesimlari soddadir. Men chiroyli o`yinchoq keltirdim. Olmaotalik
do`stlarimiz kelishdilar gaplaridagi chiroyli va olmaotalik so`zlari sodda aniqlovchi,
Siddiqjon tongda Bahrabodga jo`nadi (A.Q.) gapidagi tongda va Bahrabodga
bo`laklari sodda hol, Tomorqani sug`ordim. Kitobni keltirdim gaplaridagi
tomorqani, kitobni bo`laklari sodda to`ldiruvchi vazifasida kelgan. Demak, sodda va
qo`shma so`zlar tuzilishi jihatidangina morfologiyada farqlanadi, ma`no va vazifasi
jihatidan morfologiyada ham, sintaksisda ham bir xil qimmatga ega.
Murakkab bo`lak. Murakkab bo`lak so`zning analitik shakli (mustaqil
so`z+yordamchi so`z yoki aksincha yordamchi so`z+mustaqil so`z) bilan
ifodalanadi.
Murakkab bo`lakning bu turi mustaqil va nomustaqil elementlardan tuziladi.
Unda bir komponent mustaqil bo`lib, bo`lakning asosiy ma`nosi shu komponentda
saqlanadi. Yordamchi komponent leksik ma`no ifodalay olmaydi, mustaqil
komponentning ma`nosiga har xil grammatik ma`nolar orttirish, mustaqil
komponentni grammatik jihatdan shakllantirish, uning boshqa bo`laklar bilan
sintaktik aloqasini ta`minlash kabi vazifalarni bajaradi.
Murakkab bo`lak qo`yidagi shakllarda bo`ladi:
1) mustaqil so`z+to`liqsiz fe`llar;
2) mustaqil so`z+predikativ-modal so`zlar;
3) mustaqil so`z+ko`makchilar;
4) mustaqil so`z+ko`makchi fe`llar;
5) mustaqil so`z+ayrim yuklamalar;
6) mustaqil so`z+ibora tipidagi yordamchilar va b.
Murakkab bo`lak ikki va undan ortiq mustaqil so`zlarning munosabatidan
tug`ilgan, keyinchalik so`zlashib – leksikalizatsiyalashib, bir murakkab predmet
yoki tushunchaning atamasiga aylangan morfologik-sintaktik birliklar bilan
ifodalanadi. Bu turning ifoda materialini murakkab so`zlar, frazeologik birikmalar
tashkil qiladi. Bularga quyidagilar kiradi:
Ilmiybaza.uz
Ilmiy-siyosiy va madaniy muassasalarning nomlari: O`zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi, Termiz davlat universiteti, Surxondaryo siyosiy maorif uyi,
Yozuvchilar uyushmasi, Navoiy teatri, “Yoshlik radiosi” va boshqalar.
Kitob, gazeta, jurnal nomlari: “O`zbek tili” darsligi, “Hozirgi o`zbek adabiy tili”,
“O`zbek tili va adabiyoti” “Sharq yulduzi”, “Xalq so`zi”, “O`zbekiston ovozi” va b.
Turli geografik joy nomlari: Orol dengizi, Shimoliy muz okeani, Janubiy Surxon suv
ombori, O`rta Osiyo, O`rta Sharq, O`rta Chirchiq, Navoiy ko`chasi, Mustaqillik
maydoni va b.
Har ikkala komponenti ham hali o`z leksik ma`nosini butunlay yo`qotmagan,
biroq bir butun holdagina gapning murakkab bo`lagi vazifasida keladigan borib
kelmoq, topib olmoq, sotib olmoq, kelib ketmoq tipidagi murakkab fe`llar; havo
rang, kul rang, shisha rang, och rang kabi murakkab sifatlar; o`n besh, bir yuz ellik,
bir kam sakson, bir ming to`qqiz yuz yetmish to`rtinchi tipidagi murakkab sonlar;
har kim, har nima, har bir, hech kim, hech narsa, bir necha, ba`zi bir, qaysi bir, ana
o`sha, mana shu kabi ma`nolari o`zicha anglashilib turadigan murakkab olmoshlar;
har vaqt, har zamon, har qachon, har dam, har xil, bir zamon, bir zum, bir nafas, hech
vaqt, hech qachon, hamma vaqt, o`tgan kuni, shu zahoti, tunov kuni, kuni kecha, shu
yerda, bu yoqdan kabi murakkab ravishlar; kapalagi uchib ketmoq, tegirmonga
tushsa butun chiqmoq, boshini olib ketmoq, yostig`ini quritmoq kabi frazeologik
birikmalar va b.
Misollar: O`zbekiston Respublikasi tinchlik ahdiga imzo chekdi. Fermerlar
uyushmasi qaror qabul qildi. Besh yuzning yarmi ikki yuz ellik gaplarining egasi
murakkab egadir. Siz – bir yonda, biz – bir yonda. Siz bir tomon, biz bir tomon,
Raisning idorasi shu yerda. Bu yer – ishlab chiqarish boshqarmasi. Sabo, arzumni
yetkur, mohi tobon bir kelib ketsun (H.H.) gaplarining kesimlari murakkab kesimdir.
Bobotog` o`rmonchiligining mahsulotini barcha viloyatlar sotib olishga tayyor
gapidagi Bobotog` o`rmonchiligining birikmasi murakkab aniqlovchi vazifasida
qo`llanilgan. Biz Surxon suv omborini tomosha qildik gapidagi to`ldiruvchi (Surxon
suv omborini) murakkab to`ldiruvchidir. G`afur G`ulom ko`chasida yashaymiz.
Ilmiybaza.uz
SHe`rlaringizni goh “Xalq so`zi”da, goh “O`zbekiston ovozi”da o`qib turaman
gaplaridagi hollar (“Xalq so`zi”da,“O`zbekiston ovozi”da) murakkab hollardir.
Erkin so`z birikmalari ko`pincha gapda ajralib ketadi, ya`ni ularning
komponentlari alohida bo`lak vazifasida shakllanadi. Masalan, ko`pincha atributiv
birikma aniqlovchi va ega, obyektli birikma to`ldiruvchi va kesim, relyativ birikma
hol va kesim vazifalarida keladi.
Biroq so`z birikmalari hamma vaqt ham gapda bunday alohida bo`lak
vazifasida kela bermasdan, ba`zan bir butun holda bitta bo`lak sifatida ajratiladi.
Masalan, Toshkent – O`zbekistonning poytaxti. Bu kishi Arslonbekning akasining
o`g`li gaplaridagi O`zbekistonning poytaxti, Arslonbekning akasining o`g`li
birikmalari gapning bitta bo`lagi – kesimi vazifasida kelgan va so`z birikmasi bilan
ifodalangan.
Murakkab bo`lak vazifasida ko`pincha ko`chma, obrazli ma`no bilan
bog`langan qaratqichli aniqlovchili birikmalar, son+numerativ so`zlardan tuzilgan
birikmalar, kesimi sifat, sifatdosh, bor, yo`q so`zlari bilan ifodalangan “ega+kesim”
qolipidagi qo`shilmalar, gapdan tashqarida erkin bo`lsa ham, gapda alohida qo`llash
mumkin bo`lmagan ko`pgina har xil xarakterdagi so`z birikmalari kela oladi.
Murakkab egaga misollar: Yaxshining so`zi – qaymoq, yomonning so`zi –
to`qmoq (maqol). Erning vaziri – xotin (maqol). Dunyoning ishlari Ziyodulla
o`ylagandek ancha mushkulroq bo`lib chiqdi (G`.G`.). Yaxshi ro`zg`or – jannat,
yomon ro`zg`or – do`zax (maqol). Bir necha kishi qo`l-oyog`i bog`langan Oqilxon
to`rani sudrab olib kirishdi (O.). Ko`ngil xazinasining qulfi til, ul xazinaning kaliti
– so`z bil (A.Navoiy).
Murakkab kesimga misollar: Paxta – o`zbek xalqining milliy iftixori. Navoiy
– g`azal mulkining sultoni. Mana tog` desang tog`. Balandligi yetti ming besh yuz
o`n metr. Jurnalning oylik bahosi bir ming sakkiz yuz so`m ellik tiyin.
Murakkab to`ldiruvchiga misollar: Fikrsiz odamdan tosh yaxshi (maqol).
Xalq mardikor olish voqeasidan shikoyat qilayapti (O.). It og`zidan suyak olib
bo`lmas (maqol). Shokir ota yana o`zining “qo`li qisqa”ligidan, ro`zg`or tangligidan
g`oyat kuyunib so`zladi (O.). Qovunlarning har qaysisi tuyaning kallasidan katta.