GAP BO‘LAKLARI SANALMAYDIGAN BIRLIKLAR

Yuklangan vaqt

2024-10-01

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

4

Faytl hajmi

18,4 KB


 
 
 
 
 
 
GAP BO‘LAKLARI SANALMAYDIGAN BIRLIKLAR. 
 
Reja: 
1. Undalma 
2. Kirish so‘z va kirish birikma 
3. Kiritma gap 
 
GAP BO‘LAKLARI SANALMAYDIGAN BIRLIKLAR 
Gap tarkibida ba’zan shunday so‘zlar va so‘z birikmalari hatto gaplar 
qo‘llanadiki, ular gapning biror bo‘lagi bilan grammatik jihatdan aloqaga 
kirishmaydi. Shu tufayli bunday so‘z yoki so‘z birikmalari gap bo‘laklari 
hisoblanmaydi. Undalma, kirish so‘z, kirish birikma va kiritma gap ana shunday 
xususiyatga ega. 
 
Undalma 
So‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxs (yoki predmet)ni anglatadigan so‘z yoki 
so‘z birikmasi undalma deyiladi. Undalma bayon qilinayotgan fikrga tinglovchining 
diqqatini tortish uchun xizmat qiladi.  
Undalma o‘zi ishtirok etgan gap bilan grammatik jihatdan bog‘lanmaydi. U 
bosh kelishik shaklidagi ot yoki otlashgan so‘z bilan ifodalanadi. Bu jihatdan 
undalma egaga o‘xshaydi, biroq u gapning kesimi bilan grammatik jihatdan 
bog‘lanmasligiga ko‘ra o‘ziga xos undosh intonatsiyasi, pauza (to‘xtash) bilan 
aytilishiga ko‘ra egadan farq qiladi. Masalan: Aziz o‘g‘lim, yomonlar bilan 
suhbatdosh bo‘lma, ulardan asrlondan qochganday qoch, hammaga rahm va 
shafqat ko‘zi bilan qara ... («Oz-oz o‘rganib, dono bo‘lur»). Yurak, sensan mening 
sozim, tilimni nayga jo‘r etding. (U.Nosir). 
GAP BO‘LAKLARI SANALMAYDIGAN BIRLIKLAR. Reja: 1. Undalma 2. Kirish so‘z va kirish birikma 3. Kiritma gap GAP BO‘LAKLARI SANALMAYDIGAN BIRLIKLAR Gap tarkibida ba’zan shunday so‘zlar va so‘z birikmalari hatto gaplar qo‘llanadiki, ular gapning biror bo‘lagi bilan grammatik jihatdan aloqaga kirishmaydi. Shu tufayli bunday so‘z yoki so‘z birikmalari gap bo‘laklari hisoblanmaydi. Undalma, kirish so‘z, kirish birikma va kiritma gap ana shunday xususiyatga ega. Undalma So‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxs (yoki predmet)ni anglatadigan so‘z yoki so‘z birikmasi undalma deyiladi. Undalma bayon qilinayotgan fikrga tinglovchining diqqatini tortish uchun xizmat qiladi. Undalma o‘zi ishtirok etgan gap bilan grammatik jihatdan bog‘lanmaydi. U bosh kelishik shaklidagi ot yoki otlashgan so‘z bilan ifodalanadi. Bu jihatdan undalma egaga o‘xshaydi, biroq u gapning kesimi bilan grammatik jihatdan bog‘lanmasligiga ko‘ra o‘ziga xos undosh intonatsiyasi, pauza (to‘xtash) bilan aytilishiga ko‘ra egadan farq qiladi. Masalan: Aziz o‘g‘lim, yomonlar bilan suhbatdosh bo‘lma, ulardan asrlondan qochganday qoch, hammaga rahm va shafqat ko‘zi bilan qara ... («Oz-oz o‘rganib, dono bo‘lur»). Yurak, sensan mening sozim, tilimni nayga jo‘r etding. (U.Nosir).  
 
Undalma ba’zan -ey, -u (-yu) kabilar bilan birga qo‘llanadi: Luqmon hakim 
o‘g‘liga nasihat qilib aytdi: - Ey o‘g‘il, odamlr so‘zga ustomonliklari bilan 
maqtansalar, sen sukuting bilan maqtan. («Oz-oz o‘rganib, dono bo‘lur»).  
Undalma vazifasida atoqli otlar, shaxs otlari, qarindoshlik, kasb, hunar 
kabilarni anglatuvchi so‘zlar keladi. Masalan: - Onajon, Xonzoda begim ham sizning 
suyukli farzandingiz-ku (P.Qodirov). Kechagi maqola nima bo‘ldi, Rahim aka?! 
(F.Musajonov). Siz mendan ko‘ra qo‘ylaringizni ko‘proq o‘ylang, cho‘pon aka! 
(P.Qodirov). 
Undalma otlashgan sifat, otlashgan undov so‘z, so‘z birikmasi va shu kabilar 
bilan ham ifodalanishi mumkin: O‘ynashma, puchuq, tek tur, hamma yog‘ing suv 
bo‘ldi... (O.Yoqubov). -Hoy, biron gap topib keldingmi? (S.Ahmad). Yaxshilik ... 
yaxshilikning ham bahosi bor, o‘rtoq Zargarov (A.Muxtor). 
Undalma gap boshida, o‘rtasida, oxirida keladi va yozuvda gapning boshqa 
bo‘laklaridan, odatda, vergul bilan ajratiladi: - Olim bola, rayhonlarni bir silkitib 
chiqmaysizmi ... (J.Abdullaxonov). Ey rais, bu kitobni avval bir o‘qib ko‘ring. 
(S.Ahmad). Nima qilasiz, dada, bolaning yuragini ezib. (S.Ahmad). Mening etti 
pushtim bog‘bon o‘tgan, o‘g‘lim. (J.Abdullaxonov). 
Undalma kuchli his-hayajon bilan aytilsa, undan so‘ng, undov belgisi 
qo‘yiladi: -Xolbek! Qanisan? – dedi Eshmurot aka. – Kelsang-chi, kutib qoldik-ku. 
(P.Qodirov). 
 
Kirish so‘z va kirish birikma 
So‘zlovchining o‘zi bayon etayotgan fikrga bo‘lgan turli munosabatini 
bildiruvchi so‘z yoki so‘z birikmasi kirish so‘z yoki kirish birikma deb yuritiladi. 
Kirish so‘z, kirish birikma mazmunan butun bir gapga yoki uning biror 
bo‘lagiga tegishli bo‘ladi. 
Kirish so‘z va kirish birikma: 
I. So‘zlovchining bayon qilinayotgan fikrga bo‘lgan turli munosabatini 
ifodalaydi: 
1. Ishonch yoki tasdiqni (albatta, to‘g‘ri, haqiqatan, darhaqiqat, shubhasiz, so‘zsiz 
kabilar): Albatta, mendan ko‘ra paxta ishining ustalari yaxshiroq bilishadi. 
(J.Abdullaxonov). To‘g‘ri, til suyaksiz-u, lekin suyakni sindiradi. (Shuhrat).  
Undalma ba’zan -ey, -u (-yu) kabilar bilan birga qo‘llanadi: Luqmon hakim o‘g‘liga nasihat qilib aytdi: - Ey o‘g‘il, odamlr so‘zga ustomonliklari bilan maqtansalar, sen sukuting bilan maqtan. («Oz-oz o‘rganib, dono bo‘lur»). Undalma vazifasida atoqli otlar, shaxs otlari, qarindoshlik, kasb, hunar kabilarni anglatuvchi so‘zlar keladi. Masalan: - Onajon, Xonzoda begim ham sizning suyukli farzandingiz-ku (P.Qodirov). Kechagi maqola nima bo‘ldi, Rahim aka?! (F.Musajonov). Siz mendan ko‘ra qo‘ylaringizni ko‘proq o‘ylang, cho‘pon aka! (P.Qodirov). Undalma otlashgan sifat, otlashgan undov so‘z, so‘z birikmasi va shu kabilar bilan ham ifodalanishi mumkin: O‘ynashma, puchuq, tek tur, hamma yog‘ing suv bo‘ldi... (O.Yoqubov). -Hoy, biron gap topib keldingmi? (S.Ahmad). Yaxshilik ... yaxshilikning ham bahosi bor, o‘rtoq Zargarov (A.Muxtor). Undalma gap boshida, o‘rtasida, oxirida keladi va yozuvda gapning boshqa bo‘laklaridan, odatda, vergul bilan ajratiladi: - Olim bola, rayhonlarni bir silkitib chiqmaysizmi ... (J.Abdullaxonov). Ey rais, bu kitobni avval bir o‘qib ko‘ring. (S.Ahmad). Nima qilasiz, dada, bolaning yuragini ezib. (S.Ahmad). Mening etti pushtim bog‘bon o‘tgan, o‘g‘lim. (J.Abdullaxonov). Undalma kuchli his-hayajon bilan aytilsa, undan so‘ng, undov belgisi qo‘yiladi: -Xolbek! Qanisan? – dedi Eshmurot aka. – Kelsang-chi, kutib qoldik-ku. (P.Qodirov). Kirish so‘z va kirish birikma So‘zlovchining o‘zi bayon etayotgan fikrga bo‘lgan turli munosabatini bildiruvchi so‘z yoki so‘z birikmasi kirish so‘z yoki kirish birikma deb yuritiladi. Kirish so‘z, kirish birikma mazmunan butun bir gapga yoki uning biror bo‘lagiga tegishli bo‘ladi. Kirish so‘z va kirish birikma: I. So‘zlovchining bayon qilinayotgan fikrga bo‘lgan turli munosabatini ifodalaydi: 1. Ishonch yoki tasdiqni (albatta, to‘g‘ri, haqiqatan, darhaqiqat, shubhasiz, so‘zsiz kabilar): Albatta, mendan ko‘ra paxta ishining ustalari yaxshiroq bilishadi. (J.Abdullaxonov). To‘g‘ri, til suyaksiz-u, lekin suyakni sindiradi. (Shuhrat).  
 
2. Gumonni (ehtimol, balki, aftidang, chamasi kabilar): Ehtimol, o‘z xatolarini 
tuzatmoqchi bo‘lib yurgandir? (P.Qodirov). Aftidan, professorning so‘zlari 
unchalik quvonishga arziydigan emas shekilli. (J.Abdullaxonov). 
3. Afsuslanish, taajjubni (afsuski, attang, essiz, baxtga qarshi kabilar): Afsuski, 
boya hamma raislarni mehnatga chaqirmagan ekansiz, Otaqo‘zi aka, - dedi 
Xolmurodov. (O.Yoqubov). 
4. Eslatishni (darvoqe, aytgandek, aytmoqchi kabilar): Aytgandek, sizdan bir nima 
so‘ramoqchi edim... (A.Muxtor). Darvoqe, Anvarga ko‘p mehnatim singgan ... 
(A.Qodiriy). 
II. Bayon qilingan fikrning kimga qarashli ekanligini ifodalaydi 
(menimcha, sizningcha, ularning aytishicha, aytishlaricha kabilar): Menimcha, 
to‘g‘risini o‘z vaqtida aytib, xatoning oldini olgan yaxshidir. (J.Abdullaxonov). 
Keksalarning aytishicha, o‘sha suv tog‘ning tirqishidan oqib kelib, manna shu 
buloqdan 
chiqarmish. 
(P.Qodirov). 
Eshitishimcha, 
Anorxon 
bilan 
musobaqalashishga kelishibsizlarmi? (J.Abdullaxonov). Tadqiqotchi olimlarning 
fikricha, chinor daraxtini qadim - qadim davrlarda yurt kezuvchi sayyohlar, 
savdogarlar ... Eron va unga qo‘shni mamlakatlardan O‘zbekistonga olib kelishgan. 
(A.Aminov). 
III. Bayon qilingan fikrning tartibini ifodalaydi (avvalo, nihoyat, 
birinchidan, ikkinchidan kabilar): Nihoyat, xuddi yoshi ulug‘ odamlardek viqor bilan 
qadam bosib Asadillo paydo bo‘ldi. (F.Musajonov). Birinchidan, bugun hamisha 
opaning yubiley kechalari, ikkinchidan, ertaga oblast yosh yozuvchilarining 
konferentsiyasi ochiladi. (O.Yoqubov). 
IV. Aytilayotgan fikrning oldingi fikr bilan aloqasini ifodalaydi (demak, 
xullas, ishqilib, shunday qilib, binobarin, ko‘rinadiki kabilar): Xullas, barcha bilan 
ahillashib ketganligi ko‘rinib turardi. (J.Abdullaxonov). Ishqilib, shu oqshomgi 
suhbat bekor ketmadi. (J.Abdullaxonov). 
Kirish so‘z ko‘pincha modal so‘z bilan, kirish birikma esa so‘z birikmasi bilan 
ifodalanadi. Masalan: Chamasi, o‘n minutcha yurilsa, salqin va so‘lim sayribog‘ bor 
edi. (F.Musajonov). Keksalarning aytishicha, bunday paytlarda tepalikning ustida 
yerning nafasini eshitarmishsiz? (O‘.Hoshimov). 
2. Gumonni (ehtimol, balki, aftidang, chamasi kabilar): Ehtimol, o‘z xatolarini tuzatmoqchi bo‘lib yurgandir? (P.Qodirov). Aftidan, professorning so‘zlari unchalik quvonishga arziydigan emas shekilli. (J.Abdullaxonov). 3. Afsuslanish, taajjubni (afsuski, attang, essiz, baxtga qarshi kabilar): Afsuski, boya hamma raislarni mehnatga chaqirmagan ekansiz, Otaqo‘zi aka, - dedi Xolmurodov. (O.Yoqubov). 4. Eslatishni (darvoqe, aytgandek, aytmoqchi kabilar): Aytgandek, sizdan bir nima so‘ramoqchi edim... (A.Muxtor). Darvoqe, Anvarga ko‘p mehnatim singgan ... (A.Qodiriy). II. Bayon qilingan fikrning kimga qarashli ekanligini ifodalaydi (menimcha, sizningcha, ularning aytishicha, aytishlaricha kabilar): Menimcha, to‘g‘risini o‘z vaqtida aytib, xatoning oldini olgan yaxshidir. (J.Abdullaxonov). Keksalarning aytishicha, o‘sha suv tog‘ning tirqishidan oqib kelib, manna shu buloqdan chiqarmish. (P.Qodirov). Eshitishimcha, Anorxon bilan musobaqalashishga kelishibsizlarmi? (J.Abdullaxonov). Tadqiqotchi olimlarning fikricha, chinor daraxtini qadim - qadim davrlarda yurt kezuvchi sayyohlar, savdogarlar ... Eron va unga qo‘shni mamlakatlardan O‘zbekistonga olib kelishgan. (A.Aminov). III. Bayon qilingan fikrning tartibini ifodalaydi (avvalo, nihoyat, birinchidan, ikkinchidan kabilar): Nihoyat, xuddi yoshi ulug‘ odamlardek viqor bilan qadam bosib Asadillo paydo bo‘ldi. (F.Musajonov). Birinchidan, bugun hamisha opaning yubiley kechalari, ikkinchidan, ertaga oblast yosh yozuvchilarining konferentsiyasi ochiladi. (O.Yoqubov). IV. Aytilayotgan fikrning oldingi fikr bilan aloqasini ifodalaydi (demak, xullas, ishqilib, shunday qilib, binobarin, ko‘rinadiki kabilar): Xullas, barcha bilan ahillashib ketganligi ko‘rinib turardi. (J.Abdullaxonov). Ishqilib, shu oqshomgi suhbat bekor ketmadi. (J.Abdullaxonov). Kirish so‘z ko‘pincha modal so‘z bilan, kirish birikma esa so‘z birikmasi bilan ifodalanadi. Masalan: Chamasi, o‘n minutcha yurilsa, salqin va so‘lim sayribog‘ bor edi. (F.Musajonov). Keksalarning aytishicha, bunday paytlarda tepalikning ustida yerning nafasini eshitarmishsiz? (O‘.Hoshimov).  
 
Kirish so‘z va kirish birikma gapning boshida kelib, yozuvda undan keyin, gap 
oxirida kelib, undan oldin vergul qo‘yiladi: Albatta, uning yuzida kasaldan asar ham 
yo‘q ... (F.Musajonov). Achchiq gapirganingiz ma’qul, albatta. (P.Qodirov). 
 
Kiritma gap 
So‘zlovchining asosiy fikr ichida yo‘l–yo‘lakay aytilgan fikrini anglatuvchi 
gap kiritma gap deyiladi. Kiritma gap o‘zi kiritilgan gapning biror bo‘lagiga 
mazmunan aloqador bo‘lib, maxsus pauza bilan ajratiladi. Masalan: Nima uchundir 
Ahmad yuragida ayriliq jafosi, achinish sezmadi (bu his keyin uning yuragini 
o‘rtaydi). (F.Musajonov). 
Kiritma gap ko‘pincha qavs ichida beriladi: Hay, aytmoqchi, Oyim kelgan 
ekanlar ( u «Oyim» deb Humayrabonuni ko‘zda tutardi). (J.Abdullaxonov). Ba’zan 
esa u asosiy gapdan tire orqali ajratiladi: Shunday qilib, Asal va Samad - o‘g‘lining 
ismi shunday ekan – bizning yo‘l uchastkamizda qolishdi. (Ch.Aytmatov). 
 
Kirish so‘z va kirish birikma gapning boshida kelib, yozuvda undan keyin, gap oxirida kelib, undan oldin vergul qo‘yiladi: Albatta, uning yuzida kasaldan asar ham yo‘q ... (F.Musajonov). Achchiq gapirganingiz ma’qul, albatta. (P.Qodirov). Kiritma gap So‘zlovchining asosiy fikr ichida yo‘l–yo‘lakay aytilgan fikrini anglatuvchi gap kiritma gap deyiladi. Kiritma gap o‘zi kiritilgan gapning biror bo‘lagiga mazmunan aloqador bo‘lib, maxsus pauza bilan ajratiladi. Masalan: Nima uchundir Ahmad yuragida ayriliq jafosi, achinish sezmadi (bu his keyin uning yuragini o‘rtaydi). (F.Musajonov). Kiritma gap ko‘pincha qavs ichida beriladi: Hay, aytmoqchi, Oyim kelgan ekanlar ( u «Oyim» deb Humayrabonuni ko‘zda tutardi). (J.Abdullaxonov). Ba’zan esa u asosiy gapdan tire orqali ajratiladi: Shunday qilib, Asal va Samad - o‘g‘lining ismi shunday ekan – bizning yo‘l uchastkamizda qolishdi. (Ch.Aytmatov).