GAP TUZILISHIDA HOL, TO‘LDIRUVCHI VA ANIQLOVCHINING O‘RNI (Hol, To‘ldiruvchi, Aniqlovchi)
Yuklangan vaqt
2024-05-25
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
11
Faytl hajmi
27,8 KB
Ilmiybaza.uz
GAP TUZILISHIDA HOL, TO‘LDIRUVCHI VA ANIQLOVCHINING
O‘RNI
Reja:
1. Hol
2. To‘ldiruvchi
3. Aniqlovchi
Ilmiybaza.uz
Tayanch tushunchalar: grammatik shakllangan gap, semantik-funksional
shakllangan gap, gap kengaytiruvchisi, so‘z kengaytiruvchisi, gap markazi, gap
bo‘lagi, gap markazi, kengaytiruvchi, minimal qolip, maksimal qolip, yoyiq gap,
yig`iq gap, birikuv usullari, birikuv omillari, ifodalanish.
Holning gap qurilishidagi o‘rni. Hol ega kabi gap kesimidagi kesimlik
shakillari
-
Pm
ning
ma`noviy
xususiyatlarini
muayyanlashtiruvchi,
oydinlashtiruvchi bo‘lak, ya`ni gap kengaytiruvchisi sanaladi. Quyidagi gaplarni
qiyoslaylik:
1. Jamshid ishladi.
2. Jamshid kecha ishladi.
3. Jamshid ertaga ishlaydi.
Keltirilgan gaplardagi ishladi va ishlaydi so‘zshakllari gap kesimi vazifalarida
kelgan
bo‘lib,
boshqa
bo‘laklar
ana
shu
markaziy
bo‘lakning
muayyanlashtiruvchilaridir.
Jamshid leksemasi har uchala gapda ham kesimdagi Pm ning shaxs-son, kecha,
ertaga so‘zlari esa payt ma`nolarini muayyanlashtirgan. Ega va gap markazidagi
shaxs-son ma`nolari kabi, hol va kesimlik kategoriyasi (Pm) voqelanishidagi zamon
ma`nolari ham bir-biriga muvofiqlashgan.
O‘rin hollari ham so‘z kengaytiruvchisi emas, balki gap kengaytiruvchisi
ekanligi bunday vazifada keluvchi so‘zlarni gapda va gapdan tashqarida SB hosil
qilish uchun ot leksemalarga tobelab ko‘rish asosida amin bo‘lish mumkin.
Qiyoslang: 1.Qishloqda muallim, zavodda ishchi. 2.Halim shaharda o‘qituvchi,
G`afur zavodda ishchi.
Ko‘rinadiki, birinchi guruh birikuvlar g`ayrime`yoriy, ikkinchi guruh
birikuvchilar esa o‘zbek nutqiga xos me`yoriy qurilma ekanligi hech kimda shubha
uyg`otmaydi. Demak, o‘rin hollari payt hollari kabi gap kengaytiruvchilaridir.
Endi holning boshqa turlariga diqqat qilamiz:
1. Ilgari ikkalamiz birga talaba edik.
Ilmiybaza.uz
2. Bu payt sen kabi o‘qituvchiman.
3. Shu boisdan dadam ishchi edi.
Birinchi gapda birga so‘zi ravish, ikkinchi gapda sen kabi o‘xshatish, uchinchi
gapdagi shu boisdan so‘z shakli sabab hollaridir. Ular gap kengaytiruvchilarimi
yoki so‘z kengaytiruvchilari ekanligini aniqlash uchun birikuvlarni gap
tarkibidan chiqarib, zikr etilgan so‘zshakllar talaba, o‘qituvchi, ishchi
so‘zshakllarining
ma`noviy
valentligini
to‘ldirayotgan-to‘ldirmayotganligini
tekshiramiz:
1. Birga talaba.
2. Sen kabi o‘qituvchi.
3. Shu boisdan ishchi.
Ko‘rinadiki, birikuvlar nome`yoriy va tobe so‘zshakllar hokimlarning
lug`aviy-ma`noviy birikuvchilari emas, balki ularning kesimlik vazifasi, mavqei
bilan bog`langandir. Demak, holning mazkur turlari ham gap kengaytiruvchilaridir.
Hol gapning mutlaq konstruktiv uzvi emas. Chunki holsiz ham gap tashkil
topaveradi. Demak, hol kesimdan quyi mavqeni egallaydi. Ko‘pincha holning gap
tarkibiga kiritilishi Pm ma`nolari bilan zich bog`lanmaydi. Shu boisdan hol egadan
ham quyi mavqeni egallaydi. Chunki nutqiy gaplarda kesim orqali egani tiklash
holni tiklashdan ancha o‘ng`aydir. Ifodalanmagan holni tiklash qiyin. Ammo shuni
takidlash lozimki, ba`zan kesimning W si maqomida o‘rin, payt, sabab, maqsad va
boshqa ma`noli aktantlar bilan kuchli aloqada bo‘ladigan leksemalar yuzaga
chiqqanda, gapning yuza qolipida hol egadan ko‘ra zarurroq foliyatga ega bo‘ladi.
Masalan, yurish fe`llari (bormoq, kelmoq, yetmoq, ketmoq) kesim vazifasida
kelganda gapda o‘rin hollarining ishtirok etishi zaruriyati kuchayadi: Uyga bordi.
Shahardan keldi. Maktabga ketdi. Manzilga yetdi. Bu albatda, kesimlik kategoriyasi
birikuvchanligi bilan emas, balki kesim vazifasida kelayotgan fe`lning ma`noviy
xususiyatlari bilan belgilanadi.
Demak, holning gap qurilishidagi zaruriy bo‘lak darajasiga ko‘tarilishi
kesimdagi W ning muayyanlashish ehtiyoji bilan belgilanadi. Hol gapning
konstruktiv bo‘laklari sifatidagi kesim va egadan keyin uchinchi o‘rinni egallaydi.
Ilmiybaza.uz
Holning ma`noviy turlari. Hollar nutqda gapdan anglashilgan mazmunning,
kesim ifodalagan ish-harakat, holat, voqea-hodisaning o‘rni, payti, tarzi, miqdor-
darajasi, sababi, maqsadi, natijasi, sharti (qatorni yana davom ettirish mumkin) kabi
ma`nolarni ifodalaydi.
Boshqa gap bo‘laklariga nisbatan holning ma`noviy turlari nisbatan ko‘proq
ajratiladi. Lekin, olaylik, aniqlovchining rang-tus aniqlovchilari, xususiyat
aniqlovchilari, hajm-shakl aniqlovchilarini ajratish grammatik, sintaktik qurilish
nuqtai nazaridan mantiqsiz bo‘lgani kabi, holning ma`noviy turlari ham gap sintaktik
qurilishi uchun daxlsizdir. Shuningdek, ko‘p hollarda o‘rin-payt hollarini (Botir
urushda bilinadi), sabab va maqsad holini (O‘qish uchun Toshkentga keldi), ravish
va miqdor holini (Isroil qayta-qayta o‘qidi) farqlash qiyin. Chunki hol va so‘zlararo
munosabatlar nutq sharoiti, voqea-hodisaning tabiatiga va so‘zlovchining
maqsadiga mos ravishda turlicha tovlanishi mumkin.
Hollarning
tuzilish
turlari.
Lisoniy
sintaktik
qolipning
asosiy
xususiyatlaridan biri shuki, uni to‘ldiruvchi nutqiy birliklar bir uzv huquqiga ega har
qanday katta-kichiklikda bo‘lishi mumkin.
Holning bir so‘z bilan ifodalanishi: 1.Tog`am shaharga meni ham olib bordi.
2.SHalola shoshilib jo‘nadi. 3.Qiz bilan salomlashib suhbatlashdi.
Holning so‘z birikmasi bilan ifodalanishi: 1.Tog`am notanish shaharga meni
ham olib bordi.2.SHalola favqulodda shoshilib jo‘nadi. 3.Qiz bilan do‘stlarcha
salomlashib suhbatlashdi.
Demak, bir so‘z shakl bilan ifodalangan hol sodda hol va kengaygan (birikma
holidagi) birikma bilan ifodalangan hol murakkab hol deyiladi.
Holning ifodalanishi. Hol barcha mustaqil so‘z turkumlari bilan ifodalanadi.
Fe`l: Shalola shoshilib gapirdi.
Ot: Uydan chiqarib ketdi.
Sifat: U yaxshi o‘qiydi.
Son: Bir keldi, bir ketdi.
Olmosh: Bunda ari keltiradi bol.
Taqlid: U piq-piq kuldi.
Ilmiybaza.uz
Ravish: Ish kech tugadi
Holning kesimga bog`lanish usullari bitishuv va boshqaruvdir. Bitishuv
aloqasida hol vazifasida tobe uzvlik vazifasiga xoslangan so‘zlar keladi. Ular sifat,
ravish, son, olmosh va taqlidlardir.
Ko‘rinadiki, to‘ldiruvchi birinchi gapda kesimga (olib kel), ikkinchi gapda
to‘ldiruvchiga (olib kelishni), uchinchi gapda egaga (keltirish), to‘rtinchi gapda
aniqlovchiga (tushunishning) bog`langan. Kesimga bog`langanda ham undagi Pm
ma`nolariga emas, balki W ga tortiladi - uning ma`nosini oydinlashtirishga xizmat
qiladi. To‘ldiruvchi qaysi gap bo‘lagiga aylanishidan qat`i nazar, shu bo‘lak
ifodalanayotgan
fe`lning
ma`nosini
muayyanlashtiradi.
To‘ldiruvchi
so‘z
kengaytiruvchisi bo‘lganligi bois u kengaytirayotgan ma`nosi muayyanlashayotgan
so‘z gap bo‘lagi maqomiga ega bo‘lmasligi ham mumkin. Yuqorida aytilganidek,
kesim, ega, hol gapning konstruktiv bo‘laklari bo‘lib, to‘ldiruvchi va aniqlovchi
bo‘lakning bo‘laklari sifatida keladi. Bu, ayniqsa, kengaygan ravishdosh, sifatdosh,
harakat nomi gap bo‘laklari modeliga ega bo‘lganda, yaqqol ko‘zga tashlanadi.
E`tibor bering: 1.SHalola kitobni keltirdi. 2. Kecha kitobni keltirgan Shalola bugun
kelmadi. Birinchi gapda kitobni to‘ldiruvchisi kesimga bog`langan. Ikkinchi gapda
esa aniqlovchiga (keltirgan) tobelangan. Birinchi gapda to‘ldiruvchi kesim (keltirdi)
ning emas, balki uning tarkibiy qismi bo‘lgan keltir fe`li ma`nosini izohlagan va gap
bo‘lagining bo‘lagiga
daxldordir. Ikkinchi gapda
esa aniqlovchi (so‘z
kengaytiruvchisi) ning kengaytiruvchisi vazifasida kelgan. To‘ldiruvchi o‘zi
bog`lanayotgan fe`lning ob`ekt valentligini to‘ldiradi va, shunga muvofiq ravishda,
uning mazmunidan shaxs/predmetlik ma`nosi anglashilib turadi.
Ko‘pincha to‘ldiruvchi va holni farqlash qiyin bo‘ladi. Masalan, Baliq
dengizda yashaydi, Samalyot havoda uchadi gaplaridagi dengizda, havoda so‘zlari
hol yoki to‘ldiruvchi ekanligini aniqlash mushkul. Chunki bu so‘zlarda vosita yoki
o‘rin ma`nosini keskin ajratish qiyin. Shuningdek, harakatni bajarish vositasini
ifodalovchi gap bo‘lagini uning predmet yoki nopredmetlik ma`nosidan qat`i nazar,
to‘ldiruvchi yoki fe`l deb atashning o‘zi ham muammolidir. Chunki ular bir vaqtning
o‘zida nimada so‘rog`iga ham, qanday, qay holda, qay yo‘sinda so‘roqlariga ham
Ilmiybaza.uz
javob bo‘lishi tabiiylikka yaqin hamda ularning mohiyatini to‘laroq ochishga xizmat
qiladi. Shuni alohida ta`kidlash kerakki, misollardagi so‘zlarning bunday so‘roqlarni
olishida o‘rin-payt kelishigi ko‘rsatkichining roli muhimdir. O‘rin ma`nosini
ifodalovchi -da kelishik shakli gap propozitsiyasining tayanch bo‘lagi bo‘lgan
makonni ifodalashda alohida mavqega ega. Ma`lumki, makon va zamon
ma`nosidagi hollar gap kesimini shakillantiruvchi [Pm] ning o‘rin va payt
ko‘rsatkichlariga mos keladi. Xususan, quyidagi ko‘rinishli:
yashayman
Men hozir Qarshida
o‘qituvchiman
xursandman
ikkinchiman
gaplarida o‘rin ma`noli Qo‘qon so‘zi bilan yasha fe`li orasida, Qo‘qon so‘zi
bilan o‘qituvchi so‘zi orasida, shuningdek, sifatga xos xursand, songa xos ikkinchi
so‘zlarining bir-biriga bog`lanish xususiyatlari yo‘q edi. Keyin keluvchi hokim
uzvga kesimlik qo‘shimchalarining qo‘shilishi unga kengayishi imkoniyatini berdi
va natijada [WPm] hosilasi bo‘lgan gap shaxs kengaytiruvchisi qatorida o‘rin va
payt kengaytiruvchilariga ham ega bo‘ldi. Demak, zikr etilgan gaplarda qatnashgan
havoda, dengizda so‘zshakllaridagi o‘rin-payt shakli Pm ta`siriga berilgan bo‘lib, bu
ularning gap kengaytiruvchilari ekanligidan dalolat beradi. To‘ldiruvchi esa so‘z
kengay tiruvchisi bo‘lib, Pm ga befarqdir.
To‘ldiruvchining ma`no turlari. To‘ldiruvchi o‘zi birikayotgan fe`lning
tabiatiga ko‘ra vositali va vositasiz turlarga ajraladi.
Vositasiz to‘ldiruvchi bilan birikish faqat o‘timli fe`llarga xos. Shu boisdan
vositasiz to‘ldiruvchi o‘timli fe`lning ob`ekt valentligini to‘ldiruvchi so‘z
kengaytiruvchisidir. Vositasiz to‘ldiruvchi vazifasida bosh yoki tushum
kelishigidagi so‘z keladi.
1.Bosh kelishikdagi vositasiz to‘ldiruvchi:
Bunda bulbul kitob o‘qiydi.
Bunda qurtlar ipak to‘qiydi.
Ilmiybaza.uz
Bunda ari keltiradi bol,
Bunda qushlar topadi iqbol.
2.Tushum kelishigidagi vositasiz to‘ldiruvchi:
1.Sen bahorni sog`inmadingmi?.
2. Har bir tuki kiyimlarini teshib chiqib ketgan edi.
Vositasiz to‘ldiruvchi vazifasidagi so‘z turli-tuman ma`nolarni ifodalaydi.
Vositasiz to‘ldiruvchi o‘timli fe`lga bog`lanadi deyish o‘timli fe`l vositasiz
to‘ldiruvchini qabul qila olmaydi degani emas. O‘timli fe`llar ham vositali, ham
vositasiz to‘ldiruvchini o‘ziga biriktiradi. O‘timsiz fe`llar esa faqat vositali
to‘ldiruvchilarnigina o‘ziga biriktiradi.
Vositasiz to‘ldiruvchi bevosita harakatni o‘z ustiga olgan predmetni anglatsa,
vositali to‘ldiruvchi harakat qamrab olgan, lekin harakatga daxldor bo‘lmagan
predmetni ifodalaydi. Vositali to‘ldiruvchi turli grammatik ko‘rsatkichlar bilan
ifodalanadi.
jo‘nalish kelishigi: Senga oldim.
chiqish kelishigi: Sendan oldim.
o‘rin-payt kelshigi: Menda qoldi.
ko‘makchi: Sen uchun oldim.
To‘ldiruvchining tuzilish turlari. Boshqa bo‘laklar kabi to‘ldiruvchilar hamda
sodda yoki murakkab bo‘ladi:
1. Sodda to‘ldiruvchi bir so‘z yoki bir so‘zga teng birliklar bilan
ifodalanadi:
1. Xotirangiz mening xotiramdan o‘tkir ekan. 2. U yana Pushkinga murojaat
qildi. 3.Turmushimizda hamma narsa bir-biri bilan bog`liq.
2. Murakkab to‘ldiruvchi kengaygan birikmalar bilan ifodalanadi:
1. Men Mirzacho‘lni ham, Surxon diyorining Sherobod dashtini ham, Farg`ona
vodiysining Yozyovon qumliklarini ham ko‘rganman. 2. Hasharchilarning shart-
sharoitlarini yaxshilash, ularga yordam ko‘rsatish to‘grisida ko‘rsatma berildi.3.
Tevarak-atrof qushlar chug`uriga, anvoyi gullar isiga to‘lib ketdi.
Izohlanayotgan fe`lning bo‘sh o‘rnini to‘ldirishda sodda to‘ldiruvchi ham