G‘arb olimlari nutq madaniyati va notqilik to‘g‘risida

Yuklangan vaqt

2024-08-28

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

24

Faytl hajmi

43,3 KB


 
 
 
 
 
 
G‘arb olimlari nutq madaniyati va notqilik to‘g‘risida 
 
 
Mavzu rejasi: 
1. 
Qadimgi Yunonistonda notiqlik san'ati. 
2. 
Qadimgi Rimda notiqlik san'ati. 
3. 
G‘arb notiqlari: Аristоtеl, Sitsеrоn, Kvintiliаn vа bоsh. fаоliyatlari hаqidа 
ma’lumot 
4. 
Til siyosatining shakllanishi 
 
Qadimgi rimda ham notiqlik sa‘natining shakllanishi va taratsqqiyoti 
Yunonistondagi kabi ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq ravishda 
kechdi. Rim davlatining ilk davrlaridayoq senat, xalq yig‘indilari, sudda so‘zlanadigan 
ommaviy nutq san‘ati shakllanadi. Bunda, shuningdek, dafn marosimlarida so‘zlanadigan 
nutq keng tarqalgan edi.  
Dastlab nutqlar yozma ravishda e‘lon qilinmasdi. Shu bois notiqlik haqida aniq fikr 
yuritish qiyin. Biroq respublika davrida(er.av.III asr - II asrning boshlanishi) yuksak 
cho‘qqiga ko‘tarilgan notiqlik sa‘nati uning ta‘sirida rivojlangan.  
Rim notiqligining asoschilaridan biri Mark Porkiy Katon ham lashkar boshi, ham 
rim siyosiy arbobi sifatida mashxur bo‘lgan. U birinchi rim ―Ritorika‖sini yaratgan 
olimdir.  
Rim notiqlik sa‘natining an‘analarining tayanchi notiq iste‘dodi va tajribasi bo‘lib 
kelgan. Uning asosiy tamiyilini Katon shunday ifodalagan edi: ―Mohiyatini nazardan 
qochirma, so‘zlar esa o‘zi keladi‖.  
Aka-uka Grakxlar ilk bor yunon ritorikasining ta‘sirchan usullarini qo‘llab rim 
notiqligiga yangi yo‘nalish berdilar. Avvalo, ritorika qonun-qoidalarini bilgan notiq, ular 
bilmagan notiqdan qanchalar ustun bo‘lishi ma‘lum bo‘ldi. Ikkinchidan, notiqlik sirlarini 
G‘arb olimlari nutq madaniyati va notqilik to‘g‘risida Mavzu rejasi: 1. Qadimgi Yunonistonda notiqlik san'ati. 2. Qadimgi Rimda notiqlik san'ati. 3. G‘arb notiqlari: Аristоtеl, Sitsеrоn, Kvintiliаn vа bоsh. fаоliyatlari hаqidа ma’lumot 4. Til siyosatining shakllanishi Qadimgi rimda ham notiqlik sa‘natining shakllanishi va taratsqqiyoti Yunonistondagi kabi ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq ravishda kechdi. Rim davlatining ilk davrlaridayoq senat, xalq yig‘indilari, sudda so‘zlanadigan ommaviy nutq san‘ati shakllanadi. Bunda, shuningdek, dafn marosimlarida so‘zlanadigan nutq keng tarqalgan edi. Dastlab nutqlar yozma ravishda e‘lon qilinmasdi. Shu bois notiqlik haqida aniq fikr yuritish qiyin. Biroq respublika davrida(er.av.III asr - II asrning boshlanishi) yuksak cho‘qqiga ko‘tarilgan notiqlik sa‘nati uning ta‘sirida rivojlangan. Rim notiqligining asoschilaridan biri Mark Porkiy Katon ham lashkar boshi, ham rim siyosiy arbobi sifatida mashxur bo‘lgan. U birinchi rim ―Ritorika‖sini yaratgan olimdir. Rim notiqlik sa‘natining an‘analarining tayanchi notiq iste‘dodi va tajribasi bo‘lib kelgan. Uning asosiy tamiyilini Katon shunday ifodalagan edi: ―Mohiyatini nazardan qochirma, so‘zlar esa o‘zi keladi‖. Aka-uka Grakxlar ilk bor yunon ritorikasining ta‘sirchan usullarini qo‘llab rim notiqligiga yangi yo‘nalish berdilar. Avvalo, ritorika qonun-qoidalarini bilgan notiq, ular bilmagan notiqdan qanchalar ustun bo‘lishi ma‘lum bo‘ldi. Ikkinchidan, notiqlik sirlarini  
 
faqat otalardan o‘zlashtirmay o‘rganish imkoniyati paydo bo‘lgach, siyosat maydoniga 
qadam qo‘ymoq istagida bo‘lgan yangi odamlar o‘zlarining muxoliflari – aslzoda senator 
– notiqlar bilan bir hil, hatto qulayroq vaziyatda bo‘ladilar.  
Eramizdan avvalgi II asrning o‘rtalaridan boshlab Rimda ijtimoiy ziddiyatlar 
o‘sishi; senat partiyasi bilan xalq partiyasi shakllanib, siyosiy kurash kuchayishi bilan 
fuqarolik urushi boshlanayotgan bir paytda Rim ritorikasi birinchi navbatda senat 
partiyasiga oppozitsiyada turgan xalq partiyasiga (populyarlarga) xizmat qila boshladi. 
Bu davrda siyosiy kurash avj olishi bilan siyosiy va sud notiqligi tez suratlar bilan 
rivojlana boshladi. Siyosiy notiqlik senat va xalq yig‘iniga ta‘sir o‘tkazishning asosiy 
vositasiga, sud notiqligi esa siyosiy muxolifni qoralash quroliga aylanadi. Ozmi-ko‘pmi 
tanilgan siyosiy arbob, albatta, yaxshi notiq bo‘lgan. Lashkarboshi o‘z jangchilari oldida 
nutq so‘zlashni bilishi kerak edi. Sitseron 46 yili ―Brut‖ risolasida Rim notiqligi tarixiga 
qisqacha to‘xtalib, 200 dan ortiq notiqlikni sanab o‘tadi va ularning asosiy ko‘pchiligi 
fuqarolar urushi davri vakllari bo‘lganligini qayd etadi.  
Rim notiqlari notiqlik sa‘nati nazariyasi bo‘yicha jiddiy yangilik yaratmagan 
bo‘lsalar-da, yunon notiqligida shakllangan tamoyillarni chuqrroq ishlab chiqadilar va 
ularga taqlid qilgan holda, lotin tilida notiqlik san‘atining yuksak namunalarini yaratdilar.  
Notiqlik usullari vaqt o‘tishi bilan takomillashib bordi. Shu bilan birga, ijtimoiy-
siyosiy voqelik Rim notiqligiga o‘z ta‘sirini o‘tkazdi. ―Adolat, agar u tabiatga 
asoslashmagan bo‘lsa, yo‘qlikka muhkum, foydani o‘ylab o‘rnatilgan adolat esa boshqa 
foyda nuqtai nazaridan yo‘q qilinadi‖, - deb yozgan edi. Sitseron ―Davlat‖ risolasida. 
Biroq vaqt o‘tishi bilan haqiqat, adolat, samimiyat mezonlari notiqlik san‘atida ortga 
chekinadi: masalan, sud notiqligida yuridik haqiqat muhim bo‘lmay qoladi. Sitseron 
boshqa erda shunday yozadi: ―Biz sudlarda so‘zlagan nutqlarimizda bizning etiqodimiz 
ifodasini izlagan kishi qattiq yanglishadi‖. Bu nutqlar sud jarayoni va shart-sharoitlaridan 
kelib chiqib so‘zlagan va odamlarning asl qarashlarini ifodalamaydi‖.  
Notiq o‘z fikr va dallilarining haqqoniyligi haqida emas, haqiqatga uxshashi haqida 
qayg‘urgan. Siyosiy nutqlarda invektiv usuli keng qo‘llanilgan, ya‘ni siyosiy muxoliflar 
yomon qilib ko‘rsatilgan va buning uchun notiqlar turli mishmish vak g‘iybatlarni ishga 
solishgan.  
faqat otalardan o‘zlashtirmay o‘rganish imkoniyati paydo bo‘lgach, siyosat maydoniga qadam qo‘ymoq istagida bo‘lgan yangi odamlar o‘zlarining muxoliflari – aslzoda senator – notiqlar bilan bir hil, hatto qulayroq vaziyatda bo‘ladilar. Eramizdan avvalgi II asrning o‘rtalaridan boshlab Rimda ijtimoiy ziddiyatlar o‘sishi; senat partiyasi bilan xalq partiyasi shakllanib, siyosiy kurash kuchayishi bilan fuqarolik urushi boshlanayotgan bir paytda Rim ritorikasi birinchi navbatda senat partiyasiga oppozitsiyada turgan xalq partiyasiga (populyarlarga) xizmat qila boshladi. Bu davrda siyosiy kurash avj olishi bilan siyosiy va sud notiqligi tez suratlar bilan rivojlana boshladi. Siyosiy notiqlik senat va xalq yig‘iniga ta‘sir o‘tkazishning asosiy vositasiga, sud notiqligi esa siyosiy muxolifni qoralash quroliga aylanadi. Ozmi-ko‘pmi tanilgan siyosiy arbob, albatta, yaxshi notiq bo‘lgan. Lashkarboshi o‘z jangchilari oldida nutq so‘zlashni bilishi kerak edi. Sitseron 46 yili ―Brut‖ risolasida Rim notiqligi tarixiga qisqacha to‘xtalib, 200 dan ortiq notiqlikni sanab o‘tadi va ularning asosiy ko‘pchiligi fuqarolar urushi davri vakllari bo‘lganligini qayd etadi. Rim notiqlari notiqlik sa‘nati nazariyasi bo‘yicha jiddiy yangilik yaratmagan bo‘lsalar-da, yunon notiqligida shakllangan tamoyillarni chuqrroq ishlab chiqadilar va ularga taqlid qilgan holda, lotin tilida notiqlik san‘atining yuksak namunalarini yaratdilar. Notiqlik usullari vaqt o‘tishi bilan takomillashib bordi. Shu bilan birga, ijtimoiy- siyosiy voqelik Rim notiqligiga o‘z ta‘sirini o‘tkazdi. ―Adolat, agar u tabiatga asoslashmagan bo‘lsa, yo‘qlikka muhkum, foydani o‘ylab o‘rnatilgan adolat esa boshqa foyda nuqtai nazaridan yo‘q qilinadi‖, - deb yozgan edi. Sitseron ―Davlat‖ risolasida. Biroq vaqt o‘tishi bilan haqiqat, adolat, samimiyat mezonlari notiqlik san‘atida ortga chekinadi: masalan, sud notiqligida yuridik haqiqat muhim bo‘lmay qoladi. Sitseron boshqa erda shunday yozadi: ―Biz sudlarda so‘zlagan nutqlarimizda bizning etiqodimiz ifodasini izlagan kishi qattiq yanglishadi‖. Bu nutqlar sud jarayoni va shart-sharoitlaridan kelib chiqib so‘zlagan va odamlarning asl qarashlarini ifodalamaydi‖. Notiq o‘z fikr va dallilarining haqqoniyligi haqida emas, haqiqatga uxshashi haqida qayg‘urgan. Siyosiy nutqlarda invektiv usuli keng qo‘llanilgan, ya‘ni siyosiy muxoliflar yomon qilib ko‘rsatilgan va buning uchun notiqlar turli mishmish vak g‘iybatlarni ishga solishgan.  
 
Umuman olganda, Rim ijtimoiy-siyosiy hayotida notiqlik muhim rol o‘ynagan. 
Sitseron shunday yozgan edi: ―Insonni hurmat-ehtirom va shuhratining eng yuksak 
cho‘qqilariga ikki tur san‘at olib chiqishi mumkin: biri lashkarboshichilik bo‘lsa, 
boshqasi yaxshi rotiqlik san‘ati. Keyingisiga tinch hayot ne‘matlarining saqlanishi 
bog‘liq bo‘lsa, birinchisiga urush xavfini bartaraf etish bog‘liq‖.  
Rim notiqlik sa‘natida ikki yo‘nalish shakllanadi: Osiyocha usul (azianizm) va 
attika usuli. Osiyocha usul Iskandarning o‘limidan keyin ko‘p o‘tmay Kichik Osiyoda 
paydo bo‘ldi. Unga hashamdorlik, patetika (ehtiroslilik), tashqi effektlarga moyillik xos 
edi. Attika uslubi tarafdorlari esa afinalik notiqlarga xos sodda, qisqa, aniq nutq 
mezonlariga rioya qilishni tartib etganlar. Osiyocha usul vakillaridan eng mashhuri Kvint 
Gortenziy Gortal bo‘lsa, Gay Yuliy Sezar va Mark Yuliy Brut attika uslubi notiqlri 
jumlasiga kiradi.  
Rim notiqlik san‘ati nazariyasiga muvofiq nutq quyidagi shakl va tarkibiy 
qismlardan iborat bo‘lishi lozim: 1) kirish (exorido) ; 2) ko‘riladigan masalaning bayoni 
(narratio); 3) himoya yoki aybnomaning asosiy moddasini ko‘rib chiqish (tractratio) 4) 
xulosa (peroratio). Himoyalovchi va qoralovchi nutqining eng muhim qismi, ya‘ni 
traktatsiya yana, o‘z navbatida, quyidagi qismlarga bo‘lingan:  
a) traktatsiya predmeti va rejasini ajratib ko‘rsatish; b) notiq qarashlari 
to‘g‘riligining isboti va v) muxolifning fikr va dalillarini inkor etish.  
Notiq ikki turdagi dalillardan foydalangan: sudlarning aqliga ta‘sir etuvchi, ya‘ni 
argumentlar va ularning hislariga ta‘sir etuvchi, ya‘ni amplifikatsiyalar.  
Rim respublikasining so‘nggi davrlarida eng yirik siyosiy arbob – Mark Tuliy 
Sitseron mamlakat taraqqiyotida ulkan rol o‘ynagan. Uning nutq, risola va xatlari 
hayotligi davridayoq lotin nasrchiligining tan olingan namunalari hisoblangan.  
Sitseron o‘z faoliyatining boshida Osiyo uslubi ta‘sirida nutqlar yozgan. Biroq 
keyinchalik u ikki usulni muvofiqlashtirishga harakat qiladi. Yuliy Sezar unga juda 
yuqori baho beradi. Zotan, uning har bir nutqi omma orasida shuhrat qozonadi. Sitseron 
fikricha, notiq quyidagi xislatlarga ega bo‘lmog‘i lozim:  
1. 
Notiq juda dadil va amin bo‘lishi kerak.  
2. 
Notiq to‘la isbotlanishi lozim.  
3. 
Notiqda ahamiyatsiz narsa bo‘lmasligi kerak.  
Umuman olganda, Rim ijtimoiy-siyosiy hayotida notiqlik muhim rol o‘ynagan. Sitseron shunday yozgan edi: ―Insonni hurmat-ehtirom va shuhratining eng yuksak cho‘qqilariga ikki tur san‘at olib chiqishi mumkin: biri lashkarboshichilik bo‘lsa, boshqasi yaxshi rotiqlik san‘ati. Keyingisiga tinch hayot ne‘matlarining saqlanishi bog‘liq bo‘lsa, birinchisiga urush xavfini bartaraf etish bog‘liq‖. Rim notiqlik sa‘natida ikki yo‘nalish shakllanadi: Osiyocha usul (azianizm) va attika usuli. Osiyocha usul Iskandarning o‘limidan keyin ko‘p o‘tmay Kichik Osiyoda paydo bo‘ldi. Unga hashamdorlik, patetika (ehtiroslilik), tashqi effektlarga moyillik xos edi. Attika uslubi tarafdorlari esa afinalik notiqlarga xos sodda, qisqa, aniq nutq mezonlariga rioya qilishni tartib etganlar. Osiyocha usul vakillaridan eng mashhuri Kvint Gortenziy Gortal bo‘lsa, Gay Yuliy Sezar va Mark Yuliy Brut attika uslubi notiqlri jumlasiga kiradi. Rim notiqlik san‘ati nazariyasiga muvofiq nutq quyidagi shakl va tarkibiy qismlardan iborat bo‘lishi lozim: 1) kirish (exorido) ; 2) ko‘riladigan masalaning bayoni (narratio); 3) himoya yoki aybnomaning asosiy moddasini ko‘rib chiqish (tractratio) 4) xulosa (peroratio). Himoyalovchi va qoralovchi nutqining eng muhim qismi, ya‘ni traktatsiya yana, o‘z navbatida, quyidagi qismlarga bo‘lingan: a) traktatsiya predmeti va rejasini ajratib ko‘rsatish; b) notiq qarashlari to‘g‘riligining isboti va v) muxolifning fikr va dalillarini inkor etish. Notiq ikki turdagi dalillardan foydalangan: sudlarning aqliga ta‘sir etuvchi, ya‘ni argumentlar va ularning hislariga ta‘sir etuvchi, ya‘ni amplifikatsiyalar. Rim respublikasining so‘nggi davrlarida eng yirik siyosiy arbob – Mark Tuliy Sitseron mamlakat taraqqiyotida ulkan rol o‘ynagan. Uning nutq, risola va xatlari hayotligi davridayoq lotin nasrchiligining tan olingan namunalari hisoblangan. Sitseron o‘z faoliyatining boshida Osiyo uslubi ta‘sirida nutqlar yozgan. Biroq keyinchalik u ikki usulni muvofiqlashtirishga harakat qiladi. Yuliy Sezar unga juda yuqori baho beradi. Zotan, uning har bir nutqi omma orasida shuhrat qozonadi. Sitseron fikricha, notiq quyidagi xislatlarga ega bo‘lmog‘i lozim: 1. Notiq juda dadil va amin bo‘lishi kerak. 2. Notiq to‘la isbotlanishi lozim. 3. Notiqda ahamiyatsiz narsa bo‘lmasligi kerak.  
 
4. 
Nutq materialini sitqidil to‘plash va idrok etish kerak.  
5. 
Materialni joylashtirish, tushunishga oson bo‘lishini ta‘minlash.  
Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, Rim notiqlik san‘ati o‘rta asr va keyingi davr 
notiqligiga ko‘p jihatdan o‘rnak bo‘ldi. Hatto hzirgi kunda ham unga tanqidiy yondashib, 
bahramand bo‘lishimiz mumkin.  
G‘arb mutafakkirlarining o‘gitlaridan  
1. 
Har qanday narsa haqida ikki bir-biriga zid fikrini aytish mumkin. Protator  
2. 
So‘z – jismi kichik va ko‘z ilg‘amas, ammo buyuk hukmdor, u ma‘budvash 
ishlarga qodir, zero, u ham qo‘rquvni chekintirishi, ham dardni yumshatishi, ham 
kayfiyatni ko‘tarishi, ham hamdard bo‘lishi mumkin. Men buni amalda ko‘rsataman. 
Tinglovchilarni faqat tuyg‘u inontirishga qodir.she‘riyatni butunicha chorlayman va uni 
me‘yoriy nutq deb bilaman. Uni tinglagan kishining qalbini dahshatli titroq, ko‘zlariga 
yosh keltiruvchi mehr egallaydi, o‘zgalarning yutug‘i va baxtsizligini so‘z vositasida 
qalbimiz o‘zinikidek qabul qiladi. So‘z vositasida ilohiy nafas qo‘shiqlar – afsungar rohat 
chaqirib, qayg‘u-nadomatni haydaydi. Afsun kuchi fikr bilan qo‘shilib, qalblarni rom 
etadi, sehri esa ularni yangilaydi. 
Yunonistonda bo‘lganidek, notiqlik san’atini o‘qitish uchun xizmat qiluvchi o‘quv 
- mashq notiqligi ham mavjud edi. Bunday notiqlikning asosiy vazifasi nutq nazariyasiga 
asosan notiqlik maktabida notiqlarning shakllanishi uchun xizmat qilgan. Keyinchalik 
Rimda urushning kuchayib ketganligi harbiy sarkardalar nutqining rivojlanishiga ham 
imkon berdi. Natijada Gʻarbu sharqda mashhur harbiy notiqlar paydo bo‘la boshladilar. 
Ularning vazifasi urushda askarlarni g‘alabaga chorlashdan iborat bo‘lgan. Notiqlik 
san’atining yirik namoyandasi Siseron bu san’atga yuksak baho berib, ikki xil san’atni — 
lashkarboshilik va notiqlik san’atini tan oladi: «Tarixda nom qoldirish uchun yo yaxshi 
sarkarda, yo yaxshi notiq bo‘lish kerak». Bunday ijodkor notiqlarning nomi o‘z 
mamlakati doirasidan chiqib, jahonga ma’lum va mashhur bo‘lgan. Aristotel, Demosfen 
va Siseron, Lisiy, Katon, aka-uka Grakxlar shular jumlasidandir. 
 
Aristotel (384-322) 
Markaziy Osiyoda Arastu nomi bilan mashhur bo‘lgan Aristotel eramizdan avvalgi 
384 yilda Stagirda (Makedoniya yarim oroli) shifokor oilasida dunyoga keldi. Uning otasi 
4. Nutq materialini sitqidil to‘plash va idrok etish kerak. 5. Materialni joylashtirish, tushunishga oson bo‘lishini ta‘minlash. Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, Rim notiqlik san‘ati o‘rta asr va keyingi davr notiqligiga ko‘p jihatdan o‘rnak bo‘ldi. Hatto hzirgi kunda ham unga tanqidiy yondashib, bahramand bo‘lishimiz mumkin. G‘arb mutafakkirlarining o‘gitlaridan 1. Har qanday narsa haqida ikki bir-biriga zid fikrini aytish mumkin. Protator 2. So‘z – jismi kichik va ko‘z ilg‘amas, ammo buyuk hukmdor, u ma‘budvash ishlarga qodir, zero, u ham qo‘rquvni chekintirishi, ham dardni yumshatishi, ham kayfiyatni ko‘tarishi, ham hamdard bo‘lishi mumkin. Men buni amalda ko‘rsataman. Tinglovchilarni faqat tuyg‘u inontirishga qodir.she‘riyatni butunicha chorlayman va uni me‘yoriy nutq deb bilaman. Uni tinglagan kishining qalbini dahshatli titroq, ko‘zlariga yosh keltiruvchi mehr egallaydi, o‘zgalarning yutug‘i va baxtsizligini so‘z vositasida qalbimiz o‘zinikidek qabul qiladi. So‘z vositasida ilohiy nafas qo‘shiqlar – afsungar rohat chaqirib, qayg‘u-nadomatni haydaydi. Afsun kuchi fikr bilan qo‘shilib, qalblarni rom etadi, sehri esa ularni yangilaydi. Yunonistonda bo‘lganidek, notiqlik san’atini o‘qitish uchun xizmat qiluvchi o‘quv - mashq notiqligi ham mavjud edi. Bunday notiqlikning asosiy vazifasi nutq nazariyasiga asosan notiqlik maktabida notiqlarning shakllanishi uchun xizmat qilgan. Keyinchalik Rimda urushning kuchayib ketganligi harbiy sarkardalar nutqining rivojlanishiga ham imkon berdi. Natijada Gʻarbu sharqda mashhur harbiy notiqlar paydo bo‘la boshladilar. Ularning vazifasi urushda askarlarni g‘alabaga chorlashdan iborat bo‘lgan. Notiqlik san’atining yirik namoyandasi Siseron bu san’atga yuksak baho berib, ikki xil san’atni — lashkarboshilik va notiqlik san’atini tan oladi: «Tarixda nom qoldirish uchun yo yaxshi sarkarda, yo yaxshi notiq bo‘lish kerak». Bunday ijodkor notiqlarning nomi o‘z mamlakati doirasidan chiqib, jahonga ma’lum va mashhur bo‘lgan. Aristotel, Demosfen va Siseron, Lisiy, Katon, aka-uka Grakxlar shular jumlasidandir. Aristotel (384-322) Markaziy Osiyoda Arastu nomi bilan mashhur bo‘lgan Aristotel eramizdan avvalgi 384 yilda Stagirda (Makedoniya yarim oroli) shifokor oilasida dunyoga keldi. Uning otasi  
 
Nikomax Aleksandr Makedonskiyning nabirasi podsho Aminti II saroyida shifokorlik 
qilgan. Aristotel 17 yoshida Afinaga keladi va bu yerda o‘z zamonasining mashhur 
olimlaridan bo‘lgan Platonga shogird tushadi. Platonning vafotidan so‘ng Aristotel 347 
yili Afinadan Troad tomon o‘tib, Assosga boradi. Chunki bu yerda ustozining tarafdorlari 
ko‘p edi. Unga, ayniqsa, zo‘ravon, zolim Germiy homiylik qiladi. Aristotel Germiy 
vafotidan so‘ng Lesbos yarim orolidagi Mitilen shahriga ko‘chib o‘tadi va u yerda 342 
yilgacha yashaydi. 342 yili Makedoniya podshosi Filipp o‘zining Aleksandr nomli 13 
yoshli o‘g‘lining tarbiyasi uchun Aristotelni Mitilendan chaqirib oladi. Bu yerda u falsafa 
maktabini ochadi va katta kutubxona tashkil qiladi. Shu davrda Gresiyada chiroyli 
so‘zlashga qiziqish kuchayib ketgan edi. Natijada qator notiqlik maktablari ochiladi. Bu 
maktablardan o‘z davrining so‘z san’ati ustalari tayyorlanardi. Keyinchalik chiroyli 
so‘zlash haqidagi qo‘llanmalar maydonga kela boshladi. Shunday asarlardan biri 
Aristotelning “Ritorika” nomli kitobidir. Buyuk olim uni mashhur “Poetika” nomli 
asaridan so‘ng, ya’ni eramizdan oldingi 330 yillarda Afinaga so‘nggi marta qaytib 
kelganda yozgan edi. Ma’lumki, ungacha Anaksimon, Lampsak ham “Ritorika” nomli 
qo‘llanma yaratgan edi. Bu ikki asar bir-biriga tamoman o‘xshamaydi. Ularning birinchisi 
qo‘llanma bo‘lsa, ikkinchisi chiroyli so‘zlash nazariyasi bo‘yicha ilmiy mulohazalardan 
iborat edi. Aristotelning “Ritorika”si uch kitobdan tashkil topgan. Asarning birinchi va 
ikkinchi kitoblari, asosan, chiroyli so‘zlash, ishontirish uslublari haqidagi nazariy fikr va 
mulohazalardan iborat bo‘lsa, uchinchi kitobida nutq mantiqiga juda katta ahamiyat 
beriladi. Olimning nutq nazariyasi haqidagi fikri, notiq tilidagi turli “qorishmalar”, ya’ni 
so‘zlarning noto‘g‘ri va noo‘rin talaffuz qilinishi, jumlalarning mantiqan har xil tuzilishi 
so‘zlovchining katta xatosidir, deb hisoblaydi. Aristotel har bir jumlaning asosiy fikrni 
ifoda etishga qaratilishi, ravon va tinglovchi tushunadigan darajada sodda bo‘lishini talab 
etadi. U notiqning hissiyot bilan so‘zlashi mulohaza yuritayotgan fikrning tinglovchi 
qalbiga tez yetishida muhim omil bo‘lishini alohida uqtiradi. Bundan tashqari, Aristotel 
notiqning auditoriyani o‘ziga jalb etishi uchun hazil-mutoyiba so‘zlar bilan lirik chekinish 
qilib, tinglovchilarni hayajonlantira bilish zarurligini, agar turli ko‘rgazmali qurollardan 
foydalansa, har xil epitet, chog‘ishtirish va metaforalarni qo‘llasa nutqining ta’sirchanligi 
yanada oshishini, ammo keltirilgan misollar ko‘payib ketib, tinglovchini zeriktirib 
qo‘ymasligi kerakligini ham ta’kidlaydi. 
Nikomax Aleksandr Makedonskiyning nabirasi podsho Aminti II saroyida shifokorlik qilgan. Aristotel 17 yoshida Afinaga keladi va bu yerda o‘z zamonasining mashhur olimlaridan bo‘lgan Platonga shogird tushadi. Platonning vafotidan so‘ng Aristotel 347 yili Afinadan Troad tomon o‘tib, Assosga boradi. Chunki bu yerda ustozining tarafdorlari ko‘p edi. Unga, ayniqsa, zo‘ravon, zolim Germiy homiylik qiladi. Aristotel Germiy vafotidan so‘ng Lesbos yarim orolidagi Mitilen shahriga ko‘chib o‘tadi va u yerda 342 yilgacha yashaydi. 342 yili Makedoniya podshosi Filipp o‘zining Aleksandr nomli 13 yoshli o‘g‘lining tarbiyasi uchun Aristotelni Mitilendan chaqirib oladi. Bu yerda u falsafa maktabini ochadi va katta kutubxona tashkil qiladi. Shu davrda Gresiyada chiroyli so‘zlashga qiziqish kuchayib ketgan edi. Natijada qator notiqlik maktablari ochiladi. Bu maktablardan o‘z davrining so‘z san’ati ustalari tayyorlanardi. Keyinchalik chiroyli so‘zlash haqidagi qo‘llanmalar maydonga kela boshladi. Shunday asarlardan biri Aristotelning “Ritorika” nomli kitobidir. Buyuk olim uni mashhur “Poetika” nomli asaridan so‘ng, ya’ni eramizdan oldingi 330 yillarda Afinaga so‘nggi marta qaytib kelganda yozgan edi. Ma’lumki, ungacha Anaksimon, Lampsak ham “Ritorika” nomli qo‘llanma yaratgan edi. Bu ikki asar bir-biriga tamoman o‘xshamaydi. Ularning birinchisi qo‘llanma bo‘lsa, ikkinchisi chiroyli so‘zlash nazariyasi bo‘yicha ilmiy mulohazalardan iborat edi. Aristotelning “Ritorika”si uch kitobdan tashkil topgan. Asarning birinchi va ikkinchi kitoblari, asosan, chiroyli so‘zlash, ishontirish uslublari haqidagi nazariy fikr va mulohazalardan iborat bo‘lsa, uchinchi kitobida nutq mantiqiga juda katta ahamiyat beriladi. Olimning nutq nazariyasi haqidagi fikri, notiq tilidagi turli “qorishmalar”, ya’ni so‘zlarning noto‘g‘ri va noo‘rin talaffuz qilinishi, jumlalarning mantiqan har xil tuzilishi so‘zlovchining katta xatosidir, deb hisoblaydi. Aristotel har bir jumlaning asosiy fikrni ifoda etishga qaratilishi, ravon va tinglovchi tushunadigan darajada sodda bo‘lishini talab etadi. U notiqning hissiyot bilan so‘zlashi mulohaza yuritayotgan fikrning tinglovchi qalbiga tez yetishida muhim omil bo‘lishini alohida uqtiradi. Bundan tashqari, Aristotel notiqning auditoriyani o‘ziga jalb etishi uchun hazil-mutoyiba so‘zlar bilan lirik chekinish qilib, tinglovchilarni hayajonlantira bilish zarurligini, agar turli ko‘rgazmali qurollardan foydalansa, har xil epitet, chog‘ishtirish va metaforalarni qo‘llasa nutqining ta’sirchanligi yanada oshishini, ammo keltirilgan misollar ko‘payib ketib, tinglovchini zeriktirib qo‘ymasligi kerakligini ham ta’kidlaydi.  
 
 
 Aristotel notiqlik san’atini egallashni 5 qismga bo‘lib o‘rgatadi: 
 
1. Materialni kashf etish (har tomonlama tayyorlash). Bunda Aristotel auditoriyaga 
mos matn tayyorlash lozimligini nazarda tutadi. Demak, har qanday notiq qanday 
auditoriyaga kirayotganligini his etishi va shunga ko‘ra matn materialini kashf etishi 
kerakligini qayd etadi. 
2. Materialni joylashtirish shakli (rejasi). Bunda Aristotel auditoriyaga mos matnni 
ta’sirchan, jozibali so‘zlar orqali fikr ketma-ketligini tuzib chiqishni tafsiya etadi. Fikr 
ketma-ketligi notiqning so‘z mahorati va o‘z nutqi orqali ifoda etish san’ati bilan bog‘liq 
hodisadir. 
3. Materialni eslab qolish (o‘zlashtirish). Notiq so‘zga chechan, so‘z ustasi 
bo‘lolmasa, u qanday materialni kashf etmasin, uning ketma-ketligini mos holda 
tayyorlamasin, eslash qobiliyati yaxshi bo‘lmasa, auditoriyaga yetkazib berolmaydi. 
Bunday holatda notiqdan kuchli xotira talab etiladi. 
4. Materialni so‘z yordamida to‘g‘ri aks ettirish. Notiq so‘z yordamida o‘z fikr-
mulohazalarini bayon etadi. Demak, u so‘z sehrini, ma’nosini, ko‘chma ma’noga 
egaligini, ta’sirchanligini his eta olishi va o‘z o‘rnida qo‘llay bilishi zarurdir. 
5. Materialni to‘g‘ri talaffuz etish. Agar notiq so‘z ustida tinimsiz izlanish olib 
bormasa, uning fikr ifodalash jarayonida so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz etish qobiliyati 
rivojlanmaydi. Izlanish va ijod har bir so‘zni to‘g‘ri talaffuz etish imkoniyatini keltirib 
chiqaradi. 
Aristotelning falsafiy fikrlari hozirgi kunda ham o‘z qiymatini saqlab kelmoqda. 
Gʻarbu sharq notiqlari bu fikrlar asosida o‘zlarining notiqlik mahoratlarini oshirib 
kelmoqdalar. 
 
Suqrot (taxminan 427-347y.y.) 
 
 Oddiy so‘z emas, ma’noga to‘yingan so‘z qudratga ega bo‘ladi, - deydi,-buyuk 
alloma Suqrot. Insoniyatga so‘z shuning uchun beriladiki, u o‘ziga yuklatilgan vazifani - 
dunyoni, o‘zligini anglash uchun xizmat qilsin. Faylasufning fikricha, nutq xuddi tirik 
Aristotel notiqlik san’atini egallashni 5 qismga bo‘lib o‘rgatadi: 1. Materialni kashf etish (har tomonlama tayyorlash). Bunda Aristotel auditoriyaga mos matn tayyorlash lozimligini nazarda tutadi. Demak, har qanday notiq qanday auditoriyaga kirayotganligini his etishi va shunga ko‘ra matn materialini kashf etishi kerakligini qayd etadi. 2. Materialni joylashtirish shakli (rejasi). Bunda Aristotel auditoriyaga mos matnni ta’sirchan, jozibali so‘zlar orqali fikr ketma-ketligini tuzib chiqishni tafsiya etadi. Fikr ketma-ketligi notiqning so‘z mahorati va o‘z nutqi orqali ifoda etish san’ati bilan bog‘liq hodisadir. 3. Materialni eslab qolish (o‘zlashtirish). Notiq so‘zga chechan, so‘z ustasi bo‘lolmasa, u qanday materialni kashf etmasin, uning ketma-ketligini mos holda tayyorlamasin, eslash qobiliyati yaxshi bo‘lmasa, auditoriyaga yetkazib berolmaydi. Bunday holatda notiqdan kuchli xotira talab etiladi. 4. Materialni so‘z yordamida to‘g‘ri aks ettirish. Notiq so‘z yordamida o‘z fikr- mulohazalarini bayon etadi. Demak, u so‘z sehrini, ma’nosini, ko‘chma ma’noga egaligini, ta’sirchanligini his eta olishi va o‘z o‘rnida qo‘llay bilishi zarurdir. 5. Materialni to‘g‘ri talaffuz etish. Agar notiq so‘z ustida tinimsiz izlanish olib bormasa, uning fikr ifodalash jarayonida so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz etish qobiliyati rivojlanmaydi. Izlanish va ijod har bir so‘zni to‘g‘ri talaffuz etish imkoniyatini keltirib chiqaradi. Aristotelning falsafiy fikrlari hozirgi kunda ham o‘z qiymatini saqlab kelmoqda. Gʻarbu sharq notiqlari bu fikrlar asosida o‘zlarining notiqlik mahoratlarini oshirib kelmoqdalar. Suqrot (taxminan 427-347y.y.) Oddiy so‘z emas, ma’noga to‘yingan so‘z qudratga ega bo‘ladi, - deydi,-buyuk alloma Suqrot. Insoniyatga so‘z shuning uchun beriladiki, u o‘ziga yuklatilgan vazifani - dunyoni, o‘zligini anglash uchun xizmat qilsin. Faylasufning fikricha, nutq xuddi tirik  
 
mavjudoddek tuzilishi, uning tanasi bilan qo‘l-oyog‘i bir-biriga muvofiq bo‘lgani singari 
nutqdagi so‘zlar o‘zaro mos bo‘lishi kerak. Birinchidan, nutq boshida kirish, ikkinchidan, 
bayon qilish, guvohliklar, uchinchidan-isbotlar, to‘rtinchidan-xulosa bo‘lishi kerak. 
Notiqlik borasida Suqrotning g‘oyasi quyidagicha: 
1.Dialogik muloqot. Bunda suhbatdoshlar o‘z fikrlarini, o‘z nutqlarini himoya 
qila olishlari uqtirilmaydi. Balki o‘zaro suhbat jarayonida hal etilishi zarur bo‘lgan 
masalani nihoyasiga yetkazish ko‘zda tutilgan. 
 
 2.Uyg‘unlashgan muloqot. Suhbat. Bahs-munozaraning asosiy maqsadi kurash 
yoki g‘alaba qilish emas, muloqot qatnashchilarining umumiy maqsadga erishishi uchun 
birlashishlaridir. 
 
 3.Fikriy muloqot. Odamlar o‘rtasidagi nutqning maqsadi muhokama mavzusida 
yashiringan, topish mumkin bo‘lgan haqiqatni, ma’noni izlash va topish. 
 
 Platon dialoglarida ham tasvir etilgan bir qancha shaxslar orasida alohida o‘rin 
tutadigan, alohida iliq muhabbat va samimiy ehtirom bilan tilga olinadigan zot 
Suqrotdir. 
 Bir kishi Suqrotning oldiga kelib, shunday dedi: 
-Bilasanmi, menga do‘sting sen haqingda nima deganini? 
- Shoshma-shoshma, oldin aytmoqchi bo‘lgan xabaringni uch elakdan o‘tkazib 
ol!–dedi Suqrot uni so‘zdan to‘xtatib. 
-Uch elak?! 
-Nimadir aytishdan avval, u xabaringni uch marta elaklash kerak. Birinchisi, 
haqiqat g‘alviridan. Aytmoqchi bo‘lgan xabaring rostligiga aminmisan? 
-Yo‘q, men shunchaki uni eshitdim. 
-Demak, sen buni rost yoki yolg‘onligini bilmaysan. Unday bo‘lsa – ikkinchisi, 
yaxshilik g‘alviridan o‘tkazamiz. Sen mening do‘stim haqida biron bir yaxshi narsa 
aytmoqchimisan? 
-Yo‘q, aksincha. 
mavjudoddek tuzilishi, uning tanasi bilan qo‘l-oyog‘i bir-biriga muvofiq bo‘lgani singari nutqdagi so‘zlar o‘zaro mos bo‘lishi kerak. Birinchidan, nutq boshida kirish, ikkinchidan, bayon qilish, guvohliklar, uchinchidan-isbotlar, to‘rtinchidan-xulosa bo‘lishi kerak. Notiqlik borasida Suqrotning g‘oyasi quyidagicha: 1.Dialogik muloqot. Bunda suhbatdoshlar o‘z fikrlarini, o‘z nutqlarini himoya qila olishlari uqtirilmaydi. Balki o‘zaro suhbat jarayonida hal etilishi zarur bo‘lgan masalani nihoyasiga yetkazish ko‘zda tutilgan. 2.Uyg‘unlashgan muloqot. Suhbat. Bahs-munozaraning asosiy maqsadi kurash yoki g‘alaba qilish emas, muloqot qatnashchilarining umumiy maqsadga erishishi uchun birlashishlaridir. 3.Fikriy muloqot. Odamlar o‘rtasidagi nutqning maqsadi muhokama mavzusida yashiringan, topish mumkin bo‘lgan haqiqatni, ma’noni izlash va topish. Platon dialoglarida ham tasvir etilgan bir qancha shaxslar orasida alohida o‘rin tutadigan, alohida iliq muhabbat va samimiy ehtirom bilan tilga olinadigan zot Suqrotdir. Bir kishi Suqrotning oldiga kelib, shunday dedi: -Bilasanmi, menga do‘sting sen haqingda nima deganini? - Shoshma-shoshma, oldin aytmoqchi bo‘lgan xabaringni uch elakdan o‘tkazib ol!–dedi Suqrot uni so‘zdan to‘xtatib. -Uch elak?! -Nimadir aytishdan avval, u xabaringni uch marta elaklash kerak. Birinchisi, haqiqat g‘alviridan. Aytmoqchi bo‘lgan xabaring rostligiga aminmisan? -Yo‘q, men shunchaki uni eshitdim. -Demak, sen buni rost yoki yolg‘onligini bilmaysan. Unday bo‘lsa – ikkinchisi, yaxshilik g‘alviridan o‘tkazamiz. Sen mening do‘stim haqida biron bir yaxshi narsa aytmoqchimisan? -Yo‘q, aksincha.  
 
-Xo‘sh, Suqrot so‘zida davom yetib, - sen u haqda biron yomon narsa 
aytmoqchisan-u, lekin o‘zing u so‘zning rostmi, yolg‘onmi ekanligini bilmaysan. 
Demak, aytmoqchi bo‘lgan xabaringni, uchinchi g‘alvirimiz - foyda elagidan 
o‘tkazamiz. Shunday ekan, sen aytmoqchi bo‘lgan xabaringni eshitishimdan menga 
qandaydir foyda bormi!? 
-Yo‘q, hech qanday foyda keltirmaydi. 
-Ha, shuni unutmaginki, aytmoqchi bo‘lgan har qanday gapingni rostligini 
bilmasang, shu xabaring yaxshilik bo‘lishiga sababchi bo‘lmasa yoinki bilishdan hech 
qanday naf yo‘q bo‘lsa, u holda sukut saqlagin, - deb ta’lim berdi Suqrot so‘zini 
yakunlab. 
 Dialogni o‘qiganimizda, xunukkina, g‘aribona kiyingan Suqrotning oddiy, ammo 
benihoya yoqimli mazmundor so‘zlari kalondimog‘, lekin ichi po‘k, xonaki olimlarni 
mulzam qilganini ko‘rib, zohiran juda to‘pori tuyulgan bu odamning aslida naqadar teran 
aql, tiniq fikr va atrofdagilarning dilini yoritib turadigan darajada dilrabo xislat egasi 
ekanligiga, hamisha haqiqat tarafdori bo‘lganligiga iqror bo‘lishimiz mumkin. 
 
 
 
 
Demosfen (384-322) 
 
 Notiqlik san’atiga o‘z ustida tinmay mehnat qilish orqali erishish mumkinligini 
isbotlagan va butun umrini Ona-vatanining gullab-yashnashiga bag‘ishlagan davlat 
arbobi, mashhur notiq Demosfen eramizdan oldingi 384 yili Afinada o‘ziga to‘q oilada 
dunyoga keldi. Otasining ismi ham Demosfen bo‘lib, qurol-yaroq ustaxonasining egasi 
bo‘lgan. Bo‘lajak notiq 5 yoshga to‘lganida otasidan ayriladi. Demosfen bilan singlisiga 
otadan katta meros qoladi. Bolalarning tarbiyasi va merosi vaqtincha tog‘asiga 
topshiriladi. Tog‘a esa barcha boyliklarni qo‘lga kiritib olgach, bolalarning tarbiyasi bilan 
qiziqmaydi. Natijada, Demosfen juda nimjon va kasalmand bo‘lib o‘sadi. 
 Demosfen voyaga yetgach, tog‘asi unga faqat qullari, uyi va uy jihozlarini hamda 
pulning ma’lum bir qisminigina berib aldaydi. Demosfen tog‘asidan mol-mulkning 
-Xo‘sh, Suqrot so‘zida davom yetib, - sen u haqda biron yomon narsa aytmoqchisan-u, lekin o‘zing u so‘zning rostmi, yolg‘onmi ekanligini bilmaysan. Demak, aytmoqchi bo‘lgan xabaringni, uchinchi g‘alvirimiz - foyda elagidan o‘tkazamiz. Shunday ekan, sen aytmoqchi bo‘lgan xabaringni eshitishimdan menga qandaydir foyda bormi!? -Yo‘q, hech qanday foyda keltirmaydi. -Ha, shuni unutmaginki, aytmoqchi bo‘lgan har qanday gapingni rostligini bilmasang, shu xabaring yaxshilik bo‘lishiga sababchi bo‘lmasa yoinki bilishdan hech qanday naf yo‘q bo‘lsa, u holda sukut saqlagin, - deb ta’lim berdi Suqrot so‘zini yakunlab. Dialogni o‘qiganimizda, xunukkina, g‘aribona kiyingan Suqrotning oddiy, ammo benihoya yoqimli mazmundor so‘zlari kalondimog‘, lekin ichi po‘k, xonaki olimlarni mulzam qilganini ko‘rib, zohiran juda to‘pori tuyulgan bu odamning aslida naqadar teran aql, tiniq fikr va atrofdagilarning dilini yoritib turadigan darajada dilrabo xislat egasi ekanligiga, hamisha haqiqat tarafdori bo‘lganligiga iqror bo‘lishimiz mumkin. Demosfen (384-322) Notiqlik san’atiga o‘z ustida tinmay mehnat qilish orqali erishish mumkinligini isbotlagan va butun umrini Ona-vatanining gullab-yashnashiga bag‘ishlagan davlat arbobi, mashhur notiq Demosfen eramizdan oldingi 384 yili Afinada o‘ziga to‘q oilada dunyoga keldi. Otasining ismi ham Demosfen bo‘lib, qurol-yaroq ustaxonasining egasi bo‘lgan. Bo‘lajak notiq 5 yoshga to‘lganida otasidan ayriladi. Demosfen bilan singlisiga otadan katta meros qoladi. Bolalarning tarbiyasi va merosi vaqtincha tog‘asiga topshiriladi. Tog‘a esa barcha boyliklarni qo‘lga kiritib olgach, bolalarning tarbiyasi bilan qiziqmaydi. Natijada, Demosfen juda nimjon va kasalmand bo‘lib o‘sadi. Demosfen voyaga yetgach, tog‘asi unga faqat qullari, uyi va uy jihozlarini hamda pulning ma’lum bir qisminigina berib aldaydi. Demosfen tog‘asidan mol-mulkning  
 
qolganini yaxshilik bilan qaytarib berishini so‘raydi. Biroq tog‘a bundan bosh tortganidan 
keyin u qolgan merosini sud orqali undirib olishga qaror qiladi. Sudda muvaffaqiyat 
qozonish uchun Afinaning davlat qonunlarini yaxshi bilish, shu bilan birga, ravon 
so‘zlash, da’vosining to‘g‘riligiga kishilarni ishontirish kerak edi. Shu sababli Demosfen 
notiqlik san’atini o‘rganish uchun o‘z davrining meros ishlari bo‘yicha mashhur advokati 
Isey maktabida ta’lim olishga majbur bo‘ladi va to‘rt yil davomida qunt bilan o‘qiydi. 
Shuningdek, bu davrda ko‘pgina yozuvchilarning asarlari bilan tanishib chiqadi. Ayniqsa, 
mashhur tarixchi Fukidid (eramizdan oldingi V asrda yashagan Afina tarixchisi va davlat 
arbobi. U Pelopan urushida ishtirok etgan va uning tarixini yozgan) va faylasuf 
Platonning tanlangan asarlarini puxta o‘rganadi. Bo‘lajak notiq Fukidid asarlarini sakkiz 
marotaba qayta ko‘chirib yozib, uni deyarli yoddan o‘zlashtiradi. 
 Demosfen o‘qishni tugatgach, vasiylari bilan sudlashadi va sud besh yil davom 
etadi. Bir necha yil surunkasiga bo‘lgan kurash bo‘lajak notiq xarakterining toblanishida, 
bir so‘zli va matonatli bo‘lishida katta rol o‘ynaydi. Yoshlik chog‘laridayoq ko‘pchilik 
oldida so‘zga chiqishni orzu qilib yurgan Demosfen o‘qish yillarida o‘qituvchisi bilan 
sud majlislariga qatnashadi. Demosfen notiqlik bilan shug‘ullanishdan avval o‘z ustozi 
yo‘lidan borib, boshqalarga sudda so‘zlanadigan nutqning matnini yozib berar va bu 
ishlari uchun yaxshigina haq olar edi. Bora-bora nutqiy matnlar yozish Demosfenni 
qoniqtirmaydi. U otashin vatanparvar sifatida o‘z ijtimoiy faoliyatini Vatan ravnaqi 
uchun sarflashni orzu qiladi. Shu orzusi ortidan ergashadi, qunt bilan o‘qiydi, o‘rganadi. 
 Yosh notiqning xalq oldidagi birinchi nutqi ayanchli holda: to‘polon, kulgi, 
qiyqiriq, hushtak chalib masxaralash bilan qarshi olinadi. U o‘z nutqini tugatolmay 
minbardan tushishga majbur bo‘ladi. 
 Demosfen nutqining bunday ayanchli tugashi tabiiy edi, chunki uning tovushi juda 
past bo‘lib, bir oz duduqlanar, “R” harfini talaffuz etolmas, g‘uldirab, mujmal gapirar edi. 
Bulardan tashqari, uning yelkasini qimirlatib turadigan odati ham bo‘lib, ko‘pchilik 
orasida o‘zini to‘g‘ri tuta bilmas edi. 
 Xalq majlislaridan birida Demosfen o‘zini ikkinchi bor sinab ko‘radi. Lekin bu 
safar ham muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Shundan so‘ng Demosfen o‘z nutqidagi 
kamchiliklarni boshqa takrorlamaslik uchun astoydil bosh qotiradi. Har kuni bir necha 
soatlab noto‘g‘ri talaffuz etayotgan so‘zlari ustida qayta-qayta mashq qiladi. Og‘ziga tosh 
qolganini yaxshilik bilan qaytarib berishini so‘raydi. Biroq tog‘a bundan bosh tortganidan keyin u qolgan merosini sud orqali undirib olishga qaror qiladi. Sudda muvaffaqiyat qozonish uchun Afinaning davlat qonunlarini yaxshi bilish, shu bilan birga, ravon so‘zlash, da’vosining to‘g‘riligiga kishilarni ishontirish kerak edi. Shu sababli Demosfen notiqlik san’atini o‘rganish uchun o‘z davrining meros ishlari bo‘yicha mashhur advokati Isey maktabida ta’lim olishga majbur bo‘ladi va to‘rt yil davomida qunt bilan o‘qiydi. Shuningdek, bu davrda ko‘pgina yozuvchilarning asarlari bilan tanishib chiqadi. Ayniqsa, mashhur tarixchi Fukidid (eramizdan oldingi V asrda yashagan Afina tarixchisi va davlat arbobi. U Pelopan urushida ishtirok etgan va uning tarixini yozgan) va faylasuf Platonning tanlangan asarlarini puxta o‘rganadi. Bo‘lajak notiq Fukidid asarlarini sakkiz marotaba qayta ko‘chirib yozib, uni deyarli yoddan o‘zlashtiradi. Demosfen o‘qishni tugatgach, vasiylari bilan sudlashadi va sud besh yil davom etadi. Bir necha yil surunkasiga bo‘lgan kurash bo‘lajak notiq xarakterining toblanishida, bir so‘zli va matonatli bo‘lishida katta rol o‘ynaydi. Yoshlik chog‘laridayoq ko‘pchilik oldida so‘zga chiqishni orzu qilib yurgan Demosfen o‘qish yillarida o‘qituvchisi bilan sud majlislariga qatnashadi. Demosfen notiqlik bilan shug‘ullanishdan avval o‘z ustozi yo‘lidan borib, boshqalarga sudda so‘zlanadigan nutqning matnini yozib berar va bu ishlari uchun yaxshigina haq olar edi. Bora-bora nutqiy matnlar yozish Demosfenni qoniqtirmaydi. U otashin vatanparvar sifatida o‘z ijtimoiy faoliyatini Vatan ravnaqi uchun sarflashni orzu qiladi. Shu orzusi ortidan ergashadi, qunt bilan o‘qiydi, o‘rganadi. Yosh notiqning xalq oldidagi birinchi nutqi ayanchli holda: to‘polon, kulgi, qiyqiriq, hushtak chalib masxaralash bilan qarshi olinadi. U o‘z nutqini tugatolmay minbardan tushishga majbur bo‘ladi. Demosfen nutqining bunday ayanchli tugashi tabiiy edi, chunki uning tovushi juda past bo‘lib, bir oz duduqlanar, “R” harfini talaffuz etolmas, g‘uldirab, mujmal gapirar edi. Bulardan tashqari, uning yelkasini qimirlatib turadigan odati ham bo‘lib, ko‘pchilik orasida o‘zini to‘g‘ri tuta bilmas edi. Xalq majlislaridan birida Demosfen o‘zini ikkinchi bor sinab ko‘radi. Lekin bu safar ham muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Shundan so‘ng Demosfen o‘z nutqidagi kamchiliklarni boshqa takrorlamaslik uchun astoydil bosh qotiradi. Har kuni bir necha soatlab noto‘g‘ri talaffuz etayotgan so‘zlari ustida qayta-qayta mashq qiladi. Og‘ziga tosh  
 
solib olib, qattiq va ravon gapirishga harakat qiladi. “R” tovushini to‘g‘ri talaffuz etish 
maqsadida kuchuk bolasining irillashini kuzatadi va o‘zi ham xuddi shu tovushni 
qaytaradi. Nihoyat, uzoq muddatli tinimsiz mashqlardan so‘ng Demosfen o‘z maqsadiga 
erishadi. Natijada, dunyo tan olgan mashhur notiq bo‘lib yetishadi. Ammo shunga 
qaramay, u hech qachon tayyorgarliksiz nutq so‘zlamas, oldindan yozib qo‘yilgan matnni 
yodlab olar, har bir so‘z ustida puxta o‘ylanar, jumlalarni aniq va chiroyli tuzishga harakat 
qilar edi. Ulug‘ notiqning nutqi shu qadar sodda, ravon, mantiqan puxta va jozibali 
bo‘lardiki, bu faqat mashaqqatli mehnat samarasi edi. 
 Demosfen bo‘lmag‘ur safsatalarni yoqtirmas, xotirjamlik bilan tinglovchilarni 
o‘ziga tortar, ularni o‘zi himoya qilayotgan ishning haqligiga ishontirish uchun butun 
kuch-quvvatini sarflar edi. Demosfen 30 yoshga to‘lganda davlat ishlarida ham ishtirok 
eta boshlaydi. U o‘zining butun mahorat va bilimini Vatanining dushmani — 
makedoniyalik podsho Filippga qaratadi. Afina davlati Makedoniya rahbarligiga o‘tgach, 
Demosfen dushmanlari qaytadan bosh ko‘taradilar. Aslida bu voqeadan bir necha yil 
ilgari Xalq partiyasi Demosfenning vatanparvarligini yuksak baholab, uni “Oltin 
gulchambar” bilan taqdirlashga tavsiya etgan, Xalq majlisi ham buni ma’qullab, qaror 
qabul qilgan edi. Makedoniya tarafdorlari bu qarorga qarshi chiqadilar. Hatto o‘z 
davrining mashhur notiqlaridan bo‘lgan Esxin majlis qarori ustidan sudga shikoyat qilib 
ariza beradi. U xalq majlisining noto‘g‘ri qaror chiqarganligini isbotlashga urinib, 
Demosfenning bunday oliy mukofotga munosib emasligini uqtiradi. Qayta bo‘lgan sud 
ikki buyuk notiqning yakkama-yakka olishuviga aylanib ketadi. Sud bo‘layotgan 
maydonga shunchalik ko‘p xalq to‘plangan ediki, go‘yo mavj urib turgan dengizni 
eslatardi. Demosfenni qoralab so‘zga chiqqan Esxin tamomila kurakda turmaydigan 
gaplar bilan tuhmat toshini ota boshlaydi. “Gulchambar”ni himoya qilish maqsadida so‘z 
olgan Demosfen esa, Vatanining gullab-yashnashi yo‘lida tinmay kurashganini, shu bilan 
birga, Esxinning sotqinlikdan iborat faoliyatini yorqin nutqida obrazli tarzda tasvirlab 
beradi. Gʻanimlarning qarshiligiga qaramay, sud juda to‘g‘ri va oqilona qaror chiqaradi. 
Sud hukmiga muvofiq Esxinga katta miqdorda jarima solinib, Afinadan badarg‘a qilinadi. 
Demosfenning “Gulchambar” haqidagi nutqi faqat Esxin ustidan qozonilgan g‘alabagina 
emas, balki Afina va butun Gresiyadagi vatanparvarlarning tantanasi ham edi. Suddagi 
muvaffaqiyatidan so‘ng, Demosfenning davlat oldidagi obro‘si yanada oshadi. Biroq turli 
solib olib, qattiq va ravon gapirishga harakat qiladi. “R” tovushini to‘g‘ri talaffuz etish maqsadida kuchuk bolasining irillashini kuzatadi va o‘zi ham xuddi shu tovushni qaytaradi. Nihoyat, uzoq muddatli tinimsiz mashqlardan so‘ng Demosfen o‘z maqsadiga erishadi. Natijada, dunyo tan olgan mashhur notiq bo‘lib yetishadi. Ammo shunga qaramay, u hech qachon tayyorgarliksiz nutq so‘zlamas, oldindan yozib qo‘yilgan matnni yodlab olar, har bir so‘z ustida puxta o‘ylanar, jumlalarni aniq va chiroyli tuzishga harakat qilar edi. Ulug‘ notiqning nutqi shu qadar sodda, ravon, mantiqan puxta va jozibali bo‘lardiki, bu faqat mashaqqatli mehnat samarasi edi. Demosfen bo‘lmag‘ur safsatalarni yoqtirmas, xotirjamlik bilan tinglovchilarni o‘ziga tortar, ularni o‘zi himoya qilayotgan ishning haqligiga ishontirish uchun butun kuch-quvvatini sarflar edi. Demosfen 30 yoshga to‘lganda davlat ishlarida ham ishtirok eta boshlaydi. U o‘zining butun mahorat va bilimini Vatanining dushmani — makedoniyalik podsho Filippga qaratadi. Afina davlati Makedoniya rahbarligiga o‘tgach, Demosfen dushmanlari qaytadan bosh ko‘taradilar. Aslida bu voqeadan bir necha yil ilgari Xalq partiyasi Demosfenning vatanparvarligini yuksak baholab, uni “Oltin gulchambar” bilan taqdirlashga tavsiya etgan, Xalq majlisi ham buni ma’qullab, qaror qabul qilgan edi. Makedoniya tarafdorlari bu qarorga qarshi chiqadilar. Hatto o‘z davrining mashhur notiqlaridan bo‘lgan Esxin majlis qarori ustidan sudga shikoyat qilib ariza beradi. U xalq majlisining noto‘g‘ri qaror chiqarganligini isbotlashga urinib, Demosfenning bunday oliy mukofotga munosib emasligini uqtiradi. Qayta bo‘lgan sud ikki buyuk notiqning yakkama-yakka olishuviga aylanib ketadi. Sud bo‘layotgan maydonga shunchalik ko‘p xalq to‘plangan ediki, go‘yo mavj urib turgan dengizni eslatardi. Demosfenni qoralab so‘zga chiqqan Esxin tamomila kurakda turmaydigan gaplar bilan tuhmat toshini ota boshlaydi. “Gulchambar”ni himoya qilish maqsadida so‘z olgan Demosfen esa, Vatanining gullab-yashnashi yo‘lida tinmay kurashganini, shu bilan birga, Esxinning sotqinlikdan iborat faoliyatini yorqin nutqida obrazli tarzda tasvirlab beradi. Gʻanimlarning qarshiligiga qaramay, sud juda to‘g‘ri va oqilona qaror chiqaradi. Sud hukmiga muvofiq Esxinga katta miqdorda jarima solinib, Afinadan badarg‘a qilinadi. Demosfenning “Gulchambar” haqidagi nutqi faqat Esxin ustidan qozonilgan g‘alabagina emas, balki Afina va butun Gresiyadagi vatanparvarlarning tantanasi ham edi. Suddagi muvaffaqiyatidan so‘ng, Demosfenning davlat oldidagi obro‘si yanada oshadi. Biroq turli  
 
sabablarga ko‘ra, Makedoniya bilan Afina o‘rtasida boshlanib ketgan urushda afinaliklar 
mag‘lub bo‘lib, barcha vatanparvarlar o‘z yurtlaridan badarg‘a qilinadilar. Faqat 
aristokrat boylargagina siyosiy va iqtisodiy huquqlar beriladi. Demosfen sirtdan o‘limga 
mahkum etiladi. Shundan so‘ng u Kalavri oroliga qochib borib, Poseydon ibodatxonasiga 
yashirinadi. O‘sha vaqtlarda ibodatxonaga qochib kirgan odamni, kim bo‘lishidan qati 
nazar, qamash yoki o‘ldirish mumkin emas edi. Chunki u xudoning panohi va himoyasida 
hisoblanar edi. 
 Dushmanlari Demosfenning yashiringan joyidan xabar topib, uni tiriklayin qo‘lga 
tushirishga harakat qiladilar. Ular notiqqa bo‘lmag‘ur va’dalarni berib, Antipatra 
huzuriga olib bormoqchi bo‘ladilar. Demosfen yovuz niyatni fahmlagach, uyiga xat 
yozish bahonasi bilan ibodatxonaning ichkarisiga kirib, zahar ichadi. Buyuk notiq 
eramizdan oldingi 322 yilning 12 oktyabrida shu tariqa dunyodan o‘tadi. 
 Demosfen uslubi qo‘yidagicha bo‘lgan: 
 1. Demosfen nutq matnida ham, nutq talqini jarayonida ham arxaizmdan qochadi, 
juda latif va jozibador so‘zlarni qo‘llamaydi, yangicha so‘z, ibora va terminlar 
to‘qimaydi. Faqatgina, gohida xalq hikmatlaridan va maqol-matallardangina foydalanadi. 
 2. U nutqlarida biror tushunchani ifoda etuvchi sinonimlarni ko‘p qo‘llaydi. 
Masalan, “mayli gapirsin va maslahat bersin”, “shodlanmoq va quvonmoq”. “yig‘lamoq 
va ko‘z yoshi to‘kmoq”, “so‘zlar va nutqlar” kabi sinonimlar uning nutq matnlarida 
ko‘plab uchraydi. 
 3. U nutqda uzuq-yuluq gaplardan qochar, qisqa bo‘g‘in, kalta-kalta jumlalarni 
ishlatmas, aksincha, uzun, cho‘ziq bo‘g‘inlarni ko‘plab qo‘llashni xush ko‘rardi. 
 4. Nutq matnlarini tayyorlash jarayonida gapning boshi va oxiriga mantiqiy urg‘u 
tushuvchi, muhim ma’no kasb etuvchi so‘zlarni qo‘yardi. 
 5. Nutqda musiqiylik va ta’sirchanlikka erishish uchun jumlalarning oxiri nasriy 
she’r bilan, muayyan vazn bilan tugashiga alohida e’tibor berardi. 
 6. Demosfen nutqlaridagi davrlanish kompozision yaxlitlik va mutanosiblikka ega 
edi. Uning har bir nutqiy davri oldingi va keyingisi bilan mantiqiy mustahkam bog‘lanib, 
ulardan birortasini isloh etish mazmuniga ham, shaklga ham katta putur yetkazardi. 
 7. Ayrim, o‘zi uchun muhim tuyulgan so‘zlarni ongli ravishda bir necha marta 
qaytarishni yoqtirardi. 
sabablarga ko‘ra, Makedoniya bilan Afina o‘rtasida boshlanib ketgan urushda afinaliklar mag‘lub bo‘lib, barcha vatanparvarlar o‘z yurtlaridan badarg‘a qilinadilar. Faqat aristokrat boylargagina siyosiy va iqtisodiy huquqlar beriladi. Demosfen sirtdan o‘limga mahkum etiladi. Shundan so‘ng u Kalavri oroliga qochib borib, Poseydon ibodatxonasiga yashirinadi. O‘sha vaqtlarda ibodatxonaga qochib kirgan odamni, kim bo‘lishidan qati nazar, qamash yoki o‘ldirish mumkin emas edi. Chunki u xudoning panohi va himoyasida hisoblanar edi. Dushmanlari Demosfenning yashiringan joyidan xabar topib, uni tiriklayin qo‘lga tushirishga harakat qiladilar. Ular notiqqa bo‘lmag‘ur va’dalarni berib, Antipatra huzuriga olib bormoqchi bo‘ladilar. Demosfen yovuz niyatni fahmlagach, uyiga xat yozish bahonasi bilan ibodatxonaning ichkarisiga kirib, zahar ichadi. Buyuk notiq eramizdan oldingi 322 yilning 12 oktyabrida shu tariqa dunyodan o‘tadi. Demosfen uslubi qo‘yidagicha bo‘lgan: 1. Demosfen nutq matnida ham, nutq talqini jarayonida ham arxaizmdan qochadi, juda latif va jozibador so‘zlarni qo‘llamaydi, yangicha so‘z, ibora va terminlar to‘qimaydi. Faqatgina, gohida xalq hikmatlaridan va maqol-matallardangina foydalanadi. 2. U nutqlarida biror tushunchani ifoda etuvchi sinonimlarni ko‘p qo‘llaydi. Masalan, “mayli gapirsin va maslahat bersin”, “shodlanmoq va quvonmoq”. “yig‘lamoq va ko‘z yoshi to‘kmoq”, “so‘zlar va nutqlar” kabi sinonimlar uning nutq matnlarida ko‘plab uchraydi. 3. U nutqda uzuq-yuluq gaplardan qochar, qisqa bo‘g‘in, kalta-kalta jumlalarni ishlatmas, aksincha, uzun, cho‘ziq bo‘g‘inlarni ko‘plab qo‘llashni xush ko‘rardi. 4. Nutq matnlarini tayyorlash jarayonida gapning boshi va oxiriga mantiqiy urg‘u tushuvchi, muhim ma’no kasb etuvchi so‘zlarni qo‘yardi. 5. Nutqda musiqiylik va ta’sirchanlikka erishish uchun jumlalarning oxiri nasriy she’r bilan, muayyan vazn bilan tugashiga alohida e’tibor berardi. 6. Demosfen nutqlaridagi davrlanish kompozision yaxlitlik va mutanosiblikka ega edi. Uning har bir nutqiy davri oldingi va keyingisi bilan mantiqiy mustahkam bog‘lanib, ulardan birortasini isloh etish mazmuniga ham, shaklga ham katta putur yetkazardi. 7. Ayrim, o‘zi uchun muhim tuyulgan so‘zlarni ongli ravishda bir necha marta qaytarishni yoqtirardi.  
 
 8. So‘z va jumlalarni o‘zaro qarama-qarshi qo‘yib, ifodaviylik va obrazlilikka 
erishishni xush ko‘rar edi. Jumladan, “Gulchambar haqida” nomli nutqida Esxinga qarata 
shunday deydi: “Sen savod chiqararding, men bo‘lsam maktabga qatnardim, sen 
maqtovlar tayyorlarding, men maqtanuvchi edim, sen xorda raqsga tusharding, men 
xorning xo‘jayini edim, sen kotib eding, men bo‘lsam xalq majlisida qatnashardim, sen 
mayda rolda chiquvchi aktyor eding, men esa tomoshabin edim, sen rasvo qilib 
o‘ynarding, men bo‘lsam xushtak chalardim”. 
 9. Ritorik savollardan unumli va o‘rinli foydalanardi. Shuning uchun ham uning 
nutqlarida “Xo‘sh, buning hammasiga sabab nima?”, “Nega endi men buni hozir 
gaprayapman?” kabi ritorik savollar ko‘plab uchraydi. 
 10. Demosfenning nutqlari eng avval o‘zining chuqur mazmundorligi, siyosiy 
o‘tkirligi bilan diqqatga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, uning fikrlari nihoyatda olijanob, 
vatanparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan, samimiy pafosi bilan xarakterlanar edi. 
 11. U nutq talqini jarayonida emosional hayajon, jestikulyasiya, mimika kabi 
psixofizik va tashqi ifoda vositalaridan unumli foydalangan. 
 12. Demosfen o‘zining notiqlik missiyasini faqatgina Vatanga va xalqiga halol 
xizmat qilishdan iborat, deb tushunardi. 
 Demosfen Afina notiqligining yirik namoyandasi bo‘lib, uning texnik mashqlari, 
nutq talqini jarayonidagi holatlari, nutq ustida ishlash uslublari, til imkoniyatlaridan 
foydalanish va notiqlikning talqiniy ifoda vositalaridan mohirona foydalana olishi barcha 
notiqlar uchun maktab vazifasini o‘tagan va bugungi kunda ham ahamiyatga ega 
hisoblanadi. 
 
Sitseron (103-43) 
 
 Mark Tulliy Siseron eramizdan oldingi 103 yilda Rimdan uzoq bo‘lmagan Arpina 
shahrida badavlat oilada dunyoga keldi. Uning bolalik yillari Arpina shahridagi otasiga 
qarashli yerlarda o‘tadi. Otasi o‘z farzandiga yaxshi ta’lim-tarbiya berish maqsadida 
Rimga ko‘chib o‘tadi. Siseron u yerda Yunon murabbiylari qo‘lida tahsil oladi. Yunon 
tili va adabiyotini mukammal egallagach, Yunonistonning mashhur so‘z ustalari Lisiniy 
Koidaas va Mark Antoniy kabi notiqlardan so‘z san’atining nozik sir-asrorlarini 
8. So‘z va jumlalarni o‘zaro qarama-qarshi qo‘yib, ifodaviylik va obrazlilikka erishishni xush ko‘rar edi. Jumladan, “Gulchambar haqida” nomli nutqida Esxinga qarata shunday deydi: “Sen savod chiqararding, men bo‘lsam maktabga qatnardim, sen maqtovlar tayyorlarding, men maqtanuvchi edim, sen xorda raqsga tusharding, men xorning xo‘jayini edim, sen kotib eding, men bo‘lsam xalq majlisida qatnashardim, sen mayda rolda chiquvchi aktyor eding, men esa tomoshabin edim, sen rasvo qilib o‘ynarding, men bo‘lsam xushtak chalardim”. 9. Ritorik savollardan unumli va o‘rinli foydalanardi. Shuning uchun ham uning nutqlarida “Xo‘sh, buning hammasiga sabab nima?”, “Nega endi men buni hozir gaprayapman?” kabi ritorik savollar ko‘plab uchraydi. 10. Demosfenning nutqlari eng avval o‘zining chuqur mazmundorligi, siyosiy o‘tkirligi bilan diqqatga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, uning fikrlari nihoyatda olijanob, vatanparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan, samimiy pafosi bilan xarakterlanar edi. 11. U nutq talqini jarayonida emosional hayajon, jestikulyasiya, mimika kabi psixofizik va tashqi ifoda vositalaridan unumli foydalangan. 12. Demosfen o‘zining notiqlik missiyasini faqatgina Vatanga va xalqiga halol xizmat qilishdan iborat, deb tushunardi. Demosfen Afina notiqligining yirik namoyandasi bo‘lib, uning texnik mashqlari, nutq talqini jarayonidagi holatlari, nutq ustida ishlash uslublari, til imkoniyatlaridan foydalanish va notiqlikning talqiniy ifoda vositalaridan mohirona foydalana olishi barcha notiqlar uchun maktab vazifasini o‘tagan va bugungi kunda ham ahamiyatga ega hisoblanadi. Sitseron (103-43) Mark Tulliy Siseron eramizdan oldingi 103 yilda Rimdan uzoq bo‘lmagan Arpina shahrida badavlat oilada dunyoga keldi. Uning bolalik yillari Arpina shahridagi otasiga qarashli yerlarda o‘tadi. Otasi o‘z farzandiga yaxshi ta’lim-tarbiya berish maqsadida Rimga ko‘chib o‘tadi. Siseron u yerda Yunon murabbiylari qo‘lida tahsil oladi. Yunon tili va adabiyotini mukammal egallagach, Yunonistonning mashhur so‘z ustalari Lisiniy Koidaas va Mark Antoniy kabi notiqlardan so‘z san’atining nozik sir-asrorlarini  
 
o‘rganadi, ularning ajoyib nutqlarini tinglaydi. Bo‘lajak notiq ayni vaqtda falsafa bilan 
shug‘ullanadi. Lekin uni ko‘proq notiqlik san’ati qiziqtiradi. Siseron notiqlarning turli 
mimika va harakatlar bilan so‘zlayotganini ko‘rib, notiq bo‘lish uchun aktyorlikdan ham 
xabardor bo‘lish kerak ekan, degan xulosaga keladi. Shuning uchun Ezop va Rossiy kabi 
o‘z davrining mashhur aktyorlaridan saboq oladi. 
 Siseron uzoq tayyorgarlikdan so‘ng, 25 yoshida birinchi marotaba xalq oldida nutq 
so‘zlashga jur’at etadi. U avval fuqarolik so‘ngra jinoiy ish jarayoni bo‘yicha gapiradi. 
Biroq uning bu nutqiga davlat boshliqlaridan Sull hamda Kott ismli mashhur notiqlar 
qarshi chiqadi. Shundan so‘ng u ritorika va falsafa fanlaridan mukammalroq nazariy bilim 
olish maqsadida zamonasining buyuk notiqlaridan hisoblangan Antio Askalonskiydan 
ta’lim oladi, mashhur so‘z ustalaridan notiqlik sirlarini o‘rganish niyatida Kichik 
Osiyoning bir qancha shaharlarini kezib chiqadi. U ancha vaqtgacha nutq so‘zlashda 
yangi usullar qidiradi. Nihoyat, Osiyo hamda Attika (O‘rta Gresiyaning Yunoniston 
janubi sharqidagi dengiz ichkarisiga ancha yorib kirgan yarim orol Attika deb ataladi) 
usullari omuxtasidan iborat bo‘lgan yangi bir uslub kashf etadi. 
 Siseron zamonasining ko‘pchilik so‘z ustalari singari o‘z faoliyatining ilk 
davrlaridayoq nutqida uslubning chiroyliligi, iboralarning jonliligi, jumlalarning nafis 
bo‘lishiga katta e’tibor beradi. 
 Siseron Osiyoga sayohat qilib, notiqlik san’atining sirlarini o‘rganib yurgan 
vaqtida Rim hukmdori Sull vafot etadi. Shundan so‘ng yosh notiq Rimga qaytib keladi 
va 31 yoshidan boshlab davlat ishlarida ishtirok etadi. Siseron konsullik lavozimiga 
saylangach, butun notiqlik mahoratini siyosiy nutqlarga bag‘ishladi. U suddagi nutqlarida 
o‘zi yaratgan uslubdan foydalanib, raqiblarini “qo‘l-oyog‘i bog‘langan quyonday taslim 
qildi”. Hukmdor Sull tomonidan qabul qilingan senat qonunlarini qattiq qoralab, Sull 
tarafdorlarini o‘ldirib yuboradi. Kelgusi yili (59 yil) Siseron o‘rniga Syezar konsul bo‘lib 
saylangach, senatning Sull loyihasiga juda yaqin bo‘lgan yangi qonunlar qabul qilinadi. 
Gabini va Pizonlar o‘zlari konsul bo‘lib ish boshlagan 58-yilning dastlabki davrida 
Siseronni Rimdan badarg‘a etish haqida qonun chiqarishga harakat qiladilar. 
Dushmanlari tomonidan qasos olinishi muqarrar ekanligiga ishongan notiq proyekti 
chiqmasidanoq Yunonistonga jo‘nab ketadi. 
o‘rganadi, ularning ajoyib nutqlarini tinglaydi. Bo‘lajak notiq ayni vaqtda falsafa bilan shug‘ullanadi. Lekin uni ko‘proq notiqlik san’ati qiziqtiradi. Siseron notiqlarning turli mimika va harakatlar bilan so‘zlayotganini ko‘rib, notiq bo‘lish uchun aktyorlikdan ham xabardor bo‘lish kerak ekan, degan xulosaga keladi. Shuning uchun Ezop va Rossiy kabi o‘z davrining mashhur aktyorlaridan saboq oladi. Siseron uzoq tayyorgarlikdan so‘ng, 25 yoshida birinchi marotaba xalq oldida nutq so‘zlashga jur’at etadi. U avval fuqarolik so‘ngra jinoiy ish jarayoni bo‘yicha gapiradi. Biroq uning bu nutqiga davlat boshliqlaridan Sull hamda Kott ismli mashhur notiqlar qarshi chiqadi. Shundan so‘ng u ritorika va falsafa fanlaridan mukammalroq nazariy bilim olish maqsadida zamonasining buyuk notiqlaridan hisoblangan Antio Askalonskiydan ta’lim oladi, mashhur so‘z ustalaridan notiqlik sirlarini o‘rganish niyatida Kichik Osiyoning bir qancha shaharlarini kezib chiqadi. U ancha vaqtgacha nutq so‘zlashda yangi usullar qidiradi. Nihoyat, Osiyo hamda Attika (O‘rta Gresiyaning Yunoniston janubi sharqidagi dengiz ichkarisiga ancha yorib kirgan yarim orol Attika deb ataladi) usullari omuxtasidan iborat bo‘lgan yangi bir uslub kashf etadi. Siseron zamonasining ko‘pchilik so‘z ustalari singari o‘z faoliyatining ilk davrlaridayoq nutqida uslubning chiroyliligi, iboralarning jonliligi, jumlalarning nafis bo‘lishiga katta e’tibor beradi. Siseron Osiyoga sayohat qilib, notiqlik san’atining sirlarini o‘rganib yurgan vaqtida Rim hukmdori Sull vafot etadi. Shundan so‘ng yosh notiq Rimga qaytib keladi va 31 yoshidan boshlab davlat ishlarida ishtirok etadi. Siseron konsullik lavozimiga saylangach, butun notiqlik mahoratini siyosiy nutqlarga bag‘ishladi. U suddagi nutqlarida o‘zi yaratgan uslubdan foydalanib, raqiblarini “qo‘l-oyog‘i bog‘langan quyonday taslim qildi”. Hukmdor Sull tomonidan qabul qilingan senat qonunlarini qattiq qoralab, Sull tarafdorlarini o‘ldirib yuboradi. Kelgusi yili (59 yil) Siseron o‘rniga Syezar konsul bo‘lib saylangach, senatning Sull loyihasiga juda yaqin bo‘lgan yangi qonunlar qabul qilinadi. Gabini va Pizonlar o‘zlari konsul bo‘lib ish boshlagan 58-yilning dastlabki davrida Siseronni Rimdan badarg‘a etish haqida qonun chiqarishga harakat qiladilar. Dushmanlari tomonidan qasos olinishi muqarrar ekanligiga ishongan notiq proyekti chiqmasidanoq Yunonistonga jo‘nab ketadi.  
 
 Vatandan haydalishi Siseron uchun nihoyat darajada og‘ir bo‘ladi. U bir yarim 
yildan so‘nggina do‘stlarining yordami tufayli Italiyaga qaytib kelish uchun ruxsat oladi. 
Ona-Vatanga bo‘lgan cheksiz muhabbat buyuk notiqning ilhomini yanada jo‘sh urdiradi. 
U nutq nazariyasi ustida tinimsiz ijod qila boshlaydi. Oradan ko‘p o‘tmay, mashaqqatli 
mehnat samarasi sifatida, uning uch kitobdan iborat “Notiqlar haqida” nomli asari 
dunyoga keladi. Mazkur asar dialog shaklida yozilgan bo‘lib, Lisiniy, Koidaass, Mark 
Antoniy, Yuliy Syezar, Strabon, Katull, huquqshunos Ssevola va uning shogirdlari Katt, 
Sulnisiy Ruflarning ijtimoiy va siyosiy nutqlari, ularning notiqlik san’ati hamda bu 
san’atning eng mayda-chuyda masalalaridan tortib siyosiy muammolargacha bo‘lgan 
qimmatli notiqlik haqidagi fikr va mulohazalarini o‘z ichiga oladi. 
 Siseronning notiqlik haqidagi fikrlari shundan iboratki, notiq shunchaki sud 
ishlarining barcha qonun-qoidalarini yaxshi biladigan qonunparast emas, balki davlat 
ishlarini chuqur tushunadigan, xalq qayg‘usiga hamdardlik qila oladigan davlat arbobi 
bo‘lmog‘i kerak. Shuning uchun notiqlik san’atiga qiziqqan har bir kishi faqat Ritorika 
ilmiga oid ibtidoiy bilimlar bilan cheklanmasdan, shuningdek, o‘zining tabiiy iste’dodiga 
ishonib qolmasdan, doimo turli fanlarni o‘qib-o‘rganmog‘i, ilm va madaniyatning yuqori 
cho‘qqilariga intilmog‘i darkor. Bundan tashqari, “Notiqlar haqida” asarining muallifi 
notiqlarning odamlar diliga qo‘rquv, g‘azab va qayg‘u sola bilishi va aksincha, bu xildagi 
hayajonli holatlardan kishilarni xalos qilib, ularning ruhida xotirjamlik, mehr-shafqat 
hislarini uyg‘ota olishi kerakligini ta’kidlaydi. Uning ta’limotiga ko‘ra, agar notiq 
odamlarning turli-tuman xarakterlarini sezmasa, inson tabiatidagi umumiy xususiyatlarni 
bilmasa va har bir kishini goh bezovta qiladigan, goh tinchlantiradigan sabablarni 
tushunmasa hech qachon o‘zining maqsadiga erisha olmaydi. 
 Siseron “Brut” (47 yil), “Notiq” (56 yil) nomli boshqa asarlarida Rim notiqlik 
san’ati tarixi haqida batafsil nazariy fikrlar yuritib, attikachilarning nazariyalariga 
tamomila qarshi mulohazalar bilan maydonga chiqadi. Uning ta’kidlashicha, har qanday 
notiqning ko‘zda tutgan asosiy maqsadi tinglovchining zavqini uyg‘otib, ularni o‘ziga 
moyil qilishdan iboratdir. Notiq sharoitga qarab mavjud uslublarning hammasidan 
baravar foydalanishi zarur. Siseron bu fikrini davom ettirib, «kimki jo‘n narsalar haqida 
oddiygina, kundalik voqealar haqida o‘rta darajada, ulug‘ hodisalar haqida esa zavq-
shavq bilan gapirsa, shu odam so‘z san’atining chinakam ustasi bo‘ladi» deydi. 
Vatandan haydalishi Siseron uchun nihoyat darajada og‘ir bo‘ladi. U bir yarim yildan so‘nggina do‘stlarining yordami tufayli Italiyaga qaytib kelish uchun ruxsat oladi. Ona-Vatanga bo‘lgan cheksiz muhabbat buyuk notiqning ilhomini yanada jo‘sh urdiradi. U nutq nazariyasi ustida tinimsiz ijod qila boshlaydi. Oradan ko‘p o‘tmay, mashaqqatli mehnat samarasi sifatida, uning uch kitobdan iborat “Notiqlar haqida” nomli asari dunyoga keladi. Mazkur asar dialog shaklida yozilgan bo‘lib, Lisiniy, Koidaass, Mark Antoniy, Yuliy Syezar, Strabon, Katull, huquqshunos Ssevola va uning shogirdlari Katt, Sulnisiy Ruflarning ijtimoiy va siyosiy nutqlari, ularning notiqlik san’ati hamda bu san’atning eng mayda-chuyda masalalaridan tortib siyosiy muammolargacha bo‘lgan qimmatli notiqlik haqidagi fikr va mulohazalarini o‘z ichiga oladi. Siseronning notiqlik haqidagi fikrlari shundan iboratki, notiq shunchaki sud ishlarining barcha qonun-qoidalarini yaxshi biladigan qonunparast emas, balki davlat ishlarini chuqur tushunadigan, xalq qayg‘usiga hamdardlik qila oladigan davlat arbobi bo‘lmog‘i kerak. Shuning uchun notiqlik san’atiga qiziqqan har bir kishi faqat Ritorika ilmiga oid ibtidoiy bilimlar bilan cheklanmasdan, shuningdek, o‘zining tabiiy iste’dodiga ishonib qolmasdan, doimo turli fanlarni o‘qib-o‘rganmog‘i, ilm va madaniyatning yuqori cho‘qqilariga intilmog‘i darkor. Bundan tashqari, “Notiqlar haqida” asarining muallifi notiqlarning odamlar diliga qo‘rquv, g‘azab va qayg‘u sola bilishi va aksincha, bu xildagi hayajonli holatlardan kishilarni xalos qilib, ularning ruhida xotirjamlik, mehr-shafqat hislarini uyg‘ota olishi kerakligini ta’kidlaydi. Uning ta’limotiga ko‘ra, agar notiq odamlarning turli-tuman xarakterlarini sezmasa, inson tabiatidagi umumiy xususiyatlarni bilmasa va har bir kishini goh bezovta qiladigan, goh tinchlantiradigan sabablarni tushunmasa hech qachon o‘zining maqsadiga erisha olmaydi. Siseron “Brut” (47 yil), “Notiq” (56 yil) nomli boshqa asarlarida Rim notiqlik san’ati tarixi haqida batafsil nazariy fikrlar yuritib, attikachilarning nazariyalariga tamomila qarshi mulohazalar bilan maydonga chiqadi. Uning ta’kidlashicha, har qanday notiqning ko‘zda tutgan asosiy maqsadi tinglovchining zavqini uyg‘otib, ularni o‘ziga moyil qilishdan iboratdir. Notiq sharoitga qarab mavjud uslublarning hammasidan baravar foydalanishi zarur. Siseron bu fikrini davom ettirib, «kimki jo‘n narsalar haqida oddiygina, kundalik voqealar haqida o‘rta darajada, ulug‘ hodisalar haqida esa zavq- shavq bilan gapirsa, shu odam so‘z san’atining chinakam ustasi bo‘ladi» deydi.  
 
 Poeziya tilining vazni va ohangdorligi, uzun va qisqa xijolarning, unli va undosh 
tovushlarning almashinuvi, bir so‘zning oxiri va ikkinchi so‘zning boshida ikki unlining 
qator kelishiga yo‘l qo‘ymaslik, so‘zlarni turlicha talaffuz etish, grammatik qoidalarga 
katta e’tibor berish kabi notiqlik san’atining muhim masalalari ham Siseron asarlarida 
o‘zining to‘la ifodasini topgan. 
 Tinglovchini toliqtirib qo‘ymaslik uchun nutq davomida ko‘tarinki usulni bir 
parda pasaytirib, nutq mavzuiga aloqador shaxslar bo‘lsa, ularning goh salbiy, goh ijobiy 
xarakteristikasini berish, ilgari o‘tgan mashhur zotlar haqidagi biron latifani eslatib 
ketish, lozim bo‘lganda ba’zi bir hayotiy manzaralarni, dramatik voqealarni eslash, 
o‘rniga qarab biroz hikmatli so‘z, maqol yoki qochiriq gapni qistirib o‘tish — Siseronning 
eng sevgan usullaridan hisoblanadi. 
 Siseron nutq kompozisiyasiga alohida e’tibor bergan. U nutq jarayonida uch 
muhim omilga alohida e’tibor berishni ta’kidlaydi. Bu – nutqning kirish qismi, xotimasi 
va repetisiyasi (shug‘ullanish)idir. Shuningdek, Siseron nutq kompozisiyasining 
nazariyasini ham ishlab chiqqan. Uning fikricha nutq quyidagi qismlardan iborat 
bo‘lmog‘i zarur: 
 1. Nutqning kirish qismi. 
 2. Ishning mohiyatini ochish. 
 3. Keyingi qismlarning rejasi. 
 4. Asosiy qism (dalillar). 
 5. Oxirgi qism, ya’ni nutq davomidagi asosiy masalalarni qisqa-qisqa eslatib o‘tish 
va yakun yasash . 
 6. Xulosa. 
 
 Syezar vafotidan so‘ng davlatni uning nabirasi Oktavian boshqaradi. 
 U o‘z davlatini mustahkamlash maqsadida Syeseronning Senat oldidagi mavqei va 
obro‘sidan foydalanmoqchi bo‘ladi. Biroq Siseron Oktavianga ishonmaydi. Siseronning 
dushmanlari yangi hukmdorni o‘zlari tomonga og‘dirib olgach, undan buyuk notiqni qatl 
etishni talab qiladilar. Shunday qilib, so‘z san’atining mohir ustasi shafqatsiz jazoga 
hukm etiladi. Oldin uning o‘ng qo‘li qirqib tashlanadi, so‘ngra boshi tanasidan judo 
qilinadi. 
Poeziya tilining vazni va ohangdorligi, uzun va qisqa xijolarning, unli va undosh tovushlarning almashinuvi, bir so‘zning oxiri va ikkinchi so‘zning boshida ikki unlining qator kelishiga yo‘l qo‘ymaslik, so‘zlarni turlicha talaffuz etish, grammatik qoidalarga katta e’tibor berish kabi notiqlik san’atining muhim masalalari ham Siseron asarlarida o‘zining to‘la ifodasini topgan. Tinglovchini toliqtirib qo‘ymaslik uchun nutq davomida ko‘tarinki usulni bir parda pasaytirib, nutq mavzuiga aloqador shaxslar bo‘lsa, ularning goh salbiy, goh ijobiy xarakteristikasini berish, ilgari o‘tgan mashhur zotlar haqidagi biron latifani eslatib ketish, lozim bo‘lganda ba’zi bir hayotiy manzaralarni, dramatik voqealarni eslash, o‘rniga qarab biroz hikmatli so‘z, maqol yoki qochiriq gapni qistirib o‘tish — Siseronning eng sevgan usullaridan hisoblanadi. Siseron nutq kompozisiyasiga alohida e’tibor bergan. U nutq jarayonida uch muhim omilga alohida e’tibor berishni ta’kidlaydi. Bu – nutqning kirish qismi, xotimasi va repetisiyasi (shug‘ullanish)idir. Shuningdek, Siseron nutq kompozisiyasining nazariyasini ham ishlab chiqqan. Uning fikricha nutq quyidagi qismlardan iborat bo‘lmog‘i zarur: 1. Nutqning kirish qismi. 2. Ishning mohiyatini ochish. 3. Keyingi qismlarning rejasi. 4. Asosiy qism (dalillar). 5. Oxirgi qism, ya’ni nutq davomidagi asosiy masalalarni qisqa-qisqa eslatib o‘tish va yakun yasash . 6. Xulosa. Syezar vafotidan so‘ng davlatni uning nabirasi Oktavian boshqaradi. U o‘z davlatini mustahkamlash maqsadida Syeseronning Senat oldidagi mavqei va obro‘sidan foydalanmoqchi bo‘ladi. Biroq Siseron Oktavianga ishonmaydi. Siseronning dushmanlari yangi hukmdorni o‘zlari tomonga og‘dirib olgach, undan buyuk notiqni qatl etishni talab qiladilar. Shunday qilib, so‘z san’atining mohir ustasi shafqatsiz jazoga hukm etiladi. Oldin uning o‘ng qo‘li qirqib tashlanadi, so‘ngra boshi tanasidan judo qilinadi.  
 
 Siseronni butun insoniyat oldida ulug‘lab, obro‘sini oshirgan narsa uning ajoyib, 
takrorlanmas nutqlari bo‘ladi. Uyg‘onish davrida Italiya, Fransiya va Germaniyaning 
insonparvar olimlari Siseronning ilhombaxsh nutqlarini sevib o‘rgandilar. O‘sha davrda 
chiroyli so‘zlagan kishilar “siseronchilar” deb atalar edi. Chunki ular Siseron ta’limotiga 
suyangan holda o‘z nutqlarini tayyorlashgan. 
 
Lisiy (taxminan 459-380 y.y.) 
 
 Lisiyning asl vatani Sisiliyadir. Notiqning otasi Periklning taklifiga binoan 
Afinaga kelib, shu yerda o‘rnashib qoladi. Lisiylar oilasi shaharning anchagina 
davlatmand xonadonlaridan hisoblansa ham uning a’zolari metek, ya’ni kelgindi 
bo‘lganliklari sababidan Afina fuqarosi qatoriga kirolmaydilar. Peloponess urushida 
Afinaning mag‘lubiyatga uchrashi natijasida, demokratiyaning tarafdori sifatida 
Lisiyning akasi qatl qilinadi, uning o‘zi arang qochib qutiladi. 403 yilda demokratiya 
tartiblari yangidan tiklangach, Lisiy yana Afinaga qaytib, muttasil logograflik kasbi bilan 
shug‘ullana boshlaydi. 
 Qadimgilarning shahodatiga qaraganda, Lisiy merosidan bizga qadar faqat o‘ttiz 
to‘rttasi yetib kelgan. Ularning barchasi, asosan, sud nutqlaridan iboratdir. O‘z faoliyatini 
logograflik kasbiga bag‘ishlagan Lisiy, dastavval sud ahllarining va sudga ishi tushgan 
kishilarning tabiatini chuqur o‘rganishga kirishadi. Ma’lumki, Afina sudida qatnashgan 
shaxslarning ko‘pchiligi murakkab davlat qonunlarini teran bilmagan, aksar unchalik 
durust tahsil ko‘rmagan odamlar bo‘lganlar, shu sababli ular ayyor va ustomon 
odamlarning sud hay’atini aldab ketishlaridan hadiksirab ilmoqdor, dabdabali so‘zlarga 
chuqur shubha bilan qarar va bu xildagi so‘zlarni to‘qishda, albatta, biron odam 
ko‘maklashgan bo‘lsa kerak, deb gumon qilardilar. Ikkinchidan, logograflarning 
yordamiga muhtoj bo‘lib, ularga murojaat etgan odamlar orasida jamiyatning turli-tuman 
fuqarolari bo‘lgan. Binobarin, Lisiy har bir nutqni yozishga kirisharkan, u avvalo 
buyurtma bergan kishining tabiatiga, ijtimoiy mavqeiga qanchalik monand kelish-
kelmasligigi katta e’tibor beradi. Gapirishi lozim bo‘lgan kishining xarakterini, ijtimoiy 
ahvolini juda ham aniq tasvirlab beruvchi nutq matnini ishlab chiqishga juda usta edi. 
Natijada Lisiy tayyorlagan nutq faqat o‘sha so‘zlovchigagina xos bo‘lardi. 
Siseronni butun insoniyat oldida ulug‘lab, obro‘sini oshirgan narsa uning ajoyib, takrorlanmas nutqlari bo‘ladi. Uyg‘onish davrida Italiya, Fransiya va Germaniyaning insonparvar olimlari Siseronning ilhombaxsh nutqlarini sevib o‘rgandilar. O‘sha davrda chiroyli so‘zlagan kishilar “siseronchilar” deb atalar edi. Chunki ular Siseron ta’limotiga suyangan holda o‘z nutqlarini tayyorlashgan. Lisiy (taxminan 459-380 y.y.) Lisiyning asl vatani Sisiliyadir. Notiqning otasi Periklning taklifiga binoan Afinaga kelib, shu yerda o‘rnashib qoladi. Lisiylar oilasi shaharning anchagina davlatmand xonadonlaridan hisoblansa ham uning a’zolari metek, ya’ni kelgindi bo‘lganliklari sababidan Afina fuqarosi qatoriga kirolmaydilar. Peloponess urushida Afinaning mag‘lubiyatga uchrashi natijasida, demokratiyaning tarafdori sifatida Lisiyning akasi qatl qilinadi, uning o‘zi arang qochib qutiladi. 403 yilda demokratiya tartiblari yangidan tiklangach, Lisiy yana Afinaga qaytib, muttasil logograflik kasbi bilan shug‘ullana boshlaydi. Qadimgilarning shahodatiga qaraganda, Lisiy merosidan bizga qadar faqat o‘ttiz to‘rttasi yetib kelgan. Ularning barchasi, asosan, sud nutqlaridan iboratdir. O‘z faoliyatini logograflik kasbiga bag‘ishlagan Lisiy, dastavval sud ahllarining va sudga ishi tushgan kishilarning tabiatini chuqur o‘rganishga kirishadi. Ma’lumki, Afina sudida qatnashgan shaxslarning ko‘pchiligi murakkab davlat qonunlarini teran bilmagan, aksar unchalik durust tahsil ko‘rmagan odamlar bo‘lganlar, shu sababli ular ayyor va ustomon odamlarning sud hay’atini aldab ketishlaridan hadiksirab ilmoqdor, dabdabali so‘zlarga chuqur shubha bilan qarar va bu xildagi so‘zlarni to‘qishda, albatta, biron odam ko‘maklashgan bo‘lsa kerak, deb gumon qilardilar. Ikkinchidan, logograflarning yordamiga muhtoj bo‘lib, ularga murojaat etgan odamlar orasida jamiyatning turli-tuman fuqarolari bo‘lgan. Binobarin, Lisiy har bir nutqni yozishga kirisharkan, u avvalo buyurtma bergan kishining tabiatiga, ijtimoiy mavqeiga qanchalik monand kelish- kelmasligigi katta e’tibor beradi. Gapirishi lozim bo‘lgan kishining xarakterini, ijtimoiy ahvolini juda ham aniq tasvirlab beruvchi nutq matnini ishlab chiqishga juda usta edi. Natijada Lisiy tayyorlagan nutq faqat o‘sha so‘zlovchigagina xos bo‘lardi.  
 
 Lisiyning notiq sifatidagi ikkinchi xususiyati, hikoyachilik san’atini egallab 
olganligidir. U har qanday voqeani sodda, jonli, qiziqarli shaklda hikoya qilishga usta edi. 
Uning notiqlik san’atidagi uchinchi xususiyati-uslubidagi aniqlik, soddalik va tabiiylik 
edi. Lisiy og‘zaki nutqning inson ruhiyatiga ta’sir etishini yaxshi tushunadi. Uning asosiy 
xususiyatlaridan biri fikr ifodalash jarayonida so‘zlarni takrorlamaslik deb biladi. Uning 
fikricha, biror masala bo‘yicha so‘zlangan nutq ikkinchi marta takrorlanmasligi kerak, 
agarda shu nutqni avvalgi tinglovchilar bir necha marta takror eshitsalar, nutq o‘z kuchini 
va ifodaliligini yo‘qotadi. 
 Lisiyning yozma merosi bo‘lgan nutq matnlarini uch toifaga bo‘lish mumkin: 
1. Epideyktik (tantanali yoki tasviriy) nutqlar. 
2. Siyosiy (kengash) va sud nutqlari. 
3. Epitafiya, ya’ni motam nutqlari. 
 Lisiyning nutqlari tilining musaffoligi va benihoya go‘zalligi bilan alohida ajralib 
turgan. Dionisiyning ma’lumotiga ko‘ra uning tilidagi fasohat quyidagilardan iborat 
bo‘lgan: 
 1. U nutqlarida kishilar uchun sal bo‘lsa ham tushunarsiz bo‘lib qolgan arxaik 
so‘zlarni sira ishlatmagan. 
 2. U o‘z nutqini neologizmlardan, ya’ni o‘z zamonasining jonli nutqiga kirib 
kelayotgan, lekin hamma uchun ommaviy darajada tushunarli bo‘lmagan gap qurilishi va 
so‘zlardan foydalanmagan. 
 3. Gʻoyat sodda, hamma uchun tushunarli tilda yozgan va so‘zlagan. Ammo sodda, 
barcha uchun tushunarli usulda ham nafis va latif so‘zlay olgan. 
 Lisiy o‘z mahorati bilan tinglovchilarni, sud hay’atini mahliyo etib, ularning 
mehru muhabbatini qozongan. Biroq ba’zan haddan ortiq berilib ketish oqibatida ayrim 
dalilarining kuchli emasligi tufayli ojizlik qilib qolgan paytlari ham bo‘lgan. Lisiy 
kishilarning xarakterini tasvirlash va shu kishilar tilidan gapirish usulidan unumli 
foydalana olgan. Uning logograflik san’ati kuchli bo‘lgan. Natijada Lisiy qalamidan 
chiqqan nutqlarini qaysi bir sinfga mansub kishi talqin etmasin, hech qanday shubha 
tug‘dirmagan. 
 
Isokrat (eramizdan oldingi 436-338) 
Lisiyning notiq sifatidagi ikkinchi xususiyati, hikoyachilik san’atini egallab olganligidir. U har qanday voqeani sodda, jonli, qiziqarli shaklda hikoya qilishga usta edi. Uning notiqlik san’atidagi uchinchi xususiyati-uslubidagi aniqlik, soddalik va tabiiylik edi. Lisiy og‘zaki nutqning inson ruhiyatiga ta’sir etishini yaxshi tushunadi. Uning asosiy xususiyatlaridan biri fikr ifodalash jarayonida so‘zlarni takrorlamaslik deb biladi. Uning fikricha, biror masala bo‘yicha so‘zlangan nutq ikkinchi marta takrorlanmasligi kerak, agarda shu nutqni avvalgi tinglovchilar bir necha marta takror eshitsalar, nutq o‘z kuchini va ifodaliligini yo‘qotadi. Lisiyning yozma merosi bo‘lgan nutq matnlarini uch toifaga bo‘lish mumkin: 1. Epideyktik (tantanali yoki tasviriy) nutqlar. 2. Siyosiy (kengash) va sud nutqlari. 3. Epitafiya, ya’ni motam nutqlari. Lisiyning nutqlari tilining musaffoligi va benihoya go‘zalligi bilan alohida ajralib turgan. Dionisiyning ma’lumotiga ko‘ra uning tilidagi fasohat quyidagilardan iborat bo‘lgan: 1. U nutqlarida kishilar uchun sal bo‘lsa ham tushunarsiz bo‘lib qolgan arxaik so‘zlarni sira ishlatmagan. 2. U o‘z nutqini neologizmlardan, ya’ni o‘z zamonasining jonli nutqiga kirib kelayotgan, lekin hamma uchun ommaviy darajada tushunarli bo‘lmagan gap qurilishi va so‘zlardan foydalanmagan. 3. Gʻoyat sodda, hamma uchun tushunarli tilda yozgan va so‘zlagan. Ammo sodda, barcha uchun tushunarli usulda ham nafis va latif so‘zlay olgan. Lisiy o‘z mahorati bilan tinglovchilarni, sud hay’atini mahliyo etib, ularning mehru muhabbatini qozongan. Biroq ba’zan haddan ortiq berilib ketish oqibatida ayrim dalilarining kuchli emasligi tufayli ojizlik qilib qolgan paytlari ham bo‘lgan. Lisiy kishilarning xarakterini tasvirlash va shu kishilar tilidan gapirish usulidan unumli foydalana olgan. Uning logograflik san’ati kuchli bo‘lgan. Natijada Lisiy qalamidan chiqqan nutqlarini qaysi bir sinfga mansub kishi talqin etmasin, hech qanday shubha tug‘dirmagan. Isokrat (eramizdan oldingi 436-338)  
 
 
 Isokrat notiqlik, falsafa va yurisprudensiya sohasida o‘z zamonasining eng yirik 
vakili hisoblangan. U ko‘zga ko‘ringan fan va madaniyat arbolari bo‘lgan Suqrot, Tisiy, 
Gorgiylardan ta’lim olgan. Isokrat siyosiy vaziyatga ko‘ra 404 yilda Xios oroliga ko‘chib 
ketadi va u yerda ritorika maktabini ochadi. Bir yildan so‘ng, Afinada demokratiya 
tiklangach, ona yurti Attikaga qaytib keladi. Isokrat ona shahrida logograflik bilan 
shug‘ullanadi. Afinada notiqlik maktabini ochadi va qariyb 40 yil davomida ustozlik 
qiladi. O‘z zamonasida Isokratning notiqlik maktabi juda katta shuhrat qozongan. 
Shuning uchun ham u ochgan maktabga afinaliklargina emas, balki Yunonistonning 
barcha burchaklaridan o‘quvchilar kelib tahsil oladilar. Natijada Isokratga to‘lanadigan 
mehnat haqi ham ko‘payib ketadi. O‘z davrining mashhur kishilaridan hisoblangan ulug‘ 
notiqlar Likurg va Giperid, zabardast tarixchilardan Efor va Feopomp Isokrat maktabini 
bitirishgan edi.  
 Isokrat mahoratli ustozgina emas, balki o‘z zamonasining yirik notig‘i ham edi. U 
notiqlik san’atining nazariyotchilaridan biri sanalgan. Bizgacha uning 27 ta nutqi turlicha 
ahvolda yetib kelgan. 
 Isokratning nutqlarini quyidagicha tasnif etish mumkin: 
 1. Sud nutqlari – 6 ta. 
 2. Epideyktik nutqlari – 6 ta 
 3. O‘quv-epideyktik nutqlari – 9 ta 
 4. Siyosiy nutqlari – 6 ta. 
 Bulardan tashqari uning 9 ta maktubi va ritorikaga oid qo‘llanmasidan parchalar 
ham yetib kelgan. Bu manbalar notiqning ijodiy faoliyatini o‘rganishda katta ahamiyatga 
ega hisoblanadi. Isokrat notiqligining biz uchun ibratli tomoni shundan iboratki, u nutq 
matnlari ustida uzoq ish olib borgan va ixtirolari bilan boshqa notiqlar nutqidan farqlanib, 
ajralib turgan. Notiq o‘z nutqining tashqi bezagiga juda katta e’tibor bergan. Buning 
uchun u “gorgiy figuralari” deb dong taratgan uslubdan keng foydalangan. Natijada 
“gorgiy figuralari” sistemasini yangi, yanada yuksak bosqichga ko‘targan. Isokrat nutqini 
shakliy bezak san’ati egallab olganligi uchun ham uning nutqlarida shaklning 
mazmundan ustun kelish holatlarini sezish mumkin. Biroq Gorgiy uslubini ijodiy 
rivojlantirgan Isokrat o‘z ustozining ovoziga xos bo‘lgan balandparvozlik xususiyatini 
Isokrat notiqlik, falsafa va yurisprudensiya sohasida o‘z zamonasining eng yirik vakili hisoblangan. U ko‘zga ko‘ringan fan va madaniyat arbolari bo‘lgan Suqrot, Tisiy, Gorgiylardan ta’lim olgan. Isokrat siyosiy vaziyatga ko‘ra 404 yilda Xios oroliga ko‘chib ketadi va u yerda ritorika maktabini ochadi. Bir yildan so‘ng, Afinada demokratiya tiklangach, ona yurti Attikaga qaytib keladi. Isokrat ona shahrida logograflik bilan shug‘ullanadi. Afinada notiqlik maktabini ochadi va qariyb 40 yil davomida ustozlik qiladi. O‘z zamonasida Isokratning notiqlik maktabi juda katta shuhrat qozongan. Shuning uchun ham u ochgan maktabga afinaliklargina emas, balki Yunonistonning barcha burchaklaridan o‘quvchilar kelib tahsil oladilar. Natijada Isokratga to‘lanadigan mehnat haqi ham ko‘payib ketadi. O‘z davrining mashhur kishilaridan hisoblangan ulug‘ notiqlar Likurg va Giperid, zabardast tarixchilardan Efor va Feopomp Isokrat maktabini bitirishgan edi. Isokrat mahoratli ustozgina emas, balki o‘z zamonasining yirik notig‘i ham edi. U notiqlik san’atining nazariyotchilaridan biri sanalgan. Bizgacha uning 27 ta nutqi turlicha ahvolda yetib kelgan. Isokratning nutqlarini quyidagicha tasnif etish mumkin: 1. Sud nutqlari – 6 ta. 2. Epideyktik nutqlari – 6 ta 3. O‘quv-epideyktik nutqlari – 9 ta 4. Siyosiy nutqlari – 6 ta. Bulardan tashqari uning 9 ta maktubi va ritorikaga oid qo‘llanmasidan parchalar ham yetib kelgan. Bu manbalar notiqning ijodiy faoliyatini o‘rganishda katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Isokrat notiqligining biz uchun ibratli tomoni shundan iboratki, u nutq matnlari ustida uzoq ish olib borgan va ixtirolari bilan boshqa notiqlar nutqidan farqlanib, ajralib turgan. Notiq o‘z nutqining tashqi bezagiga juda katta e’tibor bergan. Buning uchun u “gorgiy figuralari” deb dong taratgan uslubdan keng foydalangan. Natijada “gorgiy figuralari” sistemasini yangi, yanada yuksak bosqichga ko‘targan. Isokrat nutqini shakliy bezak san’ati egallab olganligi uchun ham uning nutqlarida shaklning mazmundan ustun kelish holatlarini sezish mumkin. Biroq Gorgiy uslubini ijodiy rivojlantirgan Isokrat o‘z ustozining ovoziga xos bo‘lgan balandparvozlik xususiyatini  
 
yo‘qotadi va ko‘rkam figuralar bilan bezalgan nutqlarining tabiiy va sodda bo‘lishiga 
erishadi. 
 Isokratning notiqlik san’atida o‘rnak olishga arziydigan yana bir xizmati bu 
nutqning davrlarga bo‘linishiga alohida e’tibor berganligidir. Nutqlarning davrlarga 
bo‘lib Isokratdan avval ham amalga oshirilgan edi. Biroq Isokratning asosiy xizmati 
nutqlarining ayrim davriy bo‘laklari o‘zining cho‘ziqligi, bir xilligi bilan ajralib 
turganligidadir. Chunki u nutqning musiqiyligini so‘z va jumlalarning ichki tuzilishidan 
izladi. Bu esa o‘sha davr notiqlik san’atida yangi ijodiy qadam edi. 
 
Isey (eramizdan oldingi taxminan 420-350 ) 
 
 Notiqlik san’atida shuhrat qozongan, asosan, logograflik bilan shug‘ullangan yirik 
notiqlardan biri bu Iseydir. Iseyning logograflik va notiqlik faoliyatiga xos bo‘lgan 
xususiyatlardan biri uning so‘zga chechanligidadir. U o‘zining ana shu iqtidori, notiqlik 
mahorati tufayli qo‘liga tushgan har qanday ishni o‘zi va mijozi foydasiga hal qila olgan. 
Isey logograflik va notiqlikda Lisiy va Isokratlarning notiqlik sohasidagi yutuqlariga 
suyangan holda ish yuritgan. Uning nutqidagi musiqiylik va mantiqiylik va boshqa 
xususiyatlari ustozlari izidan borganligini isbotlab turadi.  
 Isey nutqlarining qolipi uncha murakkab emas edi. U ibtido, diegeza, 
argumentasiya va epilog kabi qismlardan iborat bo‘lgan. U zarur bo‘lganda, nutq 
tuzilishidagi komponetlar o‘rnini alamashtirib yuboravergan. Buni u har bir ishning aniq 
mazmunidan, har bir vaziyatning xususiy talablaridan kelib chiqqan holda amalga 
oshirgan. Bu esa Iseyning asosiy yutuqlaridan biri sanaladi. Isey nutq jarayoniga ham 
ijodiy yondashgan. U so‘zlayotgan paytida muayyan fikr v dalillarning bir necha marta 
takrorlanishidan qo‘rqmagan. Chunki har takrorlashda ana shu dalillarning yangi bir 
qirrasini ochib bera olgan. U o‘z nutqlariga istagancha rivoyat, afsona, naql va hikmatli 
so‘zlarni qo‘shib fikriy aniqlikka erishgan. Isey nutqida avval kichik-kichik dalillardan 
boshlab, da’vo dalillari ta’sirini tobora oshirib borgan. Eng oxirida qaqshatqich zarba 
beruvchi, kuchli faktlarni ishga solib, shundan keyin darhol xulosa chiqargan. Isey bu 
yo‘nalishi bilan o‘z raqibini, ba’zan sud hay’atini va tinglovchilarni ham dovdiratib 
yo‘qotadi va ko‘rkam figuralar bilan bezalgan nutqlarining tabiiy va sodda bo‘lishiga erishadi. Isokratning notiqlik san’atida o‘rnak olishga arziydigan yana bir xizmati bu nutqning davrlarga bo‘linishiga alohida e’tibor berganligidir. Nutqlarning davrlarga bo‘lib Isokratdan avval ham amalga oshirilgan edi. Biroq Isokratning asosiy xizmati nutqlarining ayrim davriy bo‘laklari o‘zining cho‘ziqligi, bir xilligi bilan ajralib turganligidadir. Chunki u nutqning musiqiyligini so‘z va jumlalarning ichki tuzilishidan izladi. Bu esa o‘sha davr notiqlik san’atida yangi ijodiy qadam edi. Isey (eramizdan oldingi taxminan 420-350 ) Notiqlik san’atida shuhrat qozongan, asosan, logograflik bilan shug‘ullangan yirik notiqlardan biri bu Iseydir. Iseyning logograflik va notiqlik faoliyatiga xos bo‘lgan xususiyatlardan biri uning so‘zga chechanligidadir. U o‘zining ana shu iqtidori, notiqlik mahorati tufayli qo‘liga tushgan har qanday ishni o‘zi va mijozi foydasiga hal qila olgan. Isey logograflik va notiqlikda Lisiy va Isokratlarning notiqlik sohasidagi yutuqlariga suyangan holda ish yuritgan. Uning nutqidagi musiqiylik va mantiqiylik va boshqa xususiyatlari ustozlari izidan borganligini isbotlab turadi. Isey nutqlarining qolipi uncha murakkab emas edi. U ibtido, diegeza, argumentasiya va epilog kabi qismlardan iborat bo‘lgan. U zarur bo‘lganda, nutq tuzilishidagi komponetlar o‘rnini alamashtirib yuboravergan. Buni u har bir ishning aniq mazmunidan, har bir vaziyatning xususiy talablaridan kelib chiqqan holda amalga oshirgan. Bu esa Iseyning asosiy yutuqlaridan biri sanaladi. Isey nutq jarayoniga ham ijodiy yondashgan. U so‘zlayotgan paytida muayyan fikr v dalillarning bir necha marta takrorlanishidan qo‘rqmagan. Chunki har takrorlashda ana shu dalillarning yangi bir qirrasini ochib bera olgan. U o‘z nutqlariga istagancha rivoyat, afsona, naql va hikmatli so‘zlarni qo‘shib fikriy aniqlikka erishgan. Isey nutqida avval kichik-kichik dalillardan boshlab, da’vo dalillari ta’sirini tobora oshirib borgan. Eng oxirida qaqshatqich zarba beruvchi, kuchli faktlarni ishga solib, shundan keyin darhol xulosa chiqargan. Isey bu yo‘nalishi bilan o‘z raqibini, ba’zan sud hay’atini va tinglovchilarni ham dovdiratib  
 
qo‘ygan. Isey o‘z davrida hech kimnikiga o‘xshamaydigan nutqlari bilan o‘z o‘rnini topa 
olgan kuchli notiq hisoblangan. 
 
Likurg (324 yilda vafot etgan) 
 
 O‘z davrining gumanist notig‘i, davlat, fan va madaniyat arbobi Likurg 
demokratiya tarafdorlaridan biri hisoblangan. U Demosfenning maslakdoshi hisoblangan. 
Yoshi ham Demosfendan kattaroq bo‘lib, taxminan 324 yilda vafot etgan. Likurg notiqlik 
san’ati asoslari, falsafa va yurisprudensiya bo‘yicha Platon va Isokratdan maxsus ta’lim 
olgan. Iste’dodi va notiqlik mahorati tufayli Afina davlatining eng yirik notiqlari va 
arboblari safidan joy olgan. Eramizdan oldingi 388 yildan boshlab u davlat xazinachisi 
sifatida (hozirgi tushunchada moliya vaziri) Afina iqtisodini boshqaradi. Likurg ana shu 
lavozimida turib qator xayrli, demokratik ruhdagi ishlarni amalga oshiradi. 
 Likurg zabardast notiq ham edi. U o‘z mansabi va ijtimoiy mavqei taqozosiga 
ko‘ra ko‘proq davlatning ichki masalalariga oid siyosiy nutqlar so‘zlardi. Likurg o‘z 
nutqlarida Afina davlatini mag‘lubiyatga olib kelgan dalillarni va bunga sababchi 
shaxslarni fosh qilar, shuningdek, nikohni buzuvchi, dinni haqoratlovchi shaxslarning 
xatti-harakatlarini qat’iy qoralardi. Likurg nutqlarini mavzuiy jihatdan 3 turga bo‘lib 
o‘rganish mumkin: 
 1. Harbiy-jangovarlik. 
 2. Siyosiy-ijtimoiy. 
 3. Axloqiy mavzudagi nutqlar. 
 Likurg nutq so‘zlayotgan paytda o‘zini g‘oyat tantanali, xotirjam tutar, nutqlari 
nafis, jiddiy va mantiqiy ediki, bu sifatlar uni ulkan notiqlar jarajasiga ko‘tardi. U yunon 
xalqining haqiqiy farzandi edi. Shuning uchun ham uning xizmatlari munosib taqdirlandi. 
U halol xizmatlari uchun bir necha marta eng oliy mukofot – oltin gulchambar bilan 
mukofotlandi. Vafotidan so‘ng Afinada unga katta haykal o‘rnatildi, barcha qarindosh-
urug‘lariga davlat tomonidan alohida ehtirom ko‘rsatildi. Likurg chiqargan qonunlar va 
uning hikmatli so‘zlari yozdirilib, Akropolga o‘rnatildi. 
 
Katon (eramizdan oldingi 234-145 yillar) 
qo‘ygan. Isey o‘z davrida hech kimnikiga o‘xshamaydigan nutqlari bilan o‘z o‘rnini topa olgan kuchli notiq hisoblangan. Likurg (324 yilda vafot etgan) O‘z davrining gumanist notig‘i, davlat, fan va madaniyat arbobi Likurg demokratiya tarafdorlaridan biri hisoblangan. U Demosfenning maslakdoshi hisoblangan. Yoshi ham Demosfendan kattaroq bo‘lib, taxminan 324 yilda vafot etgan. Likurg notiqlik san’ati asoslari, falsafa va yurisprudensiya bo‘yicha Platon va Isokratdan maxsus ta’lim olgan. Iste’dodi va notiqlik mahorati tufayli Afina davlatining eng yirik notiqlari va arboblari safidan joy olgan. Eramizdan oldingi 388 yildan boshlab u davlat xazinachisi sifatida (hozirgi tushunchada moliya vaziri) Afina iqtisodini boshqaradi. Likurg ana shu lavozimida turib qator xayrli, demokratik ruhdagi ishlarni amalga oshiradi. Likurg zabardast notiq ham edi. U o‘z mansabi va ijtimoiy mavqei taqozosiga ko‘ra ko‘proq davlatning ichki masalalariga oid siyosiy nutqlar so‘zlardi. Likurg o‘z nutqlarida Afina davlatini mag‘lubiyatga olib kelgan dalillarni va bunga sababchi shaxslarni fosh qilar, shuningdek, nikohni buzuvchi, dinni haqoratlovchi shaxslarning xatti-harakatlarini qat’iy qoralardi. Likurg nutqlarini mavzuiy jihatdan 3 turga bo‘lib o‘rganish mumkin: 1. Harbiy-jangovarlik. 2. Siyosiy-ijtimoiy. 3. Axloqiy mavzudagi nutqlar. Likurg nutq so‘zlayotgan paytda o‘zini g‘oyat tantanali, xotirjam tutar, nutqlari nafis, jiddiy va mantiqiy ediki, bu sifatlar uni ulkan notiqlar jarajasiga ko‘tardi. U yunon xalqining haqiqiy farzandi edi. Shuning uchun ham uning xizmatlari munosib taqdirlandi. U halol xizmatlari uchun bir necha marta eng oliy mukofot – oltin gulchambar bilan mukofotlandi. Vafotidan so‘ng Afinada unga katta haykal o‘rnatildi, barcha qarindosh- urug‘lariga davlat tomonidan alohida ehtirom ko‘rsatildi. Likurg chiqargan qonunlar va uning hikmatli so‘zlari yozdirilib, Akropolga o‘rnatildi. Katon (eramizdan oldingi 234-145 yillar)  
 
 
 Rim notiqlik maktabining yirik vakillaridan biri, davlat arbobi bu Katon 
hisoblanadi.U Rim imperiyasining lashkarboshisi va senatori sifatida o‘z vatani va 
xalqiga sadoqat bilan xizmat qilgan insonlardan biridir. Mark Portius Katon so‘z 
san’atkori sifatida yunon notiqlik san’ati ruhida tarbiyalandi. U keng ma’lumotli, 
donishmand kishi bo‘lib, garchi o‘zi yunon madaniyati ruhida tarbiyalangan, unga 
xayrixoh bo‘lsa ham, amalda yunon madaniyatining Rim madaniyatiga ta’sir etishiga 
qarshi turgan. 
 Katon 150 taga yaqin nutq meros qoldirgan. Ammo bu nutqlardan bizgacha ayrim 
parchalar yetib kelgan. Notiq sifatida Katon ko‘tarinki ruh yoki nafrat bilan, ya’ni katta 
emosional qudrat bilan gapirgan. U biror muhim narsaga tinglovchilar e’tiborini jalb 
qilish zarur bo‘lsa, shu narsani ko‘p martalab qaytarish va ta’kidlashdan qo‘rqmagan. 
Aksincha, u har bir imkoniyatdan foydalanib, hatto qaysarlik bilan o‘sha muhim o‘rinni 
qaytargan va shu yo‘l bilan niyatining amalga oshishi uchun kurashgan.  
 Katon notiq sifatida shu qadar kuchli mahorat egasi bo‘lganki, bu borada unga 
Siseron ham tan bergan. Siseronning fikricha: “Hammasini yanada chiroyliroq, yanada 
nafisroq qilib aytish mumkin, ammo hech narsani undan kuchliroq va jonliroq qilib aytish 
mumkin emas”. Katonning notiqlik mahoratiga quyidagi to‘rt muhim xususiyat xos edi: 
 1. U Lisiy izidan borib, masalani muxtasar, ixcham bayon qilish uslubini 
qo‘llagan. Bugina emas, muhim masalalarni muxtasar, ammo katta ehtiros va 
ta’sirchanlik bilan bayon etishda muayyan muvaffaqiyatga erishgan. 
 2. Masalani g‘oyat keskin tarzda qo‘yish Katonning eng sevimli ishi hisoblangan. 
U eng muhim muammolarni g‘oyat keskinlikda qo‘yganki, natijada ko‘pdan-ko‘p 
bahslarni o‘z foydasiga hal etishga erishgan. 
 3. Fikrlarini uslub jihatdan g‘oyat go‘zal qoliplarda, ifodali va ta’sirchan shaklda 
bayon etishni xush ko‘rgan. Bu uslub esa, uning ta’sirchan nutq uslubiga mos kelgan. 
 4. U har bir masala bilan tanishar ekan, uni taroflicha o‘rganib chiqishga alohida 
e’tibor bergan. Shuning uchun ham u notiqlarga nasihat qilib, “ishni puxta o‘rgan, 
so‘zning o‘zi keladi” deb aytadi. 
 Katon Rim notiqlik san’atining yorqin siymolaridan biri hisoblanadi. 
 
Rim notiqlik maktabining yirik vakillaridan biri, davlat arbobi bu Katon hisoblanadi.U Rim imperiyasining lashkarboshisi va senatori sifatida o‘z vatani va xalqiga sadoqat bilan xizmat qilgan insonlardan biridir. Mark Portius Katon so‘z san’atkori sifatida yunon notiqlik san’ati ruhida tarbiyalandi. U keng ma’lumotli, donishmand kishi bo‘lib, garchi o‘zi yunon madaniyati ruhida tarbiyalangan, unga xayrixoh bo‘lsa ham, amalda yunon madaniyatining Rim madaniyatiga ta’sir etishiga qarshi turgan. Katon 150 taga yaqin nutq meros qoldirgan. Ammo bu nutqlardan bizgacha ayrim parchalar yetib kelgan. Notiq sifatida Katon ko‘tarinki ruh yoki nafrat bilan, ya’ni katta emosional qudrat bilan gapirgan. U biror muhim narsaga tinglovchilar e’tiborini jalb qilish zarur bo‘lsa, shu narsani ko‘p martalab qaytarish va ta’kidlashdan qo‘rqmagan. Aksincha, u har bir imkoniyatdan foydalanib, hatto qaysarlik bilan o‘sha muhim o‘rinni qaytargan va shu yo‘l bilan niyatining amalga oshishi uchun kurashgan. Katon notiq sifatida shu qadar kuchli mahorat egasi bo‘lganki, bu borada unga Siseron ham tan bergan. Siseronning fikricha: “Hammasini yanada chiroyliroq, yanada nafisroq qilib aytish mumkin, ammo hech narsani undan kuchliroq va jonliroq qilib aytish mumkin emas”. Katonning notiqlik mahoratiga quyidagi to‘rt muhim xususiyat xos edi: 1. U Lisiy izidan borib, masalani muxtasar, ixcham bayon qilish uslubini qo‘llagan. Bugina emas, muhim masalalarni muxtasar, ammo katta ehtiros va ta’sirchanlik bilan bayon etishda muayyan muvaffaqiyatga erishgan. 2. Masalani g‘oyat keskin tarzda qo‘yish Katonning eng sevimli ishi hisoblangan. U eng muhim muammolarni g‘oyat keskinlikda qo‘yganki, natijada ko‘pdan-ko‘p bahslarni o‘z foydasiga hal etishga erishgan. 3. Fikrlarini uslub jihatdan g‘oyat go‘zal qoliplarda, ifodali va ta’sirchan shaklda bayon etishni xush ko‘rgan. Bu uslub esa, uning ta’sirchan nutq uslubiga mos kelgan. 4. U har bir masala bilan tanishar ekan, uni taroflicha o‘rganib chiqishga alohida e’tibor bergan. Shuning uchun ham u notiqlarga nasihat qilib, “ishni puxta o‘rgan, so‘zning o‘zi keladi” deb aytadi. Katon Rim notiqlik san’atining yorqin siymolaridan biri hisoblanadi.  
 
 
Aka-uka Grakxlar (eramizdan oldingi II asrda yashab o‘tgan). 
 
 Aka – uka Grakxlar ham o‘z davrining kuchli notiqlari hisoblanishgan. Akasi 
Tiberiy va ukasi Kay Grakxlarning notiqlik iste’dodi ularning g‘oyaviy-ijtimoiy 
qarashlari zaminida ochildi va shuhrat qozondi. Ular Italiyada yer reformasi uchun kurash 
olib bordilar. Ularning reformalari o‘sha davr uchun chindan ham katta ahamiyatga ega 
edi. Grakxlarning maqsadi katta yerga ega bo‘lgan zamindor boylar mulkini qisqartirib, 
kam yerli va yersiz fuqarolarga bo‘lib berishdan iborat bo‘lgan. Busiz ham sinfiy kurash 
avj olib turgan bir paytda Grakxlar reformasi loyihasi tufayli keskin munozara va kurash 
boshlanib ketadi. Ayni ana shu g‘oyaviy va iqtisodiy kurash jarayonida aka-uka 
Grakxlarning notiqlik zakovati yorqin namoyon bo‘ladi. Bu kurashda Grakxlar 
mag‘lubiyatga uchraydilar. Natijada avval akasi, so‘ngra ukasi qatl etiladi. 
 Ular notiq sifatida g‘oyat ta’sirchan, faqat so‘z olovi bilan emas, balki his-hayajon 
olovi bilan ham raqiblar uyiga o‘t qo‘yuvchi kuchli so‘z ustasi bo‘lganlar. Jumladan, 
Tiberiy Grakx bir nutqida shunday deydi: “Italiyada izg‘ib yurgan vahshiy yirtqichlarning 
ham tunash uchun g‘or va yaylovlari bor, Italiyani deb kurashayotgan va qurbon 
bo‘layotgan kishilarda esa, nur bilan havodan boshqa hech narsasi yo‘q... Soldatlar 
boshqa birovlarning ishrati va boyishi uchun jang qilyapti; ularni “borliqning hokimi” 
deb aytishadi, aslida esa ularning bir qarichgina yeri ham yo‘q”. Demak, Tiberiy 
ommaning baxtu saodati, ko‘p millionli Italiya xalqining porloq istiqboli deb jonbozlik 
qilgan kuchli notiqlardan biridir.  
 Ukasi Kay Grakx ham siyosiy-g‘oyaviy jihatdan akasiga hamnafas notiq bo‘lgan. 
Notiqlik mahorati nuqtai nazaridan qaraganda Kayning o‘ziga xos qirralari ko‘p bo‘lgan. 
Kayning nutqlari emosional jo‘shqin bo‘lib, ritorik savollarga, xitoblarga ham boy 
bo‘lgan. Jumladan, u akasi Tiberiy qatl etilgandan so‘ng so‘zlagan motam nutqida bunday 
deydi: “Men baxti qaro, endi boshimni qayerga urishim kerak? Kapitoliygami? Axir u yer 
akamning qoniga to‘lib yotibdi-ku! Uyimgami? Busiz ham baxtsiz, haqoratlangan 
onamni birato‘la o‘ldirish uchunmi?” Shulardan eng muhimi uning nutqda ovoz va ohang 
mutanosibligiga alohida e’tibor berganligidadir. U nutq so‘zlashga tayyorlanib, mustaqil 
shug‘ullanayotgan chog‘idayoq nutqining qay qismi qay tondan (notadan) boshlanishini 
Aka-uka Grakxlar (eramizdan oldingi II asrda yashab o‘tgan). Aka – uka Grakxlar ham o‘z davrining kuchli notiqlari hisoblanishgan. Akasi Tiberiy va ukasi Kay Grakxlarning notiqlik iste’dodi ularning g‘oyaviy-ijtimoiy qarashlari zaminida ochildi va shuhrat qozondi. Ular Italiyada yer reformasi uchun kurash olib bordilar. Ularning reformalari o‘sha davr uchun chindan ham katta ahamiyatga ega edi. Grakxlarning maqsadi katta yerga ega bo‘lgan zamindor boylar mulkini qisqartirib, kam yerli va yersiz fuqarolarga bo‘lib berishdan iborat bo‘lgan. Busiz ham sinfiy kurash avj olib turgan bir paytda Grakxlar reformasi loyihasi tufayli keskin munozara va kurash boshlanib ketadi. Ayni ana shu g‘oyaviy va iqtisodiy kurash jarayonida aka-uka Grakxlarning notiqlik zakovati yorqin namoyon bo‘ladi. Bu kurashda Grakxlar mag‘lubiyatga uchraydilar. Natijada avval akasi, so‘ngra ukasi qatl etiladi. Ular notiq sifatida g‘oyat ta’sirchan, faqat so‘z olovi bilan emas, balki his-hayajon olovi bilan ham raqiblar uyiga o‘t qo‘yuvchi kuchli so‘z ustasi bo‘lganlar. Jumladan, Tiberiy Grakx bir nutqida shunday deydi: “Italiyada izg‘ib yurgan vahshiy yirtqichlarning ham tunash uchun g‘or va yaylovlari bor, Italiyani deb kurashayotgan va qurbon bo‘layotgan kishilarda esa, nur bilan havodan boshqa hech narsasi yo‘q... Soldatlar boshqa birovlarning ishrati va boyishi uchun jang qilyapti; ularni “borliqning hokimi” deb aytishadi, aslida esa ularning bir qarichgina yeri ham yo‘q”. Demak, Tiberiy ommaning baxtu saodati, ko‘p millionli Italiya xalqining porloq istiqboli deb jonbozlik qilgan kuchli notiqlardan biridir. Ukasi Kay Grakx ham siyosiy-g‘oyaviy jihatdan akasiga hamnafas notiq bo‘lgan. Notiqlik mahorati nuqtai nazaridan qaraganda Kayning o‘ziga xos qirralari ko‘p bo‘lgan. Kayning nutqlari emosional jo‘shqin bo‘lib, ritorik savollarga, xitoblarga ham boy bo‘lgan. Jumladan, u akasi Tiberiy qatl etilgandan so‘ng so‘zlagan motam nutqida bunday deydi: “Men baxti qaro, endi boshimni qayerga urishim kerak? Kapitoliygami? Axir u yer akamning qoniga to‘lib yotibdi-ku! Uyimgami? Busiz ham baxtsiz, haqoratlangan onamni birato‘la o‘ldirish uchunmi?” Shulardan eng muhimi uning nutqda ovoz va ohang mutanosibligiga alohida e’tibor berganligidadir. U nutq so‘zlashga tayyorlanib, mustaqil shug‘ullanayotgan chog‘idayoq nutqining qay qismi qay tondan (notadan) boshlanishini  
 
oldindan belgilab olgan. Shuning uchun ham u qayerda nutq so‘zlamasin, o‘zi bilan fleyta 
chaluvchi xizmatkorini birga olib yurgan. Chunki, nutqning kerakli o‘rnida xizmatkor 
muayyan notani chalib ton bergan va Kay ana shu tondan boshlab nutqini davom ettirgan. 
Jahon tarixida, yirik notiqlar orasida o‘z nutqining tonal rangdorligi haqida qayg‘urgan 
inson - bu Kay Grakx bo‘ladi. 
 
Mark Antoniy (eramizdan oldingi 143-87-yillar) 
 
 Siseron o‘zining “Notiqlik haqida” asarida o‘zi bilan teng ko‘rgan Rim notiqlik 
maktabining yirik namoyandasi, davlat arbobi bu Mark Antoniy hisoblanadi. U davlat 
konsuli va keyinchalik syenzorlik martabalarida ishlab, asosan, xalq majlislari va senatda 
so‘zlagan. Notiq sifatida u ko‘pincha avvaldan tayyorlanmasdan, ekspromt – badiha 
tarzida nutq so‘zlagan. Antoniyning notiqlik san’ati haqidagi qarashlari ham qiziqarli. 
Uning fikricha:”Nutqda tinglovchini o‘ziga qaratib olishdan muhimroq narsa yo‘q, 
buning uchun esa tomoshabinni shu qadar hayajonlantira olish kerakki, natijada u ko‘proq 
qalb hayajoni ta’sirida bo‘lsin”. Albatta, bunday mahoratga ega bo‘lish uchun notiq 
g‘oyatda chiniqqan bo‘lishi zarur. Antoniy esa notiq ahlidan ayni shunday shijoatni talab 
etgan. 
 Mark Antoniyning nutq kompozisiyasi oldiga qo‘ygan talablari ham mavjud: 
“Mening nutq uslubim va uni talqin etish mahoratim uchta asosga tayanadi: birinchisi – 
tinglovchilarni jalb etish, ikkinchisi – ularni to‘g‘ri yo‘naltirmoq, uchinchisi – ularni 
qo‘zg‘atish - deydi Antoniy. Bu uch asosdan birichisi – nutqda yumshoqlikni talab qiladi, 
ikkinchisi – o‘tkirlikni, uchinchisi qudratni”. Fikrlaridan ko‘rinadiki, u o‘z oldiga aniq 
vazifalarni qo‘ygan va ularni mahorat bilan amlga oshirishga intilgan. Shunday qilib, 
qadimda davlat ishlarini boshqarishda qatnashishni xohlagan har bir kishi uchun chiroyli 
so‘zlash san’atini egallash majburiy bir ehtiyojga aylangan. Shu ehtiyoj qonun 
doirasigacha borgan. Ular o‘z mansablarining yuqori bo‘lishini istaganliklari uchun ham 
notiqlik san’ati sirlarini o‘rgatadigan maxsus maktablarda ta’lim olganlar. Chiroyli nutq 
egasi bo‘lishga harakat qilganlar. Chiroyli nutq egasigina yuqori lavozimlarni egallagan. 
Shuning uchun ham ular doimo o‘z nutqini o‘stirish ustida ishlaganlar. 
 
oldindan belgilab olgan. Shuning uchun ham u qayerda nutq so‘zlamasin, o‘zi bilan fleyta chaluvchi xizmatkorini birga olib yurgan. Chunki, nutqning kerakli o‘rnida xizmatkor muayyan notani chalib ton bergan va Kay ana shu tondan boshlab nutqini davom ettirgan. Jahon tarixida, yirik notiqlar orasida o‘z nutqining tonal rangdorligi haqida qayg‘urgan inson - bu Kay Grakx bo‘ladi. Mark Antoniy (eramizdan oldingi 143-87-yillar) Siseron o‘zining “Notiqlik haqida” asarida o‘zi bilan teng ko‘rgan Rim notiqlik maktabining yirik namoyandasi, davlat arbobi bu Mark Antoniy hisoblanadi. U davlat konsuli va keyinchalik syenzorlik martabalarida ishlab, asosan, xalq majlislari va senatda so‘zlagan. Notiq sifatida u ko‘pincha avvaldan tayyorlanmasdan, ekspromt – badiha tarzida nutq so‘zlagan. Antoniyning notiqlik san’ati haqidagi qarashlari ham qiziqarli. Uning fikricha:”Nutqda tinglovchini o‘ziga qaratib olishdan muhimroq narsa yo‘q, buning uchun esa tomoshabinni shu qadar hayajonlantira olish kerakki, natijada u ko‘proq qalb hayajoni ta’sirida bo‘lsin”. Albatta, bunday mahoratga ega bo‘lish uchun notiq g‘oyatda chiniqqan bo‘lishi zarur. Antoniy esa notiq ahlidan ayni shunday shijoatni talab etgan. Mark Antoniyning nutq kompozisiyasi oldiga qo‘ygan talablari ham mavjud: “Mening nutq uslubim va uni talqin etish mahoratim uchta asosga tayanadi: birinchisi – tinglovchilarni jalb etish, ikkinchisi – ularni to‘g‘ri yo‘naltirmoq, uchinchisi – ularni qo‘zg‘atish - deydi Antoniy. Bu uch asosdan birichisi – nutqda yumshoqlikni talab qiladi, ikkinchisi – o‘tkirlikni, uchinchisi qudratni”. Fikrlaridan ko‘rinadiki, u o‘z oldiga aniq vazifalarni qo‘ygan va ularni mahorat bilan amlga oshirishga intilgan. Shunday qilib, qadimda davlat ishlarini boshqarishda qatnashishni xohlagan har bir kishi uchun chiroyli so‘zlash san’atini egallash majburiy bir ehtiyojga aylangan. Shu ehtiyoj qonun doirasigacha borgan. Ular o‘z mansablarining yuqori bo‘lishini istaganliklari uchun ham notiqlik san’ati sirlarini o‘rgatadigan maxsus maktablarda ta’lim olganlar. Chiroyli nutq egasi bo‘lishga harakat qilganlar. Chiroyli nutq egasigina yuqori lavozimlarni egallagan. Shuning uchun ham ular doimo o‘z nutqini o‘stirish ustida ishlaganlar.  
 
Savollar: 
 
1.Notiqlik san’ati dastlab qayerda shakllangan? 
2.Notiqlik san’at darajasiga ko‘tarilishiga nima sabab bo‘lgan? 
3.Notiqlik haqida ilk bor ma’lumot bergan asar qaysi? 
4.Qadimgi yunon va rim notiqligi haqida nimalarni bilasiz? 
5.Isokratning notiqlikka qo‘shgan hissasi nimalarda ko‘rinadi? 
6. Suqrotning notiqlikka qo‘shgan hissasini bilasizmi? 
7.Logograflar bilan sinegorlarning asosiy vazifasi nimalardan iborat bo‘lgan? 
8. Demosfenning notiqlik san’ati tarixidagi o‘rni nimalarda ko‘rinadi? 
9. Lisiyning notiqlikka qo‘shgan hissasi haqida ma’lumot bering? 
10.Siseronning notiqlikka doir asarlari? 
 
Savollar: 1.Notiqlik san’ati dastlab qayerda shakllangan? 2.Notiqlik san’at darajasiga ko‘tarilishiga nima sabab bo‘lgan? 3.Notiqlik haqida ilk bor ma’lumot bergan asar qaysi? 4.Qadimgi yunon va rim notiqligi haqida nimalarni bilasiz? 5.Isokratning notiqlikka qo‘shgan hissasi nimalarda ko‘rinadi? 6. Suqrotning notiqlikka qo‘shgan hissasini bilasizmi? 7.Logograflar bilan sinegorlarning asosiy vazifasi nimalardan iborat bo‘lgan? 8. Demosfenning notiqlik san’ati tarixidagi o‘rni nimalarda ko‘rinadi? 9. Lisiyning notiqlikka qo‘shgan hissasi haqida ma’lumot bering? 10.Siseronning notiqlikka doir asarlari?