GEOEGRAFIK BAHOLASH
Reja:
1. Geografik baholash usullari
2. Yer resurslari baholash
3. Iqlimiy resurslarni baholash
4. Rekreatsiya resurslarini aniqlash
Ushbu mavzuda quidagi mavzular bilan tanishasiz : baholash, baholash
bosqichlari, baholash usullari, yer, iqlim va rekreatsiya resurslarini baholash.
Tabiiy muhit baholanishi natijasida uning ijtimoiy ehtiyoj nuqtayi nazaridan
qulayligi yoki yaroqligi o’rganiladi. Baholash natijasida biror hududning yoki
tabiat komponentining dehqonchilik, chorvachilik, dam olish, uy-joy, yo’l qurilishi
va boshqa sohalarda foydalanishga qanchalik kulayligi aniqlanadi. Mavzuni
organish davomida geografik baholash usullari va tabiiy muhitini turli maqsadlarda
baholash masalalari haqida bilib olasiz.
1. Geografik baholash usullari
Tabiiy sharoit yoki landshaftlarni foydalanish maqsadlarida baholash –
geografik baholash deb ataladi. Masalan, dehqonchilik, chorvachilik, sanoat,
transport, rekreatsiya, suv ho’jaligi va boshqa maqsadlarda baholash amalga
oshirilishi mumkin.
Geografik baholash quyidagi bosqichlardan iborat :
a) baholash ishlarining maqsad va vazifalarini aniqlash (masalan, daryo
vodiysining ma’lum bir qismini suv ombori qurish maqsadida baholash) ;
b) baholash uchun zarur bo’lgan ko’rsatkichlar yoki ma’lumotlar ro’yxatini
tuzish ;
c) o’rganilayotgan hudud daryo vodiysining hozirgi va kelajakdagi holatini
belgilaydigan ko’rsatkichlar yoki xossalarni o’rganish va o’lchash
(vodiyning geologik tuzilishi, uzunligi, kengligi, balandligi, yonbag’irlar
qiyaligi, suvning sarfi, loyqaligi, me’ryori, va рюлю) ;
d) olingan ma’lumotlar va ko’satkichlarni bir-biriga tqqoslash asosida har bir
komponent bo’yicha alohida baholashni amalgam oshirish (relyef, geologic
tuzilish, suv olchamlari va h.k. haqida) ;
e) alohida baholashlar asosida umumiy baholashni amalgam oshirish (suv
omborini mazkur joyda kurish mumkinmi yoki yo’qmi) ;
f) yakuni jadval va haritalar tuzish.
Tabiiy geografik baholashning aniq maqsadiga ko’ra sifat va miqdor
usullaridan foydalaniladi. Sifat ko’rsatkichlari qulaylik darajasiga qarab “juda
qulay”, “qulay”, “o’rtacha qulay”, “kamroq qulay”, “qulay emas deb baholanadi.
Masalan, tekisliklar to’l qurilishi uchun juda qulay, qumli cho’llar qulay,
to’lqinsimon tekisliklar o’rtacha qulay, adirlar kamroq qulay, tog’lar esa qulay
emas.
Baholashning miqdor usuli har bir darajani sonli ko’rsatkichlar asosida
amalgam oshirishga asoslangan. Masalan, vegetatsiya davrida havo haroratining 10
0 C dan yuqori bo’lgan kunlar yig’indisi qishloq xo’jalik ekinlarining qaysi turlari
hududning qaysi joylarida o’sishi mumkunligini aniqlashda asosiy mezon bo’lib
xizmat qiladi. Masalan, arpaning pishib yetilishi uchun quyidagi haroratlar
yig’indisi bo’lishi shart. Vegetatsiya davrida havo haroratining +10
0 C dan yuqori
yig’indisi 1000
0 gacha bo’lishi eng tezpishar arpa navining yetilishi uchun yetarli
emas, mazkur arpa navi 1000-1400
0 da pishadi, 1400-1800
0 da esa o’rta pishar,
1800
0 dan oshganda esa emg kechki navlar yetiladi. Ko’rsatilgan ushbu miqdor
ko’rsatkichlari baholashning ma’lum bonitetli darajalari hisoblanadi.
2. Yer resurslari baholash
Yer resurslari xo’jalik jihatdan juda ko’p maqsadlarda baholanadi. Ayniqsa,
yer resurslarini dehqonchilik maqsadlarida baholash keng tarqalgan.
Dehqonchilikni amalga oshirish asosan relyef, agroiqlimiy resurslari, tuproq
sharoiti, yer osti suvlarining joylashishi va xossalarining qulayligi, suvning
mavjudligi va boshqa omillar bilan belgilanadi.
Dehqonchilik uchun yaroqli yerlarni o’zlashtirish va ulardan
goydalanishning murakkablik darajalari landshaftlarning xususiyatlariga qarab
turlicha bo’ladi. Yuqorida ko’rsatilgan omillarning tahliliasosida O’zbekiston
tabiiy-hududiy komolekslari murakkablik darajasiga ko’ra to’rt guruhga bo’linadi:
oddiy, o’rtacha murakkab, murakkab va juda murakkab tabiiy komplekslar.
Oddiy tabiiy komplekslarga tog’ oldi prolyuvial va daryo vodiylarining
yuqori terrasalari kiradi. Yer osti suvlarining gorizontal harakati yuqori darajada
ta’minlangan bo’lib, bu suvlarining sathi ko’tarilmaydi, chunki lyoss va lyossimon
jinslar ostida shag’al toshlar yotadi. Mazkur joylar dehqonchilik uchun juda qulay.
O’rtacha murakkablikdagi tabiiy komplekslarga yoyilmalar va daryo
deltalarining yuqori qismlari kiradi. Yer osti suclarining gorizontal harakati
ta’minlangan, ammo ayrim pastqam joylarda u yer yuzasiga yaqin ko’tariladi va
sho’rlanishga sabab bo’lishi mumkin. Shuning uchun ihota daraxtzorlarini vujudga
keltirishni loyihalshtirish zarur.
Murakkab tabiiy komplekslarga yoyilmalar va deltalarning o’rta qismlari va
allyuvial terrasalar kiradi. Yer osti suvlarining gorizontal harakati yaxshi emas,
sug’orish davomida ularning sathi ko’tariladi va tuproqda tuz to’plana boshlaydi.
Buning oldini olish uchun gorizontal va tik zovurlar ko’zda tutmoq lozim.
Juda murakkab tabiiy komplekslarga deltalarning etak qismlari, prolyuvial
tekisliklarning quyi yoki chekka joylari, adirlar, plato va balandliklar kiradi. Yer
osti suvlarining gorizontal harakati ta’minlanmagan, ularning sathi sug’orish
paytida tezda ko’tarilib ketadi. Buning oldini olish maqsadida zich zovurlar
tarmog’ini qurish, yerni sifatli qilib yuvish va tekislash, shamol eroziyasiga qarshi
ihota daraxtzorlarini vujudga keltirish lozim. Suv shimilishining oldini olish uchun
tomchilatib, yomg’irlatib va tuproq ostidan sug’orish usullarini qo’llash zarur.
3. Iqlimiy resurslarni baholash
Iqlim resurslarining miqdor ko’rsatkichlari ko’p jihatdan kishloq ho’jalik
ekinlarining turini va hosildorlligini belgilab beradi. Har qanday ekinlarining pishib
yetilishi uchun ma’lum miqdorda issiqlik zarur bo’ladi. Shuning uchun ham
mamlakatimiz iqlimiy resurslarini qishloq [o’jaligi nuqtayi nazaridan baholash
muhim amaliy ahamiyatga ega.
Vegetatsiya davrida kerakli miqdorda issiqlik mavjud bo’lsagina ekinlar
urug’I unib chiqishi, ko’p hollarda, havo harorati o’rtacha +10
0 C dan yuqori
bo’lganda yuz beradi.
O’zbekistonning tekislik qismida quyidagi issiqlik mintaqalari mavjud:
isiq, juda issiq, o’rtacha jazirama, jazurama, o’ta jazirama.
Issiq mintaqaga O’zbekistonning shimoliy g’arbida joylashgan Ustyurt
platosining Orol dengizi sohillari kiradi. +10
0 C dan yuqori haroratlar yig’indisi
3500
0 dan kam. Mazkur mintaqada uzumning ertapishar navlari yetilishi mumkin.
Juda issiq mintaqalarda haroratlar yag’indisi 3500-4000
0 . Mazkur mintaqaga
Ustyurt platosining shimoliy va o’rta qismlari, Amudaryo deltasining shimoliy
qismi kiradi. Ushbu mintaqada uzumning tezpishar, sholining ertapishar,
makkajo’xorining kechpishar navlari pishib ulguradi.
O’rtacha jazirama mintaqada harorat yig’indisi 4000-4500
0 gacha boradi.
Ustyurt platosi va Amudaryo deltasining janubiy qismlari, Xorazm vahosi,
Qizilqumning shimoliy qismiga tog’ri keladi. Mazkur mintaqada paxtaning
ertapishar navlari to’liq pishib yetiladi.
Jazirama mintaqada harorat yig’indisi 4500
0 dan 5000
0 gacha yetadi. Ushbu
mintaqaga Qizilqumning katta qismi, Zarafshon vosiysining quyi qismi,
Mirzacho’l, Farg’ona vofiysi kiradi. Mazkur mintaqada paxtaning o’rtapishar
navlarini ekish mumkin.
Juda jazirama mintaqada harorat yig’indisi 5000
0 dan yuqori bo’ladi.
Qashqadaryo, Surxandaryo viloyatlarining janubiy qismlari shu mintaqada
joylashgan. Ushbu mintaqada ingichka totali paxta yetishtiriladi.
Sizga malumki, O’zbekistonning sharqiy va sharqiy janubiy qismlari asosan
tog’lardan iborat. Tog’larda balandlikda ko’tarilgan sayin havo harorati pasayib