GEOEKOLOGIK MONITORING TURLARI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

10

File size

Fayl hajmi

57,1 KB


GEOEKOLOGIK MONITORING TURLARI
1. Monitoring to‘g‘risida umumiy tushuncha
2. Monitoringning tadqiqot usullari va turlari
3. O‘zbekistonda ekologik monitoringni amalga oshirish
Tayanch iboralar:
   Monitoring, geoekologik monitoring, integral monitoring, indikatorli tabiiy
hodisalar, testli maydon, geofizik, geokimyoviy va biokimyoviy, biologik usullar,
hududiy geoekologik poligon, ingredient, manbalarning yagona monitoring tizimi,
Landshaft monitoringi, ruxsat etilgan yuklama (REYU) “yuqori toifali” geotizim.
1. Monitoring to‘g‘risida umumiy tushuncha
   
Atrof-muhit  monitoringi  g‘oyasi  va  “monitoring”  atamasi  1971  yilda
BMTning atrof muhit bo‘yicha Stokgolm anjumanining 1972 yil 5-16 iyunda
o‘tkazishga  tayyorgarlik  bilan  bog‘liq  tarzda  vujudga  kelgan.  Bunday  tizimni
yaratish to‘g‘risida birlamchi takliflar SKOPE – Atrof muhit muammolari bo‘yicha
ilmiy qo‘mitaning maxsus komissiyasi tomonidan ilgari surilgan. 
   
Monitoring (lotincha “monitor” – “ogohlantirmoq”) kuzatish, nazorat qilish
ma’nosini  bildiradi.  1973  yili  kanadalik  professor  R.Menn  birinchi  bo‘lib
monitoring konsepsiyasini bayon qiladi va u 1974 yilning fevralida Nayrobida
(Keniya) bo‘lib o‘tgan monitoring bo‘yicha birinchi Hukumatlararo anjumanda
muhokama qilindi. 
   
R.Menn avvaldan tayyorlangan dastur bo‘yicha ma’lum maqsadda vaqt va
makonda atrof muhit elementlarinig bir va bir qanchasi ustidan uzluksiz kuzatishlar
Logotip
GEOEKOLOGIK MONITORING TURLARI 1. Monitoring to‘g‘risida umumiy tushuncha 2. Monitoringning tadqiqot usullari va turlari 3. O‘zbekistonda ekologik monitoringni amalga oshirish Tayanch iboralar: Monitoring, geoekologik monitoring, integral monitoring, indikatorli tabiiy hodisalar, testli maydon, geofizik, geokimyoviy va biokimyoviy, biologik usullar, hududiy geoekologik poligon, ingredient, manbalarning yagona monitoring tizimi, Landshaft monitoringi, ruxsat etilgan yuklama (REYU) “yuqori toifali” geotizim. 1. Monitoring to‘g‘risida umumiy tushuncha Atrof-muhit monitoringi g‘oyasi va “monitoring” atamasi 1971 yilda BMTning atrof muhit bo‘yicha Stokgolm anjumanining 1972 yil 5-16 iyunda o‘tkazishga tayyorgarlik bilan bog‘liq tarzda vujudga kelgan. Bunday tizimni yaratish to‘g‘risida birlamchi takliflar SKOPE – Atrof muhit muammolari bo‘yicha ilmiy qo‘mitaning maxsus komissiyasi tomonidan ilgari surilgan. Monitoring (lotincha “monitor” – “ogohlantirmoq”) kuzatish, nazorat qilish ma’nosini bildiradi. 1973 yili kanadalik professor R.Menn birinchi bo‘lib monitoring konsepsiyasini bayon qiladi va u 1974 yilning fevralida Nayrobida (Keniya) bo‘lib o‘tgan monitoring bo‘yicha birinchi Hukumatlararo anjumanda muhokama qilindi. R.Menn avvaldan tayyorlangan dastur bo‘yicha ma’lum maqsadda vaqt va makonda atrof muhit elementlarinig bir va bir qanchasi ustidan uzluksiz kuzatishlar
tizimini “monitoring” deb atashni taklif etadi. R.Menn inson tabiiy muhitdagi
ifloslanishlarni  kuzatish  -  monitoring  konsepsiyasini  amalda  aniq  ifoda  etgan
bo‘lsada, ayrim anjuman qatnashchilari “monitoring” atamasini juda keng talqin
qilib yubordilar.
   
“Monitoring” tushunchasini aniqlash, uning nazariy asoslarini yaratish Sobiq
Ittifoqda  va  dunyo  bo‘yicha  YU.Izrael  nomi  bilan  bog‘liq.  Uning  ta’rificha:
“monitoring atrof muhit holatidagi antropogen o‘zgarishlarni kuzatish, baholash va
bashoratlashtirishning global tizimidir”. Bu ta’rifni I.P.Gerasimov ham qo‘llaydi.
Monitoring  g‘oyasi  YUNEP,  VMO  (Vsemirnaya  meteoroligicheskaya
organizatsiya) va YUNESKO yo‘nalishi bo‘yicha Riga (1981), Tbilisi (1981) va
Toshkentda (1985) o‘tkazilgan Xalqaro anjumanlarda har tomonlama muhokoma
qilindi va boitildi. Hozir “monitoring” deyilganda atrof muhit holatini kuzatish,
nazorat qilish, baholash, boshqarish va bashoratlash tushuniladi. 
   
“Geoekologik monitoring” deyilganda esa, biosfera holati va uning turli
bosqichlaridagi (mahalliy, mintaqaviy, global) ekotizimlar, ekologik mintaqalar,
butun materik, umuman, biosferaning antropogen ta’sirga bo‘lgan  reaksiyasini
muntazam  kuzatish  qabul  qilingan.  R.Menn,  YU.Izrael,  I.P.Gerasimovlar
monitoringning  ilmiy  asoschilari  bo‘lsada,  uning  rivojlanishiga  M.Budiko  va
K.YAkovlevlar ham munosib hissa qo‘shganlar. 
   
“Geoekologik monitoring”ning tadqiqot ob’ekti tirik organizmlar: o‘simlik,
hayvonot olami, inson va uning hayoti kechadigan muhit, suv, atmosfera havosi,
tuproq, keng ma’noda esa hudud (ekotizim)lar va butun hayot qobig‘i biosferadagi
ekologik jarayonlardir. 
   
Geoekologik monitoring bu borada asosiy e’tiborini inson salomatligi va
hayotini asrashga, so‘ng chorva hayvonlari va umuaman, tirik organizmlar hamda
atrof muhit (ekotizim, Landshaft, biogeotsenoz)ni asrashga qaratadi. Xullas, ular
geoekologik monitoringda bir butun, yaxlit hosila, yagona tizim sifatida qaraladi.
   
Monitoring tizimi, bir qancha guruhdagi kuzatishlarni o‘z tarkibiga kiritadi.
Birinchi guruhdagi kuzatishlar atrof muhitga ta’sir etuvchi manbalar va omillarni
aniqlaydi. Kuzatishlar tabiiy va antropogen faoliyatlar ustida olib boriladi. Ikkinchi
guruhdagi  kuzatishlar  atrof  muhitdagi  ob’ektlar,  resurslar,  Landshaftlar,
moddalarning aylanma harakati, muhitning fizik va kimyoviy holati, biosferaning
Logotip
tizimini “monitoring” deb atashni taklif etadi. R.Menn inson tabiiy muhitdagi ifloslanishlarni kuzatish - monitoring konsepsiyasini amalda aniq ifoda etgan bo‘lsada, ayrim anjuman qatnashchilari “monitoring” atamasini juda keng talqin qilib yubordilar. “Monitoring” tushunchasini aniqlash, uning nazariy asoslarini yaratish Sobiq Ittifoqda va dunyo bo‘yicha YU.Izrael nomi bilan bog‘liq. Uning ta’rificha: “monitoring atrof muhit holatidagi antropogen o‘zgarishlarni kuzatish, baholash va bashoratlashtirishning global tizimidir”. Bu ta’rifni I.P.Gerasimov ham qo‘llaydi. Monitoring g‘oyasi YUNEP, VMO (Vsemirnaya meteoroligicheskaya organizatsiya) va YUNESKO yo‘nalishi bo‘yicha Riga (1981), Tbilisi (1981) va Toshkentda (1985) o‘tkazilgan Xalqaro anjumanlarda har tomonlama muhokoma qilindi va boitildi. Hozir “monitoring” deyilganda atrof muhit holatini kuzatish, nazorat qilish, baholash, boshqarish va bashoratlash tushuniladi. “Geoekologik monitoring” deyilganda esa, biosfera holati va uning turli bosqichlaridagi (mahalliy, mintaqaviy, global) ekotizimlar, ekologik mintaqalar, butun materik, umuman, biosferaning antropogen ta’sirga bo‘lgan reaksiyasini muntazam kuzatish qabul qilingan. R.Menn, YU.Izrael, I.P.Gerasimovlar monitoringning ilmiy asoschilari bo‘lsada, uning rivojlanishiga M.Budiko va K.YAkovlevlar ham munosib hissa qo‘shganlar. “Geoekologik monitoring”ning tadqiqot ob’ekti tirik organizmlar: o‘simlik, hayvonot olami, inson va uning hayoti kechadigan muhit, suv, atmosfera havosi, tuproq, keng ma’noda esa hudud (ekotizim)lar va butun hayot qobig‘i biosferadagi ekologik jarayonlardir. Geoekologik monitoring bu borada asosiy e’tiborini inson salomatligi va hayotini asrashga, so‘ng chorva hayvonlari va umuaman, tirik organizmlar hamda atrof muhit (ekotizim, Landshaft, biogeotsenoz)ni asrashga qaratadi. Xullas, ular geoekologik monitoringda bir butun, yaxlit hosila, yagona tizim sifatida qaraladi. Monitoring tizimi, bir qancha guruhdagi kuzatishlarni o‘z tarkibiga kiritadi. Birinchi guruhdagi kuzatishlar atrof muhitga ta’sir etuvchi manbalar va omillarni aniqlaydi. Kuzatishlar tabiiy va antropogen faoliyatlar ustida olib boriladi. Ikkinchi guruhdagi kuzatishlar atrof muhitdagi ob’ektlar, resurslar, Landshaftlar, moddalarning aylanma harakati, muhitning fizik va kimyoviy holati, biosferaning
ifloslanish manbalari va yo‘llari bo‘yicha amalga oshiriladi. Uchinchi guruhdagi
kuzatishlar yirik tizimlarning aks ta’siri bilan bog‘liq, masalan, ob-havo, iqlim,
biosfera. 
   I.P.Gerasimov(1985) monitoringni uchta bosqichga ajratgan (15-jadval).
Biologik monitoring. Uning vazifasi atrof muhitning o‘zgarishi bilan inson
sog‘lig‘ining buzilishi o‘rtasidagi aloqani asoslaydi, atrof muhitga ta’sir etuvchi
kanserogen va mutagen omillarni hisobga oladi.  Bunda genetik monitoring tirik
organizmlarda genetik o‘zgarishlarni muntazam kuzatib boradi. Mahalliy va global
miqyosda integral monitoring mavjud bo‘lib, u inson populatsiyasida kamchilik
(defekt) bilan  tug‘ilganlarning o‘sishini  o‘rganadi.  Hozirgi  odamning  genetik
o‘zgarishini ma’lum vaqtdagi dinamikasini global miqyosda kuzatish xizmatini
tashkil qilish zarurligi sezilmoqda. U hayvonlar genofondining monitoringi bilan
to‘ldirilishi  zarur.  Genetik monitoring  xizmati  mutatsiya  (o‘zgarish)  miqdori,
ularning o‘sish sur’ati va boshqalar bo‘yicha ham tadqiqot olib borishi zarur. 
(15-jadval)
Atrof muhit monitoringi tizimi (I.Gerasimov,1985)
Monitoring
bosqichlari
Monitoring ob’ektlari
Xarakterli ko‘rsatgichlar
Bioekologik
(sanitar)
Havoning  er  yuzasiga  yaqin
qatlami
Zararli moddalar miqdori
Er usti va er osti suvlari
Fizik va biologik 
qo‘zg‘atuvchilar (shovqin, 
allergen va boshqalar)
Sanoat  va  maishiy  oqava
suvlar va chiqindilar
Radiaktiv nurlanish
Radionurlanish darajasi
Geoekologik,
geotizimli
(xo‘jalik)
Yo‘qolib borilayotgan hayvon
va o‘simliklar turlari
Tabiiy ekotizimlarning 
funksional tuzilmasi va uning 
buzilishi
Tabiiy ekotizimlar
O‘simlik va hayvonlarning 
populatsiya holati
Agroekotizimlar
Qishloq xo‘jalik ekinlarning 
Logotip
ifloslanish manbalari va yo‘llari bo‘yicha amalga oshiriladi. Uchinchi guruhdagi kuzatishlar yirik tizimlarning aks ta’siri bilan bog‘liq, masalan, ob-havo, iqlim, biosfera. I.P.Gerasimov(1985) monitoringni uchta bosqichga ajratgan (15-jadval). Biologik monitoring. Uning vazifasi atrof muhitning o‘zgarishi bilan inson sog‘lig‘ining buzilishi o‘rtasidagi aloqani asoslaydi, atrof muhitga ta’sir etuvchi kanserogen va mutagen omillarni hisobga oladi. Bunda genetik monitoring tirik organizmlarda genetik o‘zgarishlarni muntazam kuzatib boradi. Mahalliy va global miqyosda integral monitoring mavjud bo‘lib, u inson populatsiyasida kamchilik (defekt) bilan tug‘ilganlarning o‘sishini o‘rganadi. Hozirgi odamning genetik o‘zgarishini ma’lum vaqtdagi dinamikasini global miqyosda kuzatish xizmatini tashkil qilish zarurligi sezilmoqda. U hayvonlar genofondining monitoringi bilan to‘ldirilishi zarur. Genetik monitoring xizmati mutatsiya (o‘zgarish) miqdori, ularning o‘sish sur’ati va boshqalar bo‘yicha ham tadqiqot olib borishi zarur. (15-jadval) Atrof muhit monitoringi tizimi (I.Gerasimov,1985) Monitoring bosqichlari Monitoring ob’ektlari Xarakterli ko‘rsatgichlar Bioekologik (sanitar) Havoning er yuzasiga yaqin qatlami Zararli moddalar miqdori Er usti va er osti suvlari Fizik va biologik qo‘zg‘atuvchilar (shovqin, allergen va boshqalar) Sanoat va maishiy oqava suvlar va chiqindilar Radiaktiv nurlanish Radionurlanish darajasi Geoekologik, geotizimli (xo‘jalik) Yo‘qolib borilayotgan hayvon va o‘simliklar turlari Tabiiy ekotizimlarning funksional tuzilmasi va uning buzilishi Tabiiy ekotizimlar O‘simlik va hayvonlarning populatsiya holati Agroekotizimlar Qishloq xo‘jalik ekinlarning
hosildorligi
O‘rmon ekotizimlari
Ekilgan daraxtlar 
mahsuldorligi
Biosferali
(global)
Atmosfera (troposfera) va ozon
ekrani
Radiatsiya balansi, ortiqcha 
qizdirish, gaz tarkibi va 
changga to‘yinish
Gidrosfera 
Yirik daryo va suv 
havzalarning ifloslanishi, suv 
havzalari va materiklarda 
suvning global tavsifi
O‘simlik  va  tuproq  qoplami,
hayvonot dunyosi
CO2 va O2ning global balansi. 
Moddalarning yirik 
masshtabdagi aylanma 
harakati
   
Geoekologik (tabiiy-xo‘jalik) monitoring. Tabiiy ekotizimlar, agrobiota,
sanoat ekotizimlar hamda geotizimlarni kuzatishni ta’minlaydi. Bu holda geofizik,
geo–biokimyoviy,  biologik  usullar  qo‘llaniladi.  Muhitning  o‘z-o‘zini  tozalash
sifatiy qobiliyatini, energetik modda balansi, ekotizimlarning biomahsuldorligini
aniqlaydi  va  boshqalar.  Bu  nazorat  turi  nazorat  maskanlari  va poligonlarning
tarmoqlari  funksiyasini  ta’minlaydi.  Birinchi  guruhdagi  poligonlar  trofik
zanjirlarning va ularni buzilishini ob’ekt sifatida kuzatadi, REMlarning va biologik
mahsuldorlikni kuzatadi. Ikkinchi  guruhdagi  poligonlar ekotizimlar  resurslarini
kuzatadi.  Uchinchi  guruhdagi  poligonlar  tabiiy  sharoit  va  resurslarni
boshqarishning tizimlari va usullarining ta’sirchanligini o‘rganadi. 
   
Biosferali monitoring. Uning vazifasi atrof muhit (tabiiy ekotizimlar)ning
o‘zgarishi  bo‘yicha,  shuningdek  tabiiy-texnik  tizimlar  (agrogeotizim,  shaxar
muhiti, sanoat rayonlari va boshqalar)ni dinamik o‘zgarishi bo‘yicha kuzatadi.
Geotizimli monitoring bioekologik monitoring uchun zarur, uni negizi sifatida
xizmat qiladi:
1) bioekologik monitoring indikatori bo‘lib xizmat qiluvchi hodisalarni atrof
muhitdagi genezisi va o‘zaro aloqasini ajratib olishga imkon beradi. Bunda
REM dan ortiq ifloslantiruvchilarni aniqlaydi;
Logotip
hosildorligi O‘rmon ekotizimlari Ekilgan daraxtlar mahsuldorligi Biosferali (global) Atmosfera (troposfera) va ozon ekrani Radiatsiya balansi, ortiqcha qizdirish, gaz tarkibi va changga to‘yinish Gidrosfera Yirik daryo va suv havzalarning ifloslanishi, suv havzalari va materiklarda suvning global tavsifi O‘simlik va tuproq qoplami, hayvonot dunyosi CO2 va O2ning global balansi. Moddalarning yirik masshtabdagi aylanma harakati Geoekologik (tabiiy-xo‘jalik) monitoring. Tabiiy ekotizimlar, agrobiota, sanoat ekotizimlar hamda geotizimlarni kuzatishni ta’minlaydi. Bu holda geofizik, geo–biokimyoviy, biologik usullar qo‘llaniladi. Muhitning o‘z-o‘zini tozalash sifatiy qobiliyatini, energetik modda balansi, ekotizimlarning biomahsuldorligini aniqlaydi va boshqalar. Bu nazorat turi nazorat maskanlari va poligonlarning tarmoqlari funksiyasini ta’minlaydi. Birinchi guruhdagi poligonlar trofik zanjirlarning va ularni buzilishini ob’ekt sifatida kuzatadi, REMlarning va biologik mahsuldorlikni kuzatadi. Ikkinchi guruhdagi poligonlar ekotizimlar resurslarini kuzatadi. Uchinchi guruhdagi poligonlar tabiiy sharoit va resurslarni boshqarishning tizimlari va usullarining ta’sirchanligini o‘rganadi. Biosferali monitoring. Uning vazifasi atrof muhit (tabiiy ekotizimlar)ning o‘zgarishi bo‘yicha, shuningdek tabiiy-texnik tizimlar (agrogeotizim, shaxar muhiti, sanoat rayonlari va boshqalar)ni dinamik o‘zgarishi bo‘yicha kuzatadi. Geotizimli monitoring bioekologik monitoring uchun zarur, uni negizi sifatida xizmat qiladi: 1) bioekologik monitoring indikatori bo‘lib xizmat qiluvchi hodisalarni atrof muhitdagi genezisi va o‘zaro aloqasini ajratib olishga imkon beradi. Bunda REM dan ortiq ifloslantiruvchilarni aniqlaydi;
2) bioekologik monitoring mazmunini chuqurlashtiradi, chunki atrof muhitning
stixiyali o‘zgarishi va inson yashash sharoitning yomonlashuvi (shu bilan
birga umuman biotani hammasi)ga sababchi bo‘lgan hodisalarni oldindan
ko‘ra olishga imkon beradi; 
3) bioekologik  monitoring  chegaralarini  kengaytiradi,  insonning  xo‘jalik
faoliyatida foydalanadigan tabiiy resurslarni o‘z predmetiga qo‘shadi. 
   Tabiiy muhitning o‘z-o‘zini tozalashning tabiiy holatini aniqlashda REMni
ko‘rsatgichlari va me’yoriy-miqdoriy ko‘rsatgichlarini ekologik baholash muhim
ahamiyatga  ega.  Bu  qobiliyat  tabiiy  ekotizimlarda  ma’lum  trofik  va  boshqa
aloqalarni  shuningdek  (komponentlar  oralig‘ida  konsumentlar,  produtsentlar,
redutsentlarni o‘zaro bog‘liqligi), tabiiy biologik modda almashuvining hajmi va
jadalligini  aniqlaydi.  SHuning  uchun  ham  geoekologik,  geotizimli  monitoring
kuzatishlaridagi indikatorlar tarkibiga o‘z-o‘zini tozalash ko‘rsatgichlarini kiritish,
tabiiy ekotizimlarni ifloslantiruvchi mahsulotlari bilan to‘lib bo‘lganligini qayd
qilish natijasida geotizimlarning turli maishiy va sanoat chiqindilari bilan ruxsat
etilgan yuklama (REYU)ni prognozlashtirish imkoni vujudga keladi, o‘z-o‘zini
tozalash qobiliyati va REYU tabiiy ekotizimlarni bosh tiplaridagi trofik aloqalar va
biologik modda almashuvi  jadalligini  o‘rganish bilan aniqlanadi  (I.Gerasimov,
1985).
   
Ma’lumki,  tabiatda  tabiiy,  dinamik,  ekologik  muvozanat  mavjud  bo‘lib,
agarda bu muvozanat buzilsa, tabiiy muhit ham degratsiyaga uchraydi. Aslida bu
bilan tabiiy ekotizimlarning tubdan buzilishi ro‘y berib, modda va energiyaning
tabiiy oqimlari vujudga keladi va butun geotizimni ishdan chiqishi kuzatiladi. 
   
Ekotizimlarning eng muhim xususiyatlaridan biri ularning mahsuldorligidir.
SHuning  uchun  ham  geoekologik  monitoringga  biomahsuldorlikni  aniqlovchi
indikatorlarni kiritish, bunda tabiiy va inson tomonidan o‘zgartirilgan (agrotizim,
o‘rmonli  joylar  va  boshqalar)  geotizimlarga  ham  tatbiq  qilinishi  lozim.  SHu
ko‘rsatgichlarni  taqqoslash  bilan  tabiiy  resurslardan  qanchalik  samarali
foydalanilayotganini aniqlash imkoniyati vujudga keladi. Bu hol odatdagi empirik
texnik tadbirlar va statistik me’yoriy ko‘rsatgichlardan ilmiy jihatdan asoslangan
va foydalanishni foydali prognozli koeffitsentiga o‘tishga imkon tug‘iladi.
Logotip
2) bioekologik monitoring mazmunini chuqurlashtiradi, chunki atrof muhitning stixiyali o‘zgarishi va inson yashash sharoitning yomonlashuvi (shu bilan birga umuman biotani hammasi)ga sababchi bo‘lgan hodisalarni oldindan ko‘ra olishga imkon beradi; 3) bioekologik monitoring chegaralarini kengaytiradi, insonning xo‘jalik faoliyatida foydalanadigan tabiiy resurslarni o‘z predmetiga qo‘shadi. Tabiiy muhitning o‘z-o‘zini tozalashning tabiiy holatini aniqlashda REMni ko‘rsatgichlari va me’yoriy-miqdoriy ko‘rsatgichlarini ekologik baholash muhim ahamiyatga ega. Bu qobiliyat tabiiy ekotizimlarda ma’lum trofik va boshqa aloqalarni shuningdek (komponentlar oralig‘ida konsumentlar, produtsentlar, redutsentlarni o‘zaro bog‘liqligi), tabiiy biologik modda almashuvining hajmi va jadalligini aniqlaydi. SHuning uchun ham geoekologik, geotizimli monitoring kuzatishlaridagi indikatorlar tarkibiga o‘z-o‘zini tozalash ko‘rsatgichlarini kiritish, tabiiy ekotizimlarni ifloslantiruvchi mahsulotlari bilan to‘lib bo‘lganligini qayd qilish natijasida geotizimlarning turli maishiy va sanoat chiqindilari bilan ruxsat etilgan yuklama (REYU)ni prognozlashtirish imkoni vujudga keladi, o‘z-o‘zini tozalash qobiliyati va REYU tabiiy ekotizimlarni bosh tiplaridagi trofik aloqalar va biologik modda almashuvi jadalligini o‘rganish bilan aniqlanadi (I.Gerasimov, 1985). Ma’lumki, tabiatda tabiiy, dinamik, ekologik muvozanat mavjud bo‘lib, agarda bu muvozanat buzilsa, tabiiy muhit ham degratsiyaga uchraydi. Aslida bu bilan tabiiy ekotizimlarning tubdan buzilishi ro‘y berib, modda va energiyaning tabiiy oqimlari vujudga keladi va butun geotizimni ishdan chiqishi kuzatiladi. Ekotizimlarning eng muhim xususiyatlaridan biri ularning mahsuldorligidir. SHuning uchun ham geoekologik monitoringga biomahsuldorlikni aniqlovchi indikatorlarni kiritish, bunda tabiiy va inson tomonidan o‘zgartirilgan (agrotizim, o‘rmonli joylar va boshqalar) geotizimlarga ham tatbiq qilinishi lozim. SHu ko‘rsatgichlarni taqqoslash bilan tabiiy resurslardan qanchalik samarali foydalanilayotganini aniqlash imkoniyati vujudga keladi. Bu hol odatdagi empirik texnik tadbirlar va statistik me’yoriy ko‘rsatgichlardan ilmiy jihatdan asoslangan va foydalanishni foydali prognozli koeffitsentiga o‘tishga imkon tug‘iladi.
   
YUqoridagilardan  ma’lum  bo‘ladiki,  bioekologik  va  geoekologik
monitoringni o‘tkazish usullari  bir-biridan farq qiladi. Bioekologik monitoring
atrof muhitni bir necha parametrlari (indikatorlari) bo‘yicha geofizik, biokimyoviy
va biologik sohalarda muntazam nazorat hamda kuzatishga asoslanadi. Bunda
mahalliy xarakterdagi nazorat maskanlarida bioekologik ahamiyatga ega bo‘lgan
(REM bo‘yicha) kuzatishlarni amalga oshiradi. Geotizimli monitoring geofizik,
geokimyoviy  va  bikimyoviy  hamda  biologik  usullarda  nafaqat  nazorat
maskanidagina  ish  olib  bormasdan,  shuningdek,  alohida  maxsus  (testli)
maydonlarda ham nazorat ham kuzatish ishlarini o‘tkazadi va bu hol hududiy
xarakterga ega. Test maydonlarini tabiiy test poligonlar deb atash mumkin. Ayni
shu poligonlarda geotizimli testlar (indikatorlar) REM, biologik mahsuldorlik, o‘z-
o‘zini tozalash, prognozli foydalanish koeffitsentining atrof muhit bo‘yicha barcha
monitoring uchun ishlab chiqilishi lozim. Bunday poligonlar unchalik katta bo‘lishi
shart emas, lekin tabiat etarli darajada atrof muhit uchun xos (reprezentativ) yoki
barcha xususiyatlarini qamrab olgan bo‘lishi lozim. Bir tabiat mintaqasiga yoki
yirikroq tabiat – xo‘jalik hududiga bitta poligon etarli. Bundan zonal yoki regional
geoekologik  poligonlar  nomi  bilan  kelib  chiqadi.  Bunday  poligonlarda  shu
mintaqalarga xos bo‘lgan kuzatishlar va nazorat olib boriladi. Bunda eng muhim
geotizimlar guruhlari mavjud bo‘lishi lozim: 1) tabiiy (qo‘riqxona) holda; 2) bosh
tabiiy–texnik (qishloq xo‘jalik ekotizimi); 3) antropogen “yuqori toifali” geotizim
(shaxar hududi) (I. Gerasimov, 1985).
8.2. Monitoringning tadqiqot usullari va turlari
   
Monitoring o‘z tadqiqotlarida fizik, kimyoviy, biologik, dala ekspeditsiya,
laboratoriya, aerokosmik va boshqa ko‘plab usullardan foydalanadi.
  
Dala sharoitida Landshaftlar ifloslanishini o‘rganish va manbalarini aniqlash
maqsadida tadqiqot o‘tkazayotgan ekspeditsiya ma’lum dastur asosida havo, suv,
tuproq, o‘simlikning ifloslanishi bo‘yicha monitoring ishlarini o‘tkazishi maqsadga
muvofiq. Buning uchun havoning ifloslanishini o‘rganish maqsadida serqatnov
avtomobil  yo‘li  chekkasida  o‘sib  turgan  daraxt  barglaridan  ma’lum  masofada
yig‘ish, bunda daraxt turini yozib olish lozim, so‘ngra markaziy shaxarda mavjud
bo‘lgan laboratoriyada barglarning iflosligini aniqlash (bu og‘ir metallar uchun),
Logotip
YUqoridagilardan ma’lum bo‘ladiki, bioekologik va geoekologik monitoringni o‘tkazish usullari bir-biridan farq qiladi. Bioekologik monitoring atrof muhitni bir necha parametrlari (indikatorlari) bo‘yicha geofizik, biokimyoviy va biologik sohalarda muntazam nazorat hamda kuzatishga asoslanadi. Bunda mahalliy xarakterdagi nazorat maskanlarida bioekologik ahamiyatga ega bo‘lgan (REM bo‘yicha) kuzatishlarni amalga oshiradi. Geotizimli monitoring geofizik, geokimyoviy va bikimyoviy hamda biologik usullarda nafaqat nazorat maskanidagina ish olib bormasdan, shuningdek, alohida maxsus (testli) maydonlarda ham nazorat ham kuzatish ishlarini o‘tkazadi va bu hol hududiy xarakterga ega. Test maydonlarini tabiiy test poligonlar deb atash mumkin. Ayni shu poligonlarda geotizimli testlar (indikatorlar) REM, biologik mahsuldorlik, o‘z- o‘zini tozalash, prognozli foydalanish koeffitsentining atrof muhit bo‘yicha barcha monitoring uchun ishlab chiqilishi lozim. Bunday poligonlar unchalik katta bo‘lishi shart emas, lekin tabiat etarli darajada atrof muhit uchun xos (reprezentativ) yoki barcha xususiyatlarini qamrab olgan bo‘lishi lozim. Bir tabiat mintaqasiga yoki yirikroq tabiat – xo‘jalik hududiga bitta poligon etarli. Bundan zonal yoki regional geoekologik poligonlar nomi bilan kelib chiqadi. Bunday poligonlarda shu mintaqalarga xos bo‘lgan kuzatishlar va nazorat olib boriladi. Bunda eng muhim geotizimlar guruhlari mavjud bo‘lishi lozim: 1) tabiiy (qo‘riqxona) holda; 2) bosh tabiiy–texnik (qishloq xo‘jalik ekotizimi); 3) antropogen “yuqori toifali” geotizim (shaxar hududi) (I. Gerasimov, 1985). 8.2. Monitoringning tadqiqot usullari va turlari Monitoring o‘z tadqiqotlarida fizik, kimyoviy, biologik, dala ekspeditsiya, laboratoriya, aerokosmik va boshqa ko‘plab usullardan foydalanadi. Dala sharoitida Landshaftlar ifloslanishini o‘rganish va manbalarini aniqlash maqsadida tadqiqot o‘tkazayotgan ekspeditsiya ma’lum dastur asosida havo, suv, tuproq, o‘simlikning ifloslanishi bo‘yicha monitoring ishlarini o‘tkazishi maqsadga muvofiq. Buning uchun havoning ifloslanishini o‘rganish maqsadida serqatnov avtomobil yo‘li chekkasida o‘sib turgan daraxt barglaridan ma’lum masofada yig‘ish, bunda daraxt turini yozib olish lozim, so‘ngra markaziy shaxarda mavjud bo‘lgan laboratoriyada barglarning iflosligini aniqlash (bu og‘ir metallar uchun),
tuproq  tarkibidagi  og‘ir  metallar,  pestitsitlar  ulardan  namuna  olish  bilan
laboratoriyaga  elitish  kerak,  suv  iflosligi  ham  namuna  olish  yo‘li  bilan
laboratoriyada aniqlanadi. Bunda 3 shisha idishda (0,5 l dan) suv olinsa, sho‘rligi,
sifati va boshqa moddalarni aniqlashga imkon beradi. Bunda barcha olingan har bir
namunalarning aniq manzili, sanasi, olingan chuqurlik, havo holati va boshqa
zaruriy ma’lumotlar yozib olinishi kerak. 
   
Dala  sharoitida  monitoring  muntazam  bo‘lmasa  ham  bir  martalik
ma’lumotga ega bo‘lishga imkon beradi, keyinchalik huddi shu hududda yana
qaytadan dala ishlari amalga oshirilsa, oldingi ma’lumotlar bilan solishtirish uchun
asos bo‘ladi, shuningdek, xaritalar ishlashda zarur bo‘ladi. Eng muhimi ekologik
monitoringni  tartibli,  belgilangan  qoidalar  bilan  amalga  oshirish  ko‘zlangan
maqsadga erishishga imkon beradi. 
   
Ekspeditsiya ishlab turgan hududda monitoring kuzatishlarini iloji boricha
majmuali  olib  borish  yaxshi  samara  beradi,  chunki  faqat  shu  sharoitdagina
majmuali monitoringli kuzatishni amalga oshirish mumkin, yakka tadqiqotchilar
bunday murakkab ishlarni tartibli bajara olmaydlar yoki jismonan uddasidan chiqa
olmaydilar.
   
Aerokosmik  monitoring  usuli. Bunda  erdagi  kuzatuv  xizmatining
ko‘rsatmasiga  binoan  aerokosmik  jihozlar  yordamida  aniq  masshtabli  sur’atga
tushirilgan  aerokosmofotosur’atlarni  tahlil  (deshifrovka)  qilish  bilan  kerakli
ma’lumotlar olinadi. Aerokosmik monitoring usuli esa oddiy bo‘lib, bunda kam
sonli mutaxassislar jalb etiladi. Olingan ma’lumotlar asosida monitoring natijasi,
qisqa vaqt ichida (odatda 3-4 kunda) tayyor qilinadi. Bu monitoring usulini yana
bir  afzalligi  shundaki,  o‘rganilayotgan  joyning  ekologik  holatini,  o‘zgarish
dinamikasini yil davomida istalgan vaqtda kuzatish va nazorat qilish mumkin
bo‘ladi. Aniq masshtabli aerokosmik sur’atlar yordamida esa joyda kechayotgan
ekologik salbiy holatlarning o‘sish jarayoni haqida aniq ma’lumotlar olish mumkin.
   
Monitoring  maqsadi  jihatidan  resurslardan  oqilona  foydalanish  va  atrof
tabiiy muhit muhofazasi turlariga ajratiladi (1-chizma).
Logotip
tuproq tarkibidagi og‘ir metallar, pestitsitlar ulardan namuna olish bilan laboratoriyaga elitish kerak, suv iflosligi ham namuna olish yo‘li bilan laboratoriyada aniqlanadi. Bunda 3 shisha idishda (0,5 l dan) suv olinsa, sho‘rligi, sifati va boshqa moddalarni aniqlashga imkon beradi. Bunda barcha olingan har bir namunalarning aniq manzili, sanasi, olingan chuqurlik, havo holati va boshqa zaruriy ma’lumotlar yozib olinishi kerak. Dala sharoitida monitoring muntazam bo‘lmasa ham bir martalik ma’lumotga ega bo‘lishga imkon beradi, keyinchalik huddi shu hududda yana qaytadan dala ishlari amalga oshirilsa, oldingi ma’lumotlar bilan solishtirish uchun asos bo‘ladi, shuningdek, xaritalar ishlashda zarur bo‘ladi. Eng muhimi ekologik monitoringni tartibli, belgilangan qoidalar bilan amalga oshirish ko‘zlangan maqsadga erishishga imkon beradi. Ekspeditsiya ishlab turgan hududda monitoring kuzatishlarini iloji boricha majmuali olib borish yaxshi samara beradi, chunki faqat shu sharoitdagina majmuali monitoringli kuzatishni amalga oshirish mumkin, yakka tadqiqotchilar bunday murakkab ishlarni tartibli bajara olmaydlar yoki jismonan uddasidan chiqa olmaydilar. Aerokosmik monitoring usuli. Bunda erdagi kuzatuv xizmatining ko‘rsatmasiga binoan aerokosmik jihozlar yordamida aniq masshtabli sur’atga tushirilgan aerokosmofotosur’atlarni tahlil (deshifrovka) qilish bilan kerakli ma’lumotlar olinadi. Aerokosmik monitoring usuli esa oddiy bo‘lib, bunda kam sonli mutaxassislar jalb etiladi. Olingan ma’lumotlar asosida monitoring natijasi, qisqa vaqt ichida (odatda 3-4 kunda) tayyor qilinadi. Bu monitoring usulini yana bir afzalligi shundaki, o‘rganilayotgan joyning ekologik holatini, o‘zgarish dinamikasini yil davomida istalgan vaqtda kuzatish va nazorat qilish mumkin bo‘ladi. Aniq masshtabli aerokosmik sur’atlar yordamida esa joyda kechayotgan ekologik salbiy holatlarning o‘sish jarayoni haqida aniq ma’lumotlar olish mumkin. Monitoring maqsadi jihatidan resurslardan oqilona foydalanish va atrof tabiiy muhit muhofazasi turlariga ajratiladi (1-chizma).