GEOEKOLOGIYA VA ATROF-MUHIT MONITORINGI FANINING PREDMETI VA METODI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

12

File size

Fayl hajmi

28,4 KB


GEOEKOLOGIYA VA ATROF-MUHIT MONITORINGI FANINING
PREDMETI VA METODI
1. «Geoekologiya asoslari» fanining mazmuni va vujudga kelish tarixi
2. O‘zbekistonda geoekologik g‘oya va tadqiqotlarning rivojlanishi
3. Geoekologiya – geografik ekologiya to‘g‘risidagi fan ekanligi
Tayanch iboralar:
Geoekologiya, bioekologiya, ekologik tizim, hududiy tizim, integral geotizim,
biotsenoz,  antropogen  omillar,  texnogen  omillar,  ekologik  geologiya,  biotik,
evolyusiya, tabiiy majmua, ekologik jarayonlar, geografik-ekologik yondashuv,
“tabiat-jamiyat” tizimi, o‘zaro aloqa va ta’sir, optimallashtirish, yashash muhiti,
ekologiyalashtirish, ekologik biomajmua usuli, faunistik, biotsenologik, biotop,
edafik, cho‘llashish, modda va energiya almashinuvi, barqarorlashtirish, bioxilma-
xillik.
Geoekologiyaning  bioekologiyadan  farqi  shundaki,  bioekologiyada  tirik
organizmning atrof muhit bilan bo‘lgan munosabati “o‘z uyida” amalga oshiriladi.
Bu  jarayon  hududda  yoki  global  miqyosdagi  biosferada  amalga  oshirilmaydi.
SHuni  e’tiborga  olib  o‘zaro  munosabatni  hududda  makonda  mavjud  bo‘lishi
«geoekologiya» tushunchasiga mos keladi. 
G.Marsh  «Inson  va  tabiat»  asarida  (1864)  vujudga  kelayotgan  ekologik
muammolarni  ilmiy  asoslab,  uni  hal  qilish  uchun  «yangi  geografiya»
(geoekologiya) kerakligini ta’kidlagan va geoekologiyaning asoschisi  bo‘lishga
haqlidir G‘arbdagi olimlardan yana biri P.Xaggetning aniqlashicha: geograflar ikki
Logotip
GEOEKOLOGIYA VA ATROF-MUHIT MONITORINGI FANINING PREDMETI VA METODI 1. «Geoekologiya asoslari» fanining mazmuni va vujudga kelish tarixi 2. O‘zbekistonda geoekologik g‘oya va tadqiqotlarning rivojlanishi 3. Geoekologiya – geografik ekologiya to‘g‘risidagi fan ekanligi Tayanch iboralar: Geoekologiya, bioekologiya, ekologik tizim, hududiy tizim, integral geotizim, biotsenoz, antropogen omillar, texnogen omillar, ekologik geologiya, biotik, evolyusiya, tabiiy majmua, ekologik jarayonlar, geografik-ekologik yondashuv, “tabiat-jamiyat” tizimi, o‘zaro aloqa va ta’sir, optimallashtirish, yashash muhiti, ekologiyalashtirish, ekologik biomajmua usuli, faunistik, biotsenologik, biotop, edafik, cho‘llashish, modda va energiya almashinuvi, barqarorlashtirish, bioxilma- xillik. Geoekologiyaning bioekologiyadan farqi shundaki, bioekologiyada tirik organizmning atrof muhit bilan bo‘lgan munosabati “o‘z uyida” amalga oshiriladi. Bu jarayon hududda yoki global miqyosdagi biosferada amalga oshirilmaydi. SHuni e’tiborga olib o‘zaro munosabatni hududda makonda mavjud bo‘lishi «geoekologiya» tushunchasiga mos keladi. G.Marsh «Inson va tabiat» asarida (1864) vujudga kelayotgan ekologik muammolarni ilmiy asoslab, uni hal qilish uchun «yangi geografiya» (geoekologiya) kerakligini ta’kidlagan va geoekologiyaning asoschisi bo‘lishga haqlidir G‘arbdagi olimlardan yana biri P.Xaggetning aniqlashicha: geograflar ikki
tizimning tuzilma (struktura)si va o‘zaro ta’sirini o‘rganish bilan shug‘ullanadilar:
1) ekologik tizim – insonning atrof muhit bilan munosabatini o‘rganadi; 2) hududiy
tizim – bir hudud qo‘shni boshqa hudud bilan turli oqimlar asosida bog‘langan. 
Bizningcha,  deb  xulosa  chiqaradi  B.S.Lavrov  (1989)  ikkala  tizim
geoekologiyaning mazmunini tashkil qiladi. Boshqacha aytganda, geoekologiya
hududda  tirik  organizmning  atrof  muhit  bilan  bo‘ladigan  o‘zaro  aloqasini
o‘rganadi. 
N.F.Reymers  (1990)ning  yozishicha,  geografik  ekologiya  (geoekologiya,
landshaft ekologiyasi) – ekologiyaning bir qismi  bo‘lib, ekologiyaning barcha
qonuniyatlarini geografik jarayonlarga tatbiq etish, ya’ni hududiy tamoyil asosida
tatqiq etishdir. 
Tadbiq  etish  G.A.Bachinskiy  (1989)  bo‘yicha  geoekologiyaning  predmeti
tabiat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni optimallashtirish uchun bu jarayonda
geografik muhitning tabaqalashuvini o‘rganish bo‘lishi lozim.
L.M.Koritniy (1990) geoekologiyani (yoki tabiatdan foydalanish geografiyasi)
geografiyaning, ya’ni tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy geografiyadan so‘ng, uchinchi
yo‘nalish deb qaraydi. U geoekologik fanlar tizimi to‘g‘risida gapirib, tabiat bilan
jamiyatning o‘zaro ta’sirini hududiy qonuniyatlarini o‘rganuvchi yaxlit predmet
sifatida  qaraydi.  Uning  tadqiqot  ob’ekti  turli  kattalikdagi  integral  geotizimlar
bo‘lishi lozim.
G. S. Makunina (1990)ning ta’rificha: geoekologiya – geografiyaning ilmiy
yo‘nalishi bo‘lib, biotsenozlar va insonni o‘rab turgan muhitning o‘zgaruvchan
holatini o‘rganadi, u ya’ni muhit uzoq va qisqa muddatli ta’sir etuvchi tabiiy
hamda antropogen omillar, resurslardan oqilona foydalanish bilan bog‘liq bo‘ladi.
Geoekologiyaning metodologik asosi  bo‘lib hayot  va uning muhitining birligi
tushuniladi, bunda tabiiy, ijtimoiy va texnogen omillar e’tiborga olinadi.
V.T.Trofimov  (1997)ning  fikricha,  «ekologik  geologiya»  geologiyaning
yangi yo‘nalishi tushunilib, unda litosferaning yuqori gorizontlari (er osti suvlari va
gazlarni  qo‘shgan  holda)ni  ekotizimning  biotik  komponentlaridan  biri  sifatida
o‘rganiladi.  Uning  tatqiqod  predmeti  biologiya  bilan  geologiyaning  kesishgan
joyida vujudga keladi, boshqacha aytganda litosferaning eng yuqori qatlamining
ekologik vazifasi tatqiqod predmeti hisoblanadi. «Ekologik geologiya»ning yangi
Logotip
tizimning tuzilma (struktura)si va o‘zaro ta’sirini o‘rganish bilan shug‘ullanadilar: 1) ekologik tizim – insonning atrof muhit bilan munosabatini o‘rganadi; 2) hududiy tizim – bir hudud qo‘shni boshqa hudud bilan turli oqimlar asosida bog‘langan. Bizningcha, deb xulosa chiqaradi B.S.Lavrov (1989) ikkala tizim geoekologiyaning mazmunini tashkil qiladi. Boshqacha aytganda, geoekologiya hududda tirik organizmning atrof muhit bilan bo‘ladigan o‘zaro aloqasini o‘rganadi. N.F.Reymers (1990)ning yozishicha, geografik ekologiya (geoekologiya, landshaft ekologiyasi) – ekologiyaning bir qismi bo‘lib, ekologiyaning barcha qonuniyatlarini geografik jarayonlarga tatbiq etish, ya’ni hududiy tamoyil asosida tatqiq etishdir. Tadbiq etish G.A.Bachinskiy (1989) bo‘yicha geoekologiyaning predmeti tabiat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni optimallashtirish uchun bu jarayonda geografik muhitning tabaqalashuvini o‘rganish bo‘lishi lozim. L.M.Koritniy (1990) geoekologiyani (yoki tabiatdan foydalanish geografiyasi) geografiyaning, ya’ni tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy geografiyadan so‘ng, uchinchi yo‘nalish deb qaraydi. U geoekologik fanlar tizimi to‘g‘risida gapirib, tabiat bilan jamiyatning o‘zaro ta’sirini hududiy qonuniyatlarini o‘rganuvchi yaxlit predmet sifatida qaraydi. Uning tadqiqot ob’ekti turli kattalikdagi integral geotizimlar bo‘lishi lozim. G. S. Makunina (1990)ning ta’rificha: geoekologiya – geografiyaning ilmiy yo‘nalishi bo‘lib, biotsenozlar va insonni o‘rab turgan muhitning o‘zgaruvchan holatini o‘rganadi, u ya’ni muhit uzoq va qisqa muddatli ta’sir etuvchi tabiiy hamda antropogen omillar, resurslardan oqilona foydalanish bilan bog‘liq bo‘ladi. Geoekologiyaning metodologik asosi bo‘lib hayot va uning muhitining birligi tushuniladi, bunda tabiiy, ijtimoiy va texnogen omillar e’tiborga olinadi. V.T.Trofimov (1997)ning fikricha, «ekologik geologiya» geologiyaning yangi yo‘nalishi tushunilib, unda litosferaning yuqori gorizontlari (er osti suvlari va gazlarni qo‘shgan holda)ni ekotizimning biotik komponentlaridan biri sifatida o‘rganiladi. Uning tatqiqod predmeti biologiya bilan geologiyaning kesishgan joyida vujudga keladi, boshqacha aytganda litosferaning eng yuqori qatlamining ekologik vazifasi tatqiqod predmeti hisoblanadi. «Ekologik geologiya»ning yangi
yo‘nalishi – bu geologiyada yangi yo‘nalish, u geoekologiyaning tarkibiy qismi
hisoblanadi. U litosferaning eng yuqori qatlamlarini ekologik vazifasini baholaydi.
Uning fikricha, geoekologiya fanlararo yo‘nalish bo‘lib, yuqori darajada tashkil
topgan  tabiiy  va  inson  tomonidan  qayta  o‘zgartirilgan  tizimlarning  tuzilmasi
mavjud bo‘lish vazifalarining qonuniyatlari va evolyusiyasini o‘rganadi.
A.A.Rafiqov (2001) ta’biricha: geoekologiya tabiatda yuz berayotgan tirik
organizmlar  bilan  notirik  muhit  o‘rtasidagi  munosabatlarni  ma’lum  tabiiy
majmualar asosida o‘rganadi. Boshqacha aytganda, sodir bo‘layotgan ekologik
jarayonlarni landshaft (yoki morfologik qismlari), tabiiy geografik rayon, okrug va
hakazo taksonomik birliklarda tatqiq qiladi.
S.B.Abbosov  (2003)ning  fikricha:  «Geoekologiya  bu  tabiiy  muhitning
antropogen o‘zgarishlarini o‘rganuvchi fan sohasi bo‘lib hisoblanadi». SHuning
uchun geoekologiya tabiatdan oqilona foydalanishga va tabiatni muhofaza qilishga
xizmat qiladi.
Demak,  geoekologiyada  ekologiyaning  barcha  qonuniyatlarini  geografik
jarayonlarga qo‘llanilish tushuniladi, ya’ni hududiy tatbiq etiladi yoki landshaft
hamda boshqa tabiat majmualarida ekologik qonuniyatlar va jarayonlar o‘rganiladi.
Hozirga kelib geografiya fani sayyoramiz tabiatidan foydalanish va tabiiy
resurslarni o‘zlashtirishni optimallashtirishda sodir bo‘layotgan murakkab tabiiy va
ijtimoiy (sotsial) jarayonlarning mohiyatini teran anglab etishdagi ilmiy va amaliy
ahamiyati tufayli o‘zining rivojlanishida sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarildi.
Ayniqsa,  Er  sharining  barcha  mintaqalarida  turli  miqyoslardagi  ekologik
muammolarning sodir bo‘lishi, ularni o‘rganish va bartaraf qilishda geografik –
ekologik yondashuvning ahamiyatini yanada oshirishga turtki bo‘ldi.
Geografik muammolarni hal qilishda ekologik yondashuv hamda geografik va
ekologik nuqtai nazarlarning yaqinlashuvi, bir –birini to‘ldirishi oqibatida tabiiy
geografiya, xususan  landshafshunoslik bilan ekologiyaning hamkorligida yangi
“landshaftlar ekologiyasi” yo‘nalishi - faniga ehtiyoj tug‘ila boshladi.
Nemis landshafshunos – geograf olimi Karl Trol (1899-1975) 1939 yilda
«Landshaft ekologiyasi» atamasini birinchi bo‘lib qo‘llaydi. K.Trol 1966 yilda
Meksika shahrida bo‘lib o‘tgan simfoziumdagi ma’ruzasida ingliz tilida «Landshaft
ekologiyasi»  atamasining  sinonimi  sifatida  «geoekologiya  (Geoekology)»
Logotip
yo‘nalishi – bu geologiyada yangi yo‘nalish, u geoekologiyaning tarkibiy qismi hisoblanadi. U litosferaning eng yuqori qatlamlarini ekologik vazifasini baholaydi. Uning fikricha, geoekologiya fanlararo yo‘nalish bo‘lib, yuqori darajada tashkil topgan tabiiy va inson tomonidan qayta o‘zgartirilgan tizimlarning tuzilmasi mavjud bo‘lish vazifalarining qonuniyatlari va evolyusiyasini o‘rganadi. A.A.Rafiqov (2001) ta’biricha: geoekologiya tabiatda yuz berayotgan tirik organizmlar bilan notirik muhit o‘rtasidagi munosabatlarni ma’lum tabiiy majmualar asosida o‘rganadi. Boshqacha aytganda, sodir bo‘layotgan ekologik jarayonlarni landshaft (yoki morfologik qismlari), tabiiy geografik rayon, okrug va hakazo taksonomik birliklarda tatqiq qiladi. S.B.Abbosov (2003)ning fikricha: «Geoekologiya bu tabiiy muhitning antropogen o‘zgarishlarini o‘rganuvchi fan sohasi bo‘lib hisoblanadi». SHuning uchun geoekologiya tabiatdan oqilona foydalanishga va tabiatni muhofaza qilishga xizmat qiladi. Demak, geoekologiyada ekologiyaning barcha qonuniyatlarini geografik jarayonlarga qo‘llanilish tushuniladi, ya’ni hududiy tatbiq etiladi yoki landshaft hamda boshqa tabiat majmualarida ekologik qonuniyatlar va jarayonlar o‘rganiladi. Hozirga kelib geografiya fani sayyoramiz tabiatidan foydalanish va tabiiy resurslarni o‘zlashtirishni optimallashtirishda sodir bo‘layotgan murakkab tabiiy va ijtimoiy (sotsial) jarayonlarning mohiyatini teran anglab etishdagi ilmiy va amaliy ahamiyati tufayli o‘zining rivojlanishida sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarildi. Ayniqsa, Er sharining barcha mintaqalarida turli miqyoslardagi ekologik muammolarning sodir bo‘lishi, ularni o‘rganish va bartaraf qilishda geografik – ekologik yondashuvning ahamiyatini yanada oshirishga turtki bo‘ldi. Geografik muammolarni hal qilishda ekologik yondashuv hamda geografik va ekologik nuqtai nazarlarning yaqinlashuvi, bir –birini to‘ldirishi oqibatida tabiiy geografiya, xususan landshafshunoslik bilan ekologiyaning hamkorligida yangi “landshaftlar ekologiyasi” yo‘nalishi - faniga ehtiyoj tug‘ila boshladi. Nemis landshafshunos – geograf olimi Karl Trol (1899-1975) 1939 yilda «Landshaft ekologiyasi» atamasini birinchi bo‘lib qo‘llaydi. K.Trol 1966 yilda Meksika shahrida bo‘lib o‘tgan simfoziumdagi ma’ruzasida ingliz tilida «Landshaft ekologiyasi» atamasining sinonimi sifatida «geoekologiya (Geoekology)»
atamasini qo‘llaydi. K.Trol bu atamalarni geografiya va biologiya o‘zaro tutashgan
tabiatshunoslik sohasini belgilash uchun qo‘llagan edi, zero landshaft ekologiyasi
geografiya  va  biologiya  oralig‘ida  tarkib  topganligi  sababli  bilimlarning  bu
sohalaridagi ilmiy konsepsiyalarga asoslangan holda rivojlandi (S.Abdullaev va b.,
2010).
XX  asrning  70-yillaridan  boshlab  Germaniya,  Avstriya,  SHvetsariya,
CHexiya,  Slovakiya,  Niderlandiya,  Buyuk  Britaniya  va  AQSHda  landshaft
ekologiyasiga  doir  tadqiqotlar  ancha  kuchaydi.  Bu  davrga  kelib  landshaft
tadqiqotlarida  ommaviy  ilmiy  usullardan  biri  –  ekologik  usul  keng  qo‘llanila
boshlandi. YA’ni, bu usuldan geotizim (landshaft)larni tatqiq qilishda samarali
foydalanila boshlandi.
XX asrning 80 – yillarida olimlar tomonidan tabiat bilan jamiyatning o‘zaro
ta’siri muammolariga e’tiborning kuchayishi «geoekologiya» atamasining keng
qo‘llanilishiga sabab bo‘ldi. Bu davrda geoekologik tadqiqotlar «Tabiat – jamiyat»
tizimida vujudga kelgan hududiy va tizimli tabiiy, tabiiy-antropogen va antropogen
geotizimlardagi  hodisa  va  jarayonlarni,  ya’ni  landshaftlarning  mavjudligi,
tiklanishi,  barqarorligi  hamda  ularning  mahsuldorligini  ta’minlaydigan
mexanizmlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni o‘rganishga yo‘naltiriladi. 
1990  yilda  Rossiya  Federatsiyasining  Qozon  shahrida  Sobiq  Ittifoq
Geografiya jamiyatining IX s’ezdi bo‘lib, qatnashchilarning ma’ruza va axborotlari
6 ta jildli to‘plamda chop etildi, shularning to‘rttasi geoekologiya deb nomlangan.
SHu boisdan o‘sha yil va sanani «Geoekologiya» fanining «tug‘ilishi» deb qabul
qilish maqsadga muvofiq (I.Nazarov, 2013).
SHunday  qilib,  «Geoekologiya»  «Tabiat  va  jamiyat»  tizimidagi  o‘zaro
munosabatlar,  o‘zaro  ta’sir  va  aloqalarni  o‘rganadigan  hamda  atrof  muhitni
muhofaza qilish, unga inson ta’sirini optimallashtirishning ilmiy asoslarini ishlab
chiquvchi o‘ziga xos mustaqil fan sifatida namoyon bo‘ldi.
1.2. O‘zbekistonda geoekologik g‘oya va tadqiqotlarning rivojlanishi
«Geoekologiya»  atamasining  asoschisi  garchand  K.Trol  bo‘lsada,  uning
g‘oyalari  A.Tensli  (1935)ning  ekotizimlar  hamda  V.B.Sochava  (1978)ning
geotizimlar haqidagi ta’limotlari bilan yanada takomillashib bordi.
Logotip
atamasini qo‘llaydi. K.Trol bu atamalarni geografiya va biologiya o‘zaro tutashgan tabiatshunoslik sohasini belgilash uchun qo‘llagan edi, zero landshaft ekologiyasi geografiya va biologiya oralig‘ida tarkib topganligi sababli bilimlarning bu sohalaridagi ilmiy konsepsiyalarga asoslangan holda rivojlandi (S.Abdullaev va b., 2010). XX asrning 70-yillaridan boshlab Germaniya, Avstriya, SHvetsariya, CHexiya, Slovakiya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya va AQSHda landshaft ekologiyasiga doir tadqiqotlar ancha kuchaydi. Bu davrga kelib landshaft tadqiqotlarida ommaviy ilmiy usullardan biri – ekologik usul keng qo‘llanila boshlandi. YA’ni, bu usuldan geotizim (landshaft)larni tatqiq qilishda samarali foydalanila boshlandi. XX asrning 80 – yillarida olimlar tomonidan tabiat bilan jamiyatning o‘zaro ta’siri muammolariga e’tiborning kuchayishi «geoekologiya» atamasining keng qo‘llanilishiga sabab bo‘ldi. Bu davrda geoekologik tadqiqotlar «Tabiat – jamiyat» tizimida vujudga kelgan hududiy va tizimli tabiiy, tabiiy-antropogen va antropogen geotizimlardagi hodisa va jarayonlarni, ya’ni landshaftlarning mavjudligi, tiklanishi, barqarorligi hamda ularning mahsuldorligini ta’minlaydigan mexanizmlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni o‘rganishga yo‘naltiriladi. 1990 yilda Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida Sobiq Ittifoq Geografiya jamiyatining IX s’ezdi bo‘lib, qatnashchilarning ma’ruza va axborotlari 6 ta jildli to‘plamda chop etildi, shularning to‘rttasi geoekologiya deb nomlangan. SHu boisdan o‘sha yil va sanani «Geoekologiya» fanining «tug‘ilishi» deb qabul qilish maqsadga muvofiq (I.Nazarov, 2013). SHunday qilib, «Geoekologiya» «Tabiat va jamiyat» tizimidagi o‘zaro munosabatlar, o‘zaro ta’sir va aloqalarni o‘rganadigan hamda atrof muhitni muhofaza qilish, unga inson ta’sirini optimallashtirishning ilmiy asoslarini ishlab chiquvchi o‘ziga xos mustaqil fan sifatida namoyon bo‘ldi. 1.2. O‘zbekistonda geoekologik g‘oya va tadqiqotlarning rivojlanishi «Geoekologiya» atamasining asoschisi garchand K.Trol bo‘lsada, uning g‘oyalari A.Tensli (1935)ning ekotizimlar hamda V.B.Sochava (1978)ning geotizimlar haqidagi ta’limotlari bilan yanada takomillashib bordi.
K.Trol (1972) «Geografiyaga chuqur ekologik bilimlar zarur, o‘z navbatida
ekologiya uchun esa, yashash muhitining hududiy tabaqalanishi haqidagi bilimlar
juda muhimdir», deb ta’kidlagan edi. 
Geografiyada ekologiyalashtirish jarayoni ijtimoiy-ekologik, geoekologik va
meliorativ geografiya yo‘li bilan o‘z aksini topdi.
Darvoqe, geografik – ekologik tadqiqotlar tarixi O‘zbekistonda ancha qadimiy
ekanligi, ilk geoekologik maktab yurtimizda shakllanganligini mutaxassislar e’tirof
etadilar.
XX asrning 30-yillaridayoq O‘rta Osiyo Davlat universiteti (sobiq SAGU)
professorlari D.N.Kashkarov (1876-1941) va E.P.Korovin (1891-1963)lar ishlab
chiqqan  ekologik-biomajmua  usul  majmuali  ekologik-geografik  bosqichga
ko‘tarildi. 1932 yil universitet qoshida E.P.Korovin rahbarligida Biologiya instituti
tashkil etildi. Bu institut universitet ekologik hamda geografik fikrlarining asosiy
markaziga  aylandi.D.N.Kashkarovning  faunistik,  zoogeografik,  ekologik,
biotsenologik  umumlashmalari  ham  g‘oyat  qiziqarlidir.  Olim  ekspeditsiya
doirasida ajratilgan biotoplari, geomorfologik, iqlimiy, edafik va biotik jihatdan
asoslangan bo‘lib, hatto landshafshunoslik nuqtai nazaridan katta e’tiborga loyiq
(R.Raximbekov, Z.Donsova, 1982). D.N.Kashkarov tabiatni muhofaza qilish va
tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy, rekratsion,
ilmiy, falsafiy, huquqiy va estetik jihatlarini bir butun ekologik yondashuv asosida
yaqqol  ko‘rsatib  berdi  (N.G‘ulomova,  SH.Raximbekova,  1995).XX  asrning
ikkinchi  yarmidan  boshlab  mazkur  landshaft-ekologik  maktabni  respublikada
L.N.Babushkin  va  N.A.Kogay  davom  ettirdilar.  D.N.Koshkarov,  E.P.Korovin,
T.Z.Zohidov, V.M.CHetirkin, L.N.Babushkin va N.A.Kogay ilmiy yo‘nalishlari
geografik–ekologik  yo‘nalishdir  (SH.  Zokirov,  1999).  SH.S.Zokirov
ta’kidlaganicha:  Taniqli  olimlar  E.P.Korovinning  geobotanik  ishlarida,
L.N.Babushkinning  agroiqlim  bo‘yicha  olib  borgan  izlanishlarida,
I.V.Stepanovning O‘rta Osiyo tuproqlarini tahlil qilishda, V.M.CHetirkinning O‘rta
Osiyoni  tabiiy  geografik  ta’riflash  va  rayonlashtirish  tajribasida  ekologik
yondashish  yaqqol  ko‘zga  tashlanadi  (SH.Zokirov,1995).  SHuningdek,
SH.S.Zokirovning landshafshunoslik sohasiga oid barcha tadqiqotlari ibratli va
sermazmunligini e’tirof etgani holda, olimning o‘zlarini ham L.N.Babushkin va
Logotip
K.Trol (1972) «Geografiyaga chuqur ekologik bilimlar zarur, o‘z navbatida ekologiya uchun esa, yashash muhitining hududiy tabaqalanishi haqidagi bilimlar juda muhimdir», deb ta’kidlagan edi. Geografiyada ekologiyalashtirish jarayoni ijtimoiy-ekologik, geoekologik va meliorativ geografiya yo‘li bilan o‘z aksini topdi. Darvoqe, geografik – ekologik tadqiqotlar tarixi O‘zbekistonda ancha qadimiy ekanligi, ilk geoekologik maktab yurtimizda shakllanganligini mutaxassislar e’tirof etadilar. XX asrning 30-yillaridayoq O‘rta Osiyo Davlat universiteti (sobiq SAGU) professorlari D.N.Kashkarov (1876-1941) va E.P.Korovin (1891-1963)lar ishlab chiqqan ekologik-biomajmua usul majmuali ekologik-geografik bosqichga ko‘tarildi. 1932 yil universitet qoshida E.P.Korovin rahbarligida Biologiya instituti tashkil etildi. Bu institut universitet ekologik hamda geografik fikrlarining asosiy markaziga aylandi.D.N.Kashkarovning faunistik, zoogeografik, ekologik, biotsenologik umumlashmalari ham g‘oyat qiziqarlidir. Olim ekspeditsiya doirasida ajratilgan biotoplari, geomorfologik, iqlimiy, edafik va biotik jihatdan asoslangan bo‘lib, hatto landshafshunoslik nuqtai nazaridan katta e’tiborga loyiq (R.Raximbekov, Z.Donsova, 1982). D.N.Kashkarov tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy, rekratsion, ilmiy, falsafiy, huquqiy va estetik jihatlarini bir butun ekologik yondashuv asosida yaqqol ko‘rsatib berdi (N.G‘ulomova, SH.Raximbekova, 1995).XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab mazkur landshaft-ekologik maktabni respublikada L.N.Babushkin va N.A.Kogay davom ettirdilar. D.N.Koshkarov, E.P.Korovin, T.Z.Zohidov, V.M.CHetirkin, L.N.Babushkin va N.A.Kogay ilmiy yo‘nalishlari geografik–ekologik yo‘nalishdir (SH. Zokirov, 1999). SH.S.Zokirov ta’kidlaganicha: Taniqli olimlar E.P.Korovinning geobotanik ishlarida, L.N.Babushkinning agroiqlim bo‘yicha olib borgan izlanishlarida, I.V.Stepanovning O‘rta Osiyo tuproqlarini tahlil qilishda, V.M.CHetirkinning O‘rta Osiyoni tabiiy geografik ta’riflash va rayonlashtirish tajribasida ekologik yondashish yaqqol ko‘zga tashlanadi (SH.Zokirov,1995). SHuningdek, SH.S.Zokirovning landshafshunoslik sohasiga oid barcha tadqiqotlari ibratli va sermazmunligini e’tirof etgani holda, olimning o‘zlarini ham L.N.Babushkin va
N.A.Kogaylarning  landshaft-ekologik  maktabining  bevosita  davomchisi  deb
hisoblash maqsadga muvofiqdir. 
O‘zbekistonda mustaqillik yillarida bevosita geoekologiyaga bag‘ishlangan
izlanishlar 90–yillar oxirida boshlangan (A.A.Rafiqov, 1997; I.Q.Nazarov, 1998;
A.N.Nig‘matov, 2010; S.I.Abdullaev va boshqalar, 2010 va b.).
Mamlakatimizda  geoekologik  tadqiqotlarni  birinchilardan  bo‘lib  boshlab
bergan, mavjud landfasht-ekologik maktabni jadal rivojlantirgan, geoekologiyani
fan sifatida oliy ta’lim  tizimida joriy  qilgan  olim,  geografiya  fanlari  doktori,
professor A.A.Rafiqovdir. U XX asrning 80-90 yillarida «Geoekologiya»ning asl
mohiyatini ochib berishda avvalo O‘zRFA Geografiya bo‘limida (1981-1998 yy.),
so‘ngra O‘zMU (ToshDU) Geografiya fakulteti «Tabiiy geografiya» kafedrasida
(1998-2003  yy.)  samarali  faoliyat  olib  bordi.  U  respublikaning  Mirzacho‘l,
Qizilqum,  Orol  va  Orolbo‘yi  kabi  turli  mintaqalarida  olib  borgan  o‘nlab
ekspeditsiyalari va tadqiqotlari asosida ro‘y berayotgan ekologik o‘zgarishlarni
bevosita geotizimlar doirasida aks etishini isbotlab berdi
A.A.Rafiqov boshchiligida O‘rta Osiyoda olib borilgan geoekologik tadqiqot
natijalari 1992 yilda respublikamizda ilk bor 1:1 000 000 masshtabda yaratilgan
“O‘zbekiston  Respublikasining  ekologik  kartasi”da  aks  etdi.  Xaritaning
mazmunida mamlakatimiz hududidagi landshaftlarning turli xil darajada ekologik
o‘zgarganligi  ko‘rsatib  berildi.  Olim  bir  guruh  geograflar  bilan,  hududning
ekologik sharoiti geotizimlar miqyosida yaqqol namoyon bo‘lishini yoqlab chiqdi.
Mazkur  tadqiqot  ishida  ekologik  vaziyat  darajalari  13  ta  indikatorlar  asosida
tavsiflangan  va  5  ta  pog‘onaga  ajratgan:  qanoatlanarli,  o‘rtacha  qanoatlanarli,
o‘rtacha, keskin, tang. 
Bunda geoekologik indikatorlar sifatida tabiat komponentlarining soni va sifat
ko‘rsatgichlari  olindi.  Keyinchalik  A.A.Rafiqov  (1999)  ushbu  indikatorlarni
takomillashtirib, sonini 16 taga etkazadi, shuningdek 13 ta indikatordan 5 tasining
o‘rniga boshqalarini taklif qiladi. Ushbu indikatorlardan «O‘zR Tabiatni muhofaza
qilish  kartasi»ni  (2003)  tuzishda  foydalanib,  geoekologik  vaziyatlar
landshaftlarning  o‘zgarganlik  darajasi  sifatida  etti  pog‘onali  darajada  berilib,
ranglarda tasvirlangan. Mazkur har ikala xaritani tuzishda landshaft xaritasi asos
qilib olingan. 
Logotip
N.A.Kogaylarning landshaft-ekologik maktabining bevosita davomchisi deb hisoblash maqsadga muvofiqdir. O‘zbekistonda mustaqillik yillarida bevosita geoekologiyaga bag‘ishlangan izlanishlar 90–yillar oxirida boshlangan (A.A.Rafiqov, 1997; I.Q.Nazarov, 1998; A.N.Nig‘matov, 2010; S.I.Abdullaev va boshqalar, 2010 va b.). Mamlakatimizda geoekologik tadqiqotlarni birinchilardan bo‘lib boshlab bergan, mavjud landfasht-ekologik maktabni jadal rivojlantirgan, geoekologiyani fan sifatida oliy ta’lim tizimida joriy qilgan olim, geografiya fanlari doktori, professor A.A.Rafiqovdir. U XX asrning 80-90 yillarida «Geoekologiya»ning asl mohiyatini ochib berishda avvalo O‘zRFA Geografiya bo‘limida (1981-1998 yy.), so‘ngra O‘zMU (ToshDU) Geografiya fakulteti «Tabiiy geografiya» kafedrasida (1998-2003 yy.) samarali faoliyat olib bordi. U respublikaning Mirzacho‘l, Qizilqum, Orol va Orolbo‘yi kabi turli mintaqalarida olib borgan o‘nlab ekspeditsiyalari va tadqiqotlari asosida ro‘y berayotgan ekologik o‘zgarishlarni bevosita geotizimlar doirasida aks etishini isbotlab berdi A.A.Rafiqov boshchiligida O‘rta Osiyoda olib borilgan geoekologik tadqiqot natijalari 1992 yilda respublikamizda ilk bor 1:1 000 000 masshtabda yaratilgan “O‘zbekiston Respublikasining ekologik kartasi”da aks etdi. Xaritaning mazmunida mamlakatimiz hududidagi landshaftlarning turli xil darajada ekologik o‘zgarganligi ko‘rsatib berildi. Olim bir guruh geograflar bilan, hududning ekologik sharoiti geotizimlar miqyosida yaqqol namoyon bo‘lishini yoqlab chiqdi. Mazkur tadqiqot ishida ekologik vaziyat darajalari 13 ta indikatorlar asosida tavsiflangan va 5 ta pog‘onaga ajratgan: qanoatlanarli, o‘rtacha qanoatlanarli, o‘rtacha, keskin, tang. Bunda geoekologik indikatorlar sifatida tabiat komponentlarining soni va sifat ko‘rsatgichlari olindi. Keyinchalik A.A.Rafiqov (1999) ushbu indikatorlarni takomillashtirib, sonini 16 taga etkazadi, shuningdek 13 ta indikatordan 5 tasining o‘rniga boshqalarini taklif qiladi. Ushbu indikatorlardan «O‘zR Tabiatni muhofaza qilish kartasi»ni (2003) tuzishda foydalanib, geoekologik vaziyatlar landshaftlarning o‘zgarganlik darajasi sifatida etti pog‘onali darajada berilib, ranglarda tasvirlangan. Mazkur har ikala xaritani tuzishda landshaft xaritasi asos qilib olingan.
A.A.Rafiqovning “Geoekologik muammolar” (1997) nomli kitobida tabiat va
jamiyat o‘rtasida yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning geoekologik
jihatlari  ochib  berildi.  Unda  Markaziy  Osiyo,  xususan  misolida,  geoekologik
muammolarning paydo bo‘lishi va shakllanishi ko‘rsatib o‘tildi. Global, hududiy
va mahalliy geoekologik masalalar tabiiy geografik nuqtai nazardan ochib berildi.
Qo‘llanmada atrof tabiiy muhit ifloslanishining inson salomatligiga ta’sirini
majmuali geografik yondashish orqali tatqiq qilish lozimligini yoritib berildi. Olim
va  uning  shogirdlari  geoekologik  muammolar  echimining  ilmiy  asosini  ochib
berishga harakat qildilar3. 
A.A.Rafiqovning hududiy va mahalliy geoekologik dunyoqarashlarini uning
shogirdlari va izdoshlari keng targ‘ibot qilib davom ettirishmoqda.
Hududiy  miqiyosda  olimning  geoekologik  ilmiy  maktabini  davom
ettiruvchilardan biri O‘sh davlat universiteti geografiya fakulteti “Geoekologiya”
kafedrasi dotsenti, geografiya fanlari nomzodi G.CH.Donbaevadir. U o‘zinning
ilmiy ishlarida Qirg‘izistonning Talas vodiysi suv resurslaridan oqilona foydalanish
orqali atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishning havzaviy usullarini ishlab chiqdi va
uni amalga tatbiq etmoqda (2004).
Mahalliy miqyosda, ya’ni respublikamizda A.A.Rafiqovning shogirdlaridan
bir  nechtasi  olimning  ishlarini  davom  ettirmoqda.  Jumladan,  A.S.Nazarov
agrolandshaftlarning pestitsidlar bilan ifloslanishini  baholash va rayonlashtirish
masalalari  yuzasidan  tadqiqotlar  olib  bordi  va  davom  ettirmoqda (Otsenka  i
rayonirovanie  zagryazneniya  pestitsidami  agrolandshaftov  CHirchik  –
Axangaranskoy doliny i puti ix oxrany, 1991).
A.N.Xojimatov O‘zbekiston cho‘l mintaqasi voha landshaftlarining holatini,
yuz berayotgan o‘zgarishlarni  baholash  va  prognoz  qilish  masalalari  bo‘yicha
izlanishlar  olib  bormoqda  (Oazinsne  landshafty  pustynnoy  zony  Uzbekistana:
sostoyanie, otsenka i prognoz vozmojnyx izmeneniy (na primere agrogeosistem
nizovev Zarafshana i Amudari), 1996). 
A.K.Kurbaniyazov  Orol  dengizi  qurigan  tubi  janubiy  qismi  landshaftlarining
shakllanishi,  rivojlanishi  va  cho‘llashish  jarayoni  bilan  kurashish  tadbirlari
bo‘yicha  ilmiy  va  amaliy  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  tadqiqotlar  olib  bormoqda
Logotip
A.A.Rafiqovning “Geoekologik muammolar” (1997) nomli kitobida tabiat va jamiyat o‘rtasida yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning geoekologik jihatlari ochib berildi. Unda Markaziy Osiyo, xususan misolida, geoekologik muammolarning paydo bo‘lishi va shakllanishi ko‘rsatib o‘tildi. Global, hududiy va mahalliy geoekologik masalalar tabiiy geografik nuqtai nazardan ochib berildi. Qo‘llanmada atrof tabiiy muhit ifloslanishining inson salomatligiga ta’sirini majmuali geografik yondashish orqali tatqiq qilish lozimligini yoritib berildi. Olim va uning shogirdlari geoekologik muammolar echimining ilmiy asosini ochib berishga harakat qildilar3. A.A.Rafiqovning hududiy va mahalliy geoekologik dunyoqarashlarini uning shogirdlari va izdoshlari keng targ‘ibot qilib davom ettirishmoqda. Hududiy miqiyosda olimning geoekologik ilmiy maktabini davom ettiruvchilardan biri O‘sh davlat universiteti geografiya fakulteti “Geoekologiya” kafedrasi dotsenti, geografiya fanlari nomzodi G.CH.Donbaevadir. U o‘zinning ilmiy ishlarida Qirg‘izistonning Talas vodiysi suv resurslaridan oqilona foydalanish orqali atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishning havzaviy usullarini ishlab chiqdi va uni amalga tatbiq etmoqda (2004). Mahalliy miqyosda, ya’ni respublikamizda A.A.Rafiqovning shogirdlaridan bir nechtasi olimning ishlarini davom ettirmoqda. Jumladan, A.S.Nazarov agrolandshaftlarning pestitsidlar bilan ifloslanishini baholash va rayonlashtirish masalalari yuzasidan tadqiqotlar olib bordi va davom ettirmoqda (Otsenka i rayonirovanie zagryazneniya pestitsidami agrolandshaftov CHirchik – Axangaranskoy doliny i puti ix oxrany, 1991). A.N.Xojimatov O‘zbekiston cho‘l mintaqasi voha landshaftlarining holatini, yuz berayotgan o‘zgarishlarni baholash va prognoz qilish masalalari bo‘yicha izlanishlar olib bormoqda (Oazinsne landshafty pustynnoy zony Uzbekistana: sostoyanie, otsenka i prognoz vozmojnyx izmeneniy (na primere agrogeosistem nizovev Zarafshana i Amudari), 1996). A.K.Kurbaniyazov Orol dengizi qurigan tubi janubiy qismi landshaftlarining shakllanishi, rivojlanishi va cho‘llashish jarayoni bilan kurashish tadbirlari bo‘yicha ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan tadqiqotlar olib bormoqda
(Stanovlenie i razvitie landshaftov yujnoy chasti obsoxshego dna Aralskogo morya
i mery borby s protsessami opustynivaniya, 2001). 
R.Usmanova  (2001)  Qashqadaryo  viloyatida  geotizimlardan  rekratsion
maqsadda foydalanishning geoekologik asoslarini ishlab chiqish bilan birga har
qanday ijtimoiy masalalarni, jumladan aholining hordiq chiqarishi va dam olishini
yaxshilash,  sog‘lig‘ini  tiklash  uchun  tabiiy  geografik  majmualarni  atroflicha
baholash va bashoratlash zarurligini yoqlab chiqdi.
K.J.Allanazarov  (2002)  ilmiy  ishlarida  Amudaryo  deltasining
sug‘orilmaydigan  qismi  tabiiy  sharoiti  va  resurslarini  qishloq  xo‘jaligini
rivojlantirishda tutgan o‘rnini ko‘rsatish bo‘yicha tadqiqotlarni olib bormoqda. U
mahalliy geoekologik muammolarni hal etishning majmuali-geografik asoslarini
ishlab chiqdi va amalda tatbiq etishga doir ko‘rsatmalar berdi.
A.A.Nazarov  (2004)  Namangan  viloyati  tabiiy  resurslaridan  oqilona
foydalanishning  ekologik-geografik  asoslarini  shilab  chiqdi  hamda  amaliyotga
tavsiya va takliflar berdi. 
Z.A.Amanbaeva (2004) Ohangaron daryo vodiysi o‘rta qismi  havzasining
geoekologik vaziyati va uni optimallashtirish yo‘llariga oid tadqiqotlarni olib bordi.
Muallif geoekologik vaziyatni optimallashtirishda rel’ef shakllari va elementlarini
hisobga olish ijobiy natija berishini isbotladi hamda amaliyotga tavsiya va takliflar
berdi. 
A.A.Hamidov  (2006)  Farg‘ona  vodiysi  misolida  tabiiy  geografik
tadqiqotlarning  geoekologik  ahamiyatiga  doir  ilmiy  izlanishlar  olib  borib,
O‘zbekistonda  «Geoekologiya»ni  rivojlantirishda  tarixan  boy  tabiiy  geografik
tadqiqotlarga  suyanish  lozimligini  isbot  qildi  va  bu  tadqiqotlarni  davom
ettirmoqda.
O.I.Abdug‘aniev (2007) muayyan bir viloyat doirasida (Farg‘ona viloyati
misolida)  alohida  muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlarni  tashkil  etish  orqali
geoekologik vaziyatni yaxshilash masalalarini o‘rganmoqda. 
SHu maktab namoyondalaridan yana biri SH.M.SHaripov tabiatni muhofaza
qilishda  geoekologik  yondashuv,  ya’ni  har  bir  geotizimning  o‘ziga  xos
xususiyatlarini  va  geoekologik  vaziyatini  hisobga  olish  va  chora-tadbirlarni
tabaqalashgan  holda  amalga  oshirish  bo‘yicha  tadqiqotlar  olib  bormoqda.
Logotip
(Stanovlenie i razvitie landshaftov yujnoy chasti obsoxshego dna Aralskogo morya i mery borby s protsessami opustynivaniya, 2001). R.Usmanova (2001) Qashqadaryo viloyatida geotizimlardan rekratsion maqsadda foydalanishning geoekologik asoslarini ishlab chiqish bilan birga har qanday ijtimoiy masalalarni, jumladan aholining hordiq chiqarishi va dam olishini yaxshilash, sog‘lig‘ini tiklash uchun tabiiy geografik majmualarni atroflicha baholash va bashoratlash zarurligini yoqlab chiqdi. K.J.Allanazarov (2002) ilmiy ishlarida Amudaryo deltasining sug‘orilmaydigan qismi tabiiy sharoiti va resurslarini qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda tutgan o‘rnini ko‘rsatish bo‘yicha tadqiqotlarni olib bormoqda. U mahalliy geoekologik muammolarni hal etishning majmuali-geografik asoslarini ishlab chiqdi va amalda tatbiq etishga doir ko‘rsatmalar berdi. A.A.Nazarov (2004) Namangan viloyati tabiiy resurslaridan oqilona foydalanishning ekologik-geografik asoslarini shilab chiqdi hamda amaliyotga tavsiya va takliflar berdi. Z.A.Amanbaeva (2004) Ohangaron daryo vodiysi o‘rta qismi havzasining geoekologik vaziyati va uni optimallashtirish yo‘llariga oid tadqiqotlarni olib bordi. Muallif geoekologik vaziyatni optimallashtirishda rel’ef shakllari va elementlarini hisobga olish ijobiy natija berishini isbotladi hamda amaliyotga tavsiya va takliflar berdi. A.A.Hamidov (2006) Farg‘ona vodiysi misolida tabiiy geografik tadqiqotlarning geoekologik ahamiyatiga doir ilmiy izlanishlar olib borib, O‘zbekistonda «Geoekologiya»ni rivojlantirishda tarixan boy tabiiy geografik tadqiqotlarga suyanish lozimligini isbot qildi va bu tadqiqotlarni davom ettirmoqda. O.I.Abdug‘aniev (2007) muayyan bir viloyat doirasida (Farg‘ona viloyati misolida) alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish orqali geoekologik vaziyatni yaxshilash masalalarini o‘rganmoqda. SHu maktab namoyondalaridan yana biri SH.M.SHaripov tabiatni muhofaza qilishda geoekologik yondashuv, ya’ni har bir geotizimning o‘ziga xos xususiyatlarini va geoekologik vaziyatini hisobga olish va chora-tadbirlarni tabaqalashgan holda amalga oshirish bo‘yicha tadqiqotlar olib bormoqda.