Ilmiybaza.uz
GEOFIZIKA FANI
Butun dunyoda foydali qazilmaga bo'lgan ehtiyoj yildan-yilga oshib
bormoqda. Foydali qazilmalarni qidirishda geologik usullar muhim ahamiyatga ega
bo'lib, geologik masalalarni echishda geofizik usullari keng qo'llanilib kelinmoqda.
Shuning uchun geolog-geofizika fani to'g'risida umumiy tushuncha va geofizik
usullar yordamida turli geologik vazifalarni echish imkoniyatlari va natijalarini
talqin qilish asoslarini bilish kerak.
Geofizika atamasi – "Geo" – er, "fizika" – fizika, ya'ni "er fizikasi" degan
ma'noni bildiradi. Bu fan er po'stida, mantiyada va yadroda bo'lib o'tadigan fizik
jarayonlar va har xil tog'jinslar va tuzilmalar ta'sirida hosil bo'lgan fizik maydonlar
tuzilishini, kuchlanishini o'rganadi.
Geofizika fani uch bo'limga bo'linadi: litosfera geofizikasi, gidrogeofizikasi,
atmosfera va Kosmos geofizikasi.
Litosfera geofizikasi fani er fizikasi va geofizik tadqiqot usullari bo'limlariga
ajratiladi.
Geofizika fani geologiya, geodeziya, geografiya, geoximiya, fizika va
astronomiya fanlariga yaqin. U fizika, geologiya va astranomiya fanlari asosida XІX
– asrning ohirida va XX – asrning boshlanishida hosil bo'lgan va rivojlangan.
Er fizikasi -butun erning tuzilishini o'rganadi. Geofizik tadqiqot usullari – er
po'stining geologik tuzilishini o'rganadi va asosiy maqsadi foydali qazilmalarni
izlash va razvedka qilish va har xil amaliy masalalarni echish (masalan, turli
muhandislik geologiya masalalari).
"Geofizik tadqiqotlar usullari" fani fizik maydonlarni va hodisalarni o'rganish
va tahlil qilish usullariga asoslangan. Fizik maydonlarni er yuzasida,
tog'qazilmalarida, burg'i quduqlarida, dengizda, Ummonda, atmosfera va kosmosda
o'rganish mumkin.
Ilmiybaza.uz
Geofizik tadqiqotlarning maqsadi - geologik kesimni tuzilishi to'g'risida
ma'lumotlarni olish va foydali qazilmalarga istiqbolliligi to'g'risida xulosa chiqarish.
Fizik maydon deganda, er yoki uning ma'lum bir qismidagi fizik parametrlarning
ko'plab qiymatlarini tushunamiz. Geologik nuqtai nazardan olib qaraganda, har xil
tog'jinslari, yaxlit tuzilmalar, bir jinsli tabaqalar, ma'danli jismlar turlicha fizik
xususiyatlarga ega. Masalan, elektr o'tkazuvchanlik, magnit qabul qiluvchanlik,
seysmik to'lqinlarning turlicha tarqalishi va hokazo.
Har bir tog'jinsi atrofdagi muhitda har xil fizik xossalarning ta'siri natijasida
fizik maydonlar hosil qiladi. Har bir tog'jinsi atrofdagi muhitda (tashqi maydonlar)
va o'zining ichida (ichki maydonlar) bir qator fizik maydonlarni yaratadi. Tashqi
maydonlarning parametrlarini o'lchab, maydon manbasi to'g'risida ma'lumotlar olish
mumkin.
Fizik maydonlar ham tabiiy, ham sun'iy bo'lishi mumkin.
Tabiiy fizik maydonlar tabiatning yaratishi bilan bog'liq – gravitasion
(tortishish maydoni, og'irlik kuchi maydoni), magnit, elektr, elektromagnit, zilzila
natijasida hosil bo'lgan seysmik to'lqinlarning tarqalish maydoni, radioaktiv
nurlanish, termik maydon bo'ladi.
Sun'iy fizik maydonlar insonning tabiatga ta'siri bilan bog'lik – elektr,
elektromagnit, zarba yoki portlatish natijasida hosil bo'lgan seysmik to'lqinlarni
tarqalish maydoni, termik (isitish yoki sovutish maydoni), sun'iy radioaktiv
nurlanish maydoni.
Gravitasion maydon og'irlik kuchi tezlanishi (erkin tushish tezlanishi) va
gravitasion potentsialning ikkinchi tartibli hosilalari bilan ta'riflanadi. Magnit
maydon kuchlanishning to'liq vektori (T) va uning boshqa tashkil etuvchilari bilan
(vertikal Z, gorizontal N va hokazo), elektromagnit maydoni – maydonning magnit
(N) va elektr (E) vektorlari, seysmik maydon elastik to'lqinlarining tarqalish vaqti,
tezligi va davri bilan, termik maydon haroratni taqsimlanishi bilan ta'riflanadi.
Bitta yoki bir nechta fizik maydonlarning parametrlarini o'lchab turib
tog'jinslarining xossalari to'g'risida va tadqiqot qilingan hududning geologik
tuzilishi haqida ma'lumot olish mumkin.
Ilmiybaza.uz
Har bir fizik maydon va uning parametrlari tog'jinslarining maydon va
chuqurlik bo'yicha fizik xossalarining taqsimlanishiga asoslangan. Masalan,
gravitasion
maydon
tog'jinslarining
zichligiga(σ)
asoslangan,
elektr
va
elektromagnit
maydon
tog'jinslarining
solishtirma
elektr
qarshiligiga(ρ),
dielektrik(ε) va magnit(μ) singdiruvchanligiga, elektrokimyoviy aktivligiga(α) va
qutblanishiga(η) asoslangan.
Tog'jinslarining fizik xossalari har xil bo'lishi mumkin. Har xil tog'jinslarining
fizik xossalari bir xil bo'lishi mumkin. Masalan, granit va ohaktoshning zichligi 2.65
g/sm3, lekin granitda magnit qabul qiluvchanlik(æ) katta. Granit va ohaktoshlarni
ajratish uchun gravitasion va magnit usullarini majmuasi qo'llanishi kerak.
Bazalt va tosh tuzida seysmik to'lqinlarning tarqalish tezligi bir xil, lekin
bazaltning zichligi katta. Ularni ajratish uchun gravitasion va seysmik usullarning
majmuasi qo'llanishi kerak.
Fizik maydonning parametrlari geologik jinslarning xossalari, o'lchamlari va
yotish chuqurligiga bog'liq.
Geofizikada to'g'ri va teskari masalalarining tushunchasi mavjud. To'g'ri
masalaning echilishi: jismlarning aniq bo'lgan shakllari, o'lchamlari, yotish
chuqurligi va fizik xossalaridan fizik maydonning parametrlarini hisoblash. Bu
masala aniq echimga ega.
Teskari masalaning echilishi: o'lchangan fizik maydon parametrlari bo'yicha
jismlarni o'lchamlarini, yotish chuqurligini va xossalarini aniqlash.Teskari masala
ko'p echimga ega.
Geofizikada geofizik maydonlar kuzatilgan, normal, anomal va o'zgartirilgan
maydonlarga ajratiladi.
Kuzatilgan fizik maydon –dalada to'g'ridan-to'g'ri o'lchab olingan miqdorlar
maydoni hisoblanadi.
Normal fizik maydon-bir jinsli muhit ustida hosil bo'lgan maydon, regional
geofizik tekshirishlarda esa, erning tabiiy magnit va gravitasion maydonlaridir:
normal fizik maydon, odatda o'lchangan miqdorlarni silliqlashtirish – o'rtacha
qiymatga keltirish yo'li bilan olinadi.
Ilmiybaza.uz
Anomal fizik maydon – kuzatilgan maydon miqdorlarini normal fizik maydon
miqdorlaridan farqlanishi. Ular geologik muhitning bir jinsli emasligidan hosil
bo'ladilar. Geofizika geologik jismlarning fizik xossalari va geometrik o'lchamlari
o'zgarishi natijasida hosil bo'lgan anomal fizik maydonlarni aniqlashga hizmat
qiladi.
O'zgartirilgan fizik maydon – kuzatilgan (normal va anomal) maydon qiymatlarini
o'zgartirish natijasida hosil qilingan miqdorlar maydoni. Masalan: boshqa
balandliklar uchun hisoblab chiqilgan miqdorlar maydoni, kuzatuvlardan olingan
og'irlik kuchi tezlanishining ikkinchi tartibli hosilalar maydoni va hokazo.
O'rganilayotgan erning fizik maydon turlariga asosan Geofizikada gravitasion
qidiruv (poisk), magnit qidiruv, elektr qidiruv, seysmik qidiruv, geotermik qidiruv
(termometriya), yadroviy geofizikaga bo'linadi.
Echilish masalalari bo'yicha geofizik usullarini quydagilarga bo'lish mumkin:
1.
Chuqurlik geofizikasi – er tuzilishi va uning qobiqlarining fizik xossalari
xaqida ma'lumotlar beradi.
2.
Hududiy geofizika – er po'stini va 1 dan 10; 15km.gacha chuqurliklarni
tuzilmali tektonik xaritalashda ishlatiladi. Maqsadi – neft va gaz konlarini qidirish.
3.
Qidiruv xaritalash geofizikasi – chuqurligi 1km gacha bo'lgan kesimni
o'rganadi va yirik geologik xaritalash masalalarni echadi. Maqsadi - foydali qazilma
konlarini qidirish va muhandislik –geologik va gidrogeologik umumiy xaritalash.
4.
Tuzilmali geofizika – geologik tuzilmalarni o'rganish.
5.
Neft va gaz geofizikasi – neft va gaz tutqichlarni aniqlash va ularni qidiruv
burg'ilashga tayyorlash.
6.
Ma'danlar geofizikasi – ma'danli foydali qazilmalarning alomatlari bo'yicha
izlash va qidiruv ishlarini olib borish.
7.
Noma'dan va ko'mir geofizikasi – noma'dan foydali qazilmalar va ko'mirni
qidirish va qidiruv ishlarini olib borish.
8.
Muhandislik geofizikasi – muhandislik geologiya va gidrogeologiya
masalalarini echishga yo'naltirilgan.
9.
Petrofizika – tog'jinslarining fizik xossalarini o'rganadi.