GEOFIZIKA FANI

Yuklangan vaqt

2024-04-20

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

4

Faytl hajmi

18,1 KB


Ilmiybaza.uz 
 
 
GEOFIZIKA FANI 
 
Butun dunyoda foydali qazilmaga bo'lgan ehtiyoj yildan-yilga oshib 
bormoqda. Foydali qazilmalarni qidirishda geologik usullar muhim ahamiyatga ega 
bo'lib, geologik masalalarni echishda geofizik usullari keng qo'llanilib kelinmoqda. 
Shuning uchun geolog-geofizika fani to'g'risida umumiy tushuncha va geofizik 
usullar yordamida turli geologik vazifalarni echish imkoniyatlari va natijalarini 
talqin qilish asoslarini bilish kerak. 
Geofizika atamasi – "Geo" – er, "fizika" – fizika, ya'ni "er fizikasi" degan 
ma'noni bildiradi. Bu fan er po'stida, mantiyada va yadroda bo'lib o'tadigan fizik 
jarayonlar va har xil tog'jinslar va tuzilmalar ta'sirida hosil bo'lgan fizik maydonlar 
tuzilishini, kuchlanishini o'rganadi.  
Geofizika fani uch bo'limga bo'linadi: litosfera geofizikasi, gidrogeofizikasi, 
atmosfera va Kosmos geofizikasi.  
Litosfera geofizikasi fani er fizikasi va geofizik tadqiqot usullari bo'limlariga 
ajratiladi. 
Geofizika fani geologiya, geodeziya, geografiya, geoximiya, fizika va 
astronomiya fanlariga yaqin. U fizika, geologiya va astranomiya fanlari asosida XІX 
– asrning ohirida va XX – asrning boshlanishida hosil bo'lgan va rivojlangan. 
Er fizikasi -butun erning tuzilishini o'rganadi. Geofizik tadqiqot usullari – er 
po'stining geologik tuzilishini o'rganadi va asosiy maqsadi foydali qazilmalarni 
izlash va razvedka qilish va har xil amaliy masalalarni echish (masalan, turli 
muhandislik geologiya masalalari). 
"Geofizik tadqiqotlar usullari" fani fizik maydonlarni va hodisalarni o'rganish 
va tahlil qilish usullariga asoslangan. Fizik maydonlarni er yuzasida, 
tog'qazilmalarida, burg'i quduqlarida, dengizda, Ummonda, atmosfera va kosmosda 
o'rganish mumkin. 
Ilmiybaza.uz GEOFIZIKA FANI Butun dunyoda foydali qazilmaga bo'lgan ehtiyoj yildan-yilga oshib bormoqda. Foydali qazilmalarni qidirishda geologik usullar muhim ahamiyatga ega bo'lib, geologik masalalarni echishda geofizik usullari keng qo'llanilib kelinmoqda. Shuning uchun geolog-geofizika fani to'g'risida umumiy tushuncha va geofizik usullar yordamida turli geologik vazifalarni echish imkoniyatlari va natijalarini talqin qilish asoslarini bilish kerak. Geofizika atamasi – "Geo" – er, "fizika" – fizika, ya'ni "er fizikasi" degan ma'noni bildiradi. Bu fan er po'stida, mantiyada va yadroda bo'lib o'tadigan fizik jarayonlar va har xil tog'jinslar va tuzilmalar ta'sirida hosil bo'lgan fizik maydonlar tuzilishini, kuchlanishini o'rganadi. Geofizika fani uch bo'limga bo'linadi: litosfera geofizikasi, gidrogeofizikasi, atmosfera va Kosmos geofizikasi. Litosfera geofizikasi fani er fizikasi va geofizik tadqiqot usullari bo'limlariga ajratiladi. Geofizika fani geologiya, geodeziya, geografiya, geoximiya, fizika va astronomiya fanlariga yaqin. U fizika, geologiya va astranomiya fanlari asosida XІX – asrning ohirida va XX – asrning boshlanishida hosil bo'lgan va rivojlangan. Er fizikasi -butun erning tuzilishini o'rganadi. Geofizik tadqiqot usullari – er po'stining geologik tuzilishini o'rganadi va asosiy maqsadi foydali qazilmalarni izlash va razvedka qilish va har xil amaliy masalalarni echish (masalan, turli muhandislik geologiya masalalari). "Geofizik tadqiqotlar usullari" fani fizik maydonlarni va hodisalarni o'rganish va tahlil qilish usullariga asoslangan. Fizik maydonlarni er yuzasida, tog'qazilmalarida, burg'i quduqlarida, dengizda, Ummonda, atmosfera va kosmosda o'rganish mumkin.
Ilmiybaza.uz 
Geofizik tadqiqotlarning maqsadi - geologik kesimni tuzilishi to'g'risida 
ma'lumotlarni olish va foydali qazilmalarga istiqbolliligi to'g'risida xulosa chiqarish. 
Fizik maydon deganda, er yoki uning ma'lum bir qismidagi fizik parametrlarning 
ko'plab qiymatlarini tushunamiz. Geologik nuqtai nazardan olib qaraganda, har xil 
tog'jinslari, yaxlit tuzilmalar, bir jinsli tabaqalar, ma'danli jismlar turlicha fizik 
xususiyatlarga ega. Masalan, elektr o'tkazuvchanlik, magnit qabul qiluvchanlik, 
seysmik to'lqinlarning turlicha tarqalishi va hokazo.  
Har bir tog'jinsi atrofdagi muhitda har xil fizik xossalarning ta'siri natijasida 
fizik maydonlar hosil qiladi. Har bir tog'jinsi atrofdagi muhitda (tashqi maydonlar) 
va o'zining ichida (ichki maydonlar) bir qator fizik maydonlarni yaratadi. Tashqi 
maydonlarning parametrlarini o'lchab, maydon manbasi to'g'risida ma'lumotlar olish 
mumkin.  
Fizik maydonlar ham tabiiy, ham sun'iy bo'lishi mumkin.  
Tabiiy fizik maydonlar tabiatning yaratishi bilan bog'liq – gravitasion 
(tortishish maydoni, og'irlik kuchi maydoni), magnit, elektr, elektromagnit, zilzila 
natijasida hosil bo'lgan seysmik to'lqinlarning tarqalish maydoni, radioaktiv 
nurlanish, termik maydon bo'ladi.  
Sun'iy fizik maydonlar insonning tabiatga ta'siri bilan bog'lik – elektr, 
elektromagnit, zarba yoki portlatish natijasida hosil bo'lgan seysmik to'lqinlarni 
tarqalish maydoni, termik (isitish yoki sovutish maydoni), sun'iy radioaktiv 
nurlanish maydoni. 
Gravitasion maydon og'irlik kuchi tezlanishi (erkin tushish tezlanishi) va 
gravitasion potentsialning ikkinchi tartibli hosilalari bilan ta'riflanadi. Magnit 
maydon kuchlanishning to'liq vektori (T) va uning boshqa tashkil etuvchilari bilan 
(vertikal Z, gorizontal N va hokazo), elektromagnit maydoni – maydonning magnit 
(N) va elektr (E) vektorlari, seysmik maydon elastik to'lqinlarining tarqalish vaqti, 
tezligi va davri bilan, termik maydon haroratni taqsimlanishi bilan ta'riflanadi.  
Bitta yoki bir nechta fizik maydonlarning parametrlarini o'lchab turib 
tog'jinslarining xossalari to'g'risida va tadqiqot qilingan hududning geologik 
tuzilishi haqida ma'lumot olish mumkin.  
Ilmiybaza.uz Geofizik tadqiqotlarning maqsadi - geologik kesimni tuzilishi to'g'risida ma'lumotlarni olish va foydali qazilmalarga istiqbolliligi to'g'risida xulosa chiqarish. Fizik maydon deganda, er yoki uning ma'lum bir qismidagi fizik parametrlarning ko'plab qiymatlarini tushunamiz. Geologik nuqtai nazardan olib qaraganda, har xil tog'jinslari, yaxlit tuzilmalar, bir jinsli tabaqalar, ma'danli jismlar turlicha fizik xususiyatlarga ega. Masalan, elektr o'tkazuvchanlik, magnit qabul qiluvchanlik, seysmik to'lqinlarning turlicha tarqalishi va hokazo. Har bir tog'jinsi atrofdagi muhitda har xil fizik xossalarning ta'siri natijasida fizik maydonlar hosil qiladi. Har bir tog'jinsi atrofdagi muhitda (tashqi maydonlar) va o'zining ichida (ichki maydonlar) bir qator fizik maydonlarni yaratadi. Tashqi maydonlarning parametrlarini o'lchab, maydon manbasi to'g'risida ma'lumotlar olish mumkin. Fizik maydonlar ham tabiiy, ham sun'iy bo'lishi mumkin. Tabiiy fizik maydonlar tabiatning yaratishi bilan bog'liq – gravitasion (tortishish maydoni, og'irlik kuchi maydoni), magnit, elektr, elektromagnit, zilzila natijasida hosil bo'lgan seysmik to'lqinlarning tarqalish maydoni, radioaktiv nurlanish, termik maydon bo'ladi. Sun'iy fizik maydonlar insonning tabiatga ta'siri bilan bog'lik – elektr, elektromagnit, zarba yoki portlatish natijasida hosil bo'lgan seysmik to'lqinlarni tarqalish maydoni, termik (isitish yoki sovutish maydoni), sun'iy radioaktiv nurlanish maydoni. Gravitasion maydon og'irlik kuchi tezlanishi (erkin tushish tezlanishi) va gravitasion potentsialning ikkinchi tartibli hosilalari bilan ta'riflanadi. Magnit maydon kuchlanishning to'liq vektori (T) va uning boshqa tashkil etuvchilari bilan (vertikal Z, gorizontal N va hokazo), elektromagnit maydoni – maydonning magnit (N) va elektr (E) vektorlari, seysmik maydon elastik to'lqinlarining tarqalish vaqti, tezligi va davri bilan, termik maydon haroratni taqsimlanishi bilan ta'riflanadi. Bitta yoki bir nechta fizik maydonlarning parametrlarini o'lchab turib tog'jinslarining xossalari to'g'risida va tadqiqot qilingan hududning geologik tuzilishi haqida ma'lumot olish mumkin.