Geografik karta va atlaslar va ularni tiplari

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

9

File size

Fayl hajmi

22,5 KB


Geografik karta va atlaslar va ularni tiplari
Reja.
1. Geografik kartalarning tiplari
2. Mavzuli kartalar
3. Geografik atlaslar va ularning tasnifi
4. O’quv atlaslari
Tayanch  so’zlar:  geografik  kartalar,  mavzuli  kartalar,  umumgeografik
kartalar, iqlim kartalari, geografik atlaslar, atlas, Merkator, Ptolomey, Beruniy,
cho’ntak atlasi, turistik atlaslar, xarbiy atlaslar.
Kartada bitta sohaning birgina ko’rsatkichi tasvirlansa tarmoq (soha) kartasi
deb  yuritiladi.  Bu  kyproq  ijtimoiy-iqtisodiy  kartalarga  tegishlidir.  Masalan,
paxtachilik,  g’allachilik,  chorvachilik,  avtomobilь  transporti,  uy-joy  qurilishi
kartalari va boshqalar. 
Tasvirlanayotgan voqea-hodisalarni tadqiqot usuli bo’yicha kartalar tahliliy
va sintetik tiplarga bo’linadi.
Tahliliy kartalarda voqea-hodisalarning alohida tomonlari yoki xususiyatlari
ko’rsatilab, ular orasidagi bog’liqlik ko’rsatilmaydi, bu esa o’zaro munosabatlarni
aniqlashga qiyinchilik tug’diradi.  Masalan, havoning harorati, shamollar, yog’in-
sochin, 1 tonna paxtaning tannarxi, 1 ga paxta maydoniga solingan o’g’it miqdori,
transport mashinasozligi va boshqalar. Ba’zan tahliliy kartalarda bir-biriga yaqin
bo’lgan 2—3 voqea va hodisalar birgalikda ham tasvirlanadi. 
Logotip
Geografik karta va atlaslar va ularni tiplari Reja. 1. Geografik kartalarning tiplari 2. Mavzuli kartalar 3. Geografik atlaslar va ularning tasnifi 4. O’quv atlaslari Tayanch so’zlar: geografik kartalar, mavzuli kartalar, umumgeografik kartalar, iqlim kartalari, geografik atlaslar, atlas, Merkator, Ptolomey, Beruniy, cho’ntak atlasi, turistik atlaslar, xarbiy atlaslar. Kartada bitta sohaning birgina ko’rsatkichi tasvirlansa tarmoq (soha) kartasi deb yuritiladi. Bu kyproq ijtimoiy-iqtisodiy kartalarga tegishlidir. Masalan, paxtachilik, g’allachilik, chorvachilik, avtomobilь transporti, uy-joy qurilishi kartalari va boshqalar. Tasvirlanayotgan voqea-hodisalarni tadqiqot usuli bo’yicha kartalar tahliliy va sintetik tiplarga bo’linadi. Tahliliy kartalarda voqea-hodisalarning alohida tomonlari yoki xususiyatlari ko’rsatilab, ular orasidagi bog’liqlik ko’rsatilmaydi, bu esa o’zaro munosabatlarni aniqlashga qiyinchilik tug’diradi. Masalan, havoning harorati, shamollar, yog’in- sochin, 1 tonna paxtaning tannarxi, 1 ga paxta maydoniga solingan o’g’it miqdori, transport mashinasozligi va boshqalar. Ba’zan tahliliy kartalarda bir-biriga yaqin bo’lgan 2—3 voqea va hodisalar birgalikda ham tasvirlanadi.
Sintetik kartalarda  biror  soha to’g’risida  to’liq va  mukammal  ma’lumot
berilib, voqea-hodisalar orasidagi o’zaro bog’liqlik saqlanadi, masalan, landshaft,
agroiqlim, rayonlashtirish, qishloq xo’jaligi kartalari va boshqalar.
Kompleks  kartalar  deb  ataladigan  maxsus  kartalarda  bir-biriga  bog’liq
bo’lgan  bir  qancha  voqea  va  hodisalar  yoki  voqea-hodisalarning  bir  qancha
xususiyatlari  birgalikda  tasvirlansa-da,  lekin  mazmunning  har  bir  ko’rsatkichi
alohida beriladi. Masalan, umumiqtisodiy kartalarda sanoat, qishloq xo’jaligi, aholi
va transport alohida tasvirlanadi, lekin ular orasidagi o’zaro bog’liqlik saqlanadi.
Sinoptik  kartalarda,  hamma  meteorologik  elementlar:  bosim,  shamol,  harorat,
yog’in-sochin, bulutlik alohida-alohida ko’rsatilib, ular orasida bog’liqlik saqlanib
qoladi. Topografik kartalarni ham kompleks kartalar qatoriga kiritish mumkin.
Mavzuli kartalar
Mamlakatimizda  nashr  qilingan  va  qilinayotgan  mavzuli  kartalarning
mazmunlari, ishlatilishi ham xilma-xildir, shulardan ayrimlari bilan tanishamiz.
Geologik kartalar asosan yirik masshtabli bevosita dalada yaratilgan kartalar
asosida tuziladi. Geologik kartalar geografik kartalarga o’xshab, umumgeologik
kartalarga va geologiya sohalari bo’yicha tuzilgan kartalarga bo’linib tasvirlanadi.
Ularda ma’lum bir hududning geologik tuzilishi to’g’risida, ya’ni geologik yoshi,
petrografik tarkibi, toG’  jinslarining joylashishi va tuzilishi to’g’risida ma’lumot
beradi.  Geologik  kartalarda  shartli  belgilarga  qo’shimcha  harflar,  raqamlar,
indekslar,  chiziqlar  yordamida  boshqa  ko’rsatkichlar  ham  beriladi.  Tektonik
yoriqlar, uzilmalar, surilmalar esa chiziqli belgilar bilan tasvirlanishi mumkin.
Seysmik kartalarda belgilar usuli ishlatilib zilzila episentrlarning o’rni belgilar
bilan, seysmik to’lqinlarning tarqalishi va ularni rayonlashtirilishi izoliniyalar (teng
chiziqlar) bilan tasvirlanadi. 
Sobiq Ittifoqda yirik geologik-kartografik asarlar nashr qilingan bo’lib, ular
1:2,5 mln. masshtabdagi  Davlat geologik kartasi (1965 yil) va 1966 yilda sobiq
Ittifoqning  1:5  mln.  masshtabdagi  tektonik  kartalaridir.  Bu  kartalar  mamlakat
geologiyasini o’rganishga bag’ishlangan yirik asarlardir. O’zbekistonning ham 1:1
mln. masshtabli umumgeologik va tektonik kartalari nashr qilingan. Hozirgi vaqtda
respublikamizning 1:1 mln. masshtabli o’quv geologik kartasi tuzilmoqda.
Logotip
Sintetik kartalarda biror soha to’g’risida to’liq va mukammal ma’lumot berilib, voqea-hodisalar orasidagi o’zaro bog’liqlik saqlanadi, masalan, landshaft, agroiqlim, rayonlashtirish, qishloq xo’jaligi kartalari va boshqalar. Kompleks kartalar deb ataladigan maxsus kartalarda bir-biriga bog’liq bo’lgan bir qancha voqea va hodisalar yoki voqea-hodisalarning bir qancha xususiyatlari birgalikda tasvirlansa-da, lekin mazmunning har bir ko’rsatkichi alohida beriladi. Masalan, umumiqtisodiy kartalarda sanoat, qishloq xo’jaligi, aholi va transport alohida tasvirlanadi, lekin ular orasidagi o’zaro bog’liqlik saqlanadi. Sinoptik kartalarda, hamma meteorologik elementlar: bosim, shamol, harorat, yog’in-sochin, bulutlik alohida-alohida ko’rsatilib, ular orasida bog’liqlik saqlanib qoladi. Topografik kartalarni ham kompleks kartalar qatoriga kiritish mumkin. Mavzuli kartalar Mamlakatimizda nashr qilingan va qilinayotgan mavzuli kartalarning mazmunlari, ishlatilishi ham xilma-xildir, shulardan ayrimlari bilan tanishamiz. Geologik kartalar asosan yirik masshtabli bevosita dalada yaratilgan kartalar asosida tuziladi. Geologik kartalar geografik kartalarga o’xshab, umumgeologik kartalarga va geologiya sohalari bo’yicha tuzilgan kartalarga bo’linib tasvirlanadi. Ularda ma’lum bir hududning geologik tuzilishi to’g’risida, ya’ni geologik yoshi, petrografik tarkibi, toG’ jinslarining joylashishi va tuzilishi to’g’risida ma’lumot beradi. Geologik kartalarda shartli belgilarga qo’shimcha harflar, raqamlar, indekslar, chiziqlar yordamida boshqa ko’rsatkichlar ham beriladi. Tektonik yoriqlar, uzilmalar, surilmalar esa chiziqli belgilar bilan tasvirlanishi mumkin. Seysmik kartalarda belgilar usuli ishlatilib zilzila episentrlarning o’rni belgilar bilan, seysmik to’lqinlarning tarqalishi va ularni rayonlashtirilishi izoliniyalar (teng chiziqlar) bilan tasvirlanadi. Sobiq Ittifoqda yirik geologik-kartografik asarlar nashr qilingan bo’lib, ular 1:2,5 mln. masshtabdagi Davlat geologik kartasi (1965 yil) va 1966 yilda sobiq Ittifoqning 1:5 mln. masshtabdagi tektonik kartalaridir. Bu kartalar mamlakat geologiyasini o’rganishga bag’ishlangan yirik asarlardir. O’zbekistonning ham 1:1 mln. masshtabli umumgeologik va tektonik kartalari nashr qilingan. Hozirgi vaqtda respublikamizning 1:1 mln. masshtabli o’quv geologik kartasi tuzilmoqda.
Iqlim kartalari. Hududlarni iqlim ko’rsatkichlari asosida ma’lum bir vaqt
uchun kameral sharoitda tuzilgan va hududning iqlim xususiyatlarini kartografik
usulda tasvirlovchi kartalar iqlim kartalari deyiladi.
Bunday  kartalar  iqlim  va  uning  shakllanish  qonuniyatlarini  ko’rsatib,
meteorologik manbalar asosida tuziladi. Iqlim kartalarining asosini kundalik va
oylik obi-havo kartalari tashkil qiladi. Iqlim kartalar amalda qishloq xo’jaligi,
aviasiya va dengiz navigasiyasi ishlarida, qurilishda va harbiy sohalarda ishlatiladi.
U ham geografik kartalar bo’lib, mavzuli kartalar hisoblanadi.
Iqlim  kartalari  teng chiziqlar  usulida  tasvirlanib,  ular  qiymatlari  bir  xil
bo’lgan nuqtalarni tutashtiradi, masalan, izotermalar, harorati issiq bo’lsa qizil
chiziqlar, sovuq bo’lsa ko’k rangli chiziqlar bilan ko’rsatiladi.
Atmosfera bosimini izobatalar, yog’in-sochin miqdorini izogetalar, bulutlar
tarqalishini  izoneflar,  bir  xil  shamollar  kuchini  izotaxlar  bilan  ko’rsatiladi.
Izoxronlar bilan iqlim va obi-havo bilan bog’liq bo’lgan hodisalarni (birinchi sovuq
tushishi va oxirgi sovuq muddati, qor qoplamini qalinligi va ularni erishi, daryo,
ko’l va dengizlarni muzlanish vaqti va muz erish vaqti va h.z.lar) teng chiziqlar
bilan tasvirlanadi.
Teng chiziqlar orasi sovuq ranglarda bo’yalsa, yog’in-sochin miqdori, havo
bosimi va shamollar yo’nalishini ko’ramiz. Iliq ranglarda havoning isishi bilan
bog’liq bo’lgan voqea-hodisalar tasvirlanadi.
Iqlim  kartalari  o’rtacha ko’rsatkichlar  asosida,  ma’lumotnomalar  olingan
ma’lumotlar asosida tuziladi.
Undan tashqari iqlim va obi-havo kartalari kosmik apparatlardan olingan
suratlar yordamida ham tuzilmoqda.
Hozirgi vaqtda iqlim kartalari tuzishni yangi uslublari ishlab chiqilgan. Iqlim
kartalari  asosida  iqlim  atlaslari  tuzilgan.  A.I.Voekov  nomidagi  bosh  geofizik
observatoriyada 2 tomli ittifoq iqlim atlasi tuzilib, unda respublikamiz hududiga
tegishli iqlim kartalari mavjud. Mamlakatimiz iqlim kartalari 1963 yilda chop
etilgan  O’zbekiston  atlasida,  1983  va  1985  yillarda  chop  etilgan  2  jildli
O’zbekiston atalsida va 1999 yili nashr qilingan O’zbekiston geogarfik atlaslarida
etarli darajada o’z aksini topgan.
Logotip
Iqlim kartalari. Hududlarni iqlim ko’rsatkichlari asosida ma’lum bir vaqt uchun kameral sharoitda tuzilgan va hududning iqlim xususiyatlarini kartografik usulda tasvirlovchi kartalar iqlim kartalari deyiladi. Bunday kartalar iqlim va uning shakllanish qonuniyatlarini ko’rsatib, meteorologik manbalar asosida tuziladi. Iqlim kartalarining asosini kundalik va oylik obi-havo kartalari tashkil qiladi. Iqlim kartalar amalda qishloq xo’jaligi, aviasiya va dengiz navigasiyasi ishlarida, qurilishda va harbiy sohalarda ishlatiladi. U ham geografik kartalar bo’lib, mavzuli kartalar hisoblanadi. Iqlim kartalari teng chiziqlar usulida tasvirlanib, ular qiymatlari bir xil bo’lgan nuqtalarni tutashtiradi, masalan, izotermalar, harorati issiq bo’lsa qizil chiziqlar, sovuq bo’lsa ko’k rangli chiziqlar bilan ko’rsatiladi. Atmosfera bosimini izobatalar, yog’in-sochin miqdorini izogetalar, bulutlar tarqalishini izoneflar, bir xil shamollar kuchini izotaxlar bilan ko’rsatiladi. Izoxronlar bilan iqlim va obi-havo bilan bog’liq bo’lgan hodisalarni (birinchi sovuq tushishi va oxirgi sovuq muddati, qor qoplamini qalinligi va ularni erishi, daryo, ko’l va dengizlarni muzlanish vaqti va muz erish vaqti va h.z.lar) teng chiziqlar bilan tasvirlanadi. Teng chiziqlar orasi sovuq ranglarda bo’yalsa, yog’in-sochin miqdori, havo bosimi va shamollar yo’nalishini ko’ramiz. Iliq ranglarda havoning isishi bilan bog’liq bo’lgan voqea-hodisalar tasvirlanadi. Iqlim kartalari o’rtacha ko’rsatkichlar asosida, ma’lumotnomalar olingan ma’lumotlar asosida tuziladi. Undan tashqari iqlim va obi-havo kartalari kosmik apparatlardan olingan suratlar yordamida ham tuzilmoqda. Hozirgi vaqtda iqlim kartalari tuzishni yangi uslublari ishlab chiqilgan. Iqlim kartalari asosida iqlim atlaslari tuzilgan. A.I.Voekov nomidagi bosh geofizik observatoriyada 2 tomli ittifoq iqlim atlasi tuzilib, unda respublikamiz hududiga tegishli iqlim kartalari mavjud. Mamlakatimiz iqlim kartalari 1963 yilda chop etilgan O’zbekiston atlasida, 1983 va 1985 yillarda chop etilgan 2 jildli O’zbekiston atalsida va 1999 yili nashr qilingan O’zbekiston geogarfik atlaslarida etarli darajada o’z aksini topgan.
2000  yilda  Toshkent  kartografiya  fabrikasida  1:1,5  mln.  masshtabda
O’zbekistonni  devoriy  «Iqlim  o’quv  kartasi»  chop  etilgan,  unda  hududimiz
to’g’risida etarli iqlimiy ma’lumotlar berilgan.
Iqlim  va  obi-havo  kartalari  kundalik  tele-ko’rsatuvlarda  ham  namoyish
qilinib zarur ma’lumotlar berilib borilmoqda.
Zoogeografik yoki hayvonot dunyosi kartalari. Zoogeografiya va geografiya
fanini o’rganishda katta ahamiyati ega. Shuning uchun maxsus o’quv zoogeografik
kartalar  chop etilgan.  Zoogeografik kartalarda hayvonot  dunyosining  hududlar
bo’yicha geografik tarqalishi, yo’qolib borayotgan hayvonlar, okean hayvonlari
belgilar usulida tasvirlanadi. Sobiq Ittifoqda 1:5 mln. masshtabda zoogeografik
karta chop etilgan. Respublikamizda ham zoogeografik kartalar chop etilib, ular
alohida bo’lmasdan, o’quv va ilmiy ma’lumotnomali atlaslar tarkibida, masalan,
1963  yil  chop  etilgan  O’zbekiston  atlasida  va  1980  yil  chop  etilgan
respublikamizni o’quv–o’lkashunoslik atlasida va O’zbekistonni ilmiy kompleks
atlaslarida (1982) va O’zbekistonni geografik atlaslarida (1999) berilgan.
Ekologik kartalar - respublika kartografiyasida davr talabiga ko’ra yaratilgan
soha  hisoblanadi,  1992  yilda  O’zbekistonning  1:1  mln.  masshtabli  ilmiy-
ma’lumotnomali Ekologik kartasi  chop etildi. Unda havoning ifloslanishi, suv
ob’ektlarining ifloslanishi, o’simlik va hayvonot dunyosidagi ekologik vaziyatlar
o’z aksini topdi. Bu kartada shuningdek, erning sho’rlanishi, erga solinadigan
o’g’itlarning  ta’siri,  ekinlariga  sepilgan  kimyoviy  dorilarning  ta’siri  va  Orol
dengizidagi vaziyat to’g’risida ma’lumot berilgan.
O’zbekiston geografik atlasida (1999) «Tabiatni muhofaza qilish» kartasi o’z
o’rnini topgan. Hozirgi vaqtda maktablar uchun shunday devoriy kartalar tuzish
ustida ish olib borilmoqda.
Aholi kartalari. So’nggi yillarda mehnat resurslarini hisobga olish va ulardan
unumli foydalanish maqsadida turli xil aholi kartalari tuzilmoqda Aholi kartalarida
aholining milliy tarkibi, zichligi, yoshi, jinsi, professional tarkibi va ba’zan diniy
e’tiqodlari  ham  ko’rsatilmoqda.  Bunday  kartalarda  ko’proq  belgilar,  areallar,
kartogramma usullaridan foydalaniladi.
Aholi geografiyasining rivojlanishi natijasida aholishunoslik kartografiyasi
vujudga kelmoqda. So’nggi paytlarda aholishunoslikka tegishli yirik kartografik
Logotip
2000 yilda Toshkent kartografiya fabrikasida 1:1,5 mln. masshtabda O’zbekistonni devoriy «Iqlim o’quv kartasi» chop etilgan, unda hududimiz to’g’risida etarli iqlimiy ma’lumotlar berilgan. Iqlim va obi-havo kartalari kundalik tele-ko’rsatuvlarda ham namoyish qilinib zarur ma’lumotlar berilib borilmoqda. Zoogeografik yoki hayvonot dunyosi kartalari. Zoogeografiya va geografiya fanini o’rganishda katta ahamiyati ega. Shuning uchun maxsus o’quv zoogeografik kartalar chop etilgan. Zoogeografik kartalarda hayvonot dunyosining hududlar bo’yicha geografik tarqalishi, yo’qolib borayotgan hayvonlar, okean hayvonlari belgilar usulida tasvirlanadi. Sobiq Ittifoqda 1:5 mln. masshtabda zoogeografik karta chop etilgan. Respublikamizda ham zoogeografik kartalar chop etilib, ular alohida bo’lmasdan, o’quv va ilmiy ma’lumotnomali atlaslar tarkibida, masalan, 1963 yil chop etilgan O’zbekiston atlasida va 1980 yil chop etilgan respublikamizni o’quv–o’lkashunoslik atlasida va O’zbekistonni ilmiy kompleks atlaslarida (1982) va O’zbekistonni geografik atlaslarida (1999) berilgan. Ekologik kartalar - respublika kartografiyasida davr talabiga ko’ra yaratilgan soha hisoblanadi, 1992 yilda O’zbekistonning 1:1 mln. masshtabli ilmiy- ma’lumotnomali Ekologik kartasi chop etildi. Unda havoning ifloslanishi, suv ob’ektlarining ifloslanishi, o’simlik va hayvonot dunyosidagi ekologik vaziyatlar o’z aksini topdi. Bu kartada shuningdek, erning sho’rlanishi, erga solinadigan o’g’itlarning ta’siri, ekinlariga sepilgan kimyoviy dorilarning ta’siri va Orol dengizidagi vaziyat to’g’risida ma’lumot berilgan. O’zbekiston geografik atlasida (1999) «Tabiatni muhofaza qilish» kartasi o’z o’rnini topgan. Hozirgi vaqtda maktablar uchun shunday devoriy kartalar tuzish ustida ish olib borilmoqda. Aholi kartalari. So’nggi yillarda mehnat resurslarini hisobga olish va ulardan unumli foydalanish maqsadida turli xil aholi kartalari tuzilmoqda Aholi kartalarida aholining milliy tarkibi, zichligi, yoshi, jinsi, professional tarkibi va ba’zan diniy e’tiqodlari ham ko’rsatilmoqda. Bunday kartalarda ko’proq belgilar, areallar, kartogramma usullaridan foydalaniladi. Aholi geografiyasining rivojlanishi natijasida aholishunoslik kartografiyasi vujudga kelmoqda. So’nggi paytlarda aholishunoslikka tegishli yirik kartografik
asarlar yaratildi. Masalan: Dunyo aholisi atlasi, sobiq Ittifoqning aholi kartasi va
regional atlaslaridagi ko’plab aholi kartalari va 1:1,5 mln. masshtabli O’zbekiston
aholi kartasi bunga misol bo’laoladi. Kelajakda yangi demografik karta va atlaslar
yaratish zarurati tug’ilmoqda.
Sanoat kartalari.Respublikamiz kartografiyasida sanoatga tegishli mavzuli
kartalar  alohida  o’rin  tutadi.  1983-1985  yillarda  chop  etilgan  2  jildli
O’zbekistonning  ilmiy  ma’lumotnomali  atlasida  ham  respublikamiz  sanoatini
ifodalovchi  kartalar  talaygina.  O’zbekiston  geografik  atlasida  (1999)  sanoat
bo’yicha 5 ta karta: yoqilg’i-energetika, neftь-kimyo, qora va rangli metallurgiya,
mashinasozlik va metallni qayta ishlash, engil sanoat, oziq-ovqat sanoati kartalari
berilgan.  Qishloq  xo’jaligiga  tegishli  4  ta  karta:  paxtachilik,  g’allachilik,
chorvachilik, irrigasiya va meliorasiya kartalari ham berilgan. SHunday kartalani
O’zbekistonning  ijtimoiy-iqtisodiy  o’quv  geografik  atlasida  (2000)  ham
uchratamiz.  1994  yilda  O’zbekistonning  Umumiqtisodiy  kartasi  (1:1  mln.
masshtabda) chop etilgan.
Xalq maorifi kartalari.Bu sohani kartaga tushirish so’nggi yillarda yo’lga
qo’yilib, nashr qilingan regional kompleks atlaslarda bir necha xilda berilmoqda.
Masalan, sinflar bo’yicha o’quvchilar soni, maktablarda o’quvchilarni qaysi tilda
o’qitilishi, xar 10 000 aholiga qancha o’quvchi to’g’ri kelishi, o’qituvchilar soni,
o’qituvchilarni  bilim  darajasi,  maxsus  maktablar  (musiqa,  sport,  matematika
maktablari) va boshqalar ham kartada o’z aksini topmoqda.
Endilikda sohalar bo’yicha xalq xo’jaligimizni rivojlantirish uchun yangi
tipdagi kartalar metodikasini yaratish va nashr etish hamda ishlangan kartalardan
foydalanish  yo’llarini  ko’rsatib  berish  hozirgi  vaqtda  kartografiyaning  asosiy
vasifasi bo’lib kelmoqda. Maktablar va oliy o’quv yurtlar uchun zarur bo’lgan
mavzuli, devoriy kartalar yaratish va ularni nashr qilish kechiktirib bo’lmaydigan
asosiy vazifa hisoblanadi.
Hozirgi kunda respublikamizda o’quv kartografiyasiga katta e’tibor berilib,
umumta’lim maktablari, akademik lisey, kollejlar uchun  devoriy kartalar yaratish
ustida ish olib borilmoqda. 
Bundan tashqari mamlakatimiz tarixini o’rganishga ham katta e’tibor berilib,
1998 yilda «O’zbekiston tarixi atlasi» (oliy maktablar uchun) chop etildi. Hozirgi
Logotip
asarlar yaratildi. Masalan: Dunyo aholisi atlasi, sobiq Ittifoqning aholi kartasi va regional atlaslaridagi ko’plab aholi kartalari va 1:1,5 mln. masshtabli O’zbekiston aholi kartasi bunga misol bo’laoladi. Kelajakda yangi demografik karta va atlaslar yaratish zarurati tug’ilmoqda. Sanoat kartalari.Respublikamiz kartografiyasida sanoatga tegishli mavzuli kartalar alohida o’rin tutadi. 1983-1985 yillarda chop etilgan 2 jildli O’zbekistonning ilmiy ma’lumotnomali atlasida ham respublikamiz sanoatini ifodalovchi kartalar talaygina. O’zbekiston geografik atlasida (1999) sanoat bo’yicha 5 ta karta: yoqilg’i-energetika, neftь-kimyo, qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik va metallni qayta ishlash, engil sanoat, oziq-ovqat sanoati kartalari berilgan. Qishloq xo’jaligiga tegishli 4 ta karta: paxtachilik, g’allachilik, chorvachilik, irrigasiya va meliorasiya kartalari ham berilgan. SHunday kartalani O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy o’quv geografik atlasida (2000) ham uchratamiz. 1994 yilda O’zbekistonning Umumiqtisodiy kartasi (1:1 mln. masshtabda) chop etilgan. Xalq maorifi kartalari.Bu sohani kartaga tushirish so’nggi yillarda yo’lga qo’yilib, nashr qilingan regional kompleks atlaslarda bir necha xilda berilmoqda. Masalan, sinflar bo’yicha o’quvchilar soni, maktablarda o’quvchilarni qaysi tilda o’qitilishi, xar 10 000 aholiga qancha o’quvchi to’g’ri kelishi, o’qituvchilar soni, o’qituvchilarni bilim darajasi, maxsus maktablar (musiqa, sport, matematika maktablari) va boshqalar ham kartada o’z aksini topmoqda. Endilikda sohalar bo’yicha xalq xo’jaligimizni rivojlantirish uchun yangi tipdagi kartalar metodikasini yaratish va nashr etish hamda ishlangan kartalardan foydalanish yo’llarini ko’rsatib berish hozirgi vaqtda kartografiyaning asosiy vasifasi bo’lib kelmoqda. Maktablar va oliy o’quv yurtlar uchun zarur bo’lgan mavzuli, devoriy kartalar yaratish va ularni nashr qilish kechiktirib bo’lmaydigan asosiy vazifa hisoblanadi. Hozirgi kunda respublikamizda o’quv kartografiyasiga katta e’tibor berilib, umumta’lim maktablari, akademik lisey, kollejlar uchun devoriy kartalar yaratish ustida ish olib borilmoqda. Bundan tashqari mamlakatimiz tarixini o’rganishga ham katta e’tibor berilib, 1998 yilda «O’zbekiston tarixi atlasi» (oliy maktablar uchun) chop etildi. Hozirgi
vaqtda umumta’lim yquv yurtlar uchun «O’zbekiston tarixi atlasi» ni yaratish
ustida ish olib borilmoqda. 
Geografik atlaslar deb umumiy dastur asosida tuzilgan turli xil mazmunga
ega bo’lgan kartalarning bir butun asar tarzidagi sistematik to’plamiga aytiladi.
Atlas, geografik kartalarning oddiy to’plami emas, balki bir-biriga bog’liq bo’lgan,
bir-birini  to’ldiradigan  kartalarning  ma’lum  bir  maqsadga  hamda  foydalanish
hususiyatiga ko’ra sistemaga solingan to’plamidir. Qadimgi yunon olimi Klavdiy
Ptolomeyni (II asr) hozirgi zamon atlasining asoschisi desa bo’ladi.
Merkator tomonidan tuzilgan (1595 yil) kartalar yig’indisi- atlas tuzilgan.
Birinchi marta «atlas» so’zi Liviyaning afsonaviy podshosi Atlas nomidan olingan
degan fikrlar bor. Ba’zi manbalarga ko’ra Atlas birinchi bo’lib osmon globusini
yasagan  emish.  Hozirgi  vaqtda  har  yili  dunyoning  turli  mamlakatlarida  turli
mazmundagi va xilma-xil maqsadlar uchun ishlatiladigan ko’plab atlaslar nashr
qilinmoqda.
Atlaslarda geografik kartalar, matnlar, diagrammalar, sxemalar, grafiklar,
profillar,  rasmlar  ham  berilishi  mumkin.  Undan  tashqari  geografik  nomlar
ko’rsatkichi, shartli belgilar jadvali ham beriladi. 
Atlaslar  ham  kartalar  kabi  bir  qancha  turlarga  tasniflanadi.  Atlaslar
tasvirlangan hududiga ko’ra quyidagilarga bo’linadi:
1. Dunyo atlaslari – bunday atlaslarda butun dunyo tasvirlanadi. BSAM,
Dunyo atlasi. FGAM va boshqalar;
2. Materik va okean atlaslari (Evropa, Osiyo, Afrika, Amerika, Avstraliya,
Tinch okean, Hind okean, Atlantika okean va Antarktida atlaslari);
3. Mamlakatlar atlaslari (Rossiya federasiyasi, O’zbekiston Respublikasi,
CHexoslovakiya Respublikasi, AQSH atlaslari va boshqalar).
4. Mamlakatlarning biror qismlarini tasvirlaydigan atlaslar  (Zabaykalьe,
Irkutsk oblasti, Oltoy o’lkasi) va boshqalar.
Mazmuni bo’yicha:
1. Umumgeografik atlaslar (Dunyo atlasi, Dunyoni tabiiy geografik atlasi,
Dengiz atlaslari 1967 yil). Bu atlaslarga umumgeografik kartalar ham kiritilgan.
2. Tabiiy-geografik atlaslar (O’rta Osiyo respublikalarining tabiiy geografik
atlasi, 1984 yil).
Logotip
vaqtda umumta’lim yquv yurtlar uchun «O’zbekiston tarixi atlasi» ni yaratish ustida ish olib borilmoqda. Geografik atlaslar deb umumiy dastur asosida tuzilgan turli xil mazmunga ega bo’lgan kartalarning bir butun asar tarzidagi sistematik to’plamiga aytiladi. Atlas, geografik kartalarning oddiy to’plami emas, balki bir-biriga bog’liq bo’lgan, bir-birini to’ldiradigan kartalarning ma’lum bir maqsadga hamda foydalanish hususiyatiga ko’ra sistemaga solingan to’plamidir. Qadimgi yunon olimi Klavdiy Ptolomeyni (II asr) hozirgi zamon atlasining asoschisi desa bo’ladi. Merkator tomonidan tuzilgan (1595 yil) kartalar yig’indisi- atlas tuzilgan. Birinchi marta «atlas» so’zi Liviyaning afsonaviy podshosi Atlas nomidan olingan degan fikrlar bor. Ba’zi manbalarga ko’ra Atlas birinchi bo’lib osmon globusini yasagan emish. Hozirgi vaqtda har yili dunyoning turli mamlakatlarida turli mazmundagi va xilma-xil maqsadlar uchun ishlatiladigan ko’plab atlaslar nashr qilinmoqda. Atlaslarda geografik kartalar, matnlar, diagrammalar, sxemalar, grafiklar, profillar, rasmlar ham berilishi mumkin. Undan tashqari geografik nomlar ko’rsatkichi, shartli belgilar jadvali ham beriladi. Atlaslar ham kartalar kabi bir qancha turlarga tasniflanadi. Atlaslar tasvirlangan hududiga ko’ra quyidagilarga bo’linadi: 1. Dunyo atlaslari – bunday atlaslarda butun dunyo tasvirlanadi. BSAM, Dunyo atlasi. FGAM va boshqalar; 2. Materik va okean atlaslari (Evropa, Osiyo, Afrika, Amerika, Avstraliya, Tinch okean, Hind okean, Atlantika okean va Antarktida atlaslari); 3. Mamlakatlar atlaslari (Rossiya federasiyasi, O’zbekiston Respublikasi, CHexoslovakiya Respublikasi, AQSH atlaslari va boshqalar). 4. Mamlakatlarning biror qismlarini tasvirlaydigan atlaslar (Zabaykalьe, Irkutsk oblasti, Oltoy o’lkasi) va boshqalar. Mazmuni bo’yicha: 1. Umumgeografik atlaslar (Dunyo atlasi, Dunyoni tabiiy geografik atlasi, Dengiz atlaslari 1967 yil). Bu atlaslarga umumgeografik kartalar ham kiritilgan. 2. Tabiiy-geografik atlaslar (O’rta Osiyo respublikalarining tabiiy geografik atlasi, 1984 yil).