Geografik tushunchalarni shakllantirish.
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Geografiya ta’limida tabiiy geografik
tushunchalarni shakllantirish
haqidagi ma’ruzada egallangan bilimlarni
mustahkamlash.
№
Topshiriqlar
Amaliy
mashg‘ulot
natijasi
1
Matn bilan tanishing. “Geografik bilim”, “geografik
tushuncha”, “geografik ko‘nikma” va “geografik malaka”
atamalarigi ta’rif bering
yozma tavsif
2
Tabiiy geografiya kurslari bo‘yicha ixtiyoriy mavzuga dars
ishlanmasi tayyorlang
Dars
ishlanma
Maktab geografiyasi mazmuni bilimlar, tushuncha, sabab-oqibat aloqadorligi
qonuniyatlari, nazariya, tasavvur va faktlar) ko‘nikmalar, malakalar, hamda
dunyoqarash g‘oyalarini o‘z ichiga oladi. Bilim va ko‘nikmalar insonning tabiat va
jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan to‘g‘ri ma’lumotlardir. Bilim ijtimoiy
mehnat va tafakkur maxsuli bo‘lib, mavjud olamning ob’ektiv, qonuniy aloqalarini
til vositasi bilan ifoda qiladi. Bilim bilish bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, uning natijasi
va tarkibiy qismidir. Ob’ekt va hodisalar haqidagi bilimlar nisbiy bo‘lib, u mutloq
emas. U doimo rivojlanib, chuqurlashib boradi. Bilim, kundalik tajriba ilmiy
kuzatish, nazariyalari orqali to‘planadi.
Bilimlar ikki guruhga ajratiladi.
1.Nazariy bilimlar (ilmiy)
2.Empirik bilimlar
Nazariy bilimlarga narsa va hodisalarning moxiyati va o‘ziga xos xususiyatlari,
ichki aloqadorligi va munosabatlari kiradi. Ilmiy bi limlar umumlashgan bilimlar
bo‘lib, o‘z ichiga nazariya qonun, qonuniyat, sabab-oqibat tushunchalarini oladi.
Empirik bilimlar ob’ekt va hodisalarning tashki xususiyatlariga oid bilimlarni
aks ettiradi, bularga tasavvur va faktlar kiradi. Maktab geografiyasining ilmiy
darajasini oshishi munosabati bilan uning mazmunida empirik bilimlarga nisbatan
nazariy bilimlar xajmi ko‘paymoqda.
Inson voqelikni bilish jarayonida narsalarni bir-biri bilan qiyoslaydi, ularni
taqqoslaydi, uxshashligi va farqlarini aniqlaydi; tahlil va sintez yo‘li bilan narsa va
hodisalarning moxiyatini ochadi, fikran ularning belgilarini ajratadi,
umumlashtiradi. Natijada vokelikdagi narsa va hodisalar to‘g‘risida tushuncha
hosil bo‘ladi.
Tushuncha deb narsa va hodisalarning umumiy va muhim belgilarini aks
ettiruvchi fikrga aytiladi. Tushunchalar moxiyati jihatidan aniq va mavxum
tushunchalarga ajratiladi. Bir butun narsaga aloqador tushuncha aniq tushuncha
dyoyiladi. Masalan, Avstraliya, Antarktida, Ural, Briz, Passat va boshqalar.
Moddiy borliqdagi narsalardan fikran ajratib olingan ba’zi xususiyat sifat,
holatlarga, shuningdek narsalar o‘rtasidagi ichki munosabatlarga, qonuniyatlarga
qaratilgan tushunchalar abstrakt (Mavxum) tushuncha deb ataladi. Masalan:
kenglik, uzunlik, balandlik, tog‘lik, ixtisoslik, bozor va boshqalar.
Geografik tushunchalar qo‘llash jihatidan ikki turga bo‘linadi.
1.Umumiy tushunchalar
2.Yakka tushunchalar
Umumiy tushunchalar bir jinsga oid bo‘lgan ko‘p narsa va hodisalarni
gavdalantiradi. Umumiy tushunchalarga alohida narsa va hodisalar kirmasdan,
balki bir xil nom bilan atalauvchi narsa va hodisalar kiradi. Masalan: daryo, iqlim,
tabiat zonasi,iqtisodiyrayon va xakozo.Umumiy tushunchlar mazmuni ta’rif berish
va ularga xos bo‘lgan belgilarni aniqlash jarayonida kelib chiqadi. Yakka
tushunchalar, yakka ob’ekt va hodisa haqidagi geografik nom bilan ataluvchi
tushunchadir. Masalan, Oltoy tog‘lari, Amudaryo, Pomir, Markaziy Osiyo hududi,
Fransiya respublikasi, Afgoniston va xakozo. Yakka tushunchalar o‘ziga xos yigma
tushunchalardan iborat bo‘ladi. Masalan: "Osiyo" yakka tushunchasi o‘z ichiga
juda ko‘p yakka tushunchalarni oladi. "Osiyo tog‘lari","Osiyo iqlimi", "Osiyo
daryolari", "Osiyo qo‘llari" va xakozo. Yakka tushunchalar mazmuni ularga
geografik ta’rif berish orqali ochiladi. Geografik tushunchalarni shakllantirish uzoq
vaqt va murakkab jarayonlarni talab qiladi. Tushunchalarni egallash uning negizida
yangi tushunchalarni egallash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi va tushunchalar
o‘rtasida to‘g‘ri aloqadorlik o‘rnatishni ta’minlaydi.
Tushunchani egallash deganda: uning mazmunini, hamda u bilan bog‘liq bo‘lgan
tasavvurlarni egallash tushuniladi. Geografiya kursidagi har bir tushuncha
o‘quvchilar ongida turlicha usullar, yo‘llar bilan shakllantiriladi. Bunga sabab har
bir narsa, voqea, hodisa mazmunining turlichaligidir. Geografik tushunchalarni
egallashning eng asosiy tomoni shundaki, ularga ta’rif bermay turib ularni egallab
bo‘lmaydi. Bunda uning shakllantirish bosqichlariga e’tibor berish kerak.
Geografik tushunchalar ta’lim jarayonida sekin - asta rivojlanadi. Darsda shu
narsaga e’tibor berish kerakki, umumiy tushunchalarni shakllantirish yakka
tushunchalarga tayanmasdan amalga oshmaydi. Masalan, O‘zbekiston iqlimi
tushunchasini shu paytda yaxshi shakllantirish mumkinki, qachonki o‘quvchilarda
iqlim va iqlim hosil qiluvchi omillar haqida bilimlar mavjud bo‘lsa. Quyida O‘rta
Osiyo tabiati tushunchasini shakllantirish jarayonini misol tarkasida
keltiramiz.Tahlil va mavxumiyatdan foydalanib, o‘quvchilar xayolan O‘rta Osiyoni
qismlarga bo‘ladilar. O‘rta Osiyoning tog‘li qismi va ularning elementlarini
(rel’efi,iqlimi) bilan tanishish o‘quvchilarni O‘rta Osiyoning tabiatiga xos belgilar
aloqadoligini bilib olishga yordam beradi. O‘rta Osiyo tabiatining rel’efi, iqlimi,
o‘simliklari va boshqa elementlarni boshqa hududlar bilan qiyoslash orqali
ularning o‘ziga xos bo‘lgan belgilarni ajratadilar. O‘rta Osiyo va uning qismlari,
tabiati elementlarini induktiv yo‘l bilan bilish orqali uning tabiatiga xos bo‘lgan
umumiy xususiyatlarni ajratadilar. Keyinchalik esa deduktiv yo‘l bilan tabiat
elementlari haqidagi umumiy tushunchalarga tayanib ular o‘rtasidagi aloqadorlik
va bog‘liqlikni ajratadilar. O‘rta Osiyo tabiatini boshqa hududlar tabiati bilan
taqqoslash orqali O‘rta Osiyo tabiiy kompleksi haqidagi tushunchani egallaydilar.
Geografik ob’ektlarni ko‘rgazmali qurollarsiz va kartasiz o‘rganish ularga
xos bo‘lgan belgilarni ajratishni birmuncha qiyinlashtiradi. Karta va ko‘rgazmali
qurollar o‘rganilayotgan ob’ektga doir muhim belgilarni o‘zida mujassamlashtirgan
bo‘lishi kerak. Yakka tushunchalarni shakllantirish uchun o‘quvchilar xayolan shu
ob’ektni karta bilan bog‘lay olishlari kerak. SHu tufayli ham karta yakka
tushunchalarni shakllantiruvchi asosiy manba hisoblanadi. Faqat karta orqaligina
istalgan geografik ob’ektning geografik o‘rniga xos bo‘lgan belgilarni ajratish va
shu hududning ichki xususiyatlarini ajratish imkoniyatlari tugiladi.
Taqqoslash geografik tushunchalarni shakllantirishda katta ahamiyatga ega.
O‘quvchilar o‘zlariga tanish ob’ektlarni o‘rganilayotgan ob’ektlar bilan taqqoslash
orqali ularga xos bo‘lgan belgi va xususiyatlarni bilib oladilar. Masalan, Amudaryo
va Sirdaryoni taqqoslash da har ikkala daryoning shimolga okishini, uzunligi
deyarli tengligini, ularning baland tog‘lardan boshlanishini, to‘yinishini hamda
deyarli bir xil ekanligini aniqlaydilar. Ob’ektlar elementlarini oddiy qiyoslash
orqali o‘qituvchi murakkabrok taqqoslashga o‘tadilar. Masalan: nima uchun
ularning shimolga oqishi sabablarini, irmoqlarini, Amudaryo suvining nima
sababdan Sirdaryoga nisbatan loyka ekanligini, rejimidagi farqi kabi ko‘plab
xususiyatlarini ajratadilar. Tushuncha quyidagi hollarda o‘quvchilar tomonidan
egallangan hisoblanadi.
1. O‘quvchi tushunchaga ta’rif bera olsa (agar u umumiy tushuncha bo‘lsa);
2. Tushuncha mazmuniga xos bo‘lgan belgilarni ajrata olsa va tushuncha
belgilari o‘rtasidagi aloqadorlik va bog‘liqlikni farqlay olsa;
3. O‘rganilayotgan geografik ob’ekt yoki hodisa haqida o‘quvchi obrazli
tasavvurga ega bo‘lsa;
4. O‘quv vazifalarini bajarishda tushunchani mustaqil qo‘llay olsa.
Tushunchaning muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishi uchun o‘quvchilar e’tiborini
tushuncha belgilarini tahlil qilishga qaratish kerak.Ishning bunday tashkil qilinishi
o‘quvchilarni ob’ekt va hodisalardagi eng muhim va ikkinchi darajali belgilarni
ajratishlari ularni taqqoslash ga va guruhlashga o‘rgatadi. Bunda ekskursiyalar,
joyda amaliy ishlar uyush-tirish katta rol o‘ynaydi. O‘quvchilarning umumiy
tushunchalarini mustakkil qo‘llay olish uchun reproduktiv metod va ijodiy va
muammoli topshiriqlarni (qisman izlanuvchan va tadqiqot metodlar) bajarishga
o‘rgatish kerak.
Geografik ko‘nikma va malakalarni shakllantirish metodikasi bilim egallash,
ko‘nikma va malakani shakllantirish bilan chambarchas bog‘liq. O‘quv ishlari
jarayonini bilish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun asos bo‘lib xizmat
qiladi.Geografiya bo‘yicha ilg‘or o‘qituvchilar va metodistlar o‘quvchilar amaliy
tayyorgarligiga katta e’tibor beradilar. Maktab geografiyasida shakllantiriladigan
ko‘nikmalar mazmun jihatdan emas,balki bajarish murakkabligi bo‘yicha ham farq
qiladi. Masalan dunyo tomonlarini aniqlash oddiy ko‘nikma bo‘lsa, topografik
planni o‘qish va uni tuzish esa murakkab ko‘nikma hisoblanadi. Geografiya ta’limi
metodikasi fani shakllantiriladigan ko‘nikma va malakalarning ta’lim tarbiyaviy
ahamiyatini to‘laligicha ochib bergan va ularni o‘quvchilarga yetkazish metodlarini
ham ishlab chiqqan desa bo‘ladi. Ko‘pchilik ko‘nikmalar fanlararo bo‘lishi
mumkin. Faqat geografiya ta’limiga xos bo‘lgan amaliy ko‘nikma va malakalar
ham mavjud. Bular joyda mo‘ljal ola bilish, joy planini tushirish, topografik plan
va turli mazmundagi geografik kartalarni o‘qish, tabiatda va ishlab chiqarishda
kuzatish, kuzatish materiallarini qayta ishlash, statistik va iqtisodiy raqamli
materiallar bilan ishlash va boshqalar. bunga misol bo‘lishi mumkin.
Ko‘nikmalarni shakllantirish uzoq mashakkatli mehnat talab qiladi. Ularni
shakllantirish bir necha bosqichdan iborat bo‘lishi mumkin.
Har bir geografik ko‘nikmani shakllantirish murakkab harakat tizimlarini
talab qiladi. Odatda ko‘nikma va malakalar bir paytning o‘zida
shakllantiriladi.Chunki amaliy topshiriqlarni bajarishda ularning ayrimlari ongli
ravishda,ba’zilari bevosita,ammo ong nazorati ostida bajariladi. Masalan topografik
planni o‘qish ko‘nikmasi o‘z ichiga yo‘nalishlarini aniqlash, masshtab yordamida
plandagi masofalarni o‘lchash, topografik belgilarni o‘qish, joyda ob’ektlar
o‘rtasidagi aloqadorlikni urnatish kabilarni oladi. Yuqoridagilar ichida topografik
belgilarni ishlatishni bilishgina malaka darajasini ko‘rsatadi.
Ob-havoni kuzatish ko‘nikmasi deganda termometr,barometr,flyuger bilan
ishlashni bulutlar shakli va turlarini, oddiy ko‘zda aniqlay olishni, ob-havoning
boshqa alomatlarini aniqlashga tushiniladi. SHular ichida faqat ob - havo haroratini
aniqlash va barometr bilan ishlash mala-ka darajsigacha ko‘tarilish mumkin va
boshqalar.
Geografik ko‘nikma va malakalar ko‘p hollarda bilim sifatini belgilaydi.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, agar o‘quvchilarda karta bilan ishlash ko‘nikmasi
shakllantirilsa, ularning javoblari ham karta bilan bog‘langan bo‘ladi. Karta bilan