Geografiya darslari va ularga qo’yiladigan talablar Geografiyani o’qitishni tashkil etish shakllarining umumiy tavsifi va ular o’rtasidagi uzviylik

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

12

File size

Fayl hajmi

30,8 KB


Geografiya darslari va ularga qo’yiladigan talablar
Geografiyani o’qitishni tashkil etish shakllarining umumiy tavsifi va ular
o’rtasidagi uzviylik
Geografiyani  o’qitish  jarayoni  deganda,  o’quvchilarning  muayyan  o’quv
materialini  o’zlashtirish,  bilish  usullarini  egallashga  qaratilgan  o’quv-bilish
faoliyati  va  o’qituvchining  mazkur  jarayonni  tashkil  etish  va  boshqarishga
asoslangan  pedagogik faoliyati  orqali o’zaro hamkorlikda o’quv maqsadlariga
erishiladigan jarayon tushuniladi.
O’qitish  jarayoni  tashkil  etiladigan  va  boshqariladigan  jarayon  bo’lib,  u
birqancha shakllarda tashkil etiladi.
Didaktika  va  geografiya  o’qitish  metodikasiga  oid  manbalarda  o’qitish
jarayoni va uning shakllariga turlicha ta’rif berilgan. Jumladan, didakt olim Yu.K.
Babanskiy  fikricha,  o’qitishni  tashkil  etish  shakllari  ta’lim-tarbiya  jarayonida
o’quvchilar  bilan  individual  yoki  yalpi  o’qitishning  nisbati,  o’quv-bilish
faoliyatining faollik darajasi, hamkorlikda tashkil etilgan o’quvchilarning o’quv-
bilish faoliyati va o’qituvchining rahbarlik roli, pedagogik faoliyatining me’yorini
belgilaydi.
P.Yesipov tomonidan chop etilgan “Osnovi didaktiki” kitobida o’quv
ishlarini tashkil etish shakllari o’quvchilarning bilish faoliyati turlarining ketma-
ketligi, o’qituvchining mazkur faoliyatni boshqarish usullari, mashg’ulotlarning
mazmuni, tarkibi va vaqtini belgilaydi deb uqtirilgan.
N.M. Verzilin, V.M. Korsunskaya ta’rifi bo’yicha o’qitish jarayonini tashkil
etish  shakllari  -  o’qituvchi  tomonidan  tarbiyalovchi  ta’lim  jarayonida
foydalaniladigan turli sharoit (geografiya o’quv xonasi, ekskursiya, tirik tabiat
burchagi,  tabiat)da  o’quvchilarning  o’quv-bilish  faoliyatini  tashkil  etish
tushuniladi.
Logotip
Geografiya darslari va ularga qo’yiladigan talablar Geografiyani o’qitishni tashkil etish shakllarining umumiy tavsifi va ular o’rtasidagi uzviylik Geografiyani o’qitish jarayoni deganda, o’quvchilarning muayyan o’quv materialini o’zlashtirish, bilish usullarini egallashga qaratilgan o’quv-bilish faoliyati va o’qituvchining mazkur jarayonni tashkil etish va boshqarishga asoslangan pedagogik faoliyati orqali o’zaro hamkorlikda o’quv maqsadlariga erishiladigan jarayon tushuniladi. O’qitish jarayoni tashkil etiladigan va boshqariladigan jarayon bo’lib, u birqancha shakllarda tashkil etiladi. Didaktika va geografiya o’qitish metodikasiga oid manbalarda o’qitish jarayoni va uning shakllariga turlicha ta’rif berilgan. Jumladan, didakt olim Yu.K. Babanskiy fikricha, o’qitishni tashkil etish shakllari ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilar bilan individual yoki yalpi o’qitishning nisbati, o’quv-bilish faoliyatining faollik darajasi, hamkorlikda tashkil etilgan o’quvchilarning o’quv- bilish faoliyati va o’qituvchining rahbarlik roli, pedagogik faoliyatining me’yorini belgilaydi. P.Yesipov tomonidan chop etilgan “Osnovi didaktiki” kitobida o’quv ishlarini tashkil etish shakllari o’quvchilarning bilish faoliyati turlarining ketma- ketligi, o’qituvchining mazkur faoliyatni boshqarish usullari, mashg’ulotlarning mazmuni, tarkibi va vaqtini belgilaydi deb uqtirilgan. N.M. Verzilin, V.M. Korsunskaya ta’rifi bo’yicha o’qitish jarayonini tashkil etish shakllari - o’qituvchi tomonidan tarbiyalovchi ta’lim jarayonida foydalaniladigan turli sharoit (geografiya o’quv xonasi, ekskursiya, tirik tabiat burchagi, tabiat)da o’quvchilarning o’quv-bilish faoliyatini tashkil etish tushuniladi.
O’quvchilar  tomonidan  geografiya  o’quv  fani  dasturlari  va  DTS  bilan
me’yorlangan  muayyan  bilim,  ko’nikma  va  malakalarni  o’zlashtirish,  ularni
tarbiyalash va rivojlantirish jarayoni o’qitishning turli shakllaridan foydalanishni
taqoza etadi.
Geografiya o’qitish metodikasida o’qitish jarayonini tashkil etishning turli
shakllari belgilangan. Ularga dastur talablarini amalga oshiradigan o’qitishning
asosiy  shakli  bo’lgan  dars,  unga  bog’liq  holda  ekskursiyalar,  geografiya
maydonchasidagi ishlar, uy ishlari, darsdan tashqari ishlar va ixtiyoriy ravishda
tashkil etiladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlar kiradi.
Mazkur o’qitish shakllari birgalikda geografiya o’qitish shakllari tizimini
tashkil etadi.
O’qitishning asosiy shakli bo’lgan - dars, ularni bog’lovchi vazifasini bajaradi
va o’qitishda yetakchi o’rinni egallaydi.
Dars, ekskursiyalar, geografiya maydonchasidagi ishlar, uy ishlari, darsdan
tashqari  ishlar  va  sinfdan  tashqari  mashg’ulotlar  birgalikda  geografiyani
o’qitishdan ko’zda tutilgan umumiy o’quv maqsadlariga erishishni ta’minlaydi,
o’quvchilar tomonidan o’quv materialini o’zlashtirish, olingan natijalarni tahlil
qilishga xizmat qiladi.
O’qitishni tashkil etish tizimining tarkibiy qismlari bo’lgan dars, ekskursiya,
geografiya maydonchasidagi ishlar, uy ishlari, darsdan tashqari ishlar va sinfdan
tashqari mashg’ulotlarning har biri geografik ta’lim oldiga qo’yilgan umumiy
maqsadlarni  amalga  oshirishga  xizmat  qiladigan  alohida  o’z  ulushi  mavjud.
Mazkur ulushni xususiy maqsadlar ham deyish mumkin.
O’qitish  jarayonini  tashkil  etishning  turli  shakllarida  ta’lim  mazmuni,
maqsadi, vazifasiga bog’liq holda muayyan metod va vositalardan foydalaniladi.
SHu  sababli,  o’qituvchi  tomonidan  o’qitish  shakllarini  tanlash  muhim
ahamiyat kasb etadi, ya’ni ta’lim mazmuni, mazkur shakllarning maqsadi, vazifasi,
ta’lim- tarbiya jarayonida tutgan o’rni, ularning xususiy maqsadlariga mosligi
e’tiborga olinishi lozim.
Masalan,  o’rganiladigan  mavzu  meteorologik  asboblar  yoki  laboratoriya
jihozlari bilan bog’liq, shuningdek, tabiiy geografik jarayonlar, nazariya, g’oya,
tushunchalar,  qonunlar,  masala  yechish  o’rganiladigan  bo’lsa,  unda  albatta
Logotip
O’quvchilar tomonidan geografiya o’quv fani dasturlari va DTS bilan me’yorlangan muayyan bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish, ularni tarbiyalash va rivojlantirish jarayoni o’qitishning turli shakllaridan foydalanishni taqoza etadi. Geografiya o’qitish metodikasida o’qitish jarayonini tashkil etishning turli shakllari belgilangan. Ularga dastur talablarini amalga oshiradigan o’qitishning asosiy shakli bo’lgan dars, unga bog’liq holda ekskursiyalar, geografiya maydonchasidagi ishlar, uy ishlari, darsdan tashqari ishlar va ixtiyoriy ravishda tashkil etiladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlar kiradi. Mazkur o’qitish shakllari birgalikda geografiya o’qitish shakllari tizimini tashkil etadi. O’qitishning asosiy shakli bo’lgan - dars, ularni bog’lovchi vazifasini bajaradi va o’qitishda yetakchi o’rinni egallaydi. Dars, ekskursiyalar, geografiya maydonchasidagi ishlar, uy ishlari, darsdan tashqari ishlar va sinfdan tashqari mashg’ulotlar birgalikda geografiyani o’qitishdan ko’zda tutilgan umumiy o’quv maqsadlariga erishishni ta’minlaydi, o’quvchilar tomonidan o’quv materialini o’zlashtirish, olingan natijalarni tahlil qilishga xizmat qiladi. O’qitishni tashkil etish tizimining tarkibiy qismlari bo’lgan dars, ekskursiya, geografiya maydonchasidagi ishlar, uy ishlari, darsdan tashqari ishlar va sinfdan tashqari mashg’ulotlarning har biri geografik ta’lim oldiga qo’yilgan umumiy maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladigan alohida o’z ulushi mavjud. Mazkur ulushni xususiy maqsadlar ham deyish mumkin. O’qitish jarayonini tashkil etishning turli shakllarida ta’lim mazmuni, maqsadi, vazifasiga bog’liq holda muayyan metod va vositalardan foydalaniladi. SHu sababli, o’qituvchi tomonidan o’qitish shakllarini tanlash muhim ahamiyat kasb etadi, ya’ni ta’lim mazmuni, mazkur shakllarning maqsadi, vazifasi, ta’lim- tarbiya jarayonida tutgan o’rni, ularning xususiy maqsadlariga mosligi e’tiborga olinishi lozim. Masalan, o’rganiladigan mavzu meteorologik asboblar yoki laboratoriya jihozlari bilan bog’liq, shuningdek, tabiiy geografik jarayonlar, nazariya, g’oya, tushunchalar, qonunlar, masala yechish o’rganiladigan bo’lsa, unda albatta
o’qitishning asosiy shakli bo’lgan darsni tanlash zarur.
Agar  ta’lim  mazmuni  turli  relyef  shakllarini,  daryo  va  uning  qismlari
o’rganishni talab etsa, bu holda ekskursiya tashkil etilishi, yoki videofilbmlar
namoyish qilish maqsadga muvofiq.
Ekologik  tushunchalarni  shakllantirish  va  rivojlantirishda  dars  bilan  bir
qatorda, darsdan va sinfdan tashqari ishlar ham muhim o’rin tutadi.
Kuzatish  o’tkazish  va  tajriba  qo’yishda  geografiya  maydonchasida  olib
boriladigan ishlar, uy ishlari, darsdan va sinfdan tashqari ishlar muhim ahamiyatga
ega.
O’qituvchi tomonidan o’qitish shakllarini to’g’ri tanlashda geografiya o’quv
xonasining jihozlanishi va o’quv-moddiy texnika bazasi ham muhim ahamiyat
kasb  etadi.  O’qituvchi  o’qitish  shakllarining  maqsadi  va  vazifalarini  to’g’ri
anglagan  holda,  mazkur  jarayondan  tasviriy,  tabiiy  va  tarqatma  materiallar
tayyorlash orqali ko’rgazmalilikni amalga oshirishni ko’zda tutishi lozim.
SHunday qilib, geografiyani o’qitish shakllari: dars, ekskursiya, uy ishlari,
darsdan tashqari ishlar va sinfdan tashqari mashg’ulotlar muayyan tizimni hosil
qilib, ular o’quvchilar tomonidan belgilangan bilim, ko’nikma va malakalarni
o’zlashtirish,  ilmiy  dunyoqarashini  kengaytirish,  tabiatga  nisbatan  ongli
munosabatni  tarkib  toptirish,  bilish  faoliyati  usullarini  egallash  va  o’qitish
samaradorligini orttirishga xizmat qiladi.
Dars o’qitishning asosiy shakli bo’lib, unda geografiya o’quv dasturidan o’rin
olgan  o’quv  materialining  asosiy  qismi  o’rganiladi.  Darsda  o’qituvchi  ta’lim
mazmuni, o’qitish metodi va vositalarining uyg’unligi orqali o’qitish maqsadlariga
erishishni nazarda tutadi. Lekin, hamma masalalarni ham darsda o’rganish imkoni
bo’lmaydi, masalan uzoq muddatli kuzatish ishlarini talab etadigan tajribalarni
o’tkazishda darsdan tashqari ishlardan foydalaniladi.
Uy  ishlari  dars  bilan  uzviy  bog’langan  bo’lib,  u  darsda  o’rganilgan
mazmunning  mantiqiy  davomi  va  o’quvchilarning  mustaqil  bilim  olish  omili
sanaladi. O’qituvchining topshirig’i va ko’rsatmasiga binoan, o’quvchilar uncha
murakkab bo’lmagan tajribalarni o’tkazish (masalan, Yer shar shaklida bo’lganligi
uchun Quyosh uni hamma qismini bir xilda yoritmasligi va isitmasligi, suvning
tarkibida turli erigan moddalar mavjudligini, ), tabiatda kuzatishlar olib borish,
Logotip
o’qitishning asosiy shakli bo’lgan darsni tanlash zarur. Agar ta’lim mazmuni turli relyef shakllarini, daryo va uning qismlari o’rganishni talab etsa, bu holda ekskursiya tashkil etilishi, yoki videofilbmlar namoyish qilish maqsadga muvofiq. Ekologik tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirishda dars bilan bir qatorda, darsdan va sinfdan tashqari ishlar ham muhim o’rin tutadi. Kuzatish o’tkazish va tajriba qo’yishda geografiya maydonchasida olib boriladigan ishlar, uy ishlari, darsdan va sinfdan tashqari ishlar muhim ahamiyatga ega. O’qituvchi tomonidan o’qitish shakllarini to’g’ri tanlashda geografiya o’quv xonasining jihozlanishi va o’quv-moddiy texnika bazasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. O’qituvchi o’qitish shakllarining maqsadi va vazifalarini to’g’ri anglagan holda, mazkur jarayondan tasviriy, tabiiy va tarqatma materiallar tayyorlash orqali ko’rgazmalilikni amalga oshirishni ko’zda tutishi lozim. SHunday qilib, geografiyani o’qitish shakllari: dars, ekskursiya, uy ishlari, darsdan tashqari ishlar va sinfdan tashqari mashg’ulotlar muayyan tizimni hosil qilib, ular o’quvchilar tomonidan belgilangan bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, tabiatga nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirish, bilish faoliyati usullarini egallash va o’qitish samaradorligini orttirishga xizmat qiladi. Dars o’qitishning asosiy shakli bo’lib, unda geografiya o’quv dasturidan o’rin olgan o’quv materialining asosiy qismi o’rganiladi. Darsda o’qituvchi ta’lim mazmuni, o’qitish metodi va vositalarining uyg’unligi orqali o’qitish maqsadlariga erishishni nazarda tutadi. Lekin, hamma masalalarni ham darsda o’rganish imkoni bo’lmaydi, masalan uzoq muddatli kuzatish ishlarini talab etadigan tajribalarni o’tkazishda darsdan tashqari ishlardan foydalaniladi. Uy ishlari dars bilan uzviy bog’langan bo’lib, u darsda o’rganilgan mazmunning mantiqiy davomi va o’quvchilarning mustaqil bilim olish omili sanaladi. O’qituvchining topshirig’i va ko’rsatmasiga binoan, o’quvchilar uncha murakkab bo’lmagan tajribalarni o’tkazish (masalan, Yer shar shaklida bo’lganligi uchun Quyosh uni hamma qismini bir xilda yoritmasligi va isitmasligi, suvning tarkibida turli erigan moddalar mavjudligini, ), tabiatda kuzatishlar olib borish,
qo’shimcha adabiyotlarni o’rganish, muayyan mavzularda ma’ruza yoki referat
tayyorlash ishlarini bajaradilar. O’quvchilar o’quv topshiriqlarini bajarish orqali
bilish faoliyati usullarini egallashga zamin tayyorlanadi.
Darsdan  tashqari  ishlar  o’qituvchining  ko’rsatmasi  asosida  o’quvchilar
tomonidan bajariladigan majburiy o’qitish shakli sanaladi. Dastur talablari asosida
o’quvchilar  darsdan  tashqari  ishlarni  yakka  tartibda  yoki  kichik  guruhlarda
bajarilishi lozim.
Darsdan  tashqari  ishlar  jumlasiga  muayyan  mavzularda  Geografiya
maydonchasida  kuzatish  olib  borish,  tajribalar  o’tkazish,  o’quv  jihozlari,
ko’rgazma materialini tayyorlash kiradi.
Ekskursiya - o’qitish jarayonining muhim shakli bo’lib, ular o’quvchilarni
tirik tabiatning ob’ektlari, hodisalari, qonunlari, asosiy nazariy g’oyalari bilan
tanishtirish,  nazariy  bilimlarni  amaliyotga  qo’llash,  olamni  bilish  metodlarini
egallash imkonini beradi.
Ekskursiya  davomida  o’quvchilar  tomonidan  egallangan  bilimlar,  yangi
mavzularni o’rganish jarayonida bilimlarni mustahkamlash, yakunlash, tizimga
solish va umumlashtirish kabi maqsadlarda foydalaniladi.
Shu bilan bir  qatorda ekskursiyalar  o’quvchilarning mustaqil  bilim olish
faoliyatini  faollashtirish  va  rivojlantirish  imkonini  beradi.  Ekskursiyada
o’quvchilar o’quv topshiriqlarini yakka tartibda yoki kichik guruhlarda bajarish
jarayonida avval o’zlashtirgan bilim va ko’nikmalaridan foydalanish orqali yangi
bilim va ko’nikmani egallaydilar.
Ekologik jihatdan tabiatga to’g’ri tashkil etilgan ekskursiyalar o’quvchilarda
mahalliy  o’simliklar  va  hayvonat  olamining  xilma-xilligi  haqida  bilimlarini
kengaytirish, mahalliy ob’ektlardan ko’rgazma materiallarini tayyorlash, ularni
jihozlash, tabiatga muxabbat uyg’otish, estetik did va madaniyat, tabiatga nisbatan
ongli munosabatni tarkib toptirish imkonini beradi.
Geografiyani o’qitishda sinfdan tashqari mashg’ulotlar muhim o’rin tutadi.
Mazkur o’qitish shakli ixtiyoriy bo’lib, o’quvchilarning geografiya o’quv faniga
bo’lgan qiziqishi, olamni o’rganishga bo’lgan ehtiyojlari hisobga olingan holda
tashkil etiladi.
Sinfdan tashqari mashg’ulotlarning uch turi mavjud:
Logotip
qo’shimcha adabiyotlarni o’rganish, muayyan mavzularda ma’ruza yoki referat tayyorlash ishlarini bajaradilar. O’quvchilar o’quv topshiriqlarini bajarish orqali bilish faoliyati usullarini egallashga zamin tayyorlanadi. Darsdan tashqari ishlar o’qituvchining ko’rsatmasi asosida o’quvchilar tomonidan bajariladigan majburiy o’qitish shakli sanaladi. Dastur talablari asosida o’quvchilar darsdan tashqari ishlarni yakka tartibda yoki kichik guruhlarda bajarilishi lozim. Darsdan tashqari ishlar jumlasiga muayyan mavzularda Geografiya maydonchasida kuzatish olib borish, tajribalar o’tkazish, o’quv jihozlari, ko’rgazma materialini tayyorlash kiradi. Ekskursiya - o’qitish jarayonining muhim shakli bo’lib, ular o’quvchilarni tirik tabiatning ob’ektlari, hodisalari, qonunlari, asosiy nazariy g’oyalari bilan tanishtirish, nazariy bilimlarni amaliyotga qo’llash, olamni bilish metodlarini egallash imkonini beradi. Ekskursiya davomida o’quvchilar tomonidan egallangan bilimlar, yangi mavzularni o’rganish jarayonida bilimlarni mustahkamlash, yakunlash, tizimga solish va umumlashtirish kabi maqsadlarda foydalaniladi. Shu bilan bir qatorda ekskursiyalar o’quvchilarning mustaqil bilim olish faoliyatini faollashtirish va rivojlantirish imkonini beradi. Ekskursiyada o’quvchilar o’quv topshiriqlarini yakka tartibda yoki kichik guruhlarda bajarish jarayonida avval o’zlashtirgan bilim va ko’nikmalaridan foydalanish orqali yangi bilim va ko’nikmani egallaydilar. Ekologik jihatdan tabiatga to’g’ri tashkil etilgan ekskursiyalar o’quvchilarda mahalliy o’simliklar va hayvonat olamining xilma-xilligi haqida bilimlarini kengaytirish, mahalliy ob’ektlardan ko’rgazma materiallarini tayyorlash, ularni jihozlash, tabiatga muxabbat uyg’otish, estetik did va madaniyat, tabiatga nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirish imkonini beradi. Geografiyani o’qitishda sinfdan tashqari mashg’ulotlar muhim o’rin tutadi. Mazkur o’qitish shakli ixtiyoriy bo’lib, o’quvchilarning geografiya o’quv faniga bo’lgan qiziqishi, olamni o’rganishga bo’lgan ehtiyojlari hisobga olingan holda tashkil etiladi. Sinfdan tashqari mashg’ulotlarning uch turi mavjud:
•
 Yakka tartibda individual tarzda tashkil etiladigan sinfdan tashqari
mashg’ulotlar.
• Guruhlarda tashkil etiladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlar.
• Ommaviy tarzda tashkil etiladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlar.
Yakka  tartibda  individual  tarzda  tashkil  etiladigan  sinfdan  tashqari
mashg’ulotlarda  o’qituvchi  o’quvchilar  tomonidan  muayyan  mavzularda
kuzatishlar  o’tkazish,  tajriba  qo’yish,  qo’shimcha  adabiyotlar  bilan  ishlash,
ma’ruzalar tayyorlash va ularni jihozlash ishlarini rejalashtiradi.
Guruhlarda tashkil etiladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlarda turli sinflarda
“Yosh geograflar” to’garagi, fakul’tativ mashg’ulotlar, tanlovlarga tayyorgarlik
ko’rish, tirik tabiat burchagida ishlar tashkil etiladi.
Ommaviy tarzda tashkil etiladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlarda asosan,
turli mavzularda kechalar va bayramlar, biolog-olimlar bilan uchrashuvlar tashkil
etish bilan bir qatorda ko’qalamzorlashtirish ishlari, ijtimoiy foydali mehnatni
amalga oshirish nazarda tutiladi.
Sinfdan tashqari  mashg’ulotlar  dasturdagi  o’quv materiali asosida tashkil
etiladi, lekin uni takrorlamasligi kerak. O’qituvchi o’rganilayotgan o’quv fani
mazmuni,  mahalliy  sharoit,  o’quvchilarning  qiziqishi  va  ehtiyojlarini  hisobga
olgan holda, sinfdan tashqari mashg’ulotlarning mavzularini tanlaydi.
Sinfdan tashqari mashg’ulotlarning mavzulari o’quvchilarning dunyoqarashi,
ular o’zlashtirayotgan ta’lim mazmunini kengaytirish, to’ldirish, kasbga yo’llash,
tabiiy fanlar o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik va ularning yangi qirralarini yoritishga
xizmat qiladi.
Sinfdan  tashqari  mashg’ulotlar  darsdan  tashqari  vaqtda  tashkil  etilib,
maktabning umumiy jadvalidan o’rin olmaydi, lekin o’qituvchi o’zining yillik
yillik rejasida ularni o’tkazish vaqtini belgilaydi.
Geografiyani  o’qitishning  yuqorida  qayd  etilgan  shakllari:  dars,  darsdan
tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg’ulotlar o’rtasida doimiy ravishda izchillik,
o’zaro uzviylik va aloqadorlik mavjud bo’lib, ular  o’quv-tarbiya jarayonining
yaxlitligini ta’minlaydi.
Geografiya o’qitish maqsadi va vazifalarini amalga oshirish, samaradorlikka
erishish uchun o’qituvchi ularni uyg’unlashtirgan tarzda yillik yillik rejasini tuzishi
Logotip
• Yakka tartibda individual tarzda tashkil etiladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlar. • Guruhlarda tashkil etiladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlar. • Ommaviy tarzda tashkil etiladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlar. Yakka tartibda individual tarzda tashkil etiladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlarda o’qituvchi o’quvchilar tomonidan muayyan mavzularda kuzatishlar o’tkazish, tajriba qo’yish, qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlash, ma’ruzalar tayyorlash va ularni jihozlash ishlarini rejalashtiradi. Guruhlarda tashkil etiladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlarda turli sinflarda “Yosh geograflar” to’garagi, fakul’tativ mashg’ulotlar, tanlovlarga tayyorgarlik ko’rish, tirik tabiat burchagida ishlar tashkil etiladi. Ommaviy tarzda tashkil etiladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlarda asosan, turli mavzularda kechalar va bayramlar, biolog-olimlar bilan uchrashuvlar tashkil etish bilan bir qatorda ko’qalamzorlashtirish ishlari, ijtimoiy foydali mehnatni amalga oshirish nazarda tutiladi. Sinfdan tashqari mashg’ulotlar dasturdagi o’quv materiali asosida tashkil etiladi, lekin uni takrorlamasligi kerak. O’qituvchi o’rganilayotgan o’quv fani mazmuni, mahalliy sharoit, o’quvchilarning qiziqishi va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, sinfdan tashqari mashg’ulotlarning mavzularini tanlaydi. Sinfdan tashqari mashg’ulotlarning mavzulari o’quvchilarning dunyoqarashi, ular o’zlashtirayotgan ta’lim mazmunini kengaytirish, to’ldirish, kasbga yo’llash, tabiiy fanlar o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik va ularning yangi qirralarini yoritishga xizmat qiladi. Sinfdan tashqari mashg’ulotlar darsdan tashqari vaqtda tashkil etilib, maktabning umumiy jadvalidan o’rin olmaydi, lekin o’qituvchi o’zining yillik yillik rejasida ularni o’tkazish vaqtini belgilaydi. Geografiyani o’qitishning yuqorida qayd etilgan shakllari: dars, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg’ulotlar o’rtasida doimiy ravishda izchillik, o’zaro uzviylik va aloqadorlik mavjud bo’lib, ular o’quv-tarbiya jarayonining yaxlitligini ta’minlaydi. Geografiya o’qitish maqsadi va vazifalarini amalga oshirish, samaradorlikka erishish uchun o’qituvchi ularni uyg’unlashtirgan tarzda yillik yillik rejasini tuzishi
lozim.
Dars - geografiyani o’qitishning asisiy shakli
O’quvchilarga bilim berish va ularni tarbiyalash dars jarayonida olib boriladi.
SHuning  uchun  dars  geografiya  ta’limining  eng  asosiy  va  markaziy  qismi
xisoblanadi.  Dars  jarayonida  o’qituvchi  darsga  ajratilgan  aniq  vaqt  davomida
belgilangan ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirishadi. Har bir darsni
maqsadi aniq ifodalangan bo’ladi. Dars jarayonida o’quvchilar ko’zda tutilgan
bilim va ko’nikmalarni samarali bilish uchun geografiya darslariga qator talablar
qo’yilgan. Ular quyidagilardan iborat:
- darsning ta’limiy va tarbiyavty maqsadlarini aniq ishlab chiqish; darsning
mazmunini ilmiyligiga erishish;
- dars o’quvchilarni kasbga yo’naltirishi lozim;
- tanlangan o’qitish metodi dars mazmuniga mos kelmog’i lozim;
- tanlangan o’qitish metodi dars mazmuniga mos kelmog’i lozim;
- geografiya darslarida predmetlararo aloqalar o’rnatilishi lozim;
- har bir dars ekologik yo’nalishga ega bo’lmog’i lozim;
- har bir geografiya darsida o’lkashunoslik ta’moyillari xisobga olinmog’i
zarur.
Darsning  ta’limiy  va  tarbiyaviy  maqsadlarini  ishlab  chiqish.  Geografiya
darslarini ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarini to’g’ri va aniq ishlab chiqish darsni
samaradorligini  belgilab  beradi.  Dastlab  darsni  ta’limiy  maqsadlari  ishlab
chiqiladi. Buning uchun: geografik borliq, voqea va hodisalar haqida tasavvurlar,
ilmiy  tushunchalar,  tamoillar,  qonuniyatlar  shakllantiriladi;  asosiy  ilmiy
ma’lumotlar va bilimlar takrorlanadi va mustahkamlanadi; geografik ko’nikma va
malakalarni  o’zlashtirish  ta’minlanadi  va  takomillashtiriladi;  umumiy
ko’nikmalarni  shakllantirish  davom  ettiriladi  (javoblarni  rejalashtirish,  darslik
bilan  ishlash,  qo’shimcha  adabiyotlar  bilan  ishlash  va  h.k.);  dunyoqarash,
g’oyaviy-siyosiy, ax’loqiy va kasbga yo’naltirilgan bilimlarni o’zlashtirish; mexnat
va  estetik  tarbiya  berish;  o’quvchilarni  tafakkurini,  qiziquvchanligini
rivojlanitirish.
Geografiya darslari aniq tarbiyaviy maqsadga yo’naltirilgan bo’lmog’i lozim.
Bu esa o’quvchilarni vatanparvarlik, aqliy, g’oyaviy-siyosiy jixatdan tarbiyalashga
Logotip
lozim. Dars - geografiyani o’qitishning asisiy shakli O’quvchilarga bilim berish va ularni tarbiyalash dars jarayonida olib boriladi. SHuning uchun dars geografiya ta’limining eng asosiy va markaziy qismi xisoblanadi. Dars jarayonida o’qituvchi darsga ajratilgan aniq vaqt davomida belgilangan ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirishadi. Har bir darsni maqsadi aniq ifodalangan bo’ladi. Dars jarayonida o’quvchilar ko’zda tutilgan bilim va ko’nikmalarni samarali bilish uchun geografiya darslariga qator talablar qo’yilgan. Ular quyidagilardan iborat: - darsning ta’limiy va tarbiyavty maqsadlarini aniq ishlab chiqish; darsning mazmunini ilmiyligiga erishish; - dars o’quvchilarni kasbga yo’naltirishi lozim; - tanlangan o’qitish metodi dars mazmuniga mos kelmog’i lozim; - tanlangan o’qitish metodi dars mazmuniga mos kelmog’i lozim; - geografiya darslarida predmetlararo aloqalar o’rnatilishi lozim; - har bir dars ekologik yo’nalishga ega bo’lmog’i lozim; - har bir geografiya darsida o’lkashunoslik ta’moyillari xisobga olinmog’i zarur. Darsning ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarini ishlab chiqish. Geografiya darslarini ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarini to’g’ri va aniq ishlab chiqish darsni samaradorligini belgilab beradi. Dastlab darsni ta’limiy maqsadlari ishlab chiqiladi. Buning uchun: geografik borliq, voqea va hodisalar haqida tasavvurlar, ilmiy tushunchalar, tamoillar, qonuniyatlar shakllantiriladi; asosiy ilmiy ma’lumotlar va bilimlar takrorlanadi va mustahkamlanadi; geografik ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish ta’minlanadi va takomillashtiriladi; umumiy ko’nikmalarni shakllantirish davom ettiriladi (javoblarni rejalashtirish, darslik bilan ishlash, qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlash va h.k.); dunyoqarash, g’oyaviy-siyosiy, ax’loqiy va kasbga yo’naltirilgan bilimlarni o’zlashtirish; mexnat va estetik tarbiya berish; o’quvchilarni tafakkurini, qiziquvchanligini rivojlanitirish. Geografiya darslari aniq tarbiyaviy maqsadga yo’naltirilgan bo’lmog’i lozim. Bu esa o’quvchilarni vatanparvarlik, aqliy, g’oyaviy-siyosiy jixatdan tarbiyalashga
imkon beradi. Geografiya darslari olamning yaxlitligi g’oyasini shaklantirishga,
geografik  voqea  va  hodisalar  hamda  xo’jalik  faoliyati  orasidagi  sabab  va
oqibatlarni ochishga yo’naltiradi. Darsning tarbiyaviy vazifalariga Vatanimizni
mustaqillik davrida rivojlanishini o’rganish, mustaqil mamlakatimizning erishgan
yutuqlarini bo’rttirib ko’rsatish, fan, madaniyat va sport soxasidagi yutuqlarimiz
ruxida tarbiyalash katta samara beradi.
Darsning aniq vazifalari undan oldinga va keyingi darslarni maqsadlari bilan
bog’langan  bo’lmog’i  lozim.Masalan,  “O’rta  Osiyoning  relyefi  va  foydali
qazilmalari” mavzusida (7-sinf) quyidagi vazifalarni ko’rish mumkin: yirik relyef
shakllarini  joylashish  xususiyatlari  va  sabablarini  ochib  berish;  yirik  relyef
shakllari haqida bilimlarni kengaytirish; cho’l relyef shakllarini hosil bo’lishida
shamolni  o’rni  va  ahamiyatini  ochib  berish;  relyefni  hosil  bo’lishida  va
rivojlanishida  ichki  va  tashqi  kuchlarni  o’zaro  ta’siri  g’oyasini  yanada
rivojlantirish; O’rta Osiyo foydali qazilma konlarini joylashishini o’rganish va
ularni hosil bo’lishini yer po’sti tuzilishi bilan bog’liqligini ochib berish; xarita
asosida relyefga tavsif berish ko’nikmalarini shaklantirishni davom ettirish.
Darsning  mazmuni  ilmiy  bo’lmog’i  zarur.  Geografiya  darslarida  bilim,
malaka, tarbiyaviy g’oyalar  va ular  bilan  bog’liq bo’lgan  tushunchalar  ochib
beriladi. Ammo darsning asosiy maqsadi dasturda ko’rsatilgan nazariy bilimlar va
amaliy ko’nikmalarni shakllantirishdir. Geografik ilmiy bilimlar asosiy va ikkinchi
darajali qismlarga bo’linadi. Asosiy bilim va ko’nikmalarga ilmiy dunyoqarashni
shakllantirishga yordam beradigan, amaliy faoliyat va hayot bilan bog’liq bo’lgan
ko’nikma va malakalar kiradi. Asosiy bilimlarga dalillar, umumiy tushunchalar va
tasavvurlar, o’zaro aloqa va qonuniyatlar haqidagi bilimlar dunyoqarash g’oyalari,
faoliyat  turlari  haqidagi  bilimlar  kiradi.  Mazkur  bilimlar  har  bir  geografiya
predmeti bo’yicha asosiy yakuniy bilimlar bo’lib hisoblanadi.
Asosiy  bilimlarni  chuqurroq  va  to’laroq  o’zlashtirish  uchun  geografiya
ta’limida  ikkinchi  darajali  bilimlar  ham  ishlatiladi.  Ular  asosan  tasavvurlarni
shakllantirish, tushunchalarni belgilanishini aniqlashtirishda ko’proq foydalaniladi.
Ikkinchi darajali bilimlar ham ishlatiladi. Ular asosan tasavvurlarni shakllantirish,
tushunchalarni aniqlashtirishda ko’proq foydalaniladi. Ikkinchi darajadi bilimlarga
tabiiy geografiyada tadqiqot materiallarini o’rganish ya’ni yer po’stini, okeanni,
Logotip
imkon beradi. Geografiya darslari olamning yaxlitligi g’oyasini shaklantirishga, geografik voqea va hodisalar hamda xo’jalik faoliyati orasidagi sabab va oqibatlarni ochishga yo’naltiradi. Darsning tarbiyaviy vazifalariga Vatanimizni mustaqillik davrida rivojlanishini o’rganish, mustaqil mamlakatimizning erishgan yutuqlarini bo’rttirib ko’rsatish, fan, madaniyat va sport soxasidagi yutuqlarimiz ruxida tarbiyalash katta samara beradi. Darsning aniq vazifalari undan oldinga va keyingi darslarni maqsadlari bilan bog’langan bo’lmog’i lozim.Masalan, “O’rta Osiyoning relyefi va foydali qazilmalari” mavzusida (7-sinf) quyidagi vazifalarni ko’rish mumkin: yirik relyef shakllarini joylashish xususiyatlari va sabablarini ochib berish; yirik relyef shakllari haqida bilimlarni kengaytirish; cho’l relyef shakllarini hosil bo’lishida shamolni o’rni va ahamiyatini ochib berish; relyefni hosil bo’lishida va rivojlanishida ichki va tashqi kuchlarni o’zaro ta’siri g’oyasini yanada rivojlantirish; O’rta Osiyo foydali qazilma konlarini joylashishini o’rganish va ularni hosil bo’lishini yer po’sti tuzilishi bilan bog’liqligini ochib berish; xarita asosida relyefga tavsif berish ko’nikmalarini shaklantirishni davom ettirish. Darsning mazmuni ilmiy bo’lmog’i zarur. Geografiya darslarida bilim, malaka, tarbiyaviy g’oyalar va ular bilan bog’liq bo’lgan tushunchalar ochib beriladi. Ammo darsning asosiy maqsadi dasturda ko’rsatilgan nazariy bilimlar va amaliy ko’nikmalarni shakllantirishdir. Geografik ilmiy bilimlar asosiy va ikkinchi darajali qismlarga bo’linadi. Asosiy bilim va ko’nikmalarga ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga yordam beradigan, amaliy faoliyat va hayot bilan bog’liq bo’lgan ko’nikma va malakalar kiradi. Asosiy bilimlarga dalillar, umumiy tushunchalar va tasavvurlar, o’zaro aloqa va qonuniyatlar haqidagi bilimlar dunyoqarash g’oyalari, faoliyat turlari haqidagi bilimlar kiradi. Mazkur bilimlar har bir geografiya predmeti bo’yicha asosiy yakuniy bilimlar bo’lib hisoblanadi. Asosiy bilimlarni chuqurroq va to’laroq o’zlashtirish uchun geografiya ta’limida ikkinchi darajali bilimlar ham ishlatiladi. Ular asosan tasavvurlarni shakllantirish, tushunchalarni belgilanishini aniqlashtirishda ko’proq foydalaniladi. Ikkinchi darajali bilimlar ham ishlatiladi. Ular asosan tasavvurlarni shakllantirish, tushunchalarni aniqlashtirishda ko’proq foydalaniladi. Ikkinchi darajadi bilimlarga tabiiy geografiyada tadqiqot materiallarini o’rganish ya’ni yer po’stini, okeanni,
atmosferani o’rganish, usullari haqidagi ma’lumotlar, materiklarni o’rganish va
ulardagi  aholining  xo’jalik  faoliyati  haqida  bilimlar,  ular  dasturda  albbata
o’zlashtirilishi zarur bo’lgan bilimlar qatoriga kiritilgan.
Yuqoridagi  bilimlardan  tashqari  dastur  va  darsliklarda  uchramaydigan
qo’shimcha bilimlar ham ishlatiladi. Masalan, davlatlar bayrog’i, gerbi (tamg’asi),
aholini turmush sharoiti, odatlari haqidagi bilimlar o’quvchilarni bilish faoliyatini
rivojlantirish uchun qo’llaniladi, qo’shimcha  material  darsda  qo’shimcha vaqt
bo’lganida foydalaniladi.
Geografik  bilimlarni  hayot  bilan  bog’lash  geografiya  darslariga
qo’yiladimgan asosiy talablardan biri bo’lib xisoblanadi. Geografiya predmetlarida
beriladigan bilimlarning deyarli barchasi xayot bilan bog’langan. Atrof muxitni
muhofaza  qilish,  siyosiy  iqtisodiy  soxa  bo’yicha  davlat  qarorlari  geografik
bilimlarni xyotga bog’lash uchun asos bo’lib xisoblanadi.
Masalan, atmosfera mavzusini o’tishda atmosfera xavosini muxofaza qilish
va qo’riqlash bo’yicha davlat qarorlariga suyanmoq lozim. O’zbekiston iqtisodiy
va ijtimoiy geografiyasini o’rganishda mamlakatimiz prezidenti asarlari, davlat
qarorlariga asoslanmoq zarur. Mazkur materiallardan dars jarayonida foydalanish
uchun mavzu mazmuniga mos bo’lgan ma’lumotlarni topmoq lozim. SHundagina
o’quvchilar olgan bilim va ko’nikmalarni hayot bilan bog’lay oladi.
Darsni kasbga yo’naltirilganligi. Geografik bilim va ko’nikmalarni egallash 
jarayonida o’quvchilar juda ko’p kasblar bilan tanishadi. Masalan, “Boshlang’ich 
tabiiy geografiya” kursida “plan va xarita” mavzusi o’tilganida geodezis va 
topograflar kasbi haqida, litosferani o’rganishda geologlar kasbi haqida, 
gidrosferani o’rganishda gidrolog kasbi, iqtisodiy geografiya darslarida iqtisodchi 
va boshqa kasblar haqida bilimlar va ma’lumotlar beriladi. Bundan tashqari har bir
materikni tekirilish tarixini o’rganganda sayyohlar va olimlar haqida ham 
ma’lumotlar beriladi. Olimlar kasbi haqidagi ma’lumotlar turli xil qonun va 
qonuniyatlarni ochgan olimlarini hayoti va faoliyatini o’rganishda berib boriladi.
Dars tuzilishini aniqlash xam asosiy talablardan biri bo’lib hisoblanadi. Dars
tuzilishini aniqlashga quyidagilar kiradi: a) darsni turini tanlash. O’quv materialini
mazmuniga ko’ra ma’lum bir dars turi tanlanadi. Quyi sinflarda ko’proq aralash
dars turiga e’tibor beriladi, ya’ni o’tgan darsni takrorlash, yangi darsni o’qitish,
Logotip
atmosferani o’rganish, usullari haqidagi ma’lumotlar, materiklarni o’rganish va ulardagi aholining xo’jalik faoliyati haqida bilimlar, ular dasturda albbata o’zlashtirilishi zarur bo’lgan bilimlar qatoriga kiritilgan. Yuqoridagi bilimlardan tashqari dastur va darsliklarda uchramaydigan qo’shimcha bilimlar ham ishlatiladi. Masalan, davlatlar bayrog’i, gerbi (tamg’asi), aholini turmush sharoiti, odatlari haqidagi bilimlar o’quvchilarni bilish faoliyatini rivojlantirish uchun qo’llaniladi, qo’shimcha material darsda qo’shimcha vaqt bo’lganida foydalaniladi. Geografik bilimlarni hayot bilan bog’lash geografiya darslariga qo’yiladimgan asosiy talablardan biri bo’lib xisoblanadi. Geografiya predmetlarida beriladigan bilimlarning deyarli barchasi xayot bilan bog’langan. Atrof muxitni muhofaza qilish, siyosiy iqtisodiy soxa bo’yicha davlat qarorlari geografik bilimlarni xyotga bog’lash uchun asos bo’lib xisoblanadi. Masalan, atmosfera mavzusini o’tishda atmosfera xavosini muxofaza qilish va qo’riqlash bo’yicha davlat qarorlariga suyanmoq lozim. O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasini o’rganishda mamlakatimiz prezidenti asarlari, davlat qarorlariga asoslanmoq zarur. Mazkur materiallardan dars jarayonida foydalanish uchun mavzu mazmuniga mos bo’lgan ma’lumotlarni topmoq lozim. SHundagina o’quvchilar olgan bilim va ko’nikmalarni hayot bilan bog’lay oladi. Darsni kasbga yo’naltirilganligi. Geografik bilim va ko’nikmalarni egallash jarayonida o’quvchilar juda ko’p kasblar bilan tanishadi. Masalan, “Boshlang’ich tabiiy geografiya” kursida “plan va xarita” mavzusi o’tilganida geodezis va topograflar kasbi haqida, litosferani o’rganishda geologlar kasbi haqida, gidrosferani o’rganishda gidrolog kasbi, iqtisodiy geografiya darslarida iqtisodchi va boshqa kasblar haqida bilimlar va ma’lumotlar beriladi. Bundan tashqari har bir materikni tekirilish tarixini o’rganganda sayyohlar va olimlar haqida ham ma’lumotlar beriladi. Olimlar kasbi haqidagi ma’lumotlar turli xil qonun va qonuniyatlarni ochgan olimlarini hayoti va faoliyatini o’rganishda berib boriladi. Dars tuzilishini aniqlash xam asosiy talablardan biri bo’lib hisoblanadi. Dars tuzilishini aniqlashga quyidagilar kiradi: a) darsni turini tanlash. O’quv materialini mazmuniga ko’ra ma’lum bir dars turi tanlanadi. Quyi sinflarda ko’proq aralash dars turiga e’tibor beriladi, ya’ni o’tgan darsni takrorlash, yangi darsni o’qitish,